1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.03.00 Savdo sohasidagi hamkorlik;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.13.00 Yoqilgʻi va energetika masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlik]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Chet el investitsiyalari. Konsessiya shartnomalari. Xorijdan mablagʻ jalb qilish. Erkin iqtisodiy zonalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro issiqxona gazi savdosi boʻyicha loyihalarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 12-oktabrdagi PF-169-son Farmoni va “2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qaroriga muvofiq Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parij bitimining (Parij, 2015-yil 12-dekabr) 6-moddasiga muvofiq Barqaror rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash mexanizmi boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtiruvchi vakolatli milliy organ etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va respublika darajasida issiqxona gazi savdosini tartibga solish, amalga oshirishni muvofiqlashtirish va boshqarish, shuningdek, ushbu sohadagi loyihalarni amalga oshirish doirasida monitoring va hisobotlarni yuritish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ sifatida faoliyat olib borishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gaztaʼminoti;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.03.00 Savdo sohasidagi hamkorlik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalqaro issiqxona gazi savdosini tashkil qilish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energetika vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda energetika sohasida, jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida xorijiy investorlar ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalardan yuzaga keladigan uglerod birliklarini xalqaro standartlar boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish uchun ushbu loyihalar doirasida zarur moliyaviy va texnik maʼlumotlarni milliy organ bilan samarali almashish mexanizmi yoʻlga qoʻyilsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuni.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gaztaʼminoti;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.03.00 Savdo sohasidagi hamkorlik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 10-martdan boshlab xorijiy va mahalliy investorlar bilan davlat-xususiy sherikligi yoki boshqa shaklda davlat tashkilotlari va korxonalari ishtirokida (buyurtmachiligida) amalga oshirilgan loyihalardan yuzaga keladigan qisqartirilgan issiqxona gazlari hajmi toʻliq Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan tasarruf qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlarini qisqartirish va uglerod birliklarini ishlab chiqish boʻyicha barcha loyihalar Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat hududida ishlab chiqilgan uglerod birliklari takroriy hisoblanishining (double counting) oldini olish maqsadida uglerod birliklari ixtiyoriy bozori loyihalarini bittadan ortiq milliy, xalqaro yoki mustaqil uglerod birliklari standartlari talablari boʻyicha va bozorlarida roʻyxatga olish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-mayga qadar uglerod birliklari ixtiyoriy bozori loyihalari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish, tasdiqlash va monitoring qilish tizimini toʻliq raqamlashtirsin hamda ushbu loyihalar amalga oshirilishining har bir bosqichini kuzatib borish imkoniyatini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-oktabrga qadar Parij bitimining 6-moddasi 2 va 4-bandlariga muvofiq kooperatsion yondashuv mexanizmi hamda Barqaror rivojlanish mexanizmi qoidalari, usullari va tartiblarini mamlakatda qoʻllash yoʻriqnomalarini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro uglerod bozorlari va nobozor vositalarini joriy qilish dasturini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uglerod birliklari ixtiyoriy bozoriga oid loyihalar, qisqartirilgan issiqxona gazlari emissiyasi hajmi va ishlab chiqiladigan verifikatsiyalangan uglerod birliklari hisobini yuritish uchun Milliy uglerod birliklari reyestri yuritilishini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqlim oʻzgarishi sohasida monitoring, hisobot berish va tekshirish (MRV) elektron axborot tizimi yoʻlga qoʻyilganidan keyin unga Milliy uglerod birliklari tizimini integratsiya qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uglerod birliklari ixtiyoriy bozori loyihalari boʻyicha takliflarning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi va amalga oshirilishi, verifikatsiyalangan uglerod birliklari realizatsiya qilinishi hamda tushumlarning Davlat budjetiga yoʻnaltirilishini muvofiqlashtirib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda uglerod birliklari ixtiyoriy bozoriga investitsiya loyihalarini jalb qilish va ularni amalga oshirish natijadorligi toʻgʻrisidagi tahliliy axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 7-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-martdagi 117-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro issiqxona gazi savdosi boʻyicha loyihalarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gaztaʼminoti;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.03.00 Savdo sohasidagi hamkorlik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Xalqaro issiqxona gazi savdosini tashkil qilish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish tartibini belgilaydi hamda Parij bitimining (Parij, 2015-yil 12-dekabr) 6-moddasiga muvofiq Barqaror rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash mexanizmini amalga oshirish boʻyicha milliy tartib tasdiqlangunga qadar amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona gazlari — Parij bitimi doirasida nazorat qilinadigan gazlar guruhlaridan biri — karbonat angidrid (CO2), metan (CN4), azot oksidi (N2O), xloroftoruglerod (NFC5), perftoruglerod (PFC5), va oltingugurt ftoridi (SF6);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uglerod birliklari (uglerod ofseti, uglerod krediti) — bir tonna karbonad angidrid (SO2) yoki boshqa issiqxona gazining ekvivalent miqdorida emissiya qisqarishini ifodalovchi sotuv sertifikati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uglerod birliklari ixtiyoriy bozori — xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan ixtiyoriy ravishda uglerod birliklari sotib olinadigan yoki sotiladigan bozor;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uglerod birliklari ixtiyoriy bozori loyihasi — issiqxona gazlarining emissiyasini kamaytirish asosida uglerod birliklarini ishlab chiqish va uglerod birliklari ixtiyoriy bozorida sotishga qaratilgan loyihalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qarori bilan tuzilgan Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtish choralarini muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo kengash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy organ (keyingi oʻrinlarda — Milliy organ) — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi organ (keyingi oʻrinlarda — Ishchi organ) — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Yashil iqtisodiyot loyihalari markazi” loyiha ofisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uglerod birliklari ixtiyoriy bozori loyihasining tashabbuskori (keyingi oʻrinlarda — Loyiha tashabbuskori) — Oʻzbekiston Respublikasi hududida uglerod birliklari ixtiyoriy bozori loyihasini amalga oshirish yuzasidan tashabbus taklifini kiritgan davlat organi va tashkilotlari, xususiy tashkilotlar, rezident xorijiy tashkilotlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
verifikatsiyalangan uglerod birliklarini ishlab chiqishga koʻmaklashuvchi tashkilot (keyingi oʻrinlarda — Xizmat koʻrsatuvchi tashkilot) — uglerod birliklari ixtiyoriy bozori loyihasi tashabbuskorlariga verifikatsiyalangan uglerod birliklarini ishlab chiqish, marketing va sotish faoliyatlarini tashkil etishga shartnoma asosida koʻmaklashuvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
validatsiya — Parij bitimi va (yoki) xalqaro uglerod birliklari standartlari qoidalari asosida uglerod birliklari ixtiyoriy bozori loyihasining xalqaro uglerod birliklari standartlari mezonlariga muvofiqligini, shu jumladan loyiha-texnik hujjatlarning belgilangan talablarga muvofiqligini Validator tomonidan baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
validatsiya hisoboti — Parij bitimi va (yoki) xalqaro uglerod birliklari standartlari qoidalariga muvofiq oʻtkazilgan validatsiya yakuni boʻyicha validator tomonidan tayyorlangan hisobot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
validator — Loyiha tashabbuskori va Xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning oʻzaro kelishuvi bilan tayinlangan hamda Parij bitimi va (yoki) xalqaro uglerod birliklari standartlarida akkreditatsiyadan oʻtgan tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
verifikatsiya — Parij bitimi va (yoki) xalqaro uglerod birliklari standartlari qoidalariga muvofiq loyiha boʻyicha har bir monitoring davrida loyiha natijasida issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirish boʻyicha amalda erishilgan natijani verifikator tomonidan davriy tekshirish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
verifikatsiya hisoboti — Parij bitimi va (yoki) xalqaro uglerod birliklari standartlari qoidalariga muvofiq oʻtkazilgan verifikatsiya yakuni boʻyicha verifikator tomonidan tayyorlangan hisobot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
verifikator — loyiha tashabbuskori va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning oʻzaro kelishuvi bilan tayinlangan hamda Parij bitimi va (yoki) xalqaro uglerod birliklari standartlarida akkreditatsiyadan oʻtgan tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sherikligi — davlat nomidan sherik va xususiy sherikning muayyan muddatga yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish maqsadida oʻz resurslarini birlashtirishiga asoslangan hamkorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sherigi — Oʻzbekiston Respublikasi va (yoki) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan boshqa yuridik shaxslar yoki ularning birlashmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sherik — Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlatning qonunchiligiga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan, davlat sherigi bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzgan yuridik shaxs yoki yuridik shaxslarning birlashmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy uglerod birliklari reyestri — verifikatsiyalangan uglerod birliklari roʻyxatdan oʻtkaziladigan, ular bilan bogʻliq operatsiyalar hisobi qayd etiladigan hamda Milliy organ tomonidan yuritiladigan reyestr.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Uglerod birliklarini takroriy hisoblashning (double counting) oldini olish maqsadida uglerod birliklari ixtiyoriy bozori loyihalarini bittadan ortiq milliy, xalqaro yoki mustaqil uglerod birliklari standartlari talablari boʻyicha va bozorlarida roʻyxatga olish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Nizomga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshiriladigan barcha investitsion loyihalar — 1-toifa loyihalari natijasida hosil boʻlgan issiqxona gazlari emissiyasi qisqarishiga olib keluvchi va verifikatsiyalangan uglerod birliklari ishlab chiqarishga qaratilgan loyihalar ushbu nizomning 4-bobiga asosan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik shartlarida yoki davlat tashkilotlari va korxonalari ishtirokida (buyurtmachiligida) amalga oshirilgan loyihalar — 2-toifa loyihalarninatijasida davlat tomonidan tasarruf etiladigan qisqartiriladigan issiqxona gazlari emissiyasi asosida verifikatsiyalangan uglerod birliklari ishlab chiqarishga qaratilgan loyihalar ushbu nizomning 5-bobiga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Uglerod birliklari ixtiyoriy bozori loyihasi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan Uglerod birliklari ixtiyoriy bozori loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, amalga oshirish va monitoringini olib borish sxemasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Uglerod birliklari ixtiyoriy bozori loyihalariga qoʻyiladigan talablar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.08.00 Qayta tiklanuvchi energiya manbalari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.07.00 Oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻrmonlar va oʻsimlik dunyosini jonlantirish. Oʻrmonlar yaratish, oʻrmonlar mahsuldorligini oshirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Uglerod birliklari ixtiyoriy bozori loyihalari quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklanuvchi energiya loyihalari: quyosh, shamol, gidro, chiqindilar va biomassa energiyasi kabi qayta tiklanadigan energiya manbalaridan milliy yoki hududiy tarmoqlarni energiya bilan taʼminlash, shuningdek kichik tarmoq yoki tarmoqdan tashqari manbalarga ulangan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligi loyihalari: xizmatlar yoki mahsulotlar hajmi va sifatiga taʼsir qilmasdan energiya sarflarini kamaytiradigan texnologiya va yechimlarni joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil” va past uglerodli sanoat sohasini rivojlantirish loyihalari: sanoat sohasida resurslar sarfini, issiqxona gazlari emissiyasini kamaytiradigan va kam chiqindili innovatsion texnologiyalarni hamda samarali “yashil” investitsiyalarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarni qayta tiklash loyihalari: daraxtlarni ekish va barqaror oʻstirish, barcha oʻrmonchilik tizimlari, agrooʻrmonchilik yoki yaylovlar faoliyatini yaxshilash va kengaytirish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni boshqarish va qayta ishlash: energiya yoki foydali mahsulotlarni ishlab chiqishning (kompostlash, biogaz va boshqalar) barqaror amaliyotlarini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq chiqindilarni boshqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv, sanitariya, gigiyena va “yashil” binolar: iqlim oʻzgarishini yumshatish va/yoki unga moslashishga qaratilgan loyihalar.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gaztaʼminoti]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Loyiha natijasida qisqartirilgan issiqxona gazlari emissiyasi hajmining Milliy miqyosda belgilanadigan hissalari (NDC) doirasida Yangilangan maʼlumotlar boʻyicha ikki yillik hisobotga eng oxirgi yildagi mamlakat boʻyicha koʻrsatilgan yillik issiqxona gazlari emissiyasi hajmining 1 foizidan oshmagan qismi miqdorida verifikatsiyalangan emissiya birliklari ishlab chiqarish va ixtiyoriy bozorlarga yoʻnaltirilishiga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Milliy organ verifikatsiyalangan uglerod birliklari hajmining 1 foizini zaxiraga oladi va undan Parij bitimi doirasida milliy majburiyatga nisbatan meʼyoridan ortiq sotish xavfini (overselling risk) kamaytirish uchun foydalanadi. Milliy organ har yili umumiy zaxira birliklaridan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Loyihalar natijasida ishlab chiqilgan verifikatsiyalangan uglerod birliklari boshqa mamlakatlarning Milliy miqyosda belgilanadigan hissalar (NDC) maqsadlari uchun oʻtkaziladigan Xalqaro yumshatish natijalari (ITMO) sifatida yoʻnaltirilmaydi va foydalanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Uglerod birliklari ixtiyoriy bozori loyihalarini ishlab chiqish, amalga oshirish va monitoringi metodologiyasi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish va monitoringida amalda boʻlgan quyidagi Xalqaro uglerod birliklari standartlari metodologiyalari qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gold Standard” standarti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Verra's Verified Carbon Standard” standarti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Clean Development Mechanism” standartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ISO 14064 standartlari” — issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirish (yoki olib tashlash) boʻyicha miqdorni aniqlash, monitoring qilish va hisobot berish boʻyicha loyiha darajasidagi koʻrsatmalar.