1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
Homiylik toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining homiylik toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-moddaOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
koʻngillilar — homiylik oluvchining yoxud homiylik tashkilotining manfaatlarini koʻzlab bepul ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish shaklidagi homiylikni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar;
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
homiylar — homiylikni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
[SPiT:
1.Извините, отсутствует описание....]
homiylik (homiylik faoliyati) — yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik maqsadlarida boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga mol-mulkni, shu jumladan pul mablagʻlarini qaytarmaslik sharti bilan yoki imtiyozli shartlarda berishda, ular uchun ishlar bajarishda, ularga xizmatlar koʻrsatish va ularni boshqacha shaklda qoʻllab-quvvatlashda ifodalanadigan ixtiyoriy begʻaraz yordami (faoliyati);
homiylik oluvchilar — homiylik oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
homiylik subyektlari — homiylar, koʻngillilar, homiylik tashkilotlari, shuningdek homiylik oluvchilar;
homiylik tashkiloti — jamiyatning, ayrim toifadagi yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab homiylik faoliyatini amalga oshirish uchun tuzilgan nodavlat notijorat tashkiloti;
homiylik xayriyalari — homiylik maqsadlariga yoʻnaltiriladigan mol-mulk, shu jumladan pul mablagʻlari.
4-modda. Homiylik maqsadlari
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.05.00 Madaniy meros obyektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish;
5.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
fuqarolarni ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish, shu jumladan aholining ijtimoiy jihatdan muhofaza qilinmagan va kam taʼminlangan toifalarining moddiy ahvolini yaxshilash, oʻz jismoniy yoki intellektual xususiyatlari, boshqa holatlar sababli mustaqil ravishda oʻz huquqlarini amalga oshira olmaydigan hamda qonuniy manfaatlarini himoya qila olmaydigan ishsizlarni, nogironligi boʻlgan shaxslarni va boshqa shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish;
(4-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
xalqlar oʻrtasida tinchlik, doʻstlik va totuvlikni mustahkamlashga koʻmaklashish;
oilaning jamiyatdagi nufuzi va rolini mustahkamlashga koʻmaklashish;
onalik, bolalik va otalikni himoya qilishga koʻmaklashish;
taʼlim, fan, madaniyat, sanʼat, maʼrifat sohasidagi faoliyatga, shuningdek shaxsning maʼnaviy kamol topishiga koʻmaklashish;
kasalliklar profilaktikasi va fuqarolar sogʻligʻini saqlash sohasidagi faoliyatga, shuningdek sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga koʻmaklashish, fuqarolarga maʼnaviy-ruhiy yordam koʻrsatish;
jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasidagi faoliyatga koʻmaklashish;
aholini tabiiy ofatlar, ekologiya, sanoat halokatlari yoki boshqa halokatlar oqibatlarini bartaraf etishga, baxtsiz hodisalarning oldini olishga tayyorlash;
terrorchilik harakatlari, tabiiy ofatlar, ekologiya, sanoat halokatlari yoki boshqa halokatlar natijasida jabrlanganlarga yordam koʻrsatish;
Qonunchilikka muvofiq homiylik boshqa maqsadlarda ham amalga oshirilishi mumkin.
(4-moddaning ikkinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Tijorat tashkilotlariga, siyosiy partiyalarga va harakatlarga pul mablagʻlari hamda boshqa moddiy mablagʻlar berish, oʻzga shaklda yordam koʻrsatish, shuningdek ularni qoʻllab-quvvatlash homiylik hisoblanmaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.01.00 Referendum;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.03.00 Saylovlar. Saylov tizimi]
Saylovoldi tashviqoti va referendumga qoʻyilgan masalalar boʻyicha tashviqot maqsadida homiylik qilish taqiqlanadi.
Qonunga zid boʻlgan har qanday faoliyatni homiylik vositasida qoʻllab-quvvatlash taqiqlanadi.
5-modda. Homiylikni amalga oshirishga boʻlgan huquq
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
Yuridik va jismoniy shaxslar homiylikni ixtiyoriy ravishda hamda moneliksiz amalga oshirishga haqli.
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalarining homiylikka sarflanadigan har yilgi xarajatlari oʻtgan yilda olingan sof foydaning 10 foizidan oshmasligi kerak hamda bu xarajatlar ular biznes-rejasining oʻtgan hisobot davridagi sof foydaga taalluqli qismi koʻrsatkichlari bajarilganda amalga oshiriladi.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Yuridik va jismoniy shaxslar homiylikni yakka tartibda yoki birlashib, homiylik tashkilotini tashkil etgan yoxud tashkil etmagan holda amalga oshirishga haqli.
