Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022 17.03.2020 yildagi 164-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.03.2020 yildagi 164-son
Date of entry into force
18.03.2020
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshooti pasportini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida” 2019-yil 15-fevraldagi PQ-4193-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshooti pasportini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2020-yil 20-martdan boshlab amalga kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi — yuridik shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshooti pasportini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi — jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari pasportlarini rasmiylashtirish va berish ishlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi — jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlarini ularning texnik va ekspluatatsiya koʻrsatkichlari hamda jihozlanganligidan kelib chiqqan holda, toifalarga tasniflashning asosiy talablari va meʼyorlarini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi — jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshooti toifasini tasdiqlash va pasportini berishni rad etish asoslarini belgilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xizmatini koʻrsatish uchun zarur hujjatlar va boshqa hujjatlarning namunaviy shakllari, blankalari ishlab chiqilishini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan kelishgan holda tasdiqlanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” davlat unitar korxonasi bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining YIDXP orqali yuborilgan murojaatlarni koʻrib chiqish va qayta ishlash uchun axborot tizimiga ulanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” davlat unitar korxonasi “Uzinfocom” davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” MChJ bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshooti pasportini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish YIDXP orqali joriy etilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YIDXPda davlat xizmati koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi boʻyicha ularning faoliyati yuzasidan, jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatini koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglamentning talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolar qoʻllasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov hamda Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 17-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
164-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-martdagi 164-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshooti pasportini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼMURIY REGLAMENTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Reglament tadbirkorlik subyektlariga hamda tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan yuridik shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshooti pasportini (keyingi oʻrinlarda — sport inshooti pasporti) berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Reglament respublikada jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlaridan (keyingi oʻrinlarda — sport inshootlari) foydalanuvchi barcha yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat xizmati tadbirkorlik subyektlari uchun davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali, tadbirkorlik subyekti boʻmagan yuridik shaxslar uchun esa, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) orqali Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining (keyingi oʻrinlarda — vazirlik) “Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi” davlat korxonasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tomonidan koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlik, davlat xizmatlari markazlari, Markaz hamda hududiy boshqarmalar oʻrtasidagi axborot almashinuvi faqat elektron raqamli imzodan (keyingi oʻrinlarda — ERI) foydalangan holda, idoralararo elektron hamkorlik vositasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshooti pasporti mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Sport inshooti pasporti — sport inshooti tarkibiga kiruvchi bino va inshootlarning texnik va ishlab chiqarish quvvatlari, ishchi va foydali maydonlari, texnik koʻrsatkichlari, oʻtkazuvchanligi, sport inshooti egasi haqidagi, sport inshooti manzili va sport inshootining funksional yoʻnalishiga bogʻliq boʻlgan boshqa maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjat hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport inshootlari mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq ularning texnik va ekspluatatsiya koʻrsatkichlari hamda jihozlanganligidan kelib chiqqan holda quyidagi toifalarga boʻlinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy toifa sport inshootlari — sport inshootining asosiy parametrlari, oʻlchamlari va jihozlanishi respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarni (Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo va Oʻzbekiston chempionatlari, birinchiliklari va kuboklari, xalqaro turnirlar) oʻtkazishni taʼminlashga imkon beradi. Inshoot aholi ishtirokida jismoniy tarbiya va sogʻlomlashtirish ishlarini olib borish uchun moʻljallanmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi toifa sport inshootlari — sport inshootining asosiy parametrlari, oʻlchamlari va jihozlanishi respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarni (Osiyo va Oʻzbekiston chempionatlari, birinchiliklari va kuboklari, turli xil turnirlar), shuningdek, oʻquv-mashq mashgʻulotlari oʻtkazishni taʼminlash imkonini beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi toifa sport inshootlari — sport inshootining asosiy parametrlari, oʻlchamlari va