28.01.2022 yildagi PQ-106-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligini tubdan modernizatsiya qilish, sifatli va raqobatbardosh urugʻlik mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish, urugʻchilikda qoʻshilgan qiymat zanjirini shakllantirish, sohani raqamlashtirish, ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarishni oʻzaro integratsiya qilish va kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish hamda innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markaziga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urugʻliklar yetishtiruvchi subyektlar joylashgan hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, gʻoʻza, boshoqli don, sabzavot, poliz, moyli, dukkakli va ozuqa ekinlarini ularning turlari hamda navlari boʻyicha joylashtirish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urugʻliklar yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi subyektlarining yagona elektron tizimini yaratish. Bunda, subyekt nomi, ekin turi, navi va avlodi, urugʻlik maydoniga berilgan mineral oʻgʻitlar turi va miqdori, ishlatilgan kimyoviy vositalar nomi va meʼyori, aprobatsiya komissiyasining navdorlik boʻyicha xulosasi, yetishtirilgan hosil toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettirish;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urugʻlik yetishtiruvchi subyektlarda vegetatsiya davrida paxta va boshoqli don maydonlarida kamida uch marta, boshqa urugʻchilik maydonlarida kamida ikki marta, urugʻliklarni saqlash va qayta ishlash jarayonlarida doimiy monitoring yuritish, ularga yaqindan amaliy yordam koʻrsatish va faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlari turi va navidan kelib chiqib, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ekish, parvarishlash va hosilni yigʻib olish boʻyicha tavsiya, qoʻllanma, meʼyoriy hujjatlar tayyorlash va urugʻchilik subyektlariga yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urugʻchilik subyektlarida yetishtirilgan paxta, boshoqli don, sabzavot, poliz, moyli, dukkakli va ozuqa ekinlari urugʻliklarini xalqaro standartlarga mos ravishda tayyorlash va qadoqlash hamda ichki va tashqi bozorga “Uzbek seeds” milliy brendi asosida sotishni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalarga 1-ilovaga muvofiq 20 ta urugʻlik don tayyorlash sexlari ushbu korxonalarning soliq va jamgʻarma oldidagi qarzdorligini obyektning baholangan qiymati miqdoriga kamaytirish hisobiga Markazga oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Oʻzpaxtasanoat” AJ tizimidagi 11 ta urugʻlik chigit tayyorlash sexlarini 2-ilovaga muvofiq ularning Davlat budjeti oldidagi qarzdorligini (ular boʻyicha hisoblangan penyalar, shuningdek, obyektni oʻtkazish natijasida yuzaga keladigan soliqlarni ham inobatga olgan holda) obyektning baholangan qiymati miqdoriga kamaytirish hisobiga Markazga berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin. Bunda, ushbu korxonalar Davlat budjeti oldida qarzdorlik mavjud boʻlmagan hollarda “Oʻzpaxtasanoat” AJdagi davlat ulushi va “Oʻzpaxtasanoat” AJning urugʻchilik sexlaridagi ulushini tegishincha kamaytirish hisobiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Urugʻlik tayyorlash sexlarini Urugʻchilikni rivojlantirish markaziga oʻtkazish boʻyicha Idoralararo ishchi guruhi tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo ishchi guruhiga uch oy muddatda urugʻlik tayyorlash sexlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish, qayta baholash va Markazga topshirish-qabul qilish dalolatnomalarini tuzish, kadastr hujjatlari, kommunikatsiya tizimlari (elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv, aloqa tarmoqlari, urugʻlik chigit tayyorlash sexlariga kirish va chiqish yoʻllari) bilan bogʻliq hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish vazifalari yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev) urugʻlik tayyorlash sexlarining Markaz balansiga oʻtkazilishi munosabati bilan Markaz va uning hududiy boshqarmalari tuzilmasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qishloq xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda Jahon bankining “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasidagi 26,5 mln AQSH dollari miqdoridagi kreditlari hisobidan urugʻlik chigit va urugʻlik don tayyorlash sexlarini 2022-2023-yillarda toʻliq modernizatsiya qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Respublikada 2022 — 2025-yillarda yangi navlar maydonlarini kengaytirish hisobiga paxta hosildorligini 50 sentnerga, boshoqli don ekinlari hosildorligini 90 sentnerga yetkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosari Sh. Gʻaniyev, qishloq xoʻjaligi vaziri J. Xodjayev mazkur chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 2022-yil 1-yanvardan boshlab yuqori avlodli urugʻliklarni yetishtirish tizimi joriy etilsin. Bunda:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining tuproq unumdorligi yuqori, suv taʼminoti yaxshi boʻlgan 200 ming gektar sugʻoriladigan yerlarda 5-ilovaga muvofiq qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini yetishtirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(7-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari har yili “E-urugʻ” axborot tizimida urugʻliklar yetishtiruvchi subyektlar tanlanishini hamda qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar joylashtirilishini taʼminlasin;
(7-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ilmiy tashkilotlar — nav originatorlari qishloq xoʻjaligi ekinlarining dastlabki va yuqori avlodli urugʻlik materiallarini Markaz tomonidan berilgan talabnomaga asosan tayyorlaydi va boshqa urugʻchilik subyektlariga shartnoma asosida yetkazib beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ilmiy-tadqiqot institutlari va Markaz tizimidagi elita urugʻchilik xoʻjaliklari tomonidan qishloq xoʻjaligi ekinlarining birlamchi urugʻchiligi yoʻlga qoʻyiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tanlovdan oʻtgan urugʻchilik subyektlari tomonidan urugʻliklar yetishtiriladi va Markaz, paxta-toʻqimachilik, gʻallachilik klasterlari hamda boshqa subyektlar tomonidan qayta ishlanib, isteʼmolchilarga yetkazib berilishi taʼminlanadi.
(7-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi har chorakda urugʻliklarni yetishtirish va realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklari uchun berilgan raqamli QR kodli yorliqlar hamda ekinboplik xulosalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Qishloq xoʻjaligi vazirligiga kiritib borishni taʼminlasin.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar urugʻchilik subyektlarining asosiy vazifalari ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nav originatorlari tomonidan ishlab chiqilgan va ilmiy asoslangan tavsiyalar asosida agrotexnik tadbirlar belgilangan muddatlarda va meʼyorlarda sifatli oʻtkazilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urugʻliklarni yetishtirish, yigʻib-terib olish va qayta ishlash korxonalariga topshirishda davlat standarti talablariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi sohasida ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarishning oʻzaro integratsiyasini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sabzavot, poliz, dukkakli, ozuqa va moyli ekinlarning mahalliy seleksiya navlari urugʻchiligini yoʻlga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agroklasterlar va fermer xoʻjaliklariga gʻoʻza hamda boshoqli don ekinlarining eng hosildor navlarini belgilangan tartibda import qilishga, shuningdek, mustaqil joylashtirishga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Markaz tizimidagi elita urugʻchilik xoʻjaliklari va tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida xoʻjaliklarga yil yakunlari boʻyicha sof foydadan Davlat budjetiga ajratmalar (dividendlar)ni toʻlash yuzasidan 3 yil muddatga imtiyoz beriladi hamda elita urugʻchilik xoʻjaliklarining ustav fondiga xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali bosqichma-bosqich davlat ulushi kamaytirib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Markaz, klasterlar va boshqa urugʻlik tayyorlovchi subyektlar tomonidan urugʻlik yetishtirilishi va xarid qilinishini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi “Gʻalla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4634-son, 2021-yil 10-noyabrdagi “Paxta xom ashyosini yetishtirish va uning yigʻim-terim xarajatlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2-son, 2021-yil 15-dekabrdagi “Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-52-son qarorlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda MDHga aʼzo mamlakatlarning qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari va duragaylari urugʻliklarini, meva-rezavor va uzum koʻchatlarini yetishtirish hamda yetkazib berish boʻyicha davlatlararo ixtisoslashuv toʻgʻrisidagi bitimga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi hududlarda urugʻliklardan yuqori sifatli hosil yetishtirish, ularni saqlash, saralash va qayta ishlash boʻyicha oʻquv-dala seminarlarini doimiy tashkil etib borsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 28-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-106-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PQ-106-son qaroriga

