09.03.2020 yildagi 133-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-noyabrdagi PQ-3365-son, “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 7-maydagi PQ-3698-son hamda “Byurokratik toʻsiqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4546-son qarorlariga muvofiq, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish va amalga oshirishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Startap” loyihalarni tanlab olish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashlar toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abdurahmonov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 9-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 133-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan fundamental, amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion loyihalarni (keyingi oʻrinlarda davlat buyurtmasi deb ataladi) shakllantirish, bajarish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik harakatchanlik — ilmiy xodimlarning oʻz ish joyidan ajralmagan holda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida oʻtkaziladigan ilmiy tadbirlarda ishtirok etishi, tajriba almashishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaliy tadqiqotlar — amaliy maqsadlarga erishish va aniq vazifalarni hal etish uchun asosan yangi bilimlarni va fundamental tadqiqotlar natijalarini qoʻllashga yoʻnaltirilgan tadqiqotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
benefitsiar (loyihadan foyda oluvchi) — ilmiy-tadqiqot loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdor boʻlgan shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmasi — ilmiy-tadqiqot loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirish topshirigʻi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy ekspertiza — ilmiy-tadqiqot loyihalari boʻyicha asoslantirilgan qaror qabul qilish maqsadida uni oʻrganish, tahlil qilish, baholash va xulosa tayyorlashga qaratilgan faoliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot loyihasi — fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar shaklida maqsad va vazifalari, ijrochilari va bajarish muddatlari, manbalari, vositalari (ularning shakllantirish manbalaridan qatʼi nazar) ilmiy va (yoki) ilmiy-texnik natijalarni, nou-xau va yangi texnologiyalarni olishga qaratilgan tashkiliy-texnik va boshqa zarur chora-tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-texnik kengash — Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida ilmiy loyihalarni ilmiy ekspertizadan oʻtkazish maqsadida tegishli fan yoʻnalishlari boʻyicha sohaga oid olimlar, davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislaridan shakllantirilgan hamda jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan ilmiy-texnik jamoa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion loyihalar — amalga oshirish muddati, infratuzilmasi, ijrochilari, moliyalashtirish manbai va hajmiga ega innovatsiyani yaratish va ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan tadqiqotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kollegial organ — Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining hayʼati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning ijrochi tashkiloti — ilmiy-tadqiqot loyihasini amalga oshiruvchi ilmiy faoliyat subyektlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyati bilan shugʻullanadigan boshqa tashkilotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining hujjatlarida belgilangan davlat siyosati vazifalarining ilmiy yechimini taʼminlashga yoʻnaltirilgan, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oldida turgan oʻziga xos muammolarni hal etish boʻyicha ilmiy asoslangan kompleks yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan, tanlov tashkil qilish uchun alternativ loyiha takliflarini shakllantirish imkoni chegaralangan ilmiy-tadqiqot loyihalari;
(2-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat hamkori — ilmiy-tadqiqot loyihasi natijalarini ishlab chiqarishga joriy etishdan manfaatdor boʻlgan va shunga muvofiq loyihani hamkorlikda moliyalashtirish taklifiga ega sanoat yoki tarmoq korxonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-konstruktorlik loyihasi — tajriba, konstruktorlik namunalari, asboblar, materiallar, buyumlar va boshqa ilmiy ishlanmalarni loyihalash, tayyorlash va sinovdan oʻtkazish, rivojlantirish bilan bogʻliq loyiha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalari — fan va texnologiyalarning ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq ilmiy faoliyat subyektlarining tashabbuslari asosida qabul qilinadigan, alternativ loyiha takliflari talab qilinmaydigan ilmiy-tadqiqot loyihalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tematik ilmiy-tadqiqot loyihalari — ilmiy faoliyatning ilgʻor yoʻnalishlari, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning ehtiyojlari va muammolaridan kelib chiqqan holda davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ehtiyojlari asosida ishlab chiqiladigan, moliyaviy hajmi koʻrsatilgan, mavzu doirasida olinadigan yakuniy mahsuloti aniq aks ettirilgan muntazam ravishda eʼlon qilinadigan, tanlov asosida moliyalashtiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalari;
(2-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fundamental tadqiqotlar — tabiat, jamiyat va insonning tuzilishi, shakllanishi va rivojlanishiga oid asosiy qonuniyatlar haqidagi yangi bilimlarni olishga, ular oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni, shuningdek, muayyan faoliyat natijasida yaratilgan obyektlarni oʻrganishga qaratilgan nazariy va (yoki) tajriba oʻtkazishga qaratilgan tadqiqotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat buyurtmasi tematik ilmiy-tadqiqot loyihalari, maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalari hamda ilmiy faoliyat subyektlarining tashabbuslari asosidagi ilmiy-tadqiqot loyihalari asosida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat buyurtmasini shakllantirish va amalga oshirish uchun masʼuliyat Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga (keyingi oʻrinlarda Buyurtmachi deb ataladi) yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni bajarish uchun davlat buyurtmasi Buyurtmachi bilan ilmiy-tadqiqot loyihalarining ijrochi tashkiloti oʻrtasida shartnoma tuzish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish va amalga oshirishga qoʻyiladigan umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat buyurtmasi mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlantirish vazifalari, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning ehtiyojlarini hisobga olgan holda, fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarida nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat buyurtmasi boʻyicha amalga oshiriladigan loyihalar yoʻnalishlari, tematikalari va moliyalashtirish hajmlari Buyurtmachi tomonidan shakllantiriladi va ilmiy-tadqiqot loyihalarini belgilangan tartibda tanlovdan tashqari (alternativ loyiha takliflari mavjud boʻlmaganda) yoki tanlov asosida (alternativ loyiha takliflari ichidan) saralab olish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Buyurtmachi davlat buyurtmasini bajarish boʻyicha ilmiy-tadqiqot loyihalari tanlovini mazkur Nizomning 3-bobida belgilangan talablar asosida eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eʼlonlar Buyurtmachining rasmiy veb-saytiga arizalarni shakllantirish, roʻyxatdan oʻtkazish va topshirish tartibi, muddati va talablari koʻrsatilgan holda joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Fundamental ilmiy-tadqiqot loyihalari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiat, jamiyat, inson, ong va sunʼiy ravishda yaratilgan obyektlarning tuzilishi, faoliyati va rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini ochishga qaratilgan yangi bilimlarni egallash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilm-fanning muayyan sohasidagi tadqiqotlar natijalarini nazariyalar, tushunchalar, metodologiyalar, usullar, tavsiyalar shaklida qoʻllash maqsadida tadqiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilm-fan nazariyasi va metodologiyasini boyitishga, kelgusida bajariladigan amaliy tadqiqotlar hamda ularni amaliy qoʻllashga qaratilgan innovatsiya ishlari uchun asos sifatida xizmat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fundamental loyihalarni amalga oshirishning eng koʻp muddati besh yilgacha boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fundamental loyihalar tanlovida qatnashuvchi ilmiy jamoaning rahbari ilmiy darajaga ega boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Amaliy ilmiy-tadqiqot loyihalari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish va/yoki ijtimoiy, shuningdek, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida yangi konstruksiyalar, materiallar, usullar, xizmatlarni yaratishga yoki mavjudlarini takomillashtirishga xizmat qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning real sektorini shakllantirishga koʻmaklashish, ishlab chiqarish sohasida energiya va resurslarni tejashni taʼminlash, milliy iqtisodiyot subyektlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning innovatsion tarkibini va qoʻshimcha qiymatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori texnologiyali mahsulotlar namunalarini tayyorlash va/yoki ishlanmalarning texnik va texnologik sinovlarining natijalari va/yoki olingan ilmiy-texnik natijani iqtisodiyotning real sektoriga joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-texnik mahsulotlar va unga ilmiy-texnik hujjatlar toʻplamini, shu jumladan loyihalash hujjatlarini va/yoki texnologik hujjatlarni tasdiqlash, laboratoriya qoidalari va/yoki texnik shartlar va pasportlar, shuningdek, ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlar toʻplamini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaliy loyihalarni amalga oshirishning eng koʻp muddati uch yilgacha boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaliy loyihalar tanlovida qatnashuvchi ilmiy jamoaning rahbari ilmiy darajaga ega boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Innovatsion loyihalari quyidagi talablarga javob berishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avval bajarilgan fundamental va amaliy tadqiqotlar asosida mahalliy xomashyolardan foydalangan holda import oʻrnini bosuvchi, eksportga moʻljallangan yangi mahsulot va texnologiyalarni yaratish, mavjudlarini sifat jihatidan takomillashtirish, tannarxini pasaytirish, mehnat bozorida yangi ish oʻrinlarini yaratishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyinchalik ulardan amaliyotda foydalanish maqsadida amalga oshiriladigan konstruktorlik, tajriba namunalari, asboblar, materiallar, buyumlar va boshqa ilmiy ishlanmalarni loyihalash, tayyorlash va sinovdan oʻtkazish, rivojlantirish bilan bogʻliq tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori texnologiyaga asoslangan mahsulotlar namunalari yoki prototiplarini yaratish va/yoki tajriba-laboratoriya texnologiyasini tatbiq etish, ilmiy hajmdor mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada qoʻllash uchun yangi turdagi xizmatlarning tajriba-sinovini oʻtkazish (sogʻliqni saqlash, bank-moliya sektori va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsion loyihalarni amalga oshirishning eng koʻp muddati ikki yilgacha boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsion loyihalar tanlovida qatnashuvchi ilmiy jamoaning rahbari ilmiy darajaga ega boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ilmiy-tadqiqot loyihalariga tashkilotlardan taqdim etiladigan arizalar Buyurtmachi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilib, identifikatsiya raqami olingandan soʻng qabul qilinadi. Roʻyxatdan oʻtish tartibi va ijrochi tashkilotlarga qoʻyiladigan talablar Buyurtmachi tomonidan belgilanadi va Buyurtmachining rasmiy veb-saytida va/yoki zarur hollarda boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Tematik ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tematik ilmiy-tadqiqot loyihalariga buyurtma davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ilmiy faoliyat subyektlarining asoslangan takliflari, shuningdek, fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolari, tijoratlashtirish imkoniyati mavjud yakuniy tayyor mahsulot/texnologiyalarga boʻlgan ehtiyojlari tahlilining natijalari asosida Buyurtmachi tomonidan ishlab chiqiladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida tematik ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari davlat buyurtmasiga kiritish uchun iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolarini va real ehtiyojlarini chuqur tahlil qilish va hududiy muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlar boʻyicha belgilangan tartibda va shaklda asoslangan takliflar (keyingi oʻrinlarda takliflar deb ataladi) tayyorlaydi. Takliflar Buyurtmachining rasmiy soʻroviga asosan yoki ixtiyoriy ravishda koʻrib chiqish uchun muntazam ravishda taqdim etilishi mumkin.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda davlat buyurtmasiga kiritish uchun ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari tomonidan ularning ilmiy-texnik yoki ilmiy kengashlarida koʻrib chiqilib, maʼqullangan tematik loyiha eʼloni uchun taklif ushbu muassasalarning yuqori turuvchi vazirlik va idoralariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori turuvchi vazirlik va idoralar ilmiy-tadqiqot hamda oliy taʼlim muassasalaridan olingan takliflarni umumlashtiradi va koʻrib chiqish uchun Buyurtmachiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot tarmoqlarining ilmiy yechimni taʼminlash talab etiladigan ehtiyojlari boʻyicha takliflar toʻgʻridan-toʻgʻri Buyurtmachiga koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan takliflar hudud iqtisodiyotining muammolarini va ilmiy-texnik ishlanmalarga boʻlgan ehtiyojlarni tahlil qilish, shuningdek, hududdagi yuqori turuvchi tashkiloti mavjud boʻlmagan boshqa tashkilotlarning takliflari asosida shakllantiriladi.
