1-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish shakli |
Ijro muddati |
Masʼul vazirlik va idoralar |
|
I. Kriminologik tadqiqotlarni amalga oshirish mexanizmlarini joriy etish | ||||
|
1. |
Kriminologiya tadqiqot instituti toʻgʻrisidagi nizomni, uning huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya kengashining ishlash tartibini, Institutning ilmiy takliflari boʻyicha huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar tomonidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibini tasdiqlash. |
Hukumat qarori loyihasi |
2024-yil 15-mart |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. |
Kriminologik faoliyat amaliyotidagi muammolarning kompleks ilmiy yechimlarini ishlab chiqish boʻyicha Kriminologiya tadqiqot institutida buyurtma va tashabbus asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalari roʻyxatini tasdiqlash. |
Hukumat qarori loyihasi |
2024-yil 25-mart |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Milliy gvardiya (R. Djurayev), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
3. |
Quyidagilarni nazarda tutgan holda kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlarni oʻtkazish, jinoyatchilik omillarini ilmiy diagnoz qilish metodikalarini tasdiqlash: kompleks ilmiy diagnoz asosida sud hukmi (ajrimi) chiqqan (jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida qaror chiqqan) jinoyatlarning omillarini aniqlash mexanizmlari; hududlar kesimida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish choralarining samaradorligini ilmiy jihatdan baholash, shuningdek, ilmiy tahlil, prognoz va diagnoz xulosalariga asoslangan holda, jinoyatchilik omillarini bartaraf etish choralarini belgilash tartibi; ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarini bajarish tartibi, ilmiy ishlanmalarni kriminologik faoliyat amaliyotiga joriy etish tizimi, ilmiy tahlil, prognoz va diagnoz xulosalariga asoslangan holda, qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalarni tayyorlash mexanizmlari. |
Hukumat qarori loyihasi |
2024-yil 15-mart |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Milliy gvardiya (R. Djurayev), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Kuldashev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
4. |
Ilmiy diagnoz asosida jinoyatchilik omillarini aniqlash mexanizmlarini nazarda tutgan holda “E-jamoat havfsizligi” yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining “Jinoyat omillari” modulini yaratish va ushbu tizimni ishga tushirish bilan bogʻliq barcha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish (Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi). |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil 1-sentabr |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
5. |
Ichki ishlar organlarida ilmiy faoliyatni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash, bunda dissertatsiya va ilmiy ishlanmalar ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan boʻlishi, ularni amaliyotga joriy etish boʻyicha yagona tartib belgilanishini nazarda tutish. |
Idoraviy normativ hujjat |
2024-yil 15-mart |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
|
6. |
Latent jinoyatchilik tendensiyalarini tahlil va prognoz qilish, uning omillarini ilmiy diagnoz qilish metodikasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish. Bunda, quyidagi manbalarni tizimli ravishda metodika asosida kompleks oʻrganish orqali latent jinoyatchilikning tendensiyalari va omillarini aniqlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish: tergovga qadar tekshiruv hujjatlari (jinoyat haqidagi murojaatlar, jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorlar); Internet va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan jinoyatchilik holatlari haqidagi xabarlar (shu jumladan, ularga yozilgan izohlar); ijtimoiy fikrni oʻrganish boʻyicha oʻtkazilgan sotsiologik tadqiqotlar natijalari. Har chorak yakunida tahlil, prognoz va diagnoz natijalarini umumlashtirib, latent jinoyatchilikning tendensiyalari va omillari toʻgʻrisida axborot-tahliliy hujjat tayyorlash va huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlarga kiritish tartibini belgilash. |
Qoʻshma qaror |
2025-yil fevral |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
7. |
Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida shartnoma asosida ekspertlik, ilmiy-tadqiqot, noshirlik, matbaa va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish boʻyicha pullik xizmatlar koʻrsatish tartibini belgilash. |
Idoraviy normativ hujjat |
2024-yil 10-aprel |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
|
8. |
Iqtidorli yoshlarni kriminologik tadqiqotlarga tizimli ravishda jalb etish mexanizmlarini joriy etish. Shu jumladan, Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan har yili oliy taʼlim muassasalari bitiruvchi kursi magistrlari, tayanch doktorantlari va doktorantlari oʻrtasida “Kriminologiya bilimdoni” intellektual oʻyinini oʻtkazishni hamda uning gʻoliblarini munosib ragʻbatlantirishni yoʻlga qoʻyish. |
Qoʻshma qaror |
2024-yil 15-mart |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Karimov), Milliy gvardiya (R. Djurayev), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev) |
|
II. Kriminologiya sohasida xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish | ||||
|
9. |
Kriminologiya tadqiqot instituti hamda Koreya kriminologiya va adliya instituti oʻrtasida xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. Bunda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish: |
Amaliy chora-tadbirlar |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) | |
|
hamkorlik toʻgʻrisida anglashuv memorandumini ishlab chiqish va imzolanishini tashkil etish; |
2024-yil iyul — sentabr | |||
|
2024 — 2026-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash; |
2024-yil iyul — sentabr | |||
|
Koreya kriminologiya va adliya instituti prezidenti va 4 nafar yetakchi kriminolog olimlarini Kriminologiya tadqiqot institutiga tashrifini tashkil etish; |
2024-yil iyul — sentabr | |||
|
Kriminologiya tadqiqot institutida Koreya kriminologiya va adliya instituti olimlari ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasining Kriminologik faoliyat kodeksi loyihasini ishlab chiqish” nomli fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasini amalga oshirish (tashabbus asosidagi tadqiqotni bajarish shaklida). |
2024-2025-yillar | |||
|
10. |
Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda, jumladan uning grant mablagʻlarini jalb etishda Koreya kriminologiya va adliya institutining uslubiy yordamidan foydalanish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
Hamkorlik dasturiga asosan |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
|
11. |
Germaniya Ichki ishlar vazirligining jinoyat omillarini aniqlash va bartaraf etish faoliyati, kriminologiya institutlari (Quyi Saksoniya Kriminologiya tadqiqot instituti, Maks Plank jinoyat, xavfsizlik va huquqni oʻrganish instituti) ishlash mexanizmlarini bevosita oʻrganish choralarini koʻrish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil yanvar — mart |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
|
12. |
Avstraliya Ichki ishlar vazirligining jinoyat omillarini aniqlash va bartaraf etish faoliyati, kriminologiya institutlari (Avstraliya kriminologiya instituti, Sidney kriminologiya instituti, Griffit kriminologiya instituti) ishlash mexanizmlarini bevosita oʻrganish choralarini koʻrish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil aprel — iyun |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
|
13. |
Vengriya Ichki ishlar vazirligining jinoyat omillarini aniqlash va bartaraf etish faoliyati, shuningdek, Kriminologiya milliy instituti ishlash mexanizmlarini bevosita oʻrganish choralarini koʻrish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil avgust — oktabr |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
|
14. |
Oʻzbekistonda “Jahon kriminologiyasining ilgʻor tajribalari” mavzusida xalqaro forum oʻtkazish choralarini belgilash. |
Hukumat farmoyishi loyihasi |
2024-yil oktabr |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
|
15. |
Kriminologiya tadqiqot institutining rivojlangan xorijiy davlatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan manzilli hamkorlikni tashkil etish maqsadida qoʻshma kriminologik tadqiqotlarni amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
2024-2025-yillar |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
|
16. |
