24.07.2024 yildagi 445-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kriminologik faoliyatni ilmiy taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasini ilmiy tadqiq qilish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 15-yanvardagi PF-10-son Farmoni hamda “Kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 15-yanvardagi PQ-22-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasini ilmiy tadqiq qilish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 15-yanvardagi PF-10-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Kriminologiya instituti) tashkil etilganligi hamda faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kriminologiya instituti faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari va funksiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kriminologiya institutining huquqlari va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kriminologiya instituti faoliyatini tashkil etish, mulki va moliyaviy mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kriminologiya instituti xodim va xizmatchilarining ilmiy faoliyatini baholash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar oʻtkazish metodikasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kriminologiya sohasida dissertatsiya tadqiqotlari bajarilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kriminologiya sohasida tashabbus va buyurtma asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kriminologiya institutining ilmiy takliflari boʻyicha huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar tomonidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jamoat xavfsizligi boʻyicha tashabbus indeksi” (i-indeks)ni yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 24-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
445-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 445-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutining (keyingi oʻrinlarda — Institut) huquqiy maqomini, asosiy vazifalari va funksiyalarini, huquq va majburiyatlarini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Institut kriminologik faoliyatni ilmiy va ekspertlik jihatdan taʼminlashga ixtisoslashgan, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi, yuridik shaxs maqomiga ega respublika ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Institut oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri buyruqlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Institut Vazirlik Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazining huquq va majburiyatlari, shuningdek, tuzilgan shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Institut oʻz vazifalarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari hamda mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda amalga oshiradi, uning faoliyatiga toʻsqinlik qilishga, tadqiqot hisobotidagi maʼlumotlarni oʻzgartirish uchun taʼsir koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Institutning joriy tashkiliy va tashabbus asosidagi tadqiqotlar xarajatlari Vazirlikning budjet mablagʻlari, buyurtma asosidagi tadqiqot xarajatlari esa davlat organlari (buyurtmachilar)ning budjetdan tashqari mablagʻlari, pullik xizmatlarni koʻrsatish, milliy va xalqaro grantlar, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Institut oʻz mulkiga, mustaqil balansiga, oʻzining ramzi (emblemasi) tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat va ingliz tillarida yozilgan blank, muhr va shtampga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, shuningdek, oʻzining rasmiy veb-saytiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Institutning rasmiy nomi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq — Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartmasi — Kriminologiya instituti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ingliz tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq — Research Institute of Criminology of the Republic of Uzbekistan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartmasi — Institute of Criminology;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) rus tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq — Issledovatelskiy institut kriminologii Respubliki Uzbekistan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartmasi — Institut kriminologii.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Institut joylashgan joy (pochta manzili): Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi, 243-uy.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar Institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikadagi kriminogen vaziyatga oid chuqur tadqiqotlarni amalga oshirish, jinoyatchilik tendensiyalarini tizimli ravishda tahlil va prognoz qilish, uning ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik, maʼnaviy-maʼrifiy, huquqiy, tibbiy va tashkiliy omillarini kompleks ilmiy diagnoz asosida aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlar kesimida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish choralarining samaradorligini ilmiy jihatdan baholash, shuningdek, ilmiy tahlil, prognoz va diagnoz xulosalariga asoslangan holda, qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish orqali jinoyatchilik omillarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarini bajarish orqali kriminologik faoliyat amaliyotida mavjud muammolarni hal etish boʻyicha ilmiy asoslangan kompleks yechimlarni ishlab chiqish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik oʻrtasida shov-shuvga sabab boʻlgan jinoyatlarning omillarini aniqlash va bartaraf etish choralarini ishlab chiqishda belgilangan tartibda mutaxassis sifatida surishtiruv va dastlabki tergov organlariga uslubiy koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon kriminologiyasi va xorijiy davlatlar kriminologik faoliyat toʻgʻrisidagi qonunchiligining ilgʻor tajribalarini doimiy oʻrganish hamda uning natijalarini Oʻzbekiston Respublikasi sharoitlarida joriy etish boʻyicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kriminologiya sohasi boʻyicha mustaqil izlanuvchilik shaklida oliy malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash, talabgorlarni belgilangan tartibda ilmiy darajalar va ilmiy unvonlarga taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatchilik tendensiyalarini ilmiy metodlar orqali kompleks aniqlash, tizimlashtirish va uning salbiy tendensiyalarini bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatchilik omillarini ilmiy metodlar orqali kompleks aniqlash, tizimlashtirish va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kriminologik tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish, kriminologik faoliyat tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining eʼtiroziga sabab boʻlayotgan ijtimoiy taranglik holatlarining yuzaga kelish omillarini tizimli tahlil qilish, ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarini bajarish orqali kriminologik faoliyat amaliyotida mavjud muammolarni hal etish boʻyicha ilmiy asoslangan kompleks yechimlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kriminologiya sohasida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish hamda ilmiy ishlanmalarni kriminologik faoliyat amaliyotiga joriy etish, shuningdek, ushbu sohada ilmiy izlanishlar olib borgan tadqiqotchilarni belgilangan tartibda ilmiy darajalar va ilmiy unvonlarga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kriminologiya sohasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan ilmiy hamkorlikni samarali tashkil etish, shuningdek, qoʻshma ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Institut oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) jinoyatchilik tendensiyalarini ilmiy metodlar orqali kompleks aniqlash, tizimlashtirish va uning salbiy tendensiyalarini bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar bosh markazi bilan birgalikda hisobot davrida yakunlangan jinoyat ishlariga (tergovga qadar tekshiruv materiallariga) doir jinoyatlar haqidagi maʼlumotlarni hudud, tuman (shahar), mahallalar hamda jinoyat turlari kesimida “E-kriminologiya.uz” axborot tizimida shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning mustaqil izlanuvchilarini tuman (shahar)larga biriktirgan holda jinoyatchilik holati, darajasi, tuzilishi va geografiyasini mahallalar kesimida tahlil qiladi, hodisa sodir boʻlgan joyga chiqqan holda jinoyat joyining geografik koordinatalarini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-kriminologiya.uz” axborot tizimida jamlangan hujjatlar (jinoyat ishi boʻyicha sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi (ajrimi), Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasiga asosan chiqarilgan jinoyat ishini tugatish va jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi qarorlar) asosida jinoyatchilik tendensiyalarini kompleks tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kriminologiya sohasida tashabbus asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqotlar loyihalari boʻyicha tayyorlangan tadqiqot hisobotlarini tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rivojlangan xorijiy davlatlar qonunchiligini tahlil qiladi va ilmiy manbalarini oʻrganadi, jinoyatchilik salbiy tendensiyalarini bartaraf etishga doir ilgʻor tajribalarini aniqlaydi va Oʻzbekiston sharoitida qoʻllash boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatchilik tendensiyalariga doir masalalar yuzasidan ijtimoiy fikrni oʻrganish boʻyicha sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazadi, kriminologiya sohasi boʻyicha tajribali mutaxassislarning ekspertlik fikrini tadqiq qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatchilik tendensiyalariga doir ilmiy manbalar, ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmogʻida eʼlon qilingan materiallarni tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar)larda oʻrganishlarni amalga oshirish orqali jinoyatchilik salbiy tendensiyalarini bartaraf etish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlarning samaradorligini ilmiy jihatdan baholaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaqin, oʻrta va uzoq muddatda jinoyatchilik tendensiyalarida kuzatilishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlarni ilmiy metodlar asosida prognoz qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqotlar natijalari asosida har chorakda “Jinoyatchilik tendensiyalari davlat hisoboti”ni tayyorlaydi va koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jinoyatchilik omillarini ilmiy metodlar orqali kompleks aniqlash, tizimlashtirish va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar bosh markazi bilan birgalikda hisobot davrida yakunlangan jinoyat ishlari (tergovga qadar tekshiruv materiallari) boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 297 va 298-moddalariga asosan kiritilgan taqdimnomalarga doir maʼlumotlarni hudud, tuman (shahar), mahallalar va jinoyat turlari kesimida “E-kriminologiya.uz” axborot tizimida shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-kriminologiya.uz” axborot tizimida jamlangan hujjatlar (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 297 va 298-moddalariga asosan kiritilgan taqdimnomalar) asosida