12.08.2025 yildagi PF-130-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, yetishtirilgan mahsulotlar bo‘yicha dolzarb ma’lumotlarni shakllantirish, zamonaviy interaktiv xizmatlar, shuningdek, uchuvchisiz uchadigan apparatlar yordamida xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish orqali qishloq xo‘jaligi tashkilotlari faoliyatiga ko‘maklashish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar ushbu Farmonning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan 4 mln gektardan ortiq yer maydonlarida ekinlarni ekish va sug‘orish jarayonlarini raqamlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) mahsulot yetishtirish jarayonlarini monitoring va prognoz qilishda inson omilini qisqartirish, ma’lumotlar aniqligini oshirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) qishloq xo‘jaligi sohasida joriy etilgan 30 tadan ortiq axborot tizimlarini “yagona nuqta”ga birlashtirish orqali foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish hamda ma’lumotlarning o‘zaro muvofiqligi va ishonchliligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) 100 ga yaqin raqamli xizmat va servislar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, jumladan, robototexnika, uchuvchisiz uchadigan apparatlar (keyingi o‘rinlarda — dronlar) va boshqa “aqlli” qurilmalar yordamida xizmat ko‘rsatish orqali qishloq xo‘jaligi tashkilotlari uchun qulay sharoit yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) sohada ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulayliklarni ta’minlash, imtiyozli kredit va pul mablag‘lari aylanmalari bo‘yicha ma’lumotlarni onlayn taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini raqamli texnologiyalar yordamida kafolatlash hamda axborot tizimlaridagi ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Sohada raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘lamini kengaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, qishloq xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan ekinlarni mustaqil joylashtirish va yetishtiriladigan mahsulotlar hisobini yuritish jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) birinchi bosqichda — 2026-yil hosilidan boshlab fermer xo‘jaliklari, klasterlar va boshqa yuridik shaxs maqomidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar (keyingi o‘rinlarda — qishloq xo‘jaligi tashkilotlari) o‘zlariga tegishli yer uchastkalariga ekish rejalashtirilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasiga (keyingi o‘rinlarda — Agroportal) konturlar kesimida mustaqil joylashtirib boradi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) qishloq xo‘jaligi tashkilotlari o‘zlariga tegishli yer uchastkalariga ruxsat etilgan foydalanish turlariga asosan (asosiy, takroriy, to‘qsonbosti usulida) ekinlarni joylashtirishga oid ma’lumotlarni Agroportalga kiritib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Agroportalda belgilangan tartibda ma’lumotlari joylashtirilmagan ekinlarning sug‘orilishi suv resurslaridan ruxsat beruvchi hujjatlarsiz foydalanish deb baholanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) 2027-yil hosilidan boshlab ruxsat etilgan foydalanish turlariga asosan bir nechta turdagi ekinlarni ekish rejalashtirilgan taqdirda, Agroportalga yer uchastkasining 90 foiz qismiga belgilangan ekin turlarini joylashtirish bo‘yicha ma’lumotlar, paxta va boshoqli donni yetishtirish rejalashtirilgan taqdirda — yer uchastkasining 45 foiz qismiga paxta, qolgan 45 foiz qismiga boshoqli don joylashtirishga oid ma’lumotlar kiritiladi. Bunda yer uchastkasining qolgan 10 foiz qismiga qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga istalgan ekinlarni ekishga ruxsat beriladi (2026-yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan ekin turlarini joylashtirish mustaqil ulushlarda amalga oshiriladi);
(2-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PF-181-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2025-y., 06/25/181/0919-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) qishloq xo‘jaligi yerlarida ekiladigan ekinlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kelgusi yil hosili uchun har yili 1-avgustga (2025-yilda 1-oktabrga) qadar Agroportalga mustaqil joylashtirilmaganda, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlari 15 kunlik muddatda qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga ekinlarni joylashtirish bo‘yicha ma’lumotlarni Agroportalga kiritishga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga paxta va g‘alladan tashqari ekinlarni joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatkichlarga har yili asosiy ekinda — 15-apreldan 1-maygacha, takroriy ekinda — 15-iyuldan 1-avgustgacha, to‘qsonbosti usulida — 15-avgustdan 1-sentabrgacha belgilangan suv hajmi bo‘yicha limitlarni hisobga olgan holda o‘zgartirish kiritishga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(vi) ekinlarni joylashtirish bo‘yicha shakllangan batafsil va geografik nuqtalarga bog‘langan ma’lumotlar hududlarning qishloq xo‘jaligi geoportallarida onlayn rejimda aks ettirib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(vii) Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi resurslari hisobidan tijorat banklari orqali imtiyozli kreditlarni ajratish jarayonlarida tuman (shahar) hokimliklari va tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlari bilan kelishish hamda ulardan ma’lumotnoma olish talablari bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ikkinchi bosqichda — 2027-yildan boshlab dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari tomonidan yetishtiriladigan mahsulotlar to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlar bazalarini Agroportalga integratsiya qilish orqali mahsulotlar, jumladan, kartoshka va meva-sabzavotlar hisobini yagona tizimda yuritish yo‘lga qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Agroportalni qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar uchun sohada xizmat ko‘rsatishning “yagona nuqtasi” sifatida e’tirof etish. Bunda Agroportal orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ham ko‘rsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJni qishloq xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish yo‘nalishida axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona operator (keyingi o‘rinlarda — Yagona operator) etib belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agroportalda quyidagi qo‘shimcha raqamli xizmat va servislar ko‘rsatish imkoni yaratilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) qishloq xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan ekin maydonlariga ekinlarni mustaqil joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) qishloq xo‘jaligi yerlari foydalanuvchilari tomonidan ekin maydonlarining asosiy foydalanish turini belgilash va ularga o‘zgartirish kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) agrotexnik tadbirlarni bajarish jarayonlari va ekinlarning rivojlanish bosqichlarini monitoring qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi resurslari hisobidan tijorat banklari orqali ajratiladigan imtiyozli kreditlar bo‘yicha to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklari va mahsulotlari oldi-sotdisi, ekinlarni parvarishlash hamda boshqa yo‘nalishlarda shartnomalar tuzish xizmatlarini yo‘lga qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) qishloq xo‘jaligi sohasida xususiy sektor tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlardan foydalanish imkonini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Agroportal tarkibiga kiruvchi axborot tizimlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Agroportal orqali ko‘rsatiladigan raqamli xizmat va servislar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) tashkil etilsin va uning tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, Respublika komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosini barqaror saqlash, oziq-ovqat balansidagi importga bog‘langan yoki yetishmovchilik xavfi mavjud bo‘lgan mahsulotlarni yetishtirishni ko‘paytirish bo‘yicha kollegial maslahat organi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ruxsat etilgan foydalanish turlariga asosan yer uchastkalarida ekin joylashtirish ulushlariga (foizlar) hududlar ixtisosligidan kelib chiqib o‘zgartirish kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va qishloq xo‘jaligi tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Qishloq xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) har yili 1-oktabrga qadar kelgusi yil uchun oziq-ovqat balansining prognozi va Agroportalda shakllangan ekinlarni joylashtirish bo‘yicha ma’lumotlarni tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) tahlil natijalari asosida yetishmovchilik kuzatilishi xavfi bo‘lgan alohida mahsulotlarni tanlab oladi va ularni yetishtirish hajmini ko‘paytirish maqsadida Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan tijorat banklari orqali ajratiladigan imtiyozli kreditlar miqdorini e’lon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Respublika komissiyasi (J. Qo‘chqorov) Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining taklifiga asosan alohida tanlab olingan mahsulotlarni yetishtirishni rag‘batlantirish maqsadida ularni yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar va subsidiyalarni joriy qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekiston fermerlari kengashining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ ta’sischiligida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida quyidagilarga ixtisoslashgan korxonani tashkil etish va uning faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish uchun tashabbuskor tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikni o‘rnatish haqidagi takliflari ma’qullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga robototexnika, dron va boshqa qurilmalar yordamida xizmatlar ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) xorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda dronlar, ularning ehtiyot qismlari va boshqa “aqlli” qurilmalarni ishlab chiqarishni tashkil etish hamda ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) o‘quv va malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) iqlim o‘zgarishi, yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro va mahalliy loyihalarda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilab qo‘yilsinki, qishloq xo‘jaligida raqamli xizmat va servis ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish maqsadida qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish uchun ajratiladigan imtiyozli kreditlarning mexanizatsiya yo‘nalishi hisobidan ham dron xizmatlaridan foydalanishga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) dron xizmatlaridan foydalanish uchun Agroportal orqali ariza berish, shartnomalarni tuzish va to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Agroportal orqali uchish balandligi 30 metrgacha bo‘lgan dronlar yordamida ko‘rsatiladigan xizmatlar vakolatli idoralar bilan kelishilgan hududlarda ularning yillik ruxsatnomalari asosida taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Agroportalda quyidagi xizmat turlarini joriy qilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2025-yil 1-dekabrdan boshlab qishloq xo‘jaligi yerlarini ikkilamchi ijaraga berish yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) ikkilamchi ijaraga beriladigan yerlarni belgilash, ijara shartnomasini tuzish, davlat ro‘yxatdan o‘tkazish va to‘lovlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) ikkilamchi ijaraga beriladigan yerlarda mahsulot yetishtirishga kreditlar olish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2026-yil 1-martdan boshlab qonunchilikda belgilangan tartibda yer toifasini o‘zgartirish va nobudgarchilik hisobini yuritish bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) qishloq xo‘jaligi yerlari toifasini o‘zgartirish yuzasidan arizalar berish, ularning holatini onlayn kuzatib borish va natijalarini taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash bo‘yicha belgilangan tartibda to‘lanadigan kompensatsiya to‘lovini avtomatik hisoblash, to‘lovlarni amalga oshirish va undirilgan to‘lovlar hisobini yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Tashkiliy masalalar hamda Farmon ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) davlat organlari va boshqa tashkilotlarga Agroportal tarkibiga kiruvchi axborot tizimlari hamda u orqali ko‘rsatiladigan raqamli xizmat va servislarni joriy qilish hamda kengaytirish uchun tender (tanlov) savdolari o‘tkazmasdan loyiha va texnik hujjatlarni tayyorlash, axborot tizimlari, resurslari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha Yagona operator bilan shartnomalar tuzish huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Yagona operator hisobiga quyidagi ajratmalar yo‘naltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Agroportal orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun to‘lanadigan davlat bojlari, yig‘imlar va barcha turdagi to‘lovlarning 11,25 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Agrobilling tizimi orqali xizmatlarni ko‘rsatganlik uchun to‘lanadigan davlat bojlari va boshqa to‘lovlardan tushadigan mablag‘larning 0,5 foizi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va tijorat banklari bilan birga 2026-yildan boshlab har yili mart — oktabr oylarida respublika bo‘yicha paxta va g‘alla ekinlarini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanish holatini kosmik suratlar va dron yordamida olingan ma’lumotlar asosida monitoring qilishni yo‘lga qo‘ysin. Bunda surat va ma’lumotlarni tahlil qilish bilan bog‘liq xarajatlar Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) kosmik suratlar va dron yordamida olingan ma’lumotlar asosida o‘tkazilgan tahlillar natijalarini Bosh prokuratura, Soliq qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda Kadastr agentligiga taqdim etib borsin. Bunda ushbu tahlillar asosida vakolatli organlar tomonidan undirilgan mablag‘larning 10 foizi mazkur Agentlikka yo‘naltirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qishloq xo‘jaligi sohasida raqamli texnologiyalarni qo‘llashni yanada jadallashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 6-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bosh prokuratura qishloq xo‘jaligi tashkilotlari ekinlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Agroportalga mustaqil joylashtirishi, belgilangan tartibda ma’lumotlari joylashtirilmagan ekinlarni sug‘orish holatlari bo‘yicha oshirilgan soliq stavkalari undirilishi ustidan nazorat o‘rnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Kadastr agentligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga tegishli yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlarini belgilash tadbirlarini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Suv xo‘jaligi vazirligi, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va O‘zbekiston fermerlari kengashi bilan birgalikda ikki oy muddatda sohada joriy qilinayotgan raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha qishloq xo‘jaligi tashkilotlari xodimlari uchun o‘quv seminar-treninglar tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan ekin maydonlariga suv yetkazish bo‘yicha limitlarni belgilash, shartnoma tuzish, yetkazilgan suv hajmini kosmik surat asosida baholash va hisobvaraq-fakturalarni imzolash jarayonini raqamlashtirish bo‘yicha Xorazm viloyati Yangiariq tumanida pilot loyihani amalga oshirish, natijalarini boshqa hududlarga joriy qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Suv xo‘jaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) qishloq va suv xo‘jaligi tizimidagi tegishli ilmiy-tadqiqot institutlarini jalb qilgan holda 2026-yil yakuniga qadar hududlar kesimida gidromodul rayon hududlari chegaralari va xaritalarini qayta ko‘rib chiqib, ularni yangilasin hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish tartibi va me’yorlariga o‘zgartirishlarni kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) har yili Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi ma’lumotlaridan foydalangan holda bir xil sharoit va ekin turi bo‘yicha suvdan samaraliroq foydalangan fermer xo‘jaliklarini aniqlab, ularning ijobiy tajribasini boshqa fermer xo‘jaliklariga ommalashtirish choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi bilan kelishilgan holda 2026-yil yakuniga qadar Suv xo‘jaligi vazirligiga raqamlashtirish uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida suv omborlariga (doimiy suv yig‘ilmaydigan sel suv omborlari bundan mustasno) suv sathini o‘lchaydigan hisoblagichlarni o‘rnatsin, ularni Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining axborot tizimiga integratsiya qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib qishloq xo‘jaligi vaziri I.Yu. Abduraxmonov, Agroportal va uning tarkibiga kiruvchi axborot tizimlari, sohadagi raqamli xizmat va servislarning o‘z vaqtida ishga tushirilishi va uzluksiz ishlashi uchun mas’ul etib qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Q.A. Yuldashev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ushbu Farmon ijrosini nazorat qilish, mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Bosh vazir o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 12-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-130-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agroportal tarkibiga kiruvchi axborot tizimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Axborot tizimlari

Maqsadi

1.

Agroportal

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va ularga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar uchun sohada xizmat ko‘rsatishning “yagona nuqtasi”ni belgilash.

2.

Geoaxborot tizimi

Qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan samarali foydalanish va hisobini yuritish, qishloq xo‘jaligi ekinlari monitoringini amalga oshirish.

3.

“E-ijara” AT

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va vakolatli tashkilotlar bilan kelishish.

4.

“Agrosubsidiya” AT

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga subsidiyalar berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va vakolatli organlar bilan kelishish.

5.

“Qishloq xo‘jaligi texnikalari reyestri” AT

Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari yagona davlat reyestrini shakllantirish.

6.

“CropAgro” AT

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini elektron joylashtirish, kelishish, ma’lumot va hisobotlarni shakllantirish.

7.

“Agroplatforma” AT

Paxta, boshoqli don, meva-sabzavot yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish.

8.

“Reagro” AT

Paxta-to‘qimachilik klasterlari bo‘yicha avtomatlashtirilgan reytingni va qishloq xo‘jaligi kooperatsiyalari bo‘yicha reyestrni yuritish.

9.

“AgroBI” AT

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda ishonchli va yagona ma’lumotlarni shakllantirish.

10.

“Oziq-ovqat mahsulotlarini zaxiralash” AT

Qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat zaxiralarini yaratish, zaxiraga olingan mahsulotlar hajmi bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish.

11.

“O‘rmon E-ijara” AT*

O‘rmon fondi yerlarini ijaraga berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish hamda vakolatli organlar bilan kelishish.

12.

“E-urug‘” AT

Elektron tanlovlarni tashkil etish va o‘tkazish, monitoring va aprobatsiya tadbirlari uchun zarur axborotni yuritish, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklari bazasini shakllantirish.

13.

“AgroDocs” AT

Qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘rtasida shartnoma tuzish, shartnomaviy munosabatlarni tartibga solishga ko‘maklashish.

14.

“Ombor kitobi” AT

Qishloq xo‘jaligi sohasida ustuvor vazifalarni belgilash va ijrosini nazorat qilish.

15.

“Hosil qabuli” AT

Ayrim turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari miqdor va sifat ko‘rsatkichlari, yetkazib beruvchi va qabul qiluvchi tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish va statistik hisobotlarni yuritish.

16.

“Agromonitoring” AT

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda agrotexnik tadbirlar monitoringini yuritish.

17.

“Agrotarozi” dasturiy ta’minoti

Paxta va boshoqli don yetishtiruvchilarga elektron tarozilar orqali xizmat ko‘rsatish.

18.

“O‘zbekkosmos” agentligining “Space Agro Monitoring” subplatformasi

Paxta va boshoqli don yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni maqsadli yo‘naltirganlik holatini o‘rganish bo‘yicha masofaviy monitoring yuritish orqali xizmat ko‘rsatish.

19.

Paxta xomashyosi va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayonlarida resurslarning maqsadli sarflanishini monitoring va xavflarni avtomatik tahlil qilish AT**

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayonlarida resurslarning maqsadli sarflanishini monitoring qilish.

20.

“Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi” AT

(ishlab chiqiladi)

Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasini ixtiyoriy sug‘urta kompaniyasi bilan elektron rasmiylashtirish.

Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi shartnomasi ishtirokchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari ustidan nazorat qilish, sug‘urta mukofoti uchun budjet subsidiyasini olishga oid arizalarni ko‘rib chiqish.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* “O‘rmon E-ijara” axborot tizimini ishlab chiqish va texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash xarajatlari o‘rmon fondi yerlaridan doimiy foydalanuvchi o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlari va Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi tomonidan axborot tizimi to‘liq ishga tushirilganidan so‘ng, u Qishloq xo‘jaligi vazirligiga beg‘araz o‘tkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agroportal orqali ko‘rsatiladigan raqamli xizmat va servislar ro‘yxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Raqamli xizmat nomi

Mas’ul vazirlik va idora

Davlat xizmatlari

1.

Davlat tomonidan qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratiladigan imtiyozli kredit, subsidiya va kompensatsiyalar olishga ariza berish

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

tijorat banklari

2.

Ilgari hisobga olingan yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlarini belgilash

3.

Paxta va to‘qimachilik klasterlarini tashkil etish uchun ariza berish

4.

Dron xizmatlarini ko‘rsatish uchun ariza berish

5.

Bug‘doy, paxta xomashyosi, meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko‘katlar va dorivor o‘simliklar, makkajo‘xori doni, dukkakli va moyli ekinlar, sholi ekinlarni yetishtirishni imtiyozli kreditlash

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi,

tijorat banklari

6.

Davlat tomonidan dehqon va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratiladigan subsidiyalar va kompensatsiyalar olishga ariza berish

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

7.

Davlat tomonidan qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratiladigan subsidiyalar va kompensatsiyalar olishga ariza berish

Suv xo‘jaligi vazirligi

8.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini sertifikatlash

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

9.

Urug‘lik paxta chigitini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash

10.

Donli ekinlar urug‘larini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash

11.

Urug‘lar, dukkakli va moyli ekinlar hamda boshqa don ekinlarini qayta ishlashni sertifikatlash

12.

Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini davlat ro‘yxatidan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish

13.

Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish

14.

Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini hisobdan chiqarish

15.

Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini majburiy yillik texnik ko‘rikdan o‘tkazish

16.

Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yo‘nalishidagi ta’lim tashkilotlarini hisobga olish hamda traktorchi-mashinist guvohnomasini berish

17.

Veterinariya faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish (laboratoriya-diagnostika ishlari va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha)

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi,

Bojxona qo‘mitasi

18.

Veterinariya davolash-profilaktika faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma

19.

Ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalari hamda hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni ishlab chiqarish, saqlash va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi subyekt faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasini berish

20.

Veterinariya sertifikati

21.

Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar eksporti, importi va tranziti uchun ruxsatnoma berish

22.

Temiryo‘l vagonlari, kemalar, samolyot va boshqa transport vositalari veterinariya-sanitariya ishlovidan o‘tkazilgani haqida ma’lumotnoma rasmiylashtirish

23.

Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash

24.

Naslchilik xo‘jaliklari maqomini berish

25.

Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish

26.

Mineral o‘g‘itlarni va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya berish

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi,

Bojxona qo‘mitasi

27.

Mineral o‘g‘itlarni va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish uchun ruxsatnoma berish

28.

Karantin ruxsatnomasini berish

29.

Fitosanitariya sertifikatini berish

30.

Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan o‘tkazish va ro‘yxatga olish

31.

Transport birligini ochish dalolatnomasi

32.

Eksport va import qilinayotgan karantin ostidagi mahsulotlarni zararsizlantirish (fumigatsiya)

33.

Davlat tomonidan qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratiladigan subsidiyalar va kompensatsiyalar olishga ariza berish

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

34.

Paxta xomashyosi, boshoqli don ekinlari va boshqa mahsulotlarni birja savdolariga chiqarish va sotish

“O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ

35.

Yerdan foydalanuvchilar tomonidan ularga paxta va boshoqli don yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarning maqsadli yo‘naltirilganligi yoki yo‘qligini (ekinlar imtiyozli kredit ajratilgan yerga muvofiq ekilganligi yoki ekilmaganligini) tasdiqlovchi xulosani berish

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi

36.

Zaxira yerlaridan foydalanish holatini tasdiqlovchi xulosani berish

Xususiy sektor tomonidan ko‘rsatiladigan raqamli xizmat va servislar

1.

Agroservis xizmatlari

Xususiy sektor vakillari*

2.

Brokerlik va savdo xizmatlari

3.

Buxgalteriya elektron hisob-kitob va auditorlik maslahat xizmatlari

4.

Agronomiya va konsalting xizmatlari

5.

Veterinariya xizmatlari

6.

Mexanizatsiya va texnika xizmatlari

7.

Sug‘orish va suv menejmenti xizmatlari

8.

Ombor va logistika xizmatlari

9.

Kimyoviy himoya vositalari va mineral o‘g‘itlarni sotish xizmatlari

10.

Urug‘lar va ko‘chatlarni sotish xizmatlari

11.

Bank va lizing xizmatlari

12.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksportga yo‘naltirish va ichki bozorga sotish

13.

Laboratoriya xizmatlari

14.

Agrosug‘urtalash xizmatlari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Raqamli xizmat va servislarning ro‘yxati qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar hamda xususiy sektor vakillari bilan olib borilgan ish natijalariga ko‘ra kengaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Raqamli xizmat va servislar havola orqali Agroportalda joylashtiriladi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi va xizmat ko‘rsatish uchun mas’ul vazirlik va idoralar bilan tasdiqlanadigan reja-grafikka muvofiq bosqichma-bosqich integratsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Xususiy sektor vakillari Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ixtiyoriy ravishda murojaat qilgan holda Agroportal orqali o‘z xizmatlarini ko‘rsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

J.A. Qo‘chqorov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining — Respublika komissiyasi raisi

2.

Sh.M. G‘aniyev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisiRespublika komissiyasi raisi o‘rinbosari

3.

I.Yu. Abdurahmonov

qishloq xo‘jaligi vaziri — Respublika komissiyasi raisi o‘rinbosari

4.

T.A. Ishmetov

Markaziy bank raisi

5.

B.S. Hamrayev

Milliy statistika qo‘mitasi raisi

6.

B.E. Zaxidov

kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri

7.

Sh.R. Xamrayev

suv xo‘jaligi vaziri

8.

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

9.

A.J. Vaxabov

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i

10.

A.A. Xaitov

O‘zbekiston fermerlari kengashi raisi

11.

M.M. Mirzayev

Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

12.

J.J. Xatamov

Bosh prokuror o‘rinbosari — Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i

13.

D.A. Vahobov

Savdo-sanoat palatasi raisi

14.

N.N. Oblomurodov

Toshkent davlat agrar universiteti rektori

15.

Sh.E. Nomozov

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori

16.

A.M. Qosimov

qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari — Respublika komissiyasi kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Respublika komissiyasi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-son Farmoniga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi sohasida raqamli texnologiyalarni qo‘llashni yanada jadallashtirish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YO‘L XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbalari

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari hisobini yuritish jarayonlarini raqamlashtirish.

1. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari hisobini yuritishdagi mavjud mexanizmlarni o‘rganish.

2. Jarayonlarni raqamlashtirish bo‘yicha takliflar va tartib ishlab chiqish.

3. Yangi mexanizm asosida jarayonlarni raqamlashtirishni yo‘lga qo‘yish.

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash bo‘yicha to‘lanadigan kompensatsiya to‘lovlaridan Qishloq xo‘jaligi vazirligiga 10 foiz o‘tkaziladigan mablag‘lar

2026-yildan boshlab

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Kadastr agentligi,

“Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ

2.

“CropAgro” axborot tizimida har bir ekin joylashtirilgan kontur bo‘yicha suv yetkazib berish limitlari yuritilishini yo‘lga qo‘yish.

1. “CropAgro” axborot tizimini takomillashtirish.

2. Suv yetkazib berish xizmati bo‘linmalari tomonidan “CropAgro” axborot tizimida suv yetkazib berish limitlarini shakllantirish.

-

Doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

“Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ

3.

Agroportalda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni imtiyozli kreditlash xizmatini yo‘lga qo‘yish.

1. Agroportal va tijorat banklarining axborot tizimlarini integratsiya qilish bo‘yicha texnologik yo‘riqnomalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Tizimlar integratsiyasini yo‘lga qo‘yish.

3. Imtiyozli kreditlarni taqdim etish uchun Agroportalda to‘lov topshiriqnomalarini shakllantirish va ijro etish.

-

2025-yil sentabr — dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

tijorat banklari,

“Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ

4.

Agroportalda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga lizing xizmatlari ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish.

1. Xizmat ko‘rsatish reglamentini ishlab chiqish.

2. Xizmatni Agroportalga integratsiya qilish.

-

2026 yil noyabr

“O‘zagrolizing” AJ,

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Mahsulot yetishtirish uchun doimiy foydalaniladigan yerlarda dron parvozlarini amalga oshirish va xizmat ko‘rsatish uchun soddalashtirilgan mexanizmni joriy qilish.

1. Dronlar yordamida tezkor xizmat ko‘rsatish uchun parvozlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va yillik ruxsatnomalar rasmiylashtirishni yo‘lga qo‘yish.

-

2025-yil noyabr

Fuqaro aviatsiyasi agentligi,

Mudofaa vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

2. Agroportalda dron xizmatlarini ko‘rsatuvchilar va mahsulot yetishtiruvchilar o‘rtasida shartnoma tuzish va buyurtma berish imkoniyatlarini yaratish.

2026-yil davomida

6.

Agroportalda xizmat va servislar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish.

1. Agrar sohadagi davlat xizmatlari ro‘yxatini shakllantirish.

2. Agroportalda xizmat va servislar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha texnologik yo‘riqnomalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Tizimlar integratsiyasini yo‘lga qo‘yish.

-

2025-yil noyabr-dekabr

Suv xo‘jaligi vazirligi,

O‘zagroinspeksiya,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi,

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi,

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar,

tijorat banklari

4. Agroportal orqali xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish.

Doimiy

7.

Agroportalda foydalanuvchi tomonidan bajariladigan amallarni qo‘shimcha tarzda himoyalashni joriy etish.

1. Foydalanuvchilarning xohishiga ko‘ra elektron raqamli imzoga qo‘shimcha tarzda haq evaziga uchinchi tomonning biometrik identifikatsiya qilish xizmatini Agroportalda taqdim etish.

Foydalanuvchi mablag‘lari

2025-yil oktabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

“Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ

2. Agroportalda biometrik identifikatsiyalash texnologiyalarini joriy etish.

2026-yil iyun

8.

Qishloq xo‘jaligi yerlarini ikkilamchi ijaraga berish jarayonlarini raqamlashtirish.

1. Agroportalda xizmat ko‘rsatish uchun Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

-

2025-yil sentabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Adliya vazirligi,

Kadastr agentligi

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil dekabr

9.

Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turlari va tuproq unumdorligiga oid ma’lumotlar bazasini yaratish.

1. Yer uchastkalari kesimida ruxsat etilgan foydalanish turlari va tuproq unumdorligiga oid ma’lumotlar bazasini yaratish.

Qishloq xo‘jaligi vazirligiga Davlat budjeti parametrlari doirasida ajratilgan mablag‘lar

2025-yil oktabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

ilmiy-tadqiqot institutlari,

“Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ

2. Agroportalda ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda ekin joylashtirish, yer uchastkalarining normativ qiymatini avtomatik aniqlashni yo‘lga qo‘yish.

2026-yil fevral

10.

Agroportal va uning tarkibiga kiruvchi axborot tizimlari barqaror ishlashini ta’minlash.

1. Data markaz xizmatlariga imtiyozli tariflarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalarni imzolash va Data markaz xizmatlaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish.

-

2025-yil sentabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

“Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ

11.

Qishloq xo‘jaligi sohasida axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bilimlarni oshirish.

Axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi bo‘yicha foydalanuvchilarning bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish.

-

2025-2026-yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK

12.

Qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari, fermer va dehqon xo‘jaliklari vakillarining axborot tizimlaridan foydalanish bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarini oshirish.

Soha mutaxassislari, fermer va dehqon xo‘jaliklari vakillarini yaratilgan axborot tizimlaridan foydalanish bo‘yicha o‘qitish.

-

2025-2026-yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

O‘zbekiston fermerlari kengashi

13.

Qishloq xo‘jaligi maqsadlarida dron xizmatlaridan foydalanish tartibini belgilash.

Qishloq xo‘jaligi maqsadlarida dron xizmatlaridan foydalanish tartibini belgilash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

-

2025-yil dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Transport vazirligi,

Mudofaa vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

14.

Agroportalning mobil ilovasini yaratish.

1. Portalda joriy etilgan xizmatlarni mobil qurilma orqali taqdim etish uchun loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish va vakolatli organlarda ekspertizadan o‘tkazish.

Budjetdan tashqari mablag‘lar

2025-yil dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

2. Mobil ilovani ishlab chiqish va ishga tushirish.

2026-yil fevral

15.

Boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan (o‘rimdan so‘ng) yer maydonlarida somonpoyalar va ularning qoldiqlarini yoqish (dalalar yoqilishi) holatlari yuzasidan ta’sirchan javobgarlik choralarini belgilash yuzasidan takliflar kiritish.

1. “O‘zbekkosmos” agentligi ma’lumoti asosida boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan (o‘rimdan so‘ng) yer maydonlarida somonpoyalar va ularning qoldiqlarini yoqish (dalalar yoqilishi) holatlari bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

-

2025-yil sentabrdan boshlab

Ekologiya vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

O‘zagroinspeksiya,

Adliya vazirligi,

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi,

Bosh prokuratura

2. Boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan (o‘rimdan so‘ng) yer maydonlarida somonpoyalar va ularning qoldiqlarini yoqish (dalalar yoqilishi) holatlari bo‘yicha javobgarlikni kuchaytirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish.

2025-yil oktabr

3. Takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil noyabr

16.

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash.

1. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish.

-

2025-yil sentabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil sentabr

17.

Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan agronomik tahlillar bilan bog‘liq loyiha natijalarini tajribadan o‘tkazish.

1. Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan agronomik tahlillar bilan bog‘liq loyiha natijalarini Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq va Parkent tumanlarida tajribadan o‘tkazish.

2. Tajriba natijalaridan kelib chiqib, yangi turdagi raqamli xizmat va servislarni Agroportalda joriy qilish choralarini ko‘rish.

-

2025 — 2027-yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

18.

“UZKAD”, “E-Yer nazorat”, Agroportal va “Space Gov Monitoring” axborot tizimlarining o‘zaro integratsiyasini ta’minlash.

Kadastr agentligining “UZKAD” hamda “E-Yer nazorat” axborot tizimlarini tegishlicha Agroportal hamda “Space Gov Monitoring” tizimlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya qilish.

-

2025-yil sentabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi,

Kadastr agentligi

19.

Agroportalda o‘simliklarni himoya qilish va dalaga biologik ishlov berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish.

1. Biolaboratoriya mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzish, to‘lovlarni amalga oshirish, biomahsulotlarni dalaga tarqatish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish.

2. Agroportalda o‘simliklarni biologik himoya qilish, hasharotlarga qarshi kurashishda ularning o‘rtacha haroratda rivojlanish fazalarini aniqlab berish xizmatini yo‘lga qo‘yish.

Hisob-kitoblarga ko‘ra aniqlanadi

2025-yil dekabr

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi,

O‘zbekiston fermerlari kengashi,

“Biosifat” respublika markazi

20.

Gidromodul rayonlashuv hududlari chegaralari va xaritalarini qayta ko‘rib chiqish.

Qishloq va suv xo‘jaligi tizimidagi tegishli ilmiy-tadqiqot institutlarini jalb qilgan holda hududlar kesimida gidromodul rayonlashuv hududlarining chegaralari va xaritalarini qayta ko‘rib chiqib, ularni yangilash hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish tartibi va me’yorlariga o‘zgartirishlar kiritish.

-

2025-2026-yillar

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

21.

Ekin turlarining normativ hosildorligini takomillashtirish.

Ilmiy-tadqiqot institutlari yordamida normativ hosildorligi belgilanmagan ekin turlari normativ hosildorligini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

-

2026-yil yanvar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

O‘zagroinspeksiya

22.

Suv omborlaridagi suv sathini o‘lchash tizimini takomillashtirish.

“O‘zbekkosmos” agentligi bilan kelishilgan holda suv omborlariga (doimiy suv yig‘ilmaydigan sel suv omborlari bundan mustasno) suv sathini o‘lchaydigan hisoblagichlar o‘rnatish va ularni mazkur agentlikning axborot tizimiga integratsiya qilish.

Suv xo‘jaligi vazirligiga raqamlashtirish uchun ajratilgan mablag‘lar

2025-2026-yillar

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

23.

Hududlarda kosmik ma’lumotlardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish.

1. “O‘zbekkosmos” agentligi ma’lumotlaridan to‘liq foydalanishni yo‘lga qo‘yish va natijalari bo‘yicha mazkur agentlikka ma’lumot kiritib borish. Bunda ma’lumotlarning to‘g‘riligi va to‘liqligi uchun birinchi rahbarlar shaxsan javobgar hisoblanadi.

-

Har yili 15-dekabrga qadar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahri hokimliklari, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi

2. Raqamlashtirishga mas’ul tuzilmalar tegishli xodimlarining “O‘zbekkosmos” agentligi bilan shartnomaviy asosda malakasini oshirishni tashkil etish.

Yiliga 1-marta

(reja-grafik asosida)

2025-yil oktabr

24.

Qishloq xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.

1. Quyidagi nizom va reglamentlarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihalarini ishlab chiqish:

(a) “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi to‘g‘risidagi nizom;

(b) Paxta va boshoqli donni qabul qilish hamda elektron hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

(v) Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish shartnomalariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti.

-

2025-yil oktabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Adliya vazirligi,

Kadastr agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Hukumat qarori loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil noyabr

25.

Qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun o‘quv seminar-treninglar tashkil qilish.

Sohada joriy qilinayotgan raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun o‘quv seminar-treninglar tashkil qilish.

-

2025-yil oktabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

O‘zagroinspeksiya,

O‘zbekiston fermerlari kengashi

26.

Qishloq xo‘jaligida ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish.

1. Soliq qo‘mitasining tegishli axborot tizimlaridagi fermer xo‘jaliklari tomonidan to‘langan soliq turlari, mahsulot tannarxi, yaratgan ish o‘rinlari, faollik holati kabi ma’lumotlarni Agroportalga integratsiya qilish.

2. Milliy statistika qo‘mitasining tegishli axborot tizimlaridagi oziq-ovqat sanoatiga oid statistik ma’lumotlar, jumladan, mahsulotlarni qayta ishlash hajmi, qayta ishlash darajasi va oziq-ovqat yo‘nalishida o‘zlashtirilgan investitsiya loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ochiq portalda e’lon qilish va Agroportalga integratsiya qilish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2025-yil dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Soliq qo‘mitasi,

Milliy statistika qo‘mitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-177-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2025-y., 06/25/177/0880-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-son Farmoniga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi “Ma’muriy islohotlar doirasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-90-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 4-bandning uchinchi xatboshisidagi “rahbar o‘rinbosarlari va maslahatchilarini” so‘zlari “rahbar o‘rinbosarlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi” bloki “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ” bloki bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) “Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti” bloki chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 3-ilova “Veterinariya va chorvachilik sohasida pedagog hamda mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti” bloki bilan to‘ldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-205-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 5-bandning “d” kichik bandidagi “Agroplatforma” axborot tizimi” so‘zlari “Agroportal” so‘zi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 9-bandning birinchi xatboshisidagi “Agroplatforma” axborot tizimiga” so‘zlari “Agroportalga” so‘zi bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-36-son Farmonining 9-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi “Paxta xom ashyosini yetishtirish va sotishda bozor mexanizmlarini qo‘llashni izchil davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-7-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 1-bandning beshinchi xatboshisidagi “Agroplatforma” axborot tizimi” so‘zlari “Agroportal” so‘zi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisidagi “Agroplatforma” axborot tizimiga” so‘zlari “Agroportalga” so‘zi bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-16-son Farmonining 6-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “d” kichik band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 16-ilovaning 9-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” PQ-2691-son qarori quyidagi mazmundagi 21-band bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“21. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmasi va tumanlar qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘ining quyidagi vazifalari bajarilishini ta’minlashda shaxsiy mas’uliyati belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohalarini modernizatsiya hamda diversifikatsiya qilish, barqaror rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun xususiy investitsiya kapitali oqimini ko‘paytirish orqali sohada davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiya jozibadorligini oshirish mexanizmlarini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika aholisining suvga muttasil oshib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoitlar yaratish, suv resurslarini tejash va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash choralarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish, sifat nazorati bo‘yicha infratuzilmani rivojlantirish, qulay investitsiya muhitini yaratish, eksport hajmini ko‘paytirish, maqsadli xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, yuqori sifatli qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhiti va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq joylarni muvozanatli va barqaror rivojlantirishga ko‘maklashishni nazarda tutuvchi qishloq hududlarini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi sohasida raqamli (smart) texnologiyalarni keng joriy etish, yangi ish o‘rinlari va xizmatlarni tashkil qilish choralarini ko‘rish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PQ-3703-son qaroriga 1-ilovadagi “Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi” bloki chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi “Chorvachilik tarmog‘ini davlat tomonidan ko‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4576-son qarorining 13-bandi birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“13. Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veterinariya va chorvachilik sohasida pedagog hamda mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti xodimlarini jalb qilgan holda, joylarda sut sog‘uvchilarni tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etsin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4699-son qaroriga 5-ilovaning 9.1-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-oktabrdagi “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5263-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Har yili yil yakuni bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reytingni shakllantirishda Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat organlari va tashkilotlarining normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish faoliyatini baholash mezonlari (keyingi o‘rinlarda — baholash mezonlari) inobatga olinsin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 4-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-106-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) ikkinchi xatboshidagi “yetishtirishga ixtisoslashgan” so‘zlari “yetishtiruvchi subyektlar joylashgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) uchinchi xatboshidagi “urug‘liklar yetishtirishga ixtisoslashgan hududlardagi” so‘zlari “urug‘liklar yetishtiruvchi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) birinchi xatboshidagi “hududlarni yuqori avlodli urug‘liklar yetishtirishga ixtisoslashtirish” so‘zlari “yuqori avlodli urug‘liklarni yetishtirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “yerlarni” va “yetishtirishga ixtisoslashtirish” so‘zlari tegishlicha “yerlarda” va “yetishtirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari har yili “E-urug‘” axborot tizimida urug‘liklar yetishtiruvchi subyektlar tanlanishini hamda qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklari to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirilishini ta’minlasin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) “v” kichik band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) “d” kichik banddagi “ixtisoslashgan hududlardagi” so‘zlari “tanlovdan o‘tgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) quyidagi mazmundagi 71-band bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“71. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi har chorakda urug‘liklarni yetishtirish va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklari uchun berilgan raqamli QR kodli yorliqlar hamda ekinboplik xulosalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Qishloq xo‘jaligi vazirligiga kiritib borishni ta’minlasin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) 8-bandning birinchi xatboshisidagi “ixtisoslashtirilgan urug‘chilik xo‘jaliklari” so‘zlari “urug‘chilik” so‘zi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) 11-banddan “urug‘chilikka ixtisoslashtirilgan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklari yetishtiriladigan hududlardagi maydonlarning prognoz ko‘rsatkichlari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) “Jami ixtisoslashtiriladigan maydon, gektar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jami urug‘liklar yetishtiriladigan maydon, gektar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) quyidagi mazmundagi izoh qism bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishgan holda jami urug‘liklar yetishtiriladigan maydon (gektar)larga hududlar kesimida o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-357-son qaroriga 2-ilovaning 28-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-yanvardagi “Paxta xom ashyosi yetishtiruvchilar faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-23-son qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-apreldagi “2023-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-113-son qaroriga 4-ilovaning 39-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-avgustdagi “Qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-257-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 1-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b) 2026-yil hosilidan boshlab qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tijorat banklarining Agroportal orqali elektron tarzda shakllantirilgan buyurtmanomalari asosida moliyalashtirish amalga oshiriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni Agroportali orqali real vaqt rejimida ko‘rish imkoniyati yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘lov topshiriqnomalarini shakllantirish va tijorat banklari orqali ijrosini tashkil etish jarayonlari, sug‘urta polislari, buyurtmanomalar va dalolatnomalarni identifikatsiyalash hamda raqamlashtirish Agroportal orqali amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot yetishtiruvchilarga Agroportaldagi shaxsiy kabinetlari orqali elektron xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 1-ilovaning 8-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligi yerlari degradatsiyasiga qarshi kurashish, tuproqning gumus miqdori va unumdorligini oshirishni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-71-son qarorining 5-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Belgilansinki, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, uning mintaqaviy filiallari va tarkibidagi “Tuproq tahlil markazi” davlat muassasasi tuproqqa oid tadqiqotlar, shu jumladan tuproqning sifatini baholash (bonitirovka), sho‘rlanish, eroziya xaritalari, agrokimyoviy va ekologik tahlillar o‘tkazish hamda ushbu yo‘nalishlardagi tematik tuproq xaritalarini tuzish bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi vazirligining Yagona yetkazib beruvchisi hisoblanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-fevraldagi “Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-44-son qaroriga 9-ilovaning 83-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Uzagrostar xolding” kompaniyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-57-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 7-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7. Belgilansinki, Kengash tavsiyasiga asosan Xolding kompaniya va ixtisoslashgan kompaniyalarga tovar (ish, xizmat)lar eksportini rivojlantirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida zamonaviy issiqxona, plantatsiyalar, agrologistika markazlari (agromajmualar) loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiquvchi va pudrat tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish hamda mahalliy va xalqaro yuridik, auditorlik kompaniyalari, investitsiya maslahatchilari hamda investitsiya banklari, ilg‘or xorijiy va mahalliy ta’lim muassasalari, yuqori malakali agronom, texnolog, marketolog, usta dehqonlarni jalb etish, shuningdek, axborotlashtirish qurilmalari, dasturiy ta’minot va laboratoriya jihozlarini xarid qilish huquqi beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) 11, 13 va 16-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

11.

Mirzacho‘l tumani

“Mirzacho‘l — Agro Star” MCHJ

Mirzaobod, Ko‘kdala, Sardoba, Yangibozor, Gurlan, Xovos, Oqoltin

Tarvuz, qovun

...

13.

Uzun tumani

“Uzun — Agro Star” MCHJ

Kitob, Kattaqo‘rg‘on

Xurmo, anjir

...

16.

Oltiariq tumani

“Oltiariq — Agro Star” MCHJ

Parkent, Buxoro, Ishtixon, Oltinsoy

Uzum

(rizamat, husayni, kelinbarmoq, qorakishmish)

”;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Izoh: Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha kengashga Bosh vazir o‘rinbosari — Iqtisodiyot va moliya vaziri bilan kelishilgan holda ushbu ro‘yxatdagi ixtisoslashgan kompaniyalarning bazaviy (joylashgan), qamrab olinadigan tumanlari va ixtisoslashuv yo‘nalishlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vakolati beriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi agrosanoat majmui va qishloq xo‘jaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 794-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 1-band quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“qishloq xo‘jaligi sohasida tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida raqamlashgan shartnomaviy munosabatlarini rivojlantirishga ko‘maklashish, bunda yagona elektron hujjat aylanish tizimini joriy etish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 3-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Markaz qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish yo‘nalishida malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni ishga yollash va ularga munosib haq to‘lash uchun mehnatga haq to‘lash miqdorlarini o‘z daromadlaridan kelib chiqib, mustaqil belgilaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimidagi barcha raqamli xizmat va servislardan foydalanish istagini bildirgan paxta va g‘allachilikka ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi tashkilotlari uchun yillik to‘lov Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi 130-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2-ilovaning 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7. Qarz oluvchi kredit olish uchun uning asosiy talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatayotgan tijorat bankiga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Agroportali orqali ariza bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) fermer xo‘jaliklari va Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urug‘chilik xo‘jaliklari hamda yer uchastkasiga egalik huquqi bo‘lgan g‘allachilik klasterlari tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasi yoki ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida davlat reyestridan ko‘chirma);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshoqli don ekinini joylashtirish to‘g‘risidagi elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan ma’lumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) fermer xo‘jaliklari bilan fyuchers shartnomasi asosida faoliyat yuritadigan g‘allachilik klasterlari va kooperatsiyalari tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fyuchers shartnomasi tuzilgan fermer xo‘jaliklarining tasdiqlangan ro‘yxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshoqli don ekinini joylashtirish to‘g‘risidagi elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan ma’lumotnoma”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 3-ilovaning 7-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) birinchi xatboshidagi “Agroplatforma” AT” so‘zlari “Agroportal” so‘zi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“sabzavot ekinlarini joylashtirish to‘g‘risidagi elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan ma’lumotnoma”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi “Qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 330-son qaroriga 1-ilova 6-bandining “d” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi “Paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini kreditlash hamda ularni realizatsiya qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 680-son qaroriga 1-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 11-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b) paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar, urug‘chilik xo‘jaliklari hamda yer uchastkasiga egalik huquqi bo‘lgan paxta-to‘qimachilik klasterlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjat (yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g‘o‘za ekinini joylashtirish to‘g‘risidagi elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan ma’lumotnoma”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 12-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-fevraldagi “Aholiga dehqon xo‘jaligini tashkil etish uchun ijara huquqi asosida ajratilayotgan yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 62-son qarorining 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“11. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi bilan birgalikda 2025-yil yakuniga qadar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, jumladan, kichik xo‘jalik va aholi tomorqasida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini elektron savdo “UzexAgro” platformasida sotishni yo‘lga qo‘ysin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi dehqon, fermer va boshqa qishloq xo‘jaligi subyektlarida, shuningdek, mahsulotni sotib oluvchi, qayta ishlovchi va eksportga chiqaruvchi hamda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarda “UzexAgro” platformasidan foydalanish bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar bilan mahsulotni sotib oluvchi, qayta ishlovchi va eksportga chiqaruvchi agregatorlar o‘rtasida onlayn shartnoma tuzish, tomonlarning majburiyatlarini belgilash hamda mahsulotlar sotuvini yo‘lga qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli elektron platformalarni integratsiya qilish orqali elektron ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, jumladan “Online mahalla” elektron platformasida hokim yordamchilariga dehqon xo‘jaligini tashkil etish uchun ijaraga berilgan yer maydonlarida yetishtirilgan mahsulotlarni sotish bo‘yicha takliflar kiritish imkoniyatini yaratish choralarini ko‘rsin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi “Respublikada moyli ekinlar yetishtirishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 438-son qarori 2-bandi “g” kichik bandining birinchi xatboshisidagi “Agroplatforma” axborot tizimi” so‘zlari “Agroportali” so‘zi bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-son Farmoniga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-maydagi “G‘allani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-262-son qarorining 9-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yo‘qotishlarini qisqartirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 574-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-oktabrdagi “2022-2023-yillarning qish-bahor mavsumida aholi va ijtimoiy soha muassasalarining asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 587-son qarorining 3-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son; 30.09.2025-y., 06/25/177/0880-son; 10.10.2025-y., 06/25/181/0919-son)