1-ILOVA
2-ILOVA
| T/r | Maxsus maʼruzachi tavsiyalari | Chora-tadbir nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
| 1. | 64. a) Javobgarlikka tortishni taʼminlash, qiynoqlar, tegishli huquqiy tartib-qoidalarni suiisteʼmol qilish va adolatsiz sud jarayonlari qurbonlariga nisbatan zararni qoplash va kompensatsiya toʻlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 155, 158, 159, 161-moddalari hamda 244-moddasi birinchi — uchinchi qismlari bilan 2016-yilgacha qoʻzgʻatilgan ishlarni tizimli va mustaqil qayta koʻrib chiqish tartibini belgilash. | 1. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 155, 158, 159, 161-moddalari hamda 244-moddasi birinchi — uchinchi qismlari bilan 2016-yilgacha qoʻzgʻatilgan ishlarni mustaqil qayta koʻrib chiqishning maqsadga muvofiqligi masalasini oʻrganish. | 1. 2016-yilgacha qoʻzgʻatilgan koʻrsatib oʻtilgan toifadagi ishlarni, shu jumladan mahkumlarning shikoyatlari va arizalarini, qiynoqlarni qoʻllash toʻgʻrisidagi shikoyatlarni oʻrganish asosida qayta koʻrib chiqishni, shuningdek qiynoq qurbonlariga yetkazilgan zararni qoplash va kompensatsiya toʻlash toʻgʻrisidagi masalalarni qayta koʻrib chiqish maqsadga muvofiqligi yuzasidan umumlashtirilgan fikrni tayyorlash. | 2023-yil sentyabr | Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Oliy sud, Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, NNT |
| 2. | 64. b) Xalqaro huquqqa toʻlaqonli rioya etilishini taʼminlash maqsadida ekstremizm, terrorizm va milliy xavfsizlik bilan bogʻliq jinoyatlarga (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 155, 158, 159, 161-moddalari hamda 244-moddasi birinchi — uchinchi qismlari) sharh tayyorlash va normativ-huquqiy bazani qayta koʻrib chiqish. | 1. “Ekstremizm”, “radikalizm” tushunchalarining huquqiy taʼrifini va ularni inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksini va “Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonun va boshqa qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish masalasini oʻrganish. | 1. Ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi amaldagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha Ishchi guruh tuzish. | 2023-yil iyun | Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Bojxona qoʻmitasi, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Din ishlari boʻyicha qoʻmita |
| 2. Xalqaro amaliyotni, shu jumladan BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalari, shartnoma organlarining umumiy tartibdagi sharhlari, maxsus maʼruzachilarning tavsiyalari, shuningdek “ekstremizm” va “radikalizm” tushunchasining huquqiy taʼrifi boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish. | 2023-yil sentyabr | ||||
| 3. Oʻzbekiston Respublikasining ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish masalasi boʻyicha umumlashtirilgan fikrni tayyorlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | 2023-yil oktyabr | ||||
| 2. “Terrorizm” tushunchasining ikki xil talqin qilinishini bartaraf etish va tushunchasini taʼrifini toraytirish, shuningdek uni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi va “Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish masalasini oʻrganish (qasddan odam oʻldirish yoki jiddiy tan jarohati yetkazish haqida eslatma yoʻqligi — BMT xavfsizlik Kengashining 1566 (2004)-sonli rezolyutsiyasi bilan belgilangan talab, zoʻravonlik darajasidan qatʼi nazar, har qanday zoʻravonlik harakati terrorchilik harakati sifatida koʻrilishi shuningdek, zarar yetkazilishi mumkin boʻlgan tegishli mulk turlarini ajratmaslik, bu zarurat va huquqiy aniqlik tamoyillariga mos kelmasligini oldini olishga qaratilgan). | 1. Terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi amaldagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha Ishchi guruh tuzish. | 2023-yil iyun | Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Bojxona qoʻmitasi, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz | ||
| 2. Xalqaro amaliyotni, shu jumladan BMT xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalari, shartnoma organlarining umumiy tartibdagi sharhlari, maxsus maʼruzachilarning tavsiyalari, shuningdek “terrorizm” tushunchasini huquqiy taʼrifi boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish. | 2023-yil sentyabr | ||||
| 3. Oʻzbekiston Respublikasining terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish masalasi boʻyicha umumlashtirilgan fikr tayyorlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | 2023-yil oktyabr | ||||
| 3. | 64. s) Sud taʼqibini amalga oshiruvchi shaxslarning roliga doir rahbariy tamoyillarga muvofiq ekstremizm, terrorizm va milliy xavfsizlik bilan bogʻliq jinoyatlarni tergov qilishni hamda ular boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortishni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi tomonidan amalga oshirilishni taʼminlash. | 1. Ekstremizm, terrorizm va milliy xavfsizlik bilan bogʻliq jinoyat ishlarining tergovga tegishliligini qayta koʻrib chiqish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining jinoyat-protsessual qonunchiligiga va boshqa qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish masalasini oʻrganish. | 1. Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual qonunchiligi normalarining ekstremizm, terrorizm va milliy xavfsizlik bilan bogʻliq jinoyat ishlari boʻyicha prokurorning haqiqiy rolini hisobga olgan holda Sud taʼqibini amalga oshiruvchi shaxslarning roliga doir rahbariy tamoyillarga muvofiqligini masalasini oʻrganish. | 2023-yil iyun | Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Jamoat xavfsizlik universiteti, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi |
| 2. Jinoyat ishlarning tergovga tegishliligini qayta qoʻrib chiqish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual qonunchiligini va boshqa qonun hujjatlarini takomillashtirishning maqsadga muvofiqligi masalasi yuzasidan umumlashtirilgan fikr tayyorlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | 2023-yil iyul | ||||
| 2. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini ozodlikdan mahrum qilish va adolatli sud muhokamasiga boʻlgan huquqiga oid inson huquqlari sohasidagi xalqaro talablar bilan tanishtirishga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish. | 1. “Huquqni muhofaza qilish faoliyatida xalqaro standartlar”, shuningdek “Terrorizmga qarshi kurashning huquqiy va tashkiliy asoslari” oʻquv fanlarini ishlab chiqish va yuridik yoʻnalishdagi oliy oʻquv yurtlari oʻquv jarayonlariga joriy etish. | 2023-yil iyun — sentyabr | Adliya vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi | ||
| 2. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini ekstremizm, terrorizm va milliy xavfsizlik bilan bogʻliq jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi xalqaro standartlarga, shuningdek jinoiy javobgarlikka tortish, shu jumladan Sud taʼqibini amalga oshiruvchi shaxslarning roliga doir rahbariy tamoyillarga oʻrgatish boʻyicha seminar va treninglar oʻtkazish. | har chorakda | Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi, Sudyalar oliy maktabi, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz | |||
| 3. Sud taʼqibini amalga oshiruvchi shaxslarning roliga doir rahbariy tamoyillarni oʻzbek tiliga tarjima qilish va chop etish. | 2023-yil avgust | Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Sudyalar oliy maktabi | |||
| 4. “Ekstremistik faoliyat va terrorizmga qarshi kurashish” oʻquv kursini ishlab chiqish hamda yuridik oliy oʻquv yurtlari, sudyalar, advokatlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini kasbga tayyorlash oʻquv dasturlariga joriy qilish. | 2023-yil iyun — sentyabr | Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi, Sudyalar oliy maktabi | |||
| 5. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi va Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya boʻyicha Mintaqaviy markazi tomonidan ishlab chiqilgan Markaziy Osiyoda terrorizmga qarshi kurash, inson huquqlari va qonun ustuvorligini taʼminlash boʻyicha terrorizmga qarshi kurash masalalari boʻyicha keng qamrovli elektron taʼlim kursini oʻzbek tiliga tarjima qilish va ishga tushirish. | 2023-yil iyun | Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi | |||
| 3. (zoʻravonlik bilan amalga oshirilgan) ekstremizm, terrorizm va milliy xavfsizlik bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda yopiq sud majlislarini oʻtkazish amaliyotini qayta qoʻrib chiqish va xalqaro standartlarga (BMT Inson huquqlari qoʻmitasining (2007-yil) 32-sonli umumiy sharhlarining 25, 28 va 29-bandlari) muvofiq ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini taʼminlash (Hisobotning 40-bandi). | 1. Ekstremizm, terrorizm va milliy xavfsizlik bilan bogʻliq ishlarni koʻrib chiqishda sud majlislarida oshkoralik tamoyillarini taʼminlash boʻyicha xalqaro amaliyot va xorijiy mamlakatlarning tajribasini oʻrganish. | 2024-yil sentyabr | Oliy sud, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) | ||