barcha jinoyatlarning omillarini umumiy jinoyatchilik va jinoyat turlari kesimida kompleks tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning mustaqil izlanuvchilarini tuman (shahar)larga biriktirgan holda jinoyatchilik omillarini mahallalar kesimida tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning mustaqil izlanuvchilari bilan birgalikda reja-topshiriq asosida hodisa joyiga chiqqan holda jinoyatlarning tashkiliy omillari boʻyicha maʼlumotnoma tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kriminologiya sohasida buyurtma asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalari boʻyicha tayyorlangan tadqiqot hisobotlarini tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rivojlangan xorijiy davlatlar qonunchiligini tahlil qiladi va ilmiy manbalarini oʻrganadi, jinoyatchilik omillarini bartaraf etishga doir ilgʻor tajribalarini aniqlaydi hamda Oʻzbekiston sharoitida qoʻllash boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatchilik omillariga doir masalalar yuzasidan ijtimoiy fikrni oʻrganish boʻyicha sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazadi, kriminologiya sohasi boʻyicha tajribali mutaxassislarning ekspertlik fikrini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatchilik omillariga doir ilmiy manbalar, ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmogʻida eʼlon qilingan materiallarni tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar)larda oʻrganishlarni amalga oshirish orqali jinoyatchilik omillarini bartaraf etish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlarning samaradorligini ilmiy jihatdan baholaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik oʻrtasida shov-shuvga sabab boʻlgan jinoyatlarning omillarini aniqlash va bartaraf etish choralarini ishlab chiqishda qonunchilikda belgilangan tartibda mutaxassis sifatida surishtiruv va dastlabki tergov organlariga uslubiy koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kriminologik tadqiqotlar asosida jinoyatchilikning asosiy omillarini aniqlaydi, ushbu omillarni jinoyatlarning sodir etilishiga taʼsir etish darajasidan kelib chiqib tizimlashtiradi hamda ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqotlar natijalari asosida har chorakda “Jinoyatchilik omillari davlat hisoboti”ni tayyorlaydi va koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kriminologik tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish, kriminologik faoliyat tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari, ilmiy va oliy taʼlim muassasalari bilan birgalikda kriminologiya sohasi boʻyicha chop etilgan ilmiy, uslubiy va oʻquv adabiyotlarini tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi bilan birgalikda kriminologiya sohasi boʻyicha bajarilgan ilmiy-tadqiqot loyihalari hisobotlarini tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy va oliy taʼlim muassasalarida kriminologiya sohasi boʻyicha oʻtkazilgan tadbirlarning natijalari asosida tayyorlangan ilmiy xulosalarni kompleks tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kriminologik faoliyat amaliyotiga joriy etilgan ilmiy ishlanmalarni va ularning natijadorligini tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kriminologik faoliyatni tartibga solish sohasidagi qonunchilikni koʻllash amaliyotidagi tizimli kamchilik va muammolarni aniqlaydi hamda ularni bartaraf etish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut ilmiy nashrlarining davriy sonlarini tayyorlaydi, ularni chop etilishini taʼminlaydi va hamkor tashkilotlarga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqotlar natijalari asosida har chorakda “Kriminologik tadqiqotlar davlat hisoboti”ni tayyorlaydi va koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) aholining eʼtiroziga sabab boʻlayotgan ijtimoiy taranglik holatlarining yuzaga kelish omillarini tizimli tahlil qilish, ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalari bilan hamkorlikda ularga kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish asosida aholining eʼtirozlariga sabab boʻlayotgan masalalarni aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik sohaviy xizmatlari bilan birgalikda ichki ishlar organlariga kelib tushgan murojaatlarni tahlil qiladi, ularda koʻrsatilgan masalalarni hal etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar samaradorligini ilmiy baholaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“112” yagona dispetcherlik xizmati bilan birgalikda respublikaning barcha hududlari boʻyicha shoshilinch yordam chaqiriqlarini tizimli tahlil qiladi hamda ularni mazmuni boʻyicha ilmiy tasniflaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik sohaviy xizmatlari bilan birgalikda aholining eʼtirozlariga sabab boʻlayotgan ijtimoiy taranglik holatlarining omillarini aniqlaydi va ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining eʼtiroziga sabab boʻlayotgan ijtimoiy taranglik holatlarining omillarini tahlil qilish natijalarini “Jinoyatchilik omillari davlat hisoboti”da aks ettiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarini bajarish orqali kriminologik faoliyat amaliyotida mavjud muammolarni hal etish boʻyicha ilmiy asoslangan kompleks yechimlarni ishlab chiqish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili dekabr oyining 30-sanasiga qadar kelgusi yilda bajariladigan kriminologiya sohasida tashabbus asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalari roʻyxatini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlikka kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar bilan birgalikda har yili dekabr oyining 15-sanasiga qadar kelgusi yilda bajariladigan kriminologiya sohasida buyurtma asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalari roʻyxatini ishlab chiqadi va koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashabbus va buyurtma asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarini belgilangan tartibda va muddatlarda sifatli bajarilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) kriminologiya sohasida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish hamda ilmiy ishlanmalarni kriminologik faoliyat amaliyotiga joriy etish, shuningdek, ushbu sohada ilmiy izlanishlar olib borgan tadqiqotchilarni belgilangan tartibda ilmiy darajalar va ilmiy unvonlarga taqdim etish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“12.00.15 — Kriminologiya” ixtisosligi boʻyicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) dissertatsiyalarini bajarishga talabgorlarni oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning mustaqil izlanuvchilik shakliga qabul qiladi, dissertatsiya tadqiqotlari bajarilishini belgilangan tartibda tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlarni “12.00.15 — Kriminologiya” ixtisosligi boʻyicha katta ilmiy xodim va professor ilmiy unvonlariga belgilangan tartibda taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kriminologik faoliyatni ilmiy va ekspertlik jihatdan taʼminlashda, jumladan, “Jinoyatchilik tendensiyalari davlat hisoboti”, “Jinoyatchilik omillari davlat hisoboti”, “Kriminologik tadqiqotlar davlat hisoboti”, “Oʻzbekiston kriminologiyasi” boʻyicha yangi avlod oʻquv dasturi hamda darsligini tayyorlashda ilmiy ishlanmalardan foydalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kriminologik tadqiqotlar natijalari asosida tayyorlangan takliflarni amaliyotga joriy etadi, jumladan, qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishda foydalanish uchun huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalarga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kriminologik faoliyat amaliyotiga joriy etilgan ilmiy ishlanmalar soni boʻyicha “Jamoat xavfsizligi boʻyicha tashabbus indeksi” (i-indeks) yuritilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soha boʻyicha xalqaro forum va respublika konferensiyalarini davriy ravishda oʻtkazadi, forum va konferensiya materiallarini toʻplam shaklida chop etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada jinoyatchilikning salbiy tendensiyalari va omillarini bartaraf etish hamda ushbu sohada maqsadli koʻrsatkichlarga erishish holati boʻyicha ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida brifing va matbuot anjumanlarini oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) kriminologiya sohasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot, muassasalari bilan ilmiy hamkorlikni samarali tashkil etish, shuningdek, qoʻshma ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy xizmat safarlarini amalga oshirish orqali oʻzaro tajriba almashish, jumladan, tajriba orttirish, kasbiy koʻnikmalarni mustahkamlash uchun ilmiy tarkibni xorijiy ilmiy va oliy taʼlim muassasalarida ilmiy stajirovka oʻtashga yuborishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy ilmiy va oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarini amalga oshiradi, shuningdek, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlarini oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tarkibga ijodiy yoki oʻquv taʼtili bergan holda, ilmiy stajirovkani oʻtashi yoki magistraturada oʻqishi uchun oʻrtacha ish haqi va lavozimini saqlash sharti bilan bir yilgacha boʻlgan muddatga xorijiy ilmiy va oliy taʼlim muassasalariga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tarkibning xorijiy ilmiy va oliy taʼlim muassasalarida kriminologiya fani boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazishini, ushbu muassasalar tadqiqotchilarining dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik (konsultantlik) qilishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Institutning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Institut oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalaridan oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlarini bajarish doirasida xalqaro, mintaqaviy va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni, shu jumladan, oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-amaliy tadqiqotlar jarayoniga shartnoma asosida, shu jumladan, yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalaridan yuqori ilmiy-tahliliy mahoratga ega boʻlgan malakali mutaxassislarni bir yilgacha muddatga jalb etish va mehnat bozori konyunkturasini inobatga olgan holda, ularning mehnatiga haq toʻlash miqdorini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida shartnoma asosida ekspertlik, ilmiy-tadqiqot, noshirlik, matbaa va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish boʻyicha pullik xizmatlar koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetakchi xorijiy ilmiy yoki oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma ilmiy-amaliy tadqiqotlar loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, ilmiy kadrlarni oʻqitish sohasida oʻzaro hamkorlik boʻyicha memorandum va bitimlarni tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kriminologiya sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy taklif sifatida ishlab chiqish va huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalarga taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Institut oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut rahbarlari va xodimlari qonunchilikka muvofiq