jihozlanishi respublika, viloyat va tuman (shahar) miqyosidagi musobaqalar va turnirlarni (chempionatlar, birinchiliklar va boshqalar) oʻtkazishni, shuningdek, oʻquv-mashq mashgʻulotlari hamda ishtirokida bilan jismoniy tarbiya va sogʻlomlashtirish ishlarini olib borishni taʼminlash imkonini beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi toifa sport inshootlari — sport inshootining asosiy parametrlari, oʻlchamlari va jihozlanishi ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish, shuningdek, oʻquv-mashq mashgʻulotlari hamda aholi ishtirokida jismoniy tarbiya va sogʻlomlashtirish ishlarini olib borishni taʼminlash imkonini beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi toifa sport inshootlari — sport inshootining asosiy parametrlari, oʻlchamlari va jihozlanishi oʻquv-mashq mashgʻulotlari hamda aholi ishtirokida jismoniy tarbiya va sogʻlomlashtirish ishlarini olib borishni taʼminlash imkonini beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi toifa sport inshootlari — sport inshootining asosiy parametrlari, oʻlchamlari va jihozlanishi jismoniy tarbiya va sport vositalari orqali jismoniy-tarbiya va sogʻlomlashtirish hamda sport-koʻngilochar tadbirlar oʻtkazilishi va xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlash imkonini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Murojaatlarni shakllantirish va joʻnatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Sport inshooti pasportini olish uchun ariza beruvchilar davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qiladilar yoki davlat xizmatini elektron shaklda olish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadilar. Tadbirkorlik subyekti boʻmagan yuridik shaxslar esa, shuningdek, bevosita hududiy boshqarmalar yoki Markazga murojaat qilishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Bevosita murojaat qilinganda, davlat xizmatlari markazi xodimi (hududiy boshqarmalar yoki Markaz xodimi) ariza beruvchining nomidan, YIDXP orqali murojaat qilingan hollarda esa, ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq elektron shaklda Jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshooti pasportini berish boʻyicha soʻrovnoma toʻldiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agarda jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport xizmatlari koʻrsatilishi nazarda tutilgan sport inshooti ariza beruvchi tomonidan ijaraga olingan boʻlsa, soʻrovnomaga amaldagi inshoot ijarasi shartnomasining nusxasi ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchilardan mazkur bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlar hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ariza beruvchi zarur maʼlumotlarni rasmiylashtirib, soʻrovnomaga kiritgandan soʻng uni oʻz ERI bilan tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Davlat xizmatini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligi axborot kommunikatsiya tizimlari vositasida tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobraqamiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qolgan mablagʻlar — Markaz hisobraqamiga oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobraqamiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” davlat unitar korxonasining hisobraqamiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qolgan mablagʻlar — Markaz hisobraqamiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ariza beruvchilar tomonidan soʻrovnomada ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlarning koʻrsatilishi, shuningdek, davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻimlar toʻlanmaganligi davlat xizmatini koʻrsatishni rad qilish uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uning istalgan bosqichida voz kechish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizachi davlat xizmatidan foydalanishdan voz kechgan taqdirda, soʻrovnoma koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Bevosita murojaat qilinganda, davlat xizmatlari markazlari soʻrovnoma toʻldirilgan paytdan boshlab oʻn daqiqa ichida uni tegishli hududiy boshqarmaga yoki Markazga (oliy va birinchi toifali sport inshootlari uchun) yuboradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. YIDXP orqali murojaat qilinganda, soʻrovnoma toʻgʻridan toʻgʻri hududiy boshqarmaga yoki Markazga (oliy va birinchi toifali sport inshootlari uchun) yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Sport inshooti pasportini rasmiylashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali soʻrovnoma hududiy boshqarmalarga yuborilgach, avtomatik ravishda quyida koʻrsatilgan maʼlumotlarni olish haqida tegishli davlat organlariga hududiy boshqarmalar tomonidan soʻrovlar yuboriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) sanitariya-epidemiologiya boʻlimlariga — ariza beruvchining inshootlari, bino va xonalarini tegishli sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga javob berishi haqida xulosa uchun;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining tuman (shahar)dagi yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiallariga — obyekt boʻyicha egalik huquqi haqidagi maʼlumot uchun.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan maʼlumotlar tegishli davlat organlari tomonidan hududiy boshqarmalarga besh ish kuni davomida taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Hududiy boshqarma soʻrov kelib tushgandan soʻng yetti ish kuni davomida ariza beruvchi bilan birgalikda sport inshootini koʻzdan kechiradi va inshootning asosiy va yordamchi bino va inshootlarini oʻlchaydi, fotosuratga oladi hamda mazkur Reglamentga 4-ilovadagi shaklga muvofiq sport inshooti pasporti blankasini toʻldiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy va birinchi toifa berilishi nazarda tutilgan sport inshootlarini koʻzdan kechirish va inshootning asosiy va yordamchi bino hamda inshootlarini oʻlchash, fotosuratga olish va sport inshooti pasporti blankasini toʻldirish Markaz vakili ishtirokida amalga oshirilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport inshooti pasportining toʻldirilgan blankasi sport inshooti egasining imzosi, hududiy boshqarma vakilining imzosi, oliy va birinchi toifadagi sport inshootlari uchun esa qoʻshimcha Markaz vakilining imzosi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport inshooti blankasida koʻrsatilgan maʼlumotlar inshootning toifasini belgilashga asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Hududiy boshqarma sport inshooti pasporti blankasi toʻldirilganidan soʻng uch ish kuni davomida toʻldirilgan sport inshooti pasporti blankasini, hududiy boshqarmaning tavsiyanomasini hamda mazkur Reglamentning 16-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlarni jamlab, Markazga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Markaz besh ish kuni davomida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy boshqarma tomonidan taqdim qilingan sport inshooti hujjatlari jamlamasini koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport inshooti toifasini tasdiqlash yoki rad etish boʻyicha taklif tayyorlaydi hamda hujjatlar jamlamasini ilova qilgan holda, tayyorlangan taklifni vazirlikka kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Vazirlik hujjatlar jamlamasi va tegishli takliflarni olgandan soʻng uch ish kuni davomida sport inshooti toifasini tasdiqlash yoki rad etish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi va Markazga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Markaz vazirlikning sport inshooti toifasini tasdiqlash haqidagi buyrugʻi tasdiqlanganidan soʻng bir ish kuni davomida ariza beruvchiga tasdiqlangan toifadan kelib chiqqan holda, mazkur Reglamentga 5-ilovaga muvofiq miqdorlarda sport inshooti pasportini rasmiylashtirish uchun pul toʻlovini amalga oshirish haqida shartnomani yuboradi. Sport inshooti pasportini rasmiylashtirish va berish uchun yigʻim toʻliqligicha Markaz hisobraqamiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ariza beruvchi tomonidan shartnomaga muvofiq toʻlov amalga oshirilganidan soʻng bir ish kuni davomida davlat xizmatlari markazlariga, hududuy boshqarmalariga, Markazga (bevosita murojaat qilinganida) yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat qilingan hollarda) mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtirilgan sport inshooti pasportini yuboradi hamda tegishli maʼlumotlarni Sport inshootlari davlat reyestriga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Sport inshooti toifasidan kelib chiqqan holda, Sport inshooti pasporti quyidagi muddatlarga beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy va birinchi toifadagi sport inshootlari uchun — 4 yil;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi toifadagi sport inshootlari uchun — 3 yil;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi toifadagi sport inshootlari uchun — 2 yilgacha (sport inshootini ijaraga olish haqidagi shartnomada koʻrsatilgan muddatdan kelib chiqqan holda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport inshooti pasportining amal qilish muddati tugaganda, yangi pasport mazkur Reglamentga muvofiq beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Davlat xizmatlari markazi rasmiylashtirilgan sport inshooti pasporti qabul qilinganidan soʻng bir soat davomida uni ariza beruvchiga taqdim qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Sport inshooti toifasini tasdiqlash va pasportini berishni rad etishga quyidagilar asos boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim qilingan hujjatlardagi maʼlumotlar notoʻgʻriligi yoki sport inshooti haqidagi tegishli hujjatlar qalbakilashtirilganligi aniqlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport inshootining bino, inshoot va xonalari belgilangan sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga javob bermasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
halqaro sport federatsiyalari tomonidan belgilangan meʼyorlar va talablarga jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlarining mos emasligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa asoslarga koʻra, sport inshooti pasportini berishni rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchi sport inshooti pasportini berish rad etilgan kundan boshlab oʻn besh kun mobaynida davlat xizmati koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamasdan qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rad etish asoslari bartaraf etilib, qayta murojaat qilingan taqdirda, hujjatlar hududiy boshqarma yoki Markaz tomonidan ikki ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport inshooti pasportini qayta berish haqidagi ariza koʻrib chiqilganida, oldin koʻrsatilmagan asoslarga muvofiq sport inshooti pasportini berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Avval koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish jarayonida arizachi tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlaridan sport inshooti pasportisiz foydalanish qatʼiyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Davlat xizmatlari markazlari, hududiy boshqarmalar, Markaz va vazirlik oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida arizachi haqida oʻzlariga maʼlum boʻlgan maʼlumotlarning oshkor etilmasligini taʼminlashga majburdirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ushbu Reglament talablarining bajarilishi boʻyicha faoliyatini, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan ariza beruvchi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Mazkur Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshooti pasportini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshooti pasportini berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Ariza beruvchi

