1-ILOVA
T/r | Soha nomi | Vakolatli organ nomi |
1. | Elektron tijorat (muomalasi cheklangan yoki taqiqlangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bilan savdo-sotiq qilishdan tashqari) | Istiqbolli loyihalar milliy agentligi |
2. | Transport va logistika | Transport vazirligi |
3. | Sanoat ishlab chiqarishi | Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi |
4. | Qishloq xoʻjaligi | Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
5. | Qurilish | Qurilish vazirligi |
2-ILOVA
|
Bosqichlar |
|
Masʼullar |
|
Tadbirlar |
|
Bajarish muddatlari |
|
1-bosqich |
Davlat organlari va tashkilotlari |
1. Oʻz sohasidagi majburiy talablar oʻrnatilgan barcha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar roʻyxatini shakllantiradi. 2. Ushbu hujjatlardagi majburiy talablarni ularning zarurati, asosliligi va dolzarbligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan birga belgilangan shaklda Tadbirkorlik subyektlari uchun tartibga solish yukini kamaytirish boʻyicha ishchi guruhga (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) kiritadi. |
3 oy | |||
|
2-bosqich |
Ishchi guruh |
1. Ishchi guruh masʼul vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlar, yirik davlat korxonalarining malakali mutaxassislari, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari va xalqaro tashkilotlar vakillaridan iborat tarkibda kichik ishchi guruhlar (keyingi oʻrinlarda — kichik ishchi guruhlar) tuzadi. |
1 oy | |||
|
Kichik ishchi guruhlar |
2. Kichik ishchi guruhlar sohaga tegishli majburiy talablarning zarurati, asosliligi va dolzarbligini tanqidiy tahlil qilgan holda, ularning tartibga solish taʼsirini baholaydi va ushbu talablarni qisqartirish toʻgʻrisidagi takliflarni Ishchi guruhga kiritadi. |
4 oy | ||||
|
3-bosqich |
Ishchi guruh |
Majburiy talablarni qisqartirish haqidagi takliflarni koʻrib chiqadi va kichik ishchi guruhlarga ularni amalga oshirish boʻyicha topshiriq beradi. |
1 oy | |||
|
4-bosqich |
Kichik ishchi guruhlar |
Tegishli sohaga oid majburiy talablarni qisqartirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Ishchi guruhga kiritadi. |
1 oy | |||
|
5-bosqich |
Ishchi guruh |
Reyestrni shakllantirish doirasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish holati haqida axborot hamda majburiy talablarni qisqartirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. |
1 oy | |||
|
6-bosqich |
Davlat organlari va tashkilotlari |
Qayta koʻrib chiqilgan va qisqartirilgan majburiy talablar asosida sohalar boʻyicha majburiy talablar reyestrini shakllantiradi hamda Adliya vazirligiga reyestrga joylashtirish uchun kiritadi. |
1 oy | |||
3-ILOVA
1. | J.A. Xodjayev | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari |
2. | D.S. Kasimov | — | Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari |
3. | D.A. Vahobov | — | Savdo-sanoat palatasi raisi, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari |
4. | R.Q. Davletov | — | adliya vaziri |
5. | T.A. Ishmetov | — | moliya vaziri |
6. | Sh.X. Shermatov | — | axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri |
7. | B.I. Zakirov | — | qurilish vaziri |
8. | Sh.D. Kudbiyev | — | Davlat soliq qoʻmitasi raisi |
9. | Sh.Sh. Sharaxmetov | — | Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi |
10. | L.Sh. Kudratov | — | investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari |
11. | M.M. Ubaydullayev | — | iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari |
12. | B.K. Yusupaliyev | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi |
13. | Lavozimi boʻyicha | — | Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri, Ishchi guruh kotibi |
4-ILOVA
|
Chora-tadbir nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochi | |
|
1. |
Tadbirkorlik subyektlariga oʻzining telefon hamda elektron pochta manzili haqidagi maʼlumotlarni Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimida istalgan vaqtda bepul oʻzgartirish imkoniyatini yaratish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023-yil may |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
2. |
Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasida davlat xizmatlari markazlari tomonidan tadbirkorlik subyekti boʻlgan yuridik shaxslarni yangidan davlat roʻyxatidan oʻtkazishda ularga soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini shakllantirish va berish imkoniyatini yaratish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023-yil iyun |
Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
3. |
Davlat organlari va tashkilotlarining soʻrovlariga asosan bojxona yuk deklaratsiyasi maʼlumotlari hamda ekologik ekspertiza xulosalari va ularning nusxalarini “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etishni yoʻlga qoʻyish, bundan davlat sirlari bilan bogʻliq maʼlumotlar mustasno. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023-yil iyul |
Davlat bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (N. Oblomurodov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
4. |
Tadbirkorlik subyektlariga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida xizmatlar koʻrsatish boʻyicha zarur shart-sharoitlar yaratish (tizimga kirish, undan foydalanish, xavfsizlik talablarini ishlab chiqish). |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023-yil fevral |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
5. |
Tadbirkorlik subyekti boʻlgan yuridik shaxslarni (banklar va kredit byurolaridan tashqari) ixtiyoriy tugatish boʻyicha murojaatlarni elektron tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish hamda yuridik shaxs tugatishga tayyor holga kelganligi haqida ariza beruvchiga sms-xabarnoma yuborish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023-yil fevral |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
