11.12.2013 yildagi 20-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda sud amaliyotida kelib chiqqan masalalar munosabati bilan, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarga tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 65-moddasiga ko‘ra, davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi, iste’molchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16 dekbrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur konstitutsiyaviy norma ma’nosidan kelib chiqib, har kim tadbirkorlik faoliyati va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa iqtisodiy faoliyatda o‘z qobiliyati va mulkidan erkin foydalanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasiga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) — tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, o‘z tavakkalchiligi va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlariga belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkor) kiradi (“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkorlik deganda, qonunga ko‘ra, jismoniy shaxs tomonidan mustaqil ravishda, yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, shaxsning u yoki bu faoliyatini tadbirkorlik deb topish uchun ikkita holat mavjud bo‘lishi — daromad topishga qaratilgan harakatlar sistemali ravishda sodir etilishi va bunday faoliyat asosiy, ya’ni kasb faoliyati sifatida amalga oshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan kelib chiqib, bir martalik fuqarolik-huquqiy mazmundagi bitimlar (masalan, uy-joy yoki ko‘chmas mulkni ijaraga berish, shaxsiy buyumlarni sotish, pudrat yoki topshiriq shartnomasiga kura, onda-sonda turli mayda ishlarni haq evaziga bajarish, va h. k) tuzadigan shaxslarni, hattoki bunday bitimlar bir necha marta amalga oshirilgan taqdirda ham, tadbirkorlar deb topish va bunday sifatda davlat ro‘yxatidan o‘tishni talab qilish mumkin emas. Majburiyatlarni mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida bajarish ham tadbirkorlik faoliyati hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikka muvofiq kasbiy faoliyat (xususiy amaliyot)ning ayrim turlari ham tadbirkorlik sifatida qaralmaydi. Chunonchi, advokatlar tadbirkor deb tan olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasiga muvofiq tadbirkorlik faoliyati subyektlari quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka egalik qilishga, undan foydalanish va uni tasarruf etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z faoliyati yo‘nalishlarini, tovarlar yetkazib beruvchilarni va o‘z tovarlari (ishlari, xizmatlari) iste’molchilarini mustaqil ravishda tanlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olishga, tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorida ustun mavqeni egallab turgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z tovarlarini (ishlari, xizmatlarini), ishlab chiqarish chiqindilarini bozor konyukturasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilanadigan narxlar va tariflar bo‘yicha yoki shartnoma asosida realizatsiya qilishga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha ishlab chiqarish xarajatlari o‘rni qoplanib, soliqlar va yig‘imlar to‘langanidan keyin qolgan daromadni (foydani) erkin tasarruf etishga, sud tartibidagi majburiy undiruv hollari bundan mustasno;
(4-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs bo‘lgan boshqa tadbirkorlik subyektlarining muassislari (ishtirokchilari) bo‘lishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashki iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qaroriga asosan sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit olishga, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkini shartnoma shartlari asosida jalb etishga, shu jumladan binolarni, inshootlarni, uskunalarni va boshqa mol-mulkni olishga va (yoki) tekin, ijaraga (lizingga) olishga hamda ularni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga yo‘naltirishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 3-bobida nazarda tutilgan kafolatlarni buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar, bunday harakatlar xususiyati va kelib chiqqan oqibatlarga bog‘liq ravishda, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (bundan buyon matnda — MJtK) XVII-bobida tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan. Shunda tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish deganda quyidagilar tushuniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulk huquqini qonunga xilof ravishda cheklash va (yoki) undan mahrum qilish, xususiy mulkka tajovuz qilish, nomaqbulligi oldindan ayon bo‘lgan shartlarni mulkdorga majburan qabul qildirish (MJtK 2411-moddasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarini pul mablag‘lari hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ajratish bilan bog‘liq homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish (MJtK 2414-moddasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni berishning belgilangan tartibi hamda muddatlarini buzish (MJtK 2415-moddasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llashni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish, qo‘llamaslik yoki qo‘llashga to‘sqinlik qilish (MJtK 2416-moddasi);
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmati ko‘rsatishni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish yoxud uni ko‘rsatishdan bo‘yin tovlash (MJtK 2419-moddasi);
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib qo‘yilayotgan yer uchastkasidagi tadbirkorlik subyektlariga tegishli binolarni, boshqa imoratlarni, inshootlarni yoki dov-daraxtlarni zararning o‘rnini mazkur mol-mulkning bozor qiymati bo‘yicha oldindan va to‘liq qoplamagan holda buzib tashlash (MJtK 24111);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik subyektlar faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishga (xo‘jalik subyektlar faoliyatini qasddan tekshirish tashabbusi bilan chiqish va (yoki) o‘tkazish; xo‘jalik subyektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish; qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hollarda xo‘jalik subyektlarining hisobvaraqlarida pul mablag‘lari mavjudligi to‘g‘risidagi axborotni talab qilib olish) yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar MJtK XVII-bobining tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashishga qaratilgan shunday harakatlarni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etgan mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilishlari lozim (JK 1921 — 1928-moddalari).
