17.01.2019 yildagi PF-5635-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili” deb eʼlon qilingan 2018-yilda mamlakatimizda iqtisodiyot, ijtimoiy soha va davlat boshqaruviga zamonaviy ilm-fan yutuqlari, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilingan 2018-yilgi Davlat dasturini roʻyobga chiqarish doirasida 21 trillion soʻm va 1 milliard AQSh dollariga teng 76 mingta loyiha amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga muvofiq 400 dan ortiq qishloq va mahallalarda munosib turmush sharoitlarini yaratishga qaratilgan qurilish va obodonlashtirish ishlariga 3 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Har bir oila — tadbirkor” va “Yoshlar — kelajagimiz” dasturlari doirasida 2 trillion soʻmga yaqin mablagʻ ajratilib, joylarda 2 600 dan ortiq biznes loyihalar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va mehnatga haq toʻlash tizimini yanada takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratildi hamda bu aholining real daromadlarini 2017-yilga nisbatan 12 foizga oshirish imkonini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi oʻquv yoʻnalishlarni ochish va qabul kvotalarini oshirish hisobiga oliy taʼlim olish imkoniyatlari salmoqli darajada kengaytirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq maʼmuriyatchiligining mohiyatan yangi tartibi joriy etilgani sababli soliqlarning prognozdan oshirib bajarilgan qismi hisobidan mahalliy budjetlar ixtiyorida 5,5 trillion soʻm mablagʻ qoldirildi. Bu 2017-yilgi koʻrsatkichlarga nisbatan 6 barobar, 2016-yilga nisbatan 32 barobar koʻpdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, iqtisodiy rivojlanishni ragʻbatlantirish, ishbilarmonlik muhiti va investitsiyaviy jozibadorlikni yaxshilash, aholi daromadlarini oshirish va biznes uchun soliq yukini kamaytirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, yagona ijtimoiy toʻlov stavkasining 12 foizgacha pasaytirilishi hamda yuridik shaxslarning aylanmasi (tushumi)dan davlat maqsadli jamgʻarmalariga undiriladigan majburiy ajratmalarning bekor qilinishi korxonalar ixtiyorida qoʻshimcha mablagʻlar qolishi uchun shart-sharoit yaratdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilda 18 ta davlatlararo tashriflar amalga oshirildi va 50 milliard AQSh dollariga teng investitsiyaviy kelishuvlarga erishildi. Bugungi kunda yurtimizda chet el investitsiyalari hisobidan qiymati 23 milliard AQSh dollari miqdoridagi 456 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi ijrosini taʼminlash, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Umumiy qiymati 16,9 trillion soʻm va 8,1 milliard AQSh dollariga teng loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi hamda quyidagilarga qaratilgan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda — Davlat dasturi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida — parlamentning muhim qarorlar qabul qilish va qonunlar ijrosini nazorat etish faoliyatini kuchaytirish, ijro etuvchi hokimiyat tizimini optimallashtirish, maʼmuriy islohotlarni davom ettirish, davlat boshqaruvida zamonaviy menejment uslublarini keng qoʻllash, davlat xizmatlarini rivojlantirish, davlat xizmatiga malakali mutaxassislarni jalb etishga qaratilgan yagona kadrlar siyosatini shakllantirish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolat va masʼuliyatini qayta koʻrib chiqish, ularning mustaqilligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasida — sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligiga erishish, aholi tinchligi, xavfsizligini va qonuniylikni taʼminlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish boʻyicha zarur choralar koʻrish, jinoyat qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb etish sohasida — makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, sogʻlom raqobat uchun zarur sharoitlarni yaratish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini jiddiy ravishda kamaytirish, yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini saqlab qolish, “xufyona” iqtisodiyotga qarshi kurashish va uning ulushini keskin qisqartirish, valyuta siyosatini erkinlashtirishni davom ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy rivojlanish sohasida — aholi oʻrtasida ishsizlikni kamaytirish, odamlarning daromadlarini oshirish, fan va uzluksiz taʼlimni rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash va ular bilan aholini qamrab olishni kengaytirish, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, odamlarning turmush sharoitlarini yaxshilash, ularni munosib turar joy bilan taʼminlash va farovonligini oshirish, jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, turizmni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash, shuningdek tashqi siyosat sohasida — mamlakatimiz mudofaa qudratini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining salohiyatini mustahkamlash, milliy mudofaa sanoati kompleksini shakllantirish, ekologik xavfsizlikni taʼminlash, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ochiqlik, oʻzaro teng va manfaatli hamkorlik tamoyillariga asoslangan tashqi siyosiy faoliyat samaradorligini yanada oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlar, ayniqsa, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, qulay investitsiya muhitini yaratish, shuningdek mamlakatimiz hududlarining ijtimoiy rivojlanish darajasini oshirish sohasidagi tadbirlarning samarali va oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlash uchun shaxsan masʼul hisoblangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi mansabdor shaxslari, vazirlik va idoralar rahbarlari, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari 2-ilovaga muvofiq mamlakat hududlariga biriktirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan har chorakda Davlat dasturi ijrosining borishi toʻgʻrisida hisobotlar eshitiladi, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar kiritiladi, Davlat dasturidagi tadbirlar sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash uchun zarur choralar koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan birgalikda investitsiya loyihalari amalga oshirilishining borishini muhokama qilish, investorlar faoliyatiga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni tezkor va samarali hal etishni taʼminlash maqsadida investorlar bilan shaxsan uchrashuvlarni, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda oʻtkazish amaliyoti joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni maslahat va ekspertlik jihatidan taʼminlashni amalga oshirish, shuningdek jamiyat va davlat hayotini isloh qilish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirishning dolzarb masalalari, jumladan mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ekspert kengashi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi ikki oy muddatda quyidagilarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ekspert kengashi tarkibi, bunda uning tarkibiga muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar, atoqli davlat va jamoat arboblari, olimlar, jumladan xorijiy davlatlar fuqarolari va xorijdagi vatandoshlarni kiritish nazarda tutilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ekspert kengashi toʻgʻrisidagi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2019-yil 1-iyunga qadar har bir hududning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, birinchi navbatda investitsiya jalb etish uchun ustuvor yoʻnalishlarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining oʻrta muddatli istiqboldagi investitsiya siyosati strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir hafta muddatda 2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar — ustuvor hamkorlar bilan savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va siyosiy, shuningdek xavfsizlik sohasidagi hamkorligini yanada faollashtirish va rivojlantirishga qaratilgan aniq tadbirlar boʻyicha takliflarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar — ustuvor hamkorlar bilan hamkorligini yanada faollashtirish boʻyicha taklif etiladigan tadbirlar va yoʻnalishlar Davlat dasturi va Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturi bilan oʻzaro uzviy bogʻliq boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-sentabrdagi PF-215-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2022-y., 06/22/215/0803-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-sentabrdagi PF-215-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2022-y., 06/22/215/0803-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-sentabrdagi PF-215-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2022-y., 06/22/215/0803-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (Z.Sh. Nizomiddinov) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov) hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-martga qadar investitsiya loyihalarini, birinchi navbatda, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida amalga oshirishni ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlashning zamonaviy shakl va uslublarini joriy etishni hisobga olgan holda, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini takomillashtirishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2019-yil 1-martdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning taʼsischilari (ishtirokchilari) va ularning oila aʼzolari uchun muddatini mamlakatdan chiqmasdan uzaytirish imkoniyati boʻlgan, amal qilish muddati uch yilni tashkil qiladigan “investitsiya vizasi” joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish boʻyicha korxonalar tashkil qilish uchun 3 million AQSh dollaridan ortiq miqdorda investitsiya kiritgan xorijiy davlatlar fuqarolariga, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning taʼsischilari (ishtirokchilari)ga Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi 10 yil muddatga soddalashtirilgan tartibda beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki “investitsiya vizasi”ga ega xorijiy investorlar hamda ularning oila aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiy va taʼlim xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlar, ular tomonidan xorijiy davlatlar fuqarolari orasidan jalb etiladigan mutaxassislar va ularning oila aʼzolarini vaqtincha roʻyxatga olish investitsiya loyihasi roʻyobga chiqarilayotgan hududdagi aholi yashash punktida, mamlakatning boshqa hududlarida boʻlganda qayta roʻyxatdan oʻtish majburiyatisiz, vizaning amal qilish muddatiga (viza mavjud boʻlmaganda esa 1 yil muddatga) amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan Abu Dabi rivojlanish jamgʻarmasi (BAA) bilan birgalikda Oʻzbekiston-Amirliklar investitsiya kompaniyasini (keyingi oʻrinlarda — investitsiya kompaniyasi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmurodov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori Sh.A. Vafoyevga Oʻzbekiston-Amirliklar investitsiya kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taʼsis shartnomasini imzolash vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Belgilansinki, investitsiya kompaniyasi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abu Dabi rivojlanish jamgʻarmasi (BAA) kompaniyasining 75 foiz miqdordagi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 25 foiz miqdordagi ulushlari hisobiga 10 million AQSh dollari miqdoridagi ustav fondiga va 1 milliard AQSh dollari miqdoridagi eʼlon qilingan kapitaliga ega boʻlib, masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladi, bunda qoʻshimcha ishtirokchilarni oʻrnatilgan tartibda jalb etish mumkin boʻladi;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-maydagi PF-5722-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2019-y., 06/19/5722/3154-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat koʻrsatayotgan va yangi tashkil qilinayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav kapitallarida ulushlar sotib olish, qarzlar berish, qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar ustav kapitalidagi ulushlarni mahalliy va xorijiy investorlarga realizatsiya qilish va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa shakllarda investitsiya faoliyatini olib borish huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Arab Amirliklarining investitsiyaviy, moliya institutlari va kompaniyalari bilan investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish vazifalarini bajaradi, ular bilan investitsiyaviy munosabatlarni muvofiqlashtiradi, shuningdek qoʻshma investitsiyaviy loyihalarni qoʻllab-quvvatlaydi va roʻyobga chiqarishga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-maydagi PF-5722-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2019-y., 06/19/5722/3154-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondi (kapitali)ning kamida 30 foizi investitsiya kompaniyasi mablagʻlari hisobidan shakllantirilgan yangi tashkil etilgan korxonalarga xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar uchun qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalar tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boshqaruv xodimlarining vakant lavozimlarini qisqartirish hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari tuzilmasida 5 ta shtat birligidan iborat Xalqaro reytinglar bilan ishlash va “Elektron hukumat” tizimini joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish shuʼbasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralarda — belgilangan shtatlar soni doirasida xalqaro reytinglar boʻyicha faoliyatni amalga oshirish va “Elektron hukumat” tizimini joriy etish uchun masʼul boʻlgan ixtisoslashgan tarkibiy boʻlinmalar tashkil etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyundagi PF-91-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2024-y., 06/24/91/0429-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga, eng avvalo, xorijiy ishbilarmonlik doiralar, tadbirkorlar, salohiyatli investorlar, davlat va jamoat arboblari oʻrtasida mamlakatda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, jumladan Davlat dasturining borishi, biznes uchun yaratilgan qulay sharoitlar toʻgʻrisida keng maʼlumot berish va targʻib qilishni tashkil etish uchun masʼul boʻlgan PR-markaz funksiyasi yuklansin.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (Z.Sh. Nizomiddinov) ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisidagi, jumladan PR-markaz funksiyasini bajarish doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishning aniq manbalarini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda yetakchi xalqaro moliyaviy va konsalting tashkilotlarini jalb etgan holda 2019-yil 1-iyulga qadar ustav kapitalidagi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining aksiyalar (ulushlar) paketlarini sotish nazarda tutilayotgan strategik ahamiyatga ega boʻlmagan xoʻjalik jamiyatlari yagona roʻyxati shakllantirilishi va yuritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda 2019-yil 10-iyulga qadar xalqaro ishbilarmonlik doiralarda istiqbolli investitsiya loyihalari, shu jumladan ustav kapitalidagi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining aksiyalar (ulushlar) paketlarini sotish nazarda tutilayotgan xoʻjalik jamiyatlari, davlat-xususiy sheriklik loyihalarining taqdimotlarini (“Road Show”) oʻtkazish grafigini tasdiqlasin va yil davomida amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Belgilansinki, 2019-yil 1-martdan boshlab bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor onalarga, ular pensiya yoshiga toʻlgandan soʻng, agar ularda pensiya tayinlash uchun zarur staj mavjud boʻlmasa, ijtimoiy nafaqa toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda ushbu bandda belgilangan ijtimoiy nafaqa miqdorini va uni toʻlash tartibini nazarda tutuvchi hukumat qarorini qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Band boʻlmagan aholini, ayniqsa, yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitish, shuningdek kasbiy malakalar berish va tasdiqlashning umummilliy tizimini joriy etish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yildagi ustuvor vazifasi hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, fuqarolar, ayniqsa, yoshlar tomonidan oʻz malakasini oshirish uchun taʼsirchan ragʻbatlantiruvchi omillar yaratish, shu jumladan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tuzilmasiga kiruvchi kasb-hunar kollejlari negizida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida band boʻlmagan aholi va ishsiz fuqarolar uchun oʻqitish markazlarini tashkil etish hisobiga zamonaviy oʻquv va ishlab chiqarish texnologiyalariga tayangan kasbga oʻqitishni yoʻlga qoʻyish va kasbiy malakani baholashni nazarda tutuvchi kasbiy malakalar umummilliy tizimini joriy etishga asosiy eʼtibor qaratilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mamlakatda kasbiy taʼlim berishning zamonaviy tizimini joriy qilish va rivojlantirish boʻyicha Davlat dasturida nazarda tutilgan vazifalarni roʻyobga chiqarish maqsadida bir oy muddatda ishchi kasblar nufuzini yuksaltirish va kasbiy taʼlimni rivojlantirish boʻyicha xalqaro harakatga qoʻshilishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Belgilansinki, 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalariga hujjatlarni davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilish tartibi bosqichma-bosqich joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatni oʻtagan va harbiy qismlar qoʻmondonligining tavsiyanomasiga ega shaxslardan iborat abituriyentlar uchun oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun ushbu shaxslar oʻrtasida oʻtkaziladigan tanlov asosida alohida kvotalar ajratish tartibi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi 2019-yil 1-martga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda oliy taʼlim muassasalari tomonidan talabalarni qabul qilish kvotalarini iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning istiqboldagi ehtiyojlarini, shuningdek muassasalarning kadrlarni sifatli tayyorlashni tashkil etish imkoniyatlarini hisobga olgan holda mustaqil ravishda belgilash tartibini tasdiqlasin va ushbu tartib 2019/2020-yildan tatbiq etilishini nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda xorijiy diplomlarning ekvivalentligini tasdiqlashdagi sunʼiy toʻsiqlarni bartaraf etish va ularni tan olish jarayonini optimallashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzish bilan bogʻliq jinoyatlarni liberallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik choralarini differensiatsiya qilish, ushbu toifadagi ishlarning vakolatli davlat organlari tomonidan tezkor koʻrib chiqilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va keng jamoatchilikning quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Yuksalish” umummilliy harakati — nodavlat notijorat tashkiloti hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy boʻlinmalarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) rejalashtirilgan islohotlarni, shu jumladan Davlat dasturida nazarda tutilgan islohotlarni amalga oshirishga koʻmaklashish maqsadida fuqarolar, xorijda yashayotgan vatandoshlar va nodavlat notijorat tashkilotlarni ixtiyoriylik asosida birlashtirishni “Yuksalish” umummilliy harakatining asosiy vazifasi etib belgilash, shu jumladan quyidagilar orqali birlashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq va biznes hamjamiyati bilan ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik nazoratining samarali tizimini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, shuningdek fuqarolar, ayniqsa, yoshlarning saʼy-harakatlari va kuchlarini safarbar etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rejalashtirilgan, shu jumladan Davlat dasturida nazarda tutilgan islohotlarning amalga oshirilishi jarayonini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va xalq deputatlari mahalliy kengashlarida muhokama qilishda faol ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tahliliy axborot va takliflarni muntazam kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Umummilliy harakat rahbarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan, hududiy boʻlinmalar rahbarlarini xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlari orasidan saylash, ular bir vaqtning oʻzida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining maslahatchisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda “Yuksalish” umummilliy harakati faoliyatini tashkil etish boʻyicha hukumat qarorini qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Yuksalish” umummilliy harakati va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturi amalga oshirilishining borishini tizimli monitoring qilish, uni sifatli va oʻz vaqtida bajarish uchun qoʻshimcha choralar koʻrish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturi amalga oshirilishining borishi toʻgʻrisidagi axborotni har oyda umumlashtirish hamda yakunlarini aniq koʻrsatkichlar va erishilgan ijobiy oʻzgarishlarni aks ettirgan holda oʻz veb-saytlarida joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring natijalari toʻgʻrisidagi axborotni har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturini amalga oshirish yakunlariga bagʻishlangan axborot-tahliliy sharhlarni tayyorlash, ularni xorijiy tillarda eʼlon qilish va keng tarqatishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xalqaro press-klub, Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan yaqin hamkorlikda:
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Farmonning maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʻida keng tushuntirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturi amalga oshirilishining borishi toʻgʻrisidagi xolis va toʻliq maʼlumotning keng jamoatchilikka tezkorlik bilan yetkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 17-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5635-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAVLAT DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Amalga oshiriladigan tadbir

Bajarish muddati

Ijro uchun masʼullar

Sarf-xarajatlar

Moliyalashtirish manbalari

Taqdim etiladigan hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natija

I. DAVLAT VA JAMIYAT QURILIShI TIZIMINI TAKOMILLAShTIRIShNING USTUVOR YOʻNALIShLARI

1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish

1.

Oliy Majlis palatalarining norma ijodkorligi va parlament nazorati yoʻnalishidagi faoliyatini kuchaytirish
va samaradorligini oshirish.

2019-yil
1-mart

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),
Qonunchilik muammolari
va parlament tadqiqotlari instituti

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

qonunlarning mukammalligini taʼminlash maqsadida Oliy Majlis palatalari yuridik xizmatlari negizida Yuridik boshqarmalar tashkil etish, ularning shtat birligini koʻpaytirish;

toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi qonun qabul qilish jarayonini faollashtirish maqsadida Oliy Majlis Senati yalpi majlislarini zaruratga qarab, lekin yiliga kamida olti marta oʻtkazish;

davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari axborotini eshitish boʻyicha yillik reja-grafik tasdiqlash;

Bosh vazir va hukumat aʼzolarining davlat dasturi ijrosi boʻyicha Oliy Majlis palatalari oldida har chorakda hisobot berish amaliyotini joriy etish;

parlament aʼzolarining har oy oxirgi haftasida oʻz saylov okrugiga chiqib, aholi va saylovchilarni tashvishga solayotgan muammolarni tizimli ravishda oʻrganib borish amaliyotini joriy etish;

har bir parlament nazorati tadbiri yakuniga koʻra aniq taklif ishlab chiqish, mansabdor shaxslar ishiga tanqidiy baho berish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;

jamiyat va davlatning eng muhim manfaatlariga daxl qiluvchi, mamlakat xavfsizligi asoslariga, uning barqaror rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan muayyan faktlar yoki voqealar sodir boʻlganda parlament tekshiruvi institutidan foydalanish nazarda tutiladi.

2.

Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini Oliy Majlis, viloyat, tuman va shahar davlat organlari rahbarlarini tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlash amaliyotini joriy etish.

2019-yil
1-mart

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlariga Bosh vazir oʻrinbosarlari, vazirlar va davlat qoʻmitalari raislari nomzodini Bosh vazir taqdimiga binoan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan maʼqullash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlash tartibini belgilash bilan bogʻliq oʻzgartish va qoʻshimchalarni kiritish;

hukumat aʼzoligiga nomzodning sohani rivojlantirish boʻyicha yaqin muddatga va istiqbolga moʻljallangan harakat dasturi bilan deputatlar oldida chiqish qilish tartibini joriy etish;

hukumat aʼzosining oʻz harakat dasturi ijrosini amalga oshirishiga doir masalalar yuzasidan axborotini Oliy Majlis palatalari, ularning qoʻmitalarida muntazam eshitib borish;

viloyat, tuman va shahar davlat organlari rahbarlari nomzodini tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan maʼqullash mexanizmini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

3.

Oliy Majlisning Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari ustidan parlament nazoratini amalga oshirishdagi axborot-tahliliy faoliyatini takomillashtirish.

2019-yil
1-aprel

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Vazirlar Mahkamasi,

Moliya vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablagʻlari

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida davlat budjeti, iqtisodiyot, pul-kredit siyosati masalalarida, shuningdek davlat budjeti ijrosi ustidan samarali parlament nazoratini taʼminlashda deputat va senatorlarga professional, mustaqil va xolis axborot-tahliliy, ekspertlik xizmati koʻrsatuvchi Davlat budjeti boshqarmasini tashkil etish;

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Davlat budjeti boshqarmasiga yuqori malakali kadrlarni jalb qilish,
2019-yilda boshqarmaning joriy taʼminoti, xodimlar mehnatiga haq toʻlashga mablagʻlar ajratish nazarda tutiladi.

4.

Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini yaratish.

2019-yil

1-aprel

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Vazirlar Mahkamasi,

Bosh prokuratura, IIV, DXX, Adliya vazirligi,

vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

Oliy Majlis palatalarida korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitalarini tashkil qilish;

har bir davlat tashkilotida jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadigan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki dasturlarni ishlab chiqish;

korrupsiyaga olib kelishi mumkin boʻlgan har qanday xizmatlarni raqamlashtirish, ularni “yagona darcha” tamoyili asosida berish va davlat xizmatlari markazlariga oʻtkazish;

fuqarolarning murojaatlaridan kelib chiqib va korrupsiyaga sharoit yaratuvchi holatlarni oʻrgangan holda, ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish mexanizmlari;

korrupsiya holatlarini aniqlashga yordam koʻrsatuvchi “xolis fuqaro” tizimini joriy etish, bunda jamoatchilik nazorati va nodavlat notijorat tashkilotlarning rolini oshirish;

huquqbuzarliklar va ularga sharoit yaratuvchi omillar haqida xabar berishga imkoniyat yaratuvchi yagona portalni tashkil etish va ishga tushirish;

davlat va xususiy sektor oʻrtasidagi munosabatlarning shaffofligini taʼminlash;

pora berilishi haqida xabar qilgan davlat xizmatchilari, shuningdek korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklar haqida tasdiqlangan xabar bergan shaxslarni ragʻbatlantirish mexanizmlari;

korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalarining faoliyatini tubdan qayta koʻrib chiqish;

korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro reytinglarda Oʻzbekistonning oʻrnini yaxshilash, xalqaro tashkilotlar, shu jumladan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining korrupsiyani oldini olishga oid tavsiyalarini har tomonlama koʻrib chiqish va amalga oshirish choralari nazarda tutiladi.

5.

Qonunchilik bazasini tizimlashtirish, toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydigan qonunlarni qabul qilish amaliyotini joriy etish.

2019-yil
1-mart

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Adliya vazirligi,

Qonunchilik muammolari
va parlament tadqiqotlari instituti

Oliy Majlis palatalarining qoʻshma qarori loyihasi.

Loyihada:

amaliyotdagi muammolarni tanqidiy oʻrganish va eng ilgʻor xorijiy tajribalar asosida toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydigan qonunlar tayyorlashni taʼminlovchi qonun hujjatlarini yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishning yagona uslubiyotini;

qonunosti hujjatlarni qisqartirib, ularning oʻrniga toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydigan qonunlarni qabul qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash nazarda tutiladi.

6.

Qonun hujjatlarini tayyorlash va qabul qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish.

2019-yil
1-mart

Adliya vazirligi,

Qonunchilik muammolari
va parlament tadqiqotlari instituti

“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasi.

Loyihada:

qonun hujjatlarini qabul qilish asosi va tartibga solish predmetini aniq belgilash, bunda fuqarolarning huquq va manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishni cheklash;

vazirlik va idoralar tomonidan tayyorlangan qonun loyihalarining toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi qonun talablariga mosligi, normalarni amalga oshirish mexanizmlariga ega ekanligi nuqtai-nazaridan baholash majburiyatini Adliya vazirligiga yuklash;

qonun hujjatlari loyihalarini kelishish tartibini takomillashtirish;

toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish mexanizmiga ega boʻlmagan qonun loyihalarini kiritishni taqiqlash;

Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirishga qaratilgan masalalar nazarda tutiladi.

7.

Oliy Majlis faoliyatini moliyaviy, moddiy-texnik, tashkiliy taʼminlashni takomillashtirish.

2019-yil
1-mart

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Prezident Administratsiyasi,

Vazirlar Mahkamasi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablagʻlari

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

Oliy Majlis palatalari qoʻmitalari huzurida ular faoliyatiga bevosita yordam beradigan tegishli tuzilmalar tashkil etish;

parlament aʼzolari va parlament palatalari devoni xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini qayta koʻrib chiqish;

Oliy Majlis budjetini shakllantirish va ijro etishning yangi mexanizmlarini joriy qilish;

parlament delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga tashriflarini va chet el delegatsiyalarini qabul qilishni tashkil etish hamda shu maqsadlar uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlarni sarflash masalasini Oliy Majlis palatalarining tegishli qarori bilan belgilash tartibini joriy qilish nazarda tutiladi.

8.

Hokimiyat vakillik organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlashga qaratilgan “Elektron parlament” tizimi loyihalarini amalga oshirish.

2019-yil
1-fevral

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Prezident Administratsiyasi,

Vazirlar Mahkamasi

Hisob-kitoblarga asosan

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

vakillik organlarining rasmiy veb-saytining namunaviy shaklini, faoliyat toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan holda toʻplash
va qayta ishlash imkonini taʼminlab beruvchi axborot resursini shakllantirish;

Oliy Majlis palatalarida elektron hujjatlar aylanishi tizimini, qonun ijodkorligi faoliyatini avtomatlashtirish jarayonlarini ishlab chiqish va joriy etish;

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida parlamentga axborot-tahliliy xizmat koʻrsatadigan Axborot-multimedia markazini tashkil etish nazarda tutiladi.

9.

Fuqarolarning saylovga oid huquqlarini taʼminlashni takomillashtirish.

2019-yil
1-fevral

Markaziy saylov komissiyasi,

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),
���dliya vazirligi, Qonunchilik muammolari

va parlament tadqiqotlari instituti,

IIV

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslarga saylash huquqini berish boʻyicha xalqaro va xorijiy tajribani oʻrganish;

istiqbolda ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslarga sodir etgan jinoyatiga qarab saylash huquqini berish, qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha aniq takliflarni ishlab chiqish;

ushbu masala boʻyicha keng targʻibot
va tushuntirish ishlarini olib borish nazarda tutiladi.