Kriminologiya tadqiqot instituti huzurida Xalqaro ekspertlar kengashini tashkil etish va uning faoliyat yoʻnalishlarini belgilash boʻyicha choralarni koʻrish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil dekabr |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
|
17. |
Kriminologiya tadqiqot instituti ilmiy hamkorlikni yoʻlga qoʻygan xorijiy davlatlar kriminologiya tadqiqot institutlari bilan birgalikda xalqaro ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi doirasida “Jinoyatchilik darajasi” xalqaro reytingini tuzish va har yil yakunida eʼlon qilib borish masalasini ishlab chiqish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2025-yil dekabr |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
|
18. |
Kriminologiya tadqiqot instituti BMTning jinoyatlarning oldini olish va jinoiy odil sudlov dasturi institutlari tarmogʻiga aʼzo boʻlishi boʻyicha strategik chora-tadbirlarni belgilash. |
Kompleks chora-tadbirlar dasturi (2024 — 2026-yillar uchun) |
2024-yil may |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
|
19. |
Xorijiy davlatlar kriminologiya institutlari faoliyati va ishlash mexanizmlarini oʻrganish natijalarini umumlashtirish asosida yangi avlod ilmiy tashkiloti — “Smart ilmiy-tadqiqot muassasasi” konsepsiyasini ishlab chiqish va uni Kriminologiya tadqiqot instituti faoliyatida sinovdan oʻtkazish. |
Qoʻshma qaror |
2025-yil may |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Karimov) |
|
III. Kriminologiya tadqiqot institutining ilmiy salohiyatini rivojlantirish | ||||
|
20. |
Kriminologiya tadqiqot institutining ilmiy tarkib lavozimlariga qabul qilish tartibi hamda mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Idoraviy normativ hujjat |
2024-yil 15-fevral |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
|
21. |
Kriminologiya tadqiqot instituti xodimlari va xizmatchilarining ilmiy faoliyatini baholash indikatorlarini belgilashni hamda baholash natijalari boʻyicha bir yil davomida har oylik qoʻshimcha yakka tartibdagi ustamalarni toʻlashni nazarda tutuvchi mexanizmlarni joriy etish. Bunda xodim va xizmatchilarning kriminologiya sohasiga oid samarali ilmiy-amaliy tadqiqotlarni oʻtkazishga, tadqiqotlar natijalaridan jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish yoʻnalishlarida foydalanishga qoʻshgan aniq hissasi darajasini hisobga oladigan asosiy mezonlar belgilanishini nazarda tutish. |
Hukumat qarori loyihasi |
2024-yil 15-aprel |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
|
22. |
Kriminologiya tadqiqot instituti ilmiy-amaliy tadqiqotlar jarayoniga shartnoma asosida, shu jumladan yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalaridan yuqori ilmiy-tahliliy mahoratga ega boʻlgan malakali mutaxassislarni bir yilgacha muddatga jalb etish tartibini belgilash. |
Idoraviy normativ hujjat |
2024-yil 20-mart |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
|
23. |
Statistik, “elektron surishtiruv va dastlabki tergov” yagona axborot tizimi, arxiv va boshqa maʼlumotlardan (qonunchilikka muvofiq foydalanish cheklangan maʼlumotlar bundan mustasno) foydalanish huquqini berish orqali Kriminologiya tadqiqot instituti ilmiy jarayonining huquqni qoʻllash amaliyoti bilan (cheklangan rejimda) uzviy bogʻlanishini taʼminlash. |
Qoʻshma chora-tadbirlar |
2024-yil 1-iyul |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
24. |
Kriminologiya tadqiqot instituti huzurida Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya kengashining tarkibini, hisobot va ragʻbatlantirish tizimini belgilash. |
Idoraviy normativ hujjat |
2024-yil 1-may |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
|
25. |
Kriminologiya tadqiqot institutining veb-saytini yaratish va doimiy faoliyat yuritishini taʼminlash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil 30-iyul |
Ichki ishlar vazirligi (Z. Kurbanov) |
|
26. |
Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan “Bir jinoyat omili va uning bartaraf etilishi” telekoʻrsatuvini tayyorlash va tizimli ravishda efirga uzatilishini yoʻlga qoʻyish boʻyicha choralarni belgilash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2025-yil yanvardan boshlab |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), MTRK (A. Xodjayev) |
|
27. |