| 2. Ekstremizm, terrorizm va milliy xavfsizlik bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda sud majlislarida oshkoralik tamoyillarini taʼminlash boʻyicha milliy qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida umumlashtirilgan fikr tayyorlash. | 2024-yil noyabr | ||||
| 4. | 64. d) Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash boʻyicha Milliy strategiya doirasida inson huquqlarini himoya qilish koʻrsatkichlari va amaliyotlarini ishlab chiqish hamda qoʻllash. Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi Xalqaro konvensiyasiga, Xavfsizlik Kengashining 2462-sonli (2019-yil) rezolyutsiyasiga va Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy chora-tadbirlarni ishlab chiqish guruhining terrorizmni moliyalashtirishni bartaraf etish boʻyicha Toʻqqizta maxsus tavsiyalaridan sakkizinchi tavsiyasining tushuntirish xatidagi terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishni tartibga solish boʻyicha har qanday chora-tadbirlar inson huquqlari va gumanitar huquqni oʻz ichiga oluvchi xalqaro huquq normalariga muvofiq amalga oshirilishi kerakligini tasdiqlovchi qoidalariga muvofiqligini taʼminlash maqsadida terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha oʻz doirasini qayta koʻrib chiqish. | 1. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shu jumladan “Terrorizmni moliyalashtirish” tushunchasi taʼrifining ushbu sohadagi xalqaro standartlarga muvofiqligini taʼminlash. | 1. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi milliy qonunchilik qoidalarini jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro standartlarga muvofiqligi yuzasidan oʻrganish. | 2023-yil iyul | Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. “Terrorizmni moliyalashtirish” tushunchasining taʼrifini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | 2023-yil avgust | ||||
| 3. “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish. | 2023-yil sentyabr | Bosh prokuratura | |||
| 2. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha inson huquqlari va qonun ustuvorligi sohasidagi talablarga javob beradigan samarali chora-tadbirlarni qabul qilish. | 1. Inson huquqlari sohasidagi xalqaro huquq normalari va boshqa qoʻllaniladigan xalqaro huquqiy majburiyatlarga muvofiq Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish tavakkalchiliklarini milliy darajada baholash natijalari boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. | 2023-yil noyabr-dekabr | Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terror�zmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiya aʼzolari | ||
| 2. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni milliy darajada baholash natijalari boʻyicha chora-tadbirlar rejasi loyihasini muhokama qilishga xalqaro ekspertlarni, davlat organlarini va fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etish. | 2024-yil yanvar-fevral | ||||
| 3. Inson huquqlari sohasidagi xalqaro huquq normalariga va boshqa amaldagi xalqaro huquqiy majburiyatlarga muvofiq Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni milliy darajada baholash natijalari boʻyicha chora-tadbirlar rejasi loyihasini takomillashtirish va tasdiqlash uchun kiritish. | 2024-yil mart | ||||
| 3. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimining xalqaro hujjatlarga muvofiqligini taʼminlash, shuningdek Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruh (FATF) standartlari va xalqaro-huquqiy hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga implementatsiya qilish. | 1. Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhi kotibiyati bilan Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhi oʻzaro baholashining 2-bosqichi yakunlari boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga texnik yordam koʻrsatish rejasini amalga oshirish doirasida hamkorlik qilish. | doimiy | Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, manfaatdor vazirlik va idoralar | ||
| 2. Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhi oʻzaro baholashining 2-bosqichi yakunlari boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish va Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiya aʼzolarining salohiyatini oshirish. | doimiy | Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiya aʼzolari | |||
| 3. Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhi yalpi majlislari doirasida Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhi oʻzaro baholashining 2-bosqichi yakunlari boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha ijobiy oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etish. | 2023 — 2025-yillar | ||||
| 4. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorligini kuchaytirish. | 1. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni milliy darajada baholashni har tomonlama va sifatli oʻtkazish jarayoniga, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq aniqlangan tavakkalchiliklarni minimallashtirish choralarini ishlab chiqish jarayoniga fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etish. | 2023-yil davomida | Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiya aʼzolari, NNT | ||
| 2. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiya majlislarida va faoliyatida fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining oʻz ustav maqsadlariga taalluqli masalalar boʻyicha ishtirokini taʼminlash. | doimiy | ||||
| 5. Terrorizmni moliyalashtirishga va xususiy tuzilmalar bilan har qanday axborot almashinuviga qarshi kurashish boʻyicha davlat chora-tadbirlariga oid maʼlumotlarni himoya qilish mexanizmini yanada takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlarini qabul qilish. | 1. Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish doirasida maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash boʻyicha milliy qonunchilik va amaliyotni, shuningdek xorijiy mamlakatlarning tajribasini oʻrganish hamda umumlashtirish. | 2024-yil aprel | Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiya aʼzolari, manfaatdor vazirlik va idoralar | ||
| 2. Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish doirasida maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashni kuchaytirish boʻyicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish hamda uni Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiya qarori bilan tasdiqlash. | 2024-yil iyun | ||||
| 6. Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sharoitida inson huquqlariga rioya qilish masalalari boʻyicha Jinoiy faoliyatdan oli�gan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiya aʼzolarining salohiyatini oshirish. | 1. Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish doirasida inson huquqlariga rioya etish majburiyatlarini belgilovchi xalqaro standartlarga oid tegishli oʻquv tadbirlarini oʻtkazishda texnik koʻmak olish maqsadida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni qabul qilish. | doimiy | Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiya aʼzolari | ||
| 2. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiya aʼzolarining inson huquqlari va terrorizmga qarshi kurashish choralarning fuqarolik jamiyatiga salbiy taʼsiri sohasidagi salohiyatini tegishli oʻquv tadbirlarini oʻtkazish orqali oshirish. | doimiy | ||||
| 5. | 64. e) 1951-yilgi Qochoqlar maqomi toʻgʻrisidagi Konvensiyaga va uning 1967-yilgi Protokoliga, 1954-yilgi Apatridlar maqomi toʻgʻrisidagi Konvensiya va 1961-yilgi Fuqarolikka ega boʻlmaganlikni qisqartirish toʻgʻrisidagi Konvensiyaga qoʻshilish hamda milliy qonunchilik va amaliyotni mazkur xalqaro standartlar bilan muvofiqlashtirish. | 1. Qochoqlar huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro standartlarga muvofiq milliy qonunchilikni oʻrganish. | 1. 1951-yilgi Qochoqlar maqomi toʻgʻrisidagi Konvensiyaning va 1967-yilgi Protokolning qoidalariga muvofiqligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini tahlil qilish. | 2023-yil iyun | Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, man�aatdor vazirlik va idoralar |
| 2. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qochoqlar huquqlariga taalluqli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish masalasi boʻyicha umumlashtirilgan fikr tayyorlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | 2023-yil iyul — noyabr | ||||
| 2. 1951-yilgi Qochoqlar maqomi toʻgʻrisidagi Konvensiyaga va uning 1967-yilgi Protokoliga qoʻshilishning maqsadga muvofiqligi masalasini oʻrganish. | 1. 1951-yilgi Qochoqlar maqomi toʻgʻrisidagi Konvensiyaga va uning 1967-yilgi Protokoliga qoʻshilish masalasi boʻyicha xalqaro tajribani va xorijiy mamlakatlar amaliyotini oʻrganish. | 2024-yil yanvar | Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Davlat xavfsizlik xizmati, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, manfaatdor vazirlik va idoralar | ||
| 2. 1951-yilgi Qochoqlar maqomi toʻgʻrisidagi Konvensiyaga va unga 1967-yilgi Protokolga qoʻshilish masalasi boʻyicha umumlashtirilgan fikr tayyorlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | 2024-yil aprel | ||||
| 3. BMTning 1954-yilgi Apatridlar maqomi toʻgʻrisidagi konvensiyaga qoʻshilishning maqsadga muvofiqligi masalasini oʻrganish. | 1. BMTning 1954-yilgi Apatridlar maqomi toʻgʻrisidagi Konvensiyaga qoʻshilish masalasi boʻyicha xalqaro tajribani va xorijiy mamlakatlar amaliyotini oʻrganish. | 2024-yil fevral | Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Davlat xavfsizli� xizmati, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, manfaatdor vazirlik va idoralar | ||
| 2. BMTning 1954-yilgi Apatridlar maqomi toʻgʻrisidagi Konvensiyaga qoʻshilish masalasi boʻyicha umumlashtirilgan fikr tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | 2024-yil aprel | ||||
| 4. Fuqarosizlikni qisqartirish boʻyicha xalqaro standartlarga muvofiq milliy qonunchilikni oʻrganish. | 1. 1961-yilgi Fuqarolikka ega boʻlmaganlikni qisqartirish toʻgʻrisidagi Konvensiya qoidalariga muvofiqligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini tahlil qilish. | 2023-yil iyun | Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Davlat xavfsizlik xizmati, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, manfaatdor vazirlik va idoralar | ||
| 2. Fuqarosizlik sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish masalasi boʻyicha umumlashtirilgan fikr tayyorlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | 2023-yil avgust — oktyabr | ||||
| 5. 1961-yilgi Fuqarolikka ega boʻlmaganlikni qisqartirish toʻgʻrisidagi Konvensiyaga qoʻshilishning maqsadga muvofiqligi masalasini oʻrganish. | 1. 1961-yilgi Fuqarolikka ega boʻlmaganlikni qisqartirish toʻgʻrisidagi Konvensiyaga qoʻshilish masalasi boʻyicha xorijiy mamlakatlarning xalqaro tajribasi va amaliyotini oʻrganish. | 2024-yil fevral | Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, manfaatdor vazirlik va idoralar | ||
| 2. 1961-yilgi Fuqarolikka ega boʻlmaganlikni qisqartirish toʻgʻrisidagi Konvensiyaga qoʻshilish masalasi boʻyicha umumlashtirilgan xulosa tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | 2024-yil aprel | ||||
| 6. | 64. f) Ayni paytda Oʻzbekistonda joylashgan, chiqarib yubormaslik tamoyili asosida qaytarib yuborib boʻlmaydigan, yordamga muhtoj afgʻonistonlik fuqarolarning holatini tartibga solish maqsadida aniq va ravshan milliy standartlarni belgilash va qoʻllash. | 1. H�zirgi vaqtda Oʻzbekistondagi Afgʻoniston fuqarolarining holatini tartibga solish maqsadida milliy standartlarni ishlab chiqish masalasini oʻrganish. | 1. Oʻzbekistonda xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning holatini yaxshilashning maqbul yoʻllarini aniqlash maqsadida amaldagi milliy standartlarni, huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻyicha Ishchi guruh tuzish. | 2023-yil iyun | Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi Davlat xavfsizlik xizmati, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | 2023-yil iyul | ||||
| 7. | 64. g) Terrorizmga va (zoʻravonlik bilan amalga oshirilgan) ekstremizmga qarshi kurashish, shu jumladan maʼlumotlar yigʻish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi idoralar ustidan nazorat va monitoring olib borishning mustaqil mexanizmini joriy qilish; | 1. Terrorizmga va (zoʻravonlik bilan amalga oshirilgan) ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha ishtirok etuvchi idoralarustidan nazorat va monitoring olib borish mexanizmini joriy qilish masalasining maqsadga muvofiqligini oʻrganish. | 1. Terrorizmga va (zoʻravonlik bilan amalga oshirilgan) ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi idoralar ustidan nazorat va monitoring olib borish mexanizmini joriy qilish boʻyicha xalqaro tajribani va xorijiy mamlakatlar amaliyotini oʻrganish. | 2024-yil sentyabr | Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi Bojxona qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va id�ralar |
| 2. Terrorizmga va (zoʻravonlik bilan amalga oshirilgan) ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi idoralar ustidan nazorat va monitoring olib borishning samarali mexanizmini ishlab chiqish masalasi maqsadga muvofiqligi yuzasidan umumlashtirilgan fikr tayyorlash. | 2024-yil oktyabr | ||||
