Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022 15.03.2012 yildagi 72-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 15.03.2012 yildagi 72-son
Date of entry into force
15.03.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

O‘zbekiston Respublikasining “Intellektual mulk to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-son Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining “Intellektual mulk to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash bo‘yicha faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1012-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1012/2321-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kinovideo mahsulotlarini ishlab chiqarish, ko‘paytirish, dublyaj qilish, sotish va ularning prokati bo‘yicha hamda gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, ko‘paytirish va sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasining “Intellektual mulk to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-son Qonuni kuchga kirgunga qadar xo‘jalik yurituvchi subyektlarga berilgan litsenziyalar ularning amal qilish muddati tugagunga qadar amal qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kinovideo mahsulotlarini ishlab chiqarish, ko‘paytirish, dublyaj qilish, sotish va ularning prokati bo‘yicha va gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, ko‘paytirish va sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalarning amal qilish muddati tugagandan so‘ng xo‘jalik yurituvchi subyektlar audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish etish bo‘yicha va audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalarni oladilar;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hozirgi vaqtda EHM uchun dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish bo‘yicha litsenziyasiz faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ushbu faoliyat turlarini tegishli litsenziya olgunga qadar, biroq 2012-yil 1-maydan kechiktirmasdan davom ettirish huquqiga ega bo‘ladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek “O‘zbekkino” Milliy agentligi bilan birgalikda kinovideo mahsulotlarini ishlab chiqarish, ko‘paytirish, dublyaj qilish, sotish va ularning prokati bo‘yicha va gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, ko‘paytirish va sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun ilgari berilgan litsenziyalarni 2012-yil 1-maygacha xatlovdan o‘tkazsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun dasturlarga mutlaq (nomutlaq) mulkiy huquqlarga ega bo‘lgan huquq egalarining ma’lumotlar bazasini yaratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 15-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72-son

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-son qaroriga
1-ILOVA

Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash bo‘yicha faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risida
(1-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash bo‘yicha faoliyat turlarini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalanildi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
audiovizual asar — bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan (ovoz jo‘rligida yoki ovoz jo‘rligisiz) tasvirlarning yozib olingan turkumidan iborat bo‘lgan, tegishli texnika vositalari yordamida ko‘rib va eshitib (ovoz jo‘rligi bo‘lsa) idrok etish uchun mo‘ljallangan yozuv, shu jumladan kinematografiya, multiplikatsiya va animatsiya asarlari hamda kinematografiyanikiga o‘xshash vositalar bilan ifodalangan barcha asarlar (tele-, kino- va videofilmlar, kliplar, konsert dasturlarining yozuvlari, multfilmlar, anime, xentay va shu kabilar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
takrorlash — audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni yoxud ulardan bir qismini axborot tashuvchilarda (kinoplyonka, videokassetalar, lazer disklari (CD, DVD) va boshqa turdagi tashuvchilarda) bir nusxadan ortiq tayyorlash, shu jumladan keyinchalik barchaning e’tiboriga yetkazish uchun EHM xotirasiga yozib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barchaning e’tiboriga yetkazish — audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni simlar yoki simsiz aloqa vositalari orqali telekommunikatsiya tizimlaridan foydalanuvchilar o‘z tanloviga ko‘ra istalgan joyda va istalgan vaqtda ulardan foydalana olishi mumkin bo‘lgan tarzda barchaning e’tibori uchun (pulli yoki bepul) yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fonogrammalarni tayyorlash — fonogrammaning dastlabki ovozli yozuvini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquq egasi — audiovizual asar va EHM uchun yaratilgan dasturga nisbatan muallif yoki uning merosxo‘rlari, fonogrammalarga nisbatan ijrochi yoki uning merosxo‘rlari, fonogrammani tayyorlovchi, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilot, shuningdek shartnoma bo‘yicha yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asos bo‘yicha audiovizual asarlar, fonogrammalar yoki EHM uchun yaratilgan dasturlardan foydalanish huquqini olgan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
EHM uchun yaratilgan dastur — muayyan natija olish maqsadida EHM, EHM shoxobchalari va boshqa kompyuter vositalarining ishlashi uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar va ko‘rsatmalar majmui;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotish — audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni pulli yoki bepul (shu jumladan barchaning e’tiboriga yetkazish yo‘li bilan) tarqatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
prokatga berish — audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni daromad olish maqsadida vaqtinchalik foydalanish uchun berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fonogramma — biron-bir ijroning, boshqa ovozlarning har qanday faqat ovozli yozuvi, audiovizual asarga kiritilgan ovozli yozuv bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Nizomning maqsadlariga ko‘ra quyidagi faoliyat turlari litsenziyalanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni sotish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni prokatga berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fonogrammalarni tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Litsenziyalarni berish, amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, shuningdek uni bekor qilish yoki qaytadan rasmiylashtirish haqidagi qarorlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi (litsenziyalovchi organ) tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlarni qabul qilish, ular bo‘yicha ekspert xulosalarni tayyorlash, litsenziyalarni berish, litsenziya bitimlarini tuzish uchun Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi qoshida Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, Madaniyat vazirligi va davlat boshqaruvining boshqa organlari mutaxassislari safidan ekspert komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Ekspert komissiya deb ataladi) tuziladi. Ekspert komissiyani Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining direktori boshqaradi. Ekspert komissiyaning tarkibi va Ekspert komissiya haqidagi nizom Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining direktori tomonidan tasdiqlanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash bo‘yicha faoliyat turlari yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash bo‘yicha faoliyat turlarini amalga oshirish uchun namunaviy (oddiy) litsenziya beriladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgorining arizasiga ko‘ra litsenziyalar umuman faoliyat turiga yoxud uning bir qismiga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash bo‘yicha faoliyat turlarini amalga oshirishga litsenziya 5 yil muddatga beriladi. Talabgorning arizasiga ko‘ra litsenziya besh yildan kam muddatga berilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddati litsenziya berilgan kundan e’tiboran hisoblanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagilar bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
audiovizual asarlar, fonogrammalar yoki EHM uchun yaratilgan dasturlarni shaxsiy maqsadlarda oilaviy foydalanish uchun takrorlash bilan bog‘liq faoliyat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
EHM uchun yaratilgan dasturlarni sotish va takrorlash bilan bog‘liq faoliyat, agar bunday faoliyat EHM uchun dastur yaratilishini tashkil qilgan hamda EHM uchun yaratilgan mazkur dasturga nisbatan mutlaq mulkiy huquqlarga ega bo‘lgan yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilayotgan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
EHM uchun yaratilgan dasturlarni sotish, agar EHM uchun yaratilgan dasturning qiymati uskuna (serverlar, printerlar, kompyuterlar, noutbuklar va hokazolar) qiymatiga kiritilgan bo‘lsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Litsenziya talabgorida litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun foydalaniladigan filiallar mavjud bo‘lgan taqdirda, har birining joylashgan manzili ko‘rsatilgan holda ular tegishli litsenziya talablari va shartlariga amal qilishi sharti bilan, litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyalar reyestriga tegishli ma’lumotlar kiritiladi. Shuningdek, litsenziat litsenziyalangan faoliyatni amalga oshirish uchun filial ochgan (yopgan) taqdirda, har birining joylashgan manzili va mas’ul shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda litsenziyalovchi organni bu haqda yozma xabardor qiladi. Litsenziyalovchi organ filial to‘g‘risidagi ma’lumotlar tushgan sanadan e’tiboran uch ish kuni ichida ularni litsenziyalar reyestriga kiritadi va bu haqda litsenziatni besh ish kuni ichida yozma xabardor qiladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-avgustdagi 663-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 897-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Litsenziya talablari va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagilar audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash bo‘yicha faoliyat turlarini amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatning mualliflik huquqi va turdosh huquqlar haqidagi qonun hujjatlari talablariga majburiy tarzda rioya qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zo‘ravonlikni, pornografiyani, mamlakat xavfsizligi va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, fuqarolar tinchligini, millatlararo va dinlararo totuvlikni buzishni, O‘zbekiston to‘g‘risida noto‘g‘ri axborotlar tarqatilishini hamda uning tarixiy, madaniy va ma’naviy boyliklari buzib ko‘rsatilishini targ‘ib qilish uchun audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, fonogrammalarni tayyorlashga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan litsenziatning majburiyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlardan foydalanilganda haq to‘lash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga majburiy tarzda rioya qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziat tomonidan litsenziyalanadigan faoliyat yong‘in xavfsizligi va sanitariya normalari talablariga javob beradigan binolar va xonalarda amalga oshirilishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Quyidagilar audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlashda qo‘shimcha litsenziya talablari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) takrorlanayotgan audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning texnik sifatiga qo‘yiladigan talablarga texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga, shuningdek ularni takrorlashda va rasmiylashtirishda qo‘yiladigan talablarga majburiy tarzda rioya qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) litsenziat yoki tiraj buyurtmachisining audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlashga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlashga bo‘lgan mualliflik va (yoki) turdosh huquqlarga ega bo‘lish haqidagi shartnomalar, shuningdek ularni takrorlash haqida mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar)ning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning nomini ko‘rsatgan holda litsenziat tomonidan takrorlangan audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar nusxalarining hisobini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) quyidagilarni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquq egasining nomini;

mahsulot nomini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu mahsulot tarkibiga kirgan asarlar va (yoki) turdosh huquqlar obyektlarining nomlarini;

mahsulot tayyorlangan joyning nomini;

yosh jihatdan cheklovlarni (mavjud bo‘lsa) ko‘rsatgan holda audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) litsenziat shtatida audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning takrorlangan nusxalari hisobini olib borish uchun mas’ul shaxsning bo‘lishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) litsenziatda litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun mulk huquqi yoki boshqa qonuniy asosda zarur ishlab chiqarish xonalari va ishlab chiqarish asbob-uskunalarining mavjud bo‘lishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) litsenziat tomonidan audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlashga doir ishlab chiqarish faoliyati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob beradigan asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalardan foydalangan holda amalga oshirilishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Quyidagilar audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni sotish bo‘yicha qo‘shimcha litsenziya talablari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) litsenziatning audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni sotishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni sotib olish haqidagi shartnomalar yoki boshqa hujjatlar)ning mavjud bo‘lishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) litsenziat tomonidan audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning sotilayotgan nusxalarning hisobi audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning nomi ko‘rsatilgan holda yuritilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar nusxalarini quyidagilarni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquq egasining nomini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotning nomini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu mahsulot tarkibiga kirgan asarlar va (yoki) turdosh huquqlar obyektlarining nomlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot tayyorlangan joyning nomini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yosh jihatdan cheklovlarni ko‘rsatgan holda sotish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) litsenziat shtatida audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning mavjud bo‘lgan va sotilgan nusxalari hisobi olib borilishi uchun mas’ul shaxsning bo‘lishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Quyidagilar audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni prokatga berishda qo‘shimcha litsenziya talablari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) litsenziatning audiovizual asarlar, fonogramma va EHM uchun yaratilgan dasturlarni prokatga berishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni prokatga berish haqidagi shartnomalar yoki boshqa hujjatlar, shuningdek audiovizual asarlar va fonogrammalar uchun — ularni prokatga berish haqida mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar)ning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) litsenziat tomonidan audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning prokatga berilayotgan nusxalarining hisobi audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning nomi ko‘rsatilgan holda yuritilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni quyidagilarni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquq egasining nomini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotning nomini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu mahsulot tarkibiga kirgan asarlar va (yoki) turdosh huquqlar obyektlarining nomlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot tayyorlangan joyning nomini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yosh jihatdan cheklovlarni ko‘rsatgan holda prokatga berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) litsenziat shtatida audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning prokatga berilayotgan nusxalar hisobi olib borilishi uchun mas’ul shaxsning bo‘lishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Quyidagilar fonogrammalarni tayyorlashda qo‘shimcha litsenziya talablari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) fonogrammalarning texnik sifatiga quyiladigan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga majburiy tarzda rioya qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) litsenziat yoki tiraj buyurtmachisining fonogrammalarni tayyorlashga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (fonogrammalarni tayyorlashda mualliflik va turdosh huquqlarga ega bo‘lish haqidagi shartnomalar)ning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) litsenziat tomonidan tayyorlangan fonogrammalarning hisobi mahsulot nomi, ushbu mahsulot tarkibiga kirgan asarlar va (yoki) ijrolar nomi, tayyorlangan nusxalar soni, tayyorlangan joy ko‘rsatilgan holda olib borilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) litsenziat shtatida tayyorlangan fonogrammalarning hisobi olib borilishi uchun mas’ul shaxsning bo‘lishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) litsenziatda litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun mulk huquqi yoki boshqa qonuniy asosda zarur bo‘lgan ishlab chiqarish xonalari va ishlab chiqarish asbob-uskunalarining mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) litsenziat tomonidan fonogrammalarni tayyorlashga doir ishlab chiqarish faoliyati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga mos keladigan asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalardan foydalangan holda amalga oshirilishi.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Litsenziya bitimida ushbu Nizomning 10 — 14-bandlaridan kelib chiqadigan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Litsenziya talabgori litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) litsenziya berish to‘g‘risida ariza, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank nomi va bankdagi hisob-kitob raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya beriladigan faoliyat turi (yoxud uning bir qismi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
(18-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) ariza ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yig‘im to‘langanligini tasdiqlaydigan hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Litsenziya talabgori tomonidan ushbu Nizomning 18-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash faoliyatini amalga oshirish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalanadigan faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mavjud moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

litsenziya talabgorining audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 38 — 42-moddalariga muvofiq tuzilgan audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlashga bo‘lgan mualliflik va (yoki) turdosh huquqlarga ega bo‘lish to‘g‘risidagi shartnomalar)ning nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat daftarchasi va ishga qabul qilinganlik haqidagi buyruq nusxalari — audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning takrorlangan nusxalarining hisobi olib borilishi bo‘yicha mas’ul shaxs uchun;
(19-bandning “a” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni sotish faoliyatini amalga oshirish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talabgorining audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni sotish huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni sotib olinganligi to‘g‘risidagi hujjat (shartnoma, invoys va hokazolar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat daftarchasi va ishga qabul qilinganlik haqidagi buyruq nusxalari — sotilayotgan audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning hisobi olib borilishi bo‘yicha mas’ul shaxs uchun;
(19-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni prokatga berish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talabgorining audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni prokatga berish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni sotib olish uchun oldi-sotdi shartnomalari)ning nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat daftarchasi va ishga qabul qilinganlik haqidagi buyruq nusxalari — prokatga berilayotgan audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning hisobi olib borilishi bo‘yicha mas’ul shaxs uchun;
(19-bandning “v” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) fonogrammalarni tayyorlash faoliyatini amalga oshirish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalanadigan faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mavjud moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talabgorining fonogrammalarni tayyorlash huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar (“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 38 — 42-moddalariga muvofiq tuzilgan fonogrammalarni tayyorlash to‘g‘risidagi shartnomalar)ning nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat daftarchasining nusxasi va ishga qabul qilinganlik haqidagi buyruq — tayyorlanayotgan fonogrammalarning hisobi olib borilishi bo‘yicha mas’ul shaxs uchun;
(19-bandning “g” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
191. “Litsenziyalovchi organ ruxsatnoma berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 18 va 19-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(191-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud ularni olganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklida yetkazib beriladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya talabgorining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalovchi organga litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar mas’ul shaxs (ekspert komissiyaning kotibi) tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi litsenziya talabgoriga bevosita, pochta aloqasi vositasi orqali yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuboriladi (topshiriladi).
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Noto‘g‘ri yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Arizani ko‘rib chiqish va litsenziyani berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Litsenziya talabgori arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun har bir faoliyat turi bo‘yicha qonun hujjatlarida to‘lov kunida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash bo‘yicha faoliyat turlarini litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Ekspert komissiyasi ariza olingan kundan boshlab o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda hujjatlarni ko‘rib chiqadi, ular bo‘yicha ekspertiza xulosasi tayyorlaydi va taklifini taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspert komissiyasining ekspertiza xulosasiga asosan litsenziyalovchi organ litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Ekspert komissiyasi tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddatda litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya berishga qaror qabul qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda pochta aloqasi vositalari yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda yuboriladi (topshiriladi).
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Litsenziya bitimi litsenziyalovchi organ bilan litsenziat o‘rtasida tuziladi, unda quyidagilar bo‘lishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, egallab turgan lavozimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tomonlarning rekvizitlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirish huquqiga litsenziya berilayotgan faoliyatning aniq turi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalanadigan faoliyat amalga oshiriladigan manzil;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyaning amal qilish muddati;

litsenziatga qo‘yiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi;
(27-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash faoliyatning o‘ziga xos bo‘lgan boshqa shartlar.
(27-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya bitimi Ekspert komissiyasi rahbari tomonidan imzolanadi.
(27-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
(27-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Litsenziyalar ekspert komissiyasi tomonidan belgilangan shakldagi blankalarda rasmiylashtiriladi va litsenziyalovchi organning rahbari tomonidan imzolanadi.
(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Faoliyatning litsenziyalanadigan har bir turi faoliyat turlarini amalga oshirish huquqiga oid litsenziya berilganligi va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya berilganligi uchun davlat boji mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadiga o‘tkaziladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va litsenziya bitimi imzolangandan keyin uch kun muddatda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror, shuningdek mansabdor shaxsning harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Litsenziya berish rad etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya berishni rad etish haqidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ekspert komissiya hujjatlar takroran taqdim etilgandan keyin olti kun mobaynida ular yuzasidan ekspert xulosani tayyorlaydi va litsenziyalovchi organga litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi taklifni taqdim etadi.
(34-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasining taklifi olingandan keyin to‘rt kun muddatda uni ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
(34-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
(V bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-avgustdagi 663-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 897-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Litsenziat o‘zgartirilgan, nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
(35-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash bo‘yicha faoliyat turlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan litsenziatlar qo‘shib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun to‘xtatilgan taqdirda, litsenziya qayta rasmiylashtiriladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyat turini oldin berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Takrorlanadigan, sotiladigan, prokatga beriladigan audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning hisobini yuritish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs o‘zgargan taqdirda, litsenziat litsenziyalovchi organga bir hafta muddat ichida mehnat daftarchasi nusxasi bilan birgalikda va ishga qabul qilinganlik haqidagi buyruqni taqdim etishi shart.
(35-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan yoki litsenziyaning amal qilishini litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya shartnomasiga o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritiladi yoxud yangi litsenziya shartnomasi tuziladi.
(37-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-avgustdagi 663-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 897-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati o‘tgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Amal qilish muddati o‘tmagan yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra uning dublikati berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning dublikatini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
(41-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda belgilangan tartibda rejali tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziatning ularga rioya etishini belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so‘rash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan faoliyat litsenziyasiz amalga oshirilishi hollari aniqlangan taqdirda litsenziyalovchi organ materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan choralarni ko‘rish uchun belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboradi.
(41-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organ tomonidan ikki nusxada dalolatnoma (ma’lumotnoma) tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchisi litsenziyalovchi organda qoladi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan tekshirishlar o‘tkazish uchun litsenziyalovchi organ tegishli tashkilotlar mutaxassislarini jalb qilishi mumkin.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘z vakolatlari doirasida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilganligi holatlarini aniqlaganda litsenziyalovchi organga aniqlangan buzilishlar to‘g‘risida ma’lum qiladilar.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22 — 24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Litsenziyalovchi organ qarori asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Litsenziyalar reyestri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reyestrda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalanadigan faoliyat turining nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalanadigan faoliyat turi amalga oshiriladigan joy manzili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyaning umuman faoliyat turiga yoki uning bir qismiga berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyaning amal qilish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatishning asoslari va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyani bekor qilishning asoslari va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dublikat berishning asoslari va sanasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytida joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq bo‘ladi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizomga
ILOVA

Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash bo‘yicha faoliyat turlarini litsenziyalash
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1012-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1012/2321-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-son qaroriga
3-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-martdagi 137-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo‘yicha eksport va import qilinadigan maxsus tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxatida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2.‎

Fonogrammalar importi‎

O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi‎”

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 8-banddagi “kino-, videomahsulotlar” so‘zlari “audiovizual asarlar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-martdagi 131-son qarori bilan tasdiqlangan Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tartibi to‘g‘risidagi nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 3-son, 15-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2-bandning o‘n yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“audiovizual asarlar, fonogrammalar va fotomateriallar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 23-bandga quyidagi mazmundagi o‘n birinchi xatboshi qo‘shilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“audiovizual asarlar va fonogrammalar”.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 49-son, 613-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-son qarori bilan tasdiqlangan Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalovchi organlar ro‘yxatida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 36-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” bo‘limining yigirma oltinchi — yigirma sakkizinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi yigirma oltinchi — yigirma to‘qqizinchi xatboshilar bilan bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fonogrammalarni tayyorlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar uchun moddiy jismlarni ishlab chiqarish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yigirma to‘qqizinchi — o‘ttiz birinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘ttizinchi — o‘ttiz ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari” bo‘limining birinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarining 189-bandida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) o‘n uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“audiovizual asarlarni sotish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) quyidagi mazmundagi o‘n yettinchi xatboshi qo‘shilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning kontrafakt nusxalarini”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) o‘n yettinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar mos ravishda o‘n sakkizinchi — yigirma uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyuldagi 330-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish qoidalariga ilovaning uchinchi xat boshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 68-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“audiovizual asarlar, fonogrammalar, EHM uchun dasturlar va ularning moddiy jismlari, kompyuter va maishiy texnika (bozor hududida joylashgan turg‘un savdo shoxobchasi bundan mustasno)”.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 49-son, 613-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasining “Adabiyot va san’at asarlaridan foydalanganlikning ba’zi turlari uchun mualliflik haqining minimal stavkalari to‘g‘risida” 2008-yil 19-yanvardagi 10-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 1-son, 2-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-bandning uchinchi xatboshida “ovozli yozuvda” va “ovozli yozuvlar” so‘zlari tegishli ravishda “fonogrammada” va “fonogrammalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilovaning va bo‘limlarning nomida “ovozli yozuvda” va “ovozli yozuvlar” so‘zlari tegishli ravishda “fonogramma” va “fonogrammalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
matnda “ovozli yozuv”, “ovozli (mexanik) yozuv” va “ovoz yozuvlar”, “ovozli yozuvlarning” so‘zlari tegishli ravishda “fonogramma”, “fonogrammalar” va “fonogrammalarning” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlar Mahkamasining “Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 1-son, 3-modda) 1-ilovada “Faoliyat turining nomi” ustunining 3-bandidagi “kino- va videomahsulotlarini” so‘zlari “audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-fevraldagi 81-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 98-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ro‘yxati

1. Vazirlar Mahkamasining “Kino-videomahsulotni ishlab chiqarish, ko‘paytirish, dublyaj qilish, sotish va ularning prokati bo‘yicha faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 2004-yil 22-martdagi 135-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 31-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash hamda ba’zilariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 22-fevraldagi 73-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 13-modda) 2-ilovaning 28-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 6-7-son, 35-modda) ilovaning 23-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ-186-son qarori)” 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 34-modda) ilova 31-bandining “b” kichik bandi va 47-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-son Qonuni)” 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda) 1-ilova 52-bandining “b” kichik bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “Iste’mol tovarlari (xizmatlar)ning ayrim turlarini ishlab chiqarish va sotishni tartibga solish to‘g‘risida” 2009-yil 9-iyuldagi 190-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 55-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish hamda ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2009-yil 27-oktabrdagi PQ-1211-son qarori)” 2009-yil 10-noyabrdagi 293-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 11-son, 72-modda) 1-ilovaning 3-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining “Ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2011-yil 7-sentabrdagi O‘RQ-292-son Qonuni)” 2012-yil 1-fevraldagi 26-son qaroriga 1-ilova 16-bandining “b” kichik bandi va 28-bandi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 12-son, 130-modda, 36-son, 412-modda, 44-son, 507-modda; 2014-y., 31-son, 380-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda, 49-son, 613-modda; 2017-y., 7-son, 98-modda, 19-son, 345-modda, 34-son, 897-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son, 17.12.2018-y., 09/18/1012/2321-son; 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)