29.10.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3283
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir qarz oluvchi, oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 29-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3283]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir qarz oluvchi, oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi M.B. NURMURATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 21-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21/12-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 21-sentabrdagi 21/12-son qaroriga

1-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir qarz oluvchi, oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom bankka, shu jumladan mikromoliya bankiga, shuningdek islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank va mikromoliya bankiga (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) aloqador shaxslar hamda bir qarz oluvchi, oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikka qoʻyilgan talablarni, shuningdek bankka aloqador boʻlgan shaxslar bilan bitimlar tuzish va bitimlar hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 8-iyuldagi 19/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3283-3, 18.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2026-y., 10/26/3283-3/0755-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor — mazkur Nizomning 2-bandida keltirilgan tavakkalchiliklar boʻyicha bank oldida majburiyati mavjud boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro aloqador qarz oluvchilar — bankda nazorat asosida va (yoki) iqtisodiy asosda, mikromoliya bankida esa nazorat asosida aloqador boʻlgan jismoniy va/yoki yuridik shaxslar;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 10-iyuldagi 14/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3283-2, 04.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2025-y., 10/25/3283-2/0691-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 5-sentabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaqin qarindoshlar — qarindoshlik yoki qayin-boʻyinchilik munosabatidagi shaxslar, yaʼni ota-ona, tugʻishgan va oʻgay aka-ukalar, opa-singillar, er-xotin, farzandlar, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobolar, buvilar, nevaralar, er-xotinning ota-onasi, tugʻishgan yoki oʻgay aka-ukalari, opa-singillari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik tavakkalchilik — bankda jami summasi bank birinchi darajali kapitalining 10 foizi va undan yuqori boʻlgan, mikromoliya bankida esa jami summasi ikki yarim milliard soʻm va undan yuqori boʻlgan bir qarz oluvchi yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchiliklar;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 10-iyuldagi 14/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3283-2, 04.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2025-y., 10/25/3283-2/0691-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 5-sentabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavakkalchilik darajasi past boʻlgan mamlakatlar — “Standard & Poor`s”, “Fitch Ratings” va “Moody`s Investors Service” reyting kompaniyalarining investitsion reyting baholariga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalarining ushbu baholarga teng boʻlgan reyting baholariga ega mamlakatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit tavakkalchiligi — qarzdor tomonidan bank oldidagi majburiyatlarini shartnoma yoki qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilgan muddat va shartlarda bajarilmasligi (lozim darajada bajarilmasligi) oqibatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yoʻqotish (zarar) va/yoki rejalashtirilgan daromadni olmaslik tavakkalchiligi;
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro taraqqiyot banklari — Jahon banki guruhi (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Xalqaro investitsiyalarni kafolatlash agentligi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi) hamda Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infrastruktura investitsiya banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki, Yevropa investitsiya jamgʻarmasi, Islom taraqqiyot banki va Yevropa Kengashining taraqqiyot banki;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hal qiluvchi egalik — shaxs tomonidan yoki birgalikda harakat qiluvchi shaxslar tomonidan yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) bir yoxud bir necha bitim natijasida olingan kamida 5 foiziga bevosita yoki bilvosita egalik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qilinadigan aloqalar (bundan buyon matnda nazorat deb yuritiladi) — Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 19-moddasi uchinchi qismida belgilangan aloqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bir qarz oluvchi yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi hamda bankka aloqador shaxslarning bank oldida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchiliklari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning kredit boʻyicha talablari, shu jumladan qarz, kredit, mikroqarz, mikrokredit, mikrolizing, overdraft (mijozlarning depozit hisobvaraqlaridagi debet qoldigʻi), lizing, faktoring;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning pul mablagʻlari evaziga boshqa bank yoki kredit tashkilotlari tomonidan qarzdorlarga har qanday bilvosita turda ajratilgan va kredit tavakkalchiligi mavjud mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir qarz oluvchi tomonidan oʻzi bilan aloqador boʻlmagan boshqa bir qarz oluvchiga (bunda ushbu qarz oluvchi uchun yirik tavakkalchilik boʻlmagan holda) uning bank oldidagi kredit yoki boshqa majburiyatlari boʻyicha bankka taqdim etilgan va jami majburiyatidan oshmagan miqdordagi kafolat, kafillik va qarz oluvchi tomonidan berilgan qimmatli qogʻozlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) va qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalar, shu jumladan repo kelishuvlari doirasida sotilgan qimmatli qogʻozlar (oldi-sotdiga moʻljallangan qimmatli qogʻozlar) va veksellar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklararo depozitlar va kreditlar, vakillik hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari, banklararo hisob-kitoblarda foydalaniladigan mablagʻlar va banklarga joylashtirilgan boshqa mablagʻlar, bundan kunlik (overnayt) banklararo operatsiyalar va kliring operatsiyalari mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
