14.02.2025 yildagi PQ-57-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzagrostar xolding” kompaniyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-22-son Farmoni ijrosini tashkil etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari faoliyatini rivojlantirish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha kengash (keyingi oʻrinlarda – Kengash) va “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ boshqaruv organlarining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Uzagrostar xolding” kompaniyasini (keyingi oʻrinlarda – Xolding kompaniya) masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tashkiliy tuzilmasiga alohida direktor oʻrinbosari lavozimini kiritish va unga Xolding kompaniya faoliyatiga rahbarlik qilish vazifasini yuklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tashqi va ichki bozorlarda talab yuqori boʻlgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari kesimida bazaviy va qamrab olinadigan tumanlarni belgilash va ushbu hududlardagi mahallalarda mahsulot yetishtirishning ixtisoslashuvini chuqurlashtirish boʻyicha Xolding kompaniya muassisligida ixtisoslashgan kompaniyalarni (keyingi oʻrinlarda – ixtisoslashgan kompaniyalar) 1-ilovaga muvofiq tashkil etish. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy tumanlar ixtisoslashgan kompaniyalarning asosiy faoliyati uchun markaz boʻlib hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qamrab olinadigan hududlarda belgilangan navlardagi mahsulotlarni yetishtirish, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash va tashish bilan bogʻliq innovatsiyalar, yangi texnologiyalar va yondashuvlarni tarqatish va joriy etishni kengaytirish nazarda tutiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki bosqichda bazaviy tumanlarda ishlarni boshlash va ixtisoslashgan kompaniyalarni tashkil etishga tayyorgarlik koʻrish maqsadida Xolding kompaniyaning tegishli hududdagi yuridik shaxs boʻlmagan loyiha ofislari tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Uzagrostar xolding” kompaniyasining hamda uning muassisligida tashkil etiladigan ixtisoslashgan kompaniyalarning asosiy vazifalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash (S. Annaklichev) ikki hafta muddatda ixtisoslashgan kompaniyalarning asosiy vazifalari va funksiyalarini nazarda tutuvchi namunaviy nizomni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra aholi tomorqalarida va dehqon xoʻjaligi yer maydonlarida mahsulot yetishtirish boʻyicha ixtisoslashuvni ragʻbatlantirish maqsadida quyidagi moliyaviy qoʻllab-quvvatlash instrumentlari joriy etiladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi hisobidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzum koʻchatini shpalerga oʻtkazishga har bir shpaler uchun 15 ming soʻmgacha subsidiya beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomorqadagi bogʻlarni yangilash uchun “in-vitro” koʻchat sotib olish xarajatining 50 foizi qoplab beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2025-yilda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish va ularning xaridi uchun ajratiladigan imtiyozli kreditlarga 1 trillion soʻm yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi resurslari hisobidan meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun kreditlar tijorat banklari orqali 14 foiz stavkada (shundan 5 foiz bank marjasi) sugʻurta polisi va 30 foizlik garov taʼminoti asosida ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Xolding kompaniya faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xolding kompaniyaning boʻsh turgan pul mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy va xalqaro moliya hamda rivojlantirish tashkilotlarining homiylik, grant va kredit mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetakchi tadbirkorlar va eksportyor korxonalarga xizmat koʻrsatishdan kelib tushadigan pul mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, 2025-yilning 1-martidan boshlab qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari ijara huquqini elektron onlayn auksion savdolari orqali sotishdan tushgan mablagʻlarning 10 foizi respublika budjetiga oʻtkaziladi va maqsadli ravishda aholi tomorqalarida va dehqon xoʻjaligi yer maydonlarida mahsulot yetishtirish boʻyicha ixtisoslashuvni chuqurlashtirish tadbirlariga yoʻnaltiriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika budjetiga tushgan mablagʻlar “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga davlat ulushini oshirish uchun yoʻnaltiriladi va maqsadli ravishda Xolding kompaniya va uning muassisligidagi ixtisoslashgan kompaniyalar faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun sarflanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning ustav fondida davlat ulushini oshirish hisobiga qoʻshimcha chiqariladigan va joylashtiriladigan aksiyalar bilan amalga oshiriladigan birjadan tashqari barcha bitimlar boʻyicha “Fond bozorining axborot resurs markazi” DUKning Yagona dasturiy texnik majmuasi orqali koʻrsatiladigan xizmatlari uchun haq undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Aholi tomorqalari