08.10.2025 yildagi PF-181-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish va eksport hajmini ko‘paytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini ko‘paytirish, issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish hamda yangi zaxira va imkoniyatlarni ishga solish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar 2025 — 2027-yillarda meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini oshirish, issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish hamda qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini 2026-yilda — 3,5 milliard AQSH dollari, 2027-yilda 4 milliard AQSH dollariga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) issiqxona xo‘jaliklarini tabiiy gaz bilan kafolatli ta’minlagan holda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish hajmini 2026-yilda — 620 ming tonnaga, 2027-yilda 670 ming tonnaga yetkazish, ushbu mahsulotlarning eksporti hajmini 30 foizdan 70 foizga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 2026-yilda qo‘shimcha aniqlangan 20 ming gektar, 2027-yilda 15 ming gektar dala chetiga mevali ko‘chat va sabzavotlar ekishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) organik mahsulot yetishtiriladigan yer maydonlari hajmini 2026-yilda — 20 ming gektarga, 2027-yilda — 25 ming gektarga, “Global GAP” xalqaro standartlari asosida sertifikat olingan yer maydonlari hajmini esa 2026-yilda 10 ming gektarga, 2027-yilda 15 ming gektarga yetkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Issiqxona xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va ularning faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Issiqxona xo‘jaliklari uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun ularga quyidagi imtiyozlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) issiqxona faoliyatidan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida 60 foizini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlari uchun 2026-yil 1-yanvardan boshlab 2028-yil yakuniga qadar ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) faoliyat yuritayotgan issiqxona xo‘jaliklarining 2025-yil 1-oktabr holatiga mavjud soliq qarzi yuzasidan to‘lov muddati foizlarni hisoblamagan holda 2028-yil yakuniga qadar uzaytiriladi hamda ushbu soliq qarzi 2029-yilning har choragida teng ulushlarda to‘lanadi. Bunda soliq qarzini undirish bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) issiqxona xo‘jaliklariga qo‘llangan ma’muriy va moliyaviy jarimalar hamda barcha hisoblangan penyalar to‘liq hisobdan chiqariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) issiqxona xo‘jaliklari bank hisobvaraqlariga qo‘yilgan inkasso topshiriqnomalari chaqirib olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) yuridik va jismoniy shaxslarning issiqxona xo‘jaliklari bo‘yicha yer solig‘i yer fondi toifasidan qat’i nazar qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar uchun belgilangan soliq stavkalarida hisoblanadi. Bunda qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun soliq stavkalarida hisoblangan yer solig‘i summasi 2025-yil yanvardan qayta hisob-kitob qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) kredit majburiyatlari bajarilmagani sababli tijorat banklari balansiga o‘tgan issiqxonalar va garov ta’minotida bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmalar 2028-yil 1-yanvarga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod etiladi, shuningdek, mazkur mulklar tijorat banklari balansiga qabul qilingan vaqtdan yangi tashabbuskorga sotilgunga qadar bo‘lgan davr mobaynida yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarida qurilgan issiqxona majmualarini foydalanishga qabul qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda Yer kodeksining 43-moddasiga asoslangan holda mazkur yer uchastkalarini qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan chiqarish talab etilmaydi, ushbu majmualar va ular joylashgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin tijorat banklari tomonidan ularni kredit ta’minoti sifatida qabul qilishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) issiqxona xo‘jaliklari uchun ajratilgan yer maydonining 5 foizi, lekin 20 sotixdan oshmagan qismiga qishloq xo‘jaligi yerlari toifasini o‘zgartirmagan holda issiqxona infratuzilmasini (qozonxona, mahsulotlarni saralash va qadoqlash, issiqxona ehtiyot qismlarini saqlash, xizmat binolari) barpo qilishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tijorat banklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) bir oy muddatda mavjud issiqxona xo‘jaliklarini xatlovdan o‘tkazsin hamda xatlov natijalariga ko‘ra istiqbolli deb topilgan issiqxona xo‘jaliklariga 2025-yil 1-oktabrgacha ajratilgan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklar to‘lov grafiklarini kelgusidagi pul oqimlaridan kelib chiqib, qayta ko‘rib chiqsin hamda hosil bo‘lgan penya summalarini hisobdan chiqarsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tijorat banklari huzuridagi investitsiya kompaniyalari orqali qarzdorlik hisobiga banklar balansiga olingan issiqxona majmualarini salohiyatli investorlarga bozor qiymatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish choralarini ko‘rsin. Bunda 2027-yil yakuniga qadar quyidagilarga ruxsat beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) tijorat banklariga va ular huzuridagi investitsiya kompaniyalariga vakolatli davlat organining roziligisiz qarzdor issiqxona xo‘jaliklari ustav kapitalida ulushga ega bo‘lishga yoki yangi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tashkil qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) tijorat banklari huzuridagi investitsiya kompaniyalari hamda ularning ulushi jami 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga issiqxona majmualari faoliyatini tiklash jarayonida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xaridlarni amalga oshirishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingidan qat’i nazar 2030-yilga qadar quyidagi moliyaviy imtiyozlar joriy qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish jamg‘armasi hisobidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) issiqxona xo‘jaliklari loyihalarining biznes-rejasidagi ish o‘rinlarini yaratish va mahsulotlar realizatsiyasidan tushum kabi ko‘rsatkichlar bajarilishining o‘rtacha miqdori 2025 — 2027-yillarda 30 foizdan va 2028-2029-yillarda 50 foizdan yuqori bo‘lgan issiqxona xo‘jaliklariga “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ajratilayotgan kompensatsiya yordami qayta tiklanadi va to‘lab beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) 2025-yil 1-oktabrga qadar issiqxona yo‘nalishida ajratilgan kredit (lizing)lar miqdoridan qat’i nazar barcha toifadagi tadbirkorlik subyektlariga hisobot oyi yakunida muddati o‘tgan qarzdorliklar mavjud bo‘lmagan taqdirda, xorijiy valyutada ajratilgan kredit foizining 4 foiz punktidan yuqori qismi, milliy valyutada ajratilgan kredit foizining 14 foiz punktidan yuqori qismi kompensatsiya qilib beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) mazkur kichik bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan imtiyozlar bir vaqtning o‘zida qo‘llanishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tijorat banklari tomonidan issiqxona xo‘jaliklariga hosil qiymatining 50 foizi miqdorida aylanma mablag‘larni to‘ldirishga, shuningdek, chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatishga 12 oy muddatga yillik 14 foiz stavkada (shundan 4 foiz bank marjasi) imtiyozli kreditlar ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) issiqxona xo‘jaliklari tomonidan Energiya samaradorligini oshirish raqamli platformasi orqali xarid qilingan issiqlik nasoslarini o‘rnatish xarajatlarining 20 foizgacha qismi Energiya samaradorligini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda issiqxona xo‘jaliklari bilan tuzilgan yer ijara shartnomalari muddatini kredit muddatlariga mutanosib ravishda uzaytirish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, tabiiy gazda ishlaydigan issiqxona xo‘jaliklariga oktabr — mart oylarida har oy uchun 50 foiz oldindan to‘lovlar asosida tabiiy gaz kafolatli hajmda yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Energetika vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) har yili 1-oktabrga qadar (2025-yil uchun 10 kun muddatda) mazkur Farmonning 6-bandida belgilangan shartlarda tabiiy gazni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzilishini ta’minlasin. Bunda shartnomalarda tabiiy gaz yetkazib berilmagani natijasida yo‘qotilgan hosil uchun yetkazib beruvchi tomonning javobgarligi aniq belgilab qo‘yilishga e’tibor qaratilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) amalda barpo etilgan issiqxona xo‘jaliklari tijorat banklari balansiga o‘tkazilgan yoki yangi investorga sotilgan yoxud boshqacha tarzda samarali foydalanish uchun berilganda (shu jumladan, respublikaning boshqa hududlariga ko‘chirilganda), shuningdek, yangi issiqxonalar tashkil etilganda, ushbu issiqxonalar uchun texnik shartlar belgilangan tartibda 10 kun muddatda taqdim etilishini hamda ularning gaz va elektr tarmoqlariga ulanishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparatida vazirlik tizimiga ajratilgan amaldagi shtat birliklari doirasida issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tarkibiy bo‘linma tashkil etilsin va unga issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini muvofiqlashtirish, sohada mavjud muammolarni tahlil qilish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bank bilan