1-ILOVA
1-ILOVA
| NAMUNA | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | |
|
|
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi | ||||||||
| | | | | | | | | | |
|
“Oltinsoy Fayz” MChJ | |||||||||
| | | | | | | | | | |
| Tasdiqnoma reyestri boʻyicha tartib raqami: X-0000 STIR (Soliq toʻlovchining identifikatsion raqami): 000 000 000 Pochta manzili: ________________________________________________ Faoliyat (harakat) amalga oshiriladigan manzil: ________________________________________________ Vakolatli organ: Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Xabarnoma yuborilgan sana:_________________________ | |||||||||
| | | | | | | | | | |
| | | | | | | |
|
| |
| | | | | | | | | ||
2-ILOVA
|
Xabarnoma nomi: |
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma | |
|
2. |
Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari: |
a) zargarlik buyumlarini, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlarni, shuningdek, qimmatbaho toshlarni baholash; b) qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni baholash, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni gemmologik tekshirish; v) qimmatbaho metallardan yasalgan laboratoriya idishlaridan, katalizatorlar, katalizator setkalaridan, tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan uskunalardan, termopar, termorele, termoqarshilikdan foydalanish va ularni saqlash; g) tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan tashqi qoplamalar tayyorlash va/yoki surkash (kimyoviy, elektrokimyoviy, purkash va boshqa usullar bilan); d) tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan moddalarni (tibbiy preparatlar, tuzlar, reagentlar, kimyoviy birikmalar va boshqalarni) ishlab chiqarish, qoʻllash, saqlash; e) tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan tish yasashga moʻljallangan mahsulotlar uchun disklar, elektrodlar, anodlar, kontaktlar va kavsharlarni tayyorlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash; yo) tibbiyot, oziq-ovqat, alkogol va vino-aroq mahsulotlari ishlab chiqarishda qimmatbaho metallardan, tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan oziq-ovqat qoʻshimchalaridan foydalanish; j) qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarga ishlov berish, ularni sayqallash. Tabiiy olmosdan yasalgan filyerlar, voloklar, olmosli uchliklardan, tabiiy olmosdan yasalgan olmosli asbobdan va burgʻilash olmosli asbobidan foydalanish hamda ularni saqlash. Olmosli asbobini rekuperatsiya qilish ishlarini amalga oshirish; z) qimmatbaho metallarni, qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni tahlil qilish hamda ularning asillik darajasini nazorat qilish ishlari; i) tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan maishiy texnika, tashkiliy texnika, tibbiyot texnikasi va boshqa buyumlarni qismlarga ajratish, ularga dastlabki ishlov berish, turlarga ajratish, bosma platalarni utilizatsiya qilish; y) uzellarida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan asbob-uskunalarni qismlarga ajratish hamda utilizatsiya qilish, shuningdek, tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan asbob-uskunalarni qismlarga ajratishdan va utilizatsiya qilishdan olingan chiqindilarni qayta ishlash korxonalariga topshirish; k) tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan ikkilamchi resurslar, parchalar va chiqindilarni keyinchalik qayta ishlash (affinaj) korxonalariga topshirish uchun toʻplash (tayyorlash), qismlarga ajratish, saralash, ularga dastlabki (birlamchi) qayta ishlov berish; l) qimmatbaho metallardan harbiy va/yoki aviatsiya texnikasini taʼmirlashda foydalanish, tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan harbiy va/yoki aviatsiya texnikasi chiqindilarini saqlash va ulardan foydalanish; m) harbiy va/yoki aviatsiya texnikasidan tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan radiodetallar va elementlarni ajratib olish, harbiy va/yoki aviatsiya texnikasining tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan chiqindilarini toʻplash va qayta ishlash korxonalariga topshirish; n) tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar boʻlgan buyumlar hamda predmetlarni koʻrgazmalarga qoʻyish, saqlash va restavratsiya qilish; o) qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari hamda boshqa buyumlarni, tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan predmetlarni (davlat organlarining qarorlariga koʻra davlat daromadiga oʻtkazilgan) restavratsiya qilish (taʼmirlash); p) tarkibida kumush mavjud boʻlgan va yorugʻlikka taʼsirchan materiallardan, kinofotorentgen-plyonkalar, kinofotorentgen-plastinkalar va tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan xuddi shunday materiallardan foydalanish. |
|
3. |
Xabardor qiluvchi toifasi: |
Yuridik shaxs |
|
4. |
Xabarnomani qabul qiluvchi organ(lar): |
Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi |
|
5. |
Xabarnomani yuborish tartibi: |
“Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali |
|
6. |
Xabarnomani yuborish uchun talab etiladigan maʼlumotlar: |
a) yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR; b) pochta hamda elektron pochta manzili; v) yuridik shaxs rahbarining mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); g) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi); d) faoliyat amalga oshiriladigan joy manzili (manzillari, kadastr raqami); e) amalga oshirish rejalashtirilayotgan faoliyat turi; yo) oʻlchash vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumot (elektron yoki tahliliy tarozi va toshlar (har-xil ogʻirlikdagi). |
|
7. |
Xabardor qiluvchi kiritgan maʼlumotlar tekshirilishi lozim boʻlgan davlat organlarining axborot tizimlari (maʼlumotlari): |
Favqulodda vaziyatlar vazirligi; Davlat soliq qoʻmitasi. |
|
8. |
Xabarnomani yuborish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi |
|
9. |
Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari: |
a) qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlarni amalga oshirganda, belgilangan talablarga mos mulkka egalik qilish huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan binolar va inshootlar, ishlab chiqarish maydonlari mavjudligi; b) qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik baza, uskunalar va boshqa texnika vositalarining mavjudligi; v) tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan xomashyo bilan ishlaganda, ishlab chiqarish maqsadlarida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan foydalanilganda, qimmatbaho metallardan aviatsiya va/yoki harbiy texnikada foydalanilganda:* qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlarni amalga oshirishga qoʻyiladigan talablarni tartibga soluvchi normativ-texnik hujjatlarning mavjudligi; xabardor qiluvchilar tomonidan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni olish, sarflash, hisobini yuritish va saqlash yuzasidan talablarga majburiy rioya qilinishi, qimmatbaho metallarning chiqindi va parchalarini qayta ishlash korxonalariga topshirish uchun tayyorlash, qadoqlash, tashish va qabul qilish-topshirish shartlariga majburiy rioya qilinishi; vakolatli organ tomonidan belgilagan muddatlar va shakllar boʻyicha qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar harakati haqidagi hisobotlar taqdim etish; g) tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan uskunalar bilan ishlaganda: tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan uskunalar bilan ishlarni amalga oshirishga qoʻyiladigan talablarni tartibga soluvchi normativ-texnik hujjatlarning mavjudligi; qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni olish, sarflash, hisobini yuritish va saqlash yuzasidan talablarga ariza beruvchi tomonidan majburiy rioya qilinishi, qimmatbaho metallarning chiqindi va parchalarini qayta ishlash korxonalariga topshirish uchun tayyorlash, qadoqlash, tashish va qabul qilish-topshirish shartlariga majburiy rioya qilish; d) ijtimoiy-madaniy maqsadlarda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan foydalanilganda: ijtimoiy-madaniy maqsadlarda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlarni amalga oshirish yuzasidan talablarni tartibga soluvchi normativ-texnik hujjatlarning mavjudligi; qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni olish, hisobini yuritish va saqlash yuzasidan talablarga ariza beruvchi tomonidan majburiy rioya qilish. |
|
10. |
Izoh: |
Har bir faoliyat turi boʻyicha alohida xabarnoma yuboriladi. * Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
3-ILOVA
1. | Xabarnoma nomi: | Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari hamda boshqa buyumlar ishlab chiqarish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida xabarnoma |
2. | Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari: | a) shaxsiy buyurtma asosida aholi tomonidan taqdim etilgan materiallardan zargarlik buyumlari ishlab chiqarish va qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlarini taʼmirlash. Oʻz ishlab chiqarishidan hosil boʻlgan chiqindilarni mexanik, kimyoviy va metallurgiya jarayonlarini qoʻllash yordamida qayta ishlash va ularning tarkibidan qimmatbaho metallarni ajratib olish (aholi buyurtmasiga asosan zargarlik buyumlari yasashda hosil boʻlgan chiqindilarni qayta ishlash huquqiga ega emas); b) zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish. Oʻz ishlab chiqarishidan hosil boʻlgan chiqindilarni mexanik, kimyoviy va metallurgiya jarayonlarini qoʻllash yordamida qayta ishlash va ularning tarkibidan qimmatbaho metallarni ajratib olish (aholi buyurtmasiga asosan zargarlik buyumlari yasashda hosil boʻlgan chiqindilarni qayta ishlash huquqiga ega emas). |
3. | Xabardor qiluvchi toifasi: | Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor |
4. | Xabarnomani qabul qiluvchi organ(lar): | Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi |
5. | Xabarnomani yuborish tartibi: | “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali |
6. | Xabarnomani yuborish uchun talab etiladigan maʼlumotlar: | Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun: a) YTTning: familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa); pasport seriyasi va raqami yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami; JSHSHIR; b) faoliyatini amalga oshirish joyi (manzili, kadastr raqami); v) yashash manzili; g) mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); d) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi); e) amalga oshirish rejalashtirilayotgan faoliyat turlari (yoki ularning qismlari); yo) oʻlchash vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumot (elektron yoki tahliliy tarozi va toshlar (har xil ogʻirlikdagi); Yuridik shaxslar uchun: j) yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR; z) pochta hamda elektron pochta manzili; i) yuridik shaxs rahbarining mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); y) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi); k) faoliyat amalga oshiriladigan joy manzili (manzil(lar)i, kadastr raqami); l) amalga oshirish rejalashtirilayotgan faoliyat turlari (yoki ularning qismlari); m) oʻlchash vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumot (elektron yoki tahliliy tarozi va toshlar (har xil ogʻirlikdagi). |
7. | Xabardor qiluvchi kiritgan maʼlumotlar tekshirilishi lozim boʻlgan davlat organlarining axborot tizimlari (maʼlumotlari): | Favqulodda vaziyatlar vazirligi; Adliya vazirligi; Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi. |
8. | Xabarnomani yuborish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi |
9. | Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari: | a) qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlarni ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun talab va shartlarga mos mulk huquqi yoki boshqa huquq asosida tegishli boʻlgan binolar, inshootlar, ishlab chiqarish maydonlari va sharoitlarning mavjudligi; b) zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik baza, uskunalar va boshqa texnika vositalarining mavjudligi va ushbu holat Savdo-sanoat palatasi tomonidan tasdiqlanganligi; v) quyidagi qoʻshimcha talab va shartlarga rioya etish: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan va/yoki nizom jamgʻarmasida kamida 50 foiz davlat ulushiga ega boʻlgan yuridik shaxslar uchun: faoliyat koʻrsatadigan joyda yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, texnik mustahkamlik yoʻriqnomalari, materiallar, xomashyo va tayyor buyumlarni saqlash qoidalariga belgilangan talablarga muvofiq rioya etilishini taʼminlash; qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlash boʻyicha talablarni tartibga soluvchi texnik va normativ hujjatlarning mavjudligi (qimmatbaho metallarni sarflash, hisobga olish va saqlash boʻyicha obyekt ichidagi yoʻriqnomalar, texnik qaydlar, marshrut texnologiyalari xaritasi, bichish xaritalari, barcha operatsiyalar uchun operatsiyalar boʻyicha normativlar, qimmatbaho metallarni sarflashning batafsil operatsiya normalari va jamlangan normalari); zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun malakali xodimlarning mavjudligi; xabardor qiluvchining qimmatbaho metallarni olish, sarflash, hisobga olish, saqlash tartibi, qimmatbaho metallarni tayyorlash, qadoqlash, transportirovka qilish, ularning parchalari va chiqindilarini qayta ishlash korxonalariga topshirish tartibiga rioya qilish boʻyicha talablarni soʻzsiz bajarishi;* qimmatbaho metallarning kelib tushishi, sarflanishi va xomashyoda, yarim tayyor mahsulotlar, tugallanmagan ishlab chiqarishda va tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan buyumlarda ularning qoldiqlarini, shuningdek, ushbu boyliklar chiqindilari va yoʻqotishlarning qatʼiy hisobini yuritish; xomashyoda, yarim tayyor mahsulotlar, tugallanmagan ishlab chiqarishda va tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan buyumlarda, barcha saqlash joylari hamda bevosita ishlab chiqarishda ularning qoldiqlarini har chorakda xatlovdan oʻtkazish; qimmatbaho metallar hosil boʻladigan joylar va manbalarda ularning barcha turdagi parchalari va chiqindilarini toʻliq toʻplash, hisobga olish hamda saqlashni taʼminlash; vakolatli organga belgilanadigan shakllar boʻyicha va muddatlarda qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlar harakati toʻgʻrisida hisobotlarni taqdim etish; Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtirilmaydigan va/yoki nizom jamgʻarmasida kamida 50 foiz davlat ulushiga ega boʻlmagan yuridik shaxslar uchun: belgilangan talablarga muvofiq yongʻin xavfsizligi, sanitariya qoidalari, normalari, gigiyena normativlari, texnik mustahkamlik boʻyicha yoʻriqnomalar mavjudligi; faoliyat joyida mustaqil ravishda ishlab chiqilgan norma va qoidalar asosida materiallar, xomashyo va tayyor buyumlarni hisobga olish, sarflash, saqlash; qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlash uchun mustaqil ravishda ishlab chiqilgan normativ-texnik hujjatlarning mavjudligi; yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun: xabardor qiluvchi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni sarflash, hisobga olish va saqlash boʻyicha mustaqil ishlab chiqilgan tartibga rioya qilishi shart; g) yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun maxsus shartlar:* xabarnoma qabul qilinganligi haqidagi tasdiqnomada xabardor qiluvchiga ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamgʻasi beriladi (lotin alifbosining uchta katta harf belgilari). Shaxsiy tamgʻani berishda avval ishlatilgan harflar kombinatsiyasini boshqa xabardor qiluvchilarga takroran berishga yoʻl qoʻyilmaydi; shaxsiy tamgʻani tayyorlash uchun tadbirkorlik subyekti mustaqil ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasiga xabarnoma qabul qilinganligi haqidagi tasdiqnoma bilan murojaat qiladi; shaxsiy tamgʻa xabarnoma yuborilgandan keyin 90 kun ichida Davlat asillik darajasini belgilash palatasida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim; d) Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan malaka imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan va tegishli sertifikatga ega boʻlgan kamida bir nafar mutaxassisning mavjudligi; |
10. | Izoh: | Ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamgʻasini mexanik (zarb) yoki lazer usullari yordamida tushirishga ruxsat etiladi. Bunda zargarlik buyumlariga lazer usullari yordamida tushirilgan shaxsiy tamgʻaning haqiqiyligini tasdiqlash ishlab chiqaruvchining zimmasiga yuklanadi. Tadbirkorlik subyekti zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni oʻz xohishiga koʻra tugatganda va maʼlum bir vaqtdan soʻng faoliyatni qayta tiklashni istaganda, ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamgʻasi umumiy asoslarga koʻra beriladi. qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni ishlab chiqaruvchilar mustaqil taqdim etadigan belgilangan namunadagi asillik darajasi belgilari quyidagi shakllarda boʻlishi lozim: * Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
T/r | Qimmatbaho metall turi | Asillik darajasi belgisining shakli* | Qonunchilik hujjatlarida belgilangan asillik darajalari |
1. | Oltin | 375, 500, 585, 750, 875, 916, 958, 999. | |
2. | Kumush | 800, 875, 925, 960, 999 | |
3. | Platina | 850, 900, 950, 999 | |
4. | Palladiy | 500, 850, 999 |
4-ILOVA
1. | Xabarnoma nomi: | Zargarlik buyumlarini hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlarni sotish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida xabarnoma |
2. | Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari: | a) qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar bilan chakana savdo qilish (shu jumladan, xorijiy davlatlardan sotish uchun olib kelingan), qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar bilan vositachilik savdosi; b) axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (onlayn-doʻkonlardan) foydalangan holda, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlarning chakana savdosi; v) qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar bilan bojsiz savdo zonalarida chakana savdo qilish (duty free); g) qimmatbaho metallar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar hamda ulardan yasalgan buyumlarni sotib olish, qimmatbaho metallarning parchalari va chiqindilarini sotib olish; d) qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar bilan ulgurji savdo qilish (shu jumladan, xorijiy davlatlardan sotish uchun olib kelingan). |
3. | Xabardor qiluvchi toifasi: | Yuridik shaxs |
4. | Xabarnomani qabul qiluvchi organ(lar): | Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi |
5. | Xabarnomani yuborish tartibi: | “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali |
6. | Xabarnomani yuborish uchun talab etiladigan maʼlumotlar: | a) yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR; b) pochta hamda elektron pochta manzili; v) yuridik shaxs rahbarining mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); g) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi); d) faoliyat amalga oshiriladigan joy manzili (manzil(lar)i, kadastr raqami); e) oʻlchash vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumot (elektron yoki tahliliy tarozi va toshlar (har xil ogʻirlikdagi). |
7. | Xabardor qiluvchi kiritgan maʼlumotlar tekshirilishi lozim boʻlgan davlat organlarining axborot tizimlari (maʼlumotlari): | Adliya vazirligi; Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi. |
8. | Xabarnomani yuborish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi |
9. | Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari: | a) mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan binolar va inshootlarning mavjudligi; b) qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar bilan savdo qilish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika baza, uskunalar, oʻlchash va boshqa texnika vositalarining mavjudligi hamda ushbu holat Savdo-sanoat palatasi tomonidan tasdiqlanganligi; v) zargarlik buyumining tamgʻasida belgilangan darajaga mos keladigan ashyolarni sotish;* g) Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan malaka imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan va tegishli sertifikatga ega boʻlgan kamida bir nafar mutaxassisning mavjudligi. |
10. | Izoh: | Har bir faoliyat yuritish turi va manziliga (filialiga) alohida xabarnoma yuboriladi. Zargarlik buyumlari va qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlarni sotish faoliyati yoʻnalishida onlayn-doʻkon shaklidagi tadbirkorlik subyektlari uchun mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan binolar va inshootlarning hamda oʻlchash vositalarining mavjudligi talab etilmaydi. * Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
6-ILOVA
1. | Xabarnoma nomi: | Qoʻshimcha taʼlim faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida xabarnoma |
2. | Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning kichik turlari: | a) bolalar uchun nodavlat qoʻshimcha taʼlim, shu jumladan, bolalar uchun chet tillarini oʻrgatish faoliyati; b) katta yoshdagilar uchun nodavlat qoʻshimcha taʼlim, shu jumladan, katta yoshdagilar uchun chet tillarini oʻrgatish faoliyati. |
3. | Xabardor qiluvchi toifasi: | Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor |
4. | Xabarnomani qabul qiluvchi vakolatli organ(lar): | Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi | ||
5. | Xabarnomani yuborish tartibi: | “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali |
6. | Xabarnomani yuborish uchun talab etiladigan maʼlumotlar: | Yakka tartibdagi tadbirkor uchun: a) YTTning: familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa); pasport seriyasi va raqami yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami; JSHSHIR; b) yashash manzili; v) mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); g) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi); Yuridik shaxs uchun: a) yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR; b) pochta va elektron pochta manzili; v) yuridik shaxs rahbarining mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); g) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi); Yakka tartibdagi tadbirkor va yuridik shaxs uchun: a) faoliyat amalga oshiriladigan joy manzili (manzil(lar)i, kadastr raqami), faqat masofaviy (onlayn) taʼlimga asoslangan nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchilar bundan mustasno; b) taʼlim yoʻnalishlari, kurslar va kasblar roʻyxati; v) pedagog kadrlar (shu jumladan xorijiy oʻqituvchilar) haqida maʼlumot: familiyasi, ismi, otasining ismi (mavjud boʻlgan taqdirda); pasport seriyasi va raqami yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami; JSHSHIR; telefon raqami; maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom yoki xorijiy davlatda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnoma raqami va sanasi; chet el fuqarolari boʻlgan pedagog xodimlar tomonidan beriladigan taʼlim, shu jumladan, chet tillarini oʻrgatish faoliyati boʻyicha kamida ikki yillik ish stajini tasdiqlovchi hujjat nusxasi; chet tillariga oʻqitgan hollarda, xorijiy til oʻqituvchilarining kamida B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikatining raqami va sanasi yoki yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikatlari PDF nusxasi; chet tillarga oʻqitgan hollarda pedagoglarning malakasini oshirganligi haqida sertifikat nusxasi; g) oʻquv rejasi va dasturlarining elektron nusxalari; d) davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan mavjud binolar va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosaning sanasi va raqami, faqat masofaviy (onlayn) taʼlimga asoslangan nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchilar bundan mustasno; e) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hududiy organining sanitariya-gigiyena normalari, qoidalari va normativlariga muvofiqlik toʻgʻrisidagi xulosasining sanasi va raqami, faqat masofaviy (onlayn) taʼlimga asoslangan nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchilar bundan mustasno. |
7. | Xabardor qiluvchi kiritgan maʼlumotlar tekshirilishi lozim boʻlgan davlat organlarining axborot tizimlari (maʼlumotlari): | Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi; Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi; Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi; Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi; Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi; Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi. |
8. | Xabarnomani yuborish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi |
9. | Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari: | a) oʻquv rejasi va dasturi qoʻshimcha taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlishi; a1) taʼlimning majburiy ravishda dunyoviy xarakterda boʻlishi, taʼlim jarayonida urushni, zoʻravonlikni targʻib qilishdan foydalanishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinligi kamsitilishiga, taʼlim oluvchilar jinsiga koʻra ajratib oʻqitilishiga (qonunchilikda ayrim oʻquv fanlarni ajratib oʻqitish boʻyicha belgilangan holatlar bundan mustasno), mamlakatdagi xavfsizlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka, jamiyatning huquqiy va maʼnaviy asoslari, fuqarolar osoyishtaligiga, millatlararo va dinlararo totuvlikka raxna solinishiga, Oʻzbekiston Respublikasi toʻgʻrisida yolgʻon axborotlar tarqatilishiga hamda uning tarixiy, madaniy va maʼnaviy qadriyatlari buzib koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmasligi;* b) taʼlim faoliyati yuritiladigan binoga (xonalarga) mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligi (ushbu talab faqat masofaviy (onlayn) taʼlimga asoslangan nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi); v) har bir toʻgarak rahbari oʻquv qoʻllanma bilan taʼminlanganligi; g) Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi)ning axborot tizimiga quyidagi maʼlumotlar toʻgʻri va ishonchli kiritilishini taʼminlash: taʼlim tashkiloti toʻgʻrisida; taʼlim oluvchilar toʻgʻrisida; pedagog xodimlar, toʻgarak rahbarlari, trenerlar toʻgʻrisida; taʼlim jarayoni toʻgʻrisida; d) taʼlim oluvchilar bilan oʻzaro munosabatlar shartnoma asosida amalga oshirilishi;* e) taʼlim oluvchilarning minimal va maksimal soni: individual (yakka) tarzda; toʻgarakda — 40 nafargacha; e1) chet el fuqarolari boʻlgan pedagog xodimlar beradigan taʼlim, shu jumladan, chet tillarini oʻrgatish faoliyati boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlishi;* yo) pedagog xodimlarning ilmiy salohiyati darajasi: oliy maʼlumotli — 50%; oʻrta maxsus va kasbiy maʼlumotli — 40%; oʻrta maʼlumotli — 10%. j) taʼlim tashkilotining hududi: devor yoki panjara bilan oʻralganligi; tungi yoritgichlar oʻrnatilganligi; ichimlik suv va kanalizatsiya bilan taʼminlanganligi; z) taʼlim tashkilotidagi xonalar uchun ajratiladigan minimal maydon oʻlchami: dars mashgʻulotlari uchun: toʻgarak mashgʻulotlari xonasi — 15 m2; ustaxona — 30 m2 (agar mavjud boʻlsa); studiya va individual mashgʻulotlar xonasi umumiy maydoni — 20 m2 (agar mavjud boʻlsa); umumnazariy va umumtaʼlim laboratoriya xonalari — 25 m2 (agar mavjud boʻlsa); i) oʻquv auditoriyalarida taʼlim faoliyati uchun yaratilgan sharoitlarga qoʻyiladigan minimal talablar: elektron yoki oddiy doska — 1 dona; proyektor — 1 dona; auditoriyaning yoritilish darajasi — 400 lyuks; i1) taʼlim jarayoni ovozli videoyozuvga qayd etilishi (bunda ovozli videoyozuv kamida bir oy davomida saqlanishi lozim);* y) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hududiy organining sanitariya-gigiyena normalari, qoidalari va normativlariga muvofiq boʻlishi; k) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitar vrachining 2009-yil 4-iyundagi 0266-09-son Nogironlar va aholining imkoniyati cheklangan katta yoshdagi va bolalar guruhlari tomonidan foydalaniladigan turar-joy va jamoat binolarini loyihalashtirish va qurishning sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq boʻlishi; l) qoʻshimcha taʼlim boʻyicha taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma berilishi; m) chet tillarga oʻqitgan hollarda, chet tili oʻqituvchilarida B2 va undan yuqori darajadagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan bilimlar darajasi va chet tilini bilish va egallab olganlik darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi malaka sertifikati yoki yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikati (IELTS, CEFR, TOEFL IBT) mavjud boʻlishi;* n) chet tillariga oʻqitgan hollarda, pedagoglarning tegishlicha kasbiy rivojlantirish taʼlim tashkilotlarida malakasi oshirilgan boʻlishi hamda har uch yilda malakasi oshirib borilishi.* |
10. | Izoh: | * Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
7-ILOVA
1. | Xabarnoma nomi: | Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma |
2. | Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turi: | Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyati |
3. | Xabardor qiluvchi toifasi: | Yuridik shaxs |
4. | Xabarnomani qabul qiluvchi vakolatli organ(lar): | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
5. | Xabarnomani yuborish tartibi: | “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali |
6. | Xabarnomani yuborish uchun talab etiladigan maʼlumotlar: | a) yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR; b) pochta hamda elektron pochta manzili; v) yuridik shaxs rahbarining mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); g) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi); d) faoliyat amalga oshiriladigan joy manzili (manzil(lar)i, kadastr raqami), sayyor shaklda va masofaviy (onlayn) taʼlimga asoslangan nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchilar bundan mustasno; e) taʼlim yoʻnalishlari, kurslar va kasblar roʻyxati; yo) pedagog kadrlar haqida maʼlumot: familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa); pasport raqami va seriyasi yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami; JSHSHIR; yashash joyining manzili; telefon raqami; maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom yoki xorijiy davlatda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnoma raqami va sanasi; j) oʻquv rejasi va dasturlarining elektron nusxalari; z) davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan mavjud binolar va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosaning sanasi va raqami, faqat masofaviy (onlayn) taʼlimga asoslangan nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchilar bundan mustasno; i) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hududiy organining sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqlik toʻgʻrisidagi xulosasining sanasi va raqami, faqat masofaviy (onlayn) taʼlimga asoslangan nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchilar bundan mustasno. |
7. | Xabardor qiluvchi kiritgan maʼlumotlar tekshirilishi lozim boʻlgan davlat organlarining axborot tizimlari (maʼlumotlari): | Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi; Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi; Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi; Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi; Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi; Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi. |
8. | Xabarnomani yuborish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi |
9. | Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari: | a) belgilangan tartibda tasdiqlangan oʻquv rejasi va dasturining mavjudligi; a1) tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun qoʻshimcha kasbiy bilim, malaka va koʻnikmalarning zarur hajmi egallanishini, shuningdek, kasbiy bilim, koʻnikma va malakalarning chuqurlashtirilishi hamda yangilab borilishini taʼminlashga oid faoliyatga mos kelmaydigan taʼlim faoliyatini amalga oshirmaslik;* b) taʼlim faoliyati yuritiladigan binoga (xonalarga) mulk yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligi (ushbu talab sayyor shaklda va masofaviy (onlayn) taʼlimga asoslangan nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi); v) quyidagi oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan taʼminlanganligi: taʼlim oluvchilarning fanlar kesimida oʻquv adabiyotlari (oʻquv qoʻllanmalari) bilan taʼminlanganligi — har 2 nafar taʼlim oluvchiga 1 toʻplam; taʼlim oluvchilarning tavsiyaviy xususiyatga ega oʻquv adabiyotlari (oʻquv-metodik qoʻllanmalar) bilan taʼminlanganligi — har 6 nafar taʼlim oluvchiga 1 toʻplam; elektron darslik va boshqa oʻquv materiallari bilan taʼminlanganligi — har bir taʼlim oluvchilarga; har bir oʻqituvchiga oʻquv qoʻllanmasi va qoʻshimcha adabiyotlar; g) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining axborot tizimiga quyidagi maʼlumotlarni toʻgʻri va ishonchli kiritilishini taʼminlash: taʼlim tashkiloti toʻgʻrisida; taʼlim oluvchilar toʻgʻrisida; pedagog xodimlar toʻgʻrisida; taʼlim jarayoni toʻgʻrisida; d) taʼlim oluvchilar bilan oʻzaro munosabatlar shartnoma asosida amalga oshirilishi;* e) taʼlim oluvchilarning minimal va maksimal soni: individual (yakka) tarzda; kichik guruhda — 20 nafargacha; katta guruhda — 30 nafargacha; yo) oʻqituvchilarning ilmiy salohiyat darajasi: institut shakli uchun: ilmiy darajaga va (yoki) ilmiy unvonga ega boʻlgan oʻqituvchilarning minimal ulushi — 50%; oliy maʼlumotli oʻqituvchilarning minimal ulushi — 50%; fakultet (boʻlim, markaz) shakli uchun: ilmiy darajaga va (yoki) ilmiy unvonga ega boʻlgan oʻqituvchilarning minimal ulushi — 40%; oliy maʼlumotli oʻqituvchilarning minimal ulushi — 60%; kurs shakli uchun oʻqituvchilarning tayanch maʼlumoti (mutaxassisligi, ixtisosligi) ular mashgʻulot olib boradigan modullarga muvofiq boʻlishi; j) asosiy shtatdagi oʻqituvchilar ulushi — 15%; z) faoliyat amalga oshiriladigan joyning devor yoki panjara bilan oʻralganligi; tungi yoritgichlar oʻrnatilganligi; ichimlik suvi va kanalizatsiya bilan taʼminlanganligi; i) taʼlim tashkilotidagi xonalar hamda har bir taʼlim oluvchi yoki xodimlar uchun ajratiladigan minimal maydon oʻlchami: dars mashgʻulotlari uchun: oʻquv auditoriyalari — 20 m2; umumnazariy va umumtaʼlim laboratoriya xonalari — 25 m2; texnik va maxsus laboratoriyalar — 30 m2; alohida kabinalarga ajratilgan fonozallar — 12 m2; y) oʻquv auditoriyalarida taʼlim faoliyati uchun yaratilgan sharoitlarga qoʻyiladigan minimal talablar: elektron yoki oddiy doska — 1 dona; proyektor — 1 dona; auditoriyaning yoritilish darajasi — 400 lyuks; k) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitar vrachining 2016-yil 6-maydagi 0330-16-son Sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari bilan tasdiqlangan Oliy oʻquv yurtlarini loyihalashtirish, qurish, jihozlash va ulardan foydalanishga qoʻyiladigan gigiyenik talablarga muvofiq boʻlishi; l) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitar vrachining 2009-yil 4-iyundagi 0266-09-son Nogironlar va aholining imkoniyati cheklangan katta yoshdagi va bolalar guruhlari tomonidan foydalaniladigan turar-joy va jamoat binolarini loyihalashtirish va qurishning sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq boʻlishi; m) qayta tayyorlash boʻyicha taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi diplom hamda malaka oshirish boʻyicha taʼlim olganlik toʻgʻrisida sertifikat berilishi. |
10. | Izoh: | * Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
8-ILOVA
1. | Xabarnoma nomi: | Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida xabarnoma |
2. | Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari: | Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish faoliyati |
3. | Xabardor qiluvchi toifasi: | Yuridik shaxs |
4. | Xabarnomani qabul qiluvchi vakolatli organ(lar): | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi |
5. | Xabarnomani yuborish tartibi: | “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali |
6. | Xabarnomani yuborish uchun talab etiladigan maʼlumotlar: | a) yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR; b) pochta hamda elektron pochta manzili; v) yuridik shaxs rahbarining mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); g) bank rekvizitlari (hisob varagʻi, bank kodi); d) faoliyat amalga oshiriladigan joy manzili (manzil(lar)i, kadastr raqami); e) oʻqituvchi va amaliy boshqaruv instruktorlari haqida maʼlumot: familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa); pasport seriyasi va raqami yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami; JSHSHIR; maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom yoki xorijiy davlatda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnoma raqami va sanasi; qayta tayyorlashdan oʻtganligi toʻgʻrisida diplom (agar mavjud boʻlsa); yo) oʻquv rejasi va dasturlarining elektron nusxalari; j) davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan mavjud binolar va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida berilgan xulosaning sanasi va raqami; z) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hududiy organining sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqlik toʻgʻrisidagi xulosasining sanasi va raqami. |
7. | Xabardor qiluvchi kiritgan maʼlumotlar tekshirilishi lozim boʻlgan davlat organlarining axborot tizimlari (maʼlumotlari): | Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi; Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi; Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi; Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi; Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi; Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi. |
8. | Xabarnomani yuborish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi |
9. | Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari: | a) taʼlim jarayonini tashkil etish uchun oʻquv rejasi va dasturining mavjudligi; b) taʼlim faoliyati yuritiladigan binoga (xonalarga) mulk yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligi; v) har bir taʼlim oluvchining oʻquv qoʻllanma va qoʻshimcha adabiyotlar bilan taʼminlanganligi; g) Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining axborot tizimiga quyidagi maʼlumotlar toʻgʻri va ishonchli kiritilishini taʼminlash:* taʼlim tashkiloti toʻgʻrisida; taʼlim oluvchilar toʻgʻrisida (har yangi guruh tashkil etilganda yangilab borilishi lozim); pedagog xodimlar hamda h?ydovchi-yoʻriqchilar toʻgʻrisida; taʼlim jarayoni toʻgʻrisida; d) taʼlim oluvchilar bilan oʻzaro munosabatlar shartnoma asosida amalga oshirilishi;* e) taʼlim oluvchilarning maksimal soni guruhda — 25 nafargacha; yo) pedagog xodimlarning minimal soni: avtotransport mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotga ega oʻqituvchilar soni — 25 nafar taʼlim oluvchiga 1 shtat birligi; shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish yoki tibbiyot ixtisosligi boʻyicha oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotga ega yoʻriqchilar (paramediklar) soni — 1 nafar; j) taʼlim tashkiloti va uning hududi uchun talablar: tungi yoritgichlar oʻrnatilganligi; ichimlik suv va kanalizatsiya bilan taʼminlanganligi; hojatxona har biri kamida 40 m2 maydonga ega boʻlgan va bitta hududda joylashgan kamida ikkita xonaning (auditoriya) mavjudligi; yoʻl harakati qoidalari, yoʻl harakati xavfsizligi asoslari va birinchi yordam koʻrsatish boʻyicha xonaning mavjudligi; taʼlim oluvchilarning bilimlarini yakuniy test sinovlaridan oʻtkazish uchun kamida 10 dona kompyuter texnikasi bilan jihozlangan alohida xonaning mavjudligi; z) kompyuter texnikalari Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanganligi yoki hududda Wi-Fi zonalar tashkil etilganligi; i) oʻquv auditoriyalarida taʼlim faoliyati uchun yaratilgan sharoitlarga qoʻyiladigan minimal talablar: oʻlchami 1500x1000 mm, 1500x2000 mm yoki 2500x2000 mm boʻlgan elektron yoki oddiy doska — 1 dona; proyektor yoki ekran oʻlchami kamida 43 duym boʻlgan televizor — 1 dona; auditoriyaning yoritilish darajasi — 400 lyuks; y) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitar vrachining 2009-yil 4-iyundagi 0266-09-son Nogironlar va aholining imkoniyati cheklangan katta yoshdagi va bolalar guruhlari tomonidan foydalaniladigan turar-joy va jamoat binolarini loyihalashtirish va qurishning sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq boʻlishi; k) avtotransport vositalari haydovchilarining malaka oshirgani toʻgʻrisida sertifikat berilishi. |
10. | Izoh: | * Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar |
9-ILOVA
|
1. |
Xabarnoma nomi: |
Yongʻinni avtomatik tarzda oʻchirish va yongʻin signalizatsiyasi qurilmalarini montaj qilish, sozlash, taʼmirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma |
|
2. |
Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari: |
Yongʻinni avtomatik tarzda oʻchirish va yongʻin signalizatsiyasi qurilmalarini montaj qilish, sozlash, taʼmirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish |
|
3. |
Xabardor qiluvchi toifasi: |
Yuridik shaxs |
|
4. |
Xabarnomani qabul qiluvchi vakolatli organ(lar): |
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
|
5. |
Xabarnomani yuborish tartibi: |
“Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali |
|
6. |
Xabarnomani yuborish uchun talab etiladigan maʼlumotlar: |
a) yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR; b) pochta hamda elektron pochta manzili; v) yuridik shaxs rahbarining mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); g) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi); d) faoliyat amalga oshiriladigan joy manzili (manzillari, kadastr raqami); e) faoliyat bilan shugʻullanuvchi shaxsning (rahbarning) tegishli yoʻnalish boʻyicha oliy maʼlumotga, “muhandislik” yoʻnalishi boʻyicha kamida uch yil ish staji va maxsus tayyorgarlikka ega boʻlganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar: familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa); pasport raqami, seriyasi yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami; JSHSHIR; telefon raqami; maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom yoki xorijiy davlatda taʼlim olganlik haqidagi hujjatni tan olish toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami va sanasi; ishlar rahbarining tegishli ixtisoslik boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtgani yoki malaka oshirganligi toʻgʻrisidagi hujjatning (sertifikat, guvohnoma va boshqa) PDF yoki JPEG formatdagi nusxasi; yo) faoliyat bilan shugʻullanuvchi ish bajaruvchilarning maʼlumoti: familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa); pasport raqami, seriyasi yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami; JSHSHIR; telefon raqami; maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom yoki xorijiy davlatda taʼlim olganlik haqidagi hujjatni tan olish toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami va sanasi ish bajaruvchilarning tegishli ixtisoslik boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtgani yoki malaka oshirganligi toʻgʻrisidagi hujjatning (sertifikat, guvohnoma va boshqa) PDF yoki JPEG formatdagi nusxasi (kamida 2 nafar xodimning maʼlumotlari kiritiladi). |
|
7. |
Xabardor qiluvchi kiritgan maʼlumotlar tekshirilishi lozim boʻlgan davlat organlarining axborot tizimlari (maʼlumotlari): |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi; Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi; Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi; Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. |
|
8. |
Xabarnomani yuborish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi |
|
9. |
Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari: |
