21.04.2008 yildagi PQ-842-son
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, tijorat banklarining 4-ilovaga muvofiq shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklariga qoramol sotib olish uchun mikrokreditlar ajratishni kengaytirish to‘g‘risidagi taklifiga;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5668-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)
“O‘zdonmahsulot” AK 5-ilovadagi prognoz hajmlariga muvofiq fermer xo‘jaliklari ixtiyorida qolayotgan, chorvachilik uchun to‘laqonli omuxta yem ishlab chiqarishning oshirilishini ta’minlaydigan omuxta yem sanoatini modernizatsiya qilish va qo‘shimcha don resurslari xarid qilishni tashkil etishning aniq chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

Moliyalashtirish manbalari

I. Naslchilik ishini takomillashtirish

1.

Yirik shoxli qoramollarni ko‘paytirishga ixtisoslashgan naslchilik xo‘jaliklarini sof zotli naslli mollar bosh soni va ularning mahsuldorligi bo‘yicha belgilangan talablarga mosligi yuzasidan inventarizatsiyadan o‘tkazish.

2008-yil 1-iyungacha

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer xo‘jaliklari uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vaz�rlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Naslchilik ishi inspeksiyasining o‘z mablag‘lari

2.

Quyidagilar bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish: naslli chorvalarning genofondini yaratish, yangilab borish va muhofaza qilish, naslchilik ishlab chiqaruvchilarining urug‘liklarini saqlash va ulardan foydalanish uchun zamonaviy uskunalarni xarid qilish; naslchilik ishi bo‘yicha chorvachilik xo‘jaliklariga servis xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish, nasldor qoramollarni sotish, chorva mollarini sun’iy urug‘lantirishning ilg‘or texnologiyalarini joriy qilish.

2008-yil 1-iyungacha

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer xo‘jaliklari uyushmasi, “O‘znaslchilik” respublika korxonasi, TIAISV

3.

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi “O‘znaslchilik” respublika korxonasi bazasida naslli buqalarning qattiq muzlatilgan urug‘larini ishlab chiqarish ishlarini tashkil qilish.

2008-yil I yarim yillik

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘znaslchilik” respublika korxonasi, TIAISV, Iqtisodiyot vazirligi, tijorat banklari

Grant mablag‘larini jalb qilish hamda tijorat banklari kreditlari

4.

“O‘znaslchilik” respublika korxonasi uchun rayonlashtirilgan 20 bosh naslli buqalarni hamda zarur uskunalar va texnikalarni olib kelish.

2008-yil I yarim yillik

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, TIAISV, tijorat banklari

Grant mablag‘larini jalb qilish hamda tijorat banklari kreditlari

5.

Naslli buqalarning urug‘larini saqlash hamda naslchilik chorvachilik xo‘jaliklari va zooveterinar punktlarni doimiy ravishda ta’minlab turish uchun “O‘znaslchilik” respublika korxonasining hududiy filiallarini tashkil qilish.

2008-yil I yarim yillik

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘znaslchilik” respublika korxonasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Tijorat banklari kreditlari hamda korxonaning o‘z mablag‘lari

6.

“O‘znaslchilik” respublika korxonasi bazasida sun’iy urug‘lantirish bo‘yicha texniklar va veterinar mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha doimiy kurslarni tashkil qilish.

Har yili II chorakda

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘znaslchilik” respublika korxonasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Korxonalar va xo‘jaliklarning o‘z mablag‘lari

7.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda (har bir hududda kamida ikkita) olingan nasllarni shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklariga sotish uchun sut yo‘nalishidagi nasldor echkilarni ko‘paytirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklarni, ularni saqlash uchun sug‘oriladigan va yaylov yerlarni ajratib bergan holda tashkil etish.

2008-yil davomida

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer xo‘jaliklari uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, tijorat banklari

Xo‘jaliklarning o‘z mablag‘lari hamda tijorat banklari kreditlari

8.

Respublikaning har bir qishloq tumanida ikkitadan parrandachilik fermalarini tashkil qilish.

2008-yil davomida

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer xo‘jaliklari uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, tijorat banklari

Korxonalar va xo‘jaliklarning o‘z mablag‘lari hamda tijorat banklari kreditlari

II. Ozuqa ishlab chiqarishni rivojlantirish

9.

Ozuqabop ekinlarga mo‘ljallangan yerlar va ulardan amalda foydalanilishini invetarizatsiyadan o‘tkazish.

