Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5055-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 07/21/5055/0309-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning “b” va “v” kichik bandlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-oktabrdagi PQ-4486-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 07/19/4486/3886-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma) tuzilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5055-son qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 07/21/5055/0309-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5055-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 07/21/5055/0309-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5055-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 07/21/5055/0309-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5055-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 07/21/5055/0309-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5055-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 07/21/5055/0309-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5055-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 07/21/5055/0309-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5055-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 07/21/5055/0309-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5b-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5055-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 07/21/5055/0309-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5v-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5055-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 07/21/5055/0309-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5g-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5055-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 07/21/5055/0309-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5d-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5055-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 07/21/5055/0309-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5055-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 07/21/5055/0309-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5055-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 07/21/5055/0309-son)

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Suv xo‘jaligi sohasini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish

1.

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini zamonaviy talablarga muvofiqlashtirish maqsadida ularni tubdan qayta ko‘rib chiqish.

Tadbirlar rejasi

2018-yil

1-iyunga qadar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Adliya vazirligi,

vazirlik va idoralar

2.

Suv xo‘jaligi obyektlarini kapital qurish bo‘yicha buyurtmachi sifatida faoliyat yurituvchi davlat unitar korxonalarini saqlab turish manbalarini qayta ko‘rib chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil

1-avgustga qadar

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi

3.

Suv xo‘jaligi tashkilotlarining sanoat va energetika tashkilotlari uchun texnik suv yetkazib berish xarajatlarini qoplash hamda ularni suv xo‘jaligini rivojlantirishga ishlatish tartibini tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2018-yil

1-oktabrga qadar

Suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi,
“O‘zbekenergo” AJ,

vazirlik va idoralar

4.

Birinchi navbatda, suvni tejash g‘oyasini ilgari surishni, shuningdek, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi Suv xo‘jaligini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

2018-yil

1-noyabrga qadar

Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Davlat geologiya qo‘mitasi,

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

vazirlik va idoralar

5.

Bugungi kun holatini hamda mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni inobatga olgan holda “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi qonuni

2018-yil

1-dekabrga qadar

Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Davlat geologiya qo‘mitasi, vazirlik va idoralar

6.

Suvdan foydalanishni rejalashtirish va suv olish limitlarini belgilash tartibini takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2018-yil

1-noyabrga qadar

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Davla� geologiya qo‘mitasi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “O‘zbekgidroenergo” AJ,

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

II. Suv xo‘jaligi boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish va maqbullashtirish

7.

Suv xo‘jaligi tizimida, shu jumladan suv xo‘jaligi obyektlarini qurish, boshqarish va ulardan foydalanish sohalarida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil

1-avgustga qadar

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qurilish vazirligi

8.

Egasiz suv xo‘jaligi obyektlarini, shu jumladan sug‘orish quduqlarini aniqlash va ularni davlat balansiga o‘tkazish choralarini ko‘rish.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil

1-sentabrga qadar

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

9.

Rekreatsiya zonalari, dam olish zonalari, turistik obyektlar barpo etish, baliq yetishtirish uchun hovuzlar qurish hamda ta’mirlash va boshqa tadbirlar orqali suv xo‘jaligi obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalaridan, shu jumladan suv omborlaridan samarali foydalanish choralarini ko‘rish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2018-yil

1-sentabrga qadar

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

10.

Zamonaviy texnologiyalarni joriy etishning bugungi holati va jarayonlarini, shuningdek, Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi har bir boshqaruv hamda yordamchi xodimlar lavozimlarining amaldagi ish hajmini inobatga olgan holda vazirlik tizimidagi xodimlar soni Normativlarini belgilashning yangi tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil

1-iyulga qadar

Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Bosh prokuratura,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.

