20.06.2023 yildagi PF-101-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’muriy islohotlar doirasida suv xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-14-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xo‘jaligi vazirligining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xo‘jaligi sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Vazirlikning markaziy apparati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xo‘jaligi sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqadi va uning amalga oshirilishini hamda bu borada mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z tizimiga va tashkiliy bo‘ysunuviga kiradigan ijro etuvchi hududiy organlari faoliyatini baholashning maqsadli ko‘rsatkichlarini belgilaydi hamda ularga erishish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy tartibga solish funksiyasi doirasida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holati, hududlarning suv ta’minoti, yerlarning meliorativ holatiga oid muammolarni aniqlash va bartaraf etish tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi, o‘z vakolati doirasida huquqiy tartibga solish va nazorat funksiyalarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy tuzilmalarni malakali kadrlar bilan to‘ldirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini uzluksiz oshirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat faoliyatini amalga oshirish va mehnatga haq to‘lashning munosib va adolatli shart-sharoitlarini yaratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xo‘jaligi sohasi bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda hududiy bo‘linmalarning xalq bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish yo‘nalishidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi va umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) hududiy bo‘linmalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda suv xo‘jaligi sohasi bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish hamda belgilab berilgan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishga qaratilgan amaliy va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holati, hududning suv ta’minoti, yerlarning meliorativ holati va sohadagi muammolarni tahlil qilgan holda, ularni bartaraf etish hamda suv xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda qonunchilik hujjatlari hamda topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash choralarini ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi va o‘z vakolati doirasida tegishli hududda davlat nazorati tadbirlarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Suv xo‘jaligi vaziriga o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot va ta’lim tashkilotlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarini maslahatchi sifatida jalb etish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Suv xo‘jaligi vazirligi (B. Kamalov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Karimov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda 2030-yil yakuniga qadar Suv xo‘jaligi vazirligining quyi (tuman) bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish, fermer xo‘jaliklari va boshqa suv iste’molchilariga suv yetkazib berish hamda suvning hisobini yuritish funksiyasining bosqichma-bosqich davlat-xususiy sheriklikka o‘tkazilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, 2023-yil sentabr oyiga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlarda suv resurslarini boshqarishni davlat-xususiy sheriklikka o‘tkazish shartlari hamda namunaviy shartnoma ishlab chiqilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu loyihalarning jozibadorligini oshirish bo‘yicha aniq rag‘batlantiruvchi mexanizmlar belgilab olinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha tumanlarda suv resurslarini boshqarishni davlat-xususiy sheriklikka o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Inspeksiya) etib qayta nomlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining quyidagi funksiyalari Inspeksiyaga o‘tkazilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha yer usti suv obyektlarida suvning oqilona boshqarilishi, suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalari (tartibi)ga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish choralarini ko‘rish borasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha yer usti suv obyektlarida suvdan foydalanishga doir ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda belgilangan funksiyalarni samarali amalga oshirish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining sun’iy suv obyektlarida suvdan foydalanish nazoratini amalga oshiruvchi 159 ta shtat birligi Inspeksiyaga o‘tkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklarining Inspeksiyaning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Inspeksiyaning markaziy apparati faoliyati O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti hamda uning hududiy boshqarmalari faoliyati tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PF-221-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y., 06/24/221/0003-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan chiqarilish sanasi 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Inspeksiyaga yer usti suvlaridan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini hamda suv olish tartibini buzish holatlari bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish, shuningdek, jismoniy shaxslarga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llash vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki, suv xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilganligi uchun Inspeksiya tomonidan vakolati doirasida qo‘llaniladigan jarimalar miqdorining 30 foizi respublika budjetiga va 70 foizi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Suv