tarqatilishi cheklangan maʼlumotlarni oshkor etganlik, davlat hisobotlari va kriminogen vaziyat boʻyicha tayyorlangan tahliliy axborotlarda maʼlumotlarni yashirganlik va buzib koʻrsatganlik uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Institut faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Institut oʻz faoliyati boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Institut faoliyatiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Institut boshligʻi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi hamda Institutga yuklangan vazifalar va funksiyalar amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutda ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik ishlar amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning ramzini (emblemasini), blankasi namunasini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan munosabatlarda Institut nomidan ish koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili dekabr oyining 15-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-yanvardagi PQ-22-son qarori bilan tasdiqlangan 2024 — 2030-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari bajarilishi haqida Vazirlar Mahkamasiga hisobot kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutni rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlariga erishish uchun har yili yanvar oyida Institutning Harakatlar dasturini tasdiqlash uchun Vazirlikka kiritadi va uning ijrosini taʼminlash choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut xodimlari, xizmatchilari va ishchilarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut xodimlariga ijtimoiy himoya choralarini qoʻllash, taʼtil berish, ularni xizmat safariga yuborish, ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini belgilangan tartibda hal etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut nomidan xoʻjalik va boshqa turdagi shartnoma hamda kelishuvlar tuzadi, moliyaviy, hisob-kitob va boshqa turdagi hujjatlarni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut balansidagi mulkni boshqarish boʻyicha qarorlar qabul qiladi, jumladan binolarning boʻsh xizmat xonalari kriminologiya sohasida ilmiy, taʼlim yoki oʻquv faoliyati bilan shugʻullanuvchi boshqa tashkilotlarga ijaraga berilishini qonunchilikda belgilangan tartibda hal etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut faoliyatini ilmiy, axborot-tahlil, yuridik va boshqa jihatdan taʼminlash maqsadida xizmat koʻrsatish boʻyicha fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida yuqori malakali milliy va xorijiy mutaxassislarni Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, shu jumladan, Vazirlik bilan kelishgan holda Vazirlik va uning boʻlinmalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan haq evaziga jalb etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut xodimlari va xizmatchilarining lavozim boʻyicha funksional vazifalarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut xodimlari va xizmatchilari uchun bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut boshligʻi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut boshligʻi oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Institut boshligʻi oʻrinbosari — Jinoyatchilik tendensiyalarini tadqiq etish markazi boshligʻi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning Jinoyatchilik tendensiyalarini tadqiq qilish markazi va Ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriyasi faoliyatini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut boshligʻi buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jinoyatchilik tendensiyalari davlat hisoboti” tayyorlanishi va koʻrib chiqish uchun kiritilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kriminologiya sohasida tashabbus asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlaydi, jumladan, ilmiy-tadqiqot guruhlarini tuzadi, ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalari talabnomalari va tadqiqot hisobotlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorak yakunida respublikada jinoyatchilikning salbiy tendensiyalarini bartaraf etish va ushbu sohada maqsadli koʻrsatkichlarga erishish holati boʻyicha ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokidagi brifing yoki matbuot anjumanida hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut boshligʻi oʻrinbosari — Jinoyatchilik tendensiyalarini tadqiq qilish markazi boshligʻi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut boshligʻi oʻrinbosari — Jinoyatchilik tendensiyalarini tadqiq qilish markazi boshligʻi oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Institut boshligʻi oʻrinbosari — Jinoyatchilik omillarini tadqiq qilish markazi boshligʻi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning Jinoyatchilik omillarini tadqiq qilish markazi, Koreya va Germaniya kriminologiyasini tadqiq qilish ofislari faoliyatini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut boshligʻi buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jinoyatchilik omillari davlat hisoboti” tayyorlanishi va koʻrib chiqish uchun kiritilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut huzuridagi Xalqaro ekspertlar kengashining faoliyatini tashkil etadi, ushbu kengash raisi funksiyasini bajaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kriminologiya sohasida buyurtma asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarini sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlaydi, jumladan, ilmiy-tadqiqot guruhlarini tuzadi, ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalari talabnomalari va tadqiqot hisobotlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorak yakunida respublikada jinoyatchilikning omillarini bartaraf etish va ushbu sohada maqsadli koʻrsatkichlarga erishish holati boʻyicha ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokidagi brifing yoki matbuot anjumanida hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut boshligʻi oʻrinbosari — Jinoyatchilik omillarini tadqiq qilish markazi boshligʻi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut boshligʻi oʻrinbosari — Jinoyatchilik omillarini tadqiq qilish markazi boshligʻi oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarning oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Institut huzurida Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya kengashi, Xalqaro ekspertlar kengashi, Ilmiy darajalar beruvchi muassasalararo ilmiy kengash, shuningdek, Institut faoliyatining asosiy masalalarini koʻrib chiqish va hal qilish uchun Institut kengashi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kriminologiya kengashi) respublikada ilmiy va oliy taʼlim muassasalarining kriminologik tadqiqotlar hamda kriminologiya fanini oʻqitish sohasidagi hamkorligini yoʻlga qoʻyish uchun Institut huzurida tuziladigan maslahat va ekspert-tahlil organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kriminologiya kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan blankaga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kriminologiya kengashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jinoyatchilik tendensiyalari davlat hisoboti”, “Jinoyatchilik omillari davlat hisoboti”, “Kriminologik tadqiqotlar davlat hisoboti” loyihalarini muhokama qiladi hamda maʼqullaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy va oliy taʼlim muassasalariga tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchi sifatida qabul qilingan shaxslarning “12.00.15-Kriminologiya” ixtisosligi boʻyicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) dissertatsiyalari mavzularini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi muassasalararo ilmiy kengash, uning qoshidagi ilmiy seminar tarkibini kriminologiya sohasi boʻyicha yetakchi mutaxassislar hisobidan shakllantirgan holda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi muassasalararo ilmiy kengashga dissertatsiya himoyalarini oʻtkazish uchun ruxsat beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“12.00.15 — Kriminologiya” ixtisosligi boʻyicha malaka imtihonlari (ixtisoslik, chet tili boʻyicha) dasturlarini, shuningdek, malaka imtihonlarini qabul qilish boʻyicha muassasalararo komissiyalar tarkiblarini maʼqullaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika taʼlim muassasalari uchun “Oʻzbekiston kriminologiyasi” boʻyicha yangi avlod oʻquv dasturini tasdiqlaydi, unga muvofiq tayyorlangan darslikni nashr etishga tavsiya etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kriminologik faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqidagi maʼlumotlarni ilmiy va taʼlim faoliyatida foydalanish uchun vazirlik hamda idoralardan soʻrab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kriminologiya kengashi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Kriminologiya kengashining kalendar yil davomidagi faoliyati boʻyicha hisobot “Kriminologik tadqiqotlar davlat hisoboti”ga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Respublikada kriminologik faoliyatni ekspertlik va ilmiy taʼminlash sohasidagi xalqaro hamkorlik ishlarini muvofiqlashtirish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining yuridik sohada ilmiy darajaga ega boʻlgan vakillari hamda olimlar, xorijiy hamkor ilmiy va oliy taʼlim muassasalari, xalqaro tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislaridan iborat tarkibda Institut huzurida Xalqaro ekspertlar kengashi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut boshligʻi oʻrinbosari — Jinoyatchilik omillarini tadqiq qilish markazi boshligʻi lavozimi boʻyicha Xalqaro ekspertlar kengashi raisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro ekspertlar kengashi aʼzolarining faoliyati jamoatchilik asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Xalqaro ekspertlar kengashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va mintaqaviy jinoyatchilik tendensiyalarini ilmiy tahlil va prognoz qiladi, uning salbiy tendensiyalarini bartaraf etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va mintaqaviy jinoyatchilik omillarini ilmiy diagnoz qilish asosida aniqlaydi hamda ularni bartaraf etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslantirilgan takliflarni tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning xalqaro hamkorlik sohasidagi faoliyatini rivojlantirishga, shuningdek, xorijiy grantlarni olishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tahlillar asosida kriminologiya sohasida ilmiy maqolalar tayyorlaydi hamda ularni milliy, xalqaro va xorijiy ilmiy nashrlarda chop etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro ekspertlar kengashining kalendar yil davomidagi faoliyati haqidagi hisobot “Kriminologik tadqiqotlar davlat hisoboti”ga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Kriminologiya kengashi va Xalqaro ekspertlar kengashining tarkibi hamda faoliyat yuritish tartibi, hisobot va ragʻbatlantirish tartibi Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Institutda “12.00.15 — Kriminologiya” ixtisosligi boʻyicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) dissertatsiyalari himoyasini yagona yondashuv asosida tashkil etish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kriminologiya va boshqa