Suv iste’molchilari uyushmalarini tuman tamoyili asosida ularning amaldagilari o‘rniga tuzish, kelgusida ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, uyushmalarni malakali kadrlar bilan ta’minlash, irrigatsiya-melioratsiya ishlarida, nasoslardan foydalanishda ishtirok etayotgan hamda fermer xo‘jaliklariga suv xo‘jaligi xizmatini ko‘rsatayotgan xodimlar mehnatini rag‘batlant�rish choralarini joriy etish masalalarini o‘rganish.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil

1-avgustga qadar

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,

Suv iste’molchilari uyushmalari

12.

Mavjud mol-mulkni puxta xatlovdan o‘tkazgan holda, suv iste’molchilari uyushmalari va fermer xo‘jaliklari balansida (foydalanishida) bo‘lgan elektr tarmoqlarini hamda podstansiyalarni Suv xo‘jaligi vazirligining nasos stansiyalari va energetika boshqarmalariga o‘tkazish masalasini o‘rganish.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil

1-oktabrga qadar

Suv xo‘jaligi vazir�igi,

Iqtisodiyot vazirligi,

“O‘zbekenergo” AJ,

Moliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,

Suv iste’molchilari uyushmalari

III. Suv omborlari, yirik gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalarini qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlarini olib borish

13.

Namangan viloyatida “Uychi” suv omborini qurish imkoniyatini o‘rganish.

Tahliliy ma’lumotnoma

2018-yil

15-mayga qadar

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Qurilish vazirligi,

Moliya vazirligi,

Investitsiyalar bo‘yicha

davlat qo‘mitasi

14.

Toshkent viloyatida “Parkentsoy”, “Qizilsoy”, “Toshtepa”, Samarqand viloyatida “Bulung‘ur”, Navoiy viloyatida “Sentabsoy” va Qashqadaryo viloyatida “Ayoqchisoy” suv omborlarini qurish ishlarini olib borish hamda ularni foydalanishga topshirish.

Qurilishning manzilli dasturi

2018-yil

1-iyunga qadar

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Qurilish vazirligi,

Moliya vazirligi,

Investitsiyalar bo‘yicha

davlat qo‘mitasi,

vazirlik va idoralar

15.

“Tolimarjon guruhi”ning jihozlari, avtotexnikalari, elektr podstansiyalari va elektr uzatish tarmoqlarini xatlovdan o‘tkazish hamda ularning holatini baholash.

Kompleks

chora-tadbirlar

2018-yil

1-iyunga qadar

Suv xo‘jaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ,

Qashqadaryo viloyati hokimligi

16.

Energiya qurilmalaridan foydalanishning tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish uchun “QashRVVS”ning “Tolimarjon guruhi”ga balans jihatdan mansubligini o‘zgartirish masalasini o‘rganish.

Tashkiliy

tadbirlar

2018-yil

1-iyunga qadar

Suv xo‘jaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ,

Qashqadaryo viloyati hokimligi

17.

Jismonan eskirgan va o‘z xizmatini o‘tab bo‘lgan nasos stansiyalarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish hamda almashtirish, nasos stansiyalaridan foydalanishni va ularni boshqarishni avtomatlashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2018-yil

1-oktabrga qadar

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Investitsiyalar bo‘yicha

davlat qo‘mitasi,

Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi

18.

“Tolimarjon guruhi”ning chegaradosh hududlardagi elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalariga xizmat ko‘rsatish uchun mutaxassislar hamda texnikalar tomonidan davlat chegarasini kesib o‘tish tartibini soddalashtirish, shuningdek, chegara naryadlarini o‘z vaqtida ajratish masalalarini o‘rganish.

Tashkiliy

tadbirlar

2018-yil

1-noyabrga qadar

Tashqi ishlar vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ,
Qashqadaryo viloyati hokimligi

19.

Suv omborlari, yirik kanallar va gidrotexnika inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, shuningdek, ularni boshqarishni avtomatlashtirish ishlarini olib borish dasturini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2018-yil

1-noyabrga qadar

Suv xo‘jaligi vazirligi, Innovatsiya vazirligi,

Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha

davlat qo‘mitasi

IV. Suvdan foydalanishni va suv iste’molini nazorat qilish hamda ularning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish

20.

