Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Shaharsozlik faoliyati va qishloq xoʻjaligidan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berishning, bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni (fasadini taʼmirlashni) kelishishning, shuningdek obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruxsatnomalar berishning umumiy belgilangan tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Kichik va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishni taʼminlash, tadbirkorlik faoliyati sohasida qurilishning barcha bosqichlarida ruxsat berish tartibotlari doirasida yagona qoida va talablarni belgilash, shaharsozlik faoliyati va qishloq xoʻjaligidan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berishning, bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni (fasadini taʼmirlashni) kelishishning, shuningdek obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruxsatnomalar berishning umumiy belgilangan tartibini yanada soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/370/1253-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/370/1253-son)
Turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga* muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* 1 — 4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 9-mart,
70-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 10-son, 98-modda, 21-son, 233-modda; 2017-y., 18-son, 325-modda, 35-son, 931-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son; 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son, 24.05.2018-y., 09/18/370/1253-son, 03.07.2018-y., 09/18/493/1426-son; 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son)