(5-bandning ikkinchi — o‘n birinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sudlar qonuniy asoslarda amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatini qonunga xilof ravishda, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunida va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tadbirkorlik faoliyati asoslari va tartibiga rioya etmagan holda daromad (foyda) olishga qaratilgan hamda ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladigan tadbirkorlik faoliyati yuritishdan farqlay olishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qonunga xilof ravishdagi tadbirkorlik faoliyati, odatda, tadbirkorlik faoliyatini quyidagi ko‘rinishlarda amalga oshirishda ifodalanishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxatdan o‘tmasdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat olmagan, vakolatli organni xabardor qilmagan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni soxta hujjatlardan foydalanib olgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish uchun belgilangan talab va shartlar bajarilganligi to‘g‘risida vakolatli organga yolg‘on yoki ishonchsiz ma’lumot taqdim etgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya shartlarini buzgan holda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ro‘yxatdan o‘tmasdan qonunga xilof ravishda tadbirkorlik faoliyatini yuritish deganda, yuridik shaxslar davlat reyestrida va yakka tadbirkorlar davlat reyestrida bunday yuridik shaxs tuzilganligi yoki jismoniy shaxs tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor maqomi olinganligi haqida yozuv mavjud bo‘lmagan yoxud yuridik shaxs yoki jismoniy shaxsning yakka tartibdagi tadbirkor sifatidagi faoliyati tugatilganligi haqida yozuv mavjud bo‘lgan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalash shartlarini buzgan holda qonunga xilof ravishda tadbirkorlik faoliyatini yuritish deganda, jumladan, ishlab chiqarilayotgan va realizatsiya qilinayotgan mahsulotga qo‘yiladigan talablarga rioya etmaslik (masalan, mahsulotning yaroqlilik muddati va ishlab chiqarilgan sanasini ko‘rsatish majburiyligi to‘g‘risidagi shartlar), litsenziyalanayotgan faoliyat turini amalga oshirishga nisbatan qo‘yilgan texnik talablarga rioya qilmaslik (masalan, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan sanitariya-gigiyena sharoitlarining mavjud emasligi), faoliyatni litsenziyada ko‘rsatilgan hududdan tashqarida amalga oshirish tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar “litsenziya”, “ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat”, “vakolatli organni xabardor qilish” tushunchalarini aniqlashda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuniga amal qilishlari lozim.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qonunga xilof ravishda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun javobgarlik turini qonun bunday faoliyat natijasida olinayotgan nazorat qilinmaydigan daromad (foyda) miqdori bilan bog‘laydi. Bunda daromad (foyda) deganda, qonunga xilof ravishda tadbirkorlik faoliyatini yuritish davrida tovar (ish, xizmat)lar realizatsiyasidan mazkur faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar chegirib tashlangan holda olingan pul tushumi tushunilishi lozim.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tushuntirilsinki, litsenziya olinishi lozim bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi litsenziya olingan paytdan yoki unda ko‘rsatilgan muddatdan boshlab vujudga keladi va uning amal qilish muddati tugagandan so‘ng, agar litsenziyada boshqa holat nazarda tutilmagan bo‘lsa, shuningdek, litsenziya to‘xtatilgan, muddatidan ilgari tugatilgan yoki bekor qilingan hollarda tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga ko‘ra, litsenziyalash sohasini davlat tomonidan tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va litsenziya beruvchi organlar (vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari) amalga oshiradilar.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qonun mazmuniga ko‘ra, MJtK 165, 176, 1763-moddalari, JK 188, 190-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar subyekti, nafaqat yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega bo‘lgan shaxs, balki tadbirkorlik faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan holda amalga oshirayotgan shaxs ham bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot tomonidan (mulkchilik shaklidan qat’ii nazar) qonunga xilof ravishda tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilganda, javobgarlikka xizmat mavqeyiga ko‘ra tashkilotga doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo‘yicha rahbarlik qilish majburiyati bevosita yuklatilgan shaxs (masalan, yuridik shaxs ijroiya organi rahbari yoki yuridik shaxs nomidan ishonchnomasiz harakat qilish huquqiga ega bo‘lgan boshqa shaxs), shuningdek, amalda tashkilot rahbarining majburiyati yoki vazifalarini bajarayotgan shaxs tortiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agar shaxs (tashkilot rahbari yoki tashkilotga doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo‘yicha rahbarlik qilish majburiyati yuklatilgan shaxsdan tashqari) o‘z faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazmasdan yoki litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanayotgan tashkilot bilan mehnat munosabatlarida bo‘lsa, bunday shaxs tomonidan mehnat shartnomasidan kelib chiqayotgan majburiyatlarning bajarilishi MJtK 165, 176, 1763-moddalari va JK 188, 