15.05.2026 yildagi 246-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarini yer fondining boshqa toifasiga oʻtkazish hamda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1062-son Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 12-apreldagi PQ-204-son qaroriga muvofiq Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Hukumat komissiyasi) tashkil etilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-son Farmoniga muvofiq “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsiyalashuv platformasi (keyingi oʻrinlarda — Agroportal) orqali:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi yerlari toifasini oʻzgartirish yuzasidan arizalar berish, ularning holatini onlayn kuzatib borish va natijalarini taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha belgilangan tartibda toʻlanadigan kompensatsiya toʻlovini avtomatik hisoblash, toʻlovlarni amalga oshirish va undirilgan toʻlovlar hisobini yuritish amalga oshirilishi belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifasini oʻzgartirish yuzasidan takliflarni tayyorlash, takliflarni koʻrib chiqish, Hukumat komissiyasi tomonidan vakolatli organlarning xulosalari asosida tegishli qaror qabul qilish Agroportal orqali amalga oshirilishini nazarda tutuvchi Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdorini hisoblash, qoplash hamda ularning hisobini yuritish, shuningdek, yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan hollarda yetkazilgan zararlarni qoplash tartibini nazarda tutuvchi Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan hollarda yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat komissiyasining faoliyati hamda ushbu komissiyaga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarini yer fondining boshqa toifasiga oʻtkazish, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning foydalanish turini (qishloq xoʻjaligi yerlaridan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar turiga) oʻzgartirish boʻyicha takliflar kiritish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining kompensatsiya toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar 2026-yil 1-iyuldan boshlab faqat Agroportal orqali amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlari toifasidan yer fondining boshqa toifasiga oʻtkazilgan yer uchastkasi Agroportal orqali “YERELEKTRON” AATga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yuboriladi hamda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori yer uchastkasining boshlangʻich narxiga qoʻshilgan holda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning ruxsat etilgan foydalanish turini (qishloq xoʻjaligi yerlaridan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar turiga) oʻzgartirishda ushbu yer uchastkasi egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining mazkur yer uchastkasiga boʻlgan huquqlari saqlab qolinadi hamda tuman (shahar)lar davlat hokimiyati organlarining tasarrufiga qaytarish talab etilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi yerlaridan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar turiga oʻtkazilayotgan yer uchastkasi egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlari tomonidan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrni qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini uy-joy bilan taʼminlash ishlarini jadallashtirish va koʻp kvartirali uylar qurilishini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 24-fevraldagi PF-29-son Farmoniga muvofiq koʻp kvartirali uylar qurilishi uchun tanlangan hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yer fondi toifasi oʻzgartiriladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining yer fondi toifasini oʻzgartirish boʻyicha takliflar faqatgina quyidagi shartlar mavjud boʻlganda koʻrib chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 — 4-toifalarga kiruvchi yer uchastkalari hisobidan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkoniyati mavjud emasligi haqidagi masala tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarida koʻrib chiqilib, qaror qabul qilingan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining yer fondi toifasi oʻzgartirilishi yaqin va uzoq istiqbolda oziq-ovqat xavfsizligiga va barqaror rivojlanishga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining xulosasi mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 — 4-toifalarga kiruvchi yer uchastkalarida urbanizatsiya maqsadlaridan kelib chiqib, renovatsiya, qayta ixtisoslashtirish, rekonstruksiya qilish va boʻsh turgan yerlardan foydalanish imkoniyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi tomonidan tahlil qilingan holda tegishli yer uchastkalarining yer fondi toifasini oʻzgartirish zarurati yuzasidan ijobiy xulosa berilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Hukumat komissiyasining faoliyati hamda yer uchastkasi toifasini oʻzgartirish jarayonlarining Agroportal orqali elektron shaklda amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qaror 2026-yil 1-iyuldan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 15-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
246-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 15-maydagi 246-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Hukumat komissiyasi) tomonidan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifasini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish va qaror qabul qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agroportal — qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish yuzasidan tanlangan yer uchastkalari boʻyicha materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish va vakolatli tashkilotlar bilan kelishishga moʻljallangan “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsiyalashuv platformasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agrobilling” axborot tizimi — axborot tizimi xizmatlaridan foydalanganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobini yuritishning qishloq xoʻjaligi yagona billing tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi — qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish yuzasidan taklif kiritgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer fondi toifasini oʻzgartirish — qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarini ularning asosiy foydalanish maqsadini oʻzgartirish orqali yer fondining boshqa toifasiga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer tuzish loyihasi — sugʻoriladigan yerlarga eng kam salbiy taʼsirni inobatga olgan holda tegishli obyektni joylashtirish, shuningdek, sugʻoriladigan yerlarning qisqarishi bilan bogʻliq zararlar, tugallanmagan xarajatlar hamda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi koʻrsatib oʻtilgan yer fondi toifasini oʻzgartirish boʻyicha ishlab chiqilgan hujjatlar toʻplami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi — yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish joyiga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega boʻlgan qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijrochi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy boʻlinmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻoriladigan yerlar — qishloq xoʻjaligida foydalanish va sugʻorish uchun yaroqli boʻlgan, suv resurslari shu yerlarni sugʻorishni taʼminlay oladigan sugʻorish manbai bilan bogʻlangan doimiy yoki muvaqqat sugʻorish tarmogʻiga ega boʻlgan yerlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlar — qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tabiiy yogʻingarchilik hisobidan yetishtiriladigan yerlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon fondi yerlari — oʻrmon bilan qoplangan, shuningdek, oʻrmon bilan qoplanmagan boʻlsa ham, oʻrmon xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar — qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilgan yoki ushbu maqsadga moʻljallangan yerlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaylov — chorva mollari uchun ozuqa boʻlgan oʻsimliklarning tabiiy qoplamiga ega yerlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari birinchi rahbarlari qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifasini oʻzgartirish boʻyicha takliflarni (keyingi oʻrinlarda — yer toifasini oʻzgartirish boʻyicha taklif) Hukumat komissiyasiga ishchi organ orqali taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yer toifasini oʻzgartirish boʻyicha takliflarni tayyorlash, kiritish, koʻrib chiqish hamda Hukumat komissiyasi tomonidan vakolatli organlarning xulosalari asosida tegishli qaror qabul qilish tartib-taomillari Agroportal orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yer toifasini oʻzgartirish boʻyicha taklif ushbu yer uchastkasi egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining koʻrgan zararlari toʻliq qoplanib, tuman (shahar) hokimliklari tasarrufida boʻsh turgan yer uchastkasi sifatida hisobga olingandan soʻng Agroportalga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hukumat komissiyasi tomonidan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifasi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha oʻzgartiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifasini oʻzgartirish boʻyicha takliflarni tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Buyurtmachi har bir yer toifasini oʻzgartirish boʻyicha taklif yuzasidan yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turini belgilagan holda yer uchastkasi hujjatlarining yigʻmajildini shakllantirish va yer tuzish loyihasini ishlab chiqish uchun quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda Agroportal orqali ijrochiga buyurtma beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulki sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan yer uchastkasining rangli kadastr xaritasi (koordinatali nuqtalari, chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari koʻrsatilgan vaziyat bilan bogʻliq sxema), joylashgan joyi (geografik koordinatalari), umumiy maydoni, toifasi va turi (amaldagi holat boʻyicha), kadastr raqami, konturlari soni va raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasidan qishloq xoʻjaligidan boshqa maqsadlarda foydalanish hisobidan kutiladigan foyda toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasini boshqa toifaga oʻtkazish hisobidan yaratiladigan ish oʻrinlari va boshqa samaradorlik koʻrsatkichlari boʻyicha texnik-iqtisodiy asosnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilma konlari, belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastriga kiritilgan yer uchastkalari boʻyicha Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “Yer qaʼridan foydalanish markazi” davlat muassasasi tomonidan ijrochi bilan kelishilgan holda shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toifasini oʻzgartirish taklif etilayotgan, amalga oshirish rejalashtirilgan loyiha boʻyicha yer uchastkasining tasdiqlangan master-rejasi. Bunda foydali qazilma konlari, belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastriga kiritilgan yer uchastkalari boʻyicha Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “Yer qaʼridan foydalanish markazi” davlat muassasasi tomonidan beriladigan tushuntirish xati asos hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash manbalari va muddatlari, qoplashdan tushadigan mablagʻlarni sarflash yoʻnalishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuproqning unumdor qatlamini sidirib olish, saqlash va undan foydalanish tadbirlari, ushbu tadbirlarni amalga oshirish muddatlari, ijrochilari va moliyalashtirish manbalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toifasini oʻzgartirish taklif etilayotgan yer uchastkasi joylashgan hududning oʻzida yoki boshqa maʼmuriy-hududiy birlikda joylashgan, sugʻoriladigan yerlar oʻrniga ularning maydonidan kam boʻlmagan maydonda ikki yil ichida yangidan oʻzlashtiriladigan va sugʻoriladigan yerlarga oʻtkaziladigan yer uchastkalari joylashgan joyi (geografik koordinatalari), umumiy maydoni, toifasi va turi (amaldagi holat boʻyicha), kadastr raqami, konturlari soni va raqami toʻgʻrisida maʼlumotlar, ushbu tadbirlarni amalga oshirish muddatlari, ijrochilari va moliyalashtirish manbalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir loyihaga oʻziga xos raqam beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yer toifasini oʻzgartirish boʻyicha taklif yuzasidan yer tuzish loyihasi ijrochi tomonidan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yer tuzish loyihasini tayyorlash ishlari buyurtmachi buyurtmasiga asosan ijrochi tomonidan shartnoma asosida bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yer toifasini oʻzgartirish boʻyicha taklif yuzasidan materiallar ijrochi tomonidan Agroportal orqali ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan tashkilotlar va idoralar bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ijrochi besh ish kuni mobaynida Agroportalda quyidagi maʼlumotlar asosida yer uchastkasi hujjatlarining yigʻmajildini shakllantiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadastr agentligining hududiy boshqarmasidan yer fondi toifasi oʻzgartiriladigan yer uchastkalarining tuman (shahar) hokimligi tasarrufida boʻsh turgan yer uchastkalari sifatida hisobga olingani boʻyicha maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutidan yer uchastkasining tuproqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (tipi, tarkibi, sifati va unumdorligi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasidan yer uchastkasining suv bilan taʼminlanganlik darajasi va gidrotexnika inshootlari boʻyicha xulosa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasidan yer uchastkasining zaxiraga olingan va (yoki) olinmagani, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani va (yoki) oʻtkazilmagani (koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisida davlat reyestridan koʻchirma va yer uchastkasi kadastr rejasi) hamda yer uchastkasidagi mavjud davlat kadastri obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hududgaztaʼminot” AJning hududiy filialidan yerosti va yerusti gaz quvurlari obyekti boʻyicha maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻztelekom” AJ hududiy filialidan aloqa obyektlari boʻyicha maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hududiy filialidan energetika obyektlari boʻyicha maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining hududiy boshqarmasidan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari obyektlari boʻyicha maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Temir yoʻl infratuzilma” AJ “Mintaqaviy temir yoʻl uzeli” filiallaridan temir yoʻllar obyektlari boʻyicha maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hududiy boshqarmasidan tabiiy va texnogen xavfi yuqori boʻlgan tegralar obyektlari boʻyicha maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan yongʻinga qarshi masofalar boʻyicha maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻztransgaz” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJlari hududiy filiallaridan gaz yetkazib berish quvurlari obyektlari boʻyicha maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ tarkibidagi hududiy suv taʼminoti tashkilotlaridan suv quvurlari obyektlari boʻyicha maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy madaniy meros boshqarmasidan muhofaza qilinadigan obyektlar va hududlar boʻyicha maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy qishloq xoʻjaligi boshqarmasidan yer uchastkasidan soʻnggi 5 yil ichida foydalanish holati, shuningdek, yangidan oʻzlashtiriladigan yer uchastkalarining manzilli roʻyxatini shakllantirish boʻyicha maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasidan qishloq xoʻjaligi nobudgarchiligi hisobini yuritish va uni ishlatish boʻyicha maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekgidrogeologiya” davlat muassasasining Davlat geologik monitoring xizmati hududiy gidrogeologiya stansiyasining yangidan yerlarni oʻzlashtirish uchun yer uchastkasining yerosti suvlari toʻgʻrisida xulosasi (lalmi va yaylov yerlar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yer qaʼridan foydalanish markazi” davlat muassasasi yer uchastkasida mavjud yerusti va yerosti qazilma boyliklari va konlari toʻgʻrisida xulosa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hududiy boshqarmasidan amalga oshiriladigan loyiha boʻyicha kiritiladigan investitsiyalar hisobidan kutiladigan foyda hamda yaratiladigan ish oʻrinlari va boshqa samaradorlik koʻrsatkichlari boʻyicha texnik-iqtisodiy asosnomalar toʻgʻrisida maʼlumotlar (yer uchastkasi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tanlanganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasidan toifasi oʻzgartirilishi taklif etilayotgan yer uchastkasining tasdiqlangan master-rejasi, bosh rejasi, batafsil rejalashtirish loyihasi boʻyicha loyihalashtirilayotgan qurilish uchun xulosa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi va Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligining oʻrmon fondi yerlari toifasini oʻzgartirish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida ijobiy xulosalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining hududiy boshqarmasi yoki “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” DMdan davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilgani haqida xulosa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagi holatlarda yer tuzish loyihasi ishlab chiqilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlangan yer uchastkasi tuman (shahar) hokimliklari tasarrufida boʻsh turgan yer uchastkasi sifatida hisobga olinmagan yerlar toifasini oʻzgartirish boʻyicha takliflar taqdim etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida qimmatga ega boʻlgan va tuproq unumdorligi tumanning oʻrtacha ball bonitetidan yuqori boʻlgan unumdor sugʻoriladigan yerlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer toifasini oʻzgartirish boʻyicha taklif etilayotgan yer uchastkasida noqonuniy bino va inshootlar hamda boshqa qurilishlar mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish obyekti joylashuv joyidagi holatga mos kelmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk va (yoki) koʻp yillik daraxtzorlar baholanmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer fondi toifasi va (yoki) yer turida farq mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash manbalari va muddatlari, qoplashdan tushadigan mablagʻlarni sarflash yoʻnalishlari, tuproqning unumdor qatlamini sidirib olish, saqlash va undan foydalanish tadbirlari, ushbu tadbirlarni amalga oshirish muddatlari, ijrochilari va moliyalashtirish manbalari taqdim etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻoriladigan yerlar oʻrniga ularning maydonidan kam boʻlmagan maydonda ikki yil ichida yangidan oʻzlashtiriladigan va sugʻoriladigan yerlarga oʻtkaziladigan yer uchastkalari joylashgan joyi (geografik koordinatalari), umumiy maydoni, toifasi va turi (amaldagi holat boʻyicha), kadastr raqami, konturlari soni va raqami toʻgʻrisida maʼlumotlar, ushbu tadbirlarni amalga oshirish muddatlari, ijrochilari va moliyalashtirish manbalari taqdim etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy-madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari va ularning qoʻriqlanadigan tegralari yerlariga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 9-bandidagi tashkilotlar va idoralardan salbiy maʼlumot yoki xulosa taqdim etilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ijrochi Agroportalga yer tuzish loyihasi ishlab chiqilmasligi toʻgʻrisida maʼlumotni kiritib, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish uchun buyurtmachiga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Buyurtmachi ijrochi tomonidan koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, takroriy ravishda murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ijrochi yer toifasini oʻzgartirish boʻyicha taklif yuzasidan buyurtma asosida shartnoma hujjatlarini tayyorlaydi va buyurtmachi bilan yer uchastkasining yer tuzish loyihasini ishlab chiqish uchun Agroportalda shartnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yer tuzish loyihasini ishlab chiqish uchun buyurtmachi tomonidan ijrochiga Agroportalda tuziladigan shartnoma asosida quyidagi miqdorda toʻlovlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining maydoni 1 gektargacha boʻlganda — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining maydoni 1 gektardan 10 gektargacha boʻlganda — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining maydoni 10 gektardan 100 gektargacha boʻlganda — bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining maydoni 100 gektardan ortiq boʻlganda — bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil yoʻli va temir yoʻl liniyasi, elektr liniyasiga ustunlar oʻrnatish uchun loyiha hujjatlarini tayyorlash loyiha-smeta hujjatlaridan kelib chiqib, tegishli shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov Agrobilling tizimi orqali amalga oshirilib, mablagʻlar Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Yagona operator)ning bank hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yagona operator uch ish kunida ishlab chiqilgan yer tuzish loyihasidan tushgan mablagʻlarning 11,25 foizini — Agroportalni takomillashtirish, foydalanuvchilarni texnik qoʻllab-quvvatlash uchun oʻz bank hisobvaragʻida olib qolib, qolgan mablagʻlardan bank xizmatlari boʻyicha toʻlovlarni chegirib qolgan holda ijrochining hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ijrochi buyurtmachi bilan shartnoma tuzilgandan keyin oʻn ish kuni muddatda (katta uzunlikdagi liniyali obyektlar bundan mustasno) elektron shaklda yer tuzish loyihasini tayyorlaydi va uni Agroportal orqali buyurtmachiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ijrochi yer tuzish loyihasini ishlab chiqishda quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining amaldagi holati bilan taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning muvofiqligini joyiga chiqqan holda oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish obyektining yer uchastkasi konturlari chegarasi, ichki yoʻllar va suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab, sugʻoriladigan yerlarga eng kam salbiy taʼsirini inobatga olgan holda joylashtirilayotganini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish obyekti shahar qurilishi hujjatlariga taalluqli boʻlganda, tasdiqlangan shahar bosh rejasidan nusxa oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasida davlat kadastri obyekti mavjud boʻlganda, yer tuzish loyihasini qoʻshimcha tarzda davlat kadastrini yurituvchi tashkilot bilan kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasida koʻchmas mulk va (yoki) koʻp yillik daraxtzorlar mavjud boʻlganda, tuman (shahar) hokimligi tomonidan koʻchmas mulk va (yoki) koʻp yillik daraxtzorlarni baholatish hamda ularning baholatish hujjatini yer tuzish loyihasiga ilova qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yer uchastkasining yer tuzish loyihasida quyidagilar aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish obyektining yerdan foydalanish maqsadiga muvofiq qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarini yer fondining boshqa toifasiga oʻzgartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish obyektini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlari orqali oʻtkazishda ularning yer uchastkasi konturlari chegarasi, ichki yoʻllar va suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab, sugʻoriladigan yerlarga eng kam salbiy taʼsiri inobatga olingan holda joylashtirilgani asoslanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish obyektining joylashtirilishi hisobidan yer uchastkasi tuprogʻi unumdorligining pasayishi, irrigatsiya va melioratsiya tizimining buzilishi bilan bogʻliq zararlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasida qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi miqdori, uni qoplash hamda sarflash muddatlari, sidirib olingan tuproqning unumdor qatlamidan foydalanish manzillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi mulkdorlari, foydalanuvchilari va ijarachilariga yetkaziladigan zararlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasida agrotexnika tadbirlari uchun sarflangan xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer toifasi oʻzgartirilayotgan yerdan oxirgi toʻrt yilda olingan daromad (sof foyda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangidan oʻzlashtiriladigan yer uchastkasining manzilli roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni foydalanish turiga koʻra qishloq xoʻjaligi yerlaridan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar turiga ushbu Nizom talablari asosida oʻtkaziladi, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining ushbu yer uchastkasiga boʻlgan huquqlari saqlab qolinadi hamda tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati organlarining tasarrufiga qaytarish talab etilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi yerlaridan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar turiga oʻtkazilayotgan yer uchastkasi egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlari tomonidan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrni qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Buyurtmachi har oyning 25-sanasida ijrochi tomonidan taqdim etilgan yigʻmajild va yer tuzish loyihasi asosida yer toifasini oʻzgartirish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi yerlaridan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar turiga oʻtkazish boʻyicha takliflarni Agroportal orqali ushbu Nizomga 2, 2a, 3, 4 va 5-ilovalarga muvofiq shaklda jamlangan holda, ishchi organga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari birinchi rahbarlari tomonidan elektron raqamli imzosi bilan rasmiy xat imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ishchi organ besh ish kuni ichida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi tomonidan kiritilgan yer toifasini oʻzgartirish, qishloq xoʻjaligi yerlari foydalanish turini qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar turiga oʻtkazish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqadi va umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
takliflarni ushbu Nizomga 2, 2a, 3, 4, 5, 6 va 7-ilovalarga muvofiq shaklda Hukumat komissiyasi aʼzolariga kelishish uchun Agroportal orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sugʻoriladigan yer uchastkalarini yer toifasini oʻzgartirish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi yerlaridan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar turiga oʻtkazish boʻyicha takliflar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan imzolanadigan ushbu Nizomga 8-ilovada keltirilgan namunaviy shaklga muvofiq xulosa taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Hukumat komissiyasi aʼzolarining xulosalarini koʻrib chiqish va qaror qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Hukumat komissiyasi aʼzolari besh ish kuni ichida ishchi organ tomonidan Agroportal orqali taqdim etilgan takliflarni koʻrib chiqib, elektron raqamli imzolari bilan imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda kiritilgan takliflar yuzasidan taklif va eʼtirozlar mavjud boʻlgan taqdirda, Hukumat komissiyasi aʼzosining rasmiy xati Agroportalga biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ishchi organ besh ish kuni ichida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat komissiyasi aʼzolarining taklif va eʼtirozlari, shuningdek, sugʻoriladigan yer uchastkalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan taqdim etilgan xulosalar asosida Hukumat komissiyasi bayoni loyihasini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlangan Hukumat komissiyasi bayoni loyihasini koʻrib chiqish va tegishli qaror qabul qilish uchun Vazirlar Mahkamasiga Agroportal orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Hukumat komissiyasi bayoni loyihasiga Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 9 va 441-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va (yoki) Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Vazirlar Mahkamasi uch ish kuni ichida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ tomonidan kiritilgan Hukumat komissiyasi bayoni loyihasini koʻrib chiqib, imzolash uchun Hukumat komissiyasi raisiga Agroportal orqali kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat komissiyasi bayonini rasmiylashtiradi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va (yoki) Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun Agroportal orqali ishchi organga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ishchi organ rasmiylashtirilgan Hukumat komissiyasi bayoniga asosan uch ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va (yoki) Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga belgilangan tartibda kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va (yoki) Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgandan keyin uch ish kuni ichida ishchi organ tomonidan belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Yer fondi toifasini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va (yoki) Vazirlar Mahkamasi farmoyishi qabul qilinganidan soʻng Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligiga uch ish kuni ichida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi yer fondi toifasini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va (yoki) Vazirlar Mahkamasi farmoyishida belgilangan muddatlar va tartibda yer fondiga hamda qishloq xoʻjaligi yerlari foydalanish turiga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ishchi organ tomonidan toifasi oʻzgartirilgan yer uchastkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar uch ish kuni ichida quyidagilarga yuboriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish yoki jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratish uchun Agroportal orqali “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar turiga oʻtkazilgan yer uchastkalari boʻyicha ijrochiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori toʻliq qoplanmagan taqdirda, yer uchastkalarining toifasini oʻzgartirish, yer ajratish loyihasini naturaga koʻchirish, yer uchastkalariga boʻlgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlarni tayyorlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ushbu Nizom talablarini qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

I. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish boʻyicha takliflarni tayyorlash

1-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi yerlaridan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar turiga oʻtkazish boʻyicha takliflarni (keyingi oʻrinlarda — taklif) tayyorlaydi va mazkur taklifga yigʻmajild va yer tuzish loyihasini ishlab chiqish uchun “Oʻzdaverloyiha” ilmiy-loyihalash institutining hududiy boʻlinmasiga Agroportal orqali murojaat qiladi.

Doimiy

2-bosqich

“Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining hududiy boʻlinmasi

1. Takliflarni tashkilotlar bilan Agroportal orqali kelishadi va elektron shaklda hujjatlar yigʻmajildini shakllantiradi.

5 ish kuni ichida

2. Buyurtma asosida shartnoma hujjatlarini tayyorlaydi va buyurtmachi bilan yer tuzish loyihasini ishlab chiqish yuzasidan shartnoma tuzadi.

1 ish kuni ichida

3. Yer tuzish loyihasini tayyorlaydi va uni Agroportal orqali buyurtmachiga yuboradi.

10 ish kuni ichida

4-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Takliflarni Qishloq xoʻjaligi vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — ishchi organ) Agroportal orqali kiritadi.

Har oyning 25-sanasida

5-bosqich

Ishchi organ

1. Buyurtmachi tomonidan kiritilgan takliflarni koʻrib chiqadi va umumlashtiradi.

2. Takliflarni ushbu Nizomning 2, 2a, 3, 4, 5, 6 va 7-ilovalarga muvofiq shaklda Hukumat komissiyasi aʼzolariga kelishish uchun Agroportal orqali yuboradi

5 ish kuni ichida

II. Hukumat komissiyasi aʼzolarining xulosalarini koʻrib chiqish va qaror qabul qilish

1-bosqich

Hukumat komissiyasi aʼzolari

Ishchi organ tomonidan taqdim etilgan takliflar va xulosalarni koʻrib chiqib, elektron raqamli imzolari bilan imzolab, tegishli bayon shaklida qarorlar qabul qilinishini taʼminlaydi.

5 ish kuni ichida

2-bosqich

Ishchi organ

Hukumat komissiyasi bayoni loyihasini tayyorlaydi va koʻrib chiqish va tegishli qaror qabul qilish uchun Vazirlar Mahkamasiga Agroportal orqali yuboradi.

5 ish kuni ichida

3-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

Hukumat komissiyasi bayoni loyihasi koʻrib chiqilib, Hukumat komissiyasi raisi tomonidan imzolanadi.

Hukumat komissiyasi bayoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va (yoki) Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun Agroportal orqali Ishchi organga yuboradi.

3 ish kuni ichida

4-bosqich

Ishchi organ

Hukumat komissiyasi bayoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va (yoki) Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga belgilangan tartibda kiritadi.

3 ish kuni ichida

5-bosqich

Ishchi organ

Adliya vazirligidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va (yoki) Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

3 ish kuni ichida

III. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini yer fondining boshqa toifasiga oʻzgartirish va belgilangan tartibda realizatsiya qilish uchun tegishli organlarga yuborish

1-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

Yer fondi toifalariga oʻzgartirish toʻgʻrisida qabul qilingan tegishli Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va (yoki) Vazirlar Mahkamasining farmoyishini Kadastr agentligiga yuboradi.

3 ish kuni ichida

2-bosqich

Kadastr agentligi

Yer fondiga hamda qishloq xoʻjaligi yerlari foydalanish turiga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.

15 ish kuni ichida

3-bosqich

Ishchi organ

Toifasi oʻzgartirilgan yer uchastkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni quyidagilarga yuboradi:

tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish yoki jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratish uchun Agroportal orqali “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga;

qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar turiga oʻtkazilgan yer uchastkalari boʻyicha ijrochiga.

3 ish kuni ichida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifasini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlari toifasidan yer fondining boshqa toifasiga oʻtkaziladigan sugʻoriladigan yer uchastkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

Yerdan foydalanuvchi nomi

Tuman (shahar) hokimligi tasarrufida boʻsh turgan yer uchastkasi sifatida roʻyxatga olingan qaror raqami va sanasi

Kadastr raqami

Kontur raqami

Jami yer maydoni,

ga

Shundan

Tuproq ball boniteti

Yer egasi, foydalanuvchi va ijarachilarga yetkaziladigan zarar miqdori,

ming soʻm

Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrni,

ming soʻm

Suv bilan taʼminlanganlik darajasi

Yer uchastkasidan keyingi besh yil ichida foydalanish holati

Oʻzgartirish taklif etilayotgan yer fondi toifasi

Taklif etilayotgan foydalanish maqsadi

Asos

sugʻoriladigan yerlar,

ga

boshqa yerlar,

ga

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Takliflar ishchi organga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari birinchi rahbarlari tomonidan imzolangan holda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifasini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga
2a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer fondi toifasi oʻzgartiriladigan sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yer uchastkalarining qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash, sarflash, tuproqning unumdor qatlamini sidirib olish, saqlash va undan foydalanish, yangidan yerlarni oʻzlashtirish tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

Sugʻoriladigan yerlar, ga

Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash

Tuproqning unumdor qatlamini sidirib olish

Yangidan oʻzlashtiriladigan va sugʻoriladigan yerlarga oʻtkaziladigan yer uchastkalari

miqdori,

ming soʻmda

manbasi

muddati

mablagʻlarni sarflash yoʻnalishlari

saqlash manzili

foydalanish hududi

foydalanish muddati

hudud nomi

kontur raqami

maydoni, ga

amalga oshirish muddati

yerlarni oʻzlashtiradigan subyektlar nomi

moliyalashtirish manbalari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Takliflar ishchi organga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari birinchi rahbarlari tomonidan imzolangan holda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifasini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning qishloq xoʻjaligi yerlaridan (foydalanish turini oʻzgartirish) qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar turiga oʻtkaziladigan sugʻoriladigan yer uchastkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

Yerdan foydalanuvchi nomi

Kadastr raqami

Kontur raqami

Jami sugʻoriladigan yer maydoni,

ga

Tuproq ball boniteti

Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrni, ming soʻm

Oʻzgartirish taklif etilayotgan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar turi

Taklif etilayotgan foydalanish maqsadi

Asos


 


 


 


 


 

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Takliflar ishchi organga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari birinchi rahbarlari tomonidan imzolangan holda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifasini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlari toifasidan yer fondining boshqa toifasiga oʻtkaziladigan sugʻorilmaydigan (lalmikor, yaylov va boshqalar) yer uchastkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

Yerdan foydalanuvchi nomi

Tuman (shahar) hokimligi tasarrufida boʻsh turgan yer uchastkasi sifatida roʻyxatga olingan qaror raqami va sanasi

Kadastr raqami

Kontur raqami

Jami yer maydoni, ga

Shundan

Tuproq ball boniteti

Yer egasi, foydalanuvchi va ijarachilarga yetkaziladigan zarar miqdori, ming soʻm

Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrni, ming soʻm

Oʻzgartirish taklif etilayotgan yer fondi toifasi

Taklif etilayotgan foydalanish maqsadi

Asos

sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlar,

ga

yaylov yerlar,

ga

boshqa yerlar,

ga

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Takliflar ishchi organga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari birinchi rahbarlari tomonidan imzolangan holda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifasini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning qishloq xoʻjaligi yerlaridan (foydalanish turini oʻzgartirish) qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar turiga oʻtkaziladigan sugʻorilmaydigan (lalmikor, yaylov va boshqalar) yer uchastkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

Yerdan foydalanuvchi nomi

Kadastr raqami

Kontur raqami

Jami yer maydoni, ga

Shundan

Tuproq ball boniteti

Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrni, ming soʻm

Oʻzgartirish taklif etilayotgan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar turi

Taklif etilayotgan foydalanish maqsadi

Asos

sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlar,

ga

tashlandiq (boʻz) yerlar,

ga

yaylov yerlar,

ga

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Takliflar ishchi organga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari birinchi rahbarlari tomonidan imzolangan holda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifasini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlari toifasidan yer fondining boshqa toifalariga oʻzgartirish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi yerlaridan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar turiga oʻtkazish boʻyicha qayta ishlash uchun qaytariladigan yer uchastkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

Yerdan foydalanuvchi nomi

Kontur raqami

Jami yer maydoni,

ga

Shundan

Tuproq ball boniteti

Oʻzgartirish taklif etilayotgan yer fondi toifasi yoki qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar turi

Taklif etilayotgan foydalanish maqsadi

Qaytarish uchun asos

sugʻoriladigan yerlar,

ga

sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlar,

ga

yaylov yerlar,

ga

boshqa yerlar,

ga

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifasini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarini yer fondining boshqa toifalariga oʻzgartirish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi yerlaridan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar turiga oʻtkazish rad etilgan yer uchastkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

Yerdan foydalanuvchi nomi

Kontur raqami

Jami yer maydoni,

ga

Shundan

Tuproq ball boniteti

Oʻzgartirish taklif etilayotgan yer fondi toifasi yoki qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar turi

