07.07.2025 yildagi O‘RQ-1073-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 18-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 29-aprelda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qoʻllanilish sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyat natijasida yuzaga keladigan issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash toʻgʻrisidagi qonunchilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlari — infraqizil nurlarni tutib qoluvchi va qayta chiqaruvchi, kelib chiqishi tabiiy yoki antropogen boʻlgan hamda Parij bitimiga muvofiq nazorat qilinadigan gazsimon moddalar: karbonat angidrid (CO2), metan (CH4), azot oksidi (N2O), ozon (O3), xlorftoruglerodlar (XFU), perftoruglerodlar (PFU) va oltingugurt geksaftoridi (SF6);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlarining kadastri — rasmiy statistika maʼlumotlariga asoslangan, issiqxona gazlarining chiqarilishi va tutib qolinishini tavsiflaydigan, tizimlashtirilgan maʼlumotlar jamlanmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlarining tutib qolinishi — tabiiy jarayon yoki xoʻjalik faoliyatining va boshqa faoliyatning turi boʻlib, uning natijasida atmosfera havosidan issiqxona gazlari ajralib chiqadi hamda ular tabiiy muhitning boshqa tarkibiy qismlarida, tabiiy, tabiiy-antropogen va antropogen obyektlarda toʻplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlarining chiqarilishi — muayyan vaqt oraligʻida tabiiy jarayon yoki xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyat natijasida hosil boʻladigan issiqxona gazlarining atmosfera havosiga chiqarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlarining chiqarilishi reyestri — issiqxona gazlarining chiqarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni oʻz ichiga olgan axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operator — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Yashil iqtisodiyot loyihalari markazi” loyiha ofisi — uglerod birliklari reyestrini yurituvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibga solinadigan tashkilotlar — tartibga solinadigan tashkilotlar roʻyxatiga kiritilgan, faoliyati issiqxona gazlarini chiqarish bilan birga olib boriladigan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uglerod birligi — issiqxona gazlarining “yashil” loyihani amalga oshirish natijasida qisqartirilgan (bartaraf etilgan) va (yoki) tutib qolingan, bir tonna karbonat angidrid gazi ekvivalentidagi ogʻirlikda ifodalangan miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uglerod birliklari bilan operatsiyalar — uglerod birliklari reyestrida roʻyxatdan oʻtkaziladigan uglerod birliklari bilan bogʻliq harakatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uglerod birliklarining muomalasi — uglerod birliklarining uzatilishi jarayonida amalga oshiriladigan operatsiyalar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uglerod birliklarining muomalasi ishtirokchisi — “yashil” loyihaning ijrochisi va (yoki) uglerod birliklarining egasi va (yoki) uglerod birliklari reyestrida hisobga ega boʻlgan yuridik shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uglerod birliklarining reyestridagi hisob — uglerod birliklari reyestrida mavjud boʻlgan hamda uglerod birliklarini hisoblashda va ular bilan operatsiyalar oʻtkazishda foydalaniladigan yozuv;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uglerod birliklarining egasi — uglerod birliklariga egalik qiluvchi yuridik shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor, jismoniy shaxs yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uglerod birliklarini muomaladan chiqarish — uglerod birliklarini uglerod birliklari egasining hisobidan chiqarish va uglerod birliklari reyestrida muomaladan chiqarish hisobiga oʻtkazish orqali bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uglerod birliklarini muomaladan chiqarish hisobi — uglerod birliklari reyestrida mavjud boʻlgan hamda uglerod birliklarini muomaladan chiqarish uchun moʻljallangan maxsus hisob;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uglerod izi — mahsulotni ishlab chiqarish va uning hayotiy sikli yoki xizmatlar koʻrsatish davomida hosil boʻladigan issiqxona gazlari chiqarilishining va tutib qolinishining umumiy hajmi boʻlib, u muomaladan chiqarilgan uglerod birliklarini hisobga olgan holda, issiqxona gazlarining bevosita chiqarilishini (xoʻjalik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirish natijasida hosil boʻladigan) hamda bilvosita chiqarilishini (xoʻjalik faoliyatini va boshqa faoliyatni taʼminlash uchun foydalaniladigan hamda tashqi obyektlardan olingan elektr va issiqlik energiyasi, boshqa resurslar isteʼmoli bilan bogʻliq), xoʻjalik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirish natijasida issiqxona gazlarining tutib qolinishini oʻz ichiga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil” loyiha — issiqxona gazlarining chiqarilishini qisqartirishni (bartaraf etishni) yoki tutib qolinishini koʻpaytirishni taʼminlovchi tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil” loyiha ijrochisi — “yashil” loyihani amalga oshiruvchi yuridik shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor yoki jismoniy shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklashning asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqxona gazlari chiqarilishini cheklashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlarining chiqarilish darajasini kamaytirish sharoitlarida barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlashning ustuvorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning ustuvorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlarining chiqarilishini qisqartirish yuzasidan davlatning xalqaro majburiyatlarini bajarish zaruriyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibga solinadigan tashkilotlar issiqxona gazlarining chiqarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarining majburiyligi va ochiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlarining chiqarilishini qisqartirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarni bajarishning majburiyligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklashga doir yondashuvlarning ilmiy asoslanganligi, tizimliligi va toʻliqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Qisqartirilgan issiqxona gazlariga egalik qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshiriladigan “yashil” loyihalar natijasida qisqartirilgan issiqxona gazlari davlat tomonidan toʻliq tasarruf etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsning, yakka tartibdagi tadbirkorning yoki jismoniy shaxsning xalqaro uglerod birliklari bozorida ishtirok etishi va mamlakat hududida olingan uglerod birliklari savdosi bilan shugʻullanishi, chet davlatlar bilan tuzilgan kelishuvlar doirasida oʻsha davlatlarning rezident-kompaniyalariga uglerod birliklarini oʻtkazishi issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash va ularning savdosi boʻyicha vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilganidan keyin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsning, yakka tartibdagi tadbirkorning yoki jismoniy shaxsning xalqaro uglerod birliklari bozorida ishtirok etishi va mamlakat hududida olingan uglerod birliklari savdosini amalga oshirishi tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasidagi davlat boshqaruvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish hamda uning oqibatlarini yumshatish, shu jumladan issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishini hamda amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklashning asosiy prinsiplarini davlat faoliyatining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, taʼlim va madaniy sohalarida aks ettirish boʻyicha choralar koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi va hukumatlararo shartnomalar tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va ichki uglerod birliklari bozorlarida mamlakat hududida olingan uglerod birliklari savdosini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat siyosatini amalga oshirishda iqtisodiyotning rivojlanishi hamda uning iqlim oʻzgarishiga taʼsiri hisobga olinishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasidagi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish choralarini koʻradi, shu jumladan tadbirkorlik subyektlariga, fuqarolar va nodavlat tashkilotlarga axborotga oid hamda moliyaviy yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlari chiqarilishining davlat hisobini va kadastrini yuritish tartibini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlari chiqarilishining, uglerod birliklarining reyestrlarini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibga solinadigan tashkilotlar tomonidan vakolatli davlat organiga issiqxona gazlarining chiqarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etish tartibini, bunday hisobotlarning shakllarini hamda vakolatli davlat organi tomonidan hisobotlarni tekshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqlim oʻzgarishi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasidagi davlat dasturlarining, hududiy va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi hamda ularning amalga oshirilishi monitoringini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqlim oʻzgarishining oqibatlarini yumshatish va unga moslashishning Milliy iqlim strategiyasini ishlab chiqadi, uning amalga oshirilishi monitoringini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi va ularni qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlari kadastrini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atmosfera havosiga chiqariladigan issiqxona gazlarini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birga inventarizatsiyadan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlarining chiqarilishi, tutib qolinishi va qisqartirilishi hajmlarini miqdoriy jihatdan aniqlash uslubiyatini, shu jumladan issiqxona gazlarining chiqarilishi, tutib qolinishi va qisqartirilishi hajmlarini aniqlashning hisob-kitob va instrumental usullarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan tegishli hisobotlarning belgilangan tartibda