toggle_night_mode
Hujjat 15.09.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida
Ushbu Qonun tabiiy muhit sharoitlarini saqlashning, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilab beradi. Qonunning maqsadi inson va tabiat oʻrtasidagi munosabatlar uygʻun muvozanatda rivojlanishini, ekologiya tizimlari, tabiat komplekslari va ayrim obyektlar muhofaza qilinishini taʼminlashdan, fuqarolarning qulay atrof muhitga ega boʻlish huquqini kafolatlashdan iboratdir.
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlari
Oʻzbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonun bilan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining yer, suv, oʻrmon, yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi, atmosfera havosini, oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunlari bilan, boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunlari bilan ham tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Tabiatni muhofaza qilish obyektlari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
Tabiatni muhofaza qilish obyektlari (yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi) ifloslanishdan, buzilishdan, zararlanishdan, oriqlab ketishdan, vayron boʻlishdan, yoʻq boʻlib ketishdan, nooqilona foydalanishdan muhofaza etilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar jumlasiga davlat qoʻriqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari, tabiat bogʻlari, davlat tabiat yodgorliklari, ayrim tabiiy obyektlar hamda majmualarni saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun moʻljallangan hududlar, muhofaza etiladigan landshaftlar, ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun moʻljallangan hududlar, davlat biosfera rezervatlari, milliy bogʻlar, davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kiradi.
(2-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonuni.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi OʻRQ-278-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
3-modda. Tabiatni muhofaza qilishdan maqsad
Tabiatni muhofaza qilishdan maqsad:
inson salomatligi uchun, ekologik muvozanatni saqlash uchun, respublikani samarali va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish manfaatlari yoʻlida tabiatdan oqilona va uni ishdan chiqarmaydigan qilib foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
jonli tabiatning turlari va genetik fondi boyligini saqlab qolish;
ekologiya tizimlari, landshaftlar va noyob tabiat obyektlari xilma-xilligini saqlab qolish;
ekologiya xavfsizligini taʼminlash;
tabiat obyektlari bilan bogʻliq madaniy merosni asrab qolishdir.
Keyingi tahrirga qarang.
4-modda. Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish
Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish uchun davlat hokimiyati mahalliy idoralari, vazirliklar va idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermerlik va kooperativ xoʻjaliklar, shuningdek ayrim shaxslar xoʻjalik, boshqaruv hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish jarayonida quyidagi qoidalarga amal qilishlari kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
insonning yashash muhiti boʻlmish biosfera va ekologiya tizimlari barqarorligini saqlab qolish, odamlarning ekologik jihatdan xavfsizligi, inson va uning kelgusi avlodlari genetik fondi haqida gʻamxoʻrlik qilish;
fuqarolarning hayot uchun qulay tabiiy muhitga ega boʻlish huquqini taʼminlash, barcha turdagi taʼlim muassasalarida ekologiya oʻquvining majburiyligi;
jamiyatning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini ilmiy asoslangan holda uygʻunlashtirish;
tabiatdan maxsus foydalanganlik uchun haq toʻlash va umumiy asoslarda foydalanganlik uchun haq toʻlamaslik;
ekologiya ekspertizasi oʻtkazishning majburiyligi;
tabiatdan oqilona foydalanishni va tabiatni muhofaza qilishni ragʻbatlantirish;
tabiiy resurslarni tiklash zarurligi, atrof tabiiy muhit va inson sihat-salomatligi uchun zararli, tiklab boʻlmas oqibatlarga yoʻl qoʻymaslik;
tabiatni muhofaza qilish vazifalarini hal etishda oshkoralik;
tabiatni muhofaza qilish sohasida milliy, regional va xalqaro manfaatlarni uygʻunlashtirish;
tabiatni muhofaza qilish qonunlari talablarini buzganlik uchun javobgar boʻlish.
Keyingi tahrirga qarang.
5-modda. Tabiiy resurslarga nisbatan mulkchilik
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.
Tabiiy resurslarni berish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishning shartlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6-modda. Tabiatdan umumiy tarzda va maxsus yoʻsinda foydalanish
Oʻzbekiston Respublikasida tabiatdan umumiy tarzda va maxsus yoʻsinda foydalaniladi.
Tabiatdan umumiy tarzda foydalanish fuqarolar tomonidan hayotiy zarur ehtiyojlarni qondirish uchun tekinga tabiiy resurslarni ayrim foydalanuvchilarga biriktirmay va hech qanday ruxsatnomalar bermay turib amalga oshiriladi.
Tabiatdan maxsus yoʻsinda foydalanish tariqasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarga ishlab chiqarish va oʻzga xil faoliyatni amalga oshirish uchun tabiiy resurslar haq olib maxsus ruxsatnomalar asosida egalik qilishga, foydalanish yoki ijaraga beriladi.
