Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
31.05.2024
15.02.2024
22.11.2023
12.10.2021
21.04.2021
22.07.2020
14.06.2017
05.01.2016
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2015-yil 2-oktabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2015-yil 4-dekabrda ma’qullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi 415–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 120-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2009-yil, № 9, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda.Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2016-yil 5-yanvardagi 2 (6437)-sonida e’lon qilingan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 4-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘RQ-399-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(yangi tahriri)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.03 Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatiga ruxsat. Litsenziyalash;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadi dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.99 Umumiy qoidalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qo‘llash va sharhlash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori vositalari — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va ularni davolash, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini o‘zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori moddalari (substansiyalar) va yordamchi moddalar asosida olingan vositalar, dori moddalari (substansiyalar), dori preparatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori moddalari (substansiyalar) — farmakologik, immunologik yoki metabolik faollikka ega bo‘lgan yoxud tashxis qo‘yish maqsadi uchun foydalaniladigan, tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan, kelib chiqishi tabiiy yoki sintetik moddalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori preparatlari — dozalangan, idishga joylangan-o‘ralgan, qo‘llanilish uchun tayyor dori vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dorivor o‘simlik xom ashyosi — dori vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun foydalaniladigan, tarkibida biologik faol moddalar bo‘lgan o‘simliklar yoki ularning qismlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
klinik tadqiqot subyekti — farmakologik vositani yoki dori vositasini klinik tadqiq etishda o‘zining yozma ravishdagi roziligi bilan ixtiyoriy asosda ishtirok etuvchi jismoniy shaxs;
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 22-noyabrdagi O‘RQ-879-sonli Qonuniga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 03/23/879/0873-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
retsept — shifokorning farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassisga dori preparatini tayyorlash va (yoki) berish hamda uning qo‘llanilish usuli to‘g‘risidagi yozma ko‘rsatmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sifatsiz dori vositasi va tibbiy buyum — yaroqsiz holga kelgan va (yoki) yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositasi va tibbiy buyum;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy buyumlar — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va ularni davolash uchun, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini o‘zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan buyumlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy texnika — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va ularni davolash uchun, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini aniqlash hamda o‘zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan apparatlar, uskunalar, priborlar, asboblar, qurilmalar va majmualar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmakologik vositalar — muayyan dori shakliga, klinik oldi tadqiqotlarda aniqlangan farmakologik faollikka va xavfsizlikka ega bo‘lgan, klinik tadqiqot obyektlari bo‘lgan modda yoki moddalar aralashmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmatsevtika faoliyati — dori vositalari va tibbiy buyumlar yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini, shuningdek ularni ishlab chiqarish, tayyorlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni realizatsiya qilishni qamrab oladigan faoliyat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalari — intellektual mulk to‘g‘risidagi qonunchilik buzilgan holda muomalaga kiritilgan dori vositalari;
(3-moddaning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qalbakilashtirilgan dori vositasi va tibbiy buyum — tarkibi yoki xususiyati to‘g‘risida yoxud ishlab chiqaruvchisi haqida yolg‘on axborot ilova qilingan dori vositasi va tibbiy buyum.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Davlatning aholini asosiy dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash sohasidagi kafolatlari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.13.00 Boshqa kafolatlar va kompensatsiyalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat asosiy dori vositalari, shuningdek tibbiy buyumlar olinishi imkoniyatini va ularning sifatini kafolatlaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 48-moddasi.