repo operatsiyalari yoki qimmatli qogʻozlarga doir qaytarilishi asosida amalga oshiriladigan boshqa bitimlar boʻyicha talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hosilaviy instrumentlar boʻyicha bank balansidagi talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
balansdan tashqari moddalardagi hosilaviy instrumentlar boʻyicha talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit tavakkalchiligi mavjud boʻlgan balansdan tashqari majburiyatlar, shu jumladan foydalanilmagan kredit liniyalari, chaqirib olinmaydigan majburiyatlar, kreditlash boʻyicha boshqa majburiyatlar, savdoga oid moliyalashtirishlar (akkreditiv, kafolat va kafilliklar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar yoki chet el valyutasini sotib olish boʻyicha qonuniy majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotilgan aktivlar boʻyicha talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit tavakkalchiligi mavjud boʻlgan boshqa majburiyatlar, shu jumladan olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizli va foizsiz daromadlar, boʻnaklar va bankning debitorlik qarzdorliklari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilaridagi tavakkalchiliklar uchun kapital monandliligi hisob-kitoblaridagi 10 foiz va undan yuqori boʻlgan hisoblash omili qoʻllanilgandan soʻng chiqqan natijalar olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Faktoring xizmati boʻyicha bankning bir qarz oluvchi yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi hamda bankka aloqador shaxslarga doir kredit tavakkalchiligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank tomonidan mijozga nisbatan regress talabini qoʻyish huquqi mavjud boʻlmasa yoki mavjud boʻlib, ushbu huquqdan foydalanish zarurati yuzaga kelmagan boʻlsa, qarzdorga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur regress talabini qoʻyish huquqi mavjud boʻlsa va ushbu huquqdan foydalanish zarurati vujudga kelgan boʻlsa, mijozga nisbatan hisoblanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 14-oktabrdagi 31/13-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3283-1, 14.11.2024-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2024-y., 10/24/3283-1/0920-son. Kuchga kirish sanasi — 2024-yil 15-dekabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Bir qarz oluvchiga yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga doir tavakkalchilikning eng koʻp miqdori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Bir qarz oluvchi yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng yuqori darajasi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bankning bir qarz oluvchi yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori bank birinchi darajali kapitalining 25 foizidan oshmasligi kerak, bundan mikromoliya banki mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikromoliya banki uchun bir qarz oluvchi yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga doir tavakkalchilikning eng koʻp miqdori besh milliard soʻmdan oshmasligi lozim.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 10-iyuldagi 14/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3283-2, 04.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2025-y., 10/25/3283-2/0691-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 5-sentabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bankning bir qarzdor yoki oʻzaro aloqador qarzdorlar guruhiga toʻgʻri keluvchi taʼminotsiz (ishonchga asoslangan) kredit va (yoki) moliyalashtirilgan islomiy moliya operatsiyasi uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori bank birinchi darajali kapitalining 5 foizidan oshmasligi zarur, bundan banklararo operatsiyalarda yuzaga keladigan tavakkalchiliklar mustasno boʻlib, ushbu operatsiyalar mazkur Nizomning 3-bandi talabiga muvofiq amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 8-iyuldagi 19/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3283-3, 18.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2026-y., 10/26/3283-3/0755-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bankning barcha yirik tavakkalchiliklarining umumiy miqdori bank birinchi darajali kapitalining 5 barobaridan oshmasligi lozim, bundan mikromoliya banki mustasno.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 10-iyuldagi 14/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3283-2, 04.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2025-y., 10/25/3283-2/0691-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 5-sentabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Bir qarz oluvchi yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi nazorat asosida va (yoki) iqtisodiy asosda vujudga keladi, bundan mikromoliya banki mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikromoliya banki uchun oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi nazorat asosida vujudga keladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 10-iyuldagi 14/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3283-2, 04.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2025-y., 10/25/3283-2/0691-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 5-sentabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qarzdorlar quyidagi hollarda nazorat asosida oʻzaro aloqador boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yuridik shaxslar oʻrtasida, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yuridik shaxs bevosita yoki bilvosita, yakka tartibda yoki birgalikda harakat qiluvchi shaxslar guruhi tarkibida boshqa yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) 20 foiz va undan ortigʻiga egalik qilsa yoki egalikni nazorat qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yuridik shaxs boshqa yuridik shaxs ustidan nazoratni amalga oshirsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar uchinchi shaxsning yoki u bilan birgalikda harakat qiluvchi shaxslarning nazorati ostida boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar asosan ishtirokchilarning (aksiyadorlarning) yoki boshqaruv organlarining bir xil tarkibiga ega boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jismoniy va yuridik shaxslar oʻrtasida, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxs bevosita yoki bilvosita, yakka tartibda yoki birgalikda faoliyat koʻrsatuvchi shaxslar guruhi tarkibida, yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) 20 foiz va undan ortigʻiga egalik qilsa yoki egalikni nazorat qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxs yuridik shaxs ustidan nazoratni amalga oshirsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxs yuridik shaxs kuzatuv kengashi, boshqaruvi aʼzosi boʻlsa yoki mansabdor shaxsi hisoblansa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxsda yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) 20 foiz va undan ortigʻiga egalik qiladigan yoki egalikni nazorat qiladigan boshqa yuridik shaxsga nisbatan rahbarlik vakolati boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxsning yuridik shaxs nazoratni amalga oshiradigan boshqa yuridik shaxsda boshqaruvga oid vakolatlari mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur kichik bandda keltirilgan jismoniy shaxslarning yaqin qarindoshlari boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhidan bir shaxsning moliyaviy qiyinchiliklarga uchrashi, shu jumladan toʻlovga layoqatsizligi yoki bankrot boʻlishi kabi holatlarda boshqa qarzdorning (qarzdorlarning) moliyaviy holatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi hamda bank oldidagi majburiyatlarini toʻliq qaytarish va (yoki) toʻlovni oʻz vaqtida amalga oshirish imkoniyatlariga salbiy taʼsir koʻrsatish ehtimoli mavjud boʻlganda qarzdorlar iqtisodiy bogʻliqlik asosida aloqador hisoblanadi. Iqtisodiy bogʻliqlik bir tomonlama yoki oʻzaro boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qarz oluvchilarning iqtisodiy bogʻliqlik asosda aloqadorligi quyidagicha baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir tomon mahsulot (tovar, ish, xizmat) sotishdan olingan 50 foiz va undan ortiq yillik tushumi boshqa bir tomon bilan amalga oshiradigan faoliyat asosida yuzaga kelsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir tomon ishlab chiqargan mahsulotning (tovar, ish, xizmat) 50 foizdan kam boʻlmagan qismi boshqa bir tomonga sotilsa va ushbu mahsulotga bozorda boshqa xaridor topish qiyin boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir tomon ikkinchi tomonning bank oldidagi majburiyatini toʻliq yoki qisman qoplash uchun garov, kafolat, kafillik yoki toʻlab berish boʻyicha boshqa majburiyat bilan taʼminlasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorlarda qarzni qoplash manbasi yagona boʻlib, qarz boʻyicha toʻlovni toʻliq amalga oshirish va uni oʻz vaqtida qaytarish uchun boshqa manbalar mavjud boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki va undan ortiq tomonlarning yagona moliyalashtirish manbai boʻlsa va unga muqobil manba topish murakkab boʻlsa, bundan davlat va xalqaro taraqqiyot banklari tomonidan moliyalashtirish holatlari mustasno. Tomonlarning bitta bank yoki moliyaviy bozordan moliyalashtirilishi ularning iqtisodiy bogʻliqlik asosida aloqador ekanligini anglatmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorning bank oldidagi majburiyatlarining 30 foizdan ortiq qismi boshqa tomonning (tomonlarning) mablagʻlari hisobiga qaytarilsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor (qarzdorlar) bank tomonidan taqdim etilgan kredit mablagʻlarining va (yoki) islomiy moliya operatsiyalari boʻyicha moliyalashtirishning 30 foizdan ortiq qismini boshqa tomonni (tomonlarni) moliyalashtirish uchun ishlatsa (ikki yoki undan ortiq qarzdorlar bir sotuvchidan jihozlar sotib olishi kabi, odatdagi tijorat operatsiyalari bundan mustasno);
(9-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 8-iyuldagi 19/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3283-3, 18.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2026-y., 10/26/3283-3/0755-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy yoki yuridik shaxsning qarzdor oldida toʻlov majburiyati mavjud boʻlib, mazkur majburiyatning bajarilmasligi qarzdorning bank oldidagi majburiyatlarini toʻliq yoki oʻz vaqtida qaytara olmasligiga sabab boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir shaxs yoki qarzdorlar bilan nazorat asosida aloqadorligi mavjud boʻlgan shaxslar qarzdorning (qarzdorlarning) bank oldidagi majburiyatlari boʻyicha garov (kafillik) taqdim etsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorlar qoʻshma faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma yoki qoʻshma faoliyatni nazarda tutuvchi boshqa hujjatga binoan oʻzaro aloqador boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar yaqin qarindosh hisoblansa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorlarning bank oldidagi majburiyatlari boʻyicha birgalikdagi shartnomaviy javobgarligi mavjud boʻlgan boshqa holatlarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ikki yoki undan ortiq qarzdorlar bitta shaxsga iqtisodiy jihatdan bogʻliq boʻlsa, ushbu shaxs bank mijozi yoki qarzdori boʻlmagan taqdirda ham bank ularni oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi sifatida (ushbu qarzdorlar oʻrtasida aloqadorlikning mavjud yoki mavjud emasligidan qatʼi nazar) tan olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qarzdor bir vaqtning oʻzida ikki yoki undan ortiq oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhlariga kirsa, bankning ushbu qarzdorga boʻlgan talablarining umumiy miqdori har bir guruh uchun alohida hisoblanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bir qarz oluvchi uchun tavakkalchilik miqdori bank birinchi darajali kapitalining 5 foizi va undan ortiq boʻlsa, bank mazkur qarz oluvchiga nisbatan iqtisodiy bogʻliqlik asosida aloqadorlik yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Banklar oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhini aniqlashda mazkur Nizomning ilovasida koʻrsatilgan holatlardan foydalanishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bank hisobotlarida qarzdorlar oʻrtasidagi aloqadorlikni va oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhini koʻrsatishi va ushbu guruhlardagi oʻzgarishlarni keyinchalik kuzatib borishi, ular boʻyicha maʼlumotlarni yangilab borishi va hisobotlarda toʻgʻri aks ettirish maqsadida yilda kamida bir marotaba qayta baholashi lozim. Oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi sifatida tasniflash (yoki aloqadorlikning mavjud emasligi) mazkur Nizomga muvofiq asoslantirilgan boʻlishi va bu hujjatlashtirilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ikki yoki undan ortiq qarzdorlar faqatgina respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari (mahalliy yoki xorijiy), shuningdek Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi yoki xalqaro taraqqiyot banklari tomonidan nazorat asosida oʻzaro aloqador boʻlsa va mazkur qarzdorlar oʻrtasida iqtisodiy bogʻliqlik asosida aloqadorlik mavjud boʻlmasa, ular oʻzaro aloqador qarz oluvchilar hisoblanmaydi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 10-iyuldagi 14/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3283-2, 04.