II. DAVLAT HOKIMIYATI VA BOSHQARUV IDORALARINING TABIATNI MUHOFAZA ETISHGA TAALLUQLI HUQUQIY MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLISH SOHASIDAGI VAKOLATLARI
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining tabiatni muhofaza qilishga oid huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
tabiatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash;
davlat ekologiya dasturlarini tasdiqlash;
tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
hududlarni favqulodda ekologik vaziyat, ekologik ofat va ekologik halokat zonalari deb eʼlon qilish, bunday zonalarning huquqiy rejimini va jabrlanganlarning maqomini belgilash;
tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazoratni muvofiqlashtirib borish;
Keyingi tahrirga qarang.
tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun haqning chegara miqdorlarini belgilash, shuningdek toʻlovlarni undirish boʻyicha imtiyozlar belgilash;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal qilish”;
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8-modda. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasida ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasidagi davlat boshqaruvi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tabiatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
Tabiatni muhofaza qilish sohasida:
tabiatni muhofaza qilishga doir yagona siyosat yuritish;
tabiat resurslaridan foydalanishni tartibga solish;
tabiiy resurslarga nisbatan tabiat kadastri yuritilishi tartibini belgilash va bunday kadastr yuritilishini taʼminlash, respublika ahamiyatiga molik tabiiy resurslarning zaxiralarini tasdiqlash;
ekologiya jihatidan tang vaziyatlar, tabiiy ofatlar va falokatlarning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish;
tabiiy ofatlar va yirik avariyalarning oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
tabiiy resurslardan foydalanganlik, atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik,chiqindilar, zararli taʼsir etuvchi boshqa narsalar joylashtirib tashlaganlik uchun haq toʻlash tartibini, shuningdek tabiiy resurslardan foydalanish, chiqindilar joylashtirish limitlarini belgilash;
ekologiya maorifi va tarbiyasi tizimini yaratish hamda uning amal qilishini taʼminlash;
tabiatdan alohida tartibda foydalaniladigan hududlarning chegaralarini, tabiatni muhofaza qilish va xoʻjalik faoliyati rejimlarini tasdiqlash;
tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish;
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolat doirasiga kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralarining tabiatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
Tabiatni muhofaza qilish sohasida:
oʻz hududida tabiatni muhofaza qilishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash, mintaqaning (hududning) ekologiya dasturini tasdiqlash;
tabiiy resurslarni hisobga olish va ularning ahvoliga baho berish, ekologiya jihatidan zararli boʻlgan obyektlarni roʻyxatga olish;
tabiatni muhofaza qilishga doir tadbirlarni moddiy-texnika jihatidan taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
tabiiy resurslardan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomalarni belgilangan tartibda berish;
(10-moddaning birinchi qismi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun toʻlovlar undirish;
tabiatning muhofaza qilinishi ustidan nazorat oʻrnatish, atrof muhitga zarar yetkazayotgan mahalliy ahamiyatga molik obyektlar faoliyatini vaqtincha yoki butunlay toʻxtatish va qayta ixtisoslashtirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida koʻzda tutilgan boshqa masalalarni tartibga solish davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralarining vakolatiga kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Atrof muhitga zarar yetkazayotgan tadbirkorlik subyektlari hisoblangan mahalliy ahamiyatga molik obyektlarning faoliyatini toʻxtatib qoʻyish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib qoʻyish hollari bundan mustasno) yoki tugatish va qayta ixtisoslashtirish sud tartibida amalga oshiriladi.
(10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining vakolatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi:
Keyingi tahrirga qarang.
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvini;
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini;
yer, yer osti boyliklarini, suv, oʻrmon, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni, hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini;
Keyingi tahrirga qarang.
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga doir ishlarni muvofiqlashtirishni, tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash boʻyicha yagona siyosatni ishlab chiqish hamda roʻyobga chiqarishda idoralararo hamkorlikni taʼminlashni amalga oshiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi, “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi qonunlari.
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobdordir.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari mulk shaklidan va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda fuqarolar tomonidan ijro etilishi uchun majburiydir.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
III. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLISINING TABIATNI MUHOFAZA QILISH SOHASIDAGI HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
12-modda. Insonning yashash uchun qulay atrof tabiiy muhitga ega boʻlish huquqi va bu muhitni saqlab qolish borasidagi burchi
Oʻzbekiston Respublikasi aholisi oʻz salomatligi va kelajak avlodning salomatligi uchun qulay tabiiy muhitda yashash, oʻz salomatligini atrof muhitning zararli taʼsiridan muhofaza qilish huquqiga ega.
Ana shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi aholisi tabiatni muhofaza qilish boʻyicha jamoat tashkilotlariga birlashish, atrof tabiiy muhitning ahvoli hamda uni muhofaza qilish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarga doir axborotlarni talab qilish va olish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi aholisi tabiiy resurslardan oqilona foydalanishi, tabiat boyliklariga ehtiyotlik bilan munosabatda boʻlishi, ekologiya talablariga rioya etishi shart.
13-modda. Tabiatni muhofaza qilish jamoat birlashmalarining vakolatlari
Tabiatni muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatuvchi jamoat birlashmalarining vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq qabul qilingan ustavlarida belgilab qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. ATROF TABIIY MUHIT SIFATINI NORMATIVLAR BILAN TARTIBGA SOLISH
14-modda. Atrof tabiiy muhit sifatining normativlari va standartlari
Xoʻjalik faoliyatining atrof tabiiy muhitga zararli taʼsiri atrof tabiiy muhit sifatining aholining ekologiya jihatidan xavfsizligini, tabiiy resurslarni tiklash va muhofaza qilishni kafolatlovchi normativlari va standartlari bilan cheklab qoʻyiladi.
Hududiy-ishlab chiqarish majmuilarini tarkib toptirishda, sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilishni rivojlantirishda hamda shaharlar, boshqa aholi punktlarini qayta qurish va taʼmirlashda atrof tabiiy muhitga boʻladigan taʼsirning yoʻl qoʻyish mumkin boʻlgan meʼyorlari belgilanadi.
15-modda. Ekologik normativlarni ishlab chiqish va tasdiqlash
Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar atrof muhitga taʼsirning yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan eng yuqori darajalarini tartibga soluvchi ekologik va boshqa yoʻsindagi mezonlarni ishlab chiqishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologik normativlar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan oʻz vakolatlariga muvofiq tasdiqlanadi.
