28.11.2025 yildagi PQ-360-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining qo‘riqlash sohasidagi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Ko‘chirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida qo‘riqlash faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-42-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar ushbu qarorning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) davlat, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, ta’lim muassasalarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini zamonaviy usullar hamda raqamli texnologiyalar imkoniyatlari orqali qo‘riqlash tizimini yo‘lga qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ichki ishlar organlarining qo‘riqlash sohasidagi faoliyatini jamoat xavfsizligini ta’minlash, mahallalardagi huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘nalishlaridagi vazifalari bilan uzviy ravishda yagona yondashuvda amalga oshirish uchun samarali mexanizmlarni joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ustuvor vazifalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti (keyingi o‘rinlarda — Departament) etib qayta tashkil etilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Departament va uning bo‘linmalar zimmasiga “Sifat, ishonch, xavfsizlik” tamoyiliga muvofiq quyidagi asosiy vazifalar yuklatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) shartnoma asosida davlat, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, ta’lim muassasalarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini, savdo, xizmat ko‘rsatish, ko‘ngilochar va qurilish obyektlarini zamonaviy usullar orqali qo‘riqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) jamoat joylarida jamoat xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etish, yuridik va jismoniy shaxslarga shartnoma asosida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha qo‘riqlash-patrullik xizmatlarini ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) qo‘riqlanayotgan obyektlarda ichki tartib va nazorat-o‘tkazish rejimlarini ta’minlash, shuningdek, ularda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatlar sodir etilishiga chek qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishda ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlariga har tomonlama ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) qo‘riqlashning texnik vositalari va tizimlarini qo‘llash sohasida yagona texnik siyosatni yuritish, qo‘riqlash faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Tashkiliy-huquqiy masalalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Departament Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi, uning hududiy va tarmoq bo‘linmalarining, Ichki ishlar vazirligi esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Jizzax va Farg‘ona viloyatlari mintaqaviy o‘quv markazlarining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Departamentga qo‘shimcha shtat birliklarini kiritmasdan shartnoma asosida obyektlarni mavsumiy jismoniy qo‘riqlash, xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish jarayonida qo‘riqlash-kuzatish xizmatini ko‘rsatishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Xizmat faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ichki ishlar vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Departamentga qo‘riqlanadigan obyektlarga o‘rnatilgan qo‘riqlashning texnik vositalari va tizimlariga xizmat ko‘rsatish huquqini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Departamentga qo‘riqlash xizmatini tashkil etishda qo‘riqlovdagi obyektlarning ma’muriyati bilan kelishilgan holda ularning videokuzatuv kameralarini Departamentning axborot tizimlariga integratsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) mahallalarda qo‘riqlash bo‘linmalariga yuklatilgan vazifalarni samarali tashkil etish va jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatiga manzilli ko‘maklashish maqsadida kriminogen vaziyat og‘ir hududlardagi mahalla huquq-tartibot maskanlari tuzilmasiga qo‘riqlash xizmati inspektori lavozimini kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) kriminogen vaziyati og‘ir hududlarda, turistik infratuzilma obyektlarida hamda ommaviy dam olish joylarida mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan Departamentning qo‘riqlash-patrul xizmati naryadlarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2026-yil 1-yanvardan boshlab qo‘riqlovga olingan banklar, yirik ishlab chiqarish korxonalari, mahalliy hokimliklar va boshqa obyektlarning fuqarolar kirish va chiqish joylariga ularning o‘z mablag‘lari hisobidan Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi tomonidan bosqichma-bosqich shaxsning yuzini tanib olish imkoniyatiga ega texnik vositalar o‘rnatilib, tegishli axborot bazalari bilan integratsiya qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) qo‘riqlanayotgan obyekt va xonadonlardan tushayotgan tashvish xabarlari bir vaqtning o‘zida ichki ishlar organlarining yagona tezkor boshqaruv markazlariga, tegishli hudud profilaktika inspektorlari va patrul-post xizmati naryadlarining planshetlariga yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Milliy gvardiya tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Jizzax va Farg‘ona viloyatlari mintaqaviy o‘quv markazlari mavjud shtat birliklari, asosiy vositalari, jihozlari hamda ular faoliyatini moliyalashtirishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda Ichki ishlar vazirligiga, Milliy gvardiya balansida bo‘lgan Xorazm viloyati qo‘riqlash boshqarmasining binosi Departamentga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ichki ishlar vaziriga quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) jismoniy va yuridik shaxslar bilan qo‘riqlash xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar asosida Departamentning tashkiliy-shtat tuzilmasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Departament va uning bo‘linmalariga xizmatga (ishga) nomzodlarni tanlov asosida saralab olish bo‘yicha alohida tartibni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) qo‘riqlash xizmatlarining tariflarini (narxlarini) Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar uchun esa mustaqil belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tasarrufida idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalari bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) uch oy muddatda idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalari naryadlarining xizmat o‘tash qoidalari, ularning ishchi va xizmatchilari kiyim-boshlari va farqlovchi belgilarining namunalarini ishlab chiqib, kelishish uchun Ichki ishlar vazirligiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ikki tomonlama tuzilgan rejalarga muvofiq, idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalari xodimlarini Ichki ishlar vazirligining mintaqaviy o‘quv markazlarida va Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida shartnoma asosida tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tizimida o‘ta muhim va toifalangan obyektlar bo‘lgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar qo‘riqlanadigan obyektlarini bosqichma-bosqich 2026-yil yakuniga qadar uchuvchisiz uchadigan apparatlarga qarshi qurilmalar hamda uchuvchisiz uchadigan apparatlar bilan jihozlash choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Xavfsiz ta’lim” konsepsiyasi joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) davlat ta’lim muassasalari, nodavlat ta’lim tashkilotlari (maktabgacha ta’lim tashkilotlari bundan mustasno) va xorijiy davlatlar ta’lim tashkilotlari filiallarining (keyingi o‘rinlarda — ta’lim muassasalari) xavfsizligini shartnoma asosida jismoniy va texnik qo‘riqlash tizimlari orqali ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Departament tomonidan shartnoma asosida ta’lim muassasalariga qo‘riqlash signalizatsiyalari, tashvish tugmalari, videokuzatuv moslamalarini o‘rnatish va ularga texnik xizmatlar ko‘rsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov) Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (E. Karimova), tarkibida ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) bir oy muddatda “Xavfsiz ta’lim” konsepsiyasini 2026-2027-yillar mobaynida amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini hamda ta’lim muassasalarida qo‘riqlash-qorovullik faoliyatini tartibga soluvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2026-yil 1-yanvardan boshlab ta’lim muassasalarining idoraviy qorovullik bo‘linmalari ishchi va xizmatchilarini mintaqaviy o‘quv markazlarida shartnoma asosida Davlat budjeti, oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasi oshirish tizimini yo‘lga qo‘ysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Moddiy-texnik ta’minot va ijtimoiy himoya masalalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2026-yil 1-mayga qadar mahalliy ishlab chiqaruvchilarni jalb qilgan holda respublikada joriy qilingan texnik qo‘riqlash tizimlariga qo‘riqlashning muqobil zamonaviy apparat-dasturiy komplekslarini joriy etish choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) bilan birgalikda 2026-yil 1-martga qadar Departament mablag‘lari hisobidan “E-QO‘RIQLASH” elektron platformasini ishga tushirsin, shuningdek, “Xavfsiz ta’lim” konsepsiyasi doirasida yagona axborot tizimini ishlab chiqib, davlat organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyasini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) uch oy muddatda ichki ishlar organlari qo‘riqlash xizmati inspektorlariga ayrim ma’muriy huquqbuzarliklarni aniqlash va bu borada hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha tegishli vakolat berishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mavsumiy qo‘riqlash, xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish jarayonida qo‘riqlash-kuzatish xizmatlarini tashkil etish, shuningdek, qo‘shimcha xizmatga jalb etilgan qo‘riqlash xodimlariga ish haqi to‘lash tartiblarini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) 2026-yil 1-martga qadar qo‘riqlash bo‘linmalari tezkor harakatlanuvchi guruhlarining xizmat faoliyatini tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish tizimlarini raqamlashtirish choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) Transport vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda yo‘nalishli avtobuslar va tez tibbiy yordam avtotransport vositalariga bosqichma-bosqich tashvish tugmalarini o‘rnatib, ularga jamoat tartibini saqlash, tibbiy yordam xodimlarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha shartnoma asosida qo‘riqlash xizmatlari ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) 2026-yil 1-yanvardan boshlab texnik qo‘riqlovga olingan obyektlarni alohida guruhlarga ajratgan holda ko‘rsatilgan qo‘riqlash xizmatlari uchun differensial to‘lov tizimini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov), Milliy gvardiya (R. Djurayev) uch oy muddatda ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlariga oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun ajratiladigan qabul kvotalarini ko‘rib chiqib, ularni shaxsiy tarkib sonidan kelib chiqqan holda qayta taqsimlash yuzasidan takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Qaror ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Jismoniy va yuridik shaxslarga qo‘riqlash xizmatining afzalliklari haqida ma’lumot berish maqsadida Departament mablag‘lari hisobidan internet va ijtimoiy tarmoqlarda target reklamasidan foydalanishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament boshlig‘i D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 28-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-360-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3216-son qarorining 6-bandi o‘n ikkinchi xatboshisidagi “, Milliy gvardiyaning qo‘riqlash xizmatiga” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 3-bandning o‘n ikkinchi xatboshisidan “xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 19-bandning to‘rtinchi xatboshisi “harbiy-akademik litseylar bitiruvchilari,” so‘zlaridan keyin “ichki ishlar organlarining harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalarining kamida bir yil amaliy ish stajiga ega ishchilari,” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslar mulkining qo‘riqlanishini ta’minlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4060-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) muqaddimaning uchinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasining” so‘zlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamentining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi qo‘riqlash bo‘linmalarining” so‘zlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti hududiy bo‘linmalarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshidagi “Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi” so‘zlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “Milliy gvardiyaning Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘riqlash bosh boshqarmasi)” so‘zlari “Ichki ishlar vazirligining Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti (keyingi o‘rinlarda — Qo‘riqlash departamenti)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a” kichik banddagi “Qo‘riqlash Servis” davlat unitar korxonasini (keyingi o‘rinlarda — “Qo‘riqlash Servis” DUK)” so‘zlari “Qo‘riqlashning texnik vositalarini joriy qilish ilmiy-tadqiqot markazi” davlat muassasasini (keyingi o‘rinlarda — Ilmiy-tadqiqot markazi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “bosh boshqarmasining” so‘zlari “departamentining” so‘zi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi “Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasining” so‘zlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamentining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) 3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ilmiy-tadqiqot markazi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti bo‘linmalari bilan qo‘riqlanadigan obyektlarda o‘rnatilgan qo‘riqlashning texnik vositalari va tizimlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘riqlanadigan obyektlarda o‘rnatilgan qo‘riqlashning texnik vositalari va tizimlariga, shu jumladan avtomatlashtirilgan tizimning texnik infratuzilma obyektlariga xizmat ko‘rsatish faqat Ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi” so‘zlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “Qo‘riqlash bosh boshqarmasiga” so‘zlari “Qo‘riqlash departamentiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi xatboshidagi “Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasining” so‘zlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamentining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) 8-bandning oltinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi” so‘zlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-dekabrdagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4075-son qarori 6-bandining “v” kichik bandi qo‘yidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“profilaktika inspektorlariga ajratilgan xizmat uy-joylarini kapital ta’mirlash”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining o‘quv markazlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5016-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) nomidagi “Milliy gvardiyasining” so‘zlari “Ichki ishlar vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “Milliy gvardiyasining” so‘zlari “Ichki ishlar vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi A. Qodiriy ko‘chasi 43-uy manzilida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamentining Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasi balansidagi Avtoxo‘jalik hududida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Toshkent mintaqaviy o‘quv markazini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Farg‘ona o‘quv markazini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markaziga aylantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Jizzax o‘quv markazini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jizzax mintaqaviy o‘quv markaziga aylantirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “Milliy gvardiyasining” so‘zlari “Ichki ishlar vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) 4-bandning “a”, “b” va “v” kichik bandlaridagi tegishli kelishikdagi “Milliy gvardiya” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Ichki ishlar vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “Milliy gvardiyasi qo‘mondoniga” so‘zlari “ichki ishlar vaziriga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “Milliy gvardiyasining” so‘zlari “Ichki ishlar vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “Milliy gvardiyasining Qo‘riqlash bosh boshqarmasi” so‘zlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaviy o‘quv markazlarining rahbar va pedagoglar tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida hamda vazirlik va idoralarning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti mintaqaviy o‘quv markazlarining rahbarlari va pedagoglarining ilmiy-pedagogik faoliyatini umumiy muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ixtisoslashgan o‘quv markazi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi oddiy askar va serjantlar tarkibiga mansub harbiy xizmatchilar va xodimlarni tayyorlash bo‘yicha tayanch bo‘linma hisoblanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) 7-bandning uchinchi xatboshidagi “Milliy gvardiyasining Qo‘riqlash bosh boshqarmasi” so‘zlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “Milliy gvardiyasining” so‘zlari “Ichki ishlar vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi xatboshidagi “Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasiga” so‘zlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamentiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(k) 81-banddagi “Milliy gvardiyasiga” so‘zlari “Ichki ishlar vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasining faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4997-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5076-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 4-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “300” raqami “400” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetidagi ta’lim mutaxassisliklari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Mutaxassislik nomi

