19.12.2020 yildagi 37-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.12.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi, shuningdek, sud amaliyotida masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining jinoyat ishlari boʻyicha kuyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida” 2013-yil 31-maydagi 8-sonli qarori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomi, preambula va matnidagi “boshqa majburiy toʻlovlar” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “yigʻimlar” degan soʻz bilan, “eng kam oylik ish haqi”, “eng kam oylik ish haqi miqdori” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “bazaviy hisoblash miqdori” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandining toʻrtinchi xatboshisi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Soliqlar va yigʻimlarni toʻlashdan boshqa tarzda qasddan boʻyin tovlash soliq toʻlovchining davlat soliq xizmati organlariga soliq hisoboti hujjatlarini yoki soliq qonunchiligiga muvofiq taqdim etilishi shart boʻlgan boshqa hujjatlarni qasddan taqdim etmaslik yoki soliq hisoboti taqdim etilganidan soʻng sodir etilgan, soliqlar va yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash maqsadida toʻlov qobiliyatsizligi holatini sunʼiy ravishda vujudga keltirishga qaratilgan qilmishlarda ifodalanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bandining ikkinchi — beshinchi xatboshilari kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“SK 17-moddasining birinchi qismiga muvofiq, kuyidagi soliqlar belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) qoʻshilgan qiymat soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) aksiz soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) foyda soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) mol-mulk soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) yer soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) ijtimoiy soliq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida budjet tizimiga majburiy toʻlanadigan yigʻimlar ham belgilanishi mumkin. Yigʻimlarni joriy etish, hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi SK hamda boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport yigʻimini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi SK bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari alkogolli mahsulotlarni, shu jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish uchun yigʻim, zargarlik buyumlarini chakana savdosi uchun yigʻim kabi boshqa yigʻimlar qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solingan (masalan, Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-589-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida zargarlik tarmogʻini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5721-sonli Farmoni)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“8. Qonunga koʻra (SK 213-moddasi), shaxs quyidagi holatlardan loaqal bittasi mavjud boʻlgan taqdirda soliqqa oid huquqbuzarlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilganligi faktining mavjud emasligi (masalan, agar bir turdagi soliqlar uchun toʻlangan pul summasi boshqa turdagi soliqlar uchun toʻlanmagan summalar oʻrnini toʻliq qoplasa (SK 103 — 105-moddalari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilishida shaxsning aybi mavjud emasligi (masalan, qilmishning tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda va bartaraf etib boʻlmaydigan holatlar oqibatida, shaxs tomonidan oʻz harakatlarini oʻzi idora etolmaydigan yoki boshqara olmaydigan kasallik holatida sodir etilgan boʻlsa va SK 215-moddasida nazarda tutilgan boshqa hollarda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organining yoki boshqa vakolatli organning soliqni hisoblab chiqarish, toʻlash tartibi toʻgʻrisida yoki soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari qoʻllanilishining boshqa masalalari boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida soliq toʻlovchiga bergan yozma tushuntirishlari soliq toʻlovchi tomonidan bajarilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq monitoringini oʻtkazish davrida soliq organining soliq toʻlovchiga yuborilgan asoslantirilgan fikri soliq toʻlovchi tomonidan bajarilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunga koʻra (SK 103 — 105-moddalari), agar bir turdagi soliqlar uchun toʻlangan pul summasi boshqa turdagi toʻlovlar uchun qasddan toʻlanmagan summalar oʻrnini toʻliq qoplasa, shaxs javobgarlikka tortilmaydi. Agar bir turdagi soliqlar uchun ortiqcha toʻlangan summaning miqdori boshqa turdagi toʻlovlar uchun qasddan toʻlanmagan summaning miqdorini qisman qoplasa, shaxsning aybdorlik masalasi toʻlangan va toʻlanmagan summalar orasidagi farq miqdoridan kelib chiqqan xolda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzi ilgari taqdim etgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasi kamayishiga (oʻzgarishiga) olib kelgan notoʻgʻri yoki toʻliq boʻlmagan maʼlumotlarni va (yoki) xatolarni aniqlagan soliq toʻlovchi ushbu soliq hisobotiga zarur tuzatishlarni kiritishi va soliq organiga aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etishi