23.03.2006 yildagi PQ-308-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHAXSIY YORDAMCHI, DEHQON VA FERMER XOʻJALIKLARIDA CHORVA MOLLARNI KOʻPAYTIRISHNI RAGʻBATLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish chora-tadbirlari izchil amalga oshirib borilayotgani, aholiga qoʻshimcha yer maydonlari berilayotganligi, shuningdek, ularga davlat tomonidan tizimli yordam koʻrsatib kelinayotgani shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida chorva mollar koʻpayishiga, ichki isteʼmol bozorini chorvachilik mahsulotlari bilan toʻldirishga imkoniyat yaratdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni paytda shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish hamda mustahkamlash, birinchi navbatda qoramol boqish va yetishtirish, shu asosda qishloq aholisining bandlik darajasini koʻtarish va oilalar daromadini oshirishning mavjud imkoniyatlaridan toʻliq foydalanilmayapti. Chorva mol boqayotgan shaxslarni ish bilan band aholi toifasiga kiritish va ularni ijtimoiy muhofaza qilish masalalari hal etilmagan. Xoʻjaliklarni zotdor, sermahsul chorva mol bilan, omuxta yem va shirali ozuqa bilan taʼminlash borasidagi ishlar qoniqarsiz ahvolda, zooveterinariya va boshqa servis xizmatlari koʻrsatish boʻyicha infratuzilma tarmogʻi, shuningdek, shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida chorvachilikni rivojlantirishni mikrokreditlash tizimi yaxshi yoʻlga qoʻyilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini, ayniqsa qishloq aholisini ish bilan taʼminlash va shu asosda oilalar daromadini oshirishning muhim omili sifatida chorva mollari, eng avvalo qoramol boqayotgan dehqon va fermer xoʻjaliklari sonini koʻpaytirish uchun zarur huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida qoramol boqish bilan band boʻlgan shaxslar, oʻzlari yetishtirgan chorvachilik mahsulotlaridan qanday foydalanishidan qatʼi nazar, ish bilan taʼminlangan aholi toifasiga kiritiladi va “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq pensiya bilan taʼminlanish huquqiga ega boʻladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaligida qoramol oʻstirish bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarga pensiyalar tayinlashda mehnat staji ular tomonidan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida ixtiyoriy tartibda ijtimoiy soliq toʻlangan taqdirda hisoblab chiqiladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 07/21/5102/0412-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarda qoramol boqayotgan va chorvachilik mahsulotlari yetishtirayotgan fuqarolarning ish bilan bandligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin, unda mehnat daftarchalarini ochish va yuritish, mehnat organlarida hisobga olish, pensiya tayinlash uchun mehnat stajini hisoblash va budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlash tartibini belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2006—2010-yillar davrida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollari, birinchi navbatda qoramollar sonini koʻpaytirishni ragʻbatlantirish dasturi maʼqullansin, unda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqalar boʻyicha shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida qoramollar sonini 1*-2-ilovalarga muvofiq koʻpaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zooveterinariya punktlari va chorva mollarini sunʼiy urchitish punktlari tarmogʻini 3-ilovaga muvofiq kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-ilovaga muvofiq zotli mollarni shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklariga auksionlar orqali sotish nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning tasdiqlangan parametrlari soʻzsiz bajarilishini taʼminlash uchun shaxsiy masʼuliyat qishloq va suv xoʻjaligi vaziri (S. Ismoilov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida chorvachilikni rivojlantirish uchun fuqarolarga oʻzini-oʻzi boshqarish organlari — mahalla qoʻmitalarining kafilligi ostida tijorat banklari tomonidan imtiyozli maqsadli mikrokreditlar ajratishning soddalashtirilgan Tartibini tasdiqlasin.
(3-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-apreldagi PQ-842-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 17-son, 130-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Homiylar va shifokorlar yili” Dasturiga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan qishloq joylardagi ehtiyojmand va koʻp bolali oilalarga, eng avvalo maktabgacha va maktab yoshidagi bolalari boʻlgan oilalarga har bir qishloq tumani boʻyicha kamida 100—200 oilani qamrab olgan holda, homiylar, shuningdek, nodavlat hayriya tashkilotlarining mablagʻlari hisobiga bir bosh sigir berish yoʻli bilan hayriya yordami koʻrsatish boʻyicha aniq tadbirlar ishlab chiqilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Qishloq joylardagi ehtiyojmand koʻp bolali oilalarga qoramolni bepul berish shartlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin, unda chorva mol boqish koʻnikmalari, sharoit va imkoniyatlari mavjudligi, jumladan omuxta yem va shirali ozuqa bilan taʼminlash imkoniyatlarini hisobga olgan holda ehtiyojmand oilalarni aniqlashning qatʼiy mezonlari nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda don mahsulotlari korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan omuxta yem, shu jumladan shartnomalar boʻyicha fermer xoʻjaliklaridan sotib olinadigan dondan ishlab chiqariladigan omuxta yemni shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklari bemalol olishini kengaytirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini, 6-ilovaga muvofiq, tuman markazlari va yirik aholi punktlarida ixtisoslashtirilgan savdo shoxobchalarini tashkil etish uchun zarur omborxonalarni berish yoʻli bilan taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-apreldagi PQ-842-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 17-son, 130-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 2006 — 2010-yillar davrida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollar, birinchi navbatda qoramollar sonini koʻpaytirishni ragʻbatlantirish dasturi amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha qabul qilinishi zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu qaror talablarini amalga oshirish boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning bajarilishi yilning har choragida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari majlislarida koʻrib chiqilsin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 23-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-308-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi PQ-308-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006 — 2010-yillar davrida yirik qoramollar sonini koʻpaytirishi bilan shugʻullanadigan fermer xoʻjaliklari sonini koʻpaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Hududlar