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Davlat organlarining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sog‘liqni saqlash sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining dori vositalari hamda farmatsevtika faoliyati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-son “Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi hamda Tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(5-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XX bobi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonunning 3-bobi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sog‘liqni saqlash sohasida boshqaruv;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.03 Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatiga ruxsat. Litsenziyalash;
3.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Asosiy dori vositalari ro‘yxatidagi dori vositalarining, shuningdek tibbiy buyumlarning davlat buyurtmasini shakllantiradi va ularning davlat tibbiyot muassasalarida mavjud bo‘lishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashni (oftalmologiya tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilish (optika) bundan mustasno) belgilangan tartibda amalga oshiradi;
(6-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi “Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 284-sonli qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ayrim toifadagi shaxslarga dori vositalarining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda imtiyozli berilishini ta’minlaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni 35-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-apreldagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan “Chernobil halokatidan ziyon ko‘rgan O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi fuqarolarga beriladigan haq-huquqlar, pul kompensatsiyalari va imtiyozlar Ro‘yxati”ning II-bobi birinchi xatboshining 1-kichik bandi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi 204-sonli “Shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan ta’minlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori vositalari va tibbiy buyumlar sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori vositalarining, tibbiy buyumlarning va tibbiy texnikaning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini, sifati nazorat qilinishini, standartlashtirilishini va sertifikatlashtirilishini amalga oshiradi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 12-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida” Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida” Qonunining 2-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-son “Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi hamda Tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-oktabrdagi 365-sonli “Dori vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni realizatsiya qilish, berish, taqsimlash, saqlash hamda hisobga olish tartibini, shuningdek etil spirtini realizatsiya qilish, berish, saqlash va hisobga olish tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida” Qonunining 13 — 15-moddalari va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 36-sonli “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, berish, sotish, taqsimlash, hisobga olish shartlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3604, 27.01.2025-y.).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestrini yuritadi hamda vaqti-vaqti bilan e’lon qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori vositalari va tibbiy buyumlarning zararli ta’sirini tasdiqlovchi faktlar mavjud bo‘lgan taqdirda ularning ishlab chiqarilishini, tayyorlanishini, import qilinishini, realizatsiya qilinishini to‘xtatib turadi. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini to‘xtatib turishga olib keladigan dori vositalarining, tibbiy buyumlarning ishlab chiqarilishini va tayyorlanishini to‘xtatib turish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘i uchun boshqa haqiqiy tahdid yuzaga kelishining oldini olish munosabati bilan dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarilishini hamda tayyorlanishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish hollari bundan mustasno) sud tartibida amalga oshiriladi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 42-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 27-bobi (“Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarni yuritish”).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan orfan dori vositalari ro‘yxatini, Kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qo‘yish va ularni davolash uchun mo‘ljallangan tibbiy buyumlar ro‘yxatini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
(6-modda birinchi qismining o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi O‘RQ-629-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘ta xavfli infeksiyalar, shuningdek epidemiologik jihatdan xavf tug‘diruvchi infeksiyalar profilaktikasida, ularga tashxis qo‘yishda va ularni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani yetkazib berish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyurtmasini shakllantiradi;
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi O‘RQ-629-sonli Qonuniga asosan o‘n to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori vositalarini retsept bilan va retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga kiritish tartibini tasdiqlaydi;
(6-modda birinchi qismining o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 30-maydagi O‘RQ-928-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2024-y., 03/24/928/0384-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Asosiy dori vositalari ro‘yxatini ikki yilda kamida bir marta ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiy buyumlar ro‘yxatini tasdiqlaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Tibbiy buyumlar ro‘yxati” (ro‘yxat raqami 2809, 12.07.2016-y.).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi to‘g‘risida”gi nizom.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hududda davlat davolash-profilaktika muassasalarini va aholini dori vositalari, tibbiy buyumlar bilan ta’minlashda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori vositalari muomalasi va farmatsevtika faoliyati masalalari bo‘yicha aholi o‘rtasida axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish hamda o‘tkazishda ishtirok etadi.