Beriladigan malaka

Ta’lim shakli

Ta’lim muddati

1.

Yo‘l-patrul faoliyati

mutaxassis

kunduzgi

5 oy

2.

Pasport tizimini ta’minlash

mutaxassis

kunduzgi

5 oy

3.

Jamoat tartibini saqlash faoliyati

mutaxassis

kunduzgi

5 oy

4.

Jazoni ijro etish faoliyati

mutaxassis

kunduzgi

5 oy

5.

Tarbiyaviy faoliyat

mutaxassis

kunduzgi

5 oy

6.

Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati

mutaxassis

kunduzgi

5 oy

7.

Ma’muriy-xo‘jalik ta’minoti

mutaxassis

kunduzgi

5 oy

8.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati*

mutaxassis

kunduzgi

3 oy

9.

Qo‘riqlash faoliyati**

mutaxassis

kunduzgi

3 oy

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* kamida 2 yil xizmat stajiga ega ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** kamida 2 yil xizmat stajiga ega ichki ishlar organlari qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarining amaldagi xodimlari qabul qilinadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarorining 6-bandi “d” kichik bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“mahalla huquq-tartibot maskani tashkiliy-shtat tuzilmasiga, qoida tariqasida, mikrohududga xizmat ko‘rsatuvchi profilaktika (katta, kichik) inspektorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha, probatsiya, yo‘l harakati xavfsizligi, qo‘riqlash va patrul-post xizmatlari inspektorlari hamda tezkor-qidiruv xizmati xodimi kiritilib, tuman (shahar) ichki ishlar organlari qo‘riqlash bo‘linmalarining naryadlari doimiy ravishda xizmat olib borishi tashkil etiladi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)