(15-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Kimyoviy dori-darmonlarni qishloq xoʻjaligida ishlatishga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
V. TABIIY RESURSLARDAN FOYDALANISHNI TARTIBGA SOLISH
Oldingi tahrirga qarang.
16-modda. Tabiiy resurslardan foydalanish shartlari
Tabiiy resurslardan foydalanishga tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etish, tabiat majmualari yaxlitligini saqlab qolish, jonli tabiat obyektlarining yashash va oʻsish muhiti buzilishiga yoʻl qoʻymaslik, boshqa tabiiy resurslardan foydalanuvchilarning huquqlarini buzmaslik sharti bilan yoʻl qoʻyiladi.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
17-modda. Tuproqdan foydalanish shartlari
Tuproq deyilganida yer qobigʻining tiriklik uchun foydalaniladigan va oʻsimliklar bilan birga amal qiladigan yuzadagi unumdor qatlami tushuniladi.
Tuproqdan uning unumdorligini pasaytirmagan holda tabiiy va madaniy oʻsimliklardan hosil olish uchun foydalaniladi.
Tuproqning inshoot ostida qoladigan gumusli qatlami boshqa joylarda hosildorlikni oshirish uchun olib ketilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
18-modda. Yer osti boyliklari va foydali qazilmalardan foydalanish shartlari
Yer osti boyliklari va foydali qazilmalardan foydalanishga quyidagi shartlar asosida yoʻl qoʻyiladi:
qazib olishda yer osti boyliklari va foydali qazilmalar hamda ularga qoʻshilib chiqadigan boshqa tabiiy resurslardan kompleks va tejamli foydalanish taʼminlansa, shuningdek atrof-muhit va yer qaʼri ifloslanishining oldi olinsa;
foydali qazilmalarni qazib olish chogʻida holati oʻzgargan yerlar rekultivatsiya qilinsa;
qayta tiklanadigan foydali qazilmalardan tabiiy qayta tiklanishiga erishiladigan darajadagina foydalanilsa;
yer osti boyliklaridan va keng tarqalgan foydali qazilmalardan foydalanish sohasida belgilangan qoidalarga rioya etilsa;
foydali qazilma konlarini ishga solish loyihalari boʻyicha, shuningdek mineral xom ashyoni qazib olish va qayta ishlash korxonalarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda kengaytirish loyihalari yuzasidan davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud boʻlsa;
yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya mavjud boʻlsa yoki yer qaʼri uchastkalarini foydalanishga berish nazarda tutilgan mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitim mavjud boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
foydali qazilmalarning yuzasini olishda hosil boʻladigan va sigʻdiradigan jinslar agʻdarmalari, saqlagichlar, terrikonlar ularning atrof-muhitga eng kam darajada zararli taʼsir koʻrsatishi taʼminlangan holda joylashtirilsa.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
19-modda. Suvlar va suv havzalaridan foydalanish shartlari
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yer usti, yer osti va dengiz suvlaridan zarur miqdordagi suvning tabiiy aylanishini saqlash, uning normativda koʻrsatilgan darajada tozaligini taʼminlash, suv oʻsimliklari va hayvonlarini asrash, suv havzalarining ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik, ularda ekologiya muvozanatini saqlash va suv havzasiga landshaft elementi sifatida ziyon yetkazmaslik sharti bilan yoʻl qoʻyiladi.
Mahalliy hokimiyat idoralari, oʻrmon va suv xoʻjaligi idoralari daryo irmoqlari hosil boʻladigan joylarda, suv havzalari sohili mintaqalarida daraxtzorlarni tiklashlari va dov-daraxtni koʻpaytirishlari hamda ularning saqlanishini taʼminlashlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
20-modda. Atmosfera havosidan foydalanish shartlari
Atmosfera havosi deyilganida Oʻzbekiston Respublikasi hududi ustidagi havo boʻshligʻi tushuniladi. Havodan foydalanishga muayyan hudud havosining sifatini oʻzgartirmaslik, uni belgilangan normativlardan ortiq darajada ifloslantirmaslik yoki siyraklashtirmaslik sharti bilan yoʻl qoʻyiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 343-son “Atrof muhitning ifloslanish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-yanvardagi 14-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Xalqaro bitimga muvofiq vazirliklar va idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, xususiy shaxslar ozon qatlamiga zararli taʼsir etuvchi kimyoviy moddalar ishlab chiqarish hamda bunday moddalardan foydalanishni qisqartirishlari va kelgusida batamom toʻxtatishlari shart.
21-modda. Jonli tabiat obyektlaridan foydalanish shartlari
Jonli tabiat deyilganida tabiiy oʻsimliklar, shu jumladan oʻrmon, tabiatda erkin yashaydigan hayvonlar va boshqa jonli organizmlar tushuniladi.
Jonli tabiat obyektlaridan:
ularning qayta tiklanish qobiliyatini saqlash;
ularning xilma-xil turini va toʻdalarining barqarorligini saqlash;
atrof tabiiy muhitning biologik jihatdan ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik sharti bilan foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
22-modda. Chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish shartlari
Chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishning atrof muhitga xavfsizligi uchun chiqindilarning mulkdorlari javob beradilar. Chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish obyektlarini tegishli hududga joylashtirish masalalarini mahalliy davlat hokimiyati organlari hal qiladi.
(22-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
23-modda. Tabiiy resurslardan foydalanish huquqidan mahrum etish
Tabiiy resurslardan foydalanish talablarini muttasil buzadigan foydalanuvchi tabiiy resurslardan foydalanish huquqidan mahrum etilishi mumkin.