tayyorlanishini va Birlashgan Millatlar Tashkiloti iqlim oʻzgarishi boʻyicha Hadli konvensiyasining vakolatli organi sifatida ularning mazkur Hadli konvensiya bilan tasdiqlangan kotibiyatga taqdim etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atmosfera havosiga issiqxona gazlarini chiqaruvchi yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan qonunchilikda belgilangan tartibda kompensatsiya toʻlovlarini undiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlarida ekologik tamgʻalash tizimlarini joriy etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasini davlat tomonidan tartibga solishni maqbullashtirish, sohaga ilgʻor innovatsiyalarni hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash yoʻnalishida chet el investitsiyalarini, shuningdek xalqaro moliya institutlarining hamda boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini jalb etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasida xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqlim oʻzgarishi va uning oqibatlari toʻgʻrisida keng jamoatchilikni xabardor qilish uchun ilmiy-ommabop, tahliliy materiallar tayyorlaydi, iqlim sohasidagi tadqiqotlar natijalarini keng ommalashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yalpi ichki mahsulotning uglerod sarfi hajmini kamaytiradi, “yashil” iqtisodiyotni ilgari surishga, “yashil” oʻsish prinsiplarini joriy etishga va iqtisodiyot tarmoqlarida issiqxona gazlari chiqarilishini qisqartirishga doir faoliyatni muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlari savdosining xalqaro va milliy darajalarda amalga oshirilishini tartibga soladi va taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasidagi davlat dasturlarining, hududiy va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi hamda ularning amalga oshirilishi monitoringini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlarining chiqarilishi jadalligini kamaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan tadbirlarning bajarilishi monitoringini milliy imkoniyatlar va sharoitlardan kelib chiqqan holda yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalarni jalb etishning istiqbolli yoʻnalishlari ishlab chiqilishini, shu jumladan ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv prinsiplari asosida investitsiya loyihalari monitoringi yuritilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va ichki uglerod birliklari bozoriga yoʻnaltiriladigan uglerod birliklarining reyestrini shakllantiradi hamda yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlarining chiqarilishi prognozlarini belgilaydi va issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash boʻyicha belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishini baholaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlari chiqarilishining, tutib qolinishining va qisqartirilishining hajmlarini miqdoriy jihatdan aniqlash uslubiyatini, shu jumladan issiqxona gazlarining chiqarilishi, tutib qolinishi hamda qisqartirilishi hajmlarini aniqlashning hisob-kitob va instrumental usullarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasini davlat tomonidan tartibga solishni maqbullashtirish, ushbu sohada ilgʻor innovatsiyalarni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash yoʻnalishida chet el investitsiyalarini, shuningdek xalqaro moliya institutlarining va boshqa tashkilotlarning kreditlari hamda grantlarini jalb etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasida xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasidagi hududiy dasturlarni, shu jumladan oʻrta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash boʻyicha tadbirlar rejasini tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda hamda ushbu sohani muvofiqlashtirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududning oʻziga xos xususiyatlarini va iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasidagi davlat dasturlarini va hududiy dasturlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha hududiy rejalar, dasturlar va loyihalarni shakllantirish hamda amalga oshirish jarayonida issiqxona gazlarining taʼsirini hisobga oladi va issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash imkoniyatlarini har tomonlama koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash chora-tadbirlarining aholi oʻrtasidagi targʻibotini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining, fuqarolarning va nodavlat tashkilotlarning issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash boʻyicha faoliyatini ragʻbatlantirish choralarini koʻradi, shu jumladan ularga axborotga oid va moliyaviy yordam koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasini tartibga solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash choralari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlari chiqarilishining davlat hisobini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlarining chiqarilishini qisqartirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlarining chiqarilishini qisqartirish va ularning tutib qolinishini oshirish boʻyicha faoliyatni qonunchilikda