(7-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 24 va 25-moddalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Dori vositalari. Tibbiy buyumlar. Tibbiy texnika
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Davlat farmakopeyasi
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.99 Umumiy qoidalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat farmakopeyasi dori vositalariga va tibbiy buyumlarga doir talablarni, umumiy farmakopeya maqolalarini, farmakopeya maqolalarini, dori vositalarining va tibbiy buyumlarning sifatini nazorat qilish usullarini o‘z ichiga olgan hujjatlar to‘plami bo‘lgan rasmiy nashrdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy farmakopeya maqolasi dori vositalarining, tibbiy buyumlarning sifatiga, dorivor o‘simlik xom ashyosiga, ularning sifatini nazorat qilish usullariga, dori vositalarining sifatini nazorat qilishda foydalaniladigan standart namunalarga, reaktivlarga, dori vositalarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan joylash-o‘rash materiallariga qo‘yiladigan umumiy talablarni belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmakopeya maqolasi muayyan dori vositasining, tibbiy buyumning, dorivor o‘simlik xom ashyosining, yordamchi moddaning sifatiga doir talablarni belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy farmakopeya maqolalarini, farmakopeya maqolalarini ishlab chiqish va ularni Davlat farmakopeyasiga kiritish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(8-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 22-noyabrdagi O‘RQ-879-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 03/23/879/0873-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat farmakopeyasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan besh yilda kamida bir marta chop etiladi. Davlat farmakopeyasining qayta nashrlari oralig‘idagi davrda Davlat farmakopeyasiga ilovalar chop etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining yoxud tibbiy buyumlarning klinik oldi tadqiqotlari
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.02 Tibbiyot muassasalarining ilmiy-tadqiqot va ta’lim faoliyati]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik oldi tadqiqotlari farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining xavfsizligi va samaradorligini o‘rganish maqsadidagi kimyoviy, fizik, biologik, mikrobiologik, farmakologik, toksikologik tadqiqotlarni hamda boshqa tadqiqotlarni nazarda tutadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiy buyumlarning klinik oldi tadqiqotlari tibbiy buyumlarning xavfsizligini o‘rganish maqsadidagi kimyoviy, fizik, texnik, biologik, mikrobiologik, toksikologik tadqiqotlarni va boshqa tadqiqotlarni nazarda tutadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining yoxud tibbiy buyumlarning klinik oldi tadqiqotlarini tashkil etish va o‘tkazish ularni ishlab chiquvchilar va ishlab chiqaruvchilar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi hamda zarur moddiy-texnika bazasiga va tadqiqotning tegishli sohasi bo‘yicha malakali mutaxassislarga ega bo‘lgan ilmiy-tadqiqot muassasalarida, dori vositalarining sifatini nazorat qilish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda, oliy ta’lim muassasalarida hamda boshqa tashkilotlarda o‘tkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlari
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.02 Tibbiyot muassasalarining ilmiy-tadqiqot va ta’lim faoliyati]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlari xavfsizlik va samaradorlikni aniqlash maqsadida ularning farmakologik xossalarini, nojo‘ya ta’sirlari va boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri samarasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganish uchun o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlari bitta davolash-profilaktika muassasasida yoki ko‘p markazli klinik tadqiqot tarzida yagona bayonnoma bo‘yicha bittadan ortiq davolash-profilaktika muassasasida o‘tkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Odamda farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining xavfsizligi va samaradorligini tasdiqlovchi klinik oldi tadqiqotlar natijalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmakologik vositaning yoki dori vositasining qo‘llanilishidan ehtimol tutilgan nojo‘ya ta’sir xavfi kutilayotgan ijobiy ta’sirdan ancha past bo‘lishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini o‘tkazishga etika ekspertizasining mazkur tadqiqotlarni o‘tkazish etika jihatidan asoslanganligi to‘g‘risidagi xulosasisiz yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmakologik vositaning yoki dori vositasining klinik tadqiqotida klinik tadqiqot subyektining ishtirok etishi o‘zining yozma ravishdagi roziligi bilan ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi. Klinik tadqiqot rahbari klinik tadqiqot subyektiga ushbu tadqiqot usulining ahamiyati, mazkur tadqiqotning mohiyati va ehtimol tutilgan xavfi haqida batafsil tushuntirish berishi shart. Klinik tadqiqot subyekti tadqiqotning istalgan bosqichida unda ishtirok etishni rad qilishga haqli.
(10-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 22-noyabrdagi O‘RQ-879-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 03/23/879/0873-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmakologik vositaning yoki dori vositasining klinik tadqiqoti voyaga yetmagan yoxud muomalaga layoqatsiz klinik tadqiqot subyekti ishtirokida o‘tkazilgan taqdirda, tadqiqotlar boshlanishidan oldin uning ota-onasidan yoki boshqa qonuniy vakillaridan yozma ravishda rozilik olinishi kerak.
(10-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 22-noyabrdagi O‘RQ-879-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 03/23/879/0873-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Voyaga yetmagan klinik tadqiqot subyektlari ishtirokidagi klinik tadqiqotdan oldin, qoida tariqasida, voyaga yetgan klinik tadqiqot subyektlarida klinik tadqiqot o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.