Homiylar oʻz homiylik xayriyalaridan foydalanish maqsadlari va tartibini belgilashga haqli.
olingan homiylik xayriyalarining hisobini yuritishi;
homiylik xayriyalari olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida ommaviy axborot vositalarida, shuningdek mavjud boʻlgan taqdirda oʻz rasmiy veb-saytlarida olingan homiylik xayriyalari toʻgʻrisidagi axborotni oshkor etishi shart.
(51-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.04 Jamoat fondlari;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
Homiylik tashkilotlari jamoat birlashmasi, jamoat fondi shaklida, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shaklda tashkil etilishi mumkin.
(6-moddaning birinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 74—77-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 10—13-moddalari.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Homiylik tashkilotlari oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish maqsadida nodavlat notijorat tashkilotlari hisoblanuvchi uyushmalarga (ittifoqlarga) va oʻzga birlashmalarga birlashishlari mumkin.
7-modda. Homiylik tashkilotining muassislari
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
Homiylik tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy shakliga qarab yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar ularning muassislari boʻlishi mumkin.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek davlat unitar korxonalari, davlat muassasalari hamda tashkilotlari homiylik tashkilotining muassislari boʻlishi mumkin emas.
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
Homiylik tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qonunchilikda belgilangan tartibda adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(8-moddaning birinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 21—27-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-dekabrdagi PQ-2085-sonli “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga koʻmaklashish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Adliya organining homiylik tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish haqidagi qarori, shuningdek mazkur organning davlat roʻyxatidan oʻtkazish muddatlarini buzganligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
9-modda. Homiylik tashkilotlarining mol-mulki
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
Binolar, yer uchastkalari, transport, inshootlar, asbob-uskunalar, pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar va boshqa mol-mulk, shuningdek axborot resurslari va oʻzga intellektual faoliyat natijalari homiylik tashkilotining mulki boʻlishi mumkin.
Homiylik tashkiloti oʻzida boʻlgan mol-mulkka nisbatan qonunchilikka, tashkilotning ustaviga va homiylik maqsadlariga zid boʻlmagan har qanday bitim tuzishga haqli.
(9-moddaning ikkinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Homiylik tashkiloti oʻz taʼminoti (shu jumladan faoliyati bilan bogʻliq barcha xarajatlari) uchun moliya yilida oʻzi sarflaydigan moliyaviy mablagʻlarning koʻpi bilan 20 foizidan foydalanishga haqli. Ushbu cheklov homiylik dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadigan shaxslarning mehnatiga haq toʻlashga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Homiylik tashkiloti koʻngillilarning ushbu tashkilotdagi faoliyati bilan bogʻliq xarajatlarini (xizmat safari, transport xarajatlarini va boshqa xarajatlarini) toʻlashi mumkin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.04.00.00 Budjet tizimining umumiy qoidalari]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalaridan homiylik tashkilotining hisobvaragʻiga tushgan mablagʻlardan faqat bu mablagʻlarni ajratish chogʻida nazarda tutilgan homiylik maqsadlari uchun foydalaniladi.
Homiylik tashkilotlariga berilgan homiylik xayriyalaridan faqat homiylik maqsadlarida foydalaniladi va bu xayriyalardan homiylik tashkilotlarini saqlash uchun foydalanilishi mumkin emas.
Homiylik tashkilotining mol-mulki bu tashkilotning muassislariga yoki aʼzolariga boshqa shaxslarga sotilishi yoxud berilishiga qaraganda qulayroq shartlarda sotilishi yoki berilishi mumkin emas.
Homiylik tashkiloti oʻz majburiyatlari yuzasidan qonunda belgilangan tartibda undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulki bilan javob beradi.
10-modda. Homiylik tashkilotining mol-mulkini shakllantirish manbalari
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.26.00.00 Zayomlar. Lotereyalar]
Homiylik tashkilotining mol-mulkini shakllantirish manbalari quyidagilar boʻlishi mumkin:
homiylik tashkiloti muassislarining badallari, aʼzolikka asoslangan homiylik tashkilotlari uchun esa aʼzolik badallari;
yuridik va jismoniy shaxslarning pul va (yoki) boshqa mol-mulk shaklidagi homiylik xayriyalari;
aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlardan olingan daromadlar;
qonun bilan ruxsat etilgan tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar, shu jumladan homiylik tashkiloti taʼsis etgan tijorat tuzilmalaridan tushgan tushumlar;
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 40-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 31-moddasiga koʻra tijoratchi boʻlmagan tashkilot (nodavlat notijorat tashkilot) oʻzining ustavda belgilangan maqsadlariga mos keladigan doiralarda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin.