yuridik sohada ilmiy darajaga ega boʻlgan vakillari hamda olimlardan iborat tarkibda Ilmiy darajalar beruvchi muassasalararo ilmiy kengash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy darajalar beruvchi muassasalararo ilmiy kengash oʻz faoliyatini ilmiy sohadagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy darajalar beruvchi muassasalararo ilmiy kengash, uning qoshidagi ilmiy seminar Kriminologiya kengashi nazorati ostida faoliyat koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Institut kengashi Institut faoliyatiga taalluqli asosiy masalalarni koʻrib chiqish va hal qilish uchun jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan kollegial organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Institut kengashi ilmiy darajaga ega oʻn bir nafar aʼzodan iborat tarkibda (rais, rais oʻrinbosari, aʼzolar va ilmiy kotib) shakllantiriladi hamda Institut boshligʻining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut boshligʻi lavozimi boʻyicha Institut kengashi raisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Institut kengashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kriminologiya sohasida tashabbus va buyurtma asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalari, xorijiy grant hisobidan moliyalashtirilgan ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalari boʻyicha tayyorlangan tadqiqot hisobotlari loyihalarini koʻrib chiqadi hamda maʼqullaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning ilmiy nashrlari sonlari loyihalarini koʻrib chiqadi va ularni chop etishga tavsiya etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut xodimlari va xizmatchilari tomonidan tayyorlangan ilmiy, uslubiy va oʻquv adabiyotlari loyihalarini muhokama qiladi hamda chop etishga tavsiya etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“12.00.15 — Kriminologiya” ixtisosligi boʻyicha mustaqil izlanuvchilik shaklidagi oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni tashkil etadi, shuningdek, Institut xodimlari va xizmatchilarini, shu jumladan, oʻrindoshlik asosida ishlayotgan shaxslarni mazkur ixtisoslik boʻyicha katta ilmiy xodim va professor ilmiy unvonlariga belgilangan tartibda taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut faoliyatiga taalluqli boshqa masalalarni koʻrib chiqadi va hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ilmiy kotib Institut kengashi faoliyatini amalga oshirishga doir hujjatlarni yuritadi va uning qarorlari ijrosi boʻyicha monitoringni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Institutning ilmiy tarkib lavozimlari yuridik, psixologiya, sotsiologiya, pedagogika, texnika, iqtisodiyot, tibbiyot va geografiya sohalari boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻlgan kadrlar bilan jamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ilmiy darajaga ega boʻlmagan nomzodlar Institutning boʻsh turgan ilmiy tarkib lavozimi hisobidan ilmiy xodim-tadqiqotchi lavozimiga qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Institutda ish hujjatlari (kitoblar, yigʻmajildlar, hisobotlar, kirish va chiqish hujjatlari) “E-kriminologiya.uz” axborot tizimi orqali elektron shaklda yuritiladi. Institutda maxfiy hujjatlar bilan ishlash tegishli ruxsatnomaga ega boʻlgan xodimlar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Institutni qoʻriqlash va uning maʼmuriy binosiga kirib-chiqishni nazorat qilish Vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Institutning ilmiy tarkib lavozimlaridagi xizmatchilariga Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy xodimlar mehnatini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan belgilangan mehnatga haq toʻlashning tegishli bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari qoʻllaniladi hamda ularga avvalgi ish joyi boʻyicha berilgan martaba darajalari uchun belgilangan ustama haqlari (mavjud boʻlsa) saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Institutning mulki va moliyaviy mablagʻlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Institut mulki asosiy fondlardan (binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, transport vositalari va boshqalar), aylanma mablagʻlardan, shuningdek, moliyalashtirishning barcha manbalari hisobiga sotib olingan moliyaviy resurslar va boshqa moddiy boyliklardan iborat boʻladi. Institut mulkining qiymati uning mustaqil balansida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Institut belgilangan tartibda oʻziga biriktirilgan mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini amalga oshiradi. Institut unga tutash yer maydoniga egalik qilish va foydalanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Institut mablagʻlari quyidagilar hisobidan shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va uning boʻlinmalarining budjetdan tashqari mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtma asosida amalga oshirilgan tadqiqotlar uchun davlat organlari (buyurtmachilar) tomonidan budjetdan tashqari jamgʻarmalar hisobidan ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pulli xizmatlar koʻrsatish, shuningdek, vaqtincha boʻsh turgan budjetdan tashqari mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish orqali daromad olishdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy va xalqaro grantlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Institutda pulli xizmatlar koʻrsatish, mol-mulkni ijaraga berish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, shuningdek, vaqtincha boʻsh turgan budjetdan tashqari mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish orqali daromad olishdan tushadigan mablagʻlar Institutning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga oʻtkaziladi va Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarorida belgilangan tartibda sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda moddiy-texnik bazani mustahkamlash tadbirlari uchun belgilangan meʼyor doirasidagi mablagʻlar Institutning ilmiy tadbirlarni oʻtkazish hamda xorijiy tajribani oʻrganish tadbirlarini moliyalashtirishga ham sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Institut xodim va xizmatchilarining ilmiy faoliyatini baholash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Institut xodimlari va xizmatchilarining kalendar yil davomidagi ilmiy faoliyati Institut kengashi tomonidan har yil dekabr oyi yakunida baholab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut xodimlari va xizmatchilarining ilmiy faoliyatini baholash indikatorlari har yil yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Institut xodimlari va xizmatchilarining kalendar yil davomidagi faoliyati toʻplagan jami ballidan kelib chiqib quyidagicha baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55 ballgacha boʻlsa — “qoniqarsiz”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56 — 70 ball boʻlsa — “qoniqarli”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71 — 85 ball boʻlsa — “yaxshi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86 ball va undan yuqori boʻlsa — “aʼlo”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut xodimlari va xizmatchilarining faoliyatini baholash natijasi bir kalendar yil davomida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kalendar yil davomidagi ilmiy faoliyati “qoniqarsiz” deb baholangan Institut xodim va xizmatchilarini egallab turgan lavozimidan boʻshatish yoki lavozimida qoldirish masalasi Institut kengashi qarori asosida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Institut boshligʻining buyrugʻiga (Institut boshligʻi uchun Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻiga) muvofiq Institut ilmiy tarkibiga baholash natijalari asosida quyidagi miqdorda bir yil davomida har oylik qoʻshimcha yakka tartibdagi ustama Vazirlik va Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan teng miqdorda moliyalashtirilgan holda toʻlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyati “aʼlo” deb baholangan ilmiy tarkibga pul taʼminotining (mehnatga haq toʻlash fondining) 50 foizi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyati “yaxshi” deb baholangan ilmiy tarkibga pul taʼminotining (mehnatga haq toʻlash fondining) 35 foizi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyati “qoniqarli” deb baholangan ilmiy tarkibga pul taʼminotining (mehnatga haq toʻlash fondining) 20 foizi miqdorida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyati “qoniqarsiz” deb baholangan ilmiy tarkibga qoʻshimcha yakka tartibdagi ustama toʻlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Institut faoliyatini rivojlantirishga hissa qoʻshgan davlat hokimiyati va boshqaruvchi organlari xodimlari, xorijiy va xalqaro tashkilotlar vakillari Institut boshligʻi tomonidan Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantirilishi hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Institutning xalqaro hamkorligi xalqaro yoki xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik memorandum (bitim)larini tuzish, ilmiy xizmat safarlarini tashkil etish va hamkorlik dasturlarini amalga oshirish orqali qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xalqaro yoki xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik toʻgʻrisida memorandum (bitim)lar tuzish hamda hamkorlik dasturlarini amalga oshirishda va xorijiy grantlarni olishda Institutga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Institutning xalqaro yoki xorijiy tashkilot bilan hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumi (bitimi) kuyidagi tartibda tuziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro yoki xorijiy tashkilot bilan hamkorlik toʻgʻrisida memorandum (bitim) tuzish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzokaralar natijasiga koʻra memorandum (bitim) loyihasi ishlab chiqiladi va manfaatdor davlat organlari, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan belgilangan tartibda kelishiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelishilgan va hamkorlikda ishlangan memorandum (bitim) imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Institut delegatsiyasining xalqaro yoki xorijiy tashkilotga ilmiy xizmat safari kuyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut xalqaro yoki xorijiy tashkilot bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borish orqali xizmat safarining maqsadi, vazifalari, muddati va boshqa tashkiliy jihatlari ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut delegatsiyasi tarkibi va uning xizmat safariga yuborilishi Vazirlar Mahkamasi bilan belgilangan tartibda kelishiladi, tashkiliy hamda boshqa masalalar masʼul davlat organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ishlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut delegatsiyasini xizmat safariga yuborish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut delegatsiyasining xizmat safari natijalari boʻyicha takliflarni oʻz ichiga olgan hisobot Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Ushbu Nizomda nazarda tutilmagan Institut faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq masalalar ichki idoraviy hujjatlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 445-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
METODIKASI