a) yuridik shaxsning doimiy shtatida elektronika va asbobsozlik, informatika va axborot texnologiyalari va elektrotexnika sohasida “muhandislik” yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga, shuningdek, ushbu yoʻnalishlar boʻyicha kamida uch yil ish stajiga hamda yongʻinni avtomatik tarzda oʻchirish va yongʻin signalizatsiyasi qurilmalarini montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish yoʻnalishlari boʻyicha maxsus tayyorgarlikka ega boʻlgan ishlar rahbarining mavjud boʻlishi; b) ishlar rahbari tegishli ixtisoslik boʻyicha har toʻrt yilda kamida bir marotaba maxsus tayyorgarlikdan oʻtib malakasini oshirishi va buni tasdiqlovchi tegishli hujjatga ega boʻlishi; v) yongʻinni avtomatik tarzda oʻchirish va yongʻin signalizatsiyasi qurilmalarini montaj qilish yuzasidan topshirilgan obyektlar hisobini (reyestrini) olib borish va ularni ishlatishning butun davrida loyihalarning va boshqa hujjatlarning (yoki ularning nusxalarining) saqlanishini taʼminlashi;* g) ish bajaruvchilar quyidagi tegishli malaka, kasb-hunar, texnik maʼlumot(ga) yoki yoʻnalish boʻyicha maxsus kurslarni tugatganligi toʻgʻrisida sertifikatga ega boʻlishlari shart**: yongʻinni avtomatik tarzda oʻchirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish yoʻnalishi boʻyicha — qoʻlda elektr payvandlovchi (gaz bilan payvandlovchi) yoki sanitariya-texnik uskunalarni montaj qiluvchi 4-razryaddan past boʻlmasligi; yongʻin signalizatsiyasi qurilmalarini montaj qilish, sozlash, taʼmirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish yoʻnalishi boʻyicha — elektronika va elektrotexnika sohasida 3-razryaddan past boʻlmasligi; d) yuridik shaxs doimiy shtatida boʻlgan yoki ayrim ishlarni bajarish uchun oʻzaro shartnoma tuzish orqali jalb etilayotgan subpudrat tashkiloti mutaxassisning tegishli kasb-hunar yoki texnik maʼlumoti va malakasi boʻyicha razryadini koʻrsatib oʻtishi; e) xabardor qilish tartibidagi faoliyatni amalga oshirish uchun quyidagi moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalarning mavjud boʻlishi:** kombinatsiyalashtirilgan pribor (qurilma markasi koʻrsatilsin). megommetr (qurilma markasi koʻrsatilsin); shumomer (qurilma markasi koʻrsatilsin); elektr kavsharlagich (elektropayalnik); elektr perforator; elektr pirmadasta (elektrodrel); chilangar asboblari toʻplami; elektr montaj asboblari toʻplami; montaj qiluvchining kaskasi; montaj qiluvchining belbogʻi; narvon; ikki yoqqa ochiladigan narvon; kompressor (yongʻinni avtomatik tarzda oʻchirish faoliyati uchun tatbiq etiladi); loyiha-smeta hujjatlarini saqlash uchun seyf; 20 kv.m.dan kam boʻlmagan xizmat xonasi; 20 kv.m.dan kam boʻlmagan asbob-uskunalarni va texnik vositalarni saqlash uchun xona yoki maxsus ajratilgan joy. Bunda oʻlchash vositalari metrologik tekshiruv (qiyoslash) natijalari boʻyicha muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlishi hamda ushbu sertifikat muddatlari amalda boʻlishi lozim; yo) xabardor qiluvchi tomonidan yongʻinni avtomatik tarzda oʻchirish va yongʻin signalizatsiyasi qurilmalarini montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyati turi bilan shugʻullanishda, xabardor qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga, normativ hujjatlar va standartlar talablariga rioya etishi va quyidagi texnik hujjatlarning mavjud boʻlishi: RDPB 01-001:2007 “Avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari. Oʻrnatish talablari. Ishlarni bajarish va qabul qilish qoidalari”; RDPB 01-002:2007 “Yongʻindan darak berish qurilmalari. Oʻrnatish talablari. Ishlarni bajarish va qabul qilish qoidalari”; RDPB 01-003:2008 “Yongʻin avtomatikasi qurilmalari. Texnik xizmat koʻrsatish va rejali- ogohlantiruvchi taʼmirlash ishlari”; RDPB 01-004:2010 “Yongʻin oʻchirish qurilmasining, yongʻin va qoʻriqlash xabar joylarining grafik shartli belgilanishi”; SHNK 2.04.09-2007 “Bino va inshootlarning yongʻin avtomatikasi”; j) ishlarni bajarish vaqtida ishlatiladigan mahsulotlar va materiallar loyihaning oʻziga xos xususiyatlariga, davlat standartlariga, texnik shartlarga muvofiq hamda tegishli sertifikatlarga va texnik pasportlarga ega boʻlishi; z) xabardor qiluvchi tomonidan obyektlarda oʻrnatilgan yongʻinni avtomatik tarzda oʻchirish, yongʻin signalizatsiya qurilmalari toʻgʻrisidagi axborotlarning, shuningdek, obyektni qoʻriqlash va uning xavfsizligini taʼminlash tizimi toʻgʻrisida xabardor qilish faoliyatini amalga oshirish jarayonida maʼlum boʻlib qolgan boshqa maʼlumotlarni muhofaza qilishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarning koʻrilishi; i) qurilmalarni montaj qilish jarayonida buyurtmachi va Davlat yongʻin nazorati organlari bilan kelishmasdan, loyihaviy yechimlar yoki koʻrik dalolatnomasidan chetga chiqish man etiladi; y) yongʻinni avtomatik tarzda oʻchirish va yongʻin signalizatsiyasi qurilmalarining texnik vositalarini montaj qilish, sozlash, taʼmirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish ishlari jarayonida ushbu sohada mavjud boʻlgan koʻrsatma va normativ hujjatlarda belgilangan talablarga rioya etish, shu bilan birga ishlab chiqarish hujjatlarini tuzish va olib borish. |
|
10. |
Izoh: |
* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. ** Montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajaruvchilar, yuridik shaxsning doimiy shtatda boʻlishi, shu jumladan, oʻzaro shartnoma tuzgan holda mutaxassislarni yoki subpudrat tashkilotlarini jalb etishi mumkin. |
10-ILOVA
1. | Xabarnoma nomi: | Qoʻriqlash texnik vositalari va tizimlarini montaj qilish, sozlash, taʼmirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida xabarnoma |
2. | Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turi: | Qoʻriqlash texnik vositalari va tizimlarini montaj qilish, sozlash, taʼmirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyati yoki uning bir qismi |
3. | Xabardor qiluvchi toifasi: | Yuridik shaxs |
4. | Xabarnomani qabul qiluvchi organ: | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti |
5. | Xabarnomani yuborish tartibi: | “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali |
6. | Xabarnomani yuborish uchun talab etiladigan maʼlumotlar: | a) yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR; b) pochta hamda elektron pochta manzili; v) yuridik shaxs rahbarining mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); g) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi); d) faoliyat amalga oshiriladigan joy manzili (manzillari, kadastr raqami); e) faoliyat bilan shugʻullanuvchi shaxsning (rahbarning) elektronika va elektrotexnika sohasida “muhandislik” yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga shuningdek tegishli ixtisoslik, signalizatsiya qurilmalarini montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish yoʻnalishlari boʻyicha kamida uch yil ish staji va maxsus tayyorgarlikka ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa); pasport raqami va seriyasi yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami; JSHSHIR; telefon raqami; maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom yoki xorijiy davlatda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnoma raqami va sanasi; sertifikatlar va malaka toifasi berilganligi toʻgʻrisidagi boshqa hujjatlar (agar mavjud boʻlsa PDF formatda yuklanadi); yo) faoliyat bilan shugʻullanuvchi ish bajaruvchilarning maʼlumoti: familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa); pasport raqami va seriyasi yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami; JSHSHIR; telefon raqami; maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom yoki xorijiy davlatda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnoma raqami va sanasi; sertifikatlar va malaka toifasi berilganligi toʻgʻrisidagi boshqa hujjatlar (agar mavjud boʻlsa PDF formatda yuklanadi). |
7. | Xabardor qiluvchi kiritgan maʼlumotlar tekshirilishi lozim boʻlgan davlat organlarining axborot tizimlari: | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi; Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi; Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi; Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. |
8. | Xabarnomani yuborish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi |
9. | Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari: | a) yuridik shaxsning doimiy shtatida elektronika va elektrotexnika sohasida “muhandislik” yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan ishlar rahbarining mavjud boʻlishi; b) montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajaruvchilar, yuridik shaxs doimiy shtatda boʻlishi, shu jumladan, oʻzaro shartnoma tuzgan holda mutaxassislarni yoki subpudrat tashkilotlarni jalb etishi mumkin; v) ishlar rahbarining tegishli ixtisoslik boʻyicha har toʻrt yilda kamida bir marotaba maxsus tayyorgarlikdan oʻtib malakasini oshirish; g) ish bajaruvchilar quyidagi tegishli kasb-hunar, texnik maʼlumotga yoki yoʻnalish boʻyicha maxsus kurslar sertifikatiga ega boʻlishlari shart: qoʻlda elektr payvandlovchi (gaz bilan payvandlovchi) yoki sanitariya-texnik uskunalarni montaj qiluvchi 4-razryaddan past boʻlmagan; elektronika va elektrotexnika sohasida 3-razryaddan past boʻlmagan; d) yuridik shaxs doimiy shtatida boʻlgan yoki ayrim ishlarni bajarish uchun oʻzaro shartnoma tuzish orqali jalb etilayotgan subpudrat tashkilot mutaxassisning tegishli kasb-hunar yoki texnik maʼlumoti va malakasi boʻyicha razryadini koʻrsatib oʻtishi; e) xabardor qiluvchida xabardor etish faoliyatini amalga oshirish uchun quyidagi moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalarning mavjud boʻlishi: kombinatsiyalashtirilgan pribor (qurilma markasi koʻrsatilsin); megommetr (qurilma markasi koʻrsatilsin); shumomer (qurilma markasi koʻrsatilsin); elektr kavsharlagich (elektropayalnik); elektr perforator; elektr pirmadasta (elektrodrel); chilangar asboblari toʻplami; elektr montaj asboblari toʻplami; montaj qiluvchining kaskasi; montaj qiluvchining belbogʻi; narvon; loyiha smeta hujjatlarini saqlash uchun seyf; 20 kv.m.dan kam boʻlmagan xizmat xonasi; 20 kv.m.dan kam boʻlmagan asbob-uskunalarni va texnik vositalarni saqlash uchun xona yoki maxsus ajratilgan joy. Bunda oʻlchash vositalari metrologik tekshiruv (qiyoslash) natijalari boʻyicha muvofiqlik sertifikatlariga ega boʻlishi hamda ushbu sertifikat muddatlari amalda boʻlishi; yo) qoʻriqlash texnik vositalari va tizimlarini montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyati turi bilan shugʻullanishda xabardor qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga, standartlar talablariga rioya etishi va quyidagi texnik hujjatlarning mavjud boʻlishi: RDPB 01-004:2010 “Yongʻin oʻchirish qurilmasining, yongʻin va qoʻriqlash xabargoxlarining grafik shartli belgilanishi”; SHNK 2.04.09-2007 “Bino va inshootlarning yongʻin avtomatikasi” va boshqa shu sohadagi normativ hujjatlar; j) qoʻriqlash texnik vositalari va tizimlarini montaj qilish yuzasidan topshirilgan obyektlarni hisobini (reyestrini) olib borish va ularni ishlatishning butun davrida loyihalarning va boshqa hujjatlarning (yoki ularning nusxalarining) saqlanishini taʼminlash;* z) ishlarni bajarish vaqtida ishlatiladigan mahsulotlar va materiallar loyihaning oʻziga xos xususiyatlariga, davlat standartlariga, texnik shartlarga muvofiq boʻlishi va tegishli sertifikatlarga, texnik pasportlarga va ularning sifatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlariga ega boʻlishi; i) obyektlarda oʻrnatilgan qoʻriqlash texnik vositalari va tizimlari toʻgʻrisidagi axborotlarning, shuningdek, obyektda ishlarni bajarish jarayonida maʼlum boʻlib qolgan boshqa maʼlumotlarni muhofaza qilishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarning koʻrilishi zarur; y) qurilmalarni montaj qilish jarayonida buyurtmachi va qoʻriqlash boʻlinmalari bilan kelishmasdan loyihaviy yechimlar yoki koʻrik dalolatnomasidan chetga chiqish man etiladi; k) qoʻriqlash texnik vositalari va tizimlarini montaj qilish, sozlash, taʼmirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish ishlari jarayonida ushbu sohada mavjud boʻlgan qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etish, shu bilan birga ishlab chiqarish hujjatlarini tuzish va olib borish. |
10. | Izoh: | * Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
11-ILOVA
1. | Xabarnoma nomi: | Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini sotish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida xabarnoma |
2. | Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari: | Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini sotish |
3. | Xabardor qiluvchitoifasi: | Yuridik shaxs |
4. | Xabarnomani qabul qiluvchi organ(lar): | Tuman (shahar) soliq inspeksiyalari |
5. | Xabarnomani yuborish tartibi: | “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali |
6. | Xabarnomani yuborish uchun talab etiladigan maʼlumotlar: | a) yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR; b) pochta hamda elektron pochta manzili; v) yuridik shaxs rahbarining mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); g) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi); d) faoliyat amalga oshiriladigan joy manzili va kadastr raqami. |
7. | Xabardor qiluvchi kiritgan maʼlumotlar tekshirilishi lozim boʻlgan davlat organlarining axborot tizimlari (maʼlumotlari): | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi; Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi; Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. |
8. | Xabarnomani yuborish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: | Yigʻim undirilmaydi |
9. | Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari: | a) sogʻliqni saqlash tizimi tashkilotlari, taʼlim tashkilotlari, madaniyat muassasalari, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari, sanatoriy hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalar hududlarida joylashmagan boʻlishi;* b) fiskal xotiraga ega onlayn nazorat-kassa mashinalaridan va (yoki) virtual kassa tizimlaridan, shuningdek, bank plastik kartochkalaridan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallaridan majburiy foydalanish;* v) elektron hisob-fakturadan majburiy tartibda foydalanishi shart; g) “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalari talablariga qatʼiy rioya qilish; d) alkogol mahsulotlari sotiladigan joylarda ularning yigirma bir yoshga toʻlmagan shaxslarga sotilishiga yoʻl qoʻyilmasligi, shuningdek alkogol mahsulotlarining inson sogʻligʻiga zararli taʼsiri toʻgʻrisida ogohlantiruvchi yozuvlar joylashtirilgan boʻlishi;* e) alkogol mahsulotlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan eng kam chakana narxlardan past narxlarda sotmaslik; j) alkogol mahsulotlarini sotishda aksiz markalarini qoʻllash (pivo, tabiiy va koʻpiklanadigan vino bundan mustasno) hamda identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tartiblariga rioya etish;* |
10. | Izoh: | Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini sotish faoliyatini boshlaganlik haqida xabarnoma har bir savdo obyekti uchun alohida yuboriladi. Alogol mahsulotlarini sotish huquqi uchun yigʻim alkogol mahsulotlarini sotish boshlanganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuborilgan vaqtdan boshlab toʻlanadi. Bunda xabarnoma oyning yigirmanchi sanasigacha yuborilganda yigʻim joriy oy uchun toʻliq hajmda, xabarnoma oyning yigirma?chi sanasidan keyin yuborilganda keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab hisoblanadi. Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini sotish toʻxtatilganda yoki tugatilganda, yigʻim hisoblanishi keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab toʻxtatiladi. Alkogol mahsulotlarini sotish huquqi uchun yigʻim har oyda oldindan toʻlov shaklida joriy oyning oʻninchi sanasiga qadar toʻlanishi lozim. Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini sotish faoliyatini boshlaganlik toʻgʻrisida xabarnoma yuborgan shaxslar tomonidan pivo mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik haqida xabarnoma yuborilishi talab etilmaydi. * Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
12-ILOVA
|
1. |
Xabarnoma nomi: |
Avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning bir qismini oʻzgartirish bilan bogʻliq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma |
|
2. |
Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turi: |
Avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini oʻzgartirish bilan bogʻliq faoliyat |
|
3. |
Xabardor qiluvchi toifasi: |
Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor |
|
4. |
Xabarnomani qabul qiluvchi vakolatli organ(lar): |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi |
|
5. |
Xabarnomani yuborish tartibi: |
“Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali |
|
6. |
Xabarnomani yuborish uchun talab etiladigan maʼlumotlar: |
Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun: a) YTTning: familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa); pasport seriyasi va raqami yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami; JSHSHIR; b) yashash manzili hamda elektron pochta manzili; v) mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); g) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi); d) faoliyatni amalga oshirish manzil(lar)i; e) avtomototransport vositasini qayta jihozlash faoliyatining turi; Yuridik shaxslar uchun: yo) yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR; j) pochta hamda elektron pochta manzili; z) yuridik shaxs rahbarining mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); i) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi); y) faoliyat amalga oshiriladigan joy manzil(lar)i; k) avtomototransport vositasini qayta jihozlash faoliyatining turi; Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar uchun: l) tashkilot standartining (Ts) elektron nusxasi; m) namunalarning yoʻl harakati xavfsizligi sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi yuzasidan oʻtkazilgan qabul-sinov dalolatnomasi raqami va sanasi; n) avtortransport vositalariga gaz balloni jihozlarini oʻrnatish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyekti avtotransport vositasining alohida modellari konstruksiyasining texnik loyihasi elektron nusxasi; o) Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi tomonidan berilgan ballonlarni texnik shahodat sinovidan oʻtkazish huquqini beruvchi ruxsatnomaning raqami va sanasi; p) Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan berilgan gaz balloni uskunalari ulanmalarining germetikligi va ishonchliligini sinovdan oʻtkazish boʻyicha laboratoriyaning akkreditatsiya guvohnomasining raqami va sanasi. |
|
7. |
Xabardor qiluvchi kiritgan maʼlumotlar tekshirilishi lozim boʻlgan davlat organlarining axborot tizimlari (maʼlumotlari): |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi; Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi; Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi; Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi. |
|
8. |
Xabarnomani yuborish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi |
|
9. |
Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari: |
a) tashkilot standarti (Ts) talablariga, ekologiya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga majburiy rioya qilish; b) tegishli harakatni va (yoki) belgilangan faoliyatni bajarish yoki amalga oshirish uchun ishlab chiqarish-texnik bazaning (binolar, inshootlar, ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari, texnologik jihozlar, tayyorgarlikdan oʻtgan xodimlar) mavjud boʻlishi; v) yongʻin xavfsizligiga, avtotransport vositasining saqlanishiga, texnika xavfsizligiga rioya qilishga oid talablarni bajarish;* g) faqat tegishli hujjatlari (egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjat, taqdim etilgan avtomototransport vositasining roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma yoki avtomototransport vositasi mazkur shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi boshqa hujjat) mavjud boʻlgan avtomototransport vositasi egalariga xizmat koʻrsatish;* d) xabarnoma yuborishda koʻrsatilgan doirada tegishli harakatni bajarish va (yoki) belgilangan faoliyatni amalga oshirish; e) faoliyatni amalga oshirishda sanoat xavfsizligi qoidalariga rioya etish. |
|
10. |
Izoh: |
* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
13-ILOVA
1. | Xabarnoma nomi: | Avtovokzalning (avtostansiyaning) faoliyatini boshlaganligi yoki tugatganligi haqida xabarnoma |
2. | Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turi: | Avtovokzalning (avtostansiyaning) faoliyatini amalga oshirish |
3. | Xabardor qiluvchi toifasi: | Yuridik shaxs |
4. | Xabarnoma qabul qiluvchi organ: | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari |
5. | Xabarnomani yuborish tartibi: | “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali |
6. | Xabarnomani yuborish uchun talab qilinadigan maʼlumotlar: | a) yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR; b) pochta hamda elektron pochta manzili; v) yuridik shaxs rahbarining mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); g) yuridik shaxs rahbarining shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari: pasport raqami va seriyasi yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami; JSHSHIR; d) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi); e) faoliyat amalga oshiriladigan joy manzili va kadastr raqami; yo) faoliyat toifasiga oid quyidagi maʼlumotlar: bir vaqtning oʻzida yoʻlovchi sigʻimi; bir sutkadagi joʻnatishlar soni; yoʻlovchilar uchun kutish zali sigʻimi; sanitariya-gigiyena xonalari soni; chiptaxonalar (kassalar) soni. turgʻun metall detektorlar soni; qoʻl metall detektorlar soni; videokuzatuv kameralari soni. Xalqaro yoʻnalishlarda yoʻlovchilarni tashishga xizmat koʻrsatishda qoʻshimcha ravishda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: j) haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga masʼul boʻlgan xodim toʻgʻrisida maʼlumot: pasport seriyasi va raqami yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami; JSHSHIR; diplomi raqami va sanasi. z) avtotransport vositalarining texnik holatini koʻrikdan oʻtkazishga masʼul boʻlgan shaxs toʻgʻrisida maʼlumot: pasport seriyasi va raqami yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami; JSHSHIR; diplomi raqami va sanasi. i) avtovokzalning (avtostansiyaning) nomi. ** |
7. | Xabardor qiluvchi kiritgan maʼlumotlar tekshirilishi lozim boʻlgan davlat organlarining axborot tizimlari: | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi; Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi; Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi; Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi; Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi. |
8. | Xabarnoma yuborish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi |
9. | Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari: | a) xabarnomada nazarda tutilgan yoʻlovchilarning aynan bir vaqtdagi sigʻimi, avtotransport vositalarini bir sutkada joʻnab ketishi sonini taʼminlash; b) avtovokzal (avtostansiya)ning binosida quyidagilarning mavjud boʻlishi: haydovchilar uzoq vaqt dam olish xonasi; ona va bola xonasi; haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish xonasi (xalqaro yoʻnalishlarda yoʻlovchilarni tashishga xizmat koʻrsatishda);* sanitariya-gigiyena va madaniy-maishiy xona; chiptaxonalar (kassalar); v) yoʻlovchilar uchun kutish zallarida, chipta kassalarida hamda yoʻlovchilar koʻp toʻplanadigan boshqa joylarda videokuzatuv kameralarining oʻrnatilganligi, avtovokzal (avtostansiya) perimetri boʻyicha toʻsiqlarning, avtovokzal (avtostansiya)ga kirish-chiqish joylarida shlagbaumlarning mavjudligi; g) avtovokzalga kirish joylarida yoʻlovchilarni va ularning bagajini tekshirish uchun turgʻun metall detektorlar bilan jihozlangan tekshirish postlarining mavjudligi. d) xalqaro yoʻnalishlarda yoʻlovchilarni tashishga xizmat koʻrsatishda reysga chiqishdan oldin avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish va haydovchilarning tibbiy koʻrigi boʻyicha talablarni bajarish.* |