Suv resurslaridan foydalanishga tejamkorona munosabatda bo‘lishni mustahkamlash maqsadida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini suvdan foydalanish hamda suvni iste’mol qilish sohalarini tabaqalashtirishni (differensiatsiyalashni) inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqish.

O‘zbekiston R�spublikasi Prezidenti qarori

2018-yil

1-iyunga qadar

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Moliya vazirligi,

Davlat soliq qo‘mitasi,

Iqtisodiyot vazirligi

21.

Suvdan foydalanish hamda suvni iste’mol qilish qoidalarini buzganlik uchun jismoniy va yuridik shaxslarning javobgarligini kuchaytirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2018-yil

1-iyunga qadar

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi

22.

Ekinlarni joylashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi tomonidan qaror qabul qilish tartibini takomillashtirish, shu jumladan tuman irrigatsiya bo‘limlari bilan kelishish hamda ularning xulosalarini olish tartibini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil

1-oktabrga qadar

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

vazirlik va idoralar

23.

Qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish tizimi va tartibini takomillashtirish, shu jumladan iste’molchi tomonidan suv resurslari hajmlaridan qishloq xo‘jaligida maqsadsiz foydalanish oqibatida davlatga yetkazilgan zararni qoplash tartibini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2018-yil

1-oktabrga qadar

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Bosh prokuratura,

Iqtisodiyot vazirligi

V. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida suvni tejaydigan texnologiyalarni qo‘llash ko‘lamini kengaytirish, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish

24.

Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari qoshida suvni va resurslarni tejaydigan turli xil sug‘orish texnologiyalarini hamda suv resurslarini boshqarishning ilg‘or usullarini qo‘llagan holda ko‘rgazmali tajriba uchastkalarini tashkil etish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2018-yil

1-iyunga qadar

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Innovatsiya vazirligi, Moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

25.

Suv ta’minoti darajasini va suvni yetkazib berish uchun qilinayotgan moliyaviy xarajatlarni aniq hududlar bo‘yicha xaritalash asosida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish uchun tuman va massivlarni aniqlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2018-yil

1-oktabrga qadar

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Innovatsiya vazirligi,

Fanlar akademiyasi

VI. Suv resurslarini hisobga olish va hisobotini yuritish hamda suv iste’moli me’yorlarini belgilash tizimini takomillashtirish

26.

Sug‘orishning zamonaviy texnologiyalarini, shu jumladan BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan tavsiya etilgan dasturlarni joriy etish.

Vazirlar Mahkama�i qarori

2018-yil

1-sentabrga qadar

Suv xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Innovatsiya vazirligi,

vazirlik va idoralar

27.

Suv xo‘jaligi vazirligida davlat suv kadastrini yuritish uchun avtomatlashtirilgan Suv resurslarining yagona ma’lumotlar bazasini yaratish.

Suv kadastri bilan bog‘liq axborotni olish, idoralararo o‘zaro axborot almashish, uni umumlashtirish va tahlil qilishni ta’minlaydigan avtomatlashtirilgan tezkor tizimni yo‘lga qo‘yish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2018-yil

1-oktabrga qadar

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Davlat geologiya qo‘mitasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, “O‘zbekgidroenergo” AJ, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi

28.

Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida tarmoq hisobotlarini shakllantirish va topshirish jarayonini avtomatlashtirish.

Tashkiliy

tadbirlar

2018-yil

20-dekabrga qadar

Suv xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Moliya vazirligi

VII. Suv xo‘jaligi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni joriy etish

29.

