Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.06.2023 06.04.2021 yildagi PF-6200-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.06.2023
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv resurslaridan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi va nazorat tizimini yanada takomillashtirish hamda suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli “Maʼmuriy islohotlar doirasida suv xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda suv xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, suv xoʻjaligini modernizatsiya qilish va rivojlantirish, suv resurslarini boshqarish, suvdan tejamkorlik bilan foydalanish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, suv resurslarini boshqarish va ulardan oqilona foydalanish, suv xoʻjaligi obyektlarini loyihalash, davlat ekspertizasidan oʻtkazish, qurish va rekonstruksiya qilish, ayniqsa, suv omborlari va boshqa yirik suv xoʻjaligi obyektlarining xavfsizligini taʼminlashda jiddiy kamchilik va muammolar saqlanib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligi obyektlarining aksariyat qismi 30 — 40 yildan ortiq xizmat qilayotganligi hamda ularni loyihalashga malakali xorijiy ekspertlarni jalb qilish, ilgʻor xorijiy tajribani joriy etish kabi masalalarga yetarli eʼtibor qaratilmayotganligi sababli keyingi yillarda ayrim suv xoʻjaligi obyektlarida texnogen vaziyatlar va avariyaviy holatlar kuzatilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligini boshqarishning samarali tizimini shakllantirish, suvning hisobi va hisobotini yuritishni takomillashtirish, suv xoʻjaligida raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish, suv xoʻjaligi obyektlarining xavfsizligini oshirish hamda samarali nazorat tizimini oʻrnatish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi PF-6024-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan konsepsiyasi tasdiqlanganligi hamda Konsepsiyaning ustuvor yoʻnalishlari belgilab berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Suv xoʻjaligi vazirligining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslarini boshqarish, suvlarning hisobi, hisoboti va balansini shakllantirish sohasida yagona siyosatni amalga oshirish, shuningdek, suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, suvlarning zararli taʼsirini oldini olish va bartaraf etish sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika aholisi, iqtisodiyot tarmoqlari va atrof-muhitning suvga boʻlgan muttasil oshib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoitlarni yaratish, suv resurslaridan samarali foydalanishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi obyektlarini modernizatsiyalash, rivojlantirish va qurilish ishlarini sifatli tashkil etish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, shuningdek, xavfsizlik darajasi yuqori boʻlgan suv xoʻjaligi obyektlarini loyihalash va ekspertiza qilish ishlariga malakali xorijiy ekspertlar va konsalting tashkilotlarini jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir loyihaning iqtisodiy samaradorligini hamda suv xoʻjaligi obyektining xavfsizligini aniq koʻrsatkich va mezonlar asosida chuqur tahlil qilish orqali uning ustuvorligini belgilash va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini ekspertiza qilish hamda amalga oshirish ishlarini ilmiy-texnik taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va barqarorligini taʼminlash choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi sohasida resurs tejaydigan texnologiyalar, zamonaviy qurilish materiallari, ilgʻor xorijiy tajribani keng qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi obyektlarini boshqarish, suvning hisobi va hisobotini yuritish hamda tegishli maʼlumotlar bazasini shakllantirishda raqamli texnologiyalarni joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslarining hisobi va elektr energiyasi isteʼmoli boʻyicha shaffoflikni taʼminlash hamda ularning samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligida bozor iqtisodiyoti tamoyillari, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari va autsorsingni joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirishni tizimli tashkil etish, suv xoʻjaligi tashkilotlari bilan taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari oʻrtasidagi integratsiyani kuchaytirish, fan va texnika yutuqlarini amaliyotga joriy etishni tizimli tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transchegaraviy suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanish boʻyicha davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalar va texnik koʻmak mablagʻlarini jalb qilish, shuningdek, suv xoʻjaligi sohasidagi xalqaro tashkilotlar faoliyatida faol ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining suv xoʻjaligi vazirining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish va rivojlantirishga masʼul boʻlgan oʻrinbosari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boʻyicha maslahatchisi lavozimlarini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Suv xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasida barcha suv resurslarini hisobga olish hamda suvdan foydalanish va suv isteʼmoli samaradorligini oshirish boʻyicha tegishli tadbirlarni muvofiqlashtirish, shuningdek, suv balansini shakllantirish boʻyicha vakolatli davlat organi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) etib qayta tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, Inspeksiya Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv omborlari, sel-suv omborlari va xavf darajasi yuqori boʻlgan boshqa suv xoʻjaligi obyektlarining (keyingi oʻrinlarda — xavf darajasi yuqori boʻlgan suv xoʻjaligi obyektlari) xavfsizligini, ishonchli ishlashini hamda qoʻriqlanishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf darajasi yuqori boʻlgan suv xoʻjaligi obyektlarini joylashtirish va loyihalash boʻyicha topshiriqlarni hamda ulardan foydalanish boʻyicha qoidalarni kelishish, shuningdek, ularning xavfsizligi qoidalari va mezonlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf darajasi yuqori boʻlgan suv xoʻjaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ularni foydalanishga qabul qilish, konservatsiyalash va tugatish ishlarida ishtirok etish hamda tegishli xulosalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf darajasi yuqori boʻlgan suv xoʻjaligi obyektlarining xavfsizlik darajasini aniqlash ishlariga zamonaviy texnologiyalar va ilgʻor tajribalarni joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarda xavf darajasi yuqori boʻlgan suv xoʻjaligi obyektlarining aholiga va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Inspeksiyaga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf darajasi yuqori boʻlgan suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanishda xavfsizlik boʻyicha koʻrsatkichlar va mezonlarga amal qilinmagan hollarda suv toʻplashni cheklash yoki toʻxtatib qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf darajasi yuqori boʻlgan suv xoʻjaligi obyektlarining xavfsizligini taʼminlash maqsadida tegishli vazirlik va idoralar, loyiha tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarini ekspert sifatida jalb qilish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini zamonaviy talablar va yondashuvlar asosida ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tarkibi va “Yoʻl xaritasi” 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon banki loyihalarini amalga oshirish guruhi, Osiyo taraqqiyot banki loyihalarini amalga oshirish guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhi loyihalarini amalga oshirish guruhi negizida Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligini tashkil qilish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmon talablaridan kelib chiqib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari 4-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur Farmonning ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 6-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-6200-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PF-6200-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini zamonaviy talablar va yondashuvlar asosida ishlab chiqish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IShChI GURUH TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Sh.M. Gʻaniyev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari

2.

Lavozim boʻyicha

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi, Ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari

3.

R.A. Mamutov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisi

4.

D.B. Toʻrayev

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori oʻrinbosari

5.

T.N. Butunbayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining masʼul xodimi

6.

H.H. Ishanov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimi

7.

Sh.R. Xamrayev

suv xoʻjaligi vaziri

8.

A.M. Boboyev

iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari

9.

Q.X. Taparov

moliya vaziri oʻrinbosari

10.

Sh.A. Vafayev

investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari

11.

Sh.J. Raximov

Bosh prokuror oʻrinbosari

12.

Lavozim boʻyicha

Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari

13.

Lavozim boʻyicha

mudofaa vaziri oʻrinbosari

14.

S.A. Nishanbayev

ichki ishlar vaziri oʻrinbosari

15.

M.J. Ganiyev

Milliy gvardiya qoʻmondonining oʻrinbosari

16.

A.H. Qoʻldoshev

favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari

17.

Sh.R. Xashimov

qurilish vaziri oʻrinbosari

18.

A.N. Karimov

adliya vaziri oʻrinbosari

19.

U.Sh. Begimkulov

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari

20.

O.A. Pekos

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari

21.

E.J. Xamrayev

tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari

22.

I.I. Boqijonov

Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

23.

A.A. Kadirxodjayev

Davlat geologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

24.

S.Z. Mirzayev

Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

25.

Oʻ.P. Umurzakov

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori

26.

A.A. Sanginov

“Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi

27.

M.F. Nadjimov

“Oʻzsuvloyiha” AJ bosh direktori

28.

B.A. Yusupov

“OʻzGIP” MChJ direktori

29.

M.M. Inoyatov

“Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK rahbari

30.

Y.D. Magrupov

“OʻzGAShKLITI” DUK rahbari

31.

M.A. Razzaqov

“Oʻzsuvekspertiza” DUK rahbari

32.

Lavozim boʻyicha

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari, Ishchi guruh kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PF-6200-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini zamonaviy talablar va yondashuvlar asosida ishlab chiqish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Ijro muddati

Masʼullar

I. Qonun loyihasini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishga koʻmaklashish boʻyicha xorijiy ekspertlarni jalb qilish

1.

Xorijiy ekspertlar va konsalting tashkilotlarini jalb qilish uchun davlat budjeti, grant va boshqa turdagi mablagʻlarni yoʻnaltirish yuzasidan takliflar tayyorlash.

2021-yil 10-may

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev), Moliya vazirligi (Q. Taparov)

2.

Qonun loyihasini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishga koʻmaklashish boʻyicha xorijiy ekspertlarni jalb qilish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2021-yil 20-may

Adliya vazirligi (A. Karimov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev), Inspeksiya

3.

