Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-maydagi 296-son “Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 734-son “Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
 LexUZ sharhi
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar maxsus qabulxonalarda saqlanadi va ushbu Qonunning 20-moddasi talablariga rioya etilgan holda umumiy kameralarga yoki bir kishilik kameralarga joylashtiriladi.
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni bir kishilik kameralarda saqlash ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilishini ta’minlashning boshqa imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy qamoqqa olingan fuqarolari, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqlardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida, davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovda va O‘zbekiston Respublikasining referendumida qonun hujjatlariga muvofiq ishtirok etish huquqiga ega.
Ma’muriy qamoqqa olingan chet el fuqarolari, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqlardan tashqari, o‘z davlatlarining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan, O‘zbekiston Respublikasida diplomatik va konsullik muassasalariga ega bo‘lmagan mamlakatlarning fuqarolari esa, ularning manfaatlarini himoya qilishni o‘z zimmasiga olgan davlatning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan aloqa bog‘lash huquqiga ega.
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-iyuldagi 535-son qarori bilan tasdiqlangan “Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni undirish tartibi to‘g‘risida nizom”, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 14-avgustdagi 220-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalarning ichki tartib qoidalari”ning 15-bobi.
Oldingi tahrirga qarang.
(24-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Vafot etgan shaxsning jasadi sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazilganidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan boshqa harakatlar bajarilganidan keyin uning eri (xotini), ota-onasi, farzandlariga va boshqa qarindoshlariga yoki qonuniy vakillariga yoxud dafn etishni amalga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan o‘zga shaxslarga topshiriladi.
 LexUZ sharhi

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi