25.01.2019 yildagi 2304-III-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi KENGAShINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2019-yilga moʻljallangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2018-yil 28-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etgan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor yoʻnalishlarni samarali roʻyobga chiqarish, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida bajarish, shuningdek demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlament quyi palatasining rolini yanada kuchaytirish hamda faol ishtirokini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining oʻz ish rejalarini tasdiqlashga doir majlislarining bayonnomalari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2019-yilga moʻljallangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlari (bundan buyon matnda Asosiy yoʻnalishlar deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Asosiy yoʻnalishlarda nazarda tutilgan vazifalar va tadbirlarni oʻz vaqtida hamda sifatli bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining raislari va Devoni rahbari masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Tashkiliy-nazorat va tahlil boʻlimi Asosiy yoʻnalishlarning ijrosi ustidan doimiy monitoring oʻrnatib, uning borishi toʻgʻrisida har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi rahbariyatiga umumlashtirilgan maʼlumot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Asosiy yoʻnalishlarda nazarda tutilgan vazifalar va tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qaror tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari S. OTAMURATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 25-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2304-III-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2019-yil 25-yanvardagi 2304-III-sonli Qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2019-yilga moʻljallangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I. Qonun ijodkorligi faoliyati va tashkiliy tadbirlar

T/r

Amalga oshiriladigan tadbir

Asoslantirish

Bajarish muddati

Masʼul ijrochilar

1-boʻlim. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish

1.

“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisdagi vakili instituti joriy etilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini maromiga yetkazish.

Qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili instituti joriy etilishi munosabati bilan bir qator qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga qaratilgan.

Bunda:

Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisdagi vakilining parlament majlislarida ishtirok etish huquqini tegishli qonunlarda aks ettirish;

Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisdagi vakilining parlament va deputat soʻroviga javob xatlarini hukumat aʼzolari tomonidan oʻz vaqtida yuborilishini taʼminlashga oid normani qonunda mustahkamlash nazarda tutiladi.

2019-yil

yanvar

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

2.

Davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolarning keng ishtirokini taʼminlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan Oliy Majlis palatalarining qoʻshma qarori loyihasini ishlab chiqish.

Qoʻshma qaror loyihasida “Mening fikrim” maxsus veb-portali orqali elektron jamoaviy murojaatlarni Oliy Majlis palatalari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar K�ngashlari bilan bir qatorda Vazirlar Mahkamasi tomonidan ham koʻrib chiqish nazarda tutiladi.

2019-yil

yanvar

Qonunchilik muammolari

va parlament tadqiqotlari

instituti

3.

Hokimiyat vakillik organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlashga qaratilgan “Elektron parlament” tizimi loyihalarini amalga oshirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasida:

vakillik organlarining rasmiy veb-saytining namunaviy shaklini, faoliyat toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan holda toʻplash va qayta ishlash imkonini taʼminlab beruvchi axborot resursini shakllantirish;

Oliy Majlis palatalarida elektron hujjatlar aylanishi tizimini, qonun ijodkorligi faoliyatini avtomatlashtirish jarayonlarini ishlab chiqish va joriy etish;

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida parlamentga axborot-tahliliy xizmat koʻrsatadigan Axborot-multimedia markazini tashkil etish nazarda tutiladi.

2019-yil

fevral

Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

4.

Fuqarolarning saylovga oid huquqlarini taʼminlashni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar rejasida:

ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslarga saylash huquqini berish boʻyicha xalqaro va xorijiy tajribani oʻrganish;

istiqbolda ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslarga sodir etgan jinoyatiga qarab saylash huquqini berish, qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha aniq takliflarni ishlab chiqish;

ushbu masala boʻyicha keng targʻibot va tushuntirish ishlarini olib borish nazarda tutiladi.

2019-yil

fevral

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi (Markaziy saylov komissiyasi bilan birgalikda)

5.

Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi loyihasini maromiga yetkazish.

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

saylov jarayonlarini tartibga solishga qaratilgan qonunlarni yagona kodeksga jamlash yoʻli bilan unifikatsiya qilish;

Qonunchilik palatasidan Oʻzbekiston Ekologik harakati vakillari uchun belgilangan kvotani bekor qilish;

saylovda faqatgina saylov byulletenidan foydalanish maqsadida saylov varaqasini qonunchilikdan chiqarib tashlash;

saylovlarda imzo yigʻish jarayonida saylovchilarning bir vaqtning oʻzida bir nechta nomzodni yoki partiyalarni qoʻllab-quvvatlab imzo chekish huquqini belgilash;

yagona elektron saylovchilar roʻyxati tizimining faoliyat koʻrsatishi va boshqalar.

2019-yil

fevral

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

6.

Oliy Majlis palatalarining norma ijodkorligi va parlament nazorati yoʻnalishidagi faoliyatini kuchaytirish va samaradorligini oshirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida:

qonunlarning mukammalligini taʼminlash maqsadida Oliy Majlis palatalari yuridik xizmatlari negizida Yuridik boshqarmalar tashkil etish, ularning shtat birligini koʻpaytirish;

davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari axborotini eshitish boʻyicha yillik reja-grafik tasdiqlash;

Bosh vazir va hukumat aʼzolarining davlat dasturi ijrosi boʻyicha Oliy Majlis palatalari oldida har chorakda hisobot berish amaliyotini joriy etish;

parlament aʼzolarining har oy oxirgi haftasida oʻz saylov okrugiga chiqib, aholi va saylovchilarni tashvishga solayotgan muammolarni tizimli ravishda �rganib borish amaliyotini joriy etish;

har bir parlament nazorati tadbiri yakuniga koʻra aniq taklif ishlab chiqish, mansabdor shaxslar ishiga tanqidiy baho berish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;

jamiyat va davlatning eng muhim manfaatlariga daxl qiluvchi, mamlakat xavfsizligi asoslariga, uning barqaror rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan muayyan faktlar yoki voqealar sodir boʻlganda parlament tekshiruvi institutidan foydalanish nazarda tutiladi.

2019-yil fevral

Qonunchilik

va sud-huquq

masalalari

qoʻmitasi,

Qonunchilik muammolari

va parlament tadqiqotlari

instituti

7.

Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini Oliy Majlis, viloyat, tuman va shahar davlat organlari rahbarlarini tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlash amaliyotini joriy etishga qaratilgan qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlariga Bosh vazir oʻrinbosarlari, vazirlar va davlat qoʻmitalari raislari nomzodini Bosh vazir taqdimiga binoan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan maʼqullash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlash tartibini belgilash bilan bogʻliq oʻzgartish va qoʻshimchalarni kiritish;

hukumat aʼzoligiga nomzodning sohani rivojlantirish boʻyicha yaqin muddatga va istiqbolga moʻljallangan harakat dasturi bilan deputatlar oldida chiqish qilish tartibini joriy etish;

hukumat aʼzosining oʻz harakat dasturi ijrosini amalga oshirishiga doir masalalar yuzasidan axborotini Oliy Majlis palatalari, ularning qoʻmitalarida muntazam eshitib borish;

viloyat, tuman va shahar davlat organlari rahbarlari nomzodini tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan maʼqullash mexanizmini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

2019-yil fevral

Qonunchilik

va sud-huquq

masalalari

qoʻmitasi,

Qonunchilik muammolari

va parlament tadqiqotlari

instituti

8.

Qonunchilik bazasini tizimlashtirish, toʻgʻridan toʻgʻri ishlaydigan qonunlarni qabul qilish amaliyotini joriy etishga qaratilgan Oliy Majlis palatalarining qoʻshma qarori loyihasini ishlab chiqish.

Qoʻshma qaror loyihasida:

amaliyotdagi muammolarni tanqidiy oʻrganish va eng ilgʻor xorijiy tajribalar asosida toʻgʻridan toʻgʻri ishlaydigan qonunlar tayyorlashni taʼminlovchi qonun hujjatlarini yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishning yagona uslubiyotini;

qonunosti hujjatlarni qisqartirib, ularning oʻrniga toʻgʻridan toʻgʻri ishlaydigan qonunlarni qabul qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash nazarda tutiladi.

2019-yil

fevral

Qonunchilik muammolari

va parlament tadqiqotlari

instituti

9.

Oliy Majlis faoliyatini moliyaviy, moddiy-texnik, tashkiliy taʼminlashni takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida:

Oliy Majlis palatalari qoʻmitalari huzurida ular faoliyatiga bevosita yordam beradigan tegishli tuzilmalar tashkil etish;

parlament aʼzolari va parlament palatalari devoni xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini qayta koʻrib chiqish;

Oliy Majlis budjetini shakllantirish va ijro etishning yangi mexanizmlarini joriy qilish;

parlament delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga tashriflarini va chet el delegatsiyalarini qabul qilishni tashkil etish hamda shu maqsadlar uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlarni sarflash masalasini Oliy Majlis palatalarining tegishli qarori bilan belgilash tartibini joriy qilish nazarda tutiladi.

2019-yil

fevral

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi,

Qonunchilik

va sud-huquq

masalalari

qoʻmitasi,

Qonunchilik

palatasi Devoni,

Qonunchilik muammolari

va parlament tadqiqotlari

instituti

10.

Hokimning xalq deputatlari Kengashi raisi sifatidagi maqomini bekor qilish.

Chora-tadbirlar dasturida:

hokimning xalq deputatlari Kengashi raisi sifatidagi maqomini bekor qilish bilan bogʻliq masalalar;

ushbu masala yuzasidan amaldagi qonunlarga tegishli oʻzgartishlar kiritish nazarda tutiladi.

2019-yil

fevral

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi,

Qonunchilik muammolari

va parlament tadqiqotlari instituti

11.

Oliy Majlisning Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari ustidan parlament nazoratini amalga oshirishdagi axborot-tahliliy faoliyatini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida:

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida davlat budjeti, iqtisodiyot, pul-kredit siyosati masalalarida, shuningdek davlat budjeti ijrosi ustidan samarali parlament nazoratini taʼminlashda deputat va senatorlarga professional, mustaqil va xolis axborot-tahliliy, ekspertlik xizmati koʻrsatuvchi Davlat budjeti boshqarmasini tashkil etish;

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Davlat budjeti boshqarmasiga yuqori malakali kadrlarni jalb qilish, 2019-yilda boshqarmaning joriy taʼminoti, xodimlar mehnatiga haq toʻlashga mablagʻlar ajratish nazarda tutiladi.

2019-yil

mart

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi,

Qonunchilik muammolari

va parlament tadqiqotlari

instituti

12.

Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini yaratish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida:

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasini tashkil qilish yuzasidan taklif tayyorlash va Qonunchilik palatasi Kengashiga koʻrib chiqish uchun kiritish;

har bir davlat tashkilotida jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadigan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki dasturlarni ishlab chiqish;

korrupsiyaga olib kelishi mumkin boʻlgan har qanday xizmatlarni raqamlashtirish, ularni “yagona darcha” tamoyili asosida berish va davlat xizmatlari markazlariga oʻtkazish;

fuqarolarning murojaatlaridan kelib chiqib va korrupsiyaga sharoit yaratuvchi holatlarni oʻrgangan holda, ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish mexanizmlari;

korrupsiya holatlarini aniqlashga yordam koʻrsatuvchi “xolis fuqaro” tizimini joriy etish, bunda jamoatchilik nazorati va nodavlat notijorat tashkilotlarning rolini oshirish;

huquqbuzarliklar va ularga sharoit yaratuvchi omillar haqida xabar berishga imkoniyat yaratuvchi yagona portalni tashkil etish va ishga tushirish;

davlat va xususiy sektor oʻrtasidagi munosabatlarning shaffofligini taʼminlash;

pora berilishi haqida xabar qilgan davlat xizmatchilari, shuningdek korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklar haqida tasdiqlangan xabar bergan shaxslarni ragʻbatlantirish mexanizmlari;

korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalarining faoliyatini tubdan qayta koʻrib chiqish;

korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro reytinglarda Oʻzbekistonning oʻrnini yaxshilash, xalqaro tashkilotlar, shu jumladan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining korrupsiyani oldini olishga oid tavsiyalarini har tomonlama koʻrib chiqish va amalga oshirish choralari nazarda tutiladi.

2019-yil

mart

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi,

Qonunchilik palatasi Devoni,

Qonunchilik muammolari

va parlament tadqiqotlari

instituti

Vazirlar Mahkamasi,

Bosh prokuratura, IIV,
DXX, Adliya vazirligi, vazirlik
va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shah�r
hokimliklari

13.

“Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi qabul qilinishi hamda mamlakat siyosiy sahnasida sogʻlom raqobatning kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasining maqsadi — Oʻzbekiston Ekologik harakati uchun belgilangan kvotani bekor qilish orqali Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar nomzodini ilgari suruvchi subyektlar doirasini maqbullashtirish, mamlakat siyosiy hayotida muhim ahamiyatga ega saylov tizimining huquqiy asoslarini va saylov qonunchiligini takomillashtirish hamda xalqaro standart va meʼyorlarga moslashtirishdan iborat.

2019-yil

mart

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

14.

Toshkent shahrida eksperiment tariqasida amalga oshirilayotgan davlat boshqaruvining yangi tartibini respublikaning boshqa hududlariga joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasida:

xalq deputatlari Kengashlarining kotibiyatini tuzish;

hokimlar boshqaruv apparatlari negizida hokim tomonidan tuziladigan hokimliklar devonlarini tashkil etish;

hududiy moliya, iqtisodiyot, qurilish, uy-joy kommunal va investitsiya boshqarmalari rahbarlarini tayinlash vakolatini hokimlarga berish;

samarasiz davlat unitar korxonalari, hududiy idoralararo komissiyalar va kengashlarni tugatish;

mahalliy budjetga tushumlar ajratmalarini qayta taqsimlash;

davlat ulushi mavjud bozor va savdo komplekslarini ishonchli boshqaruvga berish nazarda tutiladi.

2019-yil iyun

Demokratik institutlar,
nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi,

Budjet va iqtisodiy
islohotlar qoʻmitasi

(Adliya vazirligi
bilan birgalikda)

15.

“Parlament va vakillik nazoratining taʼsirchanligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish yuzasidan taklif tayyorlash.

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

deputat soʻroviga javob xatini soʻrov kimning nomiga yuborilgan boʻlsa, oʻsha mansabdor shaxsning oʻzi tomonidan imzolanishini belgilash;

parlament nazorati yakuni boʻyicha qabul qilinadigan qarorlarning majburiyligini belgilash;

deputatlik faoliyatining kafolatlari buzilgan hollarda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzmagan holda deputatning sudga murojaat qilish huquqini kiritish;

deputatni, senatorni chaqirib olish masalasini koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarning kiritgan soʻrovi emas, balki faqatgina prokurorning tegishli murojaati asos boʻlishini belgilash;

xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatini javobgarlikka tortishga, ushlab turishga, qamoqqa olishga rozilik olish toʻgʻrisidagi masalani faqatgina tegishli xalq deputatlari Kengashining sessiyasida hal etish, ushbu masalani sessiyalar oraligʻida Kengash rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi mansabdor shaxs tomonidan koʻrib chiqilishi amaliyotidan voz kechish.

2019-yil

sentyabr

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

2-boʻlim. Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish

16.

“Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 100, 101 va 102-moddalarini “Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13, 14 va 21-moddalari bilan oʻzaro muvofiqlashtirishga qaratilgan.

Loyihada energiya isrofgarchiligini va energetika jihatidan samarasiz mahsulot ishlab chiqarilishini istisno etadigan mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishning belgilangan energiya jihatidan samaradorligini taʼminlamagan mansabdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik belgilash nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi bir guruh deputatlar tashabbusi bilan tayyorlanmoqda.

2019-yil

aprel

Sanoat, qurilish

va savdo masalalari qoʻmitasi

17.

“Bepul yuridik yordam toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Takliflarda quyidagilar nazarda tutiladi:

yuridik yordam koʻrsatish mexanizmlarini kompleks tartibga solish, fuqarolarning bepul yuridik yordam olishga boʻlgan huquqlarining asosiy kafolatlarini va bepul yuridik yordam koʻrsatish boʻyicha davlat tizimini shakllantirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini belgilash;

ushbu sohada kam daromadli (kam taʼminlangan) fuqarolarning ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining fuqarolik, maʼmuriy ishlar boʻyicha, oilaviy, mehnat va boshqa ijtimoiy masalalar boʻyicha bepul yuridik yordam olishga boʻlgan huquqini kafolatlovchi samarali tizimni joriy etish;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan fuqarolarga bepul yuridik yordam koʻrsatishning protsessual mexanizmlarini belgilash.

2019-yil

aprel

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

18.

“Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining tegishli normalarini “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan muvofiqlashtirishni nazarda tutadi.

Bunda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish organlari vakolatlarini belgilovchi alohida yangi 268-3-modda kiritish, 147, 245 va 248-moddalariga ham tegishli qoʻshimchalar kiritish orqali avtomobil yoʻllari va koʻchalarda ruxsatsiz qazish, taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini sifatsiz olib borish boʻyicha tegishli maʼmuriy javobgarliklarni kiritish nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi bir guruh deputatlar tashabbusi bilan tayyorlanmoqda.

2019-yil

iyul

Sanoat, qurilish

va savdo masalalari qoʻmitasi

19.

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasida tuman, shahar va viloyat sudi sudyalarini tayinlash vazifasini Sudyalar oliy kengashi vakolatiga oʻtkazish, sudyalarning jamoatchilik fikri va ular oldidagi hisobdorligini belgilash nazarda tutiladi.

2019-yil

noyabr

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

3-boʻlim. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish

20.

“Qayta tiklanuvchi energiya manbalari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini maromiga yetkazish va qabul qilish.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan:

sohada davlat boshqaruvining asosiy prinsiplarini belgilash;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning mazkur qonun bilan bogʻliq masalalariga doir qarorlar qabul qilishdagi ishtirokini belgilash;

qonun hujjatlarining amalga oshirilishini taʼminlovchi protsessual mexanizmlarni takomillashtirish, huquqni qoʻllash amaliyoti samaradorligini oshirish;

qayta tiklanadigan energiya manbalarini keng joriy etishga qaratilgan institutsional va huquqiy bazani takomillashtirish.

Qonunning qabul qilinishi energiya sarfini qisqartirish va ishlab chiqarishga energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, shu jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalaridan keng foydalanilishini taʼminlash hisobiga iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.

2019-yil

mart

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

21.

“Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi yuzasidan takliflar tayyorlash.

Qonun loyihasida Budjet kodeksining 71-moddasida mahalliy budjetlarning xarajatlar qismiga nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini ham kiritish nazarda tutiladi.

2019-yil

mart

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

22.

“Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasining maqsadi — mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona foydalanish samaradorligini yanada oshirish, qishloq xoʻjaligi hamda ijtimoiy tarmoqlarda energiya tejovchi innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarni energiya resurslarini tejab ishlatganligi uchun ragʻbatlantirishning qonuniy asoslarini yaratishdan iborat.

Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga qoʻshimcha energiya samaradorligi koʻrsatkichlari oʻlishi shart boʻlgan tovarlar, ishlar, xizmatlar tarkibini belgilash, energiya samaradorligi past boʻlgan mahsulotlarni mamlakatda ishlab chiqarilishini yoki importini cheklash, davlat organlari va tashkilotlariga energetik resurslarni iqtisod qilish darajasini belgilash, energiyadan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish yuzasidan qonunchilik talablariga rioya etilishi boʻyicha davlat nazorati tartibini belgilash kabi normalarni kiritish nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi bir guruh deputatlar tashabbusi bilan tayyorlanmoqda.

2019-yil

aprel

Sanoat, qurilish

va savdo masalalari qoʻmitasi

23.

“Tinchlik maqsadlarida atom energiyasidan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanishni huquqiy tartibga solishga hamda bu sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari hamda asosiy vazifalarni belgilashga qaratilgan.

Mazkur qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda aholi va davlatning elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojlarini taʼminlash hamda atom energiyasidan foydalanishda aholi salomatligi va atrof-muhitni muhofaza qilish uchun huquqiy shart-sharoitlar yaratadi.

2019-yil

aprel

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

24.

“Tinchlik maqsadlarida atom energiyasidan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi munosabati ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish borasida sohaga oid amaldagi qonunlarga tegishli qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish nazarda tutiladi.

2019-yil

may

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

25.

“Ovchilik va ov xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasida:

ovchilik va ov xoʻjaligini yuritish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash;

ovchilik va ov xoʻjaligini yuritish sohasida davlat boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari, ovchilar, ov xoʻjaliklarining huquq va majburiyatlarini aniqlash;

ov hayvonlarining resurslari holati, ular populatsiyasining davlat monitoringi tizimini joriy etish;

xorijiy fuqarolar uchun ov turizmining oʻziga xos xususiyatlarini belgilash nazarda tutiladi.

2019-yil

iyul

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

26.

“Qishloq xoʻjalik oʻsimliklarin� zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasida:

amaldagi qonunda qoʻllanilgan asosiy tushunchalarni toʻliq ochib berish va ularga oʻzgartirishlar kiritish;

Vazirlar Mahkamasi, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qishloq xoʻjalik oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilish sohasidagi vakolatlarini belgilovchi yangi huquqiy normalar bilan mustahkamlab qoʻyish;

xalqaro shartnomalar va konvensiyalarning normalarini milliy qonun hujjatlariga joriy etish hamda toʻgʻridan toʻgʻri ishlaydigan normalarni kiritish nazarda tutilgan.

2019-yil

avgust

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

27.

“Yaylov toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Loyihaning asosiy maqsadi yaylovlardan foydalanish boʻyicha samarali huquqiy mexanizm yaratishni va mazkur sohadagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Bunda:

yaylovga oid munosabatlarni tartibga solish, xususan, yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish;

yaylovlar yerlarining turi, sifati, taʼrifi va umumiy huquqiy tasnifini belgilash,

lalmi va sugʻorilmaydigan yerlardagi yaylovlarni ajratish tartibi, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning yaylovlardan foydalanish borasidagi huquq va majburiyatlari, davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mazkur sohadagi huquq va vakolatlari nazarda tutiladi.

2019-yil

sentyabr

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

4-boʻlim. Ijtimoiy sohani rivojlantirish

28.

“Maktabgacha taʼlim toʻgʻrisida”gi qonun loyihasiga yuzasidan takliflar tayyorlash.

Qonun loyihasining maqsadi amaldagi qonun hujjatlarida mavjud maktabgacha taʼlim sohasiga oid tartib-taomillarni yagona hujjatda mujassamlashtirishdan iborat.

Loyihada:

maktabgacha taʼlim tizimida variativ dasturlar joriy etish;

maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalar qamrovini yanada kengaytirish;

bolalarni maktabga tayyorlash boʻyicha muqobil, moslashuvchan modellarni yetarli darajada rivojlantirish;

taʼlim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish kabi masalalar nazarda tutiladi.

2019-yil

mart

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

29.

“Koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qon�n loyihasida koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarishda vakolatli organning asosiy vazifalari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini takomillashtirish, koʻp kvartirali uylarda umumiy mulkni saqlash, undan foydalanishda boshqaruv kompaniyalari, shirkatlar hamda fuqarolarning huquq va majburiyatlarini aniq belgilab qoʻyish nazarda tutiladi.

2019-yil

aprel

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

30.

“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Loyihada:

fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish sohasida davlat kafolati, ularning asosiy tushuncha va tamoyillari;

fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish sohasidagi tibbiyot tashkilotlarining vazifalarini belgilash;

yordamchi reproduktiv texnologiyalarni qoʻllash tartibi;

fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish boʻyicha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi.

2019-yil

aprel

Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi

31.

“Narkologik yordam toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonunning qabul qilinishi giyohvandlik kasalliklarini profilaktika qilish, tegishli fuqarolarga narkologik yordam koʻrsatish tartibi va shartlarini aniq belgilash hamda bu boradagi ishlarning samaradorligini oshirishni taʼminlash imkonini beradi.

Ushbu qonun loyihasida “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar”gi, “Surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo boʻlgan bemorlarni majburiy davolash toʻgʻrisida”gi qonunlarda va sohaga oid boshqa qonun hujjatlarida mavjud boʻlmagan holatlarni inobatga olish nazarda tutiladi.

2019-yil

may

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

32.

“Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasi yuzasidan takliflar tayyorlash.

Takliflarda:

ish beruvchining iqtisodiy mustaqilligi tamoyillarini kuchaytirish;

qonunosti hujjatlardagi normalarni bevosita qonunda belgilash;

oʻzini oʻzi band qilishning zamonaviy va samarali shakllari, jumladan, masofaviy mehnat, frilansing kabi faoliyat turlarini kengaytirish hamda uning huquqiy maqomini belgilash nazarda tutiladi.

2019-yil

may

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

33.

“Erta yoshdagi bolalar va goʻdaklarni ovqatlantirish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi yuzasidan takliflar tayyorlash.

Qonun loyihasida:

ona suti bilan oziqlantirishni targʻib qilish yoʻli bilan erta yoshdagi bolalarni va goʻdaklarni himoya qilish, xavfsiz va sifatli ovqatlantirishni taʼminlashning huquqiy asoslari;

Koʻkrak suti oʻrnini bosuvchilar marketingi Kodeksi talablariga muvofiq koʻkrak suti oʻrnini bosuvchilar marketingini boshqarish;

koʻkrak suti bilan oziqlantirishning afzalligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va mahsulotni qadoqlash etiketkasida boʻlishi shartligi;

erta yoshidagi bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlarini yoshiga muvofiqligi va bexatarligi asoslari nazarda tutiladi.

2019-yil iyul

Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi

34.

“Oʻqituvchi maqomi toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasi yuzasidan takliflar tayyorlash.

Takliflarda oʻqituvchilik faoliyati bilan bogʻliq huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish va oʻqituvchilarning huquqiy maqomini toʻliq ifodalashni, uning kasbiy faoliyati, ijtimoiy-iqtisodiy mavqeyi, ijtimoiy himoya kafolatlarini joriy etishni taʼminlaydigan shart-sharoitlarni yaratish nazarda tutiladi.

2019-yil

avgust

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

5-boʻlim. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni hamda chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni taʼminlash

35.

“Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini qabul qilish.

Qoʻmita tomonidan ushbu Qonunning ijro etilishi holati Navoiy viloyati misolida nazorat-tahlil tartibida oʻrganildi. Mazkur tadbir yakunlariga koʻra, Qonunda ikki yoqlama talqin etiluvchi normalar, qonunchilik yoʻli bilan hal etilishi talab qilinadigan bir qator kamchiliklar va boʻshliqlar mavjudligi, qonun normalari toʻgʻridan toʻgʻri ishlamasligi aniqlandi.

Qonun loyihasining maqsadi ushbu aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishdan iborat.

Loyiha jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslarga nisbatan ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish uchun yakka tartibda profilaktik taʼsir koʻrsatish, ular tomonidan jinoyatlar sodir etilishini oldini olishga qaratilgan.

2019-yil

yanvar

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

36.

“Uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini koʻrib chiqish.

Qonun loyihasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish nazarda tutiladi.

2019-yil

fevral

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

37.

“Diplomatik xizmat toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasida:

diplomatik xizmat tushunchasi va turlari, diplomatik xizmat organlari, uning vazifasi va funksiyalari, xodimlarning huquq va majburiyatlari;

diplomatik xizmat turlari va ularni amalga oshirish tartibi;

diplomatik xizmatga qabul qilish, rotatsiya tartibi va diplomatik xizmat xodimlarining uzoq muddatli safarda boʻlish muddatlari;

diplomatik xizmat xodimlarini kasbiy tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi, xodimlar faoliyatining samaradorligini bahol�sh mexanizmlari;

diplomatik xizmat koʻrsatuvchi shaxslar maqomi, xorijiy hamkorlar bilan ishlash mexanizmi;

diplomatik xizmat organlarini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash mexanizmlari, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va ularning ijtimoiy taʼminoti nazarda tutiladi.

2019-yil

mart

Xalqaro ishlar

va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi

(Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda)

38.

BMTning “Inson huquqlari sohasida taʼlim va tarbiya deklaratsiyasi” toʻgʻrisidagi nizomini amalga oshirish boʻyicha milliy harakatlar dasturini qabul qilish yuzasidan taklif tayyorlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi bilan milliy harakatlar dasturi tasdiqlanadi.

Dasturda barcha darajada inson huquqlari va erkinliklari haqidagi bilim va koʻnikmalar darajasini yanada oshirib borish nazarda tutiladi.

2019-yil may

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

(Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, TIV bilan birgalikda)

39.

“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2018-yil 28-noyabr kuni oʻtkazilgan Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlashga qaratilgan.

Loyihada muddatli harbiy xizmatga chaqiruvni mart-aprel oylariga oʻtkazish yuzasidan amaldagi qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi.

2019-yil

may

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

40.

“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasi yuzasidan takliflar tayyorlash.

Takliflarda quyidagilar nazarda tutiladi:

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini aniq belgilash;

mamlakatning milliy xavfsizligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini mustahkamlash;

zamonaviy sharoitlardagi tashqi siyosiy, tashqi iqtisodiy sohalarda Oʻzbekistonning milliy manfaatlarini ilgari surish;

barcha davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan strategik hamkorlik hamda doʻstlik munosabatlarining barqaror tizimini barpo etish, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi imiji, oʻrni va taʼsirini mustahkamlash;

xalqaro huquq normalarini implementatsiya qilish, BMT tuzilmalari va maxsus muassasalarining norma ijodkorligi jarayonida faol ishtirok etish.

2019-yil

may

Xalqaro ishlar

va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi

41.

Oʻzbekistonning Parij bitimiga qoʻshilishi munosabati bilan “yashil iqtisodiyot”ga oʻtish boʻyicha davlat strategiyasini ishlab chiqish yuzasidan takliflar tayyorlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasida:

iqlim oʻzgarishiga qarshi tizimli kurashishning ilgʻor mexanizmlarini joriy qilish;

yashil iqlim jamgʻarmasining resurslariga yoʻl ochish;

iqtisodiyotning barcha sohalariga, jumladan ishlab chiqarishga “yashil texnologiyalarini” joriy qilish nazarda tutiladi.

2019-yil iyun

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

(Vazirlar Mahkamasi, “Oʻzgidromet” markazi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Davlat ekologiya qoʻmitasi,
Innovatsiya vazirligi, TIV bilan birgalikda)

42.

Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini mustahkamlash qonsepsiyasini ishlab chiqish yuzasidan takliflar tayyorlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi bilan Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini mustahkamlash konsepsiyasi tasdiqlanadi.

Konsepsiyada:

Oʻzbekistonning nufuzini xalqaro maydonda oshirish maqsadida samarali va keng koʻlamli targʻibot va tashviqot ishlarini yoʻlga qoʻyish, milliy turistik brendni yaratish, xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro manfaatli kelishuvlarga erishish;

xalqaro tashkilotlar vakillarini Oʻzbekistonga taklif qilish va ularni respublikada yuz berayotgan oʻzgarishlar bilan bevosita tanishtirish;

xalqaro tashkilotlar va reyting agentliklari (“Fitch”, “Standart&Prours”, “Mody`s”) bilan Oʻzbekiston Respublikasi vazirlik va idoralari oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish nazarda tutiladi.

2019-yil

avgust

Xalqaro ishlar

va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi

(Tashqi ishlar vazirligi hamda Tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda)

43.

Oʻzbekistonning tashqi siyosiy va iqtisodiy faoliyati sohasidagi hamda xalqaro shartnomalar, bitimlar va konvensiyalarni ratifikatsiya qilishga doir qonun loyihalari ustida ishlash.

Bunda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish hamda Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan tuziladigan shartnomalari va bitimlarini ratifikatsiya qilish nazarda tutiladigan qonun loyihalarini tayyorlash nazarda tutilgan.

2019-yil davomida

Xalqaro ishlar

va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi

44.

Mamlakat tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal qilishda parlament diplomatiyasi rolini kuchaytirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlarda Oʻzbekistonning milliy manfaatlarini xalqaro doirada, jumladan parlamentlararo maydonda va ikki tomonlama munosabatlarda ilgari surishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining xalqaro faoliyatini kuchaytirish;

xorijiy mamlakatlar parlament vakillari bilan toʻgʻridan toʻgʻri muloqotni yoʻlga qoʻyish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni, yaqin va uzoq xorijga ishchi tashriflarni amalga oshirish, hamkorlikni kengaytirish va dolzarb masalalar yechimini izlash maqsadida hamkor mamlakatlarning hukumat va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazish nazarda tutiladi.

2019-yil davomida

Xalqaro ishlar

va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

II. Nazorat-tahlil faoliyati

T/r

Nazorat-tahlil tadbiri

Asoslantirish

Bajarish muddati

Masʼul ijrochilar

1-boʻlim. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Senati Kengashining “Din yoki eʼtiqod erkinligini taʼminlash yuzasidan “Yoʻl xaritasi” toʻgʻrisida”gi 2018-yil 4-maydagi 1646-III/KQ-348-III-sonli Qoʻshma qarorining ijrosini oʻrganish.

Oʻrganishda ushbu Qoʻshma qaror bilan tasdiqlangan Din yoki eʼtiqod erkinligini taʼminlash yuzasidan “Yoʻl xaritasi”da belgilangan tadbirlarning ijrosini tahlil qi�ish nazarda tutiladi.

Oʻrganish yakunlari boʻyicha tegishli davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish belgilangan.

2019-yil

fevral

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

2.

Respublika onkologiya ilmiy markazi faoliyatida “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijro etilishi holatini oʻrganish.

Tadbir Respublika onkologiya ilmiy markazi tizimida aholiga sifatli va tezkor tibbiy xizmatlar koʻrsatish jarayonlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, axborot resurslari va axborot tizimlarini keng joriy qilish ishlarini tahlil qilish hamda jadallashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishga qaratilgan.

2019-yil

mart

Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

3.

“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining joylardagi ijro etilishi holatini oʻrganish.

Tadbirda fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovining sohada qabul qilingan yangi qonun doirasida amalga oshirilishi, ushbu saylovlarga tayyorgarlik koʻrish jarayoni, saylovda koʻproq aholini jalb etish, saylov jarayonining demokratik tarzda, ochiq va shaffof oʻtishini taʼminlash borasida Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi va boshqa tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan ishlarning holatini oʻrganish nazarda tutiladi.

2019-yil

aprel

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

4.

Sanitariya, gigiyena va professional kasalliklar ilmiy tadqiqot instituti faoliyatida “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijro etilishi holatini oʻrganish.

Tadbir sanitariya, gigiyena va professional kasalliklar borasida fuqarolarga sifatli va tezkor tibbiy xizmatlar koʻrsatish jarayonlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, axborot resurslari va axborot tizimlarini keng joriy qilish ishlarini jadallashtirish yuzasidan tahlillar oʻtkazish va takliflar ishlab chiqishga qaratilgan.

2019-yil

may

Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

5.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga “Maʼmuriy qamoqni oʻtash tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati haqida” parlament soʻrovini yuborish.

Parlament soʻrovi ushbu qonunning 2019-yil 1-yanvardan kuchga kirishi munosabati bilan qonundagi vazifalarning ijrosini oʻz vaqtida taʼminlash yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar, xususan, maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalar binolarini qurish va rekonstruksiya qilish kabi masalalar yuzasidan javoblar olishga qaratilgan.

2019-yil

iyun

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

6.

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining “Oʻzbekiston Respublikasida Milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini eshitish.

Tadbirda ushbu Konsepsiyadagi vazifalarning amalga oshirilish holati hamda sohada huquqni qoʻllash amaliyotining samaradorligini oʻrganish nazarda tutiladi.

Eshituvda quyidagi masalalarga eʼtibor qaratiladi:

madaniyat sohasiga oid normativ-huquqiy bazani, ushbu sohadagi institutsional tizimni va madaniyat muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish;

tarixiy va madaniy merosni saqlash hamda uni yosh avlod tarbiyasida keng qoʻllash;

qabul qilinayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniyat sohasiga oid qarorlarning ushbu sohadagi yagona davlat siyosatiga mosligini taʼminlash;

madaniyat sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, madaniyatni yanada keng tadqiq va targʻib etishda innovatsion gʻoyalar va texnologiyalardan samarali foydalanish va boshqalar.

Tadbir yakunida aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish nazarda tutiladi.

2019-yil iyun

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

7.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”g� PQ-4040-sonli Qarorining ijro etilish holatini Jizzax va Samarqand viloyatlari misolida nazorat-tahlil tartibida oʻrganish.

Tadbirni oʻtkazishdan maqsad — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu qarori bilan oqova suv obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha belgilangan vazifalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni mazkur hududlar kesimida oʻrganishdan iboratdir.

Nazorat-tahlil tadbiri yakuni boʻyicha oqova suv obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish boʻyicha chora-tadbirlar va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

2019-yil

oktyabr

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

8.

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining “2016 — 2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi Dasturining bajarilishining borishi toʻgʻrisida”gi axborotini Qonunchilik palatasi majlisida eshitish.

Eshituv 2016 — 2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi Dasturining bajarilishi boʻyicha ishlarning holatini oʻrganishga qaratilgan.

Tadbirda suv resurslari, atmosfera havosi, tuproq, yer osti va yer usti suvlarining ifloslanishi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlari monitoringi, davriy va tezkor maʼlumotlarni tayyorlash, atrof tabiiy muhit monitoringining metrologik asosini va uslubiy bazasini takomillashtirish, atrof tabiiy muhitning yagona monitoring tizimini olib borish uchun ekoanalitik laboratoriyalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish nazarda tutiladi.

Nazorat-tahlil tadbiri yakuni boʻyicha atrof tabiiy muhitni monitoringi sohasidagi qonunchilikni va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, mazkur Dasturdagi tadbirlarni oʻz vaqtida bajarish boʻyicha chora-tadbirlar va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

2019-yil

dekabr

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

2-boʻlim. Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish

9.

“Maʼmuriy qamoqni oʻtash tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijro etilishi holatini oʻrganish.

Tadbir ushbu qonunning 2019-yil 1-yanvardan kuchga kirishi munosabati bilan qonun normalarining samarali ishlashi uchun qonunchilikka kiritilgan oʻzgartishlar monitoringini olib borishga qaratilgan.

2019-yil

iyun

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

10.

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining “Huquqiy targʻibotni amalga oshirish, aholiga qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini yetkazish, shuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oshirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini Qonunchilik palatasi majlisida eshitish.

Eshituvda:

aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari hamda davlat dasturlarining mazmuni va mohiyatini yetkazish tizimini shakllantirish;

aholi oʻrtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish boʻyicha huquqiy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil qilish;

yuridik taʼlimni takomillashtirish, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish masalalariga eʼtibor qaratiladi.

2019-yil

avgust

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

11.

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining “Umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilarning huquqiy bilimlarini oshirish hamda huquqiy bilimlarga doir oʻquv mashgʻulotlarining koʻlamini yanada kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini qoʻmitada eshitish.

Tadbirda oʻquvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, huquqiy targʻibotni amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, taʼlim muassasalarining huquqiy targʻibot va maʼrifat yoʻnalishdagi faoliyatini takomillashtirish kabi masalalarni muhokama qilish nazarda tutiladi.

Eshituv yakunida mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

2019-yil

sentyabr

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

12.

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziriga “Yoshlarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ayniqsa, ularning ongida korrupsiyaning jamiyat va mamlakat ravnaqi uchun oʻta salbiy illat ekanligini targʻib qilish hamda oliy taʼlim muassasalarida talabalarning huquqiy bilimlarini oshirib borilishini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” parlament soʻrovini yuborish.

Parlament soʻrovi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning huquqiy savodxonligini oshirish, yosh avlodning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda talabalarning huquqiy bilimlari uzluksiz va tizimli oshirib borilishini taʼminlash mexanizmini joriy etish masalalariga javob olishga qaratilgan.

2019-yil oktyabr

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

3-boʻlim. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish

13.

Budjet mablagʻlaridan samarali foydalanishning holati va budjet munosabatlarining natijadorligi darajasini Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Qashqadaryo viloyati mahalliy budjetlari misolida davriy oʻrganib borish.

Mazkur nazorat-tahlil tadbiri davomida muntazam:

budjet mablagʻlaridan samarali foydalanilishining tahlili;

ilgʻor xorijiy tajriba asosida maqsadga yoʻnaltirilgan budjetlashtirish tizimiga oʻtilishining holati;

budjet hisobidan moliyalashtiriladigan dastur va loyihalarning ijrosida sifat va miqdor koʻrsatkichlariga amal qilinishining holati;

�yudjet samaradorligini auditdan oʻtkazishning borishi;

davlat moliyasini boshqarishning budjet xarajatlari natijadorligiga asoslangan tizimiga oʻtishning holati oʻrganilib, muhokamalar natijalariga koʻra qoʻmitaning qarori qabul qilinadi.

2019-yil fevral

va mart

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

14.

Budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish va mahalliy budjetlarning yuqori turuvchi budjetlarga bogʻliqlik darajasini qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning holatini Xorazm viloyati misolida oʻrganish.

Hududlarda mahalliy moliya boshqarmalarida mahalliy davlat organlariga tuman (shahar) budjetlarini mustaqil tasdiqlash va ijro etishning borishi oʻrganiladi hamda natijalari yuzasidan:

mahalliy xarajatlarni moliyalashtirish vakolatini bosqichma-bosqich yuqori budjetdan quyi budjetga oʻtkazish;

maqsadli yuqori budjetdan quyi budjetga ajratmalar (transfertlar) berish qoidalari va tartibini takomillashtirish;

mahalliy budjetlarga qoldiriladigan soliqlar boʻyicha ajratmalar meʼyorini unifikatsiyalashtirish (birxillashtirish) va davriy qayta koʻrib chiqish amaliyotini joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlash.

Oʻrganish yakunlariga koʻra qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilinadi.

2019-yil

mart

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

15.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-maydagi “Maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3730-sonli Qarorining ijro etilishi holatini oʻrganish.

Tadbirda mazkur qarorda belgilangan chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish, respublikada sanitariya hamda ekologik vaziyatni, aholiga xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash bilan bogʻliq tadbirlarning ijro holatini oʻrganish nazarda tutiladi.

Oʻrganish yakunlariga koʻra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli takli� va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

2019-yil

mart

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

16.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-yanvardagi “2017 — 2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2731-sonli Qarorining ijro etilishi holatini oʻrganish.

Tadbirda ushbu Dasturda belgilangan Orolboʻyi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, Orol dengizining ekologik falokati oqibatlarini yumshatish boʻyicha investitsiya loyihalarni samarali roʻyobga chiqarish boʻyicha belgilangan vazifalarning ijro holatini oʻrganish nazarda tutiladi.

Tadbir yakuniga koʻra ushbu dasturning oʻz vaqtida bajarilishiga doir tegishli chora-tadbirlar va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

2019-yil

mart

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

17.

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturi qabul qilinganligi munosabati bilan mamlakatimizga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati toʻgʻrisida”gi axborotini Qoʻmitada eshitish.

Tadbir mamlakatimizda investitsiya muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish, xorijiy investitsiyalarni, toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish hamda samarali oʻzlashtirish, mamlakatimizning investitsiya salohiyatini toʻla namoyon etish hamda investitsiyalarni jalb etishga toʻsiq boʻlayotgan cheklovlarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni oʻrganishga qaratilgan.

Tadbir yakunlariga koʻra mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro investitsiyaviy banklar va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, investitsiyaviy loyihalar taqdimotini respublikada va xorijiy davlatlarda oʻtkazishga doir chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarish samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar hamda tavsiyalar ishlab chiqish nazarda tutiladi.

2019-yil

mart

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi

18.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xoʻjaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi direktorining “Respublika tuproq-iqlim sharoitiga mos, qurgʻoqchilikka, shoʻrlikka, issiqlikka, kasallik va zararkunandalarga chidamli, ertapishar va yuqori hosilli qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarining amalga oshirilishi holati toʻgʻrisida”gi axborotini qoʻmitada eshitish.

Tadbir Harakatlar strategiyasida belgilangan qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish borasida eng muhim vazifalardan, shuningdek qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirishda ilm-fanni hayot talablariga moslashtirish, qishloq xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutlarining agrar fan va seleksiyani rivojlantirish, ilgʻor agrotexnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, har bir hududda tuproq va iqlim sharoitiga mos ekin navlarini yaratish hamda joylashtirish borasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada kengaytirish boʻyicha ishlarning holatini oʻrganishga qaratilgan.

Tadbir yakunlariga koʻra qishloq xoʻjaligi sohasida qonunchilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini oshirish hisobiga mahsulot ishlab chiqarishdagi mavjud keng imkoniyatdan samarali foydalanishni taʼminlashga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqish nazarda tutiladi.

2019-yil

may

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

19.

Respublika kasb-hunar kollejlarida hunarmandchilikning talab yuqori boʻlgan turlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlash holatini Fargʻona, Samarqand va Xorazm viloyatlari misolida nazorat-tahlil tartibida oʻrganish.

Tadbirda ushbu hududlarda ehtiyoj yuqori boʻlgan turdosh mutaxassisliklar, shuningdek ishlash boʻyicha amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan malakali kadrlarni tayyorlash, ularga boʻlgan real ehtiyojni, ish beruvchi korxonalarning takliflarini hisobga olgan holda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari uchun zarur mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash boʻyicha kasb-hunar kollejlarining faoliyati oʻrganish nazarda tutiladi.

Oʻrganish yakunlariga koʻra tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish belgilangan.

2019-yil

may

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

20.

Hududlarda sanoatni rivojlantirishning uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning holatini Andijon viloyati misolida oʻrganish.

Tadbirda iqtisodiyotdagi tizimli oʻzgarishlar natijasida yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushini oshirish borasida ayrim shahar va tumanlarda yetarlicha eʼtibor berilmayotganligi, shu sababli har bir tuman va shahar sanoatini rivojlantirish boʻyicha uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqilishi boʻyicha olib borilayotgan ishlarning ahvolini oʻrganish nazarda tutiladi.

2019-yil

may

Sanoat, qurilish

va savdo masalalari qoʻmitasi

21.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-iyuldagi “Ichki bozorni qum-shagʻal materiallari bilan barqaror taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3841-sonli Qarorining ijro etilish holatini Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari misolida nazorat-tahlil tartibida oʻrganish.

Mazkur nazorat-tahlil tadbiri Qarorda nazarda tutilgan faol tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, daryo oʻzanlarini tozalash jarayonida qonunchilik talablari buzilishining oldini olish, bu sohada davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, shuningdek, ichki bozorni qum-shagʻal materiallari bilan barqaror taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan ishlarni tahlil qilishga qaratilgan.

Oʻrganish yakunlariga koʻra tegishli chora-tadbirlar va tavsiyalar ishlab chiqish nazarda tutiladi.

2019-yil

may

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

22.

Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida biznes subyektlarini joylashtirish, ularga imtiyoz va preferensiyalar berishni tashkiliy hamda huquqiy jihatdan tartibga solish masalalarini Navoiy va Toshkent viloyatlari misolida oʻrganish.

Oʻrganishda erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida biznes subyektlarini joylashtirish, ularga imtiyoz hamda preferensiyalar berishni tashkiliy va huquqiy jihatlarini tahlil qilish, amaliyotda uchrayotgan muammolarni bartaraf etish masalalariga eʼtibor qaratiladi.

Tadbir yakunda aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish nazarda tutiladi.

2019-yil

iyun

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

23.

Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining “Respublikada suvdan oqilona foydalanish va suv resurslarini tejovchi texnologiyalarni qoʻllash ishlarining amalga oshirilishi holati toʻgʻrisida”gi axborotini qoʻmitada eshitish.

Tadbir suv resurslaridan oqilona foydalanish, ularni samarali boshqarish, qishloq xoʻjaligi yerlarida suvdan oqilona foydalanish maqsadida suv tejovchi ilgʻor texnologiyalardan, jumladan, tomchilatib sugʻorish usullaridan foydalanish, shuningdek suv xoʻjaligi sohasini rivojlantirishda ilm-fan yutuqlarini qoʻllash va rivojlantirish borasidagi ishlarning holatini oʻrganishga qaratilgan.

Tadbir yakunlariga koʻra bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish nazarda tutiladi.

2019-yil

iyun

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

24.

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining “Budjet maʼlumotlarining ochiqligini va budjet jarayonida jamoatchilikning ishtirokini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini qoʻmitada eshitish.

Eshituvni oʻtkazishdan maqsad — budjet maʼlumotlarining ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish, budjet mablagʻlarining shakllanishi va sarflanishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdan iborat.

Bunda:

2019-yildan boshlab budjet mablagʻlarini taqsimlashda fuqarolar ishtirokining tuman (shahar)lar budjetlari qoʻshimcha manbalarining kamida 10 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilishi;

2020-yildan boshlab Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari axborotlari batafsil bayon etilgan, ilgʻor xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlangan qonun bilan tasdiqlanishi yuzasidan olib borilayotgan ishlar;

Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari, soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari loyihalari, Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar, shuningdek Hisob palatasining xulosalarini joylashtirish orqali budjet xarajatlarining manzilliligi ustidan jamoatchilik nazoratining amalga oshirilishi masalalari muhokama qilinadi.

2019-yil

iyul

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

25.

“Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 34-moddasi talablarining bajarilish holatini Navoiy viloyati misolida oʻrganish.

Nazorat-tahlil tadbirida mutasaddi tashkilotlar tomonidan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni chorvachilik ehtiyojlari uchun tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganish va tahlil qilish nazarda tutiladi.

Tadbir yakunlari boʻyicha qoʻmitaning tegishli qarorini qabul qilish belgilangan.

2019-yil

iyul

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qi�ish masalalari qoʻmitasi

26.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga “Mamlakat eksport salohiyatini oshirishda transport-logistika tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida” parlament soʻrovini yuborish.

Parlament soʻrovida Vazirlar Mahkamasi tomonidan eksport yuklarini qoʻshni davlatlardan temir yoʻl orqali imtiyozli narxlarda oʻtkazish boʻyicha muzokaralar natijalari, shu jumladan, Jahon bankining “Logistika s�maradorligi indeksi”dagi Oʻzbekistonning oʻrnini 20 pogʻona yuqoriga koʻtarish yuzasidan koʻrilayotgan choralar, hamda “Uzbekistan Eyrveys” va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyalari tomonidan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlarni eksport qilish boʻyicha zamonaviy logistika yoʻnalishlarini yaratish boʻyicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan savollarga javob olinadi.

2019-yil

sentyabr

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

27.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining:

“Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2018-yildagi ijrosi yakunlari toʻgʻrisida”gi;

“Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2019-yil I chorakdagi ijrosi yakunlari toʻgʻrisida”gi;

“Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2019-yil II chorakdagi ijrosi yakunlari toʻgʻrisida”gi;

“Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2019-yil III chorakdagi ijrosi yakunlari toʻgʻrisida”gi hisobotlarini eshitish.

Mamlakatimiz bosh moliyaviy hujjatining ijrosi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish Qonunchilik palatasining eng muhim ustuvor vazifalaridan biri hisoblanganligi sababli ushbu masalaga deputatlar tomonidan alohida eʼtibor qaratiladi. Qonunchilik palatasida bu sohada oʻziga xos tajriba shakllangan boʻlib, avvalo, ushbu masala qoʻmitalar, siyosiy partiyalar fraksiyalari va Ekoharakat deputatlar guruhida muhokama qilinib, ularning tegishli qarorlari qabul qilinadi va munosabatlari shakllantiriladi.

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi, siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda Ekoharakat deputatlar guruhining qarorlariga asosan Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining tegishli hisobot davridagi ijrosi yakunlari toʻgʻrisidagi masala Qonunchilik palatasi majlisida koʻrib chiqiladi.

2019-yil

davomida

Budjet va iqtisodiy

islohotlar qoʻmitasi

4-boʻlim. Ijtimoiy sohani rivojlantirish

28.

Oʻzbekiston farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktorining “Aholini sifatli va arzon dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini qoʻmitada eshitish.

Eshituvda aholini sifatli va arzon dori vositalari hamda tibbiy buyumlar bilan taʼminlanish holati, farmatsevtika tarmogʻini yanada rivojlantirish, narx shakllanishi mexanizmlarini takomillashtirish, dori vositalari, tibbiy texnika va buyumlar ishlab chiqarish hajmi va turlarini kengaytirish masalalarini muhokama qilish nazarda tutiladi.

Tadbir yakunida sohadagi mavjud muammolarni hal etish hamda bu boradagi ishlarni yanada yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi.

2019-yil

aprel

Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi

29.

“Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 19-moddasining bajarilish holatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati misolida nazorat-tahlil tartibida oʻrganish.

Nazorat-tahlil tadbirini oʻtkazishdan maqsad — ushbu Qonunning 19-moddasi talablarini mazkur hududlarda ijro etilishi holati yuzasidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirishdan iboratdir.

Tadbir yakuni boʻyicha sohadagi qonunchilikni va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, mazkur Qonun talablarini oʻz vaqtida toʻliq amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar va tavsiyalar ishlab chiqish nazarda tutiladi.

2019-yil

aprel

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

30.

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri oʻrinbosarining “Aholini suyultirilgan gaz va koʻmir bilan taʼminlash borasida har bir oila uchun ajratiladigan limit miqdorini belgilashning asosiy omillari toʻgʻrisida”gi axborotini qoʻmitada eshitish.

Eshituvda aholini suyultirilgan gaz va koʻmir bilan taʼminlash borasida har bir oila uchun belgilangan limit miqdorining asosliligi, koʻmir sifati, uni oʻz muddatida aholiga yetkazib berish hamda bu boradagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlarni muhokama qilish nazarda tutiladi.

2019-yil

may

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

31.

“Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunning ijro etilish holatini Toshkent va Andijon viloyatlari misolida oʻrganish.

Tadbirni oʻtkazishdan maqsad — mehnatni muhofaza qilish tizimida yagona davlat siyosatini yuritish, xodimlarning mehnat qilish jarayonida sogʻligʻini saqlash borasidagi qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, bu borada profilaktika tadbirlarini olib borishda mehnatni muhofaza qilishga oid qonunchilikning ijrosini toʻliq amaliyotga joriy etilishi holatini oʻrganishdan iboratdir.

Oʻrganish yakunlarini qoʻmitaning majlisida atroflicha muhokama qilish nazarda tutiladi.

2019-yil

iyun

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

32.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi direktorining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish va tubdan qayta koʻrib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 725-sonli Vazirlar Mahkamasi qarorining ijrosi doirasida amalga oshirayotgan ishlarning holati toʻgʻrisida”gi axborotini qoʻmitada eshitish.

Tadbirni oʻtkazishdan maqsad — fuqarolarning chet elda mehnat qilish huquqlarini taʼminlash, fuqarolarni xorijda uyushgan holda olish, tayyorlash, moslashtirish tadbirlarini oʻtkazish va ishga joylashtirish jarayonlarini samarali nazorat qilish orqali ularning xorijda mehnat faoliyatini olib borishga doir huquqlarini amalga oshirishda koʻmaklashish boʻyicha olib borilayotgan ishlarni muhokama qilishdan iborat.

Bunda quyidagi masalalarga eʼtibor qaratish nazarda tutiladi:

mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarni ishga joylashishda koʻmaklashish;

fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish jarayonlarini tartibga solish va ularning mehnat huquqlarini taʼminlash masalalari yuzasidan xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlik qilish;

fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish va ularning faoliyatini nazorat qilish.

Tadbir yakunida bu borada yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

2019-yil

avgust

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

33.

Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi raisining “Mamlakatda avtomobil yoʻllarini qurish, taʼmirlash va sifatini oshirishda zamonaviy innovatsion texnologiyalar va materiallarni joriy etish borasida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar toʻgʻrisida”gi axborotini qoʻmitada eshitish.

Eshituv avtomobil yoʻllarini loyihalash va qurish sohasida umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar hamda eng yaxshi tajribalarni, avtomobil yoʻllarining sifatini va xizmat koʻrsatish muddatlarini oshirishni taʼminlaydigan yoʻl qurilishida qoʻllaniladigan zamonaviy innovatsion texnologiyalar va materiallarni �oriy etish, birinchi navbatda, hududlarga yetakchi xorijiy kompaniyalar va yuqori malakali mutaxassislar ishtirokida yirik pudrat tashkilotlarini jalb etish hisobiga, yoʻl xoʻjaligi sohasidagi ilgʻor xorijiy tajriba va amaliyotni faol oʻzlashtirish hamda samarali qoʻllash masalalarini muhokama qilishga qaratilgan.

2019-yil

iyul

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

34.

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari — Bosh davlat sanitariya vrachining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining sanitariya-gigiyena tadbirlarini va epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha talablari bajarilishining holati toʻgʻrisida”gi axborotini Qonunchilik palatasi majlisida eshitish.

Eshituvda sanitariya-epidemiologik vaziyatni yaxshilash, insonlarga yashash muhiti omillarining zararli taʼsirini kamaytirish, uning hayot faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash, yuqumli va parazitar kasalliklar paydo boʻlishining hamda tarqalishining oldini olishga va ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishlarining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish borasidagi ishlarni muhokama qilish nazarda tutiladi.

2019-yil

iyul

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi,

Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi

35.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining “2019-yilda aholi bandligiga koʻmaklashish dasturi hamda “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida”gi axborotini eshitish.

Tadbir ushbu dasturda belgilangan vazifalarning bajarilishi qanday borayotganligini, eng avvalo, taqdim etilayotgan maʼlumotlarning ishonchliligini baholash, kamchiliklar va muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish, shuningdek mansabdor shaxslarning javobgarligini yanada oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini beradi.

2019-yil

iyul

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

36.

“Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijro etilishi holatini Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari misolida oʻrganish yakunlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 26-dekabrdagi 04/3-05-33-sonli qoʻmita qarorining bajarlishini monitoring qilish.

Tadbir ushbu qarorning ijro etilishini monitoring qilish orqali unda belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlashga qaratilgan.

2019-yil

avgust

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

37.

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining “Sogʻliqni saqlash sohasiga oid islohotlarning amalga oshirilishi holati toʻgʻrisida”gi axborotini Qoʻmitada dastlabki tarzda koʻrib chiqqan holda, Qonunchilik palatasi majlisida eshitish.

Tadbir aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlarni, shu jumladan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam xizmatlarini yanada takomillashtirish, tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan taʼminlash, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, aholini dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash, xususiy tibbiyot tashkilotlarini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini tahlil qilishga qaratilgan.

Tadbir yakuniga koʻra sohadagi mavjud muammo hamda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish nazarda tutiladi.

2019-yil

avgust

Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi

38.

Respublika travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi rahbarining “Aholiga travmatologiya va ortopediya xizmatini koʻrsatishning holati toʻgʻrisida”gi axborotini qoʻmitada eshitish.

Eshituvda aholining sifatli hamda samarali ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlardan, xususan, travmatologiya va ortopediya xizmatidan foydalanishini kengaytirish borasida olib borilayotgan ishlarning holatini tahlil qilish nazarda tutiladi.

Tadbir yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif ishlab chiqiladi.

2019-yil

avgust

Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi

39.

Respublika ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi rahbarining “Aholiga ftiziatriya va pulmonologiya xizmatini koʻrsatishning holati toʻgʻrisida”gi axborotini qoʻmitada eshitish.

Eshituvda respublikada sil va nespetsifik oʻpka kasalliklarini barvaqt aniqlash, ularni davolash hamda oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish nazarda tutiladi.

Tadbir yakunida ushbu kasalliklarning oldini olish, barvaqt aniqlash, ularga qarshi kurash sohasidagi faoliyatni kuchaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi.

2019-yil

sentyabr

Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi

5-boʻlim. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni hamda chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni taʼminlash

40.

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining “2018 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash konsepsiyasi” ijrosini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini qoʻmitada eshitish.

Eshituvda 2017-yil 11-iyuldagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3127-son Qarori asosida yoʻl harakati xavfsizligini ishonchli taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan kompleks tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar, jumladan, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalari profilaktikasi tizimini takomillashtirish, nazoratning yuqori samaradorligini, huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash va ularga barham berishni taʼminlaydigan yoʻl harakatini avtomatlashtirilgan tartibga solish tizimini kengaytirish masalalarini muhokama qilish nazarda tutiladi.

2019-yil fevral

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

41.

Shimoliy-gʻarbiy harbiy okrugda qoʻshinlarni tibbiy taʼminoti, shuningdek harbiy meditsina sohasining rivojlanishi holatini oʻrganish.

Nazorat-tahlil tadbirida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2018-yil 9-noyabrda sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish bilan bogʻliq qoʻyilgan vazifalar ijrosini taʼminlash doirasida qoʻshinlarni tibbiy taʼminoti, shuningdek harbiy meditsina sohasining rivojlanishi holatini oʻrganish va qoʻmitaning tegi�li qarorini qabul qilish nazarda tutiladi.

2019-yil mart

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

42.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazining giyohvandlikning oldini olish va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash borasidagi faoliyati boʻyicha axborotini qoʻmitada eshitish.

Eshituvda Qonunchilik palatasi deputatlarining narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan xabardorlik darajasini oshirish, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oʻrganish nazarda tutiladi.

2019-yil may

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

43.

Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida Xorazm va Namangan viloyatlarida amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha mazkur viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining axborotini qoʻmitada eshitish.

Eshituv Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining 2019-yil 10-yanvarda boʻlib oʻtgan kengaytirilgan tarkibdagi yigʻilishida belgilab berilgan vazifalarning ijrosini taʼminlash qaratilgan.

Tadbirda jinoyatchilikka qarshi kurashish, uning oldini olish, profilaktik chora-tadbirlar samaradorligi masalalariga alohida eʼtibor qaratilib, bu borada aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqish va qoʻmitaning tegishli qarorini qabul qilish nazarda tutiladi.

2019-yil

avgust

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

44.

“Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi holatini oʻrganish.

Tadbirda ushbu Qonunda belgilangan normalarning amaliyotda ishlash holati nazorat-tahlil tartibida oʻrganiladi. Bunda:

Tashqi ishlar vazirligining moddiy-texnika bazasini zamonaviy kompyuter texnikasi va dasturiy taʼminot vositalari bilan mustahkamlash, axborot tarmoqlarini modernizatsiyalash, axborot xavfsizligini mustahkamlash;

Oʻzbekiston Respublikasi xorijdagi muassasalarining ishlab turilgan mamlakat bilan faol va tizimli ish olib borish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni monitoring qilishning axborot tizimini joriy etish;

himoyalangan videokonferensaloqa tizimini, shuningdek, xalqaro shartnomalarni, ularning amalga oshirilishini inventarizatsiya va monitoring qilishni yagona hisobga olish elektron maʼlumotlar bazasini yaratish;

veb-saytlarni, konsullik xizmatlarini koʻrsatish tartibini takomillashtirish va ularni elektron shaklga oʻtkazish;

Tashqi ishlar vazirligining murojaatlarni qabul qilish sektori (call-center)ni zamonaviy asbob-uskunalar va aloqa texnika vositalari bilan jihozlash, kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash yagona elektron tizimini va zarur dasturiy taʼminotlarni yaratish;

internet tarmogʻi, shu jumladan, ijtimoiy platformalarning imkoniyatlaridan keng foydalanishni nazarda tutadigan “raqamli diplomatiya”ning qoʻllanilishini kengaytirish masalalariga eʼtibor qaratiladi.

2019-yil

sentyabr

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi

45.

“Biologik xilma xillik toʻgʻrisida”gi (1989-yilda qabul qilingan va 1992-yilda kuchga kirgan, 1995-yilda Oʻzbekiston qoʻshilgan) Konvensiyani bajarilish holatini oʻrganish.

Mazkur oʻrganishni oʻtkazishdan maqsad — Konvensiya talablari bajarilishi samaradorligini oshirish, oʻsimlik va hayvonot dunyosini va ularning yashash hamda oʻsish joylarini muhofaza qilishni taʼminlash, zaif joylarni aniqlash va xavf-xatarlarni kamaytirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Oʻrganish yakuni boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga doir tegishli tavsiyalar ishlab chiqiladi.

2019-yil

oktyabr

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

46.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining amalga oshirilishi holati haqida”gi axborotini eshitish.

Tadbir “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining amalga oshirilishi borasida olib borilayotgan ishlar, xususan, bojxona organlariga yuklatilgan vazifalarning bajarilish samaradorligini oshirish, ushbu sohada kadrlarni tayyorlash hamda qayta tayyorlash tizimini samarali tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarning holatini oʻrganish va tahlil qilishga qaratilgan.

Tadbir yakunlariga koʻra sohani rivojlantirishga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan muammo va kamchiliklarni aniqlab, ularni parlament nazorati shakllaridan foydalangan holda bartaraf etish choralarini koʻrish nazarda tutiladi.

2019-yil

noyabr

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

47.

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining “Mudofaa doktrinasida belgilangan tadbirlarning bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarning holati toʻgʻrisida”gi axborotini qoʻmitada eshitish.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining 2018-yil 28-noyabrda boʻlib oʻtgan kengaytirilgan tarkibdagi yigʻilishida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, Mudofaa doktrinasini amalga oshirilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini tashkil etish, bunda eʼtiborni mudofaa qurilishi masalalariga qaratgan holda bu yoʻnalishdagi faoliyatni yanada kuchaytirish masalalarini muhokama qilish nazarda tutiladi.

har chorakda bir marta

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

III. Konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlar

T/r

Tadbir

Asoslantirish

Bajarish muddati

Masʼul ijrochilar

Konferensiyalar

1.

“Ochiqlik indeksi — davlat organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlashga doir milliy amaliyotning samarali vositasi” mavzusida konferensiya oʻtkazish.

Tadbirda davlat organlarining jamoatchilik institutlariga haqiqiy hisobdorligi tizimini amalga oshirish uchun fuqarolik jamiyati institutlarining resurslarini jalb et ishga doir normativ-huquqiy asoslar va xalqaro amaliyotni oʻrganish, shuningdek davlat organlarining “ochiqlik indeksini” monitoring qilish va baholash jarayonlarining holati va istiqbollarini muhokama qilish nazarda �utiladi.

2019-yil

mart,

oktyabr

Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

2.

“Aholi salomatligini mustahkamlashda sogʻlom turmush tarzining ahamiyati” mavzusida konferensiya oʻtkazish.

Tadbir jamiyatda sogʻlom turmush tarzini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlarni tahlil qilish hamda jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishga qaratilgan.

2019-yil

mart

Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi,

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

3.

“Inson kapitaliga eʼtiborni kuchaytirish — maktabgacha taʼlim borasidagi xorijiy tajribani ommalashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida konferensiya oʻtkazish.

Tadbirda maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga qamrab olishni kengaytirish, davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini barpo etish, Davlatimiz rahbari 2018-yil 28-dekabr kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida qayd etilgan inson kapitaliga eʼtiborni kuchaytirish, shu yoʻldagi muhim amaliy qadam sifatida bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirish masalalarini muhokama qiliga qaratilgan.

Tadbir yakunda taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi nazarda tutilgan.

2019-yil

aprel

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

4.

BMT Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik asosida “Trast fondi” faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik aksiyalari va ekologik tadbirlarni oʻtkazish.

Tadbirlarda BMT Agentliklarini jalb qilgan holda mamlakatimiz tomonidan Orolboʻyi hududini “Ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi” deb eʼlon qilish boʻyicha ilgari surilgan BMT Bosh Assambleyasining maxsus Rezalyutsiyasiga “Trast fondi” Strategiyasining asosiy parametrlarini kiritish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda “Trast fondi” tashkil etilishi maqsadi va asosiy faoliyati natijalari toʻgʻrisida keng jamoatchilikni xabardorligini taʼminlash, Orolboʻyi uchun Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish borasidagi tashabbuslari qoʻllab-quvvatlash nazarda tutilgan.

2019-yil

aprel — iyun

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

5.

“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti: milliy va xalqaro tajriba, mavjud muammol�r va istiqboldagi rejalar” mavzusida konferensiya oʻtkazish.

Tadbirda sohaga oid qonunchilikka kiritilgan tub oʻzgarishlar, nogiron bolasini parvarish qilayotgan onalarga ijtimoiy nafaqa turini joriy etish masalasi, shuningdek “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunning ijrosiga oid muammolar va ularning yechimlari muhokama qilinadi.

Tadbir yakunlari boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi nazarda tutilmoqda.

2019-yil

may

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

6.

“Oʻzbekistonda shahar va qishloqlarimizning meʼmoriy qiyofasini yaxshilash, quriladigan ijtimoiy obyektlarni loyihalashtirishda innovatsion yondashuvlarni joriy etish masalalari” mavzusida konferensiya oʻtkazish.

Tadbirda qurilish-pudrat tashkilotlari va quruvchilarning zamonaviy avlodini yaratish, qurilish sohasini 2030-yilgacha innovatsion rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, sohaga xorijdan malakali mutaxassislarni jalb etish va mahalliy mutaxassislarning chet mamlakatlarda malaka oshirishi uchun barcha zarur sharoitni yaratish, shahar va qishloqlarimizning meʼmoriy qiyofasini yanada yaxshilash, hududlarda qurilishi rejalashtirilayotgan ijtimoiy soha obyektlarini loyihalashtirishda eski qoliplardan voz kechib, innovatsion yondashuvlarni joriy etish masalalari muhokama qilinadi.

Tadbir yakuni boʻyicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

2019-yil

iyun

Sanoat, qurilish

va savdo masalalari qoʻmitasi

7.

“Ekoturizmning hududlarni rivojlantirishdagi ahamiyati: xalqaro va milliy tajriba” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazish.

Tadbir hududlarda ekologik turizmni rivojlantirish, sohaga investitsiyalar jalb etish, kadrlar salohiyatini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishga qaratilgan.

2019-yil

iyun

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

8.

5-iyun — Butun jahon atrof-muhit kuniga bagʻishlangan konferensiya oʻtkazish.

Tadbirning maqsadi — nafaqat tabiatni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlarini takomillashtirish, ekologik toza, resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish va tabiatni muhofaza qilishga doir tadbirlarni oʻtkazish, balki aholining ekologik madaniyati darajasini oshirish, shaharlar va boshqa aholi punktlari hududlarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishga oid amaliy ishlarga aholini jalb qilish masalalari yuzasidan global xususiyatga ega boʻlayotgan ekologik muammolarni hal etishdan iborat.

Konferensiya yakuniga koʻra aholining ekologik madaniyatini oshirish doirasida umumtaʼlim maktablari va boshqa oʻquv yurtlari, oila, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining yoshlarga ekologik taʼlim va tarbiya berish borasidagi saʼy-harakatlarini birlashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish nazarda tutiladi.

2019-yil

iyun

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

9.

“Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish: mavjud holat va istiqboldagi rejalar” mavzusida amaliy konferensiya oʻtkazish.

Tadbirda ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, hududlarda ish beruvchilarning fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish holatlari, muammolar, yechimlar va yangi mexanizmlarni joriy etish masalalari muhokama qilinadi.

Tadbir yakunlari boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi nazarda tutilmoqda.

2019-yil

iyul

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

10.

“Oʻzbekistonda yaylov yerlaridan foydalanish va uning istiqbolli yoʻnalishlari” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazish.

Tadbirda yaylovlarni, saqlash ularni koʻpaytirish va foydalanishning huquqiy asoslarini takomillashtirish, yaylovlar degradatsiyasi hamda ularni muhofaza qilish shuningdek, yaylovlardan oqilona foydalanishning samarali usullarini qoʻllashda chet el tajribasi, sohaga ilm-fan yutuqlari, innovatsion ishlanmalarni keng joriy etish masalalari muhokama qilinadi.

Tadbir yakunlari boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi nazarda tutiladi.

2019-yil

avgust

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

11.

“ICTWEEK Uzbekistan” Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida “Innovatsiyalar, investitsiyalar, axborotlashtirish” mavzusida konferensiya oʻtkazish.

Tadbirda axborot va innovatsion rivojlanishdagi muammolar, ushbu sohaga sarmoyalarni samarali jalb qilish siyosatini amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi.

Tadbir yakuni boʻyicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

2019-yil

sentyabr

Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

Davra suhbatlari

12.

“Oʻzbekistonda yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlashda jahon tajribasining roli: yuqori qiymatga ega mahsulot yaratishning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.

Tadbirda mamlakatimizda narx-navo barqarorligini taʼminlash, makroiqtisodiy barqarorlikni va yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash, iqtisodiyot sohasida statistik hisobotlarni toʻgʻri yuritish va davlatning iqtisodiy salohiyatini aniq baholash kabi masalalarga eʼtibor qaratiladi.

2019-yil

yanvar

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

13.

“Fuqaroning shaxsga doir maʼlumotlarini qayta ishlash jarayonida ularning huquq va erkinliklari himoyasining huquqiy asoslari” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.

Tadbir shaxsiy maʼlumotlarni uzatish va qayta ishlash jarayonlarida axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari muhokamasiga bagʻishlangan xalqaro vebinar tashkillashtirish va oʻtkazishga qaratilgan.

Tadbir yakunida “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish nazarda tutilgan.

2019-yil

fevral

Innovatsion rivojlanish, axborot si�sati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

14.

“Orolboʻyi hududi: ekologik muammolarni hal etishga qaratilgan yangi yondashuvlar va amaliy saʼy-harakatlar” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.

Tadbir Orolboʻyi hududida aholining turmush darajasi, farovonligini oshirish va ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan keng qamrovli amaliy ishlar, ijtimoiy-iqtisodiy hamda ekologik loyihalar va dasturlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan.

2019-yil

fevral

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

15.

“Qishloq xoʻjalik oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilishni takomillashtirish asoslari” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.

Tadbirda lalmi yerlarni oʻzlashtirish, ularni muntazam ravishda dehqonchilik ekinlari ekiladigan yerlarga aylantirish orqali yer resurslaridan samarali foydalanish masalalari, bu borada jahondagi ilgʻor tajribalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Tadbir yakuni boʻyicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi nazarda tutiladi.

2019-yil

mart

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

16.

“Bepul tibbiy xizmat, amaliyot va muammo” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.

Tadbir sohadagi mavjud qonun hujjatlarini inventarizatsiyadan oʻtkazish va tahlil qilish, aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy yordamning davlat tomonidan qoplanadigan kafolatlangan hajmi va turlarini aniq belgilash yuzasidan mutaxassis va ekspertlar fikr mulohazalarini oʻrganishga qaratilgan.

Tadbir yakuni boʻyicha tegishli takliflar ishlab chiqish nazarda tutiladi.

2019-yil

mart

Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi

17.

“Oʻzbekistonda transport-logistika infratuzilmalari imkoniyatlarini oshirishning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.

Tadbirning maqsadi mamlakatimizning transport-logistika infratuzilmalari imkoniyatlarini oshirishning holati va istiqboldagi rejalarni tegishli soha mutaxassislari hamda ekspertlar ishtirokida muhokama etish, sohani tartibga soluvchi qonunchilikni yanada takomillashtirish va tegishli taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

2019-yil

mart

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

18.

22-aprel — Xalqaro yer kuniga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazish.

Tadbir yer resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish, yer resurslarini saqlash masalalarini huquqiy jihatdan tartibga solish sohasidagi qonun hujjatlarini yanada rivojlantirishga doir masalalarni muhokama qilishga hamda tegishli tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan.

2019-yil

aprel

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

19.

“Qonunchilikka sogʻliqni saqlash tizimiga innovatsion texnologiyalar joriy qilinishini ragʻbatlantirishga qaratilgan qoidalarni kiritish” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.

Tadbirning maqsad� tibbiy xizmatlarni koʻrsatish sohasida zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy qilish jarayonlarini ragʻbatlantirish va faollashtirish maqsadida milliy qonunchilik tizimini yanada takomillashtirishga doir masalalarni muhokama qilish hamda tegishli takliflar ishlab chiqishga qaratilgan.

2019-yil

aprel

Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

20.

“Parlament doʻstlik guruhlarining parlamentlararo munosabatlarni rivojlantirishdagi oʻrni” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.

Tadbirda parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirishda, Oʻzbekistonning milliy manfaatlarini ilgari surishda parlament doʻstlik guruhlarining rolini oshirish masalalariga eʼtibor qaratiladi.

2019-yil

aprel

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi

21.

Taʼlim muassasalarida “Oʻzbekiston tarixi fanini oʻqitishning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.

Tadbirda milliy oʻzlikni anglash uchun Vatanimizning qadimiy va boy tarixini oʻrganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini jonlantirish, buyuk alloma va adiblarimiz, aziz-avliyolarimiz, yengilmas sarkarda va arboblarimizning bebaho merosi, milliy qahramonlarimiz jasoratini yoshlar ongiga bolalikdan boshlab singdirish, ularda milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini shakllantirish nazarda tutilgan.

2019-yil

may

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

22.

“Malakali tibbiyot xodimi — sifatli tibbiy xizmat” mavzusida davra suhbati oʻ�kazish.

Tadbirda malakali tibbiyot xodimlarini tayyorlashda nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni kuchaytirish masalasi mutasaddi vazirliklar, oliy tibbiy taʼlim muassasalari ishtirokida muhokama qilinadi.

Tadbir yakunida tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish nazarda tutiladi.

2019-yil

may

Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi

23.

“Mamlakatimizda urbanizatsiya darajasini bosqichma-bosqich oshirishning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.

Tadbirda qishloq joylarda namunaviy uy-joylar qurish dasturlaridan bosqichma-bosqich shahar va posyolkalarda koʻp qavatli uylar qurishga oʻtish, bunda kommunal-muhandislik infratuzilmasi uy-joylarni qurish bilan uzviy bogʻliq holda rivojlantirish, bu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida Urbanizatsiya va uy-joy qurilishi boʻyicha maxsus jamgʻarmaning tuzilishi va bu yangi tizim orqali hududlarimiz qiyofasini yanada obod qilishga hamda aholi farovonligini oshirishga erishish masalalari muhokama qilinadi.

2019-yil

iyun

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

24.

Xalqaro bioxilma-xillikni saqlash kuniga bagʻishlab “Barqaror rivojlanish maqsadida biologik xilma-xillik resurslarini saqlashning zarurati va ahamiyati” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.

Tadbirning maqsadi barqaror rivojlanish uchun biologik xilma-xillik resurslarini saqlashning ahamiyati va muhimligini, shuningdek oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklashning huquqiy rejimini, biologik resurslardan oqilona foydalanishni roʻyobga chiqarishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmini, ulardan oqilona foydalanishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini belgilovchi normalarning amalga oshirilishini taʼminlash masalalarini muhokama qilishdan iborat.

Tadbir yakunida sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish, biologik xilma-xillikning saqlanishini taʼminlashga qaratilgan iqtisodiy va maʼmuriy chora-tadbirlar kompleksini qabul qilish nazarda tutiladi.

2019-yil

iyun

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

25.

“Davlat kafolatlangan budjeti, bosh davlat moliyaviy hujjatining tarmoqlar va hududlarda ijro etilishi: budjet taqchilligini operativ qoplashning qoʻshimcha imkoniyatlari va manbalari” mavzusida turkum muloqotlar oʻtkazish.

Turkum muloqotlarda hududlarda, iqtisodiyotning tarmoq yoʻnalishlari korxonalarida davriy kutilayotgan taqchillikni kamaytirish masalalariga eʼtibor qaratiladi.

Tadbirlar yakuniga koʻra manfaatdor vazirliklarga mavjud muammolar yuzasidan aniq choralar koʻrish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

2019-yil

iyul

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

26.

“Jamiyat va davlat oldida turgan vazifalarni hal etishda ijtimoiy sheriklik institutini kengaytirish” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.

Tadbirda ijtimoiy sheriklikning amaldagi “davlat + fuqarolik jamiyati institutlari” mexanizmini “davlat + fuqarolik jamiyati institutlari + tadbirkorlik subyektlari” mexanizmiga oʻzgartirish, davlat boshqaruvi organlari budjetdan tashqari mablagʻlari xarajatlari smetasida davlat ijtimoiy buyurtmasini berish uchun majburiy tartibda mablagʻlar ajratish, joylarda ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyalari aʼzolarini moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Tadbir yakunida tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish nazarda tutiladi.

2019-yil

iyul

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

27.

“Aholini ish bilan taʼminlash — davlat siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishi” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.

Tadbirdan koʻzlangan maqsad — “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonun va tegishli qonunosti hujjatlarini inventarizatsiyadan oʻtkazish natijalarini muhokama qilish, mazkur masalada bugungi amaliyotni tahlil qilish hamda xalqaro tajribani oʻrgangan holda qonunni yangi tahrirdagi loyihasi yuzasidan tegishli takliflarni ishlab chiqishdan iborat.

2019-yil

avgust

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

28.

“Raqamli iqtisodiyotning qonunchilik asoslarini shakllantirish” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqib, qonunchilikka tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish uchun dolzarb yoʻnalishlarni aniqlab olish, global raqamli iqtisodiyot amaliyotiga milliy qonunchilikni uygʻunlashtirish, ilmiy va ekspertlar hamjamiyatini jalb qilish masalalari muhokama qilinadi.

Tadbir yakuni boʻyicha tegishli takliflar ishlab chiqish nazarda tutiladi.

2019-yil

oktyabr

Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

29.

“Zamonaviy kadrlar tayyorlash va oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyoj: davlat buyurtmasi, muammo va istiqboldagi rejalar” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.

Tadbir oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini davlat buyurtmasi asosida tayyorlash, ularni iqtisodiyotning real sektoridagi ish beruvchilar bilan aloqasini mustahkamlash hamda bandligini taʼminlash borasidagi masalalarni oʻrganishga qaratilgan.

Tadbir yakuni boʻyicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish nazarda tutiladi.

2019-yil

oktyabr

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

30.

“Millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlashda milliy madaniy markazlarning oʻrni” mavzusida amaliy muloqot oʻtkazish.

Amaliy muloqotda millatlararo va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlashda milliy madaniy markazlarning ahamiyati, milliy madaniy markazlar faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va yanada rivojlantirish, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-maʼrifiy aloqalarni kengaytirish borasida olib borilayotgan ishlarga eʼtibor qaratiladi.

2019-yil

noyabr

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi

31.

Qurolli Kuchlarimizda jangovar ruhni yuksaltirish, askar va ofitsyerlarimizni jismoniy va maʼnaviy jihatdan barkamol etib tarbiyalash masalalariga bagʻishlangan harbiy qism va harbiy taʼlim muassasalarida turkum uchrashuvlar va davra suhbatlari tashkil etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining 2018-yil 28-noyabrda boʻlib oʻtgan kengaytirilgan tarkibdagi yigʻilishida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, oʻtkaziladigan tadbirlarda yangi qonunlar, mamlakatimiz Prezidentining Farmon va qarorlari hamda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga eʼtibor qaratiladi.

2019-yil davomida

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

Seminarlar

32.

“Vatan himoyasi — muqaddas burch” mavzusida 14-yanvar — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli �uchlari tashkil etilgan kuni”ga bagʻishlangan turkum seminarlar

Turkum seminarlarda yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy xizmatga hurmatni oshirish, yoshlarda Vatanga sadoqat tuygʻusini shakllantirish, ularni oʻz fuqarolik burchi va konstitutsion majburiyatlarini bajarishga, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga qodir shaxslar etib tarbiyalash masalalariga eʼtibor qaratiladi.

Turkum seminarlarni harbiy qismlar va oliy oʻquv yurtlarida oʻtkazish nazarda tutilgan.

2019-yil yanvar

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

33.

“Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni taʼminlashga qaratilgan strategiyamizning ustuvor yoʻnalishlari” mavzusida seminar oʻtkazish.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqib, mamlakatimiz tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishi boʻlgan Markaziy Osiyo mintaqasidagi qoʻshni davlatlar bilan amaliy va oʻzaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishning muhim vazifalari muhokama etiladi.

2019-yil yanvar

Xalqaro ishlar

va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi

34.

“Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda suvni tejovchi ilgʻor texnologiyalardan foydalanish va uning istiqbollari”ga bagʻishlangan xalqaro seminar oʻtkazish.

Tadbirda mutaxassislar, ekspertlar, fermer, dehqon xoʻjaliklar va tomorqa yer egalari ishtirokida Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda suvni tejovchi ilgʻor texnologiyalar, jumladan tomchilatib sugʻorish tizimi va uni joriy etish istiqbollari muhokama qilinadi.

Tadbir yakunida tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish nazarda tutiladi.

2019-yil

yanvar

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

35.

“Qishloq xoʻjaligi sohasidagi klastyerlar va ularni rivojlantirish asoslari” mavzusida seminar oʻtkazish.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqib, soha mutaxassislari va ekspertlar ishtirokida Qishloq xoʻjaligida, xususan, paxta-toʻqimachilik va urugʻchilik sohasida klastyerlarni tashkil etish, ularni rivojlantirishning huquqiy va tashkiliy asoslari, uning mohiyati va ahamiyati muhokama qilinadi.

Tadbir yakuni boʻyicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish nazarda tutiladi.

2019-yil

yanvar

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

36.

“Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoatining rivojlanishida klaster tizimining afzalliklari” mavzusida seminar oʻtkazish.

Seminar mamlakatimizda yengil sanoat sohasida olib borilayotgan islohotlarning samaradorligi, klaster tizimining afzalliklari, tarmoqda oʻz yechimini kutayotgan masalalarni muhokama qilishga qaratilgan.

2019-yil

mart

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

37.

“Maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlar sohasida qonuniylikni mustahkamlash” mavzusida seminar oʻtkazish.

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeks normalarining samarali ijrosini taʼminlash va uning mazmun-mohiyatini ijrochilarga yetkazish masalalarini muhokama qilishga qaratilgan.

2019-yil

mart

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

38.

“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovining yangicha tizimi” mavzusida seminar oʻtkazish.

Tadbirda “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning va sohaga oid qator qonun hujjatlarning mazmun-mohiyatini targʻib qilish, saylovlarni qabul qilingan qonunlar doirasida amalga oshirish, unda koʻproq aholini jalb etish usullari hamda saylovlar jarayonining demokratik tarzda, ochiq va shaffof oʻtishini taʼminlash masalalarini muhokama qilish nazarda tutiladi.

2019-yil

mart-aprel

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

39.

“Oʻzbekiston Respublikasining intellektual mulk huquqlarini muhofaza qilish sohasida bir qator xalqaro shartnomalarga qoʻshilishi toʻgʻrisidagi qonunlarning mazmun-mohiyati” mavzusida turkum seminarlar oʻtkazish.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasining “Fonogramma tayyorlovchilarning manfaatlarini ularning fonogrammalarini noqonuniy takrorlanishidan muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Jeneva konvensiyasiga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi Qonuni, “Butunjahon intellektual mulk tashkilotining mualliflik huquqi boʻyicha shartnomasiga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi Qonuni, “Butunjahon intellektual mulk tashkilotining ijrolar va fonogrammalar boʻyicha shartnomasiga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi Qonuni, shuningdek intellektual mulk obyektlaridan qonunga xilof foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonunlarning mazmun-mohiyatini ijrochilarga va aholiga yetkazish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilish nazarda tutiladi.

2019-yil

aprel

Innovatsion rivoj�anish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

40.

“Homilador ayollar va bolalarning sogʻlom ovqatlanishidagi muammolar va ularning yechimi mavzusida” seminar oʻtkazish.

Tadbirda xalqimiz genofondini saqlash uchun homilador ayollar va bolalarning ovqatlanish ratsioni boʻyicha amaldagi meʼyorlarni xalqaro standartlar asosida qayta koʻrib chiqish, ularning ovqatlanish ratsionini tartibga solish masalalari muhokama qilinib, tegishli tavsiyalar ishlab chiqiladi.

2019-yil

aprel

Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi

41.

“Monetar siyosatni takomillashtirishning dolzarb masalalari: bugungi holat va istiqboldagi vazifalar” mavzusida seminar oʻtkazish.

Tadbir ekspertlar ishtirokida monetar siyosatni takomillashtirish va narx barqarorligini taʼminlash, bu borada xorijiy davlatlarning ijobiy tajribasini qoʻllash masalalarini muhokama qilishga qaratilgan.

Tadbir yakunida tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish nazarda tutiladi.

2019-yil

may

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

42.

“Inson huquq va erkinliklarini taʼminlashning “milliy preventiv mexanizmi” mavzusida seminar oʻtkazish.

Tadbirda Oʻzbekistonda inson huquq va erkinliklarini taʼminlashda “milliy preventiv mexanizmi” institutining joriy etilganligi, bu borada parlamentning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning roli, qamoqda saqlash joylarida shaxsni qiynoqlarga solish va unga nisbatan shafqatsiz muomalada boʻlishning oldini olishda Ombudsmanga koʻmaklashuvchi institutlar, xususan, bu borada nodavlat notijorat tashkilotlar vakillaridan iborat ekspertlar guruhini shakllantirish tartibi v� boshqa masalalarni muhokama qilish hamda tavsiyalar ishlab chiqish nazarda tutiladi.

2019-yil

may

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

(Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) bilan hamkorlikda)

43.

Hududlarda “Mehnat muhofazasi va xavfsizligini taʼminlash — mehnat unumdorligining garovidir” mavzusida turkum seminarlar oʻtkazish.

Seminarlar “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning va sohaga oid qator qonunosti hujjatlarning mazmun-mohiyatini masʼul ijrochilarga yetkazish, rahbarlarning mehnatni muhofaza qilish masalalariga eʼtiborini kuchaytirish, qonun normalari ijrosini taʼminlash orqali turli baxtsiz hodisalarning oldini olish masalalari muhokama etiladi.

2019-yil

may

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

44.

“Xotira muqaddas — hayot qadrli” mavzusida 9-may — “Xotira va qadrlash” kuniga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy va vatanparvarlik turkum tadbirlari

Tadbirlarda urush faxriylari, ishtirokchilari va urushda qurbon boʻlganlarning oilalaridan xabar olish, mamlakatimiz ozodligi va mustaqilligi uchun jon bergan mard oʻgʻlonlar xotirasini abadiylashtirish muhimligi nazarda tutiladi.

Turkum tadbirlar “Vatanparvar” tashkiloti, oliy oʻquv yurtlari, korxona va tashkilotlar hamda harbiy qismlarda oʻtkazish nazarda tutilgan.

2019-yil

may

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

45.

“Ilmiy ishlanmalar “Nou-xau”lar sohasiga investitsiyalarni jalb etishda imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlarni jalb etish boʻyicha xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy donorlar bilan oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida seminar oʻtkazish.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqib, mamlakatimizda investitsiyalarni ilmiy ishlanmalar “nou-xau”lar sohasiga keng jalb etish, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini tubdan isloh qilish hamda bu borada xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy donorlar bilan oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Tadbir yakuni boʻyicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish nazarda tutiladi.

2019-yil

iyun

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

46.

17-iyun — Jahon choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurashish kuniga bagʻishlangan seminar oʻtkazish.

Tadbirda tuproq degradatsiyasining oldini olish boʻyicha koʻrilayotgan choralar samaradorligini oshirish, sanoatni rivojlantirishda ekologik muvozanatni hisobga olish, yer resurslarini boshqarish boʻyicha xalqaro loyihalar koʻlamini kengaytirish, yerlarning unumdorligini, ekologik targʻibot ishlari taʼsirchanligini oshirish masalalari muhokama etilib, tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

2019-yil

iyun

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

47.

“Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni joriy qilishning qonunchilik asoslari” mavzusida turkum seminarlar oʻtkazish.

Tadbirda iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasi mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish nazarda tutilgan.

2019-yil

iyun

Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

48.

“Renovatsiya dasturi — aholi turmush sharoitini yaxshilash hamda zamonaviy sharoitga ega boʻlgan yangi uylar qurish dasturining muhim sharti” mavzusida seminar oʻtkazish.

Seminar aholi turmush sharoitini yaxshilash, uni munosib turar-joy bilan taʼminlash, xalqimiz farovonligini oshirish hamda Renovatsiya dasturini ishlab chiqish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning holatini muhokama qilishga qaratilgan.

2019-yil avgust

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

49.

16-sentabr — Xalqaro ozon qatlam�ni himoya qilish kuniga bagʻishlangan seminar oʻtkazish.

Tadbirda Vena konvensiyasi talablarini kelgusida amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish, atmosfera havosini muhofaza qilish masalalari muhokama qilinadi hamda tegishli tavsiyalar ishlab chiqiladi.

2019-yil

sentyabr

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

50.

“Oʻzbekistonning iqtisodiy imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishda, ishlab chiqarish hamda resurslar salohiyatidan keng koʻlamda va samarali foydalanilishini taʼminlashda erkin iqtisodiy zonalarining roli” mavzusida seminar oʻtkazish.

Tadbir sohadagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va Qarorlari ijrosini taʼminlash, mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni keng jalb etish borasida olib borilayotgan keng koʻlamli ishlarning holati yuzasidan maʼlumot berish, sohani yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan.

2019-yil

oktyabr

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

51.

Jamoatchilikni saylov qonunchiligi yangiliklari bilan keng tanishtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining mohiyati va ahamiyati hamda aholining elektoral madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan davra suhbatlari, konferensiyalar va seminarlar oʻtkazish.

Tadbirlarda saylov jarayoni ishtirokchilariga saylov institutining muhimligi, jamiyatda fikrlar plyuralizmi, koʻp partiyaviylikni rivojlantirish, davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirish, davlat va jamiyat boshqaruvida har bir saylovchining shaxsan ishtiroki muhimligini tushuntirish masalalarini muhokama qilish nazarda tutiladi.

2019-yil

aprel — dekabr

Barcha qoʻmitalar