1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish

10.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning tarkibiga kiruvchi idoralar faoliyatini tubdan takomillashtirish.

2019-yil

1-aprel

Prezident Administratsiyasi,
Vazirlar Mahkamasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari loyihalari.

Loyihalarda:

Vazirlar Mahkamasi faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha asosiy yoʻnalishlarni belgilash;

Bosh vazir oʻrinbosarlarining bir vaqtning oʻzida aksiyadorlik jamiyati
va kompaniyalari hamda davlat ulushi mavjud boshqa tashkilotlarga rahbarlik qilish amaliyotini bekor qilish hamda ularning sonini optimallashtirish;

Bosh vazir maslahatchisi lavozimini joriy qilish;

Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari, shu jumladan Yigʻma axborot-tahlil departamenti faoliyatini tugatish;

Bosh vazir oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari kotibiyatlarini tashkil qilish;

Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasi doirasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlarni jadallashtirish;

“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi (yangi tahrirda) va “Strategik rejalashtirish toʻgʻrisida”gi qonun loyihalarini ishlab chiqish;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini oʻtkazish tartibini belgilash;

hukumatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, hududiy rivojlanish, shuningdek tashqi-siyosiy va tashqi-iqtisodiy sohalardagi vakolatlarini, uning aʼzolari javobgarligi chegaralarini aniq belgilash;

ijro hokimiyati organlari faoliyatini optimallashtirish va takomillashtirish nazarda tutiladi.

11.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari faoliyatini takomillashtirish.

Yil davomida

Prezident Administratsiyasi,
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi,

Bosh prokuratura

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqish tizimini yanada takomillashtirish;

murojaatlarni koʻrib chiqish natijasiga koʻra, tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish;

Xalq qabulxonalari vazifa va funksiyalarining toʻliq bajarilishini taʼminlash ishlari amalga oshiriladi.

12.

Davlat boshqaruvida ilgʻor davlat menejmenti va “aqlli” boshqaruv prinsiplariga bosqichma-bosqich oʻtish.

2019-yil

1-avgust

Davlat boshqaruvi akademiyasi,
Adliya vazirligi,

Loyiha boshqaruvi
milliy agentligi, Mehnat vazirligi

�ormativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda, davlat organlarida professional boshqaruvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini joriy qilish;

davlat muassasalari faoliyatini bevosita fuqarolar bilan ishlashga ixtisoslashtirish;

davlat organlarining “Xalqqa — koʻmakchi, tadbirkorlarga — biznes hamkor” sifatida faoliyat koʻrsatishini yoʻlga qoʻyish;

davlat va xoʻjalik boshqaruvida strategik menejment hamda risk menejmentining ilgʻor instrumentlari (usullari)ni oʻrgatish;

rahbar faoliyati natijalariga doimiy ravishda baho berish tizimini yaratish nazarda tutiladi.

13.

Davlat boshqaruvining zamonaviy usullarini kengaytirish.

2019-yil

1-sentabr

Adliya vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Mehnat vazirligi,

Madaniyat vazirligi,

vazirlik va idoralar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

autsorsing, kraudsorsing va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini qoʻllash orqali xususiy sektorga oʻtkaziladigan davlat organlarining vazifa va funksiyalari roʻyxati;

autsorsing, kraudsorsing va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini qoʻllash orqali vazirlik va idoralarning shtatlar sonini qayta koʻrib chiqish va samarasiz shtat birliklarini qisqartirish nazarda tutiladi.

14.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga malakali mutaxassislarni jalb etishga qaratilgan yagona kadrlar siyosatini shakllantirish.

2019-yil

1-oktabr

Prezident Administratsiyasi,
Mehnat vazirligi,
Adliya vazirligi,
Moliya vazirligi,
vazirlik va idoralar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va qarori loyihalari.

Loyihalarda:

davlat va xoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy hokimiyat organlarini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish;

davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar bilan ishlash boʻlinmalari faoliyatini isloh qilish;

kadrlarni tanlashning samarali shakllari va uslublarini joriy qilish;

davlat xizmatida kadrlarni markazlashtirilgan holda saralash, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va faoliyatini monitoring qilish tartibi;

yangi tayinlangan rahbar kadrlarni, vazir va hokimlarni oʻqitish, malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;

davlat xizmatchilarining faoliyatiga oid huquq va majburiyatlarini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

15.

Zamonaviy davlat boshqaruvini bosqichma-bosqich joriy qilish.

2019-yil

1-oktabr

Adliya vazirligi,

Mehnat vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

davlat xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholashning mezonlari va uslublari hamda samaradorlikning muhim koʻrsatkichlarini (KPI) joriy qilish;

mehnatga haq toʻlashning zamonaviy tizimini yaratish. Bunda oylik ish haqini davlat xizmatchisi tomonidan qilinayotgan ishlar, ularning natijadorligi, sifati, murakkabligi, amaliyotda toʻgʻri ishlayotganligi va boshqa mezonlardan kelib chiqib belgilash;

mehnatga haq toʻlashning zamonaviy tizimini yaratish evaziga ijtimoiy himoya va qayta tayyorlash choralarini koʻrgan holda davlat xizmatchilarining sonini qisqartirish;

vazirlik va idoralarning, ayniqsa, iqtisodiyot kompleksiga kirgan tashkilotlarning takrorlanayotgan funksiyalarini aniqlash va ularni tegishli idoralarga oʻtkazish yoki bekor qilish;

davlat xizmatchilarining mehnatiga haq toʻlashning yangi tizimini Jizzax
va Toshkent viloyatlari hokimliklari, Iqtisodiyot va sanoat, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, Tashqi savdo vazirliklari, Turizmni rivojlantirish va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitalari faoliyatida sinov tariqasida joriy etish.

16.

Davlat idoralari xodimlarini qisqa va oʻrta muddatli oʻquv kurslarida oʻqitish tizimini joriy etish.

2019-yil

1-sentabr

Davlat boshqaruvi akademiyasi,

Vazirlar Mahkamasi,

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridagi rahbarlik lavozimlariga kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish;

Davlat boshqaruvi akademiyasidagi oʻquv dasturlari miqdorini vazirlik
va idoralar xususiyatidan kelib chiqib kamida 30 tagacha yetkazish;

rahbarlik lavozimlariga zaxiraga olingan, izlanuvchan, isteʼdodli xodimlarning rivojlangan xorijiy davlatlarda malaka oshirish
va ilgʻor tajribani oʻzlashtirish tizimini takomillashtirish;

“El-yurt umidi” jamgʻarmasida respublika boʻyicha davlat organlari ehtiyoji uchun xorijda taʼlim olishi lozim boʻlgan istiqbolli kadrlar haqidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish nazarda tutiladi.

17.

Tarmoqlar faoliyatini samarali boshqarishda strategik tahlil, rejalashtirish va prognoz tamoyillariga asoslangan uzoq muddatli davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-noyabr

Prezident Administratsiyasi,
Vazirlar Mahkamasi,

Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi,

vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

strategik rejalashtirish mexanizmlari;

belgilangan shtatlar doirasida vazirlik va idoralarda strategik tahlil va prognozlashtirish tuzilmalarini tashkil etish nazarda tutiladi.

18.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ekspert kengashi faoliyatini tashkil etish.

2019-yil

1-aprel

Vazirlar Mahkamasi,

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

Ekspert kengashiga muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlarni, taniqli davlat va jamiyat arboblarini, olimlarni, shu jumladan xorijiy davlatlarning fuqarolarini hamda chet elda yashayotgan vatandoshlarimizni kiritgan holda uning tarkibini;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ekspert kengashi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash nazarda tutiladi.

19.

Davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini aniq chegaralash, xoʻjalik boshqaruvi organlarining davlat-huquqiy vakolatlarini cheklash.

2019-yil

1-oktabr

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va
sanoat vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Mehnat vazirligi,

vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

davlat va xoʻjalik faoliyati, davlat-huquqiy vakolatlar kabi huquqiy tushunchalarni aniq belgilash;

xoʻjalik boshqaruvi organlaridan bosqichma-bosqich voz kechish, boshqaruv va tijorat funksiyalarini ajratish;

xoʻjalik boshqaruvi organlarining, davlat organlari huzuridagi xoʻjalik boshqaruvi vazifasi mavjud tuzilmalarning nazorat va tartibga solish vazifalarini tegishli vazirlik va idoralarga oʻtkazish hamda xoʻjalik faoliyatini bozor mexanizmi asosida amalga oshirish;

oʻz vazifalarini xoʻjalik faoliyati bilan qoʻshib bajarib kelayotgan davlat boshqaruvi organlari va davlat-hokimiyat vakolatlari berilgan xoʻjalik boshqaruvi organlarini xatlov oʻtkazish orqali aniqlash;

xatlov natijasiga koʻra, davlat organlarining davlat boshqaruvi va xoʻjalik faoliyatini aniq chegaralash, xoʻjalik boshqaruvi organlarining davlat-hokimiyat vakolatlarini cheklash yuzasidan yangi nizom, ustav va tuzilmalarni tasdiqlash nazarda tutiladi.

20.

Energetika sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish.

2019-yil

1-fevral

Vazirlar Mahkamasi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,
Adliya vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Mehnat vazirligi,

“Oʻzdavenergonazorat”,

“Oʻzdavneftgaz-inspeksiya” davlat inspeksiyalari,

“Oʻzbekneftgaz” AJ,
“Oʻzbekenergo” AJ

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi.

Loyihada:

energetika, jumladan elektr energiya, neft va gaz sohasini davlat tomonidan boshqarish boʻyicha yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi organni tashkil etish;

energetika sohasida “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻzbekgidroenergo” AJdan davlat-hokimiyat vakolatlarini energetika sohasida yangi tashkil etiladigan davlat boshqaruvi organiga oʻtkazish nazarda tutiladi.

21.

Transport sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish.

2019-yil

20-fevral

Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Avtomobil transporti agentligi,

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi.

Loyihada:

transport, jumladan havo, temir yoʻl, avtomobil transporti va metropoliten sohasini davlat tomonidan boshqarish boʻyicha yagona davlat tarif siyosatini amalga oshiruvchi davlat organini tashkil etish;

transport sohasida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKdan davlat-hokimiyat vakolatlarini transport sohasidagi
yangi davlat boshqaruv organiga berish;

transport sohasida davlat-xususiy sheriklikni joriy etish nazarda tutiladi.

22.

Hududlarni obodonlashtirish tizimini yanada takomillashtirish.

2019-yil
1-mart

Vazirlar Mahkamasi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

hududlarni obodonlashtirish sohasida davlat boshqaruvini isloh qilish, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy qilish, sohaga oid qonun hujjatlarini, yangi standartlar va shaharsozlik normalarini ishlab chiqish;

obodonlashtirish organlarining ishini optimallashtirish va ularning resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida sohaga axbrot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish;

hududlarni obodonlashtirish ishlari samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;

jismoniy va yuridik shaxslarga ularga biriktirilgan yer uchastkalarini obodonlashtirish majburiyatini belgilash nazarda tutiladi.

23.

Alkogolli va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va savdo qilish sohasida davlat nazoratini takomillashtirish.

2019-yil

1-fevral

Vazirlar Mahkamasi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi,

Mehnat vazirligi,

“Oʻzsharobsanoat” AJ

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va qarori loyihalari.

Loyihalarda:

alkogolli va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va savdo qilish sohasini davlat tomonidan samarali monitoring qilish boʻyicha yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi organni tashkil etish;

alkogolli va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali “ikkilamchi mahsulot” ishlab chiqarishning oldini olish;

alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarga qoʻyilayotgan litsenziya talablarini qayta koʻrib chiqish nazarda tutiladi.

24.

Davlat unitar korxonalari sonini optimallashtirish.

2019-yil

1-may

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Adliya vazirligi,

Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi,

vazirlik va idoralar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi.

Loyihada:

davlat unitar korxonalarini xatlovdan oʻtkazish asosida raqobat mavjud sohalarda faoliyat yurituvchi va samaradorligi past davlat unitar korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish;

autsorsing mexanizmlarini qoʻllash orqali ularni tugatish nazarda tutiladi.

25.

Davlatning iqtisodiy faoliyatdagi ishtirokining aniq chegaralarini belgilash.

2019-yil

1-iyun

Davlat aktivlarini boshqarish age�tligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Adliya vazirligi,

Moliya vazirligi,

vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada raqobat mavjud iqtisodiyot sohalarida davlat ishtirokining aniq chegaralari nazarda tutiladi.

26.

Davlat-hokimiyat vakolatlari berilgan idoralararo kollegial organlar (komissiyalar, kengashlar, ishchi guruhlar
va boshqalar)ni yanada qisqartirish.

2019-yil

1-oktabr

Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi, vazirlik va idoralar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

idoralararo kollegial organlar (komissiyalar, kengashlar, ishchi guruhlar va boshqalar)ning vazifa, funksiya va vakolatlarini tahlil qilish hamda samaradorligini baholash;

samarasiz faoliyat yuritayotgan
150 dan ortiq idoralararo kollegial organlarning vazifa va funksiyalarini vakolatli organlarga oʻtkazish orqali ularning sonini yanada qisqartirish nazarda tutiladi.

27.

Toshkent shahrida eksperiment tariqasida amalga oshirilayotgan davlat boshqaruvining yangi tartibini respublikaning boshqa hududlariga joriy etish.

2019-yil

1-iyul

Adliya vazirligi,

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari,

Mehnat vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

xalq deputatlari Kengashlarining kotibiyatini tuzish;

hokimlar boshqaruv apparatlari negizida hokim tomonidan tuziladigan hokimliklar devonlarini tashkil etish;

hududiy moliya, iqtisodiyot, qurilish, uy-joy kommunal va investitsiya boshqarmalari rahbarlarini tayinlash vakolatini hokimlarga berish;

samarasiz davlat unitar korxonalari, hududiy idoralararo komissiyalar va kengashlarni tugatish;

mahalliy budjetga tushumlar ajratmalarini qayta taqsimlash;

davlat ulushi mavjud bozor va savdo komplekslarini ishonchli boshqaruvga berish nazarda tutiladi.

28.

Hokimning xalq deputatlari Kengashi raisi sifatidagi maqomini bekor qilish.

2019-yil

1-mart

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Vazirlar Mahkamasi,
Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

hokimning xalq deputatlari Kengashi raisi sifatidagi maqomini bekor qilish bilan bogʻliq masalalar;

ushbu masala yuzasidan amaldagi qonunlarga tegishli oʻzgartishlar kiritish nazarda tutiladi.

29.

Davlat xizmatlari markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xizmatlar sonini koʻpaytirish va elektron xizmat tizimini joriy etish.

2019-yil

1-aprel

Adliya vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

“Oʻzarxiv” agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilingan mablagʻlar,
davlat budjeti
va Adliya vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

2019-yilda 120 ta Davlat xizmatlari markazlarining zamonaviy va innovatsion jihozlangan binolarini qurib bitkazish hamda foydalanishga topshirish;

davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning turli xil qogʻoz koʻrinishidagi maʼlumotlar bazalarini, eng avvalo, arxiv va fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarining elektron shakllarini yaratish;

davlat organlarining qogʻoz koʻrinishidagi maʼlumotnomalarini xatlovdan oʻtkazish, ularni 2022-yilga qadar bosqichma-bosqich
raqamlashtirib borish yuzasidan
chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish

30.

Davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolarning keng ishtirokini taʼminlash mexanizmlarini takomillashtirish.

2019-yil
1-fevral

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Vazirlar Mahkamasi

Oliy Majlis palatalari qoʻshma qarori loyihasi.

Loyihada “Mening fikrim” maxsus veb-portali orqali elektron jamoaviy murojaatlarni Oliy Majlis palatalari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari bilan
bir qatorda Vazirlar Mahkamasi tomonidan ham koʻrib chiqish nazarda tutiladi.

31.

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasini isloh qilish.

2019-yil
1-mart

Prezident Administratsiyasi,

Vazirlar Mahkamasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining mavqeyini qayta koʻrib chiqish, kompaniya boshqaruviga bozor mexanizmlarini joriy etish va sohada sogʻlom raqobat muhitini yaratish nazarda tutiladi.

32.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asoslarini takomillashtirish.

2019-yil
1-fevral

Vazirlar Mahkamasi,

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada fuqarolar yigʻinlari tomonidan aholi va tashkilotlardan ixtiyoriylik asosida mablagʻlarni jalb etishning samarali mexanizmlarini joriy etish nazarda tutiladi.

33.

Jamiyat va davlat oldida turgan ijtimoiy vazifalarni hal etishda ijtimoiy sheriklik institutini keng joriy etish.

2019-yil
1-oktabr

Vazirlar Mahkamasi,

Adliya vazirligi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Bunda:

ijtimoiy sheriklikning amaldagi “davlat + fuqarolik jamiyati institutlari” mexanizmini “davlat + fuqarolik jamiyati institutlari + tadbirkorlik subyektlari” mexanizmiga oʻzgartirish;

ijtimoiy sheriklikni amalga oshirishda ishtirok etadigan tadbirkorlik faoliyati subyektlariga imtiyozlar berish;

respublika davlat boshqaruvi organlarining har yili budjetdan tashqari mablagʻlari xarajatlari smetasida davlat ijtimoiy buyurtmasini berish uchun majburiy tartibda mablagʻlar ajratishi;

ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyasi aʼzolarini moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish choralarini koʻrish nazarda tutiladi.

34.

Jamiyat va davlat hayotida reklama faoliyatining rolini yanada oshirish.

2019-yil
1-sentabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi,

Adliya vazirligi,

vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

mamlakatimizda reklama faoliyatini yanada takomillashtirish;

reklama beruvchi, tayyorlovchi va tarqatuvchilarning ushbu sohadagi masʼuliyati va javobgarligini oshirish;

ommaviy axborot vositalariga reklama berishda raqobat muhitini rivojlantirish choralarini koʻrish;

reklamadan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

II. QONUN USTUVORLIGINI TAʼMINLASh VA SUD-HUQUQ TIZIMINI YANADA ISLOH QILIShNING USTUVOR YOʻNALIShLARI

2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish

35.

“Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-fevral

Vazirlar Mahkamasi,

Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi,
Oliy sud

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada arbitr sifatida xorijiy mutaxassislarni jalb qilish va xorijiy mamlakatlar qonunchiligini qoʻllash, nizolarni xalqaro arbitraj orqali koʻrib chiqishning huquqiy asoslari nazarda tutiladi.

36.

Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarning malakasini oshirish.

2019-yil

1-aprel

Adliya vazirligi, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud,
Bosh prokuratura, DXX

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda uzoq muddat davomida (5 yil va undan ortiq) benuqson faoliyat koʻrsatayotgan oʻrta
va oʻrta maxsus maʼlumotli yoki boshqa mutaxassislik boʻyicha oliy maʼlumotga ega xodimlarni keyinchalik mazkur organda kamida 5 yil ishlab berish sharti bilan imtiyozli ravishda shartnoma asosida sirtqi boʻlimlarda oliy yuridik taʼlim muassasalariga qabul qilish va maqsadli tayyorlash tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

37.

Sudyalik lavozimiga nomzodlarni tanlash va tayinlash tartibini takomillashtirish.

2019-yil

1-mart

Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud,
Oʻzbekiston sudyalar assotsiatsiyasi,
Adliya vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

sudyalikka nomzodlarni konkurs asosida oldindan tanlab olish mexanizmini joriy etish;

keng jamoatchilik fikri oʻrganilgan holda sudyalar hamjamiyati tomonidan sudyalarni tayinlash tartibini joriy etish nazarda tutiladi.

38.

Sudyalik lavozimiga ilk marotaba tavsiya etiladigan nomzodlar uchun amaldagi yosh tsenzini qayta koʻrib chiqish.

2019-yil

15-may

Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud, Oʻzbekiston sudyalar assotsiatsiyasi, Adliya vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada sudyalarni yetarli hayotiy tajriba va yuqori malakaga ega shaxslardan shakllantirish maqsadida sudyalikka ilk bor tayinlanadigan nomzodlar uchun yosh tsenzini qayta koʻrib chiqish nazarda tutiladi.

39.

Sudyaning maxsus kiyimi tavsifi va namunalarini ishlab chiqish.

2019-yil

15-mart

Oliy Majlis Senati,

Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud,

Sudyalar oliy kengashi, Oʻzbekiston sudyalar assotsiatsiyasi

500 mln

Davlat budjeti mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qarori loyihasi.

Loyihada sudyaning maxsus kiyimi tavsifi va namunalarini tasdiqlash nazarda tutiladi.

2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlash

40.

Restoran, kafe va boshqa koʻngilochar obyektlarda huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini taʼminlash talablarini oʻrnatgan holda ularning tungi paytda ishlash tartibini belgilash.

2019-yil

10-fevral

IIV, Bosh prokuratura, Davlat soliq qoʻmitasi, Milliy gvardiya, Adliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada restoran, kafe va boshqa koʻngilochar obyektlarda huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini taʼminlash talablari, ushbu koʻngilochar obyektlarning tungi paytda ishlash tartibi nazarda tutiladi.

41.

Fuqarolarga pasport xizmati koʻrsatish tizimini soddalashtirish.

2019-yil

10-sentabr

IIV, DXX,
Bosh prokuratura, Adliya vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

tuman, shahar migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlaridagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini turgan joyi boʻyicha hisobga olish, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa viloyatlaridan kelgan fuqarolarini doimiy propiska qilish, hudud ichida bir manzildan ikkinchi manzilga oʻtgan fuqarolarini doimiy propiska qilish xizmatlarini ularning yashab turgan joylariga yaqin boʻlgan tuman, shahar ichki ishlar boʻlimlarida amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish;

ushbu xizmatlarni Davlat xizmatlari agentligi tomonidan ham amalga oshirilishi nazarda tutiladi.

42.

Ilgʻor xorijiy tajriba
va xalqaro standartlarni inobatga olib, jazoni ijro etish tizimida shaxsni axloqan tuzatish va jamiyatga ijtimoiy moslashuvini taʼminlash.

2019-yil

20-noyabr

IIV, DXX,
Bosh prokuratura, Adliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

probatsiya xizmati faoliyatining mexanizmlari, mahkumlarga ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam koʻrsatish tartibini joriy etish;

mahkumlarni ragʻbatlantirishning adolatli mezonlarini ishlab chiqish;

voyaga yetmagan mahkumlarning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bilan uchrashishga boʻlgan huquqiga nisbatan cheklovlarni bekor qilish;

mahkuma ayollarning oʻz farzandlari bilan uchrashishining alohida tartibini belgilash;

mahkumlarning uchrashuvlari va telefon orqali soʻzlashuvlari
sonini koʻpaytirish, uchrashuvlarni almashtirish tizimi nazarda tutiladi.

2.3. Maʼmuriy, jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni takomillashtirish

43.

Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini tubdan qayta koʻrib chiqish.

2019-yil

1-iyul

Bosh prokuratura, IIV, DXX, Oliy sud,

Adliya vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

jinoyat qonunchiligi normalarini unifikatsiya qilish;

jinoiy javobgarlik va jazo tizimini takomillashtirish;

fuqarolar huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarining taʼsirchan va ishonchli muhofaza qilinishini taʼminlash;

qonunchilikdagi jazoni ogʻirlashtirish yoki yengillashtirishga oid normalarni qoʻllash jarayonidagi inson omilini bartaraf etish;

jinoyat-protsessual qonunchiligi normalarini tizimlashtirish va uygʻunlashtirish;

jinoyat-protsessual qonunchilikda yarashuv instituti doirasini kengaytirish nazarda tutiladi.

44.

Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi kodeksi loyihasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-dekabr

Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, vazirlik va idoralar

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

amaldagi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish;

ishni koʻrishning protsessual tartibini takomillashtirish;

protsess ishtirokchilarining huquq
va majburiyatlarini maqbullashtirish;

maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ish yuritish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish (elektron bayonnoma, elektron maʼmuriy ish va boshqalar);

jabrlanuvchi arizasiga asosan yuritiladigan maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni tugatish tartibini joriy qilish;

maʼmuriy jazo choralari tizimini liberallashtirish;

jarima jazosini i�tiyoriy ijro etishni ragʻbatlantirishning differensial tartibini joriy etish;

maʼmuriy javobgarlikka tortishga vakolatli boʻlgan organlar va mansabdor shaxslar toifasini maqbullashtirish nazarda tutiladi.

2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish

45.

Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida, jumladan fuqarolarning va tadbirkorlik subyektlarining mol-mulklarini himoya qilishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng tatbiq etish maqsadida xususiy qoʻriqlash xizmatlarining huquqiy asoslarini yaratish.

2019-yil

1-fevral

IIV, Bosh prokuratura, DXX, Moliya vazirligi,
Adliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

n�davlat tashkilotlarga jismoniy
va yuridik shaxslarga tegishli obyektlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻriqlash faoliyati bilan shugʻullanish va xizmatlar koʻrsatishga ruxsat berish;

qoʻriqlanadigan obyektlarda jamoat tartibini taʼminlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan yaqindan hamkorlik qilish zaruratini inobatga olgan holda, nodavlat tashkilotlarning qoʻriqlash
faoliyati bilan shugʻullanishini litsenziyalash shartlari va talablarini oʻrnatish;

nodavlat tashkilotlarning qoʻriqlash faoliyati bilan shugʻullanish tartibini belgilash;

nodavlat qoʻriqlash tashkilotlarini xodimlar bilan toʻldirish, ularning kasbiy tayyorgarligi va malakasini oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

46.

Profilaktika inspektorlariga koʻmaklashuvchi professional faoliyatni takomillashtirish

2019-yil

20-fevral

IIV,

“Mahalla” xayriya jamoat fondi,

Bosh prokuratura,

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari faoliyatini tashkil etish;

profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilarining mehnatiga haq toʻlash mexanizmi hamda ularning vazifa
va vakolatlarini belgilash;

profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilarini tayinlash va ichki ishlar organlari xizmatiga hamda oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga qabul qilishda belgilanadigan imtiyozlarning mezonlari nazarda tutiladi.

2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash, huquqiy yordam va yuridik xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish

47.

Toshkent shahrida “Tashkent Law Spring” birinchi xalqaro yuridik forumini oʻtkazish.

2019-yil

20-aprel

Adliya vazirligi,

Oliy sud,
Bosh prokuratura, vazirlik va idoralar

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

Oʻzbekistonda qonun hujjatlarini takomillashtirish masalalarini muhokama qilish;

mamlakatning investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitiga ijobiy taʼsir qiladigan islohotlarni keng jamoatchilikka namoyish etish;

“Yilning eng yaxshi advokati”, “Yilning eng yaxshi advokatlik tuzilmasi” va “Eng yaxshi korporativ yurist” nominatsiyalari boʻyicha mukofotlarni tashkil etish nazarda tutiladi.

48.

Ayrim harakatlar uchun notarial tasdiqlanishi shart boʻlgan talablarni bekor qilish.

2019-yil

10-noyabr

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

Moliya vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi, Oliy sud, IIV

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda yaqin qarindoshlar oʻrtasida mol-mulkdan foydalanish uchun ishonchnoma rasmiylashtirishda notarial rasmiylashtirish haqidagi talabni bekor qilish nazarda tutiladi.

49.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va chet el fuqarolariga bepul huquqiy maslahat berishga moʻljallangan “Advice.uz” interaktiv axborot portalini tashkil etish.

2019-yil

30-may

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura, Oliy sud, IIV

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada “Advice.uz” interaktiv axborot portalini tashkil etish va uning faoliyat yuritish tartibi nazarda tutiladi.

III. IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISh VA FAOL INVESTITSIYa JALB ETIShNING USTUVOR YOʻNALIShLARI

3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini saqlab qolish

50.

Iqtisodiyot rivojiga jiddiy turtki beradigan sohalarni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish.

Toʻqimachilik, neft-gaz, elektr energetika, qimmatbaho va rangli metall, avtomobilsozlik va kimyo sohalarida bosqichma-bosqich islohotlarni amalga oshirish.

2019-yil

1-iyul

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Mehnat vazirligi,

vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

tabiiy va mehnat resurslari samarali joylashuvidan kelib chiqib, milliy iqtisodiyotning rivojiga jiddiy turtki beradigan sohalarni, jumladan toʻqimachilik,
neft-gaz, elektr energetika, qimmatbaho va rangli metall, avtomobilsozlik va kimyo sohalarini oʻrta muddatda rivojlantirish hamda isloh qilishning asosiy yoʻnalish
va indikatorlari;

mazkur sohalardagi islohotlarni amalga oshirish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri choralar nazarda tutiladi.

51.

“Xufyona iqtisodiyot” salmogʻini iqtisodiy usullarni ishlatgan holda qisqartirish.

2019-yil

1-iyun

Davlat soliq qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Bosh prokuratura,

Davlat bojxona qoʻmitasi,

Moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

Markaziy bank,

Mehnat vazirligi,

“Oʻzstandart” agentligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan “xufyona iqtisodiyot” omillarini sohalar va tarmoqlar kesimida tahlil qilib, uni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.

Dasturda:

iqtisodiy faoliyatni legallashtirish yuzasidan normativ-huquqiy asoslarni takomillashtirish;

import qilingan tovarlar hisobotlarining elektron tarzda shakllanishini taʼminlash;

ayrim tovarlar uchun identifikatsiya markirovka qilishning yagona tizimini joriy etish va soliq organlari tomonidan mahsulotni hisobga olishning elektron bazasini yaratish;

elektron tijorat faoliyatini qonuniylashtirish va nazorat qilish mexanizmini joriy etish;

naqd pulsiz hisob-kitobni ragʻbatlantirish mexanizmini ishlab chiqish, shu jumladan jismoniy shaxslar oʻrtasida koʻchmas mulk obyektlari
va avtotransport vositalari oldi-sotdisi va boshqa yirik miqdordagi bitimlar boʻyicha hisob-kitoblarni bank orqali amalga oshirish tizimini rivojlantirish;

tadbirkorlar faoliyatiga davlat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuv holatlariga qatʼiy yoʻl qoʻymaslik;

“xolis xaridor” tizimini keng joriy qilish, “xufyona iqtisodiyot” boʻyicha “ishonch telefonlari”ni tashkil qilish va mazkur sohada tasdiqlangan xabarni bergan shaxslarni ragʻbatlantirish;

davlat organlari ishida shaffoflik va ochiqlikni taʼminlash nazarda tutiladi.

52.

Qoʻshimcha imkoniyat va manbalar hisobidan budjet defitsitini kamaytirish.

Yil davomida

Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi,

Hisob palatasi,

Bosh prokuratura,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda kutilayotgan defitsitni kamaytirish, shu jumladan soliq bazasini kengaytirish va samarasiz xarajatlarni maqbullashtirish yuzasidan aniq choralar amalga oshiriladi.

53.

Yil boshidan joriy etilayotgan bojxona tarif siyosatini tatbiq etish orqali tashqi bozordagi oʻzgarishlarning iqtisodiyotga salbiy taʼsirini kamaytirish.

2019-yil

1-may

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,Tashqi savdo vazirligi,
Hisob palatasi,

Moliya vazirligi,
vazirlik va idoralar

Chora-tadbirlar rejasi.

Bunda tashqi bozordagi oʻzgarishlarning iqtisodiyotimizga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ishlab chiqiladi.

54.

Mamlakatni 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kompleks rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-aprel

Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,

Moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan mamlakatni 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kompleks rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlanadi.

55.

Budjet mablagʻlaridan samarali foydalanish tizimini yanada takomillashtirish.

2019-yil

1-noyabr

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Hisob palatasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

xalqaro moliya tashkilotlari bilan birgalikda bu sohadagi jahon tajribasini chuqur oʻrgangan holda Oʻzbekistonda maqsadga yoʻnaltirilgan budjetlashtirish tizimini joriy etish bosqichlari va yoʻnalishlari;

budjetdan moliyalashtiriladigan dastur va loyihalar boʻyicha sifat
va miqdor koʻrsatkichlari va baholash indikatorlarini ishlab chiqish tartibi;

budjet mablagʻlari samaradorligini auditdan oʻtkazish standartlarini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

56.

Budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish va mahalliy budjetlarning yuqori turuvchi budjetlarga bogʻliqligi darajasini qisqartirish.

2019-yil

1-oktabr

Moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

2020-yil yakuniga qadar maqsadli yuqori budjetdan quyi budjetga ajratmalar (transfertlar) berish qoidalari va tartibini takomillashtirish, yaʼni yagona yondashuvni belgilovchi tartib oʻrnatish;

2021-yildan mahalliy budjetga qoldiriladigan soliqlar boʻyicha ajratmalar meʼyorini unifikatsiyalash va 3 yilda bir marta qayta koʻrib chiqish amaliyotini joriy etish;

mahalliy xarajatlarni moliyalashtirish vakolatini bosqichma-bosqich yuqori budjetdan quyi budjetga oʻtkazish nazarda tutiladi.

57.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Milliy hisoblar zamonaviy tizimini joriy etish.

2019-yil

1-iyul

Davlat statistika qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi, Markaziy bank

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Milliy hisoblar zamonaviy tizimini 2020-yil 1-yanvardan boshlab toʻliq joriy etishga qaratilgan tadbirlar;

yalpi ichki mahsulotni hisoblashda iqtisodiyotdagi jarayonlar toʻliq
aks ettirilishini taʼminlash;

yalpi ichki mahsulot miqdorini aniqlashni xarajat uslubida amalga oshirish nazarda tutiladi.

58.

Monetar siyosatni takomillashtirish, Hukumat va Markaziy bankning narx-navo barqarorligini taʼminlash boʻyicha konsepsiyasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-oktabr

Markaziy bank,

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan monetar siyosatni takomillashtirish choralari, Hukumat
va Markaziy bankning narx-navo barqarorligini taʼminlash boʻyicha konsepsiyasini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

59.

Samarali soliq maʼmuriyatchiligini yoʻlga qoʻyish.

Yil davomida

Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi

Chora-tadbirlar dasturi.

Bunda soliq stavkalari pasaytirilishi yoki ayrim soliqlar bekor qilinishini inobatga olgan holda budjet barqarorligini taʼminlash choralari nazarda tutiladi.

60.

Soliq kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyun

Moliya vazirligi,

Davlat soliq qoʻmitasi, vazirlik va idoralar

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda, xalqaro moliya tashkilotlari mutaxassislari bilan birgalikda Soliq kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish;

halol soliq toʻlovchilarni ragʻbatlantirish va yashirin faoliyat yuritadigan subyektlarni jazolash mexanizmlari nazarda tutiladi.

61.

Soliq islohotlarini amalga oshirish davrida isteʼmol mahsulotlari narxining barqarorligini va inflatsiya darajasi prognoz koʻrsatkichlaridan oshmasligini taʼminlash.

Yil davomida

Vazirlar Mahkamasi,

Markaziy bank,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi,

Bosh prokuratura, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda isteʼmol mahsulotlari narxining barqarorligini taʼminlash, xususan qoʻshilgan qiymat soligʻi keng joriy qilinishi bilan isteʼmol tovarlarining narxi oʻsishining oldini olish choralari nazarda tutiladi.

3.2. Bank va moliya tizimini isloh qilish hamda sohaga zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish

62.

Bank-moliya tizimini rivojlantirish boʻyicha uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish.

2019-yil

1-aprel

Vazirlar Mahkamasi,

Markaziy bank,

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan Jahon banki koʻmagida ishlab chiqiladigan bank-moliya tizimini rivojlantirish boʻyicha uzoq muddatli strategiya ta�diqlanadi.

Strategiyada:

davlat mablagʻlari hisobidan imtiyozli bank krediti ajratish amaliyotini tubdan takomillashtirish, bunda kredit foizini qisman kompensatsiya qilish amaliyotini kengaytirish;

banklardagi davlat ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish;

moliya bozorlari, shu jumladan fond bozori, davlat qimmatli qogʻozlari ikkilamchi bozori va hosilaviy moliyaviy instrumentlar bozorini rivojlantirish;

aholiga kredit ajratishda, kredit buyurtmanomasi, hujjatlarini taqdim qilish va ularni koʻrib chiqishning avtomatlashtirilgan mexanizmini (kredit konveyerini) joriy qilish orqali bank operatsiyasi jarayonlarida inson aralashuvini minimallashtirish;

hududlarda bank kartalari va ularga xizmat koʻrsatuvchi jihozlar (toʻlov terminali, infokiosk va bankomatlar) sonini keskin oshirish;

bank va mijoz oʻrtasidagi munosabatlarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shu jumladan raqamli texnologiyalarga asoslangan masofaviy bank xizmati turlarini yanada kengaytirish;

bank kartalari orqali koʻrsatiladigan xizmatlar turlarini kengaytirish, shu jumladan kredit kartalarini joriy etish;

zamonaviy moliyaviy texnologiyalar va tadbirkorlik subyektlari loyihalarini moliyalashtirishning kraudfanding va boshqa muqobil mexanizmlarini rivojlantirish uchun normativ-huquqiy asoslarni yaratish;

bank xizmatlari sifatini oshirish maqsadida tijorat banklari faoliyatiga samaradorlikning muhim koʻrsatkichlari (KPI), mijozlarning bank xizmatlaridan mamnunlik indeksi (CSI), mijozlarning bank xizmatlarini boshqalarga tavsiya etish indeksi (№PS) kabi koʻrsatkichlarni joriy etish;

mahalliy va xalqaro bank plastik kartochkalari boʻyicha hisob-kitoblarda banklar orasida axborot va texnologik hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida Milliy banklararo protsessing markazini ishga tushirish;

milliy toʻlov tizimini xalqaro toʻlov tizimlari (Visa, Master Card
va boshqalar) bilan integratsiyalash;

moliya bozori infratuzilmasini rivojlantirish, mikromoliyalash jarayoni va mikrokredit tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

63.

Sugʻurta bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirish.

2019-yil

1-iyul

Moliya vazirligi,

Markaziy bank,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan Sugʻurta bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlanadi.

Konsepsiyada:

“Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunni yangi tahrirda ishlab chiqish;

barcha majburiy sugʻurta turlarini yagona hujjatga mujassamlashtirish va majburiy sugʻurtalanadigan faoliyat turlarini kengaytirish;

sugʻurta polisining kredit olish uchun mavqeyini oshirish va sugʻurta puli toʻlash tartibini takomillashtirish;

banklarga sugʻurta agenti maqomini berish;

interaktiv, jumladan onlayn sugʻurta xizmatini kengaytirish nazarda tutiladi.

64.

Qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish va uning iqtisodiyotdagi ulushini oshirish.

2019-yil

1-aprel

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Markaziy bank

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

kapital (fond) bozorining milliy iqtisodiyotdagi mavqeyini hamda investitsiyalarni jalb etishdagi rolini oshirish, birja savdolariga keng jamoatchilikni jalb qilish;

sohani tartibga soluvchi vakolatli davlat organi faoliyatini xalqaro tashkilotlar, xususan IOSCO tamoyillariga moslashtirish;

mahalliy emitentlarning qimmatli qogʻozlarga jahonda tan olingan identifikatsiya kodlarining (ISI№, CFI) bevosita Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan berilishi nazarda tutiladi.

65.

Davlat aksiya paketlarini “Bitta aksiya — bitta lot” tamoyili asosida sotish tartibini joriy etish.

2019-yil

1-aprel

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi,

Moliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada davlat aksiyalari savdosiga aholi va investorlarni jalb etishni cheklovchi aksiyalarni yirik miqdorda savdoga chiqarish amaliyotini takomillashtirish nazarda tutiladi.

66.

Yirik markaziy xalqaro depozitar-kliring tizimlari (EuroClear, ClearStream) hamda Milliy raqamlovchi agentliklar assotsiatsiyasi bilan Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi hamkorligini yoʻlga qoʻyish.

2019-yil

1-may

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi,

Markaziy bank

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada chet el investorlari mablagʻini toʻgʻridan-toʻgʻri iqtisodiyotga jalb qilishni ragʻbatlantirish uchun yirik markaziy xalqaro depozitar-kliring tizimlari (EuroClear, ClearStream), Milliy raqamlovchi agentliklar assotsiatsiyasi va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi hamkorligini yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi.

67.

Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish.

2019-yil

1 mar�

Markaziy bank,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

“Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasi.

Loyihada:

sohaga oid qonunosti hujjatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish, havolaki normalarni maksimal darajada qisqartirgan holda valyuta operatsiyalarini amalga oshirishga oid barcha jihatlarni tartibga solish;

xalqaro tajribani chuqur oʻrganish asosida va tadbirkorlar ehtiyojlarini inobatga olgan holda, valyuta operatsiyalarini tartibga solishni soddalashtirish;

jismoniy va yuridik shaxslarning oʻz valyuta mablagʻidan erkin foydalanish huquqining kafolatini mustahkamlash;

mamlakatning iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan holda, kapital harakati bilan bogʻliq operatsiyalarni tartibga solish;

valyuta bozori faoliyatini yanada takomillashtirish va erkinlashtirish;

norezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritishi natijasida olingan mablagʻlarini chet el valyutasiga ayirboshlash amaliyotini yanada soddalashtirish nazarda tutiladi.

3.3. Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va yanada rivojlantirish

68.

“Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-aprel

Iqtisodiyot va
sanoat vazirligi,
Adliya vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi,

Moliya vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada yuridik shaxslar va fuqarolarning binolari hamda inshootlari bilan band boʻlgan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartibi nazarda tutiladi.

69.

Jahon bankining “Biznesni yuritish” reytingidagi 2020-y�l yakuni boʻyicha barcha yoʻnalishlarda Oʻzbekistonning oʻrnini tubdan yaxshilash choralarini koʻrish.

2019-yil

1-may

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,

Qurilish vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Tashqi savdo vazirligi,

“Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

“Oʻzstandart” agentligi,

Adliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda qurilish yoʻnalishida 50 talikka, mulkni rasmiylashtirishda — 30 talikka, minoritar aksiyadorlar himoyasida — 20 talikka, xalqaro savdoda — 50 talikka kirish va boshqa yoʻnalishlarda Oʻzbekistonning oʻrnini tubdan yaxshilash choralari nazarda tutiladi.

Shuningdek, qurilish sohasida:

qurilish ishlariga ruxsat berish, loyihalash va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish jarayonini tubdan soddalashtirish;

shaharsozlik norma va qoidalarini qayta koʻrib chiqish;

qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsatnoma olishni soddalashtirish;

Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga aʼzo 36 ta mamlakatning qurilish sohasidagi litsenziya va boshqa ruxsatnomalarini tan olish tartibini joriy etish;

Shaharsozlik kodeksini toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydigan hujjat sifatida yangi tahrirda ishlab chiqish boʻyicha amaliy tadbirlar belgilanadi.

70.

Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr energiyasi tizimlariga ulanish tartibini tubdan yengillashtirish.

2019-yil

1-iyul

“Oʻzbekenergo” AJ,

Adliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

hududiy elektr tarmoqlari tarkibida davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha alohida boʻlinma tashkil qilish;

elektr energiyasi sohasidagi davlat xizmatlari uchun unifikatsiya qilingan tariflar tizimi va tarif belgilashda shaffof mexanizmlarni joriy etish;

elektr energiyasi tizimlariga ulanish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish muddatlarini qisqartirish va narxlarini kamaytirish;

tadbirkorl�rning ishlab chiqarish maydoniga qadar zaruriy muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tortib kelish xarajatlarini qoplash manbalarini aniq belgilash;

“Oʻzbekenergo” AJ rasmiy sayti va davlat xizmatlari portalida energiya tizimida hisobot yilida sodir boʻlgan uzilishlar, narx va ulanish tartibi toʻgʻrisida maʼlumotlarni chop etish;

tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish va foydalanish tizimida ommaviy oferta bitimi tuzish tartibini joriy qilish nazarda tutiladi.

71.

Raqamli iqtisodiyot milliy strategiyasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-mart



2019-yil

1-dekabr

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Innovatsiya vazirligi, “Oʻzaloqanazorat” inspeksiyasi

“Raqamli Oʻzbekiston-2030” milliy strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha “yoʻl xarita”si.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

“Raqamli Oʻzbekiston-2030” milliy strategiyasini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash;

davlat xizmatlari koʻrsatish, davlat boshqaruvi, iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, xizmat koʻrsatish sohalarida raqamli transformatsiya qilish;

biznes xarajatlari va maʼmuriy yuklamani kamaytirish maqsadida maʼmuriy tartib-taomillarni raqamlashtirish nazarda tutiladi.

72.

Maʼmuriy tartib-taomillarni tizimlashtirish va soddalashtirish.

2019-yil

1-dekabr

Adliya vazirligi,

vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada mavjud maʼmuriy tartib-taomillarni xatlovdan oʻtkazib, yagona hujjatda jamlash hamda alohida qabul qilingan reglament va qarorlarni bekor qilish nazarda tutiladi.

73.

Koʻchmas mulkka oid bitimlarni rasmiylashtirish tizimini soddalashtirish.

2019-yil

1-mart

Adliya vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

koʻchmas mulk obyekti kadastr yigʻma jildini soddalashtirish, kadastr pasportini elektron tizimga oʻtkazish;

koʻchmas mulk obyektlariga oid bitimlar notarial idoralar tomonidan rasmiylashtirilganda bitim haqidagi maʼlumotlarni bazaga kiritish va mulk huquqini onlayn roʻyxatdan oʻtkazish;

koʻchmas mulkni begonalashtirish uchun bitimlarni tuzishda kadastr organlari tomonidan amalga oshiriladigan texnik inventarizatsiya oʻtkazish talabini bekor qilish;

koʻchmas mulkni roʻyxatga olish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun Internet tarmogʻi orqali buyurtma berish tartibini joriy qilish nazarda tutiladi.

74.

Yuridik shaxslar haqidagi maʼlumotlarni internet orqali olish tizimini yaratish.

2019-yil

1-aprel

Adliya vazirligi,

Davlat statistika qoʻmitasi,

Davlat soliq qoʻmitasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

yuridik shaxsga oid konfidensial boʻlmagan barcha maʼlumotlarni ochiq portalga joylashtirish;

konfidensiallik darajasini ilgʻor xorijiy tajribaga tayangan holda aniqlashtirish;

yuridik shaxslarning roʻyxatdan oʻtkazilgan majburiyatlari (garov, zakalat) yoki mulkiy cheklovlarini portalga joylashtirish;

yuridik shaxslar toʻgʻrisida chop etiladigan maʼlumotlarni roʻyxatga oluvchi organlar saytlari va hukumat portalida eʼlon qilishni yagona shaklga keltirish nazarda tutiladi.

75.

Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida minoritar aksiyadorlar ishtirokini oshirish hamda ularning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish.

2019-yil

1-iyul

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,
Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Adliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

aksiyadorlik jamiyatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikda affillangan shaxslar bilan bitim tuzishga nisbatan talablarni kuchaytirish;

qimmatli qogʻozlar boʻyicha hisoblangan daromadlarni (dividend, foiz) Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysi va investitsiya vositachilari orqali toʻlab berish mexanizmini joriy qilish;

aksiyadorlar umumiy yigʻilishi va kuzatuv kengashi majlislarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan ishtirok etish;

aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida yuzaga keladigan muhim faktlarni qimmatli qogʻozlar birja kotirovkalash varagʻiga kirgan va (yoki) aksiyadorlarining umumiy soni 50 nafardan ortiq aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan oshkor etilishi nazarda tutiladi.

76.

Dehqon bozori va savdo komplekslarini ochish tartibini belgilash.

2019-yil

1-iyul

Vazirlar Mahkamasi,

Qurilish vazirligi,

Davlat soliq qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

bozorlar va savdo komplekslarini ochish uchun tegishli ixtisoslik boʻyicha ehtiyojlarni aniqlashtiruvchi talablar;

bozorlar va savdo komplekslari faoliyatiga va tuzilishiga boʻlgan talablar;

bozorlar va savdo komplekslarining hududlar kesimida joylashuvini belgilovchi dislo�atsiya xaritalari;

mavjud va keyinchalik hududda vujudga keladigan sharoitlarni inobatga olish mexanizmlari (aholi soni oʻsishi, yangi uylar qurilishi, yoʻllar kengayishi va boshqa holatlar) nazarda tutiladi.

77.

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tugatish tartibini takomillashtirish.

2019-yil

1-may

Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tugatishda jarayonlar shaffofligini oshirish, korrupsiya bilan bogʻliq omillar shakllanishining oldini olish, tartib va taomillarni yanada soddalashtirish va takomillashtirish nazarda tutiladi.

78.

Avtomobil transportida yoʻlovchi va yuk tashish tizimini takomillashtirish.

2019-yil

1-mart

Avtomobil transporti agentligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

yoʻlovchi va yuk tashish uchun litsenziya talablarini keskin soddalashtirish;

yoʻlovchi va yuk tashish boʻyicha talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish va zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash;

shaxsiy avtotransport vositalarini litsenziyaga ega yuridik shaxslarga ijaraga berish orqali taksi haydovchisi sifatida ishlashga majbur qilinayotgan amaliyotga barham berish;

qonun hujjatlaridagi litsenziyasiz yoʻlovchi va yuk tashishga imkoniyat yaratuvchi barcha boʻshliqlarni qayta koʻrib chiqish;

yoʻlovchi va yuk tashish uchun litsenziya boʻyicha olinadigan davlat bojini qayta koʻrib chiqish;

hududlardagi transport boshqaruvi tizimini davlat-xususiy sheriklik orqali tadbirkorlik subyektlariga oʻtkazish mexanizmlari;

avtomobil transportlariga beriladigan maxsus davlat raqami belgisini yoʻlovchi va yuk tashish uchun litsenziyaga tenglashtirish hamda ushbu sohada ichki ishlar organlari vazifa�arini kengaytirish nazarda tutiladi.

3.4. Iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmlarini joriy etish va unga davlat aralashuvini kamaytirish

79.

Davlat ulushi mavjud xoʻjalik jamiyatlari va davlat korxonalarini boshqarishni tubdan takomillashtirsh.

2019-yil

1-fevral

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Iqtisodiyot
va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

barcha davlat boshqaruvi organlariga tegishli aksiyalar va ulushlarni boshqarish funksiyasini yagona vakolatli idoraga yuklash;

davlat ulushi boʻlgan korxonalarning tashkiliy tuzilmasini, Kuzatuv kengashi va ijro organi tarkibini qonun hujj�tlari bilan tasdiqlash amaliyotini bekor qilish;

davlat ulushi boʻlgan korxonalarning ijro organi aʼzolarini vazir va uning oʻrinbosarlari maqomiga tenglashtirish amaliyotidan voz kechish;

davlatning ishonchli vakili faoliyatini tugatib, uning vazifalarini kuzatuv kengashi tarkibiga kiritilgan davlat vakili zimmasiga yuklash;

aksiyadorlik jamiyatlari kuzatuv kengashi tarkibiga mustaqil aʼzolarni kiritish amaliyotini kengaytirish;

vazirlik va idoralarning oʻzi tartibga soladigan sohada faoliyat koʻrsatayotgan xoʻjalik jamiyatlari taʼsischisi boʻlishi amaliyotini bosqichma-bosqich bekor qilish nazarda tutiladi.

80.

Iqtisodiyotda davlat ishtirokining maqsadini belgilash va davlat aralashuvini yanada kamaytirish.

2019-yil

1-sentabr

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Iqtisodiyot
va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi,

Markaziy bank

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

davlat ulushi mavjud xoʻjalik jamiyatlari va davlat korxonasini tashkil etish va ularning faoliyat yuritish maqsadlarini belgilash;

belgilangan maqsadlarga muvofiq boʻlmagan davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni taqiqlash;

monopoliyaga qarshi kurashish organining ijobiy xulosasisiz davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish amaliyotiga chek qoʻyish;

davlat ishtirokidagi barcha korxonalarning belgilangan maqsadlarga muvofiqligini oʻrganish boʻyicha ishchi guruhi tuzish;

xususiy sektor samarali faoliyat koʻrsatayotgan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida paxta tozalash, un, yogʻ-moy, goʻsht-sut, oziq-ovqat sanoati va boshqa shu kabi raqobat mavjud boʻlgan sohalar korxonalaridagi davlat ulushini sotish nazarda tutiladi.

81.

Davlat unitar korxonalari ajratmalarini davlat budjetiga oʻtkazish mexanizmlarini takomillashtirish.

2019-yil

1-may

Davlat soliq qoʻmitasi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

davlat unitar korxonalari yillik yigʻilishi yil tugaganidan keyin olti oydan kechiktirmay oʻtkazilishi va davlat budjetiga ajratmalar sof foydani taqsimlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan 60 kundan kechiktirmay toʻlanishi;

davlat unitar korxonalarining boshqa jamiyat ustav fondidagi ulushi boʻyicha dividend davlat unitar korxonalarining daromad manbalaridan biri hisoblanishi nazarda tutiladi.

82.

Ashyoviy huquqlar va yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shakllarini tanqidiy koʻrib chiqish.

2019-yil

1-iyul

Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada yuridik shaxslarning “unitar korxona” tashkiliy-huquqiy shaklini bekor qilish, xoʻjalik yuritish huquqini bekor qilish nazarda tutiladi.

83.

Davlat va xoʻjalik birlashmalari ulushi mavjud boʻlgan ayrim aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalar paketlarini birlamchi va ikkilamchi ommaviy taklif asosida realizatsiya qilish.

2019-yil

1-aprel

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalar paketlarini birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif asosida realizatsiya qilish nazarda tutiladi.

84.

Litsenziya va ruxsatnomalar berish jarayonini soddalashtirish.

2019-yil

1-may

Adliya vazirligi,

vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

litsenziya beruvchi organlar tomonidan litsenziya oluvchilarni majburiy oʻqitish, malakasini oshirish tartibini qayta qoʻrib chiqish;

tadbirkorlik subyektlari rahbar
va xodimlarini tayinlashni litsenziya va ruxsatnoma beruvchi davlat organlari bilan kelishish tartibini qayta koʻrib chiqish nazarda tutiladi.

85.

Soliq va bojxona imtiyozla�ini bosqichma-bosqich bekor qilish.

2019-yil

1-may

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi,

Davlat bojxona qoʻmitasi

Chora-tadbirlar dasturi.

Dastur bilan tegishli soliq imtiyozlarini bosqichma-bosqich bekor qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlanadi.

3.5. Iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini isloh qilish va rivojlantirish orqali sogʻlom raqobat muhitini yaratish

86.

Yirik davlat korxonalarida moliyaviy hisobot tuzish va audit oʻtkazishda xalqaro standartlarni joriy qilish.

2019-yil

1-may

Vazirlar Mahkamasi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Moliya vazirligi, tegishli davlat korxonalari

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

2020-yildan boshlab yirik davlat korxonalarida moliyaviy hisobot tuzish va audit oʻtkazishda xalqaro standartlarni joriy qilish;

davlat ulushi mavjud boʻlgan yirik korxonalar auditini oʻtkazish uchun yetakchi xalqaro kompaniyalarni jalb etish;

oʻnta yetakchi xalqaro audit kompaniyalarini Moliya vazirligidan akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibini bekor qilish nazarda tutiladi.

87.

Davlat tomonidan mahsulot ishlab chiqarish hajmini va uning narxini belgilash amaliyotini butunlay qayta koʻrib chiqib, bozor tamoyillarini joriy etish.

2019-yil

1-aprel

Vazirlar Mahkamasi,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va
sanoat vazirligi,
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan narx shakllantirishni erkinlashtirish hamda ishlab chiqarish hajmlarini belgilashdan voz kechish boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlanadi.

88.

Raqobatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini takomillashtirish.

2019-yil

1-oktabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi,

Moliya vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi va “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonun normalarini birlashtirish
va yanada takomillashtirish nazarda tutiladi.

3.6. Qishloq xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish orqali sohani jadal rivojlantirish

89.

Paxta xomashyosi va boshoqli don mahsulotlari yetishtirishga kredit ajratish tartibini qayta koʻrib chiqish.

2019-yil

1-noyabr

Moliya vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Markaziy bank,

“Oʻztoʻqimachilik-sanoat” uyushmasi,

“Oʻzdonmahsulot” AJ,

“Oʻzpaxtasanoat” AJ,

tijorat banklari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirishga imtiyozli kredit ajratish muddatini agrotexnik tadbirlar muddatiga moslashtirish;

toʻqimachilik-paxta ishlab chiqarish korxonalari va klasterlariga ajratilgan imtiyozli kreditlarni qaytarish shartlari va muddatini aniq belgilash nazarda tutiladi.

90.

Fermerlarning qishloq xoʻjaligi sohasidagi bilimini oshirish.

2019-yil

1-mart

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari
va tomorqa yer egalari kengashi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Innovatsiya vazirligi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

tegishli vazirlik va idoralar oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, fermerlarni oʻqitish va qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish;

ommaviy axborot vositalarida qishloq xoʻjaligini yuritish, hududlarning ushbu sohadagi ixtisosligi, yetishtirilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilash va turli kasalliklar bilan kurashish usullari haqida turkum dasturlarni tayyorlash ishlari amalga oshiriladi.

91.

Paxta, gʻalla, meva-sabzavot va boshqa yoʻnalishlardagi klasterlar faoliyatini har tomonlama rivojlantirish.

2019-yil

1-iyun

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,

“Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi,

Bosh prokuratura,

“Oʻztoʻqimachilik-sanoat” uyushmasi,

“Oʻzdonmahsulot” AJ,

“Oʻzpaxtasanoat” AJ,

“Oʻzbekoziqovqat-xolding” XK, “Oʻzsharobsanoat” AJ, “Parrandasanoat” uyushmasi, “Oʻzbaliqsanoat” uyushmasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

klaster tizimida mavjud toʻsiqlarni bartaraf etish choralari;

klasterlar faoliyatining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslari, ularni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari;

qishloq xoʻjaligining barcha sohalariga klaster usulini keng tatbiq etish choralari;

klasterlarni kreditlash tizimini soddalashtirish, yer ajratish bilan bogʻliq tartiblarni takomillashtirish;

paxtachilik, bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikda yangi klasterlarni tashkil etish nazarda tutiladi.

92.

Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini yetishtirish, saqlash va tayyorlashning yagona tizimini yaratish.

2019-yil

1-sentabr

Innovatsiya vazirligi,

Fanlar akademiyasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Bosh prokuratura,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

“Urugʻchilik eksporti — 2030” dasturini ishlab chiqib, 2030-yilga kelib urugʻlar eksporti hajmini keskin oshirish;

qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini yetishtirish, saqlash va tayyorlash tartib va meʼyorlarini belgilash;

sabzavotchilik, polizchilik va ozuqa ekinlari urugʻchilik tizimini tashkil etish;

har yili belgilangan tartibda tayyor urugʻlarni fermerdan sotib olish va ularni mavsumgacha saqlash hamda fermerlarga berish mexanizmini joriy etish nazarda tutiladi.

93.

Urugʻchilikda asl navlarni yaratish maqsadida, tajriba-seleksiya ishlarini tubdan jonlantirish.

2019-yil

1-may

Innovatsiya vazirligi,

Fanlar akademiyasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Bosh prokuratura,

Moliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada urugʻchilik va seleksiya bilan shugʻullanadigan institutlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash, davlat-xususiy sheriklik asosida urugʻchilik klasterlarini tashkil etish nazarda tutiladi.

94.

Tuproq unumdorligi, suv taʼminoti hamda boshqa omillarni hisobga olgan holda qishloq xoʻjaligi erlarining hosildorligini belgilash boʻyicha normativlar ishlab chiqish.

2019-yil

1-may

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi,

Bosh prokuratura,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Innovatsiya vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi, “Oʻzagrokimyohimoya” AJ

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

qishloq xoʻjaligi yerlarining hosildorligini belgilash boʻyicha normativlarni ishlab chiqish;

tahlil asosida qishloq xoʻjaligi ekinlarining mineral oʻgʻitlarga boʻlgan ilmiy talabini belgilash hamda ulardan tabaqalashtirilgan holda foydalanish tizimini yoʻlga qoʻyish;

qishloq xoʻjaligi yerlarining ball bonitetini, har bir dala konturi boʻyicha tuproq tarkibi, ozuqa elementlari, fosfor va kaliy bilan taʼminlanganligi darajasi boʻyicha kartogrammalar tayyorlash;

kimyoviy vositalar hisobiga tuproq va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibidagi pestitsidlar, nitratlar
va ogʻir metall tuzlari qoldiqlari meʼyorlarini kuzatish tizimini yoʻlga qoʻyish;

tuproq bonitirovkasi shoʻba korxonasi negizida “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi tarkibiga kiruvchi alohida “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi”ni tashkil etish;

suv va oʻsimlik tarkibidagi mineral va organik oʻgʻitlarning kimyoviy tahlilini oʻtkazish uchun maxsus zamonaviy statsionar va koʻchma laboratoriyalarni tashkil etish nazarda tutiladi.

95.

Suv isteʼmolchilari uyushmalari faoliyatini takomillashtirish.

2019-yil

1-iyul

Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada suv isteʼmolchilari uyushmalari sonini maqbullashtirish, respublika, viloyatlar va har bir tuman (shahar)da yagona uyushma tashkil etish yoki ularni irrigatsiya boʻlimlari qoshida xoʻjalik hisobidagi korxona sifatida qayta tashkil etish masalasini koʻrib chiqish nazarda tutiladi.

96.

Suv resurslaridan oqilona foydalanish, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashni taʼminlash.

Yil davomida

Suv xoʻjaligi vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, loyiha institutlari

1 334

mlrd soʻm



132,8 mln AQSh dollari

Davlat budjeti, xalqaro moliya institutlari, Oʻzbekiston Tiklanish
va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari

2019-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning tarmoq jadvallari.

Bunda 821,8 km masofadagi magistral, tumanlararo va xoʻjaliklararo kollektorlar tizimi, 341,6 km yopiq yotiq drenajlar, 428,8 km kanallar, 127,2 km lotok tarmoqlari,
213 ta gidrotexnik inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish nazarda tutiladi.

97.

Davlat ehtiyojlari uchun boshoqli don mahsulotlari xarid qilishning bozor mexanizmlarini joriy qilish.

2019-yil

1-sentabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

“Oʻzdonmahsulot”AJ

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

davlat ehtiyojlari uchun boshoqli don mahsulotlarini kafolatlangan hajmda, xarajatlarni qoplaydigan darajadagi kafolatlangan bozor narxida xarid qilish tizimini joriy etish;

“Oʻzdonmahsulot” AJ tizimidagi tayyorlov korxonalarini bosqichma-bosqich davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektorga oʻtkazish;

davlat ehtiyoji uchun xarid qilingan mahsulotlardan narx barqarorligini saqlash (intervensiya) maqsadida foydalanish tartibi nazarda tutiladi.

98.

Qishloq xoʻjaligi maqsadlarida er berish tizimini tubdan qayta koʻrib chiqish.

2019-yil

1-noyabr

“Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

qishloq xoʻjaligi maqsadlarida yer berish tartibini “Yer Elektron” tizimiga muvofiqlashtirish va yer uchastkasiga ijara huquqini shaffof mexanizmlar orqali realizatsiya qilishni joriy etish;

fuqaro va tadbirkorlarga maxsus geoportal orqali auksion savdosiga chiqariladigan yer maydonlarini tanlash imkoniyatini yaratish;

erdan moʻl hosil olayotgan koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklariga faoliyatini kengaytirish uchun qoʻshimcha yer ajratish tartibi;

suv tanqisligi va shoʻrlanishi yuqoriligi sababli qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlardan samarali foydalanish tizimini yaratish nazarda tutiladi.

99.

Chorvachilik va parrandachilik ozuqa bazasini mustahkamlash.

2019-yil

1-mart

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Innovatsiya vazirligi,

“Oʻzdonmahsulot” AJ,

“Oʻzpaxtayogʻ” AJ,

Respublika tovar-xomashyo birjasi

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

paxta va gʻalla maydonlaridan boʻshagan hosildorligi past yerlarda cho�vachilik va parrandachilik ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida ozuqa ekinlari, jumladan yuqori proteinli oʻsimliklarni joylashtirish;

omuxta yem mahsulotlarini cheklanmagan miqdorda birja savdolari orqali bozor narxlarida sotib olishni taʼminlash;

“Oʻzdonmahsulot” AJ tizimidagi yem ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, yem mahsulotlari sifatini oshirish;

chorvachilik ozuqa bazasini yanada mustahkamlash, chorvachilikda intensiv texnologiyalar va innovatsion ishlanmalarni keng joriy qilish nazarda tutiladi.

100.

2019 — 2024-yillarda mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash milliy dasturini ishlab chiqish.

2019-yil

1-aprel

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Bosh prokuratura,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Innovatsiya vazirligi,

“Oʻzstandart” agentligi, Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash;

Jahon oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha Rim Deklaratsiyasi hamda Bioxavfsizlik boʻyicha Kartaxen protokolini ratifikatsiya qilish masalasini koʻrib chiqish nazarda tutiladi.

101.

Ichki va tashqi bozorlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan talab, hududlarning tuproq-iqlim sharoitlari va boshqa omillarni hisobga olgan holda ekinlarni joylashtirish va hududiy ixtisoslashtirish tizimini takomillashtirish.

2019-yil

1-may

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi,

Innovatsiya vazirligi,

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari
va tomorqa yer egalari kengashi,

Fanlar akademiyasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni oʻrnatish;

tuproq, iqlim, suv sharoitidan kelib chiqib, keyingi yil hosili uchun fermer xoʻjaliklari kesimida, konturlar va ekin turlari boʻyicha qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish;

zarar koʻrib ishlayotgan, past rentabelli va istiqbolsiz fermer xoʻjaliklarini maqbullashtirish;

hududiy ixtisoslashtirishni chuqurlashtirish, jumladan tumanlar hududlarini mos mahsulot turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish nazarda tutiladi.

3.7. Viloyatlar, tuman va shaharlarni kompleks rivojlantirish, ularning salohiyatidan samarali va optimal foydalanish

102.

Oʻzbekiston Respublikasida 2030-yilgacha urbanizatsiyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyun

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

Qurilish vazirligi,

Moliya vazirligi,

Mehnat vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

urbanizatsiya darajasini 2030-yilga qadar kamida 60 foizga yetkazish;

kompleks uy-joylar qurilishi hisobidan yangi shaharlar va yoʻldosh-shaharlar tashkil etish;

shaharlar infratuzilmasini modernizatsiya qilish va yangilash;

xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb qilish;

tadbirlarni moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilash nazarda tutiladi.

103.

Respublikaning 27 ta tumanida sanoatni rivojlantirish boʻyicha oʻrta va uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqish.

2019-yil

1-may

Vazirlar Mahkamasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,

Moliya vazirligi

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

hududdagi tabiiy va yer osti boyliklarini inobatga olgan holda, sanoat mahsulotlari hajmini keskin oshirish;

xizmat koʻrsatish va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni xomashyo, materiallar va energiya taʼminoti bilan taʼminlash, ularning ichki va tashqi bozordagi raqobatbardoshligini oshirish nazarda tutiladi.

104.

Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlariga, ayniqsa, yengil sanoat, metallurgiya, qurilish materiallari va oziq-ovqat tarmogʻiga, shuningdek hududlarga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya jalb qilish.

Yil davomida

Loyiha tashabbuskorlari

(vazirlik, idora va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

4,12 mlrd AQSh dollari

Xorijiy investorlar mablagʻlari

2019-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning tarmoq jadvallari.

Bunda xorijiy investorlarga er
va bino ajratish, ruxsatnomalarni taqdim etish, loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish choralari nazarda tutiladi.

105.

Foiz stavkalari inflatsiya darajasidan ancha past boʻlgan infratuzilma va ijtimoiy sohani rivojlantirishda iqtisodiy manfaatdorlikni yanada oshirishga qaratilgan xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy hukumatlar moliya tashkilotlarining uzoq muddatli imtiyozli kreditlari hisobidan loyihalarni amalga oshirishni kengaytirish.

Yil davomida

Loyiha tashabbuskorlari (vazirlik, idora va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Toshkent shahar va Samarqand viloyati hokimliklari), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

2,7 mlrd AQSh dollari

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumatlar moliya tashkilotlari mablagʻlari

2019-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning tarmoq jadvallari.

Bunda xorijiy loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish choralari nazarda tutiladi.

106.

Xalqaro va davlat ahamiyatidagi hamda mahalliy yoʻllarni qurish, taʼmirlash va rekonstruksiya qilish.

Yil davomida

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi,

Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

1,7 trln soʻm

94,5 mln AQSh dollari

Davlat budjeti mablagʻlari

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumatlar moliya tashkilotlari mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda 2019-yilda 46,2 km xalqaro, 18,7 km davlat ahamiyatidagi, 60 km namunaviy qishloq aholi punktlari va xizmat uylari, shuningdek 65 km erkin iqtisodiy, kichik sanoat, erkin sanoat iqtisodiy va erkin iqtisodiy farm zonalar hamda 35,6 km mahalliy yoʻllarni qurish, taʼmirlash va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi.

107.

Avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlariga oid qurilish qoidalari va meʼyorlarini xalqaro standartlarga moslashtirish.

2019-yil

1-iyun

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi,

Qurilish vazirligi, Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi,
Adliya vazirligi,
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash
va saqlashga oid qurilish qoida
va meʼyorlarini xalqaro standartlarga moslashtirish;

tezyurar avtomobil yoʻllarini qurishga oid namunaviy texnik talablarning normativ meʼyorini yaratish;

shahar koʻchalarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash
va saqlashda muhandislik kommunikatsiyalaridan foydalanuvchi tashkilotlar bilan birgalikda ishlarni kompleks amalga oshirish tartibini joriy qilish;

shahar koʻchalarini qurish va rekonstruksiya qilishda suv qochirish tizimini inobatga olgan holda loyiha yechimlari qoʻllanilishini taʼminlash;

avtomobil yoʻllarining holatini koʻrsatuvchi ochiq elektron xaritani ishlab chiqish va ularni taʼmirlash uchun tanlovlar shaffofligini taʼminlash mexanizmlari nazarda tutiladi.

108.

Orolboʻyi hududida joylashgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.

Yil davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

320,7 mlrd soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

2019-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning tarmoq jadvallari.

Bunda Investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish choralari nazarda tutiladi.

109.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi shahar va qishloqlarida aholining hayot sharoitini yaxshilash maqsadida yangi qurilishlarni amalga oshirish.

2019-yil

1-iyul

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Bosh prokuratura, Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, “Qishloqqurilishinvest” MChJ, “Oʻzshaharqurilishinvest” MChJ

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi shahar va qishloqlarida yangi qurilishlarni amalga oshirish manzilli dasturini tasdiqlash;

Moʻynoq tumanida barcha zarur infratuzilmalarga ega boʻlgan zamonaviy shaharcha bunyod etish nazarda tutiladi.

110.

Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarida texnologik audit oʻtkazish tizimini yaratish.

2019-yil

1-may

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Fanlar akademiyasi, Qurilish vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada ichimlik suvi taʼminoti
va kanalizatsiya tizimi obyektlarini texnologik auditdan oʻtkazish chora-tadbirlari nazarda tutiladi.

3.8. Faol investitsiya siyosatini amalga oshirish va investorlar ishonchini oqlash

111.

Oʻzbekiston Respublikasining oʻrta muddatli investitsiya siyosati strategiyasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyun

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

har bir hududning ixtisoslashuvi
va investitsiya jalb qilinadigan ustuvor yoʻnalishlar;

yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni talab etadigan, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jalb qilinishi lozim boʻlgan sohalarni belgilash va ularni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari;

xorijiy investorlar uchun beriladigan imtiyozlarda yagona siyosat yuritish;

jalb etiladigan investitsiyalarning manbalari va shakllarini soha va hududlar kesimida belgil�sh nazarda tutiladi.

112.

Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish.

2019-yil
1-mart

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot
va sanoat vazirligi,
vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlashning zamonaviy shakl hamda usullarini joriy etish nazarda tutiladi.

113.

Investorlarga taqdim etish uchun hududlar va tarmoqlar kesimidagi dastlabki investitsiya loyihalari portfelini shakllantirish.

2019-yil

1-iyul

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablagʻlari

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

mamlakat va yaqin qoʻshni davlatlar tomonidan import qilinayotgan ehtiyoj yuqori boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun mavjud energiya, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanish;

hududlardagi mavjud imkoniyatlar
va investitsiya loyihalari haqidagi maʼlumotlarning ochiqligini taʼminlash;

xususiylashtirish va davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida amalga oshiriladigan yirik loyihalarni (aeroport, yoʻl qurilish, elektr energetika va kimyo sanoat sohalarida) belgilash nazarda tutiladi.

114.

Toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiya�arini jalb qilish sohasida olib borilayotgan chora-tadbirlar samarasini yanada oshirish, yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishda masʼul tashkilot va idoralar hamkorligini kuchaytirish maqsadida investitsion konsalting kompaniyasini tashkil qilish va uning huzurida alohida investitsiya portalini yaratish.

2019-yil
1-mart

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura, DXX, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablagʻlari

Amaly chora-tadbirlar.

Bunda:

iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa sohalarda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya jalb qilish boʻyicha barcha davlat organlari va tashkilotlarining harakatlarini birlashtirish;

ustuvor investitsiya loyihalari boʻyicha investitsiya takliflarini koʻrib chiqish va chet el investorlariga konsultatsiya xizmatlarini koʻrsatish;

xorijiy investorlar bilan uchrashuvlar tashkil qilish, yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish uchun masʼul idoralarni jalb qilish;

Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya salohiyatini, investorlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlarni keng targʻib qilish;

chet el investorl�riga investitsiya loyihalarini amalga oshirishda barcha turdagi huquqiy, moliyaviy-iqtisodiy va tashkiliy-texnik xizmatlar koʻrsatish ishlari amalga oshiriladi.

115.

Oʻzbekistonning investitsiyaviy imkoniyatlarini chet davlatlar, investitsiyaviy bank va kompaniyalarga taqdimot qilish maqsadida “investitsiya xab”larini yaratish.

2019-yil

1-aprel

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,

TIV, tijorat banklari, Savdo-sanoat palatasi

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablagʻlari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha:

respublika hududlarida “investitsiya xab”larini tashkil etish;

taklif etilayotgan aniq investitsiyaviy loyihalar va respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini koʻrsatish;

investorlar uchun istiqbolli loyihalarni taqdim etish, zarur hollarda mahalliy sheriklarni aniqlash;

investorlarga zarur boʻlgan ruxsat olish, l�yiha hujjatlarini tayyorlash va loyihani amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni hal etishga koʻmaklashish;

loyihalarni moliyalashtirish boʻyicha qoʻshimcha manbalarni aniqlash;

yirik moliyaviy nashrlar tomonidan davriy tashkil qilinadigan taqdimotlarda ishtirok etish;

xalqaro investitsiyaviy banklar va boshqa tashkilotlarni jalb qilgan holda, investitsiyaviy loyihalar taqdimotini respublikada va chet davlatlarda oʻtkazish nazarda tutiladi.

116.

Foydalanishga cheklovlar mavjud maʼlumotlar roʻyxatini qayta koʻrib chiqish.

2019-yil

1-aprel

Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot
va sanoat vazirligi,

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi,

DXX, Mudofaa vazirligi, FVV,

“Oʻzbekneftgaz” AJ,

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

Vazirlar Mahkamasi qarori loy�hasi.

Loyihada:

investitsiya va yuqori texnologiyalarni jalb etishga toʻsiq boʻlayotgan cheklovlarni bekor qilish;

neft va gaz tarmogʻiga oid yopiq maʼlumotlarni xatlovdan oʻtkazib, ulardan ochiq foydalanish imkonini yaratish;

qonun hujjatlariga muvofiq sir saqlanadigan maʼlumotlar roʻyxatini, tegishli tarmoqlar roʻyxatlarini qayta koʻrib chiqish;

geodeziya va kartografiya sohasida davlat sirlarini saqlash va ochiq foydalaniladigan kartografik materiallarni yaratish tartibini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

117.

Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro obligatsiyalarini chiqarishni tashkil etish va suveren kredit reytingini saqlab turish va yaxshilash chora-tadbirlarini koʻrish.

2019-yil 20-fevral

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot
va sanoat vazirligi,
Markaziy bank,
Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,
Oʻzbekiston tiklanish
va taraqqiyot jamgʻarmasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

Oʻzbekiston Respublikasi suveren kredit reytingini 2021-yilgacha saqlab turish va yaxshilash boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash;

xalqaro tashkilotlarning indeks
va reytinglarida Oʻzbekistonning ishtirokini taʼminlash;

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida savdoga qoʻyiladigan, dastlabki joylashtirilishi moliyaviy tashkilotlar guruhi tomonidan taʼminlanadigan emission qimmatli qogʻozlar — xalqaro obligatsiyalarni chiqarish nazarda tutiladi.

118.

Oʻzbekistonning global raqobatbardoshlik indeksida qatnashishini taʼminlash.

2022-yil 31-dekabr

Vazirlar Mahkamasi,

Moliya vazirligi,

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi,

Adliya vazirligi,

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi,

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,

Markaziy bank, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda global raqobatbardoshlik indeksida qatnashishni taʼminlash boʻyicha amaliy choralar nazarda tutiladi.

119.

Erkin iqtisodiy va
kichik sanoat zonalari
faoliyatini yanada takomillashtirish.

2019-yil

1-aprel

Vazirlar Mahkamasi

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, vazirlik
va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihada kichik sanoat zonalarini tashkil etishni investitsiyaviy-iqtisodiy asoslantirish, ishtirokchilarni joylashtirish, imtiyoz va preferensiyalar berishni tartibga solish nazarda tutiladi.

Loyiha bilan Erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlanib, unda:

erkin iqtisodiy zonalarda ixtisoslashuvni, investitsiya loyihalarini tanlash mezonlarini, taqdim etiladigan imtiyozlar va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa turlarini belgilash;

erkin iqtisodiy zonalarda investorlarni jalb qilish boʻyicha zarur shart-sharoitlarni yaratish, jumladan muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi, ijtimoiy va madaniy jamoat obyektlari bilan taʼminlash;

erkin iqtisodiy zonalar boshqaruv tizimini takomillashtirish, jumladan direksiyalar faoliyatini tashkil etishda yagona tizimni belgilash, koʻrsatilayotgan xizmatlar roʻyxatini kengaytirish, xorijiy kompaniyalar va tadbirkorlik subyektlariga ishonchnoma asosida erkin iqtisodiy zona direksiyasi boshqaruvini berish;

erkin iqtisodiy zonalarning maʼmuriy kengashlari va direksiyalari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash nazarda tutiladi.

Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida amalga oshirilgan loyihalar qiymatini 2020-yilgacha kamida 2 baravarga oshirishga erishiladi.

120.

Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish.

2019-yil
1-mart

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Adliya vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada erkin iqtisodiy zonalar boʻyicha qabul qilingan qonun hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish asosida “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

121.

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish.

2019-yil

1-mart

Davlat-xususiy sheriklik agentligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,

Adliya vazirligi

Norm�tiv-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish belgilangan hujjatlarni xatlovdan oʻtkazib, yondashuv, tartib va amalga oshirish mexanizmini unifikatsiyalash;

loyihalar amalga oshiriladigan soha va korxonalar roʻyxatini shakllantirish hamda shartlarini belgilash;

infratuzilma obyektlarini qurish va ulardan foydalanish, kommunal xizmat koʻrsatish sohalarida davlat-xususiy sheriklikni joriy qilish rejasini tasdiqlash nazarda tutiladi.

122.

Oʻzbekiston Respublikasining “Konsessiyalar toʻgʻrisida”gi Qonunini qayta koʻrib chiqish.

2019-yil

1-mart

Davlat-xususiy sheriklik agentligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

konsessiya obyektlarini berish, shartnomani rasmiylashtirish, davlat va investorlarning oʻzaro munosabatlarini aniq tartibga soluvchi mexanizmlarni belgilash;

“Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini “Konsessiyalar toʻgʻrisida”gi Qonun normalarini inobatga olgan holda qayta koʻrib chiqish nazarda tutiladi.

3.9. Jahon bozorlariga integratsiya qilish va eksportni qoʻllab-quvvatlash

123.

Fermer va dehqon xoʻjaliklari tomonidan yetishtirilgan mahsulotlar eksporti hajmini yanada koʻpaytirish.

2019-yil

1-iyun

Tashqi savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

har bir hududda yirik hajmli muzlatkich va shok muzlatish uskunalari, gidrokulerlarni oʻrnatish va yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlarni eksportga tayyorlashni tashkil etish;

har bir hududda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, ichki va tashqi bozorga sotishga ixtisoslashgan kooperativlar tashkil etish;

milliy eksport-import portalini tashkil etish orqali dunyoning barcha nuqtalarida mahsulotlarga mavjud talab va taklif haqida maʼlumotlarni “onlayn” rejimida tezkor olish imkoniyatini yaratish;

respublika va chet elda meva-sabzavotlarni realizatsiya qilish boʻyicha zamonaviy savdo-logistika majmualari — “xab” larni oʻz ichiga olgan savdo maydonchalarini tashkil etish;

xorijdagi savdo samaradorligi past, foydalanilmayotgan savdo uylarini optimallashtirish yoki salohiyatli tadbirkorlarga foydalanish uchun berish nazarda tutiladi.

124.

Respublikada eksport hajmini oshirishga xizmat qiladigan chegaraoldi savdo markazlarini tashkil etish.

2019-yil
1-sentabr

Tashqi savdo vazirligi, TIV,

Adliya vazirligi,

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,

Qoraqal�ogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

chegaraoldi hududlarda dilerlik markazlari, mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish va boshqa turdagi maishiy xizmat koʻrsatish obyektlaridan tashkil topgan savdo majmualarini barpo etish;

vizasiz tartib joriy qilinmagan chet el fuqarolariga maʼlum muddat davomida savdo majmuasi hududiga viza rasmiylashtirmasdan tashrif buyurishga ruxsat berish nazarda tutiladi.

125.

Bojxona tartibotlarini soddalashtirish hamda davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash.

2019-yil

1-fevral

Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi savdo vazirligi, Davlat-xususiy sheriklik agentligi, vazirlik
va idoralar

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

yangi zamonaviy chegaradan oʻtkazish terminallarini davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etish uchun texnik va moliyaviy shartlarni tayyorlash;

2019 — 2021-yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida kamida 8 ta, shundan 2019-2020-yillarda 4 ta oʻtkazish terminallarini barpo etish;

chegara bojxona postlarida nazorat tartibotlarini bajarishda sanitariya-epidemiologiya, fitosanitariya va veterinariya nazorati organlari faoliyatini samarali va operativ muvofiqlashtirish;

barcha chegara-bojxona postlari infratuzilmasini tegishli miqdorda zamonaviy inspeksiya koʻrik majmualari (skanerlar) va bojxona nazoratining boshqa texnika vositalari bilan jihozlash nazarda tutiladi.

126.

Eksport-import operatsiyalari amalga oshirishni yanada takomillashtirish, jumladan rasmiylashtirish muddatlarini, zarur hujjatlar sonini hamda xarajatlarni qisqartirish.

Yil davomida

Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi, vazirlik
va idoralar

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda “yagona darcha” unifikatsiya qilingan bojxona axborot tizimini takomillashtirish hamda sertifikatlar va ruxsat berish tusidagi hujjatlarning oʻz vaqtida tizimga kiritilishini taʼminlash choralari amalga oshiriladi.

127.

Eksport qilinayotgan mahalliy mahsulotlarning xorijiy davlatlardagi rasmiylashtiruv vaqtini qisqartirish choralarini koʻrish.

2019-yil
1-noyabr

Tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi,

TIV, Adliya vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

eksport qilinayotgan mahsulotlar xorijiy mamlakatlar hududiga yetib borishidan oldin ruxsat etuvchi (muvofiqlik va veterinariya sertifikatlari, karantin ruxsatnomasi va boshqalar) hujjatlarni real vaqt rejimida almashish, uni vakolatli organlar oʻrtasida integratsiyalash boʻyicha dasturiy taʼminotni ishlab chiqish;

asosiy eksport qilinadigan, eksport salohiyati mavjud mamlakatlardagi vakolatli organlar bilan oʻsimliklar karantini, sanitariya-epidemiologik nazorat, standartlar va veterinariya sohasida xalqaro shartnomalar tuzish, mavjudlarini qayta koʻrib chiqish orqali nazoratni soddalashtirish nazarda tutiladi.

128.

Eksportga yoʻnaltirilayotgan tovarlar uchun tariflarni arzonlashtirish va eksport logistikasi samaradorligini oshirish.

2019-yil

1-mart

Tashqi savdo vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi,

Moliya vazirligi,

Adliya vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

eksportga yoʻnaltirilgan tovarlarni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ temir yoʻllarida tashish xizmatlarini budjetdan qisman qoplash mexanizmini yaratish;

Jahon bankining “logistika samaradorligi indeksi”dagi oʻrnimizni kamida 20 pozitsiyaga yaxshilash;

xorijiy davlatlarning (Qozogʻiston, Rossiya, Turkmaniston, Eron, Ozarbayjon va boshqalar) temir yoʻllarida yuklarni tashish uchun preferensiyalar olish choralarini koʻrish nazarda tutiladi.

129.

Eksportyorlarni tashqi bozor konyunkturasidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi axborotlar bilan taʼminlovchi yagona oʻzaro integratsiyalashgan axborot tizimini shakllantirish.

2019-yil

1-sentabr

Tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi asosida xorij mamlakatlarida joriy qilingan bojxona toʻlovlari va soliq stavkalari toʻgʻrisida maʼlumotlarni joylashtirish;

tashqi bozorlarda hoʻl va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlariga boʻlgan talabni, bozorlarga kirish shart-sharoitlarini, mavjud cheklovlarni doimiy oʻrganish;

tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun tashqi savdo operatsiyalarini kuzatish imkoniyatini beruvchi “shaxsiy kabinet” yaratish nazarda tutiladi.

130.

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar va xomashyo roʻyxatini qayta koʻrib chiqish.

2019-yil
1-mart

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,

Tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada roʻyxatga kiritilmagan uskunalarni kiritish, texnologik uskunalar hamda ularning butlovchi va ehtiyot qismlari hisoblanmagan tovarlarni roʻyxatdan chiqarish nazarda tutiladi.

131.

Tadbirkorlik subyektlarining tashqi savdo faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini tizimlashtirish.

2019-yil
1-iyul

Tashqi savdo vazirligi,
Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda tadbirkorlik subyektlarining tashqi savdo faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini tizimlashtirish orqali mavjud qoidalar soddalashtiriladi va kodifikatsiya qilinadi.

132.

Bojxona qonun hujjatlari buzilishi xavfi yuqori boʻlgan tovar va tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini aniqlash vositalaridan samarali foydalanish uchun xavfni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilishini jadallashtirish.

2019-yil
1-iyul

Davlat bojxona

qoʻmitasi

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada bojxona qonun hujjatlari buzilishi xavfi yuqori boʻlgan tovar
va tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari roʻyxatini “Xavfni boshqarish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali shakllantirish nazarda tutiladi.

133.

Avtomobil, temir yoʻl
va havo transporti yoʻllarining oʻtkazuvchanlik
holatini oshirish.

Yil davomida

Vazirlar Mahkamasi, Tashqi savdo vazirligi,

Avtomobil yoʻllari davl�t qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK,

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti va loyihaga jalb qilingan tadbirkorlar mablagʻlari

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

mamlakat hududi boʻylab oʻtgan xalqaro darajadagi avtomobil yoʻllarining, ayniqsa, davlat chegarasi orqali oʻtish punktlariga olib boradigan tirband yoʻllarning oʻtkazuvchanlik qobiliyatini oshirish maqsadida loyihaviy yechimlarni ishlab chiqish;

respublikaning tranzit salohiyatidan keng foydalanish;

davlat dasturlarini shakllantirishda mavjud temir yoʻl tarmoqlarining yetkazuvchanligini oshirishga eʼtibor qaratish;

havo transporti orqali eksport hajmini oshirish va mazkur sohaga xorijiy havo kompaniyalarini keng jalb qilish nazarda tutiladi.

IV. IJTIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRIShNING USTUVOR YOʻNALIShLARI

4.1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish

134.

Eng kam oylik ish haqi miqdorini belgilash tartibini qayta koʻrib chiqish.

2019-yil
1-mart

Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Markaziy bank

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

soliq va boshqa toʻlovlarning eng kam ish haqi miqdori bilan bogʻliq boʻlishiga barham berish;

xodimlarning ish haqi miqdorini yagona tarif setkasi boʻyicha tarif koeffitsiyentini oshirish hisobiga koʻpaytirish;

pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini yagona tarif setkasi boʻyicha tarif koeffitsiyentlarini oshirish koʻrsatkichidan kelib chiqib koʻpaytirish nazarda tutiladi.

135.

Mehnat munosabatlarini takomillashtirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish.

2019-yil
20-dekabr

Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,
Adliya vazirligi,
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi,
Savdo-sanoat palatasi

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

bozor iqtisodiyoti talabidan kelib chiqib, norasmiy mehnatdan foydalanishning oldini olishga qaratilgan ragʻbatlantiruvchi normalar;

ishning oʻziga xos xususiyatiga koʻra, mehnat shartnomasini tuzish
va bekor qilishning soddalashtirilgan tartibi, xodim bilan bir vaqtda ish beruvchining ham manfaatlarini ifodalaydigan qoidalar;

Xalqaro mehnat tashkilotining tavsiyalarini implementatsiya qilish va mehnat munosabatlarini toʻgʻridan-toʻgʻri tartibga soluvchi normalar nazarda tutiladi.

136.

Ish oʻrinlarini tashkil etishni yanada ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish.

2019-yil

30-yanvar

Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyiha bilan 2019-yil uchun Bandlikka koʻmaklashish davlat dasturi tasdiqlanadi.

Davlat dasturida:

davlat buyurtmasi mexanizmini joriy etish hisobiga iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarida kamida 221,5 ming doimiy ish oʻrni yaratish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish;

fuqarolarni tashkillashtirilgan holda xorijiy davlatlarda ishga joylashtirish orqali 200,4 ming aholini ish bilan taʼminlash;

bandlikka koʻmaklashish markazlari orqali 338,7 ming fuqaroni ish bilan taʼminlash;

kasbga oʻqitish, huquqiy va boshqa turdagi maslahatlar berish kabi ijtimoiy yordamning nomoliyaviy usullaridan keng foydalanish;

maqsadli dasturlarga muvofiq mikrokreditlash hisobiga aholini tadbirkorlikka jalb qilish miqdorini keskin oshirish nazarda tutiladi.

137.

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan ishsiz fuqarolarga, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya taqdim etsh tizimini yaratish.

2019-yil

1-mart

Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

6,3 mlrd soʻm

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

aholi bandligiga koʻmaklashish markazida roʻyxatdan oʻtgan, tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxslarga roʻyxatdan oʻtish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, tadbirkorlikka oʻqitish va kredit olishda sugʻurta polisi toʻlovi uchun xarajatlarni eng kam oylik ish haqi 10 baravari miqdorida toʻlash;

ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga — har bir xodim uchun
har oyda eng kam oylik ish haqining
2 baravari miqdorida haq toʻlash. Bunda ishga qabul qilingan shaxslar bandligini eng kam son oshgan sanadan boshlab kamida 12 oy davomida saqlash;

ish beruvchilarga — aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari yoʻllanmasi boʻyicha ishga qabul qilingan xodimlarni kasbga qayta oʻqitish va malakasini oshirishga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirishga har bir xodim uchun eng kam oylik ish haqining 6 baravari miqdorida haq toʻlash nazarda tutiladi.

138.

Mehnatga layoqatli fuqarolarning bandligi
va mehnat faoliyatining “shaxsiy tarixi”ni aks ettiruvchi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy kompleksini yaratish.

2019-yil
1-oktabr

Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat personallashtirish markazi, Xalq banki, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

5,2 mln AQSh dollari

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

ish bilan band har bir fuqaro
va har bir ish oʻrnining hisobini yuritish imkonini beradigan idoralararo dasturiy kompleksni yaratish, elektron mehnat daftarchasi va elektron mehnat shartnomalarini yuritishni nazarda tutuvchi 6 oylik oʻtish davrini inobatga olgan holda maxsus axborot tizimini ishga tushirishga oid tashkiliy chora-tadbirlar;

elektron bazaga maʼlumotlar oʻz vaqtida va toʻliq kiritilmaganligi uchun maʼmuriy javobgarlik choralari nazarda tutiladi.

139.

World Skills International (WSI) uyushmasi va sohaning boshqa xalqaro yetakchi tashkilotlari metodologiyasi boʻyicha ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va axborot texnologiyalari sohalarida ishchilarni oʻqitish tizimini joriy etish.

2019-yil

1-sentabr

Mehnat vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

“Oʻqish — World Skills imtihonini topshirish” kasbga oʻqitish tamoyilini joriy etish;

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish orqali band boʻlmagan fuqarolarni kasbga oʻqitish �a malakasini oshirishni tashkil etish;

boshqa xalqaro yetakchi tashkilotlar metodologiyalari asosida oʻqitish va malaka oshirish tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

140.

Oʻzbekistonda yoshlarni kasbiy oʻqitishning zamonaviy tizimini joriy etish va rivojlantirish maqsadida xalqaro “World Skills International” uyushmasiga qoʻshilish.

2019-yil

1-dekabr

Mehnat vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Turizmni rivojlantirish

davlat qoʻmitasi

10 mlrd

soʻm

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Mehnat vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar muassisligida “World Skills Uzbekistan” uyushmasini tashkil etish;

“World Skills Uzbekistan” boshchiligida ishchi kasblar boʻyicha milliy chempionatni oʻtkazish;

Oʻzbekiston delegatsiyasining
2019-yilda Qozon shahri (Rossiya)da boʻlib oʻtadigan “World Skills International” jahon chempionatida qatnashishini taʼminlash ishlari amalga oshiriladi.

141.

Xalqaro standartlarga muvofiq kasbiy malakani baholash tizimini joriy etish.

2019-yil

1-fevral

Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

Mehnat vazirligidan akkreditatsiyadan oʻtgan nodavlat tashkilotlarga fuqarolar malakasini oshirish va kasbiy malakasini baholash huquqini berish;

fuqarolar malakasini oshirish va kasbiy malakani baholash tashkilotlari tizimi yaratilishini, jumladan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari asosida ragʻbatlantirish;

nodavlat tashkilotlar tomonidan fuqarolarga belgilangan namunadagi kasbiy koʻnikmani tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish;

barcha ishchi va xizmatchilarga kasbiy malakasini inobatga olgan holda tabaqalashtirilgan haq toʻlash tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

142.

Mehnat guzarlari va kovorking markazlarida fuqarolarni tadbirkorlik loyihalari tayyorlash boʻyicha oʻqitish amaliyotini joriy etish.

2019-yil

1-mart

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Mehnat vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablagʻlari

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Savdo-sanoat palatasi tuzilmalari orqali fuqarolarni mehnat guzarlari va kovorking markazlarida tadbirkorlik loyihalarini tayyorlash boʻyicha oʻqitish;

tadbirkorlik faoliyatini boshlagan fuqarolarni birinchi yilda badaldan ozod etgan holda, Savdo-sanoat palatasiga aʼzo qilish va ularda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish nazarda tutiladi.

143.

Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining yangi tahririni ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyul

Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Adliya vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

ish beruvchining iqtisodiy mustaqilligi tamoyilini kuchaytirish;

qonunosti hujjatlardagi normalarni bevosita qonunda belgilash;

oʻzini oʻzi band qilishning zamonaviy va samarali shakllari, jumladan masofaviy mehnat, frilansing kabi faoliyat turlarini kengaytirish va uning maqomini belgilash nazarda tutiladi.

4.2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish

144.

Bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandlarning onalarini yanada qoʻllab-quvvatlash.

2019-yil

20-fevral

Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat vazirligi

3,6 mlrd soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandlarning onalariga ular pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan taqdirda, ijtimoiy nafaqa tayinlash nazarda tutiladi.

145.

Pensiya tayinlash uchun zarur hujjatlarni yigʻish jarayonini tubdan optimallashtirish.

2019-yil

1-iyul

Moliya vazirligi, “Oʻzarxiv” agentligi, Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirlik
va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

arxivlardagi maʼlumotlarning elektron bazasini yaratish;

idoralararo axborot almashuvini joriy etish;

davlat xizmatlari markazi orqali pensiya va Pensiya jamgʻarmasi tomonidan toʻlanadigan ijtimoiy nafaqa tayinlash davlat xizmatini yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi.

146.

Bolaning oilada yashash
va tarbiyalanish huquqini kafolatlash maqsadida patronatga (oila tarbiyasiga) berish amaliyotini kengaytirish.

2019-yil

1-may

Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

patronat tizimini kengaytirish hisobiga toʻliq davlat taʼminotidagi bolalar sonini kamaytirish;

patronatga berilgan bolalar uchun nafaqa miqdorini eng kam oylik ish haqi uch baravaridan sakkiz baravariga oshirish, patronatga berilgan bolalar hayotini monitoring qilish tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

147.

Tibbiyot muassasalarida qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish.

Yil davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,
Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Qurilish vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

972,3 mlrd soʻm

Oʻzbekiston Respublikasi davlat rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda 231 ta tibbiyot obyektida, jumladan 13 ta respublika, 44 ta viloyat tasarrufidagi muassasalar, 59 ta tuman va shahar tibbiyot birlashmalari, 99 ta qishloq, shahar oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlari, 16 ta boshqa tibbiyot muassasalarida
972,3 mlrd soʻmlik qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish nazarda tutiladi.

Xususan, 27 ta yangi obyekt qurish, 176 ta obyektni rekonstruksiya qilish va 28 ta obyektni mukammal taʼmirlash ishlari olib boriladi.

148.

Tibbiy xizmat sifatini yaxshilash va koʻlamini kengaytirish maqsadida davolash-profilaktika muassasalarini jihozlash.

Yil davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,
Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimliklari

109,6 mln AQSh dollari

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda 2019-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturi doirasida loyihalarni amalga oshirish, tarmoq jadvallarini tasdiqlash va davolash-profilaktika muassasalarini zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash ishlari amalga oshiriladi.

149.

Tez tibbiy yordam xizmatini avtotransport vositalari bilan taʼminlash.

Yil davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

Hisob-kitoblarga asosan

Tez tibbiy yordamni rivojlan-tirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Tez tibbiy yordam xizmati uchun jahon talablariga mos boʻlgan, harakatlanish davomida bemorga reanimatsion tibbiy yordam koʻrsatish imkonini beradigan
75 ta reanimobillar va harakatlanishi qiyin yoʻllardan yura oladigan
50 ta maxsus tez tibbiy yordam avtomashinalari sotib olinadi.

Shoshilinch yordam xizmatini yangi bosqichga koʻtarish maqsadida aviatsiya texnikasi bilan taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

150.

Xususiy tibbiyot xizmati sohasini yanada rivojlantirish va sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.

Yil davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Tashabbuskorlar mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Respublika boʻyicha 272 ta, jumladan 47 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi xususiy tibbiyot muassasalari tashkil eti�adi.

151.

Tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda rivojlangan davlatlar
oliy tibbiy taʼlim muassasalarining keng ishtirokini taʼminlash.

Yil davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, TIV

Amaliy chora-tadbirlar.

Oʻzbekistondagi tibbiyot taʼlim muassasalarida Koreya Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Germaniya va Italiya tibbiyot universitetlarining qoʻshma dasturlari, qoʻshma fakultet va filiallarini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar koʻriladi.

152.

Aholiga koʻrsatilayotgan onkologik tibbiy �izmat sifatini oshirish va profilaktik tadbirlar qamrovini kengaytirish.

2019-yil

1-may

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi, TIV, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

onkologik kasalliklarni erta aniqash boʻyicha maxsus skrining dasturini qabul qilish va uni moliyalashtirish manbalarini aniq belgilash;

ayollarda bachadon boʻyi va koʻkrak bezi saratonini erta aniqlash uchun maxsus skrining dasturini tasdiqlash;

bachadon boʻyi va koʻkrak bezi saratoni “kanser registri”ni shakllantirish;

tibbiyot muassasalarini saratonga qarshi dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan uzluksiz taʼminlash;

xayriya mablagʻlarini jalb qilish uchun maxsus hisob raqamiga ega jamoat onkologiya harakatini shakllantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

153.

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrish.

2019-yil

15-fevral

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

samarasiz sanitariya-gigiyena laboratoriyalarini optimallashtirib, ular negizida zamonaviy tumanlararo laboratoriyalar tashkil etish;

DSENMlarining vaksina saqlash omborxonalarini taʼmirlash va rekonstruksiya qilish;

kasalliklarni nazorat qilish markazlari boʻyicha xorijiy tajribani oʻrgangan holda DSENMlari faoliyatini tubdan qayta koʻrib chiqish;

shtatlar meʼyorlarini tanqidiy qayta koʻrib chiqib, ish jarayoniga samarali metodlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga samarasiz shtat birliklarini maqbullashtirish;

DSENMlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan vaksinalarni saqlashga moʻljallangan 30 ta sovutgich, 230 ta muzlatgich, 15 ta avtorefrijerator va 200 ta vaksina tashishga moʻljallangan avtotransport vositalarini xarid qilish;

yuqumli kasalliklar va ommaviy zaharlanishlar boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tibbiyot muassasalari oʻrtasida shoshilinch axborot almashinuvning yagona dasturini yaratish nazarda tutiladi.

154.

Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan kafolatlangan tibbiy yordam hajmini belgilash.

2019-yil

1-iyun

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi,
Adliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy yordamning davlat tomonidan qoplanadigan kafolatlangan hajmi
va turlarini aniq belgilash nazarda tutiladi.

155.

Davlat tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish.

2019-yil

1-aprel

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Moliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

16 ta tumandagi tibbiyot muassasalarini “har bir davolangan holat” uchun klinik-xarajat guruhlari boʻyicha va kishi boshiga moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish;

“mablagʻ bino uchun emas, balki bemor uchun” tamoyili asosida ishni tashkil etish nazarda tutiladi.

156.

Davlat tomonidan nogironligi boʻlgan shaxslarni protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari bilan bepul taʼminlashni yaxshilash.

Yil davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Moliya vazirligi

16 mlrd

soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda davlat tomonidan nogironligi boʻlgan shaxslarga 13 mingta protez-ortopediya buyumlari, 10 mingta nogironlik aravachalari, 2 ming juft eshitish apparatlari, 3 mingta hassa,
2 ming juft qoʻltiq tayoq bilan bepul taqdim etiladi.

157.

Uzoq qishloq va ovullarda oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga muntazam ravishda tibbiy ijtimoiy yordam koʻrsatuvchi “mobil ijtimoiy guruhlar” faoliyatini tashkil qilish.

2019-yil

1-oktabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Mehnat vazirligi,
“Sogʻlom avlod uchun”jamgʻarmasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi,
Xotin-qizlar qoʻmitasi,
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

Davlat budjeti
va homiylar mablagʻlari

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada uzoq qishloq va ovullarda oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga muntazam ravishda tibbiy ijtimoiy yordam koʻrsatuvchi tibbiy va ijtimoiy xodimlar, “Qizil yarim oy” jamiyati xodimlari, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, Yoshlar ittifoqi vakillaridan iborat “mobil ijtimoiy guruhlar” faoliyatini tashkil etish nazarda tutiladi.

158.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va xalqaro moliya institutlari koʻmagida Fargʻona va Qashqadaryo viloyatlarida yuqumli boʻlmagan kasalliklarning (infarkt, insult, qandli diabet, surunkali nafas aʼzolari kasalliklari) oldini olish loyihasini amalga oshirish.

Yil davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fargʻona
va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

40 yoshdan oshgan fuqarolarda maxsus tekshiruvlar va savolnoma asosida yuqumli boʻlmagan kasalliklarni keltirib chiqaruvchi xavf omillarini erta aniqlash boʻyicha skrining tadbirlarini oʻtkazish;

birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining umumiy amaliyot shifokorlari va patronaj hamshiralarini maxsus dastur asosida oʻqitish nazarda tutiladi.

159.

Xalq genofondini saqlash uchun homilador ayollar va bolalarning ovqatlanish ratsionini yanada yaxshilash dasturini ishlab chiqish.

2019-yil

20-aprel

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi,
vazirlik va idoralar

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda xalqimiz genofondini saqlash uchun homilador ayollar va bolalarning ovqatlanish ratsionini yaxshilash boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish, ilmiy asoslangan
holda tahlil qilish va amaldagi meʼyorlarni qayta koʻrib chiqish nazarda tutiladi.

160.

Majburiy tibbiy sugʻurta mexanizmlarini joriy etishning huquqiy asoslarini takomillashtirish.

2019-yil

1-iyul

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

2021-yildan boshlab majburiy tibbiy sugʻurta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;

majburiy tibbiy sugʻurta tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish boʻyicha normativ-huquqiy bazani shakllantirish;

sogʻliqni saqlash ehtiyoji uchun ajratilayotgan pul mablagʻlarini jamlash va taqsimlash mexanizmlarini takomillashtirish;

“har bir toʻliq davolangan holat” hisobidan kelib chiqib moliyalashtirish mexanizmlarini joriy qilish;

tibbiy sugʻurta dasturlarini amalga oshirishga nodavlat tibbiyot tashkilotlarini keng jalb etish nazarda tutiladi.

161.

Neyrosensor kar yoki zaif eshitadigan bolalarda koxlear implantatlardan foydalangan holda operatsiyalar oʻtkazish.

Yil davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi

26,5 mlrd soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda neyrosensor kar yoki zaif eshitadigan nogironligi boʻlgan bolalarning eshitish qobiliyatini tiklash boʻyicha operatsiyalar oʻtkaziladi.

162.

Oʻzbekiston Respublikasida nuklear tibbiyot markazini tashkil etish konsepsiyasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyul

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi:

Loyihada:

Oʻzbekiston Respublikasida nuklear tibbiyot markazini tashkil etish konsepsiyasini ishlab chiqish;

nuklear tibbiyotni rivojlantirish orqali inson organizmidagi oʻzgarishlarni barvaqt aniqlash, kasalliklarga ilk bosqichida tashxis qoʻyish va onkologik kasalliklarni samarali davolash imkonini yaratish nazarda tutiladi.

163.

Tibbiyot muassasalari tarkibida umidsiz ogʻir bemorlar uchun xospis boʻlimlarini tashkil qilish.

2019-yil

1-oktabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi,

Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi:

Loyihada tibbiyot muassasalaridagi boʻsh turgan hudud va mavjud oʻrinlardan samarali foydalanish, ular tarkibida umidsiz ogʻir bemorlar uchun xospis boʻlimlarini tashkil qilish, zarur moddiy-texnik vositalar bilan jihozlash va faoliyatini tashkil etish masalalari nazarda tutiladi.

164.

Davlat tibbiyot muassasalari faoliyatini ularning natijadorligi koʻrsatkichlari asosida baholashning reyting tizimini joriy etish.

2019-yil

1-may

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi, vazirlik va idoralar

Idoraviy normativ-huquqiy hujjati loyihasi:

Loyihada:

Sogʻliqni saqlash vazirligi tasarrufidagi tibbiyot muassasalar faoliyatini baholashning reyting tizimini joriy etish;

har yil yakuniga koʻra, mazkur reytingni ommaviy axborot vositalari va vazirlik saytida eʼlon qilish;

baholashni muassasa faoliyatining yakuniy natijalari va oʻlchanadigan koʻrsatkichlari asosida oʻtkazish;

birlamchi tibbiyot muassasalarida profilaktika bilan bogʻliq koʻrsatkichlarga alohida eʼtibor qaratish;

reyting natijasiga koʻra, eng yuqori baholangan muassasalar rahbarlari
va xodimlarini Sogʻliqni saqlash vazirligi mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantirish, past baho olganlarga mehnat shartnomasini bekor qilishgacha boʻlgan intizomiy jazo choralarini qoʻllash nazarda tutiladi.

165.

Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining boshqa ehtiyojmand qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash va ularga ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida maxsus vakolatli davlat organini tashkil etish.

2019-yil

1-iyun

Vazirlar Mahkamasi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi,

Mehnat vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi.

Loyihada:

aholining ehtiyojmand qatlamlari — keksalar, nogironligi boʻlgan bolalar va katta yoshdagi shaxslar, yolgʻizlar, yetim va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, kam taʼminlangan oilalar, voyaga yetmagan koʻp bolali oilalar, 2 yoshgacha bola parvarish qilayotgan onalar, muqim yashash joyi boʻlmagan shaxslarni manzilli ijtimoiy himoya qilish, ularga samarali ijtimoiy xizmatlarni tashkil qilish, abilitatsiya, reabilitatsiya qilish vazifalarini bajarishga ixtisoslashgan maxsus vakolatli davlat organini tashkil etish nazarda tutiladi.

166.

Irsiy kasalliklarning oldini olish maqsadida yaqin qarindoshlar oʻrtasida nikohni taqiqlashning huquqiy asoslarini takomillashtirish.

2019-yil

1-iyul

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, vazirlik
va idoralar

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada irsiy kasalliklarning oldini olish maqsadida yaqin qarindoshlar oʻrtasida nikohni taqiqlash masalasining huquqiy asoslarini takomillashtirish va
bu borada targʻibot ishlarini amalga oshirish nazarda tutiladi.

167.

Ogʻir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlarni yanada qoʻllab-quvvatlash.

2019-yil

20-fevral

Xotin-qizlar qoʻmitasi,

Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda ogʻir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlar korxonalardagi boʻsh va kvotalangan ish oʻrinlariga joylashtiriladi, hunarmandchilik, oilaviy tadbirkorlik va boshqa yoʻnalishlarda manzilli asosda ish bilan taʼminlanadi.

168.

Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni uy-joy narxining boshlangʻich toʻlov miqdorini toʻlab berish orqali qoʻllab-quvvatlash.

Yil davomida

Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi,
Xotin-qizlarni
va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi,

Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

60 mlrd

soʻm

Xotin-qizlarni
va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Tadbir doirasida 1 584 nafar ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi boʻlgan, kam taʼminlangan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga imtiyozli ipoteka krediti asosida arzon uy-joylar beriladi.

169.

Xotin-qizlar tadbirkorligini yanada rivojlantirish.

Yil davomida

Xotin-qizlar qoʻmitasi, Xotin-qizlar va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi,

tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

100 mlrd soʻm

Xotin-qizlar
va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Tadbir doirasida Xotin-qizlar
va oilani qoʻllab-quvvatlash fondi orqali xotin-qizlar tadbirkorligini yanada rivojlantirishga 100 mlrd soʻm imtiyozli kredit ajratiladi.

170.

Xotin-qizlarga har tomonlama yordam koʻrsatish va oiladagi nizoli vaziyatlarning barvaqt oldini olish borasidagi ishlarni tizimli asosda tashkil etish.

Yil davomida

Xotin-qizlar qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi,
“Mahalla” xayriya jamoat fondi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Tadbir doirasida 61 ta tumanda zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish markazlari tashkil etiladi.

4.3. Arzon uy-joylar barpo etish boʻyicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini taʼminlovchi yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish

171.

Arzon uy-joylar qurish dasturini izchil davom ettirish, namunaviy uylar loyihalarini takomillashtirish, energiya tejamkor texnologiyalarni qoʻllash, zamonaviy va arzon qurilish materiallaridan foydalanish choralarini koʻrish.

Yil davomida

Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Innovatsiya vazirligi, tijorat banklari, “Qishloqqurilish invest” MChJ,

“Oʻzshaharqurilish invest” MChJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar

3 451,5 mlrd soʻm

193,7 mln AQSh dollari

808,2 mlrd soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Ijrochilar mablagʻi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

uy-joylarning ichki va tashqi konstruksiyalari, qurilish materiallarini maqbul, arzon va sifatli qurilish materiallariga oʻzgartirish, ishlab chiqaruvchilarni qoʻll�b-quvvatlash orqali qurilish materiallari tannarxini maqbullashtirish;

2 sotixli 2 va 3 xonali uy-joylarni massivning bosh rejasida joylashtirishda xoʻjalik yoʻlini qayta koʻrib chiqish orqali narxni maqbullashtirish;

qishloq joylarda va fuqarolarning alohida toifalari uchun 15 010 ta arzon uy-joylar qurilishi;

shaharlarda 355 ta koʻp qavatli uylar qurilishi nazarda tutiladi.

172.

Respublika hdudlaridagi aholi punktlarida ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Yil davomida

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,
Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

1 100,5 mlrd soʻm



95,6 mln AQSh dollari

Davlat budjeti mablagʻlari,

Ichimlik va oqova suvi tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

200 ta ichimlik suv va 24 ta oqova suv tarmogʻini rivojlantirish loyihalari doirasida 879,4 km ichimlik suv
va 57,6 km oqova suv tarmoqlarini hamda 134 ta ichimlik suv hamda 3 ta oqova inshootlarini rekonstruksiya qilish
va qurish;

xalqaro moliya institutlari ishtirokida 4 ta ichimlik suv va 3 ta oqova suv tarmogʻini rivojlantirish loyihalari doirasida 98 km magistral, 487 km ichimlik suv va 93 km oqova tarmoqlarini hamda 18 ta ichimlik suv va 6 ta oqova inshootlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi.

173.

Koʻp qavatli uy-joy fondini toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazib, xorijiy tajriba asosida renovatsiya dasturini ishlab chiqish.

2019-yil

1-may

2019-yil

1-sentabr

Vazirlar Mahkamasi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari,
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,
Qurilish vazirligi,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
vazirlik va idoralar

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda koʻp qavatli uy-joy fondi toʻliq xatlovdan oʻtkaziladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada favqulodda holatlarning oldini olish va koʻp kvartirali uylarda istiqomat qilayotgan fuqarolarning hayoti xavfsizligini taʼminlash maqsadida eskirib qolgan koʻp qavatli uylar oʻrnida bosqichma-bosqich yangi uy-joylar qurish boʻyicha renovatsiya dasturlarini tasdiqlash nazarda tutiladi.

174.

Respublika uy-joy fondining isitish tizimlarini yaxshilash.

Yil davomida

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

42,9 mlrd soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda respublika hududidagi 5 ta mahalliy qozonxonani rekonstruksiya qilinadi va 1,7 km issiqlik taʼminoti tarmoqlari taʼmirlanadi.

175.

Uy-joy mulkdorlari shirkatlarida maʼmuriy xarajatlarni kamaytirish uchun professional boshqaruv kompaniyalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash.

2019-yil

20-aprel

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihad uy-oy mlkdorlari shirkatlarida maʼmuriy xarajatlarni kamaytirish uchun ularni davlat-xususiy sheriklik boʻyicha investorlarga berish nazarda tutiladi.

176.

Ichimlik suv taʼminoti korxonalari maʼlumotlar bazasi va geoaxborot markazlashgan tizimini yaratish.

2019-yil

1-dekabr

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar va xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda ichimlik suv taʼminoti korxonalarida billing va geoaxborot tizimlari joriy etiladi.

177.

Aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida transport-logistika infratuzilmasini yanada rivojlantirish, yangi temir yoʻllar qurish va elektrlashtirish, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish choralarini koʻrish.

Yil davomida

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,

Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi

572,8 mlrd

soʻm

630 mln AQSh dollari

Davlat budjeti mablagʻlari

Xalqaro moliya institutlari, Oʻzbekiston tiklanish
va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari,
korxonalar
oʻz mablagʻlari

2019-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning tarmoq jadvallari.

Bunda:

2 ta yangi “Boeing 787 Dreamliner” samolyotini xarid qilish, “Toshkent-Sharqiy” zamonaviy aeroportini qurish;

“Andijon-Savay-Xonobod” temir yoʻl uchastkasini modernizatsiya qilish, Toshkent metropolitenining Yunusobod, Sirgʻali va Toshkent shahrining aylanma yer usti qismining birinchi bosqichini qurish nazarda tutiladi.

178.

Shahar koʻchalari va boshqa aholi punktlarini�g ichki yoʻllarini kapital va joriy taʼmirlash.

Yil davomida

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

250 mlrd
soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda qishloq, shahar, shahar posyolkalari va ovul yoʻllarini kapital
va joriy taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi.

179.

Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish konsepsiyasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyun

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi,
Fanlar akademiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyiha bilan Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish konsepsiyasi tasdiqlanadi.

Konsepsiyada:

aholi salomatligi uchun qulay sharotlar yaratsh, ekologik muvozanatni saqlash va barqaror rivojlanishda tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni tartibga solish;

er, yer osti boyliklari,
suv, oʻrmonlar, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlari sifatini taʼminlash va antropogen taʼsirdan muhofaza qilish nazarda tutiladi.

180.

Biologik xilma-xillikni saqlash boʻyicha strategiyani ishlab chiqish.

2019-yil

1-may

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

Biologik xilma-xillikni saqlash boʻyicha uzoq muddatga moʻljallangan tashkiliy-iqtisodiy kompleks tadbirlarni oʻz ichiga olgan dasturni tasdiqlash;

flora va fauna turlarini saqlashni barqarorlashtirish nazarda tutiladi.

181.

Oʻzbekiston Respublikasining 2019-2028-yillarga moʻljallangan qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-mart

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyiha bilan maishiy chiqindilar boshqaruvi boʻyicha uzoq muddatli tashkiliy-iqtisodiy tadbirlarni
oʻz ichiga olgan dastur tasdiqlanadi.

Dasturda:

qattiq maishiy chiqindilar hosil boʻlishini kamaytirish, maishiy chiqindi hosil boʻlishining oʻsish jarayoni va ularning xavfliligini kamaytirish;

qattiq maishiy chiqindilar va ulardagi foydali tarkibiy qismlarni qayta ishlash orqali ulardan ikkilamchi xomashyo sifatida foydalanish;

qattiq maishiy chiqindilardan energiya olish, maishiy chiqindilardan biogaz
va sintez-gaz olish, ulardan muqobil energiya sifatida elektr hamda issiqlik energiyasi ishlab chiqarish yoki maishiy gaz sifatida foydalanish nazarda tutiladi.

182.

Sanitariya-tozalash xizmatlari faoliyatini yanada kengaytirish.

Yil davomida

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

163,4 mlrd soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni yanada takomillashtirish va “Toza hudud” DUK moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida hududlarda 644 ta chiqindi yigʻish maydonchasi quriladi, 3 623 ta konteyner oʻrnatiladi va 245 ta maxsus texnika xarid qilinadi.

183.

Magistral telekommunikatsiya transport tarmoqlarini kengaytirish.

Yil davomida

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi va xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda “Oʻzbektelekom” AK magistral telekommunikatsiya tarmogʻi oʻtkazuvchanligini viloyat markazlarigacha 100 Gbit/s dan 400 Gbit/s gacha, tuman markazlarigacha 10 Gbit/s dan 100 Gbit/s gacha oshirish choralari koʻriladi.

184.

Mobil aloqa tarmogʻini kengaytirish.

Yil davomida

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbektelekom” AK

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda mobil aloqa tarmogʻini kengaytirish maqsadida 1050 ta GSM baza stansiyalari oʻrnatiladi.

185.

Keng polosali maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini rivojlantirish.

Yil davomida

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbektelekom” AK

458,2 mlrd soʻm

Xorijiy banklar, uskuna yetkazib beruvchilar kreditlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

620 000 portli maʼlumotlar uzatish qurilmalari oʻrnatiladi;

loyihani amalga oshirish natijasida aholiga (Triple play) Internet, IP va video telefoniya, IPTV, VP№ va boshqa turdagi zamonaviy xizmatlarni taqdim etish imkoniyatlari kengaytiriladi.

186.

Optik tolali aloqa liniyalarini qurish.

Yil davomida

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, telekommunikatsiya operatorlari

47,2 mlrd
soʻm

Telekommunikatsiya operatorlari
oʻz mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

2 000 km optik tolali aloqa liniyalarini quriladi;

loyihani amalga oshirish natijasida aholiga sifatli keng polosali telekommunikatsiya xizmatlari koʻrsatish imkoniyati kengaytiriladi.

4.4. Madaniyat, sport va turizmni yanada rivojlantirish

187.

Moddiy madaniy meros obyektlaridan foydalanish tartibini ishlab chiqish.

2019-yil

1-avgust

Madaniyat vazirligi, Adliya vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada moddiy madaniy meros obyektlarini qisqa va uzoq muddatli ijaraga hamda tekin foydalanishga berish tartibini belgilash, moddiy madaniy meros obyektlaridan oqilona va samarali foydalanish nazarda tutiladi.

188.

Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlash.

Yil davomida

Madaniyat vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi,

Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Respublika
va mahalliy budjet mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda moddiy madaniy meros obyektlarini texnik xatlovdan oʻtkazish, ularning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish, ularning muhofaza belgilarini oʻrnatish taʼminlanadi.

189.

Yurtimizning qadimiy va boy tarixini oʻrganish, ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish hamda ularni kelajak avlodga yetkazish choralarini koʻrish.

2019-yil

1-fevral

Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar
va mahalliy budjet mablagʻlari

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

Fanlar akademiyasining Arxeologiya
va Sanʼatshunoslik institutlari tomonidan olib borilayotgan hamda oliy oʻquv yurtlari va muzeylardagi arxeologik izlanishlarni chet ellik hamkorlar bilan birga tashkil etish;

respublika muzeylarida saqlanayotgan tarixiy eksponatlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish, uning yakuni boʻyicha har bir muzeyning katalogini yaratish nazarda tutiladi.

190.

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibida “Oʻzbekiston tarixi” kanalini tashkil etish.

2019-yil

1-fevral

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Madaniyat vazirligi,

Fanlar akademiyasi, Respublika maʼnaviyat
va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Moliya vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

buyuk alloma va adiblar, aziz-avliyolarning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish maqsadida maxsus kanal tashkil etish;

ilmiy jamoatchilik, ijodkor ziyolilar bilan birgalikda kanal dasturlarini puxta shakllantirish nazarda tutiladi.

191.

Tarixiy shaxslar, allomalar haqida badiiy, badiiy-publitsistik, hujjatli filmlar va seriallar yaratish.

Yil davomida

“Oʻzbekkino” agentligi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Madaniyat vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Hisob-kitoblarga asosan

Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida, ishlab chiqaruvchilar mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

buyuk ajdodlarimiz Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi davlat arboblari, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi ulugʻ shoir va adiblar, Imom Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy kabi allomalar haqida badiiy, badiiy-publitsistik, hujjatli filmlar va seriallar yaratish;

jahondagi eng yirik kino studiyalari, prodyuserlar va aktyorlarni jalb qilish, kino sanoati vakillarining kasb mahoratini rivojlan�irish, xalqimiz va uning buyuk tarixini xalqaro hamjamiyat eʼtiboriga yetkazish nazarda tutiladi.

192.

Tarixiy shaxslar va milliy obrazlar aks etgan animatsion filmlar yaratish.

Yil davomida

“Oʻzbekkino” agentligi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Respublika maʼnaviyat
va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Hisob-kitoblarga asosan

Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida, ishlab chiqaruvchilar mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

milliy qahramonlar va obrazlar (Alpomish, Shiroq, Toʻmaris, Xoʻja Nasriddin va boshqalar), shuningdek, zamonaviy mavzudagi animatsion filmlar yaratish;

dunyo bolalari sevib tomosha qiladigan mashhur multfilmlar darajasidagi oʻzbek multfilmini dunyoga tanitadigan milliy qahramonlar obrazini yaratish nazarda tutiladi.

193.

Teatr sanʼati sohasida xalqaro festival va konferensiya oʻtkazish.

2019-yil

1-iyul

Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti, madaniyat va sanʼatni rivojlan-tirish jamgʻarmasi
hamda xayriya mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda oʻzbek teatr sanʼatini jahon miqyosida targʻib qilish va rivojlangan davlatlarning teatrlari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish choralari koʻriladi.

194.

Oʻzbekistonda yozgi Osiyo oʻyinlaridan birini oʻtkazish dasturini ishlab chiqish.

2019-yil

1-aprel

Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi, TIV

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada yozgi Osiyo oʻyinlaridan birini Oʻzbekistonda oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

195.

2020-yil Tokio shahri (Yaponiya)da oʻtkaziladigan Olimpiya oʻyinlariga munosib tayyorgarlik koʻrish.

Yil davomida

Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti
va homiylar mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

2020-yil Tokio shahri (Yaponiya)da oʻtkaziladigan Olimpiya oʻyinlariga munosib tayyorgarlik koʻrish;

Olimpiya oʻyinlari uchun yoʻllanmalar qoʻlga kiritiladigan musobaqalarda sportchilar ishtirokini toʻliq taʼminlash boʻyicha budjet va homiylar mablagʻlari miqdorini oshirish nazarda tutiladi.

196.

Sport boʻyicha malakali trenerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislarni, jumladan professor-oʻqituvchilarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

Yil davomida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsiya vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

xorijiy oliy t�ʼlim muassasalari bilan hamkorlikda sport boʻyicha malakali mutaxassislar tayyorlash, professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish boʻyicha aloqalarni yoʻlga qoʻyish;

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzurida Sankt-Peterburg shahridagi P.F.Lesgaft nomidagi Jismoniy tarbiya, sport
va salomatlik milliy universitetining fakultetini, Rossiya Jismoniy tarbiya, sport, turizm va yoshlar universitetining filialini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

197.

Respublikada bolalar va oʻsmirlar sport maktablarini tashkil etish, umumtaʼlim maktablari sport inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish
va doimiy jihozlash
boʻyicha davlat dasturini ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyul

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi,

Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti
va homiylar mablagʻlari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

respublika boʻyicha, jumladan chekka hududlarda bolalar va oʻsmirlar sport maktablarini tashkil etish;

xalq taʼlimi tizimidagi sport inshootlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish;

xatlov natijalariga koʻra, joriy taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va yangi sport inshootlarini qurish boʻyicha 5 yillik dasturni qabul qilish;

foydalanilayotgan sport inshootlarini sport inventarlari bilan doimiy jihozlash choralarini koʻrish nazarda tutiladi.

198.

Turizmning yangi turlarini rivojlantirish
va mavsumiylik omili taʼsirini kamaytirish maqsadida ishbilarmonlik turizmini (“MICE”) rivojlantirish.

2019-yil

30-mart

Turizmni rivojlantirish
davlat qoʻmitasi,

Madaniyat vazirligi,

Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

vazirlik va idoralar

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

xalqaro va mahalliy ahamiyatdagi tadbirlarni oʻtkazish dasturini tuzish hamda mavsumiylik omilini inobatga olgan holda tadbirlar sanasini belgilash;

ishbilarmonlik tadbirlarini oʻtkazish nuqtai nazaridan bino va mehmonxonalarning roʻyxatini shakllantirish nazarda tutiladi.

199.

Uzoq va yaqin xorijiy mamlakatlardan turistlar sonini yanada oshirish, ularning mamlakat ichida erkin harakatlanishini taʼminlash maqsadida aviatransport tizimini yanada takomillashtirish.

Yil davomida

Vazirlar Mahkamasi,

Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi,

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Tashqi savdo vazirligi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

mamlakat aviatashishlar bozorida kam budjetli aviakompaniyalar (loukosterlar) va tijorat aviatsiya xizmati koʻrsatuvchi kompaniyalar uchun qulay shart-sharoit yaratish;

aeroportlar infratuzilmasini va aeronavigatsiya xizmati koʻrsatishni rivojlantirish;

aeroportlar xizmatlarini koʻrsatishda xususiy sektor ishtiroki
va raqobat muhitini taʼminlash, “ochiq osmon” rejimini joriy etish;

asosiy turizm bozori boʻlgan davlatlardan respublika hududlariga toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovni yoʻlga qoʻyish ishlari amalga oshiriladi.

200.

Mintaqaviy transport aloqalarini rivojlantirish.

2019-yil

1-noyabr

Tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzavtotrans” agentligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

Normativ-huquqiy hujjatlar va xalqaro shartnomalar loyihalari.

Bunda:

loukosterlarni jalb etish, aviareyslar va temir yoʻl reyslari sonini oshirish;

mamlakat hududlari va mintaqa mamlakatlari orasida muntazam avtobus, temir yoʻl va aviaqatnovlarni joriy etish;

turli transport reyslari oʻrtasida qulay muvofiqlikni tashkil etish nazarda tutiladi.

201.

Respublikaga turistlar oqimini yanada kengaytirish maqsadida mashhur xalqaro brendlar asosida faoliyat yurituvchi yetakchi kompaniyalar filiallarini Oʻzbekistonda ochish choralarini koʻrish.

Yil davomida

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Tashqi savdo vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimligi

Hisob-kitoblarga asosan

Xorijiy
va mahalliy investorlar mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

xalqaro �rendlar asosida oziq-ovqat, sport, savdo xizmatlari, sogʻliqni saqlash va boshqa sohalarda faoliyat yurituvchi yirik kompaniyalar bilan muzokaralar oʻtkazish;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan tegishli loyihalarni amalga oshirish choralari koʻriladi.

4.5. Taʼlim va fan sohasini rivojlantirish

202.

Maktabgacha taʼlimning qamrovini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Yil davomida

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

1 654

mlrd soʻm

Oʻzbekiston Respublikasi davlat rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

2019-yilda 447 ta maktabgacha taʼlim muassasasida qurilish va rekonstruksiya qilish ishlari;

6 yoshdagi bolalarni hafta davomida kamida 15 soatli maktabgacha tayyorlov guruhlariga jalb etish;

shaharlarda yangi uy-joy komplekslari qurilishiga ruxsat berishda yangi maktabgacha taʼlim muassasalari qurilishini taʼminlash;

yangi maktabgacha taʼlim muassasalari loyihalarini yaratish ishlari amalga oshiriladi.

203.

Davlat maktabgacha taʼlim muassasalari tomonidan qoʻshimcha pulli xizmatlar koʻrsatishni joriy etish.

2019-yil
1-mart

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

davlat maktabgacha taʼlim muassasalari tomonidan dam olish kunlari va ish kuni yakunlangandan keyin bolani parvarishlash, unga qarab turish va oʻqitish;

belgilangan dasturdan tashqari sport-sogʻlomlashtirish (karate, taekvondo, suzish, shaxmat, shashka, gimnastika, massaj va boshqalar) toʻgaraklari, badiiy-estetik, fan toʻgaraklari tashkil etib, qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish nazarda tutiladi.

204.

Barcha hududlarda Prezident maktablarini tashkil etish.

Yil davomida

Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Oʻzbekiston Respublikasi davlat rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi, Xalq taʼlimini rivojlantirish jamgʻarmasi
va homiylar mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Dastlab Nukus shahrida, keyinchalik boshqa hududlarda bosqichma-bosqich
yangi turdagi maktablar — Prezident maktablari tashkil etiladi.

205.

Oʻquvchilar uchun barcha qulayliklarga ega boʻlgan zamonaviy taʼlim muassasalarini barpo etish boʻyicha “Zamonaviy maktab” dasturini qabul qilish.

2019-yil
1-iyul

Xalq taʼlimi vazirligi,

Qurilish vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan 2020-2024-yillarga moʻljallangan “Zamonaviy maktab” dasturi tasdiqlanadi.

Dasturda yillar va hududlar kesimida “Zamonaviy maktab”lar qurish boʻyicha manzilli dastur va ularni moliyalashtirish manbalari nazarda tutiladi.

206.

Umumtaʼlim maktablarini jihozlash tartibi va ularga qoʻyilgan talablarni takomillashtirish.

2019-yil
1-avgust

Xalq taʼlimi vazirligi,

Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

jihozlarga qoʻyilgan texnik talablar (dizayni)ni qayta koʻrib chiqish;

ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda jihozlarga qoʻyilgan talablarni takomillashtirish nazarda tutiladi.

207.

Xalq taʼlimi muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish maqsadida bir nafar oʻquvchiga xarajatlarning bazaviy normativlaridan kelib chiqqan holda “mablagʻ oʻquvchi ortidan” tamoyili asosida bosqichma-bosqich moliyalashtirish tizimiga oʻtish.

Yil davomida

Xalq taʼlimi vazirligi,

Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda xalq taʼlimi muassasalari uchun ajratilayotgan mablagʻlarni taqsimlash jarayonida shaffof mexanizmni yaratish maqsadida
2019-yil 1-martdan boshlab eksperiment tariqasida bir nafar oʻquvchiga xarajatlarning bazaviy no
rmativlaridan kelib chiqqan holda “mablagʻ oʻquvchi ortidan” tamoyili asosida moliyalashtirish tizimi joriy etiladi.

208.

Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2019-yil

1-iyul

Xalq taʼlimi vazirligi,

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini tashkil etish va ularda taʼlim sifatini taʼminlash nazarda tutiladi.

209.

Respublika oliy taʼlim muassasalarining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash sifatini taʼminlashda hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.

2019-yil
1-sentabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

Hisob-kitoblarga asosan

Oliy taʼlim muassasalari

ning budjetdan tashqari mablagʻlar�

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

oliy taʼlim muassasalarini QS, TNE kabi xalqaro reyting agentliklarining roʻyxatiga kiritish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash;

xorijiy hamkor oliy taʼlim muassasalari bilan birgalikda mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan taʼlim dasturlari (yoʻnalishlari, mutaxassisliklari) boʻyicha kadrlar tayyorlashni rivojlantirish;

respublika oliy taʼlim muassasalarining taʼlim dasturlari
va imkoniyatlari haqida xorijda taqdimotlar va axborotlarni namoyish etish orqali xorijiy talabalar uchun respublikada taʼlim berish imkoniyatlarini kengaytirish;

kadrlar buyurtmachilari, jumladan xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat oliy taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish chora-tadbirlari nazarda tutiladi.

210.

Istiqbolda respublika oliy taʼlim tizimini rivojlangan davlatlar oliy taʼlim tizimiga integratsiya qilish, modul tizimi asosida taʼlim jarayonini tashkil etish hamda talabalar va professor-oʻqituvchilarning mobilligini yoʻlga qoʻyish maqsadida “Bolonya jarayoni”ga qoʻshilish yuzasidan amaliy choralar koʻrish.

2019-yil

1-may

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim va�irligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik
va idoralar

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

xorijiy davlatlarning “Bolonya jarayoni”ga oʻtgan va samarali faoliyat olib borayotgan oliy taʼlim tizimlari tajribasini oʻrganish;

Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimining “Bolonya jarayoni”ga qoʻshilishi uchun tashkiliy chora-tadbirlarni koʻrish;

respublika oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonini modul tizimi asosida tashkil etish uchun mavjud normativ-huquqiy bazani qayta koʻrib chiqish, yangi tartib va qoidalarni joriy etish;

“Bolonya jarayoni” talablariga muvofiq tegishli xorijiy oliy taʼlim muassasalari tomonidan oliy maʼlumot toʻgʻrisida berilgan diplomlarni Oʻzbekiston Respublikasida tan olish tartibining maqbul tizimini yaratish nazarda tutiladi.

211.

Kasblar va mutaxassisliklarning murakkablik darajasidan kelib chiqqan holda, taʼlim dasturlari muddatini tabaqalashtirgan holda kasbiy taʼlimni tashkil etish va maqsadli kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish.

2019-yil

1-mart

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Kasb-hunar taʼlimi markazi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, tasarrufida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblar asosida

Tasarrufida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralarning mablagʻlari, boshqa manbalar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

toifalangan kasb-hunar taʼlim muassasalarini tashkil etish xususiyatlari, moliyalashtirish manbalari;

bakalavriat dasturi bilan integratsiyalashgan “Boshlangʻich oliy maktablar”;

vazirlik va idoralar tasarrufida faoliyat yuritadigan “idoraviy” taʼlim muassasalari;

har bir tumanda kamida 2 tadan “koʻp tarmoqli kasb-hunar taʼlim muassasalari”;

kasb-hunar taʼlim muassasalarida yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

umumtaʼlim maktablariga faoliyati tugatilayotgan kasb-hunar kollejlari binolarini berish nazarda tutiladi.

212.

Rivoj�angan xalqaro taʼlim standartlarini inobatga olib, kasb-hunar taʼlimi tizimining davlat taʼlim standartlari, taʼlim muassasalarining toifalari va oʻqitish muddatlari boʻyicha kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati va kasb-hunar taʼlimining yoʻnalishlari, mutaxassisliklari va kasblari klassifikatorini ishlab chiqish.

2019-yil

1-may

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Kasb-hunar taʼlimi markazi, Mehnat vazirligi, tasarrufida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik
va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

kasbiy taʼlim boʻyicha ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasini tahlil qilgan holda davlat taʼlim standartlarini;

barcha toifadagi taʼlim muassasalarining, oʻqitish muddatidan kelib chiqqan holda kasblar va mutaxassisliklarning roʻyxatini;

kasb-hunar taʼlimining yoʻnalishlari, mutaxassisliklari va kasblari klassifikatorini tasdiqlash nazarda tutiladi.

213.

Oʻzbekistonning xalqaro tadqiqotlarda (PISA, TIMSS, PIRLS va b.) ishtirokini taʼminlash maqsadida Taʼlim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish.

2019-yil

1-mart

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Taʼlim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) oʻrtasida kelishuv imzolash boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

214.

Taʼlim muassasalarini akkreditatsiyalash tizimini takomillashtirish.

2019-yil

1-mart

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Maktabgacha taʼlim vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

akkreditatsiyalash jarayonini yanada soddalashtirish;

xalqaro tajribalarga asoslangan holda ikki turdagi (taʼlim muassasasi akkreditatsiyasi va taʼlim dasturlari akkreditatsiyasi) akkreditatsiya tizimini joriy etish;

taʼlim muassasalarida ichki baholash tizimini takomillashtiri, ichki baholash natijalarining mavjudligi, xolisonaligi va shaffofligini akkreditatsiyalashning asosiy mezonlari sifatida eʼtirof etish;

akkreditatsiyalash natijalari boʻyicha taʼlim muassasalari rahbarlari faoliyatiga baho berish nazarda tutiladi.

215.

Uzluksiz taʼlim tizimida taʼlim muassasalari faoliyati samaradorligiga baho berish va ularning reytingini bosqichma-bosqich eʼlon qilib borish.

2019-yil

1-avgust

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq taʼlimi vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Kasb-hunar taʼlimi markazi

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

taʼlim muassasalari reytingini aniqlash;

reyting natijalari asosida taʼlim muassasalari faoliyatiga baho berish nazarda tutiladi.

216.

Yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish mexanizmlarini takomillashtirish.

2019-yil

1-may

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Innovatsiya vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

doktoranturaga qabul kvotasini magistratura qabul kvotasining kamida 30 foizi miqdorida belgilash;

doktorantlarga ilmiy rahbarlik qilish soni chegarasini qayta koʻrib chiqish;

doktoranturaga talabgorlarni toʻlov-kontrakt asosida qabul qilishga ruxsat berish nazarda tutiladi.

217.

Respublika ilmiy jurnallarini Scopus, Web of Science, Science direct, Thomson reuters kabi xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasiga bosqichma-bosqich kiritish boʻyicha dastur ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyul

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

100 mlrd soʻm

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi

Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

respublika ilmiy jurnallarining maxsus jamgʻarmasini tashkil etish;

jamgʻarma mablagʻlarini xalqaro reytingga kirish salohiyati mavjud ilmiy va oliy taʼlim muassasalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirish;

respublika ilmiy jurnallarini Scopus, Web of Science, Science direct, Thomson reuters kabi xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasiga bosqichma-bosqich kiritish;

yuqori nufuzli xalqaro jurnallarda maqola chop etgan mualliflarni ragʻbatlantirish tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

218.

Taʼlim muassasalarida
uni bitirib, yuksak yutuqlarga erishgan nomdor shaxslarning homiylik xayriya mablagʻlari hisobiga shakllantiriladigan bitiruvchilar jamgʻarmasini tashkil etish.

2019-yil
1-mart

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

jamgʻarmani tashkil etish va uning faoliyat yuritishi tartibi;

jamgʻarma mablagʻlaridan iqtidorli oʻquvchi va talabalar, faol oʻqituvchilarni moddiy qoʻllab-quvvatlash, bitiruvchilar va taʼlim muassasalari oʻrtasida amaliy va foydali aloqani taʼminlash uchun foydalanish tartibi nazarda tutiladi.

219.

Yirik xalqaro kompaniyalarda ishlagan yetuk olim va mutaxassislarni oliy taʼlim muassasalariga rahbarlik va professor-oʻqituvchi lavozimlariga taklif qilish.

Yil davomida

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi, TIV, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

chet eldan taklif etilgan mutaxassislar uchun mehnatga haq toʻlash tizimidan tortib oʻquv-uslubiy ishlarni tashkil etishgacha barcha zarur sharoitlar yaratiladi;

Oʻzbekistonda yetishib chiqib, hozirgi kunda nufuzli xorijiy taʼlim
va ilmiy-tadqiqot muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan yurtdoshlarni Vatanga qaytarish amaliyoti keng joriy etiladi.

220.

Xorijiy mamlakatlarning oliy taʼlim muassasalari filiallari va qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil etish.

Yil davomida

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, TIV, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
vazirlik va idoralar

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda Oʻzbekistonda Moskva energe�ika instituti, Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti, shuningdek Toshkent kimyo-texnologiya institutida D.Mendeleyev nomidagi Rossiya davlat kimyo-texnologiya universiteti, Toshkent davlat agrar universitetida Astraxan davlat texnika universiteti bilan qoʻshma taʼlim dasturlari (qoʻshma fakultetlar) tashkil qilinadi.

221.

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab davlat buyurtmasi
va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt tizimini
bosqichma-bosqich joriy etish orqali oliy taʼlim muassasalarini oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish, ularga moliyaviy masalalarda mustaqillik berish.

2019-yil
1-iyul

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat test markazi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari
boʻlgan vazirlik
va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

bosqichma-bosqich davlat buyurtmasi
va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt tizimini joriy etish orqali oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish;

oliy taʼlim muassasalarini moliyaviy tartibga soluvchi hujjatlarni qayta koʻrib chiqish orqali oliy taʼlim muassasalarining moliyaviy mustaqilligini taʼminlash nazarda tutiladi.

222.

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab abituriyentlarga bir vaqtning oʻzida bir nechta
oliy taʼlim muassasasiga hujjat topshirish imkoniyatini berish.

2019-yil

1-aprel

Davlat test markazi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik
va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

abituriyentlarni bir vaqtning oʻzida bir nechta oliy taʼlim muassasasiga hujjat topshirish imkoniyatini beruvchi mexanizmni ishlab chiqish;

abituriyentning sinov natijasi boʻyicha olgan bali tavsiya etishga yetarli boʻlgan oliy taʼlim muassasasi (taʼl�m yoʻnalishi)da oʻqish imkoniyatini berish;

kirish sinovlari yakunlangandan keyin abituriyentlarni oliy taʼlim muassasasi (taʼlim yoʻnalishi)ni tanlashning aniq muddatini belgilash;

abituriyentlar tomonidan oliy taʼlim muassasalarini tanlashda imtihon fanlari bloki va ketma-ketligining mosligi nazarda tutiladi.

223.

Iqtidorli yoshlar uchun bakalavr bosqichini jahonning nufuzli oliy taʼlim muassasalarida davom ettirish imkoniyatini yaratish.

2019-yil

1-mart

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, TIV

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada bakalavr bosqichi talabalarining xorijda taʼlim olishini tashkil etish tartibi nazarda tutiladi.

224.

2019/2020 oʻquv yili qabulidan boshlab bosqichma-bosqich davlat xizmatlari markazlari orqali oliy taʼlim muassasalariga hujjat qabul qilish tizimini yoʻlga qoʻyish.

2019-yil

1-may

Adliya vazirligi,

Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada davlat xizmatlari markazlari orqali hujjat qabul qilish tizimini yaratish va oʻqishga kirish uchun hujjat topshirishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash nazarda tutiladi.

225.

Harbiy xizmatni oʻtagan abituriyentlarga alohida kvotalar ajratish va shu kvota doirasida test sinovlarini oʻtkazish.

2019-yil

1-may

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat test markazi, Mudofaa vazirligi, DXX, Milliy gvardiya

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

harbiy xizmatni oʻtagan abituriyentlarga tegishli oʻquv yili uchun tasdiqlanadigan oliy taʼlim muassasalariga qabul kvotalari doirasida alohida kvotalar ajratish
va test sinovlarini oʻtkazish;

harbiy qism komandirining tavsiyanomasi faqat harbiy oliygohlar uchun imtiyozga ega boʻlishi nazarda tutiladi.

226.

Umumiy taʼlim, oʻrta maxsus va oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ilmiy-oʻquv jarayoni sifatini tubdan yaxshilash.

Yil davomida

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

1,8 trln

soʻm

25,1 mln AQSh dollari

Davlat budjeti mablagʻlari

Xalqro moliya institutlari mablagʻlari

2019-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning tarmoq jadvallari.

Bunda Investitsiya dasturlariga kiritilgan taʼlim muassasalari obyektlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish choralari nazarda tutiladi.

227.

Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, amaliy natijadorligi va samaradorligini oshirish maqsadida “buyurtmachi-tadqiqotchi-investor” uzluksiz zanjiridan iborat maxsus portal tashkil etish.

2019-yil

1-iyun

Innovatsiya vazirligi, Intellektual mulk agentligi, Fanlar akademiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada portalda korxonalarning buyurtmalari, mavjud va istiqboldagi ilmiy ishlar roʻyxati, loyihalar boʻyicha potensial investorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish hamda portal oʻzaro hamkorlik uchun qulay maydon boʻlishi nazarda tutiladi.

228.

Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini moliyalashtirish hajmini bosqichma-bosqich oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyun

Innovatsiya vazirligi, Moliya vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

ilm-fan va innovatsiya sohasiga moliyaviy mablagʻlar va investitsiyalarni jalb etish asosida Oʻzbekistonning global innovatsion indeksdagi oʻrnini yaxshilash;

ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini joriy etish;

ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va zarur innovatsion infratuzilmani barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

229.

Ilmiy-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini tubdan isloh qilish va ilmiy ishlanmalar boʻyicha amaliy natijadorlikni oshirish.

2019-yil

1-mart

Innovatsiya vazirligi,
Fanlar akademiyasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

mavjud ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy salohiyati va moddiy-texnika bazasini xatlovdan oʻtkazish;

ishlab chiqarish sohasida tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari, konstruktorlik byurolari, tajriba-ishlab chiqarish va innovatsion markazlar tashkil etish;

ilmiy-tadqiqot muassasalarining reyting tizimini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

230.

Texnoparklarni tashkil etish va ularning faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik bazasini takomillashtirish.

2019-yil

1-mart

Innovatsiya vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

texnoparklarni tashkil etish va ularning faoliyatini tartibga soluvchi amaldagi qonun hujjatlarini tahlil qilish;

texnoparklar faoliyatini rivojlantirish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish nazarda tutiladi

4.6. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish

231.

“Yoshlar — kelajagimiz” davlat dasturi doirasida
yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini taʼminlash.

Yil davomida

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi,

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

2 trln soʻm,

shundan 500 mlrd soʻm budjet mablagʻlari

“Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi
va boshqa manbalar mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi mablagʻlaridan 2 trln soʻmdan ortiq mabla� ajratish orqali
50 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

232.

“Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi” faoliyatiga eʼtiborni kuchaytirish, uning vakillari va vakolatxonalarini tashkil etish.

2019-yil

1-mart

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Adliya vazirligi, vazirlik
va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada “Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi” faoliyatiga har tomonlama koʻmaklashish yuzasidan aniq chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash nazarda tutiladi.

233.

Yoshlar bilan olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning samaradorligini oshir�sh choralarini koʻrish.

2019-yil

1-fevral

Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablagʻlari

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda davlat-xususiy sheriklik asosida yangi madaniyat va istirohat bogʻlarini tashkil etish, ularni zamonaviy yoshlar maskanlariga aylantirish choralarini koʻrish, ushbu bogʻlarda, birinchi navbatda, sport maydonchalari, amfiteatr
va kichik sahnalar, kutubxona, “Book cafe”, shuningdek bepul “wi-fi” hududlarni tashkil etish nazarda tutiladi.

V. XAVFSIZLIK, MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAGʻRIKENGLIKNI TAʼMINLASh HAMDA ChUQUR OʻYLANGAN, OʻZARO MANFAATLI VA AMALIY TAShQI SIYOSATNI AMALGA OShIRISh SOHASIDAGI USTUVOR YOʻNALIShLAR

5.1. Xavfsizlik, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni taʼminlash sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar

234.

Mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, Qurolli Kuchlarning jangovar qudratini oshirish.

2019-yil

10-aprel

Mudofaa vazirligi, DXX, Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi, FVV, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qoʻmitasi, vazirlik

va idoralar

Kompleks chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

davlat harbiy xavfsizligini taʼminlash boʻyicha yangi qonun hujjatlarini hisobga olib, Qurolli Kuchlarni qoʻllashni rejalashtirishning huquqiy asoslarini yangilash;

Qurolli Kuchlar jangovar tarkibi
va tuzilishi sifat koʻrsatkichlarini takomillashtirish;

harbiy kadrlarni oʻqitish va qayta tayyorlash, harbiy xizmatchilarning professional tayyorgarligini tashkil etishning innovatsion yondashuvlarini ishlab chiqish;

Qurolli Kuchlar milliy ruhini yuksaltirish, askar, ser�ant va ofitserlarni barkamol etib tarbiyalash tizimini takomillashtirish;

mamlakat mudofaasini boshqarish milliy markazini yaratish va faoliyatini taʼminlash;

ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida qoʻshinlarni boshqarish tizimini takomillashtirish;

qoʻshinlarni 2018 — 2021-yillarda zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan taʼminlash, ularni modernizatsiya qilish va taʼmirlash kompleks dasturini ijro etish;

davlat mudofaa buyurtmasi, mudofaaga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish sohasida yagona davlat siyosatini olib borish nazarda tutiladi.

235.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyul

Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi, Mudofaa vazirligi, DXX, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

harbiy va ikki xil maqsadlarda foydalanish mumkin boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarish, mahalliy korxonalarning manfaatini oshirish va investitsiyalarni ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi mudofaa sanoati korxonalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yaratish;

mudofaa sanoati va boshqa sanoat tarmoqlari bilan tuzilmaviy diversifikatsiya va integratsiyalashuvni taʼminlash;

Davlat mudofaa sanoati kompleksining “Innovatsiya texnologiyalari markazi” negizida harbiy va ikki xil maqsadda foydalanish mumkin boʻlgan mahsulotlar, ehtiyot qismlar, eng yangi material va xomashyolarning yangi turlarini loyihalashtirish va ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan iqtisodiyot sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va taʼlim muassasalari, alohida kompaniyalar ishlanmalarini konsolidatsiya qilish boʻyicha mudofaa sanoati kompleksining ilmiy-konstruktorlik klasterini yaratish;

Qurolli Kuchlarning yuqori sifatli mahsulotlarga boʻlgan ehtiyojini taʼminlashga qaratilgan harbiy-texnikaviy mulkni sotib olish tizimini tubdan qayta koʻrib chiqish nazarda tutiladi.

236.

Davlat chegarasidan oʻtkazish punktlarida chegara nazorati sifatini oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyun

DXX, Mudofaa vazirligi, IIV, TIV, Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,

Axborot

texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat personallashtirish markazi

Hisob-kitoblarga asosan

Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

DXX Chegara qoʻshinlari nazoratchilar tarkibini mobil videokameralar bilan bosqichma-bosqich taʼminlash;

zamonaviy talablarga javob beruvchi “shaxsni aniqlashtirish” tizimini joriy etish;

chegara nazoratidan oʻtish jarayoni muddatini qisqartirishga qaratilgan pasport va chegara nazorati mexanizmini avtomatlashtirish, “elektron darvozalar”ni (E-GATE) bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutiladi.

237.

Mamlakatning axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ishlarning samaradorligini oshirish.

2019-yil

1-avgust

“Oʻzaloqanazorat” inspeksiyasi,

DX, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Bosh prokuratura,

IIV, Matbuot va axborot agentligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi

Hisob-kitoblarga asosan

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

“raqamli kriminalistika” ixtisoslashtirilgan laboratoriyasini yaratish;

milliy kibermakonda axborot xavfsizligi hodisalariga tezkor chora koʻrish boʻyicha “UZCERT” xizmatini takomillashtirish;

axborot xavfsizligi talablariga muvofiq davlat organlarida qoʻllaniluvchi dasturiy taʼminotni sertifikatsiyalash mexanizmini tatbiq etish;

kiberjinoyatlardan saqlanish va ularning oldini olish, shuningdek mazkur sohada yetuk mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish nazarda tutiladi.

238.

Milliy-madaniy markazlar, doʻstlik jamiyatlari rolini yanada oshirish va ularning aholi hayotidagi ishtirokini kuchaytirish.

2019-yil

10-mart

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, TIV, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar, milliy madaniy markazlar

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

madaniy-gumanitar almashinuv va doʻstona aloqalarni kuchaytirishga qaratilgan tadbirlarda aholining keng qatlamlari va jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish;

milliy-madaniy markazlar va doʻstlik jamiyatlarining xorijiy davlatlar bilan hamkorligini faollashtirish;

vazirlik va idoralarning milliy-madaniy markazlar va doʻstlik jamiyatlari bilan hamkorligini mustahkamlash nazarda tutiladi.

239.

“Maʼrifiy islom” mazmun-mohiyatini faol targʻib qilish ishlarini jadallashtirish.

2019-yil

1-mart

Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, TIV, Adliya vazirligi, IIV, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha takliflarni ishlab chiqishga qaratilgan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va davra suhbatlari oʻtkazish;

diniy va madaniy merosni tiklash, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni jahon hamjamiyatiga yetkazish maqsadida xorijiy mamlakatlarda tadbirlar oʻtkazish;

ekstremizm, fundamentalizm va terrorizm gʻoyalarining anʼanaviy islom diniga zid ekanligini izohlovchi ilmiy va hujjatli filmlarni, jumladan xorijiy tillarda yaratish nazarda tutiladi.

240.

Barcha aholi qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash tartibini takomillashtirish va optimallashtirish.

2019-yil

1-avgust

FVV, IIV, DXX, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

aholini favqulodda vaziyatlarga tayyorlash tizimini takomillashtirish;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha tadbirlarda aholining ishtirokini faollashtirish;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish nazarda tutiladi.

241.

Xorijiy sheriklar bilan harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni faollashtirish tizimini takomillashtirish.

2019-yil

30-aprel

Mudofaa vazirligi, DXX, Milliy gvardiya, TIV, Davlat bojxona qoʻmitasi

Xorijiy sheriklar bilan harbiy
va harbiy-texnik hamkorlikni faollashtirish boʻyicha amaliy harakatlar rejasi (“yoʻl xaritasi”).

Rejada:

xorijiy sherik davlatlar bilan birgalikda xalqaro harbiy va harbiy-texnik hamkorlikning miqyosi va geografiyasini kengaytirish;

yetakchi xorijiy davlatlarning qoʻshinlari, shuningdek oliy harbiy taʼlim muassasalari va tadqiqot markazlari bilan birgalikda harbiy xizmatchilarni oʻqitish va malakasini oshirishni tashkil etish;

Qurolli Kuchlar jangovar-xizmat faoliyatida xorijiy mamlakat qoʻshinlarining ilgʻor tajribasini chuqur oʻrganish va keng tatbiq etish nazarda tutiladi.

242.

Oʻzbekistonning chegara oldi tumanlarida xavfsizlikni taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasida qonun buzilishini bartaraf etish, aniqlash va oldini olish tizimini takomillashtirish.

2019-yil

20-avgust

DXX, IIV, Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi,

Bosh prokuratura, vazirlik va idoralar

Oʻzbekistonning chegara oldi tumanlarida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

chegara oldi hududlarining aholisi bilan ishlashda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, Musulmonlar idorasi vakillari va boshqa jamoat tashkilotlarining DXX Chegara qoʻshinlari bilan hamkorligini kuchaytirish;

jamoat tashkilotlari xodimlarini chegara oldi tumanlarda huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi koʻnikmalarini oshirish boʻyicha tizimli oʻqitish;

Oʻzbekistonning chegara oldi tumanlari aholisini terrorchilik va diniy ekstremistik tashkilotlarning gʻoyalari taʼsiridan saqlash, qonun buzilishi va jinoyatchilik holatlarini kamaytirish choralarini amalga oshirish nazarda tutiladi.

243.

Markaziy Osiyo davlatlari bilan chegara oʻtkazish punktlarini takomillashtirish ishlarida oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish.

2019-yil

20-oktabr

Davlat bojxona qoʻmitasi, DXX, IIV, Bosh prokuratura, TIV, vazirlik va idoralar

Kompleks chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

fuqarolar va transport kompaniyalariga chegara oldi oʻtkazish punktlarini kesib oʻtishda qulay sharoitlar yaratish;

chegara oldi oʻtkazish punktlarining oʻtkazish qobiliyatini kengaytirish;

bojxona nazorati samaradorligini oshirish;

Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida tashqi savdo aylanmasi va oʻzaro munosabatlarni yangi bosqichga koʻtarish nazarda tutiladi.

244.

Milliy axborot makonini himoya qilish boʻyicha Internet tarmogʻida milliy kontentni rivojlantirish.

2019-yil

1-avgust

Matbuot va axborot agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi

Hisob-kitoblarga asosan

Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyiha bilan Oʻzbekiston axborot makonini himoya qilish boʻyicha
2019 — 2021-yillarda xalqaro Internet axborot tarmogʻida milliy kontentni rivojlantirish kompleks dasturi tasdiqlanadi.

Dasturda:

milliy kontent va IT-startaplar rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash davlat fondini tashkil qilish;

blogerlik faoliyatini tartibga solish va boshqaruv mexanizmini takomillashtirish;

milliy blogerlar klubini yaratish, zarur va dolzarb axborotni tayyorlash boʻyicha tizimli ishni tashkil qilish;

“Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunni yangi tahrirda qabul qilish nazarda tutiladi.

245.

Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlash.

2019-yil

25-may

IIV, Milliy gvardiya, DXX, FVV,

Bosh prokuratura, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada jamoat tartibini saqlash tadbirlariga jalb qilinayotgan kuch va vositalar maqsadsiz sarflanishining oldini olish maqsadida IIV, Milliy gvardiya, DXX, FVV, prokuratura, hokimliklarning vazifa hamda majburiyatlarini aniq taqsimlash
va belgilab berish nazarda tutiladi.

246.

Sanoat korxonalarining atrof muhitga real tahdidlarini oʻrganish va baholash, mamlakatdagi ekologik vaziyatni sogʻlomlashtirish, atrof muhit ifloslanishini sezilarli tarzda kamaytirishni taʼminlash tizimini takomillashtirish.

2019-yil

1-iyun

Davlat ekologiya qoʻmitasi, FVV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” AJ, “Oʻzbekneftgaz” AJ, vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

sanoat korxonalariga zamonaviy samarali tozalovchi uskunalarni, chiqindi manbalarini kuzatib boruvchi va nazorat qiluvchi avtomatlashtirilgan tizimlarni oʻrnatish;

chang, gaz va suv tozalovchi uskunalarni ishlab chiqarish;

mazkur sohadagi huquqiy bazani qayta koʻrib chiqish nazarda tutiladi.

247.

Oziq-ovqat sanoatida steroidlar, kuchli taʼsir qiluvchi antibiotiklar va boshqa organik va kimyoviy qoʻshimchalarning qoʻllanishi meʼyorlarini tartibga soluvchi huquqiy mexanizmni takomillashtirish.

2019-yil

15-iyun

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat veterinariya qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi,

Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni aholiga yetkazib berish jarayonida steroidlar, kuchli taʼsir qiluvchi antibiotiklar va boshqa organik va kimyoviy qoʻshimchalarning meʼyordan ortiq ishlatilishini nazorat qilish mexanizmlari nazarda tutiladi.

248.

Radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va tezkor harakat qilish boʻyicha yagona davlat tizimini takomillashtirish.

2019-yil

1-sentabr

FVV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, IIV, Davlat bojxona qoʻmitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, “Oʻzatom” agentligi, vazirlik
va idoralar

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada avtomatlashtirilgan radiatsiyaviy vaziyatni nazorat qilish, yagona davlat tizimini tashkil etish va radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish va bartaraf etishda yagona davlat tizimi imkoniyatlarini oshi�ish nazarda tutiladi.

249.

Afgʻoniston boʻyicha
8-mintaqaviy
iqtisodiy hamkorlik konferensiyasini (RECCA VIII) Toshkentda oʻtkazish.

2019-yil

25-may

TIV, Tashqi savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablagʻlari,

ijrochilar mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi.

Loyihada Afgʻoniston boʻyicha
8-mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik konferensiyasini oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy masalalar nazarda tutiladi.

5.2. Tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar

250.

Oʻzbekistonning Parij bitimiga qoʻshilishi munosabati bilan “yashil iqtisodiyot”ga oʻtish boʻyicha davlat strategiyasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyul

Vazirlar Mahkamasi, “Oʻzgidromet” markazi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Innovatsiya vazirligi, TIV, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

iqlim oʻzgarishiga qarshi tizimli kurashishning ilgʻor mexanizmlarini joriy qilish;

yashil iqlim jamgʻarmasining resurslariga yoʻl ochish;

iqtisodiyotning barcha sohalariga, jumladan ishlab chiqarishga “yashil texnologiyalarni” joriy qilish nazarda tutiladi.

251.

Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha mintaqaviy dastur konsepsiyasini ishlab chiqish.

2019-yil

10-noyabr

Vazirlar Mahkamasi, TIV, DXX, Suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Strategik
va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan mintaqaviy dastur konsepsiyasi tasdiqlanadi.

Konsepsiyada:

Markaziy Osiyoda suvdan tejamkor foydalanish, suv manbalarini boshqarish va oqilona foydalanish masalalarida mintaqaviy hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarish;

suv manbalarini boshqarish va oqilona foydalanish masalalarida tejamkor texnologiyalarni, ilgʻor xorijiy tajribani tatbiq etish uchun donor-davlatlar, xalqaro institutlar moliyaviy mablagʻlarini jalb qilishni jadallashtirish;

Amudaryo va Sirdaryo boʻyicha BMT tomonidan ishlab chiqilgan konvensiyalarni ilgari surish;

suv va ekologik muammolarni hal qilish uchun mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda Or�lni qutqarish xalqaro fondi salohiyatidan unumli foydalanish nazarda tutiladi.

252.

Orolboʻyi mintaqasida yangi muhofaza etiladigan, jumladan transchegaraviy tabiiy hududlarni tashkil etish.

2019-yil

1-iyun

Davlat ekologiya qoʻmitasi,

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,

TIV, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi,

vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida,

xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Kompleks chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

Orolboʻyi mintaqasida yangi muhofaza etiladigan, jumladan transchegaraviy tabiiy hududlarni tashkil etish;

Qozogʻiston va Turkmaniston bilan hamkorlikda qoʻriqlanuvchi tabiiy hududlarni yaratish;

m�hofaza etiladigan va transchegaraviy yangi tabiiy hududlarni tashkil etish hamda bioxilma-xillikni asrab-avaylashni yaxshilash boʻyicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish nazarda tutiladi.

253.

“Diplomatik xizmat toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-aprel

TIV, Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida), Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi, vazirlik va idoralar

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

diplomatik xizmat tushunchasi va turlari, diplomatik xizmat organlari, uning vazifasi va funksiyalari, xodimlarning huquq va majburiyatlari;

diplomatik xizmat turlari va ularni amalga oshirish tartibi;

diplomatik xizmatga qabul qilish, rotatsiya tartibi va diplomatik xizmat xodimlarining uzoq muddatli safarda boʻlish muddatlari;

diplomatik xizmat xodimlarini kasbiy tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi, xodimlar faoliyatining samaradorligini baholash mexanizmlari;

diplomatik xizmat koʻrsatuvchi shaxslar maqomi, xorijiy hamkorlar bilan ishlash mexanizmi;

diplomatik xizmat organlarini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash mexanizmlari, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va ularning ijtimoiy taʼminoti nazarda tutiladi.

254.

Xalqaro maydonda mamlakatimiz siyosiy-iqtisodiy manfaatlarini ilgari surish, davlatimizning tashqi iqtisodiy va siyosiy faoliyati takomillashtirishga yoʻnaltirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qonunni qabul qilish

2019-yil

1-aprel

TIV, Strategik
va mintaqalararo tadqiqotlar instituti,

vazirlik va idoralar

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyiha bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi yangi tah�irda tasdiqlanadi.

Konsepsiyada:

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini aniq belgilash;

mamlakatning milliy xavfsizligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini mustahkamlash;

zamonaviy sharoitlardagi tashqi siyosiy, tashqi iqtisodiy sohalarda Oʻzbekistonning milliy manfaatlarini ilgari surish;

barcha davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan strategik hamkorlik va doʻstlik munosabatlarining barqaror tizimini barpo etish, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi imiji, oʻrni va taʼsirini mustahkamlash;

xalqaro huquq normalarini implementatsiya qilish, BMT tuzilmalari va maxsus muassasalari norma ijodkorligi jarayonida faol ishtirok etish nazarda tutiladi.

255.

Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari, diplomatik vakolatxonalari faoliyatini kuchaytirish, shu jumladan yangi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarini ochish.

Yil davomida

TIV, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi

Hisob-

kitoblarga

asosan

Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

Oʻzbekistonning siyosiy va iqtisodiy sohadagi xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish;

xorijda yashovchi fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida yangi diplomatik va konsullik muassasalarini ochish hamda amaldagilarining xodimlari sonini oshirish;

diplomatik va konsullik muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, bunda xodimlar uchun qulay sharoitlar yaratish va moddiy qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish nazarda tutiladi.

256.

Tashqi transport, logistika va yoʻl infratuzilmasi tizimini rivojlantirish.

Yil

davomida

Tashqi savdo vazirligi, TIV, Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “Oʻzavtotrans” agentligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, vazirlik va idoralar

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

oʻzaro tarif preferensiyalarini taqdim etishda hamkor-davlatlar bilan kelishuv, bojxona va maʼmuriy tartib-taomillarni takomillashtirish;

logistika markazlarini rivojlantirish, imtiyozli ketma-ket tariflarni shakllantirish orqali xalqaro va mintaqaviy transport koridorlaridan samarali foydalanish;

hamkorlar bilan birgalikda Markaziy Osiyo transport tizimini rivojlantirish boʻyicha mintaqaviy dasturni qabul qilish nazarda tutiladi.

257.

Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlikni taʼminlash va mintaqaviy muammolarni bartaraf etishdagi oʻzaro munosabatlarida ishonch darajasini oshirish.

2019-yil

20-iyul

TIV, DXX, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari boʻyicha qarashlarini yaqinlashtirish, mintaqada xavfsizlik, barqarorlik, yaxshi qoʻshnichilik va hamkorlikni shakllantirishga qaratilgan Oʻzbekiston tashqi siyosatini faollashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha maxsus vakili lavozimini taʼsis etish nazarda tutiladi.

258.

Xorijdagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga konsullik muassasalari tomonidan davlat xizmatlari va huquqiy yordam berish tizimini takomillashtirish.

2019-yil

1-sentabr

TIV, Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi, IIV

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda mehnat faoliyati uchun xorijda vaqtinchalik yashayotgan Oʻz�ekiston Respublikasi fuqarolari uchun elektron xizmatlar koʻrsatish imkoniyati kengaytiriladi va takomillashtiriladi.

259.

Samarqandda Vatandoshlar xalqaro forumini tashkil etish va oʻtkazish.

2019-yil

20-may

TIV, Tashqi savdo vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Madaniyat vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi,

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablagʻlari,

ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishi loyihasi.

Loyihada Samarqand shahrida
2019-yilda Vatandoshlar xalqaro forumini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy masalalar nazarda tutiladi.

260.

Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini mustahkamlash konsepsiyasini ishlab chiqish.

2019-yil

20-avgust

TIV, Tashqi savdo vazirligi, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, vazirlik va idoralar

Hisob-

kitoblarga

asosan

Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini mustahkamlash konsepsiyasi tasdiqlanadi.

Konsepsiyada:

Oʻzbekistonning nufuzini xalqaro maydonda oshirish maqsadida samarali va keng koʻlamli targʻibot va tashviqot ishlarini yoʻlga qoʻyish, milliy turistik brendni yaratish, xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro manfaatli kelishuvlarga erishish;

xalqaro tashkilotlar vakillarini Oʻzbekistonga taklif qilish va ularni respublikada yuz berayotgan oʻzgarishlar bilan bevosita tanishtirish;

xalqaro tashkilotlar va reyting agentliklari (“Fitch”, “Standard &Pours”, “Moodyʼs”) bilan Oʻzbekiston Respublikasi vazirlik va idoralari oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish nazarda tutiladi.

261.

Markaziy Osiyoda millatlararo ziddiyatlar tahdidlariga qarshi birgalikda kurashish va millatlararo totuvlik tamoyillarini tasdiqlash ishlarida mintaqa davlatlari bilan tizimli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

Ushbu yoʻnalishda Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo — umumiy uyimiz” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazish.

2019-yil

20-sentabr






2019-yil

18-noyabr

Vazirlar Mahkamasi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, TIV, Toshkent shahar hokimligi, vazirlik
va idoralar

Hisob-

kitoblarga

asosan

Davlat budjeti mablagʻlari, ijrochilar mablagʻlari

Chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarining sohaga oid tashkilotlari oʻrtasida hamkorlik memorandumini ishlab chiqish va tegishli tashkilotlar bilan kelishish;

yuz berishi mumkin boʻlgan millatlararo ziddiyatlar tahdidlarining oldini olish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda hujjat loyihasining Markaziy Osiyo mamlakatlarining sohaga oid tashkilotlari tomonidan koʻrib chiqilishini tashkil etish;

“Markaziy Osiyo — umumiy uyimiz” tamoyilini amalda tatbiq etish hamda mintaqa davlatlari yetakchi olim va ekspertlari ishtirokida xalqaro konferensiyani yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish nazarda tutiladi.

262.

Xorijiy investorlar bilan ishlashni yagona tizimga keltirish va uning samaradorligini orttirish.

2019-yil

20-iyul

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Tashqi savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Innovatsiya vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank,

Mehnat vazirligi

Hisob-

kitoblarga

asosan

Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada xorijiy investorlar bilan ishlashni yagona tizimga keltirish
va uning samaradorligini oshirish uchun Oʻzbekiston Investitsiya portali asosida “Invest in Uzbekistan” yagona portalini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

Yagona portalda:

Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari, tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatga aloqador idoralarning oʻzaro aloqasi va hamkorligini taʼminlash;

xorijiy tadbirkorlar uchun Oʻzbekistonning iqtisodiy taraqqiyoti boʻyicha maʼlumotlarni yetkazish va ularni doimiy ravishda yangilab turish;

Oʻzbekistonning tadbirkorlik va investitsiya sohasidagi qonunchiligi, biznes yuritish uchun yaratilayotgan qulayliklar toʻgʻrisidagi qisqa, loʻnda va mazmunli axborotlarni muntazam joylashtirish nazarda tutiladi.

263.

Mamlakat tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal qilishda parlament diplomatiyasi rolini kuchaytirish.

Yil

davomida

Oliy Majlis palatalari, TIV, vazirlik va idoralar

Hisob-

kitoblarga

asosan

Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Oʻzbekistonning milliy manfaatlarini xalqaro doirada, jumladan parlamentlararo maydonda
va ikki tomonlama munosabatlarda ilgari surishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining xalqaro faoliyatini kuchaytirish;

xorijiy mamlakatlar parlament vakillari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni yoʻlga qoʻyish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni, yaqin va uzoq xorijga ishchi tashriflarni amalga oshirish, hamkorlikni kengaytirish va dolzarb masalalar yechimini izlash maqsadida hamkor mamlakatlarning hukumat
va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazish nazarda tutiladi.

264.

Orolboʻyi hududida ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasini yaratish boʻyicha xalqaro anjuman tashkil etish va oʻtkazish.

2019-yil

25-oktabr

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Innovatsiyavazirligi, TIV,

vazirlik va idoralar

Hisob-

kitoblarga

asosan

Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida,

xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishi loyihasi.

Loyihada:

anjuman konsepsiyasini ishlab chiqish;

tadbirning kun tartibi, aniq muddati va joyini belgilash;

xorijiy mutaxassislar, xalqaro
va mintaqaviy tashkilotlar vakillarini tadbirga taklif etish va ularning ishtirokini tashkil qilish;

anjumanning yakuniy hujjati loyihasini ishlab chiqish va kelishish nazarda tutiladi.

265.

Toshkent shahrida Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga bagʻishlangan xalqaro konferensiya oʻtkazish.

2019-yil

19-20-fevral

TIV, Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markazi, Strategik
va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

Hisob-

kitoblarga

asosan

Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida, ijrochilar mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi.

Loyihada Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi olimlari va ekspertlarining forumini oʻtkazishga oid tashkiliy chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

266.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahatlashuv uchrashuvini oʻtkazish.

2019-yil

12-aprel

TIV, Strategik
va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markazi

Hisob-

kitoblarga

asosan

Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida, ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishi loyihasi.

Loyihada 2019-yilda Toshkent shahrida mintaqa davlatlari rahbarlarining maslahatlashuv uchrashuvini oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

Tadbirlarda:

Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash sohasida samarali mintaqaviy hamkorlikning yangi rezervlarini va uni kengaytirishning taʼsirchan mexanizmlarini topish;

savdo-iqtisodiy, innovatsion, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, bank-moliya, suv-energetika va madaniy-gumanitar hamda ekologik barqarorlikni saqlash sohalarida aniq dasturlarni ishlab chiqish;

xalqaro va mintaqaviy dolzarb masalalar yuzasidan keng fikr almashish, ular boʻyicha umumiy qarashni kelishib olish va uni xalqaro tashkilotlar doirasida ilgari surish nazarda tutiladi.

267.

BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashiga 2021 — 2023-yillarga saylanishi uchun Oʻzbekiston nomzodini ilgari surish.

Yil davomida

TIV, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, vazirlik va idoralar

Kompleks chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

BMTga aʼzo davlatlarning Oʻzbekistonning Inson huquqlari boʻyicha kengashiga nomzodini qoʻllab-quvvatlashga erishish maqsadida ular bilan muzokaralar olib borish;

Oʻzbekistonda inson huquqlarini taʼminlash sohasida olib borilayotgan islohotlar toʻgʻrisida materiallarni tayyorlash va BMTga aʼzo davlatlar oʻrtasida tarqatish bilan bogʻliq chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

268.

BMTning “Yoshlar huquqlari toʻgʻrisida”gi konvensiyasi qabul qilinishini ilgari surish.

Yil davomida

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz,

TIV, Oliy Majlis Senati, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Yoshlar ittifoqi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Konvensiya loyihasini keng miqyosda xalqaro koʻmak olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining BMTdagi doimiy vakolatxonalari va boshqa diplomatik vakolatxonalarda taqdimot va davra suhbatlari, brifinglar oʻtkazish orqali maqsadli tushuntirish ishlarini amalga oshirish nazarda tutiladi.

269.

Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlar shaharlari
va hududlari oʻrtasida hamkorlikni (“birodarlik aloqalari”) mustahkamlash.

Yil

davomida

TIV, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda Oʻzbekiston va xorijiy mamlakatlar shaharlari oʻrtasida aloqalar oʻrnatish mexanizmini faol ishga tushirish nazarda tutiladi.

270.

BMTning “Inson huquqlari sohasida taʼlim va tarbiya deklaratsiyasi” toʻgʻrisidagi nizomini amalga oshirish boʻyicha milliy harakatlar dasturini qabul qilish.

2019-yil

30-may

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, TIV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida)

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan milliy harakatlar dasturi tasdiqlanadi.

Dasturda barcha darajada inson huquqlari va erkinliklari haqidagi bilim va koʻnikmalar darajasini yanada oshirib borish nazarda tutiladi.

271.

Sharqiy va Shimoliy Yevropa, Sharqiy Osiyo mamlakatlari, Afrika va Janubiy Amerikaning ayrim davlatlari bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish.

Yil davomida

TIV, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Tashqi savdo vazirligi

Amaliy chora-tadbirlar

Bunda:

Oʻzbekiston Respublikasining siyosat, investitsiya, savdo, madaniyat
va turizm, yuqori texnologiya sohalarida hamkorlik qilishi uchun ushbu mintaqalarning salohiyatga ega mamlakatlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda faollashtirish;

mazkur hududlarga milliy tovar va xizmatlar eksportini oshirish maqsadida tizimli marketing tadqiqotlarini oʻtkazish nazarda tutiladi.

272.

Markaziy Osiyo davlatlarinin� hududlar rahbarlari oʻrtasida aloqalarini yangi sifat bosqichiga koʻtarish.

Yil davomida

TIV, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Markaziy Osiyo davlatlarining hududlar rahbarlari biznes hamjamiyatining assotsiatsiyasini taʼsis etish;

Markaziy Osiyo davlatlarining hududlar rahbarlari biznes hamjamiyatining assotsiatsiyasini taʼsis etish konsepsiyasi loyihasini qoʻshni davlatlar bilan hamkorlikda ishlab chiqish va amalga oshirish nazarda tutiladi.

273.

Markaziy Osiyo hududini turistik yoʻnalish, birinchi navbatda, Buyuk Ipak yoʻlining asosiy boʻgʻini sifatida ilgari surisha mintaqa davlatlari harakatlarini muvofiqlashtirish.

2019-yil

30-may

IIV, TIV, DXX, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Tashqi savdo vazirligi

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Markaziy Osiyo mamlakatlariga keladigan sayyohlar uchun yagona vizani kiritish tashabbusining maqsadga muvofiqligini hamkorlar bilan birgalikda oʻrganish (“Silk Visa”);

xorijdagi vatandoshlar uchun Oʻzbekistonga kelib-ketish,
mamlakatda qolish, mehnat faoliyatini olib borish, sarmoya kiritish uchun
qulay shart-sharoitlar yaratish (“Vatandosh” vizasi/pasporti);

Oʻzbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritish istagida boʻlgan xorijiy davlatlar fuqarolari uchun maxsus viza (investitsion viza) joriy etishni oʻrganish nazarda tutiladi.

274.

Tashqi aloqalarni yoʻlga qoʻyishda “raqamli diplomatiya” vositalarini rivojlantirish.

2019-yil

20-iyul

TIV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Strategik
va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, vazirlik va idoralar

Kompleks chora-tadbirlar dasturi.

Dasturda:

“raqamli diplomatiya” reytingida Oʻzbekistonning oʻrnini oshirish, ushbu yoʻnalishda faoliyat yuritayotgan tahlil markazlari bilan hamkorlik oʻrnatish;

Oʻzbekistonning xorijdagi barcha diplomatik vakolatxonalari veb-saytlari auditini oʻtkazish, ularni yagona dizayn va tuzilmaga keltirish;

TIV xodimlari uchun yangi axborot texnologiyalari, “raqamli diplomatiya” instrumentlaridan foydalanish boʻyicha malaka oshirish dasturi tashkil etish;

TIV huzurida ijtimoiy tarmoqlar (“Social Media Marketing”) va “raqamli diplomatiya” boʻyicha mutaxassislar guruhini shakllantirish nazarda tutiladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi jarayonida ularning moliyalashtirish manbalariga aniqlik kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti mablagʻlari deganda markazlashgan investitsiyalar, vazirlik, idora va tashkilotlarning xarajatlar smetasida nazarda tutilgan budjet mablagʻlari tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli komissiya bilan kelishilgan holda, Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan hujjatlar shakli zaruratga qarab oʻzgartirilishi, boshqa bandlardagi hujjatlar bilan birlashtirilishi yoki bir necha turdagi hujjatlarga boʻlinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida mutasaddi vazirlik va idoralarning takliflari asosida Dasturda belgilangan tadbirlarning mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilda Davlat dasturi tadbirlarini amalga oshirishning jami xarajatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16 998,6 mlrd soʻm va 8 106,5 mln AQSh dollari, shundan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

soʻmda

AQSh dollarida

Davlat budjeti va Davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari

14 025,0 mlrd

5,2 mln

Ijrochilar va xayriya tashkilotlari mablagʻlari

2 515,4 mlrd

4 120 mln

Xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari mablagʻlari va begʻaraz yordam

458,2 mlrd

3 981,3 mln

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-iyundagi PF-6003-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2020-y., 06/20/6003/0708-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi mansabdor shaxslari, vazirlik va idoralar rahbarlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini mamlakat hududlariga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BIRIKTIRISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Mamlakat hududi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralarning mansabdor shaxslari

Biriktirilgan diplomatik vakolatxonalar

1.

Andijon viloyati

J.A. Qoʻchqorov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri

1. Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Elchixonasi

2. Oʻzbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasidagi Elchixonasi

3. Oʻzbekiston Respublikasining Qirgʻiziston Respublikasidagi Elchixonasi

2.

Buxoro viloyati

G.K. Saidova — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari

1. Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi

2. Oʻzbekiston Respublikasining Isroil Davlatidagi Elchixonasi

3. Oʻzbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi Elchixonasi

3.

Jizzax viloyati

D.R. Li — Oʻzbekiston Respublikasi Prezi�enti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori

1. Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi

2. Oʻzbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi Elchixonasi

3. Oʻzbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi Elchixonasi

4.

Qashqadaryo viloyati

B.M. Mavlonov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari

1. Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Elchixonasi

2. Oʻzbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi Elchixonasi

3. Oʻzbekiston Respublikasining Eron Islom Respublikasidagi Elchixonasi

5.

Navoiy viloyati

M.B. Azimov — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi

1. Oʻzbekiston Respublikasining Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Elchixonasi

2. Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi Elchixonasi

3. Oʻzbekiston Respublikasining Ukrainadagi Elchixonasi

6.

Namangan viloyati

A.A. Abduxakimov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Oʻrinbosari

1. Oʻzbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi Elchixonasi

2. Oʻzbekiston Respublikasining Misr Arab Respublikasidagi Elchixonasi

3. Oʻzbekiston Respublikasining Ozarbayjon Respublikasidagi Elchixonasi

7.

Samarqand viloyati

S.R. Xolmurodov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari

1. Oʻzbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Elchixonasi

2. Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi

3. Oʻzbekiston Respublikasining Ispaniya Qirolligidagi Elchixonasi

4. Oʻzbekiston Respublikasining Gretsiya Respublikasidagi bosh konsulligi

8.

Surxondaryo viloyati

M.M. Ikramov — Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi

1. Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Elchixonasi

2. Oʻzbekiston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi Elchixonasi

3. Oʻzbekiston Respublikasining Afgʻoniston Islom Respublikasidagi Elchixonasi

4. Oʻzbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi Elchixonasi

9.

Sirdaryo viloyati

R.K. Davletov — Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri

1. Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi

2. Oʻzbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi Elchixonasi

3. Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻiston Respublikasidagi Elchixonasi

10.

Fargʻona viloyati

E.M. Ganiyev — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari

1. Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi elchixonasi

2. Oʻzbekiston Respublikasining Latviya Respublikasidagi Elchixonasi

3. Oʻzbekiston Respublikasining Ummon Sultonligidagi Elchixonasi

11.

Xorazm viloyati

A.J. Ramatov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari

1. Oʻzbekiston Respublikasining Malayziyadagi Elchixonasi

2. Oʻzbekiston Respublikasining Saudiya Arabistoni Qirolligidagi Elchixonasi

3. Oʻzbekiston Respublikasining Turkmanistondagi Elchixonasi

12.

Toshkent viloyati

O.B. Murodov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori

1. Oʻzbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Elchixonasi

2. Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi

3. Oʻzbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi Elchixonasi

4. Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻiston Respublikasidagi Elchixonasi

13.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

N.S. Otajonov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari,
A.I. Ikramov — Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi

1. Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Elchixonasi

2. Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Elchixonasi

3. Oʻzbekiston Respublikasining Quvayt Davlatidagi Elchixonasi

14.

Toshkent shahri

A.N. Aripov — Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri,

J.A. Xodjayev — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo
vaziri

1. Oʻzbekiston Respublikasining Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Elchixonasi

2. Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi Elchixonasi

3. Oʻzbekiston Respublikasining Singapurdagi Elchixonasi

Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyundagi PF-91-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2024-y., 06/24/91/0429-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2019-y., 06/19/5635/2502-son, 08.03.2019-y., 06/19/5687/2723-son, 21.05.2019-y., 06/19/5722/3154-son, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son, 03.06.2020-y., 06/20/6003/0708-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2021-y., 06/21/6257/0645-son, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son; 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son, 24.08.2022-y., 06/22/197/0765-son; 08.09.2022-y., 06/22/215/0803-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son, 20.06.2024-y., 06/24/91/0429-son)