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Iqlim oʻzgarishi taʼsirini yumshatishga doir chora-tadbirlarning natijadorlik salohiyatini aniqlash boʻyicha mamlakat uchun maqbul boʻlgan mavjud Xalqaro uglerod birliklari standartlari metodologiyalari roʻyxati Milliy organi tomonidan doimiy yangilab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Uglerod birliklari ixtiyoriy bozori loyihalarini amalga oshirish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. 1-toifadagi loyihalar Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuni (keyingi oʻrinlarda — Qonun) doirasida davlat-xususiy sheriklik (keyingi oʻrinlarda — DXSH) tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy organ tomonidan tashabbus taklifi sifatida kiritiladigan 2-toifa loyihalar mazkur Nizomning 5-bobida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Loyiha DXSH tamoyili asosida davlat yoki xususiy sherik tomonidan tashabbus qilinishi mumkin. Xususiy sherik tomonidan tashabbus qilingan Loyiha Qonunning 17-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xususiy subyekt boshqaruvida boʻlgan obyektlarda amalga oshiriladigan loyihalar doirasida Milliy organ huzuridagi “Yashil iqtisodiyot loyihalari markazi” davlat muassasasi davlat sherigi sifatida ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Xususiy tashabbuskor loyihaning konsepsiyasini davlat sherigi bilan kelishadi hamda kelishilgan loyiha konsepsiyasini Milliy organga quyidagilarni ilova qilgan holda kiritadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan Uglerod birliklari ixtiyoriy bozori loyiha taklifi namunasiga muvofiq maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan belgilangan tartibda oʻtkazilgan loyiha ekspertizasi xulosasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Milliy organ ariza taqdim etilgan vaqtdan boshlab oʻn ish kuni muddatda loyiha taklifining issiqxona gazlari emissiyasini qisqartirish salohiyatini hamda ushbu Nizom talablarga muvofiqligini baholaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi holatlar ariza rad qilinishiga asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha konsepsiyasining mazkur Nizom talablariga muvofiq emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizom talablaridan kelib chiqib, loyiha konsepsiyasida maʼlumotlarning toʻliq emasligi yoki notoʻgʻri maʼlumot berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha mazkur Nizomning 3-bobida keltirilgan standartlar metodologiyalariga muvofiq emasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy organ tomonidan beriladigan xulosa salbiy boʻlgan taqdirda, Milliy organ loyiha tashabbuskoriga rad qilish asoslarini koʻrsatgan holda yigirma ish kuni muddatda qayta ishlash uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Loyiha konsepsiyasi maʼqullangan taqdirda, Milliy organ ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan namunaga muvofiq shaklda Uglerod birliklari ixtiyoriy bozori loyiha taklifi boʻyicha dastlabki kelishuv xatini yuboradi hamda Qonunning 17-moddasiga muvofiq DXSH tamoyili asosida xususiy sherikni tanlab olish jarayonini boshlashga ruxsat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, tender gʻolibini tanlab olish bosqichida foydalaniladigan mezonlar qatorida mazkur Nizom 25-bandining uchinchi xatboshida koʻrsatilgan toʻlovlar miqdori kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat-xususiy sherikligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xususiy sherik tanlab olinganidan soʻng gʻolib bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuziladi hamda uch ish kuni muddatda Milliy organga taqdim qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Milliy organ DXSH bitimini olganidan keyin uch ish kunida loyiha tashabbuskoriga loyihani amalga oshirish boʻyicha Milliy organ va loyiha tashabbuskori oʻrtasida tuziladigan kelishuv loyihasini hamda ushbu bandning toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan toʻlovni amalga oshirish boʻyicha xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha tashabbuskori oʻn ish kunidan kechiktirmagan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy organ bilan loyihani amalga oshirish boʻyicha kelishuvni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlashtirishga doir loyihalar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari va oʻrmonlashtirishga doir boʻlmagan loyihalar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravariga teng summada toʻlovni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Loyiha tashabbuskori loyihani ushbu Nizomning 3-bobida keltirilgan xalqaro standartlardan birida roʻyxatdan oʻtkazadi hamda roʻyxatdan oʻtkazuvchi xalqaro standart maʼmuriyati tomonidan Milliy organ elektron pochta orqali belgilangan shaklda xabardor qilinishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Milliy organ roʻyxatdan oʻtkazuvchi xalqaro standart maʼmuriyatidan loyiha roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida xabarnomani olganidan keyin uch ish kunida loyihani Milliy uglerod birliklari reyestriga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Loyiha tashabbuskori loyihani amalga oshirish davrida loyiha-texnik hujjatlarida koʻrsatilgan metodologiyaga muvofiq monitoring olib boradi hamda har yarim yil yakuni boʻyicha keyingi oyning 15 sanasiga qadar ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan Uglerod birliklari ixtiyoriy bozori loyihasi monitoringi hisoboti namunasiga muvofiq shaklda loyiha monitoringi hisobotini Milliy organga