VI. EKOLOGIYA EKSPERTIZASI
Oldingi tahrirga qarang.
24-modda. Davlat ekologiya ekspertizasi
Davlat ekologiya ekspertizasi xoʻjalik qarori qabul qilinishidan oldin oʻtkazilishi shart boʻlgan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish tadbiridir.
Davlat ekologiya ekspertizasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
(24-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustdagi 125-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-sentabrdagi 541-sonli “Atrof-muhitga taʼsirni baholash mexanizmini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
25-modda. Davlat ekologiya ekspertizasining obyektlari
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ekologiya ekspertizasi obyektlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
(25-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustdagi 125-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasisiz loyihalarni roʻyobga chiqarish man etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(26-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustdagi 125-II-son Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda)
27-modda. Jamoatchilik asosidagi ekologiya ekspertizasi
Jamoatchilik asosidagi ekologiya ekspertizasi jamoat birlashmalarining tashabbusiga koʻra ularning mablagʻlari hisobidan yoki jamoatchilik asosida mutaxassislarning mustaqil guruhlari tomonidan amalga oshiriladi.
Jamoatchilik asosidagi ekologiya ekspertizasining xulosalari tavsiya tamoyiliga ega boʻladi.
VII. EKOLOGIK NAZORAT
Oldingi tahrirga qarang.
28-modda. Atrof-muhit monitoringi
(28-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhitning holati va uning resurslarini kuzatish, hisobga olish, ularga baho berish va ularning istiqbolini belgilashni taʼminlash maqsadida atrof-muhitning davlat monitoringi tizimi tashkil etiladi.
(28-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Atrof tabiiy muhitning holati, tabiiy resurslardan foydalanish ustidan kuzatuv maxsus vakolat berilgan idoralar, shuningdek faoliyati atrof tabiiy muhitning holatini yomonlashtiradigan yoki yomonlashtirishi mumkin boʻlgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan amalga oshiriladi.
Maxsus vakolat berilgan idoralar, shuningdek aytib oʻtilgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar oʻz kuzatuvlariga doir materiallarni tegishli davlat idoralariga bepul berishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Atrof-muhitning monitoringini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(28-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 737-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
29-modda. Ekologik nazoratning asosiy vazifalari
Ekologik nazoratning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyish;
Keyingi tahrirga qarang.
atrof muhit holatini kuzatib borish, atrof muhitning ifloslanishiga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanishga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga tahdid solishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni aniqlash;
moʻljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining va boshqa faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash;
yuridik va jismoniy shaxslarning atrof muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini, ular tomonidan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash;
atrof muhitdagi oʻzgarishlar, uning prognoz qilinayotgan holati, tabiiy resurslardan foydalanilishi va koʻrilayotgan tegishli chora-tadbirlar toʻgʻrisida davlat tashkilotlarini va boshqa tashkilotlarni hamda fuqarolarni xabardor qilish;
tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish hamda davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarning amalga oshirilishida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning ishtirokini taʼminlash.
(29-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
30-modda. Davlat atrof tabiiy muhit holatini kuzatib borish xizmati
Davlat atrof tabiiy muhit holatini kuzatib borish xizmati tabiiy muhitda sodir boʻlayotgan fizik, kimyoviy, biologik jarayonlarni, atmosfera havosi, tuproq, yer usti va yer osti suvlarining ifloslanish darajasini, ifloslanishning oʻsimlik va hayvonot dunyosiga taʼsiri oqibatlarini kuzatib borish, manfaatdor tashkilotlar va aholini atrof tabiiy muhitda boʻlayotgan oʻzgarishlar haqida joriy va shoshilinch axborotlar hamda bu muhit holatiga doir taxminlar bilan taʼminlash maqsadida tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Atrof tabiiy muhit holati toʻgʻrisidagi axborot ochiq-oshkora yoʻsinda boʻlib, uning asosiy koʻrsatkichlari davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan eʼlon qilish uchun muntazam berib boriladi.
(30-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari falokatlar va boshqa hodisalar natijasida atrof tabiiy muhit normativda belgilanganidan ham ortiqroq darajada ifloslangan taqdirda bunday falokat va hodisalar toʻgʻrisida jamoatchilikni darhol xabardor etishlari shart.
(30-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom.
Tabiiy resurslarning miqdor, sifat va boshqa xil koʻrsatkichlarini, ulardan foydalanishning hajmi, tartib tamoyilini hisobga olib borish uchun davlat tabiiy resurslar kadastrlari yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Atrof tabiiy muhit holatiga zararli taʼsir qiladigan yoki nomaqbul tarzda taʼsir etishi mumkin boʻlgan obyektlar, atrof tabiiy muhitga tushadigan zararli moddalarning turlari va miqdori, chiqindilarning hajmlari va tarkibi ham nazorat etib boriladi va davlat hisobiga olinadi.