homiylar va koʻngillilarni jalb etish, shu jumladan homiylik xayriyalari yigʻish maqsadida oʻtkaziladigan koʻngilochar, madaniy, sport tadbirlari va boshqa ommaviy tadbirlarni tashkil etish kampaniyalarini oʻtkazishdan tushadigan mablagʻlar;
qonunchilikda belgilangan tartibda lotereyalar va kimoshdi savdolari oʻtkazishdan olingan daromadlar;
(10-moddaning yettinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-dekabrdagi 814-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 19-apreldagi PF-68-son Farmoni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari;
(10-moddaning toʻqqizinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
11-modda. Homiylik dasturi
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
Homiylik dasturi homiylik tashkilotining yuqori boshqaruv organi tomonidan tasdiqlangan va mazkur tashkilotning ustavda belgilangan maqsadlariga mos keladigan vazifalarni hal qilishga qaratilgan tadbirlar majmuidir.
Homiylik dasturi moʻljallanayotgan tushumlar hamda rejalashtirilayotgan xarajatlar smetasini (shu jumladan homiylik dasturini amalga oshirishda ishtirok etayotgan shaxslarning mehnatiga haq toʻlashni) oʻz ichiga oladi, dasturni amalga oshirish bosqichlari va muddatlarini belgilaydi.
Homiylik dasturlarini (shu jumladan homiylik dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etayotgan shaxslarning mehnatiga haq toʻlash xarajatlarini va homiylik dasturlarini amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni) moliyalashtirish uchun moliya yilida tushgan daromadlarning, qonun bilan ruxsat etilgan tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlarning, shu jumladan homiylik tashkiloti taʼsis etgan tijorat tuzilmalaridan tushgan tushumlarning kamida 80 foizidan foydalanilishi kerak.
Homiylik dasturlari amalga oshirilayotganda tushgan mablagʻlardan shu dasturlarda belgilangan muddatlarda foydalaniladi.
12-modda. Homiylik tashkilotini qayta tashkil etish va tugatish
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
Homiylik tashkilotini qayta tashkil etish va tugatish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 va 53-moddalari hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 36-moddasi.
Homiylik tashkiloti tugatilganda uning kreditorlar talablari qanoatlantirilganidan keyin qolgan mol-mulkidan tashkilot ustavida nazarda tutilgan tartibda yoki, agar homiylik tashkilotining mol-mulkidan foydalanish tartibi uning ustavida nazarda tutilmagan boʻlsa yoxud qonunda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, tugatish komissiyasining qaroriga binoan homiylik maqsadlarida foydalaniladi.
3-bob. Homiylikning amalga oshirilishida davlatning ishtirok etishi. Xalqaro homiylik faoliyati
13-modda. Homiylik subyektlariga davlat tomonidan kafolatlar berilishi
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
Homiylik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat tomonidan kafolatlanadi.
Homiylik subyektining oʻz homiylik maqsadlarini va amalga oshirish shakllarini tanlash erkinligini cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi.
14-modda. Homiylikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
Davlat homiylikni quyidagi shakllarda qoʻllab-quvvatlashi mumkin:
homiylik tashkilotlari ishlab chiqadigan homiylik dasturlarini tanlov asosida davlat tomonidan moliyalashtirish;
davlat mol-mulkini homiylik tashkilotlariga qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda bepul yoki imtiyozli asosda mulk qilib berish;
(14-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
davlat mulki boʻlgan binolar, joylar va boshqa mol-mulk ijarasi haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar berish;
homiylik tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga koʻmaklashish;
homiylar, koʻngillilar hamda homiylik tashkilotlarini ragʻbatlantirish.
Qonunchilikka muvofiq davlat homiylikni boshqa shakllarda ham qoʻllab-quvvatlashi mumkin.
(14-moddaning ikkinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Homiylik subyektlariga qonunchilikka muvofiq imtiyozlar beriladi.
(15-moddaning matniOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 159, 211, 308 va 324-moddalariga muvofiq homiylik subyektlariga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar berilgan.
16-modda. Homiylik tashkiloti faoliyati ustidan nazorat
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
Adliya organlari homiylik tashkilotining ustavi qoidalariga rioya etilishi ustidan oʻz vakolatlari doirasida nazoratni amalga oshiradi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
Homiylik tashkilotining moliyalashtirish manbalari va daromadlari hamda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashi ustidan davlat soliq xizmati organlari qonunchilikka muvofiq davlat nazoratini amalga oshiradi.
(16-moddaning ikkinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Homiylik tashkilotining faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda adliya va davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi.