10. | Izoh: | * Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. ** Avtovokzal, avtostansiyaga Transport vazirligining taklifiga koʻra Vazirlar Mahkamasi tomonidan nom beriladi hamda ularning nomlari oʻzgartiriladi. |
14-ILOVA
|
1. |
Xabarnoma nomi: |
Noshirlik faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma |
|
2. |
Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari: |
a) ijtimoiy-siyosiy nashrlar — ijtimoiy-siyosiy mavzular, tashviqot va targʻibot xususiyatiga ega boʻlgan asarni oʻz ichiga olgan va keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan nashr; b) adabiy-badiiy nashrlar — badiiy adabiyotlar muallif tomonidan uylab topilgan syujet va qahramonlarga ega boʻlgan barcha asarlarni nazarda tutadi. Badiiy adabiyot romanlar, qissalar, hikoyalar, novellalar, pyesalar, adabiy toʻplamlar, antologiyalar, almanaxlar; v) bolalar va oʻsmirlar nashrlari — bolalar va yoshlar uchun moʻljallangan badiiy adabiyotlar, yosh va oʻrta yoshli bolalar va oʻsmirlar uchun yozilgan asarlar, shuningdek, mumtoz adabiyot asarlarini qayta ishlash va qisqartirishni oʻz ichiga olgan nashrlar; g) maʼnaviy-maʼrifiy nashrlar — insonning barkamol shaxs sifatida voyaga yetishida muhim omil boʻlib xizmat qiladigan muayyan ijtimoiy muhit, jamiyat va tuzumlar, davlatlar ularning taraqqiyot bosqichlari, boshqaruv uslublari, ijtimoiy axloq meʼyorlarini tadqiq va targʻib etishga, asoslashga yoʻnaltirilgan asarlar majmui; d) ilmiy nashrlar — ilmiy tadqiqotlar yoki nazariy umumlashmalar natijasida yaratilgan va eng yangi ilmiy yutuqlar, tadqiqotlarning borishi hamda natijalari haqida mutaxassislarga maʼlumot berish maqsadida tarqatiladigan yozma va bosma asarlar majmui (ilmiy fundamental tadqiqotlar, ilmiy asarlar, monografiyalar, dissertatsiyalar, referatlar); e) ilmiy-ommabop nashrlar — adabiyot, ilm-fan va ilmiy kashfiyotlarni keng omma uchun qulay boʻlgan tilda tasvirlaydigan kitoblar majmui; yo) oʻquv adabiyotlarini nashr etish — muayyan taʼlim tizimi uchun oʻqitish yoki kadrlarni qayta tayyorlash, muayyan taʼlim muassasasi uchun yoki oʻz-oʻzini tarbiyalash vositasi sifatida yaratilgan adabiyotlar (oʻquv qoʻllanmalari, darsliklar, uslubiy qoʻllanmalar, koʻrgazmali qoʻllanmalar, xrestomatiyalar, misol-masalalar toʻplamlari, praktikumlar, ish daftarlari, oʻquv dasturlari); j) ensiklopedik (maʼlumotnoma) nashrlar — turli xil axborotlarni (ilmiy, amaliy va boshqalar) olishga moʻljallangan nashrlar. Ilmiy yoki amaliy xususiyatga ega boʻlgan qisqacha maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan, tezkor qidirish uchun qulay tartibda joylashtirilgan va uzluksiz oʻqish uchun moʻljallanmagan nashr; z) rasmiy nashrlar — normativ yoki koʻrsatma tariqasidagi materiallarni oʻz ichiga olgan va davlat organlari, muassasalar, idoralar yoki jamoat tashkilotlari nomidan eʼlon qilingan nashrlar (qonunlar, farmonlar, qarorlar va boshqalar); i) diniy nashrlar — maʼlum bir dinning falsafasi, tarixi haqidagi va uning axloqiy taʼlimotlarga mos keladigan aqidaviy (kanonik) adabiyotlar, aqidaviy matnlardagi syujetlar va timsollar asosida yaratilgan turli janr va yoʻnalishlardagi nashrlar; y) axborot-reklama nashrlari — bukletlar, yoʻl koʻrsatkichlari, reklama materiallaridan iborat boʻlib, mahsulot, xizmat va hodisalar haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan, ularga talabni yaratish uchun eʼtiborni jalb qiladigan nashrlar; k) ishlab chiqarish sohasidagi normativlarni nashr etish — ishlab chiqarish faoliyatining turli sohalarida qoidalar va talablarni oʻz ichiga olgan (yoʻriqnomalar, standartlar, texnik reglamentlar, ustavlar, preyskurantlar) rasmiy nashrlar. |
|
3. |
Xabardor qiluvchi toifasi: |
Yuridik shaxs |
|
4. |
Xabarnomani qabul qiluvchi vakolatli organ(lar): |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
|
5. |
Xabarnomani yuborish tartibi: |
“Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali |
|
6. |
Xabarnomani yuborish uchun talab etiladigan maʼlumotlar: |
a) yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR; b) pochta (hamda elektron pochta) manzili; v) yuridik shaxs rahbarining mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); g) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi); d) faoliyat amalga oshiriladigan joy manzili (manzillari); e) noshirlik faoliyati ixtisoslashuvi; yo) yuridik shaxs rahbarining shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari: pasport raqami va seriyasi yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami; JSHSHIR; j) masʼul muharrirning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari: pasport raqami va seriyasi yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami; JSHSHIR; maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom raqami, sanasi va mutaxassisligi; z) moddiy-texnik uskunalar haqida maʼlumot (turi va soni). |
|
7. |
Xabardor qiluvchi kiritgan maʼlumotlar tekshirilishi lozim boʻlgan davlat organlarining axborot tizimlari (maʼlumotlari): |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi; Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi; Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi. |
|
8. |
Xabarnomani yuborish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi |
|
9. |
Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari: |
a) noshirlik faoliyatini faqat xabarnomada belgilangan ixtisoslik boʻyicha amalga oshirish; b) adabiy va badiiy asarlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi Bern Konvensiyasining talablariga qatʼiy amal qilish; v) urush, zoʻravonlik, pornografiya, terrorizm, diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalarini targʻib qilish hamda mavjud konstitutsiyaviy tuzumni, hududiy yaxlitlikni zoʻrlik bilan oʻzgartirishga, mamlakatda xavfsizlikni va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, jamiyatning huquqiy va maʼnaviy asoslarini, fuqarolar totuvligini, millatlararo va dinlararo hamjihatlikni buzishga daʼvat qilishga qaratilgan, shuningdek Oʻzbekiston toʻgʻrisida notoʻgʻri axborotlar tarqatish hamda uning tarixiy, madaniy va maʼnaviy qadriyatlarini buzib koʻrsatish uchun foydalanilishini koʻzlovchi matbaa mahsulotlarini nashr etishga hamda qonunchilikda taqiqlangan maʼlumotlarni tarqatishga yoʻl qoʻymaslikni taʼminlash;* g) davlat siri boʻlgan maʼlumotlar yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlarning oshkor boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaslik;* d) nashr uchun taqdim etilgan bosma mahsulotlarda fuqarolarning shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsiga putur yetishiga, shaxsiy hayotiga aralashuvga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlash; e) ixtisoslik boʻyicha ilmiy, adabiy-badiiy, ilmiy-ommabop, bolalar adabiyotlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun oʻquv qoʻllanmalar, tarjima asarlari, tibbiyot sohasiga oid adabiyotlar sohasiga oid nashrlar, lugʻatlarni chop etishda mutasaddi vazirlik, idora va Ilmiy kengashlarning tavsiyasi, sohaga oid yetakchi olim va mutaxassislarning taqrizlari olinishini taʼminlash; yo) diniy mazmundagi nashrlarni (kitob, risola, broshyura, taqvim, qoʻllanma va boshqalar) chop etilishida Din ishlari qoʻmitasining xulosasi olinishiga qatʼi rioya etilishini taʼminlash;* j) noshirlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tegishli moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnika vositalarining mavjud boʻlishini taʼminlash; z) mualliflik huquqlari buzilmasligini taʼminlash; i) tayyorlangan matbaa mahsulot (jumladan, mazkur mahsulot tarkibiga kirgan asar)larining nusxalari, tayyorlangan nusxalar soni, shuningdek, xabardor etuvchi yoki buyurtmachining nashr etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar hisobini yuritish; y) har chorakda nashr etilgan (hamda etiladigan) adabiyotlar toʻgʻrisida (har bir nashrning muallifi, nomi, mavzusi (ixtisoslashuvi), janri, nusxasi koʻrsatilgan holda) hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunigacha Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga tegishli maʼlumotnoma taqdim etish; k) qonunchilikka asosan bosma mahsulotlarning tegishli nusxalarini majburiy tartibda sotish va yuborish. |
|
10. |
Izoh: |
Ushbu talablar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sudlar, prokuratura organlari tomonidan rasmiy materiallar, normativ-huquqiy hujjatlar toʻplamlari va boshqa hujjatlarni nashr etishga, respublika ahamiyatiga ega boʻlgan nodavlat va notijorat tashkilotlari, shuningdek, korxonalar, tashkilotlar, oʻquv va ilmiy muassasalar tomonidan oʻz faoliyati uchun zarur boʻlgan va qoʻlyozma huquqlari bilan ommaviy ravishda tarqatish yoki koʻpaytirish uchun moʻljallanmagan materiallarni nashr etishga nisbatan tatbiq etilmaydi. * Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
15-ILOVA
|
1. |
Xabarnoma nomi: |
Matbaa korxonalarini tashkil etganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida xabarnoma |
|
2. |
Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari: |
a) matbaa mahsulotlarining qoliplarini tayyorlash — chop etishgacha boʻlgan jarayon boʻlib, matn va tasvirlar asosida ofset, trafaret yoki shoyitrafaret, flekso, yuqori bosma, chuqur bosma, termo bosma va chuqur bosma usullarida chop etish uchun bosma qoliplarni tayyorlash; b) ofset usulida chop etish — matbaa faoliyatida asosan koʻp adadli (tiraj) matbaa mahsulotlarini tayyorlashda foydalaniladigan jarayon boʻlib, matn va tasvirlarni foto qoliplardan qogʻozga oʻtkazib chop etish usuli; v) flekso usulida chop etish — fotopolimer xomashyo yoki yumshoq rezinadan relyefli chop etish qolipi va suyuq boʻyoqlar bilan chop etish usuli boʻlib, qogʻoz, polietilen va shu turdagi boshqa materiallarga matn va tasvirlarni tushirish jarayoni; g) matbaa qoliplarsiz chop etish — raqamli chop etish texnologiyalari yordamida matn va tasvirlarni qogʻoz, polietilen va boshqa materiallarga chop etish usuli; d) trafaret yoki shoyitrafaret usulida chop etish — fotomexanik usulda yoki qoʻlda tayyorlangan trafaretdan turli materiallarga yoki tayyor sanoat mahsulotlariga matn yoki tasvirlar aksini tushirish; e) brayl usulida chop etish — olti nuqta kombinatsiyasiga asoslangan boʻrtma nuqta hamda boʻrtma relyef asosida koʻzi ojizlar uchun matn va tasvirlarni chop etish usuli; yo) tayyor mahsulotlar va materiallarga bosish — tayyor sanoat mahsulotlari va materiallarga matn va tasvirni qizdirish yoki elastik bosma element orqali bosish; j) chop etishdan keyingi jarayonlar va muqovalash — buklash va saralash, tikish, kesish va shakl berib kesish, yelimlash, laminatsiyalash, laklash, muqovani tayyorlash, muqovalash va boshqa jarayonlar. |
|
3. |
Xabardor qiluvchi toifasi: |
Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor |
|
4. |
Xabarnomani qabul qiluvchi vakolatli organ(lar): |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
|
5. |
Xabarnomani yuborish tartibi: |
“Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali |
|
6. |
Xabarnomani yuborish uchun talab etiladigan maʼlumotlar: |
Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun: a) YTTning: familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa); pasport seriyasi va raqami yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami; JSHSHIR; b) faoliyatini amalga oshirish joyi (manzili); v) yashash manzili va elektron pochta manzili; g) mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); d) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi); e) faoliyat olib borilayotgan manzilning mulk huquqi yoki ijara asosida faoliyat yuritayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot (kadastr raqami); yo) matbaa korxonasi ixtisoslashuvi; j) korxonada mavjud boʻlgan uskunalar roʻyxati. Yuridik shaxslar uchun: z) yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR; i) pochta (hamda elektron pochta) manzili; y) yuridik shaxs rahbarining mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); k) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi); l) faoliyat olib borilayotgan manzilning mulk huquqi yoki ijara asosida faoliyat yuritayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot (kadastr raqami); m) matbaa korxonasi ixtisoslashuvi; n) yuridik shaxs rahbarining shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari: pasport seriyasi va raqami yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami; JSHSHIR; o) korxonada mavjud boʻlgan uskunalar roʻyxati. |
|
7. |
Xabardor qiluvchi kiritgan maʼlumotlar tekshirilishi lozim boʻlgan davlat organlarining axborot tizimlari (maʼlumotlari): |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi; Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi. |
|
8. |
Xabarnomani yuborish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi |
|
9. |
Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari: |
a) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va normativ hujjatlari, amaldagi meʼyor va qoidalar, davlat yoki sohalararo standartlar asosida matbaa faoliyati turlari bilan shugʻullanish yoki matbaa mahsulotlarini tayyorlash; b) noshirlik faoliyatini amalga oshirish boʻyicha va guvohnoma asosida chop etiladigan mahsulotlarni, gazeta, jurnal va boshqa ommaviy axborot vositalarini chop etishda tegishli hujjatlarning nusxasini talab qilish (nashriyot grifi, OAV roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnoma); v) nazorat qiluvchi organlarning taqdimnomalarini belgilangan muddatlarda bajarish; g) qonunchilikda belgilangan talablar asosida texnik uskunalar oʻrnatilgan joylarga begona shaxslar kirishini taqiqlash va faoliyatni tashkil qilish jarayonlariga aralashuvning oldini olish. |
|
10. |
Izoh: |
Ushbu xabarnomani yuborish nusxa koʻchirish, dizaynerlik va fotostudiya xizmati, matn terish, original maket tayyorlash faoliyatlariga nisbatan talab etilmaydi. |
16-ILOVA
|
1. |
Xabarnoma nomi: |
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma |
|
2. |
Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari: |
a) tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmat vazifalarini amalga oshirish; b) mehnat sharoitlari boʻyicha ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazish; v) mehnatni muhofaza qilish sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; g) tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish sohasida audit oʻtkazish. |
|
3. |
Xabardor qiluvchi toifasi: |
Yuridik shaxs |
|
4. |
Xabarnomani qabul qiluvchi organ(lar): |
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi. |
|
5. |
Xabarnomani yuborish tartibi: |
“Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali |
|
6. |
Xabarnomani yuborish uchun talab etiladigan maʼlumotlar: |
a) yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR; b) pochta (hamda elektron pochta) manzili; v) yuridik shaxs rahbarining mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); g) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi); d) mehnatni muhofaza qilish boʻyicha malakali mutaxassis sertifikatiga ega boʻlgan xodimlari haqida maʼlumot (F.I.O., malaka sertifikati sanasi va raqami); e) attestatsiya xizmatlari koʻrsatmoqchi boʻlganda, akkreditatsiya qilingan laboratoriya attestatining raqami va sanasi (laboratoriya boʻlganda). |
|
7. |
Xabardor qiluvchi kiritgan maʼlumotlar tekshirilishi lozim boʻlgan davlat organlarining axborot tizimlari (maʼlumotlari): |
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi”; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi; Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi; Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi. |
|
8. |
Xabarnomani yuborish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi |
|
9. |
Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari: |
a) mehnatni muhofaza qilish sohasida malakali xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning bevosita xizmat koʻrsatish jarayonida ishtirok etuvchi xodimlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka sertifikatiga ega boʻlishi kerak, tashkilot shtatida mehnatni muhofaza qilish mutaxassisi malaka sertifikatiga ega boʻlgan xodimlar soni uch kishidan kam boʻlmasligi lozim;* b) mulk huquqi, xoʻjalik yurituvi yoki operativ boshqaruv huquqi yoxud boshqa qonuniy asosda tegishli boʻlgan akkreditatsiyalangan ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayoni omillarini oʻlchashga moʻljallangan akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyasiga ega boʻlish (attestatsiya xizmatlari koʻrsatmoqchi boʻlganda); v) akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyasida foydalaniladigan asbob-uskunalar muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlishi va belgilangan tartibda metrologik tekshiruvdan (davlat qiyoslovidan) oʻtkazilgan boʻlishi (attestatsiya xizmatlari koʻrsatmoqchi boʻlganda); g) ish oʻrinlarida attestatsiya oʻtkazilgan korxonaning attestatsiya materiallari mehnat organlarida davlat ekspertizasidan oʻtkazilishi uchun taqdim etilishi (attestatsiya xizmatlari koʻrsatmoqchi boʻlganda); d) oʻquv-tematik rejalar va oʻquv dasturlari asosida ishlab chiqilgan taʼlim dasturlari boʻlishi; e) taʼlim berish uchun moʻljallangan texnik vositalar mavjud ekanligi. |
|
10. |
Izoh: |
* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
17-ILOVA
1. | Xabarnoma nomi: | Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma |
2. | Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turi: | Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining faoliyati |
3. | Xabardor qiluvchi toifasi: | Yakka tartibdagi tadbirkor |
4. | Xabarnomani qabul qiluvchi organ(lar): | Maktabgacha taʼlim agentligining tuman (shahar) boʻlimlari |
5. | Xabarnomani yuborish tartibi: | “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali |
6. | Xabarnomani yuborish uchun talab etiladigan maʼlumotlar: | a) YTTning: familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa); pasport seriyasi va raqami yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami; JSHSHIR; b) faoliyatini amalga oshirish joyi (manzili); v) yashash manzili va elektron pochta manzili; g) mobil telefon raqami, oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); d) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi); e) faoliyat olib borilayotgan manzilning mulk huquqi yoki ijara asosida faoliyat yuritayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot; yo) davlat-xususiy sheriklik bitimi raqami va sanasi, bitim boʻyicha quvvati; j) yongʻin nazorati organlarining mavjud binolar va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga mosligi haqidagi xulosasi raqami va sanasi; z) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hududiy organining mavjud binolar va xonalarning gigiyena qoidalari va normativlariga mosligi haqidagi xulosasi raqami va sanasi; y) tarbiyachi haqida maʼlumot: familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa); pasport seriyasi va raqami yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami; JSHSHIR; maʼlumoti toʻgʻrisida diplom raqami va sanasi; k) tarbiyachi yordamchisi haqida maʼlumot: familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa); pasport seriyasi va raqami yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami; JSHSHIR; maʼlumoti toʻgʻrisida diplom raqami va sanasi; (agar mavjud boʻlsa). |
7. | Xabardor qiluvchi kiritgan maʼlumotlar tekshirilishi lozim boʻlgan davlat organlarining axborot tizimlari (maʼlumotlari) | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi; Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi; Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi; Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi; Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi; Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi; Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi. |
8. | Xabarnomani yuborish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi |
9. | Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari: | a) 3 yoshdan 7 yosh 9 oygacha boʻlgan 7-50 nafar bolalarni tarbiyalash; b) 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, 9 soatli va 4 soatli kunlik ish tartibini joriy etish, 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin; v) oʻz ustavi, kun tartibi, taʼlim-tarbiya dasturlariga ega boʻlishi; g) maktabgacha taʼlim tashkilotlarini oʻyinlar, oʻyinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash meʼyorlarga muvofiq boʻlishi; d) tarbiyachining tegishli oliy yoki oʻrta maxsus pedagogik maʼlumotga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim yoʻnalishi boʻyicha qayta tayyorlovdan oʻtkazilgan hamda pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻlishi;* e) sud tomonidan yoki tibbiy xulosaga muvofiq bunday faoliyat bilan shugʻullanishi taqiqlangan shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shugʻullanmasligi talabiga rioya etish; yo) “Open Emis” axborot tizimi orqali imtiyozli qabulga boʻsh oʻrinlar haqida axborot berib borishi va murojaatga koʻra imtiyozlarni qoʻllash j) binolar va xonalar onlayn translyatsiya qilish hamda bolalarning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) tomonidan onlayn kuzatish imkoniyatiga ega boʻlgan, ovoz yozish moslamalik ichki va tashqi kameralar bilan taʼminlangan boʻlishi. Bunda videoyozuv qaydlari kamida olti oygacha saqlab boriladi*. |
10. | Izoh: | * Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
18-ILOVA
|
1. |
Xabarnoma nomi: |
Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) boʻyicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida xabarnoma |
|
2. |
Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turi: |
Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasiga (optikaga) doir faoliyat |
|
3. |
Xabardor qiluvchi toifasi: |
Yuridik shaxs |
|
4. |
Xabarnoma qabul qiluvchi organ: |
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar hududiy boʻlinmalari |
|
5. |
Xabarnomani yuborish tartibi: |
“Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali |
|
6. |
Xabarnomani yuborish uchun talab qilinadigan maʼlumotlar: |
a) yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR; b) pochta hamda elektron pochta manzili; v) yuridik shaxs rahbarining mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); g) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi); d) faoliyat amalga oshiriladigan joy manzili va kadastr raqami; e) masʼul xodim toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa); pasport seriyasi va raqami yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami; JSHSHIR; maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom raqami va sanasi, mutaxassislik nomi. |
|
7. |