(10-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 22-noyabrdagi O‘RQ-879-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 03/23/879/0873-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmakologik vositaning yoki dori vositasining klinik tadqiqoti boshlanishidan oldin tadqiqotni o‘tkazayotgan davolash-profilaktika muassasasi yoxud tadqiq etilayotgan farmakologik vositani yoki dori vositasini taqdim etgan yuridik shaxs klinik tadqiqot subyektining hayotiga, sog‘lig‘iga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligiga doir sug‘urta shartnomasini sug‘urtalovchi bilan tuzishi shart.
(10-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 22-noyabrdagi O‘RQ-879-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 03/23/879/0873-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat uchun yoxud farmakologik vositaning yoki dori vositasining klinik tadqiqotida ishtirok etayotgan klinik tadqiqot subyektining hayoti, sog‘lig‘i uchun tahdid paydo bo‘lgan taqdirda klinik tadqiqot rahbari klinik tadqiqotni to‘xtatishi va bu haqda tadqiqotni davom ettirish yoki to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligini yozma shaklda xabardor qilishi kerak.
(10-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 22-noyabrdagi O‘RQ-879-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 03/23/879/0873-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini moliyalashtirish tadqiq etilayotgan farmakologik vositalarni yoki dori vositalarini taqdim etgan yuridik shaxslarning mablag‘lari hisobidan yoxud qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(10-moddaning o‘n birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sog‘liqni saqlash sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini o‘tkazish tartibi va klinik tadqiqotlar o‘tkaziladigan davolash-profilaktika muassasalarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Etika ekspertizasi
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.10.00 Vrachlik-mehnat ekspertizasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Etika ekspertizasi farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini o‘tkazishning etika jihatidan asoslanganligi to‘g‘risida xulosa berish maqsadida o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Etika ekspertizasi jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi Etika qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladi, uning tarkibiga tibbiyot, ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining, oliy ta’lim muassasalarining, ommaviy axborot vositalarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Etika qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom va uning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.03 Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatiga ruxsat. Litsenziyalash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalarining, tibbiy buyumlarning va tibbiy texnikaning tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga, qoida tariqasida, ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori vositalari (bundan dori vositalarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan dori moddalari (substansiyalar) mustasno);
(12-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 30-maydagi O‘RQ-928-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2024-y., 03/24/928/0384-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining yangi kombinatsiyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgari O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, lekin boshqacha dori shakllarida, dozalarda yoki boshqa ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy buyumlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy texnika.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sog‘liqni saqlash sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika Tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestriga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarkibida turli dori moddalari bo‘lgan dori vositalarini bir xildagi savdo nomi ostida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bir ishlab chiqaruvchining turli savdo nomlari ostidagi, tarkibi bir xil dori moddalaridan iborat bo‘lgan dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishga qonunchilikda belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi.
(12-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 22-noyabrdagi O‘RQ-879-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 03/23/879/0873-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-son qarori bilan tasdiqlangan Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dorixonalarda tayyorlanadigan dori vositalari va tibbiy buyumlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarkibida yangi kimyoviy moddalar mavjud bo‘lgan dori vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda taqdim etilgan dori vositasining ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlaridagi mavjud maxfiy axborot ariza beruvchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran olti yil mobaynida uning roziligisiz oshkor qilinishi va undan tijorat maqsadlarida foydalanilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi kimyoviy modda deganda patentga layoqatliligidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi hududida ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilmagan har qanday kimyoviy birikma tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning yettinchi qismida ko‘rsatilgan axborotni ariza beruvchining roziligisiz oshkor qilishga va undan foydalanishga sudning qaroriga asosan, quyidagi hollardan biri mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori vositasini yetkazib berish hajmi O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran o‘n ikki oy mobaynida aholining ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun yetarli bo‘lmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzish hollari aniqlanganda.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 15-fevraldagi O‘RQ-908-sonli Qonuniga asosan yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2024-y., 03/24/908/0126-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish natijalariga ko‘ra xorijiy ishlab chiqaruvchilarga amal qilish muddati besh yil bo‘lgan tegishli ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi beriladi, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga esa muddatsiz beriladi.