va ijaraga berilgan yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish, moliyaviy va boshqa xizmatlarni koʻrsatish hamda mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda sotish boʻyicha imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ (Z. Badriddinov) 2025-yil 1-martga qadar “Uzex Agro” elektron savdo platformasida aholi tomorqalari va dehqon xoʻjaliklari yer maydonlarida yetishtirilgan mahsulotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri tashqi bozorlarga sotish imkoniyatini yaratsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birjaning xorijiy mamlakatlardagi 48 ta savdo maydonchasi orqali Oʻzbekistonda mahsulotlarni yetishtirish muddatlari, hajmlari va narxlari toʻgʻrisidagi axborotlarning eʼlon qilinishini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yilda Asaka, Kitob, Baxmal, Xatirchi va Fargʻona tumanlarida, 2026-yilda esa qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan yana kamida 5 ta tumanda kichik logistika markazlari, shu jumladan, sigʻimi 100 tonnadan kam boʻlmagan muzlatkichli sigʻimlar, urugʻlik, koʻchat, kimyoviy vositalar va mineral oʻgʻitlarni tarqatish markazlarini barpo etib, keyinchalik ularning “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ moliyaviy instrumentlari orqali lider tadbirkorlarga berilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Kengash (S. Annaklichev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) bilan birgalikda olti oy muddatda 3-ilovaga muvofiq axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini integratsiya qilgan holda tomorqa va uzoq muddatli ijaraga berilgan yer maydonlari egalariga onlayn maslahat va maʼlumot olish, moliyaviy xizmatlardan foydalanish hamda mahsulotlarni sotish boʻyicha yagona xizmat koʻrsatish va monitoring qilish platformasini (keyingi oʻrinlarda – Platforma) ishga tushirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Platformada bir oy muddatda maxsus bank kartasi orqali dehqonlarga yetishtiradigan mahsulotining 70 foizigacha miqdorda imtiyozli onlayn kredit ajratish tizimini ishga tushirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda biznes jarayonlarni raqamlashtirish, xususan, mavjud axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali Platformaning mobil ilovasini ishlab chiqsin va yetakchi tadbirkorlar, eksportyorlar hamda logistika korxonalari jalb qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, Kengash tavsiyasiga asosan Xolding kompaniya va ixtisoslashgan kompaniyalarga tovar (ish, xizmat)lar eksportini rivojlantirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida zamonaviy issiqxona, plantatsiyalar, agrologistika markazlari (agromajmualar) loyihalarini amalga oshirish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiquvchi va pudrat tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish hamda mahalliy va xalqaro yuridik, auditorlik kompaniyalari, investitsiya maslahatchilari hamda investitsiya banklari, ilgʻor xorijiy va mahalliy taʼlim muassasalari, yuqori malakali agronom, texnolog, marketolog, usta dehqonlarni jalb etish, shuningdek, axborotlashtirish qurilmalari, dasturiy taʼminot va laboratoriya jihozlarini xarid qilish huquqi beriladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tuziladigan shartnomalar oʻrnatilgan tartibga muvofiq “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda uch ish kuni ichida kompleks ekspertizadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqalari bilan bogʻliq qoʻshimcha vazifa va funksiyalar yuklanishi munosabati bilan Oʻzbekiston fermerlari kengashining 23 ta shtat birligini maqbullashtirish hisobiga Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi markaziy apparatiga 10 ta, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda viloyatlar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalariga 1 tadan 13 ta shtat birligi ajratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini hamda natijadorligini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Kengash (S. Annaklichev) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) va “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (A. Maxamatov) bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 20-fevralga qadar Xolding kompaniyaning tashkiliy tuzilmasini ishlab chiqib, tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-martga qadar tegishli tijorat banklari va tuman hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq bazaviy tumanlarda ixtisoslashgan kompaniyalarning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlagan holda rahbar va malakali xodimlar bilan butlanishi hamda uning faoliyati yoʻlga qoʻyilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 10-martga qadar har bir bazaviy va qamrab olinadigan tumanlarda eksportyor va yetakchi tadbirkorlar bilan uchrashuvlarni oʻtkazgan holda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishdan tortib eksport bozorlarida sotishgacha boʻlgan barcha bosqichdagi muammo va masalalar roʻyxatini hamda kerakli statistika va tahliliy maʼlumotlar bazasini shakllantirsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlar tomonidan koʻtarilgan masalalar va tahliliy maʼlumotlar asosida qisqa muddatda amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha batafsil chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin hamda uning bajarilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashgan kompaniyalar tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar, tizimli muammo va takliflarni har oy yakuni bilan muhokama qilib borsin hamda ularning natijalari boʻyicha maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Vazirlar Mahkamasi Kengash va Xolding kompaniya tomonidan kiritilgan masalalarni va hujjatlar loyihalarini soddalashtirilgan va tezkor tartibda koʻrib chiqib, tegishli qarorlarning qabul qilinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abdurahmonov) Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (I. Ergashev), Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasida muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlgan urugʻlik va koʻchat importi bilan shugʻullanuvchi korxonalar va ekishga ruxsat berilgan navlar boʻyicha roʻyxatni Xolding Kompaniyaga yetkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oyda xorijiy koʻkat ekinlari urugʻlari va navlarini oʻrganib, aholi xonadonigacha yetkazib berish tizimini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-aprelga qadar mahsulotlar eksporti boʻyicha asosiy hamkor mamlakatlarning oʻsimliklar karantini va himoyasi sohasidagi tashkilotlari bilan birgalikda eksport oldi koʻrigini va sertifikatlash xizmatlarini bevosita mahsulotlar joʻnatilgunga qadar tashkil qilish amaliyotini joriy qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashgan kompaniyalar uchun urugʻlik va koʻchat import qilishda soddalashtirilgan tizimni joriy etsin hamda ekish mavsumida narxlar keskin oshishining oldini olish boʻyicha shaxsan javobgar etib belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abdurahmonov), Agrosanoatni rivojlantirish agentligi (N. Abdullayev) 2025-yil 1-martga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sabzavot urugʻlari va koʻchatlari hamda mevali daraxtlar koʻchatlarini sifatli tarzda yetkazib berish boʻyicha qoʻllanma va maʼlumotnomalarni Xolding kompaniyaga va ixtisoslashgan kompaniyalarga yetkazib bersin hamda bazaviy va qamrab olinadigan tumanlarda seminar va treninglar tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashgan kompaniyalar bilan eng sara va hosildorligi yuqori urugʻ va koʻchatlar navlarini tayyorlash hamda yetkazib berish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazish, maʼlumotlar bazasini shakllantirish jarayoniga ilmiy-tadqiqot institutlarini jalb qilsin va amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (A. Jumanazarov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 kun muddatda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportyorlariga, Xolding kompaniyaga va ixtisoslashgan kompaniyalarga hududlarda eksport uchun yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini laboratoriyada aniqlash va sertifikatlash boʻyicha soddalashtirilgan tartibda xizmat koʻrsatish tizimini joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi korxonalar va eksportyorlarga xorijiy bozorlardagi talablar boʻyicha oldindan maʼlumot berish va onlayn xabardor qilish, ularni oʻqitish hamda doimiy maslahat xizmatlarini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov) bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari brendini targʻib qilish va eksport bozorlarini kengaytirishga koʻmaklashsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortikov) ikki oy muddatda Oʻzbekiston fermerlari kengashi huzuridagi Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga tegishli davlat aktivlaridan samarali foydalanish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xolding kompaniya “Biznesni rivojlantirish banki” ATBga tegishli Toshkent shahri Yunusobod tumani Bogʻishamol koʻchasi 282-uy manzilidagi binoda bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bazaviy tumanlarda ixtisoslashtirilgan kompaniyalarning faoliyat koʻrsatishi uchun zarur boʻlgan bino-inshootlar ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kengash Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda mahallalarda har bir aholi tomorqasidan maqsadli va samarali foydalanish maqsadida yerni tayyorlash, urugʻ, koʻchat, daraxtlar ekish, issiqxonalar qurish boʻyicha ishlarni tashkil etish va yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʻyicha vazifalar va chora-tadbirlarning ijrosi boʻyicha har oy yakuni bilan keyingi oyning 15-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 14-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-57-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-57-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talab yuqori boʻlgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari kesimida bazaviy va qamrab olinadigan tumanlar hamda “Uzagrostar xolding” kompaniyasi taʼsischiligida tashkil etiladigan ixtisoslashgan kompaniyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Joylashgan tumani

