24.05.2019 yildagi 13-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi tomonidan iqtisodiy protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy nizolarni hal etishda birinchi instansiya sudi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi normalarini toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asoslanib Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Iqtisodiy sudlarning eʼtibori nizolarni Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) va boshqa qonunchilikka qatʼiy rioya etgan, taraflarning teng huquqliligi, sud ishlarini yuritishning oshkoraligi, tortishuvligi va odil sudlovning boshqa prinsiplarini taʼminlagan holda hal etish zarurligiga, ularga rioya qilmaslik esa, taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar huquqlari buzilishiga olib kelishiga qaratilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. IPK 3-moddasining birinchi qismiga muvofiq har qanday manfaatdor shaxs oʻzining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun iqtisodiy sudga (bundan buyon matnda sud deb yuritiladi) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda manfaatdor shaxs deganda, oʻzining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisida murojaat qilayotgan shaxs (daʼvogar, qarshi daʼvo arizasi boʻyicha esa javobgar, arizachi, nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs) tushunilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, sudga murojaat qilishda IPKda belgilangan shaklga rioya qilmaslik daʼvo arizasi (ariza) va shikoyatni qaytarish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. IPK 148-moddasining birinchi qismiga muvofiq sud manfaatdor shaxslarning, prokurorning, qonun boʻyicha davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan hollarda shu davlat organlari va boshqa organlarning arizalari boʻyicha ish qoʻzgʻatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning ikkinchi qismiga koʻra, agar qonunda muayyan toifadagi nizolar uchun sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibi belgilangan yoxud bu tartib shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, faqat taraflar oʻzaro munosabatlarini ixtiyoriy ravishda hal qilish choralarini koʻrganlaridan keyingina sudda ish qoʻzgʻatilishi mumkin. Bunday tartib, xususan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), Soliq kodeksi, Havo kodeksi, “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilab qoʻyilgan. Nizolarni sudgacha hal etish (talabnoma yuborish) tartibi daʼvogar uchun faqat qonun va shartnomada belgilangan hollarda majburiy ekanligini nazarda tutish lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shartnomada taraflar tomonidan kelib chiqqan nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish haqidagi shart nazarda tutilgan boʻlsa, ammo nizoni hal etish tartibi belgilanmagan boʻlsa, bu holda nizoni talabnoma yuborish yoʻli bilan hal etish tartibi majburiy hisoblanmaydi. Bunda sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, basharti shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibi nazarda tutilgan boʻlsa, prokuror, davlat organlari va boshqa shaxslar tomonidan daʼvogarlar manfaatida daʼvo arizalari sudga taqdim etilishidan oldin ham ushbu tartibga rioya qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sudlar sud hujjati sud majlisi oʻtkazilgan tilda tuzilishi lozimligini hisobga olishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sudlarning eʼtibori sud majlisi qaysi tilda boshlansa, shu sud majlisi yakuniga qadar shu tilda davom ettirilishi hamda sud hujjati shu tilda tuzilishi, sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan sud protsessi ishtirokchilarining tarjimon orqali ish materiallari bilan tanishish, sud harakatlarida ishtirok etish hamda sudda oʻz ona tilida yoki erkin tanlangan muloqot tilida soʻzlash huquqi taʼminlanishiga eʼtibor qaratilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. IPK 15-moddasining birinchi qismiga koʻra, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari barcha davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, boshqa organlar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya tomonidan imzolangan sud hujjatlari ishda qoldirilishi sababli, ularning ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladigan nusxalari “asliga toʻgʻri” yozuvi kiritilib, sudning gerbli muhri bilan, agar sud hujjati elektron tarzda yuborilsa, u sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Rad qilish toʻgʻrisidagi ariza faqat IPKning 20 va 21-moddalarida koʻrsatilgan hollar mavjud boʻlganda qanoatlantirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 20-moddasining 3-bandini qoʻllashda sudya, agar u ishda ishtirok etuvchi shaxslarning (ishda ishtirok etuvchi shaxslar rahbarlari yoki taʼsischilari (ishtirokchilari), yuridik shaxs mol-mulkining egasi) yoki ular vakillarining qarindoshi boʻlsa, ishni koʻrishda qatnasha olmasligini nazarda tutish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya boʻyicha ishlar barcha sudlarda sudya tomonidan yakka tartibda koʻriladi hamda uni rad qilish toʻgʻrisidagi masala sudning raisi, bir tarkibli sudda esa shu sudya tomonidan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud raisiga nisbatan bildirilgan rad qilish toʻgʻrisidagi masala sud raisining oʻzi tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni Oliy sudning birinchi instansiyasida koʻrayotgan sudyani rad qilish toʻgʻrisidagi masala sudlov hayʼatining raisi tomonidan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rad qilish haqidagi ariza ogʻzaki yoki yozma shaklda bildirilishi mumkin. Ogʻzaki ariza bevosita sud majlisining bayonnomasida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni bir shaxs tomonidan ayni bir asoslar boʻyicha takroran rad qilish bildirilganda u koʻrib chiqilmasligi sud tomonidan eʼlon qilinadi va bu haqda sud majlisi bayonnomasida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. IPK 19-moddasining birinchi qismiga muvofiq ishni birinchi instansiya sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya, agar sudning hal qiluv qarori apellyatsiya yoki kassatsiya yoxud taftish instansiyasi sudlari tomonidan bekor qilingan boʻlsa, shu ishni birinchi instansiya sudida yangidan koʻrishda ishtirok eta olmaydi, yangi ochilgan holatlar boʻyicha ishlarni koʻrish bundan mustasno.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni koʻrishda ishtirok etgan sudya deganda, ishni mazmunan koʻrishda va hal qiluv qarori, qaror qabul qilinishida ishtirok etgan sudya tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar nazarda tutishlari lozimki, IPKning 19-moddasida belgilangan qoidalar daʼvo arizasini qabul qilish va ish qoʻzgʻatish, ishni sud muhokamasiga tayyorlash, sud majlisini qoldirish toʻgʻrisidagi va boshqa shikoyat qilinmaydigan ajrimlarni qabul qilishda ishtirok etgan sudyalarga tatbiq etilmaydi. Biroq, daʼvoni koʻrmasdan qoldirish va ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimlarni chiqargan sudya shu ishni birinchi instansiya sudida yangidan koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sudga IPK 25-moddasining birinchi qismida belgilangan iqtisodiyot sohasida fuqaroviy, maʼmuriy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan iqtisodiy nizolar boʻyicha ishlar taalluqlidir. Iqtisodiy sudga taalluqli boʻlgan, nizo kelib chiqishi mumkin boʻlgan boshqa huquqiy munosabatlar deganda, xususan, fuqarolik va maʼmuriy huquq normalari bilan qamrab olinmagan yer va boshqa huquqiy munosabatlar tushunilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy sudga korporativ nizolar boʻyicha ishlar ham taalluqlidir. Bunday ishlar nizo vujudga kelgan huquqiy munosabatlar ishtirokchisi yuridik yoki jismoniy shaxs boʻlishidan qatʼiy nazar, faqat iqtisodiy sud tomonidan koʻrib chiqiladi. Bundan mehnatga oid nizolar, shuningdek xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni, ulushlarni, kooperativlar aʼzolarining paylarini oʻz ichiga oluvchi meros mol-mulkni yoki er-xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan nizolar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar inobatga olishlari lozimki, IPKning 30-moddasida koʻrsatilgan korporativ nizolarning roʻyxati tugal hisoblanmaydi. Shuning uchun nizoning ushbu roʻyxatda koʻrsatilmaganligini asos qilib, daʼvo arizasini qabul qilishni rad etishga yoki ish yuritishni tugatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzaro bogʻliq bir nechta talab birlashtirilgan boʻlib, ularning ayrimlari fuqarolik ishlari boʻyicha sudga boshqalari esa iqtisodiy sudga taalluqli boʻlsa, bunday daʼvo arizasi IPKning 311-moddasi talablaridan kelib chiqqan holda taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha sudga oʻtkaziladi. Agar daʼvo arizasi ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish va iqtisodiy sud ishini yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar oʻzaro bogʻliq boʻlib, baʼzilari iqtisodiy sudga, boshqalari esa, maʼmuriy sudga taalluqli boʻlgan bir nechta talab birlashtirilib berilgan daʼvo arizasi ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, iqtisodiy sudga taalluqli boʻlgan talab mazmunan koʻrib chiqiladi. Maʼmuriy sudga taalluqli boʻlgan talabni esa, IPKning 311-moddasi talablaridan kelib chiqqan holda taalluqliligiga koʻra ish materiallarini maʼmuriy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish va unga oid qismi boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
