1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat;
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash orqali daromadi yuqori bo‘lmagan hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilalar, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yoshlar va shu toifadagi boshqa aholi qatlamlariga ko‘maklashish va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda manzillilik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoni bilan ayrim shaxslarga, shu jumladan, daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlarga ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va foizlarning bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga subsidiyalar to‘lanishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy sotib olishga ipoteka kreditining boshlang‘ich badali va foizlarning bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi uy-joylarga ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha foizlarning bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolar tomonidan subsidiya olish uchun ariza berish, ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar)da uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan talabgorlarni tanlash bo‘yicha komissiyalar faoliyatini tashkil etish va ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash natijalarini ko‘rib chiqish;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotib olinadigan uy-joylarni aniqlash, ajratiladigan ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyani hisoblash, ipoteka kreditini rasmiylashtirish va subsidiyalarni to‘lab berish tartibi.
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazlari va yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan shaxslarni tanlash jarayonida ko‘rsatiladigan xizmatlar;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tashkilotlar tomonidan uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan shaxslarni tanlashda foydalaniladigan ma’lumotlar (hujjatlar) istisno tariqasida to‘lovlarsiz amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili davlat budjetidan shahar va qishloq joylarida qurilgan ko‘p qavatli uylardan birlamchi bozorda kvartiralar sotib olishda ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal va (yoki) foiz xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida ajratiladigan subsidiyalar tegishli moliya yili uchun tasdiqlangan parametrlar doirasida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya olish uchun ariza topshirish muddati 2020-yil 31-dekabrga qadar va subsidiyalarni to‘lash muddati 2021-yil 1-dekabrga qadar uzaytiriladi;
(31-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining daromadlariga uning xotini (eri), ular bilan bir uyda birgalikda yashovchi ota-onasi hamda farzandlarining (shu jumladan, asrab olingan farzandlari) daromadlari qo‘shilgandan so‘ng o‘rtacha oylik daromadlari miqdori ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan me’yorlardan kam bo‘lsa, boshqa jismoniy shaxslar daromadlari ham kiritilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor tomonidan tanlangan uy-joyning qiymati xabarnomada ko‘rsatilgan sotib olinishi mumkin bo‘lgan uy-joyning yuqori qiymatidan oshgan taqdirda, ushbu uy-joyni sotib olishga ajratiladigan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-maydagi PQ-4701-son qaroriga muvofiq belgilanadi. Bunda sotib olinadigan uy-joy qiymatining ipoteka kreditining eng ko‘p miqdoridan oshgan qismi qarz oluvchining o‘z mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, shu jumladan Toshkent shahri va shaharlarda boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6126-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 11-martdagi PF-6186-son Farmoni qabul qilinguniga qadar subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomalarni olgan shaxslarga ipoteka kreditlari va subsidiyalar ajratishda 2020-yilda amalda bo‘lgan shartlar va miqdorlar saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-son Farmoni qabul qilinganidan so‘ng subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining daromadlariga u bilan birga yashamayotgan yaqin qarindoshlarining daromadlari ham kiritilib hisoblanayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Yangi tartib doirasida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishga ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya yakka tartibda qurilgan (rekonstruksiya qilingan) uy-joyning kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgunga qadar olingan ijobiy subsidiya xabarnomalari bo‘yicha to‘lab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. 2021-yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya ajratishning maqsadli parametrlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sotib olinadigan kvartiraning narxi xabarnomada ko‘rsatilgan uy-joyning yuqori qiymatidan oshib ketgan taqdirda, qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan shakllantiriladigan boshlang‘ich badal summasini oshirish orqali qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ipoteka kreditining summasi xabarnomada ko‘rsatilgan va sotib olinishi mumkin bo‘lgan uy-joyning yuqori qiymatining 85 foizidan oshib ketmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sotib olinadigan uy-joyning shartnomadagi qiymati subsidiya xabarnomasida ko‘rsatilgan va sotib olinishi mumkin bo‘lgan uy-joyning yuqori qiymatidan kam bo‘lgan taqdirda, ipoteka krediti shartnomada ko‘rsatilgan uy-joyning qiymatining 85 foizi hamda boshlang‘ich badalning bir qismi uchun subsidiya shartnomada ko‘rsatilgan uy-joy qiymatining 10 foizi miqdorida hisoblanadi.
(33 va 34-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-iyundagi 331-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2022-y., 09/22/331/0522-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK (keyingi o‘rinlarda — Markaz) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-aprelga qadar:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlari markazlarini, ariza beruvchining belgilangan ijtimoiy mezonlarga mos kelishini aniqlash va baholashga mas’ul bo‘lgan tashkilotlarning tuman (shahar) bo‘limlarini, subsidiya to‘lanadigan talabgor shaxslarni tanlab olish bo‘yicha doimiy ishlaydigan hududiy komissiyaning YIDXPga ulanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatini ko‘rsatish YIDXP orqali joriy etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatishning har bir bosqichida murojaatlarning ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibi joriy etilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi YIDXPga elektron davlat xizmatini joriy qilish bo‘yicha Reglament bir hafta muddatda Markazga kiritilishini ta’minlasin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi 2020-yil 1-iyunga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlarning belgilangan ijtimoiy mezonlarga mos kelishini aniqlash va baholashga mas’ul bo‘lgan tashkilotlarning tuman (shahar) bo‘limlari, subsidiya to‘lanadigan talabgor shaxslarni tanlab olish bo‘yicha doimiy ishlaydigan hududiy komissiyaning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga ulanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz bilan birgalikda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga ulanishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Davlat soliq qo‘mitasi Adliya vazirligi va “UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MCHJ bilan hamkorlikda ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishni avtomatlashtirish maqsadida 2022-yil 1-oktabrgacha Davlat soliq qo‘mitasining axborot tizimlari bazasi “my.gov.uz” platformasiga integratsiya qilinishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tegishli tijorat banklari bilan birgalikda:
(62-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyani markazlashtirilgan tartibda to‘lab bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda buyurtmanomalar tegishli tijorat banklarining Bosh ofisi orqali Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi buyurtmanomalar bo‘yicha to‘lovlarni 5 ish kuni ichida amalga oshirsin.
(62-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2022-yilning 1-oktabrgacha qadar foiz xarajatlari uchun subsidiya to‘lashning avtomatlashtirilgan tartibini joriy etsin.
(61 va 62-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-iyundagi 331-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2022-y., 09/22/331/0522-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi Markaz bilan birgalikda 2020-yil 1-iyulga qadar uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan shaxslarni ballar asosida baholash dasturiy ta’minot (keyingi o‘rinlarda — dasturiy ta’minot) tizimi yaratilishini va YIDXPga integratsiyalashuvini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi dasturiy ta’minotning operatori etib belgilansin.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi dasturiy ta’minot tizimi yaratish hamda zarur apparat-dasturiy komplekslar bilan jihozlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni Davlat budjetidan moliyalashtirish chorasini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 25-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
182-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoni bilan joriy etilgan Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining har yili tasdiqlanadigan tegishli Farmon va qarorlari asosida ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal va foiz xarajatlarining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish uchun daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni aniqlash mezonlarini, subsidiyani hisoblash va to‘lash tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya olish maqsadida ariza bilan murojaat qiluvchi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ballar — uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlash va ularning ijtimoiy ustuvorligini belgilash uchun foydalaniladigan ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholar to‘plami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshlang‘ich badal — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida birlamchi uy-joy bozorida sotib olinadigan kvartira qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘. Shundan davlat budjetidan to‘lab beriladigan qat’iy belgilangan subsidiya va uy-joy qiymatining kamida 5 foizi qarz oluvchi tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan shakllantiriladigan mablag‘;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshlang‘ich badal uchun subsidiya — talabgorga qurib bitkazilgan kvartirani ipoteka krediti asosida sotib olishda boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun har yili qat’iy belgilangan miqdorda Davlat budjetidan talabgor nomiga bankda ochilgan tegishli hisobvaraqqa o‘tkaziladigan mablag‘;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daromadi yuqori bo‘lmagan fuqaro yoki oila — qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanishi mumkin bo‘lgan o‘rtacha oylik daromadlar miqdori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining (keyingi o‘rinlarda — MHTEKM) 2,7 baravaridan 8 baravarigacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida belgilangan MHTEKMning 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha bo‘lgan oilalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘liqsiz oila — nikohi bekor qilingan oila, turmush o‘rtog‘i vafot etgan, bedarak yo‘qolgan yoki yolg‘iz o‘zi bo‘la turib, nikohdan o‘tmasdan bolali bo‘lgan yoxud boshqa sabablarga ko‘ra ota-onalardan birining yolg‘iz o‘zi bir yoki bir nechta bolani tarbiyalayotgan oila;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-apreldagi 183-sonli qaroriga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2024-y., 09/24/183/0273-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori — har yili kelgusi yil uchun talabgor tomonidan birlamchi uy-joy bozoridan kvartira sotib olish uchun ajratilishi mumkin bo‘lgan ipoteka kreditlarining eng ko‘p miqdori;
(2-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy mezonlar — uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilani aniqlashda qo‘llaniladigan va ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan asosiy ko‘rsatkichlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirok etuvchi tijorat banklari — fuqarolar tomonidan birlamchi uy-joy bozorida tanlangan uy-joylarni sotib olishga ipoteka kreditini taqdim etuvchi tijorat banklari;
(2-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya — tegishli tuman (shahar) hokimi qarori bilan tasdiqlangan tuman (shahar)da subsidiya to‘lanishini muvofiqlashtirish bo‘yicha ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda shakllantiriladigan komissiya;
(2-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya — ipoteka kreditlari asosida kvartira sotib olish uchun boshlang‘ich badal va kredit foizining bir qismini qoplash maqsadida Davlat budjetidan fuqaro uchun bankda uning nomiga ochilgan tegishli hisobvaraqqa o‘tkazilgan mablag‘;
(2-bandning o‘n to‘rtinchi — o‘n oltinchi xatboshilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qaroriga asosan o‘n to‘rtinchi xatboshisi bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya berish to‘g‘risida ijobiy xabarnomani olgan ariza beruvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy — pudrat tashkilotlari tomonidan o‘z mablag‘lari, bank krediti va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yangi qurilgan (qurilish ishlari yakka tartibdagi uy-joy yoki boshqa turdagi noturar bino va inshootlarning keyinchalik rekonstruksiya qilish orqali mulkchilik turi ko‘p qavatli uy-joylarga o‘zgartirilgan qurilish va uy-joylar obyektlari bundan mustasno) birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralar (4 va undan yuqori qavatli);
(2-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foiz uchun subsidiya — talabgorga qurib bitkazilgan kvartirani sotib olishda ipoteka krediti foizining bir qismini qoplash uchun Davlat budjetidan talabgorning bankda ochilgan tegishli hisobvarag‘iga birinchi 5 yil davomida o‘tkaziladigan mablag‘.
(2-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda davlat budjetidan to‘lab beriladigan foiz qismi hisobi alohida hisobvaraqda yuritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabarnoma — komissiyaning ushbu Nizomga 2 va 2a-ilovalarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya ajratish yoki uni ajratishni rad etish to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan hamda ariza beruvchiga tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboriladigan qarori.
(2-bandning yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
(2-bandning yigirma birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizom doirasida fuqaroga ipoteka kreditlari bozor shartlari asosida belgilanadigan foiz stavkalarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda birlamchi bozordagi kvartiralarni sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish (mukammal va joriy ta’mirlash bundan mustasno) uchun ajratiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Subsidiya uni to‘lashning maqsadli parametrlarida belgilangan hududda qurilgan uy-joylar uchun yo‘naltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda subsidiya fuqaro ro‘yxatdan o‘tgan yashash joyidagi hudud (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) doirasida fuqarolarning talablaridan kelib chiqib ajratiladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatga olingan fuqaro subsidiya dasturi doirasida Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olishga haqli.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda hududlarda qurilishi rejalashtirilayotgan uy-joylar soni, subsidiya to‘lanadigan fuqarolarni tanlab olish mezonlari, subsidiya soni va umumiy hajmi hamda berish tartibi va shartlarini ko‘rsatgan holda, Internet tarmoqlari va ommaviy axborot vositalari orqali belgilangan muddatda e’lon beradi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ariza beruvchining taqdim etilgan arizasi asosida ijtimoiy mezonlarga mos kelishini aniqlash va baholash quyidagi mas’ul tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — mas’ul tashkilotlar) tomonidan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rganib chiqish jarayonida o‘zlarining mavjud elektron ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan tizim orqali “subsidiya.idm.uz” dasturiy ta’minot tizimida avtomat tarzda ishtirok etuvchi tashkilotlar — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Adliya vazirligi, Kadastr agentligi, Soliq qo‘mitasi va ishtirok etuvchi tijorat banklari.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Subsidiya olish uchun ariza berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Hududlarda qurilgan birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olishga yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishga ajratiladigan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya to‘lanadigan talabgorlar komissiya va mas’ul tashkilotlar tomonidan qonuniylik, shaffoflik, adolat va haqqoniylik tamoyillari asosida tanlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ariza beruvchi ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun anketa-arizani elektron tarzda to‘ldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim toifadagi shaxslar (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va boshqa harbiy tuzilmalar xodimlari (harbiy xizmatchilaridan tashqari) va davlat hisobidan uy-joylar bilan ta’minlanmagan nafaqadagi harbiy xizmatchilar tomonidan oylik daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma Davlat xizmatlari markaziga taqdim etiladi.
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda harbiy tuzilmalari xodimlarining daromadlarini tasdiqlovchi ma’lumotnomaga asosan Davlat xizmatlari markazining mas’ul xodimi ushbu markaz elektron platformasiga harbiy tuzilma xodimlarining oylik daromadlarini oylar kesimida kiritadi hamda mazkur ma’lumotnomani “PDF” shaklda yuklaydi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchidan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumot va hujjatlarni hamda anketa-arizada qayd etilgan ma’lumotlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat migrantlari nomidan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish to‘g‘risidagi arizani uning oila a’zolari notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma asosida berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazi va YIDXP orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar va markaz tomonidan tegishli tashkilotlarga so‘rov yuborish orqali ma’lumotlarga aniqlik kiritish to‘lovlarsiz (bepul) amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ariza beruvchi tomonidan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun ariza har yili tasdiqlanadigan davlat dasturlarida belgilangan muddatlarda topshirilishi mumkin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ariza beruvchi tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali anketa-arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. YIDXP orqali murojaat etilgan taqdirda, ariza beruvchi anketa-arizaga asosan zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘zi kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Mas’ul tashkilotlar tomonidan ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchining arizasi ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan mas’ul tashkilotlarning ma’lumotlar bazasi orqali ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi “subsidiya.idm.uz” dasturiy ta’minot tizimi orqali avtomat ravishda aniqlanadi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza baholash jarayonidan o‘tkazilishidan oldin “FHDY yagona elektron arxivi” ma’lumotlar bazasidan ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘i o‘rtasida nikoh tuzilgani hamda arizada ko‘rsatilgan yaqin qarindoshlarining ariza beruvchi bilan qarindoshlik darajasini aniqlash uchun Adliya vazirligining ma’lumotlar bazasiga yuboriladi.
(14-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
(14-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani mas’ul tashkilotlar tomonidan ijtimoiy mezonlar bo‘yicha ko‘rib chiqish faqat anketa-arizada ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha tegishli mas’ul tashkilotlarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat xizmatlari markazi, komissiya hamda mas’ul tashkilotlar o‘rtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda — ERI) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo o‘zaro elektron bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mas’ul tashkilot rahbarlari tomonidan “subsidiya.idm.uz” dasturiy ta’minot tizimida ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash natijalarini kuzatib turish uchun mas’ul xodim ichki buyruq asosida biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biriktirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar tizim administratoriga elektron shaklda yuborilishi uchun komissiya kotibiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini quyidagi ketma-ketlikda mas’ul tashkilotlarning elektron ma’lumotlar bazalari ma’lumotlari asosida integratsiyalashgan tizim orqali “subsidiya.idm.uz” dasturiy ta’minot tizimi aniqlaydi va ijtimoiy mezonlar asosida baholaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Soliq qo‘mitasi — ariza beruvchi, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘i va yaqin qarindoshlarining (bunda yaqin qarindoshlari arizada ko‘rsatilgan holatlarda) daromadlarini (arizada “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tganligi ko‘rsatilgan ariza beruvchilar hamda harbiy tuzilmalarning xodimlari bundan mustasno). Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi, uning turmush o‘rtog‘i va yaqin qarindoshlarining oylik daromadlari bo‘yicha ball berilmagan taqdirda, ariza boshqa mas’ul tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va “subsidiya.idm.uz” dasturiy ta’minot tizimi tomonidan avtomat tarzda rad etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi rasmiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan taqdirda, uning turmush o‘rtog‘i va yaqin qarindoshlarining daromadlari inobatga olinmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Kadastr agentligi — ariza beruvchi, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joyning mavjud yoki mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi — ariza beruvchining “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tganligi, xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Iqtisodiyot va moliya vazirligi — “UzASBO-2” axborot tizimi orqali ariza beruvchining olis va chekka hududda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi ekanligi, shuningdek, ariza beruvchining yoshlar toifasiga mansubligi (30 yoshdan oshmagan fuqarolar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Adliya vazirligi — ariza beruvchining og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar (beva, ajrashgan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan ayol) toifasiga mansubligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Ijtimoiy himoya milliy agentligi — ariza beruvchi yoki uning oila a’zolari “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimining “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” modulidan ro‘yxatdan o‘tgani yoki o‘tmagani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Ishtirok etuvchi tijorat banklari — ariza beruvchining kredit tarixi bank ichki qoidalariga muvofiqligini aniqlaydi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
(151-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Agar ariza beruvchining va uning turmush o‘rtog‘ining o‘rtacha oylik daromadlari miqdori ushbu Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan me’yorlardan kam bo‘lsa, uning daromadlari hisob-kitobiga ularning yaqin qarindoshlarining daromadlari ham kiritilishi mumkin.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda so‘ngi bir yildagi o‘rtacha oylik daromadlar miqdorini aniqlashda kamida uch oylik daromadlarining o‘rtacha ko‘rsatkichlari inobatga olinadi. Ushbu holatda so‘ngi uch oyning kamida bir oyida daromadga ega bo‘lishi talab etiladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mas’ul tashkilotlarning axborot tizimlari ma’lumotlari asosida talabgorning ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi “subsidiya.idm.uz” dasturiy ta’minot tizimida avtomatlashtirilgan tartibda ballar ko‘rinishida baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mas’ul tashkilotlar o‘zlarining axborot tizimlari orqali taqdim qilingan har bir ma’lumotning haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. YIDXPda mas’ul tashkilotlarning baholash natijalari komissiya kotibiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tuman (shahar) hokimlari va komissiya tarkibiga kiritilgan har bir tashkilot va idora rahbarlari komissiyaning samarali va qonuniy faoliyat olib borishi yuzasidan shaxsiy javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari agentligining hududiy boshqarmalari hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmagan muddatda komissiya tomonidan arizalarni ko‘rib chiqish holati bo‘yicha tuman (shahar) hokimlariga tizimli ravishda ma’lumot kiritib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Komissiya a’zolari jamoatchilik asosida ishlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21.Komissiya o‘z vakolatlariga tegishli masalalarni komissiya raisi boshchiligida zarur hollarda o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tuman (shahar)da ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish istagida bo‘lgan fuqarolarga subsidiya bo‘yicha tushuntirish va maslahatlar berish bilan shug‘ullanadi, subsidiya xabarnomasini olgan talabgorlarga uy-joy topishda ko‘maklashadi, ajratilgan subsidiyalar o‘zlashtirilishi yuzasidan har oyda monitoring olib boradi, shuningdek, mas’ul tashkilotlarning ma’lumotlar bazasida vujudga kelgan texnik muammolarini bartaraf etish choralarini ko‘radi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Komissiya raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiyaning umumiy faoliyatiga rahbarlik qiladi, uning ish rejasi bajarilishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiyaning yig‘ilishlarini chaqiradi va ularda raislik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalarni uning yig‘ilishlarida ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya qarorlarini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Komissiya kotibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya raisining topshiriqlariga asosan komissiya a’zolarini komissiya yig‘ilishining o‘tkaziladigan joyi, vaqti va sanasi to‘g‘risida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya ish rejalarini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya bayonnomalarini yuritadi va tasdiqlangan bayonnomalarni komissiya a’zolariga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya dalolatnomalari va xulosalarini manzillarga yetkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya ish yurituvini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Komissiyaning barcha yig‘ilishlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va qaror shaklida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Komissiya ishining tashkiliy shakli yig‘ilish hisoblanadi. Komissiya majlislari komissiya a’zolarining ro‘yxatdagi tarkibining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Komissiya yig‘ilishlarida ishtirok etadigan a’zolarining uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bergan komissiya qarorlari qabul qilingan hisoblanadi va ushbu yig‘ilishlarda qabul qilingan qarorlar yig‘ilish kotibi tomonidan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Komissiya qarorlari komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Komissiya hujjatlari tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limlarida belgilangan muddatgacha saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Komissiya o‘zining ish reglamentini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Baholash natijalarini ko‘rib chiqish tartibi
(5-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ariza beruvchining arizasi uning qayd etilish ketma-ketligiga muvofiq ijtimoiy mezonlar doirasida mas’ul tashkilotlarning axborot tizimlari tomonidan ijtimoiy mezonlarga muvofiq avtomat ravishda ko‘rib chiqiladi va natijasi bo‘yicha ma’lumot beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mas’ul tashkilotlar tomonidan elektron tizim orqali ijtimoiy mezonlar yuzasidan taqdim etilgan ma’lumoti asosida “subsidiya.idm.uz” dasturiy ta’minot tizimi orqali subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida elektron QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan xabarnoma (talabgor harbiy xizmatchi bo‘lgan taqdirda) tegishli tuman (shahar) davlat xizmatlari markaziga va YIDXPga yuboriladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida elektron tasdiqlangan QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan qaror tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu xabarnoma Davlat xizmatlari markazi tomonidan bir ish kunida ariza beruvchiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari YIDXP orqali ariza beruvchiga “SMS” xabar yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXP orqali elektron shaklda murojaat etilganda, komissiya tomonidan subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma elektron shaklda ariza beruvchiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini olib ketishga mas’ul shaxs ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ijtimoiy mezonlar asosida baholangan ariza beruvchi 30 va undan yuqori ball to‘plagan taqdirda, talabgor sifatida tan olinib, kvartira sotib olish uchun ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya olishga haqli deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchining kredit tarixi kamida bitta ishtirok etuvchi tijorat bankining ichki talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. Bunda subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnoma olgan talabgorning boshqa istalgan ishtirok etuvchi tijorat bankidan ipoteka kreditini olish huquqi saqlab qolinadi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomada talabgorga davlat budjetidan ajratiladigan boshlang‘ich badal subsidiyasining qat’iy belgilangan miqdori va ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori doirasida dastlabki 5 yilda foiz to‘lovlarining bir qismini to‘lab berish bo‘yicha subsidiya ajratilishi ko‘rsatiladi hamda ipoteka kreditini ajratish tijorat banklari tomonidan ko‘rib chiqilishi va ushbu xabarnoma kredit ajratilishini kafolatlamasligi qat’iy belgilab qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Quyidagi hollarda ariza beruvchiga subsidiya ajratish rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) taqdim etilgan arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) taqdim etilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri yoki soxta bo‘lganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ariza ko‘rib chiqish jarayoniga o‘tkazilmaydi va avtomat ravishda rad etiladi.
(34-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mas’ul tashkilotlar xulosalariga asosan jami 30 dan past ball to‘plaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ilgari ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyadan foydalangan (avval olingan subsidiyali ipoteka kreditini so‘ndirgan va uy-joyni boshqa shaxsga begonalashtirib yuborilgan taqdirda ham) ariza beruvchi shu jumladan turmush o‘rtog‘i takroriy murojaat qilganda;
(34-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) joriy yilda hudud uchun ajratiladigan subsidiya soni tugaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tizim tomonidan barcha arizalarni ko‘rib chiqish avtomat ravishda to‘xtatiladi va rad etiladi.
(34-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ariza beruvchi, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘i va yaqin qarindoshlarining (bunda yaqin qarindoshlar arizada ko‘rsatilgan hollarda) o‘rtacha oylik daromadi:
(34-band “e” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — MHTEKMning 2,7 baravaridan kam va 8,0 baravaridan yuqori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida — MHTEKMning 2,7 baravardan kam va 9,2 baravaridan yuqori bo‘lganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) arizani ko‘rib chiqishda ariza beruvchining turmush o‘rtog‘i tomonidan avval topshirilgan va ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lgan ariza aniqlanganda.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qaroriga asosan “j” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) ariza beruvchining kredit tarixi ishtirok etuvchi tijorat bankining ichki qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmaganda.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qaroriga asosan “z” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ushbu Nizomning 34-bandida ko‘rsatilmagan boshqa asoslar bo‘yicha subsidiya ajratish rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subsidiya ajratish rad etilgan taqdirda, avtomat ravishda rad etish sabablarini va qonunchilik hujjatlarining aniq normalarini ko‘rsatgan holda QR-kod qo‘yilgan xabarnoma shakllantiriladi hamda YIDXPga elektron tarzda yuboriladi.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Subsidiya ajratiladigan talabgorlar soni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga ajratilgan subsidiya parametrlaridan oshib ketgan taqdirda, kalendar tartibga ko‘ra hujjatlarni birinchi bo‘lib topshirgan ariza beruvchi talabgor sifatida tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ushbu Nizomga muvofiq ajratiladigan subsidiya bir oilaga (eri yoki xotiniga) faqat 1 (bir) marta beriladi. Kvartira sotib olishga beriladigan ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnoma berilgan vaqtidan boshlab qonunchilik xujjatlarida belgilangan muddatlar davomida amal qiladi.
(37-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda talabgor foydalanmagan subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomani o‘z xohishiga ko‘ra YIDXP orqali elektron ariza bilan murojaat qilgan holda komissiya raisi nomiga yozma ariza bilan murojaat etib rad etishi mumkin.
(37-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorning arizasida bekor qilinishi lozim bo‘lgan subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnoma rekvizitlari ko‘rsatiladi;
(37-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorning subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomani bekor qilish haqidagi arizasi kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan bekor qilinadi.
(37-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xabarnoma bekor qilingan taqdirda, ushbu hudud uchun belgilangan subsidiya ajratish parametrlarida rad etilgan subsidiya soni qayta inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomga muvofiq ajratiladigan subsidiya ayrim toifadagi shaxslar (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va boshqa harbiy tuzilmalarning xodimlari (harbiy xizmatchilaridan tashqari)) va davlat hisobidan uy-joylar bilan ta’minlanmagan nafaqadagi harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolariga (er yoki xotini) nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash natijalariga ko‘ra 30 va undan yuqori ball to‘plagan, lekin joriy yil uchun belgilangan subsidiya soni tugaganda, talabgorlarga rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Subsidiya taqdim etishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnomani olgan ariza beruvchi ushbu Nizomda belgilangan umumiy tartibda takroran murojaat qilishga haqli.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 601-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/601/0931-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Joriy yil uchun hududga ajratilgan subsidiya soni tugagan taqdirda, dasturiy ta’minot tizimida arizalar qabul qilinishi avtomat ravishda to‘xtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani ko‘rib chiqish davri yakunlanguniga qadar komissiya va mas’ul tashkilotlarning elektron ma’lumotlar bazasida xatolik tufayli noto‘g‘ri xulosa shakllangan taqdirda komissiya raisining dasturiy ta’minot tizimida yaratilgan va ERI bilan tasdiqlangan murojaatiga asosan dasturiy ta’minot tizim administratori tomonidan ma’lumotlarga tuzatish kiritish uchun bir qadam ortga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalqparvar” komissiyalari va sud qarorlari bilan xato ajratilgan deb topilgan subsidiya xabarnomalarini dasturiy ta’minotdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bekor qilish va to‘lovlarni to‘xtatish Komissiya raisining dasturiy ta’minot tizimida yaratilgan va ERI bilan tasdiqlangan murojaatiga asosan tizim administratori tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya yoki mas’ul tashkilot tuzatish kiritish uchun qaytarilgan ma’lumotlarni tizimga qayta kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli tashkilotlar tomonidan xato ajratilgan deb topilgan subsidiya xabarnomalar bekor qilinganda komissiya tomonidan 3 ish kunida fuqaro va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash adolatli va haqqoniyligi uchun tegishliligi bo‘yicha komissiya a’zolari va axborot bazalariga mas’ul bo‘lgan tashkilotning xodimlari shaxsan javobgardirlar.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyani hisoblash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Davlat xizmatlari markazidan subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomani olgan talabgor uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish bo‘yicha qurilish (pudrat) tashkiloti bilan birlamchi shartnoma tuzadi.
(41-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda subsidiya xabarnomasini olgunga qadar qurilish (pudrat) tashkiloti bilan tuzilgan investitsiya shartnomasi, ulush kiritish asosida tuzilgan shartnomalar ham inobatga olinadi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotib olinadigan uy-joy uchun ajratiladigan ipoteka krediti miqdori tijorat banklari tomonidan belgilangan tartibda ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchining (kafilning) to‘lov qobiliyatidan kelib chiqib aniqlanadi.
(41-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foiz to‘lovlarini hisoblash ajratiladigan ipoteka krediti qiymatiga muvofiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tijorat banki tomonidan ajratiladigan ipoteka krediti miqdori joriy yil uchun belgilagan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdoridan oshib ketmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Ipoteka kreditini belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun talabgor istalgan ishtirok etuvchi tijorat bankiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomani va uy-joyni ipoteka shartlari asosida sotib olish bo‘yicha qurilish tashkiloti bilan tuzilgan birlamchi shartnomani hamda fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan badal mablag‘larini bankdagi hisobvarag‘iga joylashtirganligi yoki pudrat tashkilotiga to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
(42-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
(42-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka krediti bo‘yicha birgalikda qarz oluvchining (kafilning) tegishli ma’lumotlarini taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ishtirok etuvchi tijorat banki tegishli hujjatlar to‘liq taqdim qilingandan so‘ng uch ish kunida qarz oluvchiga kredit berish masalasini o‘rganib chiqadi hamda arizani qanoatlantirish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ariza qanoatlantirilgan taqdirda notarial harakatlarni amalga oshirish uchun subsidiyali ipoteka krediti ajratish to‘g‘risidagi kafolat xatini taqdim etadi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Subsidiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshlang‘ich badalning bir qismini to‘lash uchun subsidiya — har yil uchun qat’iy belgilangan miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ipoteka kreditlari bo‘yicha hisoblangan foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya — kredit muddatining birinchi besh yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga, 2025-yil va undan keyingi yillar Dasturlari doirasidagi kreditlar bo‘yicha esa Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshgan qismiga to‘lanadi.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Kvartiralarni sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan ipoteka krediti bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini birinchi 5 yil davomida qoplash maqsadida Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya miqdori quyidagi tartibda hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka krediti bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun to‘lanadigan subsidiya summasi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SM = KS * (AF — BF)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SM — ipoteka krediti bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun to‘lanadigan subsidiya summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KS — ipoteka krediti bo‘yicha asosiy qarzning qoldiq summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AF — ipoteka krediti shartnomasida tijorat banki hamda ariza beruvchi kelishuviga asosan belgilangan foiz stavkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BF — 10 foizlik punkt.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yakka tartibdagi uy-joyni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya ushbu yakka tartibdagi uy-joylar qurib bitkazilgandan va/yoki rekonstruksiya qilingandan so‘ng kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan oydan keyingi oydan boshlab to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
451. Ariza beruvchi va (yoki) uning turmush o‘rtog‘ining hamda kafil sifatida keltirilgan yaqin qarindoshlarining o‘rtacha daromadlari miqdori ularning har biri bo‘yicha quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘d = Dm / Os
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘d — o‘rtacha daromad miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dm — ariza beruvchining oxirgi o‘n ikki oy davomidagi daromadlari miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Os — oxirgi o‘n ikki oy davomida haqiqatda daromad hisoblangan oylar soni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda har bir subyekt bo‘yicha o‘rtacha daromad miqdori yuqoridagi formula asosida aniqlanadi va umumiy o‘rtacha daromad miqdori umumlashtirilgan tarzda hisoblanadi.
(451-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, tijorat banklarining ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz stavkalari mutanosib ravishda pasayadi, oshirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarining ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz stavkalari pasayganda, foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun to‘lanadigan subsidiya miqdori ushbu sanadan boshlab mutanosib ravishda kamayadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy stavkaga o‘zgarish kiritilmagan taqdirda, tijorat banklari tomonidan Moliya vazirligi resurslari hisobidan subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomani olgan fuqarolarga amalda belgilangan foiz stavkasidan yuqori foiz stavkada ipoteka kreditlari ajratilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tijorat banki tomonidan o‘zining rasmiy veb-saytida ipoteka krediti foiz stavkasining pasaytirilganligi e’lon qilinadi va qarz oluvchi, birgalikda qarz oluvchi bilan tuzilgan kredit shartnomalariga qo‘shimcha kelishuvlar tuzilmasdan, qarzdorning shaxsiy kabinetiga o‘zaro tuzilgan kredit shartnomasiga kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv hamda yangidan tuzilgan to‘lovlar jadvali joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Ipoteka kreditini rasmiylashtirish va subsidiya to‘lab berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Sotib olinadigan kvartira bo‘yicha talabgor tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan boshlang‘ich badal to‘liq shakllantirilgandan so‘ng ishtirok etuvchi tijorat banki talabgor bilan bir ish kunida ipoteka krediti shartnomasini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Yakka tartibdagi uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha talabgor tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan boshlang‘ich badal to‘liq shakllantirilgandan so‘ng ishtirok etuvchi tijorat banki talabgor bilan bir ish kunida ipoteka krediti shartnomasini rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badal uchun qarz oluvchi tomonidan sotib olingan qurilish materiallari va (yoki) bajarilgan qurilish-montaj ishlarining qiymati hisobga olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Talabgor tomonidan sotib olinadigan kvartiraning talabgor nomiga rasmiylashtirilgan kadastr hujjatlari taqdim etilgandan so‘ng tijorat banki bir ish kuni ichida Iqtisodiyot va moliya vazirligining “subsidyplatform.mf.uz” to‘lov platformasi orqali boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun kadastr hujjatlarini ilova qilgan holda subsidiyani to‘lashga buyurtmanomani yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “subsidyplatform.mf.uz” platformasi orqali ishtirok etuvchi tijorat banki tomonidan kiritilgan buyurtmanomalar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan to‘lab berilishi bo‘yicha Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda — DMBAT) avtomat tarzda buyurtmanoma shakllanadi.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Iqtisodiyot va moliya vazirligi to‘rt ish kuni mobaynida tijorat banki tomonidan “subsidyplatform.mf.uz” platformasi orqali kiritilgan buyurtmanomaga asosan ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyani tijorat banki tomonidan ko‘rsatilgan hisobvaraqqa o‘tkazib beradi.
(50-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan talabgorga tijorat bankida ochilgan hisobvaraqqa o‘tkazib berilgan boshlang‘ich badal uchun subsidiya faqat boshlang‘ich badal sifatida shakllantiriladi va ipoteka krediti mablag‘lari bilan bir vaqtda qurilish (pudrat) tashkilotiga o‘tkazib beriladi. Mazkur mablag‘ni boshqa maqsadlarga yo‘naltirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya o‘tkazilgan kundan boshlab undan o‘ttiz kun ichida foydalanilmagan taqdirda, ishtirok etuvchi tijorat banki subsidiyani O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ishtirok etuvchi tijorat banki tomonidan ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan muddat o‘tgandan so‘ng uch ish kuni ichida ajratilgan subsidiya O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga qaytarilmagan taqdirda, har bir kechiktirilgan kun uchun ushbu qaytarilmagan subsidiyaning 0,033 foizi miqdorida penya hisoblanadi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Talabgorga uy-joylarni sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratilgan kundan boshlab ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga “subsidyplatform.mf.uz” platformasi orqali foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya to‘lashga buyurtmanoma yuboriladi.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Iqtisodiyot va moliya vazirligining “subsidyplatform.mf.uz” platformasi orqali:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshlang‘ich badalning bir qismini qoplab berish uchun subsidiyalarni — tijorat bankining buyurtmanomasiga asosan har bir fuqaro kesimida bankda fuqaroning nomiga ochilgan hisobvaraqqa 4 ish kunida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka kreditlari bo‘yicha hisoblangan foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalarni — ipoteka kreditining foiz to‘lovlarini amalga oshirish uchun bankda har bir fuqaro nomiga ochilgan hisobvaraqqa har oyning beshinchi ish kunidan yigirma beshinchi kuniga qadar o‘tkazib beriladi;
(53-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qaroriga asosan birinchi — uchinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banki tomonidan haqiqatda ajratilgan ipoteka krediti sanasidan boshlab foiz to‘lovlari uchun subsidiya to‘lab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan Moliya vazirligiga buyurtmanoma berishda kredit to‘lovlarini qaytarish grafiklaridagi o‘zgarishlar inobatga olinmasligi natijasida ortiqcha to‘langan subsidiya tijorat banki hisobidan Davlat budjetiga tiklanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligining “subsidyplatform.mf.uz” platformasi orqali fuqarolarga ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun Davlat budjetidan to‘lab berilgan subsidiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Soliq qo‘mitasining axborot tizimlariga onlayn tarzda uzatib boriladi.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Ariza beruvchi ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga, talabgor va pudrat tashkiloti uy-joyning haqiqiy qiymatiga, ishtirok etuvchi tijorat banki taqdim etilgan ipoteka krediti summasi va foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun ajratilgan subsidiya to‘g‘ri hisoblanishiga javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Uy-joy sotib olishga yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan ipoteka krediti talabgor bilan tuzilgan ipoteka krediti shartnomalari shartlariga rioya etilishi ishtirok etuvchi tijorat banki tomonidan nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Ishtirok etuvchi tijorat banki har chorakda Moliya vazirligi bilan birgalikda talabgorning ipoteka krediti bo‘yicha to‘lovlarni qaytarish grafigi va ajratilgan foiz uchun subsidiya summasi asosida solishtirma dalolatnomani rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Ishtirok etuvchi tijorat banki qarz oluvchi tomonidan ipoteka krediti bo‘yicha asosiy qarzdorlik to‘liq qoplanganda yoki foiz uchun subsidiya bo‘yicha oxirgi to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng 10 kun ichida Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ushbu subsidiya to‘lab berilishi yakunlangan talabgorlar ro‘yxatini taqdim etadi.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan foiz uchun subsidiya ortiqcha to‘langanda, keyingi oyda talabgorga subsidiya avval to‘langan ortiqcha to‘lovni hisobga olgan holda to‘lanadi.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Ishtirok etuvchi tijorat bankining ichki siyosatida belgilangan muddatlarda ipoteka kreditlari bo‘yicha to‘lovlarni surunkali ravishda to‘lamaslik oqibatida bekor qilingan ipoteka krediti shartnomalari bo‘yicha undiriladigan mablag‘lar (shu jumladan, garovdagi uy-joyning sotilishi) hisobidan talabgorga boshlang‘ich badal va foiz uchun ajratilgan subsidiya ipoteka krediti bo‘yicha garovga qo‘yilgan uy-joyning sotilgan qiymatidan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga ushbu banklar tomondan to‘liq miqdorda qaytariladi.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya ajratilishi, talabgorlarga subsidiya hisoblanishi va to‘lanishi yuzasidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subsidiya ajratiladigan fuqarolarni baholashning ijtimoiy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Mezonlar
Ball
Mas’ul organ
I. Ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘i, shu jumladan, yaqin qarindoshlarining (bunda yaqin qarindoshlar arizada ko‘rsatilgan hollarda) o‘rtacha oylik daromadi (mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — MHTEKM asosida)
Hududlarda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar)
1.
MHTEKMning 2,7 baravariga teng va ko‘p bo‘lgan, 7 baravariga teng va kam bo‘lgan
10
Soliq qo‘mitasi
2.
MHTEKMning 7 baravaridan ko‘p bo‘lgan, 8 baravariga teng va kam bo‘lgan
5
Toshkent shahrida
1.
MHTEKMning 2,7 baravariga teng va ko‘p bo‘lgan, 8 baravariga teng va kam bo‘lgan
10
Soliq qo‘mitasi
2.
MHTEKMning 8 baravaridan ko‘p bo‘lgan, 9,2 baravariga teng va kam bo‘lgan
5
II. Hozirgi turar joy maqomi*
1.
Ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joyning mavjud emasligi
20
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastrlar palatasi
III. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim shaxslar**
1.
Ariza beruvchining “Labor-migration” dasturida ro‘yxatdan o‘tgan mehnat migranti ekanligi
10
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
2.
Olis va chekka hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi
5
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Professional ta’lim tashkilotlarining muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalaridagi maxsus fanlar bo‘yicha dars berayotgan yoki o‘quv amaliyotini o‘tkazayotgan o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’lim ustalari
3.
Ariza beruvchining yoshlar toifasiga mansubligi (30 yoshdan oshmagan fuqarolar)
5
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
4.
Ariza beruvchining og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar (ajrashgan, beva va/yoki yolg‘iz onalar) toifasiga mansubligi
5
Adliya vazirligi
IV. Ariza beruvchi va uning oilasidagi shaxslarning quyidagi toifaga mansubligi**
1.
“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimining “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” modulidan ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar
5
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
V. Ariza beruvchining kredit tarixi ishtirok etuvchi tijorat banklarining ichki qoidalariga muvofiqligi***
1.
Ariza beruvchining kredit tarixi ishtirok etuvchi tijorat banklarining ichki qoidalariga muvofiqligi
—
Ishtirok etuvchi tijorat banklari
Jami ball:
35
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* To‘liq o‘z mulkida uy-joyga ega bo‘lgan oilalar (er yoki xotin)ga subsidiya ajratilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** III va IV bo‘limlar bo‘yicha ball bitta mezonga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Ariza beruvchining kredit tarixi kamida bitta ishtirok etuvchi tijorat bankining ichki qoidalariga muvofiq bo‘lishi yetarli hisoblanadi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UY-JOY SOTIB OLISH UCHUN SUBSIDIYA AJRATISH TOG`RISIDA
000000-son
XABARNOMA
Ariza raqami: _________
Berilgan sanasi “___” _________ 20___ yil
Amal qilish muddati “___” _________ 20___ yil
Fuqaro ______________________________________________________________________________ (F.I.O.)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to’lash tartibi to’g’risidagi nizomga muvofiq __________________________________________________ deb topildi.
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami (JSH SHIR)______________________________________________
Kim tomonidan berilgan ____________________________________, berilgan sanasi _________________________
Doimiy ro‘yxatdan o‘tgan manzili ___________________________________________________________________
Davlat budjeti hisobidan uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyalar quyidagicha to‘lab beriladi:
1. Dastlabki badalning bir qismini qoplab berish uchun - 30 000 000 so'm;
2. Foiz to‘lovlarining bir qismini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun to‘lab beriladi.
Bunda subsidiyalar bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdoridan oshmagan ipoteka kreditlari bo’yicha to‘lab beriladi.
Izoh. Mazkur xabarnoma fuqaroga ipoteka kreditini ajratilishini kafolatlamaydi. Ipoteka kreditini ajratish tijorat banklari tomonidan o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Xabarnoma berilgan hudud (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxri)dan biriktirilgan hodim F.I.O va ishonch raqami
QR-kod
(2-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UY-JOY SOTIB OLISH UCHUN SUBSIDIYA AJRATISHNI RAD ETISH TOG`RISIDA
000000-son
XABARNOMA
Berilgan sanasi “____” __________ 20___ yil
Fuqaro __________________________________________________________________________________________________________
(F.I.O.)
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to’lash tartibi to’g’risidagi nizomgamuvofiq
________________________sababli radetishgaasoslideb topildi. (Nizomning qaysi talablariga muvofiq emasligi ko’rsatilishi kerak)
Passport ma`lumotlari: seriyasi __________ raqami _______________________________________________________________
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami (JSH SHIR)_______________________________________________________
Kim tomonidan berilgan __________________________________, berilgan sanasi _____________________________________
Doimiy ro‘yxatdan o‘tgan manzili _____________________________________________________________________________
QR-kod
Xabarnoma berilgan hudud (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxri)dan biriktirilgan hodim FIO va ishonch raqami
(2a-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
______ tumani (shahri)da ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lanishini muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiyaning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.
Lavozimiga ko‘ra
—
tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i, Komissiya raisi
2.
Lavozimiga ko‘ra
—
tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari
3.
Lavozimiga ko‘ra
—
tuman (shahar) hokimining o‘rinbosari — tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i
4.
Lavozimiga ko‘ra
—
tuman (shahar) soliq inspeksiyasi rahbari
5.
Lavozimiga ko‘ra
—
tuman (shahar) adliya bo‘limi boshlig‘i
6.
Lavozimiga ko‘ra
—
tuman (shahar) kadastrlar palatasi boshlig‘i
7.
Lavozimiga ko‘ra
—
tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya bo‘limi mas’ul xodimi, Komissiya kotibi
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya ajratish va to‘lash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Ariza beruvchi subsidiya olish uchun tuman (shahar) davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda anketa-arizani elektron tarzda istalgan vaqtida to‘ldiradi.
Qonunchilikda belgilangan muddat davomida (haftaning dushanba — juma kunlari soat 9.00 dan 18.00 gacha)*
2-bosqich
Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi
1. Anketa-ariza va unga ilova qilingan hujjatlar tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi tomonidan qabul qilinadi.
2. Ayrim toifadagi shaxslar murojaat etganda, ularning daromadlarini tasdiqlovchi ma’lumotnomaga asosan Davlat xizmatlari markazining mas’ul xodimi ushbu markaz elektron platformasiga harbiy tuzilma xodimlarining oylik daromadlarini oylar kesimida kiritadi hamda mazkur ma’lumotnomani “PDF” shaklda yuklaydi.
3. Tuman (shahar) davlat xizmatlari arizalar qayd qilinishi navbatligiga ko‘ra ularni ijtimoiy mezonlar bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun “subsidiya.idm.uz” dasturiy ta’minot tizimiga yuboradi va tizim orqali Soliq qo‘mitasiga, Kadastrlar palatasiga, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligiga, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, Adliya vazirligiga, Ijtimoiy himoya milliy agentligiga hamda ishtirok etuvchi tijorat banklariga hamda elektron shaklda taqdim etiladi.
1 ish kuni ichida
3-bosqich
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(“subsidiya.idm.uz” dasturiy tizimida tegishli tashkilotlarning elektron bazasidan kelib tushgan ma’lumotlar asosida avtomatlashtirilgan tarzda baholanadi)
1. Soliq to‘lovchining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSH SHIR) bo‘yicha ariza beruvchi, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘i va yaqin qarindoshlarining (bunda yaqin qarindoshlari arizada ko‘rsatilgan holatlarda) daromadlarini aniqlaydi.
2. Ariza beruvchi va uning oila a’zolari orasida “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimining “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” modulidan nogironlik belgilangani yoki belgilanmaganini aniqlaydi.
3. Ariza beruvchining farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan ayol, beva va ajrashganlar toifasiga mansubligini “FHDYning yagona elektron arxivi” ma’lumotlar bazasidan aniqlaydi.
4. Ariza beruvchining “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tganligi, xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligini aniqlaydi.
5. Ariza beruvchi 30 yoshdan oshmagan yoshlar toifasiga mansubligini aniqlaydi.
6. Ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joyning mavjud yoki mavjud emasligini aniqlaydi.
7. Olis va chekka hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi ekanligi;
Professional ta’lim tashkilotlarining muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalaridagi maxsus fanlar bo‘yicha dars berayotgan yoki o‘quv amaliyotini o‘tkazayotgan o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’lim ustalari toifasiga mansubligini aniqlaydi.
Ariza beruvchining shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) orqali ishtirok ariza beruvchining kredit tarixi bankning ichki qoidalarida belgilangan talablarga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida ma’lumot taqdim etadi.
2 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(“subsidiya.idm.uz” dasturiy ta’minot tizimi)
Tanlov natijalari yuzasidan “subsidiya.idm.uz” dasturiy ta’minot tizimi tomonidan avtomatik ravishda subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan subsidiya xabarnomasini tegishli tuman (shahar) davlat xizmatlari markaziga va YIDXPga elektron tarzda yuboradi.
1 ish kuni mobaynida
5-bosqich
Talabgor
O‘zining daromadi va imkoniyatlaridan kelib chiqib mo‘ljallayotgan uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish bo‘yicha xususiy qurilish (pudrat) tashkiloti bilan birlamchi shartnoma tuzadi.
Bunda subsidiya xabarnomasini olgunga qadar qurilish (pudrat) tashkiloti bilan tuzilgan investitsiya shartnomasi, ulush kiritish asosidagi shartnomalar ham inobatga olinadi.
Subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnoma olgunga qadar yoki subsidiya xabarnomasining muddati doirasida
Ipoteka kreditini belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun talabgor istalgan ishtirok etuvchi tijorat bankiga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomani va uy-joyni ipoteka shartlari asosida sotib olish bo‘yicha qurilish (pudrat) tashkiloti bilan tuzilgan birlamchi shartnomani hamda fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan badal mablag‘larini bankdagi hisobvarag‘iga joylashtirganligi yoki qurilish (pudrat) tashkilotiga to‘laganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani hamda bank tomonidan belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim qiladi.
Xabarnoma amal qilish muddatining oxirgi kunigacha
2. Ishtirok etuvchi tijorat banki talabgorning hujjatlarini o‘rganib chiqadi.
3. Ipoteka krediti ajratish bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga notarial harakatlarni amalga oshirish uchun ipoteka krediti ajratish to‘g‘risidagi kafolat xatini taqdim etadi.
Bunda talabgorga ipoteka kreditini ajratish rad etilgan taqdirda tijorat banki tomonidan “subsidyplatform.mf.uz” to‘lov platformasida yaratilgan buyurtmanomani bekor qilinadi.
5 ish kuni ichida
7-bosqich
Talabgor
1. Qurilish (pudrat) tashkiloti bilan kvartirani oldi-sotdi shartnomasini notariat idorasida rasmiylashtiradi.
2. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun kadastr hujjatlarini rasmiylashtiradi.
3. Rasmiylashtirilgan shartnomani va kadastr hujjatlarini tijorat bankiga yetkazadi.
Ipoteka krediti ajratish to‘g‘risidagi kafolat xatida ko‘rsatilgan muddat doirasida
8-bosqich
Ishtirok etuvchi tijorat banki
1. Talabgor bilan ipoteka kreditini ajratish to‘g‘risida shartnoma imzolaydi hamda ipoteka kreditini rasmiylashtiradi.
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligining “subsidyplatform.mf.uz” to‘lov platformasi orqali boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun kadastr hujjatlarini ilova qilgan holda subsidiyani to‘lashga buyurtmanomani yuboradi.
1 ish kuni ichida
9-bosqich
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Sotib olinayotgan uy-joy (kvartira) uchun ajratilgan ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasini tijorat banki tomonidan ko‘rsatilgan hisobvaraqqa o‘tkazib beradi.
5 ish kuni ichida
10-bosqich
Ishtirok etuvchi tijorat banki
Ajratilgan ipoteka krediti bo‘yicha foiz subsidiyasini to‘lab berish bo‘yicha Iqtisodiyot va moliya vazirligining “subsidyplatform.mf.uz” to‘lov platformasi orqali buyurtmanoma yuboradi.
Ipoteka krediti taqdim etilgandan so‘ng birinchi to‘lov kuniga qadar
11-bosqich
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Ipoteka bo‘yicha foizlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya Iqtisodiyot va moliya vazirligining “subsidyplatform.mf.uz” platformasi orqali to‘lab beradi.
Har oyning beshinchi ish kunidan 25-kuniga qadar
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ANKETA-ARIZA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza raqami _____________
Qabul qilish sanasi________
Qabul qilgan shaxs ________
1. _____________________
(familiyasi)
__________________________
(ismi)
______________________
(otasining ismi)
2. Manzil:________________
(aholi punkti)
________________
(tuman, shahar)
_________________
(viloyat)
3. Tug‘ilgan sanasi ___ /_____ / ______
4. Jinsi ____ ayol _____ erkak
5. Oilaviy ahvolingiz:
bo‘ydoq / turmushga chiqmagan_____
uylangan / turmushga chiqqan _____
ajrashgan _____
ajrashgan (farzandi bor)_____
beva _____
beva (farzandi bor)
yolg‘iz ona _______
6. Pasport yoki ID karta bo‘yicha jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamingiz (JSH SHIR)*: ________________________
7. Turmush o‘rtog‘ining pasport bo‘yicha jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami
______________
(JSH SHIR)
8. Kafil sifatida ishtirok etadigan yaqin qarindoshingizni
_____________________
(JSH SHIR)
_____________________
(JSH SHIR)
9. Siz va/yoki oila a’zolaringiz nogironligi yoki og‘ir turdagi kasallikka chalinganligi bo‘yicha “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tganmi? Agar ro‘yxatda bo‘lsa, kimligini ko‘rsating:
1) Ariza beruvchining o‘zi (ha/yo‘q)_______; 2) Turmush o‘rtog‘i ________________________ (JSH SHIR) 3) Farzandi ________________________ (JSH SHIR)
10. Siz bilan bog‘lanish uchun ma’lumotlar?
el.pochta _______________
uy tel: ________________
ish tel: ________________
mobil tel: _______________
11. Siz quyidagi fuqarolar toifalariga mansubmisiz? Agar mansub bo‘lsangiz, qaysiligiga ko‘rsating:
“Labor migration” dasturida ro‘yxatdan o‘tgan (ha/yo‘q)_______;
Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar, (ajrashgan, beva va/yoki yolg‘iz onalar) (ha/yo‘q)_______;
Olis va chekka hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi sifatida faoliyat yuritasizmi? (ha/yo‘q)_______;
Professional ta’lim tashkilotlarining muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalaridagi maxsus fanlar bo‘yicha dars berayotgan yoki o‘quv amaliyotini o‘tkazayotgan o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’lim ustasi sifatida faoliyat yuritasizmi? Agar faoliyat yuritsangiz quyidagilardan birini ko‘rsating: maxsus fan o‘qituvchi/murabbiy/ishlab chiqarish ta’lim ustasi _______;
12. Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxsning (agar mavjud bo‘lsa) JSHSHIR ma’lumotlari:_______________________;
Siz, turmush o‘rtog‘ingiz yoki farzandlaringiz harbiylashtirilgan organlarga aloqasi bormi? (ha/yo‘q)_______, agar bor bo‘lsa ularni belgilang.
1) ariza beruvchining o‘zi (ha/yo‘q)_______; 2) turmush o‘rtog‘i ________________________ (JSH SHIR) 3) kafil sifatida keltirilgan farzandi ________________________ (JSH SHIR)
Men uy-joy olish hamda uy-joy uchun subsidiya olishdan manfaatdorligimni bildiraman va yuqorida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning haqiqiyligini tasdiqlayman hamda kredit axboroti to‘g‘risidagi va tegishli ma’lumotlarning oshkor etilishiga roziligimni bildiraman.
____________
__________ ____________ _________
imzo
kun
oy
yil
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* JSH SHIRni aniqlash quyida ko‘rsatilgan (bu yerda JSH SHIR sariq rang bilan belgilangan — 30101800050014 raqami).
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)