190-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik tarkibini tashkil etmaydi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullangan shaxs ayni paytda ro‘yxatdan o‘tishdan ham bo‘yin tovlasa uning harakatlari JK 188-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim bo‘lib, JK 190-moddasi bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunga xilof ravishda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanganlikda va bunday faoliyat natijasida olingan daromaddan soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lamaganlikda aybdor deb topilgan shaxsning harakatlari JK 188 yoki 190-moddasi bilan to‘liq qamrab olinadi va JK 184-moddasi bilan qo‘shimcha ravishda kvalifikatsiya qilinishini talab etmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs daromad olish maqsadi bo‘la turib, JK boshqa moddalarida javobgarlik nazarda tutilgan noqonuniy faoliyat bilan (masalan, o‘qotar qurollar, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlovchi uskunalar, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni, kuchli ta’sir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) shug‘ullangan hollarda, uning qilmishi JK 188-moddasi bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilinishini talab etmaydi.
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131. Tushuntirilsinki, tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etgan shaxslar jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda qoplagan, aybiga iqrorlik va chin ko‘ngildan pushaymonlik bildirgan hollarda, dastlabki tergov organlari va sudlar, JK 65, 66, 70, 71-moddalariga asosan ularni tegishlicha jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish masalasini muhokama qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, JK 79-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq JK 189, 190-moddalari bilan sudlangan shaxslardan sudlanganlik holati muddatidan ilgari JK 78-moddasida sudlanganlik holati tugallanishi uchun nazarda tutilgan umumiy muddatlarning kamida to‘rtdan bir qismi o‘tganda olib tashlanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133. Surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlar Jinoyat kodeksining 13-moddasida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsning ahvolini yaxshilaydigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega ekanligi haqidagi talablarni og‘ishmay bajarishlari lozim.
(133-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining (bundan buyon matnda — Qonun) 5-moddasi quyidagi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat ishlari surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudning ish yurituvida (birinchi, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalarida) bo‘lgan;
(133-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
134. Qonun kuchga kirgunga qadar Jinoyat kodeksi 188, 189-moddalari birinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan, ishlari surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudning ish yurituvida (birinchi, apellyatsiya instansiyalarida) bo‘lgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari Jinoyat-protsessual kodeksi 83-moddasi 2-bandiga asosan tugatilishi, mazkur shaxslar esa, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 36-moddasida nazarda tutilgan muddatlarga rioya etgan holda ma’muriy javobgarlikka tortilishi lozim.
(134-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksi 188, 189-moddalari birinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun jazo o‘tayotgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari Jinoyat-protsessual kodeksi 83-moddasi 2-bandiga asosan tugatilishi, mazkur shaxslar esa, javobgarlikdan umuman ozod qilinishi lozim.
(134-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun amalga kiritilgunga qadar hukm qilingan, biroq jazoni o‘tab bo‘lmagan shaxslarga nisbatan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslarga nisbatan sud qarorlarini Qonunga muvofiqlashtirish masalasi Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda yuqori instansiya sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135. Bir necha jinoyat yoki bir necha hukm bo‘yicha sudlangan shaxslarga nisbatan sud qarorlarini Qonunga muvofiqlashtirishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Jinoyat kodeksi 188, 189-moddalari birinchi qismlari bilan hukm qilingan shaxslar javobgarlikdan ozod qilingan hollarda, bir necha jinoyat yoki bir necha hukm bo‘yicha tayinlangan uzil-kesil jazo turi va miqdorini qayta muhokama qilishlari kerak.
(135-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sudlar tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq barcha ishlarni ko‘rishda, bunday huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon bergan sabab va shart- sharoitlarni aniqlashlari va ularga xususiy ajrim chiqarish yo‘li bilan munosabat bildirishlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi qonunga xilof ravishda tadbirkorlik faoliyatiga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyotini vaqti-vaqti bilan umumlashtirishlari va yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishlarini o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini ko‘rishlari lozim.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud raisi B. MUSTAFAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi v.b., Oliy sud sudyasi G‘. XIDOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 11-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-son