Davlat xizmatlari markazlariga, hududiy boshqarmalarga, “Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi” davlat korxonasi (keyingi oʻrinlarda Markaz)ga oʻzi kelgan holda murojaat qiladi yoki elektron tarzda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YIDXP)da roʻyxatdan oʻtadi.

Xohishiga koʻra

2-bosqich

1) Davlat xizmatlari markazi, hududiy boshqarmalar, Markaz

2) YIDXP

Soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalariga (keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarmalar) yoki Markazga yuboradi.

1) 10 daqiqa ichida

2) Avtomatik tarzda

3-bosqich

Hududiy boshqarmalar, Markaz

Davlat organiga soʻrovlar yuboradi.

Avtomatik tarzda

4-bosqich

Davlat organi

(tuman (shahar) sanitariya-epidemiologiya boʻlimlari;

tuman (shahar)dagiyer tuzish

va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiallari)

Sport inshooti boʻyicha tegishli xulosalar va maʼlumotlarni hududiy boshqarmalarga yoki Markazga taqdim qiladi.

5 ish kuni davomida

5-bosqich

Hududiy boshqarma

1. Ariza beruvchi bilan birgalikda sport inshootini koʻzdan kechiradi va inshootning asosiy va yordamchi bino va inshootlarini oʻlchaydi, fotosuratga oladi va sport inshooti pasporti blankasini toʻldiradi. Davlat organlariga yuborilgan soʻrovlar boʻyicha javoblarni jamlaydi.

2. Hujjatlarni toʻplab Markazga joʻnatadi.

1) Soʻrov kelib tushgandan soʻng

7 ish kuni davomida;

2) 3ish kuni davomida.

6-bosqich

1) Markaz

2) Jismoniy tarbiya va

sport vazirligi

1. Sport inshooti toifasini tasdiqlash yoki rad etish boʻyicha taklif tayyorlaydi va hujjatlar jamlamasini ilova qilgan holda tayyorlangan taklifni vazirlikka kiritadi.

2. Hujjatlar jamlamasi va tegishli takliflarni olgandan soʻng sport inshooti toifasini tasdiqlash yoki rad etish boʻyicha buyruq chiqaradi va Markazga yuboradi.

1) 5 ish kuni davomida;

2) 3 ish kuni davomida.

7-bosqich

Markaz

Ariza beruvchiga tasdiqlangan toifadan kelib chiqqan holda, sport inshooti pasportini rasmiylashtirish uchun pul toʻlovini amalga oshirish haqida shartnomani yuboradi

1 ish kuni davomida

8-bosqich

Markaz

Shartnomaga muvofiq toʻlov amalga oshirilganidan soʻng davlat xizmatlari markazlariga (bevosita murojaat qilinganida) yoki YIDXP orqali arizachiga (elektron shaklda murojaat qilingan hollarda) sport inshooti pasportini yuboradi hamda tegishli maʼlumotlarni Sport inshootlari davlat reyestriga kiritadi.

Ariza beruvchi tomonidan toʻlov amalga oshirilganidan soʻng 1 ish kuni davomida

9-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Davlat xizmatlari markazi rasmiylashtirilgan sport inshooti pasporti qabul qilinganidan soʻng uni arizachiga taqdim qiladi.

1 soat ichida

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshooti pasportini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport inshootlarini toifalarga tasniflashning asosiy talablari va meʼyorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Inshoot turi

Asosiy koʻrsatkichlar

Sport inshootining toifasi

Izoh

Oliy

1

2

3

4

5

1

2

3

4

5

6

7

8

9

Sport yadrosi

Yengil atletika yoʻlka oʻlchami, m

400

400

333

250

200

200

-

Yugurish yoʻlkalarining soni

(kam boʻlmagan)

6

6

6

2

2

2

-

Futbol maydonining oʻyin oʻlchamlari, m

104×69

(105×68)

104×69

(105×68)

90×60

90×60

-

(90×60)

