03.11.2025 yildagi PF-206-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni tayinlash va to‘lash tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimini takomillashtirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash orqali aholini og‘ir hayotiy vaziyatlarda moddiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, rasmiy bandlikni rag‘batlantirish va mehnat bozori barqarorligini oshirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) fuqarolarning og‘ir hayotiy vaziyatlarda daromadsiz qolishining oldini olish hamda ularning kambag‘allikka tushish xavfini minimallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) aholining davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimidagi ishtirokini kengaytirish va norasmiy bandlikni legallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimini uning moliyaviy barqarorligini ta’minlash va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida bosqichma-bosqich takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni fuqarolarning ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha qo‘shgan hissasiga mutanosib ravishda hisoblash va to‘lash mexanizmlarini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Davlat ijtimoiy sug‘urtasining yangi tizimini joriy etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasida davlat ijtimoiy sug‘urtasining yangi tizimi joriy etiladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) fuqarolar davlat ijtimoiy sug‘urtasi bilan quyidagi shartlarda qamrab olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) majburiy asoslarda — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun bilan miqdori (stavkasi) belgilanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining bir qismi hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) ixtiyoriy asoslarda — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 foizi miqdoridagi har oylik sug‘urta badalining eng kam miqdorini to‘lash evaziga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) fuqarolarga davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar ularning minimal sug‘urta staji va to‘lagan sug‘urta badaliga mutanosib ravishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi o‘rinlarda — Ijtimoiy himoya milliy agentligi) Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) orqali to‘lanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) sug‘urtalangan shaxslar, ularning sug‘urta staji va badallari hisobini yuritish, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni tayinlash va to‘lash jarayonlari “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadigan ma’lumotlar asosida Ijtimoiy himoya milliy agentligining axborot tizimida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Jamg‘arma orqali:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) proaktiv shaklda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-yanvardan boshlab homiladorlik va tug‘ish nafaqasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-iyuldan boshlab vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) fuqarolarning murojaatlari asosida 2030-yil 1-yanvardan boshlab ishdan bo‘shatish nafaqasi tayinlanadi va to‘lanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) 2026-yil 1-yanvarga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badali, yagona ijtimoiy to‘lov va ijtimoiy soliq to‘langan davrlar davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni hisoblashda sug‘urta staji sifatida inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Jamg‘arma davlat maqsadli jamg‘armasi sifatida davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasi uning ijro organi hisoblanadi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Ijro etuvchi direksiya faoliyatini tashkil etish uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning tizim tashkilotlarining boshqaruv shtat birliklari hisobidan 33 ta shtat birligi ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Ijro etuvchi direksiya xodimlari mehnatiga haq to‘lash razryadlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi markaziy apparatining xodimlari uchun belgilangan razryadlardan bir pog‘ona past miqdorda qo‘llanadi. Bunda Ijro etuvchi direksiya xodimlari mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirishning boshqa shartlari bo‘yicha Ijtimoiy himoya milliy agentligi markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan shartlar tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) Ijro etuvchi direksiya faoliyati O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Farmonga muvofiq davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimi bo‘yicha tadbirlarni tashkillashtirish va amalga oshirishda quyidagilar mas’ul va javobgar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Ijtimoiy himoya milliy agentligi — davlat ijtimoiy sug‘urtasi hisobi yuritilishini, to‘lovlarni tayinlash va to‘lash tadbirlari o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Jamg‘arma — davlat ijtimoiy sug‘urtasi doirasida sug‘urta qildiruvchilar va sug‘urtalangan shaxslar, sug‘urta staji va badallari hisobini yuritish hamda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni tayinlash va to‘lashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Sog‘liqni saqlash vazirligi — sug‘urtalangan shaxslarning mehnatga layoqatsizlik varaqalarini tegishli axborot tizimlari orqali to‘g‘ri va o‘z vaqtida rasmiylashtirish hamda axborot tizimi orqali Jamg‘armaga taqdim etib borishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi — sug‘urtalangan shaxslarning bandlik holati, ularning mehnat staji va ta’tillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni axborot tizimi orqali Jamg‘armaga taqdim etib borishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Soliq qo‘mitasi — davlat ijtimoiy sug‘urtasi bilan majburiy asosda qamrab olinadigan fuqarolarning mehnatga haq to‘lash shaklidagi daromadlari to‘g‘risida, shuningdek, davlat ijtimoiy sug‘urtasining yangi tizimi joriy etilgunga qadar bo‘lgan davr uchun sug‘urtalangan shaxslarga davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni hisoblab chiqarishda sug‘urta staji sifatida inobatga olinadigan davrlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimini rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ijtimoiy himoya milliy agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2026-yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda jozibadorlikni oshirish maqsadida sug‘urtalangan shaxslar tomonidan o‘zlarining sug‘urta stajlari va amalga oshirilgan sug‘urta badallari hisobini real vaqt rejimida kuzatib borish imkoniyatini yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) har yili O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunida davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘larini shakllantirish uchun ijtimoiy soliq va daromad solig‘ining Jamg‘armaga yo‘naltiriladigan qismini (miqdorini), shuningdek, respublika budjetidan zarur miqdordagi transfertlarni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish uchun zarur mablag‘larni asoslantirilgan hisob-kitoblar bo‘yicha 2025-yilda Davlat budjeti parametrlarida Ijtimoiy himoya milliy agentligi uchun nazarda tutilgan mablag‘larning cheklangan miqdorlari doirasida ajratsin va 2026-yildan boshlab har yili tegishli yil uchun budjet parametrlarida nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya bo‘yicha maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.P. Olloyorov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Farmon ijrosini nazorat qilish va ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 3-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-206-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-206-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimini rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YO‘L XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Amalga oshirilgan sug‘urta badallari hisobini yuritish, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha talab etiladigan eng kam sug‘urta staji hamda to‘lovlarni amalga oshirish muddatlari va miqdori, shuningdek, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni tayinlash va to‘lash tartibini belgilash.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