birgalikda xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda ikki oy muddatda issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturni ishlab chiqsin. Bunda samarali boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yishga mas’ul tashkilot ta’sis etish ko‘zda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturni ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatiga raqamlashtirishni keng joriy etish hisobiga boshqaruv shtat birliklari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-178-son Farmoni bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlardan qisqartirilgan shtat birliklari hisobidan Vazirlar Mahkamasi huzurida 6 ta shtat birligidan iborat loyiha ofisi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari uchun minimal eksport narxlarini belgilash amaliyoti bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) dukkakli ekinlarni yig‘ish texnikasini xarid qilgan tadbirkorlik subyektlariga Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan texnika qiymatining 15 foizi hamda lizing va kredit stavkasining 10 foizdan oshgan qismi qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Tashkiliy chora-tadbirlar va mazkur Farmon ijrosini ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2025-yil yakuniga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha laboratoriya tahlillarini o‘tkazish hamda xalqaro sertifikat berish tizimini joriy qilish yuzasidan xorijiy kompaniyalar bilan kelishuvga erishish choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) importchi xorijiy davlatlarning oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha talablariga muvofiq karantin ostidagi mahsulotlarni (ho‘l va quritilgan) respublikadan eksport qilish uchun mahsulot tarkibidagi pestitsid va nitrat qoldiq miqdorlarini aniqlash bo‘yicha laboratoriya tahlilini o‘tkazish tizimini joriy qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Ichki ishlar vazirligi, “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2025-yil 15-oktabrga qadar mavjud 200 dona boshoqli don o‘rish kombaynlarini dukkakli mahsulotlarni yig‘ib olishga moslashtirish hamda dukkakli mahsulotlarni yetishtiruvchilarga biriktirishni tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Soliq qo‘mitasi bilan birgalikda issiqxona xo‘jaliklari uchun berilayotgan soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Energiya samaradorligi milliy agentligi bilan birgalikda issiqxona xo‘jaliklari tomonidan Energiya samaradorligini oshirish raqamli platformasi orqali xarid qilingan issiqlik nasoslarini o‘rnatish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bir oy muddatda issiqxonalarni isitishda ekologik talablarni buzgan subyektlarga nisbatan ko‘riladigan choralarni kuchaytirish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosarlari J. Xodjayev va J. Qo‘chqorov, qishloq xo‘jaligi vaziri I. Abduraxmonov, Soliq qo‘mitasi raisi Sh. Kudbiyev hamda davlat ulushi mavjud tijorat banklari raislari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 8-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-181-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PF-181-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi “Paxta xom ashyosini yetishtirish va sotishda bozor mexanizmlarini qo‘llashni izchil davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-7-son Farmonining 2-bandi quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“d) fyuchers va forvard shartnomalarida belgilangan paxta xomashyosi hajmidan ortiq qismiga ham mazkur shartnomalar asosida hisob-kitoblar amalga oshirilishiga ruxsat beriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi “Qishloq xo‘jaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-130-son Farmoni 2-bandi “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“(iii) 2027-yil hosilidan boshlab ruxsat etilgan foydalanish turlariga asosan bir nechta turdagi ekinlarni ekish rejalashtirilgan taqdirda, Agroportalga yer uchastkasining 90 foiz qismiga belgilangan ekin turlarini joylashtirish bo‘yicha ma’lumotlar, paxta va boshoqli donni yetishtirish rejalashtirilgan taqdirda — yer uchastkasining 45 foiz qismiga paxta, qolgan 45 foiz qismiga boshoqli don joylashtirishga oid ma’lumotlar kiritiladi. Bunda yer uchastkasining qolgan 10 foiz qismiga qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga istalgan ekinlarni ekishga ruxsat beriladi (2026-yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan ekin turlarini joylashtirish mustaqil ulushlarda amalga oshiriladi)”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-fevraldagi “Respublikada meva-sabzavot mahsulotlari eksportini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 107-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2025-y., 06/25/181/0919-son)