17.12.2025 yildagi 796-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash va toʻlash tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-206-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha homiladorlik va tugʻish hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari tarzidagi toʻlovlar (keyingi oʻrinlarda — davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar) fuqarolarning murojaati talab etilmagan (proaktiv shaklda) holda, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimining (keyingi oʻrinlarda — “Yagona reyestr” AT) “Ijtimoiy sugʻurta” axborot moduli orqali tayinlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalangan shaxslarga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida jalb etilgan tijorat banki tomonidan sugʻurtalangan shaxslarda mavjud ijtimoiy karta yoki bank kartasi orqali amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona reyestr” AT orqali sugʻurtalangan shaxslarning mobil aloqa vositalariga davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan bogʻliq jarayonlar boʻyicha bepul qisqa SMS-xabarlar yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchilar mehnat shartnomalarini, shuningdek ularga doir oʻzgartirish va qoʻshimchalarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida (keyingi oʻrinlarda — “YAMMT” IDAK) oʻz vaqtida roʻyxatga olishi shart etib belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimning xohishiga koʻra qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shuningdek, mehnat shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan hollarda ish haqi saqlanmaydigan taʼtil majburiy tartibda berilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ijtimoiy sugʻurtasi doirasida barcha ish beruvchilar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan xodimlarga beriladigan barcha turdagi taʼtillarni, shuningdek, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarni “YAMMT” IDAKda roʻyxatga olish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalangan shaxslarga, ularning xohishiga koʻra bir kalendar yil davomida 2 ish kunidan koʻp boʻlmagan ish haqi saqlanmaydigan qoʻshimcha taʼtil olish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda “YAMMT” IDAKda xodimlarga beriladigan barcha turdagi taʼtillarni va fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarni roʻyxatga olish imkoniyatini yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2027-yil 1-yanvarga qadar harbiy xizmatchilarning, ichki ishlar organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining boshliqlar va oddiy askarlar tarkibidan boʻlgan shaxslarning, sudyalarning va prokuratura organlarining martaba darajalariga (harbiy va maxsus unvonlarga) ega boʻlgan xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini, shuningdek ularga doir oʻzgartirish va qoʻshimchalarni “YAMMT” IDAKda kiritish imkoniyatlarini tahlil qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasining Kuzatuv kengashi tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasining Ijro etuvchi direksiyasi tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi doirasida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tugʻish nafaqalarini tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi yangi tizimining mazmun-mohiyati va ahamiyatini yoritish boʻyicha media-reja 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agentlik uch oy muddatda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali sugʻurtalangan shaxslar tomonidan sugʻurta stajlari, toʻlangan sugʻurta badallari hisobidan xabardor boʻlish, nafaqa tayinlash rad etilganligi yoki uning miqdori notoʻgʻri hisoblanganligi va boshqa masalalar yuzasidan murojaat qilish imkoniyatini yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2026-yil 1-yanvarga qadar Soliq qoʻmitasi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda Yagona tibbiy axborot tizimini takomillashtirish choralarini koʻrsin. Bunda quyidagilar nazarda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona tibbiy axborot tizimini Soliq qoʻmitasining tegishli axborot tizimlari va “YAMMT” IDAK bilan toʻliq integratsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirish vaqtida sugʻurtalangan shaxsning ish joyi Yagona tibbiy axborot tizimida avtomatik ravishda aniqlash imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga layoqatsizlik varaqasini oʻtkazib yuborilgan kunlar uchun rasmiylashtirishning texnik imkoniyatlarini toʻliq cheklash, qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiladorlik va tugʻish boʻyicha hamda yangi tugʻilgan bolani farzandlik olinishi yoki vasiy qilib belgilanishi boʻyicha mehnatga layoqatsizlik varaqalarini rasmiylashtirishda, mehnatga layoqatsizlik varaqalari “Yagona reyestr” ATga kelib tushganda, ularni rasmiylashtirish maqsadini aniqlash imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bir oy muddatda Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Kambagʻallikni qisqartirish bilan birgalikda, oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlari 7-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 17-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
796-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) faoliyatini boshqarish, shuningdek, uning mablagʻlarini shakllantirish va ushbu mablagʻlardan foydalanish yoʻnalishlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari hamda boshqa qonunchilik hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) direktorining buyruqlari hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamgʻarma davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining mustaqil balansiga, shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamgʻarmaning rasmiy nomi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartirilgan nomi — Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) rus tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq nomi — Gosudarstvenniy fond sotsialnogo straxovaniya Natsionalnogo agentstva sotsialnoy zashiti pri Prezidente Respubliki Uzbekistan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartirilgan nomi — Gosudarstvenniy fond sotsialnogo straxovaniya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ingliz tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq nomi — State Social Insurance Fund of the National Agency for Social Protection under the President of the Republic of Uzbekistan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartirilgan nomi — State Social Insurance Fund.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamgʻarma Davlat maqsadli jamgʻarmasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamgʻarmaning joylashgan joyi (pochta manzili) — Toshkent shahri, Amir Temur koʻchasi, 3-uy, pochta indeksi 100060.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamgʻarma oʻz faoliyatida Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasining Kuzatuv kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kuzatuv kengashi) va Agentlikka hisobdordir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiradi va uning hisobi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining gʻazna ijrosi orqali yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonuni bilan miqdori belgilanadigan ish beruvchilar tomonidan toʻlanadigan ijtimoiy soliqning bir qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta badali sifatida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonuni bilan miqdori (stavkasi) belgilanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining bir qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan ixtiyoriy tartibda qamrab olinadigan fuqarolar tomonidan amalga oshiriladigan sugʻurta badallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan har yili ajratiladigan transfertlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklariga joylashtirishdan foiz shaklida olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlari soliq solinadigan obyekt hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu Nizomning 9-bandi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va uchinchi xatboshilarida belgilangan manbalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan taqsimotga muvofiq Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi tomonidan avtomatik ravishda Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan mablagʻlar fuqarolar tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri Jamgʻarmaga toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) tomonidan boshqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya Jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etuvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kuzatuv kengashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlarini, Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining prognoz koʻrsatkichlarini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy tasdiqlangan parametrlar doirasida, zarurat boʻlganda, Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining prognoz parametrlariga oʻzgartirishlar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma faoliyati haqidagi hisobotlarni davriy ravishda eshitib boradi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni toʻlash boʻyicha moliyaviy agentni jalb qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma oldiga qoʻyilgan vazifalarni hal etish uchun manfaatdor vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlarni jalb qilish, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalarini jalb etishda Jamgʻarmaga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma Kuzatuv kengashi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kuzatuv kengashi majlislari zaruratga koʻra oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kuzatuv kengashi majlisini kengash raisi, u boʻlmagan taqdirda esa — kengash raisining oʻrinbosari boshqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kuzatuv kengashi majlisi unda Kuzatuv kengashi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuv kengashining qarori kengash aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi va Kuzatuv kengashi raisi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovozlar teng boʻlganda, Kuzatuv kengashi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kuzatuv kengashi qarorlari Kuzatuv kengashi majlisining bayonnomalari bilan rasmiylashtiriladi. Kengash majlisining bayonnomasi Kuzatuv kengashi raisi, u boʻlmagan taqdirda esa, kengash raisining oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Direksiya Kuzatuv kengashining ishchi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaga yuklangan vazifalarning bajarilishini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaga yuklangan vazifalarning ijrosini tashkil qilish, tegishli loyihalarni ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish va zarur tavsiyalar tayyorlanishini taʼminlash choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma faoliyati, shu jumladan mablagʻlarning belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha maqsadli yoʻnaltirilishi, davlat ijtimoiy sugʻurtasi sohasiga doir qarorlarning oʻz vaqtida qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma Ijrochi direktori va uning oʻrinbosarini lavozimga tayinlaydi hamda lavozimdan ozod etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Direksiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti asosiy parametrlari bilan bogʻliq holda, Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining har yilgi prognoz koʻrsatkichlarini shakllantiradi hamda koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun Kuzatuv kengashiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalarini kengaytirish va xarajatlar samaradorligini oshirishga doir takliflarni ishlab chiqadi va koʻrib chiqish uchun Kuzatuv kengashi hamda Agentlikka kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma oldiga qoʻyilgan vazifalarning oʻz vaqtida va samarali bajarilishi uchun zarur qoʻshimcha mablagʻlarni jalb etish boʻyicha amaliy choralar koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasining ijrosi yuzasidan hisobotni Kuzatuv kengashi hamda Agentlikka taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi yuzasidan belgilangan tartibda monitoring yuritilishini taʼminlaydi hamda monitoring natijasida aniqlangan holatlarni tahlil qiladi va tegishli qaror qabul qilish uchun Kuzatuv kengashi yoki Agentlikka taklif kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqadi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini, zarur hollarda ularga kiritiladigan tegishli oʻzgartirishlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Direksiya quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta hodisasi yuzaga kelganda, zaruratga qarab, sugʻurta hodisasi yuzaga kelganligini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta badallarini hisobga olish va toʻlash boʻyicha hujjatlarni (elektron maʼlumotlarni), shuningdek, davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish bilan bogʻliq hujjatlarni tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalangan shaxsni identifikatsiya qilish, sugʻurta stajini va sugʻurta badalining miqdorini aniqlash, sugʻurta hodisasi yuzaga kelganligini tasdiqlash uchun zarur boʻlgan sugʻurtalangan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bepul olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni toʻxtatib turish, qayta tiklash va tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz huquqlarini himoya qilish va yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar, shu jumladan sugʻurtalangan shaxs tomonidan taqdim etilgan ishonchsiz yoki soxta hujjatlar (maʼlumotlar) asosida davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar tayinlanganligi munosabati bilan qilingan xarajatlarning oʻrnini qoplash haqidagi daʼvolar bilan sudga murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nafaqalarni oʻz vaqtida hamda toʻliq yetkazib berilishi monitoringini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Quyidagilar Direksiyaning majburiyatlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar uchun sugʻurta badallarini jamgʻarib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarning oʻz vaqtida tayinlanishini va belgilangan miqdorlarda toʻlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta badallari va toʻlovlarining elektron hisobini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta badallarini toʻlagan shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasini axborot dasturlari yordamida avtomatlashtirilgan tartibda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta qildiruvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va hisobdan chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta qildiruvchilar va sugʻurtalangan shaxslarning, Jamgʻarma tushumlari va xarajatlarining yagona hisobini yuritish, shuningdek, sugʻurtalangan shaxslarning personallashtirilgan hisobi uchun taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini boshqa davlat organlari bilan elektron axborot almashinuvi orqali tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta qildiruvchilar va sugʻurtalangan shaxslar uchun davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish, shu jumladan sugʻurta badallarining va davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha amalga oshirilgan toʻlovlarning hisobi yuzasidan shaxsga doir maʼlumotlarni, mazkur toʻlovlar boʻyicha murojaat qilish va ularni tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ijrochi direktor Direksiyaning rahbari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijrochi direktor:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma joriy faoliyatini operativ boshqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq Jamgʻarma faoliyatini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma nomidan vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtiradi, moliyaviy, xoʻjalik hamda boshqa shartnomalarni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajarilgan ishlar hamda kelgusi chorak uchun ish rejalari toʻgʻrisida har chorakda Kuzatuv kengashi yoki Agentlikka hisob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma xodimlarini ishga qabul qilish, ragʻbatlantirish, ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash hamda ularni ishdan boʻshatish haqida buyruqlar chiqaradi. Bunda Ijrochi direktor oʻrinbosari va Jamgʻarmaning mustaqil boʻlinmalari rahbarlari Agentlik bilan kelishilgan holda ishga qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa buyruqlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma nomidan sudlarga ariza (daʼvo, shikoyat) bilan murojaat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki mehnat tartibi qoidalari, tarkibiy boʻlinmalar nizomlari, lavozim yoʻriqnomalarini va boshqa ichki hujjatlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Xorijiy valyutadagi mablagʻlar Jamgʻarmaning chet el valyutasidagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning chet el valyutasidagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga tushgan xorijiy valyutadagi mablagʻlar, zaruratga koʻra qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sotilib, Jamgʻarmaning asosiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va ushbu Nizomga muvofiq foydalaniladi (bundan mazkur Nizomda koʻzda tutilgan holatlar va alohida xarajatlar mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning chet el valyutasidagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridagi mablagʻlar import shartnomalari, xorijiy maslahatchilarni jalb etish va chet elda oʻtkaziladigan tadbirlarni tashkil qilish bilan bogʻliq hamda boshqa zarur xarajatlar uchun ishlatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Direksiya xodimlari shtat birliklari Agentlikning markaziy apparati va uning tizimidagi tashkilotlarning boshqaruv shtat birliklari doirasida ajratiladi, shuningdek, Direksiya xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari Agentlik markaziy apparatining xodimlari uchun belgilangan razryadlardan bir pogʻona past miqdorda qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirishning boshqa shartlari boʻyicha Agentlik markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan shartlar tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ushbu Nizomning 19-bandi talablarini inobatga olgan holda Direksiya xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlari boʻyicha quyidagilarga tenglashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijrochi direktor Agentlikning boshqarma boshligʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijrochi direktorning oʻrinbosari Agentlikning boshqarma boshligʻi oʻrinbosariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiyaning boʻlim boshligʻi Agentlikning boʻlim boshligʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiyaning mutaxassislari Agentlikning tegishli mutaxassislariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiyaning texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari Agentlikning texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Jamgʻarma xodimlarini qoʻshimcha ragʻbatlantirish va mukofotlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun Agentlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasi va Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mablagʻ ajratilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Direksiyani saqlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari, Agentlik tomonidan ajratiladigan mablagʻlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Xizmat vazifalarini bajarishda foydalanish uchun Jamgʻarmaga 1 ta avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Jamgʻarma tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning shaffofligini taʼminlash maqsadida Jamgʻarma xarajatlari hamda bajarilgan ishlar haqidagi hisobotlar har chorakda Agentlikning rasmiy veb-saytida joylashtirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha homiladorlik va tugʻish nafaqasini toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha ishdan boʻshatish nafaqasini toʻlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Jamgʻarmaning yil yakuni boʻyicha mablagʻlari qoldigʻi olib qoʻyilmaydi va keyingi moliya yili uchun daromadlar va xarajatlar smetasini tuzishda inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Jamgʻarmaning tushumi va mablagʻlaridan foydalanishni nazorat qilish hamda javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Direksiya Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yuzasidan nazorat Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Jamgʻarma qonunchilikda belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasining Kuzatuv kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

M. Olloyorov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya boʻyicha maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori, Kuzatuv kengashi raisi

2.

B. Zaxidov

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri, Kuzatuv kengashi raisi oʻrinbosari

3.

A. Xudayarov

sogʻliqni saqlash vaziri

4.

O. Fozilkarimov

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

5.

M. Allakuliyev

adliya vaziri oʻrinbosari

6.

J. Abruyev

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori oʻrinbosari

7.

N. Muslitdinov

Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi Ijro etuvchi direksiyasi direktori, Kengash kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Kuzatuv kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuv kengashi raisi Kuzatuv kengashi tarkibiga boshqa vazirliklar va idoralarning ekspertlari, mutaxassislarini jalb etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi Ijro etuvchi direksiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ijrochi direktor

Ijrochi direktor oʻrinbosari

Jamgʻarma daromad va xarajatlarini rejalashtirish va hisobini yuritish boʻlimi

3

Strategik rejalashtirish, prognozlashtirish va metodologiya boʻlimi

3

Bosh auditor

1

Toʻlovlarni amalga oshirish va monitoring qilish boʻlimi

6

Bosh hisobchi

1

Bosh yuriskonsult

1

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi jamgʻarma mablagʻlari tushumini shakllantirish va monitoring qilish boʻyicha bosh mutaxassislar

(hududiy vakil)

