Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.01.2021 05.08.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2706
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.01.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankka aloqador bo‘lgan shaxslar bilan tuziladigan bitimlar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 5-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2706]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 21-sentabrdagi 21/12-sonli “Bir qarz oluvchi, o‘zaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning eng ko‘p miqdori to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3283, 29.10.2020-y.) asosan 2021-yil 30-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-maydagi PQ-2344-son “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bankka aloqador bo‘lgan shaxslar bilan tuziladigan bitimlar to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 22-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19/15-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/15-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankka aloqador bo‘lgan shaxslar bilan tuziladigan bitimlar to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-maydagi PQ-2344-son “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bankka aloqador bo‘lgan shaxslar bilan bitimlarni tuzish, ushbu bitimlarning hisobini yuritish va ular bo‘yicha hisobotni taqdim etishga oid talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomning asosiy maqsadi Markaziy bank tomonidan bankka aloqador bo‘lgan shaxslar bilan bitimlar tuzish yuzasidan cheklovlarni belgilash hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador bo‘lgan shaxslar bilan tuziladigan bitimlar — kredit va kredit liniyalari, overdraft, lizing, faktoring, repo, svop, kredit shartlarining o‘zgartirilishining barcha shakllari, qimmatli qog‘ozlar va har qanday ko‘rinishdagi investitsiyalar, qimmatli qog‘ozlarni yoxud xorijiy valyutani sotib olish bo‘yicha har qanday huquqiy asoslangan majburiyat, bosqichma-bosqich to‘lash sharti bilan aktivlarni sotish, akkreditivlar ochish, kafolatlar berish, mol-mulklar sotib olish hamda boshqa moliyalashlar bilan bog‘liq bitimlar;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 24-iyundagi 14/16-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2706-1, 24.07.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 745-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxsning yaqin qarindoshlari — eri, xotini, ota-onasi, bolalari, tug‘ishgan hamda o‘gay aka-uka va opa-singillari, bobolari, buvilari, nevaralari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning yirik aksiyadori — bank ustav kapitalining 10 foizi va undan ortig‘iga egalik qilgan har qanday shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bankka aloqador bo‘lgan shaxslarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bankning mansabdor shaxslari, jumladan bank kengashining a’zolari, ushbu bankning barcha xodimlari va ularning yaqin qarindoshlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bank ustav kapitalining 10 foizi va undan ortiq qismiga egalik qilib turgan jismoniy shaxs va uning yaqin qarindoshlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bank ustav kapitalining 10 foizi va undan ortiq qismiga egalik qilib turgan yuridik shaxsning mansabdor shaxslari, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bank yuridik shaxsning qatnashchisi (aksiyadori) bo‘lib, uning ustav kapitalidagi ulushi 10 foizdan ortiq bo‘lsa, mazkur yuridik shaxs, uning mansabdor shaxslari va bu shaxslarning yaqin qarindoshlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) bankning yirik aksiyadori (jumladan, yuridik va jismoniy shaxs) yirik aksiyadori bo‘lgan yoki kuchli ta’sir ko‘rsatadigan yoxud aloqador shaxs bo‘lgan yuridik shaxs yoki jismoniy shaxslarning uyushmalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Har qanday shaxs bankka aloqador shaxs ko‘rsatmasiga asosan harakat qilayotgan bo‘lsa yoki bankka aloqador shaxs ushbu bitimdan manfaatdor bo‘lsa, ushbu shaxs bankka aloqador shaxs nomidan harakat qilayotgan hisoblanadi. Bankka aloqador shaxslar nomidan harakat qilayotgan shaxslarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador shaxslarning huquqiy vakillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador shaxslar bilan o‘zaro tuzilgan bitimga asosan bankka aloqador shaxsning nomidan harakat qilish vakolatiga ega bo‘lgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuziladigan bitimdan olinadigan foydani bevosita yoki bilvosita bankka aloqador shaxslarga beradigan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador shaxs kuchli ta’sirini o‘tkaza oladigan yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning yirik aksiyadori uning ham yirik aksiyadori bo‘lgan yuridik shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bankka aloqador shaxs quyidagi hollarda yuridik shaxsga kuchli ta’sir o‘tkaza oladigan hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar bankka aloqador shaxs yuridik shaxsning yirik qatnashchisi (aksiyadori) bo‘lib, yuridik shaxs ustav kapitalining 10 foiz va undan ortig‘iga egalik qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador shaxs qatnashchilari (aksiyadorlari), rahbariyati bilan rasmiy kelishuvga asosan yuridik shaxs faoliyatini boshqarish yoki rahbarlik qilish imkoniyatiga ega bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar bankka aloqador shaxs qatnashchisi bo‘lgan yuridik shaxs