(14-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat buyurtmasiga kiritish uchun tematik loyiha eʼloni uchun takliflarni shakllantirishda quyidagi prinsiplarga rioya etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot mavzusining dolzarbligi va tematik loyiha mavzusida aniq yakuniy mahsulotga buyurtmani aks etganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan va texnologiyalar rivoji uchun ustuvorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va respublika hududlarining aniq muammolarini hal etishga qaratilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha natijasida yakuniy mahsulotni yaratilishi asoslanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlanmaning raqobatbardoshliligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyor mahsulotni ishlab chiqishga yoʻnaltirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha natijalarining tijoratlashtirish imkoniyatining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning natijadorligi (mahsulot yoki takomillashtirilgan texnologiya);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning moliyalashtirish prognoz hajmlari belgilanganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tematik ilmiy-tadqiqot loyihalar boʻyicha takliflarni shakllantirish uchun, zarur hollarda, Buyurtmachi tomonidan mavzu va loyiha natijasida yaratiladigan mahsulotni iqtisodiyotga kerakligi toʻgʻrisida manfaatdor davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga soʻrov yuboriladi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tematik ilmiy-tadqiqot loyihalar boʻyicha takliflar Buyurtmachi tomonidan muntazam ravishda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Takliflarni shakllantirishda ularni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi uchun tematik ilmiy-tadqiqot boʻyicha taklif bergan (benefitsiar) tomon javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Buyurtmachi taklif(lar) qabul qilingan sanadan boshlab oʻttiz kun davomida kelib tushgan takliflar yigʻma roʻyxatini shakllantiradi, ularning takrorlanishining oldini olish maqsadida, shuningdek, amalga oshirilayotgan va avval amalga oshirilgan loyihalarni hisobga olgan holda oʻrganib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tematik ilmiy-tadqiqot loyihalar boʻyicha takliflarni oʻrganish jarayoniga zarur hollarda, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning tegishli mutaxassislari, shu jumladan xorijiy ekspertlar ham jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Buyurtmachi tematik ilmiy-tadqiqot loyihalar boʻyicha takliflar roʻyxatini shakllantirishda mavzu doirasida amalga oshiriladigan loyihaning turi, kutilayotgan yakuniy natijasi va amalga oshirish muddatlaridan kelib chiqib, moliyalashtirishning prognoz hajmini belgilashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Buyurtmachi tematik ilmiy-tadqiqot loyihalar dolzarbligi hamda ahamiyatini, kutilayotgan yakuniy natijasini hisobga olgan holda, loyihalarni amalga oshirish muddatlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Buyurtmachining tarkibiy boʻlinmalari taklif(lar) qabul qilingan sanadan boshlab oʻttiz kun muddat ichida loyiha tasnifi va unga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqadi va eʼlon uchun tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tematik ilmiy-tadqiqot loyihalarga davlat buyurtmasi Buyurtmachining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi va loyihani topshirishning aniq muddati va tartibi belgilangan holda uning rasmiy veb-saytida va zarur hollarda boshqa ommaviy axborot vositalarida tanlov eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish natijalariga koʻra, ayrim takliflar eʼlonga berilmasligi va qayta koʻrib chiqish uchun taklif etuvchiga qaytarilishi yoki asoslantirilgan holda rad etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalari boʻyicha takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, davlat dasturlari va konsepsiyalarda bayon etilgan vazifa va topshiriqlar asosida (agar bu topshiriqlarni ijrosi tematik ilmiy-tadqiqot loyihalar tanlovlari doirasida bajarilishi mumkin boʻlmasa) hamda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oldida turgan oʻziga xos muammolarni hal etish ehtiyojidan kelib chiqib murojaatga muvofiq qabul qilinadi. Bunda tanlov tashkil qilish uchun alternativ loyiha takliflarini shakllantirish imkoni chegaralanganligi uchun loyihalar tegishli ilmiy-texnik kengashda oʻtkazilgan ilmiy ekspertiza va loyihaning ochiq muhokamasi natijasiga koʻra tanlovdan tashqari moliyalashtiriladi.
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalari ikki yoki undan ortiq ilmiy faoliyat subyektlari, xalqaro va xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari qabul qilinganidan keyin oʻttiz kun ichida maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalari boʻyicha takliflarni Buyurtmachiga taqdim etadi. Bunda taklif qilinayotgan ilmiy loyihaning maqsadliligi, oʻziga xosligi va tanlov tashkil qilish uchun alternativ loyiha takliflarini shakllantirish imkoni yoʻqligi yoki chegaralanganligi asoslab berilishi shart.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachining oʻrganishlari va xulosasi asosida tanlov oʻtkazish imkoni boʻlgan topshiriqlarga tematik ilmiy loyihalar shakllantirilib, tanlovga qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Buyurtmachi maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarini tegishli ilmiy kengashda ilmiy ekspertiza va loyihaning ochiq muhokamasi natijasiga koʻra tanlovdan tashqari moliyalashtirishga yoʻnaltiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ariza beruvchi (benefitsiar) maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirishda va amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi boʻyicha takliflar uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Buyurtmachi taklif(lar) qabul qilingan sanadan boshlab oʻttiz kun davomida kelib tushgan takliflarning yigʻma roʻyxatini shakllantiradi, takrorlanishlarining oldini olish maqsadida, shuningdek, amalga oshirilayotgan va avval amalga oshirilgan loyihalarni hisobga olgan holda tegishli ilmiy kengashda ilmiy ekspertiza va loyihaning ochiq muhokamasi natijasiga koʻra moliyalashtirishga tavsiya beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish jarayoniga zarur hollarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning tegishli mutaxassislari, shu jumladan xorijiy ekspertlar ham jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Buyurtmachi loyihalarni amalga oshirish uchun moliyaviy imkoniyat mavjud boʻlganda, mablagʻlar limitini oshirish yoki mablagʻlarni tadqiqot yoʻnalishlari oʻrtasida qayta taqsimlash huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilingan barcha turdagi loyiha hujjatlarining moliyaviy-iqtisodiy ekspertizasi Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy-iqtisodiy ekspertiza loyiha fan yoʻnalishi boʻyicha tegishli ilmiy-texnik kengash tomonidan moliyalashtirishga tavsiya etish toʻgʻrisidagi bayonnoma Buyurtmachiga taqdim etilgan kundan boshlab oʻn ish kunida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy-iqtisodiy ekspertizadan oʻtmagan loyihalar keyingi bosqichga oʻtkazilmaydi va moliyalashtirilmaydi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qaroriga asosan ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalari ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa manfaatdor tashkilotlarning asoslangan takliflari asosida ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq shakllantiriladi, tegishli ilmiy-texnik kengashda ilmiy ekspertiza va loyihaning ochiq muhokamasi natijasiga koʻra tanlovlarsiz moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi ustuvor yoʻnalishlarga muvofiq tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalariga eʼlon beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eʼlon boʻyicha tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalariga talab etiladigan hujjatlar Buyurtmachining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi va unda loyiha talabnomalarini qabul qilish muddatlari, amalga oshirish muddatlari va loyihalarni amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar koʻrsatilgan boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalari boʻyicha loyiha talabnomalari Buyurtmachi tomonidan belgilangan talablar va shakllarga muvofiq taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tashabbuskor loyihalarni amalga oshirish muddatlari tadqiqot turlari boʻyicha ishlarni bajarish muddatiga qoʻyiladigan talablarni hisobga olgan holda, asoslantirilgan kalendar ish rejalariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Tashabbuskor loyihalarni moliyalashtirish hajmi loyihani amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan hisob-kitoblar va moliyaviy rejalar asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari tomonidan taqdim etilgan tashabbuskor loyihalarni amalga oshirish muddatlari va moliyalashtirish hajmi loyiha talabnomalarining oʻtkazilayotgan ekspertizasi natijasi boʻyicha tegishli ilmiy-texnik kengashlar va buyurtmachining qarori bilan oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Amaliy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalarining talabnomalari ilmiy faoliyat subyektlari va sanoat hamkorlari bilan birgalikda taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday arizada sanoat hamkori tomonidan qoʻshma (ulushli) moliyalashtirish hajmi, shu jumladan qoʻshma moliyalashtirish xarajatlari turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Buyurtmachi berilgan eʼlonga koʻra, tadqiqot yoʻnalishlariga koʻra tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalari boʻyicha kelib tushgan loyihalarni qabul qiladi, ularning texnik ekspertizasini oʻtkazadi va huzuridagi ilmiy-texnik kengashlarda loyihaning ilmiy ekspertizani va ochiq muhokamasi tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyiha takliflarini qabul qilish, eʼlon va tanlovlarni tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Buyurtmachi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tematik ilmiy-tadqiqot loyihalariga muntazam ravishda tanlov eʼlon qiladi va tegishli ilmiy-texnik kengashda ilmiy ekspertiza va loyihaning ochiq muhokamasi natijasiga koʻra eng maqbul loyihalardan birini tanlab, moliyalashtirishga tavsiya etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalariga taklif qabul qiladi, tegishli ilmiy-texnik kengashda ilmiy ekspertiza va loyihaning ochiq muhokamasi natijasiga koʻra tanlovsiz moliyalashtirishga tavsiya etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilm-fanning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha tashabbuskor loyihalarga eʼlon beradi va tegishli ilmiy-texnik kengashda ilmiy ekspertiza va loyihaning ochiq muhokamasi natijasiga koʻra tanlovsiz moliyalashtirishga tavsiya etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Tashabbuskor loyihalarga eʼlon va tematik loyihalari tanlov talablari Buyurtmachining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi hamda loyiha talabnomalarini qabul qilish muddatlari, loyiha mavzularining nomi, amalga oshirish muddatlari va loyihalarni moliyalashtirishning prognoz miqdori, loyihalarni amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar, loyihalarni amalga oshirish boʻyicha topshiriqni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarni amalga oshirish boʻyicha chiqarilgan topshiriqlarning asoslanganligiga qarab, tanlovlar oʻtkazilishi yoki tanlovlarsiz moliyalashtirish uchun kollegial organga xulosa berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, Buyurtmachining talablari va tanlov hujjatlariga muvofiq ilmiy faoliyat subyektlari, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanuvchi boshqa tashkilotlar ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun loyiha hujjatlari toʻplami bilan loyihalar tanlovida qatnashish, hujjatlar toʻplamini eʼlonda belgilangan muddatlarga muvofiq taqdim etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Loyiha