belgilangan tartibda qoʻllab-quvvatlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Issiqxona gazlari chiqarilishining davlat hisobi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqxona gazlari chiqarilishining davlat hisobi tartibga solinadigan tashkilotlarning xoʻjalik faoliyati yoki boshqa faoliyati natijasida hosil boʻladigan issiqxona gazlarining chiqarilishi toʻgʻrisidagi ishonchli axborotni yigʻish, shuningdek davlat organlarini, yuridik shaxslarni, yakka tartibdagi tadbirkorlarni va fuqarolarni bunday axborot bilan taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqxona gazlari chiqarilishining davlat hisobi maʼlumotlari issiqxona gazlari kadastrini tayyorlashda inobatga olinadi. Issiqxona gazlari chiqarilishining davlat hisobi va issiqxona gazlari kadastrini yuritish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqxona gazlari chiqarilishining davlat hisobi issiqxona gazlarining chiqarilishi reyestrini yuritish shaklida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqxona gazlarining chiqarilishi reyestriga tartibga solinadigan tashkilotlar toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning toʻliq nomi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik raqami va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchi boʻlgan yuridik shaxsning yoxud yakka tartibdagi tadbirkorning identifikatsiya raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs joylashgan yer yoki yakka tartibdagi tadbirkorning yashash joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilayotgan iqtisodiy faoliyat turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlarining chiqarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarga muvofiq issiqxona gazlarining chiqarilishi haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqxona gazlarining chiqarilishi reyestriga tartibga solinadigan tashkilotlar roʻyxatiga kirmaydigan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ular tomonidan taqdim etilgan issiqxona gazlarining chiqarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarga asosan kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqxona gazlarining chiqarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlar issiqxona gazlarining chiqarilishi reyestriga kiritilguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda verifikatsiyadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakat mudofaasi va davlat xavfsizligi manfaatlari koʻzlangan faoliyat natijasida hosil boʻlgan issiqxona gazlarining chiqarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar issiqxona gazlarining chiqarilishi reyestriga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Issiqxona gazlarining chiqarilishini qisqartirish maqsadli koʻrsatkichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti tarmoqlari uchun issiqxona gazlarining chiqarilishini qisqartirish maqsadli koʻrsatkichlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlariga muvofiq, issiqxona gazlarining oʻrmonlarda va boshqa tabiiy ekologik tizimlarda tutib qolinishi hisobga olingan holda va Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishni taʼminlash zaruratidan kelib chiqib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti tarmoqlari uchun issiqxona gazlarining chiqarilishini qisqartirish maqsadli koʻrsatkichlari iqtisodiyotning tegishli tarmogʻida qoʻllaniladigan texnologiyalarning oʻziga xos xususiyatlaridan, investitsiyalar hajmidan, tovarlar va xizmatlarning realizatsiya qilinishidan olingan daromad hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushumlar miqdoridan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining davlat dasturlarida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish koʻrsatkichlarini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti tarmoqlari uchun issiqxona gazlarining chiqarilishini qisqartirish maqsadli koʻrsatkichlari hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik faoliyati yoki boshqa faoliyati issiqxona gazlarining chiqarilishi bilan bogʻliq boʻlgan davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarini hisoblashda ular tomonidan issiqxona gazlarining chiqarilishini qisqartirish boʻyicha koʻrsatkichlar hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. “Yashil” loyihalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslar “yashil” loyihalarni amalga oshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarni “yashil” loyihalar jumlasiga kiritish mezonlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashil” loyihalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar uglerod birliklari reyestriga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashil” loyihani amalga oshirish natijasida muomalaga chiqarilgan uglerod birliklari ushbu “yashil” loyihani bajaruvchining uglerod birliklari reyestridagi hisobiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muomalaga chiqarilgan uglerod birliklari Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti tarmoqlari uchun issiqxona gazlarining chiqarilishini qisqartirish maqsadli koʻrsatkichlariga erishilishini