Qonun loyihasini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishga koʻmaklashish uchun xorijiy ekspertlar bilan muzokaralar olib borish.

2021-yil 30-may

Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Inspeksiya, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev), Moliya vazirligi (Q. Taparov), Iqti�odiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (M. Ganiyev)

II. Suv omborlari, sel-suv omborlari va xavflilik darajasi yuqori boʻlgan boshqa suv xoʻjaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash-tiklash ishlarining sifatini hamda loyiha hujjatlarini nazorat qilish

4.

Suv omborlari, sel-suv omborlari va xavflilik darajasi yuqori boʻlgan boshqa suv xoʻjaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirishda pudrat tashkilotlari tomonidan loyiha talablari, qurilish normalariga amal qilinishi holatini oʻrganish.

Pudrat tashkilotlarining masʼuliyati va javobgarligini oshirish boʻyicha qonun loyihasiga takliflar tayyorlash.

2021-yil may

Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Qurilish vazirligi (Sh. Xoshimov), Inspeksiya

5.

Loyiha tashkilotlari, buyurtmachilar hamda davlat arxitektura qurilish nazorati organlari tomonidan qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash-tiklash ishlarining sifati boʻyicha amaldagi nazorat tizimini oʻrganish.

2021-yil may

Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Qurilish vazirligi (Sh. Xoshimov), Inspeksiya

Loyiha tashkilotlari, buyurtmachilar hamda davlat arxitektura qurilish nazorati organlarining vakolatlarini kengaytirish va javobgarligini oshirish boʻyicha qonun loyihasiga takliflar tayyorlash.

2021-yil iyun

6.

Loyiha tashkilotlari, buyurtmachilar hamda davlat arxitektura qurilish nazorati organlarining moddiy-texnika bazasini, jumladan zamonaviy asbob-uskunalar, shuningdek, malakali kadrlar bilan taʼminlanganlik darajasini oʻrganish.

2021-yil iyun

Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Qurilish vazirligi (Sh. Xoshimov), Inspeksiya, xorijiy ekspertlar

Qonun loyihasiga moddiy-texnik bazani mustahkamlash, malakali kadrlarga boʻlgan talabni aniqlash, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2021-yil iyul

III. Qonun loyihasini zamonaviy talablar va yondashuvlar asosida ishlab chiqish

7.

Suv omborlari, sel-suv omborlari va xavflilik darajasi yuqori boʻlgan boshqa suv xoʻjaligi obyektlarining xavfsizligini va ishonchli ishlashini taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni, ularni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash-tiklash ishlarining loyiha hujjatlari talablariga amal qilish holatini, sifati boʻyicha nazorat tizimini oʻrganish, shuningdek, mazkur obyektlardan foydalanish holati hamda ularning xavfsizligini va ishonchli ishlashini taʼminlash boʻyicha ishlar tahliliga asosan takliflar ishlab chiqish, umumlashtirish va muhokama qilish.

2021-yil iyun-iyul

Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Inspeksiya, Ishchi guruh

8.

Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi toʻgʻrisidagi xorijiy davlatlar qonunchiligini oʻrganish, tahlil qilish va ularni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2021-yil iyun-iyul

Adliya vazirligi (A. Karimov), Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Inspeksiya, Ishchi guruh

9.

“Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini oʻtkazilgan oʻrganishlar va tayyorlangan takliflar asosida qayta koʻrib chiqish.

2021-yil avgust-sentyabr

Adliya vazirligi (A. Karimov), Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Qoʻldoshev), Qurilish vazirligi (Sh. Xoshimov), Ichki ishlar vazirligi (S. Nishanbayev), Milliy gvardiya (A. Boboyev), Inspeksiya, “Oʻzbekgidroenergo” AJ (A. Sanginov)

Tayyorlangan qonun loyihasini muhokama qilish.

2021-yil sentyabr

10.

“Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasini zamonaviy talablar va yondashuvlar asosida ishlab chiqish.

2021-yil oktyabr

Adliya vazirligi (A. Karimov), Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Qoʻldoshev), Qurilish vazirligi (Sh. Xoshimov), Ichki ishlar vazirligi (S. Nishanbayev), Milliy gvardiya (M. Ganiyev), Inspeksiya, “Oʻzbekgidroenergo” AJ (A. Sanginov)

11.

“Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasini xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida muhokama qilish va takomillashtirish.

2021-yil dekabr

Ishchi guruh, xalqaro ekspertlar

12.

“Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasini manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil mart

Inspeksiya, Adliya vazirligi (A. Karimov), Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Qoʻldoshev), Qurilish vazirligi (Sh. Xoshimov), Milliy gvardiya (M. Ganiyev)

IV. Suv omborlari, sel-suv omborlari va xavflilik darajasi yuqori boʻlgan boshqa suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va ishonchli ishlashini taʼminlash boʻyicha qonunosti normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish

13.

Suv omborlari, sel-suv omborlari va xavflilik darajasi yuqori boʻlgan boshqa suv xoʻjaligi obyektlarining loyiha-qidiruv ishlarini tashkil etish, loyihalash va foydalanish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish.

2022-yil yanvar-fevral

Adliya vazirligi (A. Karimov), Qurilish vazirligi (Sh. Xoshimov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Qoʻldoshev), Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Inspeksiya

14.

Normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa idoraviy hujjatlarda suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xoʻjaligi obyektlarining xavfsiz va ishonchli ishlashi boʻyicha talablar, koʻrsatkichlar va mezonlarni tahlil qilish.

2022-yil fevral-mart

Inspeksiya, “Oʻzsuvloyiha” AJ (M. Nadjimov), “Oʻzbekgidroenergo” AJ (A. Sanginov), “OʻzGIP” MChJ (B. Yusupov), Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev)

15.

Suv omborlari, sel-suv omborlari va xavflilik darajasi yuqori boʻlgan boshqa suv xoʻjaligi obyektlarining xavfsiz va ishonchli ishlashi boʻyicha xorijiy davlatlar qonunchiligini oʻrganish hamda tahlil qilish.

2022-yil mart — may

Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Qurilish vazirligi (Sh. Xoshimov), “OʻzGAShKLITI” DUK (Y. Magrupov), Inspeksiya, “OʻzGIP” MChJ (B. Yusupov), “Oʻzsuvloyiha” AJ (M. Nadjimov)

Milliy qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlash.

2022-yil aprel

V. Suv omborlari, sel-suv omborlari va xavflilik darajasi yuqori boʻlgan boshqa suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanish holati hamda ularning xavfsizligini va ishonchli ishlashini taʼminlash

16.

Suv omborlari, sel-suv omborlari va xavflilik darajasi yuqori boʻlgan boshqa suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini va nazorat-oʻlchov asboblari, avariya holatlarida oldindan xabar berish tizimi, axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalar bilan jihozlanganlik holatini oʻrganish.

2022-yil fevral-mart

Inspeksiya, Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Qoʻldoshev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Pekos), “Oʻzbekgidroenergo” AJ (A. Sanginov), “OʻzGIP” MChJ (B. Yusupov), “Oʻzsuvloyiha” AJ (M. Nadjimov)

Mazkur obyektlardan xavfsiz va ishonchli foydalanish boʻyicha uch yillik chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2022-yil mart

17.

Suv omborlari, sel-suv omborlari va xavflilik darajasi yuqori boʻlgan boshqa suv xoʻjaligi obyektlarini qoʻriqlash tizimini oʻrganish va muammolarni aniqlash.

2022-yil aprel

Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Inspeksiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Qoʻldoshev), Milliy gvardiya (M. Ganiyev), Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi (S. Nishanbayev)

Aniqlangan muammolar tahlili asosida ushbu obyektlarning qoʻriqlanishi tizimini takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha takliflar tayyorlash.

2022-yil may

18.

Suv omborlari, sel-suv omborlari va xavflilik darajasi yuqori boʻlgan boshqa suv xoʻjaligi obyektlarining kadrlar bilan toʻldirilganlik darajasini va ishlayotgan rahbar-xodimlarning malakasi�i oʻrganish.

2022-yil yanvar-fevral

Inspeksiya, Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), “Oʻzbekgidroenergo” AJ (A. Sanginov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (U. Begimqulov), Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (Oʻ. Umurzakov)

Malakali kadrlarga boʻlgan talabni aniqlash, ehtiyojni qondirish boʻyicha takliflar tayyorlash hamda malakasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2022-yil mart

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PF-6200-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5017-son Farmoni 2-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi “Aholining ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish va uning sifatini yaxshilash uchun Oʻzbekiston Respublikasining suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5883-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-bandning ikkinchi xatboshisidan “, shuningdek, yagona suv balansini shakllantirish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “, shuningdek, yagona suv balansini shakllantirish boʻyicha” soʻzlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “orqali respublikaning yagona suv balansini shakllantirishni tashkil etish” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PF-6200-son Farmoniga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim farmonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 24-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Davsuvxoʻjaliknazorat”)ni tashkil qilish toʻgʻrisida”gi PF-2272-son Farmoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi “Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5418-son Farmoni 3-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 06/21/6200/0310-son)