1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.05.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek, 07.28.04.00 ga qarang)]
[TSZ:
1.Moliya / Investitsiyalar;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Chet el investitsiyalari. Konsessiya shartnomalari. Xorijdan mablagʻ jalb qilish. Erkin iqtisodiy zonalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 9-dekabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2019-yil 14-dekabrda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qoʻllanilish sohasi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi chet ellik hamda mahalliy investorlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar va investitsiya faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda investitsiyalar va investitsiya faoliyati bilan bogʻliq munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 13-iyuldagi OʻRQ-1158-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 25-iyul)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun markazlashtirilgan investitsiyalar bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsessiya faoliyati, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar tuzish, ularni bajarish va bekor qilish, investitsiya, pay va venchur fondlari, kapital bozorini, shu jumladan qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalarni tartibga solish, davlat-xususiy sheriklik, maxsus iqtisodiy zonalar sohasidagi huquqiy munosabatlar alohida qonunlar bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasi — iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa foyda olish uchun investitsiyalarni amalga oshirishga yoxud jalb etishga qaratilgan, oʻzaro bogʻliq boʻlgan tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya majburiyati — belgilangan maqsadlarga erishish uchun investor tomonidan qabul qilinadigan majburiyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya siyosati — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotida va uning alohida tarmoqlarida investitsiyalarning zarur darajasini va tuzilmasini taʼminlashga, investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiya manbalarini topishga va ulardan foydalanishning ustuvor tarmoqlarini aniqlashga yoʻnaltirilgan investitsiyaviy faolligini oshirishga doir oʻzaro bogʻliq tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya faoliyati — investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq harakatlari majmui;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.02.00 Investitsiya faoliyati subyektlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya faoliyatining ishtirokchisi — investitsiyalarning amalga oshirilishini buyurtmalarni bajaruvchi sifatida yoki investorning topshirigʻi asosida taʼminlaydigan investitsiya faoliyati subyekti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya shartnomasi — investitsiya faoliyati subyektlari oʻrtasida tuziladigan, investitsiya shartnomasi taraflarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydigan yozma bitim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalar — investor tomonidan foyda olish maqsadida ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari obyektlariga tavakkalchiliklar asosida kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga boʻlgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar boʻlib, ular quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻlarni, shu jumladan pul mablagʻlarini (shu jumladan chet el valyutasini), maqsadli bank omonatlarini, paylarni, ulushlarni, aksiyalarni, obligatsiyalarni, veksellar va boshqa qimmatli qogʻozlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchar va koʻchmas mol-mulkni (binolar, inshootlar, uskunalar, mashinalar va boshqa moddiy qimmatliklarni);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual mulkka doir mulkiy huquqlarni, shu jumladan u yoki bu ishlab chiqarish turini tashkil etish uchun zarur boʻlgan, texnik hujjatlar, koʻnikmalar va ishlab chiqarish tajribasi tarzida rasmiylashtirilgan, patentlangan yoki patentlanmagan (nou-xau) texnik, texnologik, tijoratga oid va boshqa bilimlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida taqiqlanmagan boshqa qimmatliklarni;
(3-moddaning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investor — foyda olish maqsadida investitsiya faoliyati obyektlariga oʻzining mablagʻlarini va (yoki) qarz mablagʻlarini yoxud jalb qilingan boshqa investitsiya resurslarini investitsiya qilishni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati subyekti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy investorlar — investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti maqomiga ega boʻlgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reinvestitsiyalar — investitsiyalardan olingan, tadbirkorlik faoliyati va boshqa faoliyat turlari obyektlariga kiritiladigan har qanday daromad, shu jumladan foyda, foizlar, dividendlar, royalti, litsenziya va vositachilik haqlari, texnik yordam, texnik xizmatlar uchun toʻlovlar va haqlarning boshqa turlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalari — chet ellik investorning hukumat kafolatlarisiz, tavakkalchilik sharoitlarida oʻz mablagʻlari yoki qarz mablagʻlari hisobidan investitsiyalari;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el investitsiyalari — chet ellik investor tomonidan ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga boʻlgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik investorlar — chet davlatlar, chet davlatlarning maʼmuriy yoki hududiy organlari, davlatlar oʻrtasidagi bitimlarga yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tuzilgan yoki xalqaro ommaviy huquq subyekti boʻlgan xalqaro tashkilotlar, chet davlatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan va faoliyat koʻrsatadigan yuridik shaxslar, har qanday boshqa shirkatlar, tashkilotlar yoki uyushmalar, chet davlat fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashaydigan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
(3-moddaning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar — aksiyalarining (ulushlarining, paylarining) yoki ustav fondining (ustav kapitalining) kamida oʻn besh foizini chet el investitsiyalari tashkil etadigan korxonalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Investitsiyalar va investitsiya faoliyatining asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va investitsiya faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonuniylik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oshkoralik va ochiqlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya faoliyatini amalga oshirish erkinligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adolatlilik va investitsiya faoliyati subyektlarining tengligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlarga nisbatan kamsitishga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikning asosiy prinsiplari investitsiya qilish va investitsiya faoliyatini amalga oshirish jarayonining barcha bosqichlarida qoʻllaniladi.
(4-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Investitsiyalar, investitsiya faoliyatining obyektlari va subyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Investitsiyalarning moʻljallangan obyektiga koʻra turlari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar moʻljallangan obyektiga koʻra kapital, moliyaviy va ijtimoiy turlarga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy fondlarni yaratish va takror koʻpaytirishga, shu jumladan yangi qurilishga, modernizatsiya qilishga, rekonstruksiya qilishga, texnik jihatdan qayta jihozlashga, shuningdek moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar kapital investitsiyalar jumlasiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalar, korporativ, infratuzilmaviy va davlat obligatsiyalariga, shuningdek qimmatli qogʻozlarning boshqa turlariga kiritiladigan investitsiyalar moliyaviy investitsiyalar jumlasiga kiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson salohiyatini, koʻnikmalarini va ishlab chiqarish tajribasini rivojlantirishga, shuningdek nomoddiy boyliklarning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar ijtimoiy investitsiyalar jumlasiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Investitsiyalarni amalga oshirish shakllari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalarni amalga oshirish shakllari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarni tashkil etish yoki ularning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) ulushli tarzda, shu jumladan mol-mulk va aksiyalar (ulushlar) sotib olish yoʻli bilan ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qimmatli qogʻozlarni, jumladan qarz majburiyatlarini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsessiyalarni olish, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, oʻzlashtirish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga doir konsessiyalarni olish, shuningdek mahsulot taqsimotiga oid bitimlarda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulk huquqini, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan mulk huquqini, mualliflik huquqlarini, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xau, ishchanlik obroʻsini (gudvillni) olish;
(6-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni, boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini olish.
(6-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investorlar qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa shakllarda ham investitsiyalarni amalga oshirishi mumkin.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya faoliyati investitsiyalar kiritishning turli shakllarini birlashtirish vositasida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalarning birlamchi yoki takroran kiritiladigan shakllari oʻzgartirilishi ularning investitsiya sifatidagi darajasi oʻzgarishiga olib kelmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Investitsiya resurslari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya resurslari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlari (shu jumladan chet el valyutasi) va boshqa moliyaviy mablagʻlar, shu jumladan kreditlar, paylar, ulushlar, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchar va koʻchmas mol-mulk (binolar, inshootlar, uskunalar, mashinalar va boshqa moddiy qimmatliklar) hamda ularga boʻlgan huquqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual mulk obyektlari, shu jumladan u yoki bu turdagi ishlab chiqarish turini tashkil etish uchun zarur boʻlgan, texnik hujjatlar, koʻnikmalar va ishlab chiqarish tajribasi tarzida rasmiylashtirilgan, patentlangan yoki patentlanmagan (nou-xau) texnik, texnologik, tijoratga oid va boshqa bilimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar, boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlari, shuningdek mulk huquqlaridan kelib chiquvchi boshqa ashyoviy huquqlar.
(7-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarining obyektlari investitsiya faoliyati obyektlaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barpo etilishi va foydalanilishi qonunchilikda belgilangan sanitariya-gigiyena, radiatsiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlik talablariga va boshqa talablarga javob bermaydigan, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan obyektlarga investitsiya qilish taqiqlanadi.
(8-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Investitsiya faoliyatining subyektlari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.02.00 Investitsiya faoliyati subyektlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, yakka tartibdagi tadbirkorlari va yuridik shaxslari — rezidentlari, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, chet davlatlar, chet davlatlarning maʼmuriy yoki hududiy organlari, xalqaro tashkilotlar hamda chet ellik yuridik shaxslar va fuqarolar, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar investitsiya faoliyatining subyektlaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Investorning huquqlari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.02.00 Investitsiya faoliyati subyektlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid boʻlmagan investitsiya faoliyatini erkin amalga oshirishga, investitsiya qilishni amalga oshirish hajmlarini, turlarini, shakllarini, sohasini va yoʻnalishlarini mustaqil ravishda belgilashga;
(10-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz investitsiyalariga va investitsiya faoliyati natijalariga egalik qilishga, ulardan foydalanishga hamda ularni tasarruf etishga, shuningdek investitsiya faoliyati natijalarini sotishga va olib chiqishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadlarni soliqlar, yigʻimlar va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar (bundan buyon matnda soliqlar va toʻlovlar deb yuritiladi) toʻlanganidan soʻng mustaqil va erkin tarzda tasarruf etishga;
(10-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi qabul qilgan barcha turdagi majburiyatlarning, shu jumladan qarz mablagʻlarini jalb etishga qaratilgan majburiyatlarning taʼminoti sifatida oʻziga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mol-mulk va har qanday mulkiy huquqlardan foydalanishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizitsiya (ekspropriatsiya) qilingan taqdirda munosib kompensatsiya olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlar va qarzlar tarzidagi pul mablagʻlarini jalb etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) va qarorlari natijasida yetkazilgan zararlar uchun tovon olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Investorning majburiyatlari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investor:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar va toʻlovlarni toʻlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya qilish munosabati bilan oʻzi qabul qilgan shartnoma majburiyatlarini bajarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik talablariga, shu jumladan raqobat toʻgʻrisidagi, korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi, investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisidagi, mehnat toʻgʻrisidagi, shaharsozlik toʻgʻrisidagi, atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga, shuningdek texnika xavfsizligiga, sanitariya normalari va qoidalariga rioya etishi;
(11-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma shartlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi sababli investitsiya faoliyati ishtirokchisiga yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli davlat boshqaruvi organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻz vakolatlari doirasida qoʻyiladigan talablarini bajarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Investitsiya faoliyati ishtirokchisining huquqlari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.02.00 Investitsiya faoliyati subyektlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya faoliyatining ishtirokchisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja, tanlov va tender savdolarining, elektron doʻkonlarning va kim oshdi savdolarining ishtirokchisi boʻlishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlar bilan ularning buyurtmalarini bajarish yuzasidan shartnomalar tuzishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, oʻzining investor oldidagi majburiyatlarini bajarishga boshqa shaxslarni jalb qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Investitsiya faoliyati ishtirokchisining majburiyatlari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.02.00 Investitsiya faoliyati subyektlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan normalar, qoidalar va standartlarga, shu jumladan raqobat toʻgʻrisidagi, korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi, investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisidagi, mehnat toʻgʻrisidagi, shaharsozlik toʻgʻrisidagi va atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya qilishi;
(13-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma shartlarini oʻz vaqtida va lozim darajada bajarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma shartlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi sababli investorga yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻz vakolatlari doirasida qoʻyiladigan talablarini bajarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Investitsiya faoliyatida narxni shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya faoliyati jarayonida tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati shartnomaviy narxlar boʻyicha belgilanadi, bundan qonunchilikda qatʼiy belgilangan narxlar mustasno.
(14-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya qilish obyekti boʻlgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) narxlari birja, tanlov, kim oshdi savdolarida va boshqa uyushgan savdolarda ham shakllantirilishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.01.00 Birjalar va ularning faoliyatini tashkil etishning umumiy qoidalari. Birjalarning ixtisoslashuvi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birja, tanlov, kim oshdi savdolarida va boshqa uyushgan savdolarda shakllangan, realizatsiya qilinadigan davlat aktivlarining narxlari, mazkur aktivlarning balans va baholangan qiymatidan qatʼi nazar, bozor narxlari deb tan olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 356-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-bobi (“Savdolarni va iqtisodiy konsentratsiyani monopoliyaga qarshi tarzda tartibga solish”) va Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-sonli “Narxlari davlat tomonidan tartibga solinishi lozim boʻlgan tovarlar narxlarining (tariflarining) shakllanishi hamda qoʻllanilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Investitsiya faoliyati subyektlari huquqlarining davlat kafolatlari va investitsiyalarni himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Investitsiya faoliyati subyektlari huquqlarining kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat investitsiya faoliyati subyektlarining huquqlarini kafolatlaydi. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investitsiya subyektlarining qonunchilikka muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
(15-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investitsiya faoliyati subyektlarining faoliyatida qonunchilik buzilganligini aniqlasa, ular oʻzlari vakolatli boʻlgan va muayyan qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bogʻliq choralarni koʻrishi mumkin.
(15-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiya faoliyatiga bogʻliq boʻlmagan boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklab qoʻyish uchun asos sifatida foydalanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat investorlarning fuqaroligi, yashash joyi, iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish joyi bilan bogʻliq holda, shuningdek investorlarning yoki investitsiyalarning kelib chiqish mamlakatiga qarab investorlarni kamsitishga yoʻl qoʻymaslikni kafolatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investor tomonidan huquqlarning amalga oshirilishi boshqa investorlarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmasligi kerak. Bunda davlat tadbirkorlik subyektining hamtaʼsischisi (aksiyadori, ishtirokchisi) sifatida boshqa taʼsischilar (aksiyadorlar, ishtirokchilar) kabi teng huquqlar va majburiyatlarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning qoidalari xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiq belgilanadigan Oʻzbekiston Respublikasining milliy xavfsizligini taʼminlash bilan bevosita bogʻliq qonunchilikni qabul qilishga, oʻzgartirishga, toʻldirishga yoxud bekor qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(15-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Mablagʻlardan foydalanish kafolatlari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya faoliyati subyektining investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadlari soliqlar va toʻlovlar toʻlanganidan keyin uning xohishiga koʻra reinvestitsiya qilinishi yoki ulardan boshqa har qanday usulda foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning hisobvaraqlaridagi mablagʻlardan foydalanishni davlat organlari tomonidan cheklash yoxud ularni majburan yechib olish faqat qonunda belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 432-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Mablagʻlarni erkin oʻtkazish kafolatlari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.04.00 Chet el valyutasidagi hisob-kitoblar va toʻlovlar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.08.00 Valyuta va valyuta boyliklarini olib kirish va olib chiqish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investorlarga soliqlar va toʻlovlarni toʻlash sharti bilan chet el valyutasidagi mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasiga va Oʻzbekiston Respublikasidan cheklovlarsiz erkin oʻtkazish, shu jumladan valyutani repatriatsiya qilish uchun ayirboshlash kafolatlanadi. Bunday oʻtkazmalar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el investitsiyalarini saqlab turish yoxud koʻpaytirish uchun boshlangʻich va qoʻshimcha summalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalarni amalga oshirishdan olingan daromad;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazilgan zararlarning oʻrnini ushbu Qonunga muvofiq qoplash sifatida olingan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomalar shartlarini bajarish tartibida amalga oshirilgan toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el investitsiyalarini toʻliq yoki qisman sotishdan tushgan tushum;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizoni hal qilish oqibatida, shu jumladan har qanday sud yoki arbitraj qarori oqibatida yuzaga keladigan toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka muvofiq boshqa manbalardan olingan mablagʻlar.
(17-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari hamda xalqaro shartnomalariga muvofiq davlat chet ellik investorning mablagʻlarini repatriatsiya qilishni chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona toʻlovga qobiliyatsiz boʻlgan yoki kreditorlarning huquqlari buzilgan, jismoniy shaxs boʻlgan chet ellik investor tomonidan jinoiy qilmishlar yoki maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilgan hollarda yoxud sud yoki arbitraj qaroriga muvofiq shunday repatriatsiya qilishni toʻxtatib turishning boshqa zarurati boʻlganda qonunchilik hujjatlarini investorlarni kamsitmaydigan tarzda qoʻllash shartlari asosida toʻxtatib turishi mumkin.
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi OʻRQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Investitsiya faoliyati tugatilishi munosabati bilan chet el investitsiyalarini qaytarish kafolatlari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.02.00 Investitsiya faoliyati subyektlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik investor Oʻzbekiston Respublikasidagi investitsiya faoliyatini tugatish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik investor investitsiya faoliyatini tugatgandan soʻng investitsiya faoliyatini tugatish natijasida olingan oʻz aktivlarini naqd pul yoki natural shaklda chet ellik investorning Oʻzbekiston Respublikasiga yoxud boshqa kreditorlarga nisbatan majburiyatlarini bajarish uchun zarar yetkazmagan holda erkin repatriatsiya qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Qonunchilikning investor uchun noqulay oʻzgarishlariga qarshi kafolatlar
(19-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qonunchilik hujjatlarining bajarilishi investorga yoki investitsiyalarga zarar yetkazadigan boʻlsa, ushbu qonunchilik hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega boʻlmaydi.
(19-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining keyingi qonunchilik investitsiya qilish shart-sharoitlarini yomonlashtirsa, investitsiya qilish sanasida amalda boʻlgan qonunchilik chet el investorlariga nisbatan investitsiya qilish paytidan eʼtiboran oʻn yil mobaynida qoʻllaniladi. Investor oʻzining investitsiya qilish shart-sharoitlarini yaxshilaydigan yangi qonunchilik qoidalarini oʻz xohishiga koʻra qoʻllash huquqiga ega.
(19-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining keyingi qonunchilik investitsiya qilish shart-sharoitlarini yomonlashtirgan taqdirda, investitsiya qilish paytida amalda boʻlgan qonunchilikni oʻn yil mobaynida qoʻllash toʻgʻrisidagi kafolat quyidagi hollarda qoʻllaniladi:
(19-modda uchinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
repatriatsiya tartib-taomilini murakkablashtiruvchi yoki investorning chet elga oʻtkaziladigan daromadlari (foydasi) miqdorini kamaytiruvchi qoʻshimcha talablar joriy etilganda, bundan investorning mablagʻlarini repatriatsiya qilishni chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona toʻlovga qobiliyatsiz boʻlgan yoki kreditorlarning huquqlari buzilgan, jismoniy shaxs boʻlgan chet ellik investor tomonidan jinoiy qilmishlar yoki maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilgan hollarda yoxud sud yoki arbitraj qaroriga muvofiq shunday repatriatsiya qilishni toʻxtatib turishning boshqa zarurati boʻlganda qonunchilik hujjatlarini investorlarni kamsitmaydigan tarzda qoʻllash shartlari asosida toʻxtatib turish mustasno;
(19-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi OʻRQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya qilishni amalga oshirish hajmlariga son jihatdan cheklovlar va investitsiyalarning miqdori boʻyicha boshqa qoʻshimcha talablar, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarda chet el investitsiyalarining eng kam miqdorini koʻpaytirish tarzidagi qoʻshimcha talablar joriy etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik investorning Oʻzbekiston Respublikasi korxonalarining ustav fondlaridagi ulushli ishtiroki boʻyicha cheklovlar joriy etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik investorlarning vizalarini rasmiylashtirish va uzaytirish boʻyicha qoʻshimcha tartib-taomillar, shuningdek chet el investitsiyalarini amalga oshirish boʻyicha boshqa qoʻshimcha talablar joriy etilganda.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investor uchun noqulay oʻzgarishlarga qarshi kafolatlarning amal qilishi quyidagi hollarda boshlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona tashkil etilganda — u davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkni, ulushni, Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan emitentlangan aksiyalarni va boshqa qimmatli qogʻozlarni, savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlariga, turar joylarga boʻlgan mulk huquqini, shuningdek yer uchastkalariga boʻlgan huquqni hamda boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqini olishda — mulk huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqni mustahkamlovchi hujjat kuchga kirgan sanadan eʼtiboran;
(19-moddaning toʻrtinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual mulkka boʻlgan huquqlarni, shu jumladan mualliflik huquqlarini, patentlarni, tovar belgilarini, foydali modellarni, sanoat namunalarini, firma nomlarini va nou-xauni, shuningdek ishchanlik obroʻsini (gudvillni) kiritishda — intellektual mulkka boʻlgan huquqlar kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat kuchga kirgan sanadan eʼtiboran;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsessiyalarni, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirishga, oʻzlashtirishga, qazib olishga yoxud ulardan foydalanishga doir konsessiyalarni olishda — konsessiya shartnomasi qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran;
(19-modda toʻrtinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasida bir vaqtning oʻzida investitsiya majburiyatlarini mustahkamlab qoʻygan holda investitsiya qilishda — shartnoma kuchga kirgan sanadan eʼtiboran;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid boʻlmagan boshqa shakllarda investitsiya qilishda — investor tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida investitsiya faoliyati amalga oshirilayotganligini tasdiqlovchi hujjat kuchga kirgan sanadan eʼtiboran.
(19-modda toʻrtinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplariga muvofiq belgilanadigan Oʻzbekiston Respublikasining milliy xavfsizligiga doir manfaatlarini himoya qilishni taʼminlash bilan bevosita bogʻliq boʻlgan qonunchilik hujjatlarini qabul qilishga, oʻzgartirishga, toʻldirishga yoxud bekor qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(19-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Oshkoralik va ochiqlikni taʼminlash kafolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hammaning eʼtibori uchun rasmiy ravishda eʼlon qilinmagan normativ-huquqiy hujjatlar kuchga kirmagan hujjatlar sifatida huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi va investitsiyaviy munosabatlarni tartibga solish, ushbu hujjatlardagi koʻrsatmalarni bajarmaganlik uchun investitsiya faoliyati subyektlariga nisbatan biror-bir sanksiya qoʻllash uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari ommaviy axborot vositalari orqali, shu jumladan oʻz rasmiy veb-saytida investitsiya faoliyati sohasida oʻzining ishtiroki va qabul qilingan qarorlar toʻgʻrisidagi axborotni eʼlon qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslarga ochiqlik hamda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining investitsiya faoliyati sohasidagi faoliyati toʻgʻrisida va oʻzlari qabul qilayotgan qarorlar toʻgʻrisidagi axborotdan moneliksiz foydalanish imkoniyati taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat investitsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq himoya qilinishini kafolatlaydi.
(21-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investorlarning investitsiyalari va boshqa aktivlari natsionalizatsiya qilinmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 202-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investorlarning investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizitsiya (ekspropriatsiya) qilinmaydi, bundan tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiylar va favqulodda xususiyatga ega boʻlgan boshqa hollar mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 203-moddasi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalarni rekvizitsiya va ekspropriatsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror rekvizitsiya yoki ekspropriatsiya qilishning quyidagi talablariga rioya qilingan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlarning ushbu modda uchinchi qismida koʻrsatilgan holatlardan kelib chiqadigan vazifalarni hal qilish uchun zarur boʻlgan investitsiyalari yoki boshqa aktivlarining minimal hajmi bilan cheklansa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamsitilmaydigan asosda amalga oshirilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazilgan zararga monand kompensatsiya toʻlash bilan birga amalga oshirilsa. Davlat mazkur kompensatsiya toʻlovlari oʻz vaqtida amalga oshirilishining kafili sifatida ish yuritadi.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.12.00.00 Fuqarolik va iqtisodiy ishlari boʻyicha huquqiy yordam / 19.12.02.00 Iqtisodiy ishlar boʻyicha chet el sudlarining (arbitrajlarning) qarorlarini ijro qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investor sud va arbitraj tartibida, xususan, quyidagilar yuzasidan nizolashishga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rekvizitsiyani (ekspropriatsiyani) amalga oshirish uchun foydalaniladigan maqsadning qonuniyligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rekvizitsiyaning (ekspropriatsiyaning) miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rekvizitsiya (ekspropriatsiya) qilinayotgan investitsiyalarni va boshqa aktivlarni baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlanishi lozim boʻlgan kompensatsiya toʻlovining muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari rekvizitsiyani (ekspropriatsiyani) amalga oshirish chogʻida rioya etgan tartib-taomil.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 203-moddasi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.03 Ixtiyoriy sugʻurta]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investorlarning investitsiyalarini va tavakkalchiliklarini sugʻurtalash ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Investitsiyalarni himoya qilishning qoʻshimcha kafolatlari va choralari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalarni himoya qilishning qoʻshimcha kafolatlari va choralari Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kafolatlar berishni, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga koʻmaklashishni, maxsus soliq va toʻlov rejimini yaratishni, investitsiya loyihalari amalga oshirilishi yuzasidan davlat monitoringi oʻtkazilishini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomalariga asosan boshqa choralarni oʻz ichiga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning qoidalari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari yoki xalqaro shartnomalari oʻrtasida biror-bir nomuvofiqlik boʻlgan taqdirda, investorlar uchun eng qulay boʻlgan qoidalar ustuvor kuchga ega boʻladi.
(23-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish maqsadlari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasini va uning hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning davlat vazifalari bajarilishini taʼminlaydigan investitsiya siyosatini amalga oshirish, investitsiyalar samaradorligini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi turli investitsiya obyektlariga qoʻyilmalar uchun xavfsiz shart-sharoitlarni taʼminlash maqsadida davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish usullari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolatlarini taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida maxsus iqtisodiy zonalarni va kichik sanoat zonalarini barpo etish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-604-son Qonunning 3-bobi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy fondlarni tezlashtirilgan amortizatsiya qilish huquqini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik jihatdan tartibga solish normalari, qoidalari va talablarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni amalga oshirish, shuningdek boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish shartlarini belgilash.
(25-moddaning birinchi qismi sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investorlarga bozorda ularni ustuvor mavqega qoʻyuvchi mutlaq qoidalar va huquqlar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organining asosiy vakolatlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
salohiyatli investorlarga faoliyatining huquqiy, iqtisodiy va boshqa masalalari boʻyicha maslahat berish hamda ularga yuzaga keladigan masalalarni hal etishda zarur yordam va koʻmak koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish hamda investitsiya faoliyatini tartibga solish sohasidagi davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamkorlik yoʻnalishlarini va loyihalarini majburiy ravishda kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining va xoʻjalik boshqaruvi organlarining chet el vakolatli organlari, chet el hukumat moliya tashkilotlari hamda xalqaro moliya institutlari, shuningdek kompaniyalar va salohiyatli chet ellik investorlar bilan investitsiyaviy hamkorlik masalalariga doir oʻzaro aloqalarni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlar bilan doimiy ikki tomonlama aloqani taʼminlash, hududlar va mahalliy yuridik shaxslarga investitsiyalarni jalb qilishda koʻmaklashish, investitsiya takliflari ishlab chiqilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash va xalqaro investitsiya hamjamiyatlari ishida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalarni jalb qilish, investitsiya muhitini rivojlantirish va Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi investitsiya faoliyatini takomillashtirish sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini tartibga solish boʻyicha vakolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida hamda investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organining hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy darajada mamlakatning tegishli hududiga investitsiya qilish hajmlarini kengaytirishni ragʻbatlantirishga qaratilgan investitsiya siyosatini olib borish, shu jumladan investitsiyalarni jalb qilish, hududda investitsiya muhitini yanada takomillashtirish, tegishli hududdagi korxonalarning rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya qilishni talab qiladigan istiqbolli loyihalarni, shuningdek boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini hamda yer uchastkalarini hududlarning ehtiyojlari va salohiyatidan (resurs, tabiiy-iqlim, mehnat va h.k.) kelib chiqqan holda oʻrganish va aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlarning faoliyati bilan bevosita bogʻliq masalalarni, shuningdek zarur hollarda, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish vositasida istiqbolli tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududdagi investitsiya loyihalarini, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida va samarali amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi omillarni aniqlash, ularni hal etish boʻyicha tezkor choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar faoliyatini, shuningdek investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari bajarilishini tahlil qilish asosida tegishli hududning iqtisodiyotiga jalb etilayotgan investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududning chet el banklari, fondlar, agentliklar va kompaniyalar bilan investitsiyaviy hamkorlik yoʻnalishlarini oʻzaro manfaatli asosda rivojlantirish va diversifikatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalarni tegishli hududga jalb etish boʻyicha asosiy yoʻnalishlarni va yanada qulay shart-sharoitlar yaratish uchun chet el investitsiyalarini jalb qilish sohasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Investitsiyalar jalb etishni amalga oshiruvchi davlat organlarining funksiyalari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalarni jalb etish, amalga oshirish va himoya qilish maqsadida investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi, boshqa davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatining imkoniyatlari va shart-sharoitlari haqidagi axborotni tayyorlaydi hamda tarqatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
salohiyatli investorlarga faoliyatining huquqiy, iqtisodiy va boshqa masalalari boʻyicha maslahat beradi hamda ularga yuzaga keladigan masalalarni hal etishda zarur yordam va koʻmak koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el investitsiyalari masalalari boʻyicha xalqaro munosabatlarda oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ish yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Investorlar faoliyatini nazorat qilish boʻyicha davlat organlarining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga investorlar va investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati vakolat bergan davlat organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
(29-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.02 Xizmat va tijorat siri]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat funksiyalarini amalga oshirishda davlat organi tijorat siri saqlanishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning maqsad va usullari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash qulay investitsiya muhitini yaratish, yangi raqobatbardosh hamda innovatsion, eksportga yoʻnaltirilgan va (yoki) import oʻrnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga doir investitsiyalarni ragʻbatlantirish, mavjud ishlab chiqarishlarni zamonaviy texnologiyalarni qoʻllagan hamda zamonaviy boshqaruv tajribasini joriy etgan holda kengaytirish va yangilash maqsadida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash quyidagi usullarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtiyozlar va preferensiyalar qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasini birgalikda moliyalashtirish uchun markazlashtirilgan investitsiyalar ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy, maslahat berish va axborot jihatidan qoʻllab-quvvatlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Investorlarga va investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilishda koʻmaklashish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi investorlarga boshqa davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilishda koʻmaklashish maqsadida ishni “yagona darcha” tamoyili boʻyicha tashkil etadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi va uning hududiy boʻlinmalari ishlarni “yagona darcha” tamoyili boʻyicha tashkil etish maqsadida davlat xizmatlari koʻrsatilishini taʼminlaydi, shu jumladan tegishli Davlat xizmatlari markazlari orqali taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlarni “yagona darcha” tamoyili boʻyicha tashkil etish quyidagilarni ham oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud davlat xizmatlari masalalari boʻyicha qabul qilish va maslahat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlarini olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirishda yordamlashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron raqamli imzoni, elektron arizani va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirishda yordamlashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlarini olishda investorga davlat boshqaruvi organlarida va mahalliy davlat hokimiyati organlarida hamrohlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalariga chet el investitsiyalarini va mahalliy investitsiyalarni jalb qilish hamda ular ishtirokida loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq muammolarni hal etishda koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Maslahat berish va axborot jihatidan qoʻllab-quvvatlash
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro moliya institutlari huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi vakolatxonalari investorlarning muammolari va masalalarini hal etish maqsadida oʻz vakolatlariga taalluqli masalalar boʻyicha ularga maslahat va axborot yordami koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning investitsiya faoliyati sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boʻlinmalar hamda kengash va maslahat organlar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.01 Umumiy qoidalar. Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini olib boruvchi organlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (bundan buyon matnda Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil deb yuritiladi) investitsiya faoliyati sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan masalalar boʻyicha investorlarning va investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ularni hal etish uchun tavsiyalar beradi, shu jumladan mazkur masalada davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilgan holda tavsiyalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuzaga keladigan masalalarni suddan tashqari va sudga qadar tartibda hal etishda investorlarga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritadi;
(33-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorga uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, shu jumladan ularni himoya qilish shakllari va usullariga taalluqli masalalarni tushuntiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlarning murojaatlari va davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining eshituvlari natijalarini tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikni tahlil qiladi va investorlarning huquqlarini buzadigan yoki xoʻjalik faoliyatini yuritishni qiyinlashtiradigan normalarni aniqlaydi hamda natijasi boʻyicha investorlarning buzilgan huquqlarini, erkinliklarini tiklash va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun tavsiyalar ishlab chiqadi;
(33-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat boshqaruvi organiga investorlarning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklashga qaratilgan tavsiyalar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsiyalar olgan davlat boshqaruvi organi va mahalliy davlat hokimiyati organi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakilga tavsiyalarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida yozma javob taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur boʻlgan taqdirda, Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan investorlarning hamda investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning murojaatlarini koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan axborotni soʻrab oladi, bundan davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi axborot mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil toʻgʻrisida”gi OʻRQ-440-son Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha imtiyoz hamda preferensiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha imtiyoz hamda preferensiyalar berish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash uchun qoʻllaniladigan imtiyoz hamda preferensiyalar quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin:
(34-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-martdagi OʻRQ-1122-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar va toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun investor tomonidan olinadigan kreditlar boʻyicha foiz stavkalarini subsidiyalash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtiyozlar va preferensiyalar quyidagilarga qarab beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalar hajmiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasi amalga oshiriladigan joyning shart-sharoitlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kutilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy samaraga va yangi ish oʻrinlarini yaratishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasini amalga oshirish sohalari va tarmoqlariga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar va toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar qonunda belgilangan tartibda beriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash uchun qoʻllaniladigan preferensiyalar tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan, shu jumladan munitsipal obyektlarga nisbatan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobidan berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtiyozlar va preferensiyalar tegishli hududga investitsiyalar kiritishni nazarda tutuvchi investorlarga mazkur hudud infratuzilmasining rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalarini jalb qilgan holda tashkil etilgan va qonunchilik bilan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarishga (xizmatlar koʻrsatishga) ixtisoslashgan korxonalarga Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda alohida soliqlar yuzasidan imtiyozlar qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari nazarda tutiladi.
(34-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Investitsiyaga oid soliq krediti
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.04.00 Soliq toʻlovchilarning ayrim toifalariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularga investitsiyaga oid soliq krediti berilishi mumkin va ushbu kredit soliq majburiyatini bajarish muddatini oʻzgartirish shakli boʻlib, bunda soliq toʻlovchi boʻlgan investorga belgilangan muddat ichida ushbu investor toʻlashi kerak boʻlgan soliq toʻlovlarini kredit summasini va hisoblangan foizlarni Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq keyinchalik bosqichma-bosqich toʻlagan holda kamaytirish imkoniyati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Investitsiya subsidiyasi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur muhandislik-kommunikatsiya sharoitlarini taʼminlash, shuningdek imtiyozlar berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha investitsiya preferensiyasi tarzida taqdim etiladigan moliyaviy koʻmak sifatida investitsiya subsidiyasini berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investorga zarur muhandislik-kommunikatsiya sharoitlari shaklidagi investitsiya subsidiyasi investitsiya faoliyati obyektiga olib boriladigan tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan qurish yoʻli bilan taʼminlanadi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya subsidiyasi soliq va bojxona imtiyozlari sifatida ham berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda investorning investitsiya subsidiyasi berish toʻgʻrisidagi arizasini Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartib va muddatlarda koʻrib chiqadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga taklif kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Markazlashtirilmagan investitsiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Markazlashtirilmagan investitsiyalarning manbalari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlashtirilmagan investitsiyalarning manbalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorning shaxsiy mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining kafolatisiz olingan, shu jumladan chet el banklaridan olingan bank kreditlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlashtirilmagan investitsiyalar qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa manbalardan ham amalga oshirilishi mumkin.
(37-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlashtirilmagan investitsiyalarni boshqarish investor tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Markazlashtirilmagan investitsiyalarni amalga oshirish boʻyicha qarorlar qabul qilish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlashtirilmagan investitsiyalarni amalga oshirish boʻyicha qaror investor, tijorat banki, shu jumladan chet el banki tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Investitsiya loyihalarining ekspertizasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlashtirilmagan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari sanitariya-gigiyena, radiatsiyaviy, ekologik, arxitektura-shaharsozlik talablari va boshqa talablar bajarilishiga taalluqli qismi boʻyicha davlat ekspertizasidan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik tadbirkorlik subyektlarining banklar kredit resurslari hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari mazkur investitsiya loyihalarini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan tijorat banklari tomonidan ekspertizadan oʻtkazilishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi PQ-332-son qarori bilan tasdiqlangan Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuziladigan investitsiya shartnomasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomasini tuzish tartibi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.01.00 Majburiyat tushunchasi va tomonlari. Majburiyatda shaxslarning almashinuvi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati chet ellik investorlar tomonidan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash maqsadida oʻzaro kelishuvga koʻra qoʻshimcha kafolatlar va qoʻllab-quvvatlash choralari (imtiyoz va preferensiyalar) beriladigan investitsiya shartnomasini tuzishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati chet ellik investorga investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash doirasida qoʻshimcha kafolatlar va qoʻllab-quvvatlash choralarini (imtiyozlar va preferensiyalarni) taqdim etgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomasi majburiy tartibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik investorlarga qoʻshimcha kafolatlar va qoʻllab-quvvatlash choralari (imtiyoz va preferensiyalar) har bir aniq holatda quyidagilarga investitsiya qilish chogʻida taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barqaror iqtisodiy oʻsishni, mamlakat iqtisodiyotidagi ilgʻor texnologik oʻzgarishlarni taʼminlovchi ustuvor tarmoqlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining eksport salohiyatini mustahkamlash va kengaytirishni, uning jahon xoʻjalik aloqalariga integratsiyasini taʼminlovchi ustuvor loyihalarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda soliqlar va toʻlovlarni toʻlash boʻyicha qoʻshimcha imtiyozlar chet ellik investorlar tomonidan tashkil etilgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga faqat aniq belgilangan muddatga beriladi va bu imtiyozlar muddatsiz xususiyatga ega boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda investitsiya loyihalari boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash maqsadida bir tomondan investor va boshqa tomondan investitsiya faoliyati subyektlari, shu jumladan davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻrtasida tuziladigan, investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qoʻshimcha kafolatlar va qoʻllab-quvvatlash choralari (imtiyoz va preferensiyalar) berilishini talab qilmaydigan investitsiya shartnomalarining amal qilishini hech qanday tarzda cheklamaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining IX bobi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuziladigan investitsiya shartnomasining taraflari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuziladigan investitsiya shartnomasining taraflari sifatida chet ellik investor hamda investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ish yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuziladigan investitsiya shartnomasining shartlari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuziladigan investitsiya shartnomasi quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalar obyekti va hajmi, loyihaning boshlanish hamda tugallanish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya shartnomasining amal qilish muddati va shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga va monopoliyaga qarshi kurashish sharti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik investorning huquq va majburiyatlari, shu jumladan investitsiya qilish, mahsulot ishlab chiqarish hajmi, mahalliylashtirish, mahsulotning sifati, tovarlar va xizmatlar eksportining hajmi, shuningdek qonunchilikda belgilangan normalar, qoidalar va standartlarga, shu jumladan raqobat toʻgʻrisidagi, korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi, investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisidagi, mehnat toʻgʻrisidagi, shaharsozlik toʻgʻrisidagi va atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya qilishi boʻyicha huquq va majburiyatlari;
(42-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik investorning xalqaro standartlarga, shuningdek energiya samaradorligi va ekologik normalar boʻyicha zamonaviy talablarga muvofiq boʻlgan zamonaviy uskunalar va texnologiyalarni yetkazib berishga doir majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining huquq va majburiyatlari, shu jumladan investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilanganiga qoʻshimcha kafolatlar hamda qoʻllab-quvvatlash choralarini (imtiyoz va preferensiyalarni) taqdim etishga doir huquq va majburiyatlari;
(42-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani moliyalashtirish manbalari, amalga oshirish jadvallari, investitsiya loyihasi amalga oshirilishining borishi ustidan texnik nazorat tartibi toʻgʻrisidagi axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik investor tomonidan oʻz majburiyatlari bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etish tartibi va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflarning investitsiya shartnomasi shartlarini bajarmaganlik uchun javobgarligi, shu jumladan chet ellik investorga davlat organlari mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash, shuningdek investitsiya shartnomasiga muvofiq chet ellik investor oʻz majburiyatlariga rioya qilmaganda yoki lozim darajada rioya qilmaganda Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan oʻz majburiyatlarini bajarishni bir tomonlama tartibda rad etish huquqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgartirishlar kiritish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya shartnomasi taraflari oʻrtasidagi investitsiya shartnomasi qoidalari bilan bogʻliq nizolarni hal etish tartibi, joyi va nizolarni koʻrib chiqadigan organ.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomasida investitsiya loyihasining oʻziga xos xususiyatlariga qarab boshqa shartlar, shu jumladan quyidagi shartlar ham boʻlishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududning ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha taraflarning oʻzaro majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik investorning shartnoma shartlarini bajarish natijasida ishlab chiqargan, oʻziga tegishli boʻlgan mahsulotni va olingan foydasini (daromadlarini) Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish huquqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik investorning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasidan ishchilarni yollash va oʻqitishga doir majburiyatlari, texnologiyalardan foydalanish shartlari, shuningdek investitsiya loyihasini amalga oshirish tugallanganidan soʻng tashkil etilgan tashkilot xodimlarini oʻqitish boʻyicha majburiyatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuziladigan investitsiya shartnomasida chet ellik investorga uni bozorda ustun mavqega qoʻyadigan mutlaq qoidalar va huquqlar berilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomasini tuzish boʻyicha takliflar kiritish tashabbusi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomasini tuzish boʻyicha taklif kiritish tashabbusi chet ellik investor tomonidan mustaqil ravishda yoki davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomasini tuzish uchun chet ellik investor mustaqil ravishda yoki loyihaning tegishli tashabbuskorlari bilan birgalikda investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organiga yoki uning tasarrufidagi chet el investitsiyalarini jalb qilish sohasidagi tashkilotga quyidagilarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya shartnomasini tuzish va investitsiya faoliyati obyektiga investitsiyalarni amalga oshirish maqsadi, shuningdek investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha mavjud tajriba (agar mavjud boʻlsa) toʻgʻrisidagi axborot koʻrsatilgan ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlarda qonunchilikda belgilangan hollarda ekspertizadan oʻtgan texnik-iqtisodiy asoslash (texnik-iqtisodiy hisob-kitob) asosida bajarilgan biznes-reja loyihasi.
(43-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi yoki uning tasarrufidagi chet el investitsiyalarini jalb qilish sohasidagi tashkilot investitsiya shartnomasi loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish, investitsiya loyihasini moliyaviy-iqtisodiy baholash, chet ellik investorlarga va (yoki) investitsiyalar ishtirokida tashkil etilayotgan korxonaga qonunchilikda belgilanganidan qoʻshimcha ravishda kafolatlar va qoʻllab-quvvatlash choralari (imtiyoz va preferensiyalar) berishga taalluqli qismi boʻyicha davlat boshqaruvi organlarining xulosalarini keyinchalik ularni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga koʻrib chiqish uchun kiritish maqsadida oladi.
(43-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ijobiy xulosasi yakunlariga koʻra investitsiya shartnomasi chet ellik investor va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi orqali yozma shaklda tuziladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan imzolangan investitsiya shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ushbu shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan sanadan eʼtiboran, agar ushbu qarorda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomalari ijrosining monitoringi hamda nazoratini investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasini bekor qilish shartlari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash doirasidagi qoʻshimcha kafolatlar va qoʻllab-quvvatlash choralarining (imtiyozlar va preferensiyalarning) amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasining amal qilish muddati tugagach bekor qilinadi yoxud ushbu moddada belgilangan tartibda bunday muddatning tugashiga qadar bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasining amal qilishi quyidagi hollarda muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflarning oʻzaro kelishuviga binoan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir tomonlama tartibda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasi boʻyicha majburiyatlar chet ellik investor tomonidan bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi chet ellik investorga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasiga oʻzgartirishlar kiritish uchun investitsiya loyihasini toʻxtatib turish va (yoki) uni bundan buyon amalga oshirish imkoniyatini asoslovchi hujjatlarni taqdim etish zarurligi toʻgʻrisida yozma xabarnoma yuboradi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar chet ellik investor tomonidan yozma xabarnoma olingan paytdan eʼtiboran uch oy mobaynida investitsiya loyihasini toʻxtatib turish va (yoki) uni bundan buyon amalga oshirish imkoniyatini asoslovchi hujjatlar taqdim etilmagan boʻlsa, investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasining amal qilishini muddatidan oldin tugatish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga taqdimnoma kiritadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining xulosasini olganidan keyin chet ellik investorga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasining amal qilishi muddatidan oldin bir tomonlama tartibda bekor qilinganligi toʻgʻrisida yozma xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasi bekor qilingan taqdirda, chet ellik investor investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasi boʻyicha berilgan qoʻshimcha kafolatlar va qoʻllab-quvvatlash choralari (imtiyozlar va preferensiyalar) tufayli budjetga toʻlanmagan soliqlar va toʻlovlarning summalarini toʻlaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomasini tuzgan chet ellik investorning tashabbusiga koʻra bir tomonlama tartibda bekor qilingan taqdirda, mazkur chet ellik investor investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasi boʻyicha berilgan qoʻshimcha kafolatlar va qoʻllab-quvvatlash choralari (imtiyozlar va preferensiyalar) tufayli budjetga toʻlanmagan soliqlar va toʻlovlarning summalarini toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasi taraflarning kelishuviga koʻra muddatidan oldin bekor qilinganda majburiyatlarni bundan buyon ijro etish ularning oʻzaro kelishuvi bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining XXVIII bobi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Chet el investitsiyalari boʻyicha davlatning majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat faqat chet ellik investorlar bilan tuzilgan, vakolatlari qonunchiligida belgilangan tartibda tasdiqlangan shaxslar tomonidan imzolangan tegishli shartnomalarda oʻz zimmasiga olgan majburiyatlar yuzasidangina javobgar boʻladi.
(45-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat chet el investitsiyalarini jalb etuvchi Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi, bundan ushbu majburiyatlar davlat tomonidan kafolatlangan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, banklar tomonidan chet ellik investorlarning va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha talablar va cheklovlar belgilash taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Chet el investitsiyalarining huquqiy rejimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet ellik investorlar va ularning investitsiyalari uchun huquqiy rejim
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik investorlarga hamda chet el investitsiyalariga adolatli va teng huquqli rejim taqdim etiladi, ularni toʻliq va doimiy ravishda himoya qilish hamda ularning xavfsizligi taʼminlanadi. Bunday rejim Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan rejimga nisbatan noqulayroq boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari uchun huquqiy rejim Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalarning tegishli rejimiga nisbatan noqulayroq boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiq iqtisodiyotning hamda aholi sogʻligʻini, hayvonot va oʻsimlik dunyosini, atrof-muhitni muhofaza qilishning, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining milliy xavfsizligiga doir manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashning belgilangan sohalariga chet el investitsiyalarini kiritish uchun cheklovlarni yoki taqiqni oʻz ichiga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik investorlarning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan kafolatlangan, buzilgan huquq va manfaatlarini tiklash Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi hamda xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadi.
(46-moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda. Chet ellik investorlarning huquqlari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.06.00 Chet ellik investorlarga kafolatlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik investor ushbu Qonunning 10-moddasida nazarda tutilgan huquqlar bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasidagi investitsiya faoliyati natijasida olingan, oʻziga tegishli boʻlgan ixtirolarni, foydali modellarni va sanoat namunalarini xorijda hamda Oʻzbekiston Respublikasida patentlash toʻgʻrisida mustaqil ravishda qaror qabul qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlatlarning fuqarolari boʻlgan chet ellik investorlarga, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish korxonalarini tashkil etishga investitsiyalar kiritgan muassislariga (ishtirokchilariga) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan shartlarda Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi soddalashtirilgan tartibda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning muassislari (ishtirokchilari) boʻlgan chet ellik investorlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida nazarda tutilgan shartlarda Oʻzbekiston Respublikasidan chiqmasdan muddatini uzaytirish imkoniyati bilan “investitsiya vizasi”ni, ularning oila aʼzolari (turmush oʻrtogʻi, ota-onasi va farzandlari) esa “investitsiya vizasi” amal qilish muddatiga mos ravishda “mehmon vizasi”ni olish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisida boʻlgan chet ellik investorlarga “investitsiya vizasi” turidagi viza Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet ellik investorlarga esa Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik investorlarga “investitsiya vizasi” turidagi vizani va Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoxud “investitsiya vizasi”ga ega boʻlgan chet ellik investorlar hamda ularning oila aʼzolari (turmush oʻrtogʻi, ota-onasi va farzandlari) quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishga joylashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan teng huquqlar asosida tibbiy va taʼlim xizmatlaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim muassasalarida oʻrta va oliy taʼlim olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda. Chet ellik xodimlarni jalb qilish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.06.00 Chet ellik investorlarga kafolatlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investorlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar investitsiya faoliyatini amalga oshirish maqsadida har qanday chet davlat fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bilan mehnat shartnomalarini erkin tuzish huquqiga ega. Bunday shaxslar mehnat shartnomasining butun amal qilish davrida tegishli koʻp martalik vizalarni olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish va uning hududida boʻlish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik xodimlar mehnatiga haq toʻlash, ularga taʼtil berish, ularni pensiya bilan taʼminlash masalalari ushbu xodimlarning har biri bilan tuzilgan mehnat shartnomalarida hal etilishi kerak. Ushbu xodimlarning ish haqi va qonuniy yoʻl bilan olingan boshqa daromadlari qonunda belgilangan soliq va toʻlov toʻlangandan keyin ular tomonidan boshqa davlatlarga hech bir cheklovlarsiz oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investor, chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona chet ellik xodim uchun pensiya taʼminoti boʻyicha toʻlovlarni ushbu xodimning doimiy yashash joyi boʻlgan mamlakatning tegishli fondlariga oʻtkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-modda. Harakatlanish erkinligi
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.06.00 Chet ellik investorlarga kafolatlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya faoliyati bilan bogʻliq holda Oʻzbekiston Respublikasida boʻlib turgan chet ellik investorlar, ularning vakillari va xodimlari Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida erkin harakatlanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim cheklovlar, agar erkin harakatlanishga doir bunday cheklovlar qonunda belgilangan boʻlsa, faqat Oʻzbekiston Respublikasining milliy xavfsizligini taʼminlash maqsadida qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-modda. Investitsiyalarni sugʻurtalash
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.06.00 Chet ellik investorlarga kafolatlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investorlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy ravishda faoliyat koʻrsatayotgan har qanday sugʻurta tashkilotida sugʻurta himoyasiga boʻlgan huquqdan foydalanadi. Investitsiyalarni siyosiy va boshqa tavakkalchiliklardan sugʻurtalash xalqaro tashkilotlar, chet el agentliklari, boshqa sugʻurta kompaniyalari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalarni sugʻurtalashni amalga oshiruvchi sugʻurta tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻlmaydi. Davlat sugʻurta tashkilotlarining majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻlmaydi, bundan taraflarning bitimlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalarni sugʻurtalash siyosiy va boshqa tavakkalchiliklardan, shu jumladan quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi tavakkalchiliklardan sugʻurta himoyasini hamda kafolatlarini taʼminlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkning rekvizitsiya (ekspropriatsiya) qilinishini, shuningdek mulkni olib qoʻyishga yoki uni boshqa shaxsga berishga, uning ustidan yoki undan olinadigan daromadlar ustidan nazoratning yoʻqolishiga olib keladigan har qanday qonunchilik yoki maʼmuriy choralarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el valyutasini mamlakatdan tashqariga oʻtkazish boʻyicha cheklovlar joriy etishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining va ular mansabdor shaxslarining investorlar shartnomaviy munosabatlariga aralashuvini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urushlarni, fuqarolarning tartibsizliklari va boshqa shunga oʻxshash voqealarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlar va chet el investitsiyalari bilan bogʻliq boʻlgan siyosiy va oʻzga tavakkalchiliklarning boshqa turlarini.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 52-bobi (“Sugʻurta”).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-modda. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.06.00 Chet ellik investorlarga kafolatlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik investorlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishi va ularga Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi hamda xalqaro shartnomalari bilan berilgan barcha huquqlar, kafolatlar va imtiyozlardan foydalanishi mumkin.
(51-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida, shuningdek uning tashqarisida har qanday valyutada, har qanday bankda hisobvaraqlarni ochish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ssudalarni chet el valyutasida olish va qaytarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52-modda. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning shuʼba korxonalari, filiallari, vakolatxonalari va boshqa alohida boʻlinmalari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan shuʼba korxonalar, filiallar, shuningdek yuridik shaxs boʻlmagan vakolatxonalar va boshqa alohida boʻlinmalar tashkil etishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 47 moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-modda. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning xoʻjalik birlashmalari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida ixtiyoriy asosda uyushmalar va boshqa xoʻjalik birlashmalarini tashkil etishi, shuningdek amaldagi xoʻjalik birlashmalariga teng huquqli aʼzo sifatida kirishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi IV bobining 2 paragrafi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-modda. Chet ellik investorlarning xoʻjalik faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik investorlarning xoʻjalik faoliyati, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni, ularning shuʼba korxonalarini, filiallarini hamda boshqa tuzilmalarini, shuningdek xoʻjalik uyushmalari va birlashmalarini tashkil etishga, sotishga, qayta tashkil etishga yoki tugatishga, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning fondlarini shakllantirishga, ijara shartnomalarini va boshqa shartnomalarni tuzishga doir xoʻjalik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadi.
(54-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soliqlar va toʻlovlar toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning chet el valyutasidagi barcha xarajatlari ularning oʻz valyuta tushumlari, shuningdek chet el valyutasini olishning qonunchilikda ruxsat etilgan boshqa manbalari hisobidan taʼminlanishi kerak. Ularning oʻzini-oʻzi valyuta bilan qoplashi tashkil etiladigan birlashmalar va boshqa tashkiliy tuzilmalar faoliyati doirasida ham taʼminlanishi mumkin.
(54-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar eksport-import operatsiyalarini qonunchilik talablariga rioya etgan holda mustaqil ravishda amalga oshiradi. Shaxsiy ishlab chiqarish mahsulotlarining eksporti litsenziyalanmaydi va kvotalanmaydi.
(54-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun mahsulotni Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq litsenziyasiz import qilishga haqli. Eksport uchun yetkazib berilayotgan shaxsiy ishlab chiqarish mahsulotini va korxonalar tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun import qilinayotgan mahsulotni aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(54-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-maydagi 136-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish yehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik investorlarning, chet davlatlar fuqarolarining va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi, chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlib turgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulkdan bojxona boji undirilmaydi.
(54-moddasining oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-812-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-apreldan amalga kiritiladi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtirolarni va sanoat namunalarini investitsiyalar sifatida kirituvchi chet ellik investorlarga hamda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga tegishli boʻlgan ixtirolarni patentlash hamda sanoat namunalarini joriy etish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(54-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonunining 35 — 37-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar korxona fondlarining roʻyxatini, ularni tuzish va ulardan foydalanish tartibini mustaqil ravishda belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga yer uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yigirma besh yilgacha muddatga, biroq investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun arizada koʻrsatilganidan kam boʻlmagan muddatga ijaraga beriladi.
(54-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar yer uchastkalaridan qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va shartlarda ijara huquqi asosida foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bino va inshootlarga boʻlgan mulk huquqi chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga oʻtganda ushbu obyektlar bilan birga yer uchastkalariga boʻlgan ijara huquqi qonunchilikda belgilanadigan tartibda va shartlar asosida oʻtadi.
(54-moddaning oʻninchi va oʻn birinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni chet ellik investorlarga ijaraga berish ijaraga beruvchi tomonidan tegishli shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar xodimlarining mehnatga oid munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar xodimlarining pensiya taʼminoti qonunchilik bilan tartibga solinadi.
(54-moddaning oʻn toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.01.00 Majburiyat tushunchasi va tomonlari. Majburiyatda shaxslarning almashinuvi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning mol-mulki va mulkiy huquqlaridan ular oʻz majburiyatlarining barcha turlarini taʼminlash sifatida, shu jumladan qarz mablagʻlarini jalb etishni taʼminlash uchun foydalanishi mumkin. Uning binolarga, inshootlarga, uskunalarga boʻlgan mulkiy huquqlari, shuningdek boshqa ashyoviy huquqlari majburiyatlarning taʼminoti sifatida koʻrsatilishi mumkin.
(55-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik investorga mulk huquqlari asosida tegishli boʻlgan barcha mol-mulk va mulkiy huquqlardan, ular qayerda turganligidan qatʼi nazar, investor tomonidan oʻz majburiyatlarining taʼminoti sifatida foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56-modda. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonani qayta tashkil etish yoki tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 2-moddasining uchinchi qismi, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz ustav fondini (ustav kapitalini) belgilangan muddatda taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorlarda shakllantira olmagan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona uni amalda shakllantirib ulgurgan, ammo qonunchilikda belgilangan eng kam miqdordan oz boʻlmagan darajagacha kamaytirishi yoki oʻzi boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga aylantirilishi mumkin.
(56-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning aktivlariga ushbu korxonalar tugatilgan taqdirda soliq solinadi. Aktivlarning qolgan qismi, agar taʼsis hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona ishtirokchilari oʻrtasida ularning korxona mol-mulkidagi ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik investor chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona tarkibidan chiqqan yoki ushbu korxona tugatilgan taqdirda korxonaning mol-mulkidagi oʻz ulushini bozor qiymatiga muvofiq pul yoki tovar shaklida qaytarib olish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda oʻzlari bilan mehnat shartnomalari tugatilgan xodimlarning huquqlari va manfaatlariga rioya etilishi kafolatlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida investitsiya faoliyatini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida investitsiya faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlatlarning hududiga investitsiyalar yuborishni tartibga solish ushbu Qonunga, hududida investitsiya faoliyati amalga oshirilayotgan davlatning qonunchiligiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(57-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58-modda. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining davlat boshqaruvi organlari Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida investitsiya faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega. Oʻzbekiston Respublikasining mol-mulkini chet davlatlar hududidagi yuridik shaxslarning ustav fondlariga (ustav kapitallariga) kiritish mulkdorning yoki u vakolat bergan davlat boshqaruvi organlarining roziligi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59-modda. Investitsiyalarni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga yuborish chogʻidagi investitsiya faoliyatining shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxslarni, shuningdek ularning shuʼba korxonalarini, filiallarini, vakolatxonalarini va boshqa alohida boʻlinmalarini chet davlatning qonunchiligi talablariga rioya etgan holda tashkil etish;
(59-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet davlatlarning qonunchiligiga zid boʻlmagan hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq boʻlgan boshqa har qanday shakllar.
(59-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60-modda. Investitsiya faoliyatini cheklash, toʻxtatib turish yoki tugatish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya faoliyatini cheklash, toʻxtatib turish yoki tugatish investorning qaroriga, vakolatli davlat organining qaroriga yoki sudning qaroriga koʻra amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya faoliyatini cheklash, toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investor qonunda belgilangan tartibda bankrot deb eʼlon qilinganda yoki tan olinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻiga boshqa haqiqiy tahdidlar yuzaga kelganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya shartnomasida, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasida belgilangan majburiyatlar bajarilmaganda va (yoki) qoʻpol ravishda buzilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya faoliyati jarayonida qonunchilikda belgilangan sanitariya-gigiyena, radiatsiyaviy, ekologik, arxitektura-shaharsozlik talablari hamda boshqa talablar, yuridik va jismoniy shaxslarning talablari, huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan holatlar aniqlanganda.
(60-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya faoliyatini tadbirkorlik subyektining faoliyatini toʻxtatib turishga yoki cheklashga olib keladigan tarzda cheklash, toʻxtatib turish (bundan investitsiya faoliyatini favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻi uchun boshqa haqiqiy tahdid yuzaga kelishining oldi olinishi munosabati bilan oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash, toʻxtatib turish hollari mustasno) yoki tugatish sud tartibida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksining 27-bobi (“Huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish”), Oʻzbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 42-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61-modda. Davlat organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlarining investitsiya faoliyati subyektlarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzadigan yoki cheklaydigan qarorlari, ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62-modda. Investitsiya faoliyati subyektlariga yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya faoliyati subyektiga investitsiya faoliyatini cheklash, toʻxtatib turish yoki tugatish munosabati bilan yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash qonunda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan investitsiya faoliyati subyektlarining huquqlarini cheklaydigan qarorlar qabul qilingan taqdirda, shuningdek ushbu organlar tomonidan investitsiya faoliyati subyektlarining xoʻjalik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashilgan hollarda yetkazilgan zararlarning oʻrni qonunchilikka muvofiq qoplanadi.
(62-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organining (mansabdor shaxsning) gʻayriqonuniy maʼmuriy hujjat chiqarishi natijasida investitsiya faoliyati subyektlariga yetkazilgan zararlarning oʻrni sudning qarori asosida davlat tomonidan, birinchi navbatda tegishli organlarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan, keyinchalik aybdor shaxsdan regress tartibida undirib olgan holda qoplanishi yoki kompensatsiya qilinishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 15, 990-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari bilan bogʻliq boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet ellik investorning investitsiya faoliyatini amalga oshirishi chogʻida yuzaga keladigan nizo (investitsiyaviy nizo) muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan hal etiladi. Agar investitsiyaviy nizoning taraflari muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan nizoni kelishilgan holda hal etishga erishishga qodir boʻlmasa, bunday nizo mediatsiya yoʻli bilan tartibga solinishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi OʻRQ-482-son Qonunining 15-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muzokaralar oʻtkazish va mediatsiya yoʻli bilan tartibga solinmagan investitsiyaviy nizo Oʻzbekiston Respublikasining tegishli sudi tomonidan hal qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyaviy nizolarni ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda hal qilish mumkin boʻlmagan taqdirda, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida va (yoki) investor hamda Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida tuzilgan shartnomada tegishli va haqiqiy arbitraj sharti nazarda tutilgan boʻlsa, bunday nizo xalqaro arbitraj vositasida hal etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faqat Oʻzbekiston Respublikasining imzolangan va amaldagi xalqaro shartnomalari va (yoki) investor hamda Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida xalqaro arbitrajga murojaat qilish paytida tuzilgan shartnoma doirasidagi yozma rozilik Oʻzbekiston Respublikasining investitsiyaviy nizoni arbitraj yoʻli bilan hal etishga boʻlgan roziligi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64-modda. Ilgari amalga oshirilgan investitsiyalarga nisbatan ushbu Qonunning qoidalarini qoʻllash
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun ilgari mazkur Qonun kuchga kirguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilgan investitsiyalarga nisbatan faqat investorga eng koʻp qulay boʻlgan qismi boʻyicha qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65-modda. Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(65-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi 609-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 91-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi 611-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 93-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi 719-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 9-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-380-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 12, 342-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 832-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 229-modda) XXIII boʻlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 568-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1-2, 18-modda) XXII va XXIV boʻlimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 16-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga hamda “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-6-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 310-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrda qabul qilingan “Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-197-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 640-modda) 23, 24 va 27-moddalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Soliq va budjet siyosatining 2013-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi, shuningdek soliq hisobotini taqdim etish davriyligi qisqartirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-343-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 12, 334-modda) 3-moddasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-365-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 1, 2-modda) 16 va 17-moddalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 18-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-429-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 4, 137-modda) 7-moddasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-446-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 9, 510-modda) 40-moddasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 26-iyulda qabul qilingan “Iqtisodiyotning jadal rivojlanishini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-488-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 433-modda) 2-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida, ayniqsa investitsiya faoliyati subyektlari oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(68-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 25-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-598-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-y., 03/19/598/4221-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son; 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son; 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son; 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son; 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son; 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son)