06.04.2021 yildagi PQ-5055-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “Suv resurslaridan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi va nazorat tizimini yanada takomillashtirish hamda suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6200-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1 — 4-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazining (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tuzilmasi 12-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xo‘jaligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan xorijiy investitsiya loyihalarini, shu jumladan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda — XMI va XHMT) mablag‘lari ishtirokidagi ustuvor investitsiya loyihalarini oshkoralik asosida tanlash, ularning qisqa va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish va shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xo‘jaligi sohasidagi xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun XMI va XHMT mablag‘larini jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XMI va XHMT mablag‘lari ishtirokidagi xorijiy investitsiya loyihalari manzilli ro‘yxatlari belgilangan tartibda tasdiqlanishini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xo‘jaligi sohasidagi xorijiy, shu jumladan XMI va XHMT mablag‘lari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xo‘jaligi sohasidagi xorijiy, shu jumladan XMI va XHMT ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha tender savdolari asosida bosh pudrat tashkilotlarini belgilangan tartibda aniqlash hamda tegishli shartnomalarni rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalar va subloyihalar amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish, shuningdek, buyurtmachi va pudratchi tashkilotlar tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz Jahon banki loyihalarini amalga oshirish guruhi, Osiyo taraqqiyot banki loyihalarini amalga oshirish guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhlari loyihalarini amalga oshirish guruhining shartnomalari, huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishilgan holda suv xo‘jaligi vazirining taqdimnomasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz direktori maqomi, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlari bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz faoliyati Davlat budjeti mablag‘lari, XMI va XHMT mablag‘lari, Markaz buyurtmachi bo‘lgan loyihalar doirasida amalga oshiriladigan qurilish ishlaridan ajratmalar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak ko‘chasi, 1a-uy manzilidagi “A” blokning 2 va 3-qavatlari tekin foydalanish huquqi asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev) va Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) tegishli xalqaro moliya institutlari bilan kelishilgan holda suv xo‘jaligida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning obyektlarda texnik nazoratni amalga oshiruvchi mutaxassislari mehnat me’yorini belgilash bo‘yicha normativlar tasdiqlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning qarz (kredit) kelishuvlari muddatlari uzaytirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz xodimlarining oylik ish haqi ikki barobarga oshirilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Markazning buyurtmanomalariga muvofiq uni belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqa vositalari bilan hamda yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanishini ta’minlasin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Suv xo‘jaligi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 13-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev) bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalarini, shuningdek, Agentlik va Markazni zarur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga, yuklatilgan vazifalarni professional darajada amalga oshirish qobiliyatiga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xo‘jaligi vazirligi, uning hududiy bo‘linmalari va ular rahbarlari faoliyatini baholashning aniq ko‘rsatkichlari va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan mutlaqo yangi tizimini joriy etish, yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan sohani strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati hamda samaradorligini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi to‘g‘risidagi nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-oktabrdagi “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4486-son qaroriga 14-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 15-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Suv xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 6-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-5055-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5055-son qaroriga
12-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Cuv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Direktor

Xalqaro maslahatchi*



Kredit, grant va texnik ko‘mak mablag‘larini jalb qilish masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Kredit, grant va texnik ko‘mak mablag‘lari loyihalarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Bosh yuriskonsult


Bosh buxgalter


Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari qarz mablag‘lari, grant va texnik ko‘mak mablag‘larini jalb qilish boshqarmasi

4

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalar monitoringini olib borish va tahlil qilish boshqarmasi

4


Xodimlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassis



Ishlar boshqaruvchisi

Loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish bo‘limi

2

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish guruhlari*


PR va protokol xizmati

1


Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hududiy guruhlar*

AKT bo‘yicha mutaxassis


Devonxona

1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarining umumiy shtatlar soni — 20 birlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* xalqaro maslahatchi, loyihalarni amalga oshirish guruhlari xodimlari, shu jumladan hududiy guruhlar xodimlari soni amalga oshirilayotgan loyihalar soniga ko‘ra belgilanadi hamda Markaz xodimlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini ishlab chiqish uchun mutaxassislar, shu jumladan xorijiy va mahalliy mutaxassislar shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar bo‘yicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5055-son qaroriga
13-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xo‘jaligi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YO‘L XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Suv xo‘jaligi sohasidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar, texnik reglamentlar, standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar, jumladan suvni tejaydigan va raqamli texnologiyalarni joriy qilish, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish va ularni bosqichma-bosqich takomillashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar bosqichma-bosqich

Suv xo‘jaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, ISMITI*

2.

Suv omborlarini suv bilan to‘ldirish va suvni chiqarish rejimi tartibini ishlab chiqish.

Suv xo‘jaligi vazirligining buyrug‘i

2021-yil 1-may

Suv xo‘jaligi vazirligi, Energetika vazirligi, “O‘zbekgidroenergo” AJ

3.

Suv resurslarini dispetcherlik xizmati orqali boshqarish tartibini ishlab chiqish.

Suv xo‘jaligi vazirligining buyrug‘i

2021-yil 1-dekabr

Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zgidromet” markazi, “O‘zbekgidroenergo” AJ, “Amudaryo” va “Sirdaryo” havzalari suv xo‘jaligi birlashmalari

4.

Gidropostlar pasportlarining namunaviy shakllarini va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibini ishlab chiqish.

Suv xo‘jaligi vazirligining buyrug‘i

2021-yil 1-iyun

Suv xo‘jaligi vazirligi, Inspeksiya, Davlat geologiya qo‘mitasi, “O‘zgidromet” markazi

5.

Yangidan quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan, shuningdek, avvaldan foydalanib kelinayotgan suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizlik darajasini baholash mezonlarini ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar

2021-yil 1-may

Suv xo‘jaligi vazirligi, Inspeksiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekgidroenergo” AJ

6.

“Suvqurilishinvest” davlat unitar korxonalarini davlat muassasalari sifatida qayta tashkil etish va ularning nizomlarini tasdiqlash.

Idoraviy buyruq

2021-yil 10-may

Suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

II. Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini ta’minlash

7.

Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash uchun avariya moddiy-texnika zaxiralarini yaratish va ulardan foydalanishning yangilangan tartibini, shu jumladan avariya moddiy-texnika vositalari ro‘yxatini ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-iyun

Suv xo‘jaligi vazirligi, Inspeksiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

8.

Yirik suv omborlari va gidrotexnika inshootlarida avariya va favqulodda vaziyatlar haqida aholini ogohlantirishning zamonaviy tizimini respublika budjeti mablag‘lari hisobidan bosqichma-bosqich yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yildan boshlab jadval bo‘yicha

Suv xo‘jaligi vazirligi, Energetika vazirligi, “O‘zbekgidroenergo” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Amudaryo” va “Sirdaryo” havzalari suv xo‘jaligi birlashmalari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Moliya vazirligi, Inspeksiya

9.

Ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida suv omborlari, sel-suv omborlari, boshqa yirik suv xo‘jaligi obyektlari, daryolar va gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash, ishonchliligini oshirish va ularni ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomalar ishlab chiqish.

Yo‘riqnomalar

2021 — 2023-yillar

Suv xo‘jaligi vazirligi, Inspeksiya, ISMITI*, TIQXMMIMTU**

10.

Suv omborlarida qo‘riqlash va kuzatuv tizimini tanqidiy o‘rganish va ularni takomillashtirish tadbirlarini ishlab chiqish.

Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:

qo‘riqlash xizmatining nazorat maydonlarining mavjudligi;

zamonaviy videokuzatuv va favqulodda xabar berish tizimining mavjudligi;

qo‘riqlashning samaradorligi;

suv omborlari xavfsizligining to‘liq ta’minlanganligi;

suv omborlari xavfsizligiga tahdid soluvchi omillar.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil avgust

Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Inspeksiya, Suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zbekgidroenergo” AJ

11.

Suv omborlari ta’sir hududidagi aholini tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlarda evakuatsiya qilishda idoralararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Idoralararo chora-tadbirlar

Har yili fevral

Mahalliy davlat hokimiyati organlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Inspeksiya, Suv xo‘jaligi vazirligi, Energetika vazirligi, “O‘zbekgidroenergo” AJ

12.

Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda suv omborlari, gidrouzellar, nasos stansiyalari va boshqa yirik suv xo‘jaligi obyektlarida amalga oshiriladigan tadbirlar yuzasidan o‘quv-taktik mashg‘ulotlarni o‘tkazish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Har yili aprel

Suv xo‘jaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Inspeksiya, Energetika vazirligi, “O‘zbekgidroenergo” AJ

13.

Respublikadagi barcha suv omborlari va yirik gidrotexnik inshootlarni har yili sug‘orish mavsumi tugaganidan so‘ng (suv omborlarida suv sathi pasaygandan so‘ng), shuningdek, yozgi sug‘orish mavsumida Respublika idoralararo ishchi guruhi tomonidan o‘rganib chiqish va har bir suv ombori va gidrotexnika inshootining xavfsiz ishlashi yuzasidan chora-tadbirlarni belgilash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Har yili may-iyun va oktabr-noyabr

Inspeksiya, Suv xo‘jaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Energetika vazirligi, “O‘zbekgidroenergo” AJ, loyiha tashkilotlari hamda mahalliy hokimiyat organlari

III. Suv xo‘jaligi sohasida suvni va elektr energiyasini tejash texnologiyalarini keng joriy qilish

14.

Turli meliorativ sharoitlarda tomchilatib sug‘orish tizimlari uchun sug‘orishning avtomatlashtirilgan modulini yaratish va sinovdan o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

ISMITI*, Suv xo‘jaligi vazirligi

15.

Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish, Qarshi magistral kanalidan foydalanish hamda Jizzax bosh nasos stansiyasi boshqarmalariga qarashli va boshqa yirik 35 va 110 kVt/soat kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlariga ulangan nasos stansiyalariga elektr ta’minoti bo‘yicha kiritiladigan cheklovlar va uzilishlarning oldini olish yuzasidan shartnomaviy majburiyatlar bajarilishini ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Har yili shartnomalarni rasmiylashtirish jarayonida

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Suv xo‘jaligi vazirligi

16.

Melioratsiya sohasida xorijiy mamlakatlarning, shu jumladan Xalqaro irrigatsiya va drenaj komissiyasining ilg‘or tajribalarini o‘rganish va ularning natijalarini amaliyotga joriy qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Suv xo‘jaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

IV. Suv xo‘jaligi sohasida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish

17.

Suv omborlari, irrigatsiya tizimi kanallari va nasos stansiyalarida suv va elektr energiyasi sarfini raqamli texnologiyalar asosida nazorat qilish tizimini joriy qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 — 2023-yillar

Suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Energetika vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi

18.

Sug‘oriladigan yerlarda yer osti suv sathi monitoringini raqamli texnologiyalar asosida yuritish hamda yerlarning meliorativ holatini baholash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 — 2024-yillar

Suv xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi

19.

Suv xo‘jaligida qo‘llaniladigan raqamli texnologiyalarning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-iyun

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat geologiya qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi

20.

Geoaxborot va raqamli texnologiyalar asosida sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanishini aniqlash hamda ularning samaradorligini baholash bo‘yicha monitoring tizimini takomillashtirish.

Sizot suvlari sathi, minerallashuvi va sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanish dinamikasi ustidan real vaqt rejimida monitoring olib borishni ta’minlaydigan avtomatlashtirilgan tizimlar joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-oktabr

Suv xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, ISMITI*

21.

Qashqadaryo viloyatining Mirishkor-Qamashi kanalida “Rubicon Water Pty. Ltd” korxonasi tomonidan yaratilgan suv resurslaridan foydalanishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish.

Obyektni o‘rganish; shartnomani rasmiylashtirish; loyihani amalga oshirish; obyektni foydalanishga kiritish

2021-yil aprel

2021-yil may

2021-yil sentabr — noyabr

2021-yil dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, ISMITI

V. Suv xo‘jaligi sohasidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish

22.

Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Surxondaryo viloyatida suv resurslarini boshqarishni yaxshilash (Xazarbog‘-Oqqopchig‘ay kanallar tizimini qayta tiklash)”, Osiyo taraqqiyot banki va Yaponiyaning xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) agentligi ishtirokidagi “Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlarini qayta tiklash”, Jahon banki ishtirokida “Janubiy Qoraqalpog‘istonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” loyihalari bo‘yicha qarz va kredit kelishuvlari muddatlarini uzaytirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil may

Moliya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

23.

Markaz tomonidan amalga oshirilayotgan har bir loyiha va subloyihalar bo‘yicha tijorat banklarida alohida talab qilib olgungacha depozit (ikkilamchi) hisobraqamlari ochish, ushbu hisobraqamlar orqali oylik ish haqi, soliq, korporativ plastik kartalarga mablag‘ o‘tkazish, shuningdek, loyiha doirasidagi boshqa xarajatlarni amalga oshirish vakolatini berish, hisobraqamlardan Markazning boshqa loyihalardagi qarzdorligi va majburiyatlarni bajarish uchun to‘lovlar amalga oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish.