1. Mazkur Metodika kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) kriminologiya sohasi boʻyicha tayanch ilmiy tashkilot hisoblanadi hamda kriminologik faoliyatni ekspertlik va ilmiy taʼminlash ishlarini vakolati doirasida muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Metodikada quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-kriminologiya.uz” axborot tizimi — jinoyatchilik tendensiyalarini kompleks ilmiy tahlil va prognoz asosida hamda jinoyatchilik omillarini kompleks ilmiy diagnoz asosida aniqlash, shuningdek, kriminologik faoliyatga joriy etilgan ilmiy ishlanmalarni eʼlon qilib borish va Institut faoliyatini raqamlashtirishga moʻljallangan mustaqil axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatchilik omillari — jinoyatlarning sodir etilishiga taʼsir koʻrsatgan (sabab boʻlgan, imkon bergan, koʻmaklashgan, shart-sharoit yaratgan) ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik, maʼnaviy-maʼrifiy, huquqiy, tibbiy va tashkiliy holatlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatchilik tendensiyalari — jinoyatlarning miqdor hamda sifat oʻzgarishlarini ifodalovchi koʻrsatkichlar (jinoyatchilik holati, darajasi, tuzilishi va geografiyasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kriminologik faoliyat — jamoat xavfsizligi sohasining mustaqil faoliyat turi boʻlib, jinoyatchilik tendensiyalari va omillarini aniqlash hamda bartaraf etish orqali jamiyat manfaatlarini jinoyatchilikka doir tahdidlardan himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakunlangan jinoyat ishlari (tergovga qadar tekshiruv materiallari) — sudning hukmi (ajrimi) qonuniy kuchga kirgan va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasiga asosan jinoyat ishini tugatish haqida qaror chiqarilgan jinoyat ishlari (jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan tergovga qadar tekshiruv materiallari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Institut surishtiruv yoki dastlabki tergov maʼlumotlari oshkor qilinishining oldini olish maqsadida jinoyatchilik tendensiyalarini kompleks ilmiy tahlil va prognoz asosida hamda jinoyatchilik omillarini kompleks ilmiy diagnoz asosida aniqlash chora-tadbirlarini jinoyat ishi boʻyicha sudning hukmi yoki ajrimi qonuniy kuchga kirgandan keyin yoxud jinoyat ishini tugatish (jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish) toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgandan keyin amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jinoyatchilik tendensiyalarini kompleks ilmiy tahlil va prognoz asosida hamda jinoyatchilik omillarini kompleks ilmiy diagnoz asosida aniqlashda foydalanish uchun yakunlangan jinoyat ishlariga (tergovga qadar tekshiruv materiallariga) doir zarur hujjatlar surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlarning axborot tizimlarini (“Elektron jinoiy-huquqiy statistika” axborot tizimi, “Elektron surishtiruv va dastlabki tergov” yagona axborot tizimi va boshqa axborot tizimlarini) “E-kriminologiya.uz” axborot tizimiga integratsiya qilish orqali ushbu axborot tizimida jamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Institutga “Kriminologik tadqiqotlar davlat hisoboti”ni tayyorlashda foydalanish uchun har yil dekabr oyida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy va oliy taʼlim muassasalari — kriminologiya sohasi boʻyicha chop etilgan ilmiy, uslubiy va oʻquv adabiyotlari nusxalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi — oliy taʼlim muassasalari bitiruvchi kursi magistrlari va doktorantlari soni (oliy taʼlim muassasalari kesimida) va oliy taʼlim muassasalari roʻyxatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi — “12.00.15 — Kriminologiya” ixtisosligi boʻyicha bajarilgan falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) dissertatsiyalari roʻyxatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi — davlat ilmiy muassasalari roʻyxati va kriminologiya sohasi boʻyicha bajarilgan ilmiy-tadqiqot loyihalari roʻyxati (ijrochi tashkilot kesimida) hamda tadqiqot hisobotlari nusxasini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Kriminologiya sohasida dissertatsiya tadqiqotlari bajarilishini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “12.00.15 — Kriminologiya” ixtisosligi boʻyicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) dissertatsiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya kengashi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq buyurtma asosida ilmiy va oliy taʼlim tashkilotlarida bajariladi. Bunda magistr darajasiga (magistrga tenglashtirilgan darajaga) ega shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda ilmiy yoki oliy taʼlim tashkilotiga tayanch doktorant, doktorant yoki mustaqil izlanuvchi sifatida qabul qilinadi va “12.00.15 — Kriminologiya” ixtisosligi boʻyicha dissertatsiya tadqiqotini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya kengashi tomonidan tasdiqlangan dissertatsiya tadqiqotlari mavzulari roʻyxati har chorak yakunida Institutning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tadqiqotchilarning “12.00.15 — Kriminologiya” ixtisosligi boʻyicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) dissertatsiyalari mavzulari va dissertatsiyalari himoyalari haqidagi eʼlonlar “Kriminologiya yangiliklari” ilmiy toʻplamida chop etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Institut huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi muassasalararo ilmiy kengash, uning qoshidagi ilmiy seminar Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya kengashi nazorati ostida faoliyat koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tadqiqotchilarni qoʻllab-quvvatlash, tadqiqot natijalarini yagona platforma doirasida samarali aprobatsiyadan oʻtkazish va kompleks tizimlashtirib borish maqsadida “12.00.15 — Kriminologiya” ixtisosligi boʻyicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) dissertatsiyalari, kriminologiya sohasida tashabbus va buyurtma asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarining natijalari asosida tayyorlangan maqolalar “Kriminologik faoliyat” ilmiy-amaliy jurnalida, tezislar Institut tomonidan oʻtkaziladigan respublika konferensiyasi hamda xalqaro forum materiallari toʻplamida chop etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “12.00.15 — Kriminologiya” ixtisosligi boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi uning natijalari boʻyicha tayyorlangan 6 ta ilmiy ishlanma, fan doktori (DSc) dissertatsiyasi uning natijalari boʻyicha tayyorlangan 12 ta ilmiy ishlanma kriminologik faoliyat amaliyotiga joriy etilganligi haqida belgilangan tartibda xulosa berilganidan soʻng Institut huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi muassasalararo ilmiy kengashga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“12.00.15 — Kriminologiya” ixtisosligi boʻyicha bajarilgan falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) dissertatsiyalari natijalarining joriy etilganligi haqida ushbu Metodika talablariga muvofiq rasmiylashtirilmagan hujjatlar dissertatsiya ishini himoya qilishda inobatga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kriminologiya sohasida tashabbus va buyurtma asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarini bajarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kriminologiya sohasida tashabbus va buyurtma asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasini ilmiy tadqiq qilish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 15-yanvardagi PF-10-son Farmoni, “Kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 15-yanvardagi PQ-22-son qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kriminologiya sohasida buyurtma asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarini amalga oshirishda quyidagi davlat organlari buyurtmachilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kriminologiya sohasida tashabbus va buyurtma asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalari amalga oshirilishini moliyalashtirish miqdorini belgilashda Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy va rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari hamda 2020-yil 9-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi toʻgʻrisidagi nizomning 81-bobida (9012-9013-bandlar bundan mustasno) belgilangan qoidalar inobatga olinadi (bunda kollegial organ Institut kengashi hisoblanadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Institut ushbu Metodikaga 1-2-ilovalarga muvofiq kriminologiya sohasida tashabbus va buyurtma asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut tomonidan kriminologiya sohasida tashabbus va buyurtma asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarini bajarishda ushbu sohada ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar hamijrochi tashkilot sifatida jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassislarning kriminologiya sohasida tashabbus va buyurtma asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarini bajarish boʻyicha ilmiy-tadqiqot guruhlari tarkibida ishtirok etgan davri ularning mehnat stajiga (ilmiy stajiga) qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kriminologiya sohasida tashabbus yoki buyurtma asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi talabnomasida loyihaning mavzusi, turi, bajarish muddati, moliyalashtirish hajmi va manbasi, tadqiqotning maqsadi, metodlari, vazifalari va ularni bajarish boʻyicha kalendar reja, ijrochi va hamijrochi tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot guruhi tarkibi, loyiha boʻyicha xarajatlar smetasi, ijrochi tashkilot, hamijrochi tashkilot (mavjud boʻlsa) hamda loyiha rahbarining majburiyatlari bayon etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda loyiha boʻyicha xarajatlar smetasi (loyihani amalga oshirish xarajatlari) ilmiy-tadqiqot guruhiga ish haqi toʻlovi, yagona ijtimoiy toʻlov, tadqiqot uchun zarur ilmiy-texnik vositalar, materiallar va kitoblarni sotib olish, ilmiy xizmat safari va xorijiy til boʻyicha tarjimonlik xizmatidan foydalanganlik uchun toʻlov, hamijrochi tashkilot ustama xarajatlaridan iborat boʻladi. Loyiha boʻyicha xarajatlar smetasida boshqa xarajatlar ham nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kriminologiya sohasida tashabbus yoki buyurtma asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasini bajarish boʻyicha ilmiy-tadqiqot guruhi tarkibi ijrochi tashkilot va hamijrochi tashkilot ilmiy tarkibi, davlat organlarining ilmiy darajaga ega boʻlgan yoki ilmiy va (yoki) pedagogik faoliyat bilan shugʻullanayotgan xodimlari hisobidan 3 — 7 kishidan iborat etib shakllantiriladi. Ushbu ilmiy-tadqiqot guruhiga ilmiy darajaga ega boʻlgan mutaxassis rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kriminologiya sohasida tashabbus va buyurtma asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasining oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishi uchun ijrochi va hamijrochi tashkilot hamda loyiha rahbari masʼul va javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Institut kriminologiya sohasida tashabbus yoki buyurtma asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalari natijalarini Oʻzbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda tijoratlashtirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Institutning ilmiy takliflari boʻyicha huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar tomonidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Institutning ilmiy takliflari ilmiy maqola, axborot-tahliliy hujjat, chora-tadbirlar dasturi, “yoʻl xaritasi” yoki boshqa hujjat loyihasi shaklida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Institut kengashi tomonidan maʼqullangan Institutning ilmiy takliflari kriminologik faoliyat amaliyotiga joriy etish (qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishda foydalanish) uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonunida koʻrsatilgan huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlarga rasman taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar Institutning ilmiy takliflarini kriminologik faoliyat amaliyotiga joriy etish boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga hamda qonuniylikni mustahkamlashga, shuningdek, aholida jinoyatchilikka nisbatan murosasiz munosabatda boʻlishni shakllantirishga qaratilgan targʻibot-tashviqot tadbirlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatchilikning salbiy tendensiyalari va omillarini bartaraf etish boʻyicha idoraviy chora-tadbirlar dasturlarini (“yoʻl xarita”larini) ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda jinoyatchilik salbiy tendensiyalari va omillarini bartaraf etish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kriminologik faoliyatni tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning toʻliq va samarali ijrosiga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralarni koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali amalga oshirishiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan kamchilik va muammolarni bartaraf etish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar tomonidan zarur hollarda, Institutning ilmiy takliflari tajriba tariqasida sinovdan oʻtkazilishi mumkin. Bunda Institutning ilmiy tarkibi ilmiy takliflarni kriminologik faoliyat amaliyotiga joriy etish jarayonida ekspertlik yordamini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar Institutning ilmiy takliflari kriminologik faoliyat amaliyotiga joriy etilganligi, shu jumladan, ilmiy takliflar joriy etilgandan soʻng erishilgan natijalar haqida Institutga yozma maʼlumot taqdim etadi. Ushbu maʼlumot asosida Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya kengashi ilmiy ishlanmaning kriminologik faoliyat amaliyotiga joriy etilganligi haqida xulosani rasmiylashtiradi va muallifga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy ishlanmani kriminologik faoliyat amaliyotiga joriy etilganligi haqidagi xulosa “E-kriminologiya.uz” axborot tizimida Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya kengashining blankasida rasmiylashtiriladi va ushbu kengash raisi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Institut kengashi ilmiy kotibi ilmiy ishlanmani kriminologik faoliyat amaliyotiga joriy etilganligi haqidagi xulosalarning hisobini tizimli ravishda yuritish uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. “Jamoat xavfsizligi boʻyicha tashabbus indeksi” (i-indeks)ni yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. “Jamoat xavfsizligi boʻyicha tashabbus indeksi” (i-indeks) Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya kengashi tomonidan “E-kriminologiya.uz” axborot tizimida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. “Jamoat xavfsizligi boʻyicha tashabbus indeksi” (i-indeks) quyidagi tartibda hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kriminologiya sohasi boʻyicha ishlab chiqilgan ilmiy taʼrif uchun 0,6 ball;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kriminologiya sohasi boʻyicha ishlab chiqilgan ilmiy tasnif uchun 0,4 ball;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kriminologiya sohasi boʻyicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif uchun 0,2 ball beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy taʼrif, tasnif va takliflar hammualliflikda tayyorlangan boʻlsa, belgilangan ball mualliflar oʻrtasida teng taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. “Jamoat xavfsizligi boʻyicha tashabbus indeksi” (i-indeks) ilmiy ishlanmani kriminologik faoliyat amaliyotiga joriy etilganligi haqidagi xulosalarda qayd etilgan ilmiy taʼriflar, tasniflar va takliflar asosida hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Institutning “Jinoyatchilik omillari davlat hisoboti”, “Jinoyatchilik tendensiyalari davlat hisoboti”, “Kriminologik tadqiqotlar davlat hisoboti” Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 808-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ochiq maʼlumotlar portali toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Ochiq maʼlumotlar portalida eʼlon qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jinoyatchilik omillari davlat hisoboti”, “Jinoyatchilik tendensiyalari davlat hisoboti”, “Kriminologik tadqiqotlar davlat hisoboti”ga davlat sirlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar, shuningdek, shaxsga doir maʼlumotlar kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Mazkur Metodika talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar oʻtkazish metodikasiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan bajariladigan kriminologiya sohasida tashabbus asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tashabbus asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalari nomi