(16-moddaning uchinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 47-bandi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
Homiylik tashkilotiga mol-mulk, shu jumladan pul mablagʻlari beruvchi homiylar mazkur tashkilotdan shu mol-mulkdan maqsadli foydalanilganligi toʻgʻrisida hisobot talab qilishga haqli.
Homiylik tashkiloti oʻz yillik hisobotlaridan erkin foydalanilishini taʼminlaydi.
Homiylik tashkiloti daromadlari va xarajatlarining miqdorlari hamda tuzilishi, mol-mulki, xodimlarining soni, ularning mehnatiga haq toʻlash va koʻngillilarni jalb etish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tijorat siri boʻlmaydi.
Adliya organlari homiylik tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish uchun oʻz vakillarini yuborishga, mazkur tashkilot aʼzolaridan va boshqa fuqarolardan homiylik tashkilotining ustaviga rioya etilishi bilan bogʻliq masalalar yuzasidan tushuntirishlar olishga haqli.
17-modda. Xalqaro homiylik faoliyatini amalga oshirish
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
Homiylar, koʻngillilar hamda homiylik tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida hamda xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda xalqaro homiylik faoliyatini amalga oshirishga haqli.
Xalqaro homiylik faoliyati xalqaro homiylik loyihalarida, xalqaro homiylik tashkilotlarining ishida ishtirok etish, homiylik faoliyati sohasida xorijiy sheriklar bilan hamkorlik qilish orqali, shuningdek xalqaro amaliyotda qabul qilingan hamda xalqaro huquq prinsiplari va normalariga, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid boʻlmagan boshqa har qanday shaklda amalga oshirilishi mumkin.
Homiylik tashkiloti chet el fuqarolaridan, fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq homiylik xayriyalari olish huquqiga ega.
(17-moddaOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
18-modda. Chet el fuqarolarining, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning, xalqaro va chet el tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi homiylik faoliyati
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.05.00 Fuqarolik protsessida chet el fuqarolari va tashkilotlari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning ishtiroki]
Chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, xalqaro va chet el tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida homiylar va koʻngillilar sifatidagi faoliyatni ushbu Qonunga muvofiq amalga oshirishlari mumkin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Chet el fuqarolarining, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning, shuningdek xalqaro va chet el tashkilotlarining homiylik xayriyalaridan maqsadli foydalanilishi monitoringini olib borish hamda bunday xayriyalardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik toʻgʻrisidagi nizom.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
19-modda. Manfaatlar toʻqnashuvi
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
Ushbu Qonunda manfaatlar toʻqnashuvi deganda homiylik tashkiloti va manfaatdor shaxslar (mazkur tashkilot boshqaruv organlarining xodimlari, shu jumladan mansabdor shaxslari, aʼzolari, ularning yaqin qarindoshlari yoki kreditorlari, shuningdek oʻzlarining homiylik tashkiloti bilan oʻzaro munosabatlari oqibatida tashkilotning mol-mulkini tasarruf qilishga taʼsir etishi mumkin boʻlgan hamda shaxsiy manfaat koʻrish maqsadida tashkilot bilan shaxsan yoki oʻz vakillari orqali hamkorlik qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar) oʻrtasida amalga oshiriladigan, homiylik tashkilotining mol-mulkini tasarruf etishga daxldor boʻlgan, homiylik faoliyatining manfaatlari hamda maqsadlariga mos kelmagan yoki mos kelmasligi mumkin boʻlgan bitimlar va (yoki) operatsiyalar eʼtirof etiladi.
Homiylik tashkilotining manfaatdor shaxslar bilan bitimlar tuzishiga, shuningdek homiylik tashkiloti tomonidan manfaatdor shaxslar foydasiga boshqa harakatlar amalga oshirilishiga homiylik tashkilotining yuqori boshqaruv organi roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Manfaatlar toʻqnashuvi chogʻida vujudga keladigan nizolar homiylik tashkilotining yuqori boshqaruv organi tomonidan, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sud tomonidan hal qilinadi.
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
Homiylikni amalga oshirish sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(20-moddaning matniOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik toʻgʻrisidagi nizom 3-boʻlimining 1-paragrafi.
21-modda. Homiylik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
Homiylik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(21-moddaOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik toʻgʻrisidagi nizom 3-boʻlimining 1-paragrafi.
22-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(22-moddaning nomiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
23-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2007-yil 3-maydagi 86 (4239) - sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 2-may,
OʻRQ-96-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 17-18-son, 174-modda; 2008-y., 52-son, 513-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son; 23.10.2024-y., 03/24/980/0840-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son; 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)