Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022 27.10.2018 yildagi 880-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 27.10.2018 yildagi 880-son
Date of entry into force
30.10.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoniga muvofiq, yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish sohasini davlat tomonidan samarali tartibga solish, ishlab chiqarish va boshqa obyektlarni yong‘indan saqlashning ishonchli texnik vositalarini yaratishda yagona muhandislik-texnika siyosatini o‘tkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qo‘yilsinki, yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatining yangi talablari va shartlari to‘g‘risidagi axborot bir oy muddatda yuridik shaxslarga — litsenziatlarga yetkazilishi va tushuntirilishini ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatlar faoliyati ustidan samarali nazorat qilinishini va ular tomonidan ushbu sohada qonun hujjatlariga, amaldagi normalar va standartlarga rioya qilinishini ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 27-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
880-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-oktabrdagi 880-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalash suvli, gazli, kukunli yong‘inni o‘chirish qurilmalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash va yong‘in haqida xabar berish signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatga tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda foydalaniladigan tushunchalar va ta’riflar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yong‘inga qarshi avtomatika vositalari — obyektda (bino, inshoot, xona, hududda) yong‘in chiqishi belgilari to‘g‘risidagi axborotlarni qabul qilish va ularga ishlov berish, yong‘inni avtomatik tarzda o‘chirish hamda yong‘inga qarshi xavfsizlikni ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan kuchlar va vositalarni xabardor qilish uchun mo‘ljallangan texnik vositalar kompleksi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yong‘inni o‘chirish qurilmalari (suvli, gazli, kukunli) — olovni o‘chiradigan moddalar chiqarish hisobiga yong‘inni o‘chirish uchun mo‘ljallangan turg‘un texnik vositalar yig‘indisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xabar berish vositalari — ovozli, nutqli, yorug‘likli va kombinatsiyalashtirilgan yong‘indan darak beruvchi vositalar, ularni boshqarish priborlari, shuningdek, yong‘in xavfsizligining evakuatsiya belgilari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlash signalizatsiyasi vositalari — obyektni (bino, inshoot, xona, hududni) qo‘riqlashning holati to‘g‘risidagi axborotlarni qabul qilish, ularga ishlov berish, uzatish va aks ettirish uchun mo‘ljallangan texnik vositalar yig‘indisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya qurilmalari — yong‘inni aniqlash, yong‘in, maxsus axborot to‘g‘risidagi bildirishnomaga (xabar berishga) ishlov berish, berilgan topshiriq shaklida taqdim etish va/yoki yong‘inni o‘chirishning avtomatik qurilmalarini va texnik qurilmalarni ishga tushirish uchun komanda berish mo‘ljallangan texnik vositalar yig‘indisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi vositalari — qo‘riqlash signalizatsiyasi va yong‘indan darak beruvchi signalizatsiyaning qo‘shma tizimlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Obyektlarda o‘rnatiladigan yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyati litsenziyalanadi va faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtotransport vositalarida o‘rnatiladigan yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyati litsenziyalanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan (keyingi o‘rinlarda litsenziyalovchi organ deb ataladi) amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Talabgorning arizasiga muvofiq litsenziya litsenziyalanadigan faoliyatning bir qismiga berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Litsenziya talablari va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Litsenziya talabgoriga va litsenziatga quyidagi talablar qo‘yiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) yuridik shaxs-litsenziya talabgorining doimiy shtatida maxsus tayyorgarlikka va tegishli ixtisoslik (yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish) bo‘yicha kamida uch yil ish stajiga ega bo‘lgan, shuningdek, quyidagi malakalar bo‘yicha ma’lumotga va maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan kamida ikkita xodimning (ishlarning rahbari va bajaruvchi) mavjud bo‘lishi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) loyihalashtirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlarning rahbari va bajaruvchisi “Muhandislik” (elektrotexnika, elektronika, elektromexanika, radiotexnika, telekommunikatsiya, informatika va axborot texnologiyalari, avtomatlashtirish va boshqarish, muhandislik kommunikatsiyalarini qurish, yong‘in xavfsizligi, shuningdek, yong‘inni o‘chirishning suvli qurilmalari uchun — suv ta’minoti va suv chiqarish inshootlari) yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yong‘indan darak berish, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, qo‘riqlash-yong‘indan saqlash va yong‘in haqida xabar berish signalizatsiyalarini montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlarning rahbari “Muhandislik” (elektroenergetika, elektronika va mikroelektronika, avtomatlashtirish va boshqarish, radiotexnika, telekommunikatsiya) yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli bo‘lishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlarni bajaruvchilar elektroenergetika, elektronika va mikroelektronika, avtomatlashtirish va boshqarish, radiotexnika, telekommunikatsiya yo‘nalishlari bo‘yicha 3-razryaddan past bo‘lmagan tegishli malaka bo‘yicha oliy, kasb-hunar-texnik ma’lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) yong‘inni o‘chirish (suvli, gazli, kukunli va boshqa) qurilmalarni montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlarning rahbari “Muhandislik” (elektroenergetika, elektronika va mikroelektronika, avtomatlashtirish va boshqarish, radiotexnika, telekommunikatsiya) yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli bo‘lishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlarni bajaruvchilar quyidagi yo‘nalishlar: qo‘lda payvandlovchi elektr payvandlovchi (gaz bilan payvandlovchi) 5-razryaddan past bo‘lmagan, sanitariya-texnik uskunalarni montaj qiluvchi (sanitariya-texnik tizimlar va asbob-uskunalarni montaj qiluvchi) 4-razryaddan past bo‘lmagan, qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyalari elektromontyori (elektr asbob-uskunalarini ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha elektromontyor, aloqa apparatlari va qurilmalarini ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha elektromontyor, radioelektron apparatlar va priborlarni montaj qiluvchi) 3-razryaddan past bo‘lmagan, avtomatik nazorat qilish, rostlash va boshqarish priborlari, apparatlari va tizimlarini sozlovchi (nazorat-o‘lchov priborlari va avtomatika sozlovchisi) 5-razryaddan past bo‘lmagan tegishli malaka bo‘yicha oliy, kasb-hunar-texnik ma’lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) litsenziya talabgorida ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun zarur moddiy-texnik baza mavjud bo‘lishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) litsenziat tomonidan yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish sohasidagi qonun hujjatlariga, normativ hujjatlar va standartlar talablariga rioya etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) qonun hujjatlariga muvofiq sertifikatlangan yong‘inga qarshi avtomatika vositalari, qo‘riqlash signalizatsiyalari, yong‘indan darak beruvchi, qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyalari vositalari va tizimlaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyalari vositalarini montaj qilish loyihalarining hisobini olib borish va ularni ishlatishning butun davrida loyihalarning (yoki ularning nusxalarining) saqlanishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) litsenziat tomonidan obyektlarda o‘rnatilgan yong‘inni o‘chirish qurilmalari, qo‘riqlash signalizatsiyalari, yong‘indan darak beruvchi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyalari to‘g‘risidagi axborotlarning, shuningdek, obyektni qo‘riqlash va uning xavfsizligini ta’minlash tizimi to‘g‘risida litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish jarayonida ma’lum bo‘lib qolgan boshqa ma’lumotlarni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning ko‘rilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgari sudlangan va qasddan jinoyat sodir etganligi uchun muddati o‘talmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslarning;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm yuzasidan hisobda turuvchi shaxslarning ishga yollanishiga yoki jalb qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Litsenziyalovchi organ va litsenziat o‘rtasida tuziladigan litsenziya bitimida ushbu Nizomning 8-bandida sanab o‘tilganlardan kelib chiquvchi aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Litsenziya olish uchun zarur hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya berish to‘g‘risida ariza, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami, litsenziyalanayotgan faoliyatning (uning bir qismining) yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan turi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadigan shakl bo‘yicha mutaxassislarning malaka tarkibi to‘g‘risida tegishli hujjatlar (mehnat daftarchasining, ma’lumoti yoki maxsus tayyorgarligi to‘g‘risidagi hujjatlarning nusxalari) ilova qilingan ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadigan shakl bo‘yicha litsenziyalanayotgan faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik bazaning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita, ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda yetkazib beriladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya talabgorining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar litsenziyalovchi organning mas’ul shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi) va ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar ro‘yxatiga muvofiqlik yuzasidan tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ishonchli bo‘lmagan yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Arizani ko‘rib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasida belgilangan va ariza berilgan kunda amalda bo‘lgan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi va litsenziyalovchi organ yig‘imni litsenziyalashda ishtirok etgan bo‘linmalar o‘rtasida taqsimlaydi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan yoki litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga 2-ilova muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi va barcha zarur hujjatlar olingan kundan boshlab yigirma kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar litsenziyalovchi organ litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati mobaynida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilmagan taqdirda, ko‘rsatib o‘tilgan muddat tamom bo‘lgandan keyin litsenziya talabgori litsenziyalovchi organni yozma ravishda xabardor qilgan holda o‘zi ariza bergan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorining yozma bildirishnomasi olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida unga litsenziya berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalovchi organ xulosa tayyorlash uchun zarurat bo‘lganda o‘z mablag‘lari hisobiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talabgorida litsenziyalanayotgan faoliyat turini amalga oshirish uchun talab qilinadigan mavjud shart-sharoitlarni joyiga borib baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli xulosalar tayyorlash uchun shartnoma asosida ekspertlarni jalb etish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya berishga qaror qabul qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Litsenziyalovchi organ va litsenziatning o‘zaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimida quyidagilar bo‘lishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tomonlarning rekvizitlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turi (uning bir qismi)ning nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatga qo‘yiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya bitimi talablari va shartlari litsenziat tomonidan bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Litsenziyalar maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi. Litsenziya blankalari namunalari litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi va litsenziyalovchi organ buyurtmasi bo‘yicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziyalovchi organ litsenziyalar blankalarining saqlanishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalovchi organ nomidan litsenziyalar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan vakolat berilgan shaxs tomonidan imzolanadi hamda litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziya berish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilganligini tasdiqlovchi zarur hujjatlar (dalolatnomalar, ma’lumotnomalar, sertifikatlar, formulyarlar va boshqalar) bilan birgalikda arizasi olingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida amalga oshiriladi. Bunda litsenziya talabgorining arizasi takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat tamom bo‘lgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda ushbu qaror, shuningdek, litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish va dublikat berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Yuridik shaxs-litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Litsenziyalovchi organ tegishli hujjatlar ilova qilingan holda ariza olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida litsenziyani qayta rasmiylashtiradi hamda litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin. Bunda litsenziat ommaviy axborot vositalarida yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziyaning haqiqiy emasligi to‘g‘risida axborot e’lon qilishi va e’lonni litsenziyalovchi organga taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya dublikatlarini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat litsenziyalovchi organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ o‘z vakolatlari doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziatning ularga rioya etishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so‘rash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirishlar natijalari asosida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish yuzasidan litsenziatga majburiyat yuklovchi qarorlar qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoxud bekor qilish to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va litsenziyani bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, uni bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22 — 24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, uni bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyalovchi organ tomonidan qabul qilingan qaror asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Litsenziyalar reyestri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Litsenziyalovchi organ berilgan litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Reyestrda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalanadigan faoliyat turining nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish asoslari va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyani bekor qilish asoslari va sanasi ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Litsenziyalar reyestrida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytida joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Litsenziya berganlik uchun davlat boji
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Davlat boji respublika budjetiga o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik baza
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Faoliyatning litsenziyalanadigan turining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha ishlarni amalga oshirish uchun litsenziat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarning ishlashi uchun binoga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
signalizatsiyaning texnik vositalarini va yong‘inni o‘chirish qurilmalarini hamda asboblarni saqlash uchun binoga (yoki ajratilgan joyga);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-smeta hujjatlarini saqlash uchun temir sandiqqa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘riqlash-yong‘in tizimlari va yong‘inni o‘chirishning avtomatlashtirilgan tizimlarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish sohasida qonun hujjatlariga, texnik reglamentlarga, ishlarni bajarish va qabul qilish normalari va qoidalariga ega bo‘lishi kerak*.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziat 1-bandda ko‘rsatilganlardan tashqari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomatlashtirilgan loyihalashtirish uchun dasturiy-grafik kompleksli Pentium IV shaxsiy kompyuterga (undan past emas);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
grafik materiallarni bosish uchun qurilmaga ega bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziat 1-bandda ko‘rsatilganlardan tashqari quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan priborlarga, asbob-uskunalarga va vositalarga ega bo‘lishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Pribor, asbob-uskuna va vositaning nomi