to‘liq shirkat bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Banklarning o‘ziga aloqador bo‘lgan shaxslar bilan yoki ular nomidan tuzadigan bitimlari o‘ziga aloqador bo‘lmagan shaxslar bilan tuzadigan bitimlarga qaraganda ancha qulay shartlarga asoslansa, ularning bunday bitimlarni tuzishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan bitimlar, xususan quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavakkalchiligi yuqori bo‘lgan yoki boshqa noqulay holatlar tufayli bank o‘ziga aloqador bo‘lmagan shaxslar bilan tuzmaydigan bitimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador bo‘lmagan shaxslardan olinadigan foiz yoki vositachilik haqlariga nisbatan kam miqdorda foiz yoki vositachilik haqlarini undirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador shaxslarga ko‘rsatilgan xizmat uchun bankka aloqador bo‘lmagan shaxslar tomonidan to‘lanadigan summadan kam miqdorda haq to‘laganda yoki xizmat haqi umuman to‘lanmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador bo‘lmagan shaxslarga kreditlarni to‘lov muddatlarini uzaytirish huquqi berilmaydigan vaziyatda, bankka aloqador shaxslarga qarzdorliklari bo‘yicha to‘lov muddatlarini uzaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador bo‘lmagan shaxslarga nisbatan bankka aloqador shaxslarning tavakkalchilik shartlarini joriy nazorat qilishda qulayliklar yaratish, ularni qoplash yoki hisobdan chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador shaxslardan muayyan aktivlarni xuddi shu aktivlarni aloqador bo‘lmagan shaxslardan sotib olishiga qaraganda yuqori bahoda sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador bo‘lgan shaxslarga muayyan aktivlarni xuddi shunday aktivlarni aloqador bo‘lmagan shaxslarga sotganda olinishi mumkin summadan kam bo‘lgan summaga sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat ko‘rsatkichlari yomonligi yoki tavakkalchilik darajasining yuqori bo‘lganligi sababli, boshqa yuridik shaxslarning qimmatli qog‘ozlariga investitsiya qilinmaydigan hollarda bankka aloqador shaxslarning qimmatli qog‘ozlariga investitsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador shaxslardan nolikvid aktivlarni qabul qilish yoki nolikvid aktivlarni bankka aloqador shaxslardan kredit ta’minoti sifatida qabul qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-dekabrdagi 30/10-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2706-3, 25.12.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 10/19/2706-3/4196-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Bankka aloqador bo‘lgan shaxslar bilan tuziladigan bitimlarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bankka aloqador bo‘lgan shaxslar bilan bitimlar faqat bank Kengashi ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bankka aloqador bo‘lgan Kengash a’zosi bank hamda quyidagi shaxslar o‘rtasida tuziladigan bitimlarning muhokamasida ishtirok etmasligi yoki boshqa usullar bilan Kengash qaroriga ta’sir qilmasligi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador bo‘lgan Kengash a’zosining o‘zi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador bo‘lgan Kengash a’zosining yaqin qarindoshlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador bo‘lgan Kengash a’zosi yoki uning yaqin qarindoshlari yirik aksiyadori bo‘lgan yoki kuchli ta’sir o‘tkazadigan har qanday yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilarida keltirilgan shaxslar nomidan harakat qilayotgan har qanday shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bankka aloqador bo‘lgan shaxs bilan bank o‘rtasidagi har qanday bitimga oid Kengash qarori bitimning barcha tegishli shartlariga oid axborotlarning to‘liq berilishiga asoslangan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kredit bitimlari bo‘yicha bu axborotlar o‘z ichiga kredit miqdori, foiz stavkasi, qarz oluvchining moliyaviy ahvoli, uning olgan kreditini o‘z vaqtida qaytara olish imkoniyati to‘g‘risida moliyaviy axborot, kreditning ta’minlanganlik miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qamrab olishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bank aktivlarining oldi-sotdi operatsiyalariga doir ma’lumotda aktivlarning qiymatini tasdiqlovchi axborot bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bank Kengashi bankka aloqador shaxslar bilan bitimlar tuzish yuzasidan berilgan ruxsatlarning hisobini yuritishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bankka aloqador shaxs bilan tegishli bitim tuzilishiga bank Kengashi tomonidan ruxsat berilgach, mazkur bitim o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Bankka aloqador bo‘lgan yuridik shaxslarga qilingan investitsiyalar bankka aloqador bo‘lmagan shaxslarga qo‘yilgan investitsiyalar kabi davriy ravishda qayta baholanishi va monitoringdan o‘tkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Bankka aloqador bo‘lgan shaxslarga to‘g‘ri keluvchi tavakkalchilikning eng yuqori darajasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bankka aloqador bo‘lgan bitta shaxsga to‘g‘ri keluvchi tavakkalchilikning eng yuqori darajasi bankning birinchi darajali kapitalining 25 foizidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bankning barcha aloqador bo‘lgan shaxslariga to‘g‘ri keluvchi tavakkalchilikning eng yuqori darajasi bank birinchi darajali kapitalining 100 foizidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur Nizomning 16 va 17-bandlariga muvofiq bankka aloqador bitta shaxsga to‘g‘ri keluvchi tavakkalchilik summasini aniqlashda