14

Loyiha menejeri

1

Devonxona va murojaatlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis

1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ijro etuvchi direksiyaning boshqaruv xodimlarning umumiy cheklangan soni — 33 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori tomonidan Ijro etuvchi direksiya tuzilmasiga boshqaruv xodimlarning umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamgʻarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi markaziy apparatidagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar soni belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi doirasida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tugʻish nafaqalarini tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi Qonuni (keyingi oʻrinlarda — Qonun)ga muvofiq davlat ijtimoiy sugʻurtasi doirasida sugʻurta badallari va stajlari hisobini yuritish, sugʻurtalangan shaxslarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tugʻish nafaqalarini tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) — sugʻurta badallarini jamgʻarish, sugʻurtalangan shaxslarga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) davlat maqsadli jamgʻarmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar — sugʻurta hodisasi yuzaga kelganda sugʻurtalangan shaxsga Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan nafaqalar tarzidagi davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijtimoiy sugʻurta” axborot moduli — idoralararo elektron hamkorlik asosida sugʻurtalangan shaxslarga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash, toʻlash, maʼlumotlarni saqlash va ularga ishlov berishni nazarda tutuvchi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimining alohida moduli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga layoqatsizlik varaqasi — sugʻurtalangan shaxsni ishdan ozod qilish, shuningdek, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik yoki homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqalarni sugʻurtalangan shaxsga tayinlash uchun asos boʻladigan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy agent — davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni sugʻurtalangan shaxslarga toʻlab berishga masʼul boʻlgan tijorat banki;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta badali — sugʻurtalangan shaxs uchun Jamgʻarmaga oʻtkaziladigan ajratma yoki toʻlov;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalangan shaxs — sugʻurta hodisalaridan davlat ijtimoiy sugʻurtasi orqali himoyalangan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta hodisasi — sugʻurtalangan shaxsga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish majburiyatining yuzaga kelishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta qildiruvchi — sugʻurta hodisalari yuzaga kelganda sugʻurtalangan shaxsning himoya qilinishini taʼminlash maqsadida ijtimoiy soliq va (yoki) sugʻurta badallari toʻlaydigan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta staji — sugʻurtalangan shaxs uchun sugʻurta badallarini toʻlovi amalga oshirilgan davr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov roʻyxat (vedomost)lari — davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar toʻlanishi belgilangan sugʻurtalangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, pasport maʼlumotlari, bank kartasi (ijtimoiy karta) orqali toʻlanganda tegishli tijorat banki hamda bank kartasi (ijtimoiy karta) rekvizitlari va toʻlanishi lozim boʻlgan nafaqa summasiga doir maʼlumotlar aks ettirilgan va moliyaviy agentga elektron koʻrinishda taqdim etiladigan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiladorlik va tugʻish nafaqasi — sugʻurtalangan shaxsga tugʻruqqacha yetmish kalendar kun hamda tugʻruqdan keyin ellik olti kalendar kun (tugʻish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tugʻilgan taqdirda, yetmish kalendar kun) davomida taʼtil davrida mehnat majburiyatlarini bajara olmaganligi uchun toʻlanadigan kafolatli toʻlov.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha munosabatlar davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan majburiy asosda qamrab olinadigan fuqarolarga daromad hisoblangan paytdan, davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan ixtiyoriy asosda qamrab olinadigan fuqarolarga sugʻurta badallari toʻlangan paytdan boshlab yuzaga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Nizomga muvofiq sugʻurta hodisalari yuzaga kelgan taqdirda sugʻurtalangan shaxslarga quyidagi davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar toʻlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-yanvardan boshlab yuzaga kelgan sugʻurta hodisasiga nisbatan homiladorlik va tugʻish nafaqasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-iyuldan boshlab yuzaga kelgan sugʻurta hodisasiga nisbatan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandga muvofiq sugʻurta hodisasi yuzaga kelgan sana sifatida mehnatga layoqatsizlik varaqasida koʻrsatilgan sugʻurtalangan shaxsning ishdan ozod etiladigan davr boshlanadigan kun (tugʻish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tugʻilganda homiladorlik va tugʻish taʼtili uzaytirish holatlari bundan mustasno) inobatga olinadi.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2026-y., 09/26/440/0837-son. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar 2026-yil 13-maydan eʼtiboran yuzaga kelgan sugʻurta hodisalariga nisbatan ham tatbiq etiladi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sugʻurta hodisasi yuzaga kelganda sugʻurtalangan shaxslarga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash va toʻlash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash shartlari va tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sugʻurtalangan shaxslarga sugʻurta hodisasi yuzaga kelganda, davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar quyidagi shartlarga asosan tayinlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni olish huquqi quyidagi davrlardan birida yuzaga kelganda, bundan ushbu bandning sakkizinchi xatboshisi mustasno:
(7-band “a” kichik bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalangan shaxslar ish beruvchi bilan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarda boʻlgan davrda, sinov muddati va ishdan boʻshatilgan kunni ham qoʻshgan holda, bundan ushbu Nizomning 23-bandida belgilangan holatlar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik yoki jismoniy shaxslar bilan tuzilgan fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomalar asosida xizmat koʻrsatayotgan (ishlarni bajarayotgan) davrda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa rasmiy faoliyat bilan band boʻlgan davrda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) homiladorlik va tugʻish nafaqasini olish uchun kamida oʻn oy, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini olish uchun kamida olti oy sugʻurta staji mavjud boʻlsa.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) homiladorlik va tugʻish nafaqasini olish uchun sugʻurta hodisasi yuzaga kelgan oydan oldingi oxirgi olti oy davomida uzluksiz sugʻurta staji mavjud boʻlsa. Bunda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar saqlangan holda mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq sugʻurtalangan shaxsga mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar toʻlanmagan oylar hamda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri mazkur kichik bandning birinchi xatboshisida belgilangan olti oylik sugʻurta stajining uzilishiga sabab boʻlmaydi.
(7-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2026-y., 09/26/440/0837-son. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar 2026-yil 13-maydan eʼtiboran yuzaga kelgan sugʻurta hodisalariga nisbatan ham tatbiq etiladi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunga muvofiq sugʻurta badali eri (xotini) tomonidan toʻlangan ishlamaydigan fuqarolar va yuridik shaxslarning muassislari (ishtirokchilari) sifatida daromadlar oladigan fuqarolar uchun davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar 2026-yil 1-yanvardan boshlab hisoblanadigan ushbu bandning “b” va “v” kichik bandlarida koʻrsatilgan sugʻurta staji asosida tayinlanadi. Bunda ushbu fuqarolar er-xotin yoki yuridik shaxslarning muassislari (ishtirokchilari) boʻlmagan davrlarda sugʻurta badallari toʻlanganda, ushbu davrlar sugʻurta staji sifatida hisobga olinmaydi.
(7-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Nizom 4-bandida nazarda tutilgan davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar “Ijtimoiy sugʻurta” axborot modulida sugʻurtalangan shaxslarning murojaati talab etilmagan holda (proaktiv shaklda) “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlarga asosan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi hududiy ambulator-poliklinika yoki tugʻuruqxona muassasasi, shuningdek, mehnatga layoqatsizlik varaqasi berishga vakolatli boshqa tibbiy muassasalar tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligining Yagona tibbiy axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — “Yagona tibbiy” AT) elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Yagona tibbiy” AT tomonidan mehnatga layoqatsizlik varaqasi avtomatik ravishda “Ijtimoiy sugʻurta” axborot moduliga yuboriladi hamda ushbu axborot modulida u ochilgandan boshlab yopilguniga qadar boʻlgan jarayonlar aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijtimoiy sugʻurta” axborot modulida mehnatga layoqatsizlik varaqasi yopilgandan soʻng ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan tegishli davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlov tayinlab boriladi, bundan ushbu Nizomning 34-bandi beshinchi xatboshisi mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi quyidagi holatlar boʻyicha sugʻurta hodisasi yuzaga kelganda toʻlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu Nizomning 7-bandi “a” va “b” kichik bandlari talablariga muvofiq keladigan sugʻurtalangan shaxslarda quyidagi holatlar yuzaga kelganligi natijasida mehnat majburiyatlarini bajara olmaganligi uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha mehnat layoqatini yoʻqotish bilan bogʻliq kasallik vaqtida (shikastlanishda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanatoriy va sogʻlomlashtirish muassasalarida davolanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasallangan oila aʼzosini parvarishlash zarur boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantinda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sil kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga oʻtkazilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat layoqatini tiklash yoki yasama aʼzo (protez) qoʻydirish uchun reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushbu Nizomning 7-bandi sakkizinchi xatboshisi talablariga muvofiq keladigan sugʻurtalangan shaxslar uchun:
(11-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanatoriy va sogʻlomlashtirish muassasalarida davolanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yasama aʼzo (protez) qoʻydirish uchun reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Ijtimoiy sugʻurta” axborot modulida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalangan shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan majburiy asosda sugʻurtalangan davridagi mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari va sugʻurta badallari toʻlovi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — Soliq qoʻmitasining axborot tizimlari orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiyoriy davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan sugʻurtalangan shaxslarning toʻlangan sugʻurta badallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — “Ijtimoiy sugʻurta” axborot modulining sugʻurta badallari reyestri orqali hamda ularning faoliyati turi (oʻz oʻzini band qilish, yakka tartibdagi tadbirkor va boshqalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — Soliq qoʻmitasining axborot tizimlari orqali;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalangan shaxslarning mehnat staji, bandligi va taʼtillari, shuningdek, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (keyingi oʻrinlarda — “YAMMT” IDAK) orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalangan shaxsning jamgʻarib boriladigan pensiya tizimiga toʻlangan majburiy badallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — AT “Xalq banki”ning tegishli axborot tizimi orqali avtomatik ravishda tekshiriladi.
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi-beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Ijtimoiy sugʻurta” axborot moduli orqali sugʻurtalangan shaxslarning ushbu Nizomning 7-bandida belgilangan shartlarga muvofiqligi aniqlangan taqdirda, avtomatik ravishda tegishli davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlov tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalangan shaxslarga tayinlangan davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarning miqdorini hisoblash ushbu Nizomning 3-bobida belgilangan tartibda tegishli toʻlovni tayinlash bilan bir vaqtda “Ijtimoiy sugʻurta” axborot modulida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Quyidagi hollarda “Ijtimoiy sugʻurta” axborot modulida sugʻurtalangan shaxslarga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash avtomatik ravishda rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalangan shaxsning ushbu Nizomning 7-bandida belgilangan shartlarga muvofiq kelmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga layoqatsizlik varaqasi yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga, ushbu maqsadlarda rasmiylashtirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 20-bandiga asosan mehnatga layoqatsizlik davrining nafaqa toʻlanadigan umumiy davomiyligidan oshganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “Ijtimoiy sugʻurta” axborot moduli orqali sugʻurtalangan shaxsga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar tayinlanganligi, uning miqdori, toʻlov shakli va muddati boʻyicha yoki tegishli toʻlovni tayinlash rad etilganligi va uning sabablari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar uning “Yagona tibbiy” ATda qayd etilgan mobil telefon raqamiga SMS-xabarnoma shaklida yoki Yagona davlat interaktiv xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetiga hamda uning ish beruvchisining (agar mavjud boʻlsa) Soliq qoʻmitasining axborot tizimidagi va “YAMMT” IDAKdagi shaxsiy kabinetlariga avtomatik tarzda xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni hisoblashning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni hisoblash shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sugʻurtalangan shaxslarga sugʻurta hodisasi yuzaga kelganda, ularga tayinlanadigan davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar miqdori quyidagi tartibda hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa miqdori=OʻOIH÷25,3 x SK x KS , bunda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻOIH — hisoblangan oʻrtacha oylik ish haqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25,3 — ish kunlarining oʻrtacha oylik soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SK — sugʻurta stajiga mutanosib ravishda oʻrtacha oylik ish haqiga nisbatan qoʻllaniladigan staj koeffitsiyenti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KS — mehnatga layoqatsizlik varaqasida koʻrsatilgan davr ichidagi Jamgʻarma hisobidan qoplab beriladigan kunlar soni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mehnatga layoqatsizlik varaqasida koʻrsatilgan davr ichida yakshanba kuni hamda Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq ishlanmaydigan bayram kunlari mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu kunlar davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar miqdorini hisoblashda inobatga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi miqdorini hisoblashda sugʻurtalangan shaxsning sugʻurta stajiga mutanosib ravishda oʻrtacha oylik ish haqiga quyidagi staj koeffitsiyenti qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olti oydan toʻqson olti oygacha (toʻqson oltinchi oy ham kiradi) sugʻurta stajiga ega boʻlganda — 60 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqson yetti va undan ortiq oy sugʻurta stajiga ega boʻlganda — 80 foiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi miqdori:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I va II guruh nogironligi boʻlgan sugʻurtalangan shaxslarga, shuningdek, qaramogʻida 18 yoshga toʻlmagan toʻrt yoki undan ortiq farzandi boʻlgan yoxud qaramogʻida nogironligi boʻlgan 18 yoshga toʻlmagan farzandi boʻlgan sugʻurtalangan shaxslarga staj koeffitsiyenti 20 foiz bandga oshirilgan holda hisoblanadi. Bunda sugʻurtalangan shaxs ushbu bandda nazarda tutilgan bir nechta toifaga toʻgʻri kelsa, unga nisbatan faqat bitta toifa boʻyicha imtiyoz qoʻllaniladi;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2026-y., 09/26/440/0837-son. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar 2026-yil 13-maydan eʼtiboran yuzaga kelgan sugʻurta hodisalariga nisbatan ham tatbiq etiladi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kalendar yil davomida rasmiylashtirilgan mehnatga layoqatsizlik varaqalaridagi (bundan homiladorlik va tugʻishga oid davr mustasno) 77 kalendar kundan oshgan davr uchun vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi miqdori tegishli staj koeffitsiyentini 10 foiz bandga kamaytirilgan holda hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi boʻyicha toʻlovlar mehnatga layoqatsizlik varaqasida koʻrsatilgan barcha davr uchun, biroq bir kalendar yil davomida 182 kalendar kundan oshmagan qismi uchun amalga oshiriladi, bundan ushbu Nizomning 21-bandida belgilangan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasining tegishli kalendar yildagi mehnatga layoqatsizlik davrining beshinchi kunigacha boʻlgan qismi davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan sugʻurtalangan shaxsning ish beruvchisi tomonidan (agar ish beruvchisi mavjud boʻlmasa sugʻurtalangan shaxsning oʻz hisobidan), oltinchi kundan boshlab esa Jamgʻarma tomonidan toʻlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi sugʻurtalangan shaxs (ota-ona, ularning oʻrnini bosuvchi shaxs, vasiy yoki homiy)ga kasallangan bolasini parvarishlash uchun ochilgan hollarda ushbu Nizomning 20-bandining birinchi xatboshisida belgilangan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi toʻlanadigan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri quyidagicha uzaytiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14 yoshgacha boʻlgan farzandi uchun — qoʻshimcha 20 kalendar kun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16 yoshgacha nogironligi boʻlgan farzandi uchun — qoʻshimcha 40 kalendar kun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasining ish beruvchi tomonidan toʻlanadigan qismi oʻrindoshlik asosidagi (shu jumladan, ichki oʻrindoshlik asosidagi) ish joyi boʻyicha ham toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik quyidagi davrlarga toʻgʻri kelganda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi toʻlanmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish haqi saqlanmagan taʼtil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish haqi qisman saqlanadigan taʼtil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolani parvarishlash boʻyicha taʼtil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy oʻquv yoki tekshiruv yigʻini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʻquv yurtlarida tahsil olish munosabati bilan berilgan oʻquv taʼtili vaqtida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu davrlardan boshlanib davom etayotgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri boʻyicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi sugʻurtalangan shaxs ishga chiqishi (lavozimga tiklanishi) lozim boʻlgan kundan boshlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa miqdorini hisoblashda sugʻurtalangan shaxsning sugʻurta stajiga mutanosib ravishda oʻrtacha oylik ish haqiga quyidagi staj koeffitsiyenti qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn oydan yigirma toʻrt oygacha (yigirma toʻrtinchi oy ham kiradi) sugʻurta stajiga ega boʻlganda — 75 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigirma besh oydan oltmish oygacha (oltmishinchi oy ham kiradi) sugʻurta stajiga ega boʻlganda — 85 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltmish bir va undan ortiq oy sugʻurta stajiga ega boʻlganda — 100 foiz.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa mehnatga layoqatsizlik varaqasida koʻrsatilgan barcha davr uchun, biroq ushbu Nizomning 17-bandi talablarini inobatga olgan holda hisoblanadi va toʻlanadi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan ixtiyoriy asosda sugʻurtalangan shaxslarga homiladorlik va tugʻish nafaqasi mazkur nafaqa tayinlanadigan sanada qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalda boʻlgan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (keyingi oʻrinlarda — MHTEKM)ning besh baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda tayinlanadi va toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiladorlik va tugʻish boʻyicha mehnatga layoqatsizlik varaqasida koʻrsatilgan davr tugaguncha ona va (yoki) bola vafot etgan holda toʻlangan homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa qaytarib olinmaydi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Sugʻurtalangan shaxslarning oʻrtacha oylik ish haqi miqdorini va sugʻurta stajini hisoblash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Sugʻurta hodisasi yuzaga kelgan taqdirda sugʻurtalangan shaxslarga tayinlanadigan tegishli davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlov miqdori sugʻurtalangan shaxslarning oʻrtacha oylik ish haqidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sugʻurtalangan shaxsning oʻrtacha oylik ish haqi miqdori quyidagi tartibda aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalangan shaxsga nafaqa tayinlanadigan oydan oldingi sugʻurta staji sifatida inobatga olinadigan oʻn ikki oylik davrdagi ish haqi miqdorini oʻn ikkiga boʻlish orqali;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalangan shaxsning sugʻurta staji oʻn ikki oydan kam boʻlsa, nafaqa tayinlanadigan oydan oldingi sugʻurta staji sifatida inobatga olinadigan oylardagi ish haqi miqdorini mavjud sugʻurta staji oylari soniga boʻlish orqali.
(26-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2026-y., 09/26/440/0837-son. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar 2026-yil 13-maydan eʼtiboran yuzaga kelgan sugʻurta hodisalariga nisbatan ham tatbiq etiladi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan majburiy asosda sugʻurtalangan shaxsning oʻrtacha oylik ish haqining nafaqa tayinlanadigan sanada qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalda boʻlgan MHTEKMning oʻn baravari miqdoridan ortiq boʻlmagan qismi inobatga olinadi.
(26-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda sugʻurtalangan shaxs uchun mazkur bandda belgilanganidan boshqa qoʻshimcha toʻlovlar nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Sugʻurtalangan shaxslarning oʻrtacha oylik ish haqi miqdorini aniqlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan majburiy asosda sugʻurtalangan shaxslar uchun soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq soliqqa tortiladigan va sugʻurta badali sifatida ajratmalar ajratiladigan mehnatga haq toʻlash tarzidagi barcha daromadlarini inobatga olgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan ixtiyoriy asosda sugʻurtalangan shaxslar uchun ixtiyoriy tarzda har oyda toʻlangan sugʻurta badallarini oylik ish haqiga aylantirgan holda hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu kichik bandga muvofiq bir oylik ish haqi miqdori 2026-yil 1-yanvardan boshlab har oy toʻlangan sugʻurta badali summasini, uni toʻlash davrida amalda boʻlgan sugʻurta badali stavkasiga boʻlish hamda olingan natijani 100 foizga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol: sugʻurtalangan shaxs oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida ixtiyoriy ravishda 2026-yil yanvar uchun Jamgʻarmaga bir yuz ellik ming soʻm miqdorda sugʻurta badali toʻladi. Ushbu fuqaroga nafaqa hisoblashda uning 2026-yil yanvar uchun 3 000 000 soʻm miqdorda ish haqi aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir oylik ish haqi miqdori quyidagi tartibda aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlangan sugʻurta badali (bir yuz ellik ming) ÷ sugʻurta badali stavkasi (2026-yil uchun sugʻurta badali stavkasi — 5 foiz) × 100%= 3 000 000 soʻm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlangan bir oylik ish haqi miqdori nafaqa hisoblanayotgan sugʻurtalangan shaxsga oʻrtacha bir oylik ish haqi sifatida inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Sugʻurtalangan shaxs homiladorlik va tugʻish taʼtili yoki bola parvarishi taʼtilidan qaytganidan soʻng yoxud bola parvarishi taʼtilida boʻlgan davrda, homiladorlik va tugʻish boʻyicha takroriy nafaqa tayinlash zaruriyati vujudga kelganda, unga nisbatan mazkur Nizom 7-bandining “v” kichik bandida nazarda tutilgan olti oy davomidagi uzluksiz sugʻurta staji mavjud boʻlishi boʻyicha talab tatbiq etilmaydi hamda uning oʻrtacha ish haqi miqdorini aniqlash uchun takroriy nafaqa tayinlanadigan oygacha boʻlgan oylik ish haqi hisoblangan oxirgi oʻn ikki oy inobatga olinadi.
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2026-y., 09/26/440/0837-son. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar 2026-yil 13-maydan eʼtiboran yuzaga kelgan sugʻurta hodisalariga nisbatan ham tatbiq etiladi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalangan shaxsga takroriy nafaqa tayinlash uchun uning oʻrtacha ish haqi miqdori ushbu bandning birinchi xatboshisiga muvofiq inobatga olinadigan oʻn ikki oylik jami ish haqi miqdorini oʻn ikkiga boʻlish yoʻli bilan hisoblanadi. Bunda sugʻurtalangan shaxs homiladorlik va tugʻish yoki bola parvarishlash taʼtili davrida yoki undan qaytgandan soʻng:
(28-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish haqi hisoblangan yoki ixtiyoriy sugʻurta badali toʻlangan oylar soni 3 oydan kam boʻlsa, ushbu bandga muvofiq aniqlangan oʻrtacha ish haqi miqdoriga nisbatan 0,5 koeffitsiyent;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish haqi hisoblangan yoki ixtiyoriy sugʻurta badali toʻlangan oylar soni 3 oydan 6 oygacha boʻlsa, ushbu bandga muvofiq aniqlangan oʻrtacha ish haqi miqdoriga nisbatan 0,75 koeffitsiyent qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takroriy nafaqa tayinlashda sugʻurtalangan shaxsga nafaqa tayinlash uchun hisobga olinadigan oʻrtacha oylik ish haqi miqdori minimal isteʼmol xarajatlari miqdoridan kam boʻlganda, mazkur shaxsning oʻrtacha oylik ish haqi miqdori minimal isteʼmol xarajatlari miqdoriga tenglashtiriladi.
(28-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
281. Tugʻish qiyin kechgan yoki ikki yoxud undan ortiq bola tugʻilganda homiladorlik va tugʻish taʼtilini uzaytirish uchun rasmiylashtirilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida nafaqani hisoblash uchun sugʻurtalangan shaxsga oxirgi homiladorlik va tugʻish boʻyicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida nafaqani hisoblashda aniqlangan koʻrsatkichlar va sugʻurta hodisasi yuzaga kelgan sana qoʻllaniladi.
(281-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2026-y., 09/26/440/0837-son. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar 2026-yil 13-maydan eʼtiboran yuzaga kelgan sugʻurta hodisalariga nisbatan ham tatbiq etiladi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Quyidagilar sugʻurtalangan shaxslarga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlashda sugʻurta staji sifatida hisobga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 1-yanvardan 2016-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — jamgʻarib boriladigan pensiya tizimiga majburiy badallar toʻlangan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 1-yanvardan 2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlangan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-yanvardan — ish beruvchilar tomonidan soliq organlariga topshirilgan hisobotlarda ish haqi miqdori koʻrsatilgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-yanvardan — davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan ixtiyoriy asosda sugʻurtalangan shaxslar uchun Jamgʻarmaga sugʻurta badallari toʻlangan taqdirda.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Sugʻurtalangan shaxslarning sugʻurta stajiga quyidagi oylar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 29-bandida koʻrsatilgan toʻlovlar hisoblangan oy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish haqi saqlangan holda taʼtildagi oy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish haqi qisman saqlanadigan taʼtildagi oy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijodiy taʼtildagi oy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy oʻquv yoki tekshiruv yigʻinida qatnashgan oy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʻquv yurtlarida tahsil olish munosabati bilan berilgan oʻquv taʼtilidagi oy.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning ikkinchi — oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan holatlardan ikkitasi bitta kalendar oyda vujudga kelganida sugʻurta stajiga faqat bir oy kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikka muvofiq mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun yiliga bir marotaba ijtimoiy soliq toʻlovchi shaxslarning ushbu toʻlovni toʻlagan davri uchun hisoblanadigan mehnat staji sugʻurta staji sifatida hisobga olinmaydi, yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan jismoniy shaxslar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Sugʻurtalangan shaxslarga hisoblangan oylik ish haqi miqdori nafaqa tayinlash va uning miqdorini hisoblash davrida amalda boʻlgan MHTEKMning bir baravari va undan koʻp boʻlgan taqdirda, bir oy sugʻurta staji, bir baravarigacha boʻlgan taqdirda esa yarim oy sugʻurta staji hisoblanadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2026-y., 09/26/440/0837-son. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar 2026-yil 13-maydan eʼtiboran yuzaga kelgan sugʻurta hodisalariga nisbatan ham tatbiq etiladi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Ayrim toifadagi sugʻurtalangan shaxslarning oʻrtacha ish haqi miqdorini va sugʻurta stajini hisoblash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Jamgʻarmaning Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatdagi tashkilotlarning xodimi hisoblangan sugʻurtalangan shaxslarning oʻrtacha oylik ish haqi miqdori va sugʻurta stajini hisoblash mazkur bobda belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
(32-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan tashkilotlarning buxgalteriya hisobi yoki inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmalari tomonidan tashkilotning davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan sugʻurtalangan xodimlariga (sugʻurtalangan shaxslarga) nisbatan sugʻurta hodisasi yuzaga kelganda nafaqa olish huquqi paydo boʻlgan kundan boshlab oʻn kun ichida ularning oxirgi oʻn ikki oy davomida hisoblangan oʻrtacha oylik ish haqi va mehnat staji toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Ijtimoiy sugʻurta” axborot moduliga kiritish orqali Jamgʻarmaga taqdim etadi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xodimning (sugʻurtalangan shaxslarning) oʻrtacha oylik ish haqi miqdori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MHTEKMning oʻn baravarigacha boʻlgan taqdirda “Ijtimoiy sugʻurta” axborot moduliga ushbu miqdor kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MHTEKMning oʻn baravaridan oshgan taqdirda, “Ijtimoiy sugʻurta” axborot moduliga MHTEKMning oʻn baravari miqdoridagi qismi kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan sugʻurtalangan shaxsning sugʻurta staji oʻn ikki oydan kam boʻlsa, sugʻurta staji sifatida inobatga olinadigan oylardagi ish haqi miqdorini mavjud sugʻurta staji oylari soniga boʻlish orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Fuqarolarning harbiy xizmatchi sifatidagi, ichki ishlar organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining boshliqlar va oddiy askarlar tarkibidagi va prokuratura organlaridagi martaba darajalariga (harbiy unvonlarga) ega boʻlgan xodim sifatidagi avvalgi faoliyati, mazkur davrdagi ish staji va ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur fuqarolar tomonidan Jamgʻarmaga taqdim etilganda, ularga sugʻurtalangan shaxs sifatida nafaqalar tayinlashda inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ushbu Nizomga muvofiq sugʻurtalangan shaxslarga tayinlangan davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni toʻlash moliyaviy agent tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijtimoiy sugʻurta” axborot modulida tayinlangan davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar toʻgʻrisidagi toʻlov roʻyxat (vedomost)lari moliyaviy agentga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi hamda Jamgʻarmaning gʻazna hisobvaragʻidan zarur mablagʻlar moliyaviy agentga oʻtkazib beriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyning 1 — 15-sanalari oraligʻida tayinlangan davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar toʻgʻrisida mazkur oyning 25-sanasiga qadar;