talabnomasi tarkibidagi hujjatlarning asosiy roʻyxati va ularni rasmiylashtirish (toʻldirish) va taqdim etish tartibi Buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi hamda Buyurtmachining rasmiy veb-saytida va zarur hollarda, boshqa ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Loyiha talabnomalari Buyurtmachi tomonidan eʼlon qilingan hujjatlar eʼlon yoki tanlov shartlarida belgilangan sanaga qadar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Buyurtmachi ilmiy-tadqiqot loyihalari boʻyicha kelib tushgan barcha loyihani roʻyxatdan oʻtkazadi va ularga roʻyxatga olish raqamlarini beradi hamda texnik ekspertizadan oʻtkazadi. Texnik talablarga mos loyihalar ilmiy ekspertiza va ochiq muhokama oʻtkazish uchun buyurtmachi huzuridagi tegishli ilmiy-texnik kengashlarga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Yopiq mavzudagi (maxsus yoʻnalishdagi) ilmiy-tadqiqot loyihalariga eʼlon va tanlovlar davlat buyurtmasiga qoʻyilgan talablar doirasida maxfiy ish yuritish talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yopiq ilmiy-tadqiqot loyihalariga eʼlon va tanlovlar ochiqlanmaydi. Tanlovda ishtirok etish uchun takliflar loyiha talabnomalari, oldindan belgilangan ijrochi tashkilot boʻlmagan taqdirda, buyurtmachi tomonidan maxsus aloqa kanallari orqali qabul qilishning tegishli darajasiga ega tashkilotlarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Xalqaro bitimlar doirasida amalga oshiriladigan tematik yoki tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalariga eʼlon va tanlovlar ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalari talabnomalariga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Loyiha talabnomasida loyihani amalga oshiradigan ilmiy jamoa tarkibiga kiritilgan ijrochilar soni, shuningdek, loyihaning asosiy ijrochilari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Loyihani amalga oshirish boshlangan vaqtda tuzilgan ilmiy jamoaning oʻrtacha yoshi, qoida tariqasida, 45 yoshdan oshmasligi kerak. Tadqiqot guruhining oʻrtacha yoshi ijrochilar yoshining arifmetik oʻrtacha darajasi sifatida hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Akademik va ilmiy almashinuvni ragʻbatlantirish, akademik harakatchanlik va hamkorlikni rivojlantirish uchun 45 yoshgacha boʻlgan yosh olimlarning milliy (respublika) ilmiy va xorijiy taʼlim muassasalariga qisqa va uzoq muddatli xizmat safarlari (jumladan ilmiy anjumanlarda ishtirok etish) loyiha talabnomalarga kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat safarining maqsadi ilmiy-tadqiqot loyihasi kalendar rejasiga mos kelishi va loyiha koʻrsatkichlarining bajarilishiga xizmat qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Fundamental ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun loyiha talabnomasiga qoʻyiladigan asosiy talab ilmiy jamoa va loyihani amalga oshiruvchi tashkilotning falsafa doktori yoki fan doktori ilmiy unvoni boʻyicha ilmiy guruh aʼzolaridan kamida bittasi tomonidan ilmiy dissertatsiya tayyorlash va himoya qilinishini taʼminlashdan iborat boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Amaliy va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda sanoat yoki tarmoq tomonidan hamkorlikda moliyalashtirishga qiziqish boʻlgan taqdirda, loyiha talabnomalariga sanoat yoki tarmoq hamkori toʻgʻrisidagi maʼlumot va uning moliyaviy ishtiroki (hamkorlikda moliyalashtirish) hajmi va turlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, shuningdek, ilmiy izlanuvchilar institutini rivojlantirish uchun ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot guruhiga ilmiy stajyor lavozimi kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Ijrochi tashkilotlar loyihani toʻliq yoki qisman amalga oshirish uchun xorijiy olimlarni va xorijiy ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlaydigan mutaxassislarni, taʼlim muassasalarini, tashkilotlarni va tadbirkorlik subyektlarini jalb qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Har bir loyiha talabnomasi Buyurtmachi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan shakllarga muvofiq tuzilgan quyidagi hujjatlarni oʻz ichiga olishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot guruhining tarkibi har bir lavozimga talablar tavsifi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha mablagʻlarining ilmiy-tadqiqot loyihasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik resurs bazasini (binolar, jihozlar, inventarlar, dasturiy taʼminot, maʼlumotlar bazalari, maʼlumot manbalari va boshqalar) shakllantirishga yoʻnaltirilganligi (kamida 40 foiz miqdorida), ilmiy jamoa uchun yaratib beriladigan shart-sharoitlar mavjudligini koʻrsatuvchi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu ishlarni amalga oshirish bilan shugʻullanadigan tadqiqot guruhi aʼzolari bilan ishlashning ketma-ketligini tavsiflovchi kalendar reja;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarajatlar yoʻnalishlari koʻrsatilgan, zarur moliyalashtirish hajmi va muddatlarini aks ettiruvchi moliyaviy reja va hisob-kitoblar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqotning kutilayotgan natijalarini qoʻllash sohasi koʻrsatilgan holda uning asosiy natijalari tavsifi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Loyiha va tadqiqot turiga qarab, loyiha talabnomalari tarkibiga qoʻyiladigan talablarning toʻliq roʻyxati Buyurtmachi tomonidan belgilanadi, tasdiqlanadi va rasmiy veb-saytida va zarur hollarda, boshqa ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Loyihalarni ekspertizadan oʻtkazish va loyiha talabnomalarini tanlov asosida saralab olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Loyihalarni ekspertizadan oʻtkazish va loyiha talabnomalarini tanlov asosida saralab olishga qoʻyilgan umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Tematik loyihalar tanloviga hujjatlar topshirish muddatining oxirgi sanasigacha tanlov hujjatlarida belgilangan talablarga javob beradigan kamida ikkita loyiha talabnomasi kelib tushgan boʻlsa, tanlov haqiqiy deb hisoblanadi. Bu holda loyiha talabnomalari ekspertiza va keyingi tanlov uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Agar tanlovda bitta ishtirokchi qatnashgan boʻlsa yoki hech kim qatnashmagan boʻlsa, u holda tanlov boʻlmagan deb hisoblanadi. Bu holda Buyurtmachi ushbu loyiha boʻyicha bir xil shartlar va talablar asosida qayta tanlov oʻtkazishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Agar loyihalarning texnik ekspertizasi natijalariga koʻra, Buyurtmachi barcha loyihalarni rad etsa yoki bitta hujjat talabnomasi tanlov hujjatlari talablariga javob bersa, tanlov boʻlmagan deb topiladi va qayta tanlov eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Tanlov hujjatlari shartlarini oʻzgartirmasdan, qayta tanlovda yangi takliflarni qabul qilish muddati kamida oʻn ish kuni deb belgilanadi. Agar qayta tanlovga muqobil loyiha talabnomasi kelib tushmasa, dastlabki bosqichda tanlovga kelib tushgan bitta loyiha Buyurtmachi tomonidan suhbat asosida arizachi bilan muzokara oʻtkazilib, ijobiy xulosa natijasiga koʻra belgilangan tartibda keyingi bosqichga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Olingan loyiha talabnomalarining ekspertizasi Buyurtmachi tomonidan tashkil qilinadi. Bunda dastlab texnik va keyinchalik ilmiy ekspertizani oʻtkazish yoʻli bilan yakuniy xulosa shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Loyiha hujjatlarining texnik ekspertizasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Qabul qilingan barcha turdagi loyiha hujjatlarining texnik ekspertizasi Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi. Texnik ekspertizani oʻtkazish muddati loyiha talabnomalari uchun hujjatlarni qabul qilish tugagan kundan boshlab oʻn besh kundan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Texnik ekspertiza taqdim etilgan hujjatlarning Buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan talablarga muvofiqligini, shuningdek, loyiha hujjatlariga koʻra taqdim etilgan maʼlumotlarni tahlil qilishda xatolarni aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Texnik ekspertiza quyidagi tartiblarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnomaga ilova qilingan shakllarning toʻliqligi va toʻgʻriligini, zarur imzo, muhr va shtamplarning mavjudligini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari topshirilgan loyiha talabnomasiga oʻxshash yoki shu mavzuda bajarilgan loyihalarning mavjudligi va loyiha talabnomalarining takrorlanishini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblar mavjudligini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha talabnomasiga koʻra, har taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarni tekshirish, texnik xatolar va noaniqliklar yoʻqligini tekshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Loyiha hujjatlari boʻyicha texnik ekspertizaning ijobiy xulosasi boʻlgan taqdirda, hujjatlar toʻplami Buyurtmachi tomonidan ilmiy ekspertizani oʻtkazish uchun Buyurtmachi huzuridagi fan yoʻnalishlari boʻyicha tegishli ilmiy-texnik kengashlarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Loyiha hujjatlari boʻyicha texnik ekspertizaning salbiy xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda, Buyurtmachi loyihani taqdim etgan muassasaga (tashkilotga) bu haqda yozma ravishda maʼlum qiladi. Buyurtmachi tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish uchun uch ish kunidan kam boʻlmagan muddat belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi loyiha talabnomada koʻrsatilgan tartibda asoslantirilgan xulosani tegishli tashkilotga (muassasaga) yetkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar loyiha taqdim etgan tashkilot (muassasa) Buyurtmachi tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni belgilangan muddatda taqdim etmasa, loyiha koʻrib chiqish jarayonidan olib tashlanadi va ilmiy ekspertizadan oʻtkazilmaydi. Mazkur holatda loyiha hujjatlari uni taqdim etgan tashkilotga (muassasa) qaytarib yuborilmaydi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Buyurtmachida saqlanadi. Loyihani taqdim etgan tashkilot (muassasa)ning yozma murojaatiga asosan loyiha hujjatlari Buyurtmachi tomonidan qaytarilishi mumkin.
(65-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Tanlovga bitta loyiha taqdim etilgan hollarda loyihalarni alohida tartibda koʻrib chiqish uchun Buyurtmachining buyrugʻiga binoan Buyurtmachining tarkibiy boʻlinmalarining masʼul xodimlaridan kamida besh kishidan iborat tarkibda ishchi guruh tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh besh ish kuni ichida yagona ishtirokchining loyihasini koʻrib chiqadi va uning tanlov takliflarini taqqoslaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Individual tartibda koʻrib chiqilayotgan loyiha ushbu mavzu boʻyicha ilmiy izlanishlarning hozirgi bosqichida talabga ega boʻlishi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning, shu jumladan tijoratlashtirish imkoniyatiga ega boʻlgan yakuniy tayyor mahsulot texnologiyalariga yoʻnaltirilgan loyihalarning ehtiyojlariga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish natijalariga koʻra, ishchi guruh loyihani ilmiy-texnik kengashda koʻrib chiqish uchun asos boʻlgan tegishli bayonni tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Loyihalarning ilmiy ekspertizasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Davlat buyurtmasi asosida bajariladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi ilmiy loyihalar davlat ilmiy ekspertizasidan oʻtkazilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Loyiha talabnomalarining ilmiy ekspertizasi ikki bosqichda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqichda har bir loyiha talabnomasi Buyurtmachi tomonidan mustaqil ekspertlarni, shu jumladan xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda ekspertiza qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqichda har bir loyiha talabnomasi fan yoʻnalishlari boʻyicha tegishli ilmiy-texnik kengashlar (ITK) tomonidan ochiq muhokamadan oʻtkaziladi.
(68-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Ilmiy ekspertiza loyihaning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyatini, uni texnik jihatdan amalga oshirish imkoniyatlarini, shu jumladan moddiy-texnik bazaning yetarli ekanligi, ilmiy salohiyatning va ilmiy jamoaning ilmiy natijalari mavjudligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Ilmiy ekspertiza quyidagi tamoyillarga asoslangan holda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertlarning mustaqilligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy loyihani ilmiy yondashuv asosida, xolis, toʻliq va har tomonlama oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza natijalarining asoslantirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertlarning chuqur bilimga egaligi, yuqori darajada professional va kasbiy mahoratga egaligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat, xizmat va tijorat sirlariga rioya qilgan holda ekspertiza natijalarining ochiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat, texnika va ekologik xavfsizlikka, milliy va xalqaro standartlarga rioya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Ilmiy ekspertizani amalga oshirish jarayonida uning natijalaridan shaxsan manfaatdor boʻlgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining qatnashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Ilmiy ekspertiza muddati Buyurtmachi tomonidan ITKga loyiha kelib tushgan sanadan boshlab bir oydan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Loyiha talabnomalarining ilmiy ekspertizasi ikki bosqichda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Ilmiy ekspertizaning birinchi bosqichida loyiha talabnomasi kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida ikkita ekspert boʻyicha taklif Buyurtmachiga kiritiladi. Buyurtmachi tomonidan ekspertlar roʻyxatga olingandan soʻng, ekspertlarga loyihalar koʻrib chiqish va baholash uchun taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertlarga qoʻyiladigan talablar, ularni tanlash va ekspertizaga tayinlash tartibi Buyurtmachi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Ilmiy ekspertizaning birinchi bosqichida ekspertlar loyiha talabnomasini bir oy muddatda koʻrib chiqadi. Ekspertiza natijalariga koʻra, har bir ekspert loyiha boʻyicha oʻzining ekspert xulosasini beradi va uni 100 ballik shkala boʻyicha baholaydi, bunda 0 ball — eng past koʻrsatkich, 100 ball — eng yuqori koʻrsatkich hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda agar bir loyiha boʻyicha ikki ekspert baholaridagi farq 25 balldan yuqori boʻlsa, ekspertiza natijalarini aniqlashtirish maqsadida uchinchi ekspert qoʻshimcha ekspertiza uchun tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha talabnomasining yakuniy ekspert bahosi barcha ekspert baholarining oʻrtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy ekspertizaning birinchi bosqichi natijalari Buyurtmachi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ekspert xulosalari ilmiy ekspertizaning ikkinchi bosqichini oʻtkazish uchun ITKga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy ekspertizadan oʻtmagan loyihalar ITK tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bayonnoma va ekspert xulosalari bilan birga Buyurtmachiga qaytariladi. Buyurtmachi asoslantirilgan rad etish xulosasini loyiha rahbarlariga interfaol xizmat orqali bildirish uchun elektron platformaga joylashtiradi.
(75-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Ilmiy ekspertizaning ikkinchi bosqichida loyihalar ITK yigʻilishida ochiq muhokama (taqdimot) shaklida koʻrib chiqiladi. Ilmiy loyihaning rahbari ilmiy loyiha taqdimoti bilan ITK yigʻilishlarida qatnashadi. ITK aʼzolari tadqiqot loyihasi va loyihani qoʻllash mavzusi boʻyicha savollar berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Taqdimot va ochiq muhokamaning natijalariga koʻra, ovoz berish huquqiga ega ITK aʼzolari loyiha talabnomasini 100 ball tizimidan foydalangan holda baholaydi, bunda 0 ball eng past baho va 100 ball eng yuqori baho hisoblanadi. ITK aʼzolarining baholari yigʻilish bayonnomasida qayd etiladi. ITK tomonidan loyiha taklifining yakuniy bahosi ITK aʼzolari baholarining oʻrtacha arifmetik qiymati bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha talabnomasini baholash jarayonida loyihani amalga oshirishni rejalashtirilayotgan tadqiqotchilar guruhi rahbari va aʼzolarining qatnashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. ITK yigʻilishining qoidalari va qarorlarini qabul qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashlar toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. ITK tomonidan yakuniy bahosi 60 va undan yuqori ball boʻlgan taqdirda, loyiha talabnomasi ilmiy ekspertizaning ikkinchi bosqichidan oʻtgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Har bir loyiha talabnoma boʻyicha ilmiy ekspertiza yakunlangach, ITK xulosa va tavsiyalar beradi. ITK qarorlari va xulosalari yigʻilish bayoni shaklida tuzilib, rais tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. ITK aʼzosi baholash jarayonida koʻpchilikning fikriga qoʻshilmasa, oʻzining alohida fikrini bildirishga haqli. ITK aʼzosining alohida fikri yigʻilish bayonnomasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. ITK oʻxshash mavzular va yoʻnalishlar boʻyicha birlashtirgan, ularni bajarish jarayonini maqbullashtirish maqsadida ish hajmi va xarajatlarni aniqlaydigan rejalashtirilgan ishlarni toʻgʻrilash boʻyicha takliflar ishlab chiqishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. ITK ekspertizasi natijalari tahlil qilinib, umumlashtirilganidan soʻng oʻn kun ichida kollegial organga koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi. Kollegial organ loyiha buyurtmalarini toʻgʻri va xolis baholaganligini tekshirish maqsadida qoʻshimcha ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli. Qoʻshimcha ekspertiza oʻtkazish tartibi kollegial organ tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kollegial organ ITK raislarini qabul qilingan qarorlarga tushuntirish berishni soʻrab muhokamaga taklif qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, loyiha talabnomasi ilmiy ekspertiza jarayonida ishlab chiqilgan xulosa va tavsiyalar asosida, shuningdek kollegial organning koʻrsatmasiga muvofiq ITK tomonidan qayta ishlanib, uning mavzusi va tarkibiga qisman oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan tavsiyalar bilan Buyurtmachiga taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ITK tomonidan bir marotaba loyiha rahbariga uch ish kuni ichida tegishli oʻzgartirishlar qilishga ruxsat beriladi, oʻzgartirilgan loyiha qayta ekspertiza va muhokamadan oʻtkaziladi. ITK bayonida va uning qaror qismida loyiha talabnomasini qayta ishlash bilan bogʻliq barcha jarayonlar toʻliq asoslantirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Ijobiy baholangan va moliyalashtirishga tavsiya etilgan ilmiy-tadqiqot loyihalarining yakuniy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror kollegial organ tomonidan hujjatlar taqdim etilgan sanadan boshlab oʻn ish kuni mobaynida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Ijobiy baholangan loyihalarni tasdiqlash boʻyicha kollegial organ yigʻilishida nizo yuzaga kelgan taqdirda, kollegial organ qarori bilan loyihalar Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashida koʻrib chiqish uchun yoʻnaltirilishi va bunda ITK raisi tomonidan taqdimot oʻtkazilishi mumkin. Jamoatchilik kengashi bir oy muddatda loyiha boʻyicha, shu jumladan loyihalarni moliyalashtirish yoki moliyalashtirishni rad etish boʻyicha oʻz tavsiyalarini kollegial organga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Buyurtmachi kollegial organ qarori qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn besh kun muddatda ilmiy-tadqiqot loyihasining ijrochi tashkiloti bilan belgilangan tartibda shartnoma imzolashi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomada moliyalashtirish shartlari va tomonlarning majburiyatlari nazarda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomalarning namunaviy shakllari, shu jumladan ilova qilingan shakllar, jadvallar va boshqa materiallar buyurtmachi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Loyihalar boʻyicha oʻtkaziladigan ilmiy ekspertizani baholash mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Davlat buyurtmasini amalga oshirish doirasida ilmiy-tadqiqot loyihalari tanloviga taqdim etilgan loyiha talabnomasining ilmiy-texnik darajasini baholash quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) fundamental tadqiqotlar uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashabbuskor loyihalarning fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning maqsadli tanlov mavzusi va shartlariga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavzuning dolzarbligi, tadqiqotning yangiligi va ushbu yoʻnalishda ilmiy natijalarning mavjudligi va darajasi hamda yangi bilimlarni olish, yangi nazariyalar, usullar, tushunchalarni yaratishga qaratilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqot mavzusi boʻyicha zarur ilmiy salohiyat va ilmiy maʼlumotlarning mavjudligi (yuqori malakali olimlar jamoasi, soʻnggi besh yil ichida nashr etilgan ilmiy nashrlarning soni va sifati, patentlarning mavjudligi, yetakchi milliy va xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlikning mavjudligi va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha ijrochilari tarkibida 35 yoshgacha boʻlgan yosh olimlarning mavjudligi, ularning soni va sifat xususiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur moddiy-texnik bazadan (binolar, jihozlar, inventarlar, dasturiy taʼminot, maʼlumotlar bazasi, axborot resurslari va boshqalar) foydalanish imkoniyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) amaliy loyihalar uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqotning ilmiy yangiligi, amaliy muammolarni hal qilish uchun yangi usullarni oʻrganishning kutilayotgan samarasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish imkoniyati, shu jumladan sanoat hamkori va loyihani amalga oshirishdagi tomonlar hissasini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish natijasida kutilayotgan natijalar: ilmiy-texnik hujjatlar toʻplamini (texnologik yoki laboratoriya reglamentlari, texnik pasport, texnik shartlar, loyihalash hujjatlari va boshqalar), eksperimental (laboratoriya, ishlab chiqarish, klinik) sinovlarni oʻtkazish uchun yangi yondashuvlar va usullarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur salohiyat — ilmiy (ushbu masala boʻyicha yuqori malakali olimlar jamoasi) va moddiy-texnik resurslar (asboblar, uskunalar, materiallar va boshqa vositalar)ning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha ijrochilari tarkibida 35 yoshgacha boʻlgan yosh olimlarning mavjudligi (doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrlar, bakalavrlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha ijrochilarining ilmiy salohiyati: ilmiy nashrlarning mavjudligi (xorijiy nashrlarda maqolalar, patentlar yoki boshqa ilmiy hujjatlar, monografiyalar, oʻquv qoʻllanmalari, dasturiy mahsulotlar), shuningdek, soʻnggi besh yil ichida nashr etilgan xalqaro va milliy konferensiyalarda ilmiy maqola va tezislar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) innovatsion loyihalar uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar: import oʻrnini bosuvchi yoki eksportga yoʻnaltirilgan yuqori texnologiyali mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish va ishlab chiqarishni tashkil etish (tayyorlash) uchun ilmiy-texnik hujjatlarni ishlab chiqishni (tasdiqlash) rejalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani tijoratlashtirish istiqbollari va sanoat hamkori darajasini va loyihani amalga oshirishga qoʻshgan hissasini baholash (mahsulot maʼlum bir isteʼmolchi uchun mos boʻlgan bozorga kirish va aniq istiqbolga ega boʻlishi kerak);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsiya obyektiga talab darajasi: mahsulotga (texnologiya, ishlanma) talab — sanoat hamkori va (yoki) boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan loyihani amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni yaratishda kafolatlar mavjudligi (loyihani amalga oshirishga qiziqish, zarur materiallar yoki boshqa manbalarni taqdim etishda ishtirok etish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofaza qilinadigan hujjatlarning mavjudligi: patent (dasturiy mahsulot uchun guvohnoma) va taklif qilinayotgan mahsulot (texnologiya) uchun ilmiy-texnik hujjatlarning toʻliq toʻplami yoki texnik reglament, sinov sertifikati, texnik shartlar, eʼlon qilingan ilmiy maqolalar, patentga (dasturiy mahsulotga) topshirilgan talabnoma (sertifikat) va ishlab chiqarilgan laboratoriya reglamentlari, laboratoriya sinovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha ijrochilarining tegishli ilmiy-texnik yoki innovatsion faoliyat va tajriba-konstruktorlik ishlari boʻyicha amaliy tajribasining mavjudligi: mahsulot tajriba namunasining mavjudligi, ishlab chiqarish rejalashtirilayotgan mahsulotning ilmiy-texnik yoki ishchi tajriba-texnologik hujjatlari va/yoki mahsulotning laboratoriya, tajriba namunasining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish bazasining texnologik jihatdan taʼminlanganlik darajasi: ishlab chiqarish bazasi, asboblar, uskunalar va boshqa zarur infratuzilma mavjudligi yoki rejalashtirilayotganligi (loyihani amalga oshirish paytida), shuningdek, mahalliy resurslar (xom ashyo va butlovchi qismlar) bilan taʼminlanganligi (mavjudligi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Ilmiy-tadqiqot loyihalarini davlat buyurtmasi asosida moliyalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Davlat buyurtmasi asosida ilmiy-tadqiqot loyihalarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan hamda ushbu maqsadlar uchun jalb qilingan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tarmoq va sanoat korxonalari muammolarini hal etishga qaratilgan davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalari tarmoq va sanoat korxonalari bilan kelishuvlar asosida sheriklikda moliyalashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmasi asosida ilmiy-tadqiqot loyihalarni moliyalashtirish tegishli moliya yilidan boshlab quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-tadqiqot loyihalari Innovatsion rivojlanish vazirligi Hayʼatining tegishli qarorlari asosida Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) orqali moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir ilmiy-tadqiqot loyihasini moliyalashtirish uchun alohida shaxsiy hisobvaraq ochiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijrochi tashkilot tomonidan har bir ilmiy-tadqiqot loyihalar boʻyicha belgilangan tartibda xarajatlar smetasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
(88-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Har bir ilmiy-tadqiqot loyihasi hamda hisobotlarni (oraliq va yakuniy) mustaqil ekspertlar tomonidan ilmiy ekspertizadan oʻtkazilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining yarmiga teng hajmda gonorar toʻlanadi.