Pribor, asbob-uskuna va vositaning turi

Kombinatsiyalashtirilgan pribor

S-4312 (4311) yoki shunga o‘xshash

Megommetr

M-1101M E6-4A yoki shunga o‘xshash

Shumomer

Sh-71 yoki shunga o‘xshash

Elektr kavsharlagich

Istalgan turi

Elektr perforator

Istalgan turi

Elektr parmadasta

Istalgan turi

Chilangarlik asboblari to‘plami

Istalgan turi

Elektr montaj asboblari to‘plami

Istalgan turi

Montaj qiluvchining kaskasi

Istalgan turi

Montaj qiluvchining kamari

Istalgan turi

Narvon

Istalgan turi

Ikki yoqqa ochiladigan narvon

Istalgan turi

Kompressor

SO-7 yoki shunga o‘xshash — faqat yong‘inni o‘chirish qurilmalarini montaj qilish, sozlash va ta’mirlash uchun

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi asosiy normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar ro‘yxati litsenziyalovchi organning saytida joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-oktabrdagi 880-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 22-martdagi 136-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 32-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-son Qonuni)” 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda) 1-ilovaning 56-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2011-yil 7-sentabrdagi O‘RQ-292-son Qonuni)” 2012-yil 1-fevraldagi 26-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 2-son, 5-modda) ilovaning 29-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 11-son, 79-modda) 1-ilovaning 62-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/880/2124-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)