Ixtisoslashgan korxona (brend) nomi

Qamrab olinadigan tumanlar

Ixtisoslashuv yoʻnalishlari

1.

Yangiyoʻl tumani

“YangiyoʻlAgro Star” MCHJ

Bulungʻur, Sirdaryo, Asaka

Pomidor, quritilgan pomidor, koʻkatlar, bulgʻor qalampiri

2.

Qoʻshrabot tumani

“Qoʻshrabot — Agro Star” MCHJ

Ishtixon, Urgut, Xatirchi

Mayiz

3.

Angor tumani

“Angor — Agro Star” MCHJ

Bekobod, Boʻka, Quyi Chirchiq

Piyoz, brokkoli, karam, gulkaram

4.

Denov tumani

“Denov — Agro Star” MCHJ

Jarqoʻrgʻon, Qumqoʻrgʻon, Uchkoʻprik

Limon va limon mahsulotlari, yeryongʻoq

5.

Toshkent tumani

“Toshkent — Agro Star” MCHJ

Boʻstonlik, Qibray, Parkent

Rezavor mevalar

(malina, maymunjon, qulupnay, golubika)

6.

Jomboy tumani

“Jomboy Agro star” MCHJ

Bulungʻur, Gʻallaorol, Uzun

Yongʻoq, bodom, pista

7.

Quva tumani

“Quva — Agro Star” MCHJ

Parkent, Oʻzbekiston, Quvasoy shahri

Shaftoli, gilos, gullar, koʻchatlar

8.

Fargʻona tumani

“Fargʻona — Agro Star” MCHJ

Beshariq, Rishton, Oʻzbekiston

Oʻrik va turshak

9.

Asaka tumani

“Asaka — Agro Star” MCHJ

Namangan, Gʻijduvon, Termiz

Sabzavot koʻchatlari

10.

Beruniy tumani

“Beruniy — Agro Star” MCHJ

Kegeyli, Chimboy, Qoʻngʻirot

Chorva ozuqasi

11.

Mirzachoʻl tumani

“Mirzachoʻl — Agro Star” MCHJ

Mirzaobod, Koʻkdala, Sardoba, Yangibozor, Gurlan, Xovos, Oqoltin

Tarvuz, qovun

12.

Bulungʻur tumani

“Bulungʻur — Agro star” MCHJ

Jomboy, Toyloq, Samarqand

Kartoshka

13.

Uzun tumani

“Uzun — Agro Star” MCHJ

Kitob, Kattaqoʻrgʻon

Xurmo, anjir

14.

Baxmal tumani

“Baxmal — Agro Star” MCHJ

Quva, Samarqand, Shahrisabz, Hazorasp, Yangiariq

Olma, nok

15.

Buxoro tumani

“Buxoro — Agro Star” MCHJ

Yangiqoʻrgʻon, Kitob, Payariq

Toyfi (uzum)

16.

Oltiariq tumani

“Oltiariq — Agro Star” MCHJ

Parkent, Buxoro, Ishtixon, Oltinsoy

Uzum

(rizamat, husayni, kelinbarmoq, qorakishmish)

17.

 Yangiqoʻrgʻon tumani

 “Namangan-Agro Star” MCHJ

Chortoq, Kosonsoy, Soʻx 

 Qora olxoʻri

18.

 Qiziltepa tumani

 “Navoiy-Agro Star” MCHJ

Navbahor, Muborak, Boysun, Tomdi 

 Chorvachilik (qoramol, qoʻy, qorakoʻlchilik)

19.

 Mirzaobod tumani

 “Sirdaryo-Agro Star” MCHJ

Boyovut, Quva, Sherobod, Kitob 

 Anorchilik

20.

 Koson tumani

 “Qashqadaryo-Agro Star” MCHJ

Kasbi, Guliston, Dehqonobod 

Sabzichilik va kavrak yetishtirish 

21.