(89-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Loyiha doirasida ajratilgan mablagʻlar ilmiy izlanishlar olib borishga, shuningdek, ish haqidan tashqari, umumiy mablagʻning kamida 40 foizi ilmiy asbob-uskunalar, xom ashyolar hamda boshqa zarur materiallarni xarid qilish va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish bilan bogʻliq boshqa xarajatlarga yoʻnaltirilishi lozim, bunda fundamental, shuningdek, ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi loyihalarda mazkur miqdor 20 foizgacha kamaytirilishi mumkin.
(90-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81-bob. Davlat ilmiy dasturlari doirasida amalga oshiriladigan ilmiy loyihalar xarajatlarini rejalashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
901. Loyiha ilmiy rahbari boshqa joyga ishga oʻtgan hollarda loyihaning amalga oshirilish joyi (ijrochi tashkilot) oʻzgartirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
902. Xarajatlar kalkulyatsiyasini tuzishda xarajatlarning umumiy moliyaviy hajmi loyiha bajarilishining butun davri uchun shu jumladan, har bir moliyaviy yil kesimida alohida jadvallarda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
903. Loyihalarni amalga oshirish uchun xarajatlar kalkulyatsiyasi quyidagicha rejalashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish haqi toʻlovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish haqiga tenglashtirilgan toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona ijtimoiy toʻlov;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa xarajatlar shu jumladan, ilmiy xizmat safarlari xarajatlari hamda asosiy vositalarni sotib olish xarajatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
904. Mehnatga haq toʻlash fondini shakllantirishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani bajarishda ishtirok etuvchi xodimlar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari rahbar, ilmiy va ishlab chiqarish xodimlariga belgilangan tegishli bazaviy lavozim maoshlari asosida, yordamchi xodimlar mehnatiga haq toʻlash tegishli normativlar hamda vaqtinchalik pudrat shartnomalari asosida hisoblangan ish haqi toʻlovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish haqini mintaqaviy tartibga solish hisobiga, shu jumladan, choʻl, suvsiz va baland togʻli hududlarda ishlash uchun mintaqaviy koeffitsiyentlar boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiladorlik va tugʻish davriga kasallik varaqasi boʻyicha toʻlovlar (loyihani bajarishda qatnashuvchi tashqi oʻrindoshlarga tatbiq etilmaydi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy xodimlar, ilmiy yordamchi va boshqa xodimlar uchun ish haqi fondiga kiritilgan va qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa toʻlov turlari loyihani bajarish uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
905. Yagona ijtimoiy toʻlovlar ish haqi fondiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan miqdorda rejalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
906. Safar xarajatlarida, loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi ilmiy va ilmiy yordamchi xodimlarning safar xarajatlari belgilangan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihalarni amalga oshirish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ijrochi tashkilotlar ilmiy xodimlarining respublika doirasida hamda xorijiy xizmat safarlari tadbirlarda ishtirok etish uchun taqdim etilgan asoslovchi hujjatlar va loyihaning kalendar rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy xizmat safarlari xarajatlarini toʻlash uchun milliy valyutani xorijiy valyutaga aylantirish qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
907. Boshqa xarajatlarning har bir turi sarflanadigan mablagʻlar va ularning taqsimoti xarajatlar kalkulyatsiyasida alohida jadvallarda asoslab koʻrsatiladi. Xarajat turlari har bir loyihaning mazmuni va xususiyatidan kelib chiqib shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
908. Davlat budjeti hisobidan loyihalarni bajarish uchun ajratilgan mablagʻlarning quyidagi xarajatlarga sarflanishi man etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarni qoʻriqlash xizmati toʻlovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarini (maxsus transport vositalari bundan mustasno), hashamatli yumshoq mebellar va aksessuarlarni, uyali telefonlarni sotib olish xarajatlari, loyiha ijrochisi boʻlmagan xodimlarning xizmat safarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat transporti, maxsus yoʻnalishli transport vositalari, idoraviy transport vositalarida ish joyiga qatnash uchun yoʻl haqini toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davolanish va dam olish, ekskursiyalar va sayohatlar, sport seksiyalari, toʻgaraklar, klublardagi tadbirlar, madaniy-koʻngilochar va jismoniy tarbiya (sport) tadbirlariga tashriflar hamda shaxsiy isteʼmol mollarini sotib olish xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy moliyalashtiriladigan, shuningdek xodimlari mehnatiga haq toʻlash, bino va inshootlarini saqlash hamda joriy xarajatlarini qoplash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan ijrochi tashkilotlarda ustama xarajatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
909. Loyihalarni moliyalashtirish uchun ajratilgan moliyaviy mablagʻlar Kollegial organ qaroriga muvofiq Buyurtmachi buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9010. Buyurtmachining Kollegial organ qaroriga muvofiq qabul qilingan buyrugʻi asosida davlat ilmiy dasturlarini bajarishga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar boʻyicha xarajatlar smetasi doirasida ijrochi tashkilotlarga ajratilgan mablagʻlar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida har bir ijrochi tashkilot uchun (innovatsion, amaliy va fundamental loyihalar boʻyicha) ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi orqali moliyalashtiriladi.
(9010-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9011. Loyihalar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan faqat yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tashkilotlar orqali moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9012. Davlat ilmiy dasturlarini bajarish uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar boʻyicha xarajatlar smetasi ijrochi tashkilotlar boʻyicha barcha ilmiy loyihalarning umumiy summasi Budjet tizimi budjetlari iqtisodiy xarajatlar tasnifining bir satrida — 42 99 990 (Tovar va xizmatlar sotib olish boʻyicha boshqa xarajatlar) moddasi orqali aks ettirilgan holda tuziladi va moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9013. Loyihalarni Davlat budjetidan moliyalashtirishni muddatidan oldin toʻxtatish Ilmiy-texnik kengashning ushbu loyihalarni moliyalashtirishni davom ettirish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi xulosalariga asosan Buyurtmachining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachining qaroriga asosan loyihalarni bajarish muddati uzaytirilishi hamda moliyalashtirish hajmiga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Bunda uzaytirilgan muddatda amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarining kalendar rejasi qoʻshimcha shartnoma bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9014. Loyihalarni moliyalashtirish muddatidan oldin toʻxtatilganda, loyiha uchun ajratilgan mablagʻlarning foydalanilmagan qoldiq summasi ijrochi tashkilotlarning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan belgilangan tartibda chegiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻxtatilgan loyihalar shuningdek, tegishli moliya yilida loyihalar boʻyicha sarf etilmagan mablagʻlar Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9015. Loyihalarga ajratilgan mablagʻlar hisobidan xarid qilingan barcha asosiy vositalar ijrochi tashkilotlarning balansida qayd etiladi va ularning mulki hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9016. Loyihalarni amalga oshirish uchun ajratilgan budjet mablagʻlaridan oʻz vaqtida va maqsadli foydalanish boʻyicha javobgarlik ijrochi tashkilotlar rahbarlari va bosh hisobchilari, shuningdek, loyiha rahbarlari zimmalariga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9017. Loyihalarni amalga oshirish uchun ajratilgan budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanish boʻyicha davlat moliyaviy nazorati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(9017-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalarini monitoring qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalari monitoringi ularning tasdiqlangan rejasiga koʻra bajarilishini, moliyaviy mablagʻlarning maqsadga muvofiq sarflanishini, belgilangan muddatlarda hisobotlar taqdim etilishini va olingan natijalarning samaradorligini baholashni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmasi asosida amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalarning natijalari monitoringi Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Ijrochi tashkilotlar Davlat buyurtmasi asosida amalga oshirilgan loyihalarning hisobotlarini (oraliq va yakuniy) Buyurtmachiga shartnomalarda belgilangan muddatlarda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat hamkorlari ishtirokida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalari boʻyicha tayyorlangan hisobotlar sanoat hamkorlari tomonidan ham tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Buyurtmachi hisobotlarni qabul qiladi, shuningdek, davlat buyurtmasini bajarish boʻyicha axborot va boshqa tahliliy materiallarni tayyorlaydi hamda tegishli ITKga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobotlar va moliyaviy-iqtisodiy masalalar boʻyicha tahlil qilish, koʻrib chiqish va fikr berish buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Buyurtmachi fan yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-texnik kengashlar bilan birgalikda zarur hollarda mustaqil ekspert va mutaxassislarni jalb etgan holda, loyihalarning bajarilishi monitoringini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoring quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hisobotlarni ekspertlar tomonidan koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ITK yigʻilishlarida ilmiy-tadqiqot loyihasi rahbari tomonidan hisobotlarni himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda loyihani bevosita joyiga chiqqan holda oʻrganish, bunda quyidagi asosiy jihatlarga eʼtibor qaratish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot ishlarining loyiha boʻyicha imzolangan shartnoma va uning kalendar rejasiga asosan bajarilish holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijrochi tashkilot tomonidan ilmiy-texnik loyihaning amalga oshirilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan moliyaviy mablagʻning maqsadli sarflanayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy loyihalar natijalari boʻyicha yetakchi xorijiy jurnallarda maqolalar chop etish borasida erishilgan natijalar va ularning mavjud salohiyatga nisbatan qiyosiy tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir loyiha doirasida qoʻlga kiritiladigan yakuniy natijalar va ularni tijoratlashtirish imkoniyatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Buyurtmachi tomonidan ijrochi tashkilot bilan kelishilgan holda oraliq hisobotlarni monitoring qilish hamda qabul qilish jarayonida, agar sanoat hamkori mavjud boʻlsa, tadqiqot dasturiga va kelishuv shartlariga aniqliklar va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Belgilangan ishlarning alohida bosqichlarining rejalashtirilgan hajmlarini oʻz muddatida bajarmaslik, shuningdek, hisobotlarni topshirish muddatlarini va moliyaviy intizomni buzish Buyurtmachining tashabbusi bilan moliyalashtirishni toʻxtatilishiga va shartnomani bekor qilinishiga asos boʻlishi va ijrochi tashkilotga nisbatan tegishli choralar koʻrishga olib kelishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot loyihalari monitoringi natijalari boʻyicha ITK xulosalari Buyurtmachi tomonidan ilmiy yoʻnalishlarning istiqbolini belgilash, ilmiy-tadqiqot loyihalarini moliyalashtirishni davom ettirish yoki toʻxtatish boʻyicha qarorlar qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Ilmiy-tadqiqot loyihasini moliyalashtirishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror kollegial organ tomonidan ITK xulosasi asosida yoki loyihani amalga oshiruvchi tashkilot talabiga binoan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Agar kelishmovchilik yoki farqli natija ijrochi tashkilotga maʼlum boʻlsa, bu haqda besh kun ichida buyurtmachiga maʼlum qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi taqdim etilgan hujjatlar asosida (bildirishnoma, tadqiqot loyihalari toʻgʻrisidagi hisobot), aniqlangan oʻzgarishlar yoki