6. |
Tadbirkorlik subyekti boʻlgan yuridik shaxslarning ixtiyoriy tugatish jarayoniga oʻtkazilganligi haqida kommunal tashkilotlarga (elektr, gaz, suv taʼminoti) xabarnoma yuborish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. |
1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. 2. Kommunal tashkilotlarning axborot tizimlarini Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimiga integratsiya qilish. |
2023-yil fevral |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Sh. Xidoyatov), Energetika vazirligi (A. Axmedxadjayev) |
|
7. |
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatilgan xizmatlar natijasini sms-xabarnomadagi havola orqali olish hamda sms-xabarnomada ariza raqamini aks ettirish imkoniyatini yaratish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023-yil mart |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
8. |
Koʻchmas mulk tarixi maʼlumotlarini taqdim etish boʻyicha davlat xizmatini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, davlat xizmatlari markazi hamda Kadastr agentligining davreestr.uz veb-sayti orqali koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil mart |
Kadastr agentligi (F. Poʻlatov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
9. |
Auditorlik tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda uni Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritish xizmatini kompozit usulida koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil may |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
10. |
Ekologik auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, bekor qilish, Ekologik auditorlarning reyestrini yuritishni tartibga solish asoslarini ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil avgust |
Ekologiya va atrof- muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (N. Oblomurodov) |
|
11. |
Hunarmandchilik subyektlari boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlarni roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida Hunarmandlar uyushmasiga aʼzo boʻlish haqida murojaat qilish imkoniyatini yaratish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil sentabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Hunarmandlar uyushmasi (U. Abdullayev) |
|
12. |
Barcha turdagi malaka sertifikatlarining muddati tugashidan oldin sertifikat egalarini malaka sertifikati muddatini uzaytirish (malaka oshirishi) lozimligi haqida xabardor qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023-yil iyun |
Malaka sertifikatini beruvchi organlar |
|
13. |
Avtomototransport vositalari toifalari boʻyicha amaliy imtihonda bajariladigan sinov mashqlari roʻyxatini oʻz ichiga olgan umumiy koʻrsatmalarni ishlab chiqish hamda vakolatli organning rasmiy veb-saytida eʼlon qilish orqali avtomototransport vositalari toifalari boʻyicha amaliy imtihonda bajariladigan sinov mashqlari roʻyxatini kelishish tartib-taomilini bekor qilish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil yanvar |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev) |
|
14. |
Sharbat mahsulotlarini yoʻq qilish usullari va shartlarini oʻz ichiga olgan umumiy koʻrsatmalarni ishlab chiqish hamda vakolatli organning rasmiy veb-saytida eʼlon orqali sharbat mahsulotlarini yoʻq qilish usullari va shartlarini kelishish tartib-taomilini bekor qilish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023-yil yanvar |
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (B. Yusupaliyev), Texnik jihatdan tartibga solish agentligi (D. Sattarov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (N. Oblomuradov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (B. Norqobilov), Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (I. Ergashev) |
|
15. |
Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida barpo etiladigan yopiq muz qoplamali maydonlarning loyiha-smeta hujjatlarini kelishish tartib-taomilini bekor qilish orqali loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha talablarni davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda belgilash tartibini joriy etish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil yanvar |
Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi (Z. Bozorov), Turizm va madaniy meros vazirligi (B. Shaxriyorov) |
|
17. |
Goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalar uchun moʻljallangan, sanitariya qoidalari hamda normalariga muvofiq boʻlmagan oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, yoʻq qilish yoki ulardan oziq-ovqat ehtiyojlaridan boshqa maqsadlar uchun foydalanish usullari va shartlarini elektron tarzda kelishish tartibini joriy etish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil fevral |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (B. Yusupaliyev) |
|
18. |
Yogʻ-moy mahsulotlarini qaytarib olish va utilizatsiya qilish (qayta ishlash) shart-sharoitlarini belgilagan tartibda elektron tarzda kelishish tartibini joriy etish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil fevral |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Texnik jihatdan tartibga solish agentligi (D. Sattarov) |
|
19. |
Alkogolsiz ichimliklarni utilizatsiya qilish usullari va shartlarini kelishish tartib-taomillarini elektron tarzda amalga oshirish tartibini joriy etish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil fevral |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Texnik jihatdan tartibga solish agentligi (D. Sattarov) |