(8-bandning toʻrtinchi — oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 33-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari bilan almashtirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. IPK 37-moddasining beshinchi qismiga muvofiq korporativ nizolar boʻyicha daʼvolar yuridik shaxs joylashgan yerdagi sudga taqdim etiladi. Bunda shuni eʼtiborga olish lozimki, ushbu qoidada koʻrsatilgan yuridik shaxs deganda, nizo aynan qaysi yuridik shaxsning faoliyati yuzasidan kelib chiqqan boʻlsa, shu yuridik shaxs tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 30-moddasida koʻrsatilgan korporativ nizolarning roʻyxati tugal hisoblanmasligi sababli, IPKning ushbu moddasida koʻrsatilmagan, ammo oʻzining mohiyatiga koʻra korporativ nizo hisoblangan daʼvolar ham yuridik shaxs joylashgan joyda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. IPKning 25-moddasida iqtisodiy sudga taalluqli nizolar kelib chiqishi mumkin boʻlgan huquqiy munosabatlar qatnashchilarining subyektli tarkibi belgilangan. U eng avvalo, yuridik shaxslarni va yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tarzda olgan fuqarolarni hamda IPK 25-moddasi birinchi qismining 5-bandida nazarda tutilgan ishlar boʻyicha jismoniy shaxslarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar nazarda tutishlari kerakki, agar daʼvo bilan yuridik shaxsning oʻzi emas, balki uning alohida boʻlinmasi (filiali, vakolatxonasi) ishonchnoma asosida uning nomidan murojaat etsa, iqtisodiy sud daʼvo arizasini qabul qilishni rad etishga haqli emas. Bunday ishlar boʻyicha alohida boʻlinma emas, balki u manfaatlarini koʻzlab harakat qilayotgan yuridik shaxs daʼvogar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni nazarda tutish kerakki, yuridik shaxsning alohida boʻlinmasi (filiali, vakolatxonasi) yuridik shaxs maqomiga ega emas va ishonchnoma asosida yuridik shaxsning nomidan harakat qiladi. Agar yuridik shaxsning alohida boʻlinmasi (filiali, vakolatxonasi) Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi yoxud uning hududiy boshqarmasi aʼzosi boʻlgan boʻlsa, alohida boʻlinma emas, balki uning yuridik shaxsi palata aʼzosi hisoblanadi. Shuning uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan kiritiladigan daʼvo arizasida daʼvogar sifatida yuridik shaxs koʻrsatilishi shart. Ushbu talabga rioya qilmaslik IPK 154-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan daʼvo arizasini qabul qilishni rad etishga asos boʻladi. Agar bu holat daʼvo arizasi ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, IPK 110-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan ish yuritish tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo yuridik shaxsning oʻziga emas, balki uning alohida boʻlinmasiga nisbatan taqdim etilgan boʻlsa, IPK 154-moddasining 1-bandiga asosan daʼvo arizasini qabul qilish rad etiladi. Agar bu holat daʼvo arizasi ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, IPKning 45-moddasiga muvofiq yuridik shaxsning oʻzini ishda ishtirok etishga jalb qilish masalasi hal etilishi lozim. Daʼvo qanoatlantirilgan taqdirda, undiriladigan summa ishga tegishli javobgar sifatida jalb qilingan yuridik shaxsdan undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 25-moddasi birinchi qismining 1-bandiga muvofiq fuqaro, agar u yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatga olingan boʻlsa, iqtisodiy sudga taalluqli nizoning qatnashuvchisi deb tan olinadi. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan, lekin davlat roʻyxatidan oʻtmagan fuqaro, yakka tartibdagi tadbirkor maqomini olmaydi va bunday shaxslar ishtirokidagi nizolar IPK 25-moddasiga muvofiq iqtisodiy sudga taalluqli emas. Agar fuqaroning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganligining amal qilishi, xususan guvohnomaning amal qilish muddatining tugashi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligining bekor qilinganligi va hokazolar munosabati bilan tugatilganda, tegishli talablar uning avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqsa, iqtisodiy sudga taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning eʼtibori fuqaroda yakka tartibdagi tadbirkor maqomi mavjudligining oʻzi, uning ishtirokidagi nizoni iqtisodiy sudda koʻrishga asos boʻlmasligiga qaratilsin. Agar fuqaro olingan yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega boʻlsa-da, ammo nizo uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi munosabati bilan emas, balki uy-joy, nikoh-oila va boshqa, shu jumladan, fuqarolik huquqiy munosabatlar bilan bogʻliq boʻlsa, bu nizo iqtisodiy sudga taalluqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Shartnoma boʻyicha kelishmovchiliklar haqidagi nizolar quyidagi ikki holatda sudda koʻrish predmeti boʻlishi mumkin, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma tuzish qonunda nazarda tutilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflarning shartnoma boʻyicha kelishmovchiliklarni hal etish uchun iqtisodiy sudga topshirish toʻgʻrisida kelishuvi mavjud boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan kelib chiqadiki, shartnoma oldidan boʻladigan nizoni, agar bunday shartnomani tuzish qonun boʻyicha hech boʻlmaganda bir taraf uchun majburiy boʻlsa, sud koʻrib chiqish uchun qabul qilishi shart (FKning 377-moddasi). Shartnoma boʻyicha kelishmovchiliklar toʻgʻrisidagi nizoni sudga hal etish uchun berishning boshqa sharti taraflarning bunday imkoniyat haqidagi kelishuvi hisoblanadi. Mazkur kelishuv turli shakllarda, masalan, xatlar, telegrammalar, maʼlumotlar almashish yoʻli bilan, faksimil yoki elektron aloqa vositasida ifoda etilishi mumkin. Bundan tashqari, shartnoma boʻyicha kelishmovchiliklarni hal etishni sudga topshirish tuzilishi kerak boʻlgan shartnomaning sharti sifatida nazarda tutilishi va agar boshqa taraf kelishmovchiliklar bayonnomasida loyihaning bu sharti boʻyicha hech qanday eʼtiroz bildirmasa, taraflardan biri tomonidan bunday tartib loyihaga kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma shartlarini oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi iqtisodiy nizolar ham sudga taalluqlidir. Bunday turdagi nizolarni sud oʻz ish yuritishiga qabul qilishi uchun shartnomaning turi ham, uni tuzish tartibi ham ahamiyatga ega emas. Shu bilan birga FK shartnomani bekor qilish va oʻzgartirish, agar FK, boshqa qonunlar yoki shartnoma bilan boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, taraflarning kelishuvi boʻyicha mumkinligi toʻgʻrisidagi qoidani belgilaydi (FK 382-moddasining birinchi qismi). Taraflardan birining talabi bilan esa shartnoma sud tomonidan faqat ikkinchi taraf uni jiddiy ravishda buzsa hamda FK, boshqa qonunlar va shartnomada nazarda tutilgan oʻzga hollarda oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin (FK 382-moddasining ikkinchi qismi).
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi daʼvolarni qabul qilish masalasini hal etishda bir tarafning shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi taklifi shartnomaning barcha taraflariga yuborilganligiga, shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi taklifga ikkinchi tarafdan, agar shartnoma uch va undan ortiq taraflar ishtirokida tuzilgan boʻlsa, qolgan barcha taraflardan rad javobi olinganidan yoki taklifda koʻrsatilgan yoxud qonunda yoinki shartnomada belgilangan muddatda, bunday muddat boʻlmaganida esa — oʻttiz kunlik muddatda javob olinmaganidan keyingina shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish huquqi paydo boʻlishiga eʼtibor qaratsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. IPK 25-moddasi birinchi qismining 2-bandiga muvofiq sudga yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar inobatga olishlari lozimki, IPK 205-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarning roʻyxati tugal hisoblanmaydi. Shuning uchun bunday faktning ushbu roʻyxatda koʻrsatilmaganligini asos qilib, arizani qabul qilishni rad etishga yoki ish yuritishni tugatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud quyidagi shartlarning yigʻindisi mavjud boʻlganda yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi arizalarni oʻz ish yurituviga qabul qiladi va koʻradi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunga koʻra fakt huquqiy oqibatlarni, yaʼni tadbirkorlik va boshqa iqtisodiy faoliyat sohasida huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, oʻzgarishi yoki bekor boʻlishini keltirib chiqarsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faktning aniqlanishi keyinchalik iqtisodiy sudga taalluqli boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi nizoni hal etish bilan bogʻliq boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachi yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni olish yoki tiklashning boshqa imkoniyatiga ega boʻlmasa;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonunchilikda yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni aniqlashning boshqa (suddan tashqari) tartibi nazarda tutilmagan boʻlsa.