(a) davlat ijtimoiy sug‘urtasi doirasida sug‘urta qildiruvchilar va sug‘urtalangan shaxslar, sug‘urta stajlari va sug‘urta badallari hisobini yuritish tartibi;

(b) davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha talab etiladigan sug‘urta staji;

(v) davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni tayinlash va to‘lash tartibi;

(g) davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish muddatlari va miqdori.

2025-yil dekabr

Ijtimoiy himoya

milliy agentligi

(J. Abruyev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fazilkarimov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov),

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Zaxidov)

2.

Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini belgilash.

Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil dekabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(J. Abruyev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fazilkarimov)

3.

Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi faoliyatini yo‘lga qo‘yishga doir quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish:

(a) Jamg‘armani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

(b) Jamg‘armani yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish;

(v) Jamg‘armaning xarajatlar smetasini ishlab chiqish va tasdiqlanishini ta’minlash;

(g) Jamg‘armaning moddiy-texnika bazasini yaratish va mustahkamlash.

2025-yil dekabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(J. Abruyev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fazilkarimov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

4.

Davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimini raqamlashtirish va o‘zaro elektron axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

1. Ijtimoiy himoya milliy agentligining tegishli axborot tizimlarida homiladorlik va tug‘ish hamda vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini tayinlash va to‘lash bo‘yicha alohida axborot modulini ishlab chiqish.

2025-2026-yillar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(J. Abruyev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Zaxidov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fazilkarimov),

Soliq qo‘mitasi

(Sh. Kudbiyev)

2. Sug‘urta qildiruvchilar va sug‘urtalangan shaxslar, sug‘urta staji va badallari hisobini axborot tizimi orqali yuritish imkoniyatini yaratish.

2026-yil yanvar

3. Jamg‘arma faoliyatini amalga oshirish uchun idoralararo elektron axborot almashinuvini tashkil etish.

2026-yil yanvar

5.

Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar sug‘urtalangan shaxslarga to‘lab berilganligi to‘g‘risida ularning ish beruvchilarini xabardor qilib borish mexanizmini joriy etish.

Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar sug‘urtalangan shaxslarga to‘lab berilganligi to‘g‘risida ularning ish beruvchilarini soliq organlaridagi shaxsiy kabinetiga xabarnoma yuborish orqali xabardor qilib borish.

Doimiy

Soliq qo‘mitasi

(Sh. Kudbiyev),

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(J. Abruyev)

6.

Davlat ijtimoiy sug‘urtasining yangi tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holatini tahlil qilish.

Davlat ijtimoiy sug‘urtasining yangi tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritish.

2026-yil fevral

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(J. Abruyev),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov),

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Zoxidov),

Soliq qo‘mitasi

(Sh. Kudbiyev)

7.

Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasining hamda davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimida ishtirok etuvchi vazirlik va idoralarning xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish.

1. Rejali o‘qitish (seminarlar, masofaviy o‘quv kurslari)ni amalga oshirish.

2. Xorijiy o‘quv safarlarini tashkillashtirish.

3. Tajriba almashish maqsadida xorijiy va mahalliy mutaxassislarni jalb etish.

2026-2027-yillar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(J. Abruyev),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov),

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Zaxidov)

8.

Tadbirkorlik subyektlarini davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimining afzalligi va qulayliklari to‘g‘risida xabardor qilish.

Davlat ijtimoiy sug‘urtasining yangi tizimida tadbirkorlik subyektlarining xodimlari uchun homiladorlik va tug‘ish hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini to‘lash bo‘yicha yuklamaning minimallashtirilishi, xodimlar, ayniqsa xotin-qizlarning norasmiy bandligini legallashtirish orqali ularni ijtimoiy xavf-xatarlardan himoya qilish haqida seminar o‘tkazish.

Bunda ushbu seminarlar har bir hududda o‘tkaziladi.

2026-yil I — III chorak

Savdo sanoat palatasi

(D. Vaxobov),

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(J. Abruyev),

Soliq qo‘mitasi

(Sh. Kudbiyev),

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Zaxidov)

9.

Davlat ijtimoiy sug‘urtasining yangi tizimi joriy qilinayotganligi bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot va tushuntirish ishlarini amalga oshirish.

1. Davlat ijtimoiy sug‘urtasining yangi tizimi bo‘yicha targ‘ibot materiallarini tayyorlash.

2. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi yangi tizimining maqsad va vazifalari aholi o‘rtasida targ‘ib qilinishi, televideniye va radio, internet tarmog‘i orqali yoritilishini ta’minlash.

Doimiy

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(A. Djurabayev),

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

(A. Ko‘chimov),

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(J. Abruyev)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-206-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmonining 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-175-son Farmonining 4-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-82-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2-ilovaning 15-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 4-ilovaning “g” kichik bandi ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yo‘nalishi bo‘yicha 2025-yilga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasining 39-pozitsiyasi “Ijro muddati” ustunidagi “2025-yil noyabr” so‘zlari “2026-yil noyabr” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 9-bandning “b” kichik bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) birinchi xatboshidagi “quyidagi ijtimoiy loyihalarni” so‘zlari “quyidagilarni” so‘zi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ekologiyani yaxshilash va atrof-muhitni asrash, aholi salomatligi va sanitariya-gigiyena sharoitini yaxshilash bilan bog‘liq bo‘lgan hamda boshqa zarur xarajatlarni moliyalashtirish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 1-ilovaning “III. “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordamlar” bo‘limida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) 3-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

3.

Oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlar bilan ta’minlash xarajatlarini qoplash.

Oziq-ovqat — bir chorakda bir marta;

Oziq-ovqat uchun — BHMning 1 baravari

1. Mazkur yordam Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga taqdim etiladi.

2. Mazkur yordam quyidagi shakllardan biri orqali ko‘rsatiladi:

oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlarni elektron savdo platformasi va savdo maydonchalari orqali elektron shaklda xarid qilish uchun tegishli qiymatdagi (1 yoki 5 BHM) vaucher ajratiladi;

oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlar yetkazib beruvchilarga elektron savdo platformasi va savdo maydonchalari orqali vaucher asosida o‘tkaziladi.

kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlar — har yarim yilda bir marta

Kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlar uchun — BHMning 5 baravari

;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) 5 — 9-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

5.

Uy-joyini ta’mirlash, shu jumladan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning yashash sharoitini moslashtirish xarajatlarini qoplash.

Ikki yilda bir marta

BHMning 50 baravarigacha

1. Mazkur yordam Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar hamda oylik daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha bo‘lgan oilalarning*** vakillari va o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga taqdim etiladi.

2. Mazkur yordam uchun pul mablag‘lari:

a) ta’mirlash ishlarini bajaruvchiga shartnoma;

b) qurilish materiallarini yetkazib beruvchiga esa elektron savdo platformasi va savdo maydonchalari orqali vaucher asosida o‘tkaziladi.

6.

Kommunal xarajatlarni qoplash.

Bir kuz-qish mavsumida ko‘pi bilan ikki marta

(1-oktabrdan 15-martga qadar)

BHMning 1 baravarigacha

1. Mazkur yordam Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga taqdim etiladi.

2. Mazkur yordam yuzasidan mablag‘lar kommunal xizmatlar bo‘yicha ta’minot korxonalariga elektron axborot dasturi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazib beriladi.

7.

Kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorlikni qoplash.

Bir kuz-qish mavsumida ko‘pi bilan ikki marta

(1-oktabrdan 15-martga qadar)

BHMning 5 baravarigacha

1. Mazkur yordam Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga taqdim etiladi.

2. Tegishli mablag‘lar kommunal xizmatlar bo‘yicha ta’minot korxonalariga elektron axborot dasturi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazib beriladi.

3. Mazkur yordam miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjeti hamda tuman (shahar)lar budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan ko‘paytirilishi mumkin.

8.

Ko‘mir yoki boshqa yoqilg‘i mahsulotlari bilan ta’minlash xarajatlarini qoplash.

Bir kuz-qish mavsumida ko‘pi bilan ikki marta

BHMning 2 baravarigacha

(tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan hududlarda BHMning 3 baravarigacha)

1. Mazkur yordam Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga taqdim etiladi.

2. Tegishli mablag‘lar yetkazib beruvchilarga elektron savdo platformasi va savdo maydonchalari orqali vaucher asosida o‘tkaziladi.

3. Mazkur yordam miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjeti hamda tuman (shahar)lar budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan ko‘paytirilishi mumkin.

9.

Yong‘in, suv toshqini, zilzila va boshqa texnogen hodisalar oqibatida zarar ko‘rgan uy-joylarni tiklash va ta’mirlash xarajatlarini qoplash.

Zaruratga ko‘ra, cheklanmagan marta

BHMning 150 baravarigacha

1. Mazkur yordam Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar hamda oylik daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha bo‘lgan oilalarning*** vakillariga taqdim etiladi.

2. Mazkur yordam uchun pul mablag‘lari:

a) uy-joylarni tiklash va ta’mirlash ishlarini bajaruvchilarga shartnoma;

b) qurilish materiallarini yetkazib beruvchilarga esa elektron savdo platformasi va savdo maydonchalari orqali vaucher asosida o‘tkazib beriladi.

”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-martdagi “Noshirlik va matbaa sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4640-son qarorining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining barcha sinflari uchun darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning foydalanish (yangi va qayta nashr etish davriyligi) muddatlarini belgilash, shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari barcha sinflari uchun darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni qo‘shimcha chop etish yuzasidan qaror qabul qilish huquqi berilsin. Bunda, darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning mazmuni asossiz o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning barcha sinflari uchun darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning foydalanish (yangi va qayta nashr etish davriyligi) muddatlarini belgilash huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat budjeti parametrlari shakllantirilishida 2026-yildan boshlab alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning darslik (bundan umumta’lim o‘quv dasturi darsliklari mustasno) va o‘quv qo‘llanmalarini yaratish va chop etish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga ajratilishini ko‘zda tutsin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PQ-410-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy himoyaga muhtoj keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ning 17-pozitsiyasi “Ijro muddati” ustunidagi “2025” raqami “2026” raqami bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-267-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy to‘lovlarni ijtimoiy kartalar orqali to‘lashni bosqichma-bosqich joriy qilish jadvalida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 10 va 20-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) quyidagi mazmundagi 221 va 222-pozitsiyalar bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

221.

Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi

2026-yil 1-yanvardan

222.

Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi

2026-yil 1-iyuldan

.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-268-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi to‘g‘risidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 6-bandning birinchi xatboshisida “va Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi” so‘zlari “, Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi, Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari hamda imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 9-bandda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) quyidagi mazmundagi o‘n sakkizinchi va o‘n to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari hamda imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) o‘n sakkiz-o‘n to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha yigirmanchi-yigirma birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabrdagi “Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilishini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-286-son qaroriga 6-ilovaning 54-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Mazkur ilovaning 1 va 2-bandlari 2026-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.11.2025-y., 06/25/206/1017-son)