Belgilangan tartibda tayyorlangan quyidagi maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarining ijrochi tashkilotini Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazidan Kriminologiya tadqiqot institutiga oʻzgartirgan holda ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi asosida ilmiy loyihani bajarish toʻgʻrisidagi shartnomalarni rasmiylashtirish choralarini koʻrish va ijroga qaratish: “Ommaviy noroziliklarning oldini olish metodikasi va dasturiy taʼminotini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish” nomli maqsadli amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasi; “Xavfsiz bolalik” tamoyili asosida hamkorlikda ishlash metodikasi va dasturiy taʼminotini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish” nomli maqsadli amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasi; “Ichki ishlar organlari konvoy boʻlinmalari tomonidan konvoy ostidagi shaxslarni elektron brasletlar orqali nazorat qilishning apparat-dasturiy kompleksini yaratish” nomli maqsadli innovatsion ilmiy-tadqiqot loyihasi; “Profilaktik hisob, maʼmuriy nazorat va probatsiya nazoratidagi shaxslarning jamoat xavfsizligi xizmatiga kelib roʻyxatdan oʻtishini taʼminlashda barmoq izini tanib olish tizimidan foydalanishning apparat-dasturiy kompleksini yaratish” nomli maqsadli innovatsion ilmiy-tadqiqot loyihasi; “Probatsiya nazorati dasturiy taʼminotini ishlab chiqish” nomli maqsadli amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasi; “Ozodlikni cheklash jazosini oʻtayotgan shaxslarni masofaviy nazorat qilish apparat-dasturiy kompleksini yaratish” nomli maqsadli amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasi. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil 30-mart |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sh. Turdikulova), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
|
28. |
Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining Yoʻl harakati xavfsizligi muammolarini oʻrganish markazi faoliyatini qayta koʻrib chiqib, tubdan takomillashtirish chora-tadbirlarini belgilash. Bunda, jumladan, markazning ilmiy va uslubiy salohiyatini oshirish, moliyalashtirish tartibini belgilash, amaliyotga joriy etilayotgan tadqiqotlarni ragʻbatlantirish, xodimlarning faoliyatini baholash mezonlarini kiritgan holda KPI tizimi asosida munosib pul taʼminoti tizimini joriy qilish nazarda tutiladi. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2024-yil may |
Ichki ishlar vazirligi (B. Abdullayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
|
IV. Dissertatsiya tadqiqotlarini amaliyotdagi muammolarni hal etishga samarali yoʻnaltirish | ||||
|
29. |
“Kriminologiya”ni mustaqil ixtisoslik sifatida ajratib, uning predmetiga huquqbuzarlik profilaktikasi va ijtimoiy profilaktikani kiritgan holda ixtisoslik pasportini tasdiqlash masalasini koʻrib chiqish. Yuridik, sotsiologik, psixologik, pedagogik, tibbiy, atrof-muhit, raqamli kriminologiya, geokriminologiya kabi kriminologiyaning zamonaviy sohalarini hisobga olgan holda kriminologiya ixtisosligi boʻyicha ilmiy daraja beriladigan fan tarmoqlarini belgilash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil 1-oktabr |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Karimov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
30. |
Kriminologiya sohasidagi muammolarni chuqur va har tomonlama tadqiq etish uchun Kriminologiya tadqiqot institutida Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash (muassasalararo) faoliyatini yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil noyabr |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (A. Yusupov) |
|
31. |
Kriminologiya tadqiqot institutida “Kriminologiya” xalqaro ilmiy-amaliy jurnalini taʼsis etish boʻyicha tashkiliy choralarni koʻrish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2025-yil yanvar |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
|
32. |
Kriminologiya tadqiqot instituti va kriminologiya sohasida tadqiqotlarni olib boruvchi boshqa ilmiy tashkilotlar muassisligida “Kriminologik faoliyat” ilmiy-amaliy jurnalini taʼsis etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil noyabr |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
V. Kriminologiya tadqiqot institutini moddiy-texnik taʼminlash | ||||
|
33. |
Kriminologiya tadqiqot institutini barcha zarur zamonaviy ilmiy-texnik uskuna, mebel va moddiy-texnik vositalar bilan taʼminlash boʻyicha tashkiliy choralarni koʻrish (Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi). |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil 20-aprel |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
|
34. |
Kriminologiya tadqiqot instituti faoliyatini raqamlashtirish, ilmiy-amaliy tadqiqotlarni oʻtkazish va elektron ish yurituvini yoʻlga qoʻyish uchuntegishli uskunalar, qurilmalar, tarmoqlar va dasturiy mahsulotlarni xarid qilish hamda oʻrnatish boʻyicha barcha zaruriy choralarni koʻrish. |
Hukumat qarori loyihasi |
2024-yil 20-aprel |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
|
35. |
Kriminologiya tadqiqot institutida texnik-muhandislik qoʻriqlov va kirish-chiqishni avtomatik nazorat qilish tizimi oʻrnatilishini taʼminlash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil 30-aprel |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
|
36. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil 30-may |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) | |
|
37. |
Kriminologiya tadqiqot instituti imijini shakllantirish boʻyicha zarur tashkiliy choralarni koʻrish, jumladan Institut ramzlarini tasdiqlash va brendbukini yaratish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil avgust — oktabr |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
|
38. |
Kriminologiya tadqiqot instituti uchun xizmat avtotransport vositalarini saqlash uchun limitni (3 ta shaxsiy biriktirilgan elektromobil, 4 ta navbatchi avtotransport vositasi, mobil ilmiy laboratoriya sifatida jihozlangan mikroavtobus) Ichki ishlar vazirligi uchun ajratilgan limitlarni qayta taqsimlash hisobiga ajratish hamda ularni Ichki ishlar vazirligining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan xarid qilish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil 30-may |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
|
39. |
Kriminologiya tadqiqot institutining binolari taʼmirlanishini, uning avtoturargohi va ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriyasi barpo etilishini taʼminlash choralarini koʻrish (Ichki ishlar vazirligining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi). |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil 30-oktabr |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
|
40. |
Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari, broshyuralar, bukletlar va boshqa adabiyotlarni nashr etish va tarqatish uchun Kriminologiya tadqiqot institutida tipografiyani tashkil etish va zarur boʻlgan zamonaviy nashriyot uskunalari bilan jihozlash (Ichki ishlar vazirligining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi). |
Amaliy chora-tadbirlar |
2024-yil 30-noyabr |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
2-ILOVA
|
Koʻrsatkich (indikator) nomi |
Oʻlchov birligi |
2024-y. |
2025-y. |
2026-y. |
2027-y. |
2028-y. |
2029-y. |
2030-y. | |
|
I. Ilmiy kadrlar salohiyatini mustahkamlash va kriminologik tadqiqotlarni tashkil etish boʻyicha | |||||||||
|
1. |
Kriminologiya sohasi boʻyicha ilmiy darajaga ega ilmiy tarkib xodimlari ulushi |
Ilmiy tarkib xodimlari soniga nisbatan foizi |
5 |
10 |
20 |
30 |
40 |
50 |
60 |
|
2. |
Chet tilini V2 darajada bilishi boʻyicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega ilmiy tarkib xodimlari ulushi |
Ilmiy tarkib xodimlari soniga nisbatan foizi |
5 |
8 |
10 |
15 |
20 |
25 |
30 |
|
3. |
Kriminologik faoliyat amaliyotiga joriy etilgan ilmiy ishlanmalar soni boʻyicha “Jamoat xavfsizligi boʻyicha tashabbus indeksi” (i-indeks) 3 va undan yuqori boʻlgan ilmiy tarkib xodimlari ulushi |
Ilmiy tarkib xodimlari soniga nisbatan foizi |
- |
8 |
16 |
25 |
35 |
40 |
50 |
|
4. |
Iqtiboslar soni boʻyicha “Xirsh” indeksi (h-indeks) 2 va undan yuqori boʻlgan ilmiy tarkib xodimlari ulushi |
Ilmiy tarkib xodimlari soniga nisbatan foizi |
- |
- |
5 |
8 |
10 |
10 |
15 |
|
5. |
Kriminologiya sohasida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish |
Himoya qilingan dissertatsiyalar soni |
- |
5 |
5 |
5 |
10 |
10 |
15 |
|
6. |
Kriminologiya sohasida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish |
Chop etilgan tadqiqot hisoboti soni |
5 |
10 |
25 |
30 |
35 |
40 |
45 |
|
7. |
Ilmiy ishlanmalarni kriminologik faoliyat amaliyotiga joriy etish |
Tasdiqlangan xulosalar soni |
- |
5 |
10 |
15 |
20 |
25 |
30 |
|
II. Oʻzbekiston kriminologiyasining nazariy asoslarini shakllantirish va rivojlantirish boʻyicha | |||||||||
|
8. |
Oʻzbekiston kriminologiyasining nazariy asoslarini shakllantirish boʻyicha ilmiy taʼriflar ishlab chiqish |
Ilmiy taʼriflar soni |
10 |
20 |
30 |
35 |
40 |
45 |
50 |
|
9. |
Oʻzbekiston kriminologiyasining nazariy asoslarini shakllantirish boʻyicha ilmiy tasniflar ishlab chiqish |
Ilmiy tasniflar soni |
5 |
10 |
14 |
16 |
18 |
20 |
22 |
|
10. |
Oʻzbekiston kriminologiyasining nazariy asoslarini rivojlantirish boʻyicha ilmiy takliflar ishlab chiqish |
Ilmiy takliflar soni |
10 |
30 |
40 |
50 |
60 |
65 |
70 |
|
11. |
Kriminologik tadqiqotlar davlat hisobotini tayyorlash |
Chop etilgan davlat hisoboti soni |
1 |
1 |
1 |
1 |
1 |
1 |
1 |
|
12. |
“Kriminologiyaning dolzarb masalalari” mavzusida respublika konferensiyasini oʻtkazish |
Chop etilgan konferensiya materiallari toʻplami soni |
1 |
1 |
1 |
1 |
1 |
1 |
1 |
|
13. |
“Jahon kriminologiyasining ilgʻor tajribalari” mavzusida xalqaro forumni oʻtkazish |
Chop etilgan forum materiallari toʻplami soni |
1 |
1 |
1 |
1 |
1 |
1 |
1 |
|
III. Jinoyatchilik tendensiyalarini aniqlash va salbiy tendensiyalarni bartaraf etish boʻyicha | |||||||||
|
14. |
Jinoyatchilik tendensiyalarini aniqlash va salbiy tendensiyalarni bartaraf etish boʻyicha ilmiy-tadqiqot va ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarini bajarish |
Chop etilgan tadqiqot hisoboti soni |
5 |
7 |
9 |
11 |
14 |
16 |
18 |
|
15. |
Oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasida jinoyatchilik tendensiyalarini aniqlash |
Ilmiy xulosalar soni |
5 |
10 |
14 |
16 |
18 |
20 |
22 |
|
16. |
Oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasida jinoyatchilikning salbiy tendensiyalarini bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish |
Ilmiy takliflar soni |
5 |
15 |
24 |
26 |
28 |
30 |
32 |
|
17. |
Jinoyatchilik tendensiyalari davlat hisobotini tayyorlash |
Chop etilgan davlat hisoboti soni |
2 |
4 |
4 |
4 |
4 |
4 |
4 |
|
IV. Jinoyatchilik omillarini aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha | |||||||||
|
18. |
Jinoyatchilik omillarini aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha ilmiy-tadqiqot va ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish |
Chop etilgan tadqiqot hisoboti soni |
- |
7 |
9 |
11 |
14 |
16 |
18 |
|
19. |
Oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasida jinoyatchilik omillarini aniqlash |
Ilmiy xulosalar soni |
10 |
30 |
35 |
35 |
40 |
40 |
45 |
|
20. |
Oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasida jinoyatchilik omillarini bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish |
Ilmiy takliflar soni |
10 |
25 |
44 |
46 |
48 |
50 |
52 |
|
21. |
Jinoyatchilik omillari davlat hisobotini tayyorlash |
Chop etilgan davlat hisoboti soni |
2 |
4 |
4 |
4 |
4 |
4 |
4 |
|
V. Xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish boʻyicha | |||||||||
|
22 |
Xorijiy va xalqaro kriminologiya tadqiqot institutlari bilan ilmiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish |
Imzolangan memorandum soni |
2 |
2 |
2 |
3 |
3 |
3 |
3 |
|
23 |
Ilmiy tarkib xodimlarining xorijiy va xalqaro kriminologiya tadqiqot institutlarida ilmiy stajirovka oʻtashi |
Stajirovka oʻtagan xodimlar soni |
1 |
4 |
6 |
8 |
8 |
8 |
10 |
|
24 |
Ilmiy tarkib xodimlarining xorijiy va xalqaro kriminologiya tadqiqot institutlariga ilmiy xizmat safarlarini amalga oshirishi |
Ilmiy xizmat safarlari soni |
5 |
6 |
7 |
8 |
9 |
10 |
11 |
|
25 |
Amalga oshirilgan ilmiy xizmat safarlari natijasida xorijiy davlatlar kriminologiyasining ijobiy tajribalarini aniqlash |
Ilmiy takliflar soni |
10 |
15 |
15 |
20 |
25 |
30 |
35 |
|
26 |
Xorijiy davlatlar kriminologiyasi ijobiy tajribalarini kriminologik faoliyat amaliyotiga joriy etish |
Tasdiqlangan xulosalar soni |
- |
10 |
14 |
16 |
18 |
20 |
22 |
|
27 |
Xorijiy va xalqaro kriminologiya tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot va ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarini bajarish |
Yakunlangan loyihalar soni |
- |
1 |
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
|
28 |
Xorijiy va xalqaro kriminologiya tadqiqot institutlari ilmiy tarkib xodimlarining Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutida ilmiy stajirovka oʻtashi |
Stajirovka oʻtagan xodimlar soni |
1 |
4 |
6 |
6 |
8 |
8 |
10 |
|
29 |
Xorijiy va xalqaro kriminologiya tadqiqot institutlari ilmiy tarkib xodimlarining Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutiga ilmiy safarlarni amalga oshirishi |
Ilmiy safarlar soni |
1 |
6 |
7 |
8 |
8 |
9 |
9 |
|
30 |
“Kriminologiya” xalqaro ilmiy-amaliy jurnalining xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazalari (Web of Science, Scopus va h.k.)ga kiritilishi |
Maʼlumotlar bazalari soni |
- |
- |
- |
1 |
1 |
2 |
2 |
|
31 |
“Kriminologiya” xalqaro ilmiy-amaliy jurnali muassislari tarkibiga xorijiy va xalqaro kriminologiya tadqiqot institutlari kiritilishi |
Jurnalning xorijiy muassislari soni |
1 |
2 |
2 |
3 |
3 |
3 |
3 |
|
32 |
“Kriminologik faoliyat” ilmiy-amaliy jurnalida xorijiy va xalqaro kriminologiya tadqiqot institutlari ilmiy tarkib xodimlari bilan hammualliflikda maqolalarni nashr etish |
Jami maqolalar soniga nisbatan foizi |
- |
10 |
15 |
20 |
25 |
30 |
35 |
|
VI. Ilmiy va moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻyicha | |||||||||
|
33. |
“Kriminologik faoliyat” ilmiy-amaliy jurnalini chop etish |
Chop etilgan jurnal sonlari |
1 |
4 |
4 |
4 |
4 |
6 |
6 |
|
34. |
“Kriminologiya” xalqaro ilmiy-amaliy jurnalini chop etish |
Chop etilgan jurnal sonlari |
1 |
2 |
2 |
2 |
2 |
4 |
4 |
|
35. |
Milliy ilmiy resurslardan foydalanish imkoniyatini yaratish |
Maʼlumotlar bazalari soni |
1 |
2 |
2 |
2 |
3 |
3 |
3 |
3-ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Chora-tadbirlar |
Muddatlar | |||
|
1-bosqich |
Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi subyektlar (buyurtmachilar) |
Oʻz xizmat faoliyatida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan ilmiy asoslangan yechimlarni ishlab chiqish boʻyicha buyurtma beradi |
Har yili kamida bittadan buyurtma | |||
|
2-bosqich |
Kriminologiya tadqiqot instituti |
Buyurtmalarni qabul qilib, ularni bajarish boʻyicha ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarini tayyorlaydi va buyurtmachilar bilan kelishadi |
Loyiha tayyor boʻlgandan soʻng 5 ish kuni ichida | |||
|
3-bosqich |
Buyurtmachilar |
Oʻzining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalari amalga oshirilishini moliyalashtiradi (Moliyalashtirish miqdorini belgilashda Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son, 2020-yil 9-martdagi 133-son qarorlarida belgilangan zarur qoidalar inobatga olinadi) |
Loyiha kelishilgandan soʻng 10 ish kuni ichida | |||
|
4-bosqich |
Kriminologiya tadqiqot instituti |
Kamida 3 kishidan iborat ilmiy-tadqiqot guruhlarini tuzgan holda ilmiy-tadqiqot loyihalarini jamoa boʻlib amalga oshiradi |
Amaliy loyihalar 1 yil, fundamental loyihalar 2-3 yil | |||
|
5-bosqich |
Kriminologiya tadqiqot instituti |
Yakunlangan har bir ilmiy-tadqiqot loyihasi boʻyicha tadqiqot hisobotini tayyorlaydi va buyurtmachilarga taqdim etadi |
Loyiha yakunlangandan soʻng 5 ish kuni ichida | |||
|
6-bosqich |
Buyurtmachilar |
Tadqiqot hisobotini koʻrib chiqadi va uni amaliyotga joriy etish choralarini koʻradi |
Topshiriqda belgilangan muddatda | |||
4-ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Chora-tadbirlar |
Muddatlar | |||
|
1-bosqich |
Kriminologiya tadqiqot instituti |
Institutning Harakatlar dasturida yil davomida amalga oshiriladigan tashabbus asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalari (16 ta sohaviy, 14 ta hududiy loyihalar) belgilash |
Har yili dekabr oyining 25 sanasiga qadar | |||
|
2-bosqich |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi |
Institutning xarajatlar smetasida yil davomida amalga oshiriladigan tashabbus asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarini moliyalashtirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni budjet mablagʻlari hisobidan ajratish |
Har yilgi budjet parametrlariga asosan | |||
|
3-bosqich |
Kriminologiya tadqiqot instituti |
Tashabbus asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalari hujjatlarini tayyorlash hamda ularni Ichki ishlar vazirligi Moliya va moddiy-texnika taʼminoti departamenti bilan kelishish |
Loyiha tayyor boʻlgandan soʻng 5 ish kuni ichida | |||
|
4-bosqich |
Kriminologiya tadqiqot instituti |
Tashabbus asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarining amalga oshirilishini oʻzining tadqiqot xarajatlari uchun ajratilgan budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish (Moliyalashtirish miqdorini belgilashda Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son, 2020-yil 9-martdagi 133-son qarorlarida belgilangan zarur qoidalar inobatga olinadi) |
Loyiha kelishilgandan soʻng 5 ish kuni ichida | |||
|
5-bosqich |
Kriminologiya tadqiqot instituti |
Kamida 3 kishidan iborat ilmiy-tadqiqot guruhlarini tuzgan holda ilmiy-tadqiqot loyihalarini jamoa boʻlib amalga oshirish |
Amaliy loyihalar 1 yil, fundamental loyihalar 2-3 yil | |||
|
6-bosqich |
Kriminologiya tadqiqot instituti |
Tashabbus asosidagi yakunlangan har bir ilmiy-tadqiqot loyihasi boʻyicha tadqiqot hisobotini tayyorlash va uni Vazirlar Mahkamasiga kiritish |
Loyiha yakunlangandan soʻng 5 ish kuni ichida | |||
|
7-bosqich |
Vazirlar Mahkamasi |
Tadqiqot hisobotini koʻrib chiqish va uni amaliyotga joriy etish yuzasidan masʼul davlat organlariga topshiriq berish |
Loyiha kelib tushgan kundan 15 ish kuni ichida | |||
|
8-bosqich |
Masʼul davlat organlari |
Tadqiqot hisobotini amaliyotga joriy etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish |
Topshiriqqa muvofiq belgilangan muddatda | |||
5-ILOVA
Ilmiy nashr | Mazmuni | Chop etish muddati | ||
Jinoyatchilik tendensiyalari davlat hisoboti | Ichki ishlar vazirligi Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti Huquqiy statistika bosh markazining jinoyatlar haqidagi statistik maʼlumotlari boʻyicha jinoyatchilik tendensiyalarini tahlil va prognoz qilish asosida tayyorlangan axborot-tahliliy hujjat | Har chorak yakunida | ||
Jinoyatchilik omillari davlat hisoboti | Jinoyatlar omillarini metodika boʻyicha ilmiy diagnoz qilish asosida tayyorlangan axborot-tahliliy hujjat | Har chorak yakunida | ||
Kriminologik tadqiqotlar davlat hisoboti | Kriminologiya sohasi boʻyicha bajarilgan ilmiy-tadqiqot, ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalari, dissertatsiyalar, ilmiy ishlanmalar natijalarini, ularning joriy etilganligi haqidagi xulosalarni tahlil qilish asosida tayyorlangan axborot-tahliliy hujjat | Har yil yakunida | ||
Tadqiqot hisoboti | Yakunlangan ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi natijalari boʻyicha chop etiladigan monografiya shaklidagi ilmiy nashr | Loyiha yakunlangandan soʻng | ||
Dissertatsiya avtoreferati | Yakunlangan falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) dissertatsiyasi natijalari boʻyicha chop etiladigan risola shaklidagi ilmiy nashr | Dissertatsiya himoyasidan oldin | ||
“Kriminologiyaning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika konferensiyasi materiallari toʻplami | Kriminologiya sohasi boʻyicha milliy ilmiy va taʼlim tashkilotlari, jamoat xavfsizligini taʼminlovchi subyektlar malakali mutaxassislarini taklif etgan holda davriy ravishda oʻtkaziladigan konferensiya materiallari toʻplami va tadbir ishtirokchilari uchun tarqatma materiallar | Har yil yakunida | ||
“Jahon kriminologiyasining ilgʻor tajribalari” mavzusidagi xalqaro forum materiallari toʻplami | Kriminologiya sohasi boʻyicha xorijiy va xalqaro ilmiy tashkilotlar malakali mutaxassislarini taklif etgan holda davriy ravishda oʻtkaziladigan forum materiallari toʻplami tadbir ishtirokchilari uchun tarqatma materiallar | Har yil yakunida | ||
“Kriminologiya yangiliklari” ilmiy toʻplami | Kriminologik faoliyat amaliyotiga joriy etilgan ilmiy ishlanmalar eʼlon qilinadigan ilmiy toʻplam | Har chorak yakunida | ||
“Kriminologiya” xalqaro ilmiy-amaliy jurnali | Ilmiy maqola shaklida tayyorlangan milliy va xorijiy kriminologik tadqiqotlar natijalari chop etiladigan, Kriminologiya tadqiqot instituti, xorijiy kriminologiya tadqiqot institutlari muassisligida taʼsis etiladigan xalqaro ilmiy nashr | Har chorak yakunida | ||
“Kriminologik faoliyat” ilmiy-amaliy jurnali | Kriminologiya ixtisosligi boʻyicha dissertatsiya, ilmiy-tadqiqot, ilmiy-amaliy tadqiqot, sotsiologik tadqiqot natijalari, shuningdek, ilmiy maqolalar eʼlon qilinadigan ilmiy nashr | Har yarim yil yakunida | ||
Kriminologiya oʻquv dasturi | Kriminologik tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda kriminologiya fani boʻyicha chop etiladigan yangi avlod oʻquv-uslubiy qoʻllanmasi | Har yil yakunida | ||
Kriminologiya darsligi | Kriminologik tadqiqotlar natijalari asosida kriminologiya fani boʻyicha chop etiladigan yangi avlod oʻquv adabiyoti | Har uch yil yakunida | ||