(12-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni aniqlash toʻgʻrisidagi ariza IPKning 149-moddasi va 207-moddasining ikkinchi qismida bayon qilingan talablarga rioya etgan holda berilishi kerak. Qayd etilgan talablarga rioya etmaslik IPK 155-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan arizani qaytarishga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlar sud tomonidan IPKda nazarda tutilgan umumiy qoidalar boʻyicha, IPKning 208-moddasida nazarda tutilgan xususiyatlar inobatga olingan holda koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan ishda ishtirok etish uchun jalb qilingan manfaatdor shaxslar (qabul qilingan hal qiluv qarori huquqlariga taʼsir etishi mumkin boʻlgan shaxslar) yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni aniqlash toʻgʻrisidagi sudda koʻrilayotgan arizaning asosliligi yoki asossizligini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etish, ish holatlarini tekshirishda ishtirok etish, hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish va IPKning 42-moddasida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni aniqlash toʻgʻrisidagi ishni koʻrishda manfaatdor shaxs tomonidan sudga taalluqli huquq toʻgʻrisida nizo borligi maʼlum qilinsa yoki sudning oʻzi yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktning aniqlanishi huquq toʻgʻrisidagi nizoni hal qilish bilan bogʻliqligi toʻgʻrisida xulosaga kelsa, ariza IPK 107-moddasining 7-bandiga asosan koʻrmasdan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Daʼvogar IPK 157-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan daʼvo asosini yoki predmetini oʻzgartirish, daʼvo talablari miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirish huquqidan birinchi instansiya sudida hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar foydalanishi mumkin. Mazkur norma ish boshqa instansiyalarda koʻrilayotganida qoʻllanilmaydi. Qayd etilgan huquqdan hal qiluv qarori yuqori instansiya sudi tomonidan bekor qilinib, ish birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrilayotganida, shuningdek sud hujjati yangi ochilgan holat boʻyicha bekor qilinib, ish yangidan birinchi instansiya sudida koʻrilayotganda foydalanilishi mumkin.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo predmetining oʻzgarishi daʼvogarning javobgarga nisbatan moddiy-huquqiy talablarining oʻzgarishini bildiradi. Daʼvo asosini oʻzgartirish daʼvogarning javobgarga nisbatan oʻz talablarini asoslantirgan holatlarning oʻzgarishini bildiradi. Daʼvo predmeti va asosi tushunchalaridan shu narsa kelib chiqadiki, masalan, agar bitimni haqiqiy emas deb topish haqidagi talab shartnomani bekor qilish talabi bilan almashtirilsa va bu oʻzgarishga boshqa asoslar keltirilsa, bunday holda daʼvoning predmeti va asosi oʻzgargan hisoblanadi. IPK daʼvo predmeti va asosini bir vaqtda oʻzgartirishga yoʻl qoʻymaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo talablari miqdorining koʻpaytirilishi deganda, daʼvogar tomonidan daʼvo arizasida bayon qilingan oʻsha talab boʻyicha daʼvo summasining koʻpaytirilishi tushuniladi. Daʼvo talablari miqdorining koʻpaytirilishi daʼvogar tomonidan daʼvo arizasida koʻrsatilmagan qoʻshimcha talablarni taqdim qilish bilan bogʻliq boʻlishi mumkin emas. Xususan, mulkiy sanksiyalarni qoʻllash haqidagi talab asosiy qarzni undirish toʻgʻrisidagi daʼvo boʻyicha talablar miqdorining koʻpaytirilishi deb hisoblanmasligi kerak. Bunday talab daʼvo predmeti boʻlmagan yangi talab hisoblanishi sababli, koʻrib chiqilmaydi va sud bunday arizani qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
(13-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar ishni har qanday instansiya sudida koʻrishda tegishli sud instansiyasida ishni koʻrish yakuni boʻyicha chiqariladigan sud hujjati qabul qilinguniga qadar daʼvodan toʻliq yoki qisman voz kechishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisi davomida taqdim etilgan daʼvoning predmeti yoki asosini oʻzgartirish, daʼvo talablari miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirish, daʼvodan voz kechish haqidagi ariza ish yuritishga qabul qilinganligi sud majlisida eʼlon qilinib, bu haqda sud majlisi bayonnomasiga kiritilishi hamda ajrimda yoki hal qiluv qarorida koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvoning predmeti yoki asosini oʻzgartirish, daʼvo talablari miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirish haqidagi yoxud daʼvodan voz kechish haqidagi ariza sudga yozma ravishda taqdim etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning eʼtibori daʼvodan voz kechish qonun hujjatlariga zid boʻlmasligi yoki boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmasligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud daʼvogarga daʼvodan toʻliq yoki qisman voz kechishning IPK 111-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan oqibatlarni tushuntirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. IPK 61-moddasining birinchi qismiga muvofiq sudda yuridik shaxslarning ishlarini ularning qonunchilikka yoki taʼsis hujjatlarida berilgan vakolatlar doirasida harakat qiladigan organlari va (yoki) vakillari yuritadi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilning ishonchnomasida ishonch bildirgan shaxsning nomidan sudda vakil amalga oshirishga haqli boʻlgan, IPKning 63-moddasida nazarda tutilgan protsessual harakatlar sanab oʻtilgan boʻlishi lozim. Agar vakilga berilgan ishonchnomada uning aniq vakolatlari koʻrsatilmagan boʻlsa, vakil IPK 63-moddasining birinchi qismida maxsus nazarda tutilgan protsessual harakatlardan tashqari, barcha protsessual harakatlarni amalga oshirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 63-moddada vakilning daʼvo talablarining miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirish vakolati ishonchnomada maxsus nazarda tutilgan boʻlishi belgilanmagan. Shu sababli, sudlarning eʼtibori bunday arizalar daʼvo arizasini imzolash huquqi berilgan shaxs tomonidan berilishi mumkinligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 61-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq fuqarolar oʻzishlarini iqtisodiy sudlarda shaxsan oʻzlari va (yoki) vakillari orqali yuritishlari mumkin. IPK 61-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan fuqarolar deganda, yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tarzda olgan fuqarolar, shuningdek IPK 25-moddasi birinchi qismining 3 va 5-bandlari hamda ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan nizolar ishtirokchilari — jismoniy shaxslar tushunilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy maslahatxona yoki advokatlik hayʼati (byurosi, firmasi) tomonidan berilgan order advokatga huquqiy yordam soʻrab murojaat qilgan shaxsning manfaatlarini himoya qilish huquqini beradi, biroq u ishonchnomaning oʻrnini bosmaydi hamda advokatga IPKning 63-moddasida maxsus nazarda tutilgan protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqini bermaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudida ishtirok etuvchi vakillar apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati, shuningdek, taftish tartibidagi shikoyat berishga, agar bunday protsessual harakatlarni amalga oshirish ishonch bildirgan shaxs tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus qayd etilgan boʻlsa, haqli.
(14-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar sud ishlarini yuritish ishtirokchilari va ular vakillarining vakolatlarini IPK 165-moddasi uchinchi qismining 2-bandiga muvofiq ravishda tekshirishlari kerak. Shartnoma boʻyicha (ixtiyoriy) vakil ishtirok etayotganda sud uning hujjatlarini IPK 61-moddasining toʻrtinchi qismida qoʻyilgan talablarga mosligini tekshiradi. Xususan, ishda yuridik shaxs manfaatini himoya qilayotgan xodimining vakolatlarini tekshirishda uning mazkur yuridik shaxsda ishlayotganligini tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat shartnomasi, buyruq va boshqa hujjatlar) oʻrganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakillarning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi, zarur hollarda esa ularning koʻchirma nusxalari ishga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxs, uning vakili oʻz vakolatlarini tasdiqlash uchun zarur hujjatlarni taqdim etmagan yoki qonun hujjatlari talablariga muvofiq boʻlmagan hujjatlarni taqdim etgan taqdirda, sud tegishli shaxsning ishda ishtirok etishga oid vakolatlarini tan olishni rad etadi, bu haqda sud majlisi bayonnomasida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 61-moddasi toʻrtinchi qismining 6-bandida ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosiga binoan sud tomonidan ruxsat berilgan boshqa shaxslar shartnoma boʻyicha vakil boʻlishi mumkinligi belgilangan. Xususan, ishda ishtirok etuvchi yuridik shaxsning xodimi boʻlmagan, lekin ish uchun muhim holatlarni belgilashga va nizoni toʻgʻri hal etishga koʻmaklashishi mumkin boʻlgan shaxs vakil sifatida ishda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. IPK 69-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, agar sud mavjud dalillar yetarli emas deb hisoblasa, ishning obyektiv holatlarini aniqlash va nizoni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan qoʻshimcha dalillarni taqdim etishni taklif qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning eʼtibori sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni qoʻshimcha dalillar taqdim etishga majbur qilmasdan, faqatgina taklif etishiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha dalillar nizoning toʻgʻri hal qilinishi va u boʻyicha qonuniy hamda asoslantirilgan sud hujjati qabul qilinishi uchun zarur boʻlishi kerak. Shu bilan birga, shuni nazarda tutish lozimki, IPK 170-moddasining birinchi qismiga koʻra, ishda ishtirok etuvchi shaxslarga sud daʼvo arizasi yuzasidan taqdim etishni taklif qilgan yozma fikr yoki qoʻshimcha dalillar taqdim etilmaganligi ishni mavjud materiallar boʻyicha koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. IPK 80-moddasining birinchi qismi ekspertizaning nafaqat ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra tayinlanishi imkonini nazarda tutadi balki, agar ekspertizani tayinlash qonunda belgilab qoʻyilgan yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa yoxud taqdim etilgan dalilning qalbakilashtirilganligi toʻgʻrisidagi arizani tekshirish yoxud qoʻshimcha ekspertiza tayinlash zarur boʻlsa, sud ekspertizani oʻz tashabbusi bilan tayinlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, sudlar shuni hisobga olishlari lozimki, qayta ekspertiza tayinlanganda ham ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi mavjudligi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad qilish toʻgʻrisidagi ajrim, sud tomonidan ekspertiza tayinlashni rad qilish sabablari koʻrsatilib, asoslantirilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimda ekspertiza uchun savollarning roʻyxati koʻrsatilishi kerak. Bunda nazarda tutish kerakki, ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudga ekspertiza oʻtkazish vaqtida tushuntirib berilishi kerak boʻlgan savollarni taqdim etishga, sud esa shaxslarni bunday savollarni sudga taqdim qilishni taklif etishga haqli. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan masalalarning rad qilinishini sud asoslab berishi shart. Shu bilan birga sud taqdim etilgan savollarning mazmunini aniqlash, ularni tuzatish, ekspert oldiga mustaqil ravishda savollar qoʻyishga haqli. Zaruriyat tugʻilganda sud sud majlisiga ekspertni chaqirishga hamda savollarni toʻgʻri va aniq ifoda qilish maqsadida uning ishtirokida ekspertiza oʻtkazish uchun savollarni shakllantirishga haqli. Ekspertiza oʻtkazilishi zarur boʻlgan savollarning uzil-kesil roʻyxati sud tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi ajrim bilan ekspert xulosasi olingunga qadar ish yuritish toʻxtatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza tayinlash yoki ekspertiza tayinlash haqidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat (protest) qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Avval qabul qilingan hal qiluv qarori bekor qilinib, ish yangidan koʻrilayotganda, sudya boshqa dalillar bilan birgalikda ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan (guvohlarning koʻrsatmalari, mutaxassisning tushuntirishi yoki maslahati, ekspert xulosasi va boshqalar) va bekor boʻlgan hal qiluv qarori qabul qilingan sud majlisida taqdim etilgan dalillarni baholashga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar inobatga olishlari lozimki, ayblilik toʻgʻrisidagi masalani hal qilmay turib, jinoyat ishini tugatish haqidagi ajrim (qaror) yoki jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish haqidagi qaror yoxud shaxsni maʼmuriy javobgarlikka tortish haqidagi qaror, ular (ajrim, qaror) bilan aniqlangan holatlarga huquqiy baho berishda, dalil sifatida qabul qilinishi mumkin.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. IPKning 94-moddasida koʻrsatilgan daʼvoni taʼminlash choralari, agar ularni qoʻllamaslik sudning hal qiluv qarorini bajarishga qiyinchilik tugʻdirishi mumkin boʻlsa yoxud bajarib boʻlmaydigan qilib qoʻysa, ish boʻyicha ish yuritishning har qanday bosqichida qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inobatga olish lozimki, IPK 94-moddasining birinchi qismi hisobvaragʻiga band solish kabi daʼvoni taʼminlash chorasini nazarda tutmaydi. Shuning uchun ishda ishtirok etuvchi shaxsning javobgarga tegishli boʻlgan pul mablagʻlariga band solish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqishda hisobga olish kerakki, kredit muassasasidagi hisobvaraqlari emas, balki daʼvoda koʻrsatilgan summa doirasida hisobvaraqlarida mavjud boʻlgan pul mablagʻlari xatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning eʼtibori davlat organining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining qonunga zid hujjati qabul qilinganligi yoxud ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunga zid harakatlar (harakatsizligi) sodir etilganligi natijasida tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvoni koʻrishda sud daʼvogarning arizasi boʻyicha daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrishi shartligiga qaratilsin. Bunday ariza bilan tadbirkorlik subyekti manfaatida daʼvo kiritgan vakolatli organlar murojaat qilganda ham sud daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrishi shart. Tadbirkorlik subyekti hisoblanmagan boshqa shaxslar tomonidan taqdim etilgan bunday arizalar umumiy tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulk, agar u uzoq saqlanganda oʻzining sifatini yoʻqotmasa, xatlanishi mumkin. Bunday chora, xususan tez buziladigan mahsulotlarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo qanoatlantirilganda uni taʼminlash chorasi hal qiluv qarori haqiqatda ijro etilgunga qadar amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 99-moddasining mazmuniga koʻra, daʼvoni qanoatlantirishni rad etish, daʼvoni koʻrmasdan qoldirish va ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi sud hujjatlari qonuniy kuchga kirgach, daʼvoni taʼminlash chorasi oʻz kuchini yoʻqotadi. Biroq, sud koʻrsatilgan sud hujjatlarini qabul qilish bilan bir vaqtda yoki ular qabul qilinganidan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi yoki oʻzining tashabbusi boʻyicha daʼvoni taʼminlashni bekor qilishi mumkin. Bunda IPK alohida ajrim chiqarilishini nazarda tutadi va daʼvoni qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori yoki daʼvoni koʻrmasdan qoldirish va ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimda daʼvoni taʼminlash chorasining bekor qilinishi koʻrsatilishiga yoʻl qoʻymaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvoni taʼminlash chorasini bekor qilish uchun taraflar daʼvoni taʼminlash haqidagi sud ajrimini emas, balki daʼvoni taʼminlash chorasini bekor qilish haqidagi ariza bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ish yuritishni toʻxtatish sud tomonidan ushbu ish boʻyicha amalga oshiriladigan barcha protsessual harakatlarning toʻxtatilishini anglatadi, bundan daʼvoni va dalillarni taʼminlashga qaratilgan harakatlar mustasno. Ish yuritish toʻxtatib turilgan davrda daʼvoni yoki dalillarni taʼminlash haqida ariza kelib tushganda, ushbu masala IPKning 96-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal etilishi va natijasi boʻyicha ajrim chiqarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yuritishni toʻxtatish asoslari IPKning 101 va 102-moddalarida nazarda tutilgan. Bunda sud IPKning 102-moddasida belgilangan asoslar boʻyicha ish yuritishni oʻz tashabbusi bilan yoki taraflarning iltimosnomasiga koʻra toʻxtatishga haqli ekanligi va IPKning 101-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha iltimosnoma mavjudligidan qatʼiy nazar, ish yuritishni toʻxtatishga majbur ekanligini eʼtiborga olishi lozim. Ish yuritishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi sud ajrimida ish yuritishni toʻxtatish uchun asos boʻlgan holatlar koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yuritish toʻxtatilishi bilan barcha tugamagan protsessual muddatlarning oʻtishi ish boʻyicha ish yuritish tiklangunga qadar toʻxtatiladi. Bunda sud tomonidan ish boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgunga qadar tugamagan protsessual muddatlargina toʻxtatiladi. Ish yuritishni toʻxtatishgacha oʻtgan vaqt ish koʻrishning umumiy muddatini hisoblashda hisobga olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 101 va 102-moddalarida koʻrsatilgan ish yuritishni toʻxtatib turish asoslarining roʻyxati tugal hisoblanadi va kengaytirilgan tarzda talqin qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. IPK 103-moddasi birinchi qismining 1-bandida ish yuritish ushbu Kodeks 101-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda tegishli sud hujjati qonuniy kuchga kirguniga yoki tergov harakatlari tugallanguniga qadar toʻxtatib turilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tergov harakatlari tugallanguniga qadar deganda, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 372-moddasida qayd etilgan dastlabki tergovni tamomlash, yaʼni dastlabki tergov jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida qaror chiqarish, ayblov xulosasi tuzish, ishni tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash yoki taraflarning yarashuvi uchun sudga yuborish toʻgʻrisida qaror chiqarish yoxud amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish toʻgʻrisida taqdimnoma tuzish bilan tamomlash tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning eʼtibori iqtisodiy ish boʻyicha ish yuritishni toʻxtatish uchun asos boʻlgan jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari tamomlanib, jinoyat ishlari boʻyicha sudga yuborilgan taqdirda, ushbu jinoyat ishi boʻyicha qabul qilgan sud hujjati qonuniy kuchga kirganidan keyin iqtisodiy ish yuritish tiklanishiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy ish boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan jinoyat ishi boʻyicha ish yuritish toʻxtatib turilgan taqdirda, iqtisodiy ish boʻyicha ish yuritish tiklanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldirish nizoning mazmuni boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilmasdan turib sud muhokamasini tamomlash shakllaridan biri hisoblanadi. IPKning 107-moddasida koʻrsatilgan daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldirish asoslarining roʻyxati tugal hisoblanadi va kengaytirilgan tarzda talqin qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi va u IPKning 108-moddasi talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 107-moddasi birinchi qismining 3-bandida daʼvo arizasi familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa, sud daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldirishi nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, daʼvo arizasida uni imzolagan shaxsning familiyasi toʻliq, ismi yoki ismi va otasining ismini bosh harflari koʻrsatilganligi daʼvo arizasini IPK 107-moddasi birinchi qismining 3-bandiga asosan koʻrmasdan qoldirishga asos boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ish yuritishni tugatish nizoning mazmuni boʻyicha hal qiluv qarorini chiqarmasdan sud muhokamasini tamomlash shakllaridan biri hisoblanadi. IPKning 110-moddasida nazarda tutilgan ish yuritishni tugatish asoslarining roʻyxati tugal hisoblanadi va kengaytirilgan tarzda talqin qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 110-moddasining 1-bandiga muvofiq, agar ish iqtisodiy sud, fuqarolik ishlari boʻyicha sud yoki maʼmuriy sudda koʻrish uchun taalluqli boʻlmasa, sud ish yuritishni tugatadi. Yaʼni, ish sudlarning emas, balki boshqa organlarning (masalan, hokimlik, notarius va boshqalar) vakolatiga tegishli boʻlganda, shuningdek, bildirilgan talab huquqni himoya qilishga qaratilmagan taqdirda iqtisodiy sud ish yuritishni yuqoridagi asosga koʻra tugatadi. Ishning iqtisodiy sudga taalluqliligi IPKning 25 va 26-moddalari, fuqarolik ishlari boʻyicha sudga taalluqliligi FPKning 26-moddasi va maʼmuriy sudga taalluqliligi MSIYUtKning 26 va 27-moddalari talablaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda, nizoning sudga taalluqliligi, ishni koʻrish jarayonida ham oʻzgarishi mumkinligini eʼtiborga olish kerak. Masalan, bunday holat ishga iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchisi boʻla olmaydigan shaxslarning jalb etilishi munosabati bilan vujudga kelishi mumkin. Bunday holatda iqtisodiy sud IPKning 311-moddasi talablaridan kelib chiqqan holda taalluqliligiga koʻra ish materiallarini fuqarolik ishlari boʻyicha sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish va iqtisodiy sud ishini yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi lozim.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 33-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgarning daʼvoni tan olishiga havola qilinib ish yuritishni tugatishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday holda sud tomonidan javobgarning arizasi hisobga olinib, mazmunan hal qiluv qarori qabul qilinadi. Sudya sud majlisidan tashqari, masalan, ishni sud muhokamasida koʻrishga tayyorlash jarayonida ish yuritishni tugatish haqida ajrim chiqarishga haqli emas, sudgacha majlis oʻtkazish jarayonida ish yuritishni tugatish bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni nazarda tutish lozimki, qonunda IPKning 110-moddasida belgilanmagan boshqa asoslar bilan ish yuritishni tugatish hollari ham nazarda tutilgan boʻlishi mumkin. Xususan, “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 62-moddasining uchinchi qismiga koʻra, sudgacha sanatsiya oʻtkazilishiga kreditorlarning roziligi boʻlgan taqdirda, toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ish yuritish tugatiladi.