kiritib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Loyiha-texnik hujjatlarida koʻrsatilgan reja-jadvalga muvofiq Loyiha tashabbuskori mustaqil verifikatsiya tashkilotini jalb qilish orqali loyihani verifikatsiyadan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Verifikatsiya yakunlanganidan keyin Loyiha tashabbuskori besh ish kuni muddatda Milliy organni verifikatsiya natijalari toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Loyiha tashabbuskori xalqaro standart tomonidan xos (unikal) seriya raqamli va markirovkali verifikatsiyalangan uglerod birliklari chiqarilishini hamda Milliy organ elektron pochta orqali belgilangan shaklda xabardor qilinishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Verifikatsiyalangan uglerod birliklari sotilgandan soʻng loyiha tashabbuskori oʻn ish kuni muddatda Milliy organga sotuv hajmi va qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni asoslovchi hujjatlar bilan birgalikda taqdim qiladi hamda bir oy muddatda quyidagi toʻlovlarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
verifikatsiyalangan uglerod birliklari sotuv hajmining 5 foizi miqdorida Milliy miqyosda belgilanadigan hissalar (NDC) maqsadlarini bajarishning muqobil qiymati (opportunity cost) toʻlovini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
verifikatsiyalangan uglerod birliklari sotuv hajmidan (shu jumladan, texnologiyalar shaklida) kiritilgan investitsiyalar hajmi chegirilgan holda qolgan mablagʻlarning 50 foizdan kam boʻlmagan qismini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mazkur Nizomning 25 va 31-bandlarida nazarda tutilgan toʻlovlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga — 90 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yashil iqtisodiyot loyihalari markazi (Ishchi organ)ga — 10 foiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Loyiha tashabbuskori loyiha-texnik hujjatlarida koʻrsatilgan muddatda loyiha amalga oshirilishi davrida har yil yakuni boʻyicha yigirma ish kuni muddatda Milliy organga loyiha amalga oshirilishi va sotuvi boʻyicha yillik hisobot kiritib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Milliy organ har yil yakuni boʻyicha uglerod bozorlarida mamlakatning ishtiroki toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzining va Ishchi organ rasmiy veb-sahifalarida eʼlon qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Milliy organning tashabbus taklifi asosidagi loyihalarni amalga oshirish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gaztaʼminoti]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Qisqartirilgan issiqxona gazlari emissiyasi hajmiga davlat tasarruf etadigan va verifikatsiyalangan uglerod birliklari ishlab chiqarishga qaratilgan (2-toifadagi) loyihalarni amalga oshirish yuzasidan tashabbus taklifi Milliy organ tomonidan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu toifadagi loyihalarni amalga oshirishda Ishchi organ loyiha tashabbuskori sifatida faoliyat yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Loyiha tashabbuskori loyihalarni oʻzi yoki Xizmat koʻrsatuvchi tashkilotni jalb qilgan holda amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat koʻrsatuvchi tashkilotni jalb qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarorida nazarda tutilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tanlov hujjatlarini koʻrib chiqishda baholash mezoni sifatida quyidagilar belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihadan yuzaga keladigan verifikatsiyalangan uglerod birliklari sotuv hajmining 50 foizidan kam boʻlmagan miqdori Milliy organga yoʻnaltirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda mazkur Nizomning 3-bobida keltirilgan Xalqaro uglerod birliklari standartlari metodologiyalarining qoʻllanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif xorijiy kompaniyalardan kiritilgan taqdirda, ular tomonidan loyiha ishiga mahalliy kompaniyalarning jalb qilinishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Belgilangan tartibda tanlov gʻolibi aniqlangandan soʻng tanlov natijasi eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni muddatda Milliy organ bilan loyihani amalga oshirish toʻgʻrisida kelishuv imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Loyihadan yuzaga keladigan verifikatsiyalangan uglerod birliklari sotuv hajmining Milliy organga yoʻnaltiriladigan miqdori mazkur Nizomning 26-bandi talablariga muvofiq ravishda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Loyiha amalga oshirilishni monitoring qilish va hisobotlarini yuritish loyiha-texnik hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Milliy organga ushbu Nizom talablaridan kelib chiqib, taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlarning toʻgʻriligi va toʻliqligi uchun tegishli loyiha tashabbuskorlari masʼul hisoblanadi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.13.00 Savdo, tadbirkorlik va moliya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining IX bobi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro issiqxona gazi savdosi boʻyicha loyihalarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uglerod birliklari ixtiyoriy bozori loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, amalga oshirish va monitoringini olib borish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Loyiha tashabbuskori
Loyiha konsepsiyasini potensial davlat sherigi bilan kelishadi hamda uni Milliy organga kelishish uchun kiritadi.
Loyiha gʻoyasi mavjud boʻlganda
2-bosqich
Milliy organ — Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Loyiha konsepsiyasini loyihaning issiqxona gazlari emissiyasini qisqartirish salohiyati hamda belgilangan talablarga muvofiqligi nuqtai nazaridan dastlabki baholashdan oʻtkazadi hamda xususiy sherikni tanlab olish jarayonini boshlashga ruxsat beradi.
Oʻn ish kunida
3-bosqich
Loyiha tashabbuskori, Milliy organ — Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Davlat-xususiy sherikligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xususiy sherik tanlab olinganidan soʻng davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuziladi hamda Milliy organga taqdim qilinadi.
DXSH bitimi tuzilgandan keyin uch ish kunida
4-bosqich
Milliy organ — Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Milliy organ DXSH bitimini olganidan keyin loyiha tashabbuskoriga loyihani amalga oshirish boʻyicha Milliy organ va loyiha tashabbuskori oʻrtasida tuziladigan kelishuv loyihasini va belgilangan toʻlovni amalga oshirish toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
Uch ish kunida
5-bosqich
Loyiha tashabbuskori
Loyihani xalqaro standartda roʻyxatdan oʻtkazadi, roʻyxatdan oʻtkazuvchi xalqaro standart maʼmuriyatidan Milliy organni elektron pochta orqali xabardor qilishni taʼminlaydi.
Belgilangan muddatlarda
6-bosqich
Milliy organ — Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Loyihani roʻyxatdan oʻtkazgan xalqaro standartdan xabarnoma olinganidan keyin Milliy uglerod birliklari reyestriga kiritadi.
Uch ish kunida
7-bosqich
Loyiha tashabbuskori
Loyihani amalga oshirish doirasida monitoring olib boradi hamda loyiha monitoringi boʻyicha hisobotni Milliy organga kiritib boradi.
Har yarim yil yakuni boʻyicha keyingi oyning 15 sanasiga qadar
8-bosqich
Loyiha tashabbuskori
1. Loyiha hujjatlarini verifikatsiya qildiradi.
Reja-jadvalga muvofiq
2. Milliy organni verifikatsiya natijalari toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi.
Besh ish kunida
9-bosqich
Loyiha tashabbuskori
Loyiha roʻyxatdan oʻtkazilgan xalqaro standart tomonidan xos (unikal) seriyali raqamli verifikatsiyalangan uglerod birliklarini chiqarishni hamda Milliy organni elektron pochta orqali xabardor qilishni taʼminlaydi.
Belgilangan muddatlarda
10-bosqich
Loyiha tashabbuskori
1. Milliy organga sotuv hajmi va qiymati haqidagi maʼlumotlar asoslovchi hujjatlari bilan birgalikda taqdim qiladi.
Oʻn ish kunida
2. Verifikatsiyalangan uglerod birliklari sotuv hajmidan belgilangan toʻlovlarni amalga oshiradi.
Bir oy muddatda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro issiqxona gazi savdosi boʻyicha loyihalarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uglerod birliklari ixtiyoriy bozori loyiha taklifi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(namuna)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Loyiha tashabbuskori toʻgʻrisida maʼlumot
1.1
Yuridik shaxsning toʻliq nomi:
1.2
Joylashgan manzili:
(pochta manzili)
1.3
STIR raqami:
1.4
Bank rekvizitlari:
(bank boʻlimi nomi, MFO va hisobvaragʻi)
1.5
Telefon raqami:
1.6
Elektron pochta manzili:
II. Loyiha tashabbuskori toʻgʻrisida maʼlumot
2.1
Taklif etilayotgan loyihaning qisqacha mazmuni
2.2
Amaldagi holat (kirish)
2.3
Taklif etilayotgan loyiha nomi:
2.4
Loyiha maqsadlari va vazifalari
2.5
Loyiha tavsifi
2.6
Oʻzbekistonning Milliy miqyosda belgilangan hissa (MMBH) va tegishli soha rivojlanishi bilan bogʻliqligi
2.7
Texnologiyalar va issiqxona gazlari emissiyasini qisqarishi bilan bogʻliq faoliyat
2.8
Loyihaning texnik va moliyaviy asosiy koʻrsatkichlari
2.9
Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan bogʻliqligi
2.10
Monitoring, hisobot, tekshiruv rejasi
2.11
Loyihani boshqarish
2.12
Ish rejasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro issiqxona gazi savdosi boʻyicha loyihalarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uglerod birliklari ixtiyoriy bozori loyiha taklifini dastlabki kelishuv xati (namuna)
_______________________________________ loyiha taklifini dastlabki kelishuvi
(Loyiha taklifi nomi)
Milliy organ ______________________________________ tomonidan taqdim qilingan
(Loyiha tashabbuskori nomi)
__________________________________ loyiha taklifini koʻrib chiqib, quyidagilarni
(Loyiha taklifi nomi)
maʼlum qiladi.
_______________________________________________ yoʻnalishida taklif etilayotgan
(Nizom 5-bandiga muvofiq loyiha yoʻnalishi)
___________________________________________________ loyihasi 2030-yilga kelib
(Loyiha taklifi nomi)
_____________________________________________________ni joriy qilish orqali
(issiqxona gazini kamaytirish/bartaraf etish boʻyicha kutilgan natija hajmi)
erilishini koʻzlangan.
Milliy organ loyiha tashabbuskori tomonidan loyiha taklifi boʻyicha loyiha hujjatlarini Xalqaro issiqxona gazi savdosi boʻyicha loyihalarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom talablari asosida belgilangan tartibda tayyorlash va kelishish uchun taqdim qilish mumkinligini maʼlum qiladi.
Zarurat boʻlganda, Milliy organ huzuridagi Yashil iqtisodiyot loyihalari markazi tomonidan ushbu jarayonda tegishli texnik va maslahat koʻmagini berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro issiqxona gazi savdosi boʻyicha loyihalarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uglerod birliklari ixtiyoriy bozori loyihasi monitoringi hisoboti
(namuna)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha monitoringi hisoboti shakli
Loyiha nomi
Loyiha boʻyicha milliy organning maʼlumotnoma raqami
Monitoring hisobotining tugash muddati
Monitoring davri raqami
Monitoring davrining davomiyligi
Monitoring davri uchun monitoring hisoboti raqami
Loyiha tashabbuskorlari
Qoʻllanilgan metodologiyalar va standartlashtirilgan bazaviy koʻrsatkichlar
Tarmoq doirasi
Monitoring davrida loyiha natijasida erishilgan issiqxona gazlari emissiyasining qisqarishi yoki aniq antropogen issiqxona gazlari yutilishi miqdori.
1-davrgacha erishilgan miqdor
1-davrdan boshlab erishilgan miqdor
2-davrdan boshlab erishilgan miqdor
Loyihaning texnik hujjatlarida tegishli monitoring davri uchun oldindan hisoblangan issiqxona gazlari emissiyasining qisqarishi yoki aniq antropogen issiqxona gazlari yutilishining taxminiy miqdori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-BOʻLIM. Loyiha tavsifi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Loyihaning umumiy tavsifi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Loyihaning joylashuvi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. Tomonlar va loyiha tashabbuskorlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirok etuvchi tomonlar
Loyiha tashabbuskorlari
Ishtirok etuvchi tomon loyiha tashabbuskori sifatida koʻrilishini xohlaydimi yoki yoʻqligini koʻrsating (Ha/Yoʻq)
A Tomon (oʻtkazuvchi tomon)
A (xususiy tashkilot)
A (jamoat tashkiloti)
B Tomon (oluvchi tomon)
V (xususiy tashkilot)
V (jamoat tashkiloti)
Boshqaruvchi/muvofiqlashtiruvchi/amalga oshiruvchi tashkilot
S (tashkilot)
S (xususiy tashkilot)
S (jamoat tashkiloti)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. Qoʻllanilgan metodologiyalar va standartlashtirilgan bazaviy koʻrsatkichlarga ilovalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.5. Kredit davrining turi va davomiyligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-BOʻLIM. Loyihani amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Amalga oshirilgan loyihaning tavsifi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Roʻyxatdan oʻtishdan keyingi oʻzgarishlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2.1. Roʻyxatga olingan monitoring rejasidan, qoʻllanilgan metodologiyalardan, standartlashtirilgan bazaviy koʻrsatkichlardan yoki boshqa uslubiy meʼyoriy hujjatlardan vaqtinchalik chetga chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2.2. Tuzatishlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2.3. Kredit davrining boshlanish sanasiga oid oʻzgartirishlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2.4. Monitoring rejasini kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2.5. Roʻyxatga olingan monitoring rejasiga doimiy oʻzgartirishlar kiritish yoki monitoring qoʻllanilgan metodologiyalardan, standartlashtirilgan bazaviy koʻrsatkichlardan yoki boshqa uslubiy meʼyoriy hujjatlardan doimiy ravishda chetga chiqishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2.6. Loyihaga oʻzgartirish kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2.7. Oʻrmonlarni oʻstirish yoki oʻrmonlarni qayta tiklashni yumshatish faoliyatiga xos oʻzgarishlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2.8. Loyihaga oʻzgartirish kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2.9. Oʻrmonlarni oʻstirish yoki oʻrmonlarni qayta tiklashni yumshatish faoliyatiga xos oʻzgarishlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-BOʻLIM. Monitoring tizimining tavsifi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-BOʻLIM. Maʼlumotlar va parametrlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Oldindan belgilangan maʼlumotlar va parametrlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Har bir maʼlumot yoki parametr uchun ushbu jadvaldan nusxa oling.)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlar/parametrlar
Birligi
Tavsifi
Maʼlumotlar manbasi
Qoʻllanilgan qiymat(lar)
Maʼlumotlar yoki oʻlchash usullari va tartibotlarini tanlash
Maʼlumotlar/parametrning maqsadi
Qoʻshimcha sharhlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Monitoring qilingan maʼlumotlar va parametrlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Har bir maʼlumot yoki parametr uchun ushbu jadvaldan nusxa oling.)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlar/parametrlar
Birligi
Tavsifi
Oʻlchangan/hisoblangan/standart
Maʼlumotlar manbasi
Kuzatilgan parametr qiymati(lar)
Monitoring uskunalari
Chastotani oʻlchash/oʻqish/yozib olish
Hisoblash metodi (agar mavjud boʻlsa)
QA/QC protseduralari
Maʼlumotlar/parametrning maqsadi
Qoʻshimcha sharhlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Namunaviy rejani amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.5. Bazaviy emissiyalarni yoki bazaviy aniq yoʻqotishlarni hisoblash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.6. Loyiha emissiyalarini yoki haqiqiy aniq yoʻqotishlarni hisoblash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.7. Paydo boʻlgan yoriqlar natijasida yuzaga kelgan emissiyalarni hisoblash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.8. Qisqartirilgan emissiyalarni yoki aniq antropogen yoʻqotishlarni hisoblash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bazaviy issiqxona gazlari emissiyalarini yoki bazaviy aniq issiqxona gazlari yoʻqotishlari
(SO2 ton ekv)
Haqiqiy issiqxona gazlari emissiyalarini yoki haqiqiy aniq issiqxona gazlari yoʻqotishlari
(SO2 ton ekv)
Paydo boʻlgan yoriqlar natijasida yuzaga kelgan emissiyalarni hisoblash
SO2 ton ekv)
Issiqxona gazlari emissiyalarini yoki aniq issiqxona gazlari yoʻqotishlari
(SO2 ton ekv)
1-davrdan oldin
1-davrdan boshlab 2-davrgacha
2-davrdan boshlab
Jami miqdori
Jami
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.9. Roʻyxatga olingan Loyihaning texnik hujjatlaridagi hisob-kitoblar bilan erishilgan qisqartirilgan emissiyalarni yoki antropogen yoʻqotishlarni solishtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoring davrida erishilgan miqdori
(SO2 ton ekv)
Loyihaning texnik hujjatlarida monitoring davri uchun oldindan hisoblangan miqdori
(SO2 ton ekv)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.10. Monitoring davri uchun Loyihaning texnik hujjatlarida oldindan hisoblangan miqdorini hisoblashning tushuntirilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.11. Erishilgan qisqartirilgan emissiyalarni oshirish boʻyicha izohlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.12. Loyihaning kichik miqyosdagi koʻlami boʻyicha izohlar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2024-y., 09/24/117/0196-son)