Taklif etilayotgan foydalanish maqsadi

Rad etish uchun asos

sugʻoriladigan yerlar,

ga

sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlar,

ga

yaylov yerlar,

ga

boshqa yerlar,

ga

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻoriladigan yer uchastkalarining toifasini yer fondining boshqa toifalariga oʻzgartirish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi yerlaridan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar turiga oʻtkazish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XULOSA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat yoki Toshkent shahri:

Tuman nomi:

Hudud nomi:

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerdan foydalanuvchi nomi:

Kadastr raqami:

Kontur raqami:

Umumiy yer maydoni (gektar):

Sh.j.: sugʻoriladigani (gektar):

Tuproq ball boniteti:

Yer egasi, foydalanuvchi va ijarachilarga yetkaziladigan zarar miqdori (soʻmda)

Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrni (soʻmda)

Yer uchastkasining oʻzgartirilayotgan yer fondi toifasi:

  • aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari
  • sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar
  • tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar
  • tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar
  • oʻrmon fondi yerlari
  • suv fondi yerlari
  • qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yer turiga oʻtkazilayotgan yer uchastkasi

Taklif etilayotgan foydalanish maqsadi:

Yer fondi toifasini oʻzgartirish uchun asos:

Soʻrovnomani koʻrib chiqish:

Yer uchastkasini boʻsh turgan yer uchastkasi sifatida hisobga olish:

  • Hisobga olingan
  • Hisobga olinmagan

Yer uchastkasidan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar sifatida foydalanish:

  • Maqsadga muvofiq
  • Maqsadga muvofiq emas

Yer fondi toifasini oʻzgartirish uchun tuproq-meliorativ va iqtisodiy sharoitlari

  • Maqsadga muvofiq
  • Maqsadga muvofiq emas

Yer fondi toifasini oʻzgarishi oqibatida suv bilan taʼminlanish darajasiga taʼsiri

  • Taʼsir qiladi
  • Taʼsir qilmaydi

Yer uchastkasining suv bilan taʼminlanganlik darajasi va gidrotexnika inshootlari mavjudligi:

  • Foizda, mavjud
  • Foizda, mavjud emas

Suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab, sugʻoriladigan yerlarga eng kam salbiy taʼsirining inobatga olingani:

  • Inobatga olingan
  • Inobatga olinmagan

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga eng kam salbiy taʼsirini inobatga olgan holda joylashtirilgani:

  • Maqsadga muvofiq
  • Maqsadga muvofiq emas

Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining miqdorini qoplash manbasi va muddati:

  • Mavjud, toʻgʻri keladi
  • Mavjud emas, toʻgʻri kelmaydi

Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining miqdorini qoplashdan tushadigan mablagʻlarni sarflash yoʻnalishlari:

  • Maqsadga muvofiq
  • Maqsadga muvofiq emas

Tuproqning unumdor qatlamini sidirib olish, saqlash va undan foydalanish tadbirlarini amalga oshirish muddati, ijrochilari va moliyalashtirish manbalari:

  • Maqsadga muvofiq
  • Maqsadga muvofiq emas

Sugʻoriladigan yerlar oʻrniga ularning maydonidan kam boʻlmagan maydonda ikki yil ichida yangidan oʻzlashtiriladigan va sugʻoriladigan yerlarga oʻtkaziladigan yer uchastkalari, ushbu tadbirlarni amalga oshirish muddatlari, ijrochilari va moliyalashtirish manbalari:

  • Maqsadga muvofiq
  • Maqsadga muvofiq emas

Yer fondi toifasi oʻzgartiriladigan yer uchastkasidan kelgusida foydalanish maqsadi:

  • Maqsadga muvofiq
  • Maqsadga muvofiq emas

Yer uchastkasida noqonuniy qurilma (lar):

  • Mavjud
  • Mavjud emas

XULOSA:

