O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki BOShQARUVINING
Qarori
Bankka aloqador bo‘lgan shaxslar bilan tuziladigan bitimlar to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 6-sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2706-2]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 21-sentabrdagi 21/12-sonli “Bir qarz oluvchi, o‘zaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning eng ko‘p miqdori to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3283, 29.10.2020-y.) asosan 2021-yil 30-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/15-son qarori (ro‘yxat raqami 2706, 2015-yil 5-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 31-son, 418-modda) bilan tasdiqlangan Bankka aloqador bo‘lgan shaxslar bilan tuziladigan bitimlar to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 18-avgust,
27/13-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 18-avgustdagi 27/13-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Bankka aloqador bo‘lgan shaxslar bilan tuziladigan bitimlar to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
1. 19-bandda:
beshinchi xatboshi “hamda kredit beruvchi bankdagi depozitlar bilan ta’minlangan kreditlar” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
3. 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Bankka aloqador shaxsga yoki uning nomidan faoliyat ko‘rsatuvchi shaxsga beriladigan har qanday kredit, ta’minot sifatida:
kredit beruvchi bankka milliy valyutada kiritilgan depozitlar qo‘yilganda kreditning kamida 100 foizi;
kredit beruvchi bankka chet el valyutasida kiritilgan depozitlar qo‘yilganda kreditning kamida 105 foizi;
davlat qimmatli qog‘ozlari qo‘yilganda kreditning kamida 125 foizi;
boshqa ta’minot vositasi qo‘yilganda kreditning kamida 130 foizi miqdorida bozor bahosidagi ta’minot bilan ta’minlanishi shart.”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 10/18/2706-2/1843-son)