-

-

Uloqtirish sektori

toʻliq

toʻliq

toʻliq

-

-

-

toʻliq — toʻliq tarkib

Sakrash sektori

toʻliq

toʻliq

toʻliq

-

-

-

-

Qoplamasi

sint.

sint.

sint.

ixtiyoriy

ixtiyoriy

ixtiyoriy

-

Futbol maydonining qoplamasi

chim

chim

chim

-

-

-

-

Sport arenasi

Yugurish yoʻlkalarining soni (kam boʻlmagan)

8

8

6

2

2

2

-

Sektorlar soni

(kam boʻlmagan)

2

2

2

2

2

2

-

Yoʻlkalar qoplamasi

sint.

sint.

sint.

ixtiyoriy

ixtiyoriy

ixtiyoriy

-

Maydon qoplamasi

chim

chim

chim

ixtiyoriy

ixtiyoriy

ixtiyoriy

-

Sport zali

Oʻlchamlari

(kam boʻlmagan), m

42×24×12

42×24×15

42×24×12

42×24×15

30×15×8

42×24×12

30×15×8

18×9×5

-

(18×9×5)

-

Otish joylari

Tir oʻlchamlari, m

300,

100,

50,

25,

10

300,

100,

50,

25,

10

100,

50,

25,

10

50,

25,

10

-

-

10 m pnevmatik otish tiri

Mexanik uskunalar borligi

+

+

(+)

-

-

-

-

Otish oʻrinlarining soni

8 — 10

8

6

4

2 — 4

2 — 4

Ov oʻq otish stendi

Aylana transheyali stendlar soni

4 va 8

4 va 8

2 va 4

2 va 4

-

-

-

Oʻquv-mashq bazalari

Sportchilar uchun joylar soni

-

-

300

200 — 300

100 — 200

-

-

Stadion

Sport arenasi

Tribunalardagi joylar soni

40000

15000 — 40000

5000 — 15000

3000 — 5000

1000 — 3000

500 — 5000

-

Ippodrom Avtomotodrom

Axborot panellarining oʻlchamlari, m

40 — 50

30 — 40

20 — 30

10-20

5 — 10

2 — 5

-

Televizion panel

+

+

(+)

-

-

-

-

Elektron tablo

+

+

(+)

(+)

-

(+)

-

Mexanik tablo

(+)

(+)

+

+

(+)

(+)

-

Yopiq VIP-joylar

+

+

-

-

-

-

-

Matbuot markazi

+

+

+

(+)

-

-

-

Konferens-zal

+

+

+

(+)

-

-

-

Televizion markaz

+

+

+

(+)

-

-

Sharhlovchilar uchun joylar

30 — 50

20 — 40

1-2

1

-

-

-

Klub-muzey

+

-

-

-

-

-

-

Restoran-kafe

+

+

+

(+)

-

-

-

Sport saroyi

Sport maydonchalarining soni

≤4

2 — 4

1-2

1

1

1

-

Velodrom

Manej

Tribunalardagi joylar soni

≤15000

10000 — 15000

5000 — 10000

1000 — 5000

500 — 1000

0 — 500

-

Ochiq sport maydonchasi

Axborot panellarining oʻlchamlari, m

20 — 30

10 — 20

5 — 10

2 — 5

1 — 5

(1-2)

-

Televizion panel

+

(+)

(+)

-

-

-

-

Yopilgan konkida uchish yoʻlkasi

Elektron tablo

+

+

(+)

(+)

-

(+)

-

Mexanik tablo

(+)

(+)

+

+

(+)

(+)

-

Matbuot markazi

+

+

+

(+)

-

-

-

Konferens-zal

+

+

+

(+)

-

-

-

Televizion markaz

+

+

+

(+)

-

-

Sharhlovchilar uchun joylar

20 — 30

10 — 20

1-2

1

-

-

-

Klub-muzey

+

-

-

-

-

-

-

Restoran-kafe

+

+

+

(+)

-

-

-

Suzish havzasi

50×21 va 50×25 m oʻlchamli havzalar soni

≤ 2

2

1

1

0-1

0-1

-

25×11 va 25×8,5 m oʻlchamli havzalar soni

-

-

2-3

1-2

1-2

1

-

Tribunalardagi joylar soni

≤ 5000

1000 — 5000

500 — 1000

100 — 500

0 — 100

-

-

Tramplinlar majmuasining mavjudligi

+

+

(+)

-

-

-

-

Axborot panellarining oʻlchamlari, m

10 — 20

10 — 20

5 — 10

2 — 5

1 — 5

-

-

Televizion panel

+

(+)

(+)

-

-

-

-

Elektron tablo

+

+

(+)

(+)

-

-

-

Mexanik tablo

(+)

(+)

+

+

(+)

-

-

Yopiq VIP-joylar

+

+

-

-

-

-

-

Matbuot markazi

+

+

+

(+)

-

-

-

Konferens-zal

+

+

+

(+)

-

-

-

Televizion markaz

+

+

+

(+)

-

-

Sharxlovchilar uchun joylar

20 — 30

10 — 20

1-2

1

-

-

-

Klub-muzey

+

-

-

-

-

-

-

Restoran-kafe

+

+

+

(+)

-

-

-

Eshkak eshish bazasi

Qayiqlar soni

≤ 100

75 — 100

50 — 75

25 — 50

25 — 50

0 — 25

-

Yaxt-klub

Tribunalardagi joylar soni

≤ 5000

1000 — 5000

500 — 1000

100 — 500

0 — 100

-

-

Suv-motor bazasi

Axborot panellarining oʻlchamlari, m

10 — 20

10 — 20

5 — 10

2 — 5

1 — 5

-

-

Televizion panel

+

(+)

(+)

-

-

-

-

Elektron tablo

+

+

(+)

(+)

-

-

-

Mexanik tablo

(+)

(+)

+

+

(+)

-

-

Yopiq VIP-joylar

+

+

-

-

-

-

-

Matbuot markazi

+

+

+

(+)

-

-

-

Konferens-zal

+

+

+

(+)

-

-

-

Televizion markaz

+

+

+

(+)

-

-

Sharhlovchilar uchun joylar

20 — 30

10 — 20

1-2

1

-

-

-

Klub-muzey

+

-

-

-

-

-

-

Restoran-kafe

+

+

+

(+)

-

-

-

Changʻi trassasi

Tribunalardagi joylar soni

5000

1000 — 5000

500 — 1000

100 — 500

0 — 100

-

-

Togʻ-changʻi trassasi

Axborot panellarining oʻlchamlari, m

10 — 20

10 — 20

5 — 10

2 — 5

1 — 5

-

-

Changʻi bazasi

Televizion panel

+

(+)

(+)

-

-

-

-

Elektron tablo

+

+

(+)

(+)

-

-

-

Mexanik tablo

(+)

(+)

+

+

(+)

-

-

Yopiq VIP-joylar

+

+

-

-

-

-

-

Matbuot markazi

+

+

+

(+)

-

-

-

Konferens-zal

+

+

+

(+)

-

-

-

Televizion markaz

+

+

+

(+)

-

-

Sharhlovchilar uchun joylar

20 — 30

10 — 20

1-2

1

-

-

-

Klub-muzey

+

-

-

-

-

-

-

Restoran-kafe

+

+

+

(+)

-

-

-

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. “+” sport inshootida maʼlum bir kursatkichning mavjudligini, “–” — uni yoʻqligini, “(+)” — mavjudligi tavsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshooti pasportini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(sanasi)‎

___________________
‎ (raqam) ‎

‎Jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshooti pasportini berish boʻyicha
‎SOʻROVNOMA

‎‎I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
‎‎1. F.I.O.:
‎‎2. Pasport seriyasi va raqami
‎‎3. STIR:
‎‎4. JSh ShIR (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami)
‎‎5. Telefon raqami:
‎‎6. Elektron pochta manzili:
‎‎Ia. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
‎‎1. Toʻliq nomi:
‎‎2. Tashkiliy-huquqiy shakli:
‎‎3. STIR:
‎‎4. Joylashgan joyi:
‎‎5. Telefon raqami:
‎‎6. Elektron pochta manzili:
‎‎7. Sport inshooti kadastrining raqami:
‎‎II. Soʻrovnomaga ilova:
‎‎1. Agarda jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport xizmatlarini koʻrsatish nazarda tutilgan sport inshooti arizachi tomonidan ijaraga olingan boʻlsa, soʻrovnomaga amaldagi inshoot ijarasi shartnomasining nusxasini ilova qiladi.
‎‎III. Xabar berish tartibi
‎‎1. Pochta orqali (pochta manzili)
‎‎2. SMS orqali (telefon raqami)
‎‎3. Telefon orqali (telefon raqami)
‎‎4. Elektron pochta orqali (elektron pochta manzili)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshooti pasportini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎‎JISMONIY TARBIYA VA SPORT VAZIRLIGI
‎___________________________________________________________________________________________
‎‎“SERTIFIKATSIYALASH VA KOMPYUTERLASHTIRISH MARKAZI”
‎DAVLAT KORXONASI

‎‎
‎ SPORT INSHOOTI
‎P A S P O R T I

‎‎________________________________________________________________________________
‎(sport inshootining nomi)

Sport inshootining turi

‎‎Asos: Buyruq №

‎‎“____”____________________ y.

‎‎Sport inshootining toifasi

Amal qilish muddati: ‎‎

‎‎

‎‎‎‎“____”____________________ y.

‎‏
‎‏

‎‎
‎Markaz direktori

‎‎____________________________

M.Oʼ.‎

Pasport raqami‎

XXX 000000

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎MAXSUS SPORT INSHOOTLARI UCHUN PASPORTGA QOʻSHIMCHA QISQA TEXNIK KOʻRSATKICHLAR ILOVASI TOʻLDIRILADI

1-ILOVA‎ KAMONDAN OTISH MAYDONCHASI, OʻQ OTISH TIRI VA OV OʻQ OTISH STENDINING TEXNIK KOʻRSATKICHLARI‎
2-ILOVA SPORT YADROSI TEXNIK KOʻRSATKICHLARI‎
3-ILOVA‎ VELOTREK TEXNIK KOʻRSATKICHLARI‎
4-ILOVA‎ OT SPORTI BAZASI TEXNIK KOʻRSATKICHLARI‎
5-ILOVA‎ CHANGʼI (TOGʻ-CHANGʻI) BAZASINING TEXNIK KOʻRSATKICHLARI ‎
6-ILOVA‎ CHANA-BOBSLEY TRASSASINING TEXNIK KOʻRSATKICHLARI‎
7-ILOVA‎ AVTO VA MOTOPOYGALAR TRASSASINING TEXNIK KOʻRSATKICHLARI ‎
8-ILOVA‎ GOLF KLUBNING TEXNIK KOʻRSATKICHLARI‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Umumiy maʼlumotlar

1.

Egasi

2.

Manzili

3.

Telefon

Faks

Internet manzili (URL)

Elektron pochta (e-mail)

4.

Ishga tushirilgan sana

5.

Balansdagi narxi, mln. soʼm

6.

Umumiy maydoni, m2

7.

Perimetri, m

8.

Toʻsilgan chegara perimetri, m

9.

Chegara toʻsinlari materiali

10.

Sport inshooti

11.

Issiqlik taʼminoti

Umumiy quvvati, GKal

12.

Konditsionerlarning soni

Umumiy quvvati, KVatt

13.

Ventilyatsiya

Ventilyatorlarning soni

Umumiy quvvati, KVatt

14.

Suv taʼminoti

15.

Kanalizatsiya

16.

Radio aloqa tarmogʻi

Radio nuqtalar soni

Radio tarmogʻi quvvati, KVatt

17.

Telefon tarmogʻi

Raqamlar soni

18.

Internet tarmogʻi

Maʼlumotlar uzatish tezligi, Kbit/s

19.

Elektr taʼminoti

Umumiy quvvati, KVat

20.

Qoʻshimcha injener-texnik qurilmalar va ularning umumiy koʼrsatkichlari

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎‎‎SPORT INSHOOTI ASOSIY KOʻRINISHINING FOTORASMI

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

SPORT INSHOOTI UMUMIY KOʻRINISHINING SXEMATIK TARXI

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎ASOSIY INSHOOTLAR VA BINOLAR

T/r‎‏

Nomi va qoʼllanilishi‎‏

Soni‎‏

Hajmi, m‎‎

Oʻtkazuvchanligi
‎ (odam soni/soat)‎‏

Yoʻritilganligi‎‏

Qoplama
‎turi‎‏

Drenaj

Maʼlumot manbalari‎‎

Qoʻshimcha
‎maʼlumotlar‎‏

Uzunligi‎

Eni‎

Balandligi,
‎Chuqurligi‎

Qavatligi,
‎Radiusi‎

Telefon‎

Radio‎

Televideniye‎

Elektron
‎ tablo‎

1.‎

2.‎

3.‎

4.‎

5.‎

6.‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

YORDAMCHI INSHOOTLAR VA BINOLAR

T/r

Nomi va qoʻllanilishi

Soni

Umumiy maydoni, m2

Qoʻshimcha maʼlumotlar

I. Sportchilarga hizmat koʻrsatish inshootlari

1.