xo‘jaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari hamda Suv omborlaridan foydalanish boshqarmalari faoliyatini moliyalashtirishni 2024-yil 1-yanvardan tegishli mahalliy budjetlardan Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan taqdim etilgan budjet so‘roviga asosan Respublika budjetiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Agrobank” ATB boshqaruvi raisi R. Mamatkulov boshchiligida suv xo‘jaligidagi islohotlarni jadallashtirish, suvdan foydalanishda zamonaviy tejamkor texnologiyalar va ilg‘or tajribalarni keng joriy etish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil qilinsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Loyiha ofisiga quyidagi vakolatlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tashabbusi bilan chiqqan tadbirkorlik subyektlarining loyiha tashabbuslarini Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birga ko‘rib chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy malakali mutaxassislarni jalb qilish, “Suvchilar maktabi” faoliyatini yuritish hamda moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohadagi mahalliy va xorijiy loyiha institutlari (kompaniyalari) bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlarni tashkil qilish hamda shartnomalar imzolash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Loyiha ofisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida soha ilmiy xodimlariga 10 mlrd so‘m miqdorida grant ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga suvni tejash va hisobga olishning ilg‘or tajribalarini joriy qilish bo‘yicha axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) va Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) bilan birgalikda sohada raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-2024-yillarda suv xo‘jaligi tashkilotlarini zarur kompyuter texnikalari, lokal tarmoqlar va zamonaviy server qurilmalari bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-yanvarga qadar suv xo‘jaligi sohasidagi “Vaziyatlar markazi” axborot tizimini tubdan takomillashtirgan holda “Raqamli suv xo‘jaligi” yagona axborot tizimi yaratilishi va suv xo‘jaligi bo‘yicha barcha dasturiy ta’minotlarning mazkur tizimga bosqichma-bosqich integratsiya qilinishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023-yil 1-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2024 — 2026-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlashni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 6-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Xamrayev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 20-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-101-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yer usti suv resurslarini boshqarish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, suvlarning zararli ta’sirining oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tizimdagi rahbariy faoliyatni yakkaboshchilik asosida tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) respublika aholisi, iqtisodiyot tarmoqlari va atrof-muhitning suvga bo‘lgan muttasil oshib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoitlar yaratish, suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) O‘zbekiston Respublikasida barcha yer usti suv resurslarini hisobga olish hamda suvdan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha nazoratni amalga oshirishga oid tegishli tadbirlarni muvofiqlashtirish, shuningdek, suv balansini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini ta’minlash, sohani rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalar va texnik ko‘mak mablag‘lari, shuningdek, malakali xorijiy ekspertlar va konsalting tashkilotlarini jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) suv xo‘jaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini ekspertiza qilish hamda amalga oshirish ishlarini ilmiy-texnik qo‘llab-quvvatlash, sohada korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy va moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalardan foydalanish salmog‘ini oshirish, bunda ilg‘or xorijiy tajribalarni keng joriy qilib, davlat tomonidan rag‘batlantirib borish, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shu jumladan, suv resurslarini prognozlashtirish, ularning hisobini yuritish va takomillashtirish hamda shaffofligini ta’minlash, yirik suv xo‘jaligi obyektlarining raqamli texnologiyalar asosida boshqarilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik va autsorsing mexanizmlarini keng joriy qilish, elektr energiyani tejash hamda sohaga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng jalb qilish, bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida suvni yetkazib berish xarajatlarining bir qismini bosqichma-bosqich suv iste’molchilari tomonidan qoplash tizimiga o‘tish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) suv xo‘jaligi sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirishni tizimli tashkil etish, suv xo‘jaligi tashkilotlari bilan ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytirish, fan va texnika yutuqlarini amaliyotga joriy etishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) transchegaraviy suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanish bo‘yicha davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalar va texnik ko‘mak mablag‘larini jalb qilish, shuningdek, suv xo‘jaligi sohasidagi xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) suv omborlari, sel-suv omborlari boshqa suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligi, ishonchli ishlashi hamda qo‘riqlanishi nazorat qilinishini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xo‘jaligi vazirligining tashkiliy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari

Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi

Markaziy dispetcherlik, kommunikatsiya va kadastr xizmati

Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi

Axborot-tahlil va resurs markazi

Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi

Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari

Irrigatsiya tizimi boshqarmalari

Farg‘ona vodiysi magistral kanallaridan foydalanish boshqarmasi

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti

Tumanlar (Quvasoy shahri) irrigatsiya bo‘limlari

Janubiy Mirzacho‘l kanalidan foydalanish boshqarmasi

“Suvqurilishinvest” davlat muassasalari

Nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari

Zarafshon magistral tizimidan foydalanish boshqarmasi

Meliorativ ekspeditsiyalar

Qirg‘oq himoyalovchi dambalar va o‘zan rostlovchi inshootlar boshqarmasi

Jizzax bosh nasos stansiyasi boshqarmasi

Suv omborlaridan foydalanish boshqarmalari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xo‘jaligi sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YO‘L XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

Bajarilgan ishlarning pirovard natijasi

I. Suv xo‘jaligi vazirligining asosiy faoliyat yo‘nalishlarini belgilash, qabul qilingan rivojlantirish dasturlari, strategiyalar va konsepsiyalarni amalga oshirish hamda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish

1.

Suv xo‘jaligi tizimida vazir o‘rinbosarlari va tizim tashkilotlari rahbarlari o‘rtasida aniq vazifalar va funksiyalarni taqsimlab, tizim tashkilotlari markaziy apparatlari va hududiy bo‘linmalarining tuzilmalari, shtat birliklari hamda nizomlarini tasdiqlash.

2023-yil iyun

Suv xo‘jaligi vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Aniq vazifalar va funksiyalar taqsimlanib, tizim tashkilotlarining markaziy apparatlari va hududiy bo‘linmalarining tuzilmalari, shtat birliklari, nizomlari tasdiqlanadi hamda tegishli vazifalar belgilab olinadi.

Natijada, vazirlik va uning tizim tashkilotlarida ortiqcha vazifa va yuklamalar olib tashlanadi.

2.

Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasini qayta tashkil etish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil iyul

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilanadi.

Suv xo‘jaligi obyektlaridan xavfsiz va samarali foydalanish va kelgusida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xavf xatarlarning oldini olish tizimi isloh qilinadi.

3.

Suv xo‘jaligi sohasini rivojlantirishning 2024 — 2026-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil 10-noyabr

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Tabiat resurslari vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Suv xo‘jaligi vazirligining ustuvor faoliyat yo‘nalishlaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi doirasida 2024 — 2026-yillarga mo‘ljallangan tadbirlar ijrosi ta’minlanadi.

4.

Suv xo‘jaligi sohasidagi “Vaziyatlar markazi” axborot tizimini tubdan takomillashtirgan holda “Raqamli suv xo‘jaligi” yagona axborot tizimini yaratish va suv xo‘jaligi bo‘yicha barcha dasturiy ta’minotlarni mazkur yagona tizimga bosqichma-bosqich integratsiya qilish.

Bunda “Raqamli suv xo‘jaligi” yagona axborot tizimini yaratish va uni keyinchalik qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xarajatlar respublika budjetidan moliyalashtiriladi.

2025-yil 1-yanvar

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi barcha ma’lumotlar yagona axborot tizimga birlashtiriladi, suv xo‘jaligiga tegishli barcha ma’lumotlar real vaqt rejimida kuzatib boriladi.

5.

Qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.

2023-yil iyul

Suv xo‘jaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

Qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

6.

Suv xo‘jaligining maxsus xizmatlari faoliyatini takomillashtirish, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni huquqiy jihatdan tartibga solish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish.

Bunda:

suv resurslarini fermer dalasigacha yetkazib berish xarajatlarini maqbullashtirish orqali to‘lov shaffofligi oshirish;

qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suv yetkazib berish bo‘yicha to‘lovlarini maqbullashtirish;

qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasini qayta ko‘rib chiqish;

suv xo‘jaligining maxsus xizmatlarini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish nazarda tutiladi.

2023-yil sentabr

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Quyi bo‘g‘inda suv xo‘jaligining maxsus xizmatlari faoliyati takomillashtiriladi, yuzaga kelayotgan muammolar huquqiy jihatdan tartibga solinadi.

Suv yetkazib berish bo‘yicha to‘lovlar maqbullashtiriladi.

Suv solig‘i bo‘yicha tushumlarning bir qismi tumanlarda sug‘orish xizmatlarini rivojlantirish, kanallar va sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirishga yo‘naltiriladi.

II. Sohada hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarga yechim topishga yo‘naltirilgan tashkiliy-huquqiy va moliyaviy chora-tadbirlar, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, fuqarolarning tizimli muammolarini hal etish

7.

Suv xo‘jaligi vazirligiga ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan gidrometriya xizmati faoliyatini yaxshilash hamda suv olish nuqtalarini suv o‘lchash qurilmalari bilan jihozlash ishlarini tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2023-yil davomida

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi barcha suv xo‘jaligi tashkilotlarining gidrometriya xizmatlari 1 356 nafar oliy ma’lumotli gidrometrlar bilan butlanadi;

220 nafar gidrometrlar gidropostlarni attestatsiyadan o‘tkazish huquqini beruvchi tegishli sertifikat va guvohnomalar bilan ta’minlanadi;

suv xo‘jaligi ekspluatatsiya tashkilotlari hisobidagi 4 288 ta gidropost ta’mirlanadi, 2 504 ta gidropostning pasporti rasmiylashtiriladi va attestatsiyadan o‘tkaziladi;

32 ta yangi suv o‘lchash qurilmalari (vertushka) sotib olinadi va 95 taci qiyoslash va tarirovka ko‘rigidan o‘tkaziladi;

100 ta gidrometrik shtangalar hamda 5 500 ta gidrometrik reykalar sotib olinadi, suv o‘lchash va nazorat ishlari amalga oshiriladi.

8.

Suv xo‘jaligida ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish.

Bunda:

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

300 nafar “Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalariga xizmat ko‘rsatish texnigi” yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlanadi.

Oliy ta’lim muassasalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridagi tizim tashkilotlarida kafedra filiallari ochiladi.

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining mintaqaviy filiallari bilan Suv xo‘jaligi vazirligining tizim tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik rivojlanadi.

1. 2023/2024 o‘quv yilida 300 nafar “Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalariga xizmat ko‘rsatish texnigi” bo‘yicha kadrlarni tayyorlash.

2023/2024 o‘quv yili davomida

2. Oliy ta’lim muassasalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridagi tizim tashkilotlarida kafedra filiallarini ochish.

2023-yil dekabr

3. Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining mintaqaviy filiallari bilan suv xo‘jaligi tizim tashkilotlari hamkorligini kuchaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

2023-yil iyul

4. Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilayotgan davlat grantlari va xo‘jalik shartnomalariga yosh mutaxassislarni keng jalb qilish.

Doimiy ravishda

III. Sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, suvning hisobini yuritish hamda shaffofligini ta’minlash

9.

10 937 ta suv xo‘jaligi inshootlarida real vaqt rejimida suvni nazorat qilish va uning hisobini yuritish uchun “Smart-Water” (“Aqlli suv”) tizimini joriy etish.

2023-yil davomida

(tarmoq grafigi asosida)

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Suv xo‘jaligi obyektlarida “Smart-Water” (“Aqlli suv”) qurilmalarining joriy etilishi natijasida suv nazorati va hisob-kitobi to‘liq onlayn yuritilishi ta’minlanadi.

10.

2 100 ta meliorativ kuzatuv quduqlarini avtomatlashtirilgan monitoring tizimiga o‘tkazish.

2023-yil davomida

(tarmoq grafigi asosida)

Suv xo‘jaligi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Meliorativ kuzatuv quduqlarida “Dayver” qurilmalarini o‘rnatish orqali yer osti sizot suvlari sathi va ularning minerallashganlik ko‘rsatkichlarining onlayn monitoringi yuritilib, yerlarning meliorativ holatini baholash aniqligi 20 foizga oshiriladi.

11.

20 ta yirik suv xo‘jaligi obyektlarining boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish.

2023-yil davomida

(tarmoq grafigi asosida)

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Yirik suv xo‘jaligi obyektlarining boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish orqali ularni masofadan turgan holda boshqarish va 10 foizgacha suvning texnik yo‘qolishini oldini olish hamda mazkur jarayonlarda inson omili ishtirokini kamaytirishga erishiladi.

12.

Qashqadaryo viloyatining Mirishkor-Qamashi kanalida joriy qilingan “Rubicon Water” kompaniyasi texnologiyalarini Kasbi tumanidagi suv xo‘jaligi obyektlarida joriy etish.

2023-2024-yillar

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, mahalliy hokimliklar

Sug‘orish tarmoqlarida mavjud suv resurslarini boshqarish tizimlari avtomatlashtirilib, ularni masofadan turgan holda boshqarish imkoniyatlari yaratiladi.

Shuningdek, kompaniya texnologiyalarini joriy etish orqali kanallarga bog‘langan maydonlarni kafolatli suv bilan ta’minlash hamda 20 foizgacha suv resurslarini iqtisod qilishga erishiladi.

IV. Suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik va autsorsing mexanizml?rini keng joriy qilish, elektr energiyani tejash hamda sohaga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng jalb qilish

14.

52 ta suv xo‘jaligi obyektlarini moliyaviy salohiyati yuqori bo‘lgan xususiy sektorlar boshqaruviga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida berish.