Taklif tayyorlash

2021-yil may

Suv xo‘jaligi vazirligi, Markaziy bank

VI. Suv xo‘jaligi sohasida ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish

24.

Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish jarayonlari hamda olingan natijalarni amaliyotga joriy etish tizimini takomillashtirish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni transfer qilish hamda innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy qilishni jadallashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil iyun

Suv xo‘jaligi vazirligi, ISMITI*, TIQXMMI**

25.

Irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini loyihalashtirish ishlariga yosh olim va tadqiqotchilarni keng jalb etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Har yili jadval bo‘yicha

Suv xo‘jaligi vazirligi, ISMITI*, TIQXMMIMTU**

26.

Suv xo‘jaligi vazirligi tarkibidagi kollejlarda amaliy mashg‘ulotlar va tajriba-sinov ishlarini olib borish maqsadida tajriba xo‘jaligi uchun 5 gektardan yer maydonlarini ajratish.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari

2021-yil 10-may

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Suv xo‘jaligi vazirligi

27.

Suv xo‘jaligi sohasida “Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi”, “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” hamda “Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik” ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy darajaga ega xodimlar tayyorlash tizimini yaratish.

Oliy attestatsiya komissiyasi qarori

2021-yil 20-may

Oliy attestatsiya komissiyasi, Suv xo‘jaligi vazirligi, ISMITI*, TIQXMMI**

28.

Suv xo‘jaligi vazirligi tarkibidagi kollejlarning moddiy-texnik bazasi va o‘quv laboratoriya xonalarini zamon talablari asosida jihozlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 10-iyun

Moliya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

VII. Kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish

29.

Suv xo‘jaligi vazirligi tarkibidagi kollejlar huzurida tashkil etilgan mintaqaviy malaka oshirish markazlarida suv xo‘jaligi sohasidagi xodimlarning malakasini oshirishni tizimli tashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Har yili jadval bo‘yicha

Suv xo‘jaligi vazirligi, TIQXMMIMTU**, kollejlar

30.

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida shartnoma asosida rahbar-xodimlar malakasini oshirish hamda mintaqaviy malaka oshirish markazlari uchun trenerlar tayyorlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Har yili jadval bo‘yicha

TIQXMMIMTU**, Suv xo‘jaligi vazirligi

31.

Suv xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun 120 kvartirali ko‘p qavatli turar joy majmuini qurish maqsadida Toshkent shahri hududidan yer maydoni ajratish.

Toshkent shahar hokimligining qarori

2021-yil 20-may

Toshkent shahar hokimligi, Suv xo‘jaligi vazirligi

32.

Suv iste’molchilari uyushmalari (SIU) rahbar-xodimlari uchun suv va suv resurslarini rejalashtirish, taqsimlash hamda ulardan foydalanish, shuningd?k, SIUni boshqarish va uning faoliyatini tashkil etish (buxgalteriya hisobini yuritish, ish yuritish va boshqalar) bo‘yicha qisqa muddatli sayyor o‘quv kurslarini tashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-oktabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Suv xo‘jaligi vazirligi

33.

Suvdan samarali foydalanish, suv iste’moli madaniyatini shakllantirishga qaratilgan konferensiyalar, davra suhbatlari va seminar-treninglar tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

34.

Suv xo‘jaligi sohasida suvdan foydalanuvchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, suvdan oqilona foydalanish, suv iste’moli madaniyatini shakllantirish va sohada innovatsion texnologiyalarni qo‘llashga qaratilgan materiallar va roliklarni Internet tarmog‘ida keng yoritish hamda “Tomchi” mobil ilovasiga tizimli joylashtirib borishni tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* ISMITI — Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** TIQXMMIMTU — “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti.
(13-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-214-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5055-son qaroriga
14-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-oktabrdagi “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4486-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1 va 4-bandlar, 5-bandning “a” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi-uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 7-ilovaning 3 — 10-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5055-son qaroriga
15-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3672-son qarori 1-bandi, 9-bandi ikkinchi xatboshisi hamda qarorning 1, 2, 3, 4, 5 — 5d, 6 va 6a-ilovalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4039-son qarori.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 07/21/5055/0309-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2022-y., 07/22/144/0176-son, 08.07.2022-y., 06/22/167/0619-son, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son, 10.09.2022-y., 06/22/220/0812-son; 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)