1-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markaziga oʻtkazilayotgan urugʻlik don tayyorlash sexlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Urugʻlik don tayyorlash sexining nomi

Urugʻlik don tayyorlash sexi joylashgan manzil

1.

Nukus urugʻlik don tayyorlash sexi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri

2.

Oltinkoʻl urugʻlik don tayyorlash sexi

Andijon viloyati, Oltinkoʻl tumani

3.

Romitan urugʻlik don tayyorlash sexi

Buxoro viloyati, Romitan tumani

4.

Doʻstlik urugʻlik don tayyorlash sexi

Jizzax viloyati, Doʻstlik tumani

5.

Yakkabogʻ urugʻlik don tayyorlash sexi

Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻ tumani

6.

Shakarjoy urugʻlik don tayyorlash sexi

Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani

7.

Nishon urugʻlik don tayyorlash sexi

Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani

8.

2-sonli urugʻlik don tayyorlash sexi

Navoiy viloyati, Navoiy shahri

9.

Uchqoʻrgʻon urugʻlik don tayyorlash sexi

Namangan viloyati, Uchqoʻrgʻon tumani

10.

Chortoq urugʻlik don tayyorlash sexi

Namangan viloyati, Chortoq tumani

11.

“3-baza” urugʻlik don tayyorlash sexi

Samarqand viloyati, Samarqand shahri

12.

Ishtixon urugʻlik don tayyorlash sexi

Samarqand viloyati, Ishtixon tumani

13.

Zirabuloq urugʻlik don tayyorlash sexi

Samarqand viloyati, Payariq tumani

14.

Jarqoʻrgʻon urugʻlik don tayyorlash sexi

Surxondaryo viloyati, Jarqoʻrgʻon tumani

15.

Muzrabot urugʻlik don tayyorlash sexi

Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumani

16.

“Bosh korxona 2” urugʻlik don tayyorlash sexi

Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani

17.

Doʻstlik urugʻlik don tayyorlash sexi

Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumani

18.

Quyichirchiq urugʻlik don tayyorlash sexi

Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumani

19.

Bagʻdod urugʻlik don tayyorlash sexi

Fargʻona viloyati, Bagʻdod tumani

20.

Begovot urugʻlik don tayyorlash sexi

Xorazm viloyati, Urganch shahri

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PQ-106-son qaroriga

2-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markaziga oʻtkazilayotgan urugʻlik chigit tayyorlash sexlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Urugʻlik chigit tayyorlash sexining nomi

Urugʻlik chigit tayyorlash sexi joylashgan manzil

1.

“Xalqobod paxta tozalash” AJga qarashli urugʻlik chigit tayyorlash sexi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kegeyli tumani

2.

“Jizzax paxta urugʻchiligi” MCHJga qarashli urugʻlik chigit tayyorlash sexi

Jizzax viloyati Paxtakor tumani

3.

“Beshkent” urugʻlik chigit tayyorlash sexi

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani

4.

“Zarafshon paxta servis” MCHJga qarashli urugʻlik chigit tayyorlash sexi

Navoiy viloyati Karmana tumani

5.

“Namangan paxta urugʻchiligi” MCHJga qarashli Chust urugʻlik chigit tayyorlash sexi

Namangan viloyati Chust tumani

6.

“Samarqand paxta urugʻchiligi” MCHJga qarashli M. Qoʻchqorov urugʻlik chigit tayyorlash sexi

Samarqand viloyati Pastdargʻom tumani

7.