Chorvachilik bilan shugʻullanadigan fermerlik xoʻjaliklari soni (birlik)

Fermer xoʻjaliklarida yirik qoramollar soni (ming bosh)

2005-yil (amalda)

2010-yil

2005-yilga nisbatan 2010-yil foizda

2005-yil (amalda)

2010-yil

2005-yilga nisbatan 2010-yil foizda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

716

820

115

38,6

66,0

171

viloyatlar:

Andijon

462

960

208

18,6

43,0

231

Buxoro

642

840

131

25,0

42,0

168

Jizzax

421

460

109

8,6

22,0

256

Qashqadaryo

875

1010

115

28,2

70,0

248

Navoiy

753

820

109

17,6

30,0

170

Namangan

347

730

210

14,5

37,0

255

Samarqand

662

1180

178

32,9

67,0

204

Surxondaryo

551

840

152

37,4

66,0

176

Sirdaryo

302

340

113

9,6

20,0

208

Toshkent

717

1160

162

44,9

91,0

203

Fargʻona

791

1080

137

26,2

50,0

191

Xorazm

756

860

114

28,1

51,0

181

Jami

7995

11100

139

330,2

655,0

198

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi PQ-308-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zooveterinariya punktlari va chorva mollarini sunʼiy urchitish punktlari tarmoqlarini kengaytirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOPSHIRIQ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

birlik

Hududlar

Zooveterinariya punktlari soni

Sunʼiy urchitish punktlari soni

2005-yil (amalda)

Qoʻshimcha tashkil qilinadi

shu jumladan:

2005-yil (amalda)

Qoʻshimcha tashkil qilinadi

shu jumladan:

2006-yil

2007-yil

2008-yil

2009-yil

2010-yil

2006-yil

2007-yil

2008-yil

2009-yil

2010-yil

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

40

80

17

17

16

15

15

60

24

4

4

5

7

4

viloyatlar:

Andijon

79

60

12

13

12

12

11

80

25

3

5

7

5

5

Buxoro

140

65

25

14

10

8

8

52

25

4

6

6

5

4

Jizzax

103

25

3

6

6

5

5

15

25

4

6

5

5

5

Qashqadaryo

216

40

8

10

10

6

6

30

25

4

6

5

5

5

Navoiy

25

45

8

10

10

10

7

14

16

3

4

3

3

3

Namangan

65

60

15

15

12

10

8

90

20

5

5

4

3

3

Samarqand

409

25

5

8

5

4

3

51

25

5

6

5

5

4

Surxondaryo

215

25

10

5

5

3

2

38

27

6

5

6

5

5

Sirdaryo

46

25

4

6

6

5

4

14

27

7

5

5

5

5

Toshkent

143

35

10

8

8

5

4

40

36

7

6

6

6

11

Fargʻona

165

35

12

8

6

5

4

48

30

6

7

7

5

5

Xorazm

122

55

10

15

10

10

10

22

25

4

6

6

5

4

Jami

1768

575

139

135

116

98

87

554

330

62

71

70

64

63

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi PQ-308-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006 — 2010-yillarda yirik zotli mollarni shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklariga auksionlar orqali sotish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

bosh

Hududlar

Jami v 2006 — 2010 yy.

shu jumladan:

2006-yil

2007-yil

2008-yil

2009-yil

2010-yil

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

11 900

1 900

2 200

2 400

2 600

2 800

viloyatlar:

Andijon

7 800

1 100

1 300

1 600

1 800

2 000

Buxoro

5 700

700

800

1 200

1 400

1 600

Jizzax

6 100

600

900

1 200

1 600

1 800

Qashqadaryo

14 900

2 500

2 800

3 000

3 200

3 400

Navoiy

6 050

650

800

1 200

1 600

1 800

Namangan

6 000

600

800

1 200

1 600

1 800

Samarqand

6 900

700

1 000

1 400

1 800

2 000

Surxondaryo

7 500

900

1 200

1 500

1 800

2 100

Sirdaryo

6 000

600

800

1 200

1 600

1 800

Toshkent

9 150

850

1 500

1 800

2 400

2600

Fargʻona

7 800

800

1 200

1 600

2 000

2200

Xorazm

5 000

600

800

1 000

1 200

1400

Jami

100 800

12 500

16 100

20 300

24 600

27 300

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi PQ-308-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006 — 2010-yillar davrida “Oʻzdonmahsulot” DAK korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan omuxta yem punktlarini tashkil etish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOPSHIRIQ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

nafar

Hududlar

1.01.2006-yilda mavjud punktlar

Qoʻshimcha tashkil qilinadi, jami

shu jumladan yillar boʻyicha:

2006-yil

2007-yil

2008-yil

2009-yil

2010-yil

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

5

55

10

12

12

12

9

viloyatlar:

Andijon

5

65

14

15

14

12

10

Buxoro

7

55

9

12

12

11

11

Jizzax

3

55

9

12

12

11

11

Qashqadaryo

16

60

10

14

14

11

11

Navoiy

8

40

6

10

8

8

8

Namangan

27

35

6

8

8

7

6

Samarqand

5

50

8

12

10

10

10

Surxondaryo

3

55

8

11

12

12

12

Sirdaryo

4

45

7

10

10

9

9

Toshkent

4

55

10

12

12

11

10

Fargʻona

22

40

6

10

9

8

7

Xorazm

4

50

7

11

12

10

10

Jami

113

660

110

149

145

132

124

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi PQ-308-son qaroriga
8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006 — 2010-yillar davrida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollar, birinchi navbatda qoramollar sonini koʻpaytirishni ragʻbatlantirish dasturi amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hujjat nomi

Hujjat turi

Tasdiqlash muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarda yirik shoxli qoramol boqayotgan va chorvachilik mahsulotlari yetishtirayotgan fuqarolarning ish bilan bandligi toʻgʻrisidagi nizomi

Vazirlar Mahkamasining qarori

2006-yil mart

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi

2.

Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarda qoramol boqish bilan band boʻlgan jismoniy shaxslar oʻrtasida namunaviy mehnat shartnomasi

Namunaviy shartnoma

2006-yil mart

3.

Qishloq joylardagi ehtiyojmand va koʻp bolali oilalarga yirik shohli qoramolni bepul berish shartlari toʻgʻrisidagi nizomi

Vazirlar Mahkamasining qarori

2006-yil mart

Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi

4.

Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida chorvachilikni rivojlantirish uchun kam taʼminlangan oilalardan iborat fuqarolarga majburiy garov taqdim etmagan holda fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari kafilligi ostida tijorat banklari tomonidan imtiyozli maqsadli mikrokreditlar ajratishning soddalashtirilgan tartibi

Markaziy bank va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining qarori

2006-yil aprel

Markaziy bank, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi

5.

Naslchilik xoʻjaliklari maqomini berish, tartibi, shuningdek ular faoliyatiga qoʻyiladigan talablar

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tartibi

2006-yil may

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Naslchilik ishlari boʻyicha davlat inspeksiyasi

6.

Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklariga naslli mollarni auksion orqali sotishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizom

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qarori

2006-yil aprel

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi

7.

Maxsus soʻyish korxonalarida va maydonchalarida chorva mollari soʻyish, chorva mollarni soʻyish bilan shugʻullanuvchi shaxslarga ruxsat guvohnomalari berish va roʻyxatga olish tartibi

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qarori

2006-yil aprel

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi

8.

Bozorlarda va savdo joylarida goʻsht mahsulotlarini sotishga qoʻyiladigan talablar

Oʻzstandart, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qoʻllanmasi

2006-yil aprel

Oʻzstandart, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi

9.

Zooveterinariya punktlari va chorva mollarini sunʼiy urchitish punktlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha talablar

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qoʻllanmasi

2006-yil may

Veterinariya bosh boshqarmasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi

10.

Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida yetishtiriladigan chorva mollari mahsulotlarini fyucher shartlari hisobga olgan holda sotib olish uchun namunali shartnoma

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qarori

2006-yil may

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi

11.

Fuqarolar yigʻinlarida xoʻjalik hisobotining shakllari. Chorvachilikni rivojlantirish va aholini uy xoʻjaliklarida chorvachilik faoliyati bilan band qilish koʻrsatkichlari

Vazirlar Mahkamasining qarori

Davlat statistika hisoboti shakllariga qoʻshimchalar

2006-yil may

Statistika boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 12-13-son, 104-modda; 2008-y., 14-15-son, 98-modda, 17-son, 130-modda, 52-son, 515-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2020-y., 06/20/6094/1413-son; 05.05.2021-y., 07/21/5102/0412-son)