(22-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 33-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, ayni bir kreditor va qarzdor hisoblangan shaxslar oʻrtasida, ayni shu talab boʻyicha berilgan qonuniy kuchga kirgan sud buyrugʻi mavjud boʻlganda, shuningdek, fuqarolik ishlari boʻyicha sudning, iqtisodiy sudning yoki chet davlat vakolatli sudining ayni bir taraflar oʻrtasida ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʻlganda ham IPK 110-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan ish yuritishni tugatish uchun asos boʻladi.
(22-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 33-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. IPKning 135-moddasida nazarda tutilgan sud buyrugʻi berish mumkin boʻlgan talablarning roʻyxati tugal hisoblanadi va kengaytirilgan tarzda talqin qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi arizalar IPKning 17-bobida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. IPK 149-moddasining birinchi qismi mazmuniga koʻra daʼvo arizasi daʼvogarning rahbari yoki uning vakili tomonidan oʻz qoʻli bilan imzolangan boʻlishi lozim. Bunda imzoning mexanik yoki boshqa nusxa koʻchirish vositalari orqali amalga oshirilishiga, qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari, yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatilayotgan tashkilotning nomidan daʼvo arizasi tugatish komissiyasining raisi yoki tugatuvchi yoxud ular vakolat bergan shaxs tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsning rahbari vazifasini bajaruvchi daʼvo arizasini imzolashga haqli, lekin bunda daʼvo arizasiga uning maqomini tasdiqlovchi dalil ilova qilingan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 149-moddasining birinchi qismini qoʻllashda shuni nazarda tutish kerakki, agar yuridik shaxsning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish kollegial ijro etuvchi organ tomonidan amalga oshirilsa va daʼvo arizasiga ushbu organ rahbari yoki uning oʻrinbosari daʼvo arizasini imzolashga vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinmagan boʻlsa, sudya ishni sudda koʻrishga tayyorlashda daʼvogarga tegishli hujjatni taqdim etishni taklif qilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, yoʻqolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash, ijro varaqasi dublikatini berish, sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uni boʻlib-boʻlib ijro etish, ijro etish usulini va tartibini oʻzgartirish, ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish va tugatish toʻgʻrisidagi arizalar bilan murojaat qilinganda ham ariza yuridik shaxs rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolanishi lozim (ijro etish usulini va tartibini oʻzgartirish, ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish va tugatish toʻgʻrisidagi arizalar davlat ijrochisi tomonidan ham imzolanishi mumkin). Bunday turdagi arizalar vakolatli shaxslar tomonidan imzolanmaganda ular IPK 155-moddasi birinchi qismining 2-bandiga mos xolda qaytariladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. IPK 149-moddasining beshinchi qismiga muvofiq daʼvogar oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir nechta talabni bitta daʼvo arizasiga birlashtirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir necha daʼvo talablari, agar ular iqtisodiy sudga taalluqli boʻlgan nizoli moddiy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan holda oʻzaro bogʻliq boʻlsa, birlashtirilishi mumkin (xususan, qaytarilmagan kredit, kreditdan foydalanganlik uchun foizlar va neustoykani undirish haqida; bir necha transport hujjatlari boʻyicha olingan va bitta qabul qilish hujjati bilan rasmiylashtirilgan yoki bitta hisob-kitob hujjati boʻyicha toʻlangan kamomad miqdorini undirish haqida).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bir nechta talab bildirilgan boʻlib, ular oʻzaro bogʻliq boʻlmasa, daʼvo arizasi IPK 155-moddasi birinchi qismining 8-bandiga asosan qaytariladi. Agar bu holat daʼvo arizasi ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, IPKning 159-moddasiga asosan talablarning bir qismi alohida ish yuritishga ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. IPKning talablariga rioya etilgan holda berilgan daʼvo arizasi uni ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida ajrim chiqarish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shuni nazarda tutishi kerakki, ish qoʻzgʻatilgunga qadar sud ekspertiza tayinlashga (IPKning 80-moddasi), dalillarni taʼminlash choralarini koʻrishga (IPKning 90-moddasi), sud topshiriqlarini berishga (IPKning 91-moddasi), daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrishga (IPKning 94-moddasi), ish yuritishni toʻxtatishga yoki tugatishga (IPKning 101, 110-moddalari), talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratishga (IPKning 159-moddasi), ishni sudda koʻrishga tayyorlash boʻyicha harakatlarni amalga oshirishga (IPKning 163-moddasi), sudgacha majlis oʻtkazishga (IPKning 1631-moddasi), hal qiluv qarori qabul qilishga (IPKning 176-moddasi) haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 162-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidani qoʻllashda sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisidagi koʻrsatma hamda ishda ishtirok etayotgan shaxslar bajarishi lozim boʻlgan harakatlar va ularni bajarish muddatlari daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ajrimda yoxud ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrimda aks ettirilishi mumkin, biroq bu hujjatlarning ketma-ketligi protsessual harakatlarning haqiqiy rivojlanishiga muvofiq boʻlishi kerak. Agar sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash haqida alohida ajrim chiqarishni lozim topsa, u dastlab daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish haqida, soʻngra IPKning 162-moddasiga muvofiq, ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Bunda sudlar shuni inobatga olishi lozimki, ishni sud muhokamasiga tayyorlash haqida alohida ajrim chiqarish muddati daʼvo arizasi kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan, sudgacha majlis oʻtkazilgan hollarda esa, oʻn besh kundan oshmasligi kerak.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-dekabrdagi 27-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
261. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, IPK 152-moddasining uchinchi qismiga asosan sudga taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha suddan yoki maʼmuriy suddan daʼvo arizasi (ariza) yoki ish materiallari kelib tushganda, sudya daʼvo arizasi (ariza) ushbu Kodeksning 149 — 151-moddalarida koʻrsatilgan talablarga javob bermasligini aniqlasa, daʼvo arizasi (ariza) sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisida daʼvogarni (arizachini) xabardor qiladi va unga buning uchun oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, “kamchiliklar” deganda, IPKning 149 — 151-moddalarida koʻrsatilgan talablarga rioya qilinmaganligi, shu jumladan, belgilangan tartib va miqdorda davlat boji hamda pochta xarajatlari toʻlanmaganligi ham tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻn kunlik muddatning oʻtishi, sud ajrimi daʼvogarga (arizachiga) topshirilgan kundan boshlab hisoblanishini eʼtiborga olish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrimda koʻrsatilgan muddatda kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda daʼvo arizasi va unga ilova qilingan hujjatlar IPK 155-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrimda koʻrsatilgan muddatda kamchiliklar bartaraf etilgan taqdirda daʼvo arizasi (ariza) yoki ish materiallari iqtisodiy sud tomonidan IPKning 153 va 162-moddasida belgilangan tartibda ish yuritishga qabul qilinadi.
(261-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 33-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. IPKning 154-moddasida nazarda tutilgan daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari roʻyxati tugal hisoblanadi va kengaytirilgan tarzda talqin qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar IPK 154-moddasi birinchi qismining 1 va 4-bandlarida nazarda tutilgan asoslar daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, ish yuritish IPK 110-moddasi birinchi qismining tegishlicha 1 va 3-bandlariga asosan tugatiladi. Agar IPK 154-moddasi birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilishni rad etish uchun asos daʼvo arizasi ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, daʼvo arizasi IPK 107-moddasining 1-bandiga asosan koʻrmasdan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, ayni bir kreditor va qarzdor hisoblangan shaxslar oʻrtasida, ayni shu talab boʻyicha berilgan qonuniy kuchga kirgan sud buyrugʻi mavjud boʻlganda ham daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish IPK 154-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan asos bilan rad etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
271. IPK 154-moddasi birinchi qismining 1-bandiga koʻra, agar ish iqtisodiy sudga, fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki maʼmuriy sudga taalluqli boʻlmasa, sudya daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilishni rad etadi. Yaʼni, ish sudlarning emas, balki boshqa organlarning (masalan, hokimlik, notarius va boshqalar) vakolatiga tegishli boʻlganda, shuningdek, bildirilgan talab huquqni himoya qilishga qaratilmagan taqdirda, sud daʼvo arizasini qabul qilishni rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sudya daʼvo arizasi (ariza)ni ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etishda ish iqtisodiy sudga emas, balki fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki maʼmuriy sudga taalluqliligi aniqlansa, daʼvo arizasi (ariza)ni IPKning 311-moddasida belgilangan tartibda tegishli sudga oʻtkazadi.
(271-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 33-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Sudlar nazarda tutishlari kerakki, IPK 155-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan daʼvo arizasini qaytarish uchun asoslar roʻyxati tugal hisoblanadi va kengaytirilgan tarzda talqin qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar IPK 155-moddasi birinchi qismining 1, 5, 6 va 8-bandlarida nazarda tutilgan daʼvo arizasini qaytarish uchun asoslar sud tomonidan daʼvo arizasi ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, ish mazmunan koʻrib chiqilishi lozim. Bunda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni daʼvo arizasi va unga ilova qilingan hujjatlar bilan tanishtirish choralarini koʻrishi hamda IPKning 159-moddasi tartibida talablarni alohida ish yuritishga ajratish masalasini koʻrib chiqishi (agar bir yoki bir nechta javobgarga nisbatan oʻzaro bogʻliq boʻlmagan bir nechta talab birlashtirilgan boʻlsa) shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 155-moddasi birinchi qismining 2 va 9-bandlarida nazarda tutilgan daʼvo arizasini qaytarish uchun asoslar daʼvo arizasi ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, sud daʼvo arizasini IPK 107-moddasining tegishlicha 3 va 4-bandlari asosida koʻrmasdan qoldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar IPK 155-moddasi birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan daʼvo arizasini qaytarish uchun asos daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, sud IPK 39-moddasi ikkinchi qismining 1-bandiga asosan sudlovga tegishlilik qoidalari boʻyicha ishni koʻrish uchun boshqa iqtisodiy sudga oʻtkazishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalarining palata aʼzosi manfaatlarini koʻzlab berilgan daʼvo arizasi (arizasi)ga Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va daʼvogar oʻrtasida tuzilgan aʼzolik shartnomasi hamda guvohnomasi ilova qilinishi lozim. Mazkur talabga rioya qilinmaganda daʼvo arizasi (ariza) IPK 155-moddasi birinchi qismining 2-bandiga mos holda qaytariladi, agar ushbu holat daʼvo arizasi ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, daʼvo arizasi (ariza) IPK 107-moddasining 3-bandiga mos holda koʻrmasdan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Palataga aʼzolik toʻgʻrisidagi guvohnoma muddati tugaganligi aniqlangan taqdirda, daʼvo arizasi (ariza) IPK 155-moddasi birinchi qismining 2-bandiga asosan qaytarilishi, bu holat daʼvo arizasi (ariza) ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, daʼvo arizasi (ariza) IPK 107-moddasining 3-bandiga mos holda koʻrmasdan qoldirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 155-moddasi birinchi qismining 5-bandida javobgarga va uchinchi shaxslarga daʼvo arizasining hamda unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmagan boʻlsa, daʼvo arizasi qaytarilishi belgilangan. Sudlarga tushuntirilsinki, prokuror, davlat organlari va boshqa shaxslar tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida taqdim etilgan daʼvo arizasi (ariza) boʻyicha, shuningdek, soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilayotgan ishlar boʻyicha ham daʼvo arizasining (arizaning) hamda unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari manfaati koʻzlangan shaxsga, javobgarga va uchinchi shaxsga yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmagan boʻlsa ham, daʼvo arizasi (ariza) IPK 155-moddasi birinchi qismining 5-bandiga mos holda qaytariladi.
(28-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. IPK 160-moddasining birinchi qismiga muvofiq ish boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar javobgar dastlabki daʼvo bilan birga koʻrib chiqish uchun qarshi daʼvo taqdim etishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda nazarda tutish kerakki, IPK 160-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan shartlardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlsa, qarshi daʼvo ish yuritishga qabul qilinishi mumkin. Agar qarshi daʼvo protsessual qonun hujjatlari tartibiga rioya qilingan holda taqdim etilgan boʻlib, ammo yuqorida koʻrsatilgan moddadagi shartlardan birortasi mavjud boʻlmasa, qarshi daʼvo qaytarilishi lozim.
(29-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarshi daʼvo daʼvo arizasini taqdim etishning umumiy qoidalariga rioya etgan holda taqdim etilgan boʻlsa, sudlovga tegishlilik toʻgʻrisidagi qoidalardan qatʼi nazar, sud tomonidan ish yuritishga qabul qilinadi.
(29-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan hollarda yuridik shaxslar, fuqarolar, davlat va jamiyatning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan davlat organlari va boshqa organlar ham IPKda belgilangan tartibda sudga javobgarning manfaatida qarshi daʼvo berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. IPKning 163-moddasiga muvofiq sudya ishni sud muhokamasiga tegishli tartibda tayyorlashi zarur, chunki bu nizoni toʻgʻri va oʻz vaqtida hal qilishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni koʻrishga tayyorlash vazifalari: nizoli huquqiy munosabatning xarakteri va qoʻllanishi lozim boʻlgan qonun hujjatlarini, ishni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni aniqlash; ishda ishtirok etuvchi shaxslar tarkibi va iqtisodiy protsessning boshqa ishtirokchilarini aniqlash masalasini hal etish; ishda ishtirok etuvchi shaxslarga zarur boʻlgan dalillarni taqdim etishda koʻmaklashish; taraflarni murosaga keltirish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni sud muhokamasiga tayyorlashda sudya tomonidan bajariladigan harakatlar sud muhokamasini mukammal va tez oʻtkazish uchun sharoitlarni yaratishga qaratilgan. IPK 163-moddasining birinchi qismida qayd etilgan harakatlarning barchasini bajarish talab etilmaydi. U yoki bu harakatlar bajarilishining zaruriyati har bir holatda sudyaning ixtiyorida boʻlib, nizoning holatlariga koʻra aniqlanadi. IPK 163-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq ishni sudda koʻrishga tayyorlash boʻyicha harakatlarning roʻyxati tugal hisoblanmaydi hamda sudya nizoni toʻgʻri va oʻz vaqtida hal etishga qaratilgan boshqa harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni sudda koʻrishga tayyorlashda, agar sud nizoni mavjud dalillar asosida koʻrishning imkoniyati yoʻq deb hisoblasa (IPK 163-moddasi birinchi qismining 4-bandi), ishda ishtirok etuvchi shaxslarga qoʻshimcha hujjatlar va maʼlumotlar taqdim qilishni taklif etishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
301. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslarni basharti qaror taraflardan biriga nisbatan ularning huquq yoki majburiyatlariga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa, ishda ishtirok etish uchun jalb qilishga yoʻl qoʻyiladi. Ishda ishtirok etish uchun odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar — guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
(301-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
302. Sudlar davlat xaridlari toʻgʻrisidagi shartnomalardan kelib chiqqan nizolarni koʻrib chiqishda tegishli iqtisodiyot va moliya boʻlimi hamda gʻaznachilik boʻlinmasini uchinchi shaxs sifatida ishga jalb etish chorasini koʻrishga eʼtibor qaratishlari lozim.
