1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sug‘urta / 03.11.22.02 Majburiy sug‘urta;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sug‘urta / 03.11.22.03 Ixtiyoriy sug‘urta;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sug‘urta / 03.11.22.04 Sug‘urta bo‘yicha boshqa masalalar]
[TSZ:
1.Moliya / Sug‘urta]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 14-oktabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2025-yil 31-oktabrda ma’qullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi davlat ijtimoiy sug‘urtasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning amal qilishi sug‘urta va davlat tibbiy sug‘urtasi, shuningdek ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risidagi qonunchilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ijtimoiy sug‘urtasi — sug‘urta hodisalari yuzaga kelganda sug‘urtalangan shaxslarning daromadlari yo‘qolishining oldini olishga qaratilgan davlat kafolatlari tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ijtimoiy sug‘urtasi subyektlari — sug‘urtalovchi, sug‘urta qildiruvchilar va sug‘urtalangan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar — sug‘urta hodisasi yuzaga kelganda sug‘urtalangan shaxsga jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan nafaqalar tarzidagi to‘lovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamg‘arma — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (bundan buyon matnda Ijtimoiy himoya milliy agentligi deb yuritiladi) Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari, sug‘urta badallari va boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi, sug‘urtalangan shaxsga sug‘urta hodisasi yuzaga kelganda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urtalovchi — Ijtimoiy himoya milliy agentligining jamg‘armasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urta staji — sug‘urtalangan shaxs uchun sug‘urta badallarini to‘lash amalga oshirilgan davr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urtalangan shaxs — sug‘urta hodisalaridan davlat ijtimoiy sug‘urtasi orqali himoyalangan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urta qildiruvchi — sug‘urta hodisalari yuzaga kelganda sug‘urtalangan shaxsning himoya qilinishini ta’minlash maqsadida ijtimoiy soliq va (yoki) sug‘urta badallari to‘laydigan shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Davlat ijtimoiy sug‘urtasining asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sug‘urtasining asosiy prinsiplari qonuniylik, umuminsoniylik, tenglik, moliyaviy barqarorlik va hisobdorlikdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat ijtimoiy sug‘urtasiga doir huquqiy munosabatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Davlat ijtimoiy sug‘urtasining amal qilishi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sug‘urta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarga nisbatan davlat ijtimoiy sug‘urtasining amal qilishi majburiy yoki ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sug‘urta / 03.11.22.02 Majburiy sug‘urta]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi quyidagilarga nisbatan majburiy asosda amalga oshiriladi:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat faoliyatini mehnat shartnomalari asosida amalga oshiradigan fuqarolarga (bundan dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuviga qarab, muayyan ishni bajarish uchun mehnat shartnomasi shartlari asosida vaqtinchalik (mavsumiy) asosda jalb etiladigan boshqa shaxslar mustasno), yuridik shaxslarning rahbarlari sifatida faoliyatni amalga oshiradigan fuqarolarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik yoki jismoniy shaxslar bilan tuzilgan fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomalar asosida xizmatlar ko‘rsatish, ishlarni bajarish yoki intellektual mulk obyektlarini yaratish bo‘yicha ishlarni bajaradigan fuqarolarga.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sug‘urta / 03.11.22.03 Ixtiyoriy sug‘urta]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi quyidagilarga nisbatan ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.13.00 Mavsumiy ishlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xo‘jaligining a’zolariga va dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuviga qarab, muayyan ishni bajarish uchun mehnat shartnomasi shartlari asosida vaqtinchalik (mavsumiy) asosda jalb etiladigan boshqa shaxslarga;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.06.00 Fermer xo‘jaliklari. Klaster va issiqxona xo‘jaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bog‘dorchilik. Uzumchilik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorako‘lchilik;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.08 Parrandachilik. Parranda fermalari;
5.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.10 Asalarichilik. Baliqchilik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida band bo‘lgan yoki mazkur maydonda chorvachilik (qoramol, qo‘ylar, echkilar, otlar va boshqalar), issiqxona xo‘jaligi, parrandachilik (tovuqlar, bedanalar, kurkalar, g‘ozlar, o‘rdaklar), quyonchilik, asalarichilik, baliqchilik, bog‘dorchilik, limonchilik, gulchilik bilan shug‘ullanadigan shaxsiy tomorqa yer uchastkalarining egalari yoki ularning oila a’zolari bo‘lgan fuqarolarga (ularga tegishli bo‘lgan tomorqa yer uchastkasining maydonidan yoki ular tomonidan parvarish qilinayotgan uy hayvonlari va parrandalarning sonidan qat’i nazar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan chet davlatlarda tashkil etilgan (ochilgan) savdo uylarida, vakolatxonalarda (shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmagan holda), tashkilotlarda ishlaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet elda yollanib ishlaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida daromad keltiradigan faoliyatni amalga oshiradigan chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlamaydigan fuqarolarga, ular uchun sug‘urta badali eri (xotini) tomonidan to‘langanda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarning muassislari (ishtirokchilari) sifatida daromadlar oladigan fuqarolarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkorlarga, shu jumladan “Hunarmand” uyushmasining a’zolari bo‘lgan hunarmandchilik faoliyati subyektlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatni yuridik shaxs tashkil etmagan holda, oilaviy tadbirkorlik shaklida amalga oshiradigan oila a’zolariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xo‘jaligining boshlig‘iga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka muvofiq soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish majburiyati zimmasiga yuklatilmagan ish beruvchidan daromadlar oladigan fuqarolarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy yoki ixtiyoriy asosda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bilan sug‘urtalangan shaxslar teng huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchilarning, ichki ishlar organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining boshliqlar va oddiy askarlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarning, sudyalarning va prokuratura organlarining martaba darajalariga (harbiy unvonlarga) ega bo‘lgan xodimlarining ijtimoiy sug‘urta ta’minoti alohida qonunchilik bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha munosabatlar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sug‘urta / 03.11.22.04 Sug‘urta bo‘yicha boshqa masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha munosabatlar quyidagi hollarda yuzaga keladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sug‘urta qildiruvchilarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soliqni to‘lovchilar uchun — ijtimoiy soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyat yuzaga kelgan paytdan e’tiboran;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sug‘urta / 03.11.22.02 Majburiy sug‘urta]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ijtimoiy sug‘urtasi majburiy qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar uchun — daromad hisoblangan paytdan e’tiboran;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sug‘urta / 03.11.22.03 Ixtiyoriy sug‘urta]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ijtimoiy sug‘urtasi ixtiyoriy qilinishi mumkin bo‘lgan shaxslar uchun — sug‘urta badallari to‘langan paytdan e’tiboran.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, agar sug‘urta qildiruvchi o‘zi uchun sug‘urta badalini to‘lasa, u davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urtalangan shaxs sifatida munosabatlarga kirishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sug‘urtalovchida — sug‘urta qildiruvchi ro‘yxatga olingan paytdan e’tiboran;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sug‘urtalangan shaxslarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi bilan sug‘urtalangan shaxslar uchun — daromad hisoblangan paytdan e’tiboran;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiyoriy davlat ijtimoiy sug‘urtasi bilan sug‘urtalangan shaxslar uchun — sug‘urta badallari to‘langan paytdan e’tiboran.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Sug‘urta hodisalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sug‘urtalovchining sug‘urtalangan shaxsga davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish majburiyatining yuzaga kelishi sug‘urta hodisasi deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sug‘urta hodisalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasallik munosabati bilan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiladorlik va tug‘ish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishni yoki daromadni yo‘qotish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sug‘urta hodisalari yuzaga kelganda sug‘urtalangan shaxslarga va (yoki) ularning oila a’zolariga davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha quyidagi to‘lovlar amalga oshiriladi:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya to‘lovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.10 Boshqa nafaqalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya to‘lovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.02 Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiladorlik va tug‘ish nafaqasi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.23.00 Ishdan bo‘shatish nafaqasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishdan bo‘shatish nafaqasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi subyektlarining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Sug‘urtalangan shaxslarning huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sug‘urta / 03.11.22.04 Sug‘urta bo‘yicha boshqa masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sug‘urtalangan shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z huquqlarini shaxsan, o‘zining vakili orqali yoki sud tartibida himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urtalovchi va sug‘urta qildiruvchi to‘g‘risida ma’lumotlar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urtalovchidan davlat ijtimoiy sug‘urtasi masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va sug‘urtalangan shaxslarga to‘lanadigan davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar miqdorlari to‘g‘risida axborotni bepul olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sug‘urtalangan shaxslar sug‘urta hodisasidan kelib chiqqan holda, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovni tayinlash va amalga oshirish uchun asos bo‘ladigan tegishli ishonchli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlarni sug‘urtalovchiga o‘z vaqtida taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Sug‘urtalovchining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sug‘urta / 03.11.22.04 Sug‘urta bo‘yicha boshqa masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sug‘urtalovchi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urta hodisasi yuzaga kelganda, zaruratga qarab, sug‘urta hodisasi yuzaga kelganligini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urta badallarini hisobga olish va to‘lash bo‘yicha hujjatlarni (yoki elektron ma’lumotlarni), shuningdek davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq hujjatlarni tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urtalangan shaxsni identifikatsiya qilish, sug‘urta stajini va sug‘urta badalining miqdorini aniqlash, sug‘urta hodisasi yuzaga kelganligini tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan sug‘urtalangan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish, shu jumladan boshqa davlat organlari bilan elektron axborot almashinuvi orqali olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning 18 va 19-moddalarida belgilangan hollarda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni to‘xtatib turish, qayta tiklash va tugatish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va o‘zga tashkilotlarga murojaat qilishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z huquqlarini himoya qilish va yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar, shu jumladan sug‘urtalangan shaxs tomonidan taqdim etilgan ishonchsiz yoki soxta hujjatlar (ma’lumotlar) asosida davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar tayinlanganligi munosabati bilan qilingan xarajatlarning o‘rnini qoplash haqidagi da’volar bilan sudga murojaat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sug‘urtalovchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar uchun sug‘urta badallarini jamg‘arib borishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyati to‘g‘risidagi axborotni o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarning o‘z vaqtida tayinlanishini va belgilangan miqdorlarda to‘lanishini ta’minlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urta badallari va to‘lovlarining hisobini yuritishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urta badallarini to‘lagan shaxslarning davlat ijtimoiy sug‘urtasini amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urta qildiruvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni va hisobdan chiqarishni amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urta qildiruvchilarning va sug‘urtalangan shaxslarning, jamg‘arma tushumlari va xarajatlarining yagona hisobini yuritishi, shuningdek sug‘urtalangan shaxslarning personallashtirilgan hisobi uchun taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini boshqa davlat organlari bilan elektron axborot almashinuvi orqali tekshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urta qildiruvchilar va sug‘urtalangan shaxslar uchun davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borishi, shu jumladan sug‘urta badallarining va davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lovlarning hisobi yuzasidan shaxsga doir ma’lumotlarni, mazkur to‘lovlar bo‘yicha murojaat qilish va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Sug‘urta qildiruvchilarning huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sug‘urta / 03.11.22.04 Sug‘urta bo‘yicha boshqa masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sug‘urta qildiruvchilar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urtalovchidan davlat ijtimoiy sug‘urtasi masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va sug‘urtalangan shaxslarga davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha amalga oshiriladigan to‘lovlar miqdorlari to‘g‘risidagi axborotni bepul olish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va o‘zga tashkilotlarga murojaat qilishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z huquqlarini himoya qilish yoxud davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lov tayinlanishining to‘g‘riligini qayta ko‘rib chiqish uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligiga yoki sudga murojaat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sug‘urta qildiruvchilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urtalovchidan ro‘yxatdan o‘tishi va hisobdan chiqishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urta badallarini o‘z vaqtida va belgilangan stavkalar bo‘yicha to‘lashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarga taalluqli bo‘lgan hujjatlarni tekshirish uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligiga taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Davlat ijtimoiy sug‘urtasining moliyaviy tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari sug‘urtalovchi tomonidan quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soliqning bir qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urta badallari;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.05.00 Bank omonati va boshqa depozit operatsiyalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini depozitlarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari jamg‘armada jamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Sug‘urta badali
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sug‘urta badali sug‘urtalangan shaxs uchun jamg‘armaga amalga oshiriladigan ajratma yoki to‘lov hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sug‘urta badali majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi bilan qamrab olinadigan fuqarolar uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan miqdorlarda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining bir qismi hisobidan, ixtiyoriy davlat ijtimoiy sug‘urtasi bilan qamrab olinadigan fuqarolar uchun minimal miqdori qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadigan to‘lov hisobidan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq hisoblangan mehnatga haq to‘lash tarzidagi barcha daromadlar sug‘urta badallarini hisoblash obyektidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sug‘urta badali stavkasi sug‘urta badallarini hisoblash obyektining summasiga nisbatan foizli nisbatda hisoblanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sug‘urta badallari hisobini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Sug‘urta badallarini to‘lovchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sug‘urta badallarini to‘lovchilar deb quyidagilar e’tirof etiladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sug‘urta / 03.11.22.02 Majburiy sug‘urta]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi bilan sug‘urtalangan shaxslar;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sug‘urta / 03.11.22.03 Ixtiyoriy sug‘urta]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiyoriy davlat ijtimoiy sug‘urtasi bilan sug‘urtalangan shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik hujjatlari bilan ayrim shaxslarni yoki shaxslar toifalarini sug‘urta badallarini to‘lashdan ozod etish yoki ularga imtiyozlar berish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi moliyaviy barqarorligining davlat kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari prognozini tuzishda hamda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish uchun jamg‘arma budjeti taqchilligining prognoz xavflari yuzaga kelganda, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi sug‘urtalovchining asoslangan talabnomasi asosida navbatdagi moliya yili uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqishda, davlat budjeti taqchilligining cheklangan miqdorini hisobga olgan holda, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni ta’minlash imkonini beradigan, O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan jamg‘armaga budjetlararo transfertlar ajratilishini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘larini budjetlashtirish va xarajat qilish hamda ularning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma budjeti sug‘urtalovchi tomonidan ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma mablag‘lari davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni, shu jumladan mazkur to‘lovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishga sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan budjet ko‘rsatkichlarining bajarilishi sug‘urtalovchi va uning hududiy bo‘linmalari, tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma budjetining muayyan moliya yilidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning joriy hisobot yilida foydalanilmay qolgan mablag‘lari olib qo‘yilmaydi va keyingi yilga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni tayinlash va amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni olishga bo‘lgan huquq sug‘urta badallarining to‘lanishiga qarab yuzaga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda va tegishli davrlar uchun tayinlanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni tayinlash va amalga oshirish tartibi, shu jumladan davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha eng kam sug‘urta staji hamda to‘lovlarni amalga oshirish muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni tayinlash uchun murojaat qilish va hujjatlarni ko‘rib chiqish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sug‘urta / 03.11.22.04 Sug‘urta bo‘yicha boshqa masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.23.00 Ishdan bo‘shatish nafaqasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni ishdan bo‘shatish nafaqasi tarzida tayinlash sug‘urtalangan shaxsning murojaati asosida, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqalari hamda homiladorlik va tug‘ish nafaqalari tarzida esa sug‘urtalangan shaxsning murojaati talab etilmagan holda (proaktiv shaklda) amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni tayinlash uchun murojaat sug‘urtalangan shaxs tomonidan quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urtalovchiga bevosita yoki ish beruvchi orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus davlat axborot tizimlari orqali elektron tarzda.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sug‘urtalangan shaxsning murojaati talab etilmagan holda (proaktiv shaklda) tayinlanadigan davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar yuzasidan sug‘urta hodisasi yuzaga kelganda sug‘urtalangan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar sug‘urtalovchiga Ijtimoiy himoya milliy agentligining axborot tizimi orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni to‘xtatib turish va qayta tiklash
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sug‘urta / 03.11.22.04 Sug‘urta bo‘yicha boshqa masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar quyidagi hollarda keyingi oyning birinchi sanasidan e’tiboran to‘xtatib turiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urtalangan shaxs yoki uning qonuniy vakili davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni to‘xtatib turish haqida murojaat qilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urtalangan shaxs qonunda belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb topilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lov sug‘urta hodisasi tasdiqlangan taqdirda, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovning to‘xtatib turilishiga sabab bo‘lgan holatlar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi axborot tizimlaridan olingan hujjatlarga va (yoki) ma’lumotlarga asosan qayta tiklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni tugatish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sug‘urta / 03.11.22.04 Sug‘urta bo‘yicha boshqa masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar quyidagi hollarda tugatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urtalangan shaxs vafot etganda yoki sud qarori bilan vafot etgan deb e’lon qilinganda. Bunda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lov sug‘urtalangan shaxs vafot etgan yoki vafot etgan deb e’lon qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan e’tiboran tugatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urtalangan shaxs O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqqanda yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urtalangan shaxs yoki uning qonuniy vakili davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovni tugatish to‘g‘risida murojaat qilganda. Bunda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lov murojaat berilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan e’tiboran tugatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovni tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan hujjatlarning (ma’lumotlarning) ishonchsizligi yoki soxta ekanligi aniqlanganda. Bunda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lov tayinlangan kundan e’tiboran tugatilgan hisoblanadi va to‘langan mablag‘lar sug‘urtalangan shaxs tomonidan qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 399-moddasiga o‘zgartirish kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrda qabul qilingan O‘RQ-798-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, 10-songa ilova; 2023-yil, № 4, 265-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 7, 627-modda, № 9, 964-modda; 2025-yil № 2, 193-modda, № 6, 730-modda) 399-moddasining matnidagi “davlat ijtimoiy sug‘urta” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar bo‘yicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targ‘ibot]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilish va kuchga kirishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonun 12-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan sug‘urta badallari hisobini yuritish tartibini ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida belgilasin;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilish va kuchga kirishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonun 16-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni tayinlash va amalga oshirish tartibini, shu jumladan davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha eng kam sug‘urta stajini hamda to‘lovlarni amalga oshirish muddatlarini ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilish va kuchga kirishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun 2026-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 9-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘RQ-1101-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 03/25/1101/1135-son)