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

  • Maqsadga muvofiq
  • Maqsadga muvofiq emas

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi

  • Maqsadga muvofiq
  • Maqsadga muvofiq emas

Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi

  • Maqsadga muvofiq
  • Maqsadga muvofiq emas

Berilgan sana: 2026-yil “___” __________

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 15-maydagi 246-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan hollarda yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi va Fuqarolik kodeksiga muvofiq yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari, shuningdek, yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan hollarda yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash va ularning oʻrnini qoplash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar Oʻzbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Zararlarning oʻrni yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilayotganda tegishlicha Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan, shuningdek, faoliyati yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, yer uchastkalari ijarachilari hamda mulkdorlarining huquqlari cheklanishiga yoki yaqin atrofdagi yerlarning sifati yomonlashuviga sabab boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan belgilangan tartibda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlarni qurishda yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining koʻrgan zararlari, shuningdek, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining koʻrgan zararlari, shuningdek, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori oʻzini oʻzi moliyalashtirish asosida faoliyat koʻrsatadigan va yer tuzish loyihasini tuzadigan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari (bosh boshqarmalari) tomonidan baholash tashkilotini jalb etgan holda yer uchastkasini tanlash bosqichida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yer uchastkasi olib qoʻyiladigan va yer uchastkasi ajratiladigan yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlari koʻrgan zararlar, shuningdek, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari boʻyicha aniqlangan miqdorlariga rozi boʻlmagan holatda sudga murojaat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining zararlarini qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining koʻrgan zararlari quyidagi hollarda aniqlanadi va toʻliq hajmda (shu jumladan, boy berilgan foyda) qoplanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlar olib qoʻyilgan, qayta sotib olingan yoki vaqtincha egallab turilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni muhofaza qilish zonalari, qirgʻoqboʻyi mintaqalari, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari, yer usti va yer osti suvlarining hosil boʻlish zonalari, kurort tabiiy hududlar zonalari, davlat biosfera rezervatlari zonalari, davlat qoʻriqxonalari, buyurtma qoʻriqxonalar, davlat tabiat yodgorliklari, moddiy madaniy meros obyektlari, suv tashlamalari, yoʻllar, truboprovodlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari atrofida muhofaza zonalari belgilanishi munosabati bilan ularning huquqlari cheklanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv havzalari, kanallar, kollektorlar, shuningdek qishloq xoʻjaligi ekinlari va dov-daraxtlar uchun zararli moddalar chiqaradigan boshqa obyektlar qurish va ulardan foydalanishning taʼsiri hamda yuridik va jismoniy shaxslarning hosil kamayishiga va qishloq xoʻjaligi mahsulotining sifati yomonlashuviga olib boradigan boshqa xatti-harakatlari oqibatida yerlarning sifati yomonlashgan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishlicha meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini yoki ularning qismlarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyishda Oʻzbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan zararlar qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki boʻlgan yer uchastkasini yoki ularning bir qismini jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish Oʻzbekiston Respublikasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda yer uchastkasining mulkdori hamda tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari nomidan teng shartlar asosida tuziladigan yer uchastkasining oldi-sotdi shartnomasini tuzish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 18-moddasida nazarda tutilgan chet el yuridik va jismoniy shaxslarining mulki boʻlgan yer uchastkasini savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyekti yoxud turar joy hamda boshqa bino bilan birga yoki binoning bir qismi bilan birga jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarining bozor qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining bozor qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasida joylashgan koʻp yillik dov-daraxtlarning bozor qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchish, shu jumladan, boshqa koʻchmas mulk obyektini vaqtincha ijaraga olish bilan bogʻliq xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasidan va unda joylashgan koʻchmas mulk obyektlaridan foydalanishdan olinishi mumkin boʻlgan boy berilgan foyda (bunda yer uchastkasi va unda joylashgan koʻchmas mulk obyektlari boʻshatib qoʻyilgan paytdan eʼtiboran avvalgi faoliyatni tiklashga qadar boʻlgan, biroq bir yildan ortiq boʻlmagan muddatdagi foyda yoki mavsumiy hosildan olinishi mumkin boʻlgan foyda hisobga olinadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquq egasining qonunchilik hujjatlarida yoki kelishuvda nazarda tutilgan boshqa xarajatlari va zararlari qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalari yoki ularning bir qismi vaqtincha egallab turilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulkida boʻlgan yer uchastkasining qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joylar, imoratlar va inshootlar, shu jumladan, qurilishi tugallanmagan obyektlar, shuningdek, agar yer olib qoʻyilishi munosabati bilan ulardan bundan keyin foydalanish mumkin boʻlmasa, ajratiladigan uchastkadan tashqaridagi obyektlar qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-rezavor, ihota daraxtlari va boshqa koʻp yillik daraxtlar qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugallanmagan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boy berilgan foyda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi oborotiga kiritilgan va oʻzlashtirilgan yer maydonlariga sarf etilgan mablagʻlarning bozor qiymati va olib qoʻyish sababli yetkazilgan zararning oʻrni toʻliq qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer olib qoʻyilishi bilan bogʻliq ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan zararlar qoplanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 18-moddasida nazarda tutilgan chet el yuridik va jismoniy shaxslarining mulki boʻlgan yer uchastkasi qiymati yerni olib qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytda uning bozor qiymatidan kelib chiqib, baholash tashkilotlari tomonidan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Turar joylar, imoratlar va inshootlar, shu jumladan, qurilishi tugallanmagan, shuningdek, agar yer uchastkasi olib qoʻyilishi munosabati bilan ulardan bundan keyin foydalanish mumkin boʻlmasa, obyektlar qiymati Oʻzbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Meva beradigan meva-rezavor daraxtlari, shuningdek, ihota daraxtlari va boshqa koʻp yillik daraxtlar koʻchatlarning qiymati hamda ularni ekish va meva bergunga yoki shox-shabbalarning tutashib ketishiga qadar yetishtirish xarajatlari baholash davridagi joriy narxlari boʻyicha baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meva bermaydigan meva-rezavor daraxtlari, shuningdek, shoxlari tutashmagan ihota daraxtlari va boshqa koʻp yillik daraxtlar amaldagi xarajatlar boʻyicha baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sarflangan materiallar (urugʻlik, mineral va organik oʻgʻitlar, zaharli dorilar, gerbitsidlar va hokazolar) qiymatini hamda amalda bajarilgan ishlar qiymatini (tuproqni ekishga tayyorlash, tozalash va drenaj tarmogʻini tozalash, urugʻ ekish, sugʻorish, qishloq xoʻjaligi ekinlariga ishlov berish va boshqalarni) oʻz ichiga oladigan tugallanmagan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi qiymati birlamchi buxgalteriya hujjatlari boʻyicha qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yer uchastkalaridagi binolar va inshootlar buzilgan holda yer uchastkalari olib qoʻyilishi bilan bogʻliq yuridik shaxslarning boy berilgan foydasi qiymati tegishli yillar uchun moliyaviy faoliyat toʻgʻrisidagi hisobotdan qabul qilinadigan oxirgi uch yildagi yillik oʻrtacha sof foydadan va yangi joyda faoliyatni tiklash uchun zarur boʻlgan davrdan kelib chiqib aniqlanadi. Yangi joyda faoliyatni tiklash uchun zarur boʻlgan davr yer uchastkasini olish uchun vaqt, buzilishi kerak boʻlgan bunday obyektni loyihalashtirish va qurilishning normativ muddatlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yerni qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishidan chiqarishda boy berilgan foyda miqdori qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishidan chiqariladigan yer uchastkasidan olinadigan oxirgi uch yildagi oʻrtacha yillik sof daromad miqdorining yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish, ularni madaniylashtirish ishlari va tuproq unumdorligini oshirish boʻyicha boshqa ishlar loyihalashtiriladigan, bajariladigan toʻrt yilga koʻpaytirilgan summasi sifatida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir yildagi sof foyda summasi 1 ga qishloq xoʻjaligi yerlariga oxirgi 3 yildagi oʻrtacha yillik sof daromaddan kelib chiqib va olib qoʻyiladigan qishloq xoʻjaligi yer maydoniga koʻpaytirish orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yer uchastkalarining bir qismi olib qoʻyilishi yoki vaqtincha egallab turilishi natijasida sugʻorish, quritish va yoʻl tarmoqlari, eroziyaga qarshi va selga qarshi obyektlar va inshootlar (tizimlar) ishi qisman yoki toʻliq buzilganda yer uchastkasi ajratiladigan yuridik va jismoniy shaxslar yangi obyektlar va inshootlar (tizimlar)ni qurishga yoki mavjudlarini rekonstruksiya qilishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining huquqlari cheklanishi munosabati bilan yuridik shaxslarning ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyati koʻrgan zararlari, agar muhofaza, sanitariya va ihota zonalari oʻrnatilishi munosabati bilan binolar va inshootlarni buzish (koʻchirish) yoki yerni qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishidan chiqarish moʻljallanayotgan taqdirda, qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlarni buzish (koʻchirish) bilan bogʻliq holda koʻrilgan zararlar miqdori ushbu Nizomning 9-bandida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, binolar va inshootlar qurish uchun yer uchastkalari ajratish loyihasini ishlab chiqish jarayonida, zarurat boʻlganda, ularning muhofaza, sanitariya va ihota hududlari, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi yer maydonlari, turi va sifati, ushbu hududlarda yerdan bundan keyin foydalanish rejimi, shuningdek, ushbu hududlarga yer uchastkalariga boʻlgan huquq cheklanishi bilan yetkazilgan zararlar miqdori aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Suv havzalari, kanallar, kollektorlar, shuningdek, qishloq xoʻjaligi ekinlari va dov-daraxtlar uchun zararli moddalar chiqaradigan boshqa obyektlar qurish va ulardan foydalanishning taʼsiri hamda yuridik va jismoniy shaxslarning hosil kamayishiga va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining sifati yomonlashuviga olib boradigan boshqa xatti-harakatlari oqibatida yuzaga kelgan taʼsir natijasida qishloq xoʻjaligi yerlari va oʻrmonzorlarning sifati yomonlashuvi bilan bogʻliq boʻlgan zararlar miqdori qishloq xoʻjaligi yerlarining sifati yomonlashuviga olib keladigan sabablarni tugatish boʻyicha tadbirlari va ushbu yerlarning ilgarigi sifat holatini tiklash boʻyicha tadbirlari qiymati sifatida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarining yomonlashgan sifatini tiklash uchun zarur boʻlgan xarajatlarga tuproq, agrokimyo va boshqa maxsus tekshirishlar hamda loyiha-qidiruv ishlari, shuningdek, loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq ushbu ekin maydonlarining sifatini tiklashni taʼminlaydigan tadbirlarni amalga oshirish xarajatlari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yer uchastkalarini olib qoʻyish, qayta sotib olish yoki vaqtincha egallab turish, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlari cheklanishi yoxud qishloq xoʻjaligi yerlarining sifati yomonlashuvi tufayli ularning koʻrgan zararlarini, shu jumladan, boy berilgan foydani qoplash uchun moʻljallangan mablagʻlar ularga yer uchastkasi ajratiladigan tegishli yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan zarar yetkazilgan yuridik va jismoniy shaxslarning hisob-kitob (joriy) hisobraqamlariga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon fondi yer uchastkalarini olib qoʻyish, qayta sotib olish yoki vaqtincha egallab turish, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlari cheklanishi yoxud oʻrmon fondi yerlarining sifati yomonlashuvi tufayli ular koʻrgan zararni, shu jumladan, boy berilgan foydani qoplash uchun moʻljallangan mablagʻlar ularga yer uchastkasi ajratiladigan tegishli yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzuridagi Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligining Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining zararlarini qoplashdan tashqari yangi yerlarni oʻzlashtirish yoki mavjud yerlarning mahsuldorligini oshirish uchun melioratsiya va agromelioratsiya tadbirlarini amalga oshirish orqali qishloq xoʻjaligi yerlari va oʻrmonzorlar ishlab chiqarish faoliyatidan chiqarilishi munosabati bilan tarmoqda ishlab chiqarilmaydigan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni tiklash maqsadida qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olinmagan mahsulotni tiklash boʻyicha davr sifatida toʻrt yil qabul qilinadi, shu davr ichida yangi yerlarni oʻzlashtirish yoki mavjud sugʻoriladigan yerlarni meliorativ jihatdan yaxshilash uchun yer uchastkasi tanlanishi, loyihalashtirish, qurilish va melioratsiya ishlari, shuningdek, agromelioratsiya tadbirlari amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari quyidagi hollarda aniqlanadi va qoplanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yerlari, shu jumladan, dehqon va xoʻjaligini yuritish uchun jismoniy shaxslarga berilgan yer uchastkalaridagi qishloq xoʻjaligi yerlarini olib qoʻyish, haq toʻlab olish yoki vaqtincha egallab turish hamda ularni qishloq va oʻrmon xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan yoki qishloq va oʻrmon xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq boʻlgan, lekin qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining foydalanishdan chiqarib yuborilishiga olib keladigan maqsadlar uchun berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilayotgan suv omborlari, suv taʼminoti manbalari, kurortlar, magistral kanallar va kollektorlar, yoʻllar, quvurlar, elektr energiyasi uzatish va aloqa liniyalari, shuningdek, boshqa obyektlar atrofidagi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, qoʻriqlash, sanitariya va himoya hududlari chegaralarini belgilagan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarini foydalanishdan chiqargan yoki ularni kamroq qiymatli yerga oʻtkazgan holda, yer uchastkalari foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining huquqlarini cheklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatining taʼsiri natijasida yer sifatining yomonlashishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrni Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 87-moddasiga muvofiq yer uchastkalari quyidagilar uchun olib qoʻyilgan holatlarda qoplanmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalari dafn etish joylarini tashkil qilish uchun, davlat taʼlim va davolash muassasalari, internatlar, bolalar uylari qurish uchun olib qoʻyilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalari suv xoʻjaligiga meliorativ obyektlar va gidrotexnika inshootlari qurilishi uchun ajratilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish uchun berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalari mudofaa ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalari umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar, avtomobil yoʻllari yoki aeroportlar, aerodromlar, aeronavigatsiya obyektlari qurilishi uchun olib qoʻyilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini jihozlash ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qolgan barcha hollarda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrni toʻliq qoplanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori olib qoʻyilayotgan ekin yerlari, koʻp yillik dov-daraxtlar (bogʻlar, uzumzorlar, tutzorlar, meva koʻchatlari, mevazorlar va boshqalar), boʻz yerlar, pichanzorlar va yaylovlar, shu jumladan, dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalaridagi yerlarning maydonidan kelib chiqib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Yer uchastkalari berilayotgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha mablagʻlar toʻlab berilishi majburiy hisoblanadi va quyidagicha taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻoriladigan yerlar uchun kompensatsiya toʻlovining (hisoblangan mablagʻning) 90 foizi, lalmi yerlar, sugʻoriladigan va lalmi boʻz yerlar, pichanzorlar va yaylovlar uchun kompensatsiya toʻlovining (hisoblangan mablagʻning) 95 foizi Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻoriladigan yerlar uchun kompensatsiya toʻlovining (hisoblangan mablagʻning) 9 foizi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasi va 1 foizi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJga, lalmi yerlar, sugʻoriladigan va lalmi boʻz yerlar, pichanzorlar va yaylovlar uchun kompensatsiya toʻlovining (hisoblangan mablagʻning) 4,5 foizi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasi va 0,5 foizi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 9 va 441-moddalariga talablari asosida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer toifasidan yer fondining boshqa toifasiga oʻzgartirilgan yer maydonlarini oluvchi jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarini qoplash boʻyicha mablagʻlar ixtiyoriy ravishda toʻlab berilmagan taqdirda, yer uchastkasi berilgan shaxsga talabnoma yuboriladi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undirish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash maqsadida ochilgan daromad gʻazna hisobvaraqlariga tushgan mablagʻlar hisobi va maʼlumoti boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining tegishli axborot tizimini Iqtisodiyot va moliya vazirligining Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimiga “Raqamli hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilingan holda maʼlumot almashiniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qishloq xoʻjaligi vazirligi va uning hududiy boshqarmalari qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalari berilgan shaxslarga talabnomalar yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoplanmagan mablagʻlarni undirish uchun talabnomalar kiritilgan kundan bir oy oʻtgach, sudlarga daʼvo arizalari kiritadi, auksion savdolarida sotilgan yer uchastkalarining toʻlovlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalari berilgan shaxslarga talabnomalar yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoplanmagan mablagʻlarni undirish uchun talabnomalar kiritilgan kundan bir oy oʻtgach, sudlarga daʼvo arizalari kiritadi, auksion savdolarida sotilgan yer uchastkalarining toʻlovlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi hamda ularning hududiy boshqarmalari ushbu mablagʻlarning oʻz vaqtida tushishini va hisobga olinishini, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻnaltirilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha kelib tushgan mablagʻlarning alohida hisobi yuritiladi va mazkur mablagʻlar, qoida tariqasida, tegishli yer uchastkasi olib qoʻyilgan tuman (shaharlar) uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimliklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 88-moddasiga muvofiq quyidagi tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi yerlarni oʻzlashtirish va sugʻoriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuproq hosildorligini oshirish, qishloq xoʻjalik yerlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va qayta qurish, sugʻoriladigan yerlarni kapital rejalashtirish hamda ularning suv bilan taʼminlanish darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pichanzorlar va yaylovlarni tubdan yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer tuzish, yer kadastri, yer monitoringi va tuproq jihatidan izlanishlar olib borish boʻyicha loyiha hujjatlarini hamda boshqa hujjatlarni tayyorlash yoki tuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash boʻyicha qarzlarni toʻlash uchun sudlarga daʼvo arizalari kiritilganda, davlat bojlarini va sud xarajatlarini toʻlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga kelib tushgan mablagʻlardan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimliklarining qaroriga binoan qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirishni koʻpaytirishga, qishloq xoʻjalik yerlaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilishga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirishda ham foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari yuqorida nazarda tutilgan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga tegishliligi boʻyicha tushgan mablagʻlar doirasida ishlarning buyurtmachilari hisoblanadi, ishlar rejalarini tasdiqlaydi, moliyalashtirishni boshlaydi va ishlarni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasiga tushgan mablagʻlar ushbu jamgʻarmaning tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq shtat birliklarini saqlash, ularni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash boʻyicha qarzlarni toʻlash uchun sudlarga daʼvo arizalari kiritilganda, davlat bojlarini va sud xarajatlarini toʻlash, nobudgarchiliklar hisobini yuritish jarayonlarini raqamlashtirish va boshqa maqsadlar uchun yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Qishloq xoʻjaligi vazirligi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishni samarali tashkil etish uchun Qishloq xoʻjaligi vazirligi uchun belgilangan boshqaruv xodimlarining cheklangan soni doirasida Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan vazirlik markaziy apparatida 3 ta shtatdan iborat alohida boʻlim va vazirlikning barcha hududiy organlarida 1 shtat birligidan iborat alohida lavozim tashkil etiladi hamda budjet mablagʻlari hisobidan saqlanadigan shtat birliklari uchun qoʻllanadigan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tartibida tushadigan mablagʻlar alohida hisobga olib boriladi. Ulardan quyidagi maqsadlarda belgilangan tartibda foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlar va oʻrmon mevali daraxtzorlarini barpo etish va tiklash, qumli yerlar, suv havzalari hamda daryolarning qirgʻoqboʻyi mintaqalarida daraxtzorlar barpo etish, shuningdek, oʻrmon yerlari holatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
togʻ yonbagʻirlarida supa olish va eroziyaga qarshi boshqa tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi yerlarni oʻzlashtirish va sugʻoriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va qayta qurish, sugʻoriladigan yerlarni kapital rejalashtirish hamda ularning suv bilan taʼminlanishi darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pichanzorlar va yaylovlarni tubdan yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon tuzish, oʻrmon kadastri, oʻrmonzorlar monitoringi boʻyicha loyiha hujjatlarini hamda boshqa hujjatlarni tayyorlash yoki tuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini yaratish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash boʻyicha qarzlarni undirish uchun sudlarga daʼvo arizalari kiritilganda, davlat bojlarini va sud xarajatlarini toʻlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash boʻyicha hisoblangan mablagʻlar boʻyicha debitor qarzdorlikning undirilgan summasi unga qoʻshib yozilgan penya bilan birga ushbu Nizomning 20-bandida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim hollarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarorlari asosida ulardan Qoraqalpogʻiston Respublikasining yoki tegishli viloyat (Toshkent shahri)ning boshqa tumanlarida foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tartibida tushgan mablagʻlarning foydalanilmagan qoldiqlari hisobot yilida olib qoʻyilmaydi, keyingi yilga oʻtadi va ulardan ushbu Nizomning 26, 28 va 29-bandlariga muvofiq ishlarni bajarish uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Yer ajratish loyihasini naturaga koʻchirish faqat yer uchastkalari beriladigan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrni qoplangandan keyin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ilgari berilgan yerlar uchun qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha hisoblangan mablagʻlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori olib qoʻyilayotgan qishloq xoʻjaligi yerlarining sifati, unumdorligi va foydalanish samaradorligi hisobga olingan holda, shuningdek, yangi yerlarni oʻzlashtirish ishlarini bajarish davrida yoʻqotilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qiymati hisobga olingan holda ularning oʻrniga teng qiymatli yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish zarurligidan kelib chiqib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hq/xm = {[(Csugʻ. x Bb x Ssugʻ. x 10) + (Clal. x Slal. x 20) + (Csugʻ. x Bb x Sb.sugʻ. x 10 x 0,1) + (Clal. x Sb.lal. x 20 x 0,1) + (Cp.ya. x Sp.ya. x 20)] x Ki}
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hq/xm — qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarini doimiy foydalanish uchun olib qoʻyishda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi, ming soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Csugʻ. — sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarining (sugʻoriladigan boʻz yerlar bundan mustasno) olib qoʻyiladigan 1 gektari oʻrniga teng qiymatli yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish qiymati ushbu Nizomning 37-bandiga muvofiq qabul qilinadi, ming soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Clal. — olib qoʻyiladigan 1 ga lalmi shudgor va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraxtlar oʻrniga teng qiymatli yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish qiymati ushbu Nizomning 38-bandiga muvofiq qabul qilinadi, ming soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Cp.ya. — olib qoʻyiladigan 1 ga pichanzor va yaylovlar oʻrniga teng qiymatli yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish qiymati ushbu Nizomning 40-bandiga muvofiq qabul qilinadi, ming soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bb — olib qoʻyiladigan sugʻoriladigan yerlar tuproqlarining oʻrtacha bonitet ballari, ball;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ssugʻ. — olib qoʻyiladigan sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi ekinlari maydoni (sugʻoriladigan boʻz yerlar bundan mustasno), ga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Slal. — olib qoʻyiladigan lalmi shudgor va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraxtlar maydoni, ga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S b. sugʻ. — olib qoʻyiladigan sugʻoriladigan boʻz yerlar maydoni, ga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S b.lal. — olib qoʻyiladigan lalmi boʻz yerlar maydoni, ga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sp.ya. — olib qoʻyiladigan pichanzorlar va yaylovlar maydoni, ga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 — olib qoʻyiladigan sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari va sugʻoriladigan boʻz yerlar kompensatsiya toʻlovini 10 barobarga oshirish koeffitsiyenti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 — olib qoʻyiladigan lalmi shudgor va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraxtlar, lalmi boʻz yerlar, pichanzor va yaylov yerlar kompensatsiya toʻlovini 20 barobarga oshirish koeffitsiyenti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ki — ushbu Nizomning 51-bandiga muvofiq qabul qilinadigan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari summasini indeksatsiya qilish koeffitsiyenti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Olib qoʻyiladigan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon fondining sugʻoriladigan yerlari va sugʻoriladigan boʻz yerlar kompensatsiya toʻlovini 10 barobarga, lalmi shudgor va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraxtlar, lalmi boʻz yerlar, pichanzor va yaylov yerlar kompensatsiya toʻlovini 20 barobarga oshirish koeffitsiyenti qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdorini hisoblashda qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Olib qoʻyiladigan sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon fondi yerlarining tuproq sifati tuproq bonitirovkasi maʼlumotlari bonitet ballarida qabul qilinadi. U haqida maʼlumotlar mavjud boʻlmagan yangidan oʻzlashtiriladigan yer uchastkalari boʻyicha bonitet ballari qonunchilik hujjatlariga muvofiq yer ajratish loyihalarini ishlab chiqish jarayonida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib qoʻyiladigan sugʻoriladigan ekin maydonlari (sugʻoriladigan boʻz yerlar bundan mustasno) oʻrniga teng qiymatli yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish, shuningdek, yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishi natijasida yetkazilgan zarar qiymati bonitet ballari boʻyicha ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Olib qoʻyiladigan lalmi shudgor va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraxtzorlar oʻrniga beriladigan bir xil yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish qiymati tabiiy hududlardagi joyiga qarab 1 gektar uchun quyidagi miqdorlarda qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekislik (yogʻinlar bilan taʼminlanmagan) hududida — 5 345 ming soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekislik-adir (yogʻinlar bilan yarim taʼminlangan) hududida — 7 904 ming soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
togʻoldi va togʻ (yogʻinlar bilan taʼminlangan) hududida — 9 655 ming soʻm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligidan, shuningdek, oʻrmon fondidan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun olib qoʻyiladigan lalmi yerlar va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraxtzorlar egallagan yerlar, pichanzorlar uchun kompensatsiya toʻlovi, olib qoʻyilayotgan yer maydonlari joylashgan joylarni hisobga oluvchi koeffitsiyentlar qoʻllanilmagan holda, xuddi shunday yangi yerlarni oʻzlashtirish uchun talab etiladigan mablagʻning lalmi yerlar, pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaxshilash bilan bogʻliq xarajatlarning 20 barobari miqdorida hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Olib qoʻyiladigan sugʻoriladigan va lalmi boʻz yerlar oʻrniga teng qiymatli yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish qiymati olib qoʻyiladigan sugʻoriladigan yerlar ushbu Nizomning 36-bandiga muvofiq va lalmi ekin yeri ushbu Nizomning 38-bandiga muvofiq oʻrniga teng qiymatli yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish qiymatiga 0,1 koeffitsiyentni qoʻllagan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Pichanzorlar va yaylovlar olib qoʻyilishi munosabati bilan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori ozuqaning yoʻqotiladigan hajmini qoplash uchun pichanzorlar va yaylovlarning tegishli maydonlarini tubdan yaxshilash zarurligidan kelib chiqib aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pichanzorlar va yaylovlarning mahsuldorligi u bilan bogʻliq boʻlgan balandlik mintaqalariga qarab pichanzorlar va yaylovlarni tubdan yaxshilash qiymati ushbu Nizomiga 2-ilovaga muvofiq qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Qishloq xoʻjaligi yerlari qishloq xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun vaqtincha foydalanish uchun yoki ijaraga olib qoʻyilgan va berilgan holatda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarini doimiy foydalanish uchun olib qoʻyishda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdoriga foiz nisbatida hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha foydalanish uchun yerni olib qoʻyishda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdorlari quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha berilgan yer uchastkasini qishloq xoʻjaligini yuritish uchun yaroqli holatga keltirish maqsadga muvofiq boʻlmagan yoki buzilgan yerlar qishloq xoʻjaligidan boshqa sohada foydalanish uchun yaroqli holatga keltiriladigan tarzda tuproq qatlami buzilgan taqdirda, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori toʻliq hajmda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hq/xn — qishloq xoʻjaligi yerlari doimiy foydalanish uchun olib qoʻyilganda, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori, ming soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Y — qishloq xoʻjaligi yerlari doimiy foydalanishga olib qoʻyilganda, qishloq xoʻjaligi nobudgarchiliklari summasidan qishloq xoʻjaligi yerlari olib qoʻyilgani uchun hisoblanadigan foiz miqdori 10 yilgacha — 4 foiz (Y1x4), 11 yildan 30 yilgacha — har bir yil uchun 2 foizdan (Y2x2) va 31 dan 50 yilgacha — 1 foizdan (Y3x1);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foiz miqdori qishloq xoʻjaligi yerlari olib qoʻyilgan har bir yil uchun 10 yilgacha 4 foiz, 11 yildan 30 yilgacha — 2 foiz va 31 yildan 50 yilgacha — 1 foiz miqdorida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Oʻrmonzorlarni saqlash va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishining zarur darajasini taʼminlash maqsadida oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori yerlarni madaniylashtirish va tuproqning unumdorligini oshirish tadbirlarini amalga oshirish, yangi xoʻjaliklar tashkil etish va olib qoʻyilgan oʻrmonlarni tiklash zarurligi hisobga olingan holda teng qiymatli yangi yerlarni oʻzlashtirish xarajatlari zarurligidan kelib chiqib aniqlanadi. Bundan tashqari, sugʻoriladigan dehqonchilik hududida sugʻorish qiymati, togʻli hududida — supa olish yoki oddiy gidrotexnika inshootlari oʻrnatish qiymati, choʻl hududida — koʻchma qumlarni mustahkamlash qiymati hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Oʻrmonzorlarni oʻrmon xoʻjaligi yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun muddatli (vaqtincha) foydalanish uchun olib qoʻyish va berishda oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari ushbu Nizomning 41-bandida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Oʻrmon bilan qoplangan va daraxti siyrak yerlar, shuningdek, oʻrmon oʻsimliklari, urugʻlikli, tugunchali va sanoat plantatsiyalari boʻlgan yongʻoq mevali, mevali va boshqa qimmatli turlar bilan band boʻlgan yerlar olib qoʻyilganda, oʻrmon xoʻjaligi nobudgarchiliklari summasi yangi yerlarni oʻzlashtirish va monand daraxtzorlar barpo etish boʻyicha ishlarni bajarish davrida oʻrmon mahsulotlarini sotishdan olinadigan foyda va qoʻshimcha foydalaniladigan mahsulotlar nobudgarchiligi hisobga olingan holda quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hoʻ/x = {[(Coʻ/sugʻ. x Boʻ/b x Soʻ/sugʻ. x 10) + (Coʻ/lal. x Soʻ/lal. x 20) + (Coʻ/p.ya. x Soʻ/p.ya. x 20)] x Ki} + T (Foʻr.mah. + Foʻr.qoʻsh.)