Xabardor qiluvchi kiritgan maʼlumotlar tekshirilishi lozim boʻlgan davlat organlarining axborot tizimlari: |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi; Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi; Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi; Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi. |
|
8. |
Xabarnoma yuborish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi |
|
9. |
Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari: |
a) yuridik shaxs shtatida har bir tashkil etiladigan obyekt uchun tegishli ixtisoslikka ega boʻlgan kamida bittadan masʼul mutaxassisning mavjudligi;* b) faoliyatni amalga oshirish uchun quyidagi minimal sharoitlarni yaratish: savdo zali 10 m2, jumladan, isteʼmolchilarga xizmat zonasi 5 m2, ish oʻrinlari zonasi 5 m2; tibbiy buyumlar uchun xona (filiali boʻlganda) — 4 m2; qoʻl yuvish moslamasi boʻlishi; v) kanselyariya stoli; stul; ustki va maxsus qiyimlar saqlash uchun sharoit; vitrina va peshtaxtalarning sanitariya rejimini taʼminlash uchun xoʻjalik inventari va dezinfeksiyalovchi vositalar; stellaj; tovar qoʻygich; sovutgich; termometr kabi asbob-uskunalarning mavjudligini taʼminlash. |
|
10. |
Izoh: |
* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
19-ILOVA
1. | Xabarnoma nomi: | Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma |
2. | Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turi: | Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish |
3. | Xabardor qiluvchi toifasi: | Yuridik shaxs |
4. | Xabarnomani qabul qiluvchi organ(lar): | Tuman (shahar) soliq inspeksiyalari |
5. | Xabarnomani yuborish tartibi: | “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali |
6. | Xabarnomani yuborish uchun talab etiladigan maʼlumotlar: | a) yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR; b) pochta hamda elektron pochta manzili; v) yuridik shaxs rahbarining mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); g) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi); d) faoliyat amalga oshiriladigan joy manzili va kadastr raqami. |
7. | Xabardor qiluvchi kiritgan maʼlumotlar tekshirilishi lozim boʻlgan davlat organlarining axborot tizimlari (maʼlumotlari): | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi; Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi; Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. |
8. | Xabarnomani yuborish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: | Yigʻim undirilmaydi |
9. | Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari: | a) taʼlim, sport va diniy tashkilotlar hududidan toʻgʻri chiziq boʻylab yuz metrdan kam masofada joylashmagan boʻlishi, bundan savdo obyekti umumiy savdo maydoni ming kvadrat metrdan ortiq boʻlgan savdo majmualarining (bozorlarning) hududida va yarmarka pavilyonlarida joylashgan hollar bundan mustasno; b) oʻziga mulk yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan yoki ijaraga olingan, alohida kiriladigan savdo zali boʻlgan (faqat alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilishga moʻljallangan), chekka togʻli tumanlarda — alohida savdo seksiyasi boʻlgan turgʻun shoxobcha boʻlishi; v) sogʻliqni saqlash tizimi tashkilotlari, taʼlim tashkilotlari, madaniyat muassasalari, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari, sanatoriy hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalar hududlarida joylashmagan boʻlish; g) fiskal xotiraga ega onlayn nazorat-kassa mashinalaridan va (yoki) virtual kassa tizimlaridan, shuningdek, bank plastik kartochkalaridan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallaridan majburiy foydalanish;* d) elektron hisob-fakturadan majburiy tartibda foydalanish; e) qonunchilikda belgilangan alkogol mahsulotlar, bilan chakana savdo qilish huquqi uchun har oylik mahalliy yigʻimni toʻlab borish; j) “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari talablariga qatʼi rioya qilish; z) alkogol mahsulotlari sotiladigan joylarda ularning yigirma bir yoshga toʻlmagan shaxslarga sotilishiga yoʻl qoʻyilmasligi, shuningdek, alkogol mahsulotlarining inson sogʻligʻiga zararli taʼsiri toʻgʻrisida ogohlantiruvchi yozuvlar joylashtirilgan boʻlishi;* i) alkogol mahsulotlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan eng kam chakana narxlardan past narxlarda sotmaslik; k) alkogol mahsulotlarini sotish aksiz markalarini qoʻllash (pivo, tabiiy va koʻpiklanadigan vino bundan mustasno) hamda identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tartiblariga rioya etish;* l) alkogol mahsulotlarini saqlash uchun omborxona boʻlishi; m) shaharlarda — kamida 25 kvadrat metrli, qishloq joylarda — kamida 15 kvadrat metrli (faqat alkogol mahsulotlari sotish uchun moʻljallangan va alohida kirish joyiga ega) savdo zali, uzoq togʻli joylarda — alohida savdo seksiyasi boʻlgan savdo obyektlarida amalga oshirilishi.* |
10. | Izoh: | Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik haqidagi xabarnoma har bir chakana savdo obyekti uchun alohida yuboriladi. Alkogol mahsulotlarini sotish huquqi uchun yigʻim alkogol mahsulotlarini sotish boshlanganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuborilgan vaqtdan boshlab toʻlanadi. Bunda xabarnoma oyning yigirmanchi sanasigacha yuborilganda yigʻim joriy oy uchun toʻliq hajmda, xabarnoma oyning yigirmanchi sanasidan keyin yuborilganda keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab hisoblanadi. Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish faoliyati toʻxtatilganda yoki tugatilganda, yigʻim hisoblanishi keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab toʻxtatiladi. Alkogol mahsulotlarini sotish huquqi uchun yigʻim har oyda oldindan toʻlov shaklida joriy oyning oʻninchi sanasiga qadar toʻlanadi. Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik haqida xabarnoma yuborgan shaxslar tomonidan pivo mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik haqida xabarnoma yuborilishi talab etilmaydi. * Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
20-ILOVA
|
1. |
Xabarnoma nomi: |
Veterinariya davolash-profilaktika faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma |
|
2. |
Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turi: |
Veterinariya davolash-profilaktika faoliyati |
|
3. |
Xabardor qiluvchi toifasi: |
Yuridik va jismoniy shaxslar |
|
4. |
Xabarnomani qabul qiluvchi organ(lar): |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari |
|
5. |
Xabarnomani yuborish tartibi: |
“Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali |
|
6. |
Xabarnomani yuborish uchun talab qilinadigan maʼlumotlar: |
Jismoniy shaxslar uchun: a) jismoniy shaxsning: familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa); pasport seriyasi va raqami yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami; JSHSHIR; b) yashash manzili; v) mobil telefon raqami; g) oʻzini oʻzi band qilgan sifatida roʻyxatdan oʻtganlik raqami; d) veterinariya mutaxassisi toʻgʻrisidagi maʼlumotini tasdiqlovchi diplom raqami va sanasi; e) malaka oshirganligi toʻgʻrisidagi sertifikat (agar mavjud boʻlsa); yo) faoliyatni amalga oshirish hududi; Yuridik shaxslar uchun: j) yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR; z) pochta hamda elektron pochta manzili; i) yuridik shaxs rahbarining mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); y) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi); k) faoliyat amalga oshiriladigan joy manzili (manzil(lar)i, kadastr raqami); l) xodimining veterinariya mutaxassisi toʻgʻrisidagi maʼlumotini tasdiqlovchi diplom raqami va sanasi; m) xodimining malaka oshirganligi toʻgʻrisidagi sertifikat maʼlumotlari (agar mavjud boʻlsa). |
|
7. |
Xabardor qiluvchi kiritgan maʼlumotlar tekshirilishi lozim boʻlgan davlat organlarining axborot tizimlari (maʼlumotlari): |
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi; Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi; Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. |
|
8. |
Xabarnoma yuborish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi |
|
9. |
Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari: |
a) veterinariya yoʻnalishidagi taʼlim muassasasini (oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar va professional taʼlim) bitirgan mutaxassislikka ega boʻlish;* b) Oʻzbekiston Respublikasida ruxsat berilgan profilaktika va davolash usullarini, shuningdek, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan veterinariya preparatlarini qoʻllash;* v) epizootiya paydo boʻlgan taqdirda, davlat veterinariya xizmatining koʻrsatmalariga binoan veterinariya tadbirlarini oʻtkazish;* g)hayvonlarda yuqumli kasallik borligi xususida shubha mavjud boʻlgan taqdirda, bu haqda davlat veterinariya xizmatiga zudlik bilan xabar qilishi va kasallik doirasi kengayib ketmasligi yuzasidan barcha zarur choralarni koʻrishi;* d) 5 yilda kamida bir marta belgilangan tartibda malakasini oshirish; e) hayvonlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qayd etib borish maqsadida ambulator jurnalini yuritish, shuningdek, maʼlumotlarni veterinariya pasporti va tegishli axborot tizimida (ishga tushirilganda) qayd etish.* |
|
10. |
Izoh: |
* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
21-ILOVA
1. | Xabarnoma nomi: | Neft mahsulotlarini (avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yonilgʻisi, aviakerosin, mazut, pechka qoramoyi, neft bitumi, shuningdek texnik moylar va moylash materiallarini), zavodda idishlarga qadoqlanganlari bundan mustasno, sotish faoliyatini, boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida xabarnoma |
2. | Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari: | Avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yoqilgʻisi, aviakerosin, mazut, pechka qoramoyi, neft bitumi (neft bitumining yoʻllarga moʻljallangan markalari bundan mustasno), shuningdek, texnik moylar va moylash materiallarini sotish boʻyicha faoliyat |
3. | Xabardor qiluvchi toifasi: | Yuridik shaxs |
4. | Xabarnomani qabul qiluvchi organ(lar): | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi |
5. | Xabarnomani yuborish tartibi: | “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali |
6. | Xabarnomani yuborish uchun talab qilinadigan maʼlumotlar: | a) yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR; b) pochta hamda elektron pochta manzili; v) yuridik shaxs rahbarining mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); g) yuridik shaxs rahbarining shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari: pasport raqami va seriyasi yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami; JSHSHIR; d) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi); e) faoliyat amalga oshiriladigan mulk huquqining yoki boshqa ashyoviy huquqqa ega binolar va inshootlar manzili va kadastr raqami, shuningdek, soliq organlarida hisobga qoʻyilgan koʻchmas mulkni ijaraga berish (olish) yoki tekin foydalanish yoxud omborda omonat saqlash shartnomalari. Bunda shartnomalarda ijaraga berilgan (olingan) yoki tekinga foydalanish yoxud omborda omonat saqlash nazarda tutilgan rezervuarlarning joylashgan joyi, raqami va sigʻimi koʻrsatilgan boʻlishi lozim; yo) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining neft mahsulotlarini sotish faoliyatining tegishli turini amalga oshirishda sanoat xavfsizligi boʻyicha qoʻyiladigan minimal talablar bajarilganligi toʻgʻrisidagi xulosasining raqami va sanasi; j) Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining neft mahsulotlarini sotish faoliyatining tegishli turini amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilish va ekologiya boʻyicha qoʻyiladigan minimal talablar bajarilganligi toʻgʻrisidagi xulosasining raqami va sanasi; z) Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi hududiy boshqarmalarining neft mahsulotlarini sotish faoliyatining tegishli turini amalga oshirishda yongʻin xavfsizligi boʻyicha qoʻyiladigan minimal talablar bajarilganligi xulosasining raqami va sanasi; i) “Oʻzenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasining neft mahsulotlarini sotish faoliyatining tegishli turini amalga oshirishda neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, tarqatish, hisobga olishga va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga qoʻyiladigan minimal talablar bajarilganligi toʻgʻrisidagi xulosasining raqami va sanasi. |
7. | Xabardor qiluvchi kiritgan maʼlumotlar tekshirilishi lozim boʻlgan davlat organlarining axborot tizimlari (maʼlumotlari): | Favqulodda vaziyatlar vazirligi; Davlat soliq qoʻmitasi; Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi; Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi; Adliya vazirligi; Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi. |
8. | Xabarnoma yuborish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi |
9. | Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari: | a) sotiladigan neft mahsulotlariga sifat sertifikatining mavjudligi; b) mavjud moddiy-texnik bazadan, neft omboridan va yonilgʻi quyish asbob-uskunalaridan, boshqa texnika vositalaridan foydalanish uchun sharoitlarning yaratilganligi; v) davlat siri hisoblanadigan maʼlumotlardan foydalanish bilan bogʻliq ishlar bajarilgan taqdirda, rejim organining mavjudligi;* g) faoliyatni amalga oshirish uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar, muhandislik kommunikatsiyalari va texnologiya asbob-uskunalarining mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligi. |
10. | Izoh: | Faoliyat turli manzillarda amalga oshiriladigan taqdirda, xabarnomani qabul qiluvchi organga alohida xabarnoma yuborilishi talab etiladi. * Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
22-ILOVA
1. | Xabarnoma nomi: | Geodeziya va kartografiya faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma |
2. | Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari: | a) geodeziya faoliyati turlari: 1) davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarini, geodezik zichlashtirish tarmoqlarini tashkil etish, rivojlantirish, davriy tekshirish va tiklash hamda ishlash holatida saqlab turish, bunda 1 — 4-sinf triangulyatsiya, poligonometriya, nivelir, gravimetriya tarmoqlari, sunʼiy yoʻldoshli geodezik tarmoqlari RGP, SGS-0, SGS-1 hamda zichlashirish tarmoqlarini tashkil etish, rivojlantirish, davriy tekshirish va tiklash; 2) sunʼiy yoʻldosh navigatsiya tizimlarining ishlashini taʼminlash uchun geodeziya faoliyatiga doir materiallarni (maʼlumotlarni) tashkil etish, bunda navigatsiya tizimlari uchun doimiy faoliyat koʻrsatadigan sunʼiy yoʻldosh orqali kuzatish stansiyalari tarmogʻini tashkil etish va ishchi holatida saqlab turish; 3) Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasini delimitatsiya, demarkatsiya (redemarkatsiya) qilish va uning oʻtish chizigʻini tekshirish boʻyicha ishlarni zarur geodeziya faoliyatiga doir ishlar, materiallar (maʼlumotlar) bilan taʼminlash; 4) yer shakli va tashqi gravitatsiya maydonining parametrlarini aniqlash, bunda davlat gravimetrik punktlarida ogʻirlik kuchi tezlanishining absolyut (nisbiy) qiymatlarini aniqlash boʻyicha gravimetriya ishlari, geodeziya punktlarida kenglik, uzunlik va azimutni astronomik aniqlash ishlari; 5) yerning kartografik monitoringini, uni masofadan turib zondlashni va geodinamika tadqiqotlarini amalga oshirish, bunda aerokosmik suratga olish (sunʼiy yoʻldosh, samolyot va uchuvchisiz uchish qurilmalari yordamida) 1:2 000, 1:10 000, 1:25 000, 1:50 000, 1:100 000, 1:200 000, 1:500 000 va 1:1 000 000 masshtablarda raqamli ortofotoplanlar yaratish, geodinamik tadqiqotlarda nuqtalarning yuqori aniqlikdagi geodezik koordinata va balandliklarini aniqlash; 6) muhandislik qidiruvlarida, binolarni, inshootlarni qurish hamda ulardan foydalanishda, yer tuzishda, davlat kadastrlarini yuritishda va boshqa ishlarda geodezik zichlashtirish tarmoqlarini qurish hamda rivojlantirish, bunda 4-sinf, 1 va 2-razryad triangulyatsiya, poligonometriya, 3 va 4-sinf nivelir tarmoqlarini tashkil etish va rivojlantirish. 7) muhandislik qidiruvlarida, binolar va inshootlarni qurish hamda ulardan foydalanishda va boshqa ishlarda maxsus geodeziya tarmoqlarini qurish, bunda maxsus triangulyatsiya va nivelirlash ishlari davlat geodeziya tarmoqlariga bogʻlanmagan holda amalga oshiriladi; 8) geodeziya tasvirga olish tarmoqlarini qurish, aholi punktlarining hududlari va qishloqlararo hududlarni rivojlantirishni hamda ularda qurilish olib borishni rejalashtirish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, shuningdek boshqa ishlarni bajarish uchun moʻljallangan topografik rejalarni yaratish va yangilash, bunda maydoni bir viloyat hududigacha boʻlgan maydonda 1:500, 1:1 000, 1:2 000, 1:5 000, 1:10 000 masshtablarda maxsus yoki mavzuli rejalarni yaratish va yangilash; 9) quyidagi faoliyat yoʻnalishlari turlari boʻyicha (oʻta muhim va toifalashtirilgan, shuningdek, rejimli va harbiy obyektlarga xizmat koʻrsatuvchi infratuzilma tarmoqlari maʼlumotlaridan (materiallaridan) foydalanmagan holda): mahalliy koordinatalar tizimida maxsus ahamiyatga ega boʻlgan geodezik reja va balandlik shoxobchalarini yaratish; mahalliy koordinatalar tizimida 1:500, 1:1 000, 1:2 000, 1:5 000 masshtablarda past va oʻrta bosimli gaz taʼminoti, elektr taʼminoti, kanalizatsiya va qorizlar, shuningdek, aholisi 100 ming kishigacha boʻlgan aholi punktlari suv taʼminotining tarmoqlari va obyektlarida maxsus xaritalar, rejalarni yaratish; 100 gektargacha boʻlgan hudud uchun abonentlar foydalanadigan telekommunikatsiyalar tarmoqlari tasvirlangan maxsus xaritalar, rejalarni yaratish; maydoni 10 kv.km gacha boʻlgan geologiya, marksheyder, muhandislik izlanishlari va boshqa izlanishlarda geodeziya va topografiya ishlari; togʻ-kon sanoati sohasida yer qaʼridan mineral xomashyolarni qazib olishdagi marksheyderlik izlanishlarida geodeziya va topografiya ishlari; 10) muhandislik qidiruvlarini amalga oshirish chogʻida geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni taʼminlash maqsadida yerni masofadan turib zondlash, bunda bitta viloyat yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidan katta boʻlmagan maydonda aerosuratga olish (sunʼiy yoʻldosh, samolyot va uchuvchisiz uchish qurilmalari yordamida 1:500, 1:1 000, 1:2 000, 1:5 000, 1:10 000 masshtablarda raqamli ortofotoplanlar yaratish); b) kartografiya faoliyati turlari: 11) sunʼiy yoʻldosh navigatsiya tizimlarining ishlashini taʼminlash uchun kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) tashkil etish, bunda bazaviy kartografik asos yaratish va yangilash; 12) milliy geografik axborot tizimini, umumdavlat ahamiyatiga molik boshqa geografik axborot tizimlarini yaratish va yuritish; 13) kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish; 14) geografik obyektlarning nomlarini belgilash, meʼyorlashtirish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish, ulardan foydalanish va ularni saqlash, shuningdek, geografik obyektlar nomlarining davlat reyestrini yuritish; 15) grafik, raqamli, fotosurat shaklidagi va boshqa shakllardagi davlat topografik xaritalari hamda rejalarini yaratish, yangilash va nashr etish, bunda 1:500, 1:1 000, 1:2 000, 1:10 000, 1:25 000, 1:50 000, 1:100 000, 1:200 000, 1:500 000 va 1:1 000 000 masshtablarda raqamli topografik reja va xaritalarni yaratish va yangilash; 16) bazaviy fazoviy maʼlumotlar va fazoviy maʼlumotlarning milliy infratuzilmasini yaratish, rivojlantirish va uning faoliyat koʻrsatishini taʼminlash, bunda ilmiy-texnik siyosatni, texnik va dasturiy vositalarni, bazaviy va ixtisoslashgan fazoviy maʼlumotlarni, metamaʼlumotlar va metamaʼlumotlar bazalarini, fazoviy maʼlumotlar servislarini, texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni, xalqaro standartlarni, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ommaviy boʻlgan fazoviy maʼlumotlarni ishlab chiqish, yangilash, ishlov berish, saqlash, taqdim etish, integratsiyalash; 17) umumgeografik, siyosiy-maʼmuriy, ilmiy-maʼlumotga oid va boshqa tematik xaritalar hamda tarmoqlararo ahamiyatga molik atlaslar, kartografik oʻquv qoʻllanmalarini yaratish va nashr etish; 18) maxsus ahamiyatga molik geografik axborot tizimlarini yaratish va yuritish; 19) grafik, raqamli, fotosurat shaklidagi hamda boshqa shakllardagi maxsus ahamiyatga molik tematik xaritalar, rejalar va atlaslarni tuzish hamda nashr etish (maxfiy materiallar va maʼlumotlar, shuningdek oʻta muhim va toifalashtirilgan, shuningdek, rejimli hamda harbiy obyektlarga xizmat koʻrsatuvchi infratuzilma tarmoqlari va boshqalar bundan mustasno); 20) ochiq foydalanishdagi geografik axborot tizimlarini yaratish va yuritish (maxfiy materiallar va maʼlumotlar, shuningdek oʻta muhim va toifalashtirilgan, shuningdek, rejimli hamda harbiy obyektlarga xizmat koʻrsatuvchi infratuzilma tarmoqlari va boshqalar bundan mustasno). |
3. | Xabardor qiluvchi toifasi: | a) 1 — 4 hamda 11 — 15 faoliyat turlari boʻyicha faqat Kadastr agentligi tizimi korxonalari. b) 5 — 10 hamda 16 — 20 faoliyat turlari boʻyicha Kadastr agentligi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar. |
4. | Xabarnomani qabul qiluvchi organ(lar): | Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “Yer qaʼridan foydalanish markazi” DM (Togʻ-kon sanoati sohasida yer qaʼridan mineral xomashyolarni qazib olishdagi marksheyderlik izlanishlarida geodeziya va topografiya ishlari boʻyicha) |
5. | Xabarnomani yuborish tartibi: | “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali |
6. | Xabarnomani yuborish uchun talab qilinadigan maʼlumotlar: | Yuridik shaxslar uchun: a) yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR; b) pochta hamda elektron pochta manzili; v) yuridik shaxs rahbarining mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); g) yuridik shaxs rahbarining shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari: pasport raqami va seriyasi yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami; JSHSHIR; d) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi); e) geodeziya faoliyati turlari tanlanganda: geodezik oʻlchov vositalarining nomi, markasi, ishlab chiqarilgan raqami va metrologik tekshiruvdan (davlat qiyoslovidan) oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi sertifikat raqami va sanasi; tanlangan geodeziya faoliyat turiga qoʻyilgan talabdan kelib chiqib, balansida boʻlgan geodeziya faoliyati uchun foydalanadigan oʻlchov vositalari, asbob-uskunalar, uchuvchisiz uchish qurilmasi va boshqalar yuridik shaxsning balansiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi invetar roʻyxat; 5-faoliyat turi tanlanganda uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanishga maxsus ruxsatnomaning elektron nusxasi yuklanadi; yo) kartografiya faoliyat turlari tanlanganda: 11 — 13, 15, 16 — 19 — faoliyat turlari tanlanganda elektron raqamli xaritalarni tuzish uchun moʻljallangan litsenzion dasturiy taʼminotning litsenziya raqami va olingan sanasi, katta formatli skaner (kamida A1 formatidagi) va plotterning (formati A1 dan kam boʻlmagan) nomi, markasi, ishlab chiqarilgan raqami koʻrsatiladi; 17 va 19 — faoliyat turlari tanlanganda elektron raqamli xaritalarni tuzish uchun moʻljallangan litsenzion dasturiy taʼminotning litsenziya raqami va olingan sanasi, toʻrt rangli ofset bosib chiqarish mashinasi (formati A1 dan kam boʻlmagan), fotosurat uskunalari (formati A1 dan kam boʻlmagan) yoki termal ofset plitalarini chiqarish uchun uskunalar (formati A1 dan kam boʻlmagan), katta formatli skaner (kamida A1 formatidagi) va plotterning (formati A1 dan kam boʻlmagan) nomi, markasi, ishlab chiqarilgan raqami koʻrsatiladi; j) geodeziya va kartografiya mutaxassisligi boʻlgan xodimning: pasport raqami va seriyasi yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami; JSHSHIR; diplom raqami va sanasi; z) 1 — 6 va 10 — 18 faoliyat turlarida toifalangan materiallar (maʼlumotlar) bilan ishlash uchun maxsus boʻlimini mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumot. |
7. | Xabardor qiluvchi kiritgan maʼlumotlar tekshirilishi lozim boʻlgan davlat organlarining axborot tizimlari (maʼlumotlari): | Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi; Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi; Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi; Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi; Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi. |
8. | Xabarnoma yuborish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi |
9. | Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari: | a) faoliyatni amalga oshirish davrida foydalaniladigan barcha geodezik oʻlchov vositalari oʻrnatilgan tartibda metrologik tekshiruvdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi sertifikat boʻlishi va har 12 oyda yangilanishi; b) faoliyat turlari boʻyicha quyidagi talab va shartlarga rioya etish: 1-faoliyat turi boʻyicha: elektron taxeometr 1″ — 1 dona;* shtativ (uch oyoqli tayanch) — 3 dona; nur qaytargich — 2 dona; nur qaytargich uchun tutqich (nur qaytargich uchun tayanch tayoqchasi) — 2dona; ikki tomonlama nivelir yoʻli uchun oʻrtacha kvadratik xatoligi 1 km.ga I-sinf uchun ±0.5 mm, II-sinf uchun ±1 mm boʻlgan nivelir — 1 dona;* nivelir ish uchun invar sanoq olish tayoqchasi — 2 dona; 2 chastotali GNSS qabul qiluvchilari — 2 komplekt;* shtativ (uch oyoqli tayanch) — 2 dona; toifalangan materiallar (maʼlumotlar) bilan ishlash uchun maxsus boʻlimning mavjudligi;* geodeziya va (yoki) topografiya mutaxassisligini tamomlagan va ushbu yoʻnalishda kamida bir yillik ish stajiga ega bir nafar xodim ishlashi; 2-faoliyat turi boʻyicha: 2 chastotali GNSS qabul qiluvchilari — 2 komplekt;* shtativ (uch oyoqli tayanch) — 2 dona; ikki tomonlama nivelir yoʻli uchun oʻrtacha kvadratik xatoligi 1 km.ga I-sinf uchun ±0.5 mm, II-sinf uchun ±1 mm boʻlgan nivelir — 1 dona;* nivelir ish uchun invar sanoq olish tayoqchasi — 2 dona; toifalangan materiallar (maʼlumotlar) bilan ishlash uchun maxsus boʻlimning mavjudligi;* geodeziya va (yoki) topografiya mutaxassisligini tamomlagan va ushbu yoʻnalishda kamida bir yillik ish stajiga ega bir nafar xodim ishlashi;* 3-faoliyat turi boʻyicha: elektron taxeometr 1″ — 1 dona;* shtativ (uch oyoqli tayanch) — 3 dona; nur qaytargich — 2 dona; nur qaytargich uchun tutqich (nur qaytargich uchun tayanch tayoqchasi) — 2 dona; ikki tomonlama nivelir yoʻli uchun oʻrtacha kvadratik xatoligi 1 km.ga I-sinf uchun ±0.5 mm, II-sinf uchun ±1 mm boʻlgan nivelir — 1 dona;* nivelir ish uchun invar sanoq olish tayoqchasi — 2 dona; 2 chastotali GNSS qabul qiluvchilari — 2 komplekt; toifalangan materiallar (maʼlumotlar) bilan ishlash uchun maxsus boʻlimning mavjudligi;* geodeziya va (yoki) topografiya mutaxassisligini tamomlagan va ushbu yoʻnalishda kamida bir yillik ish stajiga ega bir nafar xodim ishlashi;* 4-faoliyat turi boʻyicha: gravimetr — 1 komplekt;* 2 chastotali GNSS qabul qiluvchilari — 2 komplekt;* shtativ (uch oyoqli tayanch) — 2 dona; toifalangan materiallar (maʼlumotlar) bilan ishlash uchun maxsus boʻlimning mavjudligi;* geodeziya va (yoki) topografiya mutaxassisligini tamomlagan va ushbu yoʻnalishda kamida bir yillik ish stajiga ega bir nafar xodim ishlashi;* 5-faoliyat turi boʻyicha: samolyot (yoki uchuvchisiz uchish qurilmasi) va aerokamera — 1 komplekt;* aero yoki kosmik surʼatlarni qayta ishlash uchun litsenziyalangan dasturiy taʼminot hamda kompyuter; elektron taxeometr 1″ — 1 dona;* shtativ (uch oyoqli tayanch) — 3 dona; nur qaytargich — 2 dona; nur qaytargich uchun tutqich (nur qaytargich uchun tayanch tayoqchasi) — 2 dona; ikki tomonlama nivelir yoʻli uchun oʻrtacha kvadratik xatoligi 1 km.ga I-sinf uchun ±0.5 mm, II-sinf uchun ±1 mm boʻlgan nivelir — 1 dona;* nivelir ish uchun invar sanoq olish tayoqchasi — 2 dona; 2 chastotali GNSS qabul qiluvchilari — 2 komplekt;* toifalangan materiallar (maʼlumotlar) bilan ishlash uchun maxsus boʻlimini mavjudligi;* geodeziya va kartografiya, yerni masofadan turib zondlash, GAT mutaxassisliklaridan birini tamomlagan va ushbu yoʻnalishda kamida bir yillik ish stajiga ega bir nafar xodim ishlashi;* 6 va 7-faoliyat turlari boʻyicha: burchak oʻlchashning oʻrtacha kvadrat xatolik 7″ gacha boʻlgan elektron taxeometr — 1 komplekt;* oʻrtacha kvadratik xatolik 1 km.ga ± 3 mm boʻlgan nivelir — 1 dona;* 2 chastotali GNSS qabul qiluvchilari — 1 komplekt;* nur qaytargich — 2 dona; shtativ (uch oyoqli tayanch) — 3 dona; nivelir uchun shaxmat koʻrinishi (yoki invar)dagi sanoq olish tayoqchasi — 2 dona; nur qaytargich uchun tutqich (nur qaytargich uchun tayanch tayoqchasi) — 2 dona; toifalangan materiallar (maʼlumotlar) bilan ishlash uchun maxsus boʻlimning mavjudligi (faqat 6-faoliyat turi uchun);* geodeziya mutaxassisligini tamomlagan va ushbu yoʻnalishda kamida bir yil ish stajiga ega bir nafar xodim ishlashi;* 8-faoliyat turi boʻyicha: burchak oʻlchashning oʻrtacha kvadrat xatolik 7″ gacha boʻlgan elektron taxeometr — 1 komplekt;* oʻrtacha kvadrat xatolik 1 km.ga ± 3 mm boʻlgan nivelir — 1 dona;* 2 chastotali GNSS qabul qiluvchilari — 1 komplekt;* nur qaytargich — 2 dona; shtativ (uch oyoqli tayanch) — 3 dona; nivelir uchun shaxmat koʻrinishi (yoki invar)dagi sanoq olish tayoqchasi — 2 dona; nur qaytargich uchun tutqich (nur qaytargich uchun tayanch tayoqchasi) — 2 dona; geodeziya va (yoki) topografiya mutaxassisliklaridan birini tamomlagan va ushbu yoʻnalishda kamida bir yil ish stajiga ega bir nafar xodim;* 9-faoliyat turi boʻyicha: burchak oʻlchashning oʻrtacha kvadrat xatolik 7” (“Togʻ-kon sanoati sohasida yer qaʼridan mineral xomashyolarni qazib olishdagi marksheyderlik izlanishlarida — 1”) gacha boʻlgan elektron taxeometr — 1 komplekt;* oʻrtacha kvadrat xatolik 1 km.ga ± 3 mm boʻlgan nivelir — 1 dona;* nur qaytargich — 2 dona; shtativ (uch oyoqli tayanch) — 3 dona; nivelir uchun shaxmat koʻrinishi (yoki invar)dagi sanoq olish tayoqchasi — 2 dona; nur qaytargich uchun tutqich (nur qaytargich uchun tayanch tayoqchasi) — 2 dona; geodeziya, topografiya, marksheyder mutaxassisliklaridan birini tamomlagan va ushbu yoʻnalishda kamida bir yil ish stajiga ega bir nafar xodim ishlashi;* oʻlchanilgan maʼlumotlarni qayta ishlash va modellashtirish maqsadida litsenziyalangan dasturiy taʼminot mavjudligi; 2 chastotali GNSS qabul qiluvchilari — 1 komplekt;* Togʻ-kon sanoati sohasida yer qaʼridan mineral xomashyolarni qazib olishdagi marksheyderlik izlanishlarida geodeziya va topografiya ishlari boʻyicha maʼlumotlar haqqoniyligi;* 10-faoliyat turi boʻyicha: samolyot (yoki uchuvchisiz uchish qurilmasi) va aerokamera — 1 komplekt;* aero yoki kosmik surʼatlarni qayta ishlash uchun litsenziyalangan dasturiy taʼminot hamda kompyuter; toifalangan materiallar (maʼlumotlar) bilan ishlash uchun maxsus boʻlimning mavjudligi;* kartografiya, davlat kadastrlari, GAT, yerni masofadan turib zondlash, dasturlash va axborot texnologiyalari mutaxassisliklaridan birini tamomlagan va ushbu yoʻnalishda kamida bir yillik ish stajiga ega bir nafar xodim ishlashi;* 11, 13, 14, 15-faoliyat turlari boʻyicha: geografik axborot tizimlarini yaratish va yuritish uchun litsenziyalangan dasturiy taʼminot;* katta formatdagi skaner (kamida A1 formati) — 1 dona; plotter (formati A1 dan kam boʻlmagan) — 1 dona; litsenziyalangan dasturiy mahsulot uchun kompyuter — 1 dona; toifalangan materiallar (maʼlumotlar) bilan ishlash uchun maxsus boʻlimning mavjudligi;* geodeziya va (yoki) kartografiya, GAT yoʻnalishi mutaxassisliklaridan birini tamomlagan va ushbu yoʻnalishda kamida bir yillik ish stajiga ega bir nafar xodim ishlashi;* 12 va 16-faoliyat turlari boʻyicha: GAT va boshqa bazaviy fazoviy maʼlumotlarni shakllantirish va yuritishda litsenziyalangan dasturiy taʼminotlar;* litsenziyalangan dasturiy mahsulot(lar) uchun kompyuter (yoki server) qurilmasi — 1 dona; toifalangan materiallar (maʼlumotlar) bilan ishlash uchun maxsus boʻlimning mavjudligi;* kartografiya, GAT, geoinformatika, yerni masofadan turib zondlash, yer tuzish va davlat kadastrlari, dasturlash va axborot texnologiyalari mutaxassisliklaridan birini tamomlagan va ushbu yoʻnalishda kamida bir yillik ish stajiga ega bir nafar xodim ishlashi;* 17-faoliyat turi boʻyicha: xaritalarni tuzish uchun litsenziyalangan dasturiy taʼminot;* katta formatdagi skaner (kamida A1 formati) — 1 dona;* plotter (formati A1 dan kam boʻlmagan) — 1 dona;* litsenziyalangan dasturiy taʼminotdan foydalanish uchun kompyuter — 1 dona; fotosurat uskunalari (formati A1 dan kam boʻlmagan) yoki termal ofset plitalarini chiqarish uchun uskunalar (formati A1 dan kam boʻlmagan) — 1 dona;* toʻrt rangli ofset bosib chiqarish mashinasi (formati A1 dan kam boʻlmagan) — 1 dona; toifalangan materiallar (maʼlumotlar) bilan ishlash uchun maxsus boʻlimning mavjudligi;* kartografiya, GAT yoʻnalishlaridan birini tamomlagan va ushbu yoʻnalishda kamida bir yillik ish stajiga ega bir nafar xodim ishlashi;* 18-faoliyat turi boʻyicha: geografik axborot tizimlarini yaratish va yuritish uchun litsenzion dasturiy taʼminot;* katta formatdagi skaner (kamida A1 formati) — 1 dona; plotter (formati A1 dan kam boʻlmagan) — 1 dona; litsenziyalangan dasturiy taʼminotdan foydalanish uchun kompyuter — 1 dona; toifalangan materiallar (maʼlumotlar) bilan ishlash uchun maxsus boʻlimning mavjudligi;* kartografiya, GAT mutaxassisliklaridan birini tamomlagan va ushbu yoʻnalishda kamida bir yillik ish stajiga ega bir nafar xodim ishlashi;* 19-faoliyat turi boʻyicha: xaritalarni tuzish uchun litsenziyalangan dasturiy taʼminot;* katta formatdagi skaner (kamida A1 formati) — 1 dona; plotter (formati A1 dan kam boʻlmagan) — 1 dona; kartografiya, GAT mutaxassisliklaridan birini tamomlagan va ushbu yoʻnalishda kamida bir yillik ish stajiga ega bir nafar xodim ishlashi;* 20-faoliyat turi boʻyicha: geografik axborot tizimlarini yaratish va yuritish uchun dasturiy taʼminot — 1 dona; dasturiy taʼminotdan foydalanish uchun kompyuter — 1 dona; kartografiya, GAT, dasturlash va (yoki) axborot texnologiyalari mutaxassisliklaridan birini tamomlagan va ushbu yoʻnalishda kamida bir yillik ish stajiga ega bir nafar xodim ishlashi.* |
10. | Izoh: | * Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
23-ILOVA
|
1. |
Xabarnoma nomi: |
Yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni boshlash va tugatish toʻgʻrisida xabarnoma |
|
2. |
Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turi: |
Yuqori chastotali qurilmalardan metallarni eritish, metallarga ishlov berish va boshqa sohalarda foydalanish |
|
3. |
Xabardor qiluvchi toifasi: |
Jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari |
|
4. |
Xabarnomani qabul qiluvchi organ(lar): |
“Elektromagnit moslashuv markazi” DUK (EMMM) va hududiy elektromagnit moslashuv xizmatlari; Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha hududiy inspeksiyalar. |
|
5. |
Xabarnomani yuborish tartibi: |
“Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali |
|
6. |
Xabarnomani yuborish uchun talab etiladigan maʼlumotlar: |
Jismoniy shaxslar uchun: a) jismoniy shaxsning: familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa); pasport seriyasi va raqami yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami; JSHSHIR; b) yashash manzili hamda elektron pochta manzili; v) mobil telefon raqami; g) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi); d) yuqori chastotali qurilmaning oʻrnatish punkti (viloyat, tuman, aholi punkti, koordinatasi); e) oʻrnatish joyi (sex, maydon, laboratoriya, xona, korpus, qavat va boshqalar); yo) yuqori chastotali qurilmaning: turi; zavod raqami; ishlab chiqarilgan yili va mamlakati; respublikaga kirish sanasi va bojxona deklaratsiyasining raqami; quvvati, kVt; maqsadi; chastota barqarorligi; ishlash tartibi; ishlash chastotalari, kGs. j) yuqori chastotali qurilmani hisobga olish va foydalanishga masʼul shaxs etib belgilangan xodimning: familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa); pasport seriyasi va raqami yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami; JSHSHIR; lavozimi, telefon raqami; Yuridik shaxslar uchun: z) yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR; i) pochta hamda elektron pochta manzili; y) yuridik shaxs rahbarining mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); k) yuridik shaxs rahbarining shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari: pasport raqami va seriyasi yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami; JSHSHIR; l) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi); m) yuqori chastotali qurilmaning oʻrnatish punkti (viloyat, tuman, aholi punkti, koordinatasi). n) oʻrnatish joyi (sex, maydon, laboratoriya, xona, korpus, qavat va boshqalar). o) yuqori chastotali qurilmaning: turi; zavod raqami; ishlab chiqarilgan yili va mamlakati; respublikaga kirish sanasi va bojxona deklaratsiyasining raqami; quvvati, kVt; maqsadi; chastota barqarorligi; ishlash tartibi; ishlash chastotalari, kGs. p) yuqori chastotali qurilmani hisobga olish va foydalanishga masʼul shaxs etib belgilangan xodimning: familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa); pasport seriyasi va raqami yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami; JSHSHIR; lavozimi, telefon raqami. |
|
7. |
Xabardor qiluvchi kiritgan maʼlumotlar tekshirilishi lozim boʻlgan davlat organlarining axborot tizimlari (maʼlumotlari): |
Talab qilinmaydi |
|
8. |
Xabarnomani yuborish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi |
|
9. |
Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari: |
a) radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashi qarorlari va EMMM ruxsatnomalarida koʻrsatilgan xatti-harakatlarni amalga oshirish; b) turli xil qoʻllanishdagi yuqori chastotali qurilmadan foydalanish faqat radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashi qarorlarida koʻrsatilgan polosalar doirasida turi va ishchi chastotalarga ega yuqori chastotali qurilma uchun amalga oshiriladi;* v) EMMMning ruxsatisiz Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuqori chastotali qurilmani sotib olish (berish), olib kirish, shuningdek, ulardan foydalanishni boshlash va tugatish haqidagi xabarnoma taqdim qilmasdan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi, xabarnoma talab qilinmaydigan yuqori chastotali qurilmalar bundan mustasno;* g) sanoat radioxalaqitlarning manbai boʻlishi mumkin boʻlgan yuqori chastotali qurilma hosil qiladigan radioxalaqitlar bostirilishini taʼminlaydigan qurilmalar bilan jihozlanishi shart; d) yuqori chastotali qurilmani olib kirish uchun ruxsatnomalarni olishda xabardor qiluvchi avval sotib olish (berish) uchun ruxsatnomani rasmiylashtirgan boʻlishi lozim. |
|
10. |
Izoh: |
* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
24-ILOVA
1. | Xabarnoma nomi: | Pivo va pivo ichimliklari ishlab chiqarish va ulgurji savdo qilish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida xabarnoma |
2. | Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turi: | Pivo va pivo ichimliklari ishlab chiqarish va ulgurji savdo qilish faoliyati |
3. | Xabardor qiluvchi toifasi: | Yuridik shaxs |
4. | Xabarnomani qabul qiluvchi vakolatli organ(lar): | Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi |
5. | Xabarnomani yuborish tartibi: | “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali |
6. | Xabarnomani yuborish uchun talab etiladigan maʼlumotlar: | 1. Pivo va pivo ichimliklarini ishlab chiqaruvchilar uchun: a) yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR; b) pochta hamda elektron pochta manzili; v) yuridik shaxs rahbarining mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); g) yuridik shaxs rahbarining shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari: pasport raqami va seriyasi yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami; JSHSHIR; d) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi); e) faoliyat amalga oshiriladigan joy manzili (manzillari, kadastr raqami); j) ishlab chiqarish obyektlari, saqlash omborlari joylashgan manzillar; z) ishlab chiqarish obyektining elektron pasporti; i) spirt va alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida tegishli malakaga ega boʻlgan kamida ikki nafar mutaxassislar toʻgʻrisida maʼlumotlar: familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa); pasport seriyasi va raqami yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi raqami; JSHSHIR; maʼlumoti toʻgʻrisida diplom yoki boshqa hujjat raqami va sanasi; k) ishlab chiqarish quvvatlarining sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosaning sanasi va raqami. 2. Pivo va pivo ichimliklari ulgurji savdosi faoliyati bilan shugʻullanuvchilar uchun: a) yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR; b) pochta hamda elektron pochta manzili; v) yuridik shaxs rahbarining mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); g) yuridik shaxs rahbarining shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari: pasport raqami va seriyasi yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami; JSHSHIR; d) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi); e) faoliyat amalga oshiriladigan joy manzili (manzillari, kadastr raqami). |
7. | Xabardor qiluvchi kiritgan maʼlumotlar tekshirilishi lozim boʻlgan davlat organlarining axborot tizimlari (maʼlumotlari): | Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi; Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi; Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi; Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi; Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi; Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi. |
8. | Xabarnomani yuborish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi |
9. | Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari: | 1. Pivo va pivo ichimliklarini ishlab chiqaruvchilar uchun: a) ishlab chiqarish xavfsizligini, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligini, yongʻin xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiya talablari va normalarini taʼminlash;* b) faoliyatni amalga oshirish uchun amaldagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan muvofiqlik sertifikatlari va boshqa tegishli hujjatlarning mavjudligi; v) har bir mahsulot turi uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan texnologik yoʻriqnomalarning mavjudligi; g) isteʼmol etil spirti va alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida tegishli malakaga ega boʻlgan kamida ikki nafar mutaxassisning mavjudligi;* d) zarur asbob-uskunalar, priborlar, kimyoviy reaktivlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan jihozlangan, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda nazarda tutilgan barcha zarur fizik-kimyoviy, mikrobiologik va boshqa koʻrsatkichlarni analiz qilish imkonini beruvchi ishlab chiqarish laboratoriyalari mavjudligi;* e) isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishni qonunchilikka va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq statsionar ishlab chiqarish inshootlari va uskunalarida amalga oshirish; yo) ishlab chiqariladigan mahsulotning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi boʻyicha isteʼmol etil spirti va alkogol mahsulotlarining organoleptik xususiyatlarini aniqlash boʻyicha degustatsiya komissiyasiga har chorakda mahsulot namunalarini taqdim etish; j) elektron shakldagi hisobvaraq-fakturadan foydalanish; z) doimiy ravishda ustav fondining kamida bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravari boʻlishini taʼminlash;* i) ishlab chiqarish jarayoniga Identifikatsiya vositalari bilan majburiy raqamli markirovkalashni joriy qilish;* y) oʻlchash jihozlari va ishlab chiqarishda foydalaniladigan uskunalarning muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlishi. 2. Pivo va pivo ichimliklari ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchilar uchun: a) pivo va pivo ichimliklari mahsulotlarini saqlash, qabul qilish va tarqatishning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga qatʼiy rioya qilish; b) pivo va pivo ichimliklari mahsulotlarini saqlash, qabul qilish va tarqatish uchun moʻljallangan va belgilangan talablarga javob beradigan binoga egalik qilish (oʻz mulkida boʻlishi, xoʻjalik yuritishida, operativ boshqaruvida boʻlishi yoki ijaraga olgan boʻlishi); v) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining axborot tizimiga integratsiyalashgan elektron hisobvaraq-fakturadan foydalanish; g) ulgurji savdoni amalga oshirishda qonunchilikda hujjatlarida belgilangan tartiblarga rioya qilish; d) identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tartiblariga rioya etish.* |
10. | Izoh: | Pivo va pivo ichimliklari mahsulotlari bilan ulgurji savdo qilishni boshlaganlik haqidagi xabarnoma har bir ulgurji savdo obyekti uchun alohida yuboriladi. * Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
25-ILOVA
1. | Xabarnoma nomi: | Umumiy ovqatlanish korxonalari va koʻngilochar obyektlarning tungi vaqtda faoliyat yuritishni boshlaganligi yoki tugatganligi toʻgʻrisida xabarnoma |
2. | Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari: | a) umumiy ovqatlanish korxonalarining soat 23.00 dan 06.00 gacha faoliyat yuritishi; b) koʻngilochar obyektlarning soat 23.00 dan 06.00 gacha faoliyat yuritishi. |