(34-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyning 16-sanasidan ushbu oyning yakuniy sanasi oraligʻida tayinlangan davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar toʻgʻrisida keyingi oyning 10-sanasiga qadar.
(34-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochilib, oʻn kun va undan ortiq davr ichida yopilmagan boʻlsa, u boʻyicha ham ushbu bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan muddatlarda davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar tegishli kunlar uchun hisoblanib toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda koʻrsatilgan muddatning oxirgi kuni bayram yoki dam olish kunlariga toʻgʻri kelganda, toʻlov roʻyxat (vedomost)lari va zarur mablagʻlar keyingi ikki ish kuni mobaynida moliyaviy agentga taqdim etilishi va moliyalashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni toʻlash uchun moliyaviy agent tomonidan Jamgʻarmadan kelib tushadigan mablagʻlarni hisobga olish va toʻlovlarni amalga oshirish boʻyicha alohida maxsus bank hisobvaraqlari ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. “Ijtimoiy sugʻurta” axborot moduli orqali toʻlov roʻyxat (vedomost)lari shakllantiriladi. Bunda davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi navbatda sugʻurtalangan shaxsning ijtimoiy kartasi mavjud boʻlganda, “Ijtimoiy karta” axborot tizimi orqali uning ijtimoiy kartasiga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalangan shaxsning ijtimoiy yoki bank kartasi mavjud boʻlmaganda, “Ijtimoiy karta” axborot tizimida sugʻurtalangan shaxsga virtual ijtimoiy karta ochilib, toʻlovlar toʻlanadi.
(36-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Moliyaviy agent tomonidan davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar ushbu Nizomning 34-bandiga muvofiq toʻlov roʻyxat (vedomost)larini taqdim etish uchun belgilangan soʻnggi kundan keyingi besh ish kuni ichida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Moliyaviy agent har oyning oxirgi ish kuniga qadar ushbu oy uchun har bir nafaqa oluvchi sugʻurtalangan shaxs boʻyicha amalga oshirilgan toʻlovlar, nafaqa toʻlangan sana va toʻlanmagan mablagʻlar haqidagi maʼlumotlarni doimiy ravishda “Ijtimoiy sugʻurta” axborot moduli orqali Jamgʻarmaga taqdim etadi va maʼlumotlar toʻgʻriligiga javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash va toʻlash bilan bogʻliq jarayonlarni monitoring qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Jamgʻarma tomonidan sugʻurtalangan shaxslarga homiladorlik va tugʻish nafaqasi tayinlangandan keyin toʻqson kun ichida “FHDY yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali avtomatik ravishda bola tugʻilganligi, shu jumladan, oʻlik tugʻilganligi yoki tugʻruq muassasasidan chiqqunga qadar nobud boʻlganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Ijtimoiy sugʻurta” axborot moduli orqali tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. “Ijtimoiy sugʻurta” axborot modulida tekshirish natijasida bola tugʻilganligi, shu jumladan oʻlik tugʻilganligi yoki tugʻruq muassasasidan chiqqunga qadar nobud boʻlganligi qayd etilmagan holatlar boʻyicha nafaqa oluvchi sugʻurtalangan shaxslarning roʻyxati hududlar kesimida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijtimoiy sugʻurta” axborot moduli orqali quyidagi maʼlumotlar “Yagona tibbiy” ATga toʻgʻri kiritilganligini tekshirish uchun Sogʻliqni saqlash vazirligiga yuboriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shakllantirilgan roʻyxat boʻyicha nafaqa oluvchi sugʻurtalangan shaxslarning homiladorlik va tugʻish boʻyicha maʼlumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga layoqatsizlik varaqasida koʻrsatilgan davrlarda bola tugʻilganligi, shu jumladan oʻlik tugʻilganligi yoki tugʻruq muassasasidan chiqqunga qadar nobud boʻlganligi holatlariga mutanosib kiritilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Nafaqa oluvchi sugʻurtalangan shaxslar boʻyicha shakllantirilgan roʻyxat Jamgʻarmaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Jamgʻarma mablagʻlari tushumini shakllantirish va monitoring qilish boʻyicha bosh mutaxassislar (keyingi oʻrinlarda — hududiy vakillar) tomonidan har chorakda FHDY organlari va/yoki tibbiyot muassasasiga borgan holda tanlov asosida oʻrganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Hududiy vakillar tomonidan oʻrganish natijalari boʻyicha FHDY organlari va/yoki tibbiyot muassasasining masʼul xodimlari ishtirokida “Ijtimoiy sugʻurta” axborot modulida elektron dalolatnoma shakllantirilib, tegishli FHDY organlari va/yoki tibbiyot muassasasi rahbarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda, tegishligicha FHDY tizimiga yoki Yagona tibbiy axborot tizimiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda dalolatnoma dastlab hududiy vakil tomonidan “Ijtimoiy sugʻurta” axborot modulida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. “Ijtimoiy sugʻurta” axborot modulida har oyda, ish haqi hisoblangan, ammo “YAMMT” IDAKda mehnat staji toʻgʻrisida maʼlumoti boʻlmagan shaxslar roʻyxati shakllantiriladi va mazkur roʻyxat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga undagi maʼlumotlarni oʻrganish va zarur choralar koʻrish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Nafaqa oluvchi sugʻurtalangan shaxsning tibbiyot yoki boshqa taalluqli muassasalarga yolgʻon maʼlumot berishi yoxud hisob-kitoblardagi xatoliklar tufayli notoʻgʻri toʻlangan nafaqa mazkur sugʻurtalangan shaxs tomonidan Jamgʻarmaga bir oy ichida qaytarilishi lozim. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiyoriy ravishda Jamgʻarmaga qaytarilmagan yoki toʻliq qaytarilmagan mablagʻlar sud tartibida undiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimlarida mavjud kamchiliklar yoki oʻzaro elektron maʼlumot almashinuvidagi texnik xatoliklar yoxud takroriy maʼlumot almashinuvida sugʻurta staji sifatida inobatga olinadigan oʻn ikki oylik davr oʻzgarganligi sababli ortiqcha toʻlangan mablagʻlar qaytarilmaydi hamda Jamgʻarma xarajatlari sifatida inobatga olinadi.
(44-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligi taʼminlangandan soʻng Jamgʻarma tomonidan sugʻurtalangan shaxslarga nafaqa miqdorlari qayta hisob-kitob qilinib, belgilangan tartibda moliyalashtirilishi mumkin.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi doirasida sugʻurta badali va stajlari hisobini yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Sugʻurtalangan shaxslarni roʻyxatga olish va ularning personallashtirilgan hisobini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Sugʻurta badali va stajlarining hisobini yuritish, sugʻurtalangan shaxslarni identifikatsiya qilish va ularning personallashtirilgan hisobini yuritish Jamgʻarma tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Jamgʻarma tomonidan “Ijtimoiy sugʻurta” axborot modulida quyidagi maʼlumotlarning alohida reyestri yuritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta qildiruvchilar reyestri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalangan shaxslar reyestri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta badallari reyestri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ortiqcha/notoʻgʻri toʻlangan nafaqalar reyestri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Jamgʻarmada davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha munosabatlar subyektlarini roʻyxatga olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan majburiy asosda sugʻurtalangan shaxslar soliq agenti tomonidan mazkur shaxslarga mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi hisoblanganda, Soliq qoʻmitasining axborot tizimlaridan “Ijtimoiy sugʻurta” axborot moduliga kelib tushgan hisobot maʼlumotlari asosida roʻyxatga olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan ixtiyoriy asosda sugʻurtalangan shaxslar tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan sugʻurta badallari toʻlangan taqdirda, ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Ushbu Nizomning 47-bandiga muvofiq roʻyxatga olingan shaxslarga “Ijtimoiy sugʻurta” axborot modulida shaxsiy hisob ochiladi. Shaxsiy hisobda quyidagilar yuritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sugʻurta qildiruvchilar kesimida ularda faoliyat yuritayotgan shaxslarning personallashtirilgan roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sugʻurtalangan shaxslar boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta badallari toʻlovlari (oylar kesimida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta staji sifatida hisobga olingan davrlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, mavjud boʻlsa, maʼlumot manbalari koʻrsatilgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 19 — 21-bandlariga muvofiq alohida tartib qoʻllanilgan davrlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Jamgʻarma har oy yakunidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar “Ijtimoiy sugʻurta” axborot modulida sugʻurtalangan shaxslarning shaxsiy hisoblari holatini yangilab boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalangan shaxs “Ijtimoiy sugʻurta” axborot moduli orqali oʻzining shaxsiy hisobi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni elektron tarzda olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan majburiy asosda sugʻurtalanadigan shaxslar tomonidan sugʻurta badallarini toʻlash va hisoblash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan majburiy asosda sugʻurtalangan shaxslar uchun sugʻurta badali sifatida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunida belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan tegishli ajratmalarni Jamgʻarmaning gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkazib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan majburiy asosda sugʻurtalangan shaxslar uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun bilan miqdori (stavkasi) belgilanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining bir qismi hisobidan Jamgʻarmaning gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkazilgan oy bir oylik sugʻurta staji sifatida hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Soliq qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta qildiruvchilarning soliq agentlari sifatida taqdim etgan maʼlumotlari asosida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlanganligi boʻyicha jismoniy shaxslar kesimidagi hisobotlarni yuritadi va bu toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz bazasida saqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasigacha sugʻurtalangan shaxsga hisoblangan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar hamda mazkur daromadlar boʻyicha hisoblangan (toʻlangan) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi miqdorlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni “Ijtimoiy sugʻurta” axborot moduliga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Jamgʻarma Soliq qoʻmitasining axborot tizimlari orqali yuborilgan maʼlumotlar asosida sugʻurtalangan shaxslar kesimida ularga hisoblangan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar hamda mazkur daromadlar boʻyicha hisoblangan (toʻlangan) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi miqdorlari boʻyicha ularning personallashtirilgan hisobini “Ijtimoiy sugʻurta” axborot modulining ushbu Nizomning 46-bandida belgilangan tegishli reyestrlarda yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan ixtiyoriy asosda sugʻurtalanadigan shaxslar tomonidan sugʻurta badallarini toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan ixtiyoriy asosda sugʻurtalanadigan shaxslar sugʻurta badalini u toʻlanadigan oyning istalgan davrida toʻlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan ixtiyoriy asosda sugʻurtalanadigan shaxslar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan eng kam sugʻurta badali toʻlangan oy bir oylik sugʻurta staji sifatida hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Sugʻurtalangan shaxslar tomonidan har oylik ixtiyoriy sugʻurta badallari ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq belgilangan tartibga asosan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan ixtiyoriy (majburiy) asosda sugʻurtalanishdan majburiy (ixtiyoriy) asosda sugʻurtalanishga oʻtish (konvertatsiya)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Shaxslar bir vaqtning oʻzida davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan ham majburiy asosda, ham ixtiyoriy asosda sugʻurtalanganda, ular uchun davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan majburiy asosda sugʻurtalanganligi boʻyicha amalga oshirilgan sugʻurta badali inobatga olinadi.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan ixtiyoriy asosda sugʻurtalanishdan davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan majburiy asosda sugʻurtalanishga oʻtish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalangan shaxs davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan majburiy sugʻurtalangan oyda, mazkur oyning birinchi kunidan boshlab amal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan ixtiyoriy asosda sugʻurtalangan davrlar uchun toʻlangan sugʻurta badallari hisobi saqlanadi va sugʻurta staji hisoblanishida inobatga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan majburiy asosda sugʻurtalanishdan davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan ixtiyoriy asosda sugʻurtalanishga oʻtish davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan majburiy sugʻurtalanishga asos boʻlgan mehnat faoliyati tugagan oyning keyingi oyidan amal qiladi. Bunda sugʻurtalangan shaxs davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan ixtiyoriy asosda sugʻurtalanish boʻyicha roʻyxatdan oʻtib, sugʻurta badallarini mustaqil toʻlaydi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlaridan sugʻurtalangan shaxslar toʻgʻrisidagi elektron shaklda olingan maʼlumotlar “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq himoyalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli vazirliklar va idoralar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida sugʻurtalangan shaxslar toʻgʻrisida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Ushbu Nizomga muvofiq davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash va toʻlash uchun asos hisoblangan Jamgʻarmaga tegishli axborot tizimlari orqali yuborilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va ishonchliligi uchun javobgarlik axborot tizimlariga maʼlumotlarni kiritgan yuridik va jismoniy shaxslarga, shuningdek, axborot tizimlari orqali taqdim etilmaganligi yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilishi natijasida sugʻurta nafaqalari ortiqcha yoxud kam toʻlanishi uchun javobgarlik ushbu axborot tizimlarning egasi boʻlgan vazirlik va idoralarga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalangan shaxs va (yoki) sugʻurta qildiruvchilar tomonidan nafaqalar tayinlash va toʻlashga taʼsir etishi mumkin boʻlgan oʻziga maʼlum barcha holatlar toʻgʻrisida Jamgʻarmaga xabar bermaganligi yoki ular tomonidan sodir etilgan suiisteʼmolliklar natijasida unga nafaqalar summasining ortiqcha toʻlanishi tufayli Jamgʻarmaga yetkazilgan zararni toʻlash majburiyati sugʻurtalangan shaxs va (yoki) sugʻurta qildiruvchilarga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. “Ijtimoiy sugʻurta” axborot modulida hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning axborot tizimlarida texnik nosozliklar hamda maʼlumotlar almashinuvi jarayonida uzilishlar yuzaga kelganda, ushbu holatlar toʻliq bartaraf etilgunga qadar mehnatga layoqatsizlik varaqasidagi elektron maʼlumotlarni kiritish, nafaqalarni tayinlash va toʻlash muddatlari uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Sugʻurtalangan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda sugʻurta stajlari yoki amalga oshirilgan sugʻurta badallari yoxud boshqa masalalar yuzasidan toʻgʻridan-toʻgʻri shuningdek, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali Jamgʻarmaga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi doirasida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tugʻish nafaqalarini tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash hamda toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

 

Subyektlar

 

Tadbirlar

 

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Hududiy ambulator-poliklinika yoki tugʻuruqxona muassasasi yoxud mehnatga layoqatsizlik varaqasi berishga vakolatli boshqa tibbiy muassasa

Mehnatga layoqatsizlik varaqasini Sogʻliqni saqlash vazirligining Yagona tibbiy axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — “Yagona tibbiy” AT) elektron shaklda rasmiylashtiriladi.

Mehnatga layoqatsizlik davri boshlangan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida

2-bosqich

“Yagona tibbiy” AT

Mehnatga layoqatsizlik varaqasi avtomatik ravishda “Ijtimoiy sugʻurta” axborot moduliga yuboriladi.

Avtomatik tarzda

3-bosqich

“Ijtimoiy sugʻurta” axborot moduli

1. Sugʻurtalangan shaxslarning mehnatga layoqatsizlik varaqasi yopilgandan soʻng, ularga tegishli maʼlumotlar Davlat ijtimoiy sugʻurtasi doirasida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tugʻish nafaqalarini tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq tegishli axborot tizimlari orqali tekshiriladi.

Avtomatik tarzda

2. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash yoki rad etish toʻgʻrisidagi qarorni hamda toʻlov roʻyxat (vedomost)larini shakllantiradi hamda davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarning miqdori, toʻlov shakli va muddati yoki rad etishning sabablari boʻyicha sugʻurtalangan shaxsga SMS-xabarnoma yuboradi.

Avtomatik tarzda

3. Shakllantirilgan toʻlov roʻyxat (vedomost)lari moliyaviy agentga yuboriladi.

Qonunchilikda belgilangan muddatlarda

4-bosqich

Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi

Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni toʻlash uchun tegishli mablagʻlarni moliyaviy agentga oʻtkazib beradi.

Toʻlov roʻyxat (vedomost)larini taqdim etish bilan bir vaqtda

5-bosqich

Moliyaviy agent

Sugʻurtalangan shaxslarning ijtimoiy kartasi yoki boshqa bank kartalariga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshiradi.

Toʻlov roʻyxat (vedomost)larini taqdim etish uchun belgilangan soʻnggi kundan keyingi besh ish kuni ichida

Sugʻurtalangan shaxslarga amalga oshirilgan toʻlovlar hamda toʻlanmagan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Ijtimoiy sugʻurta” axborot moduli orqali taqdim etadi.

Doimiy ravishda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi doirasida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tugʻish nafaqalarini tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan ixtiyoriy asosda qamrab olinadigan shaxslarni roʻyxatga olish va ixtiyoriy sugʻurta badallarini toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

 

Subyektlar

 

Tadbirlar

 

Muddatlar

 

 

 

I. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan ixtiyoriy asosda qamrab olinadigan shaxslarni roʻyxatga olish tartibi

1-bosqich

Davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan ixtiyoriy asosda qamrab olinadigan shaxslar

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimining “Ijtimoiy sugʻurta” axborot modulida yuritiladigan elektron roʻyxatga kirish uchun biometrik pasport (ID-karta) maʼlumotlari va telefon raqami koʻrsatgan holda, quyidagi usullardan biri orqali murojaat qiladi:

“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “YAMIH” AT) yoki uning mobil ilovasi orqali;

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP);

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (keyingi oʻrinlarda — “Inson” markazi)ga bevosita borish orqali;

“Inson” markazlarining ijtimoiy xodimlari orqali;

Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy vakillari (keyingi oʻrinlarda — hududiy vakillar) orqali.

Xohishiga koʻra

2-bosqich

“YAMIH” AT yoki uning mobil ilovasi yoxud YIDXP

Murojaat qiluvchi shaxs tomonidan mustaqil ravishda kiritilgan maʼlumotlar, u tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangandan soʻng, “Ijtimoiy sugʻurta” axborot modulida yuboriladi.

Avtomatik tarzda

“Inson” markazi yoki ijtimoiy xodimlari yoxud hududiy vakillar

1. “YAMIH” ATda murojaat qiluvchi shaxsning tegishli maʼlumotlari, uning nomidan kiritiladi.

Murojaat qilingan vaqtda

2. Kiritilgan maʼlumotlar murojaat qiluvchi tomonidan koʻrib chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlanadi.

Murojaat qilingan vaqtda

3. Murojaat qiluvchining tasdiqlangan maʼlumotlari “Ijtimoiy sugʻurta” axborot moduliga yuboriladi.

Avtomatik tarzda

3-bosqich

“Ijtimoiy sugʻurta” axborot moduli

Murojaat qiluvchi shaxs “Ijtimoiy sugʻurta” axborot modulida yuritiladigan elektron roʻyxatga kiritiladi.

Maʼlumotlar kelib tushgandan soʻng avtomatik tarzda

II. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan ixtiyoriy asosda qamrab olinadigan shaxslar tomonidan sugʻurta badallarini toʻlash tartibi

1-bosqich

Davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan ixtiyoriy asosda qamrab olinadigan shaxslar

Har oylik eng kam miqdori qonunchilik hujjatlarida belgilangan sugʻurta badallarini ixtiyoriy ravishda istalgan tijorat bankiga murojaat qilish orqali yoki mustaqil ravishda “Ijtimoiy karta” axborot tizimi yoki uning “Baraka” mobil ilovasi orqali amalga oshiradi.

Xohishiga koʻra

2-bosqich

Tijorat banki

Davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan ixtiyoriy asosda qamrab olinadigan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida toʻlovni rasmiylashtiradi va mablagʻlarni Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasining gʻaznachilik hisob raqamiga oʻtkazadi.

Murojaat qiluvchi shaxsga toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.

Murojaat vaqtida

Tijorat banki orqali ixtiyoriy asosda toʻlangan sugʻurta badallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sugʻurtalangan shaxslar kesimida “Ijtimoiy sugʻurta” axborot moduliga yuboriladi.

Toʻlov amalga oshirilgan vaqtda avtomatik tarzda

3-bosqich

“Ijtimoiy sugʻurta” axborot moduli

Sugʻurtalangan shaxs tomonidan toʻlangan sugʻurta badallarini hisobga oladi va maʼlumotlar bazasida saqlaydi.

Avtomatik tarzda

4-bosqich

Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi

Davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan ixtiyoriy asosda qamrab olinadigan shaxslar tomonidan amalga oshirilgan sugʻurta badallari hisobotini yuritadi.

Doimiy ravishda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi yangi tizimining mazmun-mohiyati va ahamiyatini yoritish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEDIA-REJA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish shakli

Muddat

Masʼul ijrochi

1.

Davlat ijtimoiy sugʻurtasi yangi tizimining mazmun-mohiyati va ahamiyatini yoritish boʻyicha respublikaning barcha hududlari kesimida matbuot anjumanlarini tashkil etish.

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi Qonun va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash va toʻlash tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-206-son Farmoni mazmuni-mohiyati, nafaqalarni hisoblash va toʻlash mexanizmlari yuzasidan jamoatchilikning faol aʼzolari ishtirokida brifinglar oʻtkazish.

2025-2026-yillar davomida

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi

2.

Davlat ijtimoiy sugʻurtasi yangi tizimining mazmun-mohiyati va ahamiyatini yoritish boʻyicha televideniye va radio orqali axborot va tushuntirishlar berish.

Televideniye va radio uchun qisqa tushuntirish roliklari, intervyular va tok-shoular tayyorlash; ekspert va manfaatdor shaxslar ishtirokida efirlar tashkil etish.

2025-2026-yillar davomida

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

3.

Davlat ijtimoiy sugʻurtasi yangi tizimining mazmun-mohiyati va ahamiyatini yoritish boʻyicha ijtimoiy tarmoqlarda kontentlar tayyorlash va joylashtirish.

Ijtimoiy tarmoqlar (“Telegram”, “Instagram”, “Facebook” va boshqalar) orqali infografika, video lavhalar va maqolalar hamda mutaxassislar fikri, ijtimoiy sharh tayyorlash va tarqatish, shuningdek, xeshteglar orqali ommalashtirish.

2025-2026-yillar davomida

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi

4.

Mahalla markazlari va Davlat xizmatlari markazlari hamda mahalladagi mavjud tadbirkorlik subyektlari obyektlarida davlat ijtimoiy sugʻurtasiga oid turli materiallar tarqatish.