olingan natijalar kutilganidan oʻzgacha boʻlsa, loyihalarni kelgusida moliyalashtirish yoki loyihaning maqsadli parametrlarini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi taqdim etilgan hujjatlar (ariza-xabarnoma, hisobot ilmiy-tadqiqot loyihalari) asosida kutilgan natijalardan farqli oʻlaroq, natijalar ilmiy va amaliy ahamiyatga ega boʻlmaganligi aniqlangan boʻlsa, ilmiy-tadqiqot loyihalarini moliyalashtirishni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyalashtirilishi toʻxtatilgan loyihalardan boʻshagan mablagʻlar mazkur loyihalar amalga oshirilgan ijrochi tashkilotda muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan boshqa ilmiy loyiha(lar)ga (bunda loyihaning kalendar rejasiga qoʻshimcha mablagʻ hisobidan amalga oshiriladigan ishlarni nazarda tutgan holda oʻzgartirish kiritilishi lozim) yoki yangi istiqbolli amaliy va innovatsion loyiha(lar)ni, shu jumladan ijrochi tashkilot tomonidan tayyorlangan loyiha(lar)ni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yangi istiqbolli amaliy va innovatsion loyiha(lar)ni amalga oshirish muddati moliyalashtirilishi toʻxtatilgan loyiha(lar)ning yakunlanish muddati bilan mos boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan loyihalarning hisobotlari buyurtmachi tomonidan majburiy elektron roʻyxatga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot loyihalari natijalarini roʻyxatga olish va hisobini yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot loyihalari natijalari hujjatlashtiriladi va Buyurtmachiga shartnomaga muvofiq GOST 7.32-2001 davlatlararo standarti talablariga muvofiq tuzilgan tadqiqot hisoboti yoki ilmiy-texnik mahsulotlar shaklida taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Ilmiy-tadqiqot loyihalarining ijrochi tashkiloti tomonidan Buyurtmachiga quyidagilar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot loyihalari ijrochi tashkilotining rasmiy blankidagi yoʻllanma xati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqot loyihalari haqida hisobot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatlararo standart talablariga muvofiq tuzilgan GOST 7.9-95 “Xulosa va annotatsiya. Umumiy talablar” referat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Ilmiy-tadqiqot loyihalari natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumot ilmiy-tadqiqot loyihalari ijrochi tashkiloti tomonidan tuzilgan referat shaklida davlatlararo standart GOST 7.9-95 talablariga muvofiq Buyurtmachining elektron maʼlumotlar bazasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Davlat buyurtmasi asosida toʻliq amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot loyihasini qabul qilish tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi, ular tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolanadi va Buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot loyihalari natijalariga boʻlgan huquqlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga ilmiy faoliyat subyektlari tomonidan olingan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquq davlatning ilmiy va oliy taʼlim, shuningdek, boshqa davlat muassasalari nomidan, agar intellektual mulk obyektlari muallif (mualliflari) bilan tuzilgan shartnomalarda boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, davlatga tegishli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Davlat ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalaridan va intellektual mulk obyektlariga mutlaq egalik huquqidan olingan daromad ularning tasarrufiga mustaqil ishlatish huquqi bilan oʻtkazib beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan yoki davlat siri hisoblangan maʼlumotlarni qamrab oluvchi intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(105-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalarining (yosh olimlar loyihalari bundan mustasno) ilmiy rahbarlari ilmiy darajaga ega boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarning har bir ijrochisi faqat bir loyihada toʻliq stavkada va ikki loyihada oʻrindosh sifatida ishtirok etishi mumkin, bunda ularning umumiy ulushi ikki toʻliq stavkadan oshmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Loyiha rahbarlari ijrochi tashkilotlarning rahbarlari bilan bir qatorda loyiha doirasida bajariladigan tadqiqotlarning ilmiy-texnik saviyasi, hisobotlarni belgilangan muddatlarda topshirilishi, shuningdek, moliyaviy mablagʻlarning samarali va maqsadli sarf qilinishi hamda tanlovga loyihalarni taqdim etishda unda keltirilgan ilmiy yangilik, nou-xau va gʻoyalarni ekspertiza jarayonlarida ochiq muhokamaga qoʻyishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida ijrochi tashkilot vakolatli tuzilmasining (xizmatining) xulosasini ilova qilinishiga shaxsan javobgar boʻladi.
(107-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. Ijrochi tashkilot loyihalarni amalga oshirish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratadi, hisobotlarni ilmiy yoki ilmiy-texnik kengashda muhokama qiladi, loyiha rahbarining taklifiga koʻra, tadqiqotlarning sifatli bajarilishini taʼminlash uchun “vaqtinchalik ilmiy jamoa” tashkil etadi. Jamoaga boshqa tashkilotlarning xodimlari ham aʼzo boʻlishi mumkin. Tashkilot rahbari loyiha rahbarini jamoa rahbari etib tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. Ijrochi tashkilot loyiha ilmiy rahbari uzoq muddatga betobligi sababli ish qobiliyatini yoʻqotgan, doimiy istiqomat qilish uchun respublikadan chetga chiqib ketgan, oʻz arizasiga koʻra ilmiy rahbarlikdan voz kechgan yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda, Buyurtmachiga loyiha ilmiy rahbarini almashtirish boʻyicha taklif (tashkilot rahbarining yoʻllanma xati, tashkilot ilmiy yoki ilmiy-texnik kengashi qaroridan koʻchirma va tavsiya etilayotgan yangi loyiha rahbari toʻgʻrisida maʼlumot) kiritadi.
(109-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110. Loyiha ilmiy rahbari boshqa joyga ishga oʻtgan hollarda ushbu loyihaning amalga oshirilish joyi (ijrochi tashkilot) oʻzgartirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Ijrochi tashkilotning qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilgan faoliyati toʻxtatilganda, faoliyati toʻxtatilgan tashkilotdagi loyihalar ilmiy yoʻnalishi mos boshqa tashkilotga oʻtkaziladi.
(111-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112. Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida yosh olimlarning ilmiy loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi aʼzolari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yosh olimlarning ilmiy-tadqiqot loyihalarida ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qatʼi nazar, 40 yoshgacha boʻlgan yosh olimlar ishtirok etishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113. Ushbu qoida talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(113-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114. Davlat buyurtmasi bajarilishini aniq shartlari va tartibi tegishli shartnoma bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida tematik ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 133-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Startap” loyihalarni tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “startap” loyihalarni tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-texnik kengash — ilmiy izlanishlarning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha Buyurtmachining ilmiy siyosatini amalga oshirishga va ishlab chiqishga, “startap” loyihalarni baholashga, ekspertiza qilishga va natijalarini amalga oshirish ishlarini monitoring qilishga koʻmaklashuvchi, oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi, yetakchi olimlar, ekspertlar, mutaxassislar hamda davlat organlarining yuqori malakali mutaxassislaridan iborat tarkibdagi ilmiy-texnik jamoa;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi organ — “startap” loyihalarni baholashda texnik taʼminlash va koʻmaklashishni, shuningdek, loyihalar monitoringini amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining masʼul tarkibiy boʻlinmasi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kollegial organ — Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hayʼati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“startap” kompaniya — ilmiy, ilmiy-texnik va innovatsion faoliyat natijalarini ilgari surish hamda tijoratlashtirish uchun tashkil etiladigan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“startap” loyihalar — amalga oshish xavfi yuqori boʻlgan sharoitda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratuvchi innovatsion ishlanmalarning qoʻllanilishi, koʻlami va tez oʻsish surʼati bilan farqlanadigan yangi biznes loyiha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma beruvchi (talabgor) — loyiha egasi va/yoki “startap” loyihani ishlab chiqqan shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomga muvofiq tasdiqlangan “startap” loyihalar Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) orqali moliyalashtiriladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Startap” loyihalar quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3698-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Jamgʻarmaga ajratilgan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga ajratilgan mablagʻlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Startap” loyihalar tanlovini eʼlon qilish Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi (keyingi oʻrinlarda Buyurtmachi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Buyurtmachi eʼlonga muvofiq talabnoma beruvchi tomonidan topshirilgan “startap” loyihalarni xoʻjalik birlashmalariga, tijorat banklariga va venchur jamgʻarmalarga kelgusida moliyalashtirish masalasini koʻrib chiqish uchun tavsiya qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Startap” loyihalarni tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish mazkur Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. “Startap” loyihalarni tasdiqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Buyurtmachi “startap” loyihalarga bir yilda kamida ikki marta eʼlon beradi. Eʼlon shartlari, yoʻnalishlari hamda loyihalarni topshirish muddatlari Buyurtmachining rasmiy saytida va zarur hollarda boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha hujjatlarini qabul qilish ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi. Loyihalar boʻyicha hujjatlar talabnoma beruvchi tomonidan eʼlon talablariga koʻra tayyorlanadi va topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Startap” loyihalar tanlovida tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar barcha ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari, tajriba-konstruktorlik tashkilotlari, innovatsion markazlar, xususiy kompaniyalar va jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Startap” loyihalar ekspertizasi quyidagicha uch bosqichda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqich — taqdim etilgan talabnomalarning tanlov shartlariga mosligi yuzasidan oʻtkaziladigan texnik ekspertiza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqich — texnik ekspertizadan oʻtgan “startap” loyihalarning moliyaviy-iqtisodiy ekspertizasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi bosqich — birinchi va ikkinchi bosqichlardan muvaffaqiyatli oʻtgan “startap” loyihalarni ilmiy-texnik kengash tomonidan ekspertizadan oʻtkazish, ilmiy-texnik kengash majlisida koʻrib chiqish va baholash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Texnik ekspertiza ishchi organ tomonidan oʻn ish kuni ichida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik ekspertizadan oʻtgan “startap” loyihalar besh ish kuni ichida moliyaviy-iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazish uchun Buyurtmachining Moliyaviy-iqtisodiy va texnik ekspertiza boʻlimiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Startap” loyihalar boʻyicha moliyaviy-iqtisodiy ekspertiza besh ish kuni ichida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Startap” loyihalar boʻyicha ekspertiza oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan maxsus ilmiy-texnik kengash shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-texnik kengash tarkibiga innovatsion tadbirkorlik, moliya va iqtisodiyot sohasida yuqori salohiyatli tadbirkorlar, olimlar, ekspertlar, vazirlik va idoralar vakillari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Har bir “startap” loyiha ilmiy darajaga yoki tadbirkorlik tajribasiga ega boʻlgan ikkita mustaqil ekspertlar tomonidan oʻn ish kuni ichida koʻrib chiqiladi. Ekspertlar tarkibi ilmiy-texnik kengash tomonidan belgilanadi. “Startap” loyiha ijrochisining oʻzi ishtirok etgan loyihada ekspert boʻlib ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Taqdim