Foye

2.

Garderob

3.

Kiyinib-yechinish xonasi

4.

Metodik xona

5.

Oshxona

6.

Dush-hammom

7.

Hojatxona (Sanitariya uzeli)

8.

Dam olish xonasi

II. Injener-texnik xizmati inshootlari

9.

Suv taʼminoti boʻlimi

10.

Suv tozalash uskunalari boʻlimi

11.

Issiqlik taʼminoti boʻlimi

12.

Energiya taʼminoti boʻlimi

13.

Aloqa uskunalari boʻlimi

14.

Radiofikatsiya uskunalari xonasi

15.

Maʼlumot va qayd qilish uskunalari boʻlimi

16.

Sovitish uskunalari boʻlimi

17.

Lift koʼtargichlari mexanik boʻlimi

18.

Xavfsizlik tizimi uskunalari boʻlimi

III. Xoʻjalik inshootlari

19.

Jihozlar saqlash xonasi

20.

Omborxona

21.

Garaj

22.

Ustaxona

IV. Maʼmuriy inshootlar

23.

Direktsiya xonalari

24.

Trenerlar xonalari

25.

Injener-texnik xodimlar xonalari

26.

Qoʻriqlash xizmati xonalari

V. Tibbiyot inshootlari

27.

Tibbiyot markazi

28.

Tibbiyot punkti

29.

Tibbiyot xonasi

VI. Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun moʻljallangan xonalar

30.

Matbuot markazi

31.

Konferens-zal

32.

Televizion markaz

33.

Sharhlovchi xonasi

VII. Hakamlar xonalari

34.

Hakamlar xonalari

VIII. Xavfsizlik xizmatlari vakillari uchun moʻljallangan inshootlar

35.

Oʻt ochiruvchilar posti

36.

Ichki ishlar organi punkti

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

TOMOSHABINLARGA MOʻLJALLANGAN INSHOOTLAR

T/r

Nomi va konstruktiv jihatlari

Oʻlchov koʻrsatkichi

Soni

Qoʻshimcha maʼlumotlar

1.

Tribuna

Sektor

Qator

Joy

2.

VIP uchun joylar

Joy

3.

Nogironlar uchun joylar

Joy

4.

Balkon

Joy

5.

Garderob

Joy

6.

Nojatxonalar

Erkaklar uchun

Ayollar uchun

7.

Oshxona

Joy

8.

Kinoteatr (Kinozal)

Joy

9.

Tibbiyot punkti (markazi)

Joy

10.

Avtomobillar toʻxtash joyi

Avtomobil

11.

Kirish-chiqish joylari (darvozalar)

Soni

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

TEXNIK TASNIF

1. Inshootning asosiy konstruktiv qismlarining materiallari

2. Inshootning qoʻshimcha konstruktiv qismlarining materiallari

RIVOJLANTIRILAYOTGAN SPORT TURLARI

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

QOʻSHIMCHA MAʼLUMOTLAR

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎PASPORT OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDAGI
‎BARCHA SPORT INSHOOTLARIGA BERILADI

‎‎

‎‎

‎‎USHBU PASPORT RAQAMLANGAN 12 BETDAN IBORAT
‎ ________________________________________________________________________________
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI JISMONIY TARBIYA VA SPORT VAZIRLIGI
“SERTIFIKATSIYALASH VA KOMPYUTERLASHTIRISH MARKAZI”
‎DAVLAT KORXONASI

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshooti pasportini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari pasportini rasmiylashtirish va berish uchun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YIGʻIMLAR MIQDORI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Inshoot toifasi

Yigʻim miqdori

(bazaviyhisoblashmiqdori karraligida)

Oliy

36

Birinchi

30

Ikkinchi

15

Uchinchi

12

Toʻrtinchi

6 (2*)

Beshinchi

12

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda respublika oliy taʼlim muassasalarining sport inshootlari uchun.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 09/20/164/0329-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)