Mahalla markazlari va Davlat xizmatlari markazlari hamda mahallalar hududida joylashgan tadbirkorlik subyektlariga davlat ijtimoiy sugʻurtasi yangi tizimining mazmun-mohiyati va ahamiyati boʻyicha buklet, broshyura va bannerlarni ijtimoiy xodimlar orqali yetkazish.

2025-2026-yillar davomida

Savdo-sanoat palatasi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Soliq qoʻmitasi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

5.

Davlat ijtimoiy sugʻurtasi yangi tizimining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish maqsadida tadbirkorlar subyektlari bilan uchrashuvlar tashkil etish.

Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalarida tadbirkorlar bilan davra suhbatlari, seminarlar va maslahat sessiyalarini oʻtkazish.

2025-2026-yillar davomida

Savdo-sanoat palatasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

Milliy media birlashmasi

6.

Davlat ijtimoiy sugʻurtasi yangi tizimiga oid tartib-taomillar boʻyicha onlayn platformalar orqali xabarnomalar joylashtirish.

“my.gov.uz”, “lex.uz”, “ihma.uz”, “imv.uz”, “soliq.uz”, “mehnat.uz”, “YAMMT” axborot tizimi, “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi, “chamber.uz” va boshqa onlayn platformalarda mazmun-mohiyatini yoritishga qaratilgan harakatlanuvchi yozuv (scrolling text) shaklida axborot bannerlarini joylashtirish.

2025-2026-yillar davomida

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator — “UZINFOCOM” MCHJ,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasining rasmiy saytida maxsus boʻlim yaratish (chat-bot, kalkulyator).

1. Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasining rasmiy saytlarida fuqarolar uchun murojaat qilish (koʻp beriladigan savollar va ularga javoblar) hamda tayinlanadigan nafaqalar miqdorlarini onlayn hisoblash imkoniyatini yaratish.

2. Fuqarolarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimi doirasidagi murojaatlarini Ijtimoiy himoya milliy agentligining Call-markazi bilan qamrab olish.

3. Onlayn chat xizmati faoliyatini kengaytirish, davlat ijtimoiy sugʻurtasining yangi tizimi boʻyicha avtomatik maʼlumot botini joriy etish.

2026-yil I chorak

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

8.

Davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimi boʻyicha manfaatdor vazirlik va idoralarning masʼul xodimlari uchun vebinarlar tashkil etish.

1. Xodimlar uchun davlat ijtimoiy sugʻurta tizimi va uning amaliyotdagi ahamiyati, mehnatga layoqatsizlik varaqalarini elektron tarzda rasmiylashtirish tartibi, Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasiga maʼlumot yuborish va hisobot berish jarayonlari, bunda mehnatga layoqatsizlik varaqalarini rasmiylashtirishda sogʻliqni saqlash tizimi xodimlarining masʼuliyati kabi mavzularda oʻquv-seminarlar tashkil qilish.

2025-2026-yillar davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Soliq qoʻmitasi

2. Barcha davlat va nodavlat tashkilot buxgalterlari va NR-mutaxassislari uchun yangi tizimning mohiyati, qonunchilikka kiritilgan yangiliklar va oʻzgarishlar toʻgʻrisida seminar va vebinarlar tashkil qilish.

Savdo-sanoat palatasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Soliq qoʻmitasi

9.

Mediamonitoring va jamoatchilik fikrini oʻrganish.

Ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlar, murojaatlar va savollarni tahlil qilish, onlayn soʻrovnoma va kontent samaradorligini baholash.

Har chorakda

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

10.

Davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimi boʻyicha podkastlar tashkil qilish.

“Ijtimoiy sugʻurta haqida” mavzusida podkastlar tayyorlash (kun.uz, daryo.uz, qalampir.uz) hamda blogerlar orqali axborot tarqatish.

2025-2026-yillar davomida

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi

11.

Jamoat joylarida oʻrnatilgan axborot tarqatish vositalari orqali targʻibot ishlarini amalga oshirish.

Davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimi mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan savdo markazlari, metro, transport vositalari va LED-ekranlarda qisqa videorolik yoki bannerlar joylashtirish.

