O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 18-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2017-yil 28-martda ma’qullangan
Senat tomonidan 2017-yil 28-martda ma’qullangan
Oldingi tahrirga qarang.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-1015-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 03/24/1015/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-fevraldagi O‘RQ-677-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 27-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2021-y., 03/21/677/0155-son)
3-modda. 1993-yil 7-mayda qabul qilingan 863–XII-sonli O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 247-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 350-modda; 2012-yil, № 9/2, 246-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 13-moddaning uchinchi qismidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 59-moddadagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan” degan so‘zlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 81-moddaning uchinchi qismidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan” degan so‘zlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 175-modda:
birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarning hisobini olib bormaslik yoxud bunday hisobni belgilangan tartibni buzgan holda olib borish, basharti bu harakatlar to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqning yoki boshqa majburiy to‘lovlarning summasini kamaytirishga olib kelsa, shuningdek budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlarni, boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish va to‘lash uchun zarur bo‘lgan soliq hisobotlarini, hisob-kitoblarini hamda boshqa hujjatlarni, debitorlar bilan o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomalarini yoxud to‘lov muddati o‘tgan debitorlik qarzi mavjud emasligi to‘g‘risidagi yozma bildirishni taqdim etmaslik, o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki belgilanmagan shaklda taqdim etish, xuddi shuningdek kameral nazorat natijalari bo‘yicha aniqlangan tafovutlarning asoslarini yoxud aniqlashtirilgan soliq hisobotini belgilangan muddatda taqdim etmaslik”;
oltinchi qismining sanksiyasidagi “mansabdor shaxslarga” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
yettinchi qismining sanksiyasidagi “mansabdor shaxslarga” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
2) 263-moddaning:
nomidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163–I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256–I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11–12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 1104-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovar belgisidan oxirgi besh yil davomida uzrli sababsiz uzluksiz foydalanilmagan taqdirda, uning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi istalgan manfaatdor shaxsning talabi bo‘yicha bekor qilinishi mumkin”;
2) quyidagi mazmundagi 11071-modda bilan to‘ldirilsin:
“11071-modda. Tovar belgisiga doir mutlaq huquqning tugashi
Bevosita tovar belgisining egasi tomonidan yoki uning roziligi bilan fuqarolik muomalasiga qonuniy tarzda kiritilgan tovarlarga nisbatan tovar belgisidan boshqa shaxslarning foydalanishi mazkur tovar belgisiga doir mutlaq huquqning buzilishi bo‘lmaydi”.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi 483–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 239-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 157-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 2-modda:
o‘zbekcha matnining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sanitariya-epidemiologik xulosa — oziq-ovqat mahsulotining va uni tayyorlash hamda undan foydalanish uchun mo‘ljallangan uskunalarning sanitariya qoidalariga, normalariga va gigiyena normativlariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat”;
ruscha matnining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sanitarno-epidemiologicheskoye zaklyucheniye — dokument, udostoveryayushiy sootvetstviye pishevoy produksii i oborudovaniya, prednaznachennogo dlya yeye izgotovleniya i ispolzovaniya, sanitarnim pravilam, normam i gigiyenicheskim normativam”;
2) 6-moddaning ikkinchi qismidagi “gigiyena sertifikati” degan so‘zlar “sanitariya-epidemiologik xulosa” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-598-sonli Qonuniga asosan 2020-yil 27-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-y., 03/19/598/4221-son)
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi 725–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 16-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 7-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 19-moddaning birinchi qismidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi 813–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 210-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) 91-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran, bundan uning o‘zgartirilishi, shuningdek yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarda litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘shib yuborilishi mustasno”.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi O‘RQ-701-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)
11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi 267–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9–10, 178-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 418-modda; 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 19-moddadagi “Agentlikning rasmiy axborotnomasida” degan so‘zlar “Agentlikning o‘z rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 24-modda:
birinchi qismidagi “rasmiy axborotnomada” degan so‘zlar “Agentlikning o‘z rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “rasmiy axborotnomada” degan so‘zlar “Agentlikning o‘z rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 25-modda:
uchinchi qismidagi “ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran istalgan besh yil” degan so‘zlar “amal qilgan oxirgi besh yil” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Tovar belgisining mazkur Qonunning 27-moddasida nazarda tutilgan holda ishlatilishi tovar belgisidan foydalanilganligiga doir dalil hisoblanadi. Tovar belgisining egasi tomonidan taqdim etiladigan, tovar belgisidan foydalanilganligiga doir dalillar arizada ko‘rsatilgan vaqt davriga taalluqli bo‘lishi kerak”;
to‘rtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;
4) 26-modda:
ikkinchi qismidagi “Agentlikning rasmiy axborotnomasida” degan so‘zlar “Agentlikning o‘z rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Bevosita tovar belgisining egasi tomonidan yoki uning roziligi bilan fuqarolik muomalasiga qonuniy tarzda kiritilgan tovarlarga nisbatan tovar belgisidan boshqa shaxslarning foydalanishi mazkur tovar belgisiga doir mutlaq huquqning buzilishi bo‘lmaydi”;
5) 27-modda:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovar belgisining:
reklamada, bosma nashrlarda, rasmiy blankalarda, peshlavhalarda, ko‘rgazmalar va yarmarkalarda eksponatlarni namoyish etish vaqtida, ishlab chiqarilayotgan, sotuvga taqdim etilayotgan, sotilayotgan yoki boshqacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritilayotgan yoxud shu maqsadda saqlanayotgan va (yoki) tashilayotgan yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlarning etiketkalarida, o‘rovlarida;
tovarlarni fuqarolik muomalasiga kiritish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarda;
domen nomida ishlatilishi ham tovar belgisidan foydalanish deb e’tirof etilishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan o‘xshash bo‘lgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, o‘rovlarida qonunga zid ravishda foydalanilganda ular soxtalashtirilgan bo‘ladi”;
uchinchi qismi to‘rtinchi qism deb hisoblansin;
6) 322-moddaning uchinchi qismidagi “Agentlikning rasmiy axborotnomasida” degan so‘zlar “Agentlikning o‘z rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 23-noyabrdagi O‘RQ-730-sonli Qonuniga asosan 2022-yil 25-fevraldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.11.2021-y., 03/21/730/1089-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 4-avgustdagi O‘RQ-787-sonli Qonuniga asosan 2022-yil 5-noyabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 03/22/787/0708-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi O‘RQ-601-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 3-iyuldagi O‘RQ-850-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 4-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2023-y., 03/23/850/0439-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi O‘RQ-701-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)
18-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonun ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda aholi o‘rtasida mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlasin.
19-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 4-moddasining 1-bandi mazkur Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 18-aprel,
O‘RQ-429-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 16-son, 265-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-y., 03/19/598/4221-son; 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son; 26.02.2021-y., 03/21/677/0155-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son, 24.11.2021-y., 03/21/730/1089-son, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son; 04.08.2022-y., 03/22/787/0708-son; 03.07.2023-y., 03/23/850/0439-son; 28.12.2024-y., 03/24/1015/1087-son)