2008-yil 15-maygacha

Davyergeodezkadastr, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Korxonalar va xo‘jaliklarning o‘z mablag‘lari

Belgilangan vazifadan hamda shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida chorva mollari uchun sersuv ozuqaga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, ozuqabop ekinlar ekilishini kengaytirish.

Har yili

10.

Ozuqabop ekinlar urug‘chiligiga ixtisoslashtirilgan xo‘jal�klarni tashkil etish va ozuqabop ekinlar urug‘ligini yetishtirish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2008-yil 15-maygacha

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Adliya vazirligi, O‘zbekiston fermer xo‘jaliklari uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Xo‘jaliklarning o‘z mablag‘lari

Hududlarda ozuqabop ekinlar urug‘larini yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarini tashkil etish.

2008-yil davomida

11.

Ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqa ilmiy muassasalar tomonidan ozuqabop ekinlar, arpa va makkajo‘xorining hududlarning tuproq-iqlim sharoitlariga nisbatan moslashgan va hosildorligi yuqori bo‘lgan navlarini yetarli hajmlarda yetishtirish yuzasidan seleksiya va urug‘chilik ishlarini olib borishni kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.

2008-yil II chorak

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi

12.

Boshoqli don ekinlarini joylashtirishda har yili davlat ehtiyoji uchun kamida 100 ming tonna hajmda xarid qilishni ta’minlash maqsadida arpa yetishtirish uchun yer maydonlarini ajratish.

Har yili

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zdonmahsulot” AK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

13.

Yaylov joylarda efemer o‘simliklarni saqlash va ularning hosildorligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Har yili 1-martgacha

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi

Yerdan foydalanuvchilarning o‘z mablag‘lari

14.

O‘zi ishlab chiqargan ozuqaga bo‘lgan ehtiyojning ta’minlanishini har yili oshirib borishni hisobga olgan holda sifatli omuxta yem ishlab chiqarish uchun xomashyo va komponentlarni xarid qilishni ?ashkillashtirish.

Har yili

“O‘zdonmahsulot” AK, omuxta yem sanoati korxonalari, tijorat banklari, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi

Korxonalarning o‘z mablag‘lari hamda tijorat banklari kreditlari

15.

Omuxta yem ishlab chiqarishni ko‘paytirish va birinchi galda shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarining ehtiyojlarini ta’minlash maqsadida fermer xo‘jaliklari tomonidan davlat ehtiyoji uchun don sotish bo‘yicha majburiyatni bajargandan so‘ng boshoqli don ekinlarining o‘zlarida qolgan qismini shartnoma asosida sotishni rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Har yili 1-dekabrgacha

“O‘zdonmahsulot” AK, Adliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer xo‘jaliklari uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Korxonalarning o‘z mablag‘lari

III. Veterinar xizmat ko‘rsatishni yaxshilash

16.

Quyidagilarni aniqlash yuzasidan zooveterinariya punktlarini inventarizatsiyadan o‘tkazish:

2008-yil 1-maygacha

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasining o‘z mablag‘lari

respublikadagi barcha hududl�rning chorvachilik bo‘yicha zooveterinariya xizmatlari bilan qamrab olinganligi;

ular tomonidan, shu jumladan shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi, turlari va sifati;

zarur asbob-uskunalar va mutaxassislar bilan ta’minlanganlik darajasi.

17.

Respublika va hududiy veterinariya laboratoriyalarini, zooveterinariya punktlarini zamonaviy uskunalar va inventarlar bilan jihozlash.

Zooveterinariya punktlarini malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish.

2008 — 2012-yillar

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, TIAISV, tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Korxonalarning o‘z mablag‘lari, grant mablag‘larini jalb qilish, shuningdek, tijorat banklari kreditlari va boshqa jalb qilingan, shu jumladan xorijiy moliya institutlarining qarz mablag‘lari

18.

Respublikada zooveterinariya inventarlari va uskunalarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2008-yil I yarim yillik

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, TIAISV, Iqtisodiyot vazirligi

19.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi zooveterinariya punktlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish.

2008-yil davomida

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Investorlar mablag‘lari

20.

Xususiy zooveterinariya punktlari uchun litsenziya olish shartlarini soddalashtirish qismida qulay shart-sharoitlarni yaratish.

Veterinariya faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga litsenziya berish tartibini soddalashtirishni nazarda tutuvchi zarur o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflarni tayyorlash.

2008-yil II chorak

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat veterinariya bosh boshqarmasi, Adliya vazirligi