| 8. | 64. h) Shaxslarni mamlakat chegaralari orqali har qanday topshirishni, chiqarib yuborishni, ekstraditsiya qilishni yoki koʻchirishni xalqaro huquqqa muvofiq aniq protsessual kafolatlar va qatʼiy nazorat ostida hamda toʻliq mustaqil va xolis sud organlarining ruxsati bilan amalga oshirilishini taʼminlash. | 1. Shaxslarni topshirish, chiqarib yuborish, ekstraditsiya qilish yoki chegaradan oʻtkazishga oid Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida takomillashtirish masalasini oʻrganish (gumon qilinuvchining topshirishdan keyin inson huquqlari buzilishi xavfini har tomonlama baholash taʼminlanmaguncha har qanday holatda topshirishni amalga oshirishga mutlaq taqiq hamda agar qiynoq yoki shafqatsiz muomala, ya�ash huquqini rad etishdan voz kechish, zoʻrlik ostida gʻoyib boʻlish, adolatli sud huquqini rad etish yoki inson huquqlarining boshqa har qanday jiddiy buzilishi xavfi mavjud boʻlsa, har qanday holatda topshirishga ruxsat berilmasligi kerak). | 1. Topshirish, chiqarib yuborish va ekstraditsiya qilishni huquqiy tartibga solish, protsessual kafolatlarni taʼminlash boʻyicha xalqaro tajriba va xorijiy mamlakatlar amaliyotini oʻrganish. | 2023-yil oktyabr | Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oliy sud, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi |
| 2. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining tegishli moddalariga shaxslarni topshirish, chiqarib yuborish, ekstraditsiya qilish yoki chegaradan oʻtkazish masalalariga oid oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida vazirlik va idoralarning umumlashtirilgan fikrini oʻz ichiga olgan tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | 2023-yil noyabr | ||||
| 9. | 64. i) Barcha shaxslarni zoʻrlik ostida gʻoyib boʻlishidan himoya qilish toʻgʻrisidagi Xalqaro konvensiyani kechiktirmasdan ratifikatsiya qilish. | 1. Barcha shaxslarni zoʻrlik ostida gʻoyib boʻlishidan himoya qilish toʻgʻrisidagi Xalqaro konvensiyaga qoʻshilishning maqsadga muvofiqligi masalasini oʻrganish. | 1. Barcha shaxslarni zoʻrlik ostida gʻoyib boʻlishidan himoya qilish toʻgʻrisidagi Xalqaro konvensiyaga qoʻshilish masalasi boʻyicha xalqaro tajriba va xorijiy mamlakatlar amaliyotini oʻrganish. | 2023-yil sentyabr | Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi |
| 2. Barcha shaxslarni zoʻrlik ostida gʻoyib boʻlishidan himoya qilish toʻgʻrisidagi Xalqaro konvensiyaga qoʻshilishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ekspertlar darajasida oʻrganib chiqish. | 2023-yil noyabr | ||||
| 3. Majburiy yoki ixtiyoriy yoʻqolganlar boʻyicha Ishchi guruhni Oʻzbekistonga amaliy tashrif bilan taklif etish. | 2023-yil dekabr | ||||
| 4. BMTning Barcha shaxslarni zoʻrlik ostida gʻoyib boʻlishidan himoya qilish toʻgʻrisidagi Xalqaro konvensiyasiga qoʻshilish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan fikrini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2024-yil mart | ||||
| 10. | 64. j) Eskirib qolgan qamoqxonalarni inson huquqlarini muhofaza qiluvchi normalarga toʻliq mos kelishini taʼminlash maqsadida ularni modernizatsiya qilish imkonini yaratuvchi muntazam moliyaviy mablagʻlarni ajratish xususan, ularni qamoqxonaning haddan tashqari koʻp toʻlib ketishining oldini olishga, mahbuslarga uxlash, shu jumladan ibodat qilish joyi uchun yetarli maydon taqdim etish va lozim darajada sanitariya sharoitlarini (shu jumladan nogironligi boʻlgan mahbuslarga) taʼminlash. | 1. Oʻzbekiston Respublikasining milliy qonunchiligi va huquqni qoʻllash amaliyotini BMT Bosh Assambleyasining 2015-yil 17-dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan qayta qoʻrib chiqilgan Mahbuslar bilan muomalada boʻlishning Minimal standart qoidalariga (Nelson Mandela qoidalari) muvofiqlashtirish. | 1. Manfaatdor vazirlik va idoralar xodimlari orasidan Ishchi guruh tuzish. | 2023-yil iyun | Ichki ishlar vazirligi, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Bosh prokuratura, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. Jazoni ijro etish muassasalarida saqlash sharoitlarini yaxshilash, shuningdek, din va eʼtiqod erkinligi huquqini taʼminlash maqsadida Mahbuslar bilan muomalada boʻlishning Minimal standart qoidalariga (Nelson Mandela qoidalariga) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi muvofiqligini tahlil qilish. | 2023-yil iyul | ||||
| 3. Jazoni ijro etish muassasalarining ijtimoiy infratuzilma obyektlarining holatini va shart-sharoitlarini (obyektlarning hamda xizmatlarning qurilish-arxitektura qoidalariga va talablariga muvofiqligini) oʻrganish. | 2023-yil avgust-sentyabr | ||||
