18.11.2020 yildagi O‘RQ-647-son
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari (xodimlari) o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari talablariga og‘ishmay rioya etishi hamda ularni bajarishi shart.
Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi (xodimi), agar yuzaga kelgan vaziyatda maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llash uchun mazkur moddada hamda ushbu Qonunning 30 va 31-moddalarida nazarda tutilgan asoslar yuzaga kelishi mumkin deb hisoblasa, ularni qo‘llash uchun tayyorlash va jangovar holatga keltirish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
(35-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(37-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(37-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga (xodimlariga) harbiy (maxsus) unvonlar, oxirgi egallagan lavozimidan qat’i nazar, belgilangan tartibda beriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan harbiy xizmatchilar (xodimlar) harbiy xizmatdan (xizmatdan) bo‘shatilganda, shuningdek ularning oila a’zolari Milliy gvardiyadan bo‘shatilgan harbiy xizmatchilar (xodimlar) bilan teng ravishda huquqlar, imtiyozlar va afzalliklardan foydalanadi.