baholashda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashil” loyihalarni roʻyobga chiqarishga doir faoliyatni qoʻllab-quvvatlash Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “yashil” loyihalarni amalga oshiruvchilarga nisbatan davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralarini qoʻllash asoslarini, shuningdek amalga oshirilayotgan “yashil” loyihalarga mos kelishi kerak boʻlgan shartlarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining tasarrufidagi uglerod birliklari savdosi natijasida hosil boʻladigan mablagʻlar iqlim oʻzgarishiga moslashishga va uning oqibatlarini yumshatishga, ekologiya sohasidagi dasturlarni, tadbirlarni amalga oshirishga, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish, sirkulyar va yashil iqtisodiyot, chiqindilarni boshqarish bilan bogʻliq sohalarga belgilangan tartibda yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Uglerod birliklarining reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uglerod birliklarining reyestri “yashil” loyihalar, ushbu loyihalarni amalga oshirish natijasida muomalaga chiqarilgan uglerod birliklari, uglerod birliklarining egasi tomonidan ularni boshqa shaxsga oʻtkazish va uglerod birliklarini muomaladan chiqarish toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uglerod birliklarining reyestrini yuritish, shuningdek reyestrda uglerod birliklari bilan operatsiyalarni oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda operator tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uglerod birliklari reyestriga quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning toʻliq nomi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik raqami va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchi boʻlgan yuridik shaxsning yoxud yakka tartibdagi tadbirkorning identifikatsiya raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs joylashgan yer yoki yakka tartibdagi tadbirkorning yashash joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilayotgan iqtisodiy faoliyat turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil” loyihani amalga oshirish natijasida muomalaga chiqarilgan uglerod birliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil” loyihani amalga oshirish natijalari verifikatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uglerod birliklari bilan operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq operator tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uglerod birliklarining reyestridagi hisob operator tomonidan uglerod birliklari muomalasi ishtirokchisi bilan oʻzaro kelishilgan shartlarda, shartnomaga asosan ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi operator tomonidan uglerod birliklarining reyestrida operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga doir namunaviy shartnoma shaklini va bunday xizmatlarni koʻrsatganlik uchun toʻlovni aniqlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator uglerod birliklarining reyestridagi hisob boʻyicha operatsiyalarni ushbu hisob egasining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan topshirigʻiga (bundan buyon matnda hisob egasining topshirigʻi deb yuritiladi) muvofiq amalga oshirish majburiyatini oladi. Operator hisob egasining topshirigʻi olingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida uglerod birliklari bilan operatsiyalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator muomalaga chiqarilgan uglerod birliklarini “yashil” loyihani amalga oshiruvchining reyestrdagi hisobiga oʻtkazadi. Uglerod birliklarining reyestridagi hisobga oid yozuvlar hamda ushbu hisob boʻyicha koʻchirmalar uglerod birliklari muomalaga chiqarilganligining va uglerod birliklariga boʻlgan egalik huquqining tasdigʻidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uglerod birliklarini boshqa shaxsga oʻtkazish (sotish) hisob egasining topshirigʻiga asosan uning hisobidagi uglerod birliklarini hisobdan chiqarish va uglerod birliklarini oluvchining hisobiga kiritish orqali amalga oshiriladi. Uglerod birliklari uglerod birliklarini oluvchining hisobiga operator tomonidan tegishli yozuv kiritilgan paytdan eʼtiboran oʻtkazilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator va uglerod birliklari muomalasi ishtirokchisi oʻrtasidagi shartnomaning bekor qilinishi uglerod birliklari reyestridagi hisobning yopilishi uchun asos boʻladi. Uglerod birliklari reyestridagi hisob yopilganda undagi uglerod birliklari bekor qilinadi va muomaladan chiqarish hisobiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uglerod birliklarini muomaladan chiqarish operator tomonidan uglerod birliklarini hisob egasining topshirigʻiga muvofiq uning hisobidan chiqarib, muomaladan chiqarish hisobiga kiritish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Uglerod birliklarining muomalasi va ularni muomaladan chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uglerod birliklarining muomalasi “yashil” loyihalarni amalga oshirish natijasida hosil boʻlgan uglerod birliklarini realizatsiya qilish uchun qulay iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish, shuningdek bunday loyihalarni roʻyobga chiqarishga doir faoliyatni ragʻbatlantirish maqsadida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uglerod birliklarining muomalasi uglerod birliklari reyestriga tegishli yozuvlarni kiritish orqali ushbu reyestrda roʻyxatdan oʻtkaziladigan operatsiyalar yigʻindisidan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uglerod birliklarining egasi uglerod izini kamaytirish maqsadida uglerod birliklarini muomaladan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasida texnik jihatdan tartibga solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash, shu jumladan “yashil” loyihalarni amalga oshirish va uglerod izini aniqlash sohasidagi standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy standartlashtirish tizimi issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash, shu jumladan “yashil” loyihalarni amalga oshirish va uglerod izini aniqlash sohasidagi yagona talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash, shu jumladan “yashil” loyihalarni amalga oshirish chogʻida xalqaro standartlar qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasidagi barcha issiqxona gazlarini qamrab oluvchi monitoring, hisobot va verifikatsiya tizimlari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklashga doir choralar monitoringi, hisoboti va verifikatsiyasi tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklashga doir choralar monitoringi tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqxona gazlari chiqarilishining, “yashil” loyihalar amalga oshirilishining, chiqarilishlarni qisqartirishga hamda buni qoʻllab-quvvatlashga doir chora-tadbirlarning monitoringi tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan joriy etiladi va yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tartibga solinadigan tashkilotlarda chiqariladigan issiqxona gazlari miqdori Monitoring, hisobot va verifikatsiya tizimi asosida monitoring qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash choralari toʻgʻrisidagi hisobot tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tartibga solinadigan tashkilot issiqxona gazlarining chiqarilishi toʻgʻrisidagi hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda Monitoring, hisobot va verifikatsiya tizimi asosida tayyorlaydi hamda uni hisobot yilidan keyingi yilning 1-iyuliga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi. Mazkur hisobot belgilangan tartibda jamoatchilikka oshkor qilinadi, bundan tijorat sirini tashkil etuvchi axborot mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tartibga solinadigan tashkilot tayyorlagan hisobotini milliy yoki xalqaro muvofiqlikni baholash organida akkreditatsiya qilingan ixtisoslashtirilgan tashkilotda verifikatsiya qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqxona gazlarining chiqarilishi toʻgʻrisidagi hisobot tartibga solinadigan tashkilotlarning xoʻjalik faoliyati yoki boshqa faoliyati natijasida kalendar yil davomida hosil boʻlgan issiqxona gazlarining chiqarilishi massasi, qisqartirilgan va oldi olingan massasi, shuningdek ushbu massani aniqlashda foydalanilgan dastlabki maʼlumotlar toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqxona gazlarining chiqarilishi toʻgʻrisidagi hisobotni oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoki unda bila turib yolgʻon maʼlumotlarni taqdim etish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tartibga solinadigan tashkilotlar roʻyxatiga kiritilmagan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar oʻzining xoʻjalik faoliyati yoki boshqa faoliyati natijasida hosil boʻlgan issiqxona gazlarining chiqarilishi toʻgʻrisidagi hisobotni ushbu moddada belgilangan tartibda taqdim etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklashga doir choralar verifikatsiyasi tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uglerod birliklarini muomalaga chiqarish uchun “yashil” loyihani amalga oshirish toʻgʻrisidagi hisobotda koʻrsatilgan “yashil” loyihani bajarish natijasida hosil boʻlgan uglerod birliklari verifikatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashil” loyihalarni bajarish natijasida hosil boʻlgan uglerod birliklarini verifikatsiya qilish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasidagi axborot taʼminoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqxona gazlarining kadastrida va uglerod birliklarining reyestrida mavjud boʻlgan issiqxona gazlarining chiqarilishi toʻgʻrisidagi axborot, agar qonunchilikda boshqa qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ochiq axborotdir hamda undan davlat organlari, yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va fuqarolar tomonidan iqtisodiy faoliyatni yoki boshqa faoliyatni rejalashtirish hamda amalga oshirishda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq issiqxona gazlarining chiqarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan Yagona identifikatsiya tizimi orqali foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Tabiiy omillar sababli issiqxona gazlarining tutib qolinishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atmosfera havosidagi mavjud issiqxona gazlarining tabiiy omillar sababli tutib qolinishi ularning tabiiy muhitning boshqa tarkibiy qismlarida va tabiiy obyektlarda toʻplanishi hisobiga roʻy berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atmosfera havosidagi mavjud issiqxona gazlarining tabiiy omillar sababli tutib qolinishi issiqxona gazlarini monitoring qilish jarayonida alohida hisobga olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yuridik shaxslarning va yakka tartibdagi tadbirkorlarning issiqxona gazlari chiqarilishini cheklashga doir faoliyatda ishtirok etishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Yuridik shaxslarning va yakka tartibdagi tadbirkorlarning issiqxona gazlari chiqarilishini cheklash sohasidagi huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyati issiqxona gazlarini chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash boʻyicha strategiyalarni, dasturlarni, chora-tadbirlarni mustaqil ravishda belgilash, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirishda konsalting, reyting agentliklarini va boshqa agentliklarni mustaqil ravishda tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil” loyihalarni amalga oshirish natijasida hosil boʻlgan, muomalaga chiqarilgan uglerod birliklarining narxlarini bozor mexanizmlari asosida belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil” loyihalar doirasida qisqartirilgan issiqxona gazlarining muayyan ulushini (qismini) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda xalqaro uglerod bozorlarida sotish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyati issiqxona gazlarini chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlarining chiqarilishini qisqartirish boʻyicha choralar koʻrishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishida ishtirok etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlarining chiqarilishi toʻgʻrisidagi axborotni belgilangan muddatlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining soʻroviga koʻra taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Tartibga solinadigan tashkilotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tartibga solinadigan tashkilotlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan mezonlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan mezonlar issiqxona gazlarining chiqarilishi bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyat turlarining roʻyxatini hamda bunday faoliyat turlarining koʻrsatkichlarini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasidagi xalqaro hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasidagi xalqaro hamkorlik xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari va normalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda qonunchiligi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlari chiqarilishining davlat hisobini va kadastrini yuritish tartibini ushbu Qonun 6-moddasi birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi talablarini hisobga olgan holda, ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlari chiqarilishining va uglerod birliklarining reyestrlarini shakllantirish hamda yuritish tartibini ushbu Qonun 6-moddasi birinchi qismining oʻninchi xatboshisi va 14-moddasining ikkinchi qismi talablarini hisobga olgan holda, ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibga solinadigan tashkilotlar tomonidan issiqxona gazlarining chiqarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni vakolatli davlat organiga taqdim etish tartibini, mazkur hisobotlarning shakllarini, shuningdek hisobotlarni vakolatli davlat organi tomonidan tekshirish tartibini ushbu Qonun 6-moddasi birinchi qismining oʻn birinchi xatboshisi talablarini hisobga olgan holda, ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlarining chiqarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni verifikatsiyadan oʻtkazish tartibini ushbu Qonun 11-moddasining yettinchi qismi talablarini hisobga olgan holda, ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti tarmoqlari uchun issiqxona gazlari chiqarilishini qisqartirishning maqsadli koʻrsatkichlarini ushbu Qonun 12-moddasining birinchi qismi talablarini hisobga olgan holda, ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni tartibga solinadigan tashkilotlar roʻyxatiga kiritish mezonlarini ushbu Qonun 23-moddasining birinchi qismi talablarini hisobga olgan holda, ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy ichida ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operator tomonidan uglerod birliklarining reyestrida operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga doir namunaviy shartnoma shaklini va bunday xizmatlarni koʻrsatganlik uchun toʻlovni aniqlash tartibini ushbu Qonun 14-moddasining oltinchi qismi talablarini hisobga olgan holda, ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun 18-moddasining beshinchi qismi 2027-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 7-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-1073-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 03/25/1073/0587-son)