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2025-y., 10/25/3283-2/0691-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 5-sentabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Banklar qarzdorlarni nazorat asosida va (yoki) iqtisodiy asosda aloqadorligini aniqlashda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari mezonlaridan foydalanishga haqli. Bunda, mazkur mezonlar qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmasligi yoki ulardagi talablardan yengilroq talablar nazarda tutilmasligi lozim.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 14-oktabrdagi 31/13-sonli qarori (roʻyxat raqami 3283-1, 14.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2024-y., 10/24/3283-1/0920-son. Kuchga kirish sanasi — 2024-yil 15-dekabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Bankka aloqador shaxslar va ularga toʻgʻri keluvchi tavakkalchilikka qoʻyilgan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Bankka aloqador shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bankka aloqador shaxslarga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning kuzatuv kengashi va boshqaruvining, shuningdek bank islomiy moliya kengashining aʼzolari hamda bosh bankda tashkil etilgan qoʻmitalarning bankning boshqaruv organlari aʼzolari boʻlmagan aʼzolari, shuningdek bankning muhim ahamiyatga ega xodimlari;
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 8-iyuldagi 19/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3283-3, 18.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2026-y., 10/26/3283-3/0755-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita yoki bilvosita, yakka tartibda yoki shaxslar guruhi tarkibida birgalikda faoliyat koʻrsatuvchi, bankda hal qiluvchi egalikka ega boʻlgan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlar. Agar mazkur jismoniy shaxslarning yaqin qarindoshlari bankning ustav kapitalidagi ulushlarga egalik qilsa yoki egalikni nazorat qilsa, uning miqdoridan qatʼi nazar, ushbu ulush mazkur shaxsning egaligida va nazorati ostida turgan deb hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank ustav kapitalida hal qiluvchi egalikka ega boʻlgan yuridik shaxsga nisbatan rahbarlik yoki nazorat qilish vakolatiga ega boʻlgan jismoniy shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklar guruhiga kiruvchi moliyaviy institutlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklar guruhiga kiruvchi moliya institutining kapitalida hal qiluvchi egalikka ega boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklar guruhiga kiruvchi moliya institutining kuzatuv kengashi, boshqaruvi aʼzolari va muhim ahamiyatga ega xodimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondida (ustav kapitalida) banklar guruhining asosiy banki kamida 20 foizga bevosita yoki bilvosita egalik qiluvchi yuridik shaxs, shuningdek ushbu yuridik shaxsning mansabdor shaxslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs va uning mansabdor shaxslari, basharti ushbu yuridik shaxsning ustav kapitalida (ustav fondida) bank kamida 20 foizga bevosita yoki bilvosita egalik qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank ustidan nazoratni amalga oshirayotgan yuridik shaxslar ustav kapitalida (ustav fondida) kamida 20 foiziga bevosita yoki bilvosita egalik qiluvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank ustav kapitalida hal qiluvchi egalikka ega boʻlgan yuridik shaxs ustidan nazoratni amalga oshirayotgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu bandning ikkinchi — oʻn birinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxslarga aloqador shaxslar, shu jumladan jismoniy shaxsning yaqin qarindoshlari, shuningdek jismoniy shaxslar va (yoki) ularning yaqin qarindoshlari oʻzida nazoratni amalga oshirayotgan yoki ustav fondlariga (ustav kapitallariga) egalik qilayotgan yoki boshqaruv organining aʼzolari boʻlgan yuridik shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu bandning ikkinchi — oʻn ikkinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bank bilan qaysi shaxslar orqali bitim amalga oshiriladigan boʻlsa, oʻsha shaxslar va mazkur shaxslar oʻrtasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnatga oid, fuqarolik yoki boshqa munosabatlar mavjudligi tufayli mazkur bitimda ushbu bandning ikkinchi — oʻn ikkinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxslarning taʼsiri ostida deb hisoblanadigan shaxslar.
(17-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ushbu Nizomning 17-bandi ikkinchi — oʻn ikkinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bank bilan bitim amalga oshiradigan shaxslar bankka aloqador shaxs nomidan harakat qilayotgan hisoblanadi. Bankka aloqador shaxslar nomidan harakat qilayotgan shaxslarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador shaxslarning huquqiy vakillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador shaxslar bilan oʻzaro tuzilgan bitimga asosan bankka aloqador shaxsning nomidan harakat qilish vakolatiga ega boʻlgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuziladigan bitimdan olinadigan foydani bevosita yoki bilvosita bankka aloqador shaxslarga beradigan shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnatga oid, fuqarolik yoki boshqa munosabatlar mavjudligi nuqtai nazaridan, ushbu Nizomning 17-bandi ikkinchi — oʻn ikkinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxslar taʼsiri ostida bank bilan bitim tuzgan shaxslar.
(18-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Markaziy bank bank nazoratini amalga oshirishda ushbu Nizom talablari va mezonlariga hamda oʻzining asoslantirilgan mulohazasiga tayanib bankdan ayrim qarzdorlarni bankka aloqador qarzdor sifatida tan olinishini talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Bankning aloqador shaxslari uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Bankka aloqador bitta shaxsga toʻgʻri keluvchi tavakkalchilikning eng koʻp miqdori bank birinchi darajali kapitalining 15 foizidan oshmasligi lozim, bundan mikromoliya banki mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikromoliya bankiga aloqador bitta shaxsga toʻgʻri keluvchi tavakkalchilikning eng koʻp miqdori besh milliard soʻmdan oshmasligi lozim.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 10-iyuldagi 14/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3283-2, 04.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2025-y., 10/25/3283-2/0691-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 5-sentabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Bankka aloqador boʻlgan barcha shaxslarga toʻgʻri keluvchi tavakkalchilikning eng koʻp miqdori bank birinchi darajali kapitalining 25 foizidan oshmasligi lozim.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 10-iyuldagi 14/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3283-2, 04.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2025-y., 10/25/3283-2/0691-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 5-sentabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
211. Mazkur Nizomning 20-bandi birinchi xatboshisi va 21-bandida koʻrsatilgan talablarga muvofiq boʻlmagan banklar 2026-yilning 1-yanvariga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan muddatlarda bosqichma-bosqich ushbu talablarga muvofiqlashtirishi lozim.
(211-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 10-iyuldagi 14/9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3283-2, 04.08.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2025-y., 10/25/3283-2/0691-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 5-sentabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Bankka aloqador bitta qarzdorga yoki barcha shaxslarga toʻgʻri keluvchi tavakkalchilik miqdori ushbu Nizomning 20 va 21-bandlarida belgilangan talablardan oshgan taqdirda, bankning kapital monandligi hisob-kitoblarida normativning eng koʻp miqdoridan oshgan tavakkalchilik miqdori mazkur hisobot sanasidan boshlab bankning birinchi darajali kapitalidan chegiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qarz oluvchi bitim tuzilgan davrda bankka aloqador hisoblanmasdan, keyinchalik bankka aloqador shaxsga aylansa, tavakkalchilik miqdorining mazkur Nizomning 20 va 21-bandlarida belgilangan talablardan oshishi prudensial normativga nomuvofiq deb tan olinmaydi, basharti bank bu haqda Markaziy bankka 10 kun ichida maʼlumot bergan holda Markaziy bank bilan kelishilgan muddatlarda prudensial normativga muvofiqlashtirish yuzasidan majburiyatni olgan boʻlsa.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 14-oktabrdagi 31/13-sonli qarori (roʻyxat raqami 3283-1, 14.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2024-y., 10/24/3283-1/0920-son. Kuchga kirish sanasi — 2024-yil 15-dekabr)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Bankka aloqador shaxslar bilan amalga oshiriladigan bank operatsiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Banklarning bankka aloqador boʻlgan shaxslar bilan yoki ular nomidan harakat qiladigan shaxslar bilan tuzadigan shartnomalari bankka aloqador boʻlmagan shaxslar uchun nazarda tutilgan shartnomalarga qaraganda ancha qulay shartlarga asoslangan hollarda ularning bunday shartnomalarni tuzishi taqiqlanadi. Bunda, ancha qulay shartlarni taqdim etishga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavakkalchiligi yuqori boʻlgan yoki boshqa noqulay holatlar tufayli bank oʻziga aloqador boʻlmagan shaxslar bilan tuzmaydigan bitimlarni tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador boʻlmagan shaxslardan olinadigan foiz yoki vositachilik haqlariga nisbatan kam miqdorda foiz yoki vositachilik haqlarini undirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador shaxslarga koʻrsatilgan xizmat uchun bankka aloqador boʻlmagan shaxslar tomonidan toʻlanadigan summadan kam miqdorda haq toʻlanganda yoki xizmat haqi umuman toʻlanmaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador shaxslarning kreditlari va (yoki) moliyalashtirilgan islomiy moliya operatsiyalari boʻyicha toʻlov muddatlarini bankka aloqador boʻlmagan shaxslarning kreditlariga va (yoki) islomiy moliya operatsiyalariga nisbatan ustun shartlarda uzaytirish;
(24-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 8-iyuldagi 19/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3283-3, 18.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2026-y., 10/26/3283-3/0755-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador shaxslarning tavakkalchiliklarining nazoratini ancha qulay sharoitlarda amalga oshirish va hisobdan chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador shaxslardan muayyan aktivlarni bozor narxlariga qaraganda yuqori bahoda sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador boʻlgan shaxslarga muayyan aktivlarni bozor narxlariga qaraganda past narxlarda sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa shaxslarning qimmatli qogʻozlariga investitsiya qilish imkoniyati boʻlganda, faoliyat koʻrsatkichlari past yoki tavakkalchilik darajasining yuqori boʻlgan bankka aloqador shaxslarning qimmatli qogʻozlariga investitsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador shaxslardan nolikvid aktivlarni sotib olish yoki nolikvid aktivlarni bankka aloqador shaxslardan kredit taʼminoti sifatida qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Bankka aloqador shaxsga yoki uning nomidan faoliyat koʻrsatuvchi shaxsga ajratiladigan har qanday kredit (qarz):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati yoki boshqa majburiyatlari bilan taʼminlanganda kreditning kamida 100 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit beruvchi bankka milliy valyutada kiritilgan depozitlar qoʻyilganda kreditning kamida 100 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit beruvchi bankka chet el valyutasida kiritilgan depozitlar qoʻyilganda kreditning kamida 110 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat qimmatli qogʻozlari qoʻyilganda kreditning kamida 125 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa turdagi taʼminot qoʻyilganda kreditning kamida 130 foizi miqdorida bozor bahosidagi taʼminot bilan taʼminlanishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning ikkinchi — oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan talablar bankka aloqador shaxs yoki uning nomidan faoliyat koʻrsatuvchi shaxs bilan tuzilgan har qanday islomiy moliya operatsiyalari orqali moliyalashtirishga ham tatbiq etiladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 8-iyuldagi 19/9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3283-3, 18.07.2026-y.) asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2026-y., 10/26/3283-3/0755-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank taʼminot qiymatini kerakli miqdorda ushlab turish uchun tegishli choralarni koʻrishi kerak. Agar taʼminotning bozor qiymati pasayib ketsa, bank 10 kun ichida taʼminot summasini ushbu Nizom talablariga muvofiqlashtirish uchun zarur choralarni koʻrishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Bank faqatgina kuzatuv kengashining tegishli qarori mavjud boʻlgan holatda oʻzi bilan aloqador shaxslar bilan bitim tuzishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Kuzatuv kengashi aʼzosi bank hamda quyidagi shaxslar oʻrtasida tuzilgan yoki tuziladigan bitimlarning muhokamasida ishtirok etmasligi yoki boshqa usullar bilan kuzatuv kengashining qaroriga taʼsir qilmasligi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuv kengashi aʼzosining oʻzi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kengash aʼzosi boʻlgan shaxsning yaqin qarindoshlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuv kengashi aʼzosi yoki uning yaqin qarindoshlari, hal qiluvchi egalikka ega boʻlgan yoki kuchli taʼsir oʻtkazadigan har qanday yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida keltirilgan shaxslar nomidan harakat qiluvchi har qanday shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Bankka aloqador boʻlgan shaxs bilan bank oʻrtasidagi har qanday bitimga oid kuzatuv kengashining qarorida bitimning barcha tegishli shartlariga oid axborotlar toʻliq koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mazkur Nizomning 28-bandida nazarda tutilgan axborotlar oʻz ichiga bitim miqdori, foiz stavkasi, qarz oluvchining moliyaviy ahvoli, uning olgan mablagʻni oʻz vaqtida qaytara olish imkoniyati toʻgʻrisida moliyaviy axborot, taʼminot miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qamrab olishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank aktivlarining oldi-sotdi operatsiyalariga doir maʼlumotda aktivlarning qiymatini tasdiqlovchi axborot boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Har bir bank ushbu Nizomning 17-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxslardan kamida yiliga bir marta ularning yaqin qarindoshlari va yaqin qarindoshlaridan biri tomonidan kuchli taʼsir oʻtkazishi mumkin boʻlgan shaxslar roʻyxatini shakllantirib borishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Bir qarz oluvchi, oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning hisob-kitoblari va ulardan chegirmalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Bir qarz oluvchi, oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilik hisob-kitoblarida aktivlar uchun ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplashga moʻljallangan majburiy zaxiralar miqdori chegirilgan qiymatda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Bir qarz oluvchi, oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilik hisob-kitoblarida balansdan tashqari majburiyatlar kapital monandliligi hisob-kitoblarida qoʻllanilgan balansdan tashqari moddalarning 10 foiz va undan yuqori boʻlgan hisoblash omili qoʻllanilgandan soʻng chiqqan natijalar olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Bir qarz oluvchiga yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga doir tavakkalchilikning eng koʻp miqdori quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va davlat organlariga bank kapitali monandliligi hisob-kitoblarida tavakkalchilik darajasi 0 foizda boʻlgan talablar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Bir qarz oluvchiga yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori hisob-kitoblarida bank tavakkalchilik miqdorini tegishli taʼminot summasi (kredit tavakkalchiligi miqdoridan ortmagan holda) hisobiga kamaytirishi mumkin boʻlib, ular quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat qimmatli qogʻozlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy banki tomonidan taʼminlangan yoki kafolatlangan aktivlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro taraqqiyot banklari bilan yuzaga keladigan tavakkalchiliklar, shuningdek ushbu tashkilotlar tomonidan kafolatlangan bank aktivlari va/yoki balansdan tashqari moddalardagi majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavakkalchilik darajasi past boʻlgan mamlakatlar hukumatlari va Markaziy banklari kafolati, kafilligi yoki ular tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditor bankdagi depozitlar