(30-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Davlat atrof tabiiy muhit holatini nazorat etish xizmatining tarkibi, uni tashkil etish va faoliyat koʻrsatishi tartibi, davlat tabiiy resurslar kadastrlarini, atrof muhitga zararli taʼsir etuvchi obyektlarning davlat hisobini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
31-modda. Ekologik nazorat sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish
Ekologik nazoratni amalga oshirish, ekologik nazorat subyektlarining vakolatlarini roʻyobga chiqarishi munosabati bilan yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
(31-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(32-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
VIII. TABIATNI MUHOFAZA QILISHNI TAʼMINLASHNING IQTISODIY CHORA-TADBIRLARI
33-modda. Tabiatni muhofaza qilishni taʼminlashning iqtisodiy tartiboti
Tabiatni muhofaza qilishni taʼminlashning iqtisodiy tartiboti:
tabiiy resurslardan maxsus foydalanganlik uchun, atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik (shu jumladan chiqindilarni joylashtirganlik) va atrof tabiiy muhitga boshqacha tarzda zararli taʼsir koʻrsatganlik uchun toʻlov undirishni;
Keyingi tahrirga qarang.
kamchiqitli va resurslarni tejaydigan texnologiyalar joriy etilganida, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni qayta tiklashda samara beruvchi faoliyat amalga oshirilganida korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, shuningdek ayrim shaxslarga soliq, kredit imtiyozlari va oʻzga imtiyozlar berishni;
ekologiya nuqtai nazaridan xavfli texnologiyalarni qoʻllanganlik va oʻzga faoliyatni amalga oshirganlik uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga nisbatan maxsus soliqlar joriy etishni;
atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish, oqizish yoxud ekologiya nuqtai nazaridan oʻzga zararli faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar (ruxsatnomalar) olishni;
tabiiy muhitning qulay holatini buzgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar zimmasiga uni tiklash vazifasini yuklashni;
tabiat obyektlarini buzish yoki yoʻq qilib yuborish oqibatida yetkazilgan zarar uchun belgilangan tartibda tovon puli undirishni;
tabiatni muhofaza qilish borasidagi rejalar va chora-tadbirlar bajarilmagan, tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlarning normativ-texnik va boshqa talablari buzilgan hollarda mansabdor shaxslar yoki boshqa xodimlarni asosiy ishlab chiqarish faoliyatida erishilgan natijalar boʻyicha beriladigan pul mukofotlari yoki boshqa mukofotlardan toʻliq yoki qisman mahrum etishni;
Keyingi tahrirga qarang.
ekologik sof mahsulot chiqarganlik uchun ragʻbatlantiruvchi narxlar va ustama haqlar belgilashni;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik, meʼyorda belgilanganidan ortiqcha foydalanganlik uchun tabiatdan foydalanuvchilarga nisbatan iqtisodiy jazo choralarini hamda tabiiy resurslardan tejab-tergab va oqilona foydalanganlik uchun iqtisodiy ragʻbatlantirishni qoʻllanishni;
tabiiy muhitni saqlash sohasida va ekologik sof mahsulot ishlab chiqarishda hammadan yuqori koʻrsatkichlarga erishgan davlat, kooperativ, jamoat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari, boshqa korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarning jamoalarini va ayrim xodimlarini, shuningdek ayrim shaxslarni moddiy ragʻbatlantirishni koʻzda tutadi.
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining qarorlarida tabiatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy ragʻbatlantirishning boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkin.
Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy ragʻbatlantirish tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining qarorlarida belgilab qoʻyiladigan tartibda qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
34-modda. Tabiatdan maxsus foydalanganlik va atrof muhitni ifloslantirganlik uchun toʻlovlar
Tabiatdan maxsus foydalanganlik va atrof muhitni ifloslantirganlik uchun toʻlovlar tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlardan, shuningdek atrof muhitni ifloslantirganlik (ifloslantiruvchi moddalarni chiqarganlik, oqizganlik va chiqindilarni joylashtirganlik) uchun kompensatsiya toʻlovlaridan, tabiiy resurslarni muhofaza qilganlik va qayta tiklaganlik uchun toʻlovlardan iborat boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliq stavkalari va boshqa majburiy toʻlovlarning miqdorlari, shu jumladan ijara toʻlovining miqdori tabiiy resurslarning qay darajada keng tarqalganligi, sifati, ularni qayta tiklash imkoniyatlari, ulardan foydalanishning qay darajada qulayligi, kompleksliligi, samaradorligi, ularning joylashgan yeri, chiqindilarni qayta ishlash va ulardan foydalanish imkoniyatlari hamda boshqa jihatlarni inobatga olgan holda, shuningdek tegishli limitlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi va tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Atrof muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarining miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(34-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-oktabrdagi 820-sonli “Tabiatni muhofaza qilishni taʼminlashning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Tabiiy resurslarni muhofaza qilganlik va qayta tiklaganlik uchun toʻlovlarning miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun toʻlovlar tabiatdan foydalanuvchi korxonalar mahsulotlarining (bajargan ishlarining, koʻrsatgan xizmatlarining) tannarxiga qoʻshiladi.
Atrof muhitni ifloslantirganlik uchun, shuningdek tabiatdan limitda (normativda) belgilanganidan tashqari va oʻzgacha tarzda nooqilona maxsus foydalanganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari yuridik shaxsning daromadidan (foydasidan) undiriladi.
Tabiiy resurslardan foydalanganlik, ularni muhofaza qilganlik va qayta tiklaganlik uchun toʻlov Davlat budjetiga tushadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarganlik va oqizganlik hamda chiqindilar joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarining summalari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasiga tushadi.
(34-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Tabiatdan maxsus foydalanganlik uchun toʻlovlar va atrof muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun toʻlovlarni va atrof muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarini toʻlaganlik yuridik va jismoniy shaxslarni ekologiya tadbirlarini bajarishdan va yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash majburiyatidan ozod etmaydi.
(34-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
35-modda. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, shu jumladan chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish, bioresurslarni saqlash va qayta tiklash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va uning monitoringi sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish, targʻibot va maʼrifiy ishlarni tashkil etish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi tashkil etiladi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasini shakllantirish hamda undan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(35-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Keyingi tahrirga qarang.
