16.07.2025 yildagi 444-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga nafaqa tayinlash va toʻlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarning jamiyatda oʻz oʻrnini topishi va ijtimoiy moslashuviga amaliy koʻmaklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-son Farmoni bilan ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari miqdoridagi bir martalik nafaqa (keyingi oʻrinlarda — nafaqa) pulini uni tayinlashning amaldagi tartibi saqlab qolingan holda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari orqali toʻlash belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) nafaqa tayinlash uchun murojaat qilish, murojaatlarni koʻrib chiqish va nafaqa tayinlash “E-probatsiya” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) nafaqa tuman (shahar) probatsiya boʻlinmalari tomonidan tayinlanadi hamda respublika budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan toʻlanadi;
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/796/1180-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tayinlangan nafaqa “E-probatsiya” axborot tizimi orqali taqdim etilgan maʼlumotlar asosida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Yagona reyestr” AT) orqali toʻlanadi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan har oyning 2-sanasiga qadar oʻtgan oyda toʻlangan nafaqalarning umumiy summasidan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlar toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzilgan tijorat banki yoki boshqa ixtisoslashgan tashkilot (keyingi oʻrinlarda — tijorat banki) hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarning murojaatiga asosan “Yagona reyestr” AT orqali elektron yuborilgan toʻlov qaydnomalariga muvofiq nafaqa tijorat banki tomonidan naqd pul shaklida toʻlanadi yoki ularda mavjud bank kartalariga oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Agentlik bilan birgalikda 2025-yil 1-sentabrga qadar “E-probatsiya” axborot tizimi “Yagona reyestr” ATga integratsiya qilinishini hamda “E-probatsiya” axborot tizimi orqali nafaqa tayinlash boʻyicha murojaatlarni qabul qilish, koʻrib chiqish va tayinlashning barcha texnik imkoniyatlarini yaratish choralarini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bir oy muddatda belgilangan tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri budjetlari parametrlarida jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa toʻlash maqsadlari uchun 2025-yilda koʻzda tutilgan mablagʻlar Agentlik hududiy boshqarmalariga oʻtkazib berilishini, 2026-yildan boshlab har yili ushbu bandda nazarda tutilgan maqsadlar uchun tegishli mablagʻlar Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini taʼminlasin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/796/1180-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 31-iyuldagi 318-F-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 16-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
444-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-iyuldagi 444-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa (keyingi oʻrinlarda — nafaqa) tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nafaqa Oʻzbekiston Respublikasidagi jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — oʻziga nisbatan nafaqa tayinlanishini soʻrab murojaat qilgan jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — tuman (shahar) probatsiya boʻlinmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nafaqa — qonunchilikka muvofiq jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari miqdorida toʻlanadigan bir martalik pul;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Nafaqa tayinlash uchun murojaat qilish, murojaatlarni koʻrib chiqish va nafaqalarni tayinlash “E-probatsiya” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Nafaqa tuman (shahar) probatsiya boʻlinmalari tomonidan tayinlanadi hamda respublika budjet mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/796/1180-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga nafaqa ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga asosan tayinlanadi va toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Nafaqani tayinlash va toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ariza beruvchi jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan kundan boshlab bir oy ichida oʻz xohishiga koʻra nafaqa tayinlanishi uchun vakolatli organga shaxsan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vakolatli organning xodimi ariza beruvchining nomidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi arizani “E-probatsiya” axborot tizimida elektron shaklda toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchidan arizada koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Zarur maʼlumotlar arizaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron raqamli imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vakolatli organ bir ish kuni mobaynida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-probatsiya” axborot tizimida ariza beruvchining jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingani toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “E-mahkum” axborot tizimidan elektron axborot almashinuvi orqali tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingani tasdiqlangan taqdirda, ariza beruvchiga “E-probatsiya” axborot tizimi orqali nafaqa tayinlaydi va bu toʻgʻrisidagi maʼlumotni nafaqa toʻlash uchun “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — “Yagona reyestr” AT) yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchini nafaqa tayinlangani va nafaqani olish uchun murojaat qilishi lozim boʻlgan tijorat banki toʻgʻrisida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq arizada koʻrsatilgan mobil aloqa vositasi orqali xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqaning miqdori vakolatli organga murojaat etish kunida belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagi hollarda nafaqa tayinlash rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi tomonidan nafaqa tayinlash boʻyicha ushbu Nizomning 7-bandida belgilangan muddatda murojaat qilinmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-mahkum” axborot tizimi orqali ariza beruvchining jazoni ijro etish muassasasida jazoni oʻtagani va ozod qilingani tasdiqlanmaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan shaxs vafot etgan taqdirda.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/796/1180-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda belgilanmagan asoslar boʻyicha nafaqa tayinlashni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Yagona reyestr” ATda ariza beruvchiga nafaqa tayinlangani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kelib tushgan vaqtdan soʻng avtomatik ravishda toʻlov qaydnomasi shakllantiriladi va nafaqa toʻlash uchun toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzilgan tijorat bankiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agentlik har oyning 2-sanasiga qadar oʻtgan oyda toʻlangan nafaqalarning umumiy summasidan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni tijorat bankining hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Nafaqa oluvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni yoki jazoni oʻtab boʻlganlik yoki jazodan ozod qilinganlik toʻgʻrisida belgilangan namunadagi maʼlumotnomani koʻrsatgan holda, unga nafaqa tayinlangan kundan boshlab bir oy muddat ichida nafaqani olish uchun tijorat bankining istalgan filialiga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa tayinlangan shaxs ushbu bandning birinchi xatboshisida belgilangan muddatda nafaqani olish uchun murojaat qilmagan taqdirda yoki ushbu nafaqa avval toʻlab berilgan boʻlsa, nafaqa toʻlash rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tijorat banki nafaqani olish uchun murojaat qilgan nafaqa oluvchining nafaqaga boʻlgan huquqini “Yagona reyestr” ATga elektron soʻrov yuborish orqali tasdiqlaydi hamda oldindan moliyalashtirilgan mablagʻlar hisobidan nafaqani nafaqa oluvchining xohishiga koʻra naqd pul shaklida yoki unga tegishli boʻlgan bank kartasi pul oʻtkazish orqali toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Nafaqa oluvchilarga tijorat banki tomonidan nafaqani naqd pul shaklida toʻlab berganlik uchun bank xizmat haqi miqdori tijorat banki va Agentlik oʻrtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq, biroq toʻlab berilgan nafaqa miqdorining 0,1 foizidan oshmagan miqdorda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Joriy oy mobaynida nafaqa oluvchilar tomonidan talab qilinmagan va tijorat bankining maxsus hisobvaraqlaridagi mablagʻlar joriy oydan keyingi oyning 1-sanasiga qadar ushbu Nizom maqsadlariga muvofiq kelgusida toʻlash uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan shaxs vafot etgan taqdirda, unga nisbatan nafaqa tayinlanmaydi yoki tayinlangan nafaqa toʻlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ushbu Nizomga muvofiq axborot tizimlari orqali yuborilgan nafaqa toʻlash huquqini beradigan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va haqqoniyligi uchun javobgarlik vakolatli organga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vakolatli organlar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchilar yoki nafaqa oluvchi haqidagi maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ariza beruvchi yoki nafaqa oluvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqani tayinlash va toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Nafaqa tayinlash yuzasidan vakolatli organga oʻzi borgan holda murojaat qiladi.

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan kundan boshlab bir oy ichida

2-bosqich

Probatsiya boʻlinmasi

Ariza beruvchining nomidan arizani “E-probatsiya” axborot tizimida elektron shaklda toʻldirib, roʻyxatga oladi. Bunda:

Ariza toʻldirilgandan keyin 10 daqiqada

1. “E-probatsiya” axborot tizimida ariza beruvchining jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingani toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “E-mahkum” axborot tizimidan elektron axborot almashinuvi orqali tekshiradi.

Bir ish kuni ichida

2. Ariza beruvchining jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingani tasdiqlangan taqdirda, ariza beruvchiga “E-probatsiya” axborot tizimi orqali nafaqa tayinlaydi va bu toʻgʻrisidagi maʼlumotni nafaqani toʻlash uchun “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — “Yagona reyestr” AT) yuboradi.

3. Ariza beruvchini nafaqa tayinlangani toʻgʻrisida arizada koʻrsatilgan mobil aloqa vositasiga orqali xabardor qiladi.

3-bosqich

“Yagona reyestr” AT

Ariza beruvchiga nafaqa tayinlangani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kelib tushgan vaqtdan soʻng toʻlov qaydnomasini shakllantiradi va nafaqani toʻlash uchun tijorat bankiga yuboradi.

Maʼlumotlar kelib tushgan vaqtdan soʻng avtomatik ravishda

4-bosqich

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Nafaqa toʻlash uchun tegishli mablagʻlarni tijorat bankining maxsus hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.

Har oyning 2-sanasiga qadar

5-bosqich

Nafaqa oluvchi

Shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni koʻrsatgan holda, nafaqa pulini olish uchun tijorat bankining istalgan filialiga murojaat qiladi.

Nafaqa tayinlangan kundan boshlab 1 oy ichida

6-bosqich

Tijorat banki

Nafaqani olish uchun murojaat qilgan nafaqa oluvchining nafaqaga boʻlgan huquqini “Yagona reyestr” ATga elektron soʻrov yuborish orqali tasdiqlaydi hamda oldindan moliyalashtirilgan mablagʻlar hisobidan nafaqani toʻlaydi.

Nafaqani olish uchun murojaat qilingan vaqtdan boshlab 10 daqiqa ichida

Toʻlanmagan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga qaytaradi va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga maʼlumot taqdim etadi.

Toʻlov amalga oshirilgan oydan keyingi oyning 1-sanasiga qadar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

____________________

____________________

(sana)

(raqam)

ARIZA

(Ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarga nafaqa tayinlash toʻgʻrisida)

1. F.I.O.

2. Tugʻilgan yili va sanasi

3. Yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan joyi

4. Vaqtincha yashash joyi

5. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tugʻilganlik guvohnomasi, biometrik pasporti, ID karta) maʼlumotlari*

6. Telefon raqami

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan taqdirda, jazoni oʻtab boʻlganlik yoki jazodan ozod qilinganlik toʻgʻrisida belgilangan namunada maʼlumotnoma taqdim etiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2025-y., 09/25/444/0624-son; 19.12.2025-y., 09/25/796/1180-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)