30.11.2024 yildagi 804-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-son Farmoni hamda “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-son Farmoniga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmanomalari asosida daraxt va buta koʻchatlarini ekishni tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida elektron toʻlov tizimlaridan foydalanuvchilar va boshqa isteʼmolchilar tomonidan ixtiyoriy xayriya oʻtkazmalari boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi “Yashil toʻlov” platformasini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda, “Yashil toʻlov” platformasi orqali respublikada daraxt va buta koʻchatlarini ekishga aholini keng jalb qilish boʻyicha Yashil xayriya jamgʻarmasini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar va xizmatlarni realizatsiya qilishda isteʼmolchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladigan “Yashil toʻlov” ustama turini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikadagi, shu jumladan, davlat oʻrmon fondiga kiradigan daraxt va butalarning Milliy yashil farovonlik fondini tashkil etish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, 2025-yil 1-martdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda “Yashil toʻlov” xayriya toʻlovlarini “Yashil olam” va “Yashil toʻlov” elektron platformalari orqali amalga oshirish imkoniyati yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilgan “Yashil toʻlov” xayriya toʻlovlari Yashil xayriya jamgʻarmasida jamlanadi, bunda “Yashil olam” elektron platformasi orqali amalga oshirilgan xayriya toʻlovlari Yashil xayriya jamgʻarmasining alohida hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yashil xayriya jamgʻarmasida jamlangan mablagʻlar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmanomalari asosida daraxt va buta koʻchatlarini ekishni tashkil qilish, shuningdek, mamlakatda ekologik holatni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yashil xayriya jamgʻarmasiga kelib tushgan mablagʻlardan ochiqlik va jamoatchilikka hisobdorlik tamoyillari asosida foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Yashil xayriya jamgʻarmasi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Yashil xayriya jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Yashil xayriya jamgʻarmasi boshqaruv kengashining tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ixtiyoriy xayriya toʻlovlari boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi “Yashil olam” va “Yashil toʻlov” elektron platformalarini ishlab chiqib, ularning ishga tushirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashil olam” va “Yashil toʻlov” elektron platformalarini ishlab chiqish, ishga tushirish va texnik qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlar Ekologiya jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-iyunga qadar Milliy yashil farovonlik fondini (elektron maʼlumotlar bazasini) shakllantirib, unga respublikadagi, shu jumladan, davlat oʻrmon fondiga kiradigan daraxt va butalar haqidagi maʼlumotlarni kiritish orqali oʻsimlik dunyosi obyektlari davlat kadastri yuritilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati, shu jumladan, aholi tashabbusi bilan respublika hududlarini koʻkalamzorlashtirish tadbirlarining ahamiyatini nazarda tutuvchi targʻibot ishlari amalga oshirilishi hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 30-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
804-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi 804-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Yashil xayriya jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya vazirligi) huzuridagi Yashil xayriya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi hamda uning mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan alohida hisobvaraqda jamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar hamda ushbu Nizomga muvofiq boshqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamgʻarmaning maqsad va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamgʻarmaning asosiy maqsadi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mevali, manzarali daraxt va buta koʻchatlari hamda qalamchalarini ekish orqali respublika hududlarining yashillik darajasini oshirishga qaratilgan tadbirlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarni tegishli hisobvaraqda jamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmanomalari asosida daraxt (daraxtzorlar, “yashil bogʻlar”, “yashil jamoat parklari”, “yashil qalqon”, “yashil qoplama”, ihotazorlar va himoya oʻrmonzorlarini barpo etish va boshqalar), buta koʻchatlari va qalamchalarini ekish hamda davlat oʻrmon fondi yerlarida oʻrmon barpo qilishni moliyalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hamda mablagʻlardan foydalanish yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, maqsadli jamgʻarmalarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar tomonidan xarid qilingan tovar va xizmatlar qiymatidagi ixtiyoriy “Yashil toʻlov” ustamalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamgʻarma mablagʻlaridan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi quyidagi tadbirlarni moliyalashtirishda foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daraxt va buta koʻchatlarini ekish (daraxtzorlar, “yashil bogʻlar”, “yashil jamoat parklari”, “yashil qalqon”, “yashil belbogʻ”, “yashil qoplama”, ihotazorlar va himoya oʻrmonzorlarini barpo etish) uchun tanlangan yer maydonlarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daraxt va buta koʻchatlarini ekish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daraxt va buta koʻchatlari ekiladigan yer maydonlarida sugʻorish tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekiladigan daraxt va buta koʻchatlari hamda qalamchalar turlarini tanlash va xarid qilish ishlarini moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish, daraxtzorlar, “yashil bogʻlar”, “yashil jamoat parklari”, “yashil qalqon”, “yashil belbogʻ”, “yashil qoplama”, ihotazorlar va himoya oʻrmonzorlarini barpo etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekilgan koʻchatlarni uch yil muddatda saqlash, egaligiga biriktirilgunga qadar parvarishlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yopiq ildizli katta hajmdagi daraxt va buta koʻchatlarini yetishtirish va yetkazib berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jamgʻarma mablagʻlari jamoatchilik asosida Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri rahbarlik qiladigan Jamgʻarmaning boshqaruv kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) tomonidan boshqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash mazkur Nizom talablariga muvofiq Yashil xayriya jamgʻarmasiga kelib tushgan mablagʻlardan ochiqlik va jamoatchilikka hisobdorlik tamoyillari asosida foydalanishni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kengash yigʻilishlarini tashkil etish, Kengash aʼzolarini xabardor qilish hamda Kengashning yigʻilish bayonlarini rasmiylashtirish Kengash kotibi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlaridan moliyalashtiriladigan tadbirlar Kengash yigʻilishida aniqlanadi. Mazkur Nizom talablariga mos deb topilgan tadbirlar Kengash aʼzolarining ovoz berish yoʻli bilan tanlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash yigʻilishlari aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash aʼzolarining ovoz berish jarayonida ovozlar teng boʻlgan taqdirda, Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash yigʻilishining bayoni Kengash aʼzolari tomonidan imzolanib, Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamgʻarmaga mablagʻlarning tushishi va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Ekologiya vazirligining rasmiy veb-saytida muntazam ravishda eʼlon qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash yilida kamida ikki marta Jamgʻarmada toʻplangan mablagʻlar va ularning sarf-xarajatlari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kengash raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash vakolati doirasida qaror qabul qiladi hamda Kengash faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash bayonini tasdiqlaydi, Jamgʻarma va Kengash faoliyatini muvofiqlashtiradi, ular faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma nomidan ishonchnomasiz ish koʻradi, boshqa, shu jumladan, xorijiy yuridik shaxslar bilan munosabatlarda Jamgʻarma manfaatlarini ifodalaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlaridan moliyalashtirilishi koʻzda tutilayotgan maqsadli dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlarini toʻgʻri yoʻnaltirish uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ekologiya vazirligining Moliya-iqtisod boshqarmasi Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ijro etuvchi organ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari boʻyicha hisobotlarni belgilangan tartibda shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining ijrosi boʻyicha hisob va hisobot yuritilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmay qolgan mablagʻlari keyingi moliya yiliga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Jamgʻarma mablagʻlarining maqsadli ishlatilishi yuzasidan nazorat qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi 804-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yashil xayriya jamgʻarmasi boshqaruv kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI

1.

A. Abduxakimov

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri, Kengash raisi

2.

I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari

3.

N. Xolmurodov

investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

4.

A. Qosimov

qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari

5.

R. Turdiboyeva

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari

6.

X. Quvondiqov

suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari

7.

U. Sadullayev

Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

8.

A. Qayumov

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

9.

N. Bakirov

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi direktori

10.

3 ta vakil

jamoatchilik vakillari

11.

O. Xakimov

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Yashil hudud va oʻrmonlarni rivojlantirish departamenti rahbari, Kengash kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2024-y., 09/24/804/0991)