kredit va kredit liniyalari, overdraft, lizing, faktoring, repo, svop, kredit shartlarining o‘zgartirilishini barcha shakllari, berilgan kafolatlar va ular bo‘yicha to‘lab berilib, undirilmagan mablag‘lar, qimmatli qog‘ozlar va har qanday ko‘rinishdagi investitsiyalar, qimmatli qog‘ozlarni yoxud xorijiy valyutani sotib olish bo‘yicha har qanday huquqiy asoslangan majburiyatnoma, bosqichma-bosqich to‘lash sharti bilan aktivlarni sotish, akkreditivlar ochish, mol-mulklar sotib olish, hisoblangan foizlar, balansdan tashqari moddalarda aks ettirilgan majburiyatlar va boshqa moliyalashlar bilan bog‘liq bitimlar hamda qarzdorni to‘lov majburiyati bo‘yicha bankrot deb e’lon qilinishi natijasida bekor qilingan holatdan tashqari hisobdan chiqarilgan barcha summalar hisobga olinadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 24-iyundagi 14/16-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2706-1, 24.07.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 745-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Bankka aloqador bo‘lgan shaxslarga to‘g‘ri keluvchi tavakkalchilikning eng yuqori darajasini aniqlashda quyidagilar hisobga olinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa banklarga qaytib sotib olish majburiyatisiz sotilgan kreditlardagi ishtiroki uchun olingan foyda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qog‘ozlarning va kafolatlarning bozor qiymati kreditlarni 125 foizga qoplay oladigan davlat qimmatli qog‘ozlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati yoki boshqa majburiyatlari bilan ta’minlangan kreditlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga qayta moliyalashtirilgan kreditlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan alohida cheklovlar belgilanishi mumkin bo‘lgan, odatda qo‘llaniladigan vakillik munosabatlari doirasida joylashtirilgan bankning unga aloqador hisoblangan boshqa bankdagi depozit mablag‘lari hamda kredit beruvchi bankdagi depozitlar bilan ta’minlangan kreditlar;
(19-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 18-avgustdagi 27/13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2706-2, 06.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 10/18/2706-2/1843-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 18-avgustdagi 27/13-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2706-2, 06.09.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 10/18/2706-2/1843-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Bankka aloqador shaxsga yoki uning nomidan faoliyat ko‘rsatuvchi shaxsga beriladigan har qanday kredit, ta’minot sifatida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit beruvchi bankka milliy valyutada kiritilgan depozitlar qo‘yilganda kreditning kamida 100 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit beruvchi bankka chet el valyutasida kiritilgan depozitlar qo‘yilganda kreditning kamida 105 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat qimmatli qog‘ozlari qo‘yilganda kreditning kamida 125 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa ta’minot vositasi qo‘yilganda kreditning kamida 130 foizi miqdorida bozor bahosidagi ta’minot bilan ta’minlanishi shart.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 18-avgustdagi 27/13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2706-2, 06.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 10/18/2706-2/1843-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Agar ta’minot qiymati mazkur Nizomning 20-bandidagi talablarga javob bermasa, ta’minot o‘zgartirilishi yoki mazkur Nizom talablariga mos keladigan qiymatdagi ta’minot bilan to‘ldirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Hisob va hisobot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Har bir bank bankka aloqador shaxslar yoki ular nomidan ishtirok etuvchi shaxslar bilan amalga oshirgan barcha bitimlar to‘g‘risidagi oylik hisobotni Markaziy bankka taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Hisobot o‘tgan oy mobaynida amalga oshirilgan va hisobotni taqdim etish sanasiga amalda bo‘lgan barcha operatsiyalar ro‘yxatini o‘zida aks ettirishi kerak. Hisobot bankka aloqador yuridik shaxsning to‘liq nomini, aloqador jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini, bitim summasini, berish va qaytarish muddatlarini, kreditni ta’minlash turlarini va kredit shartnomasida ko‘zda tutilgan boshqa shartlarni o‘z ichiga olishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Har bir bank uning rahbar xodimlari, shuningdek bankning yirik aksiyadorlari hisoblangan jismoniy shaxslardan yiliga bir marta yaqin qarindoshlari va yaqin qarindoshlaridan biri tomonidan kuchli ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan shaxslar ro‘yxatini shakllantirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Bank Kengashining barcha hisobotlari va qarorlari 10 yil mobaynida saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mazkur Nizom talablari banklar tomonidan buzilgan taqdirda Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunida nazarda tutilgan chora va sanksiyalarni qo‘llashga haqli.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-dekabrdagi 30/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2706-3, 25.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 10/19/2706-3/4196-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 31-son, 418-modda; 2017-y., 30-son, 745-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 10/18/2706-2/1843-son; 25.12.2019-y., 10/19/2706-3/4196-son)