23.11.2023 yildagi 617-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan yangi mahsulot va xizmatlar turlarini joriy etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali ular uchun tartibga solish yukini kamaytirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektron tijorat maʼmurchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish toʻgʻrisida” 2021-yil 17-noyabrdagi PQ-14-son qarori hamda “Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 9-noyabrdagi PF-244-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-noyabrdagi PF-244-son Farmoniga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlariga zamonaviy texnologiyalarga asoslangan yangi mahsulot va xizmatlarni yoki boshqa intellektual faoliyat natijalarini nazorat qilinadigan cheklangan muhitda sinovdan oʻtkazishni nazarda tutuvchi “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini (keyingi oʻrinlarda — maxsus huquqiy rejim) joriy etishga rozilik berilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejim joriy etiladigan sohalar boʻyicha Raqamli texnologiyalar vazirligi, Transport vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi vakolatli organlar (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar) etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejimni joriy etish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejimning maqsadlari hamda talablari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlar hamda maxsus huquqiy rejim ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejimni bekor qilish va tugatish asoslari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat yoki ishlarni nazorat qilinadigan cheklangan muhitda sinovdan oʻtkazish boʻyicha soʻrovnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan Vaqtinchalik nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Maxsus huquqiy rejim toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilingunga qadar amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vakolatli organlar Adliya vazirligi bilan birgalikda arizalar YIDXP orqali qabul qilinishi va koʻrib chiqilishining har bir bosqichini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini iqtisodiyotning aniq yoʻnalishlari kesimida joriy etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Adliya vazirligi maxsus huquqiy rejimni joriy etishda vakolatli organlarga huquqiy-uslubiy jihatdan koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 23-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
617-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-noyabrdagi 617-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAQTINCHALIK NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom maxsus huquqiy rejimni joriy etish tartibini, bekor qilish va tugatish asoslarini, shuningdek, vakolatli organlar hamda maxsus huquqiy rejim ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejim — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 9-noyabrdagi PF-244-son Farmonining 1-ilovasiga muvofiq sohalar boʻyicha yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining zamonaviy texnologiyalarga asoslangan yangi mahsulot, xizmat yoki ishlarni nazorat qilinadigan cheklangan muhitda sinovdan oʻtkazish boʻyicha faoliyatini maxsus tartibga solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish uchun murojaat qilgan yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyekti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi — maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilishga ruxsat berilgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejimni joriy etish toʻgʻrisidagi kelishuv — ariza beruvchi va vakolatli organ oʻrtasida tuziladigan maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish shartlari hamda tartibi belgilangan hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maxsus huquqiy rejim qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat siri va foydalanish cheklangan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan yoʻnalishlardagi faoliyatni tashkil etishga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalardagi majburiyatlariga zid boʻlgan, shu jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq kelmaydigan yangi mahsulot, xizmat va ishlarni maxsus huquqiy rejim doirasida realizatsiya qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maxsus huquqiy rejim quyidagi maqsadlarda joriy etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy faoliyatning yangi turlari, shakllari va usullarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat muhitini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi mahsulot, xizmat va ishlar tarkibini kengaytirish, ularning sifati hamda foydalanish koʻlamini yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan sohani tartibga solishning samarali usullarini aniqlash, joriy qilish va bu boradagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejimni amalga oshirish natijalari boʻyicha umumiy tartibga solishni takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish uchun qulay sharoitlar yaratish hamda ushbu yoʻnalishlar boʻyicha investitsiyalarni keng jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlaridan farq qiluvchi va ularning ayrim qoidalari qoʻllanilmaydigan maxsus tartibga solish rejimini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vakolatli organ tomonidan yangi mahsulot, xizmat va ishlarni maxsus huquqiy rejim doirasida realizatsiya qilish boʻyicha qaror qabul qilinganda, ular uchun litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar maxsus huquqiy rejimni qoʻllash toʻgʻrisidagi kelishuvda koʻrsatilgan muddatda talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maxsus huquqiy rejim quyidagi talablar asosida joriy etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning yangiligi, zamonaviy texnologiyalarga asoslanganligi hamda amaldagi mahsulot, xizmat va ishlarga nisbatan takomillashtirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatning mavjud emasligi yoki qonunchilik hujjatlarida loyihani amalga oshirish bilan bogʻliq taqiqlar mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilishda texnik imkoniyatlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejimni joriy etish mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan maqsadlarga erishishni taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejimni joriy etish shaxsning hayoti, sogʻligʻi yoki mol-mulkiga, shuningdek, davlat mudofaasi va xavfsizligiga zarar yetkazish xavfi baholaganligi va bunday xavf-xatarlarni yuzaga keltirmasligi yoki ularni kamaytirish choralari koʻrilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Vakolatli organ hamda maxsus huquqiy rejim ishtirokchisining huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vakolatli organ maxsus huquqiy rejimni joriy etishda quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish boʻyicha maxsus huquqiy rejimni joriy etishning maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligi, uning amal qilish muddatini uzaytirish va uni muddatidan oldin bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejimni joriy etish toʻgʻrisidagi kelishuvni koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejim doirasida loyihani amalga oshirishning talab va shartlari, shu jumladan, uning muddati, hududi va shaxslar doirasi, tashabbuslarga tatbiq etilmaydigan qonunchilik hujjatlari roʻyxati hamda loyiha natijalarini baholash mezonlari (indikatorlari)ni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejim ishtirokchisining faoliyatini monitoring qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish natijalari toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqish hamda uning natijalari muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsizligi toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vakolatli organ quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish boʻyicha arizalarni oʻz vaqtida koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejim ishtirokchisining yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish natijalarini xolisona baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejim ishtirokchisining yangi mahsulot, xizmat va ishlarning yangiligi hamda zamonaviy texnologiyalarga asoslanganligiga doir intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashabbuskorlarga tatbiq etilmaydigan qonunchilik normalari roʻyxatini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejim doirasida ariza beruvchining faoliyatini davlat organlari tomonidan tekshirishlar kelishuv asosida oʻtkazilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi mahsulot, xizmat va ishlarni maxsus huquqiy rejimni joriy etish toʻgʻrisidagi kelishuvda belgilangan tartibda realizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashabbuskorlarga tatbiq etilmaydigan qonunchilik normalari roʻyxatini belgilash boʻyicha takliflar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi mahsulot, xizmat va ishlarni sinovdan oʻtkazish hamda joriy qilish yoʻnalishlaridagi faoliyati cheklangan vaqt, hudud va shaxslar doirasida maxsus tartibga solish orqali ayrim qonunchilik hujjatlari talablariga amal qilmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejim muddatini uzaytirish yoki uni muddatidan oldin bekor qilish boʻyicha vakolatli organga murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejimni joriy etish toʻgʻrisidagi kelishuv shartlarini oʻzgartirish boʻyicha asoslantirilgan sabablarni koʻrsatgan holda vakolatli organga murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejim doirasida vakolatli organ tomonidan qabul qilingan qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejimni joriy etish toʻgʻrisidagi kelishuv shartlariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organga maxsus huquqiy rejim ishtirokchisining faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan axborotlarni olishda toʻsqinlik qilmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarni yangi mahsulot, xizmat va ishlar maxsus huquqiy rejim doirasida taqdim etilayotganligi, ulardan foydalanishdagi ehtimoliy tavakkalchiliklar toʻgʻrisida xabardor qilish va shartnomalarni ushbu rejim muddatiga mos ravishda rasmiylashtirish, bunda isteʼmolchi yangi mahsulot, xizmat va ishlarning maxsus huquqiy rejim doirasida realizatsiya qilinayotganligi haqida ogohlantirilganligini shartnomada koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejim muddatidan oldin yakunlangan taqdirda, uch kun muddatda mijozlarga xabar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarga oʻzining aybi natijasida yetkazilgan zararni soʻzsiz qoplab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatini amalga oshirishda ekologiya, atrof-muhit va inson salomatligiga zarar yetkazilishining oldini olish choralarini koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi vakolatli organ bilan tuziladigan kelishuvga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Maxsus huquqiy rejimni joriy etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Maxsus huquqiy rejim mazkur Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ariza beruvchi maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi boʻlish uchun tegishli vakolatli organga YIDXP orqali mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq soʻrovnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejim doirasida yangi ishlab chiqariladigan mahsulot, koʻrsatiladigan xizmat yoki amalga oshiriladigan ish toʻgʻrisida mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejimni joriy etish toʻgʻrisidagi kelishuv.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ ariza beruvchining taʼsis hujjatlari va moliyaviy hisobotlarini “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnomani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Maxsus huquqiy rejimni joriy etish toʻgʻrisidagi kelishuvda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejimning davomiyligi (boshlanish va tugash sanalari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejim joriy etiladigan hudud;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejim doirasida amal qilinmaydigan umumiy tartibga solishning alohida qoidalari (talablar, koʻrsatmalar, taqiqlar va cheklovlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashabbuskorlarga tatbiq etilmaydigan qonunchilik normalari roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish uchun zarur boʻladigan joy, texnik vositalar va asbob-uskunalar haqida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish uchun sarflanadigan mablagʻlar va ularni moliyalashtirish manbalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejim ishtirokchilari roʻyxati va ular bajarishi lozim boʻlgan talablar (agar maxsus huquqiy rejim bir nechta ishtirokchiga tatbiq etilsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejimga boshqa subyektlarni qoʻshish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi maqomini toʻxtatib turish asoslari va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejim sharoitida yangi ishlab chiqariladigan mahsulot, koʻrsatiladigan xizmat yoki amalga oshiriladigan ishlardan foydalanish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejimni joriy etish natijadorligini baholash tartib-taomillari, mezonlari hamda maqsadli indikatorlari (miqdor va sifat koʻrsatkichlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar huquqlari himoya qilinishini taʼminlovchi qoidalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vakolatli organ ariza beruvchining maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish boʻyicha YIDXP orqali qabul qilgan soʻrovnomasini kelib tushgan kundan boshlab oʻttiz kun ichida koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish uchun yetarli resurs va imkoniyatlarga ega boʻlishi zarur. Bunda maxsus huquqiy rejim ishtirokchisidagi mavjud shart-sharoitlar tegishli soha yoʻnalishidan kelib chiqib, vakolatli organ tomonidan joyiga chiqqan holda oʻrganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish boshqa sohalar bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan taqdirda, vakolatli organ qonunchilik hujjatlariga muvofiq ushbu sohalardagi vakolatli idoralar bilan kelishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vakolatli organ soʻrovnomani koʻrib chiqishda maʼlumotlarning toʻliqligini taʼminlash maqsadida oʻzining tegishli tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, kelishuvga koʻra boshqa davlat organlari va tashkilotlar mutaxassislari ishtirokida ishchi guruh tashkil etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vakolatli organ ariza beruvchining hujjatlarini koʻrib chiqish jarayonida ariza beruvchi ishtirokida maxsus huquqiy rejim joriy etilishi soʻralayotgan loyihaning taqdimotini oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ taqdimot oʻtkaziladigan kun va joy haqida ariza beruvchini taqdimot oʻtkaziladigan kundan kamida oʻn kun oldin YIDXP orqali xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdimot jarayoni ariza beruvchining roziligi bilan videotasvirga tushiriladi va taqdimot videokonferensaloqa orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vakolatli organ ariza beruvchining maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish toʻgʻrisidagi soʻrovnomasini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish boʻyicha maxsus huquqiy rejimni joriy etishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish boʻyicha maxsus huquqiy rejimni joriy etishning maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus huquqiy rejimni joriy etishning maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, ushbu xulosaga kelishning sabablari va asoslari qarorda aks ettirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Quyidagi hollarda vakolatli organ tomonidan ariza beruvchining maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish boʻyicha loyihasini amalga oshirish maqsadga muvofiq emas deb topiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif etilayotgan yangi ishlab chiqariladigan mahsulot, koʻrsatiladigan xizmat yoki amalga oshiriladigan ish ushbu Nizomning 3 va 6-bandlarida koʻrsatilgan talab va mezonlarga zid boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif etilayotgan mahsulot, xizmat yoki ishlarni maxsus huquqiy rejimni joriy etmasdan realizatsiya qilish imkoniyati mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizani koʻrib chiqish vaqtida ariza beruvchi qayta tashkil etish va tugatish jarayonida ekanligi yoki bankrot deb topilgan va unga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik boʻyicha ish qoʻzgʻatilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi maxsus huquqiy rejim doirasida taklif etilayotgan faoliyat boʻyicha ilgari ekologiya, atrof-muhit yoki inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazilganligi aniqlangan va maxsus huquqiy rejimni joriy etish toʻgʻrisidagi kelishuvda ushbu xavf-xatarni kamaytirish choralari koʻzda tutilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri va/yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejimning joriy etilishi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikka jiddiy xavf tugʻdiruvchi holatlarga olib kelishi aniqlansa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vakolatli organ tomonidan yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish boʻyicha maxsus huquqiy rejimni joriy etishning maqsadga muvofiq emasligi qarorda koʻrsatib oʻtilgan taqdirda, ariza beruvchi rad qilish asoslarini bartaraf qilgan holda soʻrovnomani qayta yuborishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi xabarnoma va qaror nusxasi qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus huquqiy rejimni joriy etish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, xabarnomaga vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan maxsus huquqiy rejimni joriy etish toʻgʻrisidagi kelishuv ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus huquqiy rejimni joriy etish toʻgʻrisidagi kelishuvda vakolatli organ maxsus huquqiy rejim joriy etilgan yoʻnalishning oʻziga xos xususiyatlari (xavf-xatarlari)dan kelib chiqib, maxsus huquqiy rejim joriy etilgan yoʻnalishlarda yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilishning baholash indikatorlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Vakolatli organ tomonidan maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish muddati uzogʻi bilan uch yil etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi belgilangan muddat davomida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni nazorat qilinadigan cheklangan muhitda realizatsiya qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi YIDXP orqali maxsus huquqiy rejimni joriy etish toʻgʻrisidagi kelishuvga oʻzgartirish kiritish haqida vakolatli organga maxsus huquqiy rejimning amal qilish muddati tugashidan kamida bir oy oldin murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur arizada maxsus huquqiy rejimni joriy etish toʻgʻrisidagi kelishuvga oʻzgartirish kiritish sabablari koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ariza vakolatli organga kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida koʻrib chiqiladi va natijasi boʻyicha maxsus huquqiy rejimni joriy etish toʻgʻrisidagi kelishuvga oʻzgartirish kiritish yoki oʻzgartirish kiritishni rad etish haqida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Maxsus huquqiy rejimni muddatidan oldin bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Quyidagi hollarda vakolatli organ tomonidan maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi bilan tuzilgan kelishuvni muddatidan oldin bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi mahsulot, xizmat va ishlarni maxsus huquqiy rejim doirasida realizatsiya qilishni bekor qilishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi mahsulot, xizmat va ishlarni maxsus huquqiy rejim doirasida realizatsiya qilishda ekologiya, atrof-muhit va inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazilayotgan yoki yetkazish xavfi mavjud boʻlsa, basharti ushbu zararning oldini olish yoki uni kamaytirishning imkoniyati mavjud boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi tomonidan yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilishni muddatidan oldin bekor qilishni soʻrab vakolatli organga murojaat qilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi tomonidan yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilishni boshlash maxsus huquqiy rejimni joriy etish toʻgʻrisidagi kelishuvda belgilangan sanadan olti oy muddatga kechikkanda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi tomonidan maxsus huquqiy rejimni joriy etish toʻgʻrisidagi kelishuv shartlari yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish davomida ikki va undan koʻp marotaba buzilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi tomonidan mazkur Nizomning 12-bandiga asosan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki haqiqiy boʻlmagan maʼlumotlar mavjudligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi qayta tashkil etilayotganda yoki tugatilayotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejim ishtirokchisining toʻlovga qobiliyatsizlik holatida ekanligi aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Vakolatli organ maxsus huquqiy rejim muddatidan oldin bekor qilinganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida maxsus huquqiy rejim ishtirokchisiga xabarnoma va qaror nusxasini yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi qarorda koʻrsatilgan vaqtdan boshlab maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish boʻyicha shartnomalar tuzishni toʻxtatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi maxsus huquqiy rejim muddatidan oldin bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi qarorni olgan kundan boshlab besh ish kuni ichida mijozlar (isteʼmolchilar)ni maxsus huquqiy rejim doirasidagi faoliyati bekor qilinganligi toʻgʻrisida xabardor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus huquqiy rejimning bekor qilinishi uni amalga oshirish jarayonida tuzilgan shartnomalar boʻyicha taraflarning oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod etmaydi. Bunda shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq sud tartibida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Maxsus huquqiy rejimni tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Maxsus huquqiy rejim uning amal qilish muddati yakunlanishi bilan tugatilgan hisoblanadi. Bunda maxsus huquqiy rejimning amal qilish muddati yakunlangandan soʻng besh ish kuni ichida uning ishtirokchisi yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish natijalari toʻgʻrisidagi hisobotni vakolatli organga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Vakolatli organ maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi tomonidan taqdim etilgan hisobotni va monitoring davomida toʻplagan maʼlumotlarni oʻttiz ish kuni ichida koʻrib chiqib, maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish holatini baholaydi va quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish natijasini muvaffaqiyatli deb topish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish natijasini muvaffaqiyatsiz deb topish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Vakolatli organ uch ish kuni ichida qabul qilingan qarorni maxsus huquqiy rejim ishtirokchisiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Vakolatli organ bir oy muddatda maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish natijasi boʻyicha qabul qilingan qarordan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Vakolatli organ Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida va YIDXPda maxsus huquqiy rejim boʻyicha ochiq maʼlumotlar reyestrini yuritadi va uning doimiy ravishda yangilanib borishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq maʼlumotlar reyestrida maxsus huquqiy rejim joriy etilgan soha, maxsus huquqiy rejim davri va ishtirokchilari, yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish natijalari hamda ularni baholash indikatorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Maxsus huquqiy rejim ishtirokchisining huquqlari va qonuniy manfaatlari ushbu Nizomda nazarda tutilmagan boshqa asoslarga koʻra cheklanishiga va faoliyati tugatilishi yoʻl qoʻyilmaydi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganda, maxsus huquqiy rejim yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish muddati tugagunga qadar amalda boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilishda soliq, bojxona va mehnat munosabatlari amaldagi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi hamda ushbu sohadagi qonunchilik hujjatlari normalariga amal qilmaslik boʻyicha imtiyozlar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Maxsus huquqiy rejim ishtirokchilari vakolatli organlarning xatti-harakatlari va qarorlari yuzasidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus huquqiy rejimni joriy etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi boʻlish uchun tegishli vakolatli organga YIDXP orqali soʻrovnoma yuboradi.

Xohishiga koʻra

2-bosqich

Vakolatli organ

1. Ariza beruvchi tomonidan yuborilgan soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi va natijasi boʻyicha quyidagicha qaror qabul qiladi:

yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish boʻyicha maxsus huquqiy rejimni joriy etishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida;

yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish boʻyicha maxsus huquqiy rejimni joriy etishning maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida.

Oʻttiz kun ichida

2. Qabul qilingan qarorni ariza beruvchiga yuboradi.

Bir ish kuni ichida

3-bosqich

Maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi

1. Yangi mahsulot, xizmat va ishlarni nazorat qilinadigan cheklangan muhitda realizatsiya qiladi.

Belgilangan muddatda

2. Yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish natijalari toʻgʻrisidagi hisobotni vakolatli organga taqdim etadi.

 

Belgilangan muddat yakunlangandan soʻng besh ish kuni ichida

4-bosqich

Vakolatli organ

1. Maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi tomonidan taqdim etilgan hisobotni va monitoring qilish natijasida toʻplagan maʼlumotlarni koʻrib chiqib, maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish natijasini muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz deb topish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Oʻttiz ish kuni ichida

2. Qabul qilingan qarorni maxsus huquqiy rejim ishtirokchisiga yuboradi.

Uch ish kuni ichida

3. Maxsus huquqiy rejim doirasida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish natijasi boʻyicha qabul qilingan qarordan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.

Qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddatda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi boʻlish uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SOʻROVNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Yuridik shaxsning STIRi

2. Yuridik shaxsning joylashgan joyi (pochta manzili)

3. Asosiy faoliyat turi

4. Telefon raqami

5. Elektron pochta manzili, rasmiy veb-sayti (agar mavjud boʻlsa)

6. Maxsus huquqiy rejim doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan faoliyat (mahsulot, xizmat va ish)

II. Ilova qilinadigan hujjatlar*:

1. Maxsus huquqiy rejim doirasida yangi ishlab chiqariladigan mahsulot, koʻrsatiladigan xizmat yoki amalga oshiriladigan ish toʻgʻrisida maʼlumot.

2. Maxsus huquqiy rejimni joriy etish toʻgʻrisidagi kelishuv.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh*. Hujjatlar soʻrovnomaga “PDF” shaklda ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus huquqiy rejim doirasida yangi ishlab chiqariladigan mahsulot, koʻrsatiladigan xizmat yoki amalga oshiriladigan ish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Maxsus huquqiy rejim boʻyicha masʼul tarkibiy boʻlinma nomi

2.

Maxsus huquqiy rejim boʻyicha masʼul boʻlinma rahbari (F.I.O.)

3.

Maxsus huquqiy rejim boʻyicha masʼul boʻlinma rahbarining telefon raqami

4.

Maxsus huquqiy rejim sharoitida yangi mahsulot, xizmat va ishlar realizatsiya qilinadigan joy

5.

Maxsus huquqiy rejim doirasida realizatsiya qilinadigan yangi mahsulot, xizmat va ishlar haqida maʼlumot

6.

Yangi mahsulot, xizmat va ishlarni maxsus huquqiy rejim sharoitida realizatsiya qilish uchun asos

7.

Yangi mahsulot, xizmat va ishlarni maxsus huquqiy rejim sharoitida realizatsiya qilishda foydalaniladigan texnologiyalar

8.

Yangi mahsulot, xizmat va ishlarni maxsus huquqiy rejim sharoitida realizatsiya qilishni moliyalashtirish manbalari

9.

Maxsus huquqiy rejim sharoitida yangi mahsulot, xizmat va ishlarni maxsus huquqiy rejim sharoitida realizatsiya qilishda ekologiya, atrof-muhit va inson salomatligiga zarar yetkazilishining oldini olish boʻyicha koʻrilgan choralar tavsifi

10.

Yangi mahsulot, xizmat va ishlarni maxsus huquqiy rejim sharoitida realizatsiya qilishning biznes jarayoni tavsifi

11.

Yangi mahsulot, xizmat va ishlarni maxsus huquqiy rejim sharoitida realizatsiya qilishda xavf-xatarlarni aniqlash, shuningdek, axborot xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan choralar tavsifi

12.

Yangi mahsulot, xizmat va ishlarni maxsus huquqiy rejim sharoitida realizatsiya qilish muvaffaqiyatsizlikka uchraganda, isteʼmolchilar va boshqalarga yetkazilgan zararlarni qoplash yoki majburiyatlarni bajarish mexanizmlari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-noyabrdagi 617-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini iqtisodiyotning aniq yoʻnalishlari kesimida joriy etish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻL XARITASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Elektron tijorat va uning “Ochiq raqamli ekotizimi” axborot tizimlari majmuasi

1.

Elektron tijorat va uning “Ochiq raqamli ekotizimi” axborot tizimlari majmuasi faoliyatini tahlil qilish.

1. Elektron tijorat va uning “Ochiq raqamli ekotizimi” axborot tizimlari majmuasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etishda elektron tijorat va ochiq raqamli ekotizim sohasini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish va tahlil qilish.

2. Elektron tijorat va uning “Ochiq raqamli ekotizimi” axborot tizimlari majmuasida faoliyatni amalga oshirish uchun zarur talablar va shartlar (litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar, xabarnoma, sertifikat, akkreditatsiya) roʻyxatini shakllantirish.

3. Elektron tijorat va uning “Ochiq raqamli ekotizimi” axborot tizimlari majmuasida faoliyatni amalga oshirishda tartibga solinmagan yoki yuqori tavakkalchilik talab etiladigan yoʻnalishlar (mahsulot, xizmat va ishlar)ni aniqlash.

2023-yil noyabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

2.

Elektron tijorat va uning “Ochiq raqamli ekotizimi” axborot tizimlari majmuasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish boʻyicha soʻrovnomalarni koʻrib chiqish.

1. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatni amalga oshirish toʻgʻrisidagi soʻrovnomalarni qabul qilish, koʻrib chiqish va natijasi boʻyicha maʼlumotlarni ariza beruvchilarga yuborish uchun YIDXPda zarur imkoniyatlarni yaratish.

2. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatni amalga oshirish boʻyicha soʻrovnomalarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilinadigan hujjatlar namunalari hamda ikki tomonlama kelishuv bitimi loyihasini tasdiqlash.

3. Soʻrovnomalarni koʻrib chiqishda yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga masʼul boʻlgan davlat organlari va soliq organlaridan “Raqamli hukumat” platformasi orqali ariza beruvchining taʼsis hujjatlari va moliyaviy hisobotlarini soʻrab olish imkoniyatini yaratish.

2023-yil noyabr-dekabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

4. Elektron tijorat va uning “Ochiq raqamli ekotizimi” axborot tizimlari majmuasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish boʻyicha tadbirkorlik subyektlari ishtirokida davra suhbatlari, seminar-trening hamda konferensiyalar tashkil etish.

Doimiy

3.

Elektron tijorat va uning “Ochiq raqamli ekotizimi” axborot tizimlari majmuasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish.

1. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatni amalga oshirish toʻgʻrisidagi soʻrovnomalarni koʻrib chiqish boʻyicha masʼul tarkibiy tuzilmani belgilash yoki ishchi guruh tuzish yoxud masʼullarni tayinlash.

2. Elektron tijorat va uning “Ochiq raqamli ekotizimi” axborot tizimlari majmuasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etishda yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish uchun zarur boʻladigan minimal talablarni rasmiy veb-saytda joylashtirish.

2023-yil noyabr-dekabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

3. Rasmiy veb-saytda va YIDXPda “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatini amalga oshiradigan tadbirkorlik subyektlari reyestrini yuritish.

Doimiy

II. Transport va logistika sohasi

4.

Transport va logistika sohasini tahlil qilish.

1. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etishda transport va logistika sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish va tahlil qilish.

2. Transport va logistika sohasida faoliyatni amalga oshirish uchun zarur talablar va shartlar (litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar, xabarnoma, sertifikat, akkreditatsiya) roʻyxatini shakllantirish.

3. Transport va logistika sohasida faoliyatni amalga oshirishda tartibga solinmagan yoki yuqori tavakkalchilik talab etiladigan yoʻnalishlar (mahsulot, xizmat va ishlar)ni aniqlash.

Bunda yuqori darajada avtomatlashtirilgan transport vositalarini va uchuvchisiz uchadigan apparatlarni loyihalashtirish, ishlab chiqarish va ulardan foydalanish, operatorni sertifikatlash, transport-logistika va transport xizmatlarini koʻrsatish sohalariga eʼtibor qaratish.

2023-yil noyabr

Transport vazirligi

5.

Transport va logistika sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish boʻyicha soʻrovnomalarni koʻrib chiqish.

1. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatni amalga oshirish toʻgʻrisidagi soʻrovnomalarni qabul qilish, koʻrib chiqish va natijasi boʻyicha maʼlumotlarni ariza beruvchilarga yuborish uchun YIDXPda zarur imkoniyatlarni yaratish.

2. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatni amalga oshirish toʻgʻrisidagi soʻrovnomalarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilinadigan hujjat namunalari hamda ikki tomonlama kelishuv bitimi loyihasini tasdiqlash.

3. Soʻrovnomalarni koʻrib chiqishda yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga masʼul boʻlgan organlardan va soliq organlaridan “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali ariza beruvchining taʼsis hujjatlari va moliyaviy hisobotlarini soʻrab olish imkoniyatini yaratish;

2023-yil noyabr-dekabr

Transport vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

4. Transport va logistika sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish uchun tadbirkorlik subyektlari ishtirokida davra suhbatlari, seminar-trening hamda konferensiyalar tashkil etish.

Doimiy

Transport vazirligi

6.

Transport va logistika sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish.

1. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatni amalga oshirish toʻgʻrisidagi soʻrovnomalarni koʻrib chiqish boʻyicha masʼul tarkibiy tuzilmani belgilash yoki ishchi guruh tuzish yoxud masʼullarni tayinlash.

2. Transport va logistika sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etishda yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish uchun zarur boʻladigan minimal talablarni rasmiy veb-saytda joylashtirish.

2023-yil noyabr-dekabr

Transport vazirligi

3. Rasmiy veb-saytda va YIDXPda “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatini amalga oshiradigan tadbirkorlik subyektlari reyestrini yuritish.

Doimiy

III. Investitsiyalar, sanoat ishlab chiqarish, savdo va texnik jihatdan tartibga solish sohasi

7.

Investitsiyalar, sanoat ishlab chiqarish, savdo, texnik jihatdan tartibga solish sohasini tahlil qilish.

1. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etishda investitsiyalar, sanoat ishlab chiqarish, savdo va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish va tahlil qilish.

2. Investitsiyalar, sanoat ishlab chiqarish, savdo va texnik jihatdan tartibga solish sohasida faoliyatni amalga oshirish uchun zarur talablar va shartlar (litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar, xabarnoma, sertifikat, akkreditatsiya) roʻyxatini shakllantirish.

3. Investitsiyalar, sanoat ishlab chiqarish, savdo va texnik jihatdan tartibga solish sohasida faoliyatni amalga oshirishda tartibga solinmagan yoki yuqori tavakkalchilik talab etiladigan yoʻnalishlar (mahsulot, xizmat va ishlar)ni aniqlash.

2023-yil noyabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

8.

Investitsiyalar, sanoat ishlab chiqarish, savdo va texnik jihatdan tartibga solish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish boʻyicha soʻrovnomalarni koʻrib chiqish.

1. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatni amalga oshirish toʻgʻrisidagi soʻrovnomalarni qabul qilish, koʻrib chiqish va natijasi boʻyicha maʼlumotlarni ariza beruvchilarga yuborish uchun YIDXPda zarur imkoniyatlarni yaratish.

2. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatni amalga oshirish toʻgʻrisidagi soʻrovnomalarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilinadigan hujjat namunalari hamda ikki tomonlama kelishuv bitimi loyihasini tasdiqlash.

3. Soʻrovnomalarni koʻrib chiqishda yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga masʼul boʻlgan organlardan va soliq organlaridan “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali ariza beruvchining taʼsis hujjatlari va moliyaviy hisobotlarini soʻrab olish imkoniyatini yaratish.

2023-yil noyabr-dekabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

4. Investitsiyalar, sanoat ishlab chiqarish, savdo va texnik jihatdan tartibga solish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish uchun tadbirkorlik subyektlari ishtirokida davra suhbatlari, seminar-trening hamda konferensiyalar tashkil etish.

Doimiy

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

9.

Investitsiyalar, sanoat ishlab chiqarish, savdo va texnik jihatdan tartibga solish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etishni tashkil qilish.

1. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatni amalga oshirish toʻgʻrisidagi soʻrovnomalarni koʻrib chiqish boʻyicha masʼul tarkibiy tuzilmani belgilash yoki ishchi guruh tuzish yoxud masʼullarni tayinlash.

2. Investitsiyalar, sanoat ishlab chiqarish, savdo va texnik jihatdan tartibga solish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etishda yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish uchun zarur boʻladigan minimal talablarni rasmiy veb-saytda joylashtirish.

2023-yil noyabr-dekabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

3. Rasmiy veb-saytda va YIDXPda “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatini amalga oshiradigan tadbirkorlik subyektlari reyestrini yuritish.

Doimiy

IV. Qishloq xoʻjaligi sohasi

10.

Qishloq xoʻjaligi sohasini tahlil qilish.

1. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etishda qishloq xoʻjaligi sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish va tahlil qilish.

2. Qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyatni amalga oshirish uchun zarur talablar va shartlar (litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar, xabarnoma, sertifikat, akkreditatsiya) roʻyxatini shakllantirish.

3. Qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyatni amalga oshirishda tartibga solinmagan yoki yuqori tavakkalchilik talab etiladigan yoʻnalishlar (mahsulot, xizmat va ishlar)ni aniqlash. Bunda qishloq xoʻjaligi ekinlarining yangi navlarini sinash sohasiga eʼtibor qaratish.

2023-yil noyabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

11.

Qishloq xoʻjaligi sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish boʻyicha soʻrovnomalarni koʻrib chiqish.

1. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatni amalga oshirish toʻgʻrisidagi soʻrovnomalarni qabul qilish, koʻrib chiqish va natijasi boʻyicha maʼlumotlarni ariza beruvchilarga yuborish uchun YIDXPda zarur imkoniyatlarni yaratish.

2. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatni amalga oshirish toʻgʻrisidagi soʻrovnomalarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilinadigan hujjat namunalari hamda ikki tomonlama kelishuv bitimi loyihasini tasdiqlash.

3. Soʻrovnomalarni koʻrib chiqishda yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga masʼul boʻlgan organlardan va soliq organlaridan “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali ariza beruvchining taʼsis hujjatlari va moliyaviy hisobotlarini soʻrab olish imkoniyatini yaratish.

2023-yil noyabr-dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

4. Qishloq xoʻjaligi sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish uchun tadbirkorlik subyektlari ishtirokida davra suhbatlari, seminar-trening hamda konferensiyalar tashkil etish.

Doimiy

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

12.

Qishloq xoʻjaligi sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etishni tashkil etish.

1. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatni amalga oshirish toʻgʻrisidagi soʻrovnomalarni koʻrib chiqish boʻyicha masʼul tarkibiy tuzilmani belgilash yoki ishchi guruh tuzish yoxud masʼullarni tayinlash.

2. Qishloq xoʻjaligi sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etishda yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish uchun zarur boʻladigan minimal talablarni rasmiy veb-saytda joylashtirish.

2023-yil noyabr-dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

3. Rasmiy veb-saytda va YIDXPda “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatini amalga oshiradigan tadbirkorlik subyektlari reyestrini yuritish.

Doimiy

V. Qurilish sohasi

13.

Qurilish sohasini tahlil qilish.

1. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etishda qurilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish va tahlil qilish.

2. Qurilish sohasida faoliyatni amalga oshirish uchun zarur talablar va shartlar (litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar, xabarnoma, sertifikat, akkreditatsiya) roʻyxatini shakllantirish.

3. Qurilish sohasida faoliyatni amalga oshirishda tartibga solinmagan yoki yuqori tavakkalchilik talab etiladigan yoʻnalishlar (mahsulot, xizmat va ishlar)ni aniqlash.

Bunda arxitektura-qurilish ishlarini loyihalashtirish, bino-inshootlarni qurish, kapital taʼmirlash, rekonstruksiya qilish, qurilish obyektlarini buzish, binolar va inshootlardan foydalanish sohalariga eʼtibor qaratish.

2023-yil noyabr

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

14.

Qurilish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish boʻyicha soʻrovnomalarni koʻrib chiqish.

1. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatni amalga oshirish toʻgʻrisidagi soʻrovnomalarni qabul qilish, koʻrib chiqish va natijasi boʻyicha maʼlumotlarni ariza beruvchilarga yuborish uchun YIDXPda zarur imkoniyatlarni yaratish.

2. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatni amalga oshirish toʻgʻrisidagi soʻrovnomalarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilinadigan hujjat namunalarini, ikki tomonlama kelishuv bitimi loyihasini tasdiqlash.

3. Soʻrovnomalarni koʻrib chiqishda yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga masʼul boʻlgan organlardan va soliq organlaridan “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali ariza beruvchining taʼsis hujjatlari va moliyaviy hisobotlarini soʻrab olish imkoniyatini yaratish.

2023-yil noyabr-dekabr

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

4. Qurilish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish uchun tadbirkorlik subyektlari ishtirokida davra suhbatlari, seminar-trening hamda konferensiyalar tashkil etish.

Doimiy

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

15.

Qurilish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etishni tashkil etish.

1. “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatni amalga oshirish toʻgʻrisidagi soʻrovnomalarni koʻrib chiqish boʻyicha masʼul tarkibiy tuzilmani belgilash yoki ishchi guruh tuzish yoxud masʼullarni tayinlash.

2. Qurilish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etishda yangi mahsulot, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish uchun zarur boʻladigan minimal talablarni rasmiy veb-saytda joylashtirish.

2023-yil noyabr-dekabr

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

3. Rasmiy veb-saytda va YIDXPda “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatini amalga oshiradigan tadbirkorlik subyektlari reyestrini yuritish.

Doimiy

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2023-y., 09/23/617/0890-son)