3. | Xabardor qiluvchi toifasi: | Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor |
4. | Xabarnoma qabul qiluvchi organ: | Tuman (shahar) ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari va boʻlimlari |
5. | Xabarnomani yuborish tartibi: | “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali |
6. | Xabarnomani yuborish uchun talab qilinadigan maʼlumotlar: | Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun: a) YTTning: familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa); pasport seriyasi va raqami yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami; JSHSHIR; b) yashash manzili; v) mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); g) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi); d) faoliyatini amalga oshirish manzil(lar)i; Yuridik shaxslar uchun: e) yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR; yo) pochta hamda elektron pochta manzili; j) yuridik shaxs rahbarining mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); z) yuridik shaxs rahbarining shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari: pasport raqami va seriyasi yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami; JSHSHIR; i) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi); y) faoliyatini amalga oshirish manzil(lar)i; Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar uchun: k) talablarning bajarilganligiga oid maʼlumotlar: faoliyat olib borilayotgan obyekt turi; faoliyat olib boriladigan binoning kadastr raqami; faoliyat olib boriladigan binodagi mijozlar uchun ajratilgan xonalar (zallar) soni; binoning ichki qismida oʻrnatilgan videokuzatuv kameralari soni; binoning tashki qismida oʻrnatilgan videokuzatuv kameralari soni; yongʻin oʻchirish uskunalar soni. |
7. | Xabardor qiluvchi kiritgan maʼlumotlar tekshirilishi lozim boʻlgan davlat organlarining axborot tizimlari (maʼlumotlari): | Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi; Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi; Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi; Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi. |
8. | Xabarnoma yuborish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi |
9. | Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari: | a) “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi doirasida umumiy ovqatlanish korxonalari va koʻngilochar obyektlarning ichki qismida, shu jumladan, xizmat koʻrsatish xonalari, kirish va chiqish joylariga tasvirni kamida oʻn besh kun davomida saqlash imkonini beruvchi videokuzatuv tizimi mavjud boʻlishi;* b) binolarning yon-atrofi, avtoturargoh va ularga tegishli boshqa hududlarni yetarli darajada (kamida 10 metr masofada) yoritish; v) binoda shovqinning ruxsat etiladigan shovqin meʼyorlariga qoʻyiladigan sanitariya qoidalari va normalaridan oshmasligini taʼminlash, shu jumladan, obyektlarni toʻliq tovush oʻtkazmaydigan etib jihozlash yoki tungi vaqtda musiqa va tovush kuchaytirgich asbob-uskunalaridan foydalanmaslik; g) yongʻin oʻchirish vositalari hamda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar toʻplami solingan tibbiy yordam qutichalari bilan taʼminlash; d) binoning barcha uchun koʻrinarli joylariga yongʻin va boshqa favqulodda (tezkor) vaziyatlar yuz bergan taqdirda harakatlanish va fuqarolarni evakuatsiya qilish chizmasi hamda tezkor va qutqaruv xizmatlarining telefon raqamlari koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻrnatish; e) koʻngilochar obyektda sutkaning tungi vaqtida xavfsizlikni nazorat qilish uchun masʼul navbatchi xodim (xodimlar) tayinlash. Masʼul navbatchi xodimning vazifalarini sotuvchilar, oshpazlar, ofitsiantlar, mijozlarga bevosita tovarlarni sotuvchi va xizmatlarni koʻrsatuvchi boshqa xodimlar zimmasiga yuklatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.* |
10. | Izoh: | Umumiy ovqatlanish korxonalari — restoran, bar, kafe, yozgi kafe, kafeteriy, oshxona, choyxona va boshqa turgʻun ovqatlanish shoxobchalari. Koʻngilochar obyektlar — aholining dam olishi va hordiq chiqarishlari bilan bogʻliq tovarlarni sotish va xizmatlarni koʻrsatishga moslashtirilgan klub, diskoteka, kompyuter zallari, Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun jihozlangan xonalar yoxud boshqa koʻngilochar (boʻsh vaqt oʻtkaziladigan) joylar. Mazkur Pasport qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 11-maydagi PQ-5113-son qaroriga muvofiq yirik shaharlar, viloyatlar va tumanlar markazlarida tashkil etiladigan savdo va koʻngilochar koʻchalarda tunu kun faoliyat yurituvchi savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarining faoliyatiga nisbatan tatbiq etilmaydi * Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab |
26-ILOVA
|
1. |
Xabarnoma nomi: |
Madaniy boyliklarni realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma |
|
2. |
Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari: |
Madaniy boyliklarni realizatsiya qilish boʻyicha faoliyati |
|
3. |
Xabardor qiluvchi toifasi: |
Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor |
|
4. |
Xabarnoma qabul qiluvchi organ: |
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi |
|
5. |
Xabarnomani yuborish tartibi: |
“Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali |
|
6. |
Xabarnomani yuborish uchun talab qilinadigan maʼlumotlar: |
Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun: a) YTTning: familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa); pasport seriyasi va raqami yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami; JSHSHIR; b) faoliyatini amalga oshirish joyi (manzili); v) yashash manzili hamda elektron pochta manzili; g) mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); d) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi); Yuridik shaxslar uchun: e) yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR; yo) pochta hamda elektron pochta manzili; j) yuridik shaxs rahbarining mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); z) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi); i) madaniy boylik realizatsiya qilinadigan manzil(lar). |
|
7. |
Xabardor qiluvchi kiritgan maʼlumotlar tekshirilishi lozim boʻlgan davlat organlarining axborot tizimlari: |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi; Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi. |
|
8. |
Xabarnoma yuborish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi |
|
9. |
Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari: |
a) madaniy boyliklarning Oʻzbekiston hududidan olib chiqilishi yoki vaqtincha olib chiqilishida Madaniy meros agentligi tomonidan beriladigan olib chiqish huquqini beruvchi sertifikat asosida amalga oshirilishiga rioya qilish; b) ellik yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarning Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilishi mumkin emasligi haqida xaridorni ogohlantirish;* v) madaniy boyliklarni asrash choralarini koʻrish. |
|
10. |
Izoh: |
* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
27-ILOVA
|
1. |
Xabarnoma nomi: |
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini tasarrufdan chiqarish yoki universal huquqiy vorislik tartibida yoxud boshqa usulda bir shaxsdan ikkinchi shaxsga oʻtkazganlik haqida xabarnoma |
|
2. |
Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari: |
a) milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini tasarrufdan chiqarish; b) milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini universal huquqiy vorislik tartibida yoxud boshqa usulda bir shaxsdan ikkinchi shaxsga oʻtkazish. |
|
3. |
Xabardor qiluvchi toifasi: |
Yuridik va jismoniy shaxslar |
|
4. |
Xabarnoma qabul qiluvchi organ: |
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi |
|
5. |
Xabarnomani yuborish tartibi: |
“Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali |
|
6. |
Xabarnomani yuborish uchun talab qilinadigan maʼlumotlar: |
Jismoniy shaxslar uchun: a) jismoniy shaxsning: familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa); pasport seriyasi va raqami yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami; JSHSHIR; b) yashash manzili hamda elektron pochta manzili; v) mobil telefon raqami; Yuridik shaxslar uchun: g) yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR; d) pochta hamda elektron pochta manzili; e) yuridik shaxs rahbarining mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); yo) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi); Jismoniy va yuridik shaxslar uchun: j) muzey ashyosi va muzey kolleksiyasining fotosuratlari; z) muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari tasarrufiga oʻtayotgan yoki universal huquqiy vorislik tartibida yoxud boshqa usulda berilayotgan shaxs toʻgʻrisida maʼlumot (jismoniy shaxs — ismi, familiyasi, otasining ismi, pasport seriyasi va raqami yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami, JSHSHIR; yuridik shaxs — tashkilot nomi, STIR, manzili, telefon raqami). |
|
7. |
Xabardor qiluvchi kiritgan maʼlumotlar tekshirilishi lozim boʻlgan davlat organlarining axborot tizimlari: |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi |
|
8. |
Xabarnoma yuborish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi |
|
9. |
Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari: |
a) muzey ashyolari va muzey kolleksiyalaridan maqsadli foydalanish; b) muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini but saqlash, ularni asrab-avaylash choralarini koʻrib borish;* v) muzey ashyolari va muzey kolleksiyalaridan ilmiy, madaniy, maʼrifiy hamda taʼlim maqsadlarida foydalanilishini taʼminlash. |
|
10. |
Izoh: |
Davlatga tegishli boʻlgan hamda davlat organlari va muassasalari muzeylariga nisbatan mazkur tartib tatbiq etilmaydi. * Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
28-ILOVA
1. | Xabarnoma nomi: | Tamaki mahsulotlari bilan ulgurji savdo qilishni boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida xabarnoma. |
2. | Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari: | Tamaki mahsulotlari bilan ulgurji savdo qilish. |
3. | Xabardor qiluvchi toifasi: | Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor. |
4. | Xabarnoma qabul qiluvchi organ: | Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi. |
5. | Xabarnomani yuborish tartibi: | “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali. |
6. | Xabarnomani yuborish uchun talab qilinadigan maʼlumotlar: | Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun: a) YTTning: familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa); pasport seriyasi va raqami yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi raqami; JSHSHIR; b) yashash manzili; v) pochta hamda elektron pochta manzili; g) mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); d) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi); e) faoliyatini amalga oshirish manzili va kadastr raqami; Yuridik shaxslar uchun: a) yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR; b) pochta hamda elektron pochta manzili; v) yuridik shaxs rahbarining mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); g) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi); d) faoliyat amalga oshiriladigan joy manzili va kadastr raqami. |
7. | Xabardor qiluvchi kiritgan maʼlumotlar tekshirilishi lozim boʻlgan davlat organlarining axborot tizimlari (maʼlumotlari): | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi; Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi; Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. |
8. | Xabarnoma yuborish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi. |
9. | Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari: | a) Tamaki mahsulotlarini saqlash, qabul qilish va tarqatishni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga qatʼiy rioya qilish; b) Tamaki mahsulotlarini saqlash, qabul qilish va tarqatish uchun moʻljallangan va belgilangan talablarga javob beradigan binoga egalik qilish (oʻz mulkida boʻlishi, xoʻjalik yuritishida, operativ boshqaruvida boʻlishi yoki ijaraga olgan boʻlishi); v) tamaki mahsulotlari realizatsiya qilinadigan joylarda ularni yigirma bir yoshga toʻlmagan shaxslarga realizatsiya qilish taqiqlanganligi haqidagi ogohlantiruvchi yozuv yoki belgi, shuningdek, tibbiy ogohlantirish joylashtirilgan boʻlishi; g) Soliq qoʻmitasining axborot tizimiga integratsiyalashgan elektron hisobvaraq-fakturadan foydalanish; d) Ulgurji savdoni amalga oshirishda qonunchilikda hujjatlarida belgilangan tartiblarga rioya qilish; e) “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablariga qatʼiy rioya qilishi; j) identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tartiblariga rioya etish;* k) soliq qonunchiligi talablariga qatʼiy rioya qilish. |
10. | Izoh: | Tamaki mahsulotlari bilan ulgurji savdo qilishni boshlaganlik haqidagi xabarnoma har bir ulgurji savdo obyekti uchun alohida yuboriladi. |
29-ILOVA
|
1. |
Xabarnoma nomi: |
Tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida xabarnoma. |
|
2. |
Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari: |
Tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish. |
|
3. |
Xabardor qiluvchi toifasi: |
Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor. |
|
4. |
Xabarnoma qabul qiluvchi organ: |
Tuman (shahar) soliq inspeksiyalari. |
|
5. |
Xabarnomani yuborish tartibi: |
“Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali. |
|
6. |
Xabarnomani yuborish uchun talab qilinadigan maʼlumotlar: |
Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun: a) YTTning: familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa); pasport seriyasi va raqami yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi raqami; JSHSHIR; b) yashash manzili; v) pochta hamda elektron pochta manzili; g) mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); d) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi); e) faoliyatini amalga oshirish manzili va kadastr raqami; Yuridik shaxslar uchun: a) yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR; b) pochta hamda elektron pochta manzili; v) yuridik shaxs rahbarining mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); g) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi); d) faoliyat amalga oshiriladigan joy manzili va kadastr raqami. |
|
7. |
Xabardor qiluvchi kiritgan maʼlumotlar tekshirilishi lozim boʻlgan davlat organlarining axborot tizimlari: |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi; Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi; Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. |
|
8. |
Xabarnoma yuborish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi. |
|
9. |
Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari: |
a) tamaki mahsulotlarini: yigirma bir yoshga toʻlmagan shaxslarga; yigirma bir yoshga toʻlmagan shaxslar tomonidan; sotuvchining bevosita ishtirokisiz, shu jumladan, savdo avtomatlari, boshqa elektron yoki mexanik qurilmalar vositasida; oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish tokchalaridan; elektron tijorat shaklida, shu jumladan, har qanday yoʻl bilan oxirgi isteʼmolchilarga yetkazish yordamida; sayyor (qoʻlda, lotoklarda, savatchalarda, qoʻl aravachalarida) savdo qilish yoʻli bilan; koʻchmas savdo obyektlaridan tashqarida; dorixonalarda; bolalarga moʻljallangan tovarlar realizatsiya qilinadigan xonalarda; bolalar oʻyinchoqlariga, konfetlarga yoki bolalar uchun moʻljallangan boshqa tovarlarga oʻxshatib ishlangan boʻlsa; sogʻliqni saqlash tizimi tashkilotlari, taʼlim tashkilotlari, madaniyat muassasalari, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari, sanatoriy hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalar hududlarida; taʼlim, sport va diniy tashkilotlar hududidan toʻgʻri chiziq boʻylab yuz metrdan kam masofada joylashgan savdo obyektlarida, bundan savdo obyekti umumiy savdo maydoni ming kvadrat metrdan ortiq boʻlgan savdo majmualarining (bozorlarning) hududida va yarmarka pavilyonlarida joylashgan hollar bundan mustasno; yaroqlilik muddati oʻtganda; mahsulot sifatini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarsiz; tamaki mahsulotlarini saqlash va realizatsiya qilishga doir sanitariya normalari hamda qoidalariga mos kelmaydigan xonalar va joylarda; belgilangan tartibda aktsiz markalari bilan tamgʻalanmaganda — aksiz markalari bilan tamgʻalanishi lozim boʻlgan tamaki mahsulotlariga nisbatan; qalbaki aksiz markalari bilan tamgʻalanganda; ularning ishlab chiqaruvchisini aniqlash imkonini bermaydigan tarzda aniq tamgʻalanmaganda; belgilangan tartibda raqamli identifikatsiya vositalari bilan tamgʻalanmaganda; ularni ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilganda — litsenziyalanadigan tamaki mahsulotlariga nisbatan; tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqiga ega boʻlmagan yoki ularni qonunchilikni buzgan holda sotgan yetkazib beruvchidan sotib olinganda; tamaki mahsulotining isteʼmol oʻrovida (qutisida) tibbiy ogohlantirish boʻlmaganda; agar tamaki mahsulotining isteʼmol oʻrovida (qutisida) yigirma donadan kam sigareta boʻlsa — sigaretalarga nisbatan; tamaki mahsuloti boʻlmagan boshqa tovarlar bilan bir toʻplamda; isteʼmol oʻrovisiz (qutisiz, bloksiz); donalab yoki ochilgan (yaxlitligi buzilgan) isteʼmol oʻrovida — (qutisida) sigaretalar va qizdiriladigan tamaki mahsulotiga nisbatan; temir yoʻl vokzallarining, avtovokzallarning, aeroportlarning, Daryo bandargohlarining, metropoliten stansiyalarining hududlarida va xonalarida (boj olinmaydigan savdo doʻkonlari bundan mustasno); texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga mos kelmaganda realizatsiya qilmaslik; b) tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilishni bevosita amalga oshirayotgan shaxs yigirma bir yoshdan kichik koʻringan xaridordan uning shaxsi va yoshini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatishni talab qilishi, hujjat mavjud boʻlmagan taqdirda esa, tamaki mahsulotlarining, realizatsiya qilinishini rad etish; v) tamaki mahsulotlari realizatsiya qilinadigan joylarda ularni yigirma bir yoshga toʻlmagan shaxslarga realizatsiya qilish taqiqlanganligi haqidagi ogohlantiruvchi yozuv yoki belgi, shuningdek, tibbiy ogohlantirish joylashtirilgan boʻlishi; g) tamaki mahsulotlarini yoyib qoʻyish va ochiq namoyish etmaslik. Chakana savdo uchun taklif etilayotgan tamaki mahsulotlari toʻgʻrisidagi axborot sotuvchi tomonidan xaridorlar eʼtiboriga savdo zalida sotiladigan tamaki mahsulotlari roʻyxatini joylashtirish orqali yetkazilishi, roʻyxatning matni oq fonda bir xil oʻlchamdagi qora rangli harflar bilan yoziladi va roʻyxat alfavit tartibida, sotiladigan tamaki mahsulotlarining va tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining narxi koʻrsatilgan holda, biror-bir grafik tasvirlar va rasmlardan foydalanmasdan tuzilishi. Koʻchmas savdo obyektlarida tamaki mahsulotlarini xaridorga namoyish etish uning talabiga koʻra sotiladigan tamaki mahsulotlar roʻyxati bilan tanishib chiqqanidan keyin amalga oshirilishi; d) tamaki mahsulotlarining chakana savdosiga doir faoliyat onlayn tarzda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini va (yoki) virtual kassa tizimlarini, shuningdek, bank plastik kartalaridan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallarini albatta qoʻllagan holda amalga oshirilishi; e) tamaki mahsulotlari, shu jumladan, import qilingan bunday mahsulotlarning sotuvchisi har bir nomdagi mahsulot boʻyicha tayyorlovchining yoki yetkazib beruvchining imzosi bilan tasdiqlangan, har bir nomdagi mahsulot boʻyicha muvofiqlik sertifikati mavjudligi haqidagi maʼlumotlar boʻlgan hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazilganlik raqamlari, ushbu sertifikatning amal qilish muddati hamda sertifikatni bergan organ koʻrsatilgan tovar-transport hujjatlariga ega boʻlishi; j) Oʻzbekiston Respublikasining “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari talablariga qatʼiy rioya qilishi. |
|
10. |
Izoh: |
Tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik haqidagi xabarnoma har bir ulgurji savdo obyekti uchun alohida yuboriladi. |
30-ILOVA
1. | Xabarnoma nomi: | Nodavlat arxivlarni tashkil etish boʻyicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma |
2. | Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari: | a) arxiv hujjatlarini jamlash, saqlash, hisobini yuritish, ulardan foydalanish; b) nodavlat elektron arxivlar faoliyatini tashkil etish (hujjatlarni elektron arxivlash (saqlash) xizmatlarini koʻrsatuvchi nodavlat arxivlarning maʼlumotlar uzatish tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatish). |
3. | Xabardor qiluvchi toifasi: | Yuridik shaxs |
4. | Xabarnomani qabul qiluvchi organ: | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi |
5. | Xabarnomani yuborish tartibi: | “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali |
6. | Xabarnomani yuborish uchun talab qilinadigan maʼlumotlar: | a) STIR; b) elektron pochta manzili; v) yuridik shaxs rahbarining mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); g) nodavlat arxivlar tashkil etiladigan manzil(lar). Yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli hamda pochta manziliga doir maʼlumotlar “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi. |
7. | Xabardor qiluvchi kiritgan maʼlumotlar tekshirilishi lozim boʻlgan davlat organlarining axborot tizimlari: | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi |
8. | Xabarnoma yuborish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi |
9. | Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari: | a) nodavlat arxivlarni tashkil etish boʻyicha umumiy talablar: arxivlar faoliyatini tashkil etish boʻyicha maxsus kurslarda tahsil olgan mutaxassislar faoliyat koʻrsatishi; Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish faoliyati bilan shugʻullanmaslik;* davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan mavjud binolar va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosaning mavjudligi (sanasi va raqami); Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-son qarori bilan tasdiqlangan Arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan talablarga rioya qilish;* b) nodavlat arxivlar tomonidan hujjatlarni elektron arxivlash (saqlash) xizmatlari (maʼlumotlar uzatish tarmoqlari xizmatlari sifatida) koʻrsatilganda: nodavlat arxiv shtatida elektron arxiv va raqamlashtirish boʻlinmasi va/yoki xodimlar mavjudligi; elektron arxiv tizimining apparat va dasturiy taʼminoti mavjudligi, elektron arxiv fondlari va hujjatlarini yaratish uchun zarur vositalar, jumladan, raqamlashtirish qurilmalari va dasturlari mavjudligi, elektron arxiv hujjatlarining formatlari, saqlash talablariga mosligi, elektron arxiv hujjatlarini qidirish, boshqarish va ishlov berish imkoniyati mavjudligi;* elektron arxiv tizimiga ruxsat etilmagan shaklda kirishni boshqarish vositalari mavjudligi, tizimning zaxiralash imkoniyati va avariya holatlarida maʼlumotlarni tiklash imkoniyati mavjudligi, axborot xavfsizligini himoya qilish vositalari bilan taʼminlanganligi.* |
