Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022 13.02.2014 yildagi 29-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.02.2014 yildagi 29-son
Date of entry into force
24.02.2014
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mudofaa obyektlarini qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash, shuningdek mudofaa obyektlarida rejim talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 87-modda) bilan tasdiqlangan Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomning II bo‘limiga quyidagi mazmundagi 61-band qo‘shilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“61. Mudofaa obyektlarini qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash bo‘yicha bosh pudratchi hisoblanadigan litsenziat tomonidan mudofaa obyektlarini qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlashga doir tegishli faoliyat turlarini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan subpudrat tashkilotlarini jalb etish quyidagi talablar va shartlarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subpudrat tashkilotlarini mudofaa obyektlarini qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash ishlarini bajarishga jalb etishga loyiha-smeta hujjatlarining alohida bo‘limlari bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subpudrat tashkilotlariga loyiha-smeta hujjatlari faqat ularga taalluqli qismi bo‘yicha taqdim etilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subpudrat tashkilotlarining xodimlari mudofaa obyektlari hududiga ularning ro‘yxatlari belgilangan tartibda kelishilgandan keyin kiritiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziat subpudrat tashkilotlari va ularning xodimlari tomonidan obyekt rejimi bilan belgilangan qoidalarga rioya etilishi, shuningdek davlat sirlarini saqlashning ta’minlanishi uchun to‘liq javob beradi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 13-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 8-son, 81-modda)