| 4. Mahbuslar bilan muomalada boʻlishning xalqaro standartlariga muvofiqlashtirish, shu jumladan eskirgan muassasalarni moderniz�tsiya qilish uchun muntazam mablagʻ ajratish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2023-yil sentyabr | ||||
| 5. Qiynoqlarga qarshi maxsus maʼruzachining tavsiyalariga muvofiq, jazoni ijro etish muassasalarini modernizatsiya qilish dasturini, barqaror moliyalashtirish masalalarini kiritgan holda, ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2023-yil oktyabr — dekabr | ||||
| 2. Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllashga qarshi Konvensiyaning Fakultativ protokolini ratifikatsiya qilish. | 1. Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllashga qarshi Konvensiyaning Fakultativ protokoli qoidalariga muvofiqligi boʻyicha milliy qonunchilik qoidalarini oʻrganish. | 2023-yil iyun | Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar | ||
| 2. Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllashga qarshi Konvensiyaning Fakultativ protokoliga qoʻshilish masalasi boʻyicha umumlashtirilgan fikr tayyorlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | 2023-yil avgust | ||||
| 11. | 64. k) Qamoqxonalarda ishlaydigan tibbiyot xodimlarining faqatgina va bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi boʻysunuviga oʻtkazishni taʼminlash. | 1. Jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika boʻlimlarini bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi boʻysunuviga oʻtkazish. | 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Mahkumlarga va qamoqqa olinganlarga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni loyihasini ishlab chiqish: jazoni ijro etish muassasalarida tibbiyot xodimlarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash va moddiy ragʻbatlantirish; jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika boʻlimlarini bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tasarrufiga oʻtkazish; sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining faqat va bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobdorligini belgilash; jazoni ijro etish muassasalarida, hibsda yoki qamoqda saqlash joylarida vafot etgan shaxslarga nisbatan, shuningdek, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllashda gumon qilingan har qanday holatlarda zudlik bilan sud-gistologik ekspertiza tayinlashni majburiy etib belgilash. | 2023-yil sentyabr | Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Adliya vazirligi, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi |
| 12. | 64. l) Qamoqxona xodimlarining inson huquqlari masalalari va qiynoqlarning oldini olish boʻyicha muntazam tayyorgarlikdan oʻtishini taʼminlash. | 1. Jazoni ijro etish muassasalarining barcha xodimlari uchun inson huquqlari va qiynoqlarning oldini olish sohasida uzluksiz treninglar oʻtkazish. | 1. Jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun qiynoqlarga qarshi kurash boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish va oʻtkazish. | har chorakda | Ichki ishlar vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) |
| 2. Oʻzbekistondagi ayollar saqlanadigan jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun BMTning Ayol-mahbuslar bilan munosabatda boʻlishga va ayol-huquqbuzarlar uchun ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo choralariga oid qoidalari (Bangkok qoidalari) boʻyicha treninglar oʻtkazish. | 2023-yil avgust-sentyabr | Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Huquqni muhofaza qilish organlari akademiyasi | |||
| 3. Jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun “Ozodlikdan mahrum qilish joylarida zoʻravonlikning oldini olish va bartaraf etish” mavzusida oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish va oʻtkazish. | 2023-yil oktyabr-noyabr | Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, manfaatdor vazirlik va idoralar | |||
| 4. Qamoqxonalar va boshqa jazoni ijro etish muassasalari xodimlari tayyorgarlikdan oʻtkazish boʻyicha oʻquv kurslari doirasida Qiynoqlarga solishga va muomalada boʻlish va jazolashning boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi turlariga qarshi Konvensiya standartlari (qabul qilish tartibi; shafqatsiz munosabat; qamoqda saqlash sharoitlari; qamoqxonalarda tibbiy yordam; mahkumlarning alohida toifalari masalalari va boshqalar) boʻyicha maxsus kursni ishlab chiqish va amalga oshirish. | 2023-2024-yillar har chorakda | ||||