(12-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 22-noyabrdagi O‘RQ-879-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 03/23/879/0873-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddati ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi egasining zarur hujjatlar ilova qilingan arizasiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza ushbu guvohnomaning amal qilish muddati tugashidan oldin uch oy ichida berilishi kerak. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddati o‘tgach dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani realizatsiya qilishga hamda tibbiyot amaliyotida qo‘llashga, agar ular ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilishi davrida ishlab chiqarilgan bo‘lsa, ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining egasi dori vositasining, tibbiy buyumning va tibbiy texnikaning xavfsizligiga, sifatiga hamda samaradorligiga taalluqli yangi ma’lumotlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligini xabardor qilishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-son “Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi hamda Tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Farmakologik nazorat
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.16.00 Boshqa masalalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmakologik nazorat dori vositasidan uning qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomaga muvofiq foydalanilganda odamda kuzatiladigan, organizm uchun bexosdan va noxush ta’sir ko‘rsatadigan nojo‘ya reaksiyalarni aniqlashga, baholashga va ularning oldini olishga qaratilgan faoliyatdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davolash-profilaktika muassasalari, dorixonalar hamda dori vositalarini ishlab chiqaruvchi, realizatsiya qiluvchi va qo‘llovchi tashkilotlar dori vositalarining qo‘llanilishi chog‘ida nojo‘ya reaksiyalar aniqlangan barcha holatlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligini yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi dori vositalarining qo‘llanilishi chog‘ida aniqlangan nojo‘ya reaksiyalarga baho beradi, baholash jarayonida nojo‘ya reaksiyaning klinik ko‘rinishlari va dori vositasining qo‘llanilishi o‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘lanishlari, shuningdek kutilayotgan foydaning dori vositalari qo‘llanilishining ehtimol tutilgan xavfiga nisbati aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kutilayotgan foydaning dori vositalari qo‘llanilishining ehtimol tutilgan xavfiga nisbatining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi faktlar aniqlangan taqdirda ishlab chiqaruvchilar va ularning vakillari salbiy oqibatlarni bartaraf etishga, odamning hayotiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilishining oldini olishga, bunday dori vositalarining qo‘llanilishidan muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositasi qo‘llanilganda dori vositasining xavfsizligi va samaradorligiga doir belgilangan talablarga uning nomuvofiqligi to‘g‘risidagi dalillar aniqlangan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bunday dori vositasini muomaladan chiqarish yoki uning qo‘llanilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika to‘g‘risidagi axborot va dori vositalarining reklamasi
(14-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 30-maydagi O‘RQ-928-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2024-y., 03/24/928/0384-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Asosiy dori vositalari ro‘yxatida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ta xavfli infeksiyalar, shuningdek epidemiologik jihatdan xavf tug‘diradigan infeksiyalar profilaktikasida, ularga tashxis qo‘yishda va ularni davolashda qo‘llaniladigan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyurtmasi bo‘yicha import qilinadigan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ro‘yxatida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiy buyumlar ro‘yxatida ko‘rsatilgan axborot joylashtiriladi.
(14-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi O‘RQ-629-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Retseptsiz beriladigan dori vositalari to‘g‘risidagi axborot dori vositalarining tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomalarda, shuningdek Tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestrida ko‘rsatiladi. Retseptsiz beriladigan dori vositalari to‘g‘risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida va ixtisoslashtirilgan bosma nashrlarda ham berilishi mumkin.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 30-maydagi O‘RQ-928-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2024-y., 03/24/928/0384-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Retsept bo‘yicha beriladigan dori vositalari to‘g‘risidagi va tibbiy buyumlar haqidagi axborot faqat tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan bosma nashrlarda, dori vositalarining va tibbiy buyumlarning tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomalarda, shuningdek Tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestrida beriladi.
(14-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 30-maydagi O‘RQ-928-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2024-y., 03/24/928/0384-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalarining reklamasi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(14-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 34-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-dekabrdagi 341-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan dori vositalarini reklama qilishga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Farmatsevtika faoliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Farmatsevtika faoliyatining yo‘nalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmatsevtika faoliyatining yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori vositalarining va tibbiy buyumlarning sifatini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dorivor o‘simlik xom ashyosini qadoqlash va ulgurji realizatsiya qilish.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-avgustdagi 641-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Farmatsevtika tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida nizom.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.03 Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatiga ruxsat. Litsenziyalash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmatsevtika faoliyati belgilangan tartibda beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 284-sonli “Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya besh yil muddatga beriladi. Litsenziya faqat litsenziya da’vogarining arizasiga ko‘ra besh yildan kam bo‘lgan muddatga berilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddati litsenziatning arizasiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmatsevtika faoliyatining quyidagi yo‘nalishlariga litsenziya olish talab qilinmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, ulgurji realizatsiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori vositalari va tibbiy buyumlarni yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dorivor o‘simlik xomashyosini qadoqlash va ulgurji sotish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikadan tibbiy maqsadlarda foydalanish belgilangan tartibda beriladigan ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi asosida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-son “Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi hamda Tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyat belgilangan tartibda vakolatli organni xabardor etgan holda amalga oshiriladi.
(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.02 Tibbiyot muassasalarining ilmiy-tadqiqot va ta’lim faoliyati]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari, qoida tariqasida, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari yangi farmakologik vositalarni izlashni, keyinchalik ularning xossalarini o‘rganishni, farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining tarkibini ishlab chiqishni, dori moddalarini (substansiyalarni) va dori vositalarini ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqishni, belgilangan tartibda klinik oldi tadqiqotlarni o‘tkazishni, farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining xavfsizligiga, sifatiga va ularning sifatini nazorat qilish usullariga doir talablar ko‘rsatilgan normativ hujjatlarni tayyorlashni o‘z ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiy buyumlarni yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari tibbiy buyumlarning yangi turlarini izlashni, keyinchalik ularning texnik xususiyatlarini o‘rganishni, ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqishni, tibbiy buyumlarning xavfsizligiga, sifatiga va ularning sifatini nazorat qilish usullariga doir talablar ko‘rsatilgan normativ hujjatlarni tayyorlashni o‘z ichiga oladi.
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qo‘yiladigan talablar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish ularni ishlab chiqarishni hamda ularning sifatini nazorat qilishni tashkil etish qoidalariga muvofiq seriyali ishlab chiqarishdan iborat bo‘lib, u to‘liq texnologik sikl bo‘yicha yoki uning alohida bosqichlari bo‘yicha ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.15.00 Sog‘liqni saqlash to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini ishlab chiqarish taqiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1651-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1863-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchisining buyurtmasiga muvofiq tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan boshqa ishlab chiqaruvchilar tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin. Bunday holda dori vositalarining va tibbiy buyumlarning ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi dori vositalarini va tibbiy buyumlarni buyurtmaga muvofiq bevosita ishlab chiqaradigan tashkilotga beriladi.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 22-noyabrdagi O‘RQ-879-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 03/23/879/0873-son)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qo‘yiladigan talablar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, eksport, ilmiy-tadqiqot ishlari, klinik oldi tadqiqotlar va klinik tadqiqotlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilar dori vositalari va tibbiy buyumlarning sifatini nazorat qiluvchi ichki idoraviy xizmatlarga ega bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tamg‘alash hamda joylash-o‘rash qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-oktabrdagi 365-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Dori vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamenti”ning 5-bobi.
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar ko‘rsatish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.04.00 Ulgurji savdo;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.10.00 Alohida turdagi mahsulotlar bo‘yicha savdo;
3.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.16.00 Boshqa masalalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalarini ulgurji realizatsiya qilish farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan dori vositalari ishlab chiqaruvchilar hamda dori vositalarini ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish hamda saqlash qoidalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
(19-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar dori vositalarini va tibbiy buyumlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchilardan, dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi boshqa tashkilotlardan, shuningdek dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chet ellik ishlab chiqaruvchilardan hamda ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlardan xarid qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar dori vositalarini va tibbiy buyumlarni farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan tashkilotlarga yoki faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiruvchi tashkilotlarga, tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilarga va ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlarga, tibbiyot tashkilotlariga, shuningdek dori vositalaridan va tibbiy buyumlardan tibbiyotda qo‘llash maqsadida o‘z ehtiyojlari uchun foydalanuvchi tashkilotlarga realizatsiya qilish huquqiga ega.
(19-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlarning omborxona binolari sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga javob berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlarning omborxona mudiri farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini xarid qilish hamda ulgurji realizatsiya qilish taqiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1651-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1863-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son qarori bilan tasdiqlangan “Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 14-iyuldagi PF-916-sonli “Respublikada dori-darmonlar sotishni tartibga solish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-oktabrdagi PQ-2647-sonli “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish” qoidalari 13-bandning o‘n birinchi xatboshisi.
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar ko‘rsatish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.10.00 Alohida turdagi mahsulotlar bo‘yicha savdo]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni (oftalmologiya tibbiy buyumlaridan tashqari) chakana realizatsiya qilish faqat dorixonalar hamda ularning filiallari tomonidan amalga oshiriladi.
(20-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalarini chakana realizatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi retseptlar bo‘yicha yoki retseptsiz amalga oshiriladi.
(20-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 30-maydagi O‘RQ-928-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2024-y., 03/24/928/0384-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Tibbiyot tashkilotlarida dori vositalarini tayinlash, xalqaro patentlanmagan nomlanishi bo‘yicha retseptlarni rasmiylashtirish hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 3277, 01.07.2020-y.) 11-bandi va nizomga 1-ilova.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki dorixonalar tomonidan tayyorlangan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini xarid qilish, chakana realizatsiya qilish hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1651-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1863-moddasi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son qarori bilan tasdiqlangan “Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-oktabrdagi PQ-2647-sonli “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Dorixona
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dorixona dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni, shuningdek ularni tayyorlashni amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxsning tarkibiy bo‘linmasi shaklida tashkil etilishi mumkin. Dorixonalarning filiallari, davolash-profilaktika muassasalarining dorixonalari ham dorixonalar jumlasiga kiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 4-bobining 1 (“Umumiy qoidalar”) va 2-paragraflari (“Tijorat tashkilotlari”), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi “Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 284-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dorixonalar sanitariya va gigiyena ashyolarini, shifobaxsh oziqlantirish mahsulotlarini, ma’danli suvlarni, shuningdek davolash-kosmetika mahsulotlarini, biologik faol qo‘shimchalarni realizatsiya qilishni ularning qo‘llanilishi va realizatsiya qilinishi uchun tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dorixona mudiri oliy tibbiy yoki oliy farmatsevtika ma’lumotiga ega bo‘lishi kerak.
(21-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dorixona filialining mudiri farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, berish, realizatsiya qilish qoidalariga va ularning sifatini ta’minlovchi saqlash sharoitlariga dorixonalar tomonidan rioya etilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dorixonalar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga javob berishi kerak.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: O‘zbekiston Respublikasi Bosh sanitar vrachi tomonidan 2007-yil 29-dekabrda 0243-07-son bilan tasdiqlangan “Tayyor dori vositalari va tibbiyot buyumlarini realizatsiya qilish bo‘yicha dorixonalar va ularning filiallari tuzilishiga qo‘yiladigan sanitariya qoidalari va normalari”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
211-modda. Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyat vakolatli organni mazkur faoliyatni boshlaganlik to‘g‘risida belgilangan tartibda xabardor qilgan holda yuridik shaxs yoki yuridik shaxsning tarkibiy bo‘linmasi shaklidagi optikani (oftalmologiya tibbiy buyumlarini realizatsiya qilish punkti) tashkil etish orqali amalga oshirilishi mumkin. Optikaning filiallari va davolash-profilaktika muassasalarining optikasi ham optika toifasi jumlasiga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishi uchun vakolatli organni xabardor qilish talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Optikaning va optika filiallarining mudirlari oliy yoki o‘rta maxsus farmatsevtika ma’lumotiga ega bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyat oftalmologiya tibbiy buyumlarini tayyorlash, berish, realizatsiya qilish qoidalariga va ularning sifatini ta’minlovchi saqlash sharoitlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyat sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga rioya etgan holda amalga oshirilishi kerak.
(211-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Dorixonalarda dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalari dorixonalarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori moddalaridan (substansiyalardan) tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Tayyorlashga ruxsat etilgan dori vositalari ro‘yxatiga kiritilmagan dori vositalarini tayyorlash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, shuningdek ularni saqlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilaydigan tartibda dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Dori vositalarini, tibbiy buyumlarni saqlash, tashish hamda yo‘q qilib tashlash
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qo‘yiladigan talablar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan tashkilotlarga, tibbiyot tashkilotlariga, shuningdek dori vositalaridan va tibbiy buyumlardan tibbiyotda qo‘llash maqsadida o‘z ehtiyojlari uchun foydalanuvchi tashkilotlarga dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlashga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlash hamda tashish ularning xavfsizligi, sifati va but saqlanishi ta’minlanadigan sharoitlarda amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini realizatsiya qilish maqsadida saqlash, tashish taqiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1651-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1863-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalari, shuningdek muomaladagi dori vositalari va tibbiy buyumlar ularning inson sog‘lig‘iga zararli ta’sirini tasdiqlovchi faktlar aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda muomaladan chiqarilishi va yo‘q qilib tashlanishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida nizom” 13-bandining to‘rtinchi xatboshisi, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son qarori bilan tasdiqlangan “Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini, shuningdek muomaladagi dori vositalari va tibbiy buyumlarni ularning inson sog‘lig‘iga zararli ta’sirini tasdiqlovchi faktlar aniqlangan taqdirda muomaladan chiqarish va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom”gi nizom.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yo‘q qilib tashlash ularning egalari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni eksport va import qilish, olib kirish hamda olib chiqish
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni eksport va import qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni eksport va import qilish, shu jumladan ilmiy-tadqiqot ishlari, klinik oldi tadqiqotlar, klinik tadqiqotlar o‘tkazish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ko‘rgazmalarda, yarmarkalarda, xalqaro anjumanlarda namoyish etish uchun mo‘ljallangan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni eksport va import qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(24-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-oktabrdagi PQ-2647-sonli “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-fevraldagi 22-sonli “Import qilinadigan iste’mol tovarlarining ayrim turlarini markirovka qilish va bojxonada rasmiylashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-maydagi 127-sonli “O‘zbekiston Respublikasiga iste’mol tovarlari olib kirishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, “Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan xom ashyolar ro‘yxati” (ro‘yxat raqami, 1952, 08.05.2009-y.).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini import qilish taqiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksning 24-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 29-yanvardagi PQ-1913-sonli “Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatdoshliligini yanada oshirish va tovarlarni respublikaga noqonuniy olib kirishga qarshi kurashni kuchaytirish to‘g‘risida”gi qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Orfan dori vositalari hamda orfan kasalliklarga tashxis qo‘yishda va ularni davolashda qo‘llaniladigan tibbiy buyumlar importi, o‘ta xavfli infeksiyalar, shuningdek epidemiologik jihatdan xavf tug‘diradigan infeksiyalar profilaktikasida, ularga tashxis qo‘yishda hamda ularni davolashda qo‘llaniladigan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyurtmasi bo‘yicha import qilinadigan dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda tibbiy texnika importi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan holda amalga oshirilishi mumkin.
(24-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi O‘RQ-629-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son)
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish hamda olib chiqish
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.01.00 Alohida turdagi mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni quyidagi hollarda davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan hamda bojxona rasmiylashtiruvisiz olib kirish va olib chiqishga ruxsat beriladi, agar ular:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatda bo‘lish davrida jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning hududidan tashqarida yashab turgan bemorni davolash-profilaktika muassasasi tomonidan tasdiqlangan tibbiy ko‘rsatma asosida, davolash kursi doirasida davolash uchun mo‘ljallangan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diplomatik vakolatxonalarning va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning diplomatik hamda ma’muriy-texnik xodimlari, shu jumladan ular bilan birga yashab turgan oila a’zolarining shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelayotgan yoki uning hududidan chiqib ketayotgan transport vositasining yo‘lovchilariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan va tibbiy dorilar qutichasi tarkibiga kiritilgan bo‘lsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro ilmiy, madaniy, sport tadbirlarining ishtirokchilarini hamda xalqaro ekspeditsiyalarning ishtirokchilarini davolash uchun mo‘ljallangan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni olib kirish hamda olib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 8-iyundagi 191-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish hamda olib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(26-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.15.00 Sog‘liqni saqlash to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(27-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi (“Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar”), O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javbgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 164, 1651-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186, 1863-moddalari.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 1-son, 3-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son; 22.11.2023-y., 03/23/879/0873-son; 15.02.2024-y., 03/24/908/0126-son, 31.05.2024-y., 03/24/928/0384-son)