 Gurlan tumani

 “Xorazm-Agro Star” MCHJ

Sirdaryo, Quyi Chirchiq, Xonqa 

Sholichilik 

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari faoliyatini rivojlantirish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha kengashga Bosh vazir oʻrinbosari — Iqtisodiyot va moliya vaziri bilan kelishilgan holda ushbu roʻyxatdagi ixtisoslashgan kompaniyalarning bazaviy (joylashgan), qamrab olinadigan tumanlari va ixtisoslashuv yoʻnalishlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati beriladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-57-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzagrostar xolding” kompaniyasining hamda uning muassisligida tashkil etiladigan ixtisoslashgan kompaniyalarning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Uzagrostar xolding” kompaniyasining asosiy vazifalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi tomorqalari va uzoq muddatli ijaraga berilgan hamda boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga tegishli yer maydonlarida mahsulot yetishtirishda ixtisoslashuvni chuqurlashtirish orqali tumanlar va mahallalarda “oʻsish nuqtalari”ni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy va qamrab olinadigan tumanlarda tomorqa va ijara yer maydonlaridan unumli foydalanish boʻyicha ijobiy tajribani boshqa tumanlarda ham bosqichma-bosqich qoʻllash, alohida yoʻnalishlarda va tegishli brend ostida faoliyat yuritishga ixtisoslashgan kompaniyalarni tashkil etish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash bilan kelishgan holda ixtisoslashgan kompaniyalar ustav kapitalini shakllantirish va moliyaviy resurslar bilan taʼminlash uchun mablagʻlar yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir tanlab olingan yoʻnalishda dastlabki bosqichda 100 ta mahalladagi aholi tomorqalari va uzoq muddatli ijaraga berilgan yer maydonlarida bir xil tur va standartdagi mahsulotlar yetishtirish boʻyicha ixtisoslashuvni chuqurlashtirish, keyinchalik ularning sonini 500 taga olib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud muammo va masalalarni tezkorlik bilan hal qilish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va boshqa vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikda zaruriy normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy va qamrab olinadigan hududlarda aholi tomorqalarida va ijaraga berilgan ekin maydonlarida suv tejovchi texnologiyalardan foydalanish hamda yashil va innovatsion yondashuvlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Kengash bilan kelishgan holda amaldagi mexanizmlarni takomillashtirish va yangilarini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Uzagrostar xolding” kompaniyasi muassisligida tashkil etiladigan ixtisoslashgan kompaniyalarning asosiy vazifalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy va qamrab olinadigan tumanlarda mavjud tomorqa, dehqon, fermer xoʻjaliklariga va boshqa korxonalarga tegishli yer maydonlari hajmi, mahallalar ixtisoslashuvi, asosiy eksport yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda sifatli urugʻ va koʻchatlarni tanlash, olib kelish va ularning ekilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot yetishtirish va qayta ishlashga xalqaro standartlarni (Global G.A.P, Organic, Halal va h.k.) joriy qilishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash hamda mahsulotlarni eksportga chiqarish boʻyicha fitosanitariya sertifikatlarini rasmiylashtirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari brendini yaratish, yuqori qiymatli bozorlarni topish uchun yetakchi tadbirkorlar, xalqaro mutaxassislar bilan hamkorlik qilish hamda loyihalarni birgalikda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashil texnologiyalar, jumladan, quyosh panellari, geokollektorlar, tomchilatib sugʻorish, lazerli tekislash, issiqlik nasoslarini joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash, bunda ushbu yondashuvlar asosida kamida 1 gektargacha maydonda zamonaviy issiqxonalar barpo etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agroturizmni rivojlantirish, jumladan, qishloq xoʻjaligi va baliqchilik mahsulotlari festivallari va sayillarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-57-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan ishlab chiqiladigan onlayn axborot platformasiga integratsiya qilinadigan axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Axborot tizimlari nomi

1.

Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agroplatforma” elektron axborot tizimi

2.

Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agrosubsidiya” yagona elektron axborot tizimi

3.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi*

4.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi*

5.

Raqamli texnologiyalar vazirligi*

6.

“Oʻzbekkosmos” agentligi*

7.

Kadastr agentligi*

8.

Soliq qoʻmitasi*

9.

Bojxona qoʻmitasi*

10.

Oʻzbekiston fermerlari kengashi*

11.

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ*

12.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Onlayn mahalla” elektron platformasi

13.

Markaziy bank*

14.

Tijorat banklari*

15.

“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ huzuridagi “Uzex Agro” elektron savdo platformasi

16.

“Agrobank” ATBning “Agrozamin” elektron platformasi

17.

AT “Xalq banki”ning “Oilakredit” elektron axborot tizimi

18.

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining “e-Fitouz” elektron axborot tizimi

19.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining “VIS-REGISTON” elektron platformasi

20.

Agrosanoatni rivojlantirish agentligining “Bogʻbon” elektron platformasi

21.

Tijorat banklarining qishloq xoʻjaligi sohasidagi kreditlarini rasmiylashtirishni tashkil etuvchi axborot tizimlari

22.

Sugʻurta tashkilotlarining axborot tizimlari*

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: *“Biznesni rivojlantirish banki” ATB murojaati asosida tegishli axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari integratsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan ishlab chiqiladigan onlayn axborot platformasiga vazirlik va idoralarning boshqa axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari murojaatga asosan integratsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Biznesni rivojlantirish banki” ATBga korxona va tashkilotlar bilan raqamlashtirish, axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilish, elektron platformalarni va dasturiy taʼminot mahsulotlarini ishlab chiqish va xizmat koʻrsatishda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat etiladi, (ushbu holatlarda davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari tatbiq etilmaydi).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 07/25/57/0157-son; 31.03.2025-y., 07/25/131/0288-son; 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son; 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)