“Surxondaryo paxta urugʻchiligi” MCHJga qarashli Angor urugʻlik chigit tayyorlash sexi

Surxondaryo viloyati Angor tumani

8.

“Baxt” urugʻlik chigit tayyorlash sexi

Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani

9.

“Toshkent paxta urugʻchiligi” MCHJga qarashli urugʻlik chigit tayyorlash sexlari

Toshkent viloyati Oʻrtachirchiq tumani

10.

“Fargʻona paxta urugʻchiligi” MCHJga qarashli Rishton urugʻlik chigit tayyorlash sexi

Fargʻona viloyati Rishton tumani

11.

“Xorazm paxta urugʻchiligi” MCHJga qarashli Xonqa urugʻlik chigit tayyorlash sexi

Xorazm viloyati Xonqa tumani

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PQ-106-son qaroriga

3-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urugʻlik tayyorlash sexlarini Urugʻchilikni rivojlantirish markaziga oʻtkazish boʻyicha idoralararo ishchi guruhi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Sh. Gʻaniyev

Bosh vazir oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari

2.

J. Xodjayev

qishloq xoʻjaligi vaziri, Ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari

3.

I. Norqulov

iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari

4.

O. Nasritdinxodjayev

moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

5.

A. Ortiqov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

6.

F.Umarov

Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari — Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori

7.

A. Axmedxadjayev

energetika vazirining birinchi oʻrinbosari

8.

Sh. Nazarov

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

9.

F. Poʻlatov

“Oʻzdonmahsulot” AK raisi

10.

Sh. Mamajonov

Urugʻchilikni rivojlantirish markazi direktori

11.

Sh. Mirzayev

qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari, Ishchi guruh kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PQ-106-son qaroriga

4-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada 2022 — 2025-yillarda yangi navlar maydonlarini kengaytirish hisobiga paxta hosildorligini 50 sentnerga, boshoqli don ekinlari hosilini 90 sentnerga yetkazish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Ijro uchun masʼullar

1.

Paxta ekiladigan maydonlarda kuzgi-qishki tadbirlarni sifatli amalga oshirish.

1. Yuqori unumli haydov texnikalari bilan paxta ekiladigan maydonlarni 35 — 40 sm chuqurlikda sifatli shudgorlash.

Har yili oktabr — dekabr oylarida

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

“Oʻzagroservis” AJ,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Fosforli mineral oʻgʻitlarning 70 foizi va kaliyli oʻgʻitlarning 50 foizini shudgorlashdan oldin solishni tashkil qilish.

3. Yer tekislash, pushta olish, yerni shoʻr yuvishga tayyorlash hamda shoʻr yuvish tadbirlarini muddatida va sifatli amalga oshirish.

Har yili dekabr — fevral oylarida

2.

Hosildorligi va navdorligi past boʻlgan gʻoʻza navlarini serhosil, ertapishar, tola sifati yuqori navlar bilan bosqichma-bosqich yangilash.

1. Paxta toʻqimachilik klasterlari va fermer xoʻjaliklari tomonidan ekish uchun tavsiya etilgan gʻoʻza navlarining oxirgi uch yildagi hosildorligini tahlil qilish.

2. Tahlillar asosida bir necha yillar davomida ekib kelinayotgan va hosildorligi nisbatan past boʻlgan gʻoʻza navlarini bosqichma-bosqich yangilash.

3. Har bir tuproq-iqlim sharoiti uchun mos, hosildorligi 50 — 60 s/ga, tola chiqimi 38 — 40%, mikroneyri 4,4-4,5, oʻsuv davri 110 — 115 kun boʻlgan va tolasi IV tipga mansub navlarni tanlash, joylashtirish hamda urugʻchilikni yoʻlga qoʻyish.

Har yili dekabr — aprel oylarida

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Fanlar Akademiyasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

3.

Chigit ekishdan oldin yerlarni lazerli tekislash.