36-modda. Ekologiya sugʻurtasi
Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning ifloslanishi va tabiiy resurslar sifatining yomonlashuvi oqibatida zarar yetishi hollarini nazarda tutib korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mol-mulki hamda daromadlari, fuqarolarning hayoti, salomatligi va mol-mulki ixtiyoriy hamda majburiy sugʻurta qilinadi.
Ekologiya sugʻurtasining tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida belgilab qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
37-modda. Tabiatni muhofaza qilish tizimidagi ragʻbatlantirish
Tabiatdan oqilona foydalanish, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishni ragʻbatlantirish:
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirganlari taqdirida ularga soliq solishda imtiyozlar berish;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tabiat muhofazasini taʼminlash borasidagi chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarish uchun imtiyozli shartlarda qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlar (ssudalar) berish;
asosiy ishlab chiqarish fondlari uchun yuqori amortizatsiya normalari belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
(37-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlarining bir qismini ifloslantiruvchi moddalar chiqarish va oqizishni kamaytirish chora-tadbirlarini roʻyobga chiqarish maqsadida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va ayrim shaxslarga foizli qarzlar sifatida shartnoma asosida berish orqali amalga oshiriladi.
(37-moddaning beshinchi hatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
IX. FAVQULODDA EKOLOGIYA VAZIYATLARI
38-modda. Falokatlarni va ularning ekologiyaga zararli oqibatlarini bartaraf etish
Oldingi tahrirga qarang.
Falokat sodir boʻlgan taqdirda korxona, muassasa yoki tashkilotlar favqulodda ekologiya vaziyatlariga moʻljallangan oʻz harakat rejalariga muvofiq falokatni bartaraf etishga darhol kirishishlari shart. Ayni vaqtda ular falokat haqida va uni bartaraf etish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida mahalliy davlat hokimiyati organlariga, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlariga, shuningdek bunday falokatlarning ekologiyaga zararli oqibatlarini bartaraf etishga ixtisoslashgan xizmatlarga darhol xabar qiladilar.
(38-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
39-modda. Favqulodda ekologiya vaziyati va ekologiya ofati mintaqalari
Xoʻjalik faoliyati va boshqa yoʻsindagi faoliyat, tabiat stixiyali kuchlarining vayron etuvchi taʼsiri yoxud roʻy bergan falokat yoki halokat natijasida muayyan hududlarning, shu jumladan suv va havo boʻshligʻining atrof tabiiy muhitda inson salomatligiga, tabiiy ekologiya tizimlarining, oʻsimlik va hayvonlar genetik fondlarining holatiga tahdid soluvchi barqaror salbiy oʻzgarishlar sodir boʻlayotgan qismi favqulodda ekologiya vaziyati mintaqalari deb eʼlon qilinadi.
Muayyan hududning tabiat muvozanati, tabiiy ekologiya tizimlari buzilishi bilan bogʻliq holda tabiiy muhitda barqaror yoki tuzatib boʻlmas oʻzgarishlar roʻy bergan yoki roʻy berayotgan qismi ekologiya ofati mintaqalari deb eʼlon qilinadi.
Favqulodda ekologiya vaziyati yoki ekologiya ofati mintaqalari deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qaror qonunlarda belgilab qoʻyilgan tartibda qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Favqulodda ekologiya vaziyati va ekologiya ofati mintaqalarida shu vaziyatni keltirib chiqargan ishlar toʻxtatib qoʻyiladi, atrof tabiiy muhitga zararli taʼsir etuvchi faoliyat (aholiga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq faoliyat bundan mustasno) taqiqlanadi, tabiiy muhitni tiklash va sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari koʻriladi.
40-modda. Ekologiya nuqtai nazaridan xavf tugʻdiradigan vaziyatlar
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologiya nuqtai nazaridan xavf tugʻdiradigan vaziyatlar deganda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan birinchi darajali xavfli moddalar jumlasiga kiritilgan oʻta zaharli, kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalar, radioaktiv va boshqa moddalarni saqlash, tashish va ulardan foydalanish chogʻida atrof tabiiy muhitning ortiqcha darajada ifloslanishi, tabiat tizimlarining shikast topishi, inson salomatligi va hayotiga ziyon yetishi tahdidi bilan bogʻliq boʻlgan vaziyatlar tushuniladi.
(40-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologiya nuqtai nazaridan xavf tugʻdiradigan vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining idoralari tegishli ishlab chiqarish obyektlari atrofida, transport magistral yoʻllari boʻylab alohida huquqiy tartib oʻrnatadilar.
(40-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
X. XOʻJALIK FAOLIYATI VA BOSHQA YOʻSINDAGI FAOLIYATGA DOIR EKOLOGIYA TALABLARI
41-modda. Korxonalar, inshootlar va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, rekonstruksiyalash, ulardan foydalanish va ularni tugatishga doir ekologiya talablari
Korxonalar, inshootlar va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, rekonstruksiyalash, kengaytirish va texnika bilan qayta uskunalash, ulardan foydalanish va ularni tugatish chogʻida ekologiya xavfsizligi talablari bajarilmogʻi, tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlari nazarda tutilmogʻi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, ayrim shaxslar chiqitsiz va kamchiqit texnologiyalarni joriy etishlari, chiqindilarning hosil boʻlishini kamaytirishlari, ularni zararsizlantirishlari va qayta ishlashlari, chiqindilarni navlarga ajratish, toʻplash, koʻmib tashlash va ulardan foydalanish qoidalariga rioya etishlari shart.
(41-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Faoliyati atrof tabiiy muhitga ancha zararli ekologik taʼsir etishi mumkin boʻlgan yirik xalq xoʻjalik obyektlarini rivojlantirish va joylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlar davlat ekologiya ekspertizasi xulosasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
(41-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ekologiya talablariga javob bermaydigan obyektlarni foydalanishga topshirish man etiladi.
42-modda. Radioaktiv va kimyoviy moddalarni ishlatish paytidagi ekologiya talablari
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va ayrim fuqarolar radioaktiv va kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish, qoʻllash, zararsizlantirish hamda koʻmib tashlash chogʻida ekologiya talablariga, belgilangan normativlar va qoidalarga rioya qilishlari, ularni qoʻllashning zararli oqibatlari oldini olish va bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrishlari, mazkur normativlardan oshib ketilgani taqdirda radiatsiya va kimyoviy xavfsizlikni taʼminlash idoralarini darhol xabardor etishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Radioaktiv chiqindilarni va kimyoviy moddalarni koʻmib tashlashga davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi boʻlganda, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda davlat sanitariya va konchilik nazorati organlari bilan kelishilganda yoʻl qoʻyiladi.
(42-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
43-modda. Tabiatni shovqin, tebranish, elektrmagnit maydonlari va boshqa zararli fizik taʼsirlardan muhofaza qilish
Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, ayrim shaxslar zararli ishlab chiqarish shovqinlari, tebranish, elektrmagnit maydonlarining va zararli fizik taʼsirlar koʻrsatuvchi boshqa omillarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish choralarini koʻrishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
44-modda. Tabiatni nazorat etilmaydigan va zararli biologik taʼsirlardan muhofaza qilish
Tabiatga zararli biologik taʼsir oʻtkazayotgan yoki oʻtkazishi mumkin boʻlgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar bunday taʼsir oqibatlarining oldini olish va ularni bartaraf etish tadbirlarini amalga oshirishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Yangi mikroorganizmlar, viruslar va shakllar hosil qilishga va foydalanishga, shuningdek ularni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelishga faqat davlat sanitariya nazorati organlarining ijobiy xulosasi boʻlganidagina ruxsat etiladi.
(44-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
45-modda. Tabiatni chiqindilar bilan ifloslanishdan muhofaza qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Chiqindilarni aholi punktlari yerlarida, tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarda va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarda, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, shuningdek tabiatni muhofaza qilish obyektlariga hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zarar yetkazish tahdidi kelib chiqishi mumkin boʻlgan boshqa joylarda saqlash va bunday joylarga koʻmib tashlash taqiqlanadi.
(45-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi OʻRQ-278-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Alohida hollarda, maxsus tadqiqotlar natijalariga koʻra fuqarolarning hayoti va sogʻligʻi, atrof muhit xavfsizligini, tabiiy resurslar saqlanishini taʼminlash talablariga rioya etgan holda chiqindilarni yer ostiga koʻmib tashlashga yoʻl qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Chiqindilarni qayta ishlash, ularni poligonlarda koʻmib tashlash va saqlash davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
(45-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
46-modda. Ekologik sertifikatlash
Ekologik yoki gigiyenik sertifikatlarga ega boʻlmagan, shuningdek ularda belgilangan talab koʻrsatkichlaridan chetlangan holda xom ashyo va materiallardan foydalanish, texnologiya jarayonlarini joriy etish hamda tayyor mahsulotlar (shu jumladan oziq-ovqat mahsulotlari) chiqarish taqiqlanadi. Ekologik sertifikatlash qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ham oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ekologik sertifikatlash tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-fevraldagi 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va respublika hududidan olib chiqishda ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni majburiy ekologik sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
(46-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
XI. TABIATNI MUHOFAZA QILISHGA DOIR QONUNLARNI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK, TABIATNI MUHOFAZA QILISHGA OID NIZOLARNI HAL QILISH
Keyingi tahrirga qarang.
47-modda. Tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik
Keyingi tahrirga qarang.
Tubandagi hollarda:
tabiatni muhofaza qilishning standartlari, normalari, qoidalari va boshqa normativ-texnik talablarini buzishda, shu jumladan korxonalar, inshootlar, transport vositalari va boshqa obyektlarni rejalashtirish, qurish, rekonstruksiyalash, ulardan foydalanish yoki ularni tugatish chogʻida, ekologiya nuqtai nazaridan xavfli mahsulotlarni chet ellarga chiqarish va chet ellardan olib kelishda hududning belgilab qoʻyilgan ekologiya sigʻimini, ekologiya normalari, qoidalarini buzishda;
tabiiy boyliklardan oʻzboshimchalik bilan foydalanishda, davlat ekologiya ekspertizasi talablarini bajarmaganlikda;
Oldingi tahrirga qarang.
tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun belgilangan toʻlovni, shuningdek atrof muhitni ifloslantirganlik va unga zararli taʼsir koʻrsatishning boshqa turlari uchun kompensatsiya toʻlovlari toʻlashdan bosh tortganlikda;
(47-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
tabiatni muhofaza qilish obyektlarini qurish rejalarini, tabiatni muhofaza qilishga doir boshqa tadbirlarni bajarmaslikda;
atrof tabiiy muhitni tiklash, unga boʻladigan zararli taʼsir oqibatlarini bartaraf etish va tabiiy resurslarni takror ishlab chiqarish choralarini koʻrmaganlikda;
tabiatni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirayotgan idoralarning koʻrsatmalarini bajarmaganlikda;
Oldingi tahrirga qarang.