yoki depozit sertifikatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank talablari ushbu bandda keltirilgan taʼminot turlari bilan toʻliq miqdorda taʼminlanmagan boʻlsa, normativlar hisob-kitobida talabning taʼminlanmagan qismi olinadi. Taʼminot (garov) faqatgina talabning asosiy summasini toʻlash uchun yetarli boʻlsa, foizlar va boshqa toʻlovlar taʼminlanmagan summa sifatida olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Bank tomonidan qabul qilinuvchi mazkur Nizomning 34-bandida nazarda tutilgan taʼminot turlari quyidagi shartlarni bajarishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar, bankdagi depozitlar, kafolat yoki kafillik bank talabi boʻyicha taʼminot sifatida qabul qilingan boʻlsa, ushbu taʼminot muddati tegishli talabni soʻndirish muddatidan kam boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchi oʻz majburiyatlarini bajarmagan hollarda, shartnoma va (yoki) oʻzaro kelishuvda taʼminot predmetini amalda realizatsiya qilish yoki kafolat/kafillik shartlarini bajarish muddatlariga doir hech qanday cheklovlar boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank-kreditorda joylashgan depozit garov predmeti boʻlsa, shartnoma shartlariga binoan qarz oluvchi oʻz majburiyatlarini bajarmagan holatda bankning ushbu mablagʻlarni soʻzsiz nazorat qilish va ularni tasarruf eta olish huquqi boʻlishi. Talab bankdagi depozitlar bilan taʼminlangan boʻlsa, depozit kreditni taʼminlash uchun maxsus hisobvaraqqa kiritilishi hamda kredit shartnomasi yoki boshqa shartnomada qarz oluvchi tomonidan kredit qaytarilmagan yoki majburiyatlarini bajarmagan holda bank akseptsiz tartibda depozitni ishlatishi mumkin ekanligi shart qilib qoʻyilishi lozim. Bunda, bank kreditini qaytarish muddati yetib kelgunga qadar maxsus hisobvaraqqa kiritilgan depozitdan mablagʻlarni olishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida zarur choralarni koʻrishi va nazorat oʻrnatishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Kafolat yoki kafillik maqbul taʼminot hisoblanishi uchun bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarni bajarishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafolatlovchi (kafil) tomonidan taqdim etilgan kafolat (kafillik) hujjatlashtirilgan majburiyat hisoblanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning kafolatlovchi yoki kafildan toʻgʻridan-toʻgʻri talab qilish huquqi boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchining bank oldidagi majburiyati boʻyicha taqdim etilgan kafolat miqdori aniq belgilangan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafolat chaqirib olinmaydigan va soʻzsiz boʻlishi, yaʼni qarz oluvchi kreditga layoqati yomonlashishi oqibatida bir tomonlama tartibda kafolatlovchi (kafil) kafolatni (kafillikni) bekor qilishi, kafolat (kafillik) qiymatini oshirishi, kafolat (kafillik) muddatini qisqartirishi, shuningdek kafolat boʻyicha mablagʻlarni toʻliq yoki qisman toʻlamasligiga imkon yaratuvchi shartlarning mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchi kafolat bilan taʼminlangan majburiyatlarini bajarmagan hollarda, bank kafolatlovchi (kafil)dan kafolat (kafillik) boʻyicha toʻlovni amalga oshirishini talab qilish huquqi boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Bir qarz oluvchiga yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori hisob-kitoblarida mazkur Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan tavakkalchiliklar va ular boʻyicha qabul qilingan taʼminot valyutasi oʻzaro mos tushmasa, taʼminot miqdori 10 foizga kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Har bir bank bir qarz oluvchi yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchiliklar hisobini yuritishi va bu toʻgʻrisidagi hisobotni har oyda Markaziy bankka taqdim etib borishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Mazkur Nizom kuchga kirgan sanada bankda bir qarz oluvchi yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi hamda bankka aloqador shaxslarning bank oldida toʻlanmagan majburiyati mavjud boʻlib, ularning miqdori ushbu Nizomda belgilangan meʼyorlardan oshadigan boʻlsa (mazkur Nizom kuchga kirgunga qadar amalda boʻlgan normativlar buzilgan holatlar bundan mustasno), bunday majburiyat dastlabki shartlarda va muddatlarda toʻlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Bir qarz oluvchi yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga hamda bankka aloqador shaxslarga toʻgʻri keluvchi tavakkalchilikning umumiy summasi bitim tuzish vaqtida mazkur Nizomda koʻzda tutilgan cheklovlar doirasida boʻlib, keyinchalik belgilangan meʼyorlardan oshib borsa (bank umumiy kapitali darajasi tushishi yoki valyuta kursining oʻzgarishi va boshqalar sababli), bank mazkur holat haqida Markaziy bankni besh ish kunida xabardor qilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bir qarz oluvchi, oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori toʻgʻrisidagi nizomga

ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarz oluvchilar guruhining nazorat asosida va (yoki) iqtisodiy asosda aloqadorligi holatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-holat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankning “A”, “B”, “V” va “G” qarz oluvchilarga nisbatan talablari mavjud. “B”, “V” va “G” qarz oluvchilar iqtisodiy asosda “A” qarz oluvchiga aloqadorligi sababli, bank “A”, “B”, “V” va “G” qarz oluvchilarni oʻzaro aloqador guruh deb hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-holat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankning “B”, “V” va “G” qarz oluvchilarga nisbatan talablari mavjud. Bankning “A” shaxsga nisbatan toʻgʻridan-toʻgʻri talabi mavjud emas, ammo “B”, “V” va “G” qarz oluvchilar “A” shaxsga iqtisodiy aloqador. “A” shaxsning moliyaviy ahvoli yomonlashishi “B, “V” va “G” qarz oluvchilarning moliyaviy ahvoliga salbiy taʼsir koʻrsatishi sababli, bank “B”, “V” va “G” qarz oluvchilarni oʻzaro aloqador guruh deb hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-holat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar “V” qarz oluvchi ikki yoki undan ortiq qarz oluvchilar bilan iqtisodiy aloqadorligi boʻlsa, yaʼni “A” yoki “B” qarz oluvchilardan birining moliyaviy ahvoli yomonlashishi “V” qarz oluvchining bank oldidagi majburiyatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishida qiyinchiliklarga olib kelsa, “V” va “A” hamda “V” va “B” qarz oluvchilar alohida-alohida oʻzaro aloqador guruh deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-holat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“A” qarz oluvchi “A1” va “A2” qarz oluvchilarni hamda “B” qarz oluvchi “B1” qarz oluvchini nazorat qiladi. Bundan tashqari, “B1” qarz oluvchining “A2” qarz oluvchiga iqtisodiy asosda bir tomonlama aloqadorligi mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu holatda, bank “B1” qarz oluvchini “A” qarz oluvchiga aloqador qarz oluvchilar guruhida hisobga oladi. Bunda oʻzaro aloqador qarz oluvchilarning bir guruhi (A, A1, A2 va B1) hamda boshqa guruhi (B va B1) hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-holat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“A2” va “B1” qarz oluvchilarning nazorat va iqtisodiy asosda oʻzaro aloqadorligi mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-holatdan farqli ravishda, ushbu holatda “B” qarz oluvchining moliyaviy ahvoli yomonlashuvi “B1” qarz oluvchining moliyaviy ahvoli yomonlashuviga sabab boʻlib, bu oʻz navbatida “A2” qarz oluvchiga ham taʼsir etadi. Bu holatda, “A2” qarz oluvchi “B” va “B1” qarz oluvchilar bilan bir guruhni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-holat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“B1” qarz oluvchi “B2” va “B3” qarz oluvchilarni nazorat qiladi. Ushbu holatda “A” qarz oluvchining moliyaviy ahvoli yomonlashuvi “A2” va “B1” qarz oluvchilarning moliyaviy ahvoliga hamda “B1” qarz oluvchi orqali “B2” va “B3” qarz oluvchilarning moliyaviy ahvoliga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, bank oʻzaro aloqador qarz oluvchilarni ikkita alohida guruhga ajratadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) nazorat va iqtisodiy asosida aloqador “A” guruh — A, A1, A2, B1, B2, B3.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) nazorat asosida aloqador “B” guruhi — B, B1, B2, B3.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-holat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar 6-holatdagi “B” qarz oluvchining “B1” qarz oluvchiga iqtisodiy aloqadorligi mavjud boʻlsa, “B” qarz oluvchi A guruhida hisobga olinadi. Bu holatda “A” qarz oluvchining moliyaviy qiyinchiliklari nafaqat “pastlab boruvchi” xususiyatga, balki “B” qarz oluvchiga taʼsiri sababli “yuqorilab boruvchi” xususiyatga ham ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 21-sentabrdagi 21/12-son qaroriga

2-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/15-son “Bankka aloqador boʻlgan shaxslar bilan tuziladigan bitimlar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2706, 2015-yil 5-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2015-y., 31-son, 418-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017-yil 24-iyundagi 14/16-son “Bankka aloqador boʻlgan shaxslar bilan tuziladigan bitimlar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2706-1, 2017-yil 24-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 745-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 18-avgustdagi 27/13-son “Bankka aloqador boʻlgan shaxslar bilan tuziladigan bitimlar toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2706-2, 2018-yil 6-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 10/18/2706-2/1843-son).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 13-dekabrdagi 30/10-son “Bankka aloqador boʻlgan shaxslar bilan tuziladigan bitimlar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2706-3, 2019-yil 25-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 10/19/2706-3/4196-son).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/16-son “Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdorlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2707, 2015-yil 5-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 31-son, 420-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017-yil 24-iyundagi 14/15-son “Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdorlari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2707-1, 2017-yil 24-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 744-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 17-martdagi 9/9-son “Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdorlari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2707-2, 2018-yil 3-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2018-y., 10/18/2707-2/0989-son).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 18-avgustdagi 27/17-son “Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdorlari toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2707-3, 2018-yil 6-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 10/18/2707-3/1845-son).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 16-yanvardagi 1/6-son “Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdorlari toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2707-4, 2020-yil 21-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 10/20/2707-4/0201-son).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2020-y., 10/20/3283/1470-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 17.07.2023-y., 10/23/1737-3/0487-son; 14.11.2024-y., 10/24/3283-1/0920-son; 04.08.2025-y., 10/25/3283-2/0691-son; 20.07.2026-y., 10/26/3283-3/0755-son)