1. Har yili 200 ming gektar va 2026-yilgacha 1 mln. gektar maydonlarni lazerli tekislash.

2. Yerlarni lazerli tekislash uchun talab etiladigan tekislagichlarni sotib olishni tashkil etish.

3. Lazerli tekislash hisobiga suvni 18 — 20 foiz tejash, bir tekis va sogʻlom koʻchat olish, hosildorlikni 4-5 s/ga ga oshirish.

Har yili dekabr — aprel oylari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

“Oʻzagroservis” AJ,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

4.

Mavjud suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida 2022 — 2026-yillarda 580 ming gektar paxta maydonlarida tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish.

1. Tomchilatib sugʻorish texnologiyasi joriy qilinadigan paxta maydonlarini konturlar boʻyicha tanlash, manzilli roʻyxatini shakllantirish va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish.

2. Paxta yetishtiruvchilar tomonidan tomchilatib sugʻorish texnologiyasi joriy qilingan maydonlarda agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazish.

3. Tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish hisobiga suvni 50 — 55 foiz, YOMMni 30 — 35 foizga tejash va gektaridan qoʻshimcha 10 — 12 sentner hosil olish.

Har yili aprel — iyun oylari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

5.

Paxta maydonlarida tuproq unumdorligini oshirish va gʻoʻzani mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantirishni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish.

1. Tuproq unumdorligi va hosildorligi past boʻlgan paxta maydonlarida “gʻoʻza+beda+gʻalla” almashlab ekish tizimini joriy qilish.

2. Har gektar maydonga 15 — 20 tonna organik oʻgʻit yoki 20 — 30 tonna kompost solish va dukkakli don, siderat ekinlari ekish.

3. Agrokimyoviy xaritalar asosida mineral oʻgʻitlarni qoʻllash meʼyorlarini ishlab chiqishni yoʻlga qoʻyish.

4. Gʻoʻzaga solinadigan fosfor va kaliyli oʻgʻitlarning yillik meʼyorlarini azotli oʻgʻit boʻyicha N:R:K =1:0,7:0,5 nisbatda belgilash.

Mavsum davomida

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

“Oʻzkimyosanoat” AJ,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

6.

Paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan gʻoʻzani yetishtirish boʻyicha agrotexnik tadbirlarini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash.

1. Chigitni oʻz muddatida va sifatli ekish orqali bir tekis va sogʻlom koʻchat olishni taʼminlash.

2. Tuproq sharoiti va gʻoʻza navlari biologik xususiyatidan kelib chiqib yaganalashni amalga oshirish.

3. Tuproqning mexanik tarkibiga koʻra qator orasiga ishlov berish va chuqur yumshatishni tashkil etish.

4. Mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish, gʻoʻzani tunda va sharbat usulida sugʻorishni yoʻlga qoʻyish.

5. Oʻsuv davrida kamida 3-marta biostimulyatorlar bilan va oʻsishni boshqaruvchi mepikvat-xlorid asosli regulatorlar bilan ishlov berish;

6. Gʻoʻza kasalliklari, zararkunandalari va begona oʻtlarga qarshi uygʻunlashgan kurash choralarini qoʻllash.

7. Gʻoʻza defoliatsiyasini oʻz muddatida va sifatli oʻtkazish.

Mavsum davomida

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

“Oʻzagroinspeksiya”,

“Oʻzagroservis” AJ,

“Oʻzkimyosanoat” AJ,

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

8.