Loyiha turi

I. Milliy loyihalar

1.

““Bir jinoyat omili va uning bartaraf etilishi” telekoʻrsatuvini tayyorlash va tizimli ravishda efirga uzatilishini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlarini amalga oshirish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Fundamental loyiha

2.

“Yangi avlod ilmiy tashkiloti — smart ilmiy-tadqiqot muassasasi konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Fundamental loyiha

3.

“Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologik faoliyat konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Fundamental loyiha

4.

“Oʻzbekiston Respublikasining Kriminologik faoliyat tizimini rivojlantirish strategiyasi loyihasini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Fundamental loyiha

5.

“Ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilingan shaxslar ustidan taʼsirchan nazoratni oʻrnatishda “onlayn kuzatuv” imkonini beruvchi axborot tizimini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Fundamental loyiha

6.

““E-kriminologiya.uz” axborot tizimi, uning “Jinoyatchilik tendensiyalari”, “Jinoyatchilik omillari” modullarini yaratish hamda amaliyotga tatbiq etish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Amaliy loyiha

7.

““Nazorat” nomli amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasi natijalarini tijoratlashtirish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Amaliy loyiha

8.

“Sudlangan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish doirasida ularga xorijiy tilni maqsadli masofaviy oʻrgatish metodikasi va elektron platformasini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Amaliy loyiha

9.

“Jinoyat sodir boʻlgan joylarni “nazorat ostidagi hudud”, “xavfli hudud” va “jinoyat oʻchogʻi” kvadratlariga ajratish metodikasi va dasturiy taʼminotini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Amaliy loyiha

10.

“Jinoyat sodir boʻlgan joylarning geografik koordinatalarini sunʼiy intellekt texnologiyalari yordamida tahlil qilish asosida respublika hududlarining geokriminologik xaritasini tayyorlash hamda amaliyotga tatbiq etish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Fundamental loyiha

11.

“2024-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasida qayd etilgan jinoyatchilik tendensiyalarini aniqlash va uning salbiy tendensiyalarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Amaliy loyiha

12.

“2024-yilda Toshkent shahrida qayd etilgan jinoyatchilik tendensiyalarini aniqlash va uning salbiy tendensiyalarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Amaliy loyiha

13.

“2024-yilda Toshkent viloyatida qayd etilgan jinoyatchilik tendensiyalarini aniqlash va uning salbiy tendensiyalarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Amaliy loyiha

14.

“2024-yilda Fargʻona viloyatida qayd etilgan jinoyatchilik tendensiyalarini aniqlash va uning salbiy tendensiyalarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Amaliy loyiha

15.

“2024-yilda Andijon viloyatida qayd etilgan jinoyatchilik tendensiyalarini aniqlash va uning salbiy tendensiyalarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Amaliy loyiha

16.

“2024-yilda Namangan viloyatida qayd etilgan jinoyatchilik tendensiyalarini aniqlash va uning salbiy tendensiyalarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Amaliy loyiha

17.

“2024-yilda Sirdaryo viloyatida qayd etilgan jinoyatchilik tendensiyalarini aniqlash va uning salbiy tendensiyalarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Amaliy loyiha

18.

“2024-yilda Jizzax viloyatida qayd etilgan jinoyatchilik tendensiyalarini aniqlash va uning salbiy tendensiyalarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Amaliy loyiha

19.

“2024-yilda Navoiy viloyatida qayd etilgan jinoyatchilik tendensiyalarini aniqlash va uning salbiy tendensiyalarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Amaliy loyiha

20.

“2024-yilda Buxoro viloyatida qayd etilgan jinoyatchilik tendensiyalarini aniqlash va uning salbiy tendensiyalarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Amaliy loyiha

21.

“2024-yilda Samarqand viloyatida qayd etilgan jinoyatchilik tendensiyalarini aniqlash va uning salbiy tendensiyalarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Amaliy loyiha

22.

“2024-yilda Qashqadaryo viloyatida qayd etilgan jinoyatchilik tendensiyalarini aniqlash va uning salbiy tendensiyalarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Amaliy loyiha

23.

“2024-yilda Surxondaryo viloyatida qayd etilgan jinoyatchilik tendensiyalarini aniqlash va uning salbiy tendensiyalarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Amaliy loyiha

24.

“2024-yilda Xorazm viloyatida qayd etilgan jinoyatchilik tendensiyalarini aniqlash va uning salbiy tendensiyalarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Amaliy loyiha

II. Xalqaro loyihalar

25.

“Oʻzbekiston Respublikasining Kriminologik faoliyat kodeksi loyihasini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Fundamental loyiha

26.

““Jinoyatchilik darajasi” xalqaro reytingini tuzish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Fundamental loyiha

27.

““Kriminologiya” xalqaro ilmiy-amaliy jurnalining 1 — 4-sonlarini Koreya kriminologiya va adliya institutining “International Journal of Criminal Justice” xalqaro jurnali tajribasi asosida tayyorlash hamda chop etish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Fundamental loyiha

28.

“Oʻzbekiston va Koreya kriminologiyasini qiyosiy tadqiq etish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Fundamental loyiha

29.

“Oʻzbekiston va Germaniya kriminologiyasini qiyosiy tadqiq etish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Fundamental loyiha

30.

“Oʻzbekiston va Turkiya kriminologiyasini qiyosiy tadqiq etish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Fundamental loyiha

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur roʻyxatdagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarining amalga oshirilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-yanvardagi “Kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-22-son qaroriga 4-ilovaga asosan Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
(izoh qismning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu roʻyxatning 27-bandidagi fundamental ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi boʻyicha xarajatlar smetasida “Kriminologiya” xalqaro ilmiy-amaliy jurnalida chop etilgan ilmiy maqolalar mualliflariga Koreya Respublikasi tajribasi asosida mualliflik haqini toʻlash xarajatlari ham nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur roʻyxatga zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutining taklifi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar oʻtkazish metodikasiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan bajariladigan kriminologiya sohasida buyurtma asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Buyurtma asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalari nomi

Buyurtmachilar

Loyiha turi

I. Milliy loyihalar

1.

“Aholining eʼtirozlariga sabab boʻlayotgan ijtimoiy taranglik holatlarining salbiy tendensiyalari va omillarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Fundamental loyiha

2.

“Turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini taʼminlashda foydalanish uchun kriminologik profayling texnologiyasini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti

Fundamental loyiha

3.

“Manzil-koloniyalarda nazorat ostida erkin harakatlanadigan va atrofi ochiq joylarda foydali mehnatga jalb etilgan mahkumlarni masofaviy nazorat qilish apparat-dasturiy kompleksini yaratish hamda amaliyotga tatbiq etish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti

Amaliy loyiha

4.

“Oʻgʻrilik jinoyatining salbiy tendensiyalari va omillarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti

Amaliy loyiha

5.

“Konvoy ostidagi shaxslarning harakatlanishini masofaviy nazorat qilish apparat-dasturiy kompleksini yaratish hamda amaliyotga tatbiq etish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat tartibini saqlash xizmati

Amaliy loyiha

6.

“Huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori boʻlgan shaxslarga ijtimoiy profilaktika choralarini qoʻllashning huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati

Amaliy loyiha

7.

“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyatining salbiy tendensiyalari va omillarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati

Fundamental loyiha

8.

“Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish, ushbu jarayonda shaxslarni vaqtincha saqlash muammolarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi

Amaliy loyiha

9.

“Ozodlikni cheklash jazosini oʻtayotgan shaxslar zimmasiga yuklangan alkogolli ichimliklar isteʼmol qilmaslik cheklovi ijrosini masofaviy nazorat qilish apparat-dasturiy kompleksini yaratish va amaliyotga tatbiq etish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Probatsiya boshqarmasi

Amaliy loyiha

10.

“Raqamli kriminologiya asoslarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazi

Amaliy loyiha

11.

“Buyuk Britaniya kriminologiyasining ilgʻor tajribalarini aniqlash va amaliyotga joriy etish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi

Fundamental loyiha

12.

“Oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda “huquqbuzarlikka qarshi immunitet” yaratish faoliyatini tashkil etish metodikasi va dasturiy taʼminotini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi

Amaliy loyiha

13.

“Aholi bandligini taʼminlash va fuqarolarning norasmiy mehnat faoliyati bilan shugʻullanishi uchun chet elga ketishining oldini olishda fermer xoʻjaliklarining rolini kuchaytirish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Amaliy loyiha

14.

“Kontrabanda jinoyatining salbiy tendensiyalari va omillarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi

Amaliy loyiha

15.

“Soliqlar yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash jinoyatining salbiy tendensiyalari va omillarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi

Amaliy loyiha

16.

“Oila-turmush munosabatlari doirasidagi jinoyatlarning omillarini bartaraf etish metodikasi va dasturiy taʼminotini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

Amaliy loyiha

17.

“2024-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasida qayd etilgan jinoyatchilik omillarini aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Amaliy loyiha

18.

“2024-yilda Andijon viloyatida qayd etilgan jinoyatchilik omillarini aniqlash va bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Andijon viloyati hokimligi

Amaliy loyiha

19.

“2024-yilda Buxoro viloyatida qayd etilgan jinoyatchilik omillarini aniqlash va bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Buxoro viloyati hokimligi

Amaliy loyiha

20.

“2024-yilda Jizzax viloyatida qayd etilgan jinoyatchilik omillarini aniqlash va bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Jizzax viloyati hokimligi

Amaliy loyiha

21.

“2024-yilda Qashqadaryo viloyatida qayd etilgan jinoyatchilik omillarini aniqlash va bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Qashqadaryo viloyati hokimligi

Amaliy loyiha

22.

“2024-yilda Navoiy viloyatida qayd etilgan jinoyatchilik omillarini aniqlash va bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Navoiy viloyati hokimligi

Amaliy loyiha

23.

“2024-yilda Namangan viloyatida qayd etilgan jinoyatchilik omillarini aniqlash va bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Namangan viloyati hokimligi

Amaliy loyiha

24.

“2024-yilda Samarqand viloyatida qayd etilgan jinoyatchilik omillarini aniqlash va bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Samarqand viloyati hokimligi

Amaliy loyiha

25.

“2024-yilda Sirdaryo viloyatida qayd etilgan jinoyatchilik omillarini aniqlash va bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Sirdaryo viloyati hokimligi

Amaliy loyiha

26.

“2024-yilda Surxondaryo viloyatida qayd etilgan jinoyatchilik omillarini aniqlash va bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Surxondaryo viloyati hokimligi

Amaliy loyiha

27.

“2024-yilda Toshkent viloyatida qayd etilgan jinoyatchilik omillarini aniqlash va bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Toshkent viloyati hokimligi

Amaliy loyiha

28.

“2024-yilda Fargʻona viloyatida qayd etilgan jinoyatchilik omillarini aniqlash va bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Fargʻona viloyati hokimligi

Amaliy loyiha

29.

“2024-yilda Xorazm viloyatida qayd etilgan jinoyatchilik omillarini aniqlash va bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Xorazm viloyati hokimligi

Amaliy loyiha

30.

“Odam savdosi jinoyatining salbiy tendensiyalari va omillarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Amaliy loyiha

31.

“Qasddan badanga yengil shikast yetkazish jinoyatining salbiy tendensiyalari va omillarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi

Amaliy loyiha

32.

“Talonchilik jinoyatining salbiy tendensiyalari va omillarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi

Amaliy loyiha

33.

“Firibgarlik jinoyatining salbiy tendensiyalari va omillarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi

Amaliy loyiha

34.

“Qoʻshmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash jinoyatining salbiy tendensiyalari va omillarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi

Amaliy loyiha

35.

“Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish jinoyatining salbiy tendensiyalari va omillarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi

Amaliy loyiha

36.

“Bosqinchilik jinoyatining salbiy tendensiyalari va omillarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi

Amaliy loyiha

37.

“Qasddan odam oʻldirish jinoyatining salbiy tendensiyalari va omillarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi

Amaliy loyiha

38.

“Oilaviy (maishiy) zoʻravonlik jinoyatining salbiy tendensiyalari va omillarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi

Amaliy loyiha

39.

“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish jinoyatining salbiy tendensiyalari va omillarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi

Amaliy loyiha

40.

“Bezorilik jinoyatining salbiy tendensiyalari va omillarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasi

Amaliy loyiha

41.

“Nomusga tegish jinoyatining salbiy tendensiyalari va omillarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi

Amaliy loyiha

42.

“2024-yilda Toshkent shahrida qayd etilgan jinoyatchilik omillarini aniqlash va bartaraf etish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi

Amaliy loyiha

II. Xalqaro loyihalar

43.

“Ilgʻor xorijiy tajriba asosida Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarida kriminologiya fani oʻqitilishini rivojlantirish choralarini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Fundamental loyiha

44.

“Surxondaryo viloyatining Qumqoʻrgʻon tumanidagi Navbahor mahallasi misolida ijtimoiy profilaktikani qoʻllash metodikasi va dasturiy taʼminotini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish (Koreya Respublikasi tajribasi asosida)” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi

Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi

Fundamental loyiha

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur roʻyxatdagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarining amalga oshirilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 15-yanvardagi PQ-22-son qaroriga 3-ilovaga asosan buyurtmachilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur roʻyxatga zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutining taklifi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 445-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 49-bandning uchinchi xatboshisidagi “hududiy ichki ishlar organlarida” soʻzlari “hududiy ichki ishlar organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 117-band “hududiy ichki ishlar organlari” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 168-bandning birinchi xatboshisidagi “ichki ishlar organlari va harbiy tuzilmalarda” soʻzlari “ichki ishlar organlari, harbiy tuzilmalar va Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutida tashkil etiladigan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 177-bandning ikkinchi xatboshisi “ichki ishlar organlari,” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti,” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 183-bandning birinchi xatboshisi “hududiy komissiyalariga” soʻzlaridan keyin “yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutida tashkil etiladigan hududiy komissiyaga” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 09/24/445/0553-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)