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hoʻ/x — oʻrmon bilan qoplangan maydonlar olib qoʻyilganda, oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori, ming soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻ/sugʻ. — olib qoʻyiladigan 1 gektar sugʻoriladigan oʻrmon yerlar oʻrniga teng qiymatli yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish zarurligidan kelib chiqib aniqlanadigan oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining solishtirma miqdori ushbu Nizomning 37-bandiga muvofiq hisoblab chiqiladi, ming soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Coʻ/lal. — olib qoʻyiladigan 1 gektar oʻrmon yerlarining lalmi shudgor va sugʻorilmaydigan oʻrmon bilan qoplangan yerlar oʻrniga teng qiymatli yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish qiymati ushbu Nizomning 38-bandiga muvofiq qabul qilinadi, ming soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Coʻ/p.ya. — olib qoʻyiladigan 1 gektar oʻrmon yerlarining pichanzor va yaylovlari oʻrniga teng qiymatli yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish qiymati ushbu Nizomning 40-bandiga muvofiq qabul qilinadi, ming soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻ/b — olib qoʻyiladigan sugʻoriladigan oʻrmon yerlari tuproqlarining oʻrtacha bonitet ballari, ball;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻ/sugʻ. — oʻrmon oʻsimliklari bilan qoplangan olib qoʻyiladigan sugʻoriladigan oʻrmon yerlarining maydoni, ga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻ/lal. — olib qoʻyiladigan tabiiy hududlar boʻyicha oʻrmon yerlarining joylashishiga qarab sugʻorilmaydigan lalmi shudgor va oʻrmon bilan qoplangan yerlari maydoni, ga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻ/p.ya. — olib qoʻyiladigan tabiiy hududlar boʻyicha oʻrmon yerlarining joylashishiga qarab sugʻorilmaydigan pichanzorlar va yaylovlar maydoni, ga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 — olib qoʻyiladigan sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari va sugʻoriladigan boʻz yerlar kompensatsiya toʻlovini 10 barobarga oshirish koeffitsiyenti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 — olib qoʻyiladigan lalmi shudgor va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraxtlar, lalmi boʻz yerlar, pichanzor va yaylov yerlar kompensatsiya toʻlovini 20 barobarga oshirish koeffitsiyenti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ki — ushbu Nizomning 51-bandiga muvofiq qabul qilinadigan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari summasini indeksatsiya qilish koeffitsiyenti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T — yangi yerlarni oʻzlashtirish ishlarini loyihalashtirish va bajarish uchun zarur boʻlgan vaqt, yil (oʻrtacha toʻrt yilda qabul qilinadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foʻr.mah. — 1 gektardan oʻrmon mahsulotlarini (yogʻoch-taxta, yongʻoq, meva, urugʻlik, rezavor meva) realizatsiya qilishdan olingan oʻrtacha uch yildagi foyda (xoʻjalikning hisobot maʼlumotlari boʻyicha qabul qilinadi), yilda/ga ming soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foʻr.qoʻsh. — 1 gektar oʻrmonga qayta hisoblaganda qoʻshimcha mahsulotlarni (dorivor va boshqa foydali oʻsimliklar, pichan, asalarichilik mahsulotlari va boshqa mahsulotlar) realizatsiya qilishdan olingan oʻrtacha uch yildagi foyda (xoʻjalikning hisobot maʼlumotlari boʻyicha qabul qilinadi), yilda/ga ming soʻm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Yongan, nobud boʻlgan oʻrmon oʻsimliklari oʻrni, oʻrmonning daraxt kesish uchun ajratilgan daraxtzorga aylanmagan joylari olib qoʻyilganda, oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarini qoplashning bazis stavkalari ushbu Nizomning 3-bandiga muvofiq lalmi ekin yerlari olib qoʻyilgandagi bazis stavkalarga, boʻsh yotgan yer va yalanglik olib qoʻyilganda — lalmi boʻz yerlar olib qoʻyilganligi uchun bazis stavkalarga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining huquqlari cheklanishi munosabati bilan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari, agar qurilayotgan obyektlarning muhofaza, sanitariya va himoya hududlaridagi oʻrmonzorlarni qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishidan chiqarish yoki ularni kamroq qiymatli yerga oʻtkazish moʻljallanayotgan taqdirda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Qurilayotgan obyektlarning muhofaza, sanitariya va himoya hududlaridagi oʻrmonzorlar muomaladan chiqarilgan taqdirda, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari ushbu Nizomning 2 va 3-boblariga muvofiq toʻliq hajmda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yerlari boshqa sugʻorilmaydigan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yerlariga oʻtkazilganda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yerlari olib qoʻyilishidan nobudgarchiliklar miqdori bilan sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yerlari olib qoʻyilishi nobudgarchiliklari miqdori oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Qurilayotgan obyektlardan foydalanishda kelib chiqadigan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yerlar sifati yomonlashishi holatlari obyektlarni qurish loyihalarida nazarda tutilishi va yer ajratishda hisobga olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Yerning sifati yomonlashishi munosabati bilan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari ushbu Nizomning 2 va 3-boblariga muvofiq zamonaviy holatida oʻrmonzorlarni olib qoʻyishdan nobudgarchiliklar va yerlarning kutilayotgan yomonlashishidan keyingi miqdori oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish qiymati, lalmi shudgor va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraxtzorlar olib qoʻyilganda, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining ushbu qiymatni inobatga olib hisoblangan miqdori, shuningdek, ushbu Nizomning 38-bandi va unga 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaxshilash qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining maʼlumotlari boʻyicha qurilish materiallari narxlari indeksining oʻtgan yilgi oʻzgarishi darajasidan kelib chiqib, joriy yilning 31-dekabriga qadar har yili Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan indeksatsiya qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari hisobini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari hisobi “E-ijara” ATda yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. “E-ijara” ATda yer fondining boshqa toifasiga oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar elektron axborot almashinuvi orqali quyidagi tashkilotlardan olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining joylashgan manzili, maydoni, yer turlari, kontur raqami hamda huquq toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuproq ball boniteti koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy boʻlinmalaridan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Oʻzboshimchalik bilan yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan hollarda yetkazilgan zarar miqdorini qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Yer toʻgʻrisidagi qonunchilikka zid ravishda tegishli ruxsat olmasdan oʻzboshimchalik bilan yerlarni qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yetkazilgan zarar qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻladigan hollar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlarni foydalanishdan chiqarishga, hosildorlik pasayishiga, tuproqning buzilishi yoki yoʻq boʻlib ketishiga olib keladigan boshqa harakatlar (sunʼiy koʻl va baliqxonalar tashkil etish, qurilish materiallari va zararli tuproq hamda tosh toʻkish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasini yoki uning bir qismini huquqlari mavjud boʻlmagan holda chegara toʻsiqlari bilan egallab olish, shu jumladan, ushbu yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish, ulardan qishloq xoʻjaligidan boshqa maqsadlarda foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni yaroqsiz holga tushirish, ularni ishlab chiqarish chiqitlari va boshqa chiqindilar, kimyoviy va radioaktiv moddalar hamda oqova suvlar bilan ifloslantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarga yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun berilgan qishloq xoʻjaligi yerlariga egalik huquqini bevosita yoki yashirin shaklda buzuvchi bitimlar tuzish yoki boshqa harakatlar sodir etish, yer uchastkasini yoki uning bir qismini huquqi boʻlmagan shaxsning toʻliq egaligiga, vaqtincha foydalanishga yoxud boshqacha tarzda foydalanishga topshirish, foydalanish huquqini boshqalarga qishloq xoʻjaligidan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Oʻzboshimchalik bilan yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan hollarda yetkazilgan zarar miqdori Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Agroinspeksiya)ning Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish boʻlimi hamda Agroinspeksiyaning hududiy boshqarmalari tomonidan ushbu Nizomning 61-bandiga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Ushbu Nizomning 61-bandiga asosan hisoblangan zarar sud tartibida undiriladi va undirilgan mablagʻlarning 95 foizi Respublika budjetiga hamda 5 foizi Agroinspeksiyani rivojlantirish jamgʻarmasiga undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Respublika budjetiga kelib tushgan mablagʻlardan ushbu Nizomning 26 va 28-bandlarida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarining qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishi oqibatida yetkazilgan zarar (shu jumladan, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari)ni aniqlashda sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari ball boniteti aniqlanmagan boʻlsa, qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishi holatlari aniqlangan yerlarda tuproq bonitirovkasi ishlarini bajaruvchi tashkilot maʼlumotiga asosan sugʻoriladigan yerlar tuproqlarining bonitet ball koʻrsatkichi inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzboshimchalik bilan yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishi holatlari aniqlangan yerlarda qoʻshimcha ravishda tuproq sifatini oʻrganish (ball bonitetini aniqlash) ishlari oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishi oqibatida yetkazilgan zarar va nobudgarchiliklar miqdorini hisoblashda sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari ball boniteti aniqlanmagan boʻlsa yoki qoʻshimcha ravishda tuproq sifatini oʻrganish (ball bonitetini aniqlash) ishlari oʻtkazilgani uchun tuproq bonitirovkasi ishlarini bajaruvchi tashkilotga belgilangan tartibda xoʻjalik shartnomasi asosida toʻlovlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Agroinspeksiya ushbu Nizomning 60-bandida koʻrsatilgan mablagʻlarning hisobga olinishini hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻnaltirilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Oʻzboshimchalik bilan yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan hollarda yetkazilgan zarar miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ez/m = {[(Csugʻ. x Bb x Ssugʻ. x 10) + (Clal. x Slal. x 20) + (Csugʻ. x Bb x Sb.sugʻ. x 10 x 0,1) + (Clal. x Sb.lal. x 20 x 0,1) + (Cp.ya. x Sp.ya. x 20)] x Ki},
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ez/m — oʻzboshimchalik bilan yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishi boʻyicha yetkazilgan zarar, ming soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Csugʻ. — sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarining (sugʻoriladigan boʻz yerlar bundan mustasno) qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishi boʻyicha yetkazilgan zararning bir bonitet balli uchun qiymati ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq qabul qilinadi, ming soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Clal. — 1 ga lalmi shudgor va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraxtlarni qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishi boʻyicha yetkazilgan zarar qiymati ushbu Nizomning 38-bandiga muvofiq qabul qilinadi, ming soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Cp.ya. — 1 ga pichanzor va yaylovlarni qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishi boʻyicha yetkazilgan zarar qiymati ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq qabul qilinadi, ming soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bb — qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqarilgan sugʻoriladigan yerlar tuproqlarining oʻrtacha bonitet balli koʻrsatkichi, ball;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ssugʻ. — qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqarilgan sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi ekinlari maydoni (sugʻoriladigan boʻz yerlar bundan mustasno), ga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Slal. — qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqarilgan lalmi shudgor va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraxtlar maydoni, ga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sb.sugʻ. — qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqarilgan sugʻoriladigan boʻz yerlar maydoni, ga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sb.lal. — qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqarilgan lalmi boʻz yerlar maydoni, ga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sp.ya. — qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqarilgan pichanzorlar va yaylovlar maydoni, ga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 — qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqarilgan sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari va sugʻoriladigan boʻz yerlar boʻyicha yetkazilgan zarar qiymatini 10 barobarga oshirish koeffitsiyenti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 — qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqarilgan lalmi shudgor va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraxtlar, lalmi boʻz yerlar, pichanzor va yaylov yerlar boʻyicha yetkazilgan zarar qiymatini 20 barobarga oshirish koeffitsiyenti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ki — ushbu Nizomning 51-bandiga muvofiq qabul qilinadigan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari summasini indeksatsiya qilish koeffitsiyenti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan yer uchastkalari egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari, shuningdek, yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan hollarda yetkazilgan zararlarni aniqlash tartibini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan hollarda yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib qoʻyiladigan sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari oʻrniga beriladigan ular bilan bir xil yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish, shuningdek, yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishi boʻyicha yetkazilgan zarar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QIYMATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Hududlar