10. | Izoh: | Nodavlat arxivlar faoliyatini tashkil etish boʻyicha: nodavlat arxivlarni qayta tashkil etishda mulkdor (muassis) arxiv hujjatlarining holati (joylashgan joyi, tarkibi, miqdori va taqsimlanishi) toʻgʻrisidagi axborotni “Oʻzarxiv” agentligiga qayta tashkil etish boshlanishidan kamida 1 oy oldin yuborishi lozim; nodavlat arxiv tugatilayotganda arxivning mulkdorlari (muassislari) mazkur arxivning arxiv fondlarini boshqa arxivlarga belgilangan tartibda oʻz vaqtida topshirish uchun tegishli chora-tadbirlarni koʻrishlari shart;* arxiv hujjatlarini topshirish va ularning boshqa arxivda keyinchalik saqlanishi bilan bogʻliq barcha xarajatlar tugatilayotgan arxiv yoki uning mulkdorlari hisobidan amalga oshiriladi; arxiv hujjatlarining but saqlanishini taʼminlash va ularning keyinchalik saqlanish joyi toʻgʻrisidagi masalani hal etish maqsadida yigʻmajildlar va mol-mulkni topshirish uchun tuzilgan tugatish komissiyasi tarkibiga majburiy tartibda tegishli “Oʻzarxiv” agentligining arxiv ishi hududiy boshqarmasining vakili kiritiladi; arxivlar tugatilayotganda alohida olingan arxiv fondini turli arxivlar, shu jumladan, idoraviy arxivlar oʻrtasida, uni boʻlgan holda taqsimlash taqiqlanadi; arxiv hujjatlarini, shu jumladan, tugatilgan arxiv fondining asosiy hisobga olish hujjatlarini qabul qilgan arxiv olingan arxiv hujjatlarining roʻyxatdan oʻtkazilishi va uning saqlanishi yaxlitligini taʼminlashi kerak; arxiv mulkdori saqlashga qabul qilingan va boshqa arxivlarga topshirilishi lozim boʻlgan arxiv hujjatlarining but saqlanishi va yaxlitligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi; kasbiy kompetentlik toʻgʻrisidagi guvohnomaga ega boʻlmagan ishchi va xodimlar tomonidan tashkilotlarning hujjatlarini tartibga keltirishga yoʻl qoʻyilmaydi.* *Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
31-ILOVA
1. | Xabarnoma nomi: | Xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini yetkazib berish boʻyicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma |
2. | Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turi: | Xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini yetkazib berish faoliyati |
3. | Xabardor qiluvchi toifasi: | Yuridik shaxs |
4. | Xabarnomani qabul qiluvchi organ(lar): | Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi |
5. | Xabarnomani yuborish tartibi: | “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali |
6. | Xabarnomani yuborish uchun talab etiladigan maʼlumotlar: | a) yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR; b) pochta hamda elektron pochta manzili; v) mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); g) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi); d) faoliyat olib borilayotgan manzilning mulk huquqi yoki ijara asosida faoliyat yuritayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot (kadastr raqami); e) shtatida mavjud mutaxassislar haqida maʼlumot (JSHSHIR, pasport (ID karta) seriyasi va raqami, ishga qabul qilinganligi haqida buyruq raqami va sanasi); j) kamida bir nafar mutaxassisining xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha oʻquv tashkilotlarida Bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejasi asosida oʻqiganligi toʻgʻrisidagi malaka sertifikati raqami va sanasi (PDF yoki JPEG formatdagi) nusxasi*; z) bazaviy hisoblash miqdorining ming baravari miqdorida bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlanganligini tasdiqlovchi hujjat raqami va sanasi (sugʻurta polisi, bank kafolati va h.k) va nusxasi (PDF yoki JPEG formatdagi)**. |
7. | Xabardor qiluvchi kiritgan maʼlumotlar tekshirilishi lozim boʻlgan davlat organlarining axborot tizimlari (maʼlumotlari): | Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi; Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi; Soliq qoʻmitasi; Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi; Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi; Istiqbolli loyihalar milliy agentligi. |
8. | Xabarnomani yuborish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi |
9. | Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari: | a) xorijiy hamkoriga koʻrsatadigan xizmatlarni oʻzaro tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirishi; b) bazaviy hisoblash miqdorining ming baravari miqdorida bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanganligi**; v) joʻnatilayotgan va yetkazib berilayotgan tovarlar hisobini yuritish hamda trek raqamlari orqali qaysi maqomda turganligini kuzatish imkonini beruvchi axborot tizimi mavjud boʻlishi hamda ushbu tizim bojxona organlarining axborot tizimiga integratsiya qilinishi; g) xalqaro kuryerlik joʻnatmalari orqali yuborilishi taqiqlangan buyumlar va moddalar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi; d) shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini va maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash; e) joʻnatmalarni tushirish, ortish, ularga ishlov berish hamda xavfsiz saqlanishi uchun 50 m2dan kam boʻlmagan maxsus joylar boʻlishi; j) maxsus joylar uch oy davomida saqlanadigan uzluksiz videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan boʻlishi va saqlangan videotasvirlar bojxona organlari talabiga koʻra taqdim etilishi; z) joʻnatmalarni tashish uchun maxsus jihozlangan avtotransport vositasi boʻlishi (shaxsiy yoki ijara asosida); i) shtatida ikki va undan ortiq joʻnatmalar bilan bevosita ishlovchi mutaxassislar boʻlishi; k) mutaxassislar ishga qabul qilinganda yoki mavjudlari ishdan boʻshatilganda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasini xabardor qilish; l) bojxona organi tomonidan soʻralgan hujjat va maʼlumotlarni qonunchilikda belgilangan muddatda taqdim etilishini taʼminlashi (qonunchilik hujjatlarida talab etilishi belgilanmagan yoki taqdim etish kuryerlik tashkiloti vakolatiga kirmaydigan hujjatlar va maʼlumotlar bundan mustasno); m) kuryerlik tashkilotining bojxona toʻlovlari boʻyicha qarzdorligi yuzaga kelganda, oʻn kun ichida ushbu qarzdorlikni toʻlash orqali bartaraf etish; n) kuryerlik tashkiloti uchun qonunchilikda belgilangan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash. |
10. | Izoh: | * mazkur talab 2025-yil 1-oktabrdan boshlab kuchga kiradi. Mazkur muddatga qadar xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini yetkazib berish faoliyatini boshlagan yuridik shaxslarga nisbatan ham ushbu talab tatbiq etiladi. ** bojxona toʻlovlarini toʻlash majburiyatini sugʻurtalash faqat bojxona organlari bilan axborot almashinuviga ega sugʻurta tashkiloti orqali amalga oshiriladi. Xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini yetkazib beruvchi joʻnatmalarni yuboruvchi yoki qabul qiluvchi nomidan bojxona operatsiyalari uchun zarur boʻlgan harakatlarni vakolatli shaxs sifatida bajarib, joʻnatmalar yuzasidan javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi. |
32-ILOVA
1. | Xabarnoma nomi: | Bojxona brokeri faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida xabarnoma |
2. | Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turi: | Bojxona brokeri sifatida faoliyatni amalga oshirish |
3. | Xabardor qiluvchi toifasi: | Yuridik shaxs |
4. | Xabarnomani qabul qiluvchi organ(lar): | Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi |
5. | Xabarnomani yuborish tartibi: | “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali |
6. | Xabarnomani yuborish uchun talab etiladigan maʼlumotlar: | a) yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR; b) pochta hamda elektron pochta manzili; v) mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda); g) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi); d) shtatida mavjud ikki va undan ortiq bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassislar haqida maʼlumot (JSHSHIRi, pasport (ID karta) seriyasi va raqami, ishga qabul qilinganligi haqida buyruq raqami va sanasi); e) oʻquv tashkilotlarida Bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejasi asosida bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisi yoʻnalishi boʻyicha oʻqiganligi toʻgʻrisidagi malaka sertifikati raqami va sanasi (PDF yoki JPEG formatdagi) nusxasi*; j) bazaviy hisoblash miqdorining ming baravari miqdorida bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlanganligini tasdiqlovchi hujjat raqami va sanasi (sugʻurta polisi, bank kafolati va h.k) va nusxasi (PDF yoki JPEG formatdagi)**. |
7. | Xabardor qiluvchi kiritgan maʼlumotlar tekshirilishi lozim boʻlgan davlat organlarining axborot tizimlari (maʼlumotlari): | Soliq qoʻmitasi; Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi; Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi; Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi; Istiqbolli loyihalar milliy agentligi. |
8. | Xabarnomani yuborish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi |
9. | Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari: | a) bazaviy hisoblash miqdorining ming baravari miqdorida bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlanganligi**; b) Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining axborot tizimida yuridik shaxsning shaxsiy kabineti boʻlishi; v) bojxona organi tomonidan soʻralgan hujjat va maʼlumotlarni qonunchilikda belgilangan muddatda taqdim etilishini taʼminlash (qonunchilik hujjatlarida talab etilishi belgilanmagan yoki taqdim etish bojxona brokeri vakolatiga kirmaydigan hujjatlar va maʼlumotlar bundan mustasno); g) bojxona brokerining bojxona toʻlovlari boʻyicha qarzdorligi yuzaga kelganda, oʻn kun ichida ushbu qarzdorlikni toʻlash orqali bartaraf etish; d) deklarant yoki vakolatli shaxsga koʻrsatadigan xizmatlarni oʻzaro tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirish; e) qonunchilikda belgilangan bojxona brokerining majburiyatlarini bajarilishini taʼminlash; j) shtatida ikki va undan ortiq bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassislar boʻlishi; z) yuridik shaxs bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassislarini ishga qabul qilganda yoki mavjudlari ishdan boʻshatilganda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasini besh kun mobaynida xabardor qilish; i) tashkilot shtatida boʻlgan bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassislaridan birining bir oy ichida bojxona yuk deklaratsiyalarining turli grafalaridagi xato va kamchiliklari boʻyicha uch marotabadan ortiq maʼmuriy javobgarlikka tortilgan taqdirda, ushbu bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisini navbatdan tashqari malakasini oshirish uchun rasmiy oʻquv tashkilotiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejasi asosida oʻqitish uchun yuborganligi boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasini xabardor qilish*; k) shtatida boʻlgan bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisi xar ikki yilda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejasi asosida oʻquv tashkilotlarida malakasini oshirganligi toʻgʻrisida sertifikatga ega boʻlishi*. |
10. | Izoh: | * mazkur talab 2025-yil 1-oktabrdan boshlab kuchga kiradi. Mazkur muddatga qadar xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini yetkazib berish faoliyatini boshlagan yuridik shaxslarga nisbatan ham ushbu talab tatbiq etiladi. ** bojxona toʻlovlarini toʻlash majburiyatini sugʻurtalash faqat bojxona organlari bilan axborot almashinuviga ega sugʻurta tashkiloti orqali amalga oshiriladi. |
33-ILOVA
1. | Xabarnoma nomi: | Pivo mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma. |
2. | Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turi: | Pivo mahsulotlari bilan chakana savdo qilish. |
3. | Xabardor qiluvchi toifasi: | Yuridik shaxs. |
4. | Xabarnomani qabul qiluvchi organ(lar): | Tuman (shahar) soliq inspeksiyalari. |
5. | Xabarnomani yuborish tartibi: | “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali. |
6. | Xabarnomani yuborish uchun talab etiladigan maʼlumotlar: | a) yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR; b) pochta hamda elektron pochta manzili; v) faoliyat amalga oshiriladigan joy manzili, kadastr raqami, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, STIR, telefon raqami; g) onlayn nazorat kassa yoki virtual kassaning fiskal modul raqami. |
7. | Xabardor qiluvchi kiritgan maʼlumotlar tekshirilishi lozim boʻlgan davlat organlarining axborot tizimlari (maʼlumotlari): | Soliq qoʻmitasi; Adliya vazirligi. |
8. | Xabarnomani yuborish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: | Yigʻim undirilmaydi. |
9. | Pivo mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi. |
10. | Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari: | a) taʼlim, sport muassasalari va diniy muassasalardan toʻgʻri chiziq boʻylab yuz metrdan kam masofada joylashmagan boʻlishi, savdo obyekti umumiy savdo maydoni ming kvadrat metrdan ortiq boʻlgan savdo majmualarining (bozorlarning) va yarmarka pavilyonlarining hududida joylashgan hollar bundan mustasno; b) oʻziga mulk yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan yoki ijaraga olingan turgʻun shoxobcha boʻlishi; v) jamoat transporti toʻxtash joylarida, shu jumladan, metropoliten bekatlarida, jamoat joylarida va dam olish joylarida, davolash-profilaktika va sport-sogʻlomlashtirish muassasalari hududlarida, ushbu muassasalar va ishlab chiqarish korxonalarining oshxonalarida, shuningdek, avtobekatlarda joylashmagan boʻlish; g) qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalardan, shuningdek, bank plastik kartochkalaridan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallari bilan jihozlangan boʻlish;* d) elektron hisob-fakturadan majburiy tartibda foydalanish; majburiy raqamli markirovka qoidalariga rioya qilish;* Oʻzbekiston Respublikasining “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida” 2023-yil 24-maydagi OʻRQ-844-son Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari talablariga qatʼiy rioya qilish; pivo ichimliklari yoki alkogol mahsulotlari bilan ulgurji savdo qilish huquqiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlaridan pivo mahsulotlarini elektron hisob-fakturaga asosan xarid qilish va ONKM orqali savdo hamda raqamli markirovka qoidalariga rioya qilgan holda sotish;* pivo mahsulotlari sotiladigan joylarda ularning yigirma bir yoshga toʻlmagan shaxslarga sotilishiga yoʻl qoʻyilmasligi*. |
11. | Izoh: | Pivo mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik haqidagi xabarnoma har bir chakana savdo obyekti uchun alohida yuboriladi. Pivo mahsulotlarini sotish huquqi uchun yigʻim pivo mahsulotlarini sotish boshlanganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuborilgan vaqtdan boshlab toʻlanadi. Bunda xabarnoma oyning yigirmanchi sanasigacha yuborilganda yigʻim joriy oy uchun toʻliq hajmda, xabarnoma oyning yigirmanchi sanasidan keyin yuborilganda keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab hisoblanadi. Pivo mahsulotlari bilan chakana savdo qilish faoliyati toʻxtatilganda yoki tugatilganda, yigʻim hisoblanishi keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab toʻxtatiladi. Pivo mahsulotlarini sotish huquqi uchun yigʻim har oyda oldindan toʻlov shaklida joriy oyning oʻninchi sanasiga qadar toʻlanadi. Pivo mahsulotlari chakana savdosi bilan shugʻullanuvchilar tomonidan faqat pivo mahsulotlarini chakana savdo qilish uchun qoʻshimcha ravishda alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini sotish uchun xabarnoma yuborilishi talab etilmaydi. * Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
2-ILOVA
3-ILOVA
ILOVA
|
“_______________________________________________________________________” | |||
|
(baholash toʻgʻrisidagi hisobotning nomi) | |||
|
20__ yil “___” _________Toshkent shahri | |||
|
1. Umumiy maʼlumotlar | |||
|
Ekspertizani oʻtkazish asosi: __________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________________ | |||
|
Ekspertiza predmeti: ________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________________ | |||
|
Ekspertiza turi: ____________________________________________________________________________________ | |||
|
Ekspertiza oʻtkazilgan sana: 20___ yil “____”_______________ | |||
|
Ekspert: F.I.O., lavozimi, baholovchining malaka sertifikati tartib raqami va uning berilgan sanasi ___________________________________________________________________________________________________ | |||
|
20__ yil “___” _______dagi “_______________”-son hisobot (keyingi oʻrinlarda Hisobot deb ataladi) 20__ yil “___” _______da “____________” jamoat birlashmasiga aʼzo boʻlgan “______________” baholovchi tashkilot tomonidan 20__ yil “___” ________da berilgan ______-son baholovchining malaka sertifikatiga ega boʻlgan baholovchi ______ tomonidan 20__ yil “___” __________dagi _______-son Shartnoma boʻyicha ________________maqsadida bajarilgan. | |||
|
___________________________________________________________________________________________________ | |||
|
(obyektning baholash sanasida identifikatsiya qilish imkonini beruvchi aniq tavsifi, yuridik shaxsga tegishli boʻlgan baholash obyekti boʻyicha esa yuridik shaxsning rekvizitlari) | |||
|
baholash obyekti hisoblanadi. | |||
|
2. Baholanuvchi obyektga borgan holda baholanuvchi mol-mulkni tekshirish natijalari (dala sharoitida ekspertiza oʻtkazishda): | |||
|
Dala sharoitida ekspertiza oʻtkazishda qoʻshimcha ravishda quyidagilar aniqlandi: | |||
|
(soʻngra ekspert tomonidan baholash obyektiga borgan holda baholanayotgan mol-mulkni tekshirish va baholash toʻgʻrisidagi hisobotda koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlash uchun mol-mulkning taqqoslanadigan obyektlarini tekshirish natijalari keltiriladi) | |||
|
3. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotning baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi | |||
|
Hisobotda quyidagilar keltirilgan:_____________________________________________________________________ | |||
|
_____________________________________________________________________ (soʻngra ekspert tomonidan baholash toʻgʻrisida taqdim etilgan hisobotning baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga baholash obyektini baholash toʻgʻrisidagi hisobot mazmuniga qoʻyiladigan umumiy talablarga rioya qilinishi boʻyicha muvofiqligi haqidagi xulosalar keltiriladi). Baholash maqsadlari uchun Hisobotda quyidagi yondashuvlardan foydalanilgan: | |||
|
___________________________________________________________________________________________________ | |||
|
____________________________________________________________________ (soʻngra ekspert tomonidan hisobotda Baholovchi tomonidan u yoki bu baholash yondashuvlaridan foydalanishning (yoki foydalanishni rad etishning) asoslanganligi toʻgʻrisidagi xulosalar keltiriladi). | |||
|
Daromad boʻyicha yondashuvdan foydalanish: | |||
|
Tanlangan yondashuv doirasida Baholovchi __________________________ metodidan foydalandi. | |||
|
(soʻngra ekspert tomonidan foydalanilgan yondashuv doirasida Baholovchi tomonidan aniq metodni tanlashning toʻgʻriligi va asoslanganligi toʻgʻrisidagi xulosalar keltiriladi. Bundan tashqari, baholashning tanlangan metodi doirasida baholashni amalga oshirishda Baholovchi tomonidan foydalanilgan axborotlarning toʻliqligi va haqqoniyligi, hisoblashda Baholovchi tomonidan foydalanilgan miqdorlarning haqqoniyligi va asoslanganligini tahlil qilish natijalari keltiriladi). | |||
|
Qiyosiy yondashuvdan foydalanish: _______________________________________________________________________ | |||
|
Tanlangan yondashuv doirasida Baholovchi ____________________________ metodidan foydalandi. | |||
|
(soʻngra ekspert tomonidan foydalanilgan yondashuv doirasida Baholovchi tomonidan aniq metodni tanlash?ing toʻgʻriligi va asoslanganligi toʻgʻrisidagi xulosalar keltiriladi. Bundan tashqari, baholashning tanlangan metodi doirasida baholashni amalga oshirishda Baholovchi tomonidan foydalanilgan axborotlarning toʻliqligi va haqqoniyligi, hisoblashda Baholovchi tomonidan foydalanilgan miqdorlarning haqqoniyligi va asoslanganligini tahlil qilish natijalari keltiriladi) | |||
|
Xarajat boʻyicha yondashuvdan foydalanish:________________________________________________________________ | |||
|
Tanlangan yondashuv doirasida Baholovchi _______________________________ metodidan foydalandi. | |||
|
(soʻngra ekspert tomonidan foydalanilgan yondashuv doirasida Baholovchi tomonidan aniq metodni tanlashning toʻgʻriligi va asoslanganligi toʻgʻrisidagi xulosalar keltiriladi. Bundan tashqari, baholashning tanlangan metodi doirasida baholashni amalga oshirishda Baholovchi tomonidan foydalanilgan axborotlarning toʻliqligi va haqqoniyligi, hisoblashda Baholovchi tomonidan foydalanilgan miqdorlarning haqqoniyligi va asoslanganligini tahlil qilish natijalari keltiriladi) | |||
|
Joriy etilgan chegirishlar va mukofotlar: | |||
|
(Ushbu boʻlimda ekspert tomonidan hisoblashda Baholovchi tomonidan foydalanilgan chegirishlar va mukofotlar miqdorlarini qoʻllaganlikning asoslanganligi va ularning haqqoniyligi, shuningdek ularni aniqlashning haqqoniyligi toʻgʻrisidagi xulosalar keltiriladi) | |||
|
Baholashning har qaysi yondashuvi salmogʻini asoslash: _______________________________________________________ | |||
|
Baholovchi _______________________________ (baholashda qiymatni aniqlashga yondashuvlarda foydalanilgan salmoqni belgilash metodidan) foydalandi. | |||
|
(soʻngra ekspert tomonidan Baholovchi yondashuvlarining salmogʻini (koeffitsiyentlarini) belgilashning asoslanganligi toʻgʻrisidagi xulosalar keltiriladi) | |||
|
4. Oʻtkazilgan ekspertiza xulosalari: | |||
|
Yuqorida bayon qilinganlarga asoslanib, 20_____ yil “____” ___________________dagi “_______________________” ni baholash toʻgʻrisidagi koʻrib chiqilgan | |||
|
(hisobot nomi) |
|||
|
_______-son hisobot_______________________________ deb eʼtirof etiladi. | |||
|
(haqqoniy/haqqoniy emas) | |||
|
Ekspertizani oʻtkazgan ekspert ____________ (imzo) | |||
|
Ekspertizani oʻtkazgan baholovchi tashkilot rahbari _____________ (imzo) | |||
|
Baholovchi tashkilot muhri | |||
MAʼMURIY REGLAMENTI”
1-ILOVA”;
2-ILOVA”;
3-ILOVA”;
4-ILOVA”;
SOʻROVNOMA”;
SOʻROVNOMA”;
5-ILOVA”;
6-ILOVA”.
4-ILOVA