Qishlovga kirish oldidan azot yetishmovchiligini oldini olish maqsadida boshoqli don ekinlari ekilgan maydonlarni azotli mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantirish

Azot yetishmovchiligining oldini olish, gʻallani qishlovdan betalofat chiqishini taʼminlash maqsadida erta muddatlarda ekilgan gʻallani gektariga fizik xolda 100 kg.dan azotli mineral oʻgʻitlar bilan NRU-05, RUM-8 mineral oʻgʻit sepgich moslamalari bilan oziqlantirish. Bunda:

tuplash fazasiga kirgan gʻalla maydonlariga gektariga fizik xolda 150 kg.dan;

3-4 barg fazasidagi gʻalla maydonlariga gektariga 100 kg.dan oziqlantirish ishlarini tashkil etish;

Azotli oʻgʻitlar bilan oziqlantirilgan gʻalla maydonlarini sharbat bilan peshma-pesh sugʻorish.

Har yili oktabr-noyabr oylarida

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

“Oʻzkimyosanoat” AJ,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

9.

Ekilgan gʻalla maydonlarining har 5 gektariga 1 tadan sharbat oʻralar qazish, gektariga 3 tonnadan mahalliy oʻgʻit chiqarishni tashkil etish

1. Gʻalla ekilgan har bir konturning suv kiradigan quloqlari boshida 5 gektariga 1 tadan 3x2x1,5 oʻlchamda sharbat oʻralar qazish.

2. Gʻalla ekilgan maydonlarning har gektariga 3 tonnadan mahalliy oʻgʻit chiqarishni tashkil etish. Bunda har 5 gektarga 1 tadan sharbat oʻralar qazish, har bir sharbat oʻraga 15 tonnadan mahalliy oʻgʻit chiqarishni tashkil etish.

Har yili dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

“Oʻzkimyosanoat” AJ,

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

10.

Gʻoʻza qator oralariga ekilgan gʻalla maydonlarini gʻoʻzapoya va dala atrofidagi qurigan xas-xashaklardan tozalash

Gʻoʻza qator oralariga ekilgan maydonlarni gʻoʻzapoya va begona oʻt qoldiqlaridan tozalash.

Bunda:

gʻoʻzapoyani gʻalla nihollariga zarar yetkazmasdan, yerning ustki qismi muzlagan paytlarda oʻrib olishni tashkil etish;

gʻalla maydonlariga transport vositalarini kiritmasdan qoʻl kuchi bilan gʻoʻzapoyalarni daladan tashqariga olib chiqishni tashkil etish;

dalani atrofdagi qurigan begona oʻt xas-xashaklaridan tozalash;

gʻalla ekilgan maydonlarning sugʻorish tarmoqlarida kuzgi-qishgi tadbirlarni amalga oshirish.

Har yili dekabr-yanvar oylarida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

11.

Gʻalla vegetatsiyasi davrida begona oʻt, kasallik va zararkunandalarga qarshi ishlov berish uchun mexanizmlarni tayyorlash, mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar zaxirasini yaratish

1. Boshoqli don ekinlarini parvarishlashda qatnashadigan texnika va mexanizmlarni (NRU-0,5, shtangali va OVX purkagichlar) taʼmirlash va koʻrikdan oʻtkazish.

2. Gʻallani bahorgi oʻsuv davrida mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantirish uchun talab etiladigan (gektariga 750 — 800 kg. fizik holda) azotli mineral oʻgʻitlar zaxirasini yaratish.

3. Gʻallazorlardagi begona oʻtlarga qarshi gerbitsidlar, kasalliklarga qarshi fungitsidlar va zararkunanda hasharotlarga (zararli xasva) qarshi akaritsidlar zaxirasini yaratish.

Har yili yanvar oyida

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

“Oʻzagroinspeksiya”,

“Oʻzagroservis” AJ,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

12.

Gʻallani vegetatsiya davridan sugʻorish choralarini koʻrish

1. Fermer xoʻjaliklari konturlari kesimida gʻalla ekilgan maydonlarni suv bilan taʼminlash chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2. Birinchi navbatda suv taʼminoti qiyin gʻallazorlar suv yoʻllarini tartibga keltirish, qoʻl bilan tozalaydigan suv yoʻllari, jumladan ariq, lotok va boshqa suv oʻtkazish obyektlarini tozalash va taʼmirlash ishlarini yakunlash.

3. Har 50 — 60 metrda gʻalla koʻndalang oʻq ariqlarini olishni tashkil etish.

Har yili yanvar-fevral oylarida

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi,

“Oʻzagroinspeksiya”,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

13.

Gʻallani erta bahorgi birinchi oziqlantirish, sugʻorish ishlarini tashkil etish

1. Erta bahorgi azot taqchilligining oldini olish maqsadida gʻalla maydonlarini azotli mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantirish.

Har yili fevral-mart oylari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagroinspeksiya”,

“Oʻzkimyosanoat” AJ,

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Toʻplangan gʻalla maydonlarini gektariga 200 kg.dan, 3-4 barg fazasida 150 kg.dan va 1-2 barg fazasida 100 kg.dan fizik holda azotli mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantirish;

3. Respublikaning janubiy mintaqalari — Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida oziqlantirish ishlarini amalga oshirish.

4. Respublikaning Markaziy va Fargʻona vodiysi mintaqalarida oziqlantirish ishlarini amalga oshirish.

Har yili Fevral oyida

5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida oziqlantirish ishlarini amalga oshirish.

6. Bahorgi birinchi azotli mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantirilgan gʻalla maydonlarini peshma-pesh sharbat bilan sugʻorishni tashkil etish.

Har yili mart oyida

14.

Gʻallani mikro va makro oʻgʻitlar bilan boyitilgan preparatlar asosida bargdan oziqlantirish (suspenziya) ishlarini tashkil etish

1. Boshoqli don ekinlarini bargdan oziqlantirishni tashkil etish.

2. Resurstejamkor texnologiyalar asosida kuzgi bugʻdoy toʻplanish fazasida gʻallazorlardagi begona oʻtlar, kasallik va zararkunandalar turlarini aniqlab, ularga qarshi kimyoviy vositalar toʻrtlik aralashmasi bilan ishlov berish.

3. Oʻsimlik oʻstiruvchi moddalar (gumimaks, kristalon yara, Gammat natriy va boshqa biostimulyatorlar) meʼyorini belgilab, barg orqali oziqlantirishni tashkil etish.

Har yili mart oyida

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

“Oʻzkimyosanoat” AJ,

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

15.

Boshoqli don ekinlarini naychalash fazasidagi ikkini bahorgi oziqlantirish ishlarini tashkil etish

1. Gʻallaning naychalash fazasida ikkinchi oziqlantirishni yillik azotli oʻgʻitlar meʼyorining 50 foizi, yaʼni gektariga fizik holda 350 — 400 kg. miqdorda berish.

Har yili mart-aprel oylarida

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagroinspeksiya”,

“Oʻzkimyosanoat” AJ,

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Respublikaning janubiy mintaqalarida — Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida oziqlantirish ishlarini amalga oshirish.

3. Respublikaning Markaziy va Fargʻona vodiysi mintaqalarida oziqlantirish ishlarini amalga oshirish.

4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida oziqlantirish ishlarini amalga oshirish.

Har yili mart oyida

5. Gʻallani sharbat usulida sugʻorish maqsadida sharbat oʻralarni mahalliy oʻgʻitlar bilan toʻldirishni tashkil etish.

6. Birinchi navbatda ertapishar navlar, soʻng oʻrta va kechpishar navlarga navbatlab oziqlantirishni hamda oziqlantirilgan maydonlarni peshma-pesh sharbat bilan sugʻorishni tashkil qilish.

Har yili aprel oyida

7. Hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, mart oyida sharbat bilan sugʻorishni tashkil etishda har 10 gektar maydonga 3 tagacha suvchilarni biriktirish va gʻallani tungi sugʻorishni tashkil etish.

16.

Boshoqli don ekinlarini kasallik va zararkunandalardan himoya qilish, uchinchi oziqlantirish choralarini koʻrish

1. Gʻallazorlardagi sariq va qoʻngʻir zang kasalliklari, zararli xasva, shira zararkunandalariga qarshi uchlik aralashma (fungitsid, akaritsid va suspenziya) sepishni tashkil etish.

2. Gʻallani boshoqlash, gullash, don shakllanish va don toʻlishini hisobga olgan holda, gektariga 150 — 200 kg miqdorida azotli oʻgʻitlar bilan oziqlantirish.

3. Mintaqa tuproq-iqlim sharoitiga mos holda oziqlantirilgandan soʻng, gektariga 500 — 600 m3 meʼyorda qondirib sugʻorishni tashkil etish.

4. Sugʻorishni sharbat usulda har gektarga 5 tonnadan mahalliy oʻgʻit hisobida 2-marta amalga oshirish.

Har yili aprel oyida

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagroinspeksiya”,

“Oʻzkimyosanoat” AJ,

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

17.

Urugʻlik uchun ekilgan gʻalla maydonlarini aprobatsiyadan oʻtkazish

Urugʻlik uchun ekilgan gʻalla maydonlarida navlarning navdorligini aniqlash uchun urugʻlik dalalarni aprobatsiyaga tayyorlash. Bunda:

begona nav, tur xillaridan hamda begona oʻtlardan tozalash ishlarini amalga oshirish;

oʻrim-yigʻim texnikalarini mavsumga tayyorlash hamda koʻrikdan oʻtkazish tadbirlarini amalga oshirish.

Har yili may oyida

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

“Oʻzagroinspeksiya”,

“Oʻzkimyosanoat” AJ,

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi,

“Oʻzagroservis” AJ,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

18.

Yuqori va sifatli paxta xomashyosi va don hosili yetishtirish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar tayyorlash hamda seminarlar tashkil qilish.

1. Sohaga aloqador ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy taʼlim muassasalarining olimlari tomonidan olib borilgan izlanishlar natijalari asosida yuqori darajada hosildor va sifatli paxta va don hosili yetishtirish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiya hamda uslubiy qoʻllanmalar tayyorlash.

2. Chop etilgan tavsiya va uslubiy qoʻllanmalarni klasterlar va fermer xoʻjaliklariga yetkazish.

3. Agrotexnik tadbirni ilm-fan yutuqlari va raqamli texnologiyalarni joriy etgan holda amalga oshirish boʻyicha seminarlar va oʻquv kurslari tashkil qilish.

Mavsum davomida

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Fanlar Akademiyasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-dekabrdagi PQ-431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2024-y., 07/24/431/1026-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PQ-106-son qaroriga

5-ILOVA

Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklari yetishtiriladigan hududlardagi maydonlarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
(5-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar nomi

Jami urugʻliklar yetishtiriladigan maydon,

gektar

Shundan: gektar

paxta maydoni

gʻalla maydoni

sabzavot, poliz, dukkakli, moyli va boshqa ekinlar maydonlari

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

14 600

9 600

4 600

400

viloyatlar:

2.

Andijon

18 103

9 500

7 003

1 600

3.

Buxoro

14 870

9 652

5 218

4.

Jizzax

13 401

6 000

6 200

1 200

5.

Qashqadaryo

23 100

12 000

10 000

1 100

6.

Navoiy

5 900

3 000

2 500

400

7.

Namangan

11 209

6 089

3 800

1 320

8.

Samarqand

19 042

8 528

9 014

1 500

9.

Surxondaryo

15 500

7 500

6 800

1 200

10.

Sirdaryo

15 882

6 742

8 339

800

11.

Toshkent

12 649

3 600

7 950

1 100

12.

Fargʻona

23 553

8 948

13 083

1 522

13.

Xorazm

12 192

8 841

2 099

1 252

Jami

200 000

100 000

86 605

13 395

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishgan holda jami urugʻliklar yetishtiriladigan maydon (gektar)larga hududlar kesimida oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.01.2022-y., 07/22/106/0071-son; 14.12.2024-y., 07/24/431/1026-son; 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)