1 gektar bir xil yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirishning bir bonitet balli uchun qiymati,

ming soʻm

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1624

Andijon

2784

Buxoro

2321

Jizzax

1857

Qashqadaryo

1857

Navoiy

1857

Namangan

2553

Samarqand

2784

Surxondaryo

3016

Sirdaryo

1857

Toshkent

2784

Fargʻona

2553

Xorazm

2321

Toshkent shahri

2784

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan hollarda yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaxshilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QIYMATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vertikal zonalarga boʻlinish

1 gektar pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaxshilash qiymati,

ming soʻm

shundan

tubdan yaxshilash qiymati

oʻrni qoplanadigan mahsulotning qiymati

Choʻl mintaqasi

888,0

183,2

704,8

Adir mintaqasi

1037,9

324,6

713,3

Togʻ mintaqasi

1457,2

243,1

1214,1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 15-maydagi 246-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Agrosanoat majmui va qishloq xoʻjaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 17-dekabrdagi 794-son qarori quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“21. Raqamlashtirish loyihalarini takomillashtirish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha xarajatlarni Davlat budjeti parametrlarida quyidagi ishlarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida mazkur ishlarni ijrochi tashkilotlar tomonidan “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJga shartnoma asosida toʻlashga ruxsat berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining normativ qiymatini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaylov va pichanzorlarda oʻsimlik turlari boʻyicha geobotanik tadqiqotlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy yaylovlar monitoringi va qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish hamda tuproq bonitirovkasi va sugʻoriladigan yerlarda agrokimyoviy va tuproq shoʻrlanish kartogrammalarini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuproq (yerlar) monitoringini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanuvchi tumanlarning 2025 — 2030-yillarga moʻljallangan va loyihalashtirishdan oldin amalga oshiriladigan yer tuzish chizmalarini ishlab chiqish ishlari”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 543-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning maʼmuriy reglamentida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a” kichik band quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b” kichik band quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq xoʻjaligi vazirligiga — qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari boʻyicha”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 30-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yer uchastkasining egalari, mulkdorlari, foydalanuvchilari va ijarachilariga qoplanishi kerak boʻlgan zararlar, shuningdek, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari (mavjud boʻlgan taqdirda) miqdorlari va ularni qoplash muddatlari”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yer uchastkasi qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining miqdori (lotning boshlangʻich narxini bosqichma-bosqich pasaytirish mexanizmi qoʻllanilganda, nobudgarchilik miqdori pasaytirilmaydi)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi — oʻn beshinchi xatboshilar tegishlicha sakkizinchi — oʻn oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yer uchastkasi qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining miqdori”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishlicha sakkizinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 3-band quyidagi mazmundagi oʻn beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining miqdori — qishloq xoʻjaligi va oʻrmon fondi yerlarini, shu jumladan, jismoniy shaxslar egaligidagi va foydalanishidagi qishloq xoʻjaligi yerlarini qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda foydalanish uchun olib qoʻyish, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning huquqlari cheklanishi yoki korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatining taʼsiri oqibatida yerlarning sifati yomonlashuvi tufayli qoplanadigan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrni”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 10-bandning birinchi xatboshisidagi “davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan” soʻzlaridan keyin “, shuningdek, Agroportal orqali “YERELEKTRON” AATga yuborilgan yer fondi toifalari oʻzgartirilgan” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 15-band quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“g) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalari oʻzgartirilgan yer uchastkalari boʻyicha qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdorini belgilash uchun “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy boʻlinmalariga”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) quyidagi mazmundagi 172-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“172. Auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalarining boshlangʻich narxini belgilashda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishining nobudgarchiliklari miqdori yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash ishlari va yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga oid xarajatlar sifatida hisobga olinadi va yer uchastkalarini baholash jarayonida inobatga olinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yer uchastkasi qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining miqdori”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn toʻrtinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilar tegishlicha oʻn beshinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) quyidagi mazmundagi 391-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“391. Yer uchastkalarining qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishining nobudgarchiliklari miqdorini qoplash uchun alohida toʻlangan kompensatsiya toʻlovlari sugʻoriladigan yerlar uchun kompensatsiya toʻlovining 90 foizi, lalmi yerlar va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraxtzorlar egallagan yerlar, pichanzorlar va yaylovlar uchun kompensatsiya toʻlovining 95 foizi Respublika budjetiga hamda mos ravishda 10 va 5 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasiga oʻtkaziladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yer uchastkasi yer uchastkalarini tanlash materiallarini kelishish, xulosalar olish va maʼlumotlar taqdim etish uchun mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan tashkilotlarga yuborish talab etilmaydi (“Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy boʻlinmalariga yuborish va kelishish bundan mustasno)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda ijara shartnomasida direksiya bilan auksion gʻolibi oʻrtasida investitsiya majburiyatlari bajarilishi hamda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi toʻlovlari oʻz vaqtida toʻlanishi toʻgʻrisida bitim imzolash majburiyati yuklanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) 43-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“43. Yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilishdan kelib tushgan pul mablagʻlari mazkur Nizomning 39-bandi “a” — “e” kichik bandlarida nazarda tutilgan, haqiqatda qilingan xarajatlar, shuningdek, mazkur Nizomning 391-bandida nazarda tutilgan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi toʻlovlari chegirib qolingan holda yagona direksiyaga oʻtkaziladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatorini amalga kiritish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 30-sentabrdagi 614-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 4-ilova (Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish maʼmuriy reglamenti)da:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-band ikkinchi xatboshidagi “asosiy turini oʻzgartirish imkoniyatini koʻrsatiladi va” soʻzlaridan keyin “qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining hududiy boshqarmalari bilan kelishiladi hamda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilovaning “5-bosqich” pozitsiyasi “Oʻzdaverloyiha” DILIning hududiy boʻlinmalari subyekti “Tadbirlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tabiiy va qishloq xoʻjaligini rayonlashtirish hujjatlariga, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlangan hududlarni ixtisoslashtirish va qishloq xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanish yoʻnalishlariga muvofiq yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish imkoniyatini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish yuzasidan tegishli xulosalarni shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining hududiy boshqarmalari bilan idoralararo elektron hamkorlik orqali kelishiladi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 41-ilova (Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti)da:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-band uchinchi xatboshidagi “tasdiqlashga” soʻzidan keyin “hamda dehqon xoʻjaliklariga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-band sakkizinchi xatboshidagi “yerlari toifasidagi” soʻzlaridan keyingi “sugʻorilmaydigan” soʻzi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4. Yer tuzish loyihasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlar (chorva mollarini parvarishlash va saqlash, yengil konstruksiyali issiqxona va muzlatkichli omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda Foydalanish maqsadlari boʻyicha kapital qurilish obyektlarining klassifikatorida nazarda tutilgan boshqa obyektlar) ijaraga berilgan jami yer maydonining bir foizidan oshmagan, biroq chorvachilik yoʻnalishida 1 gektardan, boshqa yoʻnalishlarda 20 sotixdan koʻp boʻlmagan qismidagi dala chetida joylashtirilishi mumkin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-band ikkinchi xatboshidagi “davlat reyestridan koʻchirma” soʻzlari “ijaraga berilgan jami yer maydonlarining (barcha kadastr raqamlari boʻyicha) davlat reyestridan koʻchirmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3-bosqich” pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi “ishlab chiqish yuzasidan” soʻzlari “ishlab chiqib” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4-bosqich” pozitsiyasi “Tadbirlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ishlab chiqilgan yer tuzish loyihasini va xulosalarni koʻrib chiqib, tasdiqlaydi hamda ijrochiga yuboradi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5-bosqich” pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi “1. Yer tuzish loyihasini ishlab chiqadi.” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2025-yil 18-sentabrdagi 594-son qarorining 2-bandi yettinchi va sakkizinchi xatboshilaridagi “kontur” soʻzi “jami yer” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 15-maydagi 246-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xoʻjaligiga oid boʻlmagan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 25-maydagi 146-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2023-yil 30-maydagi 222-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Hududning master rejasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida” 2024-yil 12-avgustdagi 497-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer resurslaridan samarali foydalanish va yer hisobini yuritishni muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2025-yil 10-yanvardagi 4-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2026-y., 09/26/246/0492-son)