14.09.2012 yildagi 12/239-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI PLENUMI VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY XO‘JALIK SUDI PLENUMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish, ular faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini sudlar tomonidan to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17 va 47-moddalariga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarga tadbirkorlik faoliyati subyektlari, ya’ni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning fuqaroviy, ma’muriy va boshqa huquqiy munosabatlardan yuzaga keladigan nizolarga doir ishlar taalluqlidir.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qaroriga asosan birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning e’tibori tadbirkorlik subyektlari ishtirokidagi ishlarni ko‘rish jarayonida qonun hujjatlari talablariga to‘liq va og‘ishmay amal qilish zarurligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tadbirkorlik subyektlari ishtirokidagi nizolarni hal etishda sudlar mazkur subyektlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliqqa oid va boshqa imtiyozlar, preferensiyalarni qo‘llamaslik, ular faoliyatini cheklash sabablarini sinchkovlik bilan o‘rganishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (keyingi matnlarda — Qonun) 13-moddasiga ko‘ra tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tegishli davlat organi tomonidan “bir darcha” prinsipi bo‘yicha va qoida tariqasida, xabardor qilish asosida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar ariza beruvchini tadbirkorlik faoliyati subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni uni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qo‘shimcha talablarni belgilashga haqli emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, tadbirkorlik faoliyati subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etganlik, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini buzganlik ustidan berilgan shikoyat ma’muriy sudlarga taalluqlidir.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etganlik yoki ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlarini buzganlik sud tomonidan qonunga xilof deb topilgan taqdirda, sud aybdor mansabdor shaxsning harakati (harakatsizligi)ga huquqiy baho berishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi (bundan buyon matnda MSIYUtK deb yuritiladi) 67-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishning qonuniyligini isbotlash majburiyati ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ zimmasiga yuklatiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 25/309-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 26-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 25-moddasi mazmunidan kelib chiqib sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega bo‘lmagan fuqaro ishtirokidagi nizolar, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga taalluqli. Qonun bo‘yicha bunday nizolarni hal etish ma’muriy sudlar vakolatiga o‘tkazilgan hollar bundan mustasno.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sudlar shuni inobatga olishlari kerakki, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarni o‘tkazish tartibi qonun hujjatlari bilan qat’iy belgilangan. Xususan, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida boshqa masalalar bilan bir qatorda tekshirishlarni o‘tkazish asoslari, davriyligi va muddatlari tartibga solingan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish o‘tkazishga asos bo‘lgan hujjat bekor qilinganida yoki haqiqiy emas deb topilganida yohud tekshirish qonunda belgilangan asoslar mavjud bo‘lmasdan o‘tkazilgan holda, u noqonuniy hisoblanadi va FPK 71-moddasining ikkinchi qismi, IPK 66-moddasining ikkinchi qismi va MSIYUtK 65-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq tekshirish natijasida olingan ma’lumotlar dalil sifatida qabul qilinmaydi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-sonli Farmonining 3-bandiga ko‘ra, yuridik shaxslarning tugatilayotganida, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilganligi holatlari bo‘yicha bergan murojaatlari asosida o‘tkaziladigan qisqa muddatli tekshiruvlardan tashqari tadbirkorlik subyektlarini rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlari bekor qilingan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2777-sonli Qarorining 2-bandi bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi zimmasiga tadbirkorlik subyektlarini naqd pul mablag‘lari yoki plastik kartochkalar bo‘yicha to‘lov shakliga qarab narxlarni sun’iy ravishda oshirish yoki pasaytirish, nazorat-kassa mashinalarini, hisob-kitob terminallarini ishlatish, shuningdek o‘rnatilgan tartibda talon va cheklar berish, naqd tushumni inkassatsiya qilish (banklarga topshirish) masalalari yuzasidan, belgilangan tartibga muvofiq, birinchi navbatda savdo komplekslarida, chakana savdo va xizmatlar ko‘rsatish tashkilotlarida doimiy asosda tekshiruvlarni o‘tkazib turish yuklatilgan.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar inobatga olishlari kerakki, davlat soliq xizmati organlari bunday tekshirish natijasi bo‘yicha aniqlangan qonun buzilishlar yuzasidan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan huquqiy ta’sir choralari qo‘llash haqidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qonun 39-moddasining o‘n birinchi qismiga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyati subyektlari birlashmalarining a’zosi bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar tadbirkorlik faoliyati subyektlari so‘roviga ko‘ra mazkur birlashmalar vakillarining ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 25/309-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyekti tomonidan tekshirishda birlashma vakilining ishtirok etishi istagi bildirilgan taqdirda, unga birlashma vakilini taklif etish uchun imkoniyat berilishi shart. Sudlarga tushuntirilsinki, bunday imkoniyatning berilmaganligi tekshirishni noqonuniy deb topish uchun asos bo‘lmaydi. Shu bilan birga, sudlar bunday holatga yo‘l qo‘ygan aybdor shaxslarning harakatlariga tegishli huquqiy baho berishlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sudlar inobatga olishlari lozimki, Qonunning 11-moddasiga muvofiq, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek banklar bilan o‘zaro munosabatlarida tadbirkorlik faoliyati subyekti huquqlarining ustuvorligi prinsipi amal qilib, unga muvofiq qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik faoliyati subyektining foydasiga talqin etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash bilan bog‘liq nizolarni hal etishda, agar qonunda moliyaviy sanksiya miqdori belgilanmagan bo‘lsa, sudlar sanksiyaning miqdorini javobgarning mulkiy ahvoli, aybini og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarni hisobga olgan holda belgilashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasi birinchi qismining 1-bandiga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan mahalliy davlat hokimiyati organlarining, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat (ariza) bilan murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi. Ushbu qoida mazkur toifadagi ishlar bo‘yicha sud hujjatlari ustidan shikoyat qilinganda ham tatbiq etiladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, bunday toifadagi ishlar bo‘yicha arizalar berilganda arizachidan davlat bojidan ozod qilish haqidagi iltimosnoma yoki moliyaviy ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotnoma talab qilinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, tadbirkorlik subyektlariga qonuniy faoliyatni amalga oshirishda, jumladan, soliq, moliya va statistika organlariga hisobotlar topshirishda, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarga oid qonuniy imtiyozlar, preferensiyalar qo‘llashda, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari (energiya, gaz, suv, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti va boshqa)ga ulanishga ruxsat olinishida, pul mablag‘lari yoki moddiy boyliklardan erkin foydalanishida davlat organlari yoki mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy aralashuvlar, cheklovlar, sansalorliklar va boshqa shu kabi to‘sqinliklarga yo‘l qo‘yilganligi holatlari aniqlansa, sud ularga nisbatan tegishli choralar qo‘llash haqida xususiy ajrim chiqarishi yoki shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa, u jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qilishi lozim.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 25/309-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sudlarning e’tibori tadbirkorlik subyektlari ishtirokidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyotini muntazam ravishda o‘rganib va umumlashtirib, aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rishlari, mazkur sohaga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan tegishli takliflar berib borishlari lozimligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi B. MUSTAFAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi A. USMANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining raisi D. MIRZAKARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy xo‘jalik sudining sudyasi M. IZRAILBEKOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 14-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12/239-son