Tarmoq jadvali asosida

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari

Xususiy sheriklar tomonidan investitsiya kiritilishi hisobiga suv xo‘jaligi obyektlari, ya’ni eski nasos agregatlari yangi, zamonaviy elektr tejamkor agregatlar bilan almashtiriladi, shuningdek, irrigatsiya va melioratsiya obyektlari modernizatsiya qilinadi.

Natijada, kanallarning foydali ish koeffitsiyenti oshadi, sug‘oriladigan yer maydonlarining meliorativ holati yaxshilanadi, foydalanishdan chiqqan yerlar qayta o‘zlashtiriladi va yangi zamonaviy elektr tejamkor nasos agregatlari o‘rnatilib, elektr energiyasi iqtisod qilinishiga hamda Davlat budjeti mablag‘larining tejalishiga erishiladi.

15.

Vazirlik tasarrufidagi tizim tashkilotlarining ma’muriy binolariga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish hisobiga energiya resurslarini tejash bo‘yicha 2023-yilda 131,1 kVt quvvatdagi quyosh elektr panellari va 16 350 litr hajmdagi quyosh suv isitish qurilmalarini o‘rnatish.

2023-yil reja-grafik asosida

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Energetika vazirligi

Ma’muriy binolarga quyosh elektr panellari va quyosh suv isitish qurilmalarining o‘rnatilishi natijasida yiliga o‘rtacha 1,2 mln kVt/s elektr energiyasi tejalishiga, energetika tizimining ortiqcha yuklamasi kamayishiga, respublikada olib borilayotgan “yashil energetika” bo‘yicha islohotlarning har bir sohada jadallashishiga erishiladi.

Shuningdek, energiya resurslarini ishlab chiqarishga sarflanayotgan neft mahsulotlari tejalib, havoning ifloslanish darajasi pasayadi.

16.

174 ta nasos agregatlari va eskirgan 234 ta elektrodvigatellarni yangilash.

2023-yil davomida

(reja-grafik asosida)

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari tomonidan xarid qilingan 174 ta nasos agregatlari va 234 ta elektrodvigatellarni nasos stansiyalariga o‘rnatish natijasida yiliga o‘rtacha 15,3 mln kVt/s elektr energiyasi iqtisod qilinadi hamda nasos stansiyalarga biriktirilgan ekin maydonlarining suv ta’minoti yaxshilanadi.

V. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalardan foydalanish, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va barqarorligini ta’minlash

17.

Sho‘rlangan sug‘oriladigan yer maydonlarini 43,9 foizga kamaytirish.

2023-yil dekabr

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari

14 511 km kollektor tarmoqlarida ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshiriladi, 386 km kollektor-drenaj tarmoqlari va 24 ta gidrotexnika inshootlari quriladi va rekonstruksiya qilinadi.

Amalga oshiriladigan tadbirlar natijasida 105 ming gektar sug‘oriladigan maydonlarning meliorativ holati yaxshilanishiga erishiladi.

VI. Suv xo‘jaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish

18.

Suv xo‘jaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalari doirasida xorijiy investitsiyalar hisobidan 116 mln AQSh dollari, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 9,3 mln AQSh dollar, Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 208 mlrd so‘m o‘zlashtirish.

2023-yil davomida

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Investitsiyalar,

sanoat va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

324,5 km kanallar, 665 dona gidrotexnik inshootlar rekonstruksiya qilinadi, 5 ta nasos stansiya modernizatsiya qilinadi, 140 ta obyektlarga avtomatlashtirilgan tizim o‘rnatiladi.

Dastlabki kredit qiymati 137,8 mln AQSh dollari bo‘lgan “Suv ta’minoti samaradorligini oshirish maqsadida daryo o‘zanlari va kanallarni tozalash uchun 23 ta zemsnaryadlarni sotib olish” hamda “Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Suyenli” kanalini rekonstruksiya qilish” loyihalari bo‘yicha Qarz bitimlarining imzolanishiga zamin yaratiladi.

19.

Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan Surxondaryo viloyatida suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” loyihasi doirasida Xazarbog‘-Oqqapchig‘ay kanallar tizimini qayta tiklash.

2023-yil dekabr

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Loyiha amalga oshiriladigan hududlarda jami 103,4 ming gektar maydonlar suv ta’minoti yaxshilanadi.

“Sherobod” nasos stansiyasining 2 ta agregati, “Bandixon-2” va “Do‘stlik” nasos stansiyalarining ish faoliyati to‘xtatilishi hisobiga Sherobod tumanining 38,5 ming gektar sug‘oriladigan yer maydonlari o‘zioqar suv bilan ta’minlanadi. Shuningdek, yiliga o‘rtacha 62,1 mln kVt elektr energiyasi iqtisod qilinadi.

VII. Vazirlik va tizim tashkilotlari kesimida korrupsiya avj olgan sohalar, uning rivojlanish sabablari va shartlarini o‘rganish hamda korrupsiya omillarini bartaraf etish

20.

Sohada korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha 2023-yilga mo‘ljallangan idoraviy dasturni O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi bilan kelishgan holda tasdiqlash.

2023-yil iyul

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Bosh prokuratura,

Oliy sud,

Ichki ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi

Korrupsiyaga qarshi kurashishning mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha 2023-yilga mo‘ljallangan idoraviy dastur ishlab chiqiladi.

Natijada, tizimli ravishda suv xo‘jaligi sohasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldi olinadi hamda manfaatlar to‘qnashuviga qarshi mexanizmlar tartibga solinadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi huzurida mazkur dasturning ijro etilishi hamda suv xo‘jaligi sohasida korrupsiya omillarini bartaraf etish holatini muhokama qilish.

2023-yil 1-dekabr

VIII. Vazirlik va tizim tashkilotlari xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash

21.

Suv xo‘jaligi vazirligi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutiga biriktirilgan Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuv-4 11-uy manzilida bo‘sh turgan 1,2 gektar yer maydonga Suv xo‘jaligi tizimi xodimlari uchun “tayyor holda topshirish” shartlari asosida ko‘p qavatli uy-joylar qurish uchun o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiradigan xususiy investor (bosh pudratchi tashkilot)ni jalb qilish.

2023-yil iyun

Suv xo‘jaligi vazirligi

Suv xo‘jaligi vazirligi xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga erishiladi.

Turar joy obyektini topshirish ishlarini tashkil etish.

2024-yil dekabr

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-74-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2024-y., 06/24/74/0332-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-son Farmoniga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

Ekspertlar kengashi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududiy boshqarmalari

“Gidrotexnika inshootlarini diagnostikasi markazi” DUK

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-son Farmoniga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-14-son Farmoniga 1-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “4. Qishloq xo‘jaligi vazirligi” bo‘limida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq xo‘jaligi vazirligi” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

2 153

1 133

1 020

;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

5.

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

308

303

5

;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “5. Suv xo‘jaligi vazirligi” bo‘limida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Suv xo‘jaligi vazirligi” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Suv xo‘jaligi vazirligi

1 316

1 316

;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

182

182

.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 21-noyabrdagi “Amu-Buxoro irrigatsiya tizimini qayta tiklash” loyihasini amalga oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2073-son qarorining rus tilidagi matni 1-bandining uchinchi xatboshisidagi “10 let (2014 — 2023 godi)” so‘zlari “11 let (2014 — 2024 godi)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-apreldagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Surxondaryo viloyatida suv resurslarini boshqarishni yaxshilash (Xazarbog‘-Oqqapchig‘ay kanallar tizimini qayta tiklash)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2332-son qarorining rus tilidagi matnida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “8 let (2015 — 2022 godi)” so‘zlari “9 let (2015 — 2023 godi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 1-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

8.

Prodoljitelnost investitsionnogo perioda

let

9

.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 25-avgustdagi “Amu-Buxoro irrigatsiya tizimini tiklash” loyihasini amalga oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2396-son qaroriga 1-ilovaning rus tilidagi matnida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2.1-pozitsiyaning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

stroitelstvo truboprovodov dlya nasosnoy stansii Kiziltepa-1

tis. doll. SSHA

12 839,6

12 839,6

;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2.4-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