(302-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ishni sud muhokamasiga tayyorlashda sud manfaatdor shaxslarni ish boʻyicha ish yuritish haqida IPK 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tartibda xabardor qilingan javobgar sudga kelmagan holda, agar sud basharti uning ishtirokisiz ishni koʻrish mumkin emas deb hisoblamasa, ish uning ishtirokisiz qoʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar daʼvogar birinchi sud majlisiga kelmagan va ishni oʻzining ishtirokisiz koʻrilishi toʻgʻrisida arz qilmagan boʻlsa, u holda IPK 107-moddasining 6-bandiga muvofiq daʼvo koʻrmasdan qoldiriladi. Prokuror, davlat organlari va boshqa shaxslar yuridik shaxslar va fuqarolarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida kiritgan arizalari asosida qoʻzgʻatilgan ish boʻyicha ushbu shaxslarning kelmaganligi IPK 107-moddasining 6-bandiga muvofiq daʼvoni koʻrmasdan qoldirishga asos boʻlmaydi, agar sud majlisida ishtirok etayotgan manfaati koʻzlangan shaxs daʼvoni qoʻllab-quvvatlayotgan boʻlsa. Bunday ishlar boʻyicha daʼvo arizasi bilan murojaat qilgan shaxslar va manfaati koʻzlangan shaxs sud majlisiga kelmagan va ishni oʻzining ishtirokisiz koʻrilishi toʻgʻrisida arz qilmagan boʻlsa, bu holda IPK 107-moddasining 6-bandiga muvofiq daʼvo arizasi koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda shuni inobatga olish lozimki, tegishli tartibda sud muhokamasining vaqti va joyi haqida xabardor qilinmagan shaxsning ishtirokisiz ishning koʻrilishiga yoʻl qoʻyilmaydi va bu har qanday holda sudning hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos boʻladi (IPKning 279 va 302-moddalari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. IPK 163-moddasi birinchi qismining 8-bandiga muvofiq sudya taraflarni kelishtirish choralarini koʻradi. Sudlar nizoning xarakteridan kelib chiqqan holda ishni kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish yoʻli bilan tamomlashga koʻmaklashishlari lozim. Nizoni kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish bilan hal etish imkoniyati ishni sud muhokamasiga tayyorlash paytida ham (IPK 163-moddasi birinchi qismining 8-bandi, 1631-moddasi birinchi qismining 3-bandi), sud muhokamasi jarayonida ham (IPKning 16-bobi) aniqlanishi lozim. Taraflar tomonidan tuzilgan kelishuv bitimining shartlari ijro qilinayotganda uning mazmuni boʻyicha noaniqliklar va nizolar boʻlmasligi uchun ajrimning xulosa qismida aniq va ravshan ifodalangan boʻlishi lozim. Kelishuv bitimini tasdiqlash haqida ajrim chiqariladi (IPKning 133-moddasi). Kelishuv bitimi, agar uning shartlari qonun hujjatlariga zid boʻlmasa, uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlmasa va shartli asosda tuzilmagan boʻlsa, sud tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
321. Sudlarga tushuntirilsinki, mediatsiya — kelib chiqqan nizoni taraflar oʻzaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator koʻmagida hal qilish usuli hisoblanganligi sababli daʼvo arizasi (arizasi) ish yuritishga qabul qilinganidan keyin nizo bartaraf etilganligi (xususan, daʼvogarning talabi javobgar tomonidan qanoatlantirilganligi) munosabati bilan mediativ kelishuv tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday holatda ish mazmunan koʻrib chiqiladi, bu haqda sud hujjatining asoslantiruvchi qismida koʻrsatiladi.
(321-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 33-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qoida Oʻzbekiston Respublikasining “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Qonuni talabiga rioya qilinmagan holda tuzilgan mediativ kelishuvga ham qoʻllaniladi.
(321-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
322. Sudlarga tushuntirilsinki, “Mediatsiya toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining amal qilishi mediatsiyada ishtirok etmayotgan uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamoat manfaatlariga daxl qiladigan yoki daxl qilishi mumkin boʻlgan, shuningdek, maʼmuriy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga nisbatan tatbiq etilmaydi
(322-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Sudlarning eʼtibori fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar boʻyicha, bundan soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻriladigan ishlar mustasno, ishni sud muhokamasiga tayyorlash masalasi, sudgacha oʻtkaziladigan majlis orqali yoki uni oʻtkazmasdan hal etilishi mumkinligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33.1. Agar fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar boʻyicha ishni sud muhokamasiga tayyorlash masalasi sudgacha majlis oʻtkazilmasdan hal etilgan boʻlsa, sudya mazkur qarorning 30 — 32-bandlarida berilgan tushuntirishlarni inobatga olib, ishni sud muhokamasiga tayyorlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33.2. Agar sud fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar boʻyicha ishni sud muhokamasiga tayyorlash masalasi sudgacha majlis oʻtkazish yoʻli bilan hal etilishi lozimligi haqida xulosaga kelgan boʻlsa, shuni inobatga olishi lozimki, aynan qaysi ish boʻyicha sudgacha majlis oʻtkazish masalasini sudya ishning holati, ayniqsa uning murakkabligidan kelib chiqib, oʻzi hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, daʼvo arizasida bir nechta talablar birlashtirilgan boʻlsa, shartnomalarni oʻzgartirish va bekor qilish, bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ishlar, qurilish pudrati, lizing, sugʻurta shartnomalari, intellektual mulk bilan bogʻliq, shuningdek korporativ nizolarni murakkab toifadagi ishlar jumlasiga kiritish mumkin. Shu bilan birga inobatga olish lozimki, har qanday fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar boʻyicha sudgacha majlis oʻtkazilishi mumkin, bundan soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻriladigan ishlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudgacha majlisning vaqti va joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudgacha majlis videokonferensaloqa rejimida ham oʻtkazilishi mumkin. Agar sudgacha majlis videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish belgilansa, sudya IPK 166-moddasining ikkinchi qismida, videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini oʻtkazishga koʻmaklashadigan sud esa ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan harakatlarni amalga oshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar inobatga olishlari lozimki, sudgacha majlisning vaqti va joyi toʻgʻrisida belgilangan tartibda xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning kelmaganligi, majlisga kelgan boshqa shaxslar bilan sudgacha majlis oʻtkazishga toʻsqinlik qilmaydi. Bunday holatda sudgacha majlisda ishtirok etmagan shaxsning ushbu majlis haqida qanday aloqa vositasi orqali xabardor qilinganligi sudgacha majlis oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi bayonnomada koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, sudgacha majlis oʻtkazish paytida IPK 101, 103, 107 va 110-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjudligi aniqlansa, sudya ishni sud muhokamasiga tayinlamasdan, sudgacha majlis oʻtkazilgan kunda IPK 1631-moddasining beshinchi qismiga muvofiq ish yuritishni toʻxtatib turishi yoki ish yuritishni tugatishi yoxud daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. IPK 164-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan sud muhokamasining muddatini uzaytirish masalasi sud raisi tomonidan ishni koʻrayotgan sudyaning bildirgisi asosida hal etiladi. Sudyaning bildirgisida ishni bir oylik muddatda koʻrish imkoni boʻlmaganligi sabablari koʻrsatilib, ishni koʻrish muddatini uzaytirish soʻraladi. Sud raisi tomonidan ushbu bildirgiga ishni koʻrish muddatini uzaytirish yoki uni rad qilish haqida rezolyutsiya qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 164-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan ishni koʻrib chiqish muddatini uzaytirish haqidagi qoida oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrilishi lozim boʻlgan ishlarga ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish sud raisining ish yurituvida boʻlganda sud muhokamasining muddatini uzaytirish zarurati tugʻilganda ishga uni IPKda belgilangan muddatda koʻrish imkoni boʻlmaganligi sabablari koʻrsatilib, ishni koʻrish muddati uzaytirilganligi haqida sud raisi tomonidan imzolangan maʼlumotnoma qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. IPK 168-moddasining birinchi qismiga muvofiq sud muhokamasi davomida sud ish boʻyicha dalillarni tekshiradi: ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini, guvohlarning koʻrsatuvlarini, ekspertlarning xulosalarini, mutaxassislarning maslahatlarini (tushuntirishlarini) eshitadi, yozma dalillar bilan tanishadi, ashyoviy dalillarni koʻzdan kechiradi, shuningdek yozma shaklda taqdim etilgan tushuntirishlar, koʻrsatuvlar va xulosalarni oʻqib eshittiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sudya sud majlisida dalillarni ularning ishonchliligi, daxldorligi va ularga yoʻl qoʻyilishi mumkinligi nuqtai nazaridan baho berish maqsadida shaxsan oʻzi tekshirishi lozimligi inobatga olinishi kerak. Sud tomonidan bevosita tekshirilmagan dalillar (masalan, taraflardan birining vakili tomonidan unga ogʻzaki yetkazilgan hujjatning mazmuni) sud hujjatining qabul qilinishiga asos qilib olinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Sudlar IPK 169-moddasining birinchi qismida belgilangan, taraflarning arizalari va iltimosnomalari sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning fikrlari eshitib boʻlingach, hal qilinishi toʻgʻrisidagi qoidaga rioya etishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 169-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq arizalar va iltimosnomalarni koʻrish natijalari boʻyicha sud ajrim chiqaradi. Ajrimning shakli iltimosnomaning mazmuni va uni koʻrib chiqish natijalariga bogʻliq. Masalan, agar iltimosnoma sud muhokamasini keyinga qoldirish toʻgʻrisida berilgan boʻlsa, u qanoatlantirilganda alohida hujjat tariqasida ajrim chiqariladi, qanoatlantirish rad etilganda bu haqda hal qiluv qarorida yoki sud majlisi bayonnomasida koʻrsatiladi. Agar taraf ish hujjatlariga qoʻshimcha dalillarni qoʻshish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan murojaat qilsa, u qanoatlantirilganda yoki qanoatlantirish rad etilganda ajrim chiqariladi va sud majlisi bayonnomasida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalar va iltimosnomalarni qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad qilish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat (protest) qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikrida uning nizo boʻyicha ariza va (yoki) iltimosnomalari nazarda tutilgan boʻlsa, ushbu ariza va iltimosnomalar IPKning 169-moddasida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Sudlarning eʼtibori sud muhokamasi IPK 171-moddasining birinchi qismida sanab oʻtilgan kutilmagan va favqulodda holatlarda keyinga qoldirilishi mumkinligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan holatlar mavjud boʻlganda, sud muhokamasi sudning tashabbusi bilan ham, ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga koʻra ham keyinga qoldirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sud muhokamasi IPKning 164-moddasida nazarda tutilgan ish koʻrishning muddati doirasida qoldirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar inobatga olishlari lozimki, sud muhokamasi uni keyinga qoldirishga asos boʻlib xizmat qilgan holatlarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan muddatga, biroq koʻpi bilan oʻn kunga qoldirilishi mumkin, sud muhokamasini keyinga qoldirishlar soni esa uch martadan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasini keyinga qoldirish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi. Ajrimda yangi sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan tashqari, sud muhokamasini qoldirish uchun asos boʻlgan sabablar, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning keyingi sud majlisigacha bajarishi lozim boʻlgan protsessual harakatlar koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasini keyinga qoldirish toʻgʻrisidagi ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga IPKning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. Shu bilan birga sud majlisida ishtirok etayotgan shaxslar yangi sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida bevosita sud majlisida xabardor qilinishi mumkin, bunday holda xabardor qilinganlik fakti ish hujjatlariga qoʻshib qoʻyiladigan tegishli tilxat bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasini keyinga qoldirish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat (protest) qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Sud majlisida, shuningdek sud majlisi zalidan tashqarida ayrim protsessual harakatlar bajarilganda IPKning 201-moddasi talablariga rioya etgan holda bayonnoma yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisi bayonnomasidagi yozuvlar sud majlisi boshlangan vaqtdan boshlab hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar protsessual harakatlar qanday ketma-ketlikda amalga oshirilgan boʻlsa, shu yoʻsinda bayon qilinishi lozim. IPKning 201-moddasiga muvofiq sud majlisi bayonnomasida koʻrsatilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar roʻyxati tugal hisoblanmaydi va bayonnomaga sud ish uchun muhim deb hisoblagan boshqa maʼlumotlar ham kiritilishi mumkin. Xususan, unda guvohning bila turib yolgʻon koʻrsatuvlar berganlik uchun jinoiy javobgarligi haqida tilxat orqali ogohlantirilganligi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnoma hal qiluv qarori (ajrim) tuzilgan va sud majlisi olib borilgan tilda tuzilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. IPKning 176-moddasiga muvofiq sud ishni mazmunan koʻrib chiqib, IPKning 179-moddasida koʻrsatilgan talablarga rioya etgan holda hal qiluv qarori qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasi tugallangan sud majlisida qabul qilingan hal qiluv qarorining faqat xulosa qismi eʼlon qilinadi hamda u sudya tomonidan imzolanishi va ishga qoʻshib qoʻyilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, sud majlisida eʼlon qilingan hal qiluv qarori xulosa qismining koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asoslantirilgan hal qiluv qarorining xulosa qismi sud muhokamasi tugallangan kunda eʼlon qilingan hal qiluv qarorining xulosa qismiga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning hal qiluv qarori eʼlon qilinganidan soʻng raislik qiluvchi uning mazmunini (qaysi asoslarga koʻra sud bunday toʻxtamga kelganligini) tushuntirishi, shikoyat berish (protest keltirish) tartibi va muddatini, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va vakillarning sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish hamda bayonnomaga yozma fikrlar bildirish huquqini tushuntirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Sud tomonidan qoʻshimcha hal qiluv qarori qabul qilish mumkin boʻlgan asoslarning roʻyxati tugal hisoblanadi va kengaytirilgan tarzda talqin qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi (IPKning 189-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha hal qiluv qarori faqat hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha hal qiluv qarori sudning tashabbusi bilan ham, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi bilan ham qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha hal qiluv qarori ustidan asosiy hal qiluv qarori bilan birga shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK qoʻshimcha hal qiluv qarori qabul qilishni rad etish haqidagi sud ajrimi ustidan shikoyat qilinishini (protest keltirilishini) nazarda tutmaydi. Biroq, bunday ajrimga nisbatan norozilik bildirilgan vajlar hal qiluv qarori ustidan shikoyatda (protestda) bayon qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar inobatga olishlari lozimki, ish daʼvoni koʻrmasdan qoldirish yoki ish yuritishni tugatish bilan yakunlanganda ham IPKning 189-moddasida nazarda tutilgan tartibda qoʻshimcha ajrim chiqarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. IPK 190-moddasining birinchi qismiga muvofiq sudga hal qiluv qarorini tushuntirib berish toʻgʻrisidagi ariza bilan ishda ishtirok etuvchi shaxslar, davlat ijrochisi, zimmasiga sudning hal qiluv qarorini ijro etish yuklatilgan boshqa organlar murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarorini tushuntirishda uning mazmuni toʻldirilishi, aniqlangan faktik holatlarining bayon etilishi, dalillarning baholanishi, hal qiluv qarorining qabul qilinishi asoslari va xulosalari, shu jumladan, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning hal etilgan iltimosnomalari va arizalarining natijalariga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud yoʻl qoʻyilgan xatolarni, harfiy xatolarni va hisob-kitobdagi yanglishishlarni ishda ishtirok etuvchi shaxsning, davlat ijrochisining, sudning hal qiluv qarorining ijrosi zimmasiga yuklatilgan boshqa organlarning arizasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi boʻyicha tuzatishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sudlar nazarda tutishlari kerakki, hal qiluv qarorining mazmunini hamda dalillarni tekshirish, holatlarni aniqlash va qonunni qoʻllash boʻyicha qilingan xulosalarni oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) va taftish tartibidagi shikoyat (protest) kelib tushganidan keyin yoʻl qoʻyilgan yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(41-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarorini tushuntirish, yoʻl qoʻyilgan yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish masalasi sud tomonidan IPK 190-moddasining ikkinchi qismi va 191-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi. Shuni inobatga olish lozimki, IPK 191-moddasining ikkinchi qismi yoʻl qoʻyilgan yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar yoki hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish haqidagi arizani sud majlisida koʻrilishini nazarda tutilganligi sababli, yoʻl qoʻyilgan yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish sudning tashabbusi bilan amalga oshirilganda sud majlisini oʻtkazish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarorini tushuntirish yoki tushuntirishni rad qilish, yozuvdagi xatolarni, harfiy xatolarni, hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish toʻgʻrisida yoki tuzatishni rad etish haqida ajrim chiqariladi va uning ustidan shikoyat (protest) qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. IPK 32-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining alohida holatlarni eʼtiborga olgan holda har qanday ishni istalgan suddan olib qoʻyish va uni birinchi instansiya boʻyicha oʻzining ish yurituviga qabul qilish, ishni bir suddan boshqasiga oʻtkazish huquqi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 30-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi tomonidan amalga oshiriladi.
(42-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning eʼtibori ish bir iqtisodiy suddan boshqa iqtisodiy sudga IPK 39-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan asoslar bilan ham oʻtkazilishi mumkinligiga qaratilsin. Bunday hollarda ishni koʻrayotgan sud tomonidan ishni boshqa sudda koʻrishga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ish ushbu Kodeksda nazarda tutilgan daʼvo ishini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha, IPK 231-bobida belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikrini daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish haqida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kunlik muddatda sudga asoslantirgan hujjatlar va dalillarni ilova qilgan holda taqdim etishga haqli. Yozma fikrga uning koʻchirma nusxasi daʼvogarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ish daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish haqida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma kundan oshmagan muddatda daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikrni, dalillarni hamda boshqa hujjatlarni taqdim etish uchun belgilangan muddat oʻtganidan keyin sudya tomonidan yakka tartibda sud muhokamasini oʻtkazmasdan, taraflarni chaqirtirmasdan va ularning tushuntirishlarini eshitmasdan koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida ushbu Kodeks V boʻlimining qoidalariga binoan majburiy ijro etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. IPKning V boʻlimida nazarda tutilgan arizalar, agar IPKda toʻgʻridan-toʻgʻri boshqa qoida belgilanmagan boʻlsa, ish boʻyicha qabul qilingan sud hujjatlari qaysi instansiya sudi tomonidan qabul qilinganidan qatʼiy nazar, ushbu ishni birinchi instansiya sudida koʻrgan sudga beriladi va u tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Sudlar inobatga olishlari lozimki, IPKning 347-moddasida belgilangan yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar, hisob-kitobdagi yanglishishlar bilan berilgan, shuningdek oʻzgartirilgan (bekor qilingan) sud hujjati asosida berilgan ijro varaqasini chaqirib olish va uning oʻrniga yangi ijro varaqasini berish qoidasi sud buyrugʻiga ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud raisi K. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 24-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-son