etilgan “startap” loyihalar ekspertlar tomonidan 100 ballik shkala asosida baholanadi. “Startap” loyihalarni baholash mezonlari va metodikasi Buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ekspertlar tomonidan berilgan xulosa oʻn ish kuni ichida ilmiy-texnik kengashda oʻzaro ochiq muhokama shaklida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Talabnoma beruvchi (talabgor) ilmiy-texnik kengash majlisida “startap” loyiha taqdimoti bilan ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ilmiy-texnik kengashda “startap” loyihalar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning innovatsionligi — avval qoʻllanilmagan texnologiyalar va (yoki) jarayonni tashkil etish prinsiplari yoki avval ishlab chiqarilmagan mahsulotning yangi qoʻllanilish darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning investitsiyaviy jozibadorligi — qoʻshimcha daromad keltiradigan hamda uni amalga oshirishda investitsiyalar xavfini kamaytiradigan qulay investitsion va innovatsion sharoitlar va afzalliklar yigʻindisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqning muhofazalanganligi — muhofaza hujjatlari, va/yoki ilmiy-texnik hujjatlarning toʻliq komplekti va/yoki mahsulotning (texnologiyaning) texnik reglamenti, sinov oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomalar yoki mahsulotning tajriba nusxasi mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning resurs bilan taʼminlanganligi — loyihani texnik amalga oshirish imkoniyatlari (moddiy-texnik baza, xodimlar, muhofaza hujjatlari mavjudligi va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish samaradorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha uchun ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi, eksportga yoʻnaltirilgan yoki import oʻrnini bosadigan ilmiy hajmdor mahsulotlarni olishni tashkil qilish istiqbollari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ilmiy-texnik kengash ekspert xulosalari va ochiq muhokama natijalari asosida “startap” loyihalarni moliyalashtirish yoki moliyalashtirmaslik yuzasidan qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ilmiy-texnik kengash qarorlari va xulosalari ilmiy-texnik kengash yigʻilishi bayoni shaklida rasmiylashtiriladi hamda ilmiy-texnik kengash kotibi tomonidan imzolanadi va uning raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ilmiy-texnik kengash aʼzosi baholash jarayonida koʻpchilikning fikriga qoʻshilmasa, oʻzining alohida fikrini bildirishga haqli. Ilmiy-texnik kengash aʼzosining alohida fikri yigʻilish bayonnomasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ilmiy-texnik kengash ekspertizasining natijalari ishchi organ tomonidan besh ish kuni davomida kollegial organga koʻrib chiqish uchun kiritiladi. Kollegial organ “startap” loyiha toʻgʻri va xolis ekspertizadan oʻtkazilganligini tekshirish maqsadida qoʻshimcha ekspertiza tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli. Qoʻshimcha ekspertiza oʻtkazish tartibi kollegial organ tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kollegial organ har bir “startap” loyihani ilmiy-texnik kengash raisi yoki uning oʻrinbosari ishtirokida koʻrib chiqiladi. Kollegial organ tomonidan “startap” loyihani moliyalashtirish yoki moliyalashtirmaslik toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinadi va Vazir tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. “Startap” loyihalarni moliyalashtirish boʻyicha kollegial organ majlisida munozarali holat yuzaga kelsa, “startap” loyiha ilmiy-texnik kengash raisi ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashiga (keyingi oʻrinlarda Jamoatchilik kengashi deb ataladi) koʻrib chiqishga kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Jamoatchilik kengashi bir oy muddat ichida “startap” loyihani moliyalashtirish yoki moliyalashtirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Jamoatchilik kengashining qarori tavsiyaviy ahamiyatga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Loyihalarni moliyalashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. “Startap” loyihalarni moliyalashtirish kollegial organ qarori va Buyurtmachining buyrugʻiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. “Startap” loyihalarni moliyalashtirish Buyurtmachi, talabnoma beruvchi (talabgor) va Jamgʻarma oʻrtasida tuziladigan shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Agar davlat muassasasi yoki jismoniy shaxs tomonidan berilgan “startap” loyiha kollegial organ tomonidan maʼqullansa, u holda moliyalashtirish toʻgʻrisidagi shartnoma ushbu “startap” loyihani amalga oshirish uchun ochilgan yuridik shaxs (kompaniya) bilan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

27. Moliyalashtirilayotgan “startap” loyihalar ijrochi tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazi, Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi yoki “Yashnobod” innovatsiya texnoparki rezidenti maqomini olish huquqiga ega.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. “Startap” loyihalarni amalga oshirish jarayonini monitoring qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. “Startap” loyihalarning ijrochi tashkilotlari kalendar rejada belgilangan muddatlarda Buyurtmachiga hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. “Startap” loyihalarni amalga oshirish jarayonini monitoring qilish ilmiy-texnik kengashni jalb qilgan holda, ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ besh ish kuni muddatida monitoring natijalari boʻyicha umumlashtirilgan hisobotni Buyurtmachiga taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. “Startap” loyihalarda belgilangan muddatda rejalashtirilgan ishlar bajarilmaganligi hamda loyihalar boʻyicha hisobotlarni taqdim etish boʻyicha muddatlar buzilishi moliyalashtirishni toʻxtatish, shuningdek, “startap” loyiha ijrochisi va Buyurtmachi oʻrtasidagi shartnomani bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

5-bob. Yakunlovchi qoida

Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ushbu Nizom qoidalarini buzishda ayblangan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Startap loyihasiga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanishga talabnoma beruvchi (talabgor) va ijrochi tashkilot rahbari javobgardirlar.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Startap” loyihalarni tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Startap” loyihalarini tasdiqlash va moliyalashtirish tartibining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 133-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi (keyingi oʻrinlarda Buyurtmachi deb ataladi) huzuridagi Ilmiy-texnik kengashlar (keyingi oʻrinlarda ITK deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. ITK oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, ushbu Nizom, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-texnik kengash — Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida ilmiy loyihalarni ilmiy ekspertizadan oʻtkazish maqsadida tegishli fan yoʻnalishlari boʻyicha sohaga oid olimlar, davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislaridan iborat tarkibda shakllantiriladigan va jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan ilmiy-texnik jamoa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy ekspertiza — ilmiy-tadqiqot loyihalari boʻyicha asoslantirilgan qaror qabul qilish maqsadida uni oʻrganish, tahlil qilish, baholash va xulosa tayyorlashga qaratilgan faoliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertlar — tegishli ilm-fan sohalari va yoʻnalishlari boʻyicha taqdim etilgan ilmiy-texnik loyihalarni, ilmiy-texnik va innovatsion faoliyat bilan bogʻliq hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish uchun ilmiy-texnik kengashlar tomonidan shakllantirilgan olim va mutaxassislardan tarkib topgan ilmiy-texnik guruh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. ITK tomonidan qabul qilingan qarorlar xizmat doirasida foydalanish uchun moʻljallangan hujjatlar boʻlib, uchinchi shaxslarga, manfaatdor vazirlik va idoralar rahbarlariga, shu jumladan loyiha rahbarlariga taqdim etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. ITKning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. ITKning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot ishlari uchun davlat buyurtmasiga kelib tushgan ilmiy-tadqiqot loyihalarining ekspertizasini tashkil etish, ekspertiza natijalari boʻyicha asoslangan xulosalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini shakllantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, innovatsion faoliyat va raqobatbardosh ilmiy-texnik mahsulotlar bozorini kengaytirishga qaratilgan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish boʻyicha, shuningdek, tegishli tanlovlarda ularning ishtiroki uchun tavsiyalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachiga ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini (zarur hollarda xalqaro hamkorlik dasturlarini) koʻrib chiqish, takomillashtirish, roʻyxatga olish va tasdiqlash boʻyicha tegishli ilmiy-texnik xulosalar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlari, olim va mutaxassislar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, ilmiy-ishlab chiqarish tuzilmalari, ilmiy-texnik markazlar va texnoparklar tomonidan taqdim etilgan loyihalarni ekspertizadan oʻtkazish natijalari asosida Buyurtmachiga xulosa va tavsiyalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmasi doirasida mualliflik asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalarining plagiatini aniqlash va identifikatsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oraliq va yakuniy hisobotlarni tahlil qilish, har bir ilmiy-tadqiqot loyihasi amalga oshirilishini monitoring qilish yoki loyihalarni tugatish, istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish va loyihalarni moliyalashtirishni davom ettirish boʻyicha Buyurtmachiga xulosalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada ilmiy-tadqiqot hamda innovatsion faoliyat natijalarini qoʻllash boʻyicha takliflar ishlab chiqish va kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachining kollegial organida koʻrib chiqish uchun ishlab chiqilgan dasturlarning ekspert xulosalarini tahlil qilish va tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalaridagi obyektlarni noyob ilmiy obyektlar roʻyxatiga kiritish yuzasidan xulosa ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari va loyihalarning amalga oshirilishini monitoring qilish, ularning natijalarini ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarish sohalariga tatbiq etishda ishtirok etish, olib borilayotgan tadqiqotlarni yaxshilash va faollashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. ITK unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmasi doirasidagi ilmiy faoliyatga oid loyihalar, shuningdek Buyurtmachi tomonidan moliyalashtiriladigan “startap” loyihalarini ilmiy ekspertizadan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
grant mablagʻlari olgan loyihalarni amalga oshirish davomida olingan natijalar toʻgʻrisidagi hisobotlarni eshitadi, grant mablagʻlari olgan loyihalarni rejalashtirilgan ish bosqichlari va koʻrsatkichlariga muvofiqligini aniqlaydi, zarur hollarda rejalashtirilgan tadqiqotlarni tartibga solish va kerakli natijalarni olish boʻyicha tavsiyalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