Quyidagi masalalarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish:

yirik gidrotexnika inshootlari, suv omborlari, magistral va xo‘jaliklararo kanallar, gidrouzellar va suv xo‘jaligining boshqa muhim obyektlaridagi suv oqimlari haqidagi ma’lumotlarni zamonaviy texnologiyalar asosida real vaqt rejimida to‘plash tizimini, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda joriy etishni;

Suv xo‘jaligi vazirligining suv resurslari va suv xo‘jaligi obyektlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini boshqarish hamda tahlil qilish uchun dasturiy ta’minot yaratishni;

suvni boshqarishning va Suv xo‘jaligi vazirligi nasos stansiyalarida elektr energiyasi iste’molini real vaqt rejimida monitoring qilishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2018-yil

1-avgustga qadar

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Innovatsiya vazirligi,

Investitsiyalar bo‘yicha
davlat qo‘mitasi,

Moliya vazirligi

30.

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzurida suv xo‘jaligini rivojlantirish sohasida innovatsion g‘oyalar, texnologiyalarni o‘rganishga, zamonaviy texnologiya va innovatsion g‘oyalarni joriy etish bo‘yicha ilmiy tajriba hamda sinovlar o‘tkazishga mo‘ljallangan tajriba uchastkasini (konstruktorlik byurosini) tashkil etish.

Tashkiliy

tadbirlar

2018-yil

1-avgustga qadar

Suv xo‘jaligi vazirligi, Innovatsiya vazirligi,

Moliya vazirligi,

“Suvmash” AJ

VIII. Suv xo‘jaligi tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, ularni zamonaviy texnika va mexanizmlar bilan ta’minlash, suv xo‘jaligi xodimlarini rag‘batlantirish, suv xo‘jaligi sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish

31.

Foydalanuvchi suv xo‘jaligi tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash, ularni zamonaviy va tezkor meliorativ texnika bilan ta’minlash, shu jumladan mopedlar va videoregistratorlar bilan jihozlangan uchar dronlar sotib olish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2018-yil

1-iyulga qadar

Suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

Innovatsiya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Investitsiyalar bo‘yicha
davlat qo‘mitasi

32.

Suv xo‘jaligi sohasi xodimlarining kasbiy bayrami kunini belgilash hamda “Suv xo‘jaligi a’lochisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil

1-iyulga qadar

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Moliya vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

33.

Oliy ta’lim muassasalarida suv xo‘jaligi sohasida kadrlar tayyorlash sifatini o‘rganish va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Tashkiliy

tadbirlar

2018-yil

1-dekabrga qadar

Innovatsiya vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi

IX. Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish

34.

Suv xo‘jaligining katta va o‘ta muhim obyektlarini qo‘riqlash, ularning xavfsizligini ta’minlash va ishonchliligini oshirish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, ularning texnik holatini yaxshilash bo‘yicha, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi dastur ishlab chiqish:

suv xo‘jaligi obyektlari qo‘riqlanishini ta’minlashda axborot texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, ularning hududlaridagi xavfsizlik punktlari sonini maqbullashtirish;

suv xo‘jaligi obyektlarini muddatli harbiy xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchilarni jalb etgan holda qo‘riqlashni ta’minlash tartibini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil

1-oktabrga qadar

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Mudofaa vazirligi,

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

vazirlik va idoralar

35

Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha avariya moddiy-texnika zaxiralarini yaratish va ulardan foydalanishning yangilangan tartibini, shu jumladan avariya moddiy-texnika vositalarining ro‘yxatini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil

1-noyabrga qadar

Suv xo‘jaligi vazirligi,

“O‘zbekgidroenergo” AJ,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

vazirlik va idoralar

36.

Yirik suv omborlari va gidrotexnika inshootlaridagi avariya holatlari hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olishning yagona avtomatlashtirilgan tizimini yaratish.

Tashkiliy

tadbirlar

2018-2019-yillarda

Suv xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

“O‘zbekgidroenergo” AJ,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

X. Suvdan foydalanish sohasida xalqaro munosabatlarni rivojlantirish, aholining suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish yuzasidan chora-tadbirlarni kuchaytirish

37.

Mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni jadallashtirish, shuningdek, suv omborlari va yirik gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash hamda texnik jihatdan ishonchliligini oshirishda xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish, bunda:

yirik suv omborlari va gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash sohasidagi hamkorlik bo‘yicha mintaqaviy kelishuv ishlab chiqish va amalga oshirish masalasini Orol dengizi havzasidagi davlatlar bilan birgalikda ko‘rib chiqish;

milliy idoralarning suv omborlari va yirik gidrotexnika inshootlari xavfsizligini ta’minlash sohasidagi tajriba va xizmatlarini (gidrotexnika inshootlarining texnik holatini tabiiy sharoitda ko‘zdan kechirish va diagnostika qilish, xavfsizlik mezonlarini ishlab chiqish, xavfsizlik deklaratsiyalarini tuzish va h.k.) mintaqa mamlakatlarida ilgari surish;

to‘g‘onlar xavfsizligini hamda avariya holatlari va favqulodda vaziyatlarning oldini olish tizimini ta’minlash sohasida xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish;

Yirik to‘g‘onlar bo‘yicha xalqaro komissiyaning texnik reglamentlari va tavsiyalarini O‘zbekistonda qo‘llash va implementatsiya qilish yuzasidan takliflar tayyorlash nazarda tutiladi.

Tashkiliy

tadbirlar

Tashkiliy

tadbirlar

Tashkiliy

tadbirlar

Tashkiliy

tadbirlar

2018-yil

1-oktabrga qadar

2018-2019-yillarda

2018-yil

1-noyabrga qadar

2018-yil

20-dekabrga qadar

Suv xo‘jaligi vazirligi,

“O‘zbekgidr�energo” AJ,

Tashqi ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

38.

Mobil ilovalar va veb-sahifalarni qo‘llash asosida suv resurslaridan foydalanish va ularni boshqarish, shuningdek, suv xo‘jaligi inshootlaridan foydalanish bo‘yicha ommabop bilimlarning resurs bazasini yaratish hamda rivojlantirish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2018-yil

1-iyulga qadar

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Innovatsiya vazirligi

39.

Suvdan foydalanish madaniyatini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini ta’lim tizimiga joriy qilish orqali yosh avlodni suvga nisbatan tejamkorona munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash.

Tashkiliy

ta�birlar

Doimiy asosda

Maktabgacha ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi

40.

Qishloq xo‘jaligida o‘zboshimchalik bilan suv olish va suv resurslari hajmlaridan maqsadsiz foydalanishning salbiy oqibatlarini iste’molchilarga tushuntirish bo‘yicha turkum radio eshittirishlar va teleko‘rsatuvlar tayyorlash.

Tashkiliy

tadbirlar

Doimiy asosda

MTRK, O‘zA, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi,

Suv xo‘jaligi vazirligi

lavozim bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmasi mas’ul xodimi, ishchi guruh rahbari

lavozim bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmasi mas’ul xodimi

lavozim bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy bo‘linmasi mas’ul xodimi

lavozim bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yong‘in xavfsizligi davlat xizmati hududiy bo‘linmasi mas’ul xodimi

lavozim bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy bo‘linmasi mas’ul xodimi

lavozim bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining hududiy bo‘linmasi mas’ul xodimi

lavozim bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining mas’ul xodimi*

lavozim bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmasi mas’ul xodimi

lavozim bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartorgrafiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmasi mas’ul xodimi

lavozim bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmasi mas’ul xodimi

lavozim bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasining hududiy bo‘linmasi mas’ul xodimi

lavozim bo‘yicha

“O‘zbekenergo” AJ hududiy bo‘linmasi mas’ul xodimi

lavozim bo‘yicha

“O‘zbekgidroenergo” AJ hududiy bo‘linmasi mas’ul xodimi

lavozim bo‘yicha

tuman (shahar) hokimligining mas’ul xodimi


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi