20.06.2014 yildagi 262-son
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Sudlarning e’tibori jamiyat direktori, jamiyat boshqaruvi a’zolari, ishonchli boshqaruvchi hamda jamiyat o‘rtasida “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 79-moddasining sakkizinchi qismiga asosan tuzilgan shartnoma bo‘yicha yuzaga keladigan nizo jamiyat faoliyatidan kelib chiqsada, iqtisodiy sudga taalluqli emasligiga qaratilsin, chunki ushbu nizo mehnat munosabatlaridan kelib chiqadi. Xuddi shu qoida mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi (direktor) hamda jamiyat o‘rtasida “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 39-moddasining ikkinchi qismiga asosan tuzilgan shartnoma bo‘yicha yuzaga kelgan nizolarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar aksiyador ayni vaqtda jamiyatning xodimi bo‘lib, mehnatga oid nizo yuzasidan iqtisodiy sudga murojaat qilgan bo‘lsa, bunday da’vo arizasi IPKning 311-moddasi talablaridan kelib chiqqan holda taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga o‘tkazilishi, agar da’vo arizasi ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa, ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazish va iqtisodiy sud ishini yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrim chiqarilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Sudlar inobatga olishlari kerakki, mazkur toifadagi ishlar bo‘yicha IPKning 94-moddasida ko‘rsatilgan da’voni ta’minlash choralari qo‘llaniladi. Bunda da’voni ta’minlash choralari arz qilingan talablarga mos kelishi, ya’ni bevosita nizo predmetiga bog‘liq, da’vo talablariga mutanosib, sud hujjati ijrosini ta’minlash uchun kerakli va yetarli bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
10. “Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 19-moddasining beshinchi qismiga ko‘ra shirkat ishlarini yuritish bo‘yicha bir yoki bir necha ishtirokchiga berilgan vakolatlar, asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, xususan vakolatli shaxs (shaxslar) o‘z vakolatlarini qo‘pol ravishda buzgan hollarda yoki uning (ularning) shirkat ishlarini yuritishga qobiliyatsizligi aniqlanganda, shirkatning bir yoki bir necha boshqa ishtirokchilarining talabiga binoan sud tomonidan tugatilishi mumkin. Sudning hujjati asosida shirkatning ta’sis shartnomasiga zarur o‘zgartishlar kiritiladi.
11. “Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 22-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq shirkat ishtirokchilari biror-bir ishtirokchini qolgan ishtirokchilarning bir ovozdan qabul qilgan qaroriga ko‘ra va bunga asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, xususan ana shu ishtirokchi o‘z majburiyatlarini qo‘pol ravishda buzgan hollarda yoki uning shirkat ishlarini yuritishga qobiliyatsizligi aniqlanganda, shirkatdan sud tartibida chiqarib yuborishni talab qilishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 41-moddasining to‘rtinchi qismiga ko‘ra o‘ttiz kunlik muddat tugaganidan so‘ng jamiyat qaytarib sotib olish talabini qo‘ygan aksiyadordan aksiyalarni o‘n kun ichida sotib olishi shart.
14. “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 60-moddasining to‘qqizinchi qismiga ko‘ra, agar aksiyador uzrli sabablarga ko‘ra aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ishtirok etmagan yoki bunday qaror qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan bo‘lsa, u aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida qabul qilingan qaror ustidan sudga shikoyat qilishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Sudlariga tushuntirilsinki, “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 62-moddasida nazarda tutilgan talablardan tashqari boshqa talablar bo‘yicha umumiy da’vo muddati (uch yil) hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 56-moddasi birinchi qismining mazmuniga ko‘ra qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi investorlarning, qimmatli qog‘ozlar egalarining, davlatning manfaatlarini ko‘zlab sudda da’vo qo‘zg‘atishga haqli. Shu munosabat bilan sudlarga tushuntirilsinki, vakolatli davlat organining da’vo arizasida kimning manfaati ko‘zlanayotganligi ko‘rsatilishi shart. Da’vo arizasida u kimning manfaatini ko‘zlab berilayotganligi ko‘rsatilgan bo‘lmasa, da’vo arizasi IPK 155-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan qaytariladi. Agar da’vo arizasi ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa, u ko‘rmasdan qoldirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
18. “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 32-moddasining sakkizinchi qismiga ko‘ra jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish yoki jamiyatni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinmagan taqdirda uning aksiyadorlari, kreditorlari, shuningdek vakolatli davlat organlari jamiyatni sud tartibida tugatishni talab qilishga haqli. Bunda sudlar shuni e’tiborga olishlari kerakki, IPK 25-moddasi birinchi qismining 5-bandiga muvofiq jamiyatni tugatish haqidagi aksiyadorlarning talablari iqtisodiy sudga taalluqlidir. Jamiyatning kreditorlari, shuningdek davlat tomonidan vakolat berilgan organlarning bunday talablarining taalluqliligi masalasi esa umumiy asoslar bo‘yicha hal etilishi lozim.
19. “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 8-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq ishtirokchini jamiyatdan chiqarish talabi bilan sudga faqat jami ulushlari jamiyat ustav fondi (ustav kapitali)ning kamida o‘n foizini tashkil etadigan jamiyat ishtirokchilari murojaat qilishlari mumkin. Bunda sudlar e’tiborga olishlari lozimki, jami ulushlari jamiyat ustav fondi (ustav kapitali)ning kamida o‘n foizini tashkil etadigan bitta ishtirokchi ham, jami ulushlari jamiyat ustav fondi (ustav kapitali)ning kamida o‘n foizini tashkil etadigan bir nechta ishtirokchi ham bunday talab bilan sudga murojaat qilishi mumkin. Bir nechta ishtirokchi sudga murojaat qilganda da’vo arizasi ushbu ishtirokchilarning barchasi yoki ularning vakili (vakillari) tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak. Bunda da’vogar (da’vogarlar) ulushining miqdori belgilangan tartibda tasdiqlangan ta’sis hujjatlari asosida aniqlanadi.
20. “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 41-moddasiga asosan jamiyat boshqaruv organining qarori ushbu qarorni qabul qilish bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etmagan yoki bahsli qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat ishtirokchisining da’vosi bilan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
20.2. “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 41-moddasining birinchi qismiga ko‘ra jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining ushbu Qonun va boshqa qonunchilik, jamiyatning ustavi talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori ovoz berishda ishtirok etmagan yoki bahsli qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat ishtirokchisining arizasiga ko‘ra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday ariza jamiyat ishtirokchisi qabul qilingan qaror to‘g‘risida bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan e’tiboran ikki oy ichida berilishi mumkin. Bunda ikki oylik muddat yig‘ilishda ishtirok etgan ishtirokchi uchun qaror qabul qilingan kundan, yig‘ilishda ishtirok etmagan ishtirokchi uchun esa u qaror to‘g‘risida bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan boshlab hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudlar shuni e’tiborga olishlari lozimki, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 41-moddasida belgilangan ikki oylik muddat maxsus da’vo muddati hisoblanadi va u sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sudning hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar bergan arizasiga muvofiq qo‘llaniladi. Ushbu muddatning o‘tkazib yuborilganligi sabablari da’vogarning iltimosnomasiga asosan sud tomonidan uzrli deb topilib, FKning 159-moddasiga muvofiq tiklanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
21. “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 8-moddasi birinchi qismining oltinchi xatboshisiga ko‘ra jamiyat ishtirokchisi “...jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligidan qat’i nazar, ushbu Qonunda va jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda istalgan vaqtda jamiyatdan chiqishga... haqli”. Shu munosabat bilan e’tiborga olish kerakki, ishtirokchi tomonidan jamiyatga nisbatan berilgan o‘zini jamiyatdan chiqarish haqidagi talab bilan sudga murojaat qilinganda, bunday talabni qanoatlantirish rad qilinadi.
22. “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 22-moddasining beshinchi qismiga muvofiq jamiyatdan chiqarilgan yoki undan chiqib ketgan jamiyat ishtirokchisining ulushi jamiyatga o‘tadi. Bunda jamiyat undan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchiga ulushining chiqarilish yoki chiqib ketish sanasidan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadigan haqiqiy qiymatini to‘lashi yoki jamiyatdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchisining roziligi bilan unga xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishi shart.
22.1. “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 15-moddasining beshinchi qismiga ko‘ra jamiyatdan chiqarilgan yoki undan chiqib ketgan ishtirokchi tomonidan jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitali) hissa tariqasida foydalanish uchun berilgan mol-mulk, agar ta’sis hujjatida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, u qancha muddatga berilgan bo‘lsa, shuncha muddat davomida jamiyat foydalanishida qolaveradi.
22.2. “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 22-moddasining to‘qqizinchi qismiga ko‘ra ulush (ulushning bir qismi) jamiyatga o‘tgan paytdan e’tiboran bir yil ichida, agar jamiyatning ustavida kamroq muddat nazarda tutilgan bo‘lmasa, jamiyat ulushning (ulush bir qismining) haqiqiy qiymatini to‘lashi yoki xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishi shart.
Sudlar shuni alohida e’tiborga olishlari lozimki, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmuniga ko‘ra ulush qiymati ekspertizani tayinlash yo‘li bilan aniqlanganda, ekspert oldiga ishtirokchi ulushining bozor bahosidagi qiymati emas, balki ulushning jamiyat buxgalteriya hisobotlaridagi ma’lumotlar bo‘yicha qiymatini aniqlash to‘g‘risida savol qo‘yilishi lozim, chunki qonun hujjatlarida ishtirokchining ulushi bozor bahosida to‘lanishi nazarda tutilmagan, bundan chet ellik investor bo‘lgan ishtirokchi mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
22.4. “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 56-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq Chet ellik investor chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonadan chiqib ketgan yoki bu korxona tugatilgan taqdirda, korxona mol-mulkidagi o‘z ulushi pul yoki bozor bahosiga muvofiq ravishda tovar shaklida qaytarilishi huquqini oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Umumiy qoidaga ko‘ra ma’naviy zararni undirish haqidagi talablar iqtisodiy sudlari tomonidan ko‘rilmaydi. Shu bilan birga sudlar inobatga olishlari kerakki, IPK 25-moddasi birinchi qismining 5-bandida nazarda tutilgan ishlar bo‘yicha ishtirokchilar (aksiyadorlar) — jismoniy shaxslarning ma’naviy zararni undirish haqidagi talablari iqtisodiy sudga taalluqlidir. Shuning uchun ma’naviy zararni undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasini yoki talabni qabul qilishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Sudlar shuni inobatga olishi lozimki, IPKning kelishuv bitimi institutini tartibga soluvchi normalari IPK 25-moddasi birinchi qismining 5-bandida nazarda tutilgan nizolar bo‘yicha ishlarga ham tatbiq etiladi. Kelishuv bitimi qonun hujjatlariga xilof bo‘lmasa, shuningdek boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasa, u sud tomonidan tasdiqlanishi mumkin.