grant mablagʻlari olgan loyihalarni amalga oshirish davomida olingan natijalar monitoringini amalga oshiradi, shuningdek, ularni patentlash va litsenziyalash va ushbu loyihalar boʻyicha hisobotlarni monitoring qilish yuzasidan tavsiyalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatni ilmiy-texnik va innovatsion rivojlantirishning uzoq muddatli konsepsiyasini ishlab chiqishga takliflar tayyorlaydi, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar va ilgʻor texnologiyalarni yaratishning ustuvor yoʻnalishlari va istiqbollarini rivojlantirish, yaratilgan ilmiy-innovatsion salohiyat asosida rivojlanish konsepsiyasini amalga oshirish yoʻllari va mexanizmlarini belgilashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmasi doirasida taqdim etilgan hujjatlar, ilmiy-texnik dasturlar va loyihalarni, shuningdek, boshqa loyiha takliflarini ilmiy ekspertizadan oʻtkazadi hamda ekspertiza natijalarini Buyurtmachining kollegial organiga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ilmiy loyihalarning ilmiy ekspertizasi fan yoʻnalishlari boʻyicha tegishli ITK tomonidan amalga oshiriladi. Bunda ilmiy ekspertiza muddati Buyurtmachi tomonidan ITKga loyiha yuborilgan sanadan boshlab bir oydan oshmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ilmiy loyihalarning ilmiy ekspertizasining ikkinchi bosqichi bir oy mobaynida amalga oshiriladi. Bunda loyiha boʻyicha qoʻshimcha ekspertiza oʻtkazilishi talab etiladigan hollarda ushbu muddat Buyurtmachi bilan kelishilgan holda yana ikki oygacha uzaytirilishi mumkin. ITK tomonidan qabul qilingan qarorlar Buyurtmachiga besh kun ichida taqdim etiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. ITK tomonidan taqdim etilgan monitoring va hisobot natijalari ekspertizadan oʻtgan loyihani moliyalashtirishni davom ettirish, toʻxtatish yoki vazifalari va bosqichlarini qayta koʻrib chiqish uchun asos boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. ITK raisi va aʼzolarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. ITK raisi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari loyihalarining yillik va yakuniy hisobotlarini ekspertiza uchun qabul qilish, ekspertlarni belgilash, hisobotlarning ochiq muhokamasini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoringni oʻtkazish qoidalari boʻyicha ekspertlarga koʻrsatma berish, olingan natijalarning muvofiqligini baholash boʻyicha ishchi uchrashuvlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha rahbarlarining hisobotlarini eshitish uchun loyihalarni koʻrib chiqish jadvalini shakllantirish va zarur hollarda uning sanasi va vaqtini Buyurtmachi bilan kelishilgan holda koʻchirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot loyihalariga davlat buyurtmasini shakllantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ITK va uning ekspertlar faoliyatiga, shuningdek, ilmiy kotibning ishiga rahbarlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachining kollegial organi yoki jamoatchilik kengashi muhokamalarida ishtirok etish va ITK xulosalarini asoslab berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ITK raisi va uning oʻrinbosari ilmiy loyihalar tanlovida ishtirok etish huquqiga ega, ammo oʻz loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va muhokama qilishda ishtirok etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. ITK raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza natijalarini ochiq eʼlon qilmaslik, ekspertiza uchun taqdim etilgan loyihalarga tegishli maʼlumotlarni tarqatmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring oʻtkazish qoidalari boʻyicha ekspertlarga koʻrsatma berish, olingan natijalarning rejalashtirilgan ishlar va koʻrsatkichlarga muvofiqligini baholash, shuningdek, namunaviy ekspert xulosalari va protokollarini toʻldirish boʻyicha ishchi yigʻilishlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan ITK majlislar reja-jadvali boʻyicha loyiha rahbarlarining hisobotlarini eshitish va muhokama qilish, loyihalar boʻyicha eshitilgan hisobotlar boʻyicha qarorlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish va ularni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani davom ettirish boʻyicha Buyurtmachiga tavsiyalar bilan birga ish dasturini toʻgʻrilash yoki ularni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, shuningdek, ITK tomonidan qabul qilingan qarorlarni loyiha rahbarlariga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachining kollegial organida va jamoatchilik kengashida (zarur hollarda) ITKning qarorlari va ilmiy-tadqiqot loyihalari boʻyicha tavsiyalarni (xulosalarni) himoya qilishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ITK raisi ITK qarorlarining bajarilishini nazorat qiladi va kengashning navbatdagi majlislari toʻgʻrisida ITK aʼzolarini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. ITK aʼzolari (ekspertlar) quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlari aʼzo boʻlgan ITK yigʻilishlarida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi boʻyicha kelib tushgan ilmiy-tadqiqot loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot loyihalarining ilmiy-texnik darajasini, ularni amalga oshirish imkoniyatlarini xolis baholash, ularni moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi va hajmi boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot davrida olingan ilmiy natijalarning ahamiyatini baholash, loyihada eʼlon qilingan va hisobot davrida olingan ilmiy natijalarning muvofiqlik darajasini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot loyihalari rahbarlarining ishlar holati va loyiha natijalari, ularni monitoring qilish jarayoni haqidagi hisobotlarini eshitish va muhokama qilishda ishtirok etish, ular ishida ishtirok etgan ITK bayonnomalari bilan tanishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilm-fan, texnika va innovatsiya sohasidagi olimlar va mutaxassislarni tegishli ilmiy loyihalar natijalarini monitoring qilish yoki tahlil qilish jarayoniga jalb qilish boʻyicha Buyurtmachiga takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ITK aʼzolari ilmiy loyihalar tanlovida umumiy asoslarda ishtirok etish huquqiga ega, lekin oʻz loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va muhokama qilishda ishtirok etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. ITK aʼzolari (ekspertlar):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rais va uning oʻrinbosarining ITK faoliyatiga taalluqli topshiriqlarini bajarishi, koʻrib chiqilgan loyihalar boʻyicha xulosalarni oʻz vaqtida taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalar boʻyicha ekspertizani ilmiy asoslangan holda va xolis oʻtkazishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish jarayonida ularga taqdim etilgan maʼlumotlarning oshkor etmasligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza jarayonida yuzaga kelayotgan manfaatlar toʻqnashuvi (mavjud manfaatlar toʻqnashuvi) haqida tegishli ITKga xabar berishi;
(13-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlari ekspertiza qilgan yoki ITKda muhokama qilingan loyihalar mazmuni, ular boʻyicha hisobotlar va yigʻilish bayonnomalari, ularning natijalari va tadqiqot yoʻnalishlari, ekspert xulosalari, loyiha manbalari va moliyalashtirish hajmi haqida loyiha ijrochilari tarkibiga kiruvchi har qanday shaxsga maʼlumot bermasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. ITK ilmiy kotibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir loyiha boʻyicha ITK majlisi bayonnomasini yuritadi va rasmiylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalar boʻyicha hisobot hujjatlarini qabul qilib oladi, saqlanishini va Buyurtmachiga qaytarilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha rahbarlarining hisobotlarini eshitish jadvalini tuzadi va tasdiqlash uchun ITK raisiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ITK aʼzolariga ITK majlisi vaqti va joyi toʻgʻrisida xabar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ITK raisi va uning oʻrinbosarining ITK faoliyatiga oid topshiriqlarini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ITK ilmiy kotibi umumiy asosda ilmiy loyihalar tanlovida ishtirok etish huquqiga ega, lekin oʻz loyihalarini muhokama qilishda ishtirok etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. ITK aʼzolari (ekspertlar) oʻzlariga yuklangan majburiyat va vazifalarni bajarish uchun masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ITK aʼzolari (ekspertlar) tomonidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi muntazam ravishda buzilishi, oʻz vazifalarini bajarmaslik, malakasizligi va manfaatlar toʻqnashuvi haqida xabar bermaslik holatlari aniqlangan taqdirda, ular ITK aʼzoligidan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. ITK faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. ITK faoliyatini tashkil etish va tugatish, tashkiliy-texnik qoʻllab-quvvatlash hamda muvofiqlashtirish Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ITK tarkibi Buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi va uning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ITK faoliyatiga ekspert sifatida nomzodlar ilmiy faoliyatning tegishli sohasidagi zarur nazariy va amaliy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan mutaxassislar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar, ular tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari tomonidan tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tanlov uchun taqdim etilgan ilmiy-texnik loyihalar tegishli ITK yigʻilishlarida loyihalarni ekspertizadan oʻtkazish natijalari asosida ochiq muhokama orqali koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. ITK rais, rais oʻrinbosari, ilmiy kotib va uning aʼzolaridan iborat boʻlib, ular sohalarga tegishli loyihalar boʻyicha mutaxassis-ekspertlar sifatida ham ishtirok etishlari mumkin. ITK aʼzolari va ekspertlar ITK faoliyatida ixtiyoriy ravishda jamoatchilik asosida ishtirok etish uchun jalb qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ITK raisi boʻlmaganda, uning vazifalarini rais oʻrinbosari bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Buyurtmachi ITK aʼzolari va ekspertlar tarkibini muntazam ravishda almashtirib turadi. Bunda oldin ITK aʼzosi sifatida faoliyat yuritgan mutaxassislar uch oydan soʻng ushbu ITK tarkibga qayta jalb qilinishi mumkin. Har uch oyda ITK aʼzolarining oʻttiz foizigacha hamda har toʻqqiz oyda ITK raisi va uning oʻrinbosarlari yangilab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. ITK ilmiy tadqiqotlarning quyidagi ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha tuziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarix va ijtimoiy fanlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
filologiya, psixologiya va pedagogika fanlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot va huquq fanlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya fanlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matematika, fizika, mexanika fanlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnika fanlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
informatika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxitektura, qurilish, dizayn va shaharsozlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi, veterinariya va atrof-muhitni muhofaza qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon xoʻjaligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot fanlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmakologiya va farmatsevtika;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyo fanlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyoviy texnologiyalar va nanotexnologiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer toʻgʻrisidagi fanlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologiya fanlari, biotexnologiya, ekologiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
startap loyihalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Zarur hollarda, Buyurtmachi tomonidan boshqa dolzarb ilmiy-texnik yoʻnalishlar boʻyicha qoʻshimcha ITKlar tashkil etilishi hamda ITK yoʻnalishlari oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. ITK raislari tegishli ITK aʼzolari ishtirokida yigʻilishda ochiq ovoz berish yoʻli bilan saylanadi va Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. ITK majlislari Buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq oʻtkaziladi. Zarur hollarda, ITKning navbatdan tashqari muhokamalari oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. ITK majlislari qoida tariqasida ochiq oʻtkaziladi. Zarur hollarda, ITK majlislariga tanlov ishtirokchilari, loyiha ijrochilari, manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari taklif qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. ITK majlislari uning aʼzolarining uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Loyihalarni eshitish va muhokama qilishda shaffoflik va xolislikni taʼminlash uchun yigʻilishda audio- va videoyozuvdan foydalanish mumkin. ITK majlisi bayonnomasi, audio- va videoyozuvlar Buyurtmachiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. ITKning qarori, agar uning majlisida ishtirok etganlarning aksariyati unga ovoz bergan boʻlsa, qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, ITK raisining fikri hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ITK majlisida qaror ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Alohida masalalar boʻyicha ITK aʼzolari bilan kelishilgan holda yashirin ovoz berish oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. ITK yigʻilishida muhokama qilinadigan masalalar boʻyicha hujjatlar yigʻilishdan kamida besh kun oldin ITK ilmiy kotibiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. ITK qarorlari bayonnoma shaklida tuziladi. ITKning bayonnomasi rais (uning yoʻqligida rais oʻrinbosari) va ilmiy kotib tomonidan imzolanadi. ITKning ilmiy kotibi ITK bayonnomalarini saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2020-y., 09/20/133/0280-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)