14.09.2007 yildagi PQ-694-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchilarni kommunal-maishiy sharoitlarga ega bo‘lgan, zamonaviy talablar va standartlarga javob beradigan qulay uy-joy bilan ta’minlashga doir normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, shuningdek, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilishning samarali tizimini yaratish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida harbiy xizmatning nufuzini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan taqdim etilgan hamda Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan kelishilgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat xavfsizlik xizmati, shuningdek, harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlash masalalarni hal etishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita aloqador bo‘lgan boshqa vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bajarilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan va mazkur Nizomda nazarda tutilmagan masalalar sud tartibida ko‘rib chiqilishi hamda amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (R. Azimov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Markaziy banki (F. Mullajonov) Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2007-yil 1-dekabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun yer uchastkalari ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqsin va uni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi M. Atayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 14-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-694-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-sentabrdagi PQ-694-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining harbiy xizmatchilarini ijtimoiy muhofaza qilishni ta’minlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-112-son qaroriga muvofiq, harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlashning huquqiy asoslarini, ularning uy-joy olishga yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtojligini e’tirof etish asoslarini, kvartiralarning hisobini yuritish va taqdim etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“harbiy xizmatchilar” — kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat o‘tayotgan oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibidagi shaxslar (kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash davridan boshqa paytda oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan kursantlardan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“kvartira” — bir yoki bir nechta yashash xonalaridan, shuningdek, oshxona, kirish joyi, hojatxona, vanna yoki dush xonasidan iborat bo‘lgan, yashash uchun mo‘ljallangan turar-joy binosi. Kvartiraning bir kishiga to‘g‘ri keladigan umumiy maydoni qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan yashash maydonining ijtimoiy normasidan kam bo‘lmasligi kerak. Bir xonali kvartiraning yashash maydoni kamida 16 m2; ikki xonali kvartiraniki — kamida 30 m2; uch xonali kvartiraniki — kamida 41 m2; to‘rt xonali kvartiraniki — kamida 53 m2 ni tashkil etishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“xizmat kvartirasi” — munitsipal va idoraviy uy-joy fondi uylarida joylashgan, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari istiqomat qilishi uchun mo‘ljallangan kvartira. Belgilangan tartibda xizmat kvartirasi toifasiga kiritilgan kvartiralar tegishli vazirlik va idoralarga biriktiriladi. Xizmat kvartiralarini bo‘lib olish, almashtirish va xususiylashtirish mumkin emas (qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollardan tashqari). Harbiy xizmatchilar harbiy xizmat to‘g‘risidagi kontrakt yakunlangach, xizmat kvartirasini bo‘shatishi lozim. Yopiq harbiy shaharchalarda joylashgan xizmat kvartiralari ham harbiy xizmatchilar boshqa xizmat joyiga o‘tkazilganda bo‘shatilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yotoqxona va oilaviy yotoqxona*” — maxsus qurilgan yoki qayta jihozlangan, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari vaqtincha yashashi uchun mo‘ljallangan yashash uyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati balansidagi oilaviy yotoqxonalar 2007 — 2015-yillarda rekonstruksiya qilinib, kvartira shakliga o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“idoraviy uy-joy fondi” — vazirlik va idoralarning to‘liq xo‘jalik yurituvida yoki operativ boshqaruvida bo‘lgan uy-joy fondi. Uy-joy fondi birligi deganda uy-joy to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq barcha sanitar qurilish normalari va qoidalariga javob beradigan kvartira tushuniladi. Yopiq harbiy shaharchalarda joylashgan kvartiralar ham idoraviy uy-joy fondiga kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“munitsipal uy-joy fondi” — mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo‘lgan, mahalliy budjetga soliqlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar hisobidan, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha boshqa tushumlar hisobidan yaratilgan uy-joy fondi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash davrida uy-joy olishga yoki yashash sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan harbiy xizmatchilar, shuningdek, ushbu shaxslarning oila a’zolariga yangi xizmat joyiga kelgan kundan boshlab uch oydan kechiktirmay qoidaga ko‘ra, vazirlik va idoralarda yaratiladigan uy-joy fondlari, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralarga biriktirilgan munitsipal fond kvartiralari hisobidan qo‘shimcha yashash maydoniga bo‘lgan huquqni hisobga olgan holda uy-joyning belgilangan ijtimoiy me’yorlari doirasida xizmat kvartirasi taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy maydonining ijtimoiy normasini aniqlashda harbiy xizmatchining oilasi tarkibiga eri (xotini), bolalari hamda uning qaramog‘idagi shaxslar kiritiladi. Bunda, quyidagi toifadagi qaramoqdagi shaxslar hisobga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga yaroqsiz, shu jumladan I va II guruh nogironligi bo‘lgan ota-onalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I va II guruh nogironligi bo‘lgan aka-uka va opa-singillar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka olingan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaga tarbiyaga olingan bolalar (patronat);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-avgustdagi PQ-362-sonli qaroriga asosan ikkinchi — yettinchi xatboshilar ilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2022-y., 07/22/362/0779-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining uy-joy fondini kengaytirish va harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlash turar-joy binolari qurish va oilaviy yotoqxonalarni kvartiralarga rekonstruksiya qilish, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslardan belgilangan tartibda uy-joy sotib olish hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchini xizmat kvartirasi yoki yotoqxonadan turar joy maydoni bilan ta’minlashning imkoni bo‘lmasa, harbiy qism, xizmat joyidagi muassasa (keyingi o‘rinlarda — harbiy qism deb yuritiladi) unga kvartira ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorda to‘laydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Uy-joyga muhtoj bo‘lgan quyidagi toifadagi harbiy xizmatchilarga hamda ularning oila a’zolariga uy-joy qonunchiligida nazarda tutilgan me’yorlar hamda tartibga ko‘ra tegishli vazirlik va idoralar tomonidan kvartiralar mulk qilib beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) harbiy xizmatning umumiy davomiyligi yigirma yil va undan ortiq bo‘lgan harbiy xizmatchilar. Bunda, ularning oliy ta’lim muassasalaridagi o‘qish muddatlari hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlardagi oldingi ish joylari bo‘yicha mehnat staji haqiqiy harbiy xizmat muddatiga qo‘shib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) o‘n va undan ortiq kalendar yil xizmat qilgan va quyidagilarga ko‘ra harbiy xizmatdan bo‘shatilishi lozim bo‘lgan (bo‘shatilgan) harbiy xizmatchilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shtatlarning qisqartirilishi yoki boshqa tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xizmat muddatidan qat’i nazar harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida orttirilgan kasallik yoki mayiblik (yaralanish, jarohat olish) tufayli sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatdan bo‘shatilgan harbiy xizmatchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xizmat muddatidan qat’i nazar halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilarning oilasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning “a”, “b”, “v” va “g” kichik bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar, shuningdek, xizmat kvartiralarida yashayotgan haqiqiy harbiy xizmatni o‘tayotgan (rezervga, iste’foga bo‘shatilgan) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar harbiy xizmatining umumiy davomiyligi o‘n va undan ortiq kalendar yiliga yetganda o‘zlari egallab turgan xizmat kvartiralarini bepul mulk qilib olish huquqiga egadirlar, yopiq harbiy shaharchalardagi xizmat kvartiralari bundan mustasno. Yopiq harbiy shaharchalar hududida yashovchi harbiy xizmatchilarga yopiq harbiy shaharchalar doirasidan tashqarida kvartiralar mulk qilib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda ko‘rsatilmagan harbiy xizmatchilar harbiy xizmatdan bo‘shatilganda qonunchilikda belgilangan tartibda xizmat kvartiralarini bo‘shatadilar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-avgustdagi PQ-362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2022-y., 07/22/362/0779-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Harbiy xizmatni o‘tash muddatidan qat’i nazar harbiy xizmatchilar, shuningdek, ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan harbiy xizmatdan bo‘shatilgan fuqarolar quyidagi hollarda kvartira olishga yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchining harbiy xizmatni o‘tash joyida uy-joyi yo‘qligi, ishdan bo‘shatilgandan keyin esa tanlangan doimiy yashash joyida uy-joyining yo‘qligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy maydoni bir nafar oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan uy-joy maydonining qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy me’yoridan past bo‘lgan kvartiraning mavjudligi. Kvartiraning umumiy maydonini hisoblashda harbiy xizmatchining qo‘shimcha yashash maydoniga bo‘lgan huquqi hisobga olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan sanitariya-texnik talablarga javob bermaydigan kvartiraning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim surunkali kasalliklardan aziyat chekayotgan a’zolari bo‘lgan boshqa oilalar ham istiqomat qilayotgan va ular bilan birgalikda yashash imkoniyati bo‘lmagan kvartiralarda; qarindosh bo‘lmagan ikki va undan ko‘p oila istiqomat qiladigan, alohida ajratilmagan yonma-yon izolyatsiyalanmagan xonalarda; boshqa yashash maydoni bo‘lmagan taqdirda ijaraga olganlik (ijarada turganlik) shartlarida yashasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq ularni shunday deb tan olish uchun boshqa asoslarning mavjud bo‘lishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ota-onalariga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan umumiy maydoni qonun hujjatlarida belgilangan yashash maydonining ijtimoiy me’yorlariga to‘g‘ri keladigan kvartiralarda yashovchi harbiy xizmatchilar kvartira olishga muhtoj emas hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tegishli vazirlik va idoralarning yopiq harbiy shaharchalaridan xizmat kvartiralari berish ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yopiq harbiy shaharchalarga harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari yashashi uchun mo‘ljallangan vazirliklar va idoralarning ixcham joylashgan va hududiy jihatdan ajratilgan uy-joylari hamda ijtimoiy, madaniy va maishiy infratuzilma obyektlarining majmualari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yopiq harbiy shaharchalar hududida joylashgan kvartiralar xizmat kvartiralari toifasiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yopiq harbiy shaharchalar hududi to‘silgan va kirish nazoratiga ega bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy, madaniy va maishiy infratuzilmaga ega turar-joy obyektlarini yopiq harbiy shaharchalar toifasiga kiritish va ushbu shaharchalar hududida ichki tartib-qoidalarini belgilash tegishli vazirlik va idoralar tomonidan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kvartira bilan ta’minlanadigan harbiy xizmatchilarning ular harbiy xizmatga kirishgunga qadar egallab turgan uy-joyga bo‘lgan huquqi saqlanib qoladi. Ular harbiy xizmatga kirishgunga qadar yashash joyida yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslar ro‘yxatidan chiqarilishi mumkin emas. Harbiy xizmatni o‘tash davrida harbiy xizmatchilar qonun hujjatlarida belgilangan normalar, navbat va imtiyozlarni hisobga olgan holda uy-joy sharoitlarini yaxshilash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Kvartira olishga yoki uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj harbiy xizmatchilar, shuningdek, harbiy xizmatdan bo‘shatilgan fuqarolarni hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qonun hujjatlariga muvofiq kvartira olish yoki yashash sharoitini yaxshilash huquqiga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar, shuningdek, harbiy xizmatdan bo‘shatilgan fuqarolarni hamda ushbu shaxslarning oila a’zolarini hisobga olish, shuningdek, kvartiralar olish navbatini belgilash, shu jumladan harbiy xizmatdan bo‘shatilgandan keyin tanlangan doimiy yashash joyida uy-joylarni taqsimlash oshkoralik va kollegiallik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joylarning hisobini yuritish va ularning taqsimlanishi ustidan nazoratni tashkil etish tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kvartiraga yoki uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj harbiy xizmatchilarni hisobga qo‘yish harbiy qismlar komandirlari hamda tegishli vazirlik va idoralarning kvartiralardan foydalanish organlari tomonidan kvartiraga yoki uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlarning ro‘yxatlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joyga muhtoj bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hisobini yuritish yoki ularning yashash sharoitlarini yaxshilash, harbiy xizmatchilar va ularning oilalari uchun uy-joy maydonining ijtimoiy me’yorini aniqlash, shuningdek, kvartiralar va ularning o‘zgarishini hisobga olish uchun, harbiy xizmatchilarga uy-joy attestati beriladi (ushbu Nizomning 1-ilovasi), bu harbiy xizmatchining uy-joy bilan ta’minlanish huquqini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Uy-joy attestatlari asosida harbiy xizmatchilarning uy-joy olish yoki uy-joy sharoitlarini yaxshilashga navbati belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy attestati ikki nusxada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy harbiy ta’lim muassasalari tomonidan — bitiruvchilar uchun, oliy harbiy ta’lim muassasasini tamomlagandan keyin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy qismlar tomonidan — harbiy xizmatni o‘tash uchun shartnoma tuzgan harbiy xizmatchilar uchun rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchilar harbiy xizmatni o‘tashning yangi joyiga kelgach, zarur ma’lumotlarni kiritish va saqlash uchun uy-joy attestatini harbiy qismning kvartiradan foydalanish xizmatiga taqdim etadilar. Harbiy xizmatchi yangi harbiy xizmat joyiga ketganda, unga uy-joy attestati imzo qo‘ydirib beriladi. Uy-joy attestatining ikkinchi nusxasi harbiy xizmatchining shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildiga tikib qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Uy-joyga yoki uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj harbiy xizmatchilarni hisobga olish, vazirliklar va idoralar bo‘yicha kvartiralarni taqsimlashni tashkil etish uchun vazirlik va idoralarning markaziy apparatlarida, garnizon, bo‘linmalar va qismlarda uy-joy komissiyalari tuziladi. Uy-joy komissiyalari faoliyati tartibi tegishli vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Harbiy xizmatchilar ularning arizalari va harbiy qismlar uy-joy komissiyalarining qarorlari asosida uy-joyga yoki uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtojlar ro‘yxatiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy qism uy-joy komissiyasining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi hamda harbiy qism komandirining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi va e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy qismga biriktiriladigan kvartiralarni harbiy xizmatchilar o‘rtasida taqsimlash harbiy qismning uy-joy komissiyasi tomonidan ularni kvartiraga yoki uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtojlar sifatida hisobga olingan va kvartiraga yoki uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtojlar ro‘yxatiga kiritilgan vaqtdan kelib chiqib, navbat tartibida qonun hujjatlarida belgilangan me’yorlar va imtiyozlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Harbiy xizmatchilarning qonun hujjatlari bilan belgilangan alohida toifalari navbatdan tashqari kvartiralar bilan ta’minlanish yoki uy-joy sharoitlari yaxshilanishi huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kvartira olishga yoki uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtojlar ro‘yxatida turgan, belgilangan tartibda yangi harbiy xizmat joyiga yuborilgan harbiy xizmatchilar, ular yangi harbiy xizmat joyida hisobga olingan paytdan boshlab hamda avvalgi xizmat joyi bo‘yicha ushbu ro‘yxatlarga kiritilganligiga ko‘ra yangi harbiy xizmat joyi bo‘yicha muhtojlar ro‘yxatiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagi hollarda harbiy xizmatchilar harbiy xizmatni o‘tash joyi bo‘yicha kvartira olishga yoki uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtojlar hisobidan chiqariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uy-joy maydonining ijtimoiy me’yorlariga muvofiq uy-joy bilan ta’minlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onasiga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan kvartiralarda yashaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi harbiy xizmat o‘tash joyiga ketganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatdan bo‘shatilganida (ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan shaxslardan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kvartira bilan ta’minlanish huquqini beruvchi boshqa asoslar yo‘q bo‘lganida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobda turadigan harbiy xizmatchilar hamda harbiy xizmatni o‘tagan fuqarolarning boquvchisini yo‘qotgan oilalari belgilangan me’yorlar asosida uy-joy taqdim etilmasdan hisobdan chiqarilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Harbiy xizmatdan bo‘shatilgan kvartira olishga yoki uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj harbiy xizmatchilar va fuqarolarni hisobga olish tartibi tegishli vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Quyidagilar tegishli vazirlik va idoralarning kvartiralardan foydalanish organlari tomonidan uy-joy maydoni olish yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlar ro‘yxatiga kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) haqiqiy harbiy xizmatga kirgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar tegishlicha markaziy turarjoy komissiyasi, harbiy qismlarning yoki muassasalarning turarjoy komissiyalariga bildirgi topshirgan kundan boshlab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) o‘n va undan ortiq kalendar yil xizmat qilgan va quyidagilarga ko‘ra harbiy xizmatdan bo‘shatilishi lozim bo‘lgan (bo‘shatilgan) harbiy xizmatchilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shtatlarning qisqartirilishi yoki boshqa tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xizmat muddatidan qat’i nazar harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida orttirilgan kasallik yoki mayiblik (yaralanish, jarohat olish) tufayli sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatdan bo‘shatilgan harbiy xizmatchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xizmat muddatidan qat’i nazar halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilarning oilasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) harbiy xizmatning umumiy davomiyligi yigirma yil va undan ortiq bo‘lgan harbiy xizmatchilar.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-avgustdagi PQ-362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2022-y., 07/22/362/0779-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Tegishli vazirlik yoki idoraga biriktirilgan xizmat kvartiralarini hisobga qo‘yish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Quyidagi kvartiralar hisobga qo‘yiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy qurilishi, oilaviy yotoqxonalarni rekonstruksiya qilish natijasida hamda vazirliklar va idoralar tomonidan sotib olinishi hisobidan keladigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlarining munitsipal uy-joy fondidan olinadigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralarning noturar joy binolarini qayta jihozlash natijasida olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu kvartiralar tegishli vazirlik va idoralarning idoraviy uy-joy fondini tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur Nizomning 16-bandida ko‘rsatilgan kvartiralar harbiy qismlar o‘rtasida kvartira olishga yoki uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj harbiy xizmatchilar va shaxslar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Barcha kvartiralar tegishli vazirlik va idoralarning kvartiralardan foydalanish organlarida belgilangan shakldagi kvartiralarni hisobga olish kitobida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Munitsipal uy-joy fondiga tegishli bo‘lgan, shuningdek, harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlash uchun vazirlik va idoralarga biriktirilgan xizmat kvartiralari tegishli vazirlik va idoralarning kvartiralardan foydalanish organlari tomonidan kvartiralar hisob-kitob kartochkalarida hisobga olinadi. Kvartiralarni davlat hisobiga olish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida uy-joy fondini davlat yo‘li bilan hisobga olishning yagona tizimi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va idoralar kvartiralarni harbiy qismlarga biriktiradi va har yili ulardan foydalanish va hisobga olish holatini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kvartiralar quyidagi hollarda idoraviy uy-joy fondi hisobidan chiqariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda harbiy xizmatchining mulkiga bepul o‘tkazilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 13-bandi yettinchi xatboshisida ko‘rsatilgan shaxslarga kvartiralar berilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kvartirani hisobdan chiqarish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish mahalliy harbiy boshqaruv organlarining boshliqlariga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vazirliklar va idoralarning to‘liq xo‘jalik yurituvi yoki operativ boshqaruvida bo‘lgan, shu jumladan tegishli harbiy-ma’muriy hududda joylashgan kvartiralarning, shuningdek, tegishli vazirlik va idoraga biriktirilgan xizmat kvartiralarining hisobini yuritishning ichki idoraviy tartibi, kvartiralarning hisobini yuritish kitobi hamda hisobga olish kartochkalarining shakllari tegishli vazirlik yoki idora tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Harbiy xizmatchilarga, shuningdek, harbiy xizmatdan bo‘shatilgan fuqarolarga kvartiralar berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur Nizomga muvofiq xizmat kvartiralari beriladigan harbiy xizmatchilar bilan xizmat kvartirasini ijaraga olish shartnomasi tuziladi. Ushbu shartnomada tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklari, xizmat kvartirasini berish, saqlash va bo‘shatish tartibi belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat kvartirasini ijaraga olish shartnomasini bekor qilish, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini xizmat xonadonlaridan chiqarish tartibi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Shartnoma bekor qilingan taqdirda harbiy xizmatchilar va ular bilan birga yashovchi oila a’zolari ularga berilgan xizmat kvartirasini qonun hujjatlarida va shartnomada belgilangan tartibda bo‘shatishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchilarning boquvchisini yo‘qotgan oila a’zolari (eri, xotini, farzandlari va qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar) ularga boshqa qulay kvartira berilmasdan turib, egallab turgan kvartiralardan chiqarib yuborilishi mumkin emas. Ular harbiy xizmatchi halok bo‘lganidan (vafot etganidan) keyin qonun hujjatlariga muvofiq uy-joy sharoitlarini yaxshilash huquqini saqlab qoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Vazirlik yoki idora tomonidan qurilgan, rekonstruksiya qilingan va sotib olingan kvartiralarda qurilish, rekonstruksiya, sotib olish ishlari olib borilgan vazirlik va idoralarning harbiy xizmatchilari joylashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Harbiy xizmatchilar xizmatni bir vazirlik yoki idora tizimida o‘tash uchun boshqa joyga o‘tkazilganda ularga yangi xizmat joyidan kvartiralar oldingi xizmat joyi bo‘yicha xizmat kvartirasi tegishli vazirlik yoki idoraga topshirilgandan keyingina beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bo‘shatilgan xizmat xonadonlarida, qoidaga ko‘ra, aynan o‘sha harbiy qismning harbiy xizmatchilari joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy qismlarda kvartira olishga yoki uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan harbiy xizmatchilar bo‘lmagan hollarda, xizmat kvartiralarida garnizon harbiy qismlarining harbiy xizmatchilari soniga mutanosib ravishda shu garnizonda joylashgan boshqa harbiy qismlarning kvartiralar olish yoki uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan harbiy xizmatchilari joylashadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Harbiy xizmatchilar boshqa vazirlik va idoralarga xizmat o‘tash uchun o‘tkazilganda, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan ularga ajratilgan xizmat kvartirasi (yopiq harbiy shaharchalardagi xizmat kvartiralari bundan mustasno) harbiy xizmatchi o‘tkazilgan vazirlik va idora uy-joy fondiga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat kvartiralarini o‘tkazish va qabul qilib olish tegishli vazirliklar va idoralar rahbarlarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-avgustdagi PQ-362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2022-y., 07/22/362/0779-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari kvartiralar olishdan oldin ichki ishlar organlari tomonidan harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy qismlarning manzillari bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Harbiy xizmatchilarning kvartiralarga joylashishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan tegishli orderlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari tomonidan kvartiralarga joylashish uchun orderlar olish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi, shuningdek, yopiq harbiy shaharchalardagi xizmat xonadonlariga joylashtirish tartibi tegishli vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Kvartiraga order berish quyidagi hollarda to‘xtatilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soxta hujjatlar taqdim etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kvartirani berish to‘g‘risidagi qarorga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan boshqa holatlar aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kvartiraga order berish uy-joy to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda ham to‘xtatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Harbiy xizmatchilarning arizasiga ko‘ra, ajratiladigan uy-joy o‘rniga yoki uy-joy sharoitini yaxshilash maqsadida ularga yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini kim oshdi savdosi asosida sotib olish uchun pul kompensatsiyasi to‘lanishi mumkin. Yer uchastkasini o‘zlashtirish davrida harbiy xizmatchi va uning oila a’zolari xizmat kvartirasini ikki yilgacha muddatga saqlab qoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Uy-joyga yoki uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan harbiy xizmatchilarga, shuningdek, harbiy xizmatdan bo‘shatilgan fuqarolarga ularning arizalariga ko‘ra, kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun belgilangan tartibda uzoq muddatli ipoteka kreditlari berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. “Polkovnik” unvonidagi, unga teng yoki undan yuqori unvondagi harbiy xizmatni o‘tayotgan yoki belgilangan yosh chegarasiga yetganda, salomatligi holatiga ko‘ra (harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida orttirgan kasallik yoki olgan jarohati tufayli), shtatlarning qisqartirilishi yoki boshqa tashkiliy-shtat chora-tadbirlari tufayli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan ofitserlar, shuningdek, shartnoma asosida xizmat qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi faxriy unvonlariga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar, ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan oliy harbiy ta’lim muassasalarining o‘qituvchilari bo‘lgan harbiy xizmatchilar belgilangan yashash maydoni me’yoridan ortiq bo‘lgan xona ko‘rinishidagi yoki umumiy maydoni o‘n sakkiz