2025-2026-yillar davomida

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi,

“Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“31. 2025-yil dekabr oyidan boshlab Qashqadaryo viloyatida, 2026-yil 1-may oyiga qadar respublikaning qolgan hududlarida tajriba-sinov tariqasida nogironligi boʻlgan shaxslarni hisobga olish va navbat asosida nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazlari (keyingi oʻrinlarda — Reabilitatsiya markazlari)ga yoʻllash “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali elektron tarzda amalga oshiriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reabilitatsiya markazlariga yoʻllanma olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki ijtimoiy xodimlar orqali yoxud bevosita oilaviy shifokorga murojaat qilish imkoniyati yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarni Reabilitatsiya markazlariga yoʻllash uchun qarshi koʻrsatmalar mavjudligini aniqlash oilaviy shifokor tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarni hisobga olish va navbat asosida Reabilitatsiya markazlariga elektron tarzda yoʻllash tartibi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 8-ilovaning 30-bandi ikkinchi xatboshisidagi “75” raqami “100” raqami bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi “Ayrim turdagi nafaqalarni tayinlash va toʻlashni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 314-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-band quyidagi mazmundagi “a1” kichik band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a1) Yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki vasiy qilib belgilangan xodimga beriladigan nafaqaning bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-ilovasiga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugʻish vaqtida yoki tugʻishdan keyingi davrda ona vafot etganda, tugʻilgan bolani (bolalarni) farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga minimal isteʼmol xarajatlarining 4 baravari miqdorida nafaqa toʻlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nafaqa mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida Sogʻliqni saqlash vazirligining Yagona tibbiy axborot tizimidan olingan maʼlumotlar asosida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali fuqarolarning murojaatlarisiz “proaktiv shakl”da tayinlanishi va toʻlanishi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Ushbu Nizom vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqalarni hamda yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani (keyingi oʻrinlarda — nafaqa) tayinlash hamda toʻlash tartibini belgilaydi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) homiladorlik va tugʻish nafaqasini tayinlash va toʻlashga doir normalar “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi Qonun tatbiq etilmaydigan tashkilotlarning xodimlariga ushbu turdagi nafaqani tayinlanishi va toʻlanishi bilan bogʻliq munosabatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasini tayinlash va toʻlashga doir normalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi Qonun tatbiq etilmaydigan tashkilotlarning xodimlariga ushbu turdagi nafaqani tayinlanishi va toʻlanishi bilan bogʻliq munosabatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha mehnatga layoqatsizlik davrining ish beruvchi tomonidan toʻlanadigan qismi boʻyicha vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasini tayinlash va toʻlash bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Budjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda va yakka tartibdagi tadbirkorlarda ishlovchi yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga respublika budjeti mablagʻlari hisobidan beriladigan nafaqani qoplab berish tartibi 11-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchilarning ushbu nafaqani toʻlash boʻyicha majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan respublika budjeti mablagʻlari hisobidan beriladigan nafaqa miqdorida kamaytiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quyidagi mazmundagi 11-ilova bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son qaroriga
11-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki vasiy qilib belgilangan xodimga beriladigan nafaqaning bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida budjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda (keyingi oʻrinlarda — yuridik shaxslar) va yakka tartibdagi tadbirkorlarda mehnat shartnomasiga asosan oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan xodimlarga yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olganligi yoki unga vasiy qilib belgilanganligi munosabati bilan beriladigan nafaqaning (keyingi oʻrinlarda — nafaqa) bir qismini respublika budjeti mablagʻlari hisobidan tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimining alohida moduli — idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik asosida nafaqani “proaktiv” shaklda tayinlash va toʻlashni nazarda tutuvchi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimining tarkibiy qismi (keyingi oʻrinlarda — “Yagona reyestr” AT);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nafaqa oluvchi — Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarda oxirgi olti oy davomida uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan hamda yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodim (yakka tartibdagi tadbirkor);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov roʻyxat (vedomost)lari — nafaqa oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, pasport maʼlumotlari, bank kartasi orqali toʻlanganda tegishli tijorat banki hamda nafaqa oluvchining bank kartasi rekvizitlari va toʻlanishi lozim boʻlgan nafaqa summasiga doir maʼlumotlar aks ettirilgan, nafaqa boʻyicha toʻlovlarni amalga oshiruvchi tijorat bankiga elektron koʻrinishda taqdim etiladigan hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizom budjet tashkilotlarida, shu jumladan, oʻrindoshlik asosida ishlaydigan xodimlarga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Nafaqa tugʻish vaqtida yoki tugʻishdan keyingi davrda ona vafot etgan kundan boshlab, tugʻilgan bolani (bolalarni) farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan shaxsga (xodimga), bola tugʻilgan kunidan eʼtiboran ellik olti kalendar kuni, ikki yoki undan ortiq bola tugʻilganda yetmish kalendar kunigacha boʻlgan muddatda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida tayinlanadi va toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Nafaqa minimal isteʼmol xarajatlarining 4 baravari miqdorida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda nafaqaning miqdori u tayinlangan davrda amalda boʻlgan minimal isteʼmol xarajatlarining miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Nafaqani toʻlash va notoʻgʻri tayinlangan nafaqani qaytarish bilan bogʻliq xarajatlar respublika budjetidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) mazkur maqsadlarda ajratilgan mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Nafaqa oluvchining asosiy ish joyi hisoblangan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning nafaqa toʻlash boʻyicha majburiyatlari Agentlik tomonidan toʻlangan nafaqa miqdorida kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Nafaqa “Yagona reyestr” AT tomonidan fuqarolarning murojaatlarisiz “proaktiv shakl”da tayinlanadi va toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Nafaqani tayinlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi nafaqani tayinlash va toʻlash uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi hududiy ambulator-poliklinika yoki tugʻuruqxona muassasasi, shuningdek, mehnatga layoqatsizlik varaqasi berishga vakolatli boshqa tibbiy muassasalar tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligining Yagona tibbiy axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — “Yagona tibbiy” AT) elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Yagona tibbiy” AT tomonidan mehnatga layoqatsizlik varaqasi avtomatik ravishda “Yagona reyestr” ATga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Yagona reyestr” AT tomonidan mehnatga layoqatsizlik varaqasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kelib tushgandan soʻng, avtomatik ravishda nafaqa oluvchining oxirgi olti oy davomida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzluksiz ish stajiga ega ekanligi va yuridik shaxsda bandligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (keyingi oʻrinlarda — “YAMMT” IDAK), yakka tartibdagi tadbirkorlarda bandligi Soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazasi orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari mavjudligi — Soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazasi orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlarida ishlashi yoki ishlamasligi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “UzASBO” dasturiy majmuasi orqali avtomatik ravishda tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Nafaqa oluvchining oxirgi olti oy davomidagi uzluksiz ish stajini hisoblashda, yuridik shaxslarda “YAMMT” IDAKdagi va yakka tartibdagi tadbirkorlarda Soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazasidagi mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan kunga qadar olti oy uzluksiz ish staji inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu davrda oʻttiz bir kundan koʻp boʻlmagan tanaffuslar boʻlganda, mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan kundan oldingi oʻn ikki oy davomidagi ketma-ket davrlar ish stajini hisoblashda qoʻllaniladi. Agar oxirgi olti oy davomidagi uzluksiz ish staji davrida xodimning mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari mavjud boʻlmasa, ushbu davr ish stajini hisoblashda inobatga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolani parvarishlash uchun taʼtilda boʻlgan xodimning ish stajini Soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazasi orqali tekshirishda uning taʼtilga chiqishidan oldingi davri hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Nafaqa xodim yillik (asosiy va qoʻshimcha) mehnat taʼtilida, bolani parvarishlash uchun taʼtilda yoki ish haqi saqlanmaydigan taʼtillarda boʻlganda ham toʻlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Nafaqa oluvchining oxirgi olti oy davomidagi uzluksiz ish staji davridagi mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari mavjud boʻlsa va “YAMMT” IDAKda ish staji toʻgʻrisidagi maʼlumot boʻlmagan taqdirda, bu haqda “Yagona reyestr” AT tomonidan avtomatik tarzda nafaqa oluvchining “Yagona tibbiy” ATda qayd etilgan mobil telefon raqamiga SMS-xabar, shuningdek, ish beruvchining Soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazasidagi va “YAMMT” IDAKdagi shaxsiy kabinetlariga xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa oluvchining ish staji nomutanosibligi (notoʻgʻri kiritilganligi yoki kiritilmaganligi) xabarnoma olingan oydan keyingi oyning oxirgi ish kuniga qadar “YAMMT” IDAKda ish beruvchi tomonidan toʻgʻrilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xabarnoma yuborilgan nafaqa oluvchilarning oxirgi olti oy davomidagi uzluksiz ish staji xabarnoma yuborilgan oydan keyingi oyning oxirgi ish kunida qayta tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomutanosiblik toʻgʻrilanmagan hollarda, nafaqa tayinlashni rad etish toʻgʻrisidagi qaror “Yagona reyestr” AT tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. “Yagona reyestr” AT tomonidan nafaqa oluvchining oxirgi olti oy davomidagi uzluksiz ish staji, mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari va uning ishlashi tasdiqlanganda, nafaqani tayinlash toʻgʻrisidagi qaror avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. “Yagona reyestr” AT tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganda, nafaqaning toʻlov shakli va muddati boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nafaqa tayinlashni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganda, rad etish sabablari boʻyicha nafaqa oluvchining “Yagona tibbiy” ATda qayd etilgan mobil telefon raqamiga SMS-xabar, shuningdek, ish beruvchining Soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazasidagi va “YAMMT” IDAKdagi shaxsiy kabinetlariga avtomatik tarzda xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Nafaqani toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ushbu Nizomga muvofiq tayinlangan nafaqani toʻlab berish Agentlik tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida jalb etilgan tijorat banki tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. “Yagona reyestr” AT tomonidan har oyning 10-sanasiga qadar nafaqa boʻyicha toʻlov roʻyxat (vedomost)lari tijorat bankiga taqdim etiladi hamda Agentlikning maxsus gʻazna hisobvaragʻidan zarur mablagʻlar belgilangan tartibda tijorat bankiga oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda koʻrsatilgan muddatning oxirgi kuni bayram va dam olish kunlariga toʻgʻri kelganda, toʻlov roʻyxat (vedomost)lari va zarur mablagʻlar keyingi 2 ish kuni mobaynida tijorat bankiga taqdim etilishi va moliyalashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Nafaqani toʻlash uchun tijorat bankida alohida maxsus bank hisobvaraqlari ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. “Yagona reyestr” AT tomonidan toʻlov roʻyxat (vedomost)lari bank kartasi boʻyicha shakllantiriladi. Bunda tegishli banklararo reprotsessing markazlaridan nafaqa oluvchining nomiga ochilgan, aktiv holatda boʻlgan, oxirgi oltmish kun davomida oxirgi tranzaksiya amalga oshirilgan bank plastik kartasi tanlab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa oluvchining bank kartasi boʻlmaganda, toʻlov naqd pul koʻrinishida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tijorat banki tomonidan nafaqa toʻlov amalga oshiriladigan oyning 27-sanasiga qadar toʻlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tijorat banki tomonidan nafaqani naqd pul koʻrinishida nafaqa oluvchining murojaatiga asosan, biroq nafaqa tayinlanganligi toʻgʻrisida SMS-xabar yuborilgan kundan boshlab toʻqson kun davomida belgilangan tartibda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Joriy oy mobaynida nafaqa oluvchilar tomonidan talab qilinmagan mablagʻlarni tijorat bankining maxsus hisobvaraqlardan kelgusida toʻlash uchun Agentlik maxsus gʻazna hisobvaragʻiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tijorat banki har oyning oxirgi ish kuniga qadar ushbu oy uchun va yil boshidan amalga oshirilgan toʻlovlar hamda toʻlanmagan mablagʻlar haqidagi maʼlumotlarni “Yagona reyestr” ATga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Nafaqa oluvchilarga tijorat banki tomonidan nafaqani naqd pul shaklida toʻlab berganlik uchun bank xizmat haqi miqdori tijorat banki va Agentlik oʻrtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq, biroq naqd pul shaklida toʻlab berilgan nafaqa miqdorining 0,5 foizidan oshmagan miqdorda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Nafaqa oluvchining vijdonsizligi yoki hisob-kitoblardagi xatoliklar tufayli notoʻgʻri toʻlangan nafaqa nafaqa oluvchi tomonidan Agentlikka bir oy ichida qaytarilishi lozim. Bunda ixtiyoriy ravishda qaytarilmagan yoki toʻliq qaytarilmagan mablagʻ sud tartibida undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda koʻrsatilgan asoslardan boshqa sabablar bilan notoʻgʻri toʻlangan nafaqa xatolikka yoʻl qoʻygan tashkilot xodimidan belgilangan tartibda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notoʻgʻri toʻlangan nafaqa tijorat banki orqali nafaqa oluvchidan xizmat haqi undirilmagan holda qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlaridan nafaqa oluvchi toʻgʻrisida elektron shaklda avtomatlashtirilgan tarzda olingan maʼlumotlar “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq himoyalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli davlat organlari oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida nafaqa oluvchi toʻgʻrisida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. “Yagona reyestr” ATda hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning axborot tizimlarida texnik nosozliklar hamda maʼlumotlar almashinuvi jarayonida uzilishlar yuzaga kelganda, ushbu holatlar toʻliq bartaraf etilgunga qadar mehnatga layoqatsizlik varaqasidagi elektron maʼlumotlarni kiritish, nafaqani tayinlash va toʻlash muddatlari uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-iyuldagi 405-son qarori bilan tasdiqlangan Nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlashga koʻmaklashish, ularning bandligini taʼminlash hamda mehnat qilishini qoʻllab-quvvatlashni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 18-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda elektron reyestrda turgan I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxsni rasmiy bandligi taʼminlangan oyda ishga qabul qilingan sanadan qatʼiy nazar, mehnatga haq toʻlash boʻyicha shart bajarilgan taqdirda, mazkur nogironligi boʻlgan shaxs bir oy davomida rasmiy band qilingan deb hisoblanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 19-bandning birinchi xatboshisi “bajarilishi taʼminlangandan keyin” soʻzlaridan keyin “olti oy ichida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 25-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a) surdotarjimon yoki psixolog xizmatini koʻrsatmoqchi boʻlgan shaxslar mazkur sohada oliy maʼlumotga ega boʻlishi yoki davlat taʼlim tashkilotlarida kasbiy va pedagogik qayta tayyorlov kurslarini tamomlagan boʻlishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika kasbiy koʻnikmalar markazi yoki Oʻzbekiston karlar jamiyati tomonidan surdotarjimonlik yoʻnalishida tashkil etiladigan oʻquv kurslari yoki qayta tayyorlov kurslarini oʻqib tugatgan shaxslar tomonidan surdotarjimon xizmati koʻrsatilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“davlat taʼlim tashkilotlarining kasbiy va pedagogik qayta tayyorlov kurslarini tamomlagan yoki respublika kasbiy koʻnikmalar markazi yoxud Oʻzbekiston karlar jamiyati tomonidan tashkil etiladigan oʻquv kurslari yoki qayta tayyorlov kurslarini oʻqib tugatgan shaxslar, ushbu maʼlumotni tasdiqlovchi hujjatlarni (diplom, sertifikat) ilova qilish orqali”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 27-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xizmat koʻrsatuvchi shaxslar tomonidan ushbu Nizomning 26-bandi toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilingan holda, murojaat etilgan taqdirda, mazkur hujjatlar “YAMIH” AT orqali Agentlikning tegishli hududiy boshqarmalari tomonidan ikki ish kuni ichida koʻrib chiqilib, tekshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshisi “maʼlumotlar mavjudligi aniqlangan” soʻzlaridan keyin “yoki oʻz tasdigʻini topgan” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshisi “maʼlumotlarning mavjud emasligi” soʻzlaridan keyin “yoki oʻz tasdigʻini topmaganligi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) 39-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar bandlikka koʻmaklashish subsidiyasi yoki ish oʻrinlariga moslashtirish subsidiyasi tadbirkorlik subyektlari tomonidan notoʻgʻri kiritilgan (koʻrsatilgan) maʼlumotlar asosida yoki texnik kamchiliklar yoxud hisob-kitoblardagi xatoliklar tufayli notoʻgʻri toʻlangan taqdirda, mazkur mablagʻlar ularning notoʻgʻri toʻlanganligi aniqlangan sanadan boshlab tadbirkorlik subyektlari tomonidan Jamgʻarmaga bir oy ichida qaytarilishi lozim. Bunda ixtiyoriy ravishda Jamgʻarmaga qaytarilmagan yoki toʻliq qaytarilmagan mablagʻ sud tartibida undiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) 3-ilova quyidagi mazmundagi izoh qismi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlikka koʻmaklashish subsidiyasi ajratilishiga asos boʻlgan I va (yoki) II guruh nogironligi boʻlgan shaxs uchun tadbirkorlik subyektiga subsidiya taqdim etilgan boʻlsa, mazkur nogironligi boʻlgan shaxs uchun boshqa tadbirkorlik subyektiga ushbu turdagi subsidiya ajratilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga bandlikka koʻmaklashish subsidiyasini tayinlashda, uning miqdori ushbu Nizomning 18-bandida belgilangan shartlar bajarilgan yoki bajarilishi taʼminlangan davrda amalda boʻlgan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga nafaqa tayinlash va toʻlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2025-yil 16-iyuldagi 444-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bandning “b” kichik bandidagi “mahalliy” soʻzi “respublika” soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-banddagi “tegishli budjet” soʻzlari “Davlat budjeti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bandidagi “mahalliy” soʻzi “respublika” soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan shaxs vafot etgan taqdirda”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Mazkur ilovaning 2-bandi “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi 2026-yil 1-yanvardan, beshinchi xatboshisi 2026-yil 1-iyuldan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-son qaroriga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-sentabrdagi “Davlat ijtimoiy sugʻurta tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 515-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda nogironligi boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 640-son qaroriga ilovaning 8-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/796/1180-son; 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son; 13.08.2026-y., 09/26/440/0837-son)