tabiatni muhofaza qilish obyektlari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy rejimini buzganlikda;
(47-moddaning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi OʻRQ-278-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
atrof tabiiy muhitga zararli taʼsirni hisobga olish qoidalarini buzganlikda;
Oldingi tahrirga qarang.
chiqindilarni, kimyolashtirish vositalarini, shuningdek radioaktiv va zararli kimyoviy moddalarni saqlash, tashish, ulardan foydalanish, ularni zararsizlantirish va koʻmib yuborish vaqtida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzganlikda;
(47-moddaning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning obyektlarga borishiga, ayrim shaxslar va tabiatni muhofaza qilish jamoat tashkilotlariga esa oʻz huquq va vazifalarini roʻyobga chiqarishlariga toʻsqinlik qilganlikda;
Keyingi tahrirga qarang.
atrof tabiiy muhitning holati va uning resurslaridan foydalanish toʻgʻrisida oʻz vaqtida va toʻgʻri axborot berishdan bosh tortganlikda aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga binoan intizomiy, maʼmuriy, jinoiy va boshqa yoʻsindagi javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
48-modda. Atrof tabiiy muhitga zararli taʼsir koʻrsatayotgan obyektlar faoliyatini cheklash, toʻxtatib qoʻyish, tugatish va oʻzgartirish
Oldingi tahrirga qarang.
Korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlarning inson salomatligiga yoki yashash sharoitiga, tabiiy resurslarga, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zararli taʼsir etgan yoki bunday taʼsir etish xavfi tugʻilgan taqdirda ularning faoliyati cheklanishi, toʻxtatib qoʻyilishi, zararli taʼsir etish sabablarini bartaraf etishning imkoni boʻlmagan taqdirda esa tugatilishi yoki oʻzgartirilishi mumkin.
(48-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi OʻRQ-278-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunday obyektlarning faoliyatini cheklash, toʻxtatib qoʻyish, tugatish yoki oʻzgartirish hamda ayni vaqtda ularni pul bilan taʼminlashni toʻxtatish xususidagi qarorlarni davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari, oʻz vakolatlariga muvofiq ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari chiqaradilar. Koʻrsatilgan choralar tadbirkorlik subyektlariga nisbatan sud tartibida qoʻllaniladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib qoʻyish hollari mustasno.
(48-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
49-modda. Tabiatni muhofaza qilish qonunlarini buzish oqibatida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash majburiyati
Keyingi tahrirga qarang.
Atrof tabiiy muhitga zarar yetkazgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va ayrim shaxslar yetkazgan zararni, shu jumladan boy berilgan foyda oʻrnini qonunlarga muvofiq qoplashlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ekologiya talablarini buzganlikda ayblanayotganlarning maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi ularni atrof tabiiy muhitga yetkazilgan zararni qoplash majburiyatidan ozod etmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
50-modda. Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
(50-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(50-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tegishli hollarda mahalliy davlat hokimiyati organlarining, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlarining qaroriga muvofiq aytib oʻtilgan qoidabuzarliklarning sabablariga barham berilgunga qadar yuridik va jismoniy shaxslarning xoʻjalik faoliyatini pul bilan taʼminlash toʻxtatib qoʻyilishi mumkin. Koʻrsatilgan chora tadbirkorlik subyektlariga nisbatan sud tartibida qoʻllaniladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda xoʻjalik faoliyatini moliyalashtirishni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib qoʻyish hollari mustasno.
(50-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
51-modda. Tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlarni buzish oqibatida zarar yetkazilishida aybdor boʻlgan mansabdor shaxslar va boshqa xodimlarning javobgarligi
Keyingi tahrirga qarang.
Korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning atrof tabiiy muhitga, inson salomatligi va odamlarning mol-mulkiga, xalq xoʻjaligiga yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan chiqimdor boʻlishida aybdor boʻlgan mansabdor shaxslar va boshqa xodimlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga binoan moddiy javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
52-modda. Ekologiya nuqtai nazaridan zararli faoliyatni toʻxtatish xususidagi daʼvo talablari
Yuridik va jismoniy shaxslar atrof tabiiy muhitga, inson salomatligi va odamlarning mol-mulkiga, xalq xoʻjaligiga ziyon yetkazayotgan ekologiya jihatidan zararli faoliyatni toʻxtatish toʻgʻrisida sudga daʼvo bilan murojaat qilishga haqlidirlar.
Sudning ekologiya nuqtai nazaridan zararli faoliyatni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori aytib oʻtilgan faoliyatni pul bilan taʼminlashni toʻxtatish uchun asos boʻladi.
53-modda. Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro shartnomalar
Basharti, Oʻzbekiston Respublikasi tuzgan xalqaro shartnomada ushbu Qonundagidan yoki Oʻzbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilishga doir boshqa qonun hujjatidagidan oʻzga qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida birmuncha qattiqroq talablar belgilangan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 9-dekabr,
754-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 38-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda;1997-y., 4-5-son, 126-modda; 1999-y., 1-son, 20-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda; 2000-y., 7-8-son, 217-modda; 2002-y., 9-son, 165-modda; 2003-y., 9-10-son, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 25-son, 287-modda; 51-son, 514-modda; 2006-y., 41-son, 405-modda; 2011-y., 1-2-son, 1-modda, 36-son, 365-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; 2014-y., 36-son, 452-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda, 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son; 29.12.2023-y., 03/23/891/0989-son; 07.02.2024-y., 03/24/904/0102-son; 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son; 27.03.2026-y., 03/26/1124/0277-son; 04.05.2026-y., 03/26/1143/0450-son)