shart. Agar aniqlashtirilgan soliq hisoboti soliq organiga soliqni toʻlash muddati oʻtgandan keyin taqdim etilgan boʻlsa va bunda ushbu hisobot soliq toʻlovchi tomonidan soliq summasi kamayishiga (oʻzgarishiga) olib kelgan holatlar soliq organi tomonidan aniqlanganligini yoki soliq auditi tayinlanganligini bilgan paytga qadar taqdim etilgan boʻlsa va ushbu hisobot taqdim etilgunga kadar u yetishmayotgan soliq summasini va unga tegishli penyalarni toʻlagan boʻlsa, soliq toʻlovchi javobgarlikdan ozod qilinadi (SK 83-moddasi)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshisidagi “SK 56-moddasi” degan soʻzlar “SK 103 — 105-moddalari” degan soʻzlar bilan, “SK 109, 110-moddalari” degan soʻzlar “SK 213-moddasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshisidagi “Soliq kodeksi 162-moddasiga” degan soʻzlar “SK 73-moddasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matnidagi “SK 3-moddasi” degan soʻzlar “SK 4-moddasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlaridagi barcha bartaraf etib boʻlmaydigan qarama-qarshiliklar va noaniqliklar soliq toʻlovchining foydasiga talqin etiladi (SK 13-moddasi)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshisidagi “davlat soliq xizmati organining qarorini” degan soʻzlardan keyin “yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining sodir etilgan jinoyat haqidagi xabarini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshisidagi “SK 36-moddasi” degan soʻzlar “SK 86-moddasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻlik ishlar boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2013-yil 11-dekabrdagi 20-sonli qarori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matnidagi “boshqa majburiy toʻlovlar” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “yigʻimlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bandining birinchi xatboshisi kuyidagi mazmundagi sakkizinchi va toʻqqizinchi kichik xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yuridik shaxs boʻlgan boshqa tadbirkorlik subyektlarining muassislari (ishtirokchilari) boʻlishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashki iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-bandining birinchi xatboshisi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar tadbirkorlik faoliyatini maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olmasdan amalga oshirayotgan shaxs, ayni paytda roʻyxatdan oʻtishdan ham boʻyin tovlasa, uning harakatlari JK 188-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim boʻlib, JK 190-moddasi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli qarori 31-bandining uchinchi xatboshisidagi “eng kam oylik ish haqining” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jazolarni liberallashtirish toʻgʻrisidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2004-yil 21-maydagi 4-sonli qarori matnidagi “eng kam oylik ish haqi”, “eng kam oylik ish haqi miqdori” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “bazaviy hisoblash miqdori” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida” 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli qarori 16-bandining birinchi xatboshisidagi “eng kam oylik ish haqining” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari ozod qilish va jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2016-yil 27-dekabrdagi 28-sonli qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisidagi “eng kam oylik ish haqining” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2017-yil 11-oktabrdagi 35-sonli qarori matnidagi “eng kam oylik ish haqining” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining iqtisodiy ishlar boʻyicha quyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunini iqtisodiy sudlar amaliyotida koʻllashning ayrim masalalari haqida” 2002-yil 4-martdagi 103-sonli qarori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bandidagi “XPKning 141-moddasiga” degan soʻzlar “IPKning 183-moddasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Boshqa hollarda, masalan, shartnomalarni tuzishda, qonunchilikda belgilangan hollardan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq xoʻjaligida hisob-kitoblar oʻz vaqtida oʻtkazilishi uchun korxona va tashkilotlar rahbarlarining masʼuliyatini oshirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1995-yil 12-maydagi PF-1154-sonli Farmonining ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz yoki undan ortiq boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning isteʼmolchilar va buyurtmachilarga, agar ular yetkazib beriladigan (bajariladigan ishlar, xizmatlar) qiymatining kamida 15 foizini oldindan toʻlamasdan mahsulot joʻnatishi, ishlarni bajarishi va xizmatlar koʻrsatishi taqiqlangan 1-bandi yoki tovarlarni (xizmatlarni) elektron tijorat orqali realizatsiya qilish holatlaridan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Budjet bilan hisob-kitoblar uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarning masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 9-avgustdagi PF-1504-sonli Farmonining 4, 5-bandlarida belgilangan barter shartnomalari tuzilishini taqiqlash, mahsulot (ishlar, xizmatlar) uchun toʻlovlarni uchinchi shaxslar hisobidan undirishga yoʻl qoʻyilmasligi haqidagi talablar inobatga olinmagan boʻlsa, sud nizoni mazmunan koʻrib chiqib, bunday shartnomalarni tuzishda aybdor mansabdor shaxslarning maʼmuriy yoki intizomiy javobgarligi masalasini hal etadi, agar shaxslarning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlansa, jinoyat ishi qoʻzgʻatish masalasini hal etish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-bandining birinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Qishloq xoʻjaligida qonuniylikni taʼminlash va yerdan foydalanishdagi suiisteʼmolchiliklarning oldini olishda iqtisodiy sudlarning rolini oshirish toʻgʻrisida” 2004-yil 12-martdagi 115-sonli qarori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 22-oktabrdagi “Oʻzbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4478-sonli” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksning 25-moddasiga” degan soʻzlar “Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksining 26-moddasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“14. Iqtisodiy sudlar shuni eʼtiborga olsinlarki, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 9-moddasi birinchi qismining 18-bandiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-sonli qarorining 3-bandiga koʻra, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari — fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar yuzasidan davlat bojini toʻlashdan ozod etilganlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda daʼvo arizasini qanoatlantirish rad etilganda manfaati koʻzlab daʼvo arizasi kiritilgan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalaridan davlat boji undirilmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Bankrotlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli qarori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13.2-bandidagi “xoʻjalik sudiga” degan soʻzlar “iqtisodiy sudga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13.3-bandining toʻrtinchi — oltinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qoidalarning 21-bandiga muvofiq, bankrotlikni yashirish alomatlari bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatishdan oldingi davr mobaynida, shuningdek, bankrotlik taomillari jarayonida sud boshqaruvchisi tomonidan aniqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-bandining uchinchi xatboshisidagi “xoʻjalik sudi” degan soʻzlar “iqtisodiy sud” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudning xususiy ajrimi toʻgʻrisida” 2007-yil 28-dekabrdagi 172-sonli qarori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandi ikkinchi xatboshisining oʻzbek tilidagi matnida “xoʻjalik nizosidan” degan soʻzlar “nizodan” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bandi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.3-bandidagi “xoʻjalik sudi” degan soʻzlar “iqtisodiy sud” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.4-bandining uchinchi xatboshisidagi “Xoʻjalik ishini” degan soʻzlar “Ishni” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.5-bandining ikkinchi xatboshisidagi “xoʻjalik ishi” degan soʻzlar “iqtisodiy ish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bandining birinchi xatboshisidagn “xoʻjalik nizosini” degan soʻzlar “iqtisodiy nizoni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun normalarining qoʻllanilishiga oid ayrim masalalar toʻgʻrisida” 2009-yil 18-dekabrdagi 204-sonli qarorining 20-bandi kuyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar kelishuv bitimida qarzdorlikni muayyan muddatlarda toʻlash nazarda tutilgan, biroq bitim shartlari lozim darajada bajarilmagan taqdirda, sud manfaatdor shaxsning iltimosnomasiga asosan kelishuv bitimida koʻrsatilgan majburiyatlarni bajarish muddatlarini koʻrsatgan holda bitta ijro varaqasini beradi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Mulk huquqini tan olishga oid ishlarni koʻrishda iqtisodiy sudlar tomonidan qonun hujjatlari qoʻllanilishining ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2010-yil 19-noyabrdagi 220-sonli qarori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bandining uchinchi xatboshisidagi “toʻrtinchi va beshinchi qismlaridagi” degan soʻzlar “toʻrtinchi qismidagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12.2-bandi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12.3-bandidagi “beshinchi qismiga” degan soʻzlar “toʻrtinchi qismiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12.4-bandi birinchi xatboshisining oʻzbek tilidagi matnida “oltinchi qismining” degan soʻzlar “beshinchi qismining” degan soʻzlar bilan, “toʻrtinchi va beshinchi qismlariga” degan soʻzlar “toʻrtinchi qismiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin, rus tili matnidagi “chasti shestoy” degan soʻzlar “chasti pyatoy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin, “i pyatoy” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Mulk ijarasi shartnomasiga oid fuqarolik qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan koʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2011-yil 1-dekabrdagi 234-son qarori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Davlat raqobat qoʻmitasi” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-bandining ikkinchi xatboshisi “notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak” degan soʻzlardan keyin “bundan FK 565-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshisidagi “uchinchi qismini” degan soʻzlar “toʻrtinchi qismini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-iyundagi 278-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Binolar va inshootlarning davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 8-bandiga muvofiq, mulkdor yoki u tomonidan vakil qilingan shaxs ijara shartnomasi tuzilgan vaqtdan boshlab bir oy muddatda, binolar va inshootlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarga huquqni belgilovchi hujjatlarni ilova qilgan holda buyurtmanoma berishlari shart”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodin sudlar tomonidan hakamlik muhokamasi bilan bogʻlik ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli qarori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bandining birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalariga” degan soʻzlar “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ilovasida keltirilgan Davlat boji stavkalarining miqdorlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.1-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “xoʻjalik nizolarini” degan soʻzlar “iqtisodiy nizolarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli qarori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bandidagi ““Lizing toʻgʻrisida”gi Qonun” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari, 2.4 va 7.4-bandlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.1-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “Soliq kodeksining 59 va 60-moddalari” degan soʻzlar “Soliq kodeksining 115 va 116-moddalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Soliq kodeksining 330-moddasiga” degan soʻzlar “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.2-bandidagi “Soliq kodeksi 337-moddasi yigirma beshinchi qismining” degan soʻzlar “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 19-moddasi yigirma oltinchi qismining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.4-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Soliq kodeksining 342-moddasida “ degan soʻzlar “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-bandi quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sud buyrugʻini bekor qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan berilgan apellatsiya yoki kassatsiya shikoyati IPK 281 va 305-moddalari tartibida koʻrib chiqiladi. Ajrim apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan bekor qilingan taqdirda, birinchi instansiya sudi tomonidan berilgan sud buyrugʻi ham bekor qilinishi lozim”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli qarori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish qismi, 1-bandi, 3-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari, 4-bandining oʻzbek tilidagi matnida “xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari”, “xoʻjalik shirkati va jamiyati” degan soʻzlar tegishli son va kelishikdagi “xoʻjalik shirkati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin, rus tilidagi matnida “i obщestvami”, “i obщestv”, “i obщestva”, “i obщestve” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“9. Sudlarning eʼtibori xoʻjalik shirkati zimmasiga uning boshqaruv organlari vakolatiga kiradigan majburiyat (masalan, ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish yoki kamaytirish, jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, ijroiya organini tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash va rahbarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish)ni yuklash haqidagi daʼvo talabi, ushbu majburiyat qonun hujjatlari bilan shirkat boshqaruv organining vakolatiga kiritilganligi sababli, rad etilishi lozimligiga qaratilsin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22.4-bandining birinchi xatboshisidagi ““Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 18-moddasining toʻrtinchi qismiga” degan soʻzlar ““Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 56-moddasining toʻrtinchi qismiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini oʻtkazishda protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2014-yil 28-noyabrdagi 270-sonli qarori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bandining uchinchi xatboshisi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda tarjimon bilan taʼminlash videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini oʻtkazishga koʻmaklashuvchi yoki ish ish yurituvida boʻlgan iqtisodiy sud tomonidan amalga oshiriladi. Tarjimon bilan taʼminlash videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini oʻtkazishga koʻmaklashuvchi iqtisodiy sud tomonidan amalga oshirilganda, ushbu sud tarjimonga IPK 59-moddasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlarni tushuntirganligi haqida tilxat oladi va ishni koʻrayotgan sudga yuboradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.1-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6.1. Sudlarga tushuntirilsinki, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning barchasi bitta maʼmuriy-hududiy birlik (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahri, tuman, shahar), yaʼni ishni koʻrayotgan iqtisodiy sud joylashgan hududda joylashgan boʻlsa-da, boshqa sud binosidan turib videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etish uchun sudga iltimosnoma bilan murojaat qilishga haqli”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Lizing munosabatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida” 2015-yil 27-noyabrdagi 289-sonli qarori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bandining birinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “lizing obyektini qaytarib olgan” degan soʻzlar “garov narsasini undirish uchun nazarda tutilgan tartibda undiruvni lizing obyektiga qaratgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bandi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Aksiyadorlik va boshqa xoʻjalik jamiyatlari tomonidan ular haqidagi axborotni oshkor qilishning belgilangan tartibi buzilgan holda amalga oshirilgan (qabul qilingan) bitimlarni (qarorlarni) haqiqiy emas deb topishning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2015-yil 27-noyabrdagi 290-sonli qarori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1-bandi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi xatboshisi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabar aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan kamida yigirma bir kundan kechiktirmay, lekin uzogʻi bilan oʻttiz kun oldin Korporativ axborotning yagona portalida, jamiyatning rasmiy veb-saytida, ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi, shuningdek aksiyadorlarga elektron pochta orqali yuboriladi (62-moddaning birinchi qismi);”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻninchi xatboshisi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tugatuvchi jamiyatning tugatilishi haqida ommaviy axborot vositalarida eʼlon beradi. Jamiyatni ixtiyoriy ravishda tugatish toʻgʻrisidagi eʼlon roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan uning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi (99-moddaning birinchi qismi)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.2-bandi “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan kamida yigirma bir kundan kechiktirmay, lekin uzogʻi bilan oʻttiz kun oldin Korporativ axborotning yagona portalida, jamiyatning rasmiy veb-saytida, ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinmaganligi, shuningdek aksiyadorlarga elektron pochta orqali yuborilmaganligi;”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan qurilish pudrati shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2016-yil 23-dekabrdagi 306-sonli qarori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bandining birinchi xatboshisidagi “tanlov (tender) savdolari” degan soʻzlar “elektron doʻkon, tanlov, tender, yagona yetkazib beruvchi bilan amalga oshiriladigan davlat xaridlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 330-moddasining 27-bandiga” degan soʻzlar ““Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 9-moddasining 17-bandiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 330-moddasining 27-bandida” degan soʻzlar ““Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 9-moddasining 17-bandida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan sugʻurta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-noyabrdagi 45-sonli qarorining 20-bandi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Birinchi instansiya sudi tomonidan iqtisodiy protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2019-yil 24-maydagi 13-sonli qarori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-bandining uchinchi xatboshisidagi “koʻrib chiqilmasligi va mazkur talab mustaqil ravishda bildirilishi mumkinligi hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida koʻrsatiladi” degan soʻzlar “koʻrib chiqilmaydi va sud bunday arizani qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-bandi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, yoʻqolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash, ijro varaqasi dublikatini berish, sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uni boʻlib-boʻlib ijro etish, ijro etish usulini va tartibini oʻzgartirish, ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish va tugatish toʻgʻrisidagi arizalar bilan murojaat qilinganda ham ariza yuridik shaxs rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolanishi lozim (ijro etish usulini va tartibini oʻzgartirish, ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish va tugatish toʻgʻrisidagi arizalar davlat ijrochisi tomonidan ham imzolanishi mumkin). Bunday turdagi arizalar vakolatli shaxslar tomonidan imzolanmaganda ular IPK 155-moddasi birinchi qismining 2-bandiga mos xolda qaytariladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-bandi quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“IPK 155-moddasi birinchi qismining 5-bandida javobgarga va uchinchi shaxslarga daʼvo arizasining hamda unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini, soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilayotgan ishlar boʻyicha esa — javobgarga daʼvo arizasining va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari topshirilganligini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmagan boʻlsa, daʼvo arizasi qaytarilishi belgilangan. Sudlarga tushuntirilsinki, prokuror, davlat organlari va boshqa shaxslar tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida taqdim etilgan daʼvo arizasi (ariza) boʻyicha daʼvo arizasining (arizaning) xamda unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari manfaati koʻzlangan shaxsga yuborilganligini (topshirilganligini) tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmagan boʻlsa ham daʼvo arizasi (ariza) IPK 155-moddasi birinchi qismining 5-bandiga mos holda qaytariladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining kuyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2006-yil 22-dekabrdagi 13/150-sonli qarori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 101-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“101.Sudlar eʼtiborga shuni olishlari lozimki, agar qarz shartnomasiga koʻra qarz beruvchi qarz oluvchidan foizlar olish huquqiga ega boʻlsa, lekin shartnomada foizlar miqdori belgilanmagan boʻlsa, foizlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qarz summasi berilgan kundan qaytarilgan kungacha boʻlgan davrda belgilangan qayta moliyalash stavkasi miqdorlari boʻyicha undirilishi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-bandidagi “uchinchi qismiga” degan soʻzlar “beshinchi qismiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “toʻrtinchi qismiga” degan soʻzlar “oltinchi qismiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matnidagi “, garov shartnomasida koʻrsatilgan miqdordagi boshlangʻich sotuv bahosi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, garovga qoʻyilgan mol-mulkning kim oshdi savdosi boshlanadigan vaqtdagi boshlangʻich sotish bahosi sud qarori bilan belgilanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra, agar daʼvo arizasida garovga qoʻyilgan mol-mulkning kim oshdi savdosi boshlanadigan vaqtdagi boshlangʻich sotish bahosini belgilash haqida talab mavjud boʻlsa, sud hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida ushbu mol-mulk garov (ipoteka) toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan narx boʻyicha realizatsiya qilinishi toʻgʻrisida tushuntirish berishi lozim”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-bandining ikkinchi xatboshisidagi “sakkizinchi qismiga” degan soʻzlar “yettinchi qismiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshisi “garov huquqi oʻz kuchida qoladi” degan soʻzlardan keyin “, bundan muomaladagi tovarlarning garovi hamda garovga qoʻyilgan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi yoki xoʻjalik asosida yuritish huquqi garovni saqlamagan holda boshqa shaxsga oʻtishiga garovga oluvchi rozilik bildirgan hollar mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sudlarga tushuntirilsinki, kreditor qarzdordan pul mablagʻlaridan foydalanganlik uchun qarzni qaytarish kuniga kadar hisoblangan foizlarni undirish va uning undiruvini garov narsasiga qaratish toʻgʻrisida sudga murojaat etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holda, agar boshqa sud qarori bilan kredit qarzdorligini undirish garov obyektiga qaratilgan va u belgilangan tartibda realizatsiya qilinmagan boʻlsa, sud daʼvoning foiz undiruvini garov narsasiga qaratish talabini qanoatlantirishi mumkin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2009-yil 10-apreldagi 6/196-sonli qarori 21-bandining birinchi xatboshisi “garov huquqi oʻz kuchida qoladi” degan soʻzlardan keyin “, bundan muomaladagi tovarlarning garovi hamda garovga qoʻyilgan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi yoki xoʻjalik asosida yuritish huquqi garovni saqlamagan holda boshqa shaxsga oʻtishiga garovga oluvchi rozilik bildirgan hollar mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini koʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2012-yil 14-sentabrdagi 12/239-sonli qarori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bandining ikkinchi xatboshisidagi “oʻz vaqtida va toʻla hajmda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin, “inkassatsiya qilish” degan soʻzlardan keyin “(banklarga topshirish)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-bandining birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 329-moddasining 13-bandiga va 330-moddasining 3-bandiga” degan soʻzlar ““Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 8-moddasi birinchi qismining 9-bandiga va 10-moddasi birinchi qismining 1-bandiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshisi tegishincha ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 19-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-son