2.4

fizicheskiye nepredvidennie rasxodi

tis. doll. SSHA

16 292,8

16 292,8

;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 8-pozitsiyadagi “2014 — 2023 gg.” so‘zlari “2014 — 2024 gg.” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5055-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1 — 4-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“8. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Markazning buyurtmanomalariga muvofiq uni belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqa vositalari bilan hamda yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanishini ta’minlasin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 1 — 11-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-144-son qarorining 8-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tarkibida 1 shtat birligidan iborat ichki audit guruhi bosh inspektori lavozimi (keyingi o‘rinlarda — ichki audit guruhi bosh inspektori) joriy etilsin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “a” kichik banddagi “ITHB ichki audit guruhlari” so‘zlari “ichki audit guruhi bosh inspektori” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “b” kichik banddagi “ITHB ichki audit guruhlarining” so‘zlari “ichki audit guruhi bosh inspektorining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish hamda suv iste’molchilari orasidagi munosabatlarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-145-son qarorining 5-bandi birinchi xatboshisidagi “2023-yil yakuniga qadar” so‘zlari “2026-yil yakuniga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-apreldagi “2023-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-113-son qarorining 4-ilovasi 25-pozitsiyasining “Amalga oshirish mexanizmi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yerlarning sho‘rlanish darajasini pasaytirish. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14,3 ming km kollektor-drenaj tarmoqlarini ta’mirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2,1 ming dona meliorativ quduqlarga yerosti suvlari minerallashuvini onlayn nazorat qiluvchi qurilmalarni o‘rnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha sho‘rlangan maydonlar xaritasini ishlab chiqish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 95-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tuman ishchi guruhlari tomonidan suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish ishlarini joylarda puxta o‘rganib, subsidiya ajratilishi yuzasidan tegishli hujjatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirilishini nazorat qilib borishga”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 1-ilova quyidagi mazmundagi 21-band bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“21. Paxta xom ashyosini yetishtirish uchun tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha “Agro-subsidiya” YAAT orqali talabgorlarga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosalar Suv xo‘jaligi vazirligining Ichki audit, komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari ichki audit guruhi bosh inspektorlari tomonidan o‘rganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xo‘jaligi vazirligining Ichki audit, komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari ichki audit guruhi bosh inspektorlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta maydonlarida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha “Agro-subsidiya” YAAT orqali kelib tushgan talabgorlarga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosalarni o‘n kunda tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar taqdim etilgan hujjatlarda keltirilgan ma’lumotlarda kamchilik aniqlansa, joyiga chiqqan holda texnologiyaning ishlash jarayonini o‘rganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xom ashyosini yetishtirish uchun tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilgan talabgorlarga subsidiya ajratish yoki ajratmaslik to‘g‘risidagi xulosalarni har besh kunda Suv xo‘jaligi vazirligining Suvni tejaydigan, ilmiy va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish boshqarmasiga taqdim qilib boradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Nizomga 4-ilovadagi Paxta, donli ekinlar, sabzavot ekinlari va kartoshka, poliz ekinlari va ozuqabop, moyli, dukkakli ekinlar va dorivor o‘simliklar uchun suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash sxemasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bosqichning “Chora-tadbirlar” bloki beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Talabgorlarga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosalar rasmiylashtirilgandan so‘ng “Agro-subsidiya” YAAT orqali tegishli vazirlik va idoralarga yuboriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bosqich chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bosqichning “Chora-tadbirlar” bloki birinchi xatboshisidagi “taqdim etilgan talabgorlar ro‘yxatlarini” so‘zlari “Agro-subsidiya” YAAT orqali kelib tushgan xulosalarni” so‘zlariga hamda ikkinchi xatboshisidagi “ro‘yxatlarga” so‘zi “xulosalarga” so‘zi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bosqichning “Chora-tadbirlar” bloki birinchi xatboshisidagi “talabgorlar ro‘yxatlarini” so‘zlari “xulosalarni” so‘zi bilan hamda ikkinchi xatboshisidagi “ro‘yxatlarga” so‘zi “xulosalarga” so‘zi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bosqichning “Chora-tadbirlar” bloki birinchi xatboshisidagi “va umumlashtiradi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-son Farmoniga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-5497-son Farmoniga 1-ilovaning 69-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “Suv resurslaridan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi va nazorat tizimini yanada takomillashtirish hamda suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6200-son Farmoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-167-son Farmoniga 1-ilovaning 4-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3672-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi PQ-4086-son qaroriga 33-ilovaning 8-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5090-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-oktabrdagi “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4486-son qarorining 13-bandi hamda 7-ilovasi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son; 03.01.2024-y., 06/24/221/0003-son; 08.05.2024-y., 06/24/74/0332-son; 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)