| 5. EXHT DIIHB tomonidan tayyorlangan “Ozodlikdan mahrum qilingan joylarda jinsiy va gender asosidagi zoʻravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashish” nashrining oʻzbek tiliga tarjima qilish va taqdimotini oʻtkazish. | 2023-yil iyun | ||||
| 2. Jazoni ijro etish muassasalari tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish. | 1. Jazoni ijro etish muassasalari tibbiyot xodimlari uchun “Istanbul protokoli boʻyicha qiynoqlar va shafqatsiz muomala holatlarini samarali tekshirish va hujjatlashtirish” mavzusida turkum treninglar tashkil etish va oʻtkazish. | 2023-2024-yillar har chorakda | Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Ichki ishlar vazirligi | ||
| 2. Sogʻliqni saqlash huzuridagi Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi xodimlari uchun Istanbul protokoli va qiynoqlarni tibbiy-huquqiy hujjatlashtirish boʻyicha kurs tashkil etish va oʻtkazish. | 2023-yil avgust | ||||
| 3. “Qiynoq va shafqatsiz muomalaning tibbiy-biologik izlarini aniqlashning sud-tibbiy jihatlari” mavzusida trening tashkil etish. | 2023-yil noyabr | Sogʻliqni saqlash huzuridagi vazirligi Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi, Ichki ishlar vazirligi | |||
| 13. | 64. m) Repatriatsiya boʻyicha saʼy-harakatlarning uzoq muddatli muvaffaqiyatini taʼminlash maqsadida YUNISEF, BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi, BMTning gender tengligi va ayollar huquqlarini kengaytirish boʻyicha “BMT — Ayollar” tuzilmasi bilan doimiy hamkorlikni taʼminlash hamda repatriatsiyaning amalga oshirilgan va davom etayotgan saʼy-harakatlarini baholash uchun inson huquqlarini himoya qiluvchi monitoring va baholash mexanizmin� kechiktirmasdan yaratish. | 1. Repatriatsiyaning (shaxsni oʻz Vataniga qaytarishning) amalga oshirilgan va davom etayotgan saʼy-harakatlarini baholash uchun inson huquqlarini himoya qiluvchi monitoring va baholashning samarali mexanizmini ishlab chiqish. | 1. Oʻzbekistonning inson huquqlari boʻyicha majburiyatlarini inobatga olgan holda, qurolli mojarolar davom etayotgan hududlardan kelgan repatriantlarni, shu jumladan Afgʻoniston, Suriya va Iroqdan kelgan ayollar va bolalarni reintegratsiya (shaxsni oʻz Vataniga qaytarish) va ijtimoiy moslashtirish boʻyicha faoliyatni monitoring qilish hamda baholash. | 2023-yil iyun — avgust | Oila va xotin-qizlar masalalari qoʻmitasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Bolalar Ombudsmani, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, manfaatdor vazirlik va idoralar, NNT |
| 2. �ajarilgan ishlarni tahlil qilish hamda oilalar bilan manzilli ishlashning kelgusi strategiyasini ishlab chiqish uchun oilalarda erishilgan oʻzgarishlarni baholash. | 2024-yil iyun | ||||
| 3. Oila ehtiyojlarini baholash, hamrohlik qilish, yoʻnaltirish, xizmat koʻrsatish (faqat moddiy emas) erishilgan oʻzgarishlarni baholash borasida mahalla fuqarolar yigʻinlarining imkoniyatlarini rivojlantirish. | 2023-yil avgust | ||||
| 2. Vasiylik va homiylik muassasalarida boʻlgan hamda oilaga joylashtirib boʻlmaydigan yetim bolalarga doimiy asosda ixtisoslashtirilgan yordam koʻrsatish. | 1. Ijtimoiy ish tajribasini kengaytirish, jumladan, koʻproq ijtimoiy ishchilarni tayyorlash va tayinlash, aholining ushbu guruhiga psixologik yordam koʻrsatish boʻyicha mutaxassislar sonini koʻpaytirish. | 2023-yil sentyabr | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi | ||
| 3. Suriya Arab Respublikasining shimoliy-sharqiy qismidan Oʻzbekiston fuqarolarini kelgusida oʻz Vataniga qaytarish masalasini oʻrganish. | 1. Oʻzbekiston fuqarolarini Suriya Arab Respublikasining shimoliy-sharqiy qismidan kelgusida oʻz Vataniga qaytarish masalasi boʻyicha tahlil oʻtkazish va umumlashtirilgan fikr tayyorlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2023-yil iyun | Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, masʼul vairlik va idoralar, NNT | ||
| 4. Ilgʻor tajribalarni chuqurlashtirish maqsadida repatriatsiya (shaxsni oʻz Vataniga qaytarish) boʻyicha davom etayotgan saʼy-harakatlarda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirish. | 1. Fuqarolik jamiyati institutlarini repatriatsiya va reintegratsiya (shaxsni oʻz Vataniga qaytarish) jarayoniga jalb qilish mexanizmini ishlab chiqish va davlat organlarining ular bilan oʻzaro hamkorligini kuchaytirish. | 2023-yil iyul | Ichki ishlar vazirligi, masʼul vazirlik va idoralar |