kvadrat metr o‘lchamdagi qo‘shimcha yashash maydonini olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarma va bo‘limlar, harbiy aloqa muntazam organlari, davlat ta’lim muassasalari huzuridagi harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalari, harbiy sudlar va prokuraturalar, hududiy kvartiralardan foydalanish organlari, harbiy komendaturalar va garnizonlarning boshqa harbiy qismlari harbiy xizmatchilari tegishli garnizonning harbiy qismlariga kvartiralar olishga yoki uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan garnizon harbiy qismlari harbiy xizmatchilari soniga mutanosib ravishda ajratiladigan uy-joylarning umumiy maydoni hisobidan xizmat kvartiralari bilan ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Vazirlik va idoralarning oliy harbiy ta’lim muassasalariga tinglovchi sifatida qabul qilingan ofitserlar o‘qish davrida oldingi harbiy xizmat joyidagi xizmat kvartirasi saqlangan holda oliy harbiy ta’lim muassasasiga biriktirilgan uy-joy fondi hisobidan, yotoqxonalardan turar joy bilan ta’minlanadi. Oliy harbiy ta’lim muassasasida o‘qish davrida oldingi harbiy xizmat joyi bo‘yicha xizmat kvartiralarini saqlab qolgan ofitserlar tegishli vazirlik va idoralarning kvartiralardan foydalanish organlari bilan kelishilgan holda uni band qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining sanoat korxonalari, ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik va boshqa tashkilotlardagi harbiy vakolatxonalari harbiy xizmatchilari ushbu korxona va tashkilotlarning uy-joy fondi hisobidan kvartiralar bilan ta’minlanadi, korxona va tashkilotlarda uy-joy fondi bo‘lmagan taqdirda vazirlik hisobidan kvartiralar bilan ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Temir yo‘l, havo va suv transportidagi harbiy aloqa muntazam organlari harbiy xizmatchilari o‘zlari xizmat qilayotgan vazirlik va idoraning uy-joy fondi hisobidan kvartiralar bilan ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy bo‘linmalar mavjud bo‘lmagan yoki kvartira bilan ta’minlash imkoniyati bo‘lmagan aholi punktlarida harbiy xizmatchilarga uy-joyni ijaraga olganlik (ijaraga berganlik) uchun belgilangan tartibda har oylik pul kompensatsiyasi to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida muhim obyektlarni qo‘riqlash bo‘yicha harbiy qismlarda xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar qo‘riqlanadigan korxonalar (tashkilotlar)ning uy-joy fondi hisobidan kvartiralar bilan ta’minlanadi, ularda xizmat kvartirasini berish imkoniyati bo‘lmasa, ko‘rsatib o‘tilgan toifadagi harbiy xizmatchilarga kvartiralarni ijaraga olganlik (ijaraga berganlik) uchun belgilangan tartibda pul kompensatsiyasi to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Qurolli Kuchlar uy-joy fondini kengaytirishni moliyaviy ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Uy-joylar qurilishi va oilaviy yotoqxonalarni kvartiralar ko‘rinishida rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining har yili tasdiqlanadigan Investitsiya dasturida nazarda tutiladigan mablag‘lar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi, Davlat xavfsizlik xizmati va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga har yili ajratiladigan kapital qo‘yilmalar limitlari hisobidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Harbiy xizmatchilar uchun kvartiralar, yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalari sotib olish, ularning uy-joylarini ta’mirlash va obodonlashtirishni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi, Davlat xavfsizlik xizmati va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga har yili ajratiladigan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar doirasida ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Mahalliy davlat hokimiyati organlari va tegishli vazirlik va idoralarning kvartiradan foydalanish organlarining harbiy xizmatchilarni kvartiralar bilan ta’minlash bo‘yicha majburiyatlari hamda vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Mahalliy davlat hokimiyati organlariga vazirliklar va idoralarning buyurtmanomalariga muvofiq harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini kvartiralar bilan ta’minlashda quyidagi majburiyat va vakolatlar yuklatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi va Davlat xavfsizlik xizmati mablag‘lari hisobidan kvartiralar olinishida, shuningdek, uy-joylar, harbiy shaharchalarning ijtimoiy, madaniy-mishiy infratuzilmalarini suv, issiqlik va elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlagan holda ularni ta’mirlashda ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilar uchun sotib olingan va to‘langan kvartiralarning xizmat kvartiralari sirasiga kiritilishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan belgilangan tartibda berilgan tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmasdan harbiy xizmatchilarning ko‘chib kirishi uchun orderlar berilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik yoki idoralarga munitsipal uy-joy fondi uylaridan xizmat kvartiralarini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza asosida (ushbu Nizomga 2-ilova) kvartiralarni harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining bepul asosda mulk qilib berish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari bilan birgalikda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari murojaat qilgan kundan boshlab uch kun muddatda belgilangan tartibda vaqtincha yoki doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Tegishli vazirlik va idoralarning kvartiradan foydalanish organlariga harbiy xizmatchilarni kvartiralar bilan ta’minlashda uy-joy fondining hisobini yuritish va undan foydalanishning to‘g‘riligini tekshirish majburiyati yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ushbu Nizom qoidalarni buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Birinchi varaqning old tomoni

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seriya___№ 00000
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UY-JOY ATTESTATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Familiyasi

Ismi

Otasining ismi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Shaxsiy raqam

Shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma raqami va seriyasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oila a’zolari soni (o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Sana

Soni

Sana

Soni

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Uy-joyga muhtoj bo‘lgan toifa

Hisobga qo‘yish sanasi

Hisobdan chiqarish sanasi

Hisobdan chiqarish uchun asos

1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

8.

9.

10.

11.

12.

13.

14.

15.

16.

17.

18.

19.

20.

21.

22.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

HARBIY QISM KOMANDIRI

________________________________________


M.O‘.

(harbiy unvon, imzo, familiya)

20____ yil “____”______________

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Uy-joyi borligi haqida ma’lumotlar (uy-joyni olganlik, topshirganlik haqida, bepul mulkiga o‘tkazilganlik to‘g‘risida, uy-joy qurish (sotib olish) uchun moliyaviy yordam olganlik haqida qaydlar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Olganlik haqida qayd

Uy-joyni topshirganlik

haqida qayd

(amalga oshirilgan uy-joy bilan bog‘liq harakatlar haqida), uy-joyni topshirganlik haqida ma’lumotnoma

rekvizitlari, kim tomonidan va qachon berilgan

Harbiy qism komandiri imzosi, sana, muhr. KFO boshlig‘i imzosi, sana, muhr

uy-joy manzili

toifasi

xonalar soni

maydoni

umumiy

yashash

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi varaqning old tomoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joyi borligi haqida ma’lumotlar (uy-joyni olganlik, topshirganlik haqida, bepul mulkiga o‘tkazilganlik to‘g‘risida, uy-joy qurish (sotib olish) moliyaviy yordam olganlik haqida qaydlar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Olganlik haqida qayd

Uy-joyni topshirganlik

haqida qayd

(amalga oshirilgan uy-joy bilan bog‘liq harakatlar haqida), uy-joyni topshirganlik haqida ma’lumotnoma

rekvizitlari, kim tomonidan va qachon berilgan

Harbiy qism komandiri imzosi, sana, muhr. KFO boshlig‘i imzosi, sana, muhr

uy-joy manzili

toifasi

xonalar soni

maydoni

umumiy

yashash

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi varaqning orqa tomoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Attestatga kiritilgan ma’lumotlarni tekshirganlik haqida qayd (attestatni to‘ldirishda va unga o‘zgartirishlar kiritishda bajariladi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tekshirish sanasi

Harbiy qism komandiri imzosi, muhr.

KFO boshlig‘i imzosi, muhr. Harbiy xizmatchi imzosi

1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

8.

9.

10.

11.

12.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy attestatiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

seriyasi ___ № 00000

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Familiyasi

Ismi

Otasining ismi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Shaxsiy raqami

Shaxsni tasdiqlovchi hujjat raqami va seriyasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Harbiy xizmat boshlangan sana: _________________________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Harbiy xizmatdan bo‘shatilayotgan harbiy xizmatchini uy-joy olishga (yashash sharoitini yaxshilashga) muhtoj sifatida hisobga olinganligi bo‘yicha ma’lumot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Harbiy qism

Muhtoj bo‘lgan shaxsning toifasi

Rejali bo‘shatilgan sana

Harbiy qism komandiri (boshlig‘i) imzosi, sana, muhr

Hisobdan chiqarilganlik haqida qayd

Harbiy qism komandiri (boshlig‘i) imzosi, sana, muhr


Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Harbiy qism

Muhtoj bo‘lgan shaxsning toifasi

Rejali bo‘shatilgan sana

Harbiy qism komandiri (boshlig‘i) imzosi, sana, muhr

Hisobdan chiqarilganlik haqida qayd

Harbiy qism komandiri (boshlig‘i) imzosi, sana, muhr


Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Harbiy qism

Muhtoj bo‘lgan shaxsning toifasi

Rejali bo‘shatilgan sana

Harbiy qism komandiri (boshlig‘i) imzosi, sana, muhr

Hisobdan chiqarilganlik haqida qayd

Harbiy qism komandiri (boshlig‘i) imzosi, sana, muhr

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’lumotnomaning orqa tomoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOMDAN KO‘CHIRMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20___ yil “___” _____ PQ-____-son qarori)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Harbiy xizmatning umumiy muddati 20 va undan ortiq kalendar yiliga yetgan, harbiy xizmatdan bo‘shatilgan paytda uy-joy bilan ta’minlanmagan harbiy xizmatchilar uchun, shuningdek, harbiy xizmatining umumiy muddati kamida 10 kalendar yili bo‘lgan, harbiy xizmatda bo‘lishning chegara yoshiga yetgan, salomatligi holatiga ko‘ra (harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish paytida orttirilgan kasallik yoki jarohatlar bilan bog‘liq), shtatlarning qisqartirilishi yoki boshqa tashkiliy-shtat chora-tadbirlari sababli ishdan bo‘shatilishi lozim bo‘lgan uy-joyga muhtoj bo‘lgan harbiy xizmatchilar, shuningdek, ushbu shaxslarning oila a’zolariga uy-joy qonunchiligida nazarda tutilgan me’yorlar hamda tartibda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan egalik qilish uchun kvartiralar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu shaxslar xizmat kvartiralarida yashayotgan bo‘lsa, ular, yopiq harbiy shaharchalardagi xizmat xonadonlaridan tashqari, o‘zlari egallab turgan kvartiralarga bepul mulk qilib olish huquqiga ega. Yopiq harbiy shaharchalar hududida istiqomat qiluvchi harbiy xizmatchilarga yopiq harbiy shaharchalar hududidan tashqarida kvartiralar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda ko‘rsatilmagan harbiy xizmatchilar harbiy xizmatdan bo‘shatilganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xizmat kvartiralarini bo‘shatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’lumotnomaning old tomoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ariza koreshogi

Seriyasi AA № 000000

_________________________________________________________________________________

(kvartiralardan foydalanish organ nomi)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20 __ y. “___” _______ dagi ___-son qaroriga muvofiq

_______________________ manzil bo‘yicha joylashgan, yashash maydoni _____ kvadrat metr, xonalar soni _____ ni tashkil etadigan kvartirani ______________________________________________

(vazirlik va idora harbiy xizmatchisining harbiy unvoni, familiyasi, ismi, ota ismi)

mulki sifatida beg‘araz asosda rasmiylashtirib berishni so‘raydi.
M.O‘.______________________________________________________________________________

(mansabdor shaxsning harbiy unvoni, imzosi va familiyasi)

_________________________________________________________________________________

(shahar/tuman hokimining imzosi va familiyasi)

“___” _____________20 __ y.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Seriyasi AA ro‘yxat raqami № 0000000000000

ARIZA

________________________________________________________________________rahbariyati

(vazirlik va idoraning kvartiralardan foydalanish organi nomi)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20 __ y. “___” _______ dagi ___-son qaroriga muvofiq

_______________________ manzil bo‘yicha joylashgan, yashash maydoni _____ kvadrat metr, xonalar soni _____ ni tashkil etadigan kvartirani ______________________________________________

(vazirlik va idora harbiy xizmatchisining harbiy unvoni, familiyasi, ismi, ota ismi)

mulki sifatida beg‘araz asosda rasmiylashtirib berishni so‘raydi.
M.O‘.______________________________________________________________________________

(lavozimi)

_